Uploaded by Doston Sayfulloyev

Mustaqil ish 1

advertisement
O’zbekiston Respublikasi Axborot Texnologiyalari va
Kommunikatsiyalarini Rivojlantirish Vazirligi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti
Mustaqil ish
Mavzu: Tashqi savdo operasiyalari va ularning turlari
Topshirdi: __-21 guruh talabasi
________________________
Qabul qildi: ________________
Toshkent 2024
Reja
I.
Kirish
II.
Asosiy qism
1. Eksport-import operatsiyalari hisobining maqsad va vazifalari
2. Tashqi savdo siyosatida notarif metodlarning qoʼllanilishi va
zamonaviy xususiyatlari
3. Asosiy tashqi savdo operatsiyalari
III.
Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
Globallashuv jarayonlarining kengayishi jahon mamlakatlari o'rtasidagi iqtisodiy
munosabatlarning yanada takomillashuviga olib keladi. Hozirgi davrda dunyo
mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti o'zining ma'no-mazmuni jihatidan
oldingi bosqichlardan keskin farq qiladi. Bunda eng asosiy va muhim jihat - milliy
iqtisodiyotlarning tobora integratsiyalashuvi va globallashuvining kuchayib
borishidir. Ayni paytda bu jarayonlar xalqaro maydondagi raqobatning ham
keskinlashuviga, har bir mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi o'z mavqeini
mustahkamlash uchun kurashining kuchayishiga ham ta'sir ko'rsatadi. Prezident
Sh.Mirziyoev ta'kidlaganlaridek "barqaror iqtisodiy o'sishning eng muhim garovi raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish, ular uchun yangi xalqaro bozorlar topish
va eksportni ko'paytirish, tranzit salohiyatidan to'liq foydalanish hisoblanadi... Yana
bir muhim masalaga e'tiboringizni qaratmoqchiman. Aholi daromadlarini oshirish,
qo'shimcha ish o'rinlari yaratish, mahsulot ishlab chiqarishni ko'paytirish uchun
bizga yangi-yangi bozorlar kerak. Uning uchun bozor iqtisodiyoti va davr talablariga
mos ko'plab qonun va qarorlarni qabul qilyapmiz.". Mamlakatimizda tashqi
iqtisodiy aloqlarni rivojlantirish bo'yicha bir qator chora-tadbirlar amalga
oshirilmoqda. Tashqi iqtisodiy faoliyat bu tashqi savdo va boshqa davlatlar, ularning
yuridik
va
jismoniy
shaxslari
bilan
iqtisodiy
munosabatlaridir.
Ushbu
munosabatlarni iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida rivojlantirish, mahsulotlarni
eksport qilish, importyorlar bilan hisob-kitoblarni to'g'ri amalga oshirish va ularni
buxgalteriya hisobida to'g'ri hisobga olib borish muhim hisoblanadi.
Mamlakatimiz
tashqi
iqtisodiy
faoliyat
munosabatlarni
iqtisodiyotni
liberallashtirish sharoitida rivojlantirish jarayonida, xo'jalik sub'ektlarida eksport va
import operatsiyalari bo'yicha yuzaga keladigan hisoblashuv muomalalari hisobini
to'g'ri amalga oshirish va ularni buxgalteriya hisobida to'g'ri hisobga olib borishni
nazariy va amaliy jihatlarini tadqiq etish dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish yo'li
bilan, ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohalarini rivojlantirish muhim
hisoblanadi. Xorijiy investitsiyalar mavjud korxonalar quyidagi yo'nalishlarda xorij
kompaniya va firmalari bilan moliyaviy xo'jalik muammolarini amalga oshiradilar:
•savdo-sotiq faoliyati - tuzilgan shartnomalarga asosan xorijdagi sub'ektlarga
o'zining tayyor mahsulotlari yoki tovarlarini sotadi yoki ulardan tovarlarni sotib
oladilar;
•investitsiya (moliyaviy qo'yilma) faoliyati - kelishilgan holda chet el sarmoyalarini
o'zining faoliyatiga jalb qiladi yoki o'zining vaqtincha ortiqcha mablag'larini chet el
firmalarining faoliyatiga ulush sifatida beradilar;
•ishlarni bajarish va xizmatlar ko'rsatish - tuzilgan kontraktlarga asosan chet el
firmalarining buyurtmalari bo'yicha ishlarni bajaradilar va xizmat ko'rsatadilar va
o'z navbatida chet el firmalariga buyurtmalar beradilar. Ularning bajargan ishlarini
qabul qiladilar va xizmatlarini iste'mol qiladilar;
II.Asosiy qism
1. Eksport-import operatsiyalari hisobining maqsad va vazifalari
Tovar va ishlarning nomenklaturasiga asosan kuyidagilar tuziladi: •dastlabki
hujjatlarning shakli va uning mazmuni o'rnatilgan xalqaro tartib va qoidaga asosan
o'zgartirilgan holda;
•bojxona deklaratsiyasi - tegishli tovarlar, ish va xizmatlarning nomlari, miqdori va
qiymati ko'rsatilgan holda; •xalqaro yukxatlarning o'ziga xos xususiyatlari, mahsus
belgilar qo'yilgan holda. Ushbu faoliyatda asosiy bosqichlardan bittasi tegishli
kontraktlarni tuzish, miqdor, baho va tovarlarni etkazib berish tartibi va grafigi
hisoblanadi. Chunki ushbu talablarning bajarilishi ustidan tezkor va qattiq nazorat
o'rnatiladi. Bundan tashqari hisoblashish jarayoni tashqi iqtisodiy faoliyatda asosiy
o'rinlardan birini egallab, bu munosabatlar «Valyuta tartiblari va valyuta nazorati
to'g'risida»gi Qonunga asosan amalga oshiriladi. Valyuta tartiblariga rioya qilish
Markaziy bank tomonidan nazorati qilinadi, ushbu bankga kuyidagi vakolatlar
yuklatilgan:
•xorij valyutalari muomalalarining tartibi va faoliyat jarayonlari; •rezident va
norezidentlar tomonidan valyuta muomalalarini amalga oshirish qoidalari;
•valyuta muomalalarini hisobga olish, hisoblab hujjatlashtirish va statistikasining
umumiy tartibini o'rnatish.
Xalqaro tartiblar esa «Tovarlarning xalqaro oldi-sotdi to'g'risidagi shartnoma»
BMT konventsiyasi, A/SONE. 97/18 Annex 1. va Inkoterms hujjatlariga asoslanadi.
Ushbu hujjatlarda: iqtisodiy aloqalarga qulay shart-sharoitlar yaratish, aloqa
o'rnatish, shartnomalar tuzish va tegishli tartib va qoidalarni o'rnatish uchun
ma'lumotlar va axborotlar bilan ta'minlash;
•tovarlarni olish va sotishdagi to'siqlardan o'tish, shartnomalar tuzish, tovarlarning
turlari, miqdori va grafiklarini belgilash va etkazib berish uchun sharoitlar yaratish;
•tovarlarni sotib olish va sotish bo'yicha kamsitishlar (diskriminatsiya)ni tugatish,
tomonlarning manfaatlarini ko'zlagan holda xo'jalik muammolarini amalga oshirish;
•shartnomalarni amalga oshirishga sarflanadigan vaqt va xarajatlarni qisqartirish
maqsadida ko'rsatilgan shakllarda xarajatlarni hisobga olishda tasdiqlangan
«Nizom» qoidalariga amal qilinadi. Yuqoridagi munosabatlarni korxona faoliyatida
to'g'ri va aniq tarzda yuritish, eksport-import
muomalalariga
doir
hisob-kitob
hujjatlarini
rasmiylashtirish
hamda
bu
munosabatlarning amalga oshirish jarayonini samarali boshqarish va nazorat qilish
uchun eksport-import muomalalarining hisobi va uning tahlilini yuritish lozim
bo'ladi. Eksport-import operatsiyalari buxgalteriya hisobining asosiy maqsadi foydalanuvchilarni eksport-import operatsiyalariga oid to'liq va ishonchli moliyaviy
hamda buxgalteriya axboroti bilan o'z vaqtida ta'minlashdan iborat. Iqtisodiyotni
liberallashtirish sharoitida har qanday tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug'ullanuvchi
korxonada boshqaruv tizimi eksport-import munosabatlari bo'yicha axborot bilan
ta'minlashning tegishli tizimiga ehtiyoj sezadi. Shu sababli, mazkur mavzu bo'yicha
axborot to'plash, umumlashtirish va qayta ishlashning eng muhim vositalaridan biri
- buxgalteriya hisobi va tahlildir. Bundan tashqari, eksport-import muomalalarining
holati va harakatini o'z vaqtida hamda to'g'ri hisobga olishi, talqin etishi va ana shu
asosda barqaror rivojlana olishi uchun bunday ma'lumotlarni yig'ish va qayta
ishlashning samarali tizimiga ega ega bo'lishi kerak. Eksport-import operatsiyalari
bo'yicha buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari qo'yidagilardan iborat: Korxona
faoliyatining eksport-import operatsiyalari bo'yicha sodir bo'layotgan xo'jalik
muomalalarini hujjatlarda to'g'ri va o'z vaqtida rasmiylashtirish;
-Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida eksport-import munosabatlarining holati va
harakati, bu munosabatlar bo'yicha hisoblashishlar tartibi va ular bo'yicha korxona
majburiyatlarining holati to'g'risida to'liq va ishonchli ma'lumotlarni shakllantirish.
- Tashqi iqtisodiy faoliyat sub'ektlarida boshqaruv samaradorligini oshirish uchun
eksport-import
muomalalariga
oid
buxgalteriya
hisobi
ma'lumotlarini
umumlashtirish va bu ma'lumotlar asosida boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish.
- Eksport-import muomalalarining holati va harakatini moliyaviy hisobotlarda o'z
vaqtida aks etttirish va tegishli organlarga taqdim etish
Yuqoridagilarni inobatga olib, quyidagi xulosa va takliflarni berishimiz mumkin:
Birinchidan, eksport saloxiyatini tiklash, rivojlantirish va eksport tarkibini
yaxshilash. Buning uchun, qisqa fursat ichida eksportga mo'ljallangan mahsulotlar
ishlab chiqarishni kuchaytirish, bu erda nafaqat xom-ashyomiz va tabiiy
resurslarimiz hisobiga balki, ilmiy-texnikaviy bilimlarimiz, arzon ishchi kuchi
hisobiga, ishlab chiqarishning ustuvor soxalarini rivojlantirish hisobiga erishish
kerak. Ikkinchidan esa, importni ratsionallashtirish muxim vazifalardan biri bo'lib,
bu erda import siyosati nafaqat aholining turmush tarzi va manfaatlarini ko'zlab,
balki iqtisodiyotni yangilash va raqobatbardoshligini ta'minlashga xizmat qiladi.
Mashinasozlik importida imkon boricha tayyor mashinalar, transport vositalari va
texnologik asbob-uskunalari ko'proq foydali qazilmalar qazish ishlari uchun va
qayta ishlovchi soxalar uchun sotib olinishi kerak. Importning samarasini
oshirilishida yana, O'zbekiston iqtisodiyoti uchun zarur bo'lgan maxsulotlar o'rnini
bosuvchi va kam xarajatlar sarflanadigan (ya'ni, bu erda albatta sotib olish va olib
kelish uchun ketgan xarajatlar e'tiborga olinib) mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil
etish
ham
asosiy
yo'nalishlardandir.
Uchinchidan,
respublikada
ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlarning jahon bozorlarida raqobatbardoshligini oshirishdir.
Eksport potentsialini kengaytirishda va jahon xo'jaligiga kirishning integratsiya
jarayonida, O'zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar iloji boricha sifatli va kam
xarajat qilingan, jahon bozori shartlari va talablarini qoniqtiradigan darajada bo'lishi
shart. Buning uchun esa, asta-sekinlik bilan ichki va jahon ishlab chiqarish
andozalari va maxsulotlar sifatini bir-biriga yaqinlashtirish kerak.
2. Tashqi savdo siyosatida notarif metodlarning qoʼllanilishi va zamonaviy
xususiyatlari
Davlatlarning tashqi savdo strategiyalarida ham tub o'zgarishlar namoyon
bo'lmoqda. O'zbekistonda ham tashqi savdo siyosatini takomillashtirish borasida
tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. O'zbekiston Respublikasining Prezidenti
Sh.M.Mirziyoevning 2017 yil 13 apreldagi PF-5012-sonli savdo sohasida boshqaruv
tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni mamlakatimiz
tashqi savdo aloqalarining samaradorligini yanada oshirish, tashqi savdoni
liberallashtirish, eksport salohiyatini mustahkamlash hamda raqobatdosh mahalliy
mahsulotlarni tashqi bozorlarga chiqarish tizimini takomillashtirish, mahsulot ishlab
chiqaruvchi korxonalar bilan xorijiy sheriklar o'rtasida savdo sohasida uzoq
muddatli barqaror sheriklik munosabatlarini shakllantirish maqsadlariga xizmat
qilishi ko'zda tutilgan.
Mazkur farmon bilan tashqi savdoni boshqarish, nazorat qilish, tartibga solish va
rag'batlantirish bo'yicha tashkiliy-institutsional tizim yanada takomillashib, eksport
va import faoliyatlarini yanada jadallashtirish uchun qo'shimcha imkoniyatlarni
yanada samarali jalb etishni ko'zda tutadi. O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy
aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi yangi tuzilma - O'zbekiston Respublikasi
Tashqi savdo vazirligi etib qayta tashkil qilindi.
O'zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi avvalo, tashqi savdo sohasida
davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish, hamda tashqi savdo faoliyatini
tartibga solish sohasida davlat boshqaruvi organlari ishini muvofiqlashtiradi.
Shuningdek, ushbu vazirlik o'z vakolatlari doirasida qabul qilingan va normativhuquqiy xarakterga ega bo'lgan qarorlari davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari,
mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mulkchilik shakli va idoraviy
mansubligidan qat'i nazar, xo'jalik yurituvchi sub'ektlar tomonidan bajarilishi
majburiy hisoblanadi.
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili
Tashqi savdoning ahamiyati va uning iqtisodiyotdagi roli, taraqqiyot yo'lida ob'ektiv
zarurat ekanligi ko'plab iqtisodchilar tomonidan o'rganilgan. Bugungi kunda ham
ushbu mavzu o'z dolzarbligini saqlab qolmoqda. Aynan eksportning tarkibiy
xususiyatlari va uning iqtisodiy o'sish bilan bog'liqligini birinchilardan bo'lib, o'z
ishida Prebish Raul ko'rib chiqqan 1. Uning tadqiqotlari natijasi shuni ko'rsatdiki,
mamlakatning xomashyo eksportiga ixtisoslashuvi ushbu mamlakat va tayyor
mahsulotlar eksport qiluvchi rivojlangan mamlakatlar o'rtasidagi iqtisodiy
rivojlanish darajasidagi tafovutni oshirib boradi. Buning sababi jahon bozorida
yuqoridagi ikki
turdagi mahsulotlarga bo'lgan narxlar turli sur'atlarda o'zgaradi va talabning
barqarorlik darajasi ham farq qiladi.
Shuningdek, eksportning tovar tarkibi va uning iqtisodiy o'sishdagi bevosita roli
Lederman D. va Maloniy V. tadqiqotlarida o'rganilgan . Tadqiqotchilar eksport
qilinayotgan mahsulotlarning qayta ishlanganlik darajasi va iqtisodiy o'sish
o'rtasidagi korrelyatsion bog'liqlikni ko'rsatib bergan. Shuningdek, Rodrik D.
Xitoy eksporti misolida eksport tovar tarkibining ahamiyatini empirik tahlil
qilgan . Mamlakatimizda ham ushbu yo'nalishda qator olimlar tadqiqotlar va ilmiy
izlanishlar olib boradilar. Jumladan, A'zam S. o'z ishlarida mamlakatimiz tashqi
savdosini tarkibiy takomillashtirish imkoniyatlari va salohiyatini o'rganib chiqqan4.
Shu bilan birga, xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar va tashqi savdo
geografik tarkibi o'rtasida bog'liqlik mavjudligini ko'rsatib bergan5.
Yuqoridagi ishlarda mamlakat eksporti tarkibining iqtisodiy o'sishga ta'siri, iqtisodiy
rivojlanish darajasining eksport tovar va geografik tarkibida aks etish xususiyatlari
o'rganilgan. Qayta ishlanganlik darajasi yuqori bo'lgan mahsulotlar eksporti
qo'shilgan qiymat uchun sarf qilingan kapital mamlakatda qolishini, boshqa so'zlar
bilan aytganda xomashyoni tayyor tovar ko'rinishiga keltirish jarayonida yaratilgan
boyliklar mamlakat aholisi tomonidan o'zlashtirilishi tovar tarkibining iqtisodiy
o'sishga ta'siri ochib beradi. Uning geografik tarkibini takomillashtirish esa barqaror
bozor va yuqori to'lov qobiliyatiga ega mamlakatlar bilan savdo aloqalarini
rivojlantirishni nazarda tutadi. Bu bilan eksport tushumlari hajmini oshirish va uning
barqarorligini ta'minlash imkoniyati paydo bo'ladi.
Tahlil va natijalar
Bugungi kunda mamlakatimizda tashqi iqtisodiy faoliyatni samarali boshqarish
uchun tashqi iqtisodiy aloqalarni to'liq aks yettiruvchi va mamlakat reytingini
oshiruvchi amaliy ishlar keng amalga oshirilmoqda. Tashqi iqtisodiy aloqalar
deganda, asosan, tovarlar va xizmatlar yeksporti va importi, xalqaro moliyaviy
operatsiyalar, xalqaro shartnoma bo'yicha xorijda ishlab chiqarish faoliyati bilan
shug'ullanish, ishchi kuchi migratsiyasi va xalqaro turizm harakati, shuningdek,
xalqaro faoliyatning boshqa yo'nalishlari tushuniladi.
Jahon tajribasining ko'rsatkichlariga ko'ra, ochiq bozor iqtisodiyotiga harakatlanish
sharoitida yeksport salohiyatini rivojlantirish va milliy yeksportchiga hartomonlama
ko'mak berish samarali tashqi iqtisodiy faoliyatning asosi va mamlakat
iqtisodiy xavfsizligining garovi bo'lib xizmat qiladi. O'zbekiston uchun bu alohida
ahamiyat kasb yetadi, chunki faqat yeksportni rivojlantirish orqali hayot uchun
muhim tovarlar importini qisqartirmasdan turib savdo muvozanatining musbat
saldosiga yerishish mumkin.
AQShning Rossiya bilan savdosi kamomadi 2018 yilda 14,1 milliard dollarni tashkil
etdi, bu 2017 yilga nisbatan 41,0 foizga o'sdi (4,1 milliard dollar). AQSh
mahsulotlarining Rossiyaga eksporti 6,7 milliard dollarni tashkil etdi, bu o'tgan yilga
nisbatan 4,7 foizga (331 million dollar) kamaydi. AQShning Rossiyadan tegishli
importi 22,8 foizga o'sib, 20,8 milliard dollarni tashkil etdi. Rossiya 2018 yilda
AQShning tovarlarni eksport qilish bo'yicha 36-eng yirik bozori bo'ldi .
AQShning Rossiyaga xizmatlar eksporti taxminan 2017 yilda 4,9 milliard dollarni
tashkil etdi (so'nggi ma'lumotlar mavjud) va AQSh importi 2,1 milliard dollarni
tashkil etdi. Rossiyada AQShning aksariyat filiallari tomonidan xizmatlarning
sotilishi 10,4 milliard dollarni tashkil etdi. 2016 yilda aksariyat Rossiyaga qarashli
firmalar tomonidan Qo'shma Shtatlardagi xizmatlar savdosi 650 million dollarni
tashkil etdi. AQShning Rossiyadagi to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalari
(to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalari) 2017 yilda 13,9 milliard dollarni tashkil etdi bu
2016 yilga nisbatan 4,4 foizga kamaydi. AQShning Rossiyadagi to'g'ridan-to'g'ri
investitsiyalari ishlab chiqarish, bank bo'lmagan xolding kompaniyalari va axborot
xizmatlari tomonidan boshqariladi. Rossiyaning qarama-qarshi sanksiyalari,
Ukrainadagi harakatlari natijasida AQShning Rossiyaga qarshi sanktsiyalariga
javoban 2014 yildan boshlab, amerikalik firmalar uchun noaniqlik yaratdi va
bozorga kirish istiqbollarini pasaytirdi. 2018 yilda Prezident Putin "Amerika
Qo'shma Shtatlari va yoki boshqa xorijiy davlatlarning do'stona harakatlariga javob
choralari (qarshi choralar) to'g'risida" deb nomlangan qarshi sanktsiyani imzoladi.
Yangi qonun loyihasi Rossiya hukumatiga Qo'shma Shtatlarga va boshqa "do'stona
bo'lmagan" xorijiy davlatlarga olib boriladigan mahsulotlar va xizmatlarga
qo'shimcha hisob-kitoblarni, shu jumladan import va eksportni taqiqlashni joriy
qilish bo'yicha keng vakolat berdi. Qonun qabul qilingan bo'lsa-da, hozirgi kungacha
yangi qarshi sanktsiyalar amalga oshirilmagan, AQSh hukumati sanoatlar bilan
savdo-sotiqqa ta'sirini AQSh milliy manfaatlari nuqtai nazaridan tahlil qilish va
baholash uchun sanoat bilan aloqalarni davom ettirmoqda. Bundan tashqari, AQSh
hukumati Rossiya bilan o'zaro aloqalarini qisqartirganligi sababli (Rossiyaning
Ukrainadagi tajovuzlari natijasida) bizning Rossiyada bozorga kirish to'siqlarini
ko'tarish va hal qilish qobiliyatimiz juda cheklangan. Shunga qaramay, Rossiya
bozorini ochish va AQSh eksporti va AQSh korxonalari uchun adolatli
munosabatlarni ta'minlash uchun sa'y-harakatlar davom etmoqda.
3. Asosiy tashqi savdo operatsiyalari
Asosiy tashqi savdo operatsiyalari:
Eksport - milliy ishlab chiqarilgan tovarlarni chet elga eksport qilish yoki ularni
sotish maqsadida mamlakatda qayta ishlash.
Import - chet el tovarlarining ichki bozorda ishlatilishi uchun ularni olib kirish.
Eksport-import operatsiyalari xalqaro savdoda eng ko'p uchraydi.
Qarshi savdo - tashqi savdo operatsiyalari, ularning bajarilishi hujjatlarda (bitimlar
yoki kontraktlarda) eksportchilar va import qiluvchilarning tovarlarni to'liq yoki
qisman muvozanatlash to'g'risidagi qat'iy majburiyatlari qayd etilgan. Ikkinchi
holda, qiymat farqi naqd to'lovlar bilan qoplanadi. Ertami-kechmi, barcha davlatlar
tashqi savdo milliy siyosatini tanlash muammosiga duch kelishadi. Ikki asr
davomida ushbu mavzu bo'yicha qizg'in munozaralar bo'lib o'tmoqda Tashqi savdo
siyosati - soliqlar, subsidiyalar va import va eksportga to'g'ridan-to'g'ri cheklovlar
orqali
tashqi
savdoga ta'sir etadigan davlat
iqtisodiy siyosati. Barcha
mamlakatlarning iqtisodiyoti u yoki bu tarzda eksport va importga bog'liq bo'lganligi
sababli, davlat tashqi savdoning muayyan qoidalarini o'rnatadi. Tarixan tashqi savdo
siyosatining ikkita qarama-qarshi turi rivojlangan: protektsionizm va erkin savdo.
Protektsionizm
-
bu
yuqori
bojxona
to'lovlari joriy
etilganda,
ayrim
mahsulotlarni olib kirish taqiqlanadi, xorijiy mahsulotlarning mahalliy mahsulotlar
bilan raqobatlashishiga yo'l qo'ymaslik uchun boshqa choralar qo'llaniladi.
Protektsionistik siyosat import tovarlarning o'rnini bosadigan mahalliy ishlab
chiqarishni rivojlantirishga yordam beradi. Savdo erkinligi - bu tashqi savdo siyosati
bo'lib, unda bojxona organlari faqat tovarlarni olib kirish yoki olib chiqish
ro'yxatdan o'tkazadi. Ular import va eksport bojlarini undirmaydilar va tashqi
savdoda miqdoriy va boshqa cheklovlarni qo'llamaydilar. Bunday siyosat odatda
milliy iqtisodiyotning samaradorligi yuqori bo'lgan davlatlar tomonidan olib
boriladi. Bunday holda, mahalliy tadbirkorlar nafaqat tashqi raqobatga bardosh
bermoqdalar, balki o'zlarining tovarlarining jahon bozoriga chiqish imkoniyatlarini
kengaytirib, protektsionistik bojxona to'siqlarini engib o'tmoqdalar.
Xulosa
Agar O'zbekiston uchun xulosa chiqaradigan bo'lsak, tashqi savdoni tartibga
solishda mamlakatimizda ko'proq Janubiy Koreya, Yaponiya tomonidan bosqichmabosqich qo'llanilayotgan vosita va dastaklarni ichki vaziyatidan kelib chiqib,
shuningdek,
asosiy
hamkorlarimizning
biz
bilan
amalga
oshirayotgan
investitsiyaviy, infratuzilmaviy loyiha va dasturlarining istiqbolidan kelib chiqib
qo'llash natija beradi, deb hisoblash mumkin. Bu harakatlarning 2017-2021 yillarga
mo'ljallangan o'rta muddatli, shuningdek, undan keyingi davrlar uchun ishlab
chiqilgan uzoq muddatli rivojlanish dasturlariga xizmat qilishi shubhasizdir.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Xasbulotov R. Международные экономические отношения в 3 ч. Часть 1, 3-е
изд., Москва. Юрайт-2018
2. Lederman D., Maloney W.F. Does What You Export Matter? In Search of
Empirical Guidance for Industrial Policies. Latin America Development Forum.
Washington, DC, The World Bank, 2012.
3. Rodrik D. What's So Special About China's Exports? China & World Economy,
2006, vol. 14, iss. 5,pp. 1-19. doi: 10.1111/j.1749-124X.2006.00038.
4. Аъзам С.Э. Применение инструментов гравитационного моделирования для
оценки потенциала географической диверсификации внешней торговли
Узбекистана// "Халкдро молия ва хисоб" илмий электрон журнали - 2018. № 2
5. Аъзам С.Э. Внешнеторговая деятельность предприятий с иностранными
инвестициями в Узбекистане: вопросы трансформации // Экономический
анализ: теория и практика. - 2018. - Т. 17, № 3. - С. 515 - 538
6. Nishonqulov, S. F. O. G. L., & Solidjonov, D. Z. O. G. L. (2021). Ta'lim biznesida
raqamli innovatsion texnologiyalar. Science and Education, 2(6), 233-238.
7. Nishonqulov, S. F. O., Rajabboyev, B. O. O., & Mamasoliyev, J. O. O. (2021).
OLIY
O'QUV
YURTLARIDA
IQTISOD
BO'YICHA
QO'LLANMA:
O'ZGARMAS" MA'RUZA VA BO'R" USULINI KO'RIB CHIQISH. Scientific
progress, 2(3), 814-824.
Download