TAYYORLOV GURUHLARDA TIL VA NUTQ MARKAZIDAGI ISH FAOLIYATINI LOYIHALASHTIRISH. Mundarija: Kirish 1-bob Turli yosh guruhlarda til va nutq mashg'ulotlarini loyhalashtirishning nazariy asoslari Mundarija: Kirish 1-bob Turli yosh guruhlarda til va nutq mashg'ulotlarini loyhalashtirishning nazariy asoslari . 1.1Maktabgacha talim yosh bolalarda til va nutq mashg'ulotlarini rivojlantirishning ahamiyati. 1.2 Turli yosh guruhlarda til va nutq mashg'ulotlarini tashkil etish. 2-bob Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida til va nutq mashg'ulotlarini loyihalashtirishning shakli ,usullari amaliy ish tahlili. 2.1Bolalar til va nutq mashg‘ulotlarda rivojlantirish usullari 2.2Turli yosh guruhlarida til va nutq mashg'ulotlarini loyhalashtirishning amaliy ish tahlili. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish Mavzuning dolzarbligi:Maktabgacha ta’lim sohasida tub o‘zgarishlar amalga oshirilib, maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’lim-tarbiya olishi masalasi davlat darajasidagi dolzarb masalaga aylandi. Bu borada Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ishlar, qabul qilinayotgan farmon va qarorlar dasturul amal bo‘lmoqda. Maktabgacha ta’lim vazirligining tashkil etilishi, Prezidentimiz tomonidan “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2707-sonli Qaror, O’zbekiston Respublikasi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risida”gi qonuni, Maktabgacha ta’lim tizimi boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari, “Ilk qadam” Davlat o’quv dasturi, “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasi” kabi me`yoriy huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ma’lumki, maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy vazifalari bolalarni jismoniy, aqliy va ma’naviy jihatdan rivojlantirish, ularning tug‘ma layoqati, qiziqishi, ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olgan holda milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashdan iborat. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta’lim berish jarayonini takomillashtirishda bo‘lajak pedagoglarning ilmiy va uslubiy ta’minlanganligi, ularning kasbiy tayyorgarligi asosiy masalalardan sanaladi. Ayniqsa, bolalarda matematik tasavvur va bilimlarni rivojlantirish ularning intellektual jihatdan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishida o‘ziga xos o‘ringa ega. Matematik bilimlar bolalarga, ular nimani bilib olganliklari va nimaning uddasidan chiqa olishlarini hisobga olgan holda, aniq tizim va ketma-ketlikda beriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi PQ-4312-sonli “O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”, 2016 yil 29 dekabrdagi “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli, 2017 yil 30 sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-sonli Farmoni, 2017 yil 9 sentabrdagi «Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3261-sonli qarori, shuningdek, Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018 yil 18 iyundagi “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari” hamda “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat o‘quv dasturini amalda joriy etish kabi davlat hujjatlarida bu sohaga oid masalalarini hal etish nazarda tutilgan. Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev bu tizimni chuqur tahlil qilib, shu paytgacha nazardan chetda bo‘lgan eng kichik jihatlarigacha e’tibor qaratdi. Bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalarining ta’lim dasturlari va o‘quv tarbiyaviy rejalariga qo‘yilgan davlat talablarini takomillashtirish dolzarb masalaligicha qolayotganligi aniqlandi. Aksariyat maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi zamon talablariga javob bermayapti. Bolalarni maktabgacha ta’limiga qamrab olish ko‘rsatkichi hamon pastligicha qolmoqda. Mavjud muammolarni amaliy bartaraf etish maqsadida «2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi. Bola dunyoga kelganidan boshlab, unda aynan maktabgacha bo‘lgan yoshda aqliy faollik oshadi, axloqiy-estetik va jismoniy xislatlar shakllanadi. Shu bois ham kelgusi yillarda maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirish borasidagi strategik maqsadimiz – ijtimoiy ahvolidan qat’i nazar, bog‘cha yoshidagi har bir bolani ushbu ta’lim yo‘nalishi bilan to‘liq qamrab olish uchun zarur sharoitlarni yaratishdan iborat...». Ushbu maqsadlarni ro‘yobga chiqarish maqsadida 2017 yilda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi.«O‘zbekiston Respublikasida 2030 yilgacha maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish konsepsiyasi»ning qabul qilinishi sohadagi islohotlarni amalga oshirishda huquqiy asosni yaratdi. Maktabgacha ta’limni rivojlantirishda hududlar, shahar va qishloqlar o‘rtasidagi nomutanosiblikni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Kurs ishi obyekti:Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tayyorlov guruhlarda mashg‘ulotlar jarayonidan foydalanildi. Kurs ishi predmeti:Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida til va nutq tasavvurlarni shakllantirish jarayonini tashkil etish mazmuni shakli usul va vositalari Kurs ishi maqsadi:Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida til va nutq tasavvurlarni shakllantirish jarayonini tashkil etishni o‘rganishdan iborat. Kurs ishi vazifalari:Har qanday masalani yoki ishni bajarishdan oldin ma'lum bir reja tuziladi va shu reja asosida bajariladi. Mazkur kurs ishimizning oldiga quyilgan maqsadiga erishish uchun quyidagi vazifalarni bajarishga asosiy e'tibor qaratildi. 1. Mazkur kurs ishi hozirgi kunda dolzarb mavzulardan biri ekanligini hayotiy dalillar orqali isbotlash va mavzuning ilmiy-nazariy ahamiyatini asoslab berish. 1. Turli yoshdagi bolalarga til va nutq tasavvurlarlarni shakllantirish nazariyasiga oid tushuncha hosil qilish. 2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida til va nutq jarayonini tashkil etishga oid ilmiy - metodik ishlarni ishlab chiqish. Kurs ishining amaliy ahamiyati :Maktabgacha ta'lim tashkilotlarda turli yosh guruhlarda til va nutq mashg'ulotlarini to‘g‘ri tashkil qilish va loyhalashtirish natijasida bolalarda yangi bilimlar shakllanadi,nutqi rivojlanadi,lug'at boyligi oshadi,bolani sog'lig'i, kayfiyati yaxshilanadi. Ishning tuzilishi va hajmi :Kirish , 2 - bob , 4 - paragraf , 6 ilovalar, xulosa , foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati. 1-bob Turli yosh guruhlarda til va nutq mashg'ulotlarini loyhalashtirishning nazariy asoslari 1.1Maktabgacha talim yosh bolalarda til va nutq mashg'ulotlarini rivojlantirishning ahamiyati.Insonning eng muhim xususiyatlaridan biri so’zlash qobiliyatidir.Ravon nutq orqali ifodalangan fikr tushunarli va yoqimlidir.Nutq harakatlari murakkab a’zolar tizmi orqali amalga oshiriladiki,bunda bosh miya faoliyati asosiy rol o’ynaydi,nutq faqat inson uchun xos bo’lgan alohida va yuqori darajadagi aloqa shaklidir,nutqiy aloqa jarayonida kishilar fikr almashadilar va bir birlariga ta’sir etadilar. Nutqiy aloqa til orqali amalga oshiriladi; til-bu fonetik leksik va grammatik vositalar tizimidir odam nutqi tushunarli va ma’noli bo’lishi uchun nutq a’zolarining xarakatlari aniq va tog’ri bo’lishi kerak. Nutq talaffuzi mexanizmi harakatini tushunish uchun nutq apparatining tuzilishini yaxshi bilishi zarur. Nutq buzilishlari uzoq yillar davomida o’rganib kelayotgan sohadir.Nutq normasi deganda nutq faoliyati jarayonidagi til ishlatilishining umumiy qabul qilingan variantlari tushuniladi. Nutqning normal faoliyati holatiga uning psixofiziologik mexanizmlarning zaiflashuviga bog’liq holda til normalaridan chetlashuvi bilan belgilanadi. Kommunikativ nazariya nuqtai nazaridan qaraganda, nutq buzilishlari bu aloqa vositasining buzilishidir. Bunda individ bilan jamiyat orasidagi nuqtiy muomalada ko’zga tashlanadigan o’zaro munosabatlarning buzilgani ma’lum bo’ladi. O`zbekiston Respublikasi Ta’lim to`g`risidagi qonunning 23 -moddasiga ko’ra rivojlanishda jismoniy yoki psixik kamchiliklarga ega bo`lgan anomal bolalar ta’lim olish huquqiga ega. Bizning mamlakatimizda anomal bolalarga yordamni tashkil etish – inson haqida g`amxo`rlik ko`rsatilishining yorqin namunalaridan biridir. O`zbekistonda anomal va nogiron bolalarga yordamni tashkil etish maxsus maktab internatlar, professional mehnat kollejlarida maxsus guruhlar; zaif ko`ruvchi va zaif eshituvchi,o`g`ir nutq nuqlari bor bolalalar uchun maktabgacha ta’lim muassasalari,maxsus maktab internatlar,o`rta umumiy ta’lim maktablari qoshida nutqiy sinflar; nutqiy rivojlanishi sustlashgan bolalar uchun o`rta umumiy ta’lim maktablari qoshida tenglashtirish sinflari,maktab internatlar; harakat – tayanch a’zolari jarohatlangan maktab-internat; o`rta umumiy ta’lim maktablari qoshida logopedik puktlar ishlab turibdi. Bolalar nutqini rivojlantirishning metodik masalalarini ishonchli tarzda psixologolingvistik asoslash zamonaviy pedagogik tadqiqotlarga xos jihatlar hisoblanadi. Rus pedagogika fanining eng yaxshi an’analari ruhida bajarilgan ushbu tadqiqotlar katta faktik materiallarga ega bo`ladi, bola nutqining obyektiv qonuniyatlarini aniqlaydi. F.A.Soxin vaO.S.Ushakovlarning tasnifidan foydalangan holda bolalar nutqini psixologik-pedagogik tadqiq qilishni bir nechta yo`nalishga ajratish mumkin: tuzilmaviy (til tizimining turli tuzilmaviy darajalarini: fonetik, leksik, grammatik darajalarini shakllanirish), funksional (kommunikativ faoliyatda tilni egallash ko`nikmalarini shakllantirish); kognitiv (til va nutq hodisalarini oddiy anglashni shakllantirish). “Bola nutqini rivojlantirish” hodisasining o`zini va uni boshqarish jarayonini tahlil qilish maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish sohasida ishlash uchun pedagoglar maxsus tayyorgarlikdan o`tishlari zarur, degan xulosani keltirib chiqaradi. Nutqqa oid zamonaviy tadqiqotlar tizimli yondashuvga ega, bu “u yaxlit bir tizim sifatida mavjud bo`lgan ko`plab tashqi va ichki munosabatlar” (B.F.Lomov) hodisasini o`rganishda namoyon bo`ladi. Nutq-til tizimi ko`plab aloqalarga kirishadi, jumladan, ma’noni so`zga aylantiradigan hamda inson ongi va his-hayajonlari bilan uzviy bog`liq bo`lgan semantik axborot apparati, psixofizik hodisa (ya’ni, miya vazifasi, jismoniy tovushlar chiqaruvchi hamda ularni qabul qiluvchi va tabaqalashiruvchi qurilma), muloqot va ijtimoiy aloqa vositasilari ularning asosiylari hisoblanadilar. Nutq-bu tilni ishga solish jarayonidir. Subyektning nutqiy faoliyati ichki vositasi va uni amalga oshirish usullari sifatida til va nutqni o’z ichiga oladi. Nutq bu psixik xodisa, kishilarning shaxslararo o’zaro muayyan hamkorligi sharaoitlarida rivojlanadigan, individual xususiyatlarga ega bo’lgan shaxs mulkidir. Utildan farqli ravishda ijtimoiy-tarixiy sharoitlarda rivojlanadigan xalq ijtimoy mulki hodisasidir. Til millatning noyob xazinasi bo`lib, doimo og`zaki va yozma holda, namoyon bo`lgan. Boy, yorqin, maroqli nutq so`zlayotgan kim bo`lishidan qat’i nazar, nuri hisoblanadi. Tilning olijanob imkoniyatlar nutq orqali nutq jarayonida ochiladi. Nutq bo`lmas ekan tilning cheksiz imkoniyatlari yuzaga chiqmay qolaveradi. So`z va g`azal sultoni A.Navoiy til va nutq munosabatlarini shunday izohlaydi. “Til shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq noma’qul bo`lib chiqsa tilning manfaatidir”. Demak, til qanchalik zo`r bo`lmasin, u nutq uchun qurol sifatida xizmat qilar ekan. Uning kuch, qudrati nutq jarayonida namoyon bo’lar ekan. Agar til o’q bo’lsa, nutq kamondir. O’qning qudrati, kamonning qudratiga bo’g’liq. Ma’lumki til inson aqlining, faoliyatining eng oliy va asosiy vositasidir. Chunki insonni boshqa jonzodlardan ajralib turadigan ham til emasmi?! Shunday ekan, inson aqliy faoliyatining eng oliy mahsullari tafakkur mevalari til, nutq orqali ro’yobga chiqadi. Til tafakkur mahsulining hayotga tatbiq etilishi vositasi bo’luvchi qudratli quroldir. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ayniqsa nisbatan nutqning ikki shaklini- dialogik va monologik shakllarini ko’rib chiqish lozim. Dialogik ikki yoki bir necha so’zlovchining biron-bir vaziyat bilan bo’g’liq mavzudagi fikrlarning holda, sintaksik jihatdan sodda bo’lgan darak, undov (iltimos, talab), so’roq gaplarning barcha turlari namoyon etilgan. Til vositalari imo-ishoralar, mimika bilan kuchaytiriladi. Tarbiyachi shunday vaziyatni yaratishi kerakki, unda bolalar turli xil vositalardan foydalangan holda dialog tuzish- so’rash, javob berish, tushuntirish, iltimos qilish, luqma tashlash va hokazolar zaruratiga duch kelsin. Ushbu maqsadda bolalarning oiladagi, maktabgacha ta’lim muassasadagi hyoti, uning do’stlari va kattalar bilan munosabatlari, uning qiziqishlari va taassurotlari bilan bog’liq turli xil mavzulardagi suhbat o’tkazishdan foydalanish lozim. Qayd etilgan malaka va ko’nikmalar monologik nutqni rivojlantirish uchun ham zarurdir. Til va nutq o‘stirish mashg’ulotlarining vazifalari quyidagilardan iborat: 1.Maktabgacha taʻlim nutqini o'stirish; 2. Maktabgacha yoshdagi bolalar lug'atini boyitish; 3 Maktabgacha yoshdagi bolalarga nutkning grammatik tomonini amaliy o'rgatish, so'zlarning gapda o'zaro birikishi va gap xosil kilish uchun zarur bo'lgan turli grammatik shakllar, ko'shimchalardan foydalanishni o'rgatish; 4. Bolalarda nutkning tovush tomonini tarbiyalash, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda nutk tovushlarini to'g'ri talaffuz qilish, ovoz-ohangni tushunish, nutkiy nafas olishni to'g'ri bajarishni shakllantirish; 5. Maktabgacha taʻlimda bolalarning nutkni tushunish, tinglash malakalarini shakllantirish, kattalarga nutk orkali murojaat kilish, dialogik va monologik nutkini o'stirish, hikoya tuzishga o'rgatish; 6. Badiiy adabiyot bilan tanishtirish, badiiy asarlar, ertak, Hikoyalarni o'rganish, asar mazmunini tushunish, obrazlar xususiyati, nutqini ajrata bilishga o'rgatish kitobga bo'lgan muhabbatni shakllantirish; 7. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni rivojlantirish va ularni maktab taʻlimiga tayyorlash. 1.2 Turli yosh guruhlarda til va nutq mashg'ulotlarini tashkil etish. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish qonuniyatlari. Ma’lumki, bolaning nutqi til qonuniyatlariga to‘g‘ri amal qilish, kattalar nutqini idrok etish va o‘zining ijodiy faolligi natijasida rivojlanadi. Shunday qilib, til va nutq maktabgacha katta yoshdagi bolaning psixologik rivojlanishi hamda dastavval xotirasi, fikrlashi, idrok etishi, hissiyoti va ehtirosini ta’minlaydigan ikkita muhim vositadir. Birinchi qonuniyat: Ona tilidagi nutqni idrok etish qobiliyati bola nutq organlari muskullarining mashq qildirilishiga bog‘liq (shuning uchun ham so‘z, ibora va gaplarni talaffuz etishni takomillashtirish uchun nutq organlarini mashq qildirishga yetarli darajada e’tibor bermoq muhimdir). Ikkinchi qonuniyat: Nutq ma’nosini tushunish bola tomonidan nutqning leksik va grammatik qonuniyatlarining o‘zlashtirilishiga bog‘liq. Uchinchi qonuniyat: Nutq ifodaliligini o‘zlashtirish bolada fonetika, leksika va grammatikaning ifoda vositalarini tushunishga bo‘lgan moyillikka bog‘liq (maktabgacha katta yoshdagi bolalarni nutq ifodaliligini tushunishga o‘rgatish hamda bu hissiyotlarning bola tomonidan o‘zlashtirilishiga erishish lozim). To‘rtinchi qonuniyat: Nutqni boyitish, avvalo, nutq ko‘nikmalarini takomillashtirishga bog‘liq (agar oldingi yosh bosqichida maktabgacha katta yoshdagi bola nutqini shakllantirish muvaffaqiyatli bo‘lgan bo‘lsa, undan keyingi nutqni boyitish jarayoni hamda uni o‘zlashtirish oson va tez boradi). Bundan tashqari, tadqiqotchilar tomonidan nutqni boyitish jadalligi tilni his etish, bilish imkoniyatlari (sezish, xotira, idrok qilish, fikrlash), iroda kuchining rivojlanishiga ham bog‘liq. Beshinchi qonuniyat: Nutq meyorlarini o‘zlashtirish tilni his etishning rivojlanishiga Ma’lumki, ta’limda biror-bir yutuqqa erishish tarbiyaga bog‘liq. Shuning uchun ham maktabgacha yoshdagi bolalarning madaniy xulq-odatlarini shakllantirishga muayyan darajada e’tibor berish lozim. Ularda yaxshilik, kamtarlik, adolatlilik, vijdonlilik to‘g‘risidagi axloqiy tasavvurlarni tarkib toptirish kerak. Nutqni samaraliroq rivojlantirish maqsadida bolalarning tevarak-atrof obyektlari (kishilarning hayoti va mehnati, hayvonlar, o‘simliklar olami, suv osti dunyosi) to‘g‘risidagi tasavvurlarini aniqlash va izchil, rejali tarzda kengaytira borish talab etiladi. Nutqni rivojlantirishning samaradorligini oshirish rejasida nafaqat tevarak- atrof obyektlari ustida oddiy kuzatishlar (mushohadalar) uchun, balki ularni o‘rganish uchun ham sayrlar, sayohatlar o‘tkazish muhimdir. Shu o‘rinda tevarak-atrof obyektlarini o‘rganishda nimalarga erishish mumkinligini aniqlab olishimiz lozim bo‘ladi. Buning uchun, avvalo, nutq o‘stirishga oid tevarak-atrof manbalarining o‘zini guruhlashtirish taqozo etiladi. Tevarak-atrofni o‘rganishda (tarbiyachilar yoki ota-onalar tomonidan) bolalar shunchaki kuzatmasliklari, balki predmetlarni ularning qismlari, elementlarini ko‘rib, jarayonlar, hodisalarni idrok eta borib, ular to‘g‘risida mulohaza yuritishlari ham lozim. Bunga erishish uchun tarbiyachi oldiga qiyoslash, taqqoslash, ajratish, umumlashtirish, tahlil qilish va boshqa shu kabi usullardan foydalanish vazifasi qo‘yiladi. Bundan tashqari, o‘rganish jarayonida) maktabgacha katta yoshdagi bolalarni mehnatning ular uchun qulay bo‘lgan turlari (ariqchalarni tozalash, daraxtlar tagini yumshatish, gullarni parvarish qilish)ga jalb qilish muhimdir. Bunday yondashuv shu bilan bog‘liqki, inson biron narsani o‘z qo‘li bilan bajarsa, uni ko‘proq va to‘laroq esda saqlaydi. Mazkur usul bilan maktabgacha katta yoshdagi bolalarning bog‘lanishli nutqidagi kamchiliklar narsapredmetlarning nomlarini so‘zma-so‘z va eslash orqali to‘ldiriladi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish ko‘p jihatdan quyidagi narsalarning to‘g‘ri hal etilishiga bog‘liq: - nutqni rivojlantirishga doir didaktik materiallar (tarbiyachi va ota-onalarning ma’lum maqsadga qaratilgan nutqi, bolalarga o‘qib yoki aytib beriladigan ertaklar, qo‘shiqlar, hikoyalar); - ta’limning didaktik materiallarni o‘zlashtirish uchun foydalaniladigan metod va usullari; - ta’limni tashkil etish (tevarak-atrof obyektlarini saralash, shunga bog‘liq nutq o‘stirishni rejalashtirish). - o‘quv materialining mazmuni, uni o‘rganishning ayrim usullari hamda ularga tegishli tamoyillarga tayanib, tarbiyachi nutq o‘stirish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ishlarni rejalashtirmog‘i zarur. Biz ayni muammoga oid tadqiqot ishlari olib borish jarayonida nutq o‘stirish borasida quyidagi didaktik tamoyillarga tayanib ish ko‘rish yaxshi natija beradi degan xulosaga keldik: - nutq organlari hamda qo‘lni o‘rgatish uchun nutq materialini tushunish; - nutq ahamiyatini tushunish hamda leksik va grammatik ko‘nikmalarni rivojlantirish; - nutq ifodaliligini baholash. Buning uchun maktabgacha yoshdagi katta bolalarda muayyan hissiyotni rivojlantiradigan didaktik materiallarni tanlash maqsadga muvofiqdir; - ona tiliga muhabbat tuyg‘usini rivojlantirish tamoyili (bu o‘rinda bolalarga, xususan, nutqda ona tili faktlarini qo‘llash an’anasini o‘zlashtirish bo‘yicha ta’limni tashkil etish nazarda tutiladi); - muayyan mavzuga oid yozma nutqni og‘zaki nutq bilan qiyoslash; - nutqning asta-sekin boyib borishi lozim.Uch-besh yoshli bolalarda kattalarning mehriga, ularning tushunishiga va u bilan muloqot qilishiga ehtiyoj saqlanib qoladi. Kattalarga nisbatan ishonchga asoslangan muloqot va uning emotsional ahvolini (quvonch, zavq-shavq, qayg’u, xotirjamlik, jahldorlik va h.k.) his qilishga, kayfiyat o‘zgarganligi sabablarini tushunishga qodirlik rivojlanadi. Kattalar bilan muloqotning yangi shakli – qiziqarli mavzularda muloqot qilish vujudga keladi va rivojlanadi. U dastlab kattalar bilan birgalikdagi bilish faoliyatiga (masalan, o‘yin, predmetlar va o‘yinchoqlar bilan tajriba o‘tkazish, qog’ozdan va tabiiy materialdan narsa yasash va boshq.) qo‘shilib ketgan, so‘ngra, bola hayotining beshinchi yili oxiriga kelib muayyan vaziyat bilan bog’liq bo‘lmagan bilish mavzularidagi «nazariy» muloqot ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Bolalarning katta yoshli odam bilan muloqotga bo‘lgan ehtiyojining qondirilmasligi ular o‘rtasida emotsional jihatdan begonalashuvga olib keladi. U turli ko‘rinishda namoyon bo‘ladi: ba’zi bolalar indamas, hurkak, arzimagan narsaga ham yig’lab yuboruvchi bo‘lib qoladilar; boshqalari esa – negativizm, tajovuzni namoyon qilishadi. 2-bob Maktabgacha ta’lim tashkilotlarda til va nutq mashg’ulotlarini loyhalashtirishning shakli ,usullari,amaliy ish tahlili. 2.1 Bolalar til va nutq mashg‘ulotlarda rivojlantirish usullari Bola ulgʻayar ekan, unda soʻzlashishga ehtiyoj paydo boʻla boshlaydi, - deydi Farahnoz Begmurodova. - Dastlab atrofdagilarini taniydi, eshitgan soʻz va jumlalarini asta-sekinlik bilan oʻzlashtiradi. Tilga kirgach esa uning soʻz boyligi jadal oʻsadi. Oddiy soʻzlar, keyinchalik sodda gaplardan va toʻliq, yoyiq gaplardan foydalanadi. Dialogik nutq oilada, ota-ona, aka-opalar davrasida vujudga keladi. Oʻziga kerakli narsani soʻrash uchun harakat qiladi, muloqotga kirishadi. Maktabgcha yoshdagi bolalarning nutqini o‘stirishda oldindan tayyorlangan mavzularda suhbatlar, teatrlashtirish usullari, sahnalashtirish o‘yinlari, savol-javoblar juda foyda beradi. Ta’kidlash joizki, bola uchun katta yoshli odam savollarga javob topishning yagona vositasi, qiziqarli taassurotlar manbai hisoblanadi. Bola kattalar bilan dialogga kirishishga, narsalar va oʻyinchoqlarga egalik qilishga intilarkan, u ushbu maqsadlarga erishish uchun soʻzdan foydalanishga ehtiyoj sezadi, bа’zida oʻzi tashabbus koʻrsatib, fikr bildiradi. Katta yoshli odam bola bilan dialogga kirishish jarayonida bolaning bir soʻzli fikrlarini grammatik jihatdan toʻliq shakllantirilgan soʻzlarga aylantirish orqali uning kamchiliklarini tuzatadi. Bola o‘rganganlarini faol oʻzlashtiradi va undan oʻz nutqida foydalanadi. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda uning ota-onasi, aka-opalari va tarbiyachilarining hissasi katta. Bolaning nutqini shakllantirishning tayyorgarlik bosqichi 3 oyligida, u g'o'ng'illaganda va keyin g'o'ng'irlaganda boshlanadi. Ota-onalar bilan hissiy muloqotga bo'lgan bu ovozli javoblar allaqachon chaqaloqning eshitishlari tomonidan nazorat qilinadi va ular yo'qligida kattalar ehtiyot bo'lishlari va mutaxassislar bilan maslahatlashishlari kerak. Yilga kelib, uzluksiz talaffuz qilinadigan bo'g'inlar va 10 ga yaqin oddiy so'zlar paydo bo'ladi. Ota-onalar uchun ham, maktabgacha ta'lim muassasalari o'qituvchilari uchun ham muallif so'zni uch bosqichda o'rganishni taklif qiladi: so'zning ma'nosini aniqlashtirish; ob'ektni idrok etishda uni o'zboshimchalik bilan takrorlash; so'zdan foydalanish - savollar yordamida Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish ko'p jihatdan quyidagilarning to'g'ri hal etish bilan bog'liq: - nutqni rivojlantirishga doir didaktik materiallar tarkibiga ota-onalar, tarbiyachining ma'lum maqsadga qaratilgan nutqi, bolalarga o'qib yoki aytib beriladigan ertak, she'r, qo'shiqlar, hikoyalar muntazam kiritilishi; - ta'limning didaktik materiallarni foydalanadigan tarzda zamonaviy tashkil etilishi; - ta'limiy o'yinlarda bolalarning faol nutqiy muloqotda bo'lishini ta'minlash. Bugungi kunda maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi bolalarning nutq qobiliyatini shakllantirishda quyidagi qiyinchiliklarga duch kelmoqda: - har bir bolaning individual qobiliyatlarini aniqlash va mos ravishda rivojlantirish; - hamkorlikka asoslangan ta'lim munosabatlarida bolani faollashtirish; - nutqiy qobiliyati yashirin bolalar bilan olib boriladigan alohida o'yinli vaziyatlar yaratish. Shunday qilib, an'anaviy ravishda badiiy asarlarni o'qib berishdan ko'ra innovatsion shaklda badiiy asar bilan tanishtirishning amaliy afzalliklarini tasniflaymiz. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun an'anaviy ta'limiy faoliyat tarbiyachining hikoya qilib berishi, o'qib berishi va takrorlatgan holda yod oldirishini tan oladi. Ammo tajriba shuni ko'rsatadiki, bolalar tarbiyachining hikoyasini kichik o'zgarishlar bilan takrorlaydilar, hikoyalar kambag'al so'zlar Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning tevarak-atrofni o‘rganishda nutqini rivojlantirish uchun nazarda tutish lozim bo‘lgan so‘zlarni mavzu jihatidan guruhlarga quyidagicha bo‘lish mumkin: ota-onalar, qarindosh-urug’lar, tengdoshlar bilan bog’liq so‘zlar; maishiy predmetlar, o‘yinchoqlarni anglatadigan so‘zlar; bola yashab turgan joydagi predmetlar va boshqa narsalarni anglatadigan so‘zlar; hovli, ko‘cha, xiyobon, bog’, tomorqadagi narsa-predmetlarni anglatadigan so‘zlar; hayvonot olami, qushlar, sudralib yuruvchilar, hasharotlarni anglatadigan so‘zlar; jonsiz tabiat ob’ektlarini anglatadigan so‘zlar; inson kasb faoliyatining har xil turlari (kasbi, ixtisosi, ish turlari va hokazo)ni anglatadigan so‘zlar; buyumlar, moslamalar, asbob-uskunalar, mashinalar, materiallar va hokazolarni anglatuvchi so‘zlar; pedagogika, psixologiya, sotsiologiya, tarix (axloq, ma’naviyat, qadriyat) kabilar bilan bog’liq so‘zlar; ijtimoiy-siyosiy hodisalar bilan bog’liq bo‘lgan so‘zlar. Maktabgacha ta’lim muassasalarida maktabgacha katta yoshdagi bolalar ayrim so‘zlarni o‘rganish bilan bir qatorda, iboralarni (osmonda yarim oy, oyoq yalang) ham talaffuz qilishni o‘rganishlari ularning bog’lanishli nutqini o‘stirishga samarali ta’sir ko‘rsatar ekan. Ma’lumki, maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish faoliyatning har xil turlarida amalga oshiriladi: tabiat ob’ektlari bilan tanishtirish mashg’ulotlarida; badiiy asarlar bilan tanishtirish mashg’ulotlarida; savod o‘rgatishda; o‘yin faoliyatida; ijtimoiy foydali mehnat jarayonida turli ishlarning bajarilishida. vositasida talqin qilinadi xolos. Shuning uchun, hikoyani o'qib berish jarayni nihoyasiga yetgach, bolalardan qayta hikoya qilib berish emas, shu hikoya asosidagi aralash kartinkalarni magnitli doskaga o'z o'rniga ko'ra terib chiqishini talab etadigan "Rasmlarning o'rnini top" o'yini bolalarni faol nutqiy vaziyatga undaydi. Ular voqealar ketma-ketligiga ko'ra rasmlarni izlab topish jarayonida nafaqat nutqi balki, diqqati, kuzatuvchanligi, mantiqiy fikrlashi rivojlanadi. O'zlari hosil qilayotgan hikoya kompozitsiyasini kuzatish tarbiyalanuvchilarni faollashtiradi va yangi so'zlar bilan tasvirlashga urinadi. Ushbu faoliyat bolalarni zerikishdan himoya qiladi, butun guruhni qayta hikoya qildirishga imkon bo'lmagan taqdirda, bu usul vositasida barcha bolalar ish jarayoniga jalb etiladi. Ayniqsa tarbiyachi asosiy ijrochi rolidan kuzatuvchi darajasiga statusini o'zgartirishi bolalarga erkinlik beradi. Pedagogning ijrochi-bolalar xattiharakatlarini rag'batlantirishi esa nutqiy faollikka yo'l ochadi. Shu kabi innovatsion texnologiyalarni tanlashda quyidagi talablarga e'tibor qaratish kerak: - texnologiyani o'qib berish emas, balki bolalarning muloqot qobiliyatini rivojlantirishga, nutq madaniyatini tarbiyalashga yo'naltirish; - har bir bola uchun uning yoshi va individual xususiyatlarini inobatga olgan holda har xil faoliyat turlarida faol nutq amaliyotini tashkil etish. Agarda o‘qilayotgan asar matnida sifatdosh uchrasa, bolalarning uni hikoya qilib berishida mazkur sifatdoshni u taalluqli bo‘lgan otlar bilan birgalikda qo‘llashlariga, tarbiyachi savol berganida esa ushbu sifatdosh hosil bo‘lgan fe’l nomini ayta olishlariga e’tibor berish juda muhimdir. Maktabgacha yoshdagi katta bolalarga mustaqil hikoyatavsiflar (o‘yinlar, narsalar bo‘yicha) yoki syujetli suratlar turkumi asosida hikoyalar tuzishni o‘rgatish maqsadida nutqni rivojlantirishga doir maxsus ishlarni o‘tkazishda tarbiyachi bolalarning o‘zlariga ma’lum bo‘lgan barcha grammatik shakllarni qo‘llashlariga erishishi lozim: otlarning kelishik shakli va sifatlar, sifatlar to‘liq va qisqa shaklda, sifatlarni taqqoslash darajalari (yuqori, baland, eng baland); fe’llarning tuslanadigan shakllari; eng keng tarqalgan ravishlar (o‘ngga, chapga, oldinga, orqaga, bu yerda, anavi yerda, yuqorida, pastda, yaxshi,tez), hozirgi zamon haqiqiy sifatdoshlari; old ko‘makchilar va bog’lovchilar. Bolalar nutqining sintaktik qatorini rivojlantirar ekan, tarbiyachi bolalarning oddiy gaplarni, bir xil a’zoli, oborotli gaplarni, qo‘shma gaplarni to‘g’ri tuzishlariga e’tiborni qaratishi lozim. Faqat yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan barcha grammatik shakllarni o‘zlashtirgan taqdirdagina bola maktabda o‘qishga yaxshi tayyorlangan bo‘ladi. 2.2.Turli yosh guruhlarda til va nutq mashg’ulotlarini loyhalashtirishning amaliy ish tahlili. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish qonuniyatlari. Ma’lumki, bolaning nutqi til qonuniyatlariga to‘g‘ri amal qilish, kattalar nutqini idrok etish va o‘zining ijodiy faolligi natijasida rivojlanadi. Shunday qilib, til va nutq maktabgacha katta yoshdagi bolaning psixologik rivojlanishi hamda dastavval xotirasi, fikrlashi, idrok etishi, hissiyoti va ehtirosini ta’minlaydigan ikkita muhim vositadir. Birinchi qonuniyat: Ona tilidagi nutqni idrok etish qobiliyati bola nutq organlari muskullarining mashq qildirilishiga bog‘liq (shuning uchun ham so‘z, ibora va gaplarni talaffuz etishni takomillashtirish uchun nutq organlarini mashq qildirishga yetarli darajada e’tibor bermoq muhimdir). Ikkinchi qonuniyat: Nutq ma’nosini tushunish bola tomonidan nutqning leksik va grammatik qonuniyatlarining o‘zlashtirilishiga bog‘liq. Uchinchi qonuniyat: Nutq ifodaliligini o‘zlashtirish bolada fonetika, leksika va grammatikaning ifoda vositalarini tushunishga bo‘lgan moyillikka bog‘liq (maktabgacha katta yoshdagi bolalarni nutq ifodaliligini tushunishga o‘rgatish hamda bu hissiyotlarning bola tomonidan o‘zlashtirilishiga erishish lozim). To‘rtinchi qonuniyat: Nutqni boyitish, avvalo, nutq ko‘nikmalarini takomillashtirishga bog‘liq (agar oldingi yosh bosqichida maktabgacha katta yoshdagi bola nutqini shakllantirish muvaffaqiyatli bo‘lgan bo‘lsa, undan keyingi nutqni boyitish jarayoni hamda uni o‘zlashtirish oson va tez boradi). Bundan tashqari, tadqiqotchilar tomonidan nutqni boyitish jadalligi tilni his etish, bilish imkoniyatlari (sezish, xotira, idrok qilish, fikrlash), iroda kuchining rivojlanishiga ham bog‘liq. Beshinchi qonuniyat: Nutq meyorlarini o‘zlashtirish tilni his etishning rivojlanishiga Ma’lumki, ta’limda biror-bir yutuqqa erishish tarbiyaga bog‘liq. Shuning uchun ham maktabgacha yoshdagi bolalarning madaniy xulq-odatlarini shakllantirishga muayyan darajada e’tibor berish lozim. Ularda yaxshilik, kamtarlik, adolatlilik, vijdonlilik to‘g‘risidagi axloqiy tasavvurlarni tarkib toptirish kerak. Nutqni samaraliroq rivojlantirish maqsadida bolalarning tevarak-atrof obyektlari (kishilarning hayoti va mehnati, hayvonlar, o‘simliklar olami, suv osti dunyosi) to‘g‘risidagi tasavvurlarini aniqlash va izchil, rejali tarzda kengaytira borish talab etiladi. Nutqni rivojlantirishning samaradorligini oshirish rejasida nafaqat tevarak- atrof obyektlari ustida oddiy kuzatishlar (mushohadalar) uchun, balki ularni o‘rganish uchun ham sayrlar, sayohatlar o‘tkazish muhimdir. Shu o‘rinda tevarak-atrof obyektlarini o‘rganishda nimalarga erishish mumkinligini aniqlab olishimiz lozim bo‘ladi. Buning uchun, avvalo, nutq o‘stirishga oid tevarak-atrof manbalarining o‘zini guruhlashtirish taqozo etiladi. Tevarak-atrofni o‘rganishda (tarbiyachilar yoki ota-onalar tomonidan) bolalar shunchaki kuzatmasliklari, balki predmetlarni ularning qismlari, elementlarini ko‘rib, jarayonlar, hodisalarni idrok eta borib, ular to‘g‘risida mulohaza yuritishlari ham lozim. Bunga erishish uchun tarbiyachi oldiga qiyoslash, taqqoslash, ajratish, umumlashtirish, tahlil qilish va boshqa shu kabi usullardan foydalanish vazifasi qo‘yiladi. Bundan tashqari, o‘rganish jarayonida) maktabgacha katta yoshdagi bolalarni mehnatning ular uchun qulay bo‘lgan turlari (ariqchalarni tozalash, daraxtlar tagini yumshatish, gullarni parvarish qilish)ga jalb qilish muhimdir. Bunday yondashuv shu bilan bog‘liqki, inson biron narsani o‘z qo‘li bilan bajarsa, uni ko‘proq va to‘laroq esda saqlaydi. Mazkur usul bilan maktabgacha katta yoshdagi bolalarning bog‘lanishli nutqidagi kamchiliklar narsapredmetlarning nomlarini so‘zma-so‘z va eslash orqali to‘ldiriladi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish ko‘p jihatdan quyidagi narsalarning to‘g‘ri hal etilishiga bog‘liq: - nutqni rivojlantirishga doir didaktik materiallar (tarbiyachi va ota-onalarning ma’lum maqsadga qaratilgan nutqi, bolalarga o‘qib yoki aytib beriladigan ertaklar, qo‘shiqlar, hikoyalar); - ta’limning didaktik materiallarni o‘zlashtirish uchun foydalaniladigan metod va usullari; - ta’limni tashkil etish (tevarak-atrof obyektlarini saralash, shunga bog‘liq nutq o‘stirishni rejalashtirish). - o‘quv materialining mazmuni, uni o‘rganishning ayrim usullari hamda ularga tegishli tamoyillarga tayanib, tarbiyachi nutq o‘stirish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ishlarni rejalashtirishi lozim. Mavzu: Surat bo’yicha qisqa hikoya tuzish. Maqsad: Surat bo‘yicha qisqa hikoya tuzishni mashq qilish. Vazifalar: Hayvon bolalarini birlikda va ko‘plikda to’g’ri nomlash malakalarini mustahkamlash «Sh»tovushini aniq talaffuz etishga va so‘zlarda ajratishga o‘rgatish. Kutilayotgan natijalar Tarbiyachi savollari bo‘yicha hikoya tuzishga o’rganadilar. Kerakli jihozlar: Hayvonlar va ularning bolalari ва tasvirlangan yirik,mayda suratlar. Mashg‘ulotni borishi Tarbiyachi «Bugun ertalab bog’chaga xat tashuvchi keldi. Bolalarga suratlar olib keldi. U menga ham surat olib keldi. Mening suratimda sigirning rasmi solingan. Uning shoxi va uzun dumi bor. Sigir o‘tloqda o‘tlab yuribdi . U“mo‘-mo‘-mo‘” deb mo‘raydi. O‘zingizning qo‘lingizdachi? Bu suratda nima solingan? Kimning suratida sigir bor? Vali o‘z surating haqida so‘zlab ber. (bola tarbiyachining hikoyasini takrorlashi mumkin. Agar u javob berishga qiynalsa tarbiyachi savollar beradi. Keyin boshqa bolani chaqiradi. Shu tariqa boshqa bolalarni ham surat haqida so‘zlab berishga taklif qiladi. 4-5 bolaning javobi tinglanadi. Tetiklashtiruvchi mashq. (Ixtiyoriy) Тarbiyachi«hozir men so‘zlar aytaman,siz diqqat bilan eshiting. Agar qaysi so‘zda «Sh» tovushi eshitsangiz chapak chalasiz: qishda. Bu so‘zda «Sh»tovushi bormi? To‘g‘ri chapak chalish kerak. Keyin tarbiyachi quyidagi so’zlarni talaffuz qiladi: shox, kalish, eshak, teshа, pashsha, mushuk,. «Sh»tovushini ovoz bilan ajratib, cho‘zib talaffuz qiladi. Bolalarx , «Sh»bor bo‘lgan so‘zlarni aniqlaydilar.Oxirida tarbiyachi quyidagi topishmoqni aytadi. Kattaligi uy kabi, G‘izzillab ketadi. Minib tushib odamlar,Joy-joyiga yotadi. (Mashina) Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar: -Sigir surati haqida kim so‘zlab beradi? - So‘zda «Sh» tovushini eshitsangiz , chapak chaling. -«Sh» tovushi bor so‘zlarni ayting. Xulosa Mamlakatimizda fan-texnika yuksak sur’at bilan rivojlanib borayotgan bir paytda yosh avlod zimmasidagi mas’uliyat ham ortmoqda. Ularga berilishi lozim bo’lgan bilimlarning hajmi yil sayin oshmoqda. Bolalarni bog’chadayoq maktabga tayyorlash maktabda esa ularni o’qitishning yangi shakllari amalga oshirilmoqda. Modomiki, harakat va so’z insonning o’zligini namoyon etuvchi asosiy vosita ekan, buning uchun bolaning jismoniy va nutqiy tarbiyasiga ilk davrdan boshlab e’tibor qaratmoq lozim. Nutq kamchiliklarining kelib chiqishi sabablarini oilada har biro ta-ona, maktabgacha tarbiya muassasalarida tarbiyachi, maktabda esa o’qituvchilar bilishlari zarur. Chunki nutq kishilarning til vositasi orqali aloqa jarayonining tarixan topgan formasidir. Shunindek, nutq rang-barang ifodali tovushlarning majmuasidan iborat. Bu tovushlar oliy nerv sistemasining signallari vositasida nutq organlarining turlicha shakllanishi yoki harakati natijasida paydo bo’ladi. Shuning uchun nutq tovushlarining vujudga keltiruvchi manbalarini organlar fiziologiyasini, ularning faoliyatini o’rganish talaffuzdagi nuqsonlarning kelib chiqish sababini aniqlash, to’g’ri va ravon talaffuzni ta’minlovchi omillardan biridir. Nutq bolalarda asta-sekin shakllanadi,bola o’sib rivojlanib boradi. Aslida bola nutqining o’sib borishidagi hal qiluvchi bosqich bir yarim yoshdan besh yoshgacha bo’lgan davrga to’g’ri keladi. Bu davrda bolaning nutqi muayyan sur’atda, besh yoshdan keyin esa nutq intensiv ravishda xilmaxil o’sib boradi. Biroq ayrim bolalarning nutqiy rivojlanishida bir qator kamchiliklar uchraydi va ma’lum bir sababga bo’g’liq bo’ladi. Tovushning notog’ri talaffuz etishni ona tilidagi hamma tovushlarda uchratish mumkin. Shuni alohida ta’kidlab o’tish joizki, bolalarning ko’pchiligi asosan artikulyatsion jihatdan talaffuz qilish qiyin bo’lgan tovushlarni notog’ri talaffuz etadilar. Bizning bebaho boyligimiz bu minglab avlodlar tomonidan yaratilgan va doimiy takomillashib boriladigan til. Til qobiliyati, til bizni odamga aylantiradi: tirik mavjudotlar dunyosida boshqa aloqa tizimlari ishlab chiqilgan, ammo ularni inson tili va undan foydalanish mexanizmlari bilan taqqoslab bo’lmaydi. Nutq odamlarning ushbu boylikni mukammallashtirishga bo’lgan intilishini tushunish qiyin emas: nafaqat so’zlarva ularning kombinatsiyasining qoidalarini bilish, balki nutqni shakllantirishning eng murakkab tizimiga, boshqa odamlarning nutqini idrok etish va uni tushunish, bolaning shovqinidan tortib, erkin oqadigan, mantiqiy va ma’ruzachining so’zli, ishonarli nutqiga qadar odam uzoq o’rganish yo’lidan o’tadi. Bir kishi hayoti davomida nutqini rivojlantiradi. Bolalar bog’chasida bola turli xil texnik vositalardan foydalangan holda nutqni rivojlantiradi: matematikada-mantiqiy muammolarni yechishda, mutqni rivojlantrish darslarida-so’z birikmalaridan foydalanish, nutq mashqlari, matnni o’qish va qayta o’qish, rasmlar, buyumlarni tasvirlash, ertaklar o’qish va h.k. O’quv jarayonida nutqning rivojlanishi bolalarning so’z boyligini boyitishga, rus adabiyot tili normalarini mohirona o’rganishga olib keladi. Nutqning rivojlantirish jarayoni uzoq davom etadi va tarbiya yillari davomida amalga oshiriladi. Foydalanilgan adabiyotlar 1.Ozbekiston Respublikasining Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoyiladigan Davlat talablari” 2018 y 2.Prof.F.R.Qodirova Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini ostirish” OzRXTBMMXQTMOROMM Toshkent -2011 y 3. .F.Voxobova, D.Zayniddinova ”Rivojlantiruvchi oyinlar” Toshkent.” Bekinmachoq plus” 2009 y 4.Sh.Boltayeva “Oynaymiz,o`ylaymiz,aqlimizni charxlaymiz”MTMtayyorlov guruhlari uchun tavsiya.Toshkent 2002 y 5. "Bolalar nutqini o‘stirish" Dono Babayeva 6.Sh. M. Miromonovichning “ Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. Mamlakatimizning 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustivor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisida gi ma’ruza, 2017-yil 14-yanvar. 7.Sh.M.Mirziyoyevning “Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz”-Toshkent: 2017 8.O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017-yil 9-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish bo’yicha chora tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3261-sonli qarori. 9.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-son farmoni. 10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3305-son qarori. 11.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida” gi PQ-4312-son qarori. 12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 391-son “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tòģrisida”gi qarori. 13. O‘zbekiston Respublikasini maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiya 2019-yil 8may 14.O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligining 2022-yil 4-fevraldagi “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi. 15.Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yilgan davlat talablari. Toshkent-2018 16. Djurayeva B.R, Umarova X.A, Tojiboyeva H.M, Nazirova G.M “Maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonining sifati va samaradorligini takomillashtirishning pedagogik tizimi”-Toshkent-2017. 17.U.Bo‘tayeva, K.Oqilova “Maktabgacha yoshdagi bolalarni shakllantirishda o‘yin mashg’ulotlarini o‘rni” Samarqand-2011. 18.Qodirova F.R, M. Fayzullayeva “ Kichik guruh tarbiyachilari uchun nutq o’stirish mashg’uloti ishlanmalari”(metodik qo‘llanma) Toshkent-2009. 19. F .R.Qodirova, Sh.Q. Toshpoplotova, N.M.Kayumova, M.N.A’zamova . “Maktabgacha pedagogika”Toshkent-2019. 20.Karimova V.M. “Psixologiya”. Toshkent-2002. 21.Sanoat Nabiyeva, Nigora Erkaboyeva “Maktabgacha ta’limda nutq o‘stirish “-Toshkent-2007 22. Achilova S, Azizova Z, Mo‘minova G “Bolalar nutqini o‘stirish “-Qo’qon-2022 23.Dono Babayeva “Bolalar nutqini o‘stirish “ Toshkent 24.Lex.uz 25. Ziyonet.uz 26.edu.uz 27. Arxiv.uz http://fayllar.org