Uploaded by shuxratjon5848

Topshiriq variantlari

advertisement
Topshiriq variantlari:
1. Binar qidiruvdan foydalanib elementlarni tasodifiy ravishda toping.
2. Mashina raqamlari ro’yhati berilgan: 345, 368, 876, 945, 564, 387, 230. Binar
qidiruvdan foydalanib berilgan raqamli mashina qaysi joyda turganini toping.
3. Binarqidiruv usulidan foydalanib ro’yhatda har ikkinchi elementni qidiring va
taqqoslashlar sonini aniqlang.
4. Binar qidiruvdan foydalanib massivdan berilgan kalitga karrali kalitli elementni
va solishtirishlar sonini toping.
5. Binarqidiruv usulidan foydalanib, ro’yhat eng kichik elementini toping.
6. Binarqidiruv usulidan foydalanib, ro’yhatda berilgan kalitdan katta elementlarni
toping.
7. Binarqidiruv usulidan foydalanib, ro’yhat eng kichik elementini toping.
8. Binar qidiruv usulidan foydalanib, A massivdan elementni va taqqoslashlar
sonini toping.
9. Boshiga qo’yish va transpozitsiya usulidan foydalanib massiv eng katta elementi
topilsin.
10. Boshiga qo’yish usulidan foydalanib ro’yhatda 11 ga butun bo’linuvchi eng
katta sonni toping (agar bunday sonlar ko’p bo’lsa, u holda ularning eng kattasini
toping; agar bunday son mavjud bo’lmasa – shunga mos ma’lumot chiqaring).
11. Transpozitsiya usulidan foydalanib ro’yhatda 11 ga butun bo’linuvchi eng katta
sonni toping (agar bunday sonlar ko’p bo’lsa, u holda ularning eng kichigini
toping; agar bunday son mavjud bo’lmasa – shunga mos ma’lumot chiqaring).
12. Boshiga qo’yish usulidan foydalanib ro’yhatda qo’shni elementlari ayrimasi 72
dan kichik bo’lgan elementni toping. Agar bunday elementlar ko’p bo’lsa, u holda
ularning eng kattasini toping; agar bunday element mavjud bo’lmasa – shunga mos
ma’lumot chiqaring.
13. Transpozitsiya usulidan foydalanib ro’yhatda qo’shni elementlari bo’linmasi
juft son bo’lgan elementni toping. Agar bunday elementlar ko’p bo’lsa, u
holdaularning eng kattasi yoki eng kichigini toping; agar bunday element mavjud
bo’lmasa – shunga mos ma’lumot chiqaring.
14. Boshiga qo’yish usulidan foydalanib ro’yhatda qo’shni elementlar ayrimasi juft
bo’lgan elementni toping. Agar bunday elementlar ko’p bo’lsa, u holda ularning
eng kattasi yoki eng kichigini toping; agar bunday element mavjud bo’lmasa –
shunga mos ma’lumot chiqaring.
15. Transpozitsiya usulidan foydalanib ro’yhatda kerakli elementgacha bo’lgan
elementlarning o’rta arifmetigi 12 ga teng bo’lgan element topilsin. Agar bunday
element mavjud bo’lmasa – shunga mos ma’lumot chiqaring.
16. Boshiga qo’yish usulidan foydalanib ro’yhatda 10 ga bo’linuvchi maksimal
elementni toping. Agar bunday element mavjud bo’lmasa – shunga mos ma’lumot
chiqaring.
17. Boshiga qo’yish va transpozitsiya usulidan foydalanib massiv eng kichik
elementi topilsin.
18. Transpozitsiya usulidan foydalanib ro’yhatda qo’shni elementlari ayirmasi juft
va 3 ga bo’linadigan elementni toping. Agar bunday element mavjud bo’lmasa –
shunga mos ma’lumot chiqaring.
19. Boshiga qo’yish usulidan foydalanib ro’yhatda kerakli elementdan keying
elementlarning o’rtacha kvadratik qiymati 10 dan kichik bo’lgan elementni toping.
Agar bunday elementlar ko’p bo’lsa, u holda ularning eng kattasini toping; agar
bunday element mavjud bo’lmasa – shunga mos ma’lumot chiqaring.
20. Transpozitsiya usulidan foydalanib har bir x element uchun tg(x) qiymatini
aniqlang va eng katta qiymatga ega bo’lgan elementni 1-o’ringa qo’ying.
21. Berilgan ro’yhatda qidirilayotgan element transpozitsiya usuli bilan qancha
murojaatda ro’yhat boshiga kelishini aniqlash dasturini tuzing.
22. Massivdan boshiga qo’yish usuli yordamida key kalitli elementni izlash
dasturini tuzing.
23. Binar qidiruv usuli yordamida massivga yangi elementni kiriting.
24. Binar qidiruv usuli yordamida massivning key kalitli elementini o’chiring.
25. Ro’yhatda transpozitsiya usuli yordamida toq elementlarni topish dasturini tuzing.
26. Berilgan massivda key kalitli elementni binar qidiruv usullari yordamida izlang
va qaysi usul ushbu qidiruv holatida samara berganligini aniqlash dasturini
keltiring.
27. Talabalar ismi va umumiy ballaridan iborat jadvaldan binarqidiruv usuli bilan
balli maksimal bo’lgan talabani toping.
28. Talabalar ismi va umumiy ballaridan iborat jadvaldan binar qidiruv usuli
yordamida so’ralgan talabaning umumiy balini chiqarish dasturini tuzing.
29. Boshiga qo’yish usuli yordamida talabalar ismlaridan iborat massiv
elementlariga ko’p marta murojaat qilib massivni qayta tartiblang.
30. Transpozisiya usuli yordamida talabalar ismlaridan iborat ro’yhat elementlariga
ko’p marta murojaat qilib massivni qayta tartiblang.
Download