Journal of Engineering, Mechanics and Modern Architecture Vol. 2, No. 5, 2023 ISSN: 2181-4384 BOG‘ QATOR ORALARINI ISHLOV BERADIGAN QIYA USTUNLI ISHCHI ORGANLARNI PARAMETRLARNI NAZARIY ASOSLASH Annotation: Key words: Information about the authors Maqolada bog‘ qator oralariga agdargichsiz tekis ishlov beradigan plug-yumshkichning qiya ustunli ishchi organlarini bo‘ylama masofasi nazariy asoslangan. Qiya ustinli paraplova tipi plug-yumshkichning ishchi organi bo‘ylma masofasi nazariy asoslashda plug-yumshkich tuproqqa ishlov berganda kam energiya sarflagan holda tuproqqa agrotxexnik talablar darajasida ishlov berishda ishchi organlar orasiga yumshatilgan tuproq palaxsasini qiqilib qolmaslik shartidan kelib chiqqan holda aniqlangan. plug-yumshatkich, tuproq, qiya,bog‘, plug, bog ‘dorchilik, ishchi organ, bo ‘ylama, meva. Prof.F.M.Mamatov (QarMII) PhD. D.B.Irgashev (QarMII) magistrant G’.T.Otamurodov Kirish Mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti davrida aholini oziq-ovqat mahsulotlariga, sanoatni esa xom ashyoga bо‘lgan talabini qondirish hozirgi kunda qishloq xо‘jaligi oldida turgan eng muhim dolzarb vazifalardan biri bо‘lib qolmoqda va respublikamiz hukumati bu sohaga katta e’tibor qaratmoqda. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi «О‘zbekiston Respublikasi qishloq xо‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mо‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash tо‘g‘risida»gi PF-5853-son О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi «О‘zbekiston Respublikasi qishloq xо‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mо‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash tо‘g‘risida»gi PF-5853-son Farmoni ijrosini ta’minlash, meva-sabzavot va uzumchilik sohasida yuqori qо‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish, eksport hajmini oshirish, foydalanishdan chiqqan va lalmi yerlarni о‘zlashtirish, paxta, g‘alladan qisqartirilayotgan maydonlarga eksportbop qishloq xо‘jaligi ekinlari ekishni kо‘paytirish, shuningdek, bog‘, tokzordan samarali foydalanishni yо‘lga qо‘yish. Bog‘dorchilik–bu xalq xo‘jaligining muhim sohasi bo‘lib, u aholini yuqori vitaminli mahsulotlar bilan taʼminlaydi, bu esa inson salomatligi va uzoq umr ko‘rishida ijobiy taʼsir ko‘rsatadi. Hozirgi vaqtda turli xil mevali daraxtlar nafaqat mamlakatimizda, balki dunyoning boshqa mamlakatlarida ham eng keng tarqalgan hisoblanadi. Masalan, hozirgi vaqtda dunyoda har yili 60 dan 70 million tonnagacha olma yetishtiriladi. Asosiy yetkazib beruvchilar: Xitoy (23 mln. tonna), AQSH (4,5 mln. tonna), Polsha (3 mln. tonna), Turkiya (2,3 mln. tonna), Italiya (2,1 mln. tonna), Fransiya (2,1 mln. tonna), Germaniya (2 mln. tonna). Biroq bugungi kunda bog‘dorchilik va uzumchilikning qо‘yilgan masalalarga tо‘liq javob bermaydi meva hosildorligi 57,7 s/ga, uzum 57,4 s/ga yoki mavzud imkoniyatlarga qaraganda 2-3 marta kamni tashkil qiladi. Hosildorlikning pastligi ishlov berish texnologiyasining buzilishi ya’ni tuproq iqlim sharoitini xisobga olmagan xolda о‘z vaqtida va sifatli ishlov berish bilan bog‘liqdir. Kо‘p yillik meva daraxtlarining ildiz sistemasining yaxshi rivojlanishida bog‘ qator oralari tuproqlariga sifatli ishlov berish eng asosiy 42 Journal of Engineering, Mechanics and Modern Architecture Vol. 2, No. 5, 2023 ISSN: 2181-4384 vazifalardan biri xisoblanadi. Kо‘zlangan maksadga erishish uchun agrotexnik tadbirlarni sifatli bajirilganda yukori samara beradi. Xozirgi kunda bog‘ qator oralarini tuproqlarini ishlashda foydalaniladigan texnikalarning eng asosiy kamchiliklari, daraxt tubidagi begona о‘tlarning tо‘liq yо‘qotilmasligi, ishlov berish sifatining talab darajasida bajarilmaganligi sababli xosildorlikka salbiy ta’sir kо‘rsatadi. Bundan tashqari qator oralarida marzalarning xosil bо‘lishi ishlov bernilgan yuzalarning notekisligi sababli keyingshi ishlarni amalga oshirishda bir kancha kiyinchiliklar tugdiradi va namgarchilikni yо‘qolishga olib keladi. Ohirigi 10-yillikda tog‘ oldi xududlarida kо‘p yillik bog‘ va uzumzorlar borpo etishga maqsad qilingan. Bundan tashqari xozirgi kungacha bog‘ qator oralariga asosiy ishlov berishda, jumladan traktorga tirkaladigan PS – 3-30, PS- 3-30G tirkama bog‘ pluglari; PLS-5-25, LN-5-25B markali yuza yumshatadigan pluglar, PRN-4-35, PN-4-35, «Paxar», PNS-4-35, PN-3-35R, PN -2-30R markali va boshqa osma pluglar, KRU-5.4, KRN-4.2, KON-2.8, KSSH-5A, KXTS-4.2, KSL-5a-1 markali kultivatorlar ishlatiladi. MUHOKAMA VA NATIJALAR Bu pluglarning kamchiliklaridan biri tuproqni yon tomonga ag‘darib qator oralarida marza va ariqlar hosil qiladi. Bu esa keyingi ishlarni bajarish uchun sarf xarajatlarni oshishiga olib keladi. Bundan tashqari plug korpusi tuproqni yon tomonga ag‘darib tashlagandan sо‘ng uning ostida shudgorlanmagan maydon hosil bо‘ladi va natijada qо‘shimcha og‘ir qо‘l mehnatini talab qiladi. Bog‘dorchilikda hozirgi kunda qо‘llaniladigan mavjud texnologiyalar va agregatlarning energiya va metall sarfi yuqori, kо‘p qо‘shimcha qо‘l mehnati talab qiladi. Bog‘ qator oralariga ishlov berish uchun chet el davlatlarda, jumladan Rossiya, Ukraina, Avstriya, Gollandiyada yangi ilg‘or texnika va texnologiyalar yaratilan bо‘lib, ular bu texnologiyalardan samarali foydalanib kelmoqda. Biroq bizning iqlim sharoitimiz ularnikidan tubdan farq qilganligi sababli bu texnikalarni respublikamizda qо‘llanilishi kutilgan natijalarni bermaydi. Hozirgi vaktda bog‘ dorchilikda tuproqka minimal ishlov beradigan samarali texnologiyalarni kо‘llash, bundan tashqari bir necha texnologik operatsiyalarni kombinatsiyalashgan usulda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Shuning uchun izlanishlar maqbul texnologiyalarni asoslash va bu texnologiyani amalga oshiruvchi mashinalarni yaratish dolzarb muammolardan biri bо‘lib xalq xо‘jaligida muhim ahamiyatga ega. Respublikamizda uzum yetishtirishni kо‘paytirishda tog‘ va tog‘oldi hududlar katta ahamiyat kasb etadi. Bunday hududlarning tabiiy sharoitlari uzumchilikni rivojlantirish uchun juda qulay. Jumladan, Bо‘stonliq, Parkent, Ohangaron, Urgut, Nurota, Xatirchi, G‘allaorol, Forish, Zomin, Kitob, Yakkabog‘, Chiroqchi, Shahrisabz, Dehqonobod, Denov, Oltinsoy, Sariosiyo kabi tumanlarda tokzorlarni rivojlantirish uchun qulay sharoit mavjud.Tog‘ tokchiligining parvarish texnologiyasi birinchi navbatda tuproqdagi namni saqlab qolish, ekishdan oldin tuproqqa ishlov berishning о‘ta qulay usullarini qо‘llash, erigan qor va yomg‘ir suvlaridan unumli foydalanish hamda tog‘ yonbag‘irlarida eroziya jarayonlarining oldini olishga qaratilishi kerak. Tuproqqa asosiy ishlov berishning qulay muddati kuz va bahor. Xozirgi kunda tuproq va suv eroziya muammosni yechish uchun olib borilgan ilmiy izlanishlar tuproqqa ag‘darmasdan chuqur ishlov berish texnologiyasi eng maqul hisoblanadi. Plug yumshatgichni paraplova kо‘rinishdagi turidan bog‘ qator oralarini chuqur yumshatishda eng yaxshi ishchi organ xisoblanadi.Bog‘ qator oralariga 22-25 sm yumshatish uchun 1-rasm kelirilganiday ikki xil kо‘rinishda dala sinovlarni о‘tkazib plug-yumshatgichni ramaga bо‘ylama joylashtirish masofalarini xosil bо‘lgan tuproq fraksiya va ishchi organda xosil bо‘lgan qarshilik quchlarni taxlil qilib bо‘ylama masofani aniqlab olamiz. 43 Journal of Engineering, Mechanics and Modern Architecture Vol. 2, No. 5, 2023 ISSN: 2181-4384 a) plugsimon klassik sxemada b) ishchi yuzalari bir-biriga qarama-qarshi 1 –rasm Plug-yumshatgichni ramaga joylashtirish sxemasi Plug-yumshatishda turoqning suv va havo rejimi yaxshilanib ildiz tizimi yaxshi о‘sadi.Natijada hosildorlik 35-40% oshadi. Plug-yumshatgich iskanalari orasidagi minimal masofani oldingi plug-yumshatkich iskanasi ta’sirida tuproq zarralari kо‘tarilib egat tubiga tushgandan sо‘ng keyingi plug-yumshatgichning iskanasi ta’sir kо‘rsatishi shartidan aniqlaymiz.Plug-yumshatgich iskanasi ishchi sirtidan tushgan tuproq bо‘lagi ishchi organ ilgarilanma tezligi Vi va tuproq bо‘lagining chuquryumshatkich iskanasi ishchi sirti bо‘ylab nisbiy tezligi Vn ning geometrik yig‘indisiga teng bо‘lgan Va boshlang‘ich tezlik bilan (2-rasm) erkin harakat qilib, bir oz muddat о‘tgandan keyin egat tubiga kelib tushadi. 2-rasm Plug-yumshatkichlar orasidagi minimal bо‘ylama masofani asoslashga doir sxema Vа Vи Vaх Vи sin и , cos (1) sin и sin и ; (2) cos t1 Vaz Vи sin и cos и . (3) cos Vaz Vи sin и cos и (4) , g g cos bunda Vi – ish organining ilgarilanma tezligi, m/s. H V sin и 1 cos( и )t1 gt12 h. (5) cos 2 hi – tuproqning iskana ishchi sirti bо‘ylab kо‘tarilish balandligi, m. Iskanadan chiqqan tuproq bо‘lagini iskana ishlov bergan qatlam tubiga qaytib tushish vaqti t2 2H . g (6) Yuqoridagilarni e’tiborga olgan holda plug-yumshatgich iskanasidan tushayotgan tuproq bо‘laklari quyidagi masofaga tushadi X 1 Vи sin и sin( и )(t1 t2 ) . cos (7) 44 Journal of Engineering, Mechanics and Modern Architecture Vol. 2, No. 5, 2023 ISSN: 2181-4384 Xulosa. Aniqlangan nazariy taxlillar shuni kо‘rsatadiki plug-yumshatgichlarni bо‘ylama masofasi ishchi organlar orasiga turoqni tiqilib qolmaslik shartidan kelib chiqib aniqlandi.Qiya ustunli ishchi organlarni optimal masafada joylashishi plug-yumshshatkichning kam energiya sarflagan holda tuproqqa agrotexnik talablarga bajargan holda ishlov berishga erihsish mumkin. Foydalaniladigan adabiyotlar rо‘yxati. 1. О‘zbekiston respublikasi prezidentining qarori meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish, sohada qо‘shilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida. 7. Bog‘dorchilik va tokchilik uchun spravochnik. Ribakov A.A taxri ostida / T-1959 y. 8. 3.Irgashev D.B. Plug-yumshatkich ish organlarining ramada joylashish sxemasini asoslash // Agro ilm – O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi. Maxsus son. 2022. 9. Bog‘ va tokzor agrotexnikasi. Mirzayev M.M, Temurov SH.S/ T-1978 y. 10. 5.Mamatov F.M., Fayzullayev X.A., Irgashev D.B., Mustapaqulov S.U., Nurmanova M.S Kombinatsiyalashgan mashina chuquryumshatkichlari orasidagi bо‘ylama masofasini asoslash.// Innovatsion texnologiyalar Maxsus son, 2021. – B. 125-129. 11. Uzumchilik.Ma’ruzalar matni .Temurov SH.S / T-2002 y. 12. Плюшев Г.В. Исследование процесса глубокого рыхления почвы выбор оптимальных параметров рабочего органа пропашного культиватора-глубокорыхлителя для орашаемой зоны земледелия: Автореф.дисс… канд.тех.наук. – Москва, 1974. – 25 с. 13. 8.Орсик Л.С. Обоснование схемы и параметров безотвального плуга-рыхлителя с наклонными стойками рабочих органов. Дисс. к.т.н. – М.: 1988. – 186 с. 45