Uploaded by d.b.irgashev1227

422-Article Text-1040-1-10-20201026

advertisement
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 2
“MATERIALLAR QARSHILIGI” FANIDAN “DETALLARNI CHO’ZILISH
VA CHIQILISHDA” STATIK ANIQ MASALALARNI YECHISHDA
“AVTODESK INVENTER” KOMPYUTER DASTURIDAN
FOYDALANISHNING AFZALLIGI
Namozov J.Sh., Jo’rayev D.A.
Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali
Annotatsiya: Ushbu maqolada Texnika fanlarinidan biri hisoblangan
Materiallar qarshiligi fanini o’qitishda zamonaviy innavatsion texnologiyalardan
foydalanishning avzalligi ko’rsatilgan va kompyuter dasturlaridan foydalangan holda,
o’quvchilarni fanga qiziqishini oshirish, o’quvchilarda vizual tasavvurni oshirish,
o’quvchilarga yuklatiladigan hisob kitob jarayonlarini kamaytirish va olinadigan
natijalarni aniqligi haqida tushunchalar berilgan.
Kalit so’zlar: balka, epyura, sterjen, cho’zilish va siqilish, kesish usuli,
kompyuter dasturi
ADVANTAGES OF USING AUTODESK INVENTER COMPUTER
SOFTWARE IN SOLVING STATISTIC PROBLEMS "EXTENSION AND
EXTRACTION OF DETAILS" IN THE SUBJECT OF "RESISTANCE OF
MATERIALS"
Namozov J.Sh., Jo’rayev D.A.
Termez branch of Tashkent State Technical University
Abstract: This article shows the advantages of using modern innovative
technologies in teaching the subject of Resistance of Materials, which is one of the
technical sciences, and using computer programs to increase students 'interest in
science, increase students' visual imagination, reduce the burden on students and
insights into the accuracy of the results obtained.
Key words: hammer, diagram, rod, elongation and compression, cutting
method, computer program
Kirish so’zi. Biz qaysi texnik sohani o’rgatashdan qat’iy nazar, shu sohaning
amaliy va labaratoriya darslarini o’tishda albatta bizga texnik jihozlar kerak bo’ladi,
lekin hozirgi kunda texnika fanlarini o’rgatishda kompyuter dasturlaridan foydalanib
buni amalga oshirishsa bo’ladi.
Misol uchun tajriba sifatida “Yer usti transport tizimlari va ularining
ekspluatatsiyasi (tarmoqlar bo’yicha)” ta’lim yo’nalishiga “Mexanika (MQ, MMN,
May 2020
389
www.openscience.uz
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 2
MD)” fani uchun tuzilgan, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan
holda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti tomonidan 2019
yilda tasdiqlangan fan dasturiga asosan amaliy mashg’ulot darsida, o’quvchilarga
masalalar yechishni o’rgatishda kompyuter dasturlaridan foydalanishning avzalligini
aniqlash uchun tajriba darsi o’tkazildi.
Tajriba darsi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti
Termiz filiali 2- bosqich “Yer usti transport tizimlari va ularining ekspluatatsiyasi
(tarmoqlar bo’yicha)” ta’lim yo’nalishda o’qiyotgan talabalarda o’tkazildi. Tajriba
darsida “Mexanika (MQ, MMN, MD)” fanining 1-qismi hisoblangan Materiallar
qarshiligi fanining amaliy mashg’ulot darsidan “Cho’zilish va chiqilishda statik aniq
masalalar” mavzusiga doir masalalarni yechishda quyidagi ikki hil usuldan
foydalanildi.
1-usul. Masalalar yechishda daftar, ruchka, chizg’ich, qalam va
kalkulyatorlardan foydalangan holda.
2-usul. Masalalar yechishda kompyuter va “Avtodesk inventer” kompyuter
dasturidan foydalangan holda tajriba darsi o’tkazildi.
O’tkazilgan tajriba darsida yuqorida keltirilgan usullardan misol keltrib o’tamiz.
Bizga quyidagicha misol berilgan bo’lsin:
Uzunligi va diametri ma’lum bo‘lgan uch pog‘onali po‘lat sterjen chizmada
ko‘rsatilgandek, F1=30kN, F2=65kN, F3=170kN bo‘ylama kuchlar bilan yuklangan
bo’lib, sterjenning xususiy og‘irligini e’tiborga olinmagan holda, bo‘ylama kuch va
kuchlanish epyuralari qurilsin[1.3]. Bunda, d=2sm; l1=20sm; l2=30sm; l3=20sm.
1-usul. Sterjenni o‘ng tomondan boshlab uchta oraliq (uchastka)ga ajratamiz.
Kesish usulini qo‘llab, avvalo har bir uchastka uchun bo‘ylama kuch N ni
aniqlaymiz.
I oraliq: I-shakl (b) da ko‘rsatilgan sterjen bo‘lagining muvozanat tenglamasini
tuzamiz:
∑Zi=F1-N1=0
bunda, N1=F1 yoki N1=30kN
(1.5) ifodaga ko‘ra, normal kuchlanish
ga teng, bu yerda,
Demak,
May 2020
390
www.openscience.uz
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 2
I shakl:
(a)-sterjenning umumiy ko’rinishi, (b)-birinchi uchastka bo’lagi, (d)-ikkinchi
uchastka bo’lagi, (e)-uchinchi uchastka bo’lagi, (f)-kuch epyurasi, (g)-kuchlanish
epyurasi.
II oraliq: I – shakl (d) chizmada tasvirlangan bo‘lakcha uchun:
∑Zi =F1-F2-N2=0.
Bundan, N2 = F1 - F2 = -35kN;
III oraliq: I – shakl (e) chizmadan foydalanib, quyidagilarni hisoblaymiz:
∑Zi= F1-F2+F3-N3=0.
Bundan, N3=F1+F3-F2=135kN.
Demak yuqorida aytganimizdek I.- shakl (f) da ko’rsatilgan epyuradan kuch va
kuchlanish holatlarini ko’rishimiz mumkin.
2 usul. Endi Avtodesk Inventer kompyuter dasturida shu misolni ko’rib o’tamiz.
Birinchi o’rinda Inventer dasturida berilgan qiymatlar asosida chizmani chizib
olamiz.[2]
May 2020
391
www.openscience.uz
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 2
II – shakl. Masalada berilgan sterjenning vizual ko’rinishi.
Belgilangan yuzalarga kuch ta’sirini va yo’nalishini belgilaymiz va sterjen
ko’ndalang kesim yuzasi katta bo’lgan tomonni mahkamlaymiz
III – shakl. Sterjenning kuch ta’sir etadigan yuzalari
Kuch qiymatlarini kiritamiz:
Birinchi yuza 170000,000 Н
Ikkinchi yuza -65000,000 Н
Uchinchi yuza 30000,000 Н
Demak barcha qiymatlarni kiritdik, deformatsiya holatlarini ko’rib o’tamiz
VI – shakl. Masalada berilgan sterjenning deformasiyalaninish holati.
May 2020
392
www.openscience.uz
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 2
Yuqoridagi rasmdan biz sterjenga kuch ta’sir etgan vaqtda qaysi uchastkada
qanday deformatsiya holati qanday bo’lishini ko’rishimiz mumkin. Bunda ranglarga
ajratilgan bo’lib, qizil rangdagi qism bu kuchlanishning eng yuqori nuqtasi deyiladi,
yashil rang esa eng kichik kuchlanish nuqtasi hisoblanadi. Bu esa bizda tasavvurni
oshirishga yordam beradi.
Endi kuch va kuchlanish epyuralarini quramiz.
Yuqoridagi rasmdan biz sterjenga kuch ta’sir etgan vaqtda qaysi uchastkada
qanday kuch va kuchlanishlar hosil bo’lishini epyuradan ko’rishimiz mumkin.
Natijalar. Tajriba darsidan olingan natijalarga ko’ra 1 – usulda o’rgatilganda
o’zlashtirish darajasi 29 ta talabaning 75% tashkil qildi.
2 – usulda o’rgatilganda o’zlashtirish darajasi 29 ta talabaning 88% tashkil qildi.
Xulosa. Olingan natijalardan xulosa qilishimiz mumkinki, 2 – usul bilan
Mexanika (MQ,MMN,MD) fanining birinchi bo’limi Mexanika (Materiallar
qarshiligi) bo’limini o’qitishda “Avtodesk Inventer” kompyuter dasturidan
foydalanish samarali bo’lib, bundan tashqari zamaonaviy kompyuter
texnologiyalaridan foydalaniladi, hisob kitob ishlarini kamaytiradi va o’quvchilarda
fanga bo’lgan qiziqishni oshirib, vizual tasavvurni oshiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. S.M.Xasanov. Materiallar qarshiligi fanidan masalalar yechish. Toshkent2014. 11-13 betlar
2. O.Ye.Noskova. “Resheniye zadach soprotivleniya materialov s pomoshyu
programnogo kompleksa SolidWorks”. Krasnoyarsk 2016. 11-25 betlar
3. V.K.Kachurin. “Materiallar qarshiligi fanidan masalalar to’plami”. Toshkent
“O’zbakiston 1993y”. 5- bet.
May 2020
393
www.openscience.uz
Download