EXCEL DASTURIDA DIAGRAMMA VA GRAFIKLAR BILAN ISHLASH Reja: 1. EXCEL haqida ma’lumot 2. Diagramma va grafiklar bilan ishlash Microsoft Excel (baʼzan Microsoft Office Excel deb ataladi) — Microsoft korporatsiyasi tomonidan elektron jadvallar bilan ishlash uchun dastur. U iqtisodiy-statistik hisob-kitoblar, grafik vositalar imkoniyatlarini taqdim etadi. Microsoft Excel Microsoft Officening tarkibiy qismi hisoblanadi va bugun Excel dunyodagi eng mashxur ilovalar qatoriga kiradi. Diagrammalar grafiklar dеb ham ataladi. Ular elektron jadvallarning ajralmas qismidir. Diagramma — sonli jadval ko’rinishida bеrilgan axborotlarni ko’rgazmali namoyish etish usulidir. Excel dasturining foydali tomoni unda kiritilgan maʼlumotlar asosida diagrammalar yaratish mumkin. Excelda maʼlumotlar asosida tayyorlanadigan diagrammalar quyidagi turlarga boʻlinadi: gistogramma; — sohali; grafikli; — xalqali; doiraviy; — sirtli; nuqtali; — birjaviy va hokazo. Ma’lumotlarni diagramma shaklida namoyish etish bajarilayotgan ishni t еz tushunishga va uni tеz hal qilishga yordam bеradi. Jumladan, diagrammalar juda ko’p hajmdagi sonlarni ko’rgazmali tasvirlash va ular orasidagi aloqadorlikni aniqlashda juda foydalidir. Diagrammalar asosan sonlar bilan ish yuritadi. Buning uchun ishchi jadval varaqiga bir necha son kiritiladi, so’ng diagramma tuzishga kirishiladi. Odatda, diagrammalar uchun foydalanilayotgan ma’lumotlar bir joyda joylashgan bo’ladi. Ammo bu shart emas. Bitta diagramma ma’lumotlarni ko’p sonli ishchi varaqlar va hatto ishchi kitoblardan ham olishi mumkin. Excelda tuzilgan diagrammalarni joylashtirishning ikki xil usuli mavjud: 1. Diagrammani varaqning ichki elementi sifatida bevosita varaqqa qo’yish. (Bu diagramma joriy qilingan diagramma deb ataladi.) 2. Ishchi kitobning yangi diagrammalar varag’ida diagramma qo’yish.