Uploaded by jahongirabduraxmonov13

Abduraxmonov Jahongir 2023. Tezis. 2 Qarshi

advertisement
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI
“QISHLOQ XO ‘JALIGI VA TRANSPORTDA INNOVATSION TEXNIKA VA
TEXNOLOGIYALAR: MUAMMOLAR, YECHIMLAR VA ISTIQBOLLAR”
MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI
MAQOLALARI TO‘PLAMI
2023 yil 4-5 oktyabr
Qarshi – 2023
1
МИНИСТЕРСТВО ВЫСШЕГО ОБРАЗОВАНИЯ, НАУКИ И
ИННОВАЦИЙ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН
КАРШИНСКИЙ ИНЖЕНЕРНО-ЭКОНОМИЧЕСКИЙ ИНСТИТУТ
СБОРНИК СТАТЕЙ
Республиканской научно-практической конференции
«ИННОВАЦИОННАЯ ТЕХНИКА И ТЕХНОЛОГИИ В СЕЛЬСКОМ ХОЗЯЙСТВЕ И
ТРАНСПОРТЕ: ПРОБЛЕМЫ, РЕШЕНИЯ И ПЕРСПЕКТИВЫ »
4-5 октября 2023 г.
Карши – 2023
2
“Qishloq xo‘jaligi va transportda innovatsion texnika va texnologiyalar: muammolar,
yechimlar va istiqbollar” / Respublika ilmiy-amaliy anjumani ilmiy maqolalar to‘plami. Qarshi,
2023. 554-bet
Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plamida energetika va transport vositalari,
transport va qishloq xo‘jaligida innovatsion texnika va texnologiyalar, yer usti transport tizimlariga
texnik xizmat ko‘rsatish va ulardan foydalanish darajasini oshirish, Oliy ta’lim muassasalarida kadrlar
tayyorlash va o‘qitishning pedagogik texnologiyalari sohasidagi innovatsiyalar yo‘nalishlarida olib
borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari keltirilgan.
Mazkur to‘plam ushbu yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borayotgan talaba, doktorant,
professor-o‘qituvchi va ilmiy xodimlarga mo‘ljallangan.
To‘plamni nashrga tayyorlovchi tahrir hay’ati tarkibi:
1. Bazarov O.Sh.
2. Uzoqov G‘.N.
3. Ismailov I.I.
4. Namazov N.Sh.
5. Boymirov O.S.
6. Mamatov F.M.
7. Rahmatov M.I.
8. Toshtemirov S.J.
9. Chuyanov D.Sh.
10. Abduraxmonov O‘.N.
11. Boynazarov O‘.R..
12. Karimov A.A.
13. Xidirov M.Q.
- tashkiliy qo‘mita raisi, rektor, dotsent;
- rais muovini, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha
prorektor, t.f.d., professor;
- a’zo, a’zo, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor;
- a’zo, Qashqadaryo viloyati Transport boshqarmasi boshlig‘i;
- a’zo, Qashqadaryo viloyati Qishloq xojaligi
boshqarmasi boshlig‘i;
- a’zo, ilmiy-amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish va
innovatsiya markazi direktori, t.f.d., professor;
- a’zo, ilmiy –tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiypedagogik kadrlar tayyorlash bo‘lim boshlig‘i, t.f.n. dotsent;
- a’zo, Muhandislik texnikasi fakulteti dekani;
- a’zo, “Transport vositalari muhandisligi” kafedrasi mudiri,
t.f.d., professor;
- a’zo, “Transport vositalari muhandisligi” kafedrasi
professori v.b., t.f.n. dotsent;
- a’zo, “Transport vositalari muhandisligi” kafedrasi
professori v.b., t.f.n. dotsent;
- a’zo, “Transport vositalari muhandisligi” kafedrasi
dotsenti v.b., t.f.f.d.;
- a’zo, “Transport vositalari muhandisligi” kafedrasi assistenti.
To‘plamga kiritilgan materiallardagi ma’lumotlar to‘g‘riligi uchun mualliflar
mas’uldirlar.
Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami Qarshi muhandislik-iqtisodiyot
instituti Ilmiy Kengashida “04 ” oktabr 2023 yil 2 - sonli yig‘ilishida muhokama qilingan va chop
etishga tavsiya etilgan.
©Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
3
barchamiz doim xavf ostida bo‘lamiz. Bizga ma’lumki kasalni davolagandan oldini olgan yaxshiroq
va samaraliroqdir. Insonlarni baxtsiz xodisalardan qutqarib davolagandan ko‘ra baxtsiz hodisani
oldini olgan va shu vaziyatda insonlarni harakat qilishga o‘rgatish yaxshiroqdir[8]. Bu borada
yurtimizda bir qator ishlar olib borilmoqda. Oliy ta’lim tizimida ham talabalarni hayot faoliyati
xavfsizligiga va texnika xavfsizligiga o‘rgatilmoqda. Talabalarni texnika xavfsizligiga o‘rgatish juda
muhim va dolzarb masaladir. [4]
Fan, texnika va texnologiyaning jadal rivojlanishi sharoitida o‘qitish tizimiga quyidagi
talablar qo‘yiladi:
a) individual va mustaqil ishlash, ilmiy-texnik axborot bilan ishlash malakalarini
rivojlantirish;
b) original va nostandart qarorlar, ishchanlik - qobiliyatlarini rivojlantirish;
v) o‘qitishni individuallashtirish (o‘qishga turli qobiliyatga ega bo‘lgani uchun);
g) bilim harakatchanligi, tanqidiy fikrlashganda moslashuvchanlik va ijod, ishlab
chiqarishning zudlik bilan o‘zgaruvchan sharoitiga mos epchillikni shakllantirish.[5]
Xulosa. Xulosa qilib aytganda bugungi kunda insonlarda xavfsizlik madaniyatini
rivojlantirish muhim va dolzarb masaladir. Bu masalani yechishning eng samarali usullaridan biri bu
oliy talim tizimida o‘qiyotgan talabalarni bilimlarini, xavfsizlik madaniyati va texnika xavfsizligiga
o‘rgatishdir. Texnika xavfsizligiga o‘rgatish bugungi kunda sust o‘rgatilayotganligiga guvohmiz buni
rivojlantirish uchun ilmiy texnik izlanishlarni olib borish va darsni o‘tish davomida innovatsion
pedagogik texnika texnologiyalardan foydalanish zarur[6].
Adabiyotlar ro‘yxati
1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent: O‘zbekiston, 2017.
2. Sh.Ch Tursunov, A.T.Butayarov, K.A.Yodgorov. “Hayot faoliyati xavfsizligi” Darslik, T-2022 y.
250 b.
3. O.Musulmonova “Umumiy pedagogika” I-qism Toshkent-2020, 398 b.
4. O.R.Yuldashev, R.R.Nurmamatova “Mehnat muhofazasi” darslik T-2019, 428b.
5. O.T.Aliyev, Z.Sh.Tursunov “Hayot faoliyati xavfsizligi” darslik T-2022, 280 b.
6. O.T.Hasanova,V.Zayniddinov “Hayot faoliyati xavfsizligi” darslik T-2020,241b.
7. Е.Т.Туракулов “Безапосностъ жизнедеятелъности” Термиз. 2023-год.210стр.
8. J.Sh.Abduraxmonov “Favqulodda vaziyatlarni prognozlash va ma’lumotlar bazasini
takomillashtirish” Monografiya, TerDU nashr-matbaa markazi nashriyoti, Termiz 2022-y, 102 b.
9.
www.bilim.uz
OO‘MTV sayti
10. www.ziyo.edu.uz
OO‘MTV sayti
11. www.ziyo.net.uz
OO‘MTV sayti
12. www.mintrud.uz
Mehnat vazirligi sayti.
HAYOT FAOLIYATI MASHG‘ULOTLARIDA INNOVATSION PEDAGOGIK
TEXNOLOGIYALARNING MOHIYATI
Tursunov S. C.- q.x.f.n., Abduraxmonov J. S.- ass., Termiz davlat universiteti
jahongirabduraxmonov13@gmail.com
Annotatsiya: Maqolada mahalliy va xorijiy pedagogik adabiyotlarda zamonaviy pedagogik
texnologiyalar muhokama qilingan.
462
Kalit so‘zlar: Integratsiya, kooperativ kurslar, pedagogika, texnologiya.
Kirish: Bugungi zamonaviy ta’lim tizimining asosiy unsurlaridan biri bu, shubxasiz, yangicha,
ya’ni innovatsion pedagogik texnologiyalardir. Ushbu pedagogik texnologiyalar orqali dars
jarayonlarining olib borilishi yoki tashkil etilishi talabalarning ham erkin, ham yangicha fikrlashlariga
katta yo‘l ochib berish uchun xizmat qiladi.
Innovatsiya (inglizcha innovation) - yangilik kiritish, yangilikdir. A.I.Prigojin innovatsiya
deganda muayyan ijtimoiy birlikka - tashkilot, aholi, jamiyat, guruhga yangi, nisbatan turg‘un
unsurlami kiritib boruvchi maqsadga muvofiq o‘zgarishlarni tushunadi. Bu innovator faoliyatidir.
Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o‘qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik,
o‘zgarishlar kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol metodlardan to‘liq foydalaniladi.
Interfaol metodlar - bu jamoa bo‘lib fikrlash deb yuritiladi, ya’ni pedagogik ta’sir etish usullari
bo‘lib ta’lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarning o‘ziga xosligi shundaki, ular
faqat pedagog talabalarning birgalikda faoliyat ko‘rsatishi orqali amalga oshiriladi.[1]
Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ularga quyidagilar
kiradi:
Talabaning dars davomida befarqi bo‘lmasligiga, mustaqil fikrlash, ijod etish va izlanishga
majbur etish;
Talabalarni o‘quv jarayonida bilimga bo‘lgan qiziqishlarini doimiy ravishda bo‘lishini
ta’minlash;
Talaba talabaning bilimga bo‘lgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy
yondashgan holda kuchaytirishi;
Pedagog va talabaning hamisha hamkorlikdagi faoliyatini tashkil etilishi.
Pedagogikaga oid adabiyotlarda innovatsiya jarayoni sxemasi beriladi. U quyidagi bosqichlarni
qamrab oladi:
1. Yangi g‘oya tug‘ilishi yoki yangilik konseptsiyasini paydo qilish bosqichi. U kashfiyot
bosqichi deb ham yuritiladi.
2. Ixtiro qilish, ya’ni yangilik yaratish bosqichi.
3. Yaratilgan yangilikni amalda qo‘llaybilish bosqichi.
4. Yangilikni yoyish, uni keng tadbiq etish bosqichi.
5. Muayyan sohada yangilikning hukmronlik qilish bosqichi. Bu bosqichda yangilik o‘zining
yangiligini yo‘qotadi, uning samara beradigan muqobili paydo bo‘ladi.
6. Yangi muqobillik asosida, almashtirish orqali yangilikning qo‘llanish doirasini qisqartirish
bosqichi.
V.A.Slastyonin yangilik kiritishni maqsadga muvofiq yo‘naltirilgan yangilik yaratish, keng
yoyish va foydalanish jarayoni majmui, uning maqsadi esa insonlarning ehtiyoji va intilishlarini yangi
vositalar bilan qondirish deb biladi.
Yangilik kiritishning tizimli konsepsiyasi mualliflari (A.I.Prigojin, B.V.Sazonov, V.S.Tolstoy)
innovatsion jarayonlarning ikki muhim shaklini farqlaydilar.[2]
Birinchi shaklga yangilik kiritish oddiy ishlab chiqish sifatida kiritiladi. Bu ilk bor mahsulot
o‘zlashtirgan tashkilotlarga taalluqlidir.
Ikkinchi shaklga yangilikni keng ko‘lamda ishlab chiqish taalluqlidir.
Yangilik kiritish ham ichki mantiq, ham vaqtga nisbatan qonuniy rivojlangan va uning atrofmuhitga o‘zaro ta’sirini ifodalaydigan dinamik tizimdir.
463
➢
➢
➢
➢
➢
➢
Pedagogik innovatsiyada «yangi» tushunchasi markaziy o‘rin tutadi. Shuningdek, pedagogik
fanda xususiy, shartli, mahalliy va sub’ektiv yangilikka qiziqish uyg‘otadi.
Xususiy yangilik V.A.Slasteninning aniqlashicha, joriy zamonaviylashtirishda muayyan tizim
mahsuloti unsurlaridan birini yangilashni ko‘zda tutadi.
Murakkab va progressiv yangilanishga olib keluvchi ma’lum unsurlarning yig‘indisi shartli
yangilik hisoblanadi.
Mahalliy yangilik konkret ob’ektda yangilikning foydalanishi bilan belgilanadi.
Sub’ektiv yangilik ma’lum ob’ekt uchun ob’ektning o‘zi yangi bo‘lishi bilan belgilanadi.
Ilmiy yo‘nalishlarda yangilik va innovatsiya tushunchalari farqlanadi.
Yangilik - bu vositadir: yangi metod, metodika, texnologiya va boshqalar.
V.I.Zagvyazinskiy yangi tushunchasiga ta’rif berib, pedagogikadagi yangi bu faqatgina g‘oya
emas, balki hali foydalanilmagan yondashuvlar, metodlar, texnologiyalardir. Lekin bu pedagogik
jarayonning unsurlari majmua yoki alohida olingan unsurlari bo‘lib, o‘zgarib turuvchi sharoitda va
vaziyatda ta’lim va tarbiya vazifalarini samarali hal etishning ilg‘or boshlanmalarini o‘zida aks
ettiradi.[3]
R.N.Yusufbekova pedagogik yangjlikka, o‘qitish va tarbiya berishda avval ma’lum bo‘lmagan
va avval qayd qilinmagan holat, natija, rivojlanib boruvchi nazariya va amaliyotga eltuvchi pedagogik
voqelikning o‘zgarib turishi mumkin bo‘lgan mazmuni sifatida qaraydi.
Pedagogik innovatsiyada R.N.Yusufbekova innovatsion jarayon tuzulmasining uch blokini
farqlaydi:
Birinchi blok - pedagogikadagi yangini ajratish bloki. Bunga pedagogikadagi yangi, pedagogik
yangilikning tasnifi, yangini yaratish shart-sharoiti, yangilikning me’yorlari, yangining uni
o‘zlashtirish va foydalanishga tayyorligi, an’ana va novatorlik, pedagogikadagi yangini yaratish
bosqichlari kiradi.
Ikkinchi blok - yangini idrok qilish, o‘zlashtirish va baholash bloki: pedagogik hamjamiyatlar,
yangini baholash va uni o‘zlashtirish jarayonlarining rang-barangligi, pedagogikadagi konservatorlik
va novatorlik, innovatsiya muhiti, pedagogik jamiyatlarning yangini idrok etish va baholashga
tayyorligi.
Uchinchi blok - yangidan foydalanish va uni joriy etish bloki, ya’ni yangini tadbiq etish,
foydalanish va keng joriy etish qonuniyatlari va turlaridir. M.M.Potashnikning innovatsiya
jarayonlari talqinlari kishi e’tiborini o‘ziga tortadi. U innovatsiya jarayonining quyidagi tuzilmasini
beradi:[4]
faoliyat tuzilmasi - motiv - maqsad - vazifa - mazmun - shakl -metodlar metodika komponentlari
yig‘indisi;
sub’ektiv tuzilma-innovatsion faoliyat sub’ektlarining xalqaro, mintaqaviy, tuman, shahar va boshqa
sathjari;
sathiy tuzilma-innovatsion faoliyat sub’ektlarining xalqaro, mintaqaviy, tuman, shahar va boshqa
sathlari;
mazmun tuzilmasi - o‘quv-tarbiyaviy ishlar, boshqaruv (va b.) da yangilikning paydo bo‘lishi, ishlab
chiqilishi va o‘zlashtirilishi;
bosqichlilikka asoslangan hayot davriylik tuzilmasi - yangilikning paydo bo‘lishi - ildam o‘sish etuklik - o‘zlashtirish - diffuziya (singib ketish, tarqalish) - boyish (to‘yinish) - qoloqlik - inqiroz —
irradiasiya (aldanish) — zamonaviylashtirish;
boshqaruv tuzilmasi - boshqaruv harakatlarining 4 ta turining o‘zaro aloqasi: rejalantirish - tashkil
etish - rahbarlik qilish - nazorat qilish;
464
➢ tashkiliy tuzilma - diagnostik, oldindan ega bilish, sof tashkiliy, amaliy, umumlashtiruvchi, tatbiq
etuvchi.
Innovatsiya jarayoni tarkibiy tuzilmalar va qonuniyatlarni qamrab olgan tizimdan iboratdir.
V.A.Lefevr ta’kidlagan ediki, inson o‘zining hatti-harakatlariga, fikrlariga nisbatan kuzatuvchi,
tadqiq qiluvchi bo‘lib qolmasligi, balki boshqa personajlar, ularning hatti-harakatlarini o‘rganuvchi
mavqeini egallashi ham kerak.
M.V.Klarin ijodiy tafakkur xususiyatlarini refleksiya bilan boqlaydi. Bunday o‘zaro aloqalarda
refleksiya o‘zida xulosa chiqarish, umumlashtirish, analogiya, qiyoslash va baholash hamda
muammolarni eslash, enga olish va hal qilishlarni birlashtiradi.[5]
V.A.Petrovskiy refleksiya faoliyati tahlilida uning ikki turini farqlaydi:
1. retrospektiv;
2. prospektiv;
V.A.Petrovskiyning aniqlashicha, retrospektiv refleksiya bu «sodir etilgan faoliyat tarixining
retrospektiv tiklanish shaklidagi refleksiyasidir».
Prospektiv refleksiya - bu faoliyatning amalga oshishiga bo‘lgan talabning hukm surish
dinamikasi.
S.Yu.Stepanov, I.N.Semenov ishlarida intellektual va shaxsiy refleksiyalar farqlanadi.
V.V.Davidov o‘z tadqiqotlarida formal va mazmun refleksiyasini asoslab berdi. I.S.Ladenko analitik
va sintetik refleksiyani farqlaydi.
Demak, o‘qituvchining innovatsion faoliyati tuzilmasi motivasion, kreativ, texnologik va
reflektiv komponentlardan iboratdir.[6]
Innovatsion faoliyat tuzilmasi haqidagi muhim tizimli tasavvurlar, ularning vazifalarini
asoslash, ularning shakllanganlik me’yorlari va sathlari ularni oliy maktab amaliyotiga tatbiq
etishning zarur omili hisoblanadi.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda Hayot faoliyati xavfsizligi mashg‘ulotlarida innovatsion pedagogik
texnologiyalardan foydalanish talabarning tez, samarali bilim va ko‘nikmalar olishini ta’minlaydi.
Innovatsion pedagogik texnologiyalarning aynan fanga mutanosib kelishi bilim berishning sifatini
oshiradi.
Adabiyotlar ro‘yxati
1. Madyarova S.A. va boshq. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat.- T.: IQTISODMOLIYA, 2009, 240 b.
2. Sayidahmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar. -T.: “Moliya” nashriyoti, 2003 y. – 171 b.
3. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. Qarshi. “Nasaf”, 2000 y. 80 b.
4. Tolipov U., Usmanbayeva M. Pedagogik texnologiya:nazariya va amaliyot.-T.: “Fan”. 2005.
5. Farberman B.L. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar.- T.:2001
6. Dadamirzaev G‘. Pedogogik texnologiyalar bo‘yicha izohli tayanch so‘z va iboralar. Metodik
qo‘llanma. - Namangan, NamMPI, 2008 yil, 30 b.
METHODS OF TEACHING SPECIAL DISCIPLINES IN TECHNICAL UNIVERSITIES
Rakhmatova F.M.,Tashkent State Technical University, senior lecturer, firuzar379@gmail.com
Annotation. The prospects of social and economic development of professional education in
Uzbekistan impose new high-level requirements on the training of modern spiritually mature
465
138
139
140
141
142
143
144
145
146
147
148
149
150
151
152
153
Talabalarni texnika xavfsizligiga o‘qitish
masalalari
Hayot faoliyati mashg‘ulotlarida innovatsion
pedagogik texnologiyalarning mohiyati
Methods of teaching special disciplines in
technical universities
Jumayev A. A.
Bo‘lajak muhandislarning kreativ sifatlarini
rivojlantirish
Писецкий Ю. В., Вотинов К. Внедрение фреймворка spark в методике
А.
преподавания с использованием
структурно-сложных систем
Писецкий Ю. В., Вотинов К. Внедрение структурно-сложных систем
А.
предметной среды в процесс
преподавания
Xushnayev O.A.
Bo‘lаjаk muhandis-o‘qituvchilаrgа
umumkаsbiy fаnlаrni o‘qitishning аsоsiy
mаqsаdlаri
Murtazayev E. M., Xidirov M. Avtotransport tarmog‘i korxonalarini
Q.
loyihalash fanini o‘qitishda zamonaviy
virtual dasturiy ta’minotining o‘rni
Uralova M. G.
Direct and indirect active teaching methods
using the example of lecture classes
Uralova M. G., Oktamov S. J.
Methods for developing students' creative
activity
Ruziyev I. S., Ismoilov R. I.
Oliy ta’lim muassasalarida muhandis
kadrlarni tayyorlashda “transport
vositalarida qo`llaniladigan
Yonilg’i va moylash materiallari” fanining
ahamiyati
Avazov J. D.
Kompetensiya va kompetentlikning ijtimoiy
-pedagogik dolzarbligi
Ruziev I.S. Masharibov A.R.,
Ta'lim jarayonida axborot kommunikasiya
texnologiyalaridan foydalanishni tatbiq etish
(avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasi va
servisi fani misolida)
Muhamadiyeva N.Q.
Ta’lim oluvchilarning mustaqil bilim olish
va amaliy faoliyat ko‘nikmalarini
shakllantirish
Safarov F. S.
Ta’lim jarayonida koʻrgazmali va tarqatmali
materiallardan foydalanish
Safarov F.S.
Fanida amaliy mashg’ulotlar vaqtida
detallarga mexanik texnologiya ishlov berish
texnologiyasi
Tursunov S. C.,Abduraxmonov
J. S.
Tursunov S. C.,Abduraxmonov
J. S.
Rakhmatova F. M.
552
460
462
465
468
472
474
476
479
483
485
488
490
493
496
499
501
Download