Uploaded by dotersahdow

CHAROS KURS ISHI (2)

advertisement
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“IQTISODIYOT” KAFEDRASI
“IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu:Xalqaro valyuta tizimlari va ularning o’zgarishi.
Bajardi:O’roqova Charos Chori qizi
Bank ishi va auditi fakulteti 1-kurs BIA-64
Ilmiy rahbar: Nomozov Olim Botirovich
TOSHKENT-2024
REJA:
1.
2.
3.
4.
Kirish:
Valyuta va valyuta munosabatlari tushunchasi, ularning asosiy
ishtirokchilari.
Xalqaro valyuta tizimlari va munosabatlari.
Jahon valyuta tizimi rivojlanish bosqichlari.
O’zbekistonda xalqaro valyuta-kredit va moliya tashkilotlarining o’rni
Xulosa:
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
Oʼzbekiston Respublikasi iqtisodiyotini zamonaviy modernizatsiyalash
bosqichida mamlakatning xalqaro valyuta-kredit munosabatlarini
tashkil qilish va tartibga solish borasida katta yutuqlarga erishildi.
Xususan, tashqi savdo aylanmasining ijobiy savdosini taʼminlandi,
xalqaro moliya institutlari bilan samarali hamkorlik yoʼlga qoʼyildi. Eng
muhimi - davlat tashqi qarzining meʼyoriy darajadan oshib ketishiga
yoʼl qoʼyilmadi. Bozor iqtisodiyotini asoslarini yaratish va rivojlantirish
borasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar tobora rivojlanish
va byudjet munosabatlariga ta’sir etishining muhim omili bo`lgan
byudjet va moliya tizimi ham shu tarzda isloh etishni, uning
barqarorligi va samaradorligini oshirishni talab qiladi. Dunyo
miqyosida xalqaro valyuta-kredit munosabatlari sohasida jiddiy,
olamshumul oʼzgarishlar yuz bermoqdaki, mazkur holat xalqaro
valyuta-kredit munosabatlariga bagʼishlangan yangi ilmiy tadqiqotlar
olib borish, darsliklar va oʼquv qoʼllanmalar yozish zaruriyatini yuzaga
keltirmoqda.Soʼnggi yillarda xalqaro valyuta munosabatlarida sezilarli
oʼzgarishlar kuzatildi: jumladan, tashqi bozorlardagi valyutalar va
ularning tovar taʼminoti oʼrtasidagi aloqadorlik yoʼqoldi; bozor
ishtirokchilari uchun valyutalarning likvidliligi, ularning tovarga
ayirboshlash qobiliyatidan koʼra muhimroq ahamiyat kasb eta
boshladi; mamlakatlarning toʼlov balansidagi kapitallar va kreditlar
harakati joriy operatsiyalar harakatidan hajm boʼyicha koʼpayib,
oʼrnini almashtirdi, rezerv valyuta maqomi uchun rivojlangan
mamlakatlar oʼrtasida raqobat kuchaygani kuzatildi. Har bir davlat oʼz
valyuta kursi rejimini barqarorligini taʼminlash uchun yuqori
likvidlilikka ega boʼlgan xorijiy valyutalarni zaxira sifatida yigʼishlariga,
zarurat tugʼilganda esa, ular hisobidan kurs shakllannishi jarayoniga
aralashishlariga toʼgʼri keldi. Hozirgi kunda, jahon moliya tizimiga
kriptovalyutalarni taʼsirini, ularni tebranuvchanligini prognoz qilish va
kelajakdagi istiqbolini oʼrganish maqsadida oʼnlab, yuzlab tadqiqotlar
amalga oshirilmoqda.
Kurs ishining maqsadi:Xalqaro valyuta tizimining shakllanishi va
rivojlanishi xususiyatlarini o'rganish va ochib berishdir.
Kurs ishining vazifasi:ushbu kurs ishining vazifasi shundan iboratki
Xalqaro valyuta tizimining shakllanishi va rivojlanishi, uning rivojlanish
qonuniyatlari Xalqaro valyuta aylanishi, haqida talabalarga bilim
ko’nikma malakalarni shakllantirishdir.
Valyuta va valyuta munosabatlari tushunchasi, ularning asosiy
ishtirokchilari
Har qanday davlat iqtisodiyotida pul muhim ahamiyat kasb etadi. Pul
munosabatlari jamiyatning ishlab chiqarish, taqsimot, muomala va
iste'mol singari jarayonlarini qamrab oladi, kengaytirilgan takror
ishlab chiqarish uchun sharoit yaratib beradi. Pul va iqtisod o’zaro
uzviy bog’liq bo’lgan elementlardir. Agar jamiyat iqtisodiyotida
muammolar paydo bo’lsa, albatta bunday muammolar jamiyatning
pul muomalasida o’zining salbiy aks ta'sirini topadi. Shuning uchun
pulni jamiyat iqtisodiy hayotining barometri deb bejiz aytishmagan.
Iqtisodiy nazariyada haqiqiy pul tovar ekvivalenti sifatida mavjud
bo’lib, iste'molchilarni muomalaga bo’lgan ehtiyojlarini qondiradi.
qog’oz pullar esa haqiqiy pullar qiymatining muomaladagi ifodachisi
yoki vakilidir. Har qanday mustaqil davlat o’z puliga ega va bunday
pul shu davlat uchun milliy pul birligi hisoblanadi. Milliy pul birligi
o’zining nomi va ma'lum bir muomala tarixiga ega. Ushbu kursimizni
o’rganishda doim pul va valyuta atamalariga murojaat etishga to’g’ri
keladi. Shu sababli boshidanoq pul va valyuta qanday kategoriyalar,
ikkalasi ham bir narsami yoki har xil narsa ekanligini aniqlab olish
zarur. Iqtisodiy nazariyadan biz "pul" nima ekanligini yaxshi bilamiz.
Valyuta ham pul, ammo hamma vaqt ham pul valyuta bo’lavermaydi.
Agarda muayyan bir davlatning milliy pul birligi jahon bozorida
davlatlar o’rtasida pul (muomala, to’lov va jamg’arish vositasi)
sifatida ishlatilsa, ya'ni pulning funksiyalarini bajarsa, u valyutaga
aylanadi.
Valyuta - jahon bozorida, davlatlar o’rtasida pul vazifalarini bajaruvchi
davlatlarning milliy pul birliklaridir. Masalan, Amerika Qo’shma
Shtatlari "dollari", Buyuk Britaniya "funt sterlingi", Kanada "dollari",
Yapon "ienasi" va boshqa shu kabilar.
Muayyan bir davlatning milliy puli - uning milliy valyutasi bo’ladi. Shu
davlat uchun boshqa davlatlarning milliy pul birliklari esa - xorijiy
valyutalardir. Masalan, AQSh "dollari", Buyuk Britaniya "funt
sterlingi", Kanada "dollari", Fransiya "yevro", Yapon "ienasi", Turkiya
"lira"si va shu kabi erkin muomalada yuradigan valyutalar O’zbekiston
Respublikasida xorijiy valyuta bo’ladi, o’z navbatida O’zbekiston
"so’m"i bu davlatlar uchun xorijiy valyuta bo’lib hisoblanadi.
Har bir suveren davlat o’z pul birligiga ega bo’lib, faqat shu
mamlakatdagina bu pul birligiga muayyan ne‟matlarni sotib olish
mumkin. Boshqa mamlakatlarning ham o’z pul birliklari mavjud va
faqat shu davlatlarda ular qonuniy harakatda bo’ladi. Qolgan barcha
boshqa valyuta deb nomlanuvchi pullar maxsus nazorat ostida amal
qiladilar. Rus iqtisodchi olimi V.S. Safonovning ta‟rifiga ko’ra,
«currency» atamasi banknotalar va tangalar ko’rinishidagi pullar
ma‟nosini anglatadi. Xorijiy valyuta uchun foreign currency atamasi
ishlatiladi. Jahon valyuta bozori – bu foreign currency exchange
market dir, yoki oddiy qilib aytganda, FOREX. Valyutalarning turli
klassifikastiyasi mavjud bo’lib, asosan ularni uch guruhga ajratishadi.
Bular jahon valyuta bozorining barcha segmentlarida hech qanday
cheklovlarsiz amal qiladigan valyutalardir. Ular cheklanmagan
miqdorda va turli joriy va muddatli bitimlar bo’yicha to’liq
konvertirlana oladilar. Bunday turdagi valyutalar ichida katta
beshlikni ajratib ko’rsatish lozim. Ularga AQSh dollari (USD), Yevro
(EUR), Shveysariya franki (CHF), Yaponiya ienasi (JPY) va Angliya funti
(GBP) kiradi. Asosiy valyutalarga shuningdek, Kanada dollari (CAN) va
boshqa bir nechta valyutalar (masalan, Avstraliya dollari AUD) ham
kiritiladi. Ikkilamchi valyutalar odatda erkin muomalada bo’ladi, biroq
vaqti-vaqti bilan ba’zi muammolar yuzaga kelishi mumkin. Masalan,
bularga likvidlikning yetarli darajada emasligi (ya‟ni, xarid qilish va
sotish bilan bog’liq qiyinchiliklar), hosilaviy moliyaviy
instrumentlarning (xususan, fyucherslarning) qo’llanilishi bilan bog’liq
boshqa to’siqlarni kiritish mumkin.
Valyutalarning mazkur sirasiga Irlandiya, Singapur, Grestiya,
Shvestiya, Daniya, Oman, Quvayt, Hindiston kabi davlatlar valyutalari
kiritiladi.
Ekzotik valyutalar bo’yicha doimo kotirovkalar mavjud, biroq ba’zida
operatsiyalar miqyosi, muddatli bitimlar bozori bo’yicha (agar u
umuman mavjud bo’lsa) katta cheklovlarning bo’lishi ehtimoli bor;
shuningdek, muayyan davlatlar tomonidan ularning keng savdosiga
qarshi qonuniy cheklovlar ham o’rnatiladi. Mazkur guruhga
Indoneziya, Tailand, Gonkong, Malayziya, Vetnam, Fillipinalar kabi
mamlakatlar valyutalarini kiritish mumkin. Hozirgi kunda yangi paydo
bo‘luvchi bozorlar valyutalari ham yuzaga keldi. Bular Chexiya,
Slovakiya, Polsha, Rossiya, Janubiy Amerika va JAR mamlakatlari pul
birliklaridir. Qavslar ichidagi valyutalarning belgilanishi SWIFT tizimi
foydalanuvchilari tomonidan qabul qilingan kodirovka bo’yicha
amalga oshiriladi. Qisqacha aytganda, banklar tomonidan
foydalaniladigan mazkur axborot tizimi xizmat xabarlarining xavfsiz
yetkazilishini ta’minlaydi. Jahon amaliyotida moliyaviy bozorlar
faoliyatida standartlashtirish xalqaro tashkiloti tomonidan ishlab
chiqilgan, lotin tilidagi uchta harfdan iborat valyutalarning quyidagi
belgilanishlari qabul qilingan bo’lib, ular xalqaro va mahalliy
amaliyotda keng qo’llaniladi (ISO 4217 standarti – International
Organization for Standartization)
1-jadval
Valyutalarning xalqaro amaliyotda belgilanishi
AUD
Avstraliya dollari
BRL
Braziliya reali
BYR
Belorussiya rubli
CAD
Kanada dollari
CHF(SFR)
Shveysariya franki
CNY
Xitoy yuani
EUR
Yevro
GBP (STG)
Angliya funt sterling
ILS
Isroil shekeli
INR
Hindiston rupiyasi
JPY
Yaponiya ienasi
KZT
Qozog’iston tengesi
MXP
Meksika pesosi
NZD
Yangi Zenlandiya dollari
RUB
Rossiya rubli
SGD
Singapur dollari
TRL
Turkiya lirasi
Xorijiy valyuta bilan deviz tushunchasi bog’liqdir. Deviz - bu, xorijiy
valyutadagi har qanday vositadir.
Qabul qilingan Xalqaro qoidalarga asosan har bir davlatning valyutasi
3 harf bilan belgilanadi. Bunda ushbu harflarning birinchi 2 tasi
mamlakatni, 3- esa valyuta nomini belgilaydi. Masalan, US - Qo’shma
Shtatlar, D - dollar yoki GB - Buyuk Britaniya, P - paund. Ushbu
belgilanishlar valyutalar kodlari deb ataladi. Ayrim davlatlar
valyutalarining SVIFT kodlari ushbu mavzuning ilovasida keltirilgan.
Valyutalar jahon bozorida o’zlarining muomalada bo’lish
xususiyatlariga ko’ra erkin muomalada yuradigan, muomalasi qisman
yoki butunlay cheklangan, yopiq yoki ekzotik valyutalarga bo’linadi.
Ba'zi bir davlatlarning milliy pul birliklarini mazkur davlatlarda valyuta
munosabatlari borasida mavjud va harakatda bo’lgan qonunqoidalariga asosan xorijga chiqishi hamda u yerda muomalada bo’lishi
chegaralanadi. Jahon bozorining paydo bo’lishi, xalqaro mehnat
taqsimotining chuqurlashishi, ishlab chiqarish kuchlarining o’sishi,
jahon xo’jaligi tizimining shakllanishi, xo’jalik aloqalarining
baynalminallashuvi va globallashuvi sharoitida xalqaro valyuta
munosabatlari rivojlandi. Xalqaro valyuta munosabatlari - bu,
valyutani jahon xo’jaligida amal qilishi borasida shakllanadigan va
milliy xo’jaliklar faoliyat natijalarining o’zaro almashuviga xizmat
ko’rasatadigan ijtimoiy munosabatlar yig’indisidir Valyuta
munosabatlarining ayrim elementlari qadimgi dunyoda, qadimgi
Gretsiya va Rimda veksel hamda sarroflik ishi shakllarida paydo
bo’lgan. Ushbu munosabatlar hisob-kitoblar o’tkaziladigan veksellar
(tratta) bilan amalga oshgan Lion, Antverpen o’rta asr "veksel
yarmarkalari" va G’arbiy Yevropaning boshqa savdo markazlarida
rivojlandi. Feodalizm va kapitalistik ishlab chiqarish uslubining
shakllanishi davrlarida banklar orqali amalga oshadigan xalqaro
hisob-kitoblar tizimi shakllana boshladi. Xalqaro valyuta
munosabatlari moddiy ishlab chiqarish jarayoniga, ya'ni birlamchi
ishlab chiqarish munosabatlariga hamda taqsimot, almashuv va
iste'mol jarayonlariga aloqador bo’lgan xalqaro iqtisodiy
munosabatlarni o’z ichiga oladi. Valyuta munosabatlari va takror
ishlab chiqarish o’rtasida bevosita (to’g’ridan-to’g’ri) hamda oqibat
xarakteridagi (qaytma) aloqalar mavjud. Ularning obyektiv asosi
bo’lib tovarlar, kapitallar, xizmatlar bilan xalqaro almashuvni vujudga
keltiruvchi ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni hisoblanadi.



Valyuta munosabatlari - bu, valyutani jahon xo’jaligi muomalasida
amal qilish jarayonida va xalqaro aloqalar sohasiga xizmat
ko’rsatishda o’ziga hos pul munosabatlarining yig’indisidir, yoki
davlatlar, jahon valyuta bozorining subyektlari, muayyan davlatning
rezident yoki norezident shaxslari o’rtasida valyutalarni sotish, sotib
olish, majburiyatlarni bajarish hamda boshqa shu kabi jarayonlarda
vujudga keladigan munosabatlardir.
Valyuta munosabatlari - bu xalqaro aloqalarga xizmat ko’rsatuvchi va
jahon xo’jaligida valyuta muomalasi jarayonida vujudga keladigan
o’ziga hos pul munosabatlarining majmuidir. Valyuta munosabatlari
jahon valyuta tizimining asosi bo’lib xizmat qiladi. Ularning
shakllanish jarayonlarini o’rganish O’zbekiston uchun nafaqat nazariy,
balki amaliy ahamiyatga ham egadir.
Valyuta munosabatlarining paydo bo’lishi, o’zgartirilishi yoki
tugatilishining huquqiy asoslari bo’lib xalqaro kelishuvlar va ichki
davlat qonun-qoidalari hisoblanadi.
Valyuta munosabatlari nisbatan mustaqil munosabatlar bo’lgani
holda to’lov balansi, valyuta kursi, hisob-kitob operatsiyalari orqali
dunyo iqtisodiyotiga sezilarli ta'sir ko’rsatadi.
Valyuta munosabatlarining ahvoli quyidagilarga bog’liq bo’ladi:
milliy va jahon iqtisodiyotining rivojlanganlik darajasiga;
siyosiy ahvolga;
jahon bozorida davlatlararo munosabatlar borasidagi muammolarga
va ushbu muammolarning rivojlanish tendensiyalariga.
Valyuta munosabatlarining asosiy ishtirokchilari sifatida xalqaro
moliyaviy tashkilotlar, davlatlar, davlatlarning rezident va norezident
shaxslari maydonga chiqadi.
Rezident shaxs - bu muayyan davlat hududida yashayotgan va ushbu
davlat fuqarosi bo’lgan hamda mazkur davlat hududida faoliyat
ko’rsatayotgan yuridik yoki jismoniy shaxsdir.
Norezident shaxs - bu muayyan davlat hududida yashab faoliyat
ko’rsatayotgan, ammo shu davlat fuqarosi bo’lmagan yuridik yoki
jismoniy shaxsdir. Masalan, elchixonalar, vakolatxonalar, chet el firma
va korxonalarining bo’linmalari hamda shu kabilar.
Shu bilan birgalikda bu yerda shuni ta'kidlab o’tmoq lozimki, valyuta
munosabatlarining keng tarqalgan ishtirokchilaridan biri bu tijorat
banklaridir. Tijorat banklari milliy, hududiy va jahon valyuta
bozorlarida nafaqat o’z manfaatlari, balki birinchi navbatda o’z
mijozlari manfaatlarining himoyachisidir. Jahonning yirik tijorat
banklari o’z mijozlarining topshiriqlarini talab darajasida bajarish,
ularning moliyaviy manfaatlarini himoya qilish va o’z tijoriy
maqsadlarida jahon moliya bozorining yirik markazlarida o’z filiallarini
ochganlar. Tijorat banklari mijozlarida va tijorat banklarining
o’zlarida turli sabablarga ko’ra hamda turli maqsadlarda xorijiy
valyutaga ehtiyoj paydo bo’ladi. Masalan, tijorat bankining mijozi
eksportyor bo’lsa u xorijiy valyutada tushum oladi va valyuta
kursi tebranishi oqibatida hosil bo’ladigan xatarlarni hisobga
olgan holda unda, ushbu xorijiy valyutada olingan tushumni
xavfxatardan himoyalash zarurati tug’iladi. Shu sababli eksportyor
eksport tushumini ehtimolli yo’qotishlardan sug’urtalash
maqsadida o’z bankiga murojaat etadi. Agar bankning mijozi
importyor bo’lsa, eksportyor bilan o’zaro tuzilgan shartnoma
shartlariga muvofiq hisob-kitobni amalga oshirish uchun unga
ma'lum bir miqdorda xorijiy valyuta zarur bo’ladi. Bunga muvofiq
importyormijoz ushbu xorijiy valyutani sotib olish maqsadida o’z
bankiga murojaat etadi. Yuqoridagilardan tashqari tijorat
bankining xorijiy valyutaga bo’lgan o’z zaruriy ehtiyojlari mavjud.
Masalan, jahon valyuta bozorida oldi-sotdi baholarining farqi
sifatida foyda olish maqsadida xorijiy valyutalarni sotib olish,
valyuta kursining tebranishi oqibatida vujudga keladigan valyuta
tavakkalchiliklarining oldini olish maqsadida xedjinglash bilan
bog’liq turli valyuta operatsiyalarini amalga oshirish. Shu bilan
birgalikda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 4-oktabrdagi "O’zbekiston Respublikasi valyuta bozorini
rivojlantirishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida"gi
qaroriga binoan tijorat banklari O’zbekiston Respublikasi
hududida "so’m"ning ichki konvertatsiyasiga muvofiq naqd
valyuta oldi-sotdisi bilan bog’liq operatsiyalar bilan ham
shug’ullanadilar. Vazirlar Mahkamasining ushbu qaroriga muvofiq
1994-yilning 15-oktabridan boshlab O’zbekiston Respublikasi
hududida pul sifatida muomalada faqat respublikaning milliy
valyutasi "so’m" yuradi. Boshqa davlatlarning milliy valyutalari,
ya'ni xorijiy valyutalarning pul sifatida muomalasi O’zbekiston
hududida qonun bilan taqiqlangan.
Xalqaro
valyuta
munosabatlari
va
valyuta
tizimi
Valyuta munosabatlari - tashqi savdo, iqtisodiy va ilmiy-texnik
hamkorlik, xorijga kredit hamda qarzlarni berish va olish, valyuta va
valyuta aktivlarini sotib olish bilan bog‘liq bitimlarni amalga oshirishda
ishtirok etadigan, valyuta bilan bog‘liq munosabatlardir.
Valyuta munosabatining ayrim elementlari - antik davrda - Qadimgi
Gretsiya va Qadimgi Rimda - qarzga pul to‘lashga berilgan tilxat va pul
almashtirish shaklida paydo bo‘lgan. Keyingi bosqich bo‘lib, Yapon,
Antverpen va G‘arbiy Yevropani boshqa savdo markazlarida ―veksel
yarmarkalari‖ rivojlanishi bilan yuzaga chiqqan. Bu davrda hisobkitoblarni amalga oshirish, valyuta yordamida amalga oshirilgan.
Feodalizm davrida va kapitalistik ishlab chiqarish rivojlanishida,
xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tizimi banklar orqali rivojlandi.
O‘tgan asrga kelib esa, xalqaro munosabatlar o‘zining mutlaqo yangi
ko‘rinishini
boshidan kechirdi.Shunday qilib, xalqaro valyuta
munosabatlari rivojlanishi, ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishi, jahon
bozori tashkil etilishi, xalqaro mehnat taqsimotini chuqurlashuvi, jahon
xo‘jaligining tarkibiy tuzilishi hamda xo‘jalik munosabatlari
baynanmilallashuvining
natijasidir.
Valyuta
munosabatlari
ishtirokchilariga quyidagilar kiradi: davlat (hukumat, Markaziy va
davlat banklari), xalqaro tashkilotlar, yuridik shaxslar (tijorat banklari,
korxonalar: import va eksport qiluvchilar, birjalar) va jismoniy shaxslar
(brokerlar,chayqovchilar,sayyohlar).
Zamonaviy tashqi iqtisodiy aloqalarda, shu bilan birga valyuta
munosabatlarida siyosat va iqtisodiyot, diplomatiya va tijorat, sanoat
va savdo uyg‘unlashib borayotganligini kuzatish mumkin.
Xalqaro
valyuta
munosabatlarining
davlat
tomonidan
shakllantiriladigan huquqiy-tashkiliy shakli valyuta tizimi deyiladi.
Milliy, hududiy va jahon valyuta tizimlarini ajratib ko‘rsatish mumkin.
Milliy valyuta tizimi deganda ma‘lum davlatni, boshqa davlatlar bilan
pulli hisob-kitoblarini amalga oshirishda qo‘llaydigan usullari,
instrumentlari va milliy organlarining umumiy yig‘indisi tushuniladi.
Milliy valyuta tizimi nisbatan mustaqil va faoliyat doirasi milliy
chegaralardan chiqsada, u mamlakat pul-kredit tizimining tarkibiy
qismi hisoblanadi. Milliy va jahon valyutalar tizimlari aloqasi va
rivojlanishi,ularning
elementlarida
namoyon
bo‘ladi.
Hududiy valyuta tizimi - milliy va jahon valyuta tizimlarining oraliq
elementi hisoblanib, u mamlakatlar hududiy guruhi integratsiyasiga
xizmat qiladi. Bunga misol qilib, Yevropa valyuta-iqtisodiy ittifoqini
keltiriladi.
Jahon valyuta tizimi - bu, alohida olingan milliy iqtisodiyotni jahon
xo‘jaligi bilan bog‘lovchi mexanizmdir.
Jadval:
Milliy va jahon valyuta tizimining asosiy elementlari
Milliy valyuta tizimi
Jahon valyuta tizimi
Milliy valyuta
Milliy valyutani
konvertirlanish shartlari
Milliy valyuta pariteti
Milliy valyuta kursining
tartibi
Valyutaviy chegaraning
va nazoratning bor
yukligi
Mamlakatning xalqaro
valyuta likvidligini tartibga
solish
Xalqaro kredit
ayriboshlash
vositalaridan
foydalanishni tartibga
solish
Mamlakatning xalqaro
hisob-kitoblarini tartibga
keltirish
Milliy valyuta bozori va
oltin bozorining tartibi
Mamlakatni valyuta
munosabatlarini
boshqaruvchi va tartibga
soluvchi milliy organlar
Xalqaro valyuta hisobkitob birliklari valyuta
zahirasi
Valyutalarni o‘zaro
konvertirlanish shartlari
Valyuta paritetini
birxillashtirish tartibi
Valyuta kursining
tarribining
reglamentatsiyasi
Valyutaviy chegaralarning
davlatlararo tartibga
solish
Xalqaro valyuta likvidligini
davlatlararo tartibga solish
Xalqaro kredit
ayriboshlash
vositalaridan foydalanish
qoidalarini
yaxlitlashtirish
Xalqaro hisob-kitoblarning
asosiy shakllarini
yaxlitlashtirish
Jahon valyuta bozori va
oltin bozorining tartibi
Davlatlararo valyutaviy
tartibga solishni amalga
oshiruvchi xalqaro
tashkilotlar
Xalqaro kelishuvlar, ikkiyoqlama va ko‘p yoqlama shartnoma va
aktlar, jahon valyuta tizimining huquqiy asosini tashkil etadi.
Jahon valyuta tizimining asosiy maqsadi - eksport va import uchun
to‘lovlarni, tovar, kapital, xizmatlar va boshqa faoliyat turlarini
amalga oshirishda xalqaro hisob-kitoblarni tashkil etish orqali
samarali vositachilik qilish, shuningdek, xalqaro mehnat taqsimotini
rivojlantirish uchun, mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarda qulay
muhitni yaratishdan iborat. Jahon valyuta tizimi yordamida iqtisodiy









resurslarning bir mamlakatdan boshqasiga ko‘chishi yoki aksincha,
ushbu jarayon chegaralanishi, milliy iqtisodiyot mustaqilligi
cheklanishi yoki kengayishi, iqtisodiy muammolarni (masalan,
ishsizlik, inflyatsiya) bir mamlakatdan boshqasiga “ko`chib o‘tishi”
mumkin. Jahon valyuta tizimi faoliyat yuritish va tartibga solishning
alohida mexanizmlariga ega va jahon xo‘jaligining global maqsadlarini
ko‘zlasada, u milliy pul va hududiy valyuta tizimlari bilan chambarchas
bog‘langan.
Jahon valyuta tizimi xalqaro pul munosabatlari tashkil topishining
tarixiy shakli bo‘lib, u davlatlararo shartnomalar orqali
mustahkamlangan. Jahon, hududiy va milliy valyuta tizimlari
doirasida, quyidagi moliyaviy operatsiyalar amalga oshiriladi:
Valyuta konvertirlanishi - milliy valyutani xorijiy valyutaga
almashtirish;
Tijorat banklari va birjalarda valyuta oldi-sotdi operatsiyalari. Bu
valyuta dilingi deyiladi. Hozirgi kunda, operatsiyalarning asosiy qismi
naqd pulsiz holda amalga oshiriladi. Bir bankdan boshqasiga pul
o‘tkazish vakillik hisobvaraqlar orqali amalga oshiriladi. Banklararo
amaliyotda LORO (Siz bizda) va NOSTRO (biz Siznikida) hisobvaraqlari
mavjud.
Tijorat banklarining depozit-kredit deb nomlanuvchi, valyuta
mablag‘larini jalb qilish va joylashtirish bilan bog‘liq operatsiyalari.
Bu operatsiyalar - o‘zaro kreditlash, o‘z va jalb qilingan mablag‘larni
joylashtirish, kreditlarni taqdim etish, rasmiylashtirish va monitoring
bilan bog‘liq banklararo operatsiyalardir.
Tashqi savdo operatsiyalarida, xalqaro amaliyotda qabul qilingan turli
shakldagi hisob-kitoblarda bank xizmati ko‘rsatish;
Oltin va fond instrumentlari (mulkchilik titullari, obligatsiyalar,
ikkilamchi moliyaviy instrumentlar va h.k.) sotish yoki sotib olish
maqsadida, moliya bozorida amalga oshiriladigan operatsiyalar. Bu
operatsiyalarning barchasi investitsiya maqsadlarida, shuningdek,
chayqovchilik yoki xejerlash (sug‘urta) maqsadlarida amalga
oshiriladi. Banklar ushbu operatsiyalarni o‘z nomidan yoki mijoz
topshirigiga ko‘ra amalga oshiradilar;
Kredit (debit) kartochkalarining egalariga xizmat ko‘rsatish bilan
bog‘liq operatsiyalar;
Bank xalqaro transfertlari (dividend, foiz, pensiya to‘lovi, aliment,
hadyalar, sayyohlarga xizmat ko‘rsatish va h.k.) amalga oshirish.
Zamonaviy valyuta tizimi, uning ham hududiy (geografik jihatdan),
ham vaqt jihatdan (kechayu-kunduz ishlovchi valyuta bozori), ham
texnologik jihatdan (axborot texnologiyalari va tarmoqlarining
yaxlitligi) globallashganligi bilan tavsiflanadi. Zamonaviy valyuta
tizimining globallashuvining o‘ziga xos jihatlari quyidagilardan iborat:
valyuta kurslari va foiz stavkalarining kutilmaganda va keskin
o‘zgarishi bilan tavsiflanadigan bozor mexanizmi;
bir tomondan, oldindan kutilmagan voqealarga (neft falajlari yoki
Germaniyaning birlashuvi kabi) tezda moslashishga zarurat, boshqa
tomondan, mamlakatlar hukumatlarining inflyatsion siyosat yuritishi
va davlat qarzdorligi o‘sishi siyosatidan kafolatlovchi ma‘lum xalqaro
tartibga solish instrumentlarini yaratish.
Jahon valyuta tizimining eng asosiy xususiyati shundaki, u har doim
o‘zgarib, rivojlanib turadi. Bu o‘zgarishlarning eng umumiy sabablari jahon xo‘jaligini rivojlantirishdagi xalqaro hamkorlikning kuchayishi,
tovar ishlab chiqarish va bozorlarning baynalminallashuvidir. Bugungi
kunda uni tartibga solish mexanizmlarining doimiy o‘zgarishi va
valyuta tizimining barqarorligi, valyuta tizimining evolyutsiyasi bilan
qanchalik mos tushishiga bog‘liq. Xalqaro valyuta tizimlarining
ma‘lum shakllari, ishlab chiqarishning rivojlanishi, xalqaro aloqalar,
milliy pul tizimlari, jahon maydonidagi kuchlar nisbatiga, yetakchi
mamlakatlarning manfaatlariga qarab belgilanmoqda.



Jahon valyuta tizimining rivojlanish bosqichlari.
Parij jahon valyuta tizimi (1867-1914y.) Pulning xalqaro almashuvi,
xuddi pulning o‘zi singari qadimiy bo‘lsada, hozirgi shaklda valyuta
bitimlarining paydo bo‘lishi XIX asr oxiriga borib taqaladi. Birinchi
jahon valyuta tizimi - 1865 yilda to‘rtta G‘arbiy Yevropa mamlakatlari
tomonidan tashkil etilgan va «Oltin andozasi» asosida faoliyat
yuritgan - Lotin tanga ittifoqi hisoblanadi. Mazkur valyuta tizimi,
rasmiy ravishda 1867 yilda Parij konferentsiyasida tan olindi va
dunyoning 30 dan ortiq mamlakati tomonidan maxsus xalqaro
shartnomaga imzo chekildi. Bu valyuta tizimi Oltin andozasi»ga ya‘ni,
oltinni etalon (mezon) metall sifatida qabul qilishga asoslangan milliy
pul tizimlarini birlashtirdi. Shuning uchun ham Parij valyuta tizimi
«Oltin tanga andozasi» deb yuritila boshlandi. Bunga muvofiq, jahon
puli oltin tangalar va oltinga konvertirlanadigan pullardan tashkil
topgan edi. Oltin andoza tartibi bosqichma-bosqich uch shaklni
boshdan kechirdi. 1914 yilgacha oltin tanga bosqichi, 1922 yildan
1929 yilgacha oltin qo‘yilma andozasini, 1944 yildan 1971 yilgacha
oltin deviz andozasi. Oltin tanga andozasi davrida zarbxonalar oltin
qo‘yilmalardan oltin tangalar ishlab chiqarish huquqiga ega edilar. Bu
erkin tarzda va deyarli tekin amalga oshirilgan, shuning uchun ham,
bu tangalar pul massasining asosini tashkil qilgan. Qog‘oz pullar xuddi
oltin tangalar qatori muomalada bo‘lgan va ular oltinga to‘la
konvertirlangan. Oltin bilan konvertirlanganlik doimo ta‘minlanishi
uchun, qog‘oz pullar emissiyasi chegaralangan. Yangi tizimning dunyo
bo‘ylab keng tarqalishi bilan, unga bo‘lgan ishonch ortdi. Bu amalda,
xalqaro hisob-kitoblarda to‘lov vositasida oltin va boshqa shu kabi
qimmatbaho metallarni olish yoki berish o‘rniga, xorijiy schetni
debitlash yoki kreditlash orqali to‘lovni amalga oshirishga olib keldi.
Valyuta dilerlari qo‘lida telegraf, telefon, teletayp kabi vositalarning
paydo bo‘lishi, xalqaro valyuta savdosini professional darajada
yuritishga imkoniyat berdi.
Parij valyuta tizimi birinchi jahon urushigacha amalda bo‘ldi. Uning
asosiy xususiyati, paritetlari oltinga nisbatan o‘rnatiladigan,
belgilangan valyuta stavkalarida edi. Bu davlat tomonidan
kafolatlangan bo‘lib, «valyutaning oltin pariteti» yoki «valyutaning
oltin tarkibi» deb nom oldi. Oltin tanga andozasi davrida, oltin
hisobiga ikkiyoqlama funktsiya amalga oshirilgan. Mazkur
funktsiyalar: xalqaro hisob-kitoblarda tan olingan to‘lov vositasi
sifatida hamda bir vaqtning o‘zida, ichki bozorda yagona qabul
qilingan almashuv va to‘lov vositasi edi.
Oltin ushbu funktsiyalarni ta‘minlashi uchun, quyidagi shartlar
bajarilishi shart bo‘lgan:
Markaziy bank oltinni, belgilangan kurs bo‘yicha, chegaralangan
miqdorda sotishni va sotib olishni kafolatlashi.
Oltin egasiga, davlat zarbxonasida tayyorlangan oltinni tanga va
quyma shaklida har qanday miqdorda saqlashi. Oltin zahiralarni
saqlash jarayoni esa, tezavratsiya degan nom olgan.
Oltinning import va eksporti chegaralanmaganligi.
Ushbu shartlarning bajarilishi, tangani metall qiymati va nominali har
doim bir xilda bo‘lishi ta‘minlangan. O‘z-o‘zidan, oltin tanga andozasi
sharoitida, likvidlilik - sanoat maqsadlari uchun zarur bo‘lgan oltinni
ishlab chiqarish tezligi va oltinning miqdori bilan aniqlangan.
Barcha valyutalar va oltin o‘rtasidagi yaqin bog‘liqlik, xalqaro
hisobkitoblarni amalga oshirishda, ma‘lum ta‘sirini o‘tkazdi.
Oltin andozasining avtomatik faoliyati deb ataladigan jarayon
quyidagicha amalga oshdi: to‘lov balansida taqchillik mavjud
mamlakat, ma‘lum miqdordagi oltinni chet elga olib chiqishi shart
bo‘lgan. Bu muomaladagi pul massasini kamaytirib, deflyatsiyaga olib
kelgan (deflyatsiya -muomaladagi pul massasi o‘sishini chegaralash
jarayoni, inflyatsiyaning teskarisi). Va aksincha, bir mamlakatdan
ikkinchi mamlakatga oltinning olib kelinishi, ikkinchisida inflyatsiyani
keltirib chiqargan. Shu yo‘l bilan hosil qilingan narxlar o‘rtasidagi farq,
oltin olib chiqilgan mamlakat uchun foydali hisoblangan. Eksportni
kengaytirish, importni qisqartirish orqali, bunday mamlakat to‘lov
balansini yaxshilagan. Shuningdek, tartibga solish jarayonida pul
(oltin) taqchil bo‘lgan mamlakatda hisob stavkalarini oshirish va
aksincha, pul (oltin) ortiqcha bo‘lgan mamlakatda hisob stavkasini
tushirish qo‘llanilgan. Yuqoridagilar natijasida yuzaga keladigan
kapital ko‘chishi, ikki mamlakat o‘rtasidagi to‘lov holati
balanslanishiga yordam bergan. Oltin andozasi sharotida, birja
almashuv kurslari juda tor chegarada +1%ga tebranishi mumkin edi.
Bu holat yuqori va quyi «oltin nuqtalari», deb nom oldi. Rasmiy
paritetdan bunday og‘ishishni, oltin oldi-sotdisi paytida fraxt va
sug‘urta bilan bog‘liq xarajatlarning kelib chiqishi, tashiladigan oltin
qiymatining +l%ini tashkil etganligi bilan tushuntirish mumkin. Agar,
ma‘lum valyutaning almashuv kursi, o‘z paritetidan yuqori bo‘lsa,
xorijiy valyutani sotib olishdan, oltinni tashib keltirish arzon
hisoblangan. Debitor o‘z pulini oltinga almashtirib, qarz to‘lagan.
Boshqa tomondan, agar valyuta kursi tushsa, kreditor qarzni oltin
bilan to‘lanishini talab qilgan. Bu tizimda valyuta munosabatlari
davlatning aralashuvidan xolis tarzda amalga oshirilganligidan hamda
almashuv kursining tebranishi sezilarsiz bo‘lganligidan, valyuta riski
past edi. Mazkur tizim 1914 yilgacha amalda bo‘ldi. Birinchi Jahon
urushi yillarida yuzaga chiqqan iqtisodiyot uchun yirik hajmdagi
zaruriy mablag‘lar, faqatgina qo‘shimcha pul chiqarish yo‘li bilan
qondirilishi mumkin edi. Ichki bozorga salbiy ta‘sirini inobatga olib,
ko‘pgina mamlakatlar oltin andozasiga asoslangan qoidalarni bekor
qiluvchi chora-tadbirlarni qo‘lladilar. Bu esa, Parij Jahon valyuta
tizimini amalda parokandalikka olib keldi.
Genuya jahon valyuta tizimi (1922-1929y). Ikkinchi jahon valyuta
tizimi 1922 yilda o‘tkazilgan xalqaro Genuya konferentsiyasi
qarorining natijasi edi. Bu tizim - oltin andozasiga taalluqli bo‘lib,
uning yangi ko‘rinishi «oltin qo‘yilma andozasi» hisoblanadi. Oltin
qo‘yilma andozasi amal qilgan sharoitda, muomaladagi pullar yoki
qisman, yoki to‘liq qog‘oz pullar edi. Huquqiy jihatdan, mazkur qog‘oz
pullarni hohlagan paytda emission bankdan oltinga almashtirish
mumkin bo‘lgan. Amalda esa, ushbu pullarning ma‘lum qismini shu


yo‘l bilan almashtirish mumkin bo‘lgan. Emission bank, albatta, pulni
to‘liq ta‘minlash uchun zarur bo‘lgan oltinni saqlashi shart emas edi.
Belgilangan ta‘minot (oltin) qanchalik oz bo‘lsa, davlatning
qo‘shimcha qog‘oz pullarni chiqarish imkoniyati shunchalik ko‘p
bo‘lgan. Shu sababli, muomaladagi qog‘oz pul miqdori saqlanadigan
metall pul miqdoridan yuqori bo‘lgan. Oltinga almashinadigan
valyutalar sifatida dollar, frantsuz franki va funt sterling tanlandi.
Genuya valyuta tizimi atigi 1929 yilgacha amalda bo‘ldi. Ushbu
tizimning parokandalikka uchrashiga asosiy sabab, urushdan keyingi
inflyatsiya ta‘sirida valyuta pariteti norealligining o‘sib borishi bo‘ldi.
Aksariyat mamlakatlarda inflyatsiya sur‘atlarining turli darajada
bo‘lishi, xalqaro narxlarga bog‘liqlikda nomutanosiblikning
kuchayishiga olib keldi. Masalan, 1925 yilda funt sterling dollarga
nisbatan 44 foizdan past bo‘lmagan baholanishga ega bo‘lgan.
Ko‘pgina mamlakatlarda, iqtisodiyotning ichki va tashqi sohalarida
dollar orqali muvofiqlashtirish sezilarli darajadagi inflyatsiyani keltirib
chiqardi. Bitta valyutaning almashinuv kursining pasayishi,
boshqalarining ham qayta baholanishiga olib keldi. Oldingi paritetni
tiklash maqsadida, almashuv kursi ko‘tarilgan mamlakatlarda ham
inflyatsiya yuz berdi. Natijada, yuzaga kelgan devalvatsiya barcha
asosiy valyutalarga ta‘sir etdi.
Ikki jahon urushi oralig‘ida xalqaro pul tizimi barqarorligini buzilishiga
sabab bo‘lgan omillar, faqatgina inflyatsiya va devalvatsiya emas edi.
1931 yildan boshlab, butun jahon iqtisodiyotini falaj ahvolga solib
qo‘ygan inqiroz tufayli, valyuta nazorati joriy qilindi. Asosiy
ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liq, joriy to‘lovlarni amalga oshirishga
yetarli xorijiy valyuta zahirasini ta‘minlash, nazorat qilishning asosiy
vazifasi edi.
Buning uchun, hukumatlar xorijiy valyutaning importi va eksporti
ustidan nazoratni amalga oshirishlariga to‘g‘ri keldi. Haqiqatda, tizim
uchta valyuta blokiga ajraldi: dollar, funt streng va frank hududli.
Bular Ikkinchi jahon urushigacha amal qildi. Shuni alohida ta‘kidlash
joizki, frank hududi, Afrikaning frantsuz tilida so‘zlashuvchi
mamlakatlarida evro muomalaga chiqqunga qadar faoliyat yuritdi.
Brettonvud jahon valyuta tizimi (1944-1972 yy.). 1943 yilga kelib,
AQSH hamda Buyuk Britaniya erkin va barqaror valyuta tizimini barpo
qilish uchun dastlabki qadamlarni qo‘ydi. 1944 yilning iyul oyida
Bretton-Vuds shaxrida bo‘lib o‘tgan konferentsiyada, AQSH oltin
andozasiga asoslangan kontseptsiyaga o‘tish tashabbusi bilan chiqdi.
Shu vaqtning o‘zida, yangi xalqaro valyutani tartibga solish tizimi
faoliyatini nazorat qilish uchun, Xalqaro valyuta fondi (XVF)ni tashkil
etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Yangi tartibning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat edi:
barqaror almashuv kurslariga ega bo‘lgan, xalqaro valyuta tizimini
tashkil etish;
qattiq valyuta nazorati bekor qilinishi va barcha valyutalarning
konvertirlanishiga erishish.
Brettonvud tizimining asosiy tomonlari quyidagi tamoyillarni o‘z
ichiga oladi:






mamlakatlar o‘rtasidagi hisob-kitoblarda oltin o‘zining oxirgi pul
funktsiyasini saqlab qoldi;
Amerika dollari zahira valyuta sifatida qabul qilindi. U oltinga
tenglashtirilib, boshqa mamlakatlarning valyuta qiymatini o‘lchash
hamda xalqaro kredit to‘lovi vositasi sifatida qabul qilindi;
boshqa mamlakatlarning Markaziy banklari va hukumatlari dollarni,
AQSH xazinachiligidan 1 troya untsiyasi (31,1 g.) uchun 35 doll, kurs
bo‘yicha almashishi mumkin edi. Bundan tashqari, hukumat organlari
va xususiy shaxslar oltinni xususiy bozorlardan xarid qilishlari mumkin
edi. Oltinning valyuta bahosi rasmiy kurs asosida belgilanib, u 1968
yilgacha sezilarli darajada tebranmagan;
valyutalarning bir-biriga tenglashtirilishi va ularni o‘zaro almashtirish,
oltin va dollarda ifodalanadigan rasmiy valyuta paritetlarida amalga
oshirilgan;
barcha mamlakatlar har qanday olingan boshqa mamlakat
valyutasiga nisbatan, o‘z valyuta kursi barqarorligini saqlashi shart
edi. Valyutaning bozor kursi, oltin yoki dollarda belgilangan
paritetdan 1 foizdan ortiq u yoki bu tomonga og‘ishi mumkin emas
edi. Paritetlarning o‘zgarishi, to‘lov balansidagi buzilishlar barqaror
tus olsagina, mumkin hisoblanardi. Dollardan foydalanish ko‘lamining
ommaviy tus olishi bilan, oltindan foydalanish hajmi keskin pasaydi;
valyuta munosabatlarini davlatlararo tartibga solish, asosan, XVF
tomonidan amalga oshiriladigan bo‘ldi.
O‘tgan asrning 60-yillariga kelib Brettonvud tizimi, o‘sib kelayotgan
jahon xo‘jaligining baynalmilallashuvi, TMKlarning valyuta sohasidagi
chayqovchiligining boshlanishiga qarshilik qilardi.
Oltin tartibidagi dollar andozasi tizimi, amalda asta-sekin dollar
andozasi tizimiga aylanib bordi. O‘tgan asrning 60-yillariga kelib,
AQSH iqtisodiyotidagi orqaga siljish, va asosan, G‘arbiy Yevropa va
Yaponiya iqtisodiy qudratining o‘sishi natijasida dollarning qadri
sezilarli darajada tushdi. AQSHdan tashqarida bo‘lgan dollar zahiralari
yirik evrodollar bozorini tashkil qildi. To‘lov balansidagi yirik taqchillik,
1 untsiya uchun dollar narxini 35 dollarga oshishiga olib keldi.
Valyuta tizimining larzaga kelishiga, shuningdek, turli mamlakatlarda
turlicha iqtisodiy o‘sish yuz berganligi ham o‘z ta‘sirini o‘tkazdi. 1961
yil martida yuzaga kelgan sezilarli darajadagi ijobiy to‘lov balansi
natijasida, nemis markasi va golland guldenining revalvatsiyasi yuz
berdi. Bir paytning o‘zida, 1963 yildan boshlab, funt sterling qattiq
bosim ostida qoldi. Ko‘rsatilgan barcha yordamlarga qaramasdan, uch
yillik inqiroz davrida, 1967 yilga kelib, funt sterling pariteti 2,80 dan
2,40 dollargacha devalvatsiya qilindi. Buning natijasida oltinga
bo‘lgan talab ortdi. Bularning barchasi oltinning kamayishiga olib
keldi. Markaziy banklarni 1968 yilda oltin puli (ingl. )dan voz
kechishga va oltin bozorining amerika sektoriga jamlanishiga olib
keldi. 1960 yillarga kelib, AQSH to‘lov balansidagi taqchillik, oltin
zahirasini 18 mlrd. dollarga, 1970 yillarda esa, 11 mlrd. dollarga
kamaytirdi. Bir vaqtning o‘zida, AQSHga nisbatan xorijiy
kreditorlarning talabi ancha o‘sib, 1970 yilda u AQSH ixtiyoridagi oltin


zahiralaridan ikki marotaba ko‘p edi. 1971 yilning iyuniga kelib AQSH
dollarni oltinga rasmiy bahoda almashtirishdan bir tomonlama bosh
tortdi. Bu Brettonvud tizimining amalda bekor bo‘lishini bildirardi.
Yamayka jahon valyuta tizimi (1976y.-hozirgi paytgacha). 1976 yili
Kingstonda (Yamayka) bo‘lib o‘tgan XVFning navbatdagi yig‘ilishida
yangi valyuta tizimiga asos solindi. Yamayka bitimining yo‘riqlari
asosida, xalqaro valyuta mexanizmini tashkil etish tamoyillarini
quyidagicha keltirish mumkin: oltinning qiymatni o‘lchash sifatida va
valyuta kurslarini hisoblash vositasi sifatidagi tangar funktsiyasi bekor
qilindi. Oltin erkin narx belgilanadigan oddiy tovarga aylandi. Bir
vaqtning o‘zida u, yuqori likvidli aktiv sifatida maxsus tovar bo‘lib
qolaveradi. Kerak bo‘lib qolganda, oltin sotiladi va undan olingan
valyuta tushumidan to‘lov uchun foydalaniladi. Muomalaga SDR
andozasi (Special drawing rights - SDR) - «maxsus qarzdorlik huquqi»
kiritildi. Bundan ko‘zlangan maqsad, ushbu valyutalarni asosiy zahira
avuari qilib, boshqa zahira valyutalarni, birinchi navbatda, AQSH
dollari rolini pasaytirish edi.
Mamlakatlarga valyuta kursi tartibini tanlash huquqi berildi.
Mamlakatlar o‘rtasida amaldagi valyuta munosabatlari, ular milliy pul
birliklarining suzib yuruvchi kursiga asoslana boshladi. Kurslarning
tebranishiga, asosan, ikkita omil ta‘sir ko‘rsatar edi:
a) valyutaning mamlakat ichki bozoridagi xarid quvvati, real qiymat
nisbatlari
b) xalqaro bozorlarda, milliy pulga bo‘lgan talab va taklif.
O‘tgan asrning 90-yillariga kelib, suzib yuruvchi kurs omillarini tadbiq
etish natijasida, xalqaro valyuta tizimini tashkil etishning quyidagi
elementlariga asoslangan murakkab chizmasi paydo bo‘ldi;
munosabatlarni saqlash kerak bo‘lgan alohida milliy valyutalar, asosiy
tayanch birliklar sifatida tanlanadi, aniqrogi, o‘z valyuta kursini
boshqa valyutaga bog‘lash;
valyuta kurslarining tebranish darajasi bir xil emas, shuningdek,
tebranish oralig‘i keng.
Bunda, valyuta kursi, ayrim valyutalarga nisbatan ma‘lum oraliqda
ushlab turiladi, boshqa valyutalarga nisbatan esa, erkin almashiladi.
Boshqacha so‘z bilan aytganda, milliy valyuta pariteti, asosan, SDRga
nisbatan ushlab turiladi. Amalda mamlaqatlaming valyuta tartibini
e‘lon qilishlari turlichadir. 1988 yilda 58 mamlakat o‘z valyuta kursini,
bitta asosiy hamkor mamlakat valyutasiga nisbatan o‘rnatishi haqida
qaror qabul qilindi: amerika dollariga (39 mamlakat), frantsuz
frankiga (14 frank hududi mamlakatlari) va boshqa valyutalarga (5 ta
mamlakat). Yamayka bitimiga asosan, jamoa zahira valyuta birligi
sifatida SDR tan olindi. SDRning qiymati dastlab, oltinga ko‘ra
belgilangan (SDR=0,888671 sof oltin) bo‘lsa, 1974 yil 1 iyundan
boshlab, SDR kursi «valyuta savati»ga nisbatan aniqlana boshlandi.
SDR bo‘yicha depozitlar foiz keltiradi. Agar XVFda SDRdagi avuarlar
assignovaniyadan ortiqcha bo‘lsa, mamlakat foiz oladi, aksincha,
SDRdagi avuarlar assignovaniyadan kam bo‘lsa, foiz to‘laydi. U, a‘zo
mamlakatlarga XVFda ajratilgan kvotalar asosida XVFdagi maxsus
hisobvaraqlarda olib boriladi. Ushbu kvotalar, to‘lov balansidagi
taqchillikni moliyalashtirish uchun, zaruriy valyutani sotib olishga
ishlatiladi. Ammo, SDRning xalqaro hisob-kitoblardagi ulushi 6 foizga
yaqin. Ko‘pchilik iqtisodchilarning fikricha, SDRga zahira valyutasi
sifatida emas, balki ko‘proq darajada kredit sifatida qarash kerak.
Lekin, SDR ham zahira, ham kredit valyutasi hisoblanadi.
Shunday qilib, jahon valyuta tizimining uchta ko‘rinishi amal qilgan va
oldinma keyin bir-birini o‘rnini almashtirgan. Ulardan birinchisi «oltin tanga andozasi» tizimi - qonuniy jihatdan asosiy pul shakli rolini
bajaruvchi oltinga asoslangan. Milliy birliklarning kursi oltinga qattiq
bog‘langan bo‘lib, valyutalar bir-biriga oltin bilan ta‘minlanganligi
orqali, qattiq kurs bo‘yicha taqqoslangan. Valyuta kurslarining e‘lon
qilingan nisbatlardan og‘ishi + 1% dan ortmagan va «oltin nuqtalar»
chegarasida bo‘lgan.
Ikkinchi tizim - bu «oltin deviz andozasi» (Brettonvud valyuta tizimi)
bo‘lib, u AQSH dollariga nisbatan valyutaning qattiq kursini o‘rnatish
(og‘ishishlar chegarasi +1% oraliqda) orqali amal qilgan. AQSH
dollarining kursi oltinga nisbatan qattiq o‘rnatilib, dollar shu kurs
bo‘yicha oltinga konvertirlangan. Tizimning o‘zi esa, «oltin deviz
andozasi» degan nom oldi. Genuya tizimini, oltin tanga va oltin deviz
andozalari o‘rtasidagi oraliq tizim deyish mumkin.
Uchinchi jahon valyuta tizimi - Yamayka valyuta tizimi, suzib
yuruvchi, almashuv kurslariga asoslangan bo‘lib, «ko‘p valyutali
andoza», yoki boshqacha - SDR andozasi deb nomlanadi. Mamlakat
belgilangan, suzib yuruvchi yoki aralash valyuta kurslarini tanlashi
mumkin. Bu, shuningdek, valyuta inqirozlarini keltirib chiqarish
xususiyatiga ham ega.
4.O’zbekistonda xalqaro valyuta-kredit va moliya tashkilotlarining
o’rni.
O‘zbekiston Respublikasi 1992 yilning 21 sentabrida Xalqaro valyuta
jamg‘armasining a’zoligiga qabul qilindi. 1993 yilning sentabr oyidan
boshlab XVJning O‘zbekitondagi vakolatxonasi ish yuritadi va u
XVJning Vashingtondagi (AQSh) bosh qarorgohi (shtab-kvartirasi)
bilan ma’lumotlarning tezkor ayirboshlanishini ta’minlagan holda
respublikaning Jamg‘arma bilan o‘zaro aloqalarini amalga oshirishda
hamkorlik qiladi.2016 yilga qadar O‘zbekistonning XVJdagi kvotasi
275,6 mln SDRni tashkil etdi. XVJ kvotalarini navbatdagi qayta ko‘rib
chiqish bo‘yicha XVJ Boshqaruvchilar Kengashining qarori kuchga
kirganidan keyin ya’ni 2016 yil yanvarida respublikamiz kvotasi 275,6
mln. SDRdan 551,2 mln. SDR ga yetkazildi. Bunda, kvotalarning
umumiy sonidagi mamlakatimizning ulushi 0,116 foiz miqdorida
saqlanib qoldi.O‘zbekiston Respublikasi ovoz berish jarayonlarida o‘z
tarkibiga Janubiy Koreya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Yangi Gvineya
Papuasi, Mongoliya, Vanuatu, Solomon orolllari, Samoa, Seyshel
orollari, Palau, Mikroneziya, Marshall orollari, Karibati va Tuvalu
mamlakatlarini o‘z ichiga olgan guruh tarkibiga kiradi. Guruhga 2016
yildan boshlab Xinam ChOY rahbarlik qiladi.XVJdagi O‘zbekiston
nomidan boshqaruvchi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining
o‘rinbosari – moliya vaziri, uning o‘rinbosari esa – Markaziy bank Raisi
hisoblanadi. Markaziy bank XVJ bilan hamkorlik manzili qilib
belgilangan.O‘zbekiston Respublikasi 2003 yilning 15 oktabridan XVJ
Bitimlari VIII moddasining 2 (a), 3 va 4 bo‘limlari bo‘limlari bo‘yicha
majburiyatlarni o‘z zimmasiga oldi.Bitimlar IV moddasiga muvofiq
maslahatlar berish va texnik yordam ko‘rsatish maqsadida XVJning
missiyasi muntazam ravishda O‘zbekiston Respublikasiga tashrif
buyuradi. Missiyalar faoliyati iqtisodiyot, moliya sektori va statistika
sohalaridagi ishlar holatini o‘rganish hamda kelgusida amalga
oshiriladigan islohotlarning yo‘nalishlarini belgilashga
qaratilgan.O‘zbekiston delegatsiyasi XVJ Boshqaruvchilar kengashi va
Jahon bankining yillik yig‘ilishlarida muntazam ishtirok etadi.XVJning
moliyaviy ko‘magi yordamida Yaponiya, AQSh va Avstriyadagi
magistratura va doktoranturalarda maxsus dasturlar bo‘yicha davlat
iqtisodiy idoralari xodimlarini o‘qitish ishlari amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, Birlashgan Vena institutida (JVI) makroiqtisodiy
siyosat yo‘nalishlarida muntazam ravishda qisqa muddatli trening va
seminarlar muntazam o‘tkazib boriladi.Oxirgi yillarda Markaziy
bankning XVJ bilan texnik ko‘maklar doirasidagi hamkorligi asosan
monetar siyosat, bank faoliyatini tartibga solish va bank nazoratini
takomillashtirish yo‘nalishlarida amalga oshirilmoqda.2017 yilda
amalga oshirilgan islohotlar munosabati bilan XVJ bilan hamkorlik
sezilarli ravishda faollashdi.Xususan, O‘zbekiston Respublikasi
delegatsiyasi o‘tgan yilning 19-21 aprel kunlari Vashington shahrida
bo‘lib XVJ va Jahon banki Boshqaruvchilar kengashining yig‘ilishida
ishtirok etdi.Shuningdek, XVJning ijro direktori K. Lagard O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining nomiga maktub yo‘llab, unda
mamlakatimizda o‘tkazilayotgan islohotlarni qo‘llab - quvvatlashini
hamda texnik ko‘mak va tavsiyalar berish orqali yordam ko‘rsatishga
tayyorligini bildirdi. Missiya tashrif yakunlari bo‘yicha quyidagi
bayonotni berdi:“Missiya Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan
tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda yanada
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ga asoslangan rasmiy
organlarning iqtisodiyotni isloh qilish bo‘yicha kompleks rejalarini
ma’qullaydi. Mazkur rejalarning o‘z vaqtida va samarali ijro etilishi
iqtisodiyotning sifatli ish o‘rinlari barpo etilishi va barqaror o‘sishini
ta’minlash salohiyatini sezilarli darajada oshishiga sharoit
yaratadi.Respublikada valyuta siyosatini erkinlashtirish borasidagi
islohotlar dasturi missiya tomonidan alohida e’tibor berilgan holda
ma’qullandi.Valyuta kurslarini unifikatsiya qilish va valyuta
resurslarini bozor tamoyillari asosida taqsimlash imkoniyatlarini
yaratish O‘zbekiston Markaziy bankiga barqarorlikni qo‘llabquvvatlash va inflyatsiyani samarali nazorat qilishga yo‘naltirilgan pulkredit siyosatini olib borishiga sharoit yaratadi.Shuningdek ushbu
islohotlar tashqi raqobatbardoshlik, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy
investitsiyalarni jalb qilish hajmlarini oshirish va ichki resurslar
taqsimotini takomillashtirish orqali ish o‘rinlari yaratish va iqtisodiy
o‘sish suratlarini tezlashtirishga yordam beradi.O‘zbekistonning
sezilarli valyuta rezervlari ushbu islohotlarni dadil amalga oshirish
imkonini beradi”.XVJning Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlari
departamenti direktoi D.Azur 14-16 sentabr kunlari tashrif bilan
Toshkent shahrida bo‘ldi. Ushbu missiya tomonidan e’lon qilingan
bayonotda quyidagilar qayd etildi: “O‘zbekistonda iqtisodiy
islohotlarni amalga oshirish jarayonida qator masalalarni hal etishga
duch kelinishi mumkin va ushbu islohotlar mamlakatga yanada
samarali va yakunda tez rivojlanuvchi iqtisodiy tizimga o‘tish imkonini
beradi. Shuningdek, men mamlakat hukumatining hududiy
hamkorlikni rivojlantirish va hududiy savdoni kengaytirishga
qaratilgan tadbirlarini mamnunlik bilan ma’qullayman”.Yuqori
darajadagi O‘zbekiston delegatsiyasining AQShga tashrifi davomida
Nyu-York shahrida 19 sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh. Mirziyoevning XVJ direktori - taqsimlovchisi K. Lagard bilan
uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda Jamg‘arma rahbari O‘zbekistondagi
iqtisodiy islohotlar jarayonlariga yuqori baho berdi va ularni qo‘llabquvvatlashini bildirdi:
Xulosa o'rnida aytish joizki, O'zbekiston va Xalqaro moliya tashkilotlar
o'rtasidagi moliyaviy munosabatlarni rivojlantirishda, iqtisodiymoliyaviy rivojlanish omillaridan kelib chiqib, yuqorida aytilgandik,
puxta o'ylangan, vazmin, balki bir vaqtning o'zida ildam va qulay
bo'lishi hamda hozirgi tez o'zgaruvchan, dunyoda yuzaga kelishini
oldindan aytib bo'lmaydigan yangi muammo va tahlikalarga o'z
vaqtida va munosib javob bera oladigan darajada bo'lishi kerak.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, Xalqaro valyuta munosabatlari valyutalaming
xalqaro miqyosdagi harakati natijasida yuzaga keladigan moliyaviy
munosabatlardir. Xalqaro valyuta munosabatlarining subyektlari
bo‘lib, davlat, kompaniyalar, banklar, jismoniy shaxslar va xalqaro
moliya institutlari hisoblanadi. Xalqaro mehnat taqsimotining yuzaga
kelishi davlatlar o‘rtasida tashqi savdo munosabatlarining yuzaga
kelishiga sabab bo‘ldi. 0‘z navbatida, tashqi savdoni amalga oshirish
turli mamlakatlaming valyutalarini bir-biriga ayirboshlash zaruriyatini
yuzaga keltirdi. Xalqaro iqtisodiy integratsiya va globallashuv
jarayonlari- ning chuqurlashishi natijasida tadbirkorlik kapitali (to‘g‘ri
va portfelli xorijiy investitsiyalar) va ssuda kapitalining (xalqaro
kreditlar) xalqaro miqyosdagi oqimi kuchaydi. Bu esa, xalqaro valyuta
munosabatlarini rivojlantirishga kuchli turtki berdi. Komission
to‘lovlar bu qarz beruvchi bankka belgilangan muddat mobaynida
zarur kredit resurslarini qarz oluvchi ixtiyoriga berish va rezervda
saqlash majburiyati uchun to‘lanadi. Shuningdek, komission to‘lovlar
agar kredit alohida banklar tomonidan emas, balki banklar uyushmasi
tomonidan berilsa, kredit operatsiyalarini o‘tkazishni boshqarish
uchun ham to‘lanadi. So‘nggi holda yetakchi bank yoki uyushma ishni
tashkil etuvchi menejer kreditlashda qatnashish hissasini hamda
qarzni uzishdan, foizlami to‘lashdan tushadigan mablag‘larni
uyushma a’zolari o‘rtasida taqsimlaydi. Buning uchun qarz oluvchidan
boshqarish uchun bir martalik tartibda komission to‘lovlar oladi. Ichki
bozorda joylashtirilmagan qismi yevrovalyutalar bozoriga yo‘naltirildi.
Bu esa, transmilliy banklaming kreditlash imkoniyatini sezilarli
darajada oshirdi. Ammo transmilliy banklaming kreditlaridan doimiy
ravishda foydalanib kelgan va ushbu kreditlarga nisbatan talabning
asosiy qismini shakllantirgan rivojlangan mamlakatlaming mazkur
banklaming kreditlariga boigan talabi keskin kamaydi. Buning asosiy
sababi neft bahosining keskin oshishi natijasida yuz bergan iqtisodiy
konyunkturaning yomonlashganligi edi. Natijada, rivojlanayot- gan
mamlakatlaming transmilliy banklarning kreditlaridan foydalanish
imkoniyati oshdi. Ular o‘z hukumatlarining kafolati asosida transmilliy
banklarning kreditlarini keng ko‘lamda jalb qila boshladilar. Xalqaro
valyuta munosabatlari o‘ta beqaror, noaniq va tez o‘zgaruvchi
jarayon bo‘lib, uni har bir mamlakat hukumatlari bilan bir qatorda
valyuta-moliya sohasidagi davlatlararo tashkilotlar ham tar- tibga
solishga harakat qiladilar. Bunday tashkilotlar qatoriga Xalqaro
valyuta fondi (XVF), Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki (XTTB),
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT), Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA) kabilami kiritish mumkin.
Xalqaro valyuta fondi (XVF) o‘ziga a’zo mamlakatlaming valyuta kursi
va to‘lov balanslarini tartibga soladi, ulaming valyuta- moliyaviy
muammolarini hal etish maqsadida kreditlar ajratadi, rivojlanayotgan
mamlakatlaming ko‘p tomonlama to‘lovlari tizimini va tashqi
qarzlarini nazorat qiladi. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining
(XTTB) ham faoliyati xalqaro valyuta-moliyaviy munosabatlami
tartibga solishga yo‘naltirilgan bo‘lib, u o‘zining ikkita filiali - Xalqaro
moliyaviy korporatsiya (XMK) hamda Xalqaro rivojlanish
assotsiatsiyasi (XRA) bilan birgalikda Jahon banki tarkibiga kiradi.
XVFning a’zosi boigan mamlakatlar XTTBning a’zosi bo‘la oladi. XTTB
tomonidan taqdim etiladigan qarzlaming asosiy qismi qarz oluvchi
mamlakatlaming iqtisodiyotini tarkibiy qayta qurish imkonini
beruvchi loyiha va dasturlami amalga oshirishga yo‘naltirilgan uzoq
muddatli kreditlar hisoblanadi. Xalqaro moliyaviy korporatsiya
(XMK)ning faoliyati ustun ravishda rivojlanayotgan mamlakatlaming
xususiy sektorini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.Xodiyev B.Yu., Shodmonov Sh. Iqtisodiyot nazariyasi. T.:2018
2.Shodmonov. Sh., Mamaraximov Iqtisodiyot nazariyasi. T.:2016
3.Xudoyberdiyev Z. va boshq. Xalqaro valyuta- kredit munosabatlari.
T.: Iqtisod-Moliya. 2012. 200b
4.Bobakulov T.I., Abdullayev U.A. Xalqaro valyuta- kredit
munosabatlari. T.:Sano-standart.2014.231b
5.Tojiyev R.Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari.T.:2006
6.Vaxobov A.V., Rasulov T.S. Valyuta munosabatlari nazariyasi.T.:Fan
va texnologiya.2013
Internet saytlari:
7.http://www.press-service.uz - O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
axborot markazi sayti
8.http://www.gov.uz - O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
rasmiy sayti
9.http://www.stat.uz-O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika
qo’mitasining rasmiy sayti
10.http://www.cbu.uz- O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki
rasmiy sayti.
Download