Mazkur o‘quv dasturi TATU Farg‘ona filiali Kengashining 2022-yil 6-dekabrdagi 4-sonli yig’ilish qaroriga asosan 5330300 - Axborot xavfsizligi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha majburiy fanlarni o‘zlashtirganlik darajasini aniqlash uchun Yakuniy Davlat Attestatsiyasi sinovlarini test shaklida o‘tkazish bo‘yicha ishlab chiqilgan. 2022/2023 o‘quv yilida bitiruvchilar uchun Yakuniy Davlat Attestatsiyasi sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv uslubiy birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashida 2019-yil 18-dekabrdagi 6-sonli bayonnoma bilan ma’qullangan o‘quv rejasidagi majburiy fanlardan o‘tkaziladi. YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYASI o‘tkaziladigan fanlar tarkibi 1. Kriptografiya 2 2. Tarmoq xavfsizligi 3. Kiber-huquq va Kiber-etika 4. Axborot xavfsizligi xavflarni boshqarishga kirish 5. Kiberxavfsizlik siyosati KRIPTOGRAFIYA 2 FANINING MAZMUNI Ushbu fan kompyuter haqidagi fan bo‘lib, texnologiyalar, insonlar, axborot va buzg‘unchi faoliyati konteksida amallarni kafolatli bajarilishini ta’minlash jarayonlarini o‘z ichiga oladi va himoyaning kriptografik usullari va vositalariga e’tibor qaratadi. Kriptografiya 2 axborot xavfsizligi, kiberxavfsizlik, matematika va ehtimollar nazariyasi kabi bilimlarning fanlararo sohasi hisoblanadi. Kriptografiya 2 fani axborot xavfsizligi va matematik bilimlarga asoslangan bo‘lib, o‘zida turli muammolarga asoslangan ochiq kalitli shifrlash algoritmlari, ularga asoslangan elektron raqamli imzo algoritmlari, ochiq kalitli kriptotizimlardan foydalanish holati, bulutli hisoblash tizimlarida kriptografik usullardan foydalanish va kvant kriptografiyasi haqidagi bilimlarni ochib beradi. Fan bo‘yicha Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari savollari quyidagi mavzular bo‘yicha tuziladi. RSA ochiq kalitli shifrlash algoritmi. RSA shifrlash algoritmi va uning matematik asosi; tub sonlar va ularni generatsiyalash usullari; ehtimolli testlar; ko‘phad va ular ustida amallar; faktorlash muammosi va uni hisoblash; Pollard usullari; QSA (Quadratic Sieve Algorithm) algoritmi; vaqtga asoslangan hujum; qoldiq haqidagi Xitoy teoremasi; RSA shifrlash algoritmida ma’lumotni shifrlash va deshifrlash. El-Gamal ochiq kalitli shifrlash algoritmi Diskret logarifmlash muammosi va ularni hisoblash usullari; Pohlig-Xelman algoritmi; Baby-Step/Giant-Step algoritmi; Diffi-Xelman algoritmi va uning xavfsizligi; anonim va autentifikatsiyaga ega Diffi-Xelman protokoli; El-Gamal algoritmida ma’lumotni shifrlash va deshifrlash. Elliptik egri chiziqlarga asoslangan ochiq kalitli shifrlash algoritmlari Elliptik egri chiziqlar va ular ustida amallar; nuqtalarni N lashtirish algoritmlari; EECh asoslangan Diffi-Xelman algoritmi; EECh asoslangan ma’lumotlarni shifrlash algoritmi. Ochiq kalitli shifrlash algoritmlari (qo‘shimcha) Pailler shifrlash sxemasi; Goldvasser-Mikali shifrlash sxemasi; Rabin shifrlash sxemasi. Ochiq kalitli shifrlardan foydalanish Ma’lumotni shifrlashda ochiq kalitli shifrlardan foydalanish; imzolash va rad etishdan himoyalashda foydalanish; ERI algoritmlari; RSA, El-Gamal va EEChlarga asoslangan ERI; jamoaviy ERI; konfidensiallik va rad etishdan himoyalashda foydalanish; shifrlash-imzolash va imzolash-shifrlash sxemalari; ochiq kalitlar infratuzilmasi; X.509 sertifikati; ochiq kalitli shifrlardan konfidensialligini ta’minlashda foydalanish afzallik va kamchiligi. ma’lumot Kriptografik protokollar Kriptografik algoritmlardan foydalanish tartibi; kriptografik dasturiy vositalar; kriptografik apparat-dasturiy vositalar; SSL/TLS protokoli. Bulutli hisoblash tizimlariga xos shifrlash usullari Gamomorfik shifrlar; attributga asoslangan shifrlash; qidirish imkoniyatiga ega shifrlash; identifikatorga asoslangan shifrlash. Kvant kriptografiyasi Kvant nazariyasi; kvant kalitlarni almashish; kvant fizikasi asoslari; kvant kriptografiyasi asosida ma’lumotlarni shifrlash; kvant kriptografiyasiga asoslangan kalitlarni taqsimlash protokollari; kvant komp’yuterlari. Tavsiya etilgan adabiyotlar Asosiy adabiyotlar 1. Katz J., Lindell Y. Introduction to modern cryptography. – CRC press, 2014. 2. Stamp M. Information security: principles and practice. – New York : Wiley, 2011. – T. 2. 3. Akbarov D. Ye. “Axborot xavfsizligini ta’minlashning kriptografik usullari va ularning qo‘llanilishi” – Toshkent, 2008 – 394 bet. Qo‘shimcha adabiyotlar 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida» gi Farmoni. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 3 apreldagi PQ-614-son «O‘zbekiston Respublikasida axborotni kriptografik muhofaza qilishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori. 3. Aumasson J. P. Serious cryptography: a practical introduction to modern encryption. – No Starch Press, 2017. 4. Akbarov D.Y., Xasanov P.F., Xasanov X.P., Axmedova O.P., Xolimtayeva I.U. “Kriptografiyaning matematik asoslari” - Aloqachi, 2019 – 192 bet. 5. Sen J. Homomorphic encryption-Theory and Application //Theory and Practice of Cryptography and Network Security Protocols and Technologies. – 2013. – С. 1-21. Internet saytlari 1. https://cryptomuseum.com/crypto/index.htm 2. https://www.futurelearn.com/courses/cryptography 3. https://www.edx.org/learn/cryptography 4. https://www.classcentral.com/course/crypto-616 5. https://medium.com/privacy-preserving-natural-languageprocessing/homomorphic-encryption-for-beginners-a-practical-guide-part-1b8f26d03a98a TARMOQ XAVFSIZLIGI FANINING MAZMUNI “Tarmoq xavfsizligi” fani tarmoq xavfsizligi tushunchasi va uning vazifalari, kibertahdidlar, xujumlar va zaifliklar, axborot xavfsizligi soxasiga oid xalqaro va milliy me’yoriy-huquqiy xujjatlar tavsifi, kiberxavfsizlik modellari, xavfsizlik masalasida tarmoqlararo ekranning o‘rni, operatsion tizim himoyasi kabilarni o‘rgatishdan iborat. Fan bo‘yicha talabalarning bilim, malaka va ko‘nikmalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba: - obyektlarga bo‘ladigan tahdidlar manbai va ta’sir uslublari haqida; - me’yoriy va favqulodda vaziyatlarda tarmoq xavfsizligi tizimlarini tashkillash; - mamlakatdagi axborot himoyasi tizimini aniqlaydigan huquqiy va me’yoriy hujjatlar haqida; - intellektual mulk va mualliflik huquqini himoyalash prinsiplari haqida tasavvurga ega bo‘lishi; - davlat faoliyatining turli sohalarida axborotni himoyalash prinsip va usullarini; - tarmoq xavfsizligi sohasida asosiy huquqiy me’yorlarni bilishi va bilishi va ulardan foydalana olishi; - axborot xavfsizligi ta’minotining zaruriy texnologiya va himoya vositalarini tanlash; - axborot chiqib ketadigan tashkiliy va texnik kanallarni aniqlash; - tashkilot xavfsizlik siyosatini yaratish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak. Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarda tarmoq xavfsizligiga taalluqli loyiha va arxitekturalarini ishlab chiqishga erishish, axborot xavfsizligini ta’minlash, unumlilik, ishonchlilik va natijaviylik ko‘rsatkichlarini oshirish, korporativ tizimlarda xavfsizlikni tashkil qilish va boshqarish, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdir. Fan bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari savollari quyidagi mavzular bo‘yicha tuziladi Tarmoq xavfsizligi tushunchasi va uning mohiyati. Tarmoq xavfsizligi faniga kirish, kompyuter tarmoqlarida xavfsizlik tushunchasi, tarmoqda axborot xavfsizligini ta’minlash asoslari, tarmoq xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar. Tarmoq xavfsizligiga zamonaviy tahdidlar. Tarmoq tahdidlarining zamonaviy shakllari va ulardan himoyalanish usullari, tarmoq xavfsizligi taxdidlari klassifikatsiyasi va ularni kamaytirish usullari. Tarmoq xavfsizligiga oid standartlar (O‘z DSt ISO/IEC 27033). Tarmoq xavfsizligi. Sharh va konsepsiyalar. Tarmoq xavfsizligini loyihalashtirish va joriy etish bo‘yicha raxbariy ko‘rsatmalar. Etalon tarmoq ssenariylari. tahdidlar, loyihalashtirish usullari va boshqaruv masalalari. Xavfsizlik shlyuzlarini qo‘llagan holda tarmoqlararo kommunikatsiyalar. Virtual hususiy xavfsizlikni ta’minlash uchun tarmoqlarni qo‘llagan xolda tarmoqlararo xavfsizlikni ta’minlash uchun kommunikatsiyalar. Tarmoq qurilmalari himoyasi. Tarmoq qurilmalarini ruhsatsiz foydalanishdan himoyalash usullari, ma’muriy rollarni belgilash, tarmoq qurilmalarni monitoringlash va boshqarish, xavfsizlikning avtomatik funksiyalaridan foydalanish va boshqaruv xavfsizligini ta’minlash usullari. Autentifikatsiya, avtorizatsiya va ma’murlash. AAA server autentifikatsiyasi, server asosida avtorizatsiyalash va ma’murlash. Tarmoqlararo ekran texnologiyalari. Foydalanishlarga ruxsat berish ro‘yxati (ACL). Tarmoqlararo ekran texnologiyalari. Tarmoqlararo ekranlarning qo‘shimcha imkoniyatlari. Zonali siyosatga asoslangan tarmoqlararo ekran. ASA (Adaptive Security Appliance) ga kirish. ASA tarmoqlararo ekranning konfiguratsiyasi. Hujumlarni aniqlash va bartaraf etish. Hujumlarni aniqlash tizimi. IDS/IPS texnologiyalari. IPS signaturasi. IPSni qo‘llash. Himoyalangan virtual tarmoq texnologiyalari asoslari. Himoyalangan virtual tarmoq texnologiyalari. IPsec VPN komponentalari va funksiyalari. CLI (command-line interface) yordamida tomon-tomon (Site-to-Site) IPsec VPNni amalga oshirish. ASA VPN konfiguratsiyasi. Tarmoqni kanal va seans satxda himoyalash usullari. PPTP, L2F va L2TP protokollari, AH va ESP protokollari yordamida uzatilayotgan ma’lumotlarni himoyalash, SSL/TLS va SOCKS protokollari. “Bulutli” hisoblash tizimlarida axborot xavfsizligi. Bulutli hisoblash tizimlari xizmatlaridan foydalanishda axborot xavfsizligi muammolari, bulutli hisoblash tizimi platformalari turlari, bulutli tizimlarda foydalanuvchilar ma’lumotlarining xavfsizligini ta’minlash. Tavsiya etilgan adabiyotlar Asosiy adabiyotlar 1. William Stallings, Network Security Essentials: Applications and Standards, 6th Edition, 2017. 2. Olifer V.G., Olifer N.A. “Bezopasnost kompyuternыx setey” 2017 3. Olkov Yevgeniy - Prakticheskaya bezopasnost setey - 2017 g. 4. Olkov Yevgeniy - Arxitektura korporativnыx setey - 2014 g. 5. Ganiyev Salim Karimovich, Kuchkarov Taxir Anvarovich, Bezopasnost setey, 2019. s. 148 6. Ganiyev Salim Karimovich, Kuchkarov Taxir Anvarovich, Tarmoq xavfsizligi, 2019. s. 139 7. N.V.Maksimov, I.I.Popov "Kompyuternыe seti". Uchebnoye posobiye. Moskva "Forum" 2018 g. str. 454 8. Biryukov A.A. Informatsionnaya bezopasnost: zaщita i napadeniye. Vtoroye izdaniye. 2017 9. Shangin V.F. «Informatsionnaya bezopasnost i zaщita informatsii», Uchebnoye posobiye. M.: 2017 g. 10. G’aniyev S. K., Karimov M. M., Tashev K. A. “Axborot xavfsizligi”, “Fan va texnologiyalar” nashriyoti, Toshkent 2016 Qo‘shimcha adabiyotlar 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF4947-son «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida» gi Farmoni. 2. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. 2017. 3. Tim Boyles. CCNA Security Study Guide. Copyright © 2010 by Wiley Publishing, Inc., Indianapolis, Indiana. Published simultaneously in Canada ISBN: 978-0-470-52767-2 4. Mark Ciampa. Security+.Guide to Network Security Fundamentals. Fifth Edition. Printed in the United States of America Print Number: 01 Print Year: 2014 5. Emad S. Hassan. Security and Data Reliability in Cooperative Wireless Networks. © 2018 by Taylor & Francis Group, LLC 6. William Stallings. Cryptography and network security principles and practice. Fifth edition. Copyright © 2011, 2006 Pearson Education, Inc., publishing as Prentice Hall. 7. Joseph Migga Kizza. Computer Network Security and Cyber Ethics. Fourth edition. McFarland & Company, Inc., Publishers Jefferson, North Carolina © 2014. Internet saytlari 1. http://www.ziyonet.uz 2. http://www.nasa.gov\statistics\ 3. http://www.security.uz 4. http://www.cert.uz 5. http://www.uzinfocom.uz www.library.tuit.uz – informatsionnыy portal TUIT 6. www.intuit.ru – osnovы informatsionnoy bezopasnosti 7. https://www.specialist.ru/course/sa-bezop KIBER-HUQUQ VA KIBER-ETIKA FANINING MAZMUNI Kiberhuquq va kiberetika fani axborot xavfsizligi asoslari bilan ilk bor tanishiladigan birinchi umumkasbiy fanlardan hisoblanadi. Kiberhuquq va kiberetika fani kiberxavfsizlikni ta’minlash sohasidagi halqaro va milliy me’yoriy, nazariy va amaliy izlanishlar natijalari bilan tanishtirish bilan bir qatorda axborot tizimlarini, resurslarni himoyalangan texnologiya asosida qurish, himoyalanadigan axborotga nisbatan bo‘ladigan taxdidlarga zamonaviy yondashuvga asoslangan holda tahlil qilishga doir bilimlar va uquvlar hosil qilishga asos tayyorlaydi hamda mutaxassislik fanlarini muvaffaqiyatli o‘rganish uchun zarur bo‘lgan kasbga doir tushunchalar, ta’riflar, iboralar, halqaro me’yoriy-huquqiy xujjatlar, qonunlar va standartlarni qo‘llashga oid bilimlarni shakllantiradi. Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga kiberxavfsizlikni ta’minlash sohasidagi halqaro va milliy me’yoriy, nazariy va amaliy izlanishlar natijalari bilan tanishtirish bilan bir qatorda axborot tizimlarini, resurslarni himoyalangan texnologiya asosida qurish, himoyalanadigan axborotga nisbatan bo‘ladigan taxdidlarga zamonaviy yondashuvga asoslangan holda huquqiy tahlil qilishga doir bilimlar va uquvlar hosil qilishdan iborat. Fan bo‘yicha Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari savollari quyidagi mavzular bo‘yicha tuziladi Kirish. Kiberhuquq va kiberetika fanining maqsadi va vazifalari. Kiberjinoyatchilik, kiberjinoyatchilik turlari,kiberetika,axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari.Axborotdan oqilona foydalanish kodeksi.O‘zbekiston Respublikasida kiberxavfsizlikni ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari. Kiberxavfsizlikni ta’minlash sohasidagi davlat siyosati. Axborotni himoyalash usullari. Huquqiy himoya. Tashkiliy himoya. Injener-texnik himoya. Kiberxavfsizlikni ta’minlashning me’yoriy-huquqiy asoslari. Kiberxavfsizlik va kiberetikaning huquqiy asoslari. Halqaro miqyosdagi bitimlar, kelishuvlar, konvensiyalar. O‘zbekistonning axborot kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasidagi siyosatini belgilovchi qonunlar. O‘zbekiston respublikasida axborotlashtirishni rivojlantirish konsepsiyasi. Axborot xavfsizligi sohasidagi sub’ektlar va ob’ektlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi me’yoriy xujjatlar. Kiberxavfsizlikni ta’minlashning davlat tizimi. Kiberhuquqni ta’minlashda tashkilotlar faoliyatini litsenziyalash tizimi, axborotni himoya qilish vositalarini sertifikatsiyasi va axborot xavfsizligi talablari bo‘yicha axborotlashtirish obektlarini attestatsiyasi, kadrlarni tayyorlash, maxsus aloqa tizimlari, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini tashkillashtirish tizimlari. Intelektual mulkka bo‘lgan egalik huquqlari himoyasi Intelektual mulk tushunchasi. Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to‘g‘risidagi qonunning mohiyati. Kompyuter dasturlariga mualliflik huquqlari. Xizmat faoliyatida yaratilgan asarlarga nisbatan mualliflik huquqi qoidalari. Intelektual mulkka bo‘lgan huquqlar buzilganda qayta tiklash qoidalari. Kompyuter dasturlarini ruyxatga olish. Dasturiy ta’minotga bo‘lgan mualliflik huquqlarini himoya qilishning umumjahon konvensiyasi va uning asosiy qoidalari. Global axborotli jamiyatni shakllanishida etika masalalari va normalarni tahlili Global axborotli jamiyat.Virtual muxit. Internet va huquq. Kibermakonda axborotli munosabatlar xususiyatlari. Axborot dasturiy vositalarini ishlab chiqaruvchilar, axborot tarqatuvchilar, foydalanuvchilar o‘rtasidagi munosabatlar. Etika masalalari va normalari. Kiberxavfsizlikning ijtimoiy va etik jihatlari Axborotlashtirish sub’ektlari, axborot etikasi, kompyuter etikasi kodeksi, zamonaviy jamiyatda axborot munosabatlarining axloqiy me’yorlarga mosligi nuqtai nazaridan axborot xavfsizligini ta’minlash vazifalariga mosligi nuqtai nazaridan holati. Kibermakonda axborot xavfizligi risklarni baxolashning milliy va xalkaro normativ huquqiy bazasi. Kibermakondaaxborot xavfizligini ta’minlashdarisk tushunchasi. ISO/IEC 27005:2008 «Information technology – Security techniques Information security risk management») xalkaro standarti. Menedjment jarayonida AX riski IB. Kontekstni belgilash, riskni baxolash, riskni kayta ishlash. Riskni kamaytirish. Riskni koldirish. Riskni oldini olish. Riskni kuchirish. «Konfidensial axborotning turlari va darajalari bo‘yicha klassifikatsiyasi Axborot tizimi, elektron resurs tushunchalari. Elektron resurslari kategoriyalari. Elektron resurslari va tizimlarini muxofaza qilish tartiblari. Davlat sirlari, tijorat sirlari, xizmat sirlari, kasbiy sirlar,shaxsiy sirlar muxofazasi, xujjatlarni maxfiylik darajasini belgilash va yuritish qoidalari. Kiberxavfsizlik buzg‘unchisining gipotetik modeli. Buzg‘unchining gipotetik modeli tushunchasi. Axborotni qayta ishlash texnologiyasidan foydalanadigan buzg‘unchi modeli. Ichki va tashqi buzg‘unchi. Buzg‘unchini motivatsiyasi. Ma’suliyatsizlik, shaxsiy manfaatdorlik, yuqori malakaga ega ekanligini tasdiqlash. Axborot tizimiga oid bilimlari darajasiga ko‘ra, imkoniyatlari qullaydigan usullari va vositalari bo‘yicha. Sodir etish vaqti bo‘yicha. Himoyalanadigan kibermakon tushunchasi va tahdidlar strukturasi. Himoyalanadigan axborotga nisbatan bo‘ladigan taxdidlarga zamonaviy yondashuv. Tahdidlarning kelib chiqishi bo‘yicha belgilari va strukturasi. Taxdidlarni namoyon bo‘lish shakllari. Taxdidlarni yuzaga kelish faktorlarining axborotning stabilligiga ta’sir etish manbalari, ko‘rinishlari va usullari Kibermakonda elektron resursni xavfsizligini ta’minlashda tizimli yondashuv Tizimli yondashuv tushunchasi. Axborotni himoyalashning asosiy prinsiplari. Tizimlilik, komplekslik, himoyaning uzluksizligi, boshqarishning egiluvchanligi va qo‘llanuvchanligi, algoritmlarning va himoya mexanizmlarining ochiqligi, himoya choralari va vositalarini qo‘llashdagi oddiylik. Kiberxavfsizlik sohasiga oid halqaro va milliy standartlar. AQSh Mudofaa Vazirligi (MV) kompyuter xavfsizligi “Ishonchli tizimlarning himoyalanganligini baholash mezonlari”standarti. Xavfsizlik darajalari, kafolatli himoya; ruxsatni tuliq boshqarish; ruxsatni tanlash orqali boshqarish; minimal xavfsizlik tushunchalari.AQShning FIPS (Federal Information Processing Standards) standarti. Yevropa davlatlarining axborot xavfsizligini ta’minlashning uyg‘unlashtirilgan mezonlari. Mezonlarda tizim va mahsulot tushunchasi. Umumiy mezonlarning yaratilishi Elektron mulkni tadqiq etishdan himoyalash usullarini klassifikatsiyasi. Axborotni tadqiq qilish va nusxalashdan himoyalash tizimlari. Elektron mulkni tadqiqot o‘tkazish vositalari dizassemblerlar va otladchiklar (tuzatuvchilar). Emulyatsiya asosida tuzatuvchilar. Dasturni dizassemblerlardan himoyalash, shifrlash dasturlari. Bajarilish jarayonida dastur kodini dinamik o‘zgartirishga asoslangan usullar. Bulutli xizmatlarni ko‘rsatishni huquqiy tartibga solishning muammolari. Bulutli xizmatlarni ko‘rsatishda yurisdiksiya muammolari, qayta ishlash va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, litsenziyalash va bunday xizmatlarni sertifikatlash, mavjud normativ qoidalar bo‘yicha xizmat shartnomasi va litsenziya shartnomasi bo‘yicha tartibga solish, "bulut"li xizmatlarni ko‘rsatishda transchegaraviy ma’lumotlar uzatish, provayder mas’uliyati. Tavsiya etiladigan adabiyotlar Asosiy adabiyotlar 1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - T., 2014. 2. O‘zbekiston Respublikasining 560-P-sonli «Axborotlashtirish tugrisida»gi 2003 yil 11 dekabr konuni // Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining axborotnomasi. - 2004. - № 1-2. - 10-m. 3. O‘zbekiston Respublikasining 848-XP-sonli «Davlat sirlarini saklash tugrisida»gi 1993 yil 7 may konuni // Uzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining axborotnomasi. - 1993. - № 5 - 232-m. 8. Shangin, V.F. Informatsionnaya bezopasnost i zaщita informatsii / M.: DMK, 2014. - 702 c. Qo‘shimcha adabiyotlar 1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. 2017. 2. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. 2017. 3. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. 2017. 4. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil yakunlari va 2017 yil istiqbollariga bag‘ishlangan majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqi. // Xalq so‘zi gazetasi. 2017 yil 16 yanvar, № 11. 5. Common Criteria for Information Technology Security Evaluation. Part III: Security Assurance Components [V Internete] // Common Criteria Portal. – 2012 6. Biryukov, A.A. Informatsionnaya bezopasnost: zaщita i napadeniye / A.A. Biryukov. - M.: DMK Press, 2013. - 474 c. Internet saytlari 1. http://www.razgovorodele.ru/moresec/materials13/automated_control_syst ems_7/adm_systems04.php 2. http://wm-help.net/lib/b/book/4177904444/19 3. http://www.pearsonitcertification.com/articles/article.aspx?p=1998558&se qNum=4 4. www. ziyonet.uz – Ziyonet axborot ta’lim portali. 5. www.library.tuit.uz – informatsionnыy portal TUIT 6. www.intuit.ru – osnovы informatsionnoy bezopasnosti AXBOROT XAVFSIZLIGI XAVFLARNI BOSHQARISHGA KIRISH FANINING MAZMUNI Axborot xavfsizligi xavflarni boshqarishga kirish fanini o‘qitishdan maqsad axborot xavfsizligi risklarini (xavflarini) boshqarish tizimi, axborot xavfsizligi risklarini aniqlash, qayta ishlash, bartaraf etish usullari va vositalarini qo‘llash, risklarni tahlil qilishga doir bilim va o‘quvlar hosil qilishdan iborat. Fanning vazifasi – talabalarga axborot xavfsizligi risklari bo‘yicha nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, hamda axborotni himoyalashda risklarni baholash ahamiyatini ochib berish. Fan bo‘yicha Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari savollari quyidagi mavzular bo‘yicha tuziladi Kirish. Axborot xavfsizligi risklarini boshqarish bo‘yicha asosiy tushunchalar, fanining maqsadi va vazifalari. Risk tushunchasi. Risklarni klassifikatsiyasi. Riskni tashkil etuvchilari. Risklarni boshqarish. Risklarni taxlil qilish metodlari. Metodlarning avzalliklari va kamchiliklari. Risklarni boshqarishda kontekst tushunchasi. Axborot xavfsizligi risklarini boshqarish asosiy mezonlari, risklarni ko‘lami va chegaralari. Ichki va tashqi kontekst. Risk mezoni. Riskni baholash. Aktivlarni identifikatsiya qilish. Asosiy aktiv, biznes jarayonlar va faoliyat, qo‘shimcha aktiv, apparat vositalar, dasturiy ta’minot, operatsion tizim. Risklarni tahlil qilish bosqichlari. Umumiy qoidalar.Boshqarish metodlarini baholash. Risk tahlili va extimolligini baholash. Dastlabki tahlil. Riskni qiyosiy baholash. Ruyhatga olish, xujjatlashtirish. Riskni sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini baholash. Riskni identifikatsiyalash, aktivni, taxdidni,zaiflikni, nazorat vositalari, oqibatlarni identifikatsiyalash, tahlil qilish, baholash.Sifat va miqdor o‘lchovi, risk darajasini o‘lchash. Axborot xavfsizligi risklarini qayta ishlash. Risklarni qayta ishlash.Riskni kamaytirish. Riskni qoldirish. Riskni oldini olish.Riskni kuchirish. Riskni qabul qilish. Risk bo‘yicha shartnomalar va axborot almashish. Risk menejmenti ma’lumotlari. Risk bo‘yicha axborot almashinuvi rejalari. Qaror qabul qilishni rejalashtirish. Axborot xavfsizligini monitoringi va risk faktorlarini qayta ko‘rib chiqish. Riskning hayotiy davri. Riskning hayotiy davrining turli bosqichlarida baholash. Tashkilot uzluksiz ishlashini ta’minlanishini boshqarish usullari. Zamonaviy jamiyatda axborot xavfsizligi risklari. Axborot xavfsizligi risklarini boshqarishdagi yondashuvlar. CRAMM (Risk Analysis and Management Method), COBIT for Risk usuli. Riskni boshqarish sohasiga oid halqaro va milliy standartlar. ISO / IEC 27005:2011 “Axborot texnologiyalari. Xavfsizlikni ta’minlash metodlari va vositalari. Axborot xavfsizligini risklarini boshqarish”. Axborot xavfsizligi risklarini taxlil qilishning graf modeli. Graf tushunchasi. Graf turlari. To‘liq graflar. To‘liq kesishuvli xavfsizlik modeli. Himoyalanadigan kichik ob’ekt struktur sxemasi. Taxdidlar to‘plami. Biznesning uzluksizligini boshqarish. Biznesning uzluksizligini ta’minlanishini boshqarishda axborot xavfsizligi masalalari. Biznesning uzluksizligi va risklar. Tavsiya etiladigan adabiyotlar Asosiy adabiyotlar. 1. Asosiy adabiyotlar. 2. Miloslavskaya N.G., Senatorov M.YU., Tolstoy A.I. Upravlenie riskami informatsionnoy bezopasnosti, 2014 g. 130 str. 3. SHangin V.F., «Kompleksnaya zaщita informatsii v korporativnыx sistemax», Uchebnoe posobie. M.: ID. «FORUM» - INFRA M. 2019, 591s. 4. Baranova E.K.,Babash A.V. «Informatsionnaya bezopasnost i zaщita informatsii». Uchebnoe posobie. M.:RIOR:INFRA-M, 2019.336s. 5. ISO/IEC 27001-2011 «Informatsionnыe texnologii. Metodы obespecheniya bezopasnosti. Sistema menedjmenta informatsionnoy bezopasnosti. Trebovaniya». 6. ISO/IEC 27002:2013, Information technology — Security Techniques — Code of practice for information security controls. 7. O‘z Dst ISO/IEC 27005:2013 «Informatsionnыe texnologii. Metodы obespecheniya bezopasnosti. Upravleniya riskami informatsionnoy bezopasnosti». 8. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4947- son farmoni. Toshkent, 2017 yil 7 fevral. Qo‘shimcha adabiyotlar. 1. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. 2017. 2. Mirziyoev SH.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. 2017. 3. Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. 2017. 4. Mirziyoev SH.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil yakunlari va 2017 yil istiqbollariga bag‘ishlangan majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqi. // Xalq so‘zi gazetasi. 2017 yil 16 yanvar, № 11. 5. Common Criteria for Information Technology Security Evaluation. Part III: Security Assurance Components [V Internete] // Common Criteria Portal. – 2012 6. Biryukov, A.A. Informatsionnaya bezopasnost: zaщita i napadenie / A.A. Biryukov. - M.: DMK Press, 2013. - 474 c. KIBERXAVFSIZLIK SIYOSATI FANINING MAZMUNI Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarga kiberxavfsizlikni ta’minlash soxasidagi xalaro va milliy me’yoriy, nazariy va amaliy izlanishlar natijalari bilan tanishtirish bilan bir qatorda kiberxavfsizlik siyosatini tashkil etishda foydalaniladigan tgurli zamonaviy yondashuvlar, tashkiliy va huquqiy me’yorlarni qo‘llashga doir bilimlar va ko‘nikmalar hosil qilishdan iborat. Fanning vazifasi - talabalarga nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar berish, hamda kiberxavfsizlik siyosatining asosiy tushunchalari, xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan milliy va rivojlangan davlatlar tajribasi va mazmuni bilan tanishtirish hamda kiberxavfsizlikka zamonaviy tahdidlar, tarmoq xavfsizligi standartlari, kiberxavfsizlikni ta’minlashda foydalaniladigan vositalarning ahamiyatini ochib berish. Fan bo‘yicha Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari savollari quyidagi mavzular bo‘yicha tuziladi Kiberxavfsizlik siyosati tushunchasi va fanga kirish Kursning qisqacha mazmuni va tarkibi. Baholash mezonlari, axborot xavfsizligining asosiy tushunchalari. Kiberxavfsizlik tushunchasi. Konfidensiallik, yaxlitlik va foydalanuvchanlik. Kiberxavfsizlik siyosati tushunchasi. Kiberxavfsizlik siyosati domenlari, qonun va qoidalar, tashkilot siyosati, texnologik amallar, texnologik sozlanishlar. Strategiya va siyosat. Kiberxavfsizliksik evolyutsiyasi. Mahsuldorlik. Internet. Elektron tijorat. Qarshi choralar. Muammolar. Kiberxavfsizlik maqsadlari. Kiberxavfsizlik o‘lchovlari. Xavfsizlik boshqaruvining maqsadlari. Zaifliklarni hisoblash, Xavfsizlik freymvorklari: personal mobil qurilmalar, sanoat boshqaruv tizimlari, elektron tijorat tizimlari, xavfsizlik siyosati maqsadlari. Qaror qabul qiluvchilarga qo‘llanma. Jadal rivojlanish. Siyosat loyiha kabi, Kiberxavfsizlikni boshqarish: maqsadga erishish, kiberxavfsizlik bo‘yicha hujjatlar. Katalogdan foydalanish Katalog yondashuvi. Kiberxavfsizlik siyosati taksonomiyasi. Kiberxavfsizlik muammolari. Katalog formati. Kiberxavfsizlik siyosati katalogi. Kiberboshqaruv muammolari: tarmoq neytralligi, internet nomlari va raqamlar, mualliflik huquqi va savdo belgilari, pochta va xabarlar; Kiberfoydalanuvchilar muammolari: zararli reklamalar, obro‘sizlantirish, tegishli foydalanish, kiberjinoyatlar, geojoylashuv, shaxsiylik; kiber-mojaro muammolari: mualliflik huqiqini o‘g‘irlanishi, kiberjosuslik, kiber sobataj, kiber urush; Kiberboshqaruv muammolari: ishonchga asoslangan javobgarlik, risklarni boshqarish, professional sertifikat, ta’nimot zanjiri, xavfsizlik printsiplari. Kiberinfrastruktura muammolari: bank va moliya, sog‘liqni saqlash, sanoat va boshqaruv tizimlari. Kiberxavfsizlik siyosati: AQSH yondashuvi. AQShning kiberxavfsizlik strategiyasi. Kiberxavfsizlik bo‘yicha davlat siyosatining qisqacha tarixi va rivoji. Kiberjinoyatlar xavfi. Josuslik va unga qarshi AQShning javobi, Josuslik tahdidlariga qarshi siyosat: AQSh kiber qo‘mondonligi, kongress munosabati. Kiberxavfsizlik siyosati: Rossiya yondashuvi. Kiberxavfsizlik strategiyasi konsepsiyasi. Rossiya kiberxavfsizlikni talqini. Kiberxavfsizlik siyosati: O‘zbekiston yondashuvi. Milliy qonunchilikda kiberxafsizlikni yoritilishi. Geopolitika va kiberxavfsizlik. qonunchiligida SONY va Shimoliy Koreya. STUXNET. Kiberxavfsizlik siyosatini amalga oshirish va rivojlantirish. Siyosatni yaratish. Atamalarni aniqlash. Xalqaro hamkorlikni mustaxkamlash. Ko‘nikmalarni bo‘lishish. Shaxsiylik. Milliy kiberxavfsizlik agentliklarini tashkil etish va uni qo‘llab quvvatlash. Kiberjinoyatga qarshi qonunlar ishlab chiqish va yangilab borish. Korporatsiyalarning kiberjinoyatga munosabati. Reallik va tahdidlarni tavsiflash. Huquqni himoya qilish. Koperativ kiberxavfsizlik rejimi. Jismoniy shaxslarning kiberxavfsizlikni oldini olishdagi o‘rni. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning kiberxavfsizlikni oldini olishdagi o‘rni. Ma’lumotlarni boshqarishdagi siyosatlar. Zaxiralash va qayta tiklash siyosati. Ma’lumotlarni klassifikatsiyalash siyosati. Ma’lumotlarni bekor qilish va yo‘q qilish siyosati. Tizimlardan foydalanishdagi siyosatlar. Qayd yozuvini boshqarish siyosati. Dasturiy vositalardan foydalanish siyosati. Tizimlardan foydalanish siyosati. Fizik xavfsizlik siyosati. Monitoringlash siyosati. Audit siyosati. Xavfsizlik texnologiyasi resurslari. Anti-malveyr siyosati. Toza ekran siyosati. Bulutli xizmatlarga oid siyosat. Elektron pochtadan foydalanish siyosati. Shifrlash siyosati. Mobil qurilmalardan foydalanish siyosati. Parollarni foydalanish siyosati. Mobil ma’lumotlarni saqlovchi vositalardan foydalanish siyosati. Internetdan foydalanish siyosati. Simsiz tarmoqdan foydalanish siyosati. Kiberxavfsizlik vositalari. Zaifliklarni skanerlash vositalari. Raqamli kriminalistika vositalari. Suqilib kirish testlari (penetrating testing). Xodimlarni kiberxavfsizlik bo‘yicha o‘qitish. Tavsiya etilgan adabiyotlar Asosiy adabiyotlar 1. CYBER SECURITY POLICY GUIDEBOOK. Jenifer L. Bayuk. Jason Healey. Paul Rohmeyer, et.c. WILLEY publisher.2018 y. 288 p. ISBN 978-1-11802780-6 2. Cybersecurity Curricula 2017 - Curriculum Guidelines for Post-Secondary Degree Programs in Cybersecurity (ACM, EEE-CS, AIS SIGSEC, IFIP WG 11.8) (Crosscutting concepts). 3. ISO/IEC 27000 Information technology. Security techniques. Information security management systems. Overview and vocabulary. 4. Ғаниев C.К., Каримов М.М., Ташев К.А. “Ахборот хавфсизлиги”, "Фан ва технология" нашриёти, Тошкент -2016 5. Mark Stamp. Information security. Principles and Practice. Second edition. A John Wiley& Sons, Inc., publication. Printed in the United States of America. 201l y. 584p. 6. Шангин В.Ф. «Комплекскная защита информации в корпоративных системах». Учебное пособие. М.: ИД «ФОРУМ» - ИНФРА - М. 2019. 591 с Qo‘shimcha adabiyotlar. 1. Мирзиёев Ш.М. Қонун устуворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш-юрт тараққиёти ва халқ фаровонлигининг гарови. 2017. 2. Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. 2017. 3. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. 2017. 4. “Ахборот технологияси. Ахборотларни криптофафик мухофазаси. Маълумотларни шифрлаш алгоритми” Ўзбекистон Давлат стандарти. O‘zDSt 1105:2009. 5. Хилл Б. «Полный справочник по Cisco» Пер. с англ. М.: Изд. дом Вильямс. 2008г. 6. Шангин В.Ф. «Информационная безопасность компьютерных систем и сетей», Учебное пособие. Издательский Дом "ФОРУМ" ИНФРА-М.:2018г. 7. Шнайер Б. Прикладная криптография. Протоколы, алгоритмы, исходные тексты на языке Си.- М.: Издательство ТРИУМФ, 2003 - 816 8. Tim Boyles. CCNA Security Study Guide. Copyright © 2010 by Wiley Publishing, Inc., Indianapolis, Indiana. Published simultaneously in Canada ISBN: 978-0-470-52767-2 9. Mark Ciampa. Security+.Guide to Network Security Fundamentals. Fifth Edition. Printed in the United States of America Print Number: 01 Print Year: 2014 10. Emad S. Hassan. Security and Data Reliability in Cooperative Wireless Networks. © 2018 by Taylor & Francis Group, LLC 11. William Stallings. Cryptography and network security principles and practice. Fifth edition. Copyright © 2011, 2006 Pearson Education, Inc., publishing as Prentice Hall. 12. Joseph Migga Kizza. Computer Network Security and Cyber Ethics. Fourth edition. McFarland & Company, Inc., Publishers Jefferson, North Carolina © 2014. BAHOLASH MEZONLARI 1. 5330300 - Axborot xavfsizligi bakalavr ta’lim yо‘nalishi talabalariga majburiy fanlaridan Davlat attestatsiyasi test sinovi shaklida o‘tkazish tartibi va baholash mezoni Kriptografiya 2, Tarmoq xavfsizligi, Kiber-huquq va Kiber-etika, Axborot xavfsizligi xavflarni boshqarishga kirish, Kiberxavfsizlik siyosati fanlaridan ko‘p variantli test sinovi shaklida o‘tkazilsa, har bir variant 100 ta yoki 50 ta test savollaridan iborat bo‘ladi. Testlar banki har bir fandan 100 tadan jami 500 ta testdan iborat bo‘ladi. Xar bir fandan 10 (20) ta dan test savollari tasodifiy xolda tanlab olinib jami 50 (100) ta test savollari talabalarga taqdim etildi. Test sinovini baholash 100 ballik tizim asosida amalga oshiriladi. Umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan Davlat attestatsiyasi bo‘yicha umumiy o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 60 dan 100 balgacha baholanadi (90-100 balll – a’lo, 7089 ball – yaxshi, 60-69 ball – qoniqarli, 0-59 ball – qoniqarsiz) yoki baholash 100 ballik shkaladan 5 baholik shkalaga o‘tkaziladi. Baholashni 5 baholik shkaladan 100 ballik shkalaga o‘tkazish jadvali 100 ballik shkala 5 baholik shkala 90-100 5 70-89 4 60-69 3 0-59 2 ESLATMA: Yakuniy davlat attestatsiya jarayonida qo‘yilgan bahodan norozi bo‘lgan bitiruvchilar yakuniy davlat attestatsiyasi ballari e’lon qilingan kundan e’tiboran uch kun muddat ichida appelyatsiya komissiyasiga murojaat qilishga haqli. Yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi va talaba o‘rtasida baholash ballari bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar maxsus appelyatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi hamda DAK raisi bilan kelishilgan holda xulosa qilinadi. Apellatsiya komissiyasi o‘z xulosasini bitiruvchiga bir kun muddat ichida ma’lum qilishi lozim.