Uploaded by Jasurbek G'aybullayev

Kurs ishi (Uslubiy ko'rsatma). (2)

advertisement
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
Nooragnik kimyo kaferdrasi
“ NOORANIK
KIMYO”
fanidan
KURS ISHLARINI BAJARISH
uchun
USLUBIY KO’RSATMA
Namangan-2022
1
Kimyo yo'nalishi talabalariga mo'ljallangan kurs ishini bajarish uchun uslubiy
ko'rsatma.
t.f.d., prof. B.Sultonov
S.Xasanov
Tuzuvchilar:
Taqrizchilar:
Noorganik kimyo kafedrasi dotsent
Y.R.Toshmatov
Ushbu uslubiy ko'rsatma Noorganik kimyo kаfedrаsining 2022 yil ____аvgustdаgi 1–sоnli yig’ilishidа muhоkаmаdаn o’tgаn vа foydalanishga tаvsiya
etilgаn.
Kаfedrа mudiri:
T.A.Sattarov
© Namangan davlat universiteti, 2022
2
Kirish
Berilayotgan kurs ishi kimyo yo'nalishi talabalarning “Kimyo” fanidan olgan
nazariy bilimlarini umumlashtirish va mustahkamlash uchun xizmat qiladi.
Kurs ishining asosiy maqsadi kimyoni o'rganish, zamonaviy axborot
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, ta'lim jarayoniga qo'llashning
asosiy usullarini o'zlashtirishdan iborat. Bundan ko'zlangan maqsad talabaning
berilgan mavzu bo'yicha o'quv uslubiy majmuani mustaqil o'rganish va uni
o'zlashtirib yoritib berishida o'z aksini topadi.
Kurs ishi semestr davomida bajarilib, u fanni o'zlashtirishning yakuniy
bosqichi hisoblanadi.
Kurs ishini sifatli bajarish talabadan kimyoning alohida bo'limlari bo'yicha
bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'lishini talab qiladi.
Kurs ishini bajarishda talaba albatta:
• O'ziga berilgan mavzu variantini yechishning nazariy qismi bilan tanishish;
• Ma'lum hamda yetarli darajada mavzuni yoritib chiqishi;
• Mavzuning nazariy va amaliy mashg'ulotlari xronologik xaritasini tayyorlab,
o'qitishning interfaol usullarini tanlash;
• Mavzu bo'yicha doklad tayyorlash va uni multimediali taqdimot yordamida
yoritib berish;
• Mavzu bo'yicha amaliy mashg'ulot vazifasini bajarish uchun interfaol
usullar qo'llagan holda metodik ko'rsatmalar tayyorlash;
• Mavzu bo'yicha sinov savollari tayorlash;
• Mavzu bo'yicha kompyuterda o'quv nazorat dasturlaridan birida test dasturi
tuzish;
• Mavzu bo'yicha o'tilgan materiallarni qiyosiy tahlil qilish va xulosa
chiqarishi kerak.
KURS ISHINI TASHKIL ETUVCHI ASOSIY
TUSHUNTIRISH YOZUVI
Kurs ishi quyidagi asosiy tashkil etuvchilardan iborat bo'lgan tushuntirish
yozuvi ko'rinishida rasmiylashtiriladi:
1. Titul varag'i (ishning nomi, guruh raqami, talaba ismi sharifi, rahbarning
ilmiy darajasi, unvoni va ismi sharifi).
2. Taqriz
3. Mundarija
4. O'z ichiga quyidagilarni olgan ishning asosiy bo'limlari:
a. kirish qismi;
b. nazariy va amaliy mashg'ulotning xronologik xaritasi;
c. mavzu bo'yicha ma'ruza matni,
d. ma'ruzani yoritish uchun multimediali taqdimot;
e. amaliy mashg'ulot uchun metodik ko'rsatmalar;
f. mavzu bo'yicha nazariy savollar;
g. o'quv nazorat dasturlaridan birida tayyorlangan test dasturi;
3
5. Xulosa.
6. Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro'yxati.
Uning har bir bandi quyidagi ko'rinishda rasmiylashtiriladi.
KURS ISHINI RASMIYLASHTIRISH
Kurs ishi A4 formati (210X297 mm) oq qog'ozining bir tarafiga kompyuterda
yoziladi. Zarur hollarda ilovalami (jadval, sxema, diagramma va k.) uchun katta
formatdagi qog'ozda bajarilishga yo'l qo'yiladi.
Matn oddiy shriftda 1,5 intervalda qora rangda chop etiladi. Shrift o'lchami 14 (Times New Roman). Satrlararo interval 1,5.
Matn chapdan 3 sm o'ngdan 1,5 sm, yuqori va pastdan 2 sm qoldirib, kenglik
bo'yicha tekislagan holda teriladi.
Abzas chap tarafdan 1 sm qoldirib yoziladi.
Kurs ishi hajmi mavzudan kelib chiqib ilovalardan tashqari 20-50 varaqni
tashkil etadi.
SAHIFALARNl RAQAMLASH
Raqamlash titul varag'idan boshlanadi. Titul varag'i va mundarijaga sahifa
raqami qo'yilmaydi. Birinchi raqam kirish qismiga qo'yiladi. Bu odatda 3 raqami
bo'ladi. Sahifa raqami pastki o'rtada nuqtasiz qo'yiladi. Kurs ishi sahifalari arab
raqamlari bilan raqamlanadi. Alohida sahifalardagi ilovalar (rasm, jadval, sxema,
diagramma va h.k.) umumiy tartibda raqamlanadi.
MUNDARIJA
Mundarija 2 sahifada joylashadi. Mundarija sarlavhalari matndagi
sarlavhalami aynan takrorlashi shart. Ularni qisqartirish, boshqa ko'rinishda yoki
matndan boshqacha tartibda berish mumkin emas. Barcha sarlavhalar oxirida nuqta
qo'ymasdan bosh harfdan boshlanadi. Har bir sarlavhaning so'nggi harfi o'ziga mos
sahifa raqamiga mos mundarijaning o'ng qismidagi sahifa raqamiga tutashadi.
Mundarijaga titul varag'i kiritilmaydi.
SAHIFALARNI RASMIYLASHTIRISH “KIRISH”, “ASOSIY QISM”,
“AMALIY QISM”, “XULOSA”, “FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
RO'YXATI”, “ILOVALAR” kabi tuzilmali elementlar nomlari kurs ishi tuzilmali
elementlar sarlavhalari hisoblanadi. Sarlavhada “bob” so'zi yozilmaydi.
Sarlavhalarda imkoniyat darajasida qisqartmalar, tor ixtisoslik atamalari,
qisqartmalar, abbreviatura va matematik formulalarni ishlatmaslik kerak.
Sarlavhalar sahifa o'rtasida yoki chap tarafida bo'lishi mumkin.
Bo'lim va mavzular sarlavhalari yangi xatboshidan yozilishi kerak.
Sarlavhalar bosh harfda, sarlavha osti birinchi harfi bosh harfda, qolganlari kichik
harfda yoziladi. Oxirida nuqta qo'yilmaydi va ostiga chizilmaydi. Agar sarlavha bir
necha gapdan iborat bo'lsa, ular nuqta bilan ajratiladi. Sarlavha va sarlavha ostida
bo'g'in ko'chirish ishlatilmaydi. Boblarni yangi sahifadan boshlash kerak.
Kichik bo'lim, mavzu va kichik mavzular sarlavhalari sahifa oxirida
bo'lmasligi kerak. Ular davomida kamida uch qator matn bo'lishi kerak. Bob,
bo'lim, kichik bo'lim, mavzu va kichik mavzular arab raqamlari bilan raqamlanadi.
Bob (bo'lim) ishning asosiy qismi doirasida arab raqamlari bilan (1, 2, 3 va h.k.)
4
raqamlanadi. Mavzular har bir bob (bo'lim) va kichik bo'lim doirasida
raqamlanadi. Mavzu raqami bob (bo'lim) raqami, podradel yoki kichik mavzu
tartib raqami, ajratuvchi raqamdan iborat bo'ladi (masalan 1.1, 1,2 yoki 1.1.1, 1.1.2
va hakozo). Agar bob (bo'lim) birgina mavzudan iborat bo'lsa ham xuddi shunday
raqamlanadi. Agar matn faqat mavzulardan iborat bo'lsa, u ish doirasida tartib
raqamlari bilan raqamlanadi.
Bob (bo'lim), mavzu, kichik mavzu raqami so'nggida nuqta qo'yilmaydi.
Oxirgi raqam va birinchi harf orasida bitta bo'sh joy (probel) qoldiriladi.
Tuzilmali elementlar sarlavhalari va asosiy qism boblari, birinchi mavzu
sarlavhasi orasida ikki interval qoldiriladi.
Matnning asosiy qism mavzu va kichik mavzui abzatsdan yoziladi.
Sarlavha va matn orasida ikkita 1,5 smlik bo'sh joy bo'lishi kerak.
QISQARTMALAR
Kurs ishini yozishni osonlashtirish va hajmini kamaytirish maqsadida
qisqartmalar ishlatiladi. Umumiy qabul qilingan qisqartmalar GOST 7.12-77 ga
mos kelishi kerak. Ishda o'z qisqartmalaridan foydalanish mumkin. Bunda birinchi
uchraganda tavsiflash kerak. Agar shartli belgilash va qisqartmalar soni 10 dan
oshiq bo'lsa alohida “Qisqartmalar ro'yxati” bayon qilinishi kerak. Matnda
qisqartmalarni quyidagicha ishlatishga yo'l qo'yilmaydi:
• Matnda “>”, “<”, “=” va boshqa matematik belgilarni, shuningdek “%”,
“N°” belgilarini raqamsiz ishlatish;
• Manfiy qiymatlar oldida matematik belgisini (“manfiy” deb yoziladi);
• “GOST”, “OST”, “DST standart indekslarini ro'yxat raqamisiz yozish;
• Qiymatisiz foydalanilganda fizik kattaliklar qisqartma nomlari (jadval va
formulalardan tashqari).
SANOQ SONLARNI YOZISH QOIDASI
• Bir xonali sanoq sonlar agar o'lchov birligi bo'lmasa so'z bilan yoziladi,
masalan: uch qator (3 qator emas);
• Ko'p xonali sanoq sonlar raqamlar bilan yoziladi;
• O'lchov birligi qisqartmasi bilan kelgan sonlar raqam bilan yoziladi,
masalan: 3 kg, 3 l. “kg”, “l” qisqartmalaridan keyin nuqta qo'yilmaydi.
• Bir turdagi sonlarni yozishda o'lchov birligi qisqartmasi oxirgi raqamdan
keyin qo'yiladi, masalan: 1, 5 va 7 mg.
TARTIB RAQAMLARINI YOZISH QOIDASI
• Bir va ko'p xonali tartib raqamlari so'z bilan yoziladi, masalan: birinchi. O'n
yettinchi.
Murakkab so'z tarkibiga kiruvchi tartib raqamlari son bilan yoziladi,
masalan: Natriy xlorning 10 foizli eritmasi. 10% li eritma deb yozish ham mumkin.
FORMULA VA TENGLAMALAR
Formula va tenglamalarni qora siyohda qo'lda yozishga ruxsat etiladi. Agar
formula va tenglamalarga sharh bo'lsa, matnda alohida satrda ajratiladi. Har bir
formula yoki tenglamadan oldin va keyin bitta bo'sh qator qoldiriladi.
Formuladagi belgilarga sharh ular fomulada qay tartibda kelsa, shu tartibda
5
beriladi Sharh “bunda” degan so'z bilan boshlanadi, ikki nuqta qo'yilmaydi, va
“equation” piktogrammasi yordamida yoziladi, masalan:
m=pv, (1)
bunda, m-massa, p-zichlik, va v -eritma hajmi.
Formula va tenglamalar arab raqamlari bilan raqamlanadi va kichik qavslarga
olinib, formula qatorida sahifaning o'ng tarafiga joylashtiriladi. Ishda
raqamlashning faqat bitta tartibi ishlatiladi (butun matn yoki bo'lim miqyosida).
Formulani boshqa satrga o'tkazish faqat matematik belgidan keyin amalga
oshiriladi. Fizik kattaliklar birliklari formulaga faqatgina son qiymatlaridan keyin
yoziladi.
Ko'paytirishning asosiy belgisi o'rta chiziqdagi nuqta (•) hisoblanadi.
Ko'paytirishning (x) belgisi ko'paytirish belgisida ko'chirish va vektorlarni
ko'paytirishda ishlatiladi. Ko'paytirishning (•) belgisi fizik belgilarning harfiy
belgilanishi, qavslardan oldin va keyin, radikal (V), integral (j) belgilari.
trigonometrik funktsiyalar argumentlari oldidan qo'yilmaydi.
ILOVA (ILLUSTRATSIYA)LARNI QO'YISH
1.
Rasmlar
Barcha illustratsiyalar bir xil uslubda bajarilgan bo'lishi kerak. Illustratsiyalar
ularga matnda birinchi murojaat bo'lgandan keyin darhol joylashtiriladi. Har bir
illiustratsiyaning o'ziga tegishli sharhi bo'ladi va raqamlanadi. Illustratsiyalar butun
matn yoki bo'lim miqyosida raqamlanishi mumkin. Illustratsiyalar soni ko'p bo'lsa
ular tartib bilan raqamlanib, ish so'ngiga joylashtiriladi. Agar rasmlarni raqamlash
bir bo'lim miqyosida bo'lsa, rasm raqami bob (bo'lim) raqami va rasmning tartib
raqamini nuqta bilan ajratib qo'yiladi, masalan: 2.1 rasm
Agar bitta raqam bilan belgilangan illustratsiya bir necha tasvirdan iborat
bo'lsa ular kichik harflar bilan belgilanadi. (a,b,c. va h.k).
Barcha illiustratsiyalarga matnda murojaat bo'lishi kerak. Illustratsiyalar
alohida sahifada yoki matn orasida joylashtirilgan bo'lishi mumkin.
2.
Jadvallar
Jadvallar unga matnda birinchi murojaat bo'lgandan keyin darhol
joylashtiriladi. Barcha jadvallar butun matn bo'ylab arab raqamlari bilan
raqamlanadi. Agar ishda bitta jadval bo'lsa unda raqam qo'yilmaydi. Jadval
raqamlanganda “N°” belgisi ishlatilmaydi.
Jadval mavzu sarlavhasi satr o'rtasidan birinchi harfi bosh qolganlari kichik
harf bilan bir intervalda yoziladi. Mavzu sarlavhasi so'ngida foydalanilgan
manbaalar ro'yhatiga mos ravishda jadval manbasi kvadrat qavsda yoziladi.
BOG'LANISHLARNI RASMIYLASHTIRISH
Matnda manbalarga bog'lanishlari foydalanilgan manbalar ro'yxatidagi tartib
raqami bo'yicha qo'yilishi kerak. Manbaning tartib raqami kvadrat qavsga olinadi.
Agar manbadagi aniq sahifaga murojaat qilinsa, sahifa raqami ham ko'rsatiladi,
masalan: [3], [4, 6 b.].
Iqtiboslar qo'shtirnoq ichida bosh harfdan boshlab yoziladi. Agar iqtibos
qisqartirilsa, tushirib qoldirilgan qismi o'rniga uch nuqta qo'yiladi. Masalan:
6
A.Eynshteyn aytganidek. “Tarbiya ishiga har bir kishining individual qobiliyatini
rivojlantirish haqida g'amxo'rlik qilish bilan ... e'tibor berish zarur”
ILOVALAR
Ilova matnda ko'rsatilgan tartibda foydalanilgan manbalar ro'yxatidan keyin
joylashtiriladi.
Ilovalarga turli jadvallar, grafiklar, algoritm blok sxemalari, dastur kodlari va
boshqalar kirishi mumkin. Har bir ilova yangi sahifadan boshlanadi. Ilova butun
ish bo'yicha umumiy raqamlanadi.
“ILOVA” sarlavhasi yuqori o'ng burchakka yoziladi. Barcha ilovalar
raqamlanadi, masalan: 1-ILOVA, I-ILOVA. Agar ilova bitta bo'lsa u
raqamlanmaydi. Agar ilova sarlavhasi mavjud bo'lsa, u satr o'rtasidan bosh harfda
yoziladi.
FOYDALANILGAN MANBALARNI RASMIYLASHTIRISH
Foydalanilgan manbalar ro'yxati birinchi harfi bo'yicha alfavit tartibida
joylashtiriladi. Avval o'zbek tilidagi, keyin boshqa tillardagi manbalar ko'rsatiladi.
Har bir yangi manba yangi satrdan yoziladi. Hammualliflar familiyalari manbada
keltirilgan tartibda ko'rsatiladi. Kitob, monografiya, hisobotlar qisqartmasiz to'liq
yoziladi.
Agar maqola jurnaldan olingan bo'lsa, quyidafi tartibda yoziladi: maqola
muallifi, maqola nomi, ikkita yotiq chiziq (//), jurnal nomi, nuqta, nashr yili, nuqta,
jurnal nomeri, nuqta, maqola sahifasi, nuqta.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati
1. Mup3ueeB ffl.M. BVIOK keaa^aruMU3Hu Mapg Ba o.iH>i<ano6 x,aaKUMU3
SuaaH
Supra KypaMU3. . “Y36ekucTOH” HMHY, 2017. -485 6.
2. napnueB H.A., PaxuMOB \P., My(|)Ta\OB A.r. AHopraHUK KUMe (Ha3apun
acocaapu). - TomkeHT, “Y36ekucTOH”, 2000.-479 6.
KURS ISHIGA TAVSIYA ETILADIGAN MAVZULAR
1. Natriy kristalining olinishi va xossalari.
2. Natriy gidrokning olinishi va xossalari.
3. Natriy yodidning olinishi va xossalari.
4. Kaliy xloroxromatning olinishi va xossalari.
5. Kaliy manganatning olinishi va xossalari.
6. Bariy nitratning olinishi va xossalari.
7. Simob rodanidning olinishi va xossalari.
8. Mis ammikatining olinishi va xossalari.
9. Kumush nitratning olinishi va xossalari.
10. Kalsiy nitratni olinish usullari va xossalari.
11. Marganets sulfatning olinishi va xossalari.
12. Konsentrlangan nitrat kislotaning olinishi.
13. Oksalat kislotaning olinishi
14. Alyuminiy oksidini olinishi va xossalari.
15. Xrom (III) oksidini olinishi va xossalari.
7
16. Mis gidroksidini olinishi va xossalari.
17. Rux gidroksidini olinishi va xossalari.
18. Alyuminiy gidroksidini olinishi va xossalari.
19. Kaliy xromat tuzini olinishi va xossalari.
20. Natriy tetraborat tuzini olinishi va xossalari.
21. Natriy sulfat tuzini olinishi va xossalari.
22. Mis nitrat tuzini olinishi va xossalari.
23. Mis sulfat tuzini olinishi va xossalari.
24. Mis (II) xlorid tuzini olinishi va xossalari.
25. Rux sulfat tuzini olinishi va xossalari.
26. Rux nitrat tuzini olinishi va xossalari.
27. Rux atsetat tuzini olinishi va xossalari.
28. Alyuminiy nitrat tuzini olinishi va xossalari.
29. Alyuminiy sulfat tuzini olinishi va xossalari.
30. Mor tuzini aniqlash.
31. Alyumo-ammoniy kvastsini olinishi va xossalari.
32. Tetramminkuprosulfat tuzini olinishi va xossalari.
33. Geksamminnikel(II)-xlorid tuzini olinishi va xossalari.
34. Elementlarning rentgen spektrlari va Mozli qonuni.
35. Valent bog’lar nazariyasi. Molekulyar orbitallar nazariyasi.
36. Oksidlanish-qaytarilish potensiali. Latimer va Frost diagrammasi.
37. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalariga muhitning ta’siri.
38. Kompleks birikmalarning nomlanishi.
39. Yuqori samarali suyuq xromatografiya.
40. YaMR (PMR, 13C-spektoskopiya).
41. Mass- spektoskopiya.
42. Xromatomass- spektoskopiya.
43. Geokimyo va kosmokimyo.
44. O’zgaruvchan tarkibdagi birikmalar.
45. Suvning qattiqligi. Vaqtinchalik va doimiy qattiqlik.
46. Nitrit kislotasi. Oksidlovchilik-qaytaruvchilik xossalari.
47. Gipofosfit kislota va gipofosfitlar.
48. Galogenvodorodlar. Fizik va kimyoviy xossalari.
49. Sulfat, selenat va tellurat kislotalar.
50. Galogenlarning kislorodli kislotalari. Oksidlovchilik va kislotalik xossalari.
51. Galogenlararo birikmalar.
52. d-elementlarining kompleks birikmalari.
53. Kristall maydon nazariyasi. Ligand maydon nazariyasi.
54. III guruh elementlari. Olinishi. Oddiy moddalarning fizik-kimyoviy xossalari.
55. IV guruh elementlari. Olinishi. Oddiy moddalarning fizik-kimyoviy xossalari.
56. V guruh elementlari. Olinishi. Oddiy moddalarning fizik-kimyoviy xossalari.
57. VI guruh elementlari. Olinishi. Oddiy moddalarning fizik-kimyoviy xossalari.
58. Odam organizmida makro- va mikroelementlar.
8
59. Metall ionlarining biologik o‘rni.
60. Kimyo fani va sanoatining istiqbollari.
61. Xlorning kislorodli birikmalari.
62. Selen, tellur va poloniy.
63. Oltingugurtning murakkab kislotalari.
64. Azotning vodorodli birikmalari.
65. Azotning kislorodli birikmalari.
66. Simob va uning birikmalari.
67. Marganes, texnisiy va reniyning karbonillari va metallorganik birikmalari.
68. VI-guruh elementlarining karbonillari va metallorganik birikmalari.
69. Suvning qattiqligi va uni yo‘qotish usullari.
70. Metallarning standart elektrod potensiallari qatori.
71. Nanozarrachalar olish va ularni barqarorlash.
72. Kompleks birikmalarning fazoviy tuzilishi va izomeriyasi.
73. Metallar korroziyasi.
74. Gidroliz turlari. Gidroliz konstantasi. Gidrolizlanish darajasi.
75. Ionli reaksiyalar va ionlar muvozanatinining siljishi.
76. Kimyoviy reaksiyalarning energetikasi. Kimyoviy reaksiyalarning yo‘nalishi.
77. VII guruh elementlari. Olinishi. Oddiy moddalarning fizik-kimyoviy xossalari.
78. VIII guruh elementlari. Olinishi. Oddiy moddalarning fizik-kimyoviy xossalari.
79. IX guruh elementlari. Olinishi. Oddiy moddalarning fizik-kimyoviy xossalari.
80. X guruh elementlari. Olinishi. Oddiy moddalarning fizik-kimyoviy xossalari.
81. XI guruh elementlari. Olinishi. Oddiy moddalarning fizik-kimyoviy xossalari.
82. XII guruh elementlari. Olinishi. Oddiy moddalarning fizik-kimyoviy xossalari.
83. Noorganik pigmentlar.
84. Nanozarrachalarni olish yo’llari:kimyoviy, fotokimyoviy, radiasion qaytarish.
85. Nanomateriallar. Nanomateriallarni olish yo’llari.
86. Katalizatorlar. Avtokataliz. Ingibitorlar. Promotorlar. Gomogen va geterogen
katalizatorlar. Fazalararo katalizatorlar.
87. Vodorod birikishida va ajralishida ishlatiladigan metall katalizatorlar.
KURS ISHINI BAJARISH UCHUN KO'RSATMALAR
Quyida kurs ishi bo'yicha bir variantning qanday bajarilishi keltirilgan: Kurs
ishi titul varaq bilan boshlanadi. Ikkinchi varaqda taqriz, uchinchi varaqda
mundarija keltiriladi Keyingi varaqlarda kirish, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan
manba va adabiyotlar ro'yxati, kurs ishi so'ngida ilovalar joylashadi.
Na'muna uchun
9
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
NOORGANIK KIMYO KAFEDRASI
NOORGANIK KMYO FARNIDAN
“MINERALLAR KIMYOSI”
Mavzusida
KURS ISHI
Bajardi: kimyo yo`nalishi KM-AU22
Gurux talabasi N.J.Abdullayev
Raxbar: ____________ S.Xasanov
Sana “___” _________ 2022-yil
Namangan - 2022
Namangan Davlat Universiteti Tabiiy
fanlar fakulteti Kimyo yo'nalishi _
10
guruh
talabasi _____________________
ning
Nooorganik kimyo fanidan “Minerallar
kimyosi” mavzusidagi yozgan kurs
ishiga
Taqriz
Ushbu kurs ishi “Minerallar kimyosi” mavzusida bo'lib, unda kimyoviy
tushunchalar, mavzuga oid nazariyalar, fikrlar amaliy mashqlar qamrab olingan.
Jumladan, minerallar kimyosi sanoatining rivojlanish tarixi va undagi ayrim
kamchiliklar yoritib berilgan.
Talaba kurs ishini bayon etishda fanga uslubiy qo'llanmalar internet
ma'lumotlaridan foydalangan biroq ommaviy axborot nashrlaridan foydalanmagan.
Bundan tashqari kurs ishini bayon etishda ba'zi bir jumlalarni, formulalarni
tuzishda xatolikka yo'l qo'ygan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib hay'at azolari ijobiy ball berishlarini
so'rayman.
Taqrizchi:
11
Mundarija
I
1.1
1.2
1.3
1.4
1.5
bet
Kirish ........................................................................................................
Asosiy qism...............................................................................................
Tuproqqa mineral o'g'itlar solishning zaruriyati ................................
O'g'itlar klassifikatsiyasi ........................................................................
Ayirim og'itlar haqida ma'lumoylar .....................................................
Yurtimizda o'g'it ishlab chiqarish .........................................................
Mineral o'g'itlarning fizik-kimyoviy va mexanik xossalari ................
Xulosa .......................................................................................................
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati .......................................................
12
Kirish
O'rta Osiyo mintaqasida qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishidagi asosiy
muammo mineral o'g'itlar yetishmasligidir. Mineral o'g'itlar ishlab chiqaruvchi
zavodlar: O'zbekistonda yettita, Qozoqistonda uchta, Turkmanistonda uchta,
Tojikiston va Qirg'izistonda esa yo'q. Ishlab turgan zavodlar azotli, fosforli va
kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarmoqda. Mintaqada kaliyli ma'danlar zaxirasiga boy
bo'lib, Qashqadaryo viloyatida “Dexqonobod Kaliyli o'g'itlar zavodi” 200 ming
t/yil, Turkmanistonda Tyubegatan koni asosida 1000 ming t/yil kaliyli o'g'it ishlab
chiqarilmoqda. O'zbekistonda azot, fosfor va kaliyli o'g'itlarga bo'lgan 2005 yildagi
talab quyidagicha: 100% li azot 761,82 ming. T. 100% li R2O5 - 518,27 ming.t. va
100% li K2O - 278,12 ming.t. 2004 yilda O'zbekistonda 100% li ozuqa
elementlariga hisoblaganda 736,754 ming.t. azotli va 137,414 ming.t. fosforli
o'g'itlar ishlab chiqarildi. 250 ming.t kaliyli o'g'it (K2O bo'yicha) Rossiyadan sotib
olingan. O'zbekiston qishloq xo'jalik ishlab chiqarishining asosiy maxsuloti paxta
va dondir. Paxta xosildorligi 3 mln.t bug'doy esa 5 mln.t. dan ortiqroq.
Ma'lumki, xar bir tonna paxta xar yili yerdan 45 kg azot, 15 kg R2O5 va 45
kg K2O xar bir tonna bug'doy esa 35 kg azot, 10 kg R2O5, 24 kg R2O5
o'zlashtiradi.
Faqat ikkita qishloq xo'jalik maxsuloti (paxta va don) keltirilgan xosildorlikda
xar yili yerdan 310 ming.t azot, 115 ming.t fosfor va 255 ming. t kaliy
o'zlashtiradi. Boshqa maxsulotlar xam yerdan o'zi bilan katta miqdordagi ozuqa
elementlarini olib chiqadi. O'zbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti
ko'rsatishicha, o'g'itsiz paxta xosildorligi 12 s/ga, xar gektarga 225 kg azot, 150 kg
fosfor, 100 kg kaliy ishlatganda va to'g'ri agrotexnik qoidalariga amal qilinganda
xosildorlik 30-35 s/ga yetishi tasdiqlangan. xozir o'rtacha paxta xosildorligi 24 s/ga
teng.
O'zbekiston qishloq xo'jaligi rivojlangan agrar mamlakatdir. Mexnatga loyiq
axolining 40%i qishloq xo'jaligi ishlari bilan band. Paxta va boshoqli don
yetishtiridigan asosiy ekinlardir. O'zbekistonning xozirgi rivojlanish bosqichida 30
milliondan ortiqroq axolini turli xil qishloq xo'jalik maxsulotlari bilan ta'minlashga
katta e'tibor berilmoqda. Ekinlar xosildorligini oshirish va ularning sifatini
yaxshilashda turli o'g'itlardan foydalanish asosiy omil xisoblanadi.
Qishloq xo'jalik maxsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirishda mineral
o'g'itlar asosiy o'rinda turadi chunki yetishtiriladigan xosildorlikning deyarli 50%
mineral o'g'itdan foydalanish xisobiga olinadi. Shuning uchun mineral o'g'itlar
ishlab chiqarish muntazam o'sib boradi. Masalan, dunyo bo'yicha mineral
o'g'itlarni qishloq xo'jaligida ishlatish 1994-1995 yillarda 121,8 mln. tonnani
tashkil qilgan 1997-1998 yillarda esa 134,1 mln. tonnaga yetdi . Xozirgi kunda
birgina Xitoy davlatida 40 mln. tonna mineral o'g'it ishlab ishlab chiqarilmoqda.
1994 - 2000 yillarda ushbu mamlakatda 17 ta azotli va 11 ta fosforli o'g'itlar ishlab
chiqaruvchi zavodlar qurildi. Fosfor xom ashyo zaxiralariga ega bo'lgan va o'g'it
ishlab chiqarish sanoati rivojlangan mamlakatlarda qatoriga Rossiya, Qozog'iston,
Ukraina, Belorusiya, Markaziy Osiyoda esa O'zbekiston Respublikasi kiradi.
13
Mendeleyev davriy jadvalidagi 40 dan ortiq kimyoviy elementlar
o'simliklarning normal xolatida o'sishi va rivojlanishi uchun zarurdir. Jumladan,
azot, fosfor, kaliy, kaltsiy, oltingugurt va magniy o'simlikning asosiy oziq
moddalari xisoblandi. Tuproq unumdorligini oshirishda va undan olinadigan
qishloq xo'jalik ekinlarining xosildorligini ko'tarishda qo'llaniladigan barcha
mineral o'g'itlar ichida fosforlisi yetakchi rol o'ynaydi. Fosforli o'g'itlarga bo'lgan
talabni qoplash fosfor xom ashyosini qazib olish va qayta ishlash korxonalarining
quvvatini oshirish asosida bajariladi. Ishlab turgan korxona uskuna va
qurilmalaridan foydalanib juda qisqa muddatda maxalliy xom ashyo manbalarini
qayta ishlab o'g'it olish muxim axamiyatga ega.
I Asosiy qisim
1.1 Tuproqqa mineral o'g'itlar solishning zaruriyati
Kimyolashtirish, kompleks mexanizatsiyalash, elektrlashtirish va tuproqning
unumdorligini oshirish borasidagi boshqa tadbirlar qishloq xo 'jaligini
yuksaltirishdagi asosiy yo'nalishlardan hisoblanadi.
Qishloq xo'jaligini izchil va xar tomonlama intensivlashda kimyolashtirish
aloxida axamiyat kasb etadi. Kimyolashtirish o'g'itlar, o'simliklarni muxofaza
qilishning kimyoviy vositalari, gerbitsidlar, defoliantlar va desikantlardan
foydalanishdan iborat. O'simlik o'sish davrida ba'zi elementlarni xavodan barg
orqali, ba'zilarini tuproqdan oladi. O'simliklar tarkibiga 70 dan ortik kimyoviy
elementlar kiradi. Ulardan 16 tasi: orgonogenlar deb ataladigan - uglerod, kislorod,
vodorod, azot; zolli elementlar deb ataladigan - fosfor, kaliy, kaltsiy, magniy va
oltingugurt; mikroelementlar deb ataladigan - bor, molibden, mis, rux, kobalt,
marganets va temir o'simliklarning xayot faoliyati davomida muxim axamiyatga
egadir. Bir element o'rnini boshqasi bosa olmaydi, chunki ularning xar bir
o'simliklarda o'ziga xos funktsiyalarni bajaradi. O'simliklar va tuproq tarkibiga
boshqa elementlar xam, masalan: kremniy, natriy, xlor va boshqalar kirishi
mumkin. Ammo bu yoki boshqa elementlarning bo'lishi o'simliklar xayoti uchun
muxim axamiya kasb etmaydi. Yashil o'simliklarga atmosferadan keluvchi asosiy
elementlar uglerod, kislorod va vodorod xisoblanadi. Bu elementlarning ulushi
o'simlikning quruq. massasiga nisbatan 93,5% ni tashkil etadi, shu jumladan
uglerodga - 45%, kislorodga - 42% va vodorodga - 6,5% to'g'ri keladi.
O'simlikning me'yorida o'sishi va rivojlanishi uchun uni yetarli miqdordagi
ozuqa moddalari bilan ta'minlanishi kerak. O'simliklar uchun azot, fosfor, kaliy,
kaltsiy, magniy, oltingugurt va temir asosiy ozuqa moddalari xisoblanadi.
O'simliklardagi bu elementlar miqdori yuzdan bir ulush foizdan bir necha
foizgacha bo'ladi va makroelementlar deyiladi. O'simliklarga bulardan tashqari,
bor, molibden, mis, marganets, rux va boshqa shular kabi bir qator o'simlik va
tuproqda mingdan bir ulush foizda bo'ladigan moddalar zarurdir. Ularni
mikroelementlar deyiladi.
O'simliklarning xayotiy faoliyatida uglerod, kislorod va vodoroddan keyin
14
azot fosfor va kaliy xam muxim axamiyatga egadir. Bunday elementlar tutgan
o'simliklarning ozuqa maxsulotlari qishloq xujaligida asosiy mineral o'g'itlar nomi
bilan yuritiladi. Fosfor, azot va kaliy o'simlik uchun eng zarur ozuqa moddalardir.
O'simlik bu elementlarni tuproqdan oladi, tuproqda bu moddalar miqdori yildanyilga kamayib, tuproqning unumdorligi pasayib boradi, bu ekinning xosildorligiga
salbiy ta'sir etadi. Tuproqning unumdorligini oshirish uchun yerni yetarli darajada
o'g'itlanishi kerak. Go'ng - organik o'g'itlardan eng foydaligi xisoblanadi. Go'ng
tarkibida uning xar tonnasida 5 kg azot, 2,5 kg fosfat angidrid va 6 kg kaliy oksid
bo'ladi. Tuproqni ozuqa moddalari bilan yetarlicha ta'minlashi uchun gektariga 20 t
dan 40 t gacha go'ng solinishi lozim. Organik o'g'itlar qishloq xo'jaligining kun
sayin o'sib borayotgan talabini qondira olmaydi, chunki go'ng va boshqa organik
o'g'itlar tarkibidagi ozuqa moddalari mineral o'g'itlardagiga nisbatan bir necha
barobar kamdir. Masalan, 1 t go'ng tarkibida 5 kg azot bo'lsa, 1 t ammiakli
selitrada 350 kg azot bo'ladi. Lekin, mineral o'g'itlarni bilgan xolda, me'yorida
ishlatilishi kerak. Tuproqni o'g'itlashtirishning o'zigina xosildorlikni oshirishning
yagona sharti bo'lib xisoblanmaydi. Buning uchun tuproqning sifatini
yaxshilanishi, ekinni belgilangan vaqtda sug'orilishi, turli kasallik va
zararkunandalarga qarshi kurashish lozimdir.
Tuproqdan xosil bilan chiqib ketadigan ta'sir etuvchi moddalar. (kg/ga)
1-jadval
Ta'sir etuvchi
Xosildorlik
moddalar
Qishki bug'doy
Shakar lavlagi 270 Jo'xori ko'k poyasi
30 s/ga
s/ga
600ts/ga
N2
P2O5
112
39
166
42
150
K2O
77
157
200
15
70
Xosildorlikni tuproqga fosfor, azot va kaliy solish xisobiga, oshirilishi.
2jadv
al
Maxsulot turi
1t solingan o'g'it xisobiga (N2, P2O5, K2O) xosildorlikni o'sishi,
t
N2
P2O5
K2O
Paxta
10-14
5-6
Shakar lavlagi
120-160
12-15
50-55
2
40-50
7-8
3-4
Bug'doy
Xosilni, o'g'it qo'llash xisobiga o'zgarishi (ts/ga).
3jadv
al
O'g'itsiz
O'g'it bilan
Paxta
8-9
27-30
Bug'doy
7-8
20-40
Shakarqamish
100-120
200-500
Mineral o'g'itlardan foydalanilganda paxta va boshqa texnika ekinlarining xosili
tobora ortmoqda. Masalan, 1930 yilda O'rta Osiyo respublikalarida xar gektar
yerdan
7-8 s paxta olingan bo'lsa, xozirga paytga kelib, gektaridan o'rta xisobda 29,2 s
xosil
olinmoqda. Tuproqga solingan xar 1 kg fosfor qo'shimcha 6-7 kg paxta, 50-60 kg
kartoshka, xar 1 kg azot esa qo'shimcha ravishda 15-20 kg paxta va 150 kg
kartoshka
olish imkonini bermoqda. Mineral o'g'itlar ekinning xosildorligiini oshirishi bilan
birgalikda maxsulotlar sifatini xam yaxshilaydi: dondagi oqsil va kartoshkadagi
kraxmal miqdorlarini ko'paytiradi, paxta tolasining pishiqligini oshiradi.
Xosildorlikni oshirishdagi omillarni baxolashda: AQSh da 50% gacha. Frantsiyada
50-70% gacha qo'shimcha xosil olish o'g'itlar xissasiga to'g'ri keladi. O'tkazilgan
tadqiqotlar natijalariga ko'ra, xosildorlikning oshirishdagi o'g'itlarning ulushi
MDX,
mamlakatlarining qoratuproqli mintaqalarida 40-50% ga, noqoratuproqli
mintaqalarida 60-75% ga O'rta Osiyoda, xususan, O'zbekiston Respublikasi
xududidagi unumdor tuproqlarda 50-60% ga to'g'ri keladi. O'simliklar yaxshi
o'sishi, mo'l hosil berishi va uzoq yil yashashi uchun tuproqqa o'g'it solish kerak.
O'g'it tarkibida turli mineral tuzlar, mikroelementlar va boshqalar bo'ladi.
O'simliklar tuproqdan o'zi uchun kerakli tuzlarni oladi. Agar kerakli mineral tuzlar
yetishmasa, ularda ichki va tashqi o'zgarishlar sodir bo'lishi yoki qurib qolishi
mumkin. O'simliklaming mineral tuzlarga bo'lgan ehtiyojini aniqlashga doir
ko'pgina ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan. Natijada ularda qaysi tuz yetishmasa,
qanday o'zgarishlar sodir bo'lishi aniqlangan. O'g'itlar, asosan, ikki guruhga
bo'linadi. Birinchisi, hammamizga ma'lum bo'lgan organik o'g'itlar, ya'ni go'ng.
Ular tuproqda chirib, uning holatini yaxshilaydi va hosildorligini oshiradi,
o'simliklar uchun zarur bo'lgan moddalarni hosil qiladi. Ikkinchisi mineral o'gitlar.
Bu o'g'itlar kimyo zavodlarida maxsus tayyorlanadi. O'zbekistonda Navoiyda,
Chirchiqda va boshqa joylarda mineral o'g'itlar ishlab chiqaradigan zavodlar bor.
Mineral o'g'itlar har xil bo'ladi. Ular azotli (selitra), fosforli va kaliyli o'g'itlardir.
O'g'it bu- Tarkibida ozuqa elementlari tutgan tuproqqa qo'shiladigan organic
va norganik (menaral) moddalar o'g'itlar deb ataladi. Ozuqa elementi bu - Tuproq
tarkinida mavjud bo'lib, o'simliklarni o'sishini ta'minlovchi elementlar (ozuqa
elementlari) deyiladi. Mineral o'g'itlar. - Ular o'simliklarga har xil ta'sir qiladi.
Masalan, azotli o'g'itlar o'simliklarning o'sishini tezlashtirsa, fosforli va kaliyli
o'g'itlar mo'l hosil to'planishiga va uning tez pishib yetilishiga yordam beradi.
Qisqa qilib aytganda o'g'itlar mo'l hosil garovidir. Lekin o'g'it solishda uning
me'yoriga qat'iy rioya qilish zarur.
1.2 O'g'itlar klassifikatsiyasi
O'g'itlar kelib chiqishiga ko'ra, noorganik — mineral, organik, organomineral va bakterial turlariga klassifikatsiyalanadi. Ular qattiq, suyuq va
suspenziyali xolatda bo'lishi mumkin. Mineral o'g'itlar ( yoki sun'iy o'g'itlar ).
Ularni sanoatda — ishlab chiqariladi: noorganik xom ashyolarni kimyoviy yoki
mexanik qayta ishlash (masalan, agroximyoviy rudalar — fosforitlar, kaliyli tuzlar,
dolomitlar va xokazolarni maydalash) orqali tayyorlanadigan noorganik
maxsulotlardan xosil qilinadi. Xom ashyo sifatida xizmat qiladigan xavo azotidan
yoki tarkibida
17
o'simliklar uchun ozuqa bo'ladigan moddalar tutgan ayrim kimyoviy ishlab
chiqarish korxonalarining oraliq maxsulotlaridan olingan moddalar xam mineral
o'g'itlar qatoriga kiradi.
O'g'itlarning klassifikatsiyasi
4-jadval
O'G'ITLAR
KELIB CHIQISHIGA
KO'RA
AGREGAT HOLATIGA
KO'RA
TARKIBIGA
KO'RA
OZUQA ELEMENTI
TURIGA KO'RA
Masalan, ammoniy sulfat — kokslash pechi gazlari yoki kaprolaktam ishlab
chiqarishning oraliq maxsulotlaridan olinadi. Xom ashyoni kimyoviy qayta ishlash
natijasida olinadigan mineral o'g'itlar ta'sir etuvchi moddalarning yuqori
kontsentratsiyaliligi bilan ajralib turadi. Organik o'g'itlar. Ulardagi elementlar
o'simlik va xayvonlardan olinadigan chiqindi moddalar tarkibida bo'ladi. Bunday
o'g'itlarga birinchi navbatda go'ng, shuningdek o'simlik va xayvonlardan
chiqadigan chiqindilar (torf, kunjara, balik va parranda chiqindisi, suyak uni, axoli
chiqindisi va turli oziq-ovqat maxsulotlari chiqindilari )ni qayta ishlash natijasida
olinadigan maxsulotlar xam kiradi, bunga yashil o'g'itlarni xam kiritish mumkin.
Organo- mineral o'g'itlar tarkibida organik va mineral moddalar bo'ladi; bunday
o'g'itlar torf, ko'mir va boshqalar kabi organik moddalarni ammiak yoki fosfat
kislota bilan qayta ishlash orqali olinadi. Ularni shuningdek go'ng yoki torfni
fosforli o'g'itlar bilan aralashtirish yo'li bilan xam olinadi. Bakterial o'g'itlar tuproqdagi va o'g'itlardagi xavo azoti yoki minerallashgan organik moddalar bilan
oziqlanuvchi mikroorganizmlar tutgan preparatlar kiradi. Bunday o'g'itlar qatoriga
azotobakterin, tuproq nitragini kiradi. Mineral o'g'itlar agrokimyoviy ta'siri
bo'yicha to'g'ridan - to'g'ri ishlatiladigan, bilvosita foydalaniladigan va o'simliklar
o'sishini boshqaruvchi preparatlar turlariga bo'linadi. To'g'ridan - to'g'ri
18
ishlatiladigan o'g'itlar o'simliklarning bevosita oziqlanishiga mo'ljallangan. Ular
tarkibida o'simliklar xayoti uchun muxim bo'lgan elementlar: azot, fosfor, kaliy,
magniy, oltingugurt, temir, shuningdek mikroelementlar (bor, molibden, mis, rux,
kobalt) tutadi. To'g'ridan - to'g'ri ishlatiladigan o'g'itlar, uz navbatida, oddiy ( bir
yoqlama ) va kompleks ( ko'p yoqlama ) o'g'itlarga bo'linadi. Oddiy o'g'itlar
tarkibida o'simliklar oziqlanuvchi elementlar: azot, fosfor, kaliy, magniy, bor va
boshqalardan bittasi bo'ladi. Ular xam o'z navbatida azotli, fosforli, kaliyli,
mikroelementli o'g'itlar turlariga bo'linadi. Mikroo'g'itlar — kam me'yorda (
gektariga gramm va kilogrammlarda ) qo'llaniladigan o'g'itlar xisoblanadi.
Tarkibida mikroelementlar tutgan — borat kislota, mis( P ) - sulfat, ammoniy
molibdat va boshqa texnik tuzlar ishlatiladi. Kolchedan kuyundisi, marganetsli
quyqum ( shlam ), cho'ktirilgan magniy borat va boshqa mikroelementli chiqindilar
suvda erimaydi. Ularni suvda eriydigan xolatga qayta ishlanadi yoki to'g'ridanto'g'ri o'g'it sifatida ishlatiladi. qishloq xo'jaligida suvda eriydigan xam, suvda
erimaydigan xam mikroo'g'itlar ishlatiladi.
Murakkab o'g'itlar — tarkibida kamida ikkita ozuqa elementi tutgan o'g'itlar
xisoblanadi. Ikkilamchi komplekslar o'g'itlar ( masalan, azot-fosforli, azot-kaliyli,
fosfor-kaliyli ) va uchlamchi kompleks o'g'itlar ( masalan, azot-fosfor-kaliyli )
turlarga bo'linadi. Murakkab o'g'itlar tarkibida shuningdek mikroelementlar,
pestitsid va o'stiruvchi moddalar qo'shimchalari xam bo'lishi mumkin. Murakkab
o'g'itlar ularni ishlab chiqarish xususiyatiga ko'ra guruxlanadi:
- aralash o'g'itlar turli kukunsimon yoki donadorlangan tayyor o'g'itlarni
mexanik usulda aralashtirish yuli bilan olinadi;
- murakkab-aralash donadorlangan o 'g'itlar aralashtirish jarayonida
kukunsimon tayyor o'g'itlarni suyuq reagentlar ( ammiakli suv, fosfat yoki sulfat
kislota va boshqalar ) qo'shish bilan aralashtirilish orqali olinadi;
- murakkab o 'g'itlar yagona texnologik jarayonda xom ashyoni qayta ishlash
orqali olinadi.
Bilvosita foydalaniladigan o'g'itlar — o'g'itlardan foydalanish sharoitini
yaxshilash maqsadida tuproqqa kimyoviy, fizik va mikrobiologik ta'sir etish uchun
o'g'itlanadi, masalan, tuproq kislotaliligini neytrallash uchun maydalangan
oxaktosh, dolomit yoki so'ndirilgan oxak qo'llaniladi; sho'rxok tuproqlar
melioratsiyasi uchun gips ishlatiladi, shu bilan bir vaqtda u kaltsiy manbai
xisoblanadi; tuproq kislotaliligini (fosforli o'g'it bilan solinadigan fosfor
birikmalarining eruvchanligini oshirish maqsadida) oshirish uchun natriy bisulfit
ishlatiladi. O'g'itlar fiziologik xususiyatlariga ko'ra: kislotali, fiziologik ishqoriy va
fiziologik neytral turlariga bo'linadi. Fiziologik kislotali o'g'itlarga o'simliklar
asosan kationlarni
o'zlashtiradigan o'g'itlar kiradi, anionlar esa tuproq eritmasini kislotaliligini
oshiradi, masalan, ammoniy sulfat, ammoniy nitrat, kaliy xlorid, kaliy sulfat va
boshqalar. Fiziologik kislotali o'g'itlarga ammoniyli azotli o'g'itlar, shuningdek
karbamid xam kirishi mumkin. Nitrifikatsiyalovchi bakteriyalar ta'sirida ammiak
nitrat kislotagacha oksidlanishi natijasida tuproq kislotaliligi ortadi.
19
Kelib chiqishiga ko'ra: O'g'itlarning klassifikatsiyasi
Organik o'g'itlarga - hayvonlar va qushlar chiqindilari, hamda o'simliklar
chiqindilarini kiritish mumkin.
Anorganik o'g'itlarga - Mineral o'g'itlar, tabiatda mavjud bo'lgan yoki sintez
qilingan Anorganik moddalar kiradi.
Agregat holatiga ko'ra:
Suyuq o'g'itlarga - kas asosidagi universal ozuqa eritmalar, kas suyuq azotli
o'g'it, ammiyakli selitra asosidagi universal ozuqa eritmalarni misol qilib ko'rsatish
mumkin.
Qattiq o'g'itlarga - natriyli selitra, kaliyli selitra, ammiyakli selitra, ammoniy
sulfat, karbomid (machavina), oddiy va qo'sh superfosfatlarni misol qilib ko'rsatish
mumkin.
Tarkibiga ko'ra
Oddiy o'g'itlarga - o' simliklar kuli kaliy sulfat va kaliy xloridlar kiradi.
Mikro o'g'itlarga - tarkibida B, Cu, Co, Mn, Zn, Mo, J kabi mikroelementlari
mavjud bo'lgan o'g'itlar kiradi.
Kompleks o'g'itlarga - tarkibida ikkitadan ortiq ozuqa elementi mavjud
bo'lgan o'g'itlar Kompleks o'g'itlar deyiladi. Bularga- ammofos (NH4)2HPO4,
kaliyli selitra KNO3, kabilar kiradi.
Ozuqa elementi turiga ko'ra:
Azotli o'g'itlarga - ammiakli selitra- NH4 NO3 , ammoniy sulfat- (NH)4SO3 ,
natriyli selitra- NaNO3 , kalsili selitra- Ca(NO)3 , karbomid (mochavina)CO(NH2)2, kabilar misol bo'ladi.
Kaliyli o'g'itlarga - kaliy xlorid- KCl, silvinit- KCI • NaCl, kaliy sulfatK2SO4, kianit- MgSO4 • KCl • 3H2O, hamda o'simliklar kuli misol bo'ladi.
Fosforli o'g'itlarga - fosforit uni- Ca5(PO4)3F, oddiy superfosfat- Ca(H2PO4)2
• CaSO4 • 4H2O, qo'sh superfosfat - Ca(H2PO4)2, pretsipitat - CaHPO4 • 2H2O,
ammofos- Ca(H2PO4)2 ; (NH4)HPO4 ; va NH4H2PO4, diammofos(NH4)2HPO4, leynafos- (NH4)2SO4 ' (NH4)2HPO4 lar aralashmasi misol bo'ladi.
Azotli o'g'itlar. Natriyli selitra (natriy nitrat) NaN03 - tarkibida 15-16% azot
bo'ladi.
Ammiak olishning sintetik usuli ishlab chiqilgunga qadar natriyli selitra
Chilidagi guanoning tabiiy qatlamlaridan qazib olinar va asosiy azotli o'g'it
x.isoblanar edi. xozirgi vaqtda oz miqdorda chiqarilayotgan natriyli selitra
ammiakdan nitrat kislota olishdagi qo'shimcha maxsulot xissoblanadi. U oq yoki
sarg'ish-qo'ng'ir rangli mayda kristall tuz, suvda yaxshi eriy - di. Birmuncha
gigroskopik, noqulay sharoitlarda saqlanganda mushtlashib, qotib qolishi mumkin.
Turli saqlanganda birlashmaydi va yaxshi sochiluvchanligini saqlab qoladi.
Kalsiyli selitra (kalsiy nitrat) Ca(NO3)2 -tarkibida 13 - 15% azot bo'ladi. U
nitrat
kislotani bo'r yoki oxak bilan neytrallash orqali bilinadi:
2HNO3 + CaCO3 = Ca(NO3)2 + CO2 + N2O.
Kalsiy nitrat - oq rangli kristall tuz, suvda yaxshi eriydi. Nihoyatda
20
gigroskopik bo'lib, xatto normal sharoitda saqlanganda ham juda namiqadi,
suyuqlanadi va birlashib qoladi. U nam o'tkazmaydigan qilib o'ralgan xolda
tashiladi va saqlanadi. Kristall kalsiyli selitraning gigroskopikligini kamaytirish
uchun gidrofob qoplamlar ishlatib granullanadi. Lekin granullash ham o'g'itning
noqulay fizik xossalarini batamom yoqotmaydi. Natriyli va kalsiyli selitralarfiziologik jixatdan ishqoriy o'g'itlardir. Usimliklar Na yoki Ca kationlariga
qaraganda NO- anionlarni ko'proq miqdorda o'zlashtiradi va bu kationlar tuproqda
qolib, uning muhitini ishqoriylashtiradi. Bu o'g'itlar kislotali chimli-podzol
tuproklarda doimiy ishlatilganda sezilarli darajada neytrallovchi ta'sir etib,
tuproqning kislotaliligini kamaytiradi. Tuproqda selitralar tez eriydi va tuproqning
yutuvchi kompleksidagi (PPK) kationlari bilan almashinish reaktsiyalariga
kirishadi: Na+ yoki Ca2+ kationlar tuproqqa yutiladi, N03~ anionlar esa nihoyatda
xarakatchanligini saqlagan holda tuproq eritmasida qoladi.
Kaliyli o'g'itlar. Kaliy hayvonlar, o'simliklar va mikroorganizmlar uchun
zarur elementlar qatoriga kiradi. Kaliyning ko'p qismi o'simlik hujayrasining
shirasida bo'ladi. O'simlikning tunasida engil harakatchanlikka ega bo'lib, ildizdan
kechasi ajraladi va kunduzi yana singadi. O' simliklarning eski qari bargidan
yomqir suvlari kaliyni ko'plab yuvadi.
O'simlikda kaliy bir tekis tarqalmagan, uning ko'p qismi modda almashinuvi
va hujayraning bo'linishi intensiv ravishda ketayotgan organlarida mirestemasida,
yosh novdalarida bo'ladi. Kaliy o'simlikning changdonida ham ko'p bo'ladi.
Makkajo'xorining changdonida 35,5% gacha bo'ladi. Kaliy o'simliklarning tovar
bo'lmagan qismida ko'p bo'ladi. Kaliy o'simliklarda fotosintez jarayonini normal
o'tishini taminlaydi. Fermentlar tarkibiga kirmaydi. Lekin ularning faoliyatini
tezlashtiradi. Protoplazma kolloidlarining gidrofillik qobiliyatini kuchaytiradi.
Kaliyning tasirida o'simliklar suvni o'zida ushlab turish qobiliyatini oshiradi. qisqa
muddatli qurqoqchilikka chidamliligini kuchaytiradi. Kaliy bilan oziqlanish yaxshi
bo'lgan sharoitda o'simliklarda uglevodlarning tez to'planishi natijasida meva va
sabzavotlarda qandning, kartoshkada kraxmalning, zig'ir va boshqa tolali ekinlada
tolasining ingichkaligi va mustahkamligi ortadi. X ujayra shirasining osmotik
bosimi va ekinlar sovuqqa chidamliligi ortadi. O'simliklar kaliy bilan yaxshi
taminlansa, oqsil ko'p hosil bo'ladi,azotni yaxshi o'zlashriradi. Ko'pgina
qishloqxo'jaligi ekinlarida kaliy azotga nisbatan ancha kam bo'ladi. Lekin hamma
o'simliklar va mikroblar kaliyni fosforga nisbatan ko'p istemol qiladi. Kaliy
yetishmaganda o'simlik barglarining qirralari qizil-qo'ng'ir tusga kiradi.Ularning
rivojlanishi va xosilning etilishi kechikadi.
O'simliklar o'zlarining har xil o'suv davrlarida kaliyni har xil miqdorda qabul
qilmaydilar. Masalan, zig'ir gullashdan oldin 25,1 % gullash boshlanganda 73,7%,
to'la gullaganda 98,7% qabul qiladi. Qishloq xo'jaligi ekinlari kaliyni birday talab
qilmaydilar. Kaliyni nisbatan ko'p talab qiladigan qishloqxo'jalik ekinlariga qand
lavlagi, karam kartoshka ildiz mevalilar, beda, kungaboqar, grechixa, don dukkakli
ekinlar va makkajo'xori kiradi.Arpa, tariq, bug'doy, javdarlarning donida kaliyni
miqdori kam bo'ladi. Kaliy azot va fosfordan farq qilib o'simliklarning vegetatsiya
21
qismida ko'p bo'ladi.
Fosforli o'g'itlar. Fosforning juda ko'p birikmalari mineral o'g'it sifatida
ishlatiladi. Eng ko'p qo'llaniladigan fosforli o'g'itlar quyidagilardir:
I. Fosforit yoki apatit uni mayin kukun xolatdagi fosforit yoki apatitdan
iborat. Bu o'g'it tarkibida 16 - 35% ga qadar P2O5 bo'lishi mumkin. Lekin fosforit
uni yoki apatit unidagi fosfor - Ca3(PO4)2 tarkibli modda shaklida bo'ladi; bu
modda suvda yomon eriydi; shu sababli kislotali bo'lmagan tuproqlarda fosforit
yoki apatit unini o'simliklar kam o'zlashtiradi.
II. Superfosfat. Fosforit yoki apatitning sulfat kislota bilan o'zaro ta'siridan,
suvda eruvchan fosforli birikma xosil bo'ladi:
Ca3(PO4)2 + 2H2SO4 --> Ca(H2PO4)2 + 2 CaSO4
Uning tarkibida 20% ga qadar P2O5 bo'ladi. superfosfat tarkibidagi Ca
(H2PO4)2 suvda yaxshi erishi tufayli o'simliklar uni yaxshi o'zlashtiradi.
III. Qo'sh superfosfat tarkibi faqat kalsiy digidrofosfatdan iborat bo'lgan
qimmatli o'g'it. Uning tarkibida 40 - 50% P2O5 bo'ladi. Qo'sh superfosfat tabiiy
fosforitga konsentrlangan fosfat kislota ta'sir ettirish yo'li bilan olinadi:
Ca3(PO4)2 + 4H3PO4 --> 3Ca(H2PO4)2.
IV. Presipitat. Suvda kamroq eriydigan kalsiy gidrofosfatdan iborat bo'lib,
kukun xolatdagi oxaktoshning fosfat kislota bilan o'zaro ta'siridan olinadi:
2 CaCO3 + 2H3PO4 --> 2CaHPO4 . 2H2O + 2CO2.
Presipitat CaHPO4 . 2H2O oq kukun bo'lib havoda saqlanganda nam tortib
yopishib qolmaydi. Uning tarkibida 30-35% P2O5 bo'ladi. Bu o'g'itni kuchsiz
kislotali tuproqlarga solinganda o'simliklar yaxshi o'zlashtiradi.
V. Termofosfatlar (yoki ftordan tozalangan fosfatlar). Tabiiy fosforitni turli
qo'shimchalar (soda, potash, natriy sulfat va xokazolar) bilan birga yuqori
xaroratda suyuqlantirib, fosforit tarkibidagi ftor yo'qotiladi. Buning natijasida
tarkibida 32% ga qadar P2O5 bo'lgan o'g'it termofosfat xosil bo'ladi.
Tarkibida xam fosfor, xam azot, xam kaliy bo'ladigan murakkab o'g'itlar xam
tayyorlanadi. Ulardan ammofos NH4H2PO4, diammofos (NH4)2HPO4, leynafos
(NH4)2SO4. (NH4)2HPO4 lar ana shunday azot va fosforli murakkab o'g'itlardir.
Ammofos tarkibida 10% azot va 50% P2O5 bo'ladi. Ammofos olish uchun fosfat
kislota ammiak ta'sirida neytrallanadi:
3NH3 + H3PO4 --> NH4H2PO4 (NH4)2HPO4.
Ammofos donador maxsulot sifatida chiqariladi.
Nitrofoska va azofoska nomli aralash o'g'it tarkibida azot, fosfor va kaliy
elementlari bo'ladi. Tarkibida xam fosfor, xam azot, xam kaliy bo'ladigan
murakkab o'g'itlar xam tayyorlanadi. Ulardan ammofos NH4H2PO4, diammofos
(NH4)2HPO4, leynafos (NH4)2SO4. (NH4)2HPO4 lar ana shunday azot va
fosforli murakkab o'g'itlardir. Ammofos tarkibida 10% azot va 50% P2O5 bo'ladi.
Ammofos olish uchun fosfat kislota ammiak ta'sirida neytrallanadi:
3NH3 + H3PO4 --> NH4H2PO4 (NH4)2HPO4.
Ammofos donador maxsulot sifatida chiqariladi. Nitrofoska va azofoska
nomli aralash o'g'it tarkibida azot, fosfor va kaliy elementlari bo'ladi.
22
1.3 Ayrim og'itlar haqida ma'lumotlar
Karbamid. Karbamid sanoatda yelimlar, qatron va boshqalarni tayyorlashda
xomashyo sifatida, qishloq xo'jaligida, shu jumladan xususiy xo'jaliklarda va
fermer xo'jaliklarida mineral azotli o'g'it sifatida, shuningdek chorvachilikda
qo'shimcha ozuqa sifatida qo'llaniladi. Karbamid qo'llanilishiga qarab ikkita
markada («A» va «B») ishlab chiqariladi.
Ammiakli selitra. Ammiakli selitra - yarmi harakatchan, tez o'zlashadigan
nitrat shaklidagi va yarmi sekin g'amda davomli ta'sir etuvchi ammiak shaklidagi,
tarkibi 34,4 % azotdan iborat bo'lgan universal azotli o'g'itdir. O'g'it - o'simliklar
tomonidan to'liq va tezda o'zlashtiriladi, u turli qishloq xo'jalik ekinlariga keng
ta'sir etadi. Selitra ikkita markada ishlab chiqariladi: "A" - sanoatda xomashyo
sifatida, shuningdek oddiy portlovchi moddalarni tayyorlashda va "B" - qishloq
xo'jaligida foydalaniladi.
Ammoniy sulfat. Ammoniy sulfat o'g'iti - tarkibi ammoniy shaklidagi 21%
azot va sulfat-ion shaklidagi 24% dan ortiq oltingugurtdan iborat bo'lgan,
o'simliklarni oziqlanishi uchun muhim bo'lgan o'g'itdir. U ozgina gigroskopik
bo'lib, kam yopishadi, yaxshi sochiladi va suvda tez eriydi, havoda yoyilib
ketmaydi va sochiluvchanligini saqlaydi. Tashqi ko'rinishi jihatidan ammoniy
sulfat - oq yoki nimrangli kristall holdagi kukun bo'lib, och sariq va pushti rangda
ham bo'lishi ruxsat etiladi. Ammoniy sulfat ozuqa sifatida qo'llaniladi. Bu o'g'itni
nafaqat bahorda, kuzda ham yerga solish mumkin, chunki ammoniy sulfatning
ammoniyli azoti tuproqdan yuvilib ketmaydi va o'simliklar tomonidan yaxshi
o'zlashtiriladi.
Aralashtirilgan azot - fosforli o'g'it. Yuqori konsentrasiyali donadorlangan
azot-fosforli o'g'it - ammiakli selitrani ammofos bilan 9:1 nisbatda mexanik yo'l
bilan aralashtirish orqali olinadigan o'g'itdir. Mahsulot mineral o'g'it sifatida
qo'llaniladi. Ushbu o'g'it barcha turdagi tuproqlarga, asosiy va ekish paytida
qishloq xo'jalik ekinlari ostiga solish uchun ishlatiladi.
Kas-suyuq azotli o'g'it. Suyuq azotli o'g'it (KAS) - karbamid va ammiakli
selitradan iborat bo'lgan suyuq holdagi o'g'itdir. KAS qishloq xo'jaligida mineral
o'g'it sifatida qo'llash uchun mo'ljallangan.
Kompleks o'g'it - o'g'itli aralashma. Kompleks o'g'it - o'g'itli aralashma,
o'simliklarda rux yetishmovchiligida va tanqisligida, ularga ishlov berish uchun
qo'llaniladigan maxsus tarkibdir. U kukun holida yoki suvli eritma holida
qo'llaniladi.
Texnikaviy magniy sulfat. Texnikaviy magniy sulfat - tarkibida 9% gacha
magniy bo'lgan o'g'itdir. Suvda eriydi, yopishib qolmaydi, yaxshi sochiladi.
Magniy o'simliklarni tuproqdan fosforni olishini va o'simliklar tomonidan uning
o'zlashtirilishini yaxshilaydi. Tuproqda magniyning yetishmasligi, barglarni
marmar tusga kirishini va o'simliklarda xlorozni keltirib chiqaradi. Bunday
hollarda magniy o'g'itini qo'llash zarur.
Fosfomochevina. Fosfomochevina - azotli o'g'it karbamid va fosforli o'g'it ammofosni mexanik aralashtirish yo'li bilan hosil bo'ladigan aralashtirilgan
23
o'g'itdir. Nordon va nordon bo'lmagan tuproqlar uchun karbamidni fosforli o'g'itlar
bilan birga qo'shilgan holda qo'llash ayniqsa samarali hisoblanadi.
Sulfomochevina. Sulfomochevina qishloq xo'jaligi uchun o'g'it sifatida
mo'ljallangan, karbamid va ammoniy sulfat - mineral o'g'itlarning ikki turini birga
qo'shish bilan olinadigan mahsulotdir.
1.4 Yurtimizda o'g'it ishlab chiqarish
Tarix : Navoiy kimyo kombinati qurilishining dastlabki odimlari
1. O'zbekiston kimyo sanoati Navoiy kimyo kombinati qurilishi
boshlanishiga qadar sobiq Ittifoqda ishlab chiqarilgan mineral o'g'itlarning 7% dan
ko'prog'ini bergan. Aholi jon boshiga ishlab chiqarilishi bo'yicha ittifoqdagi
o'rtacha ko'rsatkichdan yuqori edi.
2. Shunga qaramasdan respublikada mineral o'g'itlar ishlab chiqarilishi hajmi
qishloq xo'jaligi ehtiyojlarini qoplamas edi, shuning uchun ularni mamlakat boshqa
hududlaridan, masalan, G'arbiy Sibir va Ukrainadan, chet eldan olib kelishga to'g'ri
kelinardi. O'zbekistonning mineral o'g'itlarga bo'lgan ehtiyoji 1965 yilda 3460
ming tonnani, shu jumladan azotli o'g'itlarga - 2032 ming tonnani tashkil qilgan.
Buxoro viloyatida tabiiy gazga boy konlarning ishga tushirilgandan so'ng
O'zbekistonda mineral o'g'itlar ishlab chiqarilishini ko'paytirish istiqbollari ochildi.
Buxoro konidagi tabiiy gazning xom ashyo sifatida ishlatilishi - azotli o'g'it ishlab
chiqaruvchi zavodlarni ularni ishlatish hududlariga maksimal yaqinlashtirishga
yordam berdi. Buning hammasi hamda Navoiy GIES qurilishi Navoiy shahrida
tabiiy gazni majmuaviy qayta ishlash bazasida organik birikmalar ishlab
chiqarilishi sexlari guruhi, ammiakli selitra va nitron tolasi ishlab chiqarilishi
bo'yicha kimyo kombinati quriishining dastlabki sharti hisoblangan.
2. Navoiy kimyo kombinatining loyihalashtirilishi Navoiy kimyo
kombinatini loyihalashtirishda sobiq Ittifoqning 10 dan ortiq loyiha tashkilotlari
ishtirok etgan. Bundan tashqari, ammiak ishlab chiqarishi III navbati loyihasi
ishlab chiqarilishida Chexoslovakiya loyiha tashkilotlari qatnashgan. Kombinat
bosh loyihalovchisi azot sanoati davlat instituti (ASDI) bo'lgan, 1970 yildan
boshlab esa - ASDI Chirchiq filiali. Navoiy kimyo kombinati uchun quyidagi
asosiy ishlab chiqarishlar bo'yicha loyihalar ishlab chiqilgan edi:
1.
ammiak
2.
kuchsiz azot kislotasi (5,6 at va 7,3 at bosimi ostida);
3. ammiak selitrasi;
4. atsetilen ishlab chiqarilishi organik majmui;
5. sirka kislotasi;
6. atsetaldegid;
7. nitril akril kislotasi;
8. sulfat ammoniy;
9. sianid kislotasi;
10. natriy sianidi;
11. nitron tolasi ishlab chiqarishi
Kuchsiz azot kislotasi I - II navbati ishlab chiqarishi loyihasi 1959 yilda
24
ASDI Severodonetsk filiali tomonidan ishlab chiqilgan va o'sha vaqtdagi azot
sanoati texnikasining oxirgi yutug'i hisoblangan. Kuchsiz azot kislotasi III navbati
sexi loyihalashtirilishi va qurilishi davrida 7,3 at bosimi ostidagi absorbsiya
jarayoni ko'proq progressiv hisoblangan. Ushbu sxema bo'yicha Navoiy kimyo
kombinati uchun sex loyihasi 1968 yilda Dneprodzerjinsk ASDI filiali tomonidan
ishlab chiqilgan. Bu sxema Dneprodzerjinsk kimyo kombinatida o'zlashtirilgan edi
va texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlar, qayta ishlash jarayonida paydo bo'luvchi zararli
gazlar bo'yicha sanitariya organlari talablarini qondirishi nuqtai nazaridan ham
muhim afzalliklarga ega edi. Navoiy kimyo kombinati ammiak selitrasi sexlarining
loyiha topshiriqlari Lisichan ASDI va Kemerovo filiallari tomonidan ishlab
chiqilgan edi. Organik majmui va nitron tolasi ishlab chiqarilishi sexlarini
loyihalashtirishda GOSNIIXlorloyiha, Dzerjinsk ASDI va Severodonesk filiallari,
VNIIVP va boshqa loyiha tashkilotlari ishtirok etgan.
3. Navoiy kimyo kombinatining ishga tushirilishi va kengayishi 1964 yil 31
dekabrda Davlat qabul komissiyasi tomonidan kuchsiz azot kislotasi va ammikli
selitra ishlab chiqarilishi bo'yicha ob'ektlar umumiy «yaxshi» bahosi bilan ishga
tushirishga qabul qilinsin degan qarori imzolangan. Ikki kun oldin 1964 yil 29
dekabrda Soipov Islomqul Jumaboevich smenasida birinchi ammiakli selitra
olingan.
4. Uch oy o'tgandan keyin 1965 yil 8 martda Vladimir Grigorevich Usachyov
smenasida birinchi ammiak olingan. Ungacha mineral o'g'itlar boshqa joydan
keltirilgan ammiakdan ishlab chiqarilgan. 1965 yil martda ishlab chiqarish loyiha
quvvati o'zlashtirildi (yiliga 110 ming tonna). 1965 yil 31 martda ammiak ishlab
chiqarishi I navbati ob'ektlarini ishga tushirish-topshirish haqidagi dalolatnoma
imzolandi. Buxoro viloyati qurilish maydonchalari va korxoda ahli kutgan,
texnikaviy kislorod bilan ballonlarni to'ldirish bo'linmasi 1965 yil noyabrda ishga
tushirilishi, Navoiy sanoat uchastkalari, ayniqsa qishloq xo'jaligining ehtiyoji katta
bo'lgan ammiakli suvning birinchi tonnalarining 1967 yil yozida ishlab chiqarilishi
muhim voqea bo'lgan. 1968 yil iyundauglerod oksidi bo'linmasi ishga tushirilgan.
Organik majmuasi sexlarining qurilishi 1965 yilda boshlangan, 1968 yil avgustdan
esa karbonat kislota, natriy sianidi, sirka va sianid kislotasi, asetilen, asetaldegid va
sulfat ammoniy ishlab chiqarishi sexlari foydalanishga topshirilgan. 1973 yil 21
aprelda nitril akril kislotasining (NAK) birinchi tonnalari olingan edi. Yangi barpo
etilgan kombinat jadallik bilan yuksalib bordi va rivojlandi.
1970 yil 31 dekabrda yiliga quvvati 35 ming tonna bo'lgan asetilen ishlab
chiqarilishi ob'ektlari va yiliga quvvati 20 ming tonna bo'lgan asetaldegid ishlab
chiqarilishi ob'ektlari foydalanishga qabul qilindi.
1971 yil 7 yanvarda gaz holidagi ammiak, sakkizinchi sanaga o'tar kechasi - azot
kislotasi ishlab chiqarilgan. 1971 yil 9 yanvarda granulyatorga suv berildi va
tomchilar oqimi pastga qarab oqdi. Transporter selitra bilan to'ldirildi. Shu tarzda
kimyo kombinatining III navbatida birinchi ammiakli selitra olindi.
1971 yil 31 martda:
1. yillik quvvati 480 ming tonna bo'lgan kuchsiz azot kislotasi sexi uchinchi
25
navbati;
2. yillik quvvati 300 ming tonna bo'lgan ammiakli selitra ishlab chiqarishi
uchinchi navbati obyektlari;
3.
yillik quvvati 218 ming tonna bo'lgan ammiak ishlab chiqarishi
uchinchi navbati ob'ektlari ishga tushirilgan. Nitron tolasi ishlab chiqarishi I
navbati qurilishi 1970-1971 yillarda amalga oshirilgan. 1971 yil 25 oktyabrda
(boshqa joydan keltirilgan NAK da) ishlab chiqarishning birinchi texnologik
tarmog'i ishga tushirilgan. Ishlab chiqarish quvvati 1973 yil iyun oyida to'liq
o'zlashtirilgan.
1975 yilda Navoiy kimyo kombinati «Navoiyazot» ishlab chiqarish
birlashmasiga aylantirildi. Korxona uchun muhim voqealar 1988 yilda ham ro'y
berdi. Shu yilda tiomochevina ishlab chiqarish bo'linmasi ishga tushirildi hamda
xlorid kislotasi chiqarilishi yo'lga qo'yildi 2001 yilda kaustik sodasi va suyuq xlor
chiqarish sexi ishga tushirildi. Bu sex qurilishi Germaniyaning «Lurgi» MChJ
kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi. O'zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 9 martdagi 119-sonli Qaroriga muvofiq
«Navoiyazot» ishlab chiqarish birlashmasi xorijiy investorlarni jalb qilish orqali
xususiylashtiriluvchi korxonalar ro'yxatiga kiritildi. Ushbu qarorga muvofiq 2002
yil 29 martda «Navoiyazot» ishlab chiqarish birlashmasi («Navoiyazot» IChB) ni
«Navoiyazot» ochiq aksiyadorlik jamiyati («Navoiyazot» OAJ) ga o'zgartirish
haqidagi O'zbekiston Respublikasi Davlat Mulki qo'mitasining buyrug'i chiqdi.
«Navoiyazot»
«Navoiyazot» ochiq aksiyadorlik jamiyati - O'zbekiston kimyo sohasining
eng yirik korxonasi. «Navoiyazot» OAJ mineral o'g'itlar, organik sintez
mahsulotlari va nitron tolasi katta assortimentini ishlab chiqarish bo'yicha
O'zbekistonda yetakchi korxona hisoblanadi. «Navoiyazot» OAJ 70 xildan ortiq
tovar mahsulotlarini ishlab chiqaradigan, texnik jihozlanganlik va ishlab chiqarish
hajmi bo'yicha O'zbekiston kimyoviy sanoati peshqadami sanaladi. Korxonamiz
tarixi 45 yillik vaqtni o'z ichiga oladi. 1961 yilda «Sovetskaya Buxara» viloyat
gazetasida quyidagi birinchi satrlar paydo bo'ldi: «Buxoro cho'lida O'rta Osiyodagi
eng yirik Navoiy kimyo kombinati qurilishi boshlandi». 1964 yilda esa birinchi
Navoiy azot kislotasi va kislorodi olingan edi.
Orttirilgan tajribaga tayanib va kimyo sohasidagi yutuqlardan foydalanib, biz
qishloq xo'jaligi (mineral o'g'itlar), yengil sanoat (nitron tolasi), mebel sanoati
(KFJ qatroni, mebel matolari), oltin qazib chiqarish majmui (sianli natriyning suvli
eritmasi, poliakrilamid, tiomochevina, azotachil ruh), gaz sanoati (uniflok, K-9
preparati) uchun mahsulot ishlab chiqaramiz. Korxona mahsulotlari mingdan ortiq
iste'molchilar manzillariga yuboriladi. Mahsulot iste'molchilari va xom ashyo
hamda materiallar yetkazib beruvchilar geografiyasi keng ko'lamda bo'lib, ular
Respublika ichki bozorlari, MDH va uzoq xorij davlatlaridadir.
Hozirgi kunda «Navoiyazot» OAJ inson omili muhim sanalgan, murakkab ishlab
chiqarishlarga xizmat ko'rsatuvchi, ko'plab millat vakillarini o'zida birlashtirgan
10000 nafardan ortiq yuqori mahoratli kasb egalari jamoasidir.
26
Korxonada kadrlar o'z malakasini uzluksiz oshirishi, kasbining barcha jihatlarida
o'zini namoyon qilishi va ularni korxona muammolarini hal qilishda jalb qilishi
uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Biz uchun asosiy maqsadlar quyidagilar
hisoblanadi:
1. xalqaro bozorda yuqori raqobatbardoshlilik va sohadagi peshqadamlikni
saqlash;
2. tashqi va ichki sotish bozorlaridagi vaziyatni kuchaytirilishi faoliyatning
samaradorligini oshirish hisobiga (texnik va texnologik qayta jihozlash,
xarajatlarni kamaytirish, ishlab chiqarish sanoat xavfsizligi va madaniyatini
oshirish);
3. mahsulot sifatining yuqori andozalarga va iste'molchilar talablariga
muvofiqligini ta'minlash;
4. xodimlar kasbiy mahoratini takomillashtirish va ularni ijtimoiy himoya
qilishni ta'minlash. Bugun «Navoiyazot» OAJ O'zbekiston Respublikasi yetakchi
sanoat korxonalari sirasiga kiradi.
Ishlab chiqarishi
«Navoiyazot» OAJ bugungi kunda - bu ko'plab muhim ishlab chiqarish
vazifalarini bajara oladigan o'nlab sexlardan iborat bo'lgan yagona sanoat
mexanizmi hisoblanadi.
Ammiak ishlab chiqarishi navbati
5-jadval
Ishga
tushirilgan Faoliyat ko'rsatayotgan
Ishlab chiqarishlarning nomlanishi
yili
quvvati
«Ammiak-I,II» ishlab chiqarishi
1964
yiliga 370 ming tn.
«Ammiak-III» ishlab chiqarishi
1971
yiliga 180 ming tn.
Ammiakli selitra ishlab chiqarishi I-II navbati
1964
yiliga 350 ming tn.
Ammiakli selitra ishlab chiqarishi III navbati
1971
yiliga 600 ming tn.
Azot kislotasi ishlab chiqarishi II navbati
1965
yiliga 390 ming tn.
Azot kislotasi ishlab chiqarishi III navbati
1971
yiliga 480 ming tn.
Organik birikmalar ishlab chiqarishi
1969
10 dan ortiq mahsulot
turlari
«Nitron» ishlab chiqarishi
1983
yiliga 23 ming tn.
27
«Kaustik soda va kam tonnali kimyoviy
mahsulot» ishlab chiqarishi
1976
20 dan ortiq mahsulot
turlari
Azot-fosforli o'g'it AFO' ni ishlab chiqarishi
2010
yiliga 180 ming tn.
Texnikaviy tiomochevina ishlab chiqarishi
1987
yiliga 1400 ming tn.
Ushbu ishlab chiqarish tarkibiga quyidagilar kiradi:
1. Gaz xom ashyosini tayyorlash sexi havoni parchalovchi Yaponiyaning
«Nissho» firmasida ishlab chiqarilgan ikkita blok va ikki BR-6 rusumli bloklardan
iborat. Azot bo'yicha bloklarning umumiy ishlab chiqarish quvvati - 64400
nm3/soat, kislorod bo'yicha - 47880 nm3/soat.
2. Tarkibiga quyidagilarni kiritgan har biri 185 ming tonna quvvatga ega
ammiak ishlab chiqarishining ikki navbati:
3. Metan va uglerod oksidi konversiyasining 8ta agregati;
4. Monoetanolaminli tozalashning 4 texnologik liniyasi;
5. 10 ta gaz kompressorlari, shu jumladan 2ShLK-1240 rusumli 9 ta
kompressor va 6M40-320/320 rusumli kompressor;
1.5 Mineral o'g'itlarning fizik-kimyoviy va mexanik xossalari
O'g'itlar xossalarini tavsiflovchi asosiy ko'rsatkichlariga: gigroskopikligi,
yopishuvchanligi, donadorlanish ( fraktsiyali ) tarkibi, zarrachalarning o'rtacha
o'lchami, donachalar mustaxkamligi, tabiiy qiyalanish burchagi, nam
tortuvchanligi, xaqiqiy zichligi, aralashmalarning bir jinsliligi va qatlamli tarqalishi
(segretsiyasi), elanishi, Tuzli tarkibi, kristall tuzilishi, eruvchanligi, bug' bosimi,
termodinamik
28
tavsifi kiradi.
Gigroskopiklik. Gigroskopiklik moddaning xavodan namlikni yutish
xususiyati bilan tavsiflanadi. Gigroskopiklikni keng tarqalgan baxolashi - % bilan
ifodalashdir Gigroskopiklik nuqtasi aniqlanadi. Suvda eruvchan tuzlar uchun
Gigroskopiklik nuqtasi (K) tuzning to'yingan eritmasi ustidagi suv bug'ining
partsial bosimini xuddi shu xaroratdagi bug' bilan to'yintirilgan xavodagi suvning
bug' bosimiga nisbati orqali aniqlanadi:
R
K = — *100
Gigroskopiklik nuqtasi moddaning namlik yutmaydigan va yo'qotmaydigan
nisbiy namligiga muvofiq keladi. Cheklangan me'yorda namlik tutgan o'g'itning
gigroskopiklik nuqtasi xavoning yillik o'rtacha nisbiy namligidan katta bo'lmaydi.
Moddalarning gigroskopikligini baxolash uchun gigroskopiklik koeffitsenti
(K) ishlatiladi. Gigroskopiklik koeffitsenti namunaning kritik (maksimal)
namligiga to'g'ri proportsionaldir:
K1
bu yerda: K - namunaning kritik (maksimal) namligi;
K1 - tajriba yuli bilan aniqlanadigan kinetik konstanta.
Gigroskopiklik shkalasi va ko'rsatkichlari turli xududlarda qisman farq qiladi.
Yopishqoqlik. Yopishqoqlik - ma'lum tashqi sharoitda dispers materialning
turli darajadagi kattalik va mustaxkamlikka ega bo'lgan aglomeratlarni xosil qilish
xossasidir. Yopishqoqlik aniq standart sharoitda tekshirib olingan aglomeratlarning
mustahkamligi bilan tavsiflanadi. Suvda eruvchan mineral o'g'itlarni
donadorlanish, tarkibidagi namligini kamaytirish, donachalar mustahkamligini
oshirish, maxsulotni omborga joylashtirish yoki qoplashdan oldin sovutish, uni
saqlashda saqlash sharoitini ta'minlaydigan germetiklikni ta'minlash natijasida
uning yopishqoqligini kamaytirilishi mumkin.
Elanish. Elanish - bu o'g'itni solishda tuproqda bir tekisda taqsimlanishi
uchun mashinalarning ta'minlovchi va tashlovchi qurilmalaridan o'g'itning
tushishni belgilaydigan xususiyatidir. Tashlovchi qurilmalarda o'g'itlarning bir
tekisda taqsimlanishi sepiluvchanligi (xarakatchanligi) orqali aniqlanadi.
Zamonaviy mashinalar bilan o'g'itlarni solishda ularning bir tekisda taqsimlanishi
o'g'itlarning donadorlik (fraktsiyali) tarkibiga borliq bo'ladi. Donachalarniig
mustaxkamligi. Donachalarning mustaxkamligi o'g'itlarni tashish, saqlash va
tuproqqa solishdagi donadorlik darajasining saqlanishidir. U namlikka,
kristallarning joylashish o'lchami, shakli va zichligiga, boshqa yuzalarga
ishqalanish tabiatiga va xokazolarga borliqdir. Donachalarning mustaxkamligi
dinamik mustaxkamlik ishqalanishga mustaxkamligi va statik mustaxkamlik bilan
tavsiflanadi. Dinamik mustaxkamlik ma'lum balandlikdan tashlanganda
donachalarning maydalanishi soni bilan; donachalarning ishqalanishga
mustaxkamligi - ishqalanishi tekshirilganda xosil bo'ladigan kukun ulushi bilan
29
tavsiflanadi. Statik mustaxkamligi ularni bir tekislik bo'yicha kesishdagi
mustaxkamlik chegarasi bilan tavsiflanadi. Tabiiy og'ish burchagi. Sepiluvchi
materialning to'kilishi natijasida to'plamning gorizontal yuza bilan xosil qiladigan
burchagi tabiiy og'ish burchagi deyiladi. Namlik sig'imi. Namlik sig'imining
chegarasi o'g'itning ekish agregatlaridan bir tekisda tushishini ta'minlannishdagi
maksimal namlik bilan tavsiflanadi. O'g'itlarning sorbtsiyali namlik sig'imi
o'g'itning belgilangan namlik va xaroratdagi xavodan yutadigan maksimal namligi
bilan aniqlanadi. «Buferli» namlik sig'imi o'g'itning yoyilish xususiyatini
yomonlashtirmagan xolda standart o'g'itga qo'shiladigan namlik orqali aniqlanadi.
Xulosalar
Kurs ishini yozilish davrida quyidagicha xulosalarga kelindi:
1. Mineral o' g' itlarlar haqida umumiy ma'lumotlar to 'plandi.
2. Mineral o'g'itlarni tuproq unumdorligiga ta'siri o'rganildi.
3. O'g'itlar xaqida to'plangan ma'lumotlarga asoslanib klassifikatsiyasiyalandi va
ayrim mineral o'g'itlar xaqidagi yangi ma'lumotlar keltirib o'tildi
4. Yurtimizda minerallar kimyosi va o'g'it ishlab chiqarish to'g'risida axborot
berildi.
5. Mineral o'g'itlarning fizik-kimyoviy va mexanik xossalari to'liq o'rganildi.
30
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhari
1. fflaMmuguHOB H. nonyneHue ygoSpeHUH Tuna gBOHHoro cynep^oc^aTa
U3 ^oc^opuTOB KapaTay: ABTope^. guc. ... kaHg. TexH.Hayk,-TamkeHT,
1994. -25 c.
2. yTKUH H.H. Memajjyprmi HBO'THNX xie'TajjOB. M.: Memajjyprmi. - 2006 r.
486 c.
3. Xasanov A.S., Sanakulov K.S., Yusupxodjaev A.A. Rangli metallar
metallurgiyasi. T. << FAN >>. 2009 y. - 375 b.
4. Mup3ueeB ffl.M. Eyrnk i<e'ja>i<arH\iH3iiH Mapg Ba ojH>i<ano6
_\aji<H\iH3 oujan Supra i<ypa\iH3. . “Y36ekucTOH” HMHy, 2017. -485 6.
5. napnueB H.A., PaxuMOB \P., My(|)Ta\OB A.r. AHopraHUK KUMe (Ha3apun
acocjapu). - TomkeHT, “Y36ekucTOH”, 2000.-479 6.
31
1-kurs talabalari uchun
KURS ISHINING BAXOLASH MEZONI
Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo yo'nalishi 1-bosqich KM-21-18 guruh
talabasi
____________________________________ ning “Noorganik kimyo”
fanidan
kurs ishi ximoyasi uchun baholash
MEZONI
Kurs ishining darajasi
To'plagan
Baho
1 Xajmi va sifati, rasmiylashtirish, tushuntirish, hajmi 4-6
bahosi
ming so'z hajmida bo'lishi kerak:
A) talabga javob beradi
5
B) talabga javob berishi to'la emas
4
C) rasmiylashtirish sifatli emas
3
2 Olingan natijalarni yangilik va ishonchlilik darajasi:
A) yangi va ishonchli
5
B) ilgari olinganga qiyoslangan
4
C) ishonchlilik to'liq emas
3
3 Adabiyotlardan foydalanish:
A) Xorijiy, O'zbekiston Respublikasi ilmiy jurnallari,
5
monograflar, Internet materiallaridan etarli miqdorda
B) ilmiy adabiyotlardan etarli foydalangan
4
C) faqat darslik o'quv qo'llanma, metodik ko'rsatmalar, ma'ruza 3
4 Himoya (ma'ruza) qilish:
A) a'lo
5
B) yaxshi
4
C) qoniqarli
3
5 Taqrizda tavsiya qilingan baho:
A) a'lo
5
B) yaxshi
4
C) qoniqarli
3
KURS ISHI bo'yicha yig'ilgan yakuniy baho
Izox: Har bir band bo'yicha aniqlangan baho doiraga olib chiqiladi va mmmuy
yig'ilgan bahoni
5 ga bo'linadi. Talabaning kurs ishi bo'yicha to'plangan bahosi
D.S.Xolmatov
Kurs ishi himoya komissiyasi raisi: _____________
Kurs ishi himoya komissiyasi raisi o'rinbosari: ____
G'.O.Mamajanov
A'zolari:
M.T.Murodov
Kotib:
____________ 2019 yil Sh.A.Sulaymonov
A.Abdunazarov
A.Abdulhayev
A.Q.Nuritdinov
32
2-kurs talabalari uchun
KURS ISHINING BAXOLASH MEZONI
Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo yo'nalishi 2-bosqich KM-21-17 guruh
talabasi
____________________________________ ning “Noorganik kimyo”
fanidan
kurs ishi ximoyasi uchun baholash
MEZONI
Kurs ishining darajasi
To'plagan
Baho
1 Xajmi va sifati, rasmiylashtirish, tushuntirish, hajmi 4-6
bahosi
ming so'z hajmida bo'lishi kerak:
A) talabga javob beradi
20
B) talabga javob berishi to'la emas
17
C) rasmiylashtirish sifatli emas
14
2 Olingan natijalarni yangilik va ishonchlilik darajasi:
A) yangi va ishonchli
20
B) ilgari olinganga qiyoslangan
17
C) ishonchlilik to'liq emas
14
3 Adabiyotlardan foydalanish:
A) Xorijiy, O'zbekiston Respublikasi ilmiy jumallari,
20
monograflar, Internet materiallaridan etarli miqdorda
B) ilmiy adabiyotlardan etarli foydalangan
14
C) faqat darslik o'quv qo'llanma, metodik ko'rsatmalar, ma'ruza 14
4 Himoya (ma'ruza) qilish:
A) a'lo
20
B) yaxshi
17
C) qoniqarli
14
5 Taqrizda tavsiya qilingan ball:
A) a'lo
20
B) yaxshi
17
C) qoniqarli
14
KURS ISHI bo'yicha yig'ilgan yakuniy ball
Izox: Har bir band bo'yicha aniqlangan ball doiraga olib chiqiladi va mmmuy
yig'ilgan bahoni qo 'shiladi. Talabaningkurs ishi bo'yicha to'plangan balli
Kurs ishi himoya komissiyasi raisi: _____________ D.S.Xolmatov
Kurs ishi himoya komissiyasi raisi o'rinbosari: ____ G'.O.Mamajanov
A'zolari:
M.T.Murodov
Kotib:
____________ 2019 yil Sh.A.Sulaymonov
A.Abdunazarov
A.Abdulhayev
A.Q.Nuritdinov
33
Download