“Bolalik akademiyasi” platformasidan foydalanish Bajardi:Beknazarova Moxira Ergashevna. KIRISH 2022 yil 14-aprel YUNISEF Maktabgacha taʼlim vazirligi va “Bilim Makon” axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazi bilan birga “Bolalik akademiyasi” raqamli platformasini ishga tushirdi. U sifatli taʼlimdan uzluksiz foydalanish imkonini beruvchi onlayn, mobil va oflayn platforma boʻlib, dunyo boʻylab millionlab bolalarning oʻqishini qoʻllab-quvvatlash uchun ishlatilmoqda. Yurtimizda maktabgacha taʼlimni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan ushbu moslashuvchan raqamli oʻquv platformasi pedagoglar va ota-onalarning taʼlim-tarbiya borasida muntazam faolligini oshirish, oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash, ilgʻor tajribalarni oʻrtoqlashish va eng muhimi, taʼlim sifatini yaxshilash maqsadini oʻzida mujassam etgan. Mazkur platforma maktabgacha taʼlim pedagoglarini malaka oshirish kurslari, mashgʻulotlar rejalari, qoʻshimcha oʻqish uchun materiallar, raqamli taʼlim va tarbiya resurslari bilan taʼminlaydi. Barchasi “Ilk qadam” maktabgacha taʼlim davlat oʻquv dasturi va Oʻzbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablari asosida ishlab chiqilgan. Mazkur texnologik innovatsion g‘oya butun mamlakat bo‘ylab maktabgacha yoshdagi bolalarga maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qatnashi yoki qatnamasligidan qat’i nazar, yuqori sifatli o‘quv resurslaridan foydalanish imkonini beradi. 2.“Bolalik akademiyasi” platformasiga kirish 1-qadam. Platformaga kirish uchun ish stolidan Internet brouzerlaridan biriga kirmiz. Misol uchun Google Chome brouzeriga kiramiz. 2-qadam. Bolalik akademiyasini tanlaymiz, o’tish buyrug’ini bosamiz. 3-qadam. Ushbu oynadan kirish buyrug’ini bosamiz. 4-qadam. Ushbu oynada telefon raqam so’raladi. Ko’rsatilgan joyga telefon raqam kiritiladi. 5-qadam. Yuborilgan raqamga xabar keladi . Misol uchun: 262025 is your Microsoft account verification code 6-qadam. Xabardagi kod kiritiladi va Kirish tugmasi faollashadi va uni bosish orqali bosh sahifaga o’tamiz. 3.Kurslar oynasida ishlash Ushbu oyna platformaning bosh sahifasi hisoblanadi. Foydalanuvchi o’ziga kerak bo’lgan sahifani tanlab foydalanadi. Rejalashtirish Ta’lim jarayonini rejalashtirish pedagog kasbiy faoliyatining muhim yo’nalishi hisoblanadi. Pedagog Davlat o’quv dasturi doirasida ishlab chiqilgan yillik tematik reja asosida ishlaydi, bunda ijodiy yondashuvdan foydalanadi va har bir bolaga o’z imkoniyatlarini ochib berish uchun nima kerakligini hisobga oladi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagoglari ushbu bo’limda yuqori sifatli manbalarni topadilar, ya’ni bular: yoshi va rivojlanish sohasi bo’yicha tashkil qilingan oy va haftaning mavzusi bo’yicha mashg`ulot konspektlari; rivojlantirish markazlari bo’yicha integralashgan mashg’ulotlar va frontal mashg’ulotlar. Shuningdek, siz videolarni, ovoz chiqarib o’qishni, mashqlar va o’yinlarni, didaktik materiallarni, maslahat va tavsiyalarni topasiz. Ushbu sahifadan kerakli oy, hafta tanlanadi. Har bir hafta ichida haftalik reja, ertalabki davra suhbati, ta’limiy-tarbiyaviy jarayon kata guruhlarda, ta’limiy-tarbiyaviy jarayon rivojlanish markazlarida, birinchi sayr uchun tavsiyalar joylashgan. Shu bilan birga mavzuga oid videolavha ham mavjud. Fayllarni yuklab olish ham mumkin. Hujjatlar- tugmasini tanlasak, bu sahifada sohaga doir me’yoriy hujjatlar bilan tanishamiz. Ushbu bo’limda siz maktabgacha ta’limning (МТ) me’yoriy-huquqiy bazasi va uslubiy ta’minoti bo’yicha sizni qiziqtirgan barcha ma’lumotlarni topasiz. Pedagogga yordam Ushbu bo’limda maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagoglarining kasbiy o’sishi va rivojlanishi uchun resurslar taqdim etilgan. Maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagogi bu yerda bolaning har tomonlama rivojlanishi, bolalarning ehtiyojlari va qiziqishlarini inobatga olgan holda ta’lim muhitini tashkil etish bo’yicha yuqori sifatli manbalar va tavsiyalarni topadi Maxsus pedagogika Sahifaning ushbu bo’limida siz maxsus pedagogika bo’yicha kasbiy rivojlanish uchun quyidagilarni o’z ichiga qamrab oluvchi materiallarni topasiz. Imkoniyati cheklangan bolalar uchun inklyuziv ta’lim muhitini yaratish; oltita asosiy turdagi kechikishlarga ega bolalarning rivojlanish xususiyatlarini tushunish, ota-onalarga maslahatlar va boshqalar! Bu bo’limda siz bolalarning ijtimoiy va hissiy rivojlanishini qo’llabquvvatlash, bolalarga ovoz chiqarib o’qish, imkoniyati cheklangan bolalarni uyda va guruhda qo’llab-quvvatlash bo’yicha foydali maslahat va tavsiyalarni topasiz. Shuningdek, turli mashqlar, o’yinlar, didaktik va video materiallar ham mavjud. Sahifaning ushbu bo’limida siz maxsus pedagogika bo’yicha kasbiy rivojlanish uchun quyidagilarni o’z ichiga qamrab oluvchi materiallarni topasiz. Imkoniyati cheklangan bolalar uchun inklyuziv ta’lim muhitini yaratish; oltita asosiy turdagi kechikishlarga ega bolalarning rivojlanish xususiyatlarini tushunish, ota-onalarga maslahatlar va boshqalar! Bu bo’limda siz bolalarning ijtimoiy va hissiy rivojlanishini qo’llabquvvatlash, bolalarga ovoz chiqarib o’qish, imkoniyati cheklangan bolalarni uyda va guruhda qo’llab-quvvatlash bo’yicha foydali maslahat va tavsiyalarni topasiz. Shuningdek, turli mashqlar, o’yinlar, didaktik va video materiallar ham mavjud. . E`tiboringiz uchun raxmat.