Uploaded by Habibullo Hasanov

TDIU samarqand

advertisement
TDIU Samarqand filiali direktorining 2023 yil 4-mart 4-sonli “Oziq
ovqat va qishloq xo’jalik iqtisodiyoti kafedrasi faoliyatini o’rganish
bo’yicha ishchi guruh tashkil etish to’g’risida “gi buyrug’i ijrosini
ta’minlash maqsadida ishchi guruhning kafedra faoliyatini o’rganishi
bo’yicha
SAVOLNOMA
DAVLAT TA’LIM STANDARTLARINING O’QUV
JARAYONIGA JORIY ETILISHI BO’YICHA
1.Ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklarining ta’lim sohasi davlat ta’lim standarti, malaka
talablari , o’quv reja va fanlarning o’quv dasturlari(sillabuslari) bilan ta’minlanganligi ,ularning
belgilangan tartibda tasdiqlanganligi va ro’yxatdan o’tkazilganligi :
2. Tasdiqlangan o’quv reja va fanlarning o’quv dastrlari asosida ishchi o’quv reja, fanlarning
ishchi dasturlarini (sillabuslarning) ishlab chiqilganligi , rasmiylashtirilganligi va ularning o’zaro
muvofiqligi. (bakalavr,magistratura )
3. Dars jadvalining ishchi o’quv rejalariga muvofiqligi va ularning o’rnatilgan talablar asosida
tuzilganligi.
4. Talabalar bilimlarini va o’zlashtirishini baholash tizmining holati.
5. Kafedralarda professor-o’qituvchilarni o’z mutaxassiligi bo’yicha tanlov asosida qabul
qilganlik holati.
6. Kafedrada xorijiy mutaxassislarni o’quv jarayoniga jalb etish bo’yicha hamkorlik
shartnomalarning mavjudligi va amalga oshirilgan ishlar.
7. Kafedralar professor-o’qituvchilarning shaxsiy ish rejalari, ularning bajarilishi, kalendartematik rejalar va ularning ishchi fan dasturlarga mosligi.
8 Dars jarayonida Axborot kommunikatsion texnologiyalar , zamonaviy pedagogik
texnologiyalar, innovatsion texnologiyalar natijalaridan foydalanish darajasi.
9.Kafedra professor-o’qituvchilarining xorijiy oliy ta’lim muassasalarida dars (ma’ruza ,seminar
va amaliy mashg’ulot )lar o’tganligi.
10. Professor -o’qituvchilarining qo’nimsizlik holati.
11. Professor o’qituvchilarning ilmiy-pedagogik salohiyati va ular mutaxassisliklarining
(ixtisosliklarining) dars berayotgan fanlarga muvofiqligi bo’yicha.
12 Kafedra mudirining lavozim talablariga muvofiqligi.
13. Professor – o’qituvchilarning bajargan o’quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari
(fundamental, amaliy va boshqa ilmiy-tadqiqotlar kesimidagi ishtiroki, darslik, o’quv qo’llanma,
o’quv-metodik ishlanmalar, mahalliy va xalqaro nashrlarda , impact- faktorli (Scopus , Web of
Science yoki boshqa umume’tirof etilgan indeksatsiyalangan ma’lumotlar bazalari jurnallaridagi
maqolalari).
14. Ilmiy daraja va unvonga ega professor-o’qituvchilar salmog’I
15. Kafedralar professor-o’qituvchilarining belgilangan muddatlarda malakasini oshirganligi
16 Talabalarning darslik (electron darslik) va o’quv qo’llanmalari bilan ta’minlanganligi darajasi,
electron kutubxona tizmining mavjudligi , undan foydalanish samaradorligi va mustaqil ta’lim
bo’yicha axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatining yaratilganligi bo’yicha.
17. Ta’lim berish tillari bo’yicha barcha ta’lim yp’nalishlari , mutaxassisliklarning o’quv
adabiyotlari bilan ta’minlanganligi.(uzbek,rus va ingiliz tilida)
18. Fanlarni o’quv adabiyotlari bilan ta’minlash va yangi avlod o’quv adabiyotlarini yaratish
chora tadbirlarining ishlab chiqarilganligi va ularning bajarilish holati.
19 Har bir ta’lim yo’nalishi va mutaxassislikning o’quv rejasiga binoan fanlar bo’yicha
(labaratoriya , amaliy, seminar) ishlarining bajarilishi , metodik ko’rsatmalarning mavjudligi.
20 Professor- o’qituvchilarning zamonaviy pedagogik, axborot-kommunikatsiya va innovatsion
texnologiyalardan foydalanib o’tilgan dars mashg’ulotlari salmog’i.
21. Mustaqil ta’lim (ish ) jarayonini tashkil etish holati va Internet jahon axborot tarmog’iga
joylashtirilgan ta’lim resurslari hajmi.
22. Talabalar bilimini baholashda nazorat sinovlarining kompyuterdan foydalangan holda
olinishi tahlili.
23. Ta’limning ishlab chiqarish va ilm-fan bilan integratsiyasi bo’yicha. Xo’jalik shartnomalari va
ilmiy ish natijalrini tijoratlashtirishdan olingan mablag’lar.
24. Ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklar bo’yicha kadr iste’molchilari bilan hamkorlik
ishlarining yo’lga quyilganligi, talab va ehtiyojlarining o’rganilganligi.
25. Xalqaro hamkorlikning yo’lga qo’yilganligi bo’yicha.
26. Kafedrada tashkil etilgan ilmiy to’garaklar faoliyati ( kurslar) hamda ularning ularning
o’tqazilish tartibi va rasmiylashtirilishi.
27 Ochiq darslar va o’zaro darslar tahlili .
28.UUM lar.
29.Modle, Hemis .
30. Manaviy-marifiy ishlar (tadbirlar).
Ishchi guruh raisi:
S.Abduvohidov
Ishchi guruh a’zolari :
L.Eshonqulov
S.Tog’ayev
F.Anarbaeva
U.Umirov
Download