1 – Amaliy mashg’ulot Mavzu: Tarmoq qurilmalarida dastlabki xavfsizlik sozlamalarini o'rnatish – telnet , ssh; Ishdan maqsad: Kommutator qurilmasining tuzilishi, ishlash tamoyillari, masofadan kirishni ta'minlash usullari hamda xavfsizlik ko'rsatkichlarini sozlash qoidalarini tadqiq qilishdan iborat. TARMOQ QURILMALARIDA DASTLABKI XAVFSIZLIK SOZLAMALARINI O'RNATISH – TELNET , SSH. Ushbu amaliy ishida 1.1 - rasmda keltirilgan tarmoq tuzilishi bo'yicha konfiguratsiya ishlari 1.1 – rasm. Tadqiqi qilinayotgan tarmoq tuzilishi. 1.1-jadval Manzillash jadvali Topshiriq 1.Tarmoq qurilmasini asosiy ko‘rsatkichlarini sozlash - Console porti orqali kommutatorming asosiy ko'rsatkichlarini sozlang - kompyuter uchun IP- manzilni oʻmating. - Telnet protokoli yordamida masofadan kirishni sozlang - SSH protokoli yordamida masofadan kirishni sozlang 2. Tarmoq bog'lanishni tekshiring - qurilmaning konfiguratsiyasini ko'rsating - telnet yordamida uzoqdan boshqarishni testlang - kommutatorning hozirgi konfiguratsiyasini saqlang. Qisqacha nazariy ma’lumotlar Cisco IOS qurilmalarining buyruqlar satri interfeysi (CLI- Command Line Interface) ga kirishning bir necha yo‘llari mavjud. Quyida eng keng tarqalgan usullar keltirilgan: - Console - Telnet yoki SSH - Port AUX Console port — Konsol porti Cisco qurilmasini sozlash uchun tashqaridan kirishni ta‘minlaydigan boshqaruv portidir. Konsol portidan foydalanishning afzalligi shundan iboratki, qurilmaga tarmoq xizmatlarini konfiguratsiya qilmasdan ham kirish mumkin, masalan, tarmoq qurilmasining dastlabki konfiguratsiyasi holatida. Boshlang‘ich konfiguratsiya bajarilganda, kompyuterning maxsus kabeli (RS232) yordamida qurilmaning konsol portiga ulanadi va sozlash ishlari amalga oshiriladi. TELNET (terminal network) — tarmoq bo'ylab qurilmalarga murojat qilish uchun mo'ljallangan tarmoq protokoli. Protokolning zamonaviy standarti RFC 854 da yozilgan. TELNET protokolining vazifasi terminal qurilmalar o’rtasida o’zaro ishlashni ta‘minlashdan iborat. Bu protokol terminal-terminal ko’rinishdagi aloqada ishlatiladi. Protokol Secureshell (SSH) — bu protokol uzoqdagi qurilmalarni boshqarish uchun xavfsiz (shifrlangan) bog‘lanishni ta‘minlaydi. Uzoqdagi qurilmalarni boshqarish uchun Telnet protokoli o‘rniga SSH protokolini qo‘llash tavsiya etiladi. Lokal tarmoqlarda Telnet ni qisqa vaqt uchun ishlatish mumkin. Telnet eskirgan protokol hisoblanib, qurilmalar o‘rtasida ishlashda shifrlanmagan xavfsiz ma‘lumot ko‘rinishiga o’xshaganday identifikatsiya axborotlari (foydalanuvchi nomi va paroli) ham ochiq uzatiladi. SSH uzoqdagi qurilmalar bilan bog‘lanishda himoyani ta’minlaydi. Qurilmalarni autentifikatsiya (foydalanuvchi nomi va paroli) ma‘lumotlarini ishonchli shifrlaydi. Shuningdek qurilmalar o‘rtasidagi uzatilayotgan ma‘lumotlarni ham himoyalaydi. SSH TCPport 22 ni, Telnet TCP-port 23 ni ishlatadi. AUX-Buyruqlar satri interfeysi (CLI) seansini o‘rnatish uchun eskirgan usul xisoblanadi, u telefondagi dial-up bog‘lanishi yordamida routerning yordamchi portiga (AUX) ulanadi. Shu tarzda, konsol aloqasi yordamida, yordamchi usul ham tarmoqdan tashqari ulanishni ta’minlaydi va konfiguratsiya yoki tarmoq xizmatlarini talab qilmaydi. Agar tarmoq xizmatlarining ishlashi buzilgan bo‘lsa, masofadan boshqaruvchi kalit yoki routerga telefon liniyasidan kira oladi. Kerakli resurslar: – 1 ta kommutator (Cisco 2960 operatsion tizimi Cisco IOS 15.0(2), obraz lanbasek9); – 1 ta kompyuter (operatsion tizimi Windows 7, Vista yoki XP da emulyator terminal dasturi, Masalan: Tera Term, Patty); – cisco IOS qurilmasini konsol porti orqali sozlash uchun console kabeli; – ethernet kabeli. 1. Kommutatorni sozlashni tekshirish 1.1. Topologiyaga mos ravishda kabellarni ulang a. Topologiyaga mos ravishda konsolli ulanishni o‘rnating. Bunda Ethernet kabelini PC-A ga ulamang (bu real qurilmaga ulanishda). b. Tarmoq qurilmasini sozlashda konsolli port yoki Telnet / SSH ulanish uchun terminal (m: kompyuter)da emulyatsiya dasturlari mavjud bo‘lishi kerak. Ushbu dasturlardan ba’zilari quyidagilardir: PuTTY; Tera Term; - SecureCRT; - HyperTermi nal; - Terminal OS X. Amaliy ishini bajarishda topologiyani qurish va Cisco kommutatoriga konsol kabeli bilan bog‘lanish yoki uzoqdan kirish usuli (telnet yoki SSH) orqali kirishga ruxsat olish kerak. Kommutatorning asosiy ko‘rsatkichlarini sozlashdan oldin kommutatorning dastlabki xolatini tekshirish kerak. Kommutatorning bu ko‘rsatkichlariga qurilmaning nomi, interfeysning nomi, lokal parollar, MOTD (qurilmaga kirishda kiruvchini ogohlantiruvchi xabar) banneri, IP manzil, statik MAC manzilni qo‘yilganligi kiradi. 1.2. Kommutatorni dastlabki xolatini tekshiring. Kommutatorni dastlabki xolati: IOS ma‘lumotlari, interfeys xususiyatlari, VLAN va flesh – xotira to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni tekshiramiz. Kommutator IOS ning barcha buyruqlari imtiyoz rejimida bajarish mumkin. Imtiyoz rejimiga kirishda begonalarni qurilmadan foydalanishini oldini olish va global konfiguratsiya rejimiga to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘tib ketmaslik hamda ishchi ko‘rsatkichlarni sozlash uchun ishlatiladigan buyruqlarga kirmaslik uchun parol yordamida cheklash kerak. Imtiyoz to‘plamiga foydalanuvchi rejimining buyruqlari kiradi. Shuningdek boshqa buyruqli rejimlarga o‘tishni bajaruvchi configure buyrug‘i kiradi. Imtiyoz rejimiga kirish uchun Enable buyrug‘ini kiriting. a. Imtiyoz rejimiga o‘tish uchun foydalanuvchi rejimida kommutatorga Switch> enable buyrug‘ini yozing. Switch> enable Switch# Qatordagi o‘zgarish imtiyoz rejimiga o‘tganligiga e‘tibor bering.