Uploaded by Mironshoh Idrisov

AHOLI O

advertisement
AHOLI O‘RTASIDA OMMAVIY SPORTNI RIVOJLANTIRISH VA
SOG‘LOM TURMUSH TARZINI TARG‘IB QILISH MUAMMOLARI VA
YECHIMLARI
S.X. Kadamov O‘ZDJTSU Menejment va sport tadbirlarini
tashkil etish kafedrasi o‘qituvchisi
Mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash
masalasi dolzarb ahamiyat kasb etadi. Jismoniy tarbiya va sport sohasida keng
ko‘lamdagi islohatlar amalga oshirilib, sportning ustuvor turlari ommaviyligini
oshirish va rivojlantirish hamda iqtidorli yoshlarni saralash (seleksiya) borasida
mamlakatimiz rahbariyati tomonidan bir qator huquqiy-me’eriy xujjatlar qabul
qilindi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2020 yil 30 oktyabrdagi
“Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6066-sonli Farmoni, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 noyabrdagi “Yurish yugurish, mini-futbol,
badminton, stritbol, “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risidagi PQ-5282-sonli qaroriga muvofiq, aholini keng qatlamlarini jismoniy
tarbiya va sportga jalb qilish, xususan,
aholi o‘rtasida ommaviy sportni
rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish – yurish yugurish, minifutbol, velosport, badminton, stritbol, “Workout” (mahalla va ko‘cha fitnesi)
sportning ustuvor turlarini ommaviylashtirish va rivojlantirish borasida zurur
maqsad-vazifalar belgilangan bo‘lib, hozirda mazkur masalalar o‘z yechimini
topmoqda.
Ana shu ezgu maqsadida, aholi o‘rtasida sportning ustuvor turlari
ommaviyligini oshirish, iqtidorli yoshlarni saralash (seleksiya), sportning ustuvor
turlari bilan shug‘ullanish uchun shart-sharoitlar yaratish, ularni ommalashtiri,
moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy sport anjomlari bilan
ta’minlash hamda hududlarda ayniqsa mahalalarda sportning
ustuvor turlarini
yanada rivojlantirish va ommalashtirishga qaratilgan sport tadbirlarini tashkil etish
vazifalarini amalga oshirishda vazirliklar, idora va tashkilotlar, ta’lim muassasa
rahbarlari hamda jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarni va o‘qituvchimurabbiylar oldidagi muhim vazifalar hisoblanadi.
Darhaqiqat, aholi o‘rtasida ayniqsa
yoshlarning bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri
tashkil etish, mahalalarda sportning ustuvor turlarini yanada rivojlantirish va
ommalashtirish, iqtidorli yoshlarni saralash (seleksiya) qaratilgan sport tadbirlarini
tashkil etishb borilsa, sog‘lom avlodni tarbiyalash yo‘lidagi muhim omil bo‘lib
hisoblanadi.
Aholi o‘rtasida yurish yugurish, mini-futbol, velosport, badminton, stritbol,
“Workout”
(mahalla
va
ko‘cha
fitnesi)
sportning
ustuvor
turlarini
ommaviylashtirish rivojlantirish va sog‘lom turmush targ‘ib qilish katta
ahamiyatga ega.
Ta’lim muassaslarida va ayniqsa, aholi turur joylarida yurish va yugurish
bo‘yicha «Barcha rekordlar bizniki!» (5 va 10 ming qadamga), turli masofalarga
yugurish bo‘yicha «Yangi rekordlar sari!»;
mini-futbol bo‘yicha — «Yangi O‘zbekiston yoshlarimiz», «Sog‘lom oila —
Yangi O‘zbekiston tayanchi» (oilaviy jamoalar o‘rtasida) «Rahbar kubogi» (davlat
organlari va tashkilotlari xodimlari o‘rtasida);
badminton bo‘yicha — «Bahor malikalari», «Badminton ligasi» (umumiy
o‘rta va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida), «Rahbar kubogi»
(davlat va nodavlat tashkilotlarining xodimlari o‘rtasida) va «Imkoniyatingizdan
ko‘prog‘ini bajaring!» (aholining keng qatlamlari o‘rtasida);
stritbol va «Workout» bo‘yicha — «Rekorddan — yangi rekordga!» va
«Giyohvand moddalarga qarshi!» (ta’lim muassasalari o‘quvchi va talabalari
o‘rtasida), «Muhimi g‘alaba qozonish emas, balki qatnashish!» (mahalla jamoalari
o‘rtasida), «Qishlog‘ing uchun g‘alaba qozon!» (qishloq jamoalari o‘rtasida),
«Sog‘lom tanda — sog‘lom fikr!» (davlat va nodavlat tashkilotlarining xodimlari
o‘rtasida)
Aholi istiqomat joylarida (mahallalar, qishloqlar, ovular va h.k.) “Navro‘z”
va “Mustaqillik” bayrami, “Xotira va qadrlash kuni”, “Mahallamiz polvonlari”,
“To‘maris” (xotin-qizlar) o‘yinlari, Oilaviy sport jamoalari o‘rtasida «Otam,
onam va men — sog‘lom oilamiz» shiori ostida sport musobaqalarini tashkil
etish, kompleks sport musobaqalarini doimiy o‘tkazib borilsa, aholi o‘rtasida
quvonchli voqea sifatida salomatlik, bardamlik kabi jismoniy fazilatlarni
tarbiyalagan bulardik.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, vazirliklar, idora va tashkilotlar, ta’lim
muassasa rahbarlari hamda jismoniy tarbiya va sport mutaxassislar va o‘qituvchimurabbiylar aholining keng qatlamlarini, ayniqsa yoshlar o‘rtasida sog‘lom
turmush tarzi, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga qaratilgan targ‘ibot
tadbirlarini tashkil etish ishlarining samaradorligi va ta’sirchanligini oshirish
masalalariga katta e’tibor qaratilsa maqsadga muvofiq bo‘lardi.
Umumiy xulosa tarzida aytish joizki, salomatlik bebaho boylikdir. Bu
boylikni sotib olish yoki qimmatli buyumga almashtirish, hech bo‘lmasa
boshqalarga vaqtincha berib turish imkoni yo‘q. Faqat salomatlikni har bir inson
o‘z qo‘li bilan asrashi, uni rivojlantirishi, hayot (yashash) va uzoq umr ko‘rish
uchun saqlay olishi kerak. Bunda jismoniy tarbiya vositalari va ulardan foydalanish
usullari eng yaqin yordamchi bo‘lib hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. R.S.Salamov Sport mashg‘ulotlarining nazariy asoslar. O‘quv qo‘llanma.
– T.: O‘zDJTI. Nashriyot-matbaa bo‘limi. 2005 y. 288 b.
2. В.В.Иванов Комплексный контрол в подготовке спортсменов. –М.:
ФИС,1987.
3. Л.П.Матвеев
Построение
спортивной
тренировки
//
Основы
спортивной тренировки. Ч.З.- М.: ФИС,1977.
4. Л.П.Матвеев Моделно-селевой подход к построению спортивной
подготовки //Общая теория спорта и ее прикладные аспекты. Гл.10.-М.:
Известия, 2001.
5. Л.П.Матвеев Теория и методика физической културы. -М.: ФИС,
Спорт Акедм Пресс, 2008.-544 с.
6. В.Н.Платонов
Общая
теория
подготовки
спортсменов
олимпийском спорте. – К.: Олимпийская литература,1997. -584 с.
в
7. В.Н.Платонов Подготовка квалифитсированных спортсменов – М.:
ФИС,1986. -288 с.
Download