1 - laboratoriya ishi Fanlarni o‘qitishda pedagogik dasturiy vositalar yordamida interaktiv vositalar yaratish. Ishning maqsadi: Fanlarni o’qitishda pedagogik dasturiy vositalar yordamida interaktiv vositalar yaratish. to’g’risida tushuncha berish. Kutilayotgan natija: Talabalarda Fanlarni o’qitishda pedagogic dasturiy vositalar yordamida interaktiv vositalar yaratish haqida nazariy va Laboratoriya ko’nikmalar hosil qilinadi. Laboratoriya jihozlari: Tarqatma topshiriqlar, kompyuterlar, proyektr. Ish rejasi: 1. Pedagogik dasturiy vositalar va ularning tavsifi. 2. O`qitishning interaktiv uslublari. Nazariy ma’lumot: «Informatika» kursining dasturiy ta’minoti Dasturiy ta’minot sohasida informatika o‘qitish metodikasi yangi dasturiy mahsulotni ishlab chiqishda u yoki bu ma’lum dasturiy mahsulotdan foydalanish maqsadga muvofiqligini asoslab beradi. «Informatika» kursining dasturiy ta’minoti kompyuterlarning tayanch dasturiy ta’minoti va informatika kursining ma’lum bir mavzularini o‘rganishga yordam beradigan pedagogik dasturiy vositalar kompleksidan tashkil topadi. Tayanch dasturiy ta’minot quyidagilardan tashkil topgan: klaviatura trenajyori; Windows operatsion tizimi; dasturlash tillari; Microsoft office paketi: o matn muharriri; o grafik muharrir yoki protsessor; o elektron jadvallar; o ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari; lokal tarmoq bilan ishlash dasturlari va boshqalar. Pedagogik dasturiy vositalar o‘z ichiga quyidagilarni oladi: o‘quv o‘yin dasturlari; o‘rgatuvchi va mashq qildiruvchi dasturlar; test dasturlari; elektron o‘quv materiallarini yaratish uchun uskunaviy dasturiy vositalar; ma’lumotnoma tizimlari va boshqalar. Tashkiliy ta’minot sohasida informatika o‘qitish metodikasi pedagogik dasturiy vositalar va axborot texnologiyalarini o‘qitishda samarali qo‘llash maqsadida, ma’lum o‘quv muassasalar xodimlarining faoliyatini faollashtirishni ko‘zda tutadi. Texnik ta’minot sohasida informatika o‘qitish metodikasining maqsadi quyidagilardan iborat: - o‘quv-tarbiya jarayonida foydalanadigan texnik vositalarni tanlashni iqtisodiy asoslash; - kelajakda foydalanish istiqbollarini hisobga olgan holda informatika xonasining parametrlarini, jihozlarini aniqlash. Mavzuning asosiy tushunchalari «Informatika» kursini o‘quv-metodik ta’minlash o‘quv dasturlarini, darsliklar yoki o‘quv-uslubiy ko‘llanmalarni, «Informatika» kursi bo‘yicha œquv-metodik adabiyotlarni yaratishdan iborat. «Informatika» kursining dasturiy ta’minoti xususan œquv kompyuterlarini dasturiy ta’minlash bazasidan hamda pedagogik programmalar vositalari tizimidan tashkil topadi. Tashkiliy ta’minot sohasida informatika o‘qitish metodikasi pedagogik dasturiy vositalarni va axborot texnologiyalarini o‘qitishda samarali qo‘llash maqsadida, ma’lum œquv muassasalar xodimlarining T-sxema. faoliyatini faollashtirishni ko‘zda tutadi. T-sxema dars davomida universal grafik vosita bo‘lib xizmat qiladi. T-sxema texnologiyasi juda sodda. Muammoning mavzu doirasi aniqlangandan so‘ng quyidagi ko‘rinishdagi T-sxemani tuzish kerak. 1-jadval. T-sxema texnologiyasining jadvali Tarafdor Qarshi Besh minutdan so‘ng sxemaning chap tomonini to‘ldirish lozim. Unda o‘quvchilar belgilangan vaqt davomida mavzuga oid qancha firlar o‘ylab topishgan bo‘lsa, shuncha firlar ko‘rsatiladi. Keyingi belgilangan vaqt davomida o‘quvchilar sxemaning o‘ng tomonini to‘ldiradilar. Va niќoyat, yana shuncha vaqt mobaynida o‘quvchilar o‘zlarining T–sxemalarini boshqa juftlikning T–sxemasi bilan taqqoslash imkoniga ega bo‘ladilar. o Vazifa. O’quvchilarga informatika fanidan darslikdan tashqari adabyotlar kerakmi? Ushbu muammoni T-sxema ko’rinishida bering. Asosiy (bazaviy) dasturiy ta’minoti. Pedagogik vositalar va ularning turlari, tavsifi. «Informatika» kursining asosiy mavzularidan biri “Shaxsiy kompyuterning dasturiy ta’minoti” hisoblanadi. Uni o‘rganishda shaxsiy kompyuterlarning dasturiy ta’minoti elementlari orasidagi mantiqiy bog’lanishlardan faol foydalanish lozim. Mavzuni quyidagi ketma-ketlikda o‘rganish tavsiya etiladi. 1.Dasturiy ta’minotning asosiy tushunchalari. 2.Uskunaviy sistemalar. 3. Amaliy dasturlar. 4. Operatsion tizimlar va ularning turlari Ushbu mavzuni o‘rganishda quyidagicha rejalashtirish tavsiya etiladi. 1-jadval. «Shaxsiy kompyuterning mashg’ulotlarining taqsimoti dasturiy ta’minoti» mavzu № Mashg’ulot mavzusi Ma’ruza 1 Kompyuterning dasturiy ta’minoti 2 soat 2 Operatsion tizimlar va ularning turlari 2 soat 3 Jami 4 soat bo‘yicha Nazariy mashg’ulotlarning mazmuni Shaxsiy kompyuter ikkita tashkiliy qismlardan iborat. Bular apparat (hardware) va dasturiy ta’minot (software)lardir. Apparat ta’minoti – bu, birinchi navbatda kompyuterning asosiy texnik qismlari va qo‘shimcha (atrof) qurilmalaridir. Dasturiy ta’minot kompyuterning ikkinchi muhim qismi bo‘lib, u ma’lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni ishlatish uchun zarur bo‘lgan xujjatlarni o‘z ichiga oladi. Dasturiy ta’minotsiz har qanday kompyuter bamisoli bir parcha temirga aylanib qoladi. Kompyuterning apparat va dasturiy ta’minoti orasida bog’lanish qanday amalga oshiriladi? Avvalo ular orasidagi bog’lanish interfeys deb atalishini bilib olishimiz lozim. Kompyuterning turli texnik qismlari orasidagi o‘zaro bog’lanish – bu apparat interfeysi, dasturlar orasidagi o‘zaro bog’lanish esa – dasturiy interfeys, apparat qismlari va dasturlar orasidagi o‘zaro bog’lanish–apparat – dasturiy interfeys deyiladi. Shaxsiy kompyuterlar haqida gap ketganda kompyuter tizimi bilan ishlashda uchinchi ishtirokchini, ya’ni insonni (foydalanuvchini) ham nazarda tutish lozim. Inson kompyuterning ham apparat, ham dasturiy vositalari bilan muloqotda bo‘ladi.Insonning dastur bilan va dasturni inson bilan o‘zaro muloqoti – foydalanuvchi interfeysi deyiladi. Endi kompyuterning dasturiy ta’minoti bilan tanishib chiqaylik. Barcha dasturiy ta’minotlarni uchta kategoriya bo‘yicha tasniflash mumkin: operatsion tizim; amaliy dasturiy ta’minot; dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari. Tizimli dasturiy ta’minot (Sistem software) – kompyuter va kompyuter tarmoqlari ishini ta’minlovchi dasturlar majmuasidir. Amaliy dasturiy ta’minot (Aplication program paskage) – bu aniq bir predmet sohasi bo‘yicha ma’lum bir masalalar sinfini yechishga mo‘ljallangan dasturlar majmuasidir. Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari - yangi dasturlarni ishlab chiqish jarayonida qo‘llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir. Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari bo‘lib hizmat qiladi, ya’ni ular dasturlarni ishlab chiqish (shu jumladan, avtomatik ravishda ham), saqlash va joriy etishga mo‘ljallangan. Sistemaviy dasturiy ta’minot ikkita tarkibiy qismdan – asosiy (bazaviy) dasturiy ta’minot va yordamchi (hizmat ko‘rsatuvchi) dasturiy ta’minotdan iborat. Asosiy dasturiy ta’minot kompyuter bilan birgalikda yetkazib berilsa, xizmat ko‘rsatuvchi dasturiy ta’minot alohida, qo‘shimcha tarzda yaratilishi mumkin. Asosiy dasturiy ta’minot (baze software) – bu, kompyuter ishini ta’minlovchi dasturlarning minimal to‘plamidan iborat. Ularga quyidagilar kiradi: operatsion tizim (OT) va tarmoq operatsion tizimi. Yordamchi (xizmat ko‘rsatuvchi) dasturiy ta’minotga asosiy dasturiy ta’minot imkoniyatlarini kengaytiruvchi va foydalanuvchining ish muhitini (interfeysni) qulayroq tashkil etuvchi dasturlar kiradi. Bular tashxis qiluvchi, kompyuterning ishchanligini oshiruvchi, antivirus, tarmoq ishini ta’minlovchi va boshqa dasturlardir. Operatsion tizim. Kompyuter yoqilishi bilan ishga tushuvchi ushbu dastur kompyuterni va uning resurslarini (tezkor xotira, diskdagi o‘rinlar va hokazo) boshqaradi, foydalanuvchi bilan muloqotni tashkil etadi, bajarish uchun boshqa dasturlarni (amaliy dasturlarni) ishga tushiradi. Operatsion tizim foydalanuvchi va amaliy dasturlar uchun kompyuter qurilmalari bilan qulay muloqotni (interfeysni) ta’minlaydi. Drayverlar operatsion tizim imkoniyatlarini kengaytiradi. Jumladan, kompyuterning kiritish–chiqarish qurilmalarini boshqarishda yordam beradi. Drayverlar yordamida kompyuterga yangi qurilmalarni ulash yoki mavjud qurilmalardan nostandart ravishda foydalanish mumkin. Hozirgi davrda ko‘plab operatsion tizimlar mavjud: UNIX; MS DOS; OS/2; WINDOWS NT va boshkalar. Tarmoqqa ulangan kompyuterlarni yakkahol va birgalikda ishlashini ta’minlovchi maxsus dasturlar majmuasidan iborat operatsion tizim - tarmoq operatsion tizimi deb ataladi. Ushbu operatsion tizim, jumladan, tarmoq ichra ma’lumotlarni ayriboshlash, saqlash, qayta ishlash, uzatish kabi xizmatlarni ko‘rsatadi. Asosiy dasturiy ta’minotni qo‘shimcha ravishda o‘rnatiladigan xizmat ko‘rsatuvchi dasturlar to‘plami to‘ldirib turadi. Bunday dasturlarni ko‘pincha utilitlar deb atashadi. Utilitlar – bu, ma’lumotlarni qayta ishlashda qo‘shimcha operatsiyalarni bajarishga yoki kompyuterga xizmat ko‘rsatish uchun (tashxis, apparat va dasturiy vositalarni testlash, diskdan foydalanishni optimallashtirish va boshqalar) mo‘ljallangan dasturlardir. Kompyuterning dasturiy ta’minoti orasida eng ko‘p qo‘llaniladigani amaliy dasturiy ta’minotdir. Bunga asosiy sabab - kompyuterlardan inson faoliyatining barcha sohalarida keng foydalanish, turli predmet sohalarida avtomatlashtirilgan tizimlarning yaratilishi va qo‘llanishidir. Amaliy dasturiy ta’minotni quyidagicha tasniflash mumkin. Muammoga yo‘naltirilgan amaliy dasturiy ta’minotga quyidagilar kiradi: - buxgalteriya uchun dasturiy ta’minot; - personalni boshqarish uchun dasturiy ta’minot; - jarayonlarni boshqarish uchun dasturiy ta’minot ; - bank axborot tizimlari va boshqalar. Umumiy maqsadli dasturiy ta’minot - soha mutaxassisi bo‘lgan foydalanuvchi axborot texnologiyasini qo‘llaganda uning ishiga yordam beruvchi ko‘plab dasturlarni o‘z ichiga oladi. Bular: - kompyuterlarda ma’lumotlar bazasini tashkil etish va saqlashni ta’minlovchi ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT); - matnli hujjatlarni avtomatik ravishda formatlashtiruvchi, ularni tegishli holatda rasmiylashtiruvchi va chop etuvchi matn muharrirlari; - grafik muharrirlar; - hisoblashlar uchun qulay muhitni ta’minlovchi elektron jadvallar; - taqdimot qilish vositalari, ya’ni tasvirlar hosil qilish, ularni ekranda namoyish etish, slaydlar, animatsiya, filmlar tayyorlashga mo‘ljallangan maxsus dasturlar. Ofis dasturiy ta’minot idora faoliyatini tashkiliy boshqarishni ta’minlovchi dasturlarni o‘z ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi: - planirovshik yoki organayzerlar, ya’ni ish vaqtini rejalashtiruvchi, uchrashuvlar bayonnomalarini, jadvallarni tuzuvchi, telefon va yozuv kitoblarini olib boruvchi dasturlar; - tarjimon dasturlar, ya’ni berilgan boshlang’ich matnni ko‘rsatilgan tilga tarjima qilishga mo‘ljallangan dasturlar; - skaner yordamida o‘qilgan axborotni tanib oluvchi va matnli ifodaga o‘zgartiruvchi dasturiy vositalar; - tarmoqdagi uzoq masofada joylashgan abonent bilan foydalanuvchi orasidagi o‘zaro muloqotni tashkil etuvchi kommunikatsion dasturlar. Kichik nashriyot tizimlari «kompyuterli nashriyot faoliyati» axborot texnologiyasini ta’minlaydi, matnni formatlash va tahrirlash, avtomatik ravishda betlarga ajratish, xat boshlarini yaratish, rangli grafikani matn orasiga qo‘yish va hokazolarni bajaradi. Multimedia dasturiy vositalari dasturiy mahsulotlarning nisbatan yangi sinfi hisoblanadi. U ma’lumotlarni qayta ishlash muhitining o‘zgarishi, lazerli disklarning paydo bo‘lishi, ma’lumotlarni tarmoqli texnologiyasi rivojlanishi natijasida shakllandi. Sun’iy intellekt tizimlari. Bu sohadagi izlanishlarni to‘rt yo‘nalishga bo‘lish mumkin: - ijodiy jarayonlarni imitatsiya qiluvchi tizimlar; ushbu yo‘nalish kompyuterda o‘yinlarni, avtomatik tarjima qilishni va boshqalar amalga oshiradigan dasturiy ta’minotni yaratish bilan shug’ullanadi; - bilimlarga asoslangan intellektual tizimlar; ushbu yo‘nalishdagi muhim natijalardan biri ekspert tizimlarning yaratilishi hisoblanadi; - EHMlarning yangi arxitekturasini yaratish; bu yo‘nalish sun’iy tafakkur mashinalarini yaratish muammolarini o‘rganadi; - intellektual robotlar; bu yo‘nalish oldindan qo‘yilgan manzil va maqsadga erisha oladigan intellektual robotlar avlodini yaratish muammolari bilan shug’ullanadi. Hozirgi paytda dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalarini yaratish bilan bog’liq yo‘nalish tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Bunday uskunaviy vositalar dasturlar yaratish va sozlash uchun quvvatli va qulay vositalarni tashkil etadi. Ularga dasturlar yaratish vositalari va Case – texnologiyalar kiradi. Dasturlar yaratish vositalari. Ushbu vositalar dasturlar yaratishda ayrim ishlarni avtomatik ravishda bajarishni ta’minlovchi dasturiy tizimlarni o‘z ichiga oladi. Ularga kompilyator va interpretatorlar; dasturlar bibliotekasi va turli yordamchi dasturlar kiradi. Kompilyator dasturlash tilidagi dasturni mashina kodidagi dasturga aylantirib beradi. Interpretator yuqori darajadagi dasturlash tilida yozilgan dasturni bevosita bajarilishini ham ta’minlaydi. Dasturlar bibliotekasi oldindan tayyorlangan dasturlar to‘plamidan iborat. Dasturlar yaratish vositalariga Makroassembler MASM, Visual Cutt for Windows Professional Edition kompilyatori, Visual Basic for Windows va boshqalar kiradi. CASE-texnologiyasi informatikaning rivojlanayotgan sohalaridan biridir. hozirgi paytda eng tezkor CASE-Computer Aided Sistem Engineering – axborotlar tizimini avtomatlashtirilgan usulda loyihalash degani bo‘lib, CASE-texnologiyasi turli mutaxassislar, jumladan tizimli tahlilchilar, loyihachilar va dasturchilar ishtirok etadigan ko‘pchilikning qatnashishi talab etiladigan axborot tizimlarini yaratishda qo‘llaniladi. Case-texnologiyalari vositalari nisbatan yangi, 1980-yillar oxirida shakllangan yo‘nalishdir. Ulardan keng ko‘lamda foydalanish qimmatliligi tufayli chegaralangandir. Mavzu yuzasidan savollar. 1. «Shaxsiy kompyuterning dasturiy ta’minoti» mavzu mohiyatining uslubiy tahlilini qiling. 2. Ushbu mavzu bo‘yicha tematik reja tuzing. 3. «Shaxsiy kompyuterning dasturiy ta’minoti» mavzuning asosiy tushunchalarini aniqlang, tizimlashtiring va klaster tuzing. 4. «Shaxsiy kompyuterning dasturiy ta’minoti» mavzu bo‘yicha mashg’ulotlarini o‘tish uchun taqdimot slaydlar yarating. 5. Ushbu mavzu bo‘yicha o‘quvchilarning bilimini nazorat qilish uchun krossvord yoki testlar tuzing. 1. «Informatika» kursining o‘quv-uslubiy ta’minoti nimadan tashkil topadi? 2. «Informatika» fani bo‘yicha qanday darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini bilasiz? 3. O'zbekiston Respublikasida informatikaga oid qanday jurnallar chop etiladi? 4. «Informatika» fanidan dasturiy ta’minot nimadan tashkil topgan? Ularni ta’riflang. 2. ‘Informatika’ fanini o’qitish usullari. ‘Informagika’ fanini o’qitishda qiziqtiruvchi va interfaol usullardan ko’p foydalanamiz. Ayniqsa pedagogika sohasida qo’llaniladigan ilmiy-tadqiqot metodlari: Kuzatish, taqqoslash, analogiya, indukstiya, dedukstiya, (Indukstiya oddiydan murakkabga; Dedukstiya - murakkabdan oddiyga; Analogiya – o’xshashlik.) analiz, sintez, abstrakstiya, umumlashtirish usullardan foydalanish tavsiya qilinadi. Birinchi va aniqlangan tushuncha; aniqlangan ko’rinish; kirish tushunchasi va usullarini qo’llash yaxshi natija beradi. O’qitishning qiziqtiruvchi usullari. Ma’lumki, informatika o’quv predmetining asosiy vazifasi o’quvchilarni zamonaviy informatikaning ba’zi bir umumiy g’oyalari bilan tanishtirish, informatikaning amaliyotdagi tadbig’ini va kompyuterlarning zamonaviy hayotdagi rolini ochib berishdan iborat. Lekin, didaktik tamoyillarni hisobga olgan holda, o’quvchilarga nafaqat faktlarning qat’iy ilmiy bayonini berish, balki o’qitishning turli qiziqarli metodlarini ham qo’llash lozim. Masalan, ko’pchilikka ma’lum va ommabop bo’lgan krossvord o’yini bolalarda qiziqish uyg’otishi tabiiydir. Krossvord ko’rinishidagi so’rov shakli o’quvchilar uchun har doim qiziqarli va o’ziga tortadigan metoddir. Ushbu o’yinga o’quvchilar shu darajada kirishib ketadilarki, hatto, o’zlari ham informatikaning turli mavzulari bo’yicha krossvordlar tuzishlari mumkin. Mustaqil ijodiy faoliyatning bunday shakli foydali bo’lishi bilan birga, faqatgina kuchli o’quvchilarnigina emas, balki kuchsizlarni ham qamrab oladi. Boshqa o’quv predmetlaridan kuchsiz o’zlashtiruvchi o’quvchilar ko’pincha informatikadan yaxshi va tirishqoq o’quvchilarga aylanadilar. Krossvordlar, rebuslar va boshqotirmalar sodda bo’lishlari bilan birga, mashhur olimlar, allomalar ismlariga, maxsus atamalarga diqqatini jalb etishning samarali vositasi hamdir. O’yinli vaziyat, krossvord va rebusni echishdagi qiyinchiliklarni engib o’tishdagi elementlari o’quvchilarni shunday o’ziga tortadiki, beixtiyor ularni informatika sohasidagi bilimlarini to’ldirishga rag’batlantiradi. O’qitishning interfaol usullari. ‘Kadrlar tayyorlash milliy dasturi’da o’sib kelayotgan avlodni mustaqil fikrlaydigan qilib tarbiyalash vazifasi qo’yilgan. Ushbu masalani hal etilishi ko’p jihatdan o’qitishning interfaol metodlarini qo’llashga ham bog’liq. Avvalo ‘interfaol (interaktiv)’ tushunchani aniqlashtirib olaylik. ‘Interaktiv’ degan so’z inglizcha ‘interact’ so’zidan kelib chiqqan. ‘Inter’ – o’zaro, ‘act’ – ish ko’rmoq, ishlamoq degan ma’nolarni anglatadi. Demak interaktiv deganda o’zaro ish ko’rish, faoliyat ko’rsatish yoki suhbat bilan yoki tartibda kim bilandir (inson bilan) diolog (muloqot) holatida bo’lish tushiniladi. Shunday qilib, interfaol o’qitish – bu, avvalambor muloqatli o’qitish bo’lib, jarayonning borishida o’qituvchi va o’quvchi orasida o’zaro ta’sir amalga oshiriladi. Interfaol o’qitishning mohiyati o’quv jarayonini shunday tashkil etadiki unda barcha o’quvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo’lib, erkin fikrlash, tahlil qilish va mantiqiy fikr yuritish imkoniyatlariga ega bo’ladilar. Bilish jarayonida o’quvchilarning birgalikdagi faoliyati deganda, ularni har birining o’ziga xos aloqada individual hissa qo’shishi, o’zaro bilimlar, g’oyalar va faoliyat usullari bilan almashinishlari tushiniladi. Shu bilan birga, bularning hammasi o’zaro xayrixohlik va qo’llab – quvvatlash muhitida amalga oshiriladi. Bu esa o’z navbatida yangi bilimlarni olishgagina imkoniyat bermasdan, balki bilish faoliyatining o’zini ham rivojlantiradi, uni yanada yuqoriroq kooperstiya va hamkorlik pog’onalariga olib chiqadi. Darslardagi interaktiv faoliyat o’zaro tushunishga, hamkorlikda faoliyat yuritishga, umumiy, lekin har bir ishtirokchi uchun ahamiyatli masalalarni birgalikda echishga olib keladigan diologli aloqani tashkil etish va rivojlantirishni ko’zda tutadi. Interaktiv metod bitta so’zga chiquvchining, shuningdek bitta fikrning boshqa fikrlar ustidan dominantlik qilishligini chiqarib tashlaydi. Dialogli o’qitish jarayonida o’quvchilar tanqidiy fikrlashga, shart-sharoitlarni va tegishli axborotni tahlil qilish asosida murakkab muammolarni echishga, alternativ fikrlarni chamalab ko’rishga, ulab va asosli ravishda qarorlar qabul qilishga, diskussiyalarda ishtirok etishga, boshqalar bilan muloqat qilishga o’rganadilar. Buning uchun darslarda individual, juftli va guruhli ishlar tashkil etiladi, izlanuvchi loyihalar, rolli o’yinlar qo’llaniladi, hujjatlar va axborotning turli manbalari bilan ish olib boriladi, ijodiy ishlar qo’llaniladi. Interaktiv o’qitishni tashkilotchilari uchun, sof o’quv maqsadlaridan tashqari quyidagi jihatlar ham muhimdir: guruhdagi o’quvchilarning o’zaro muloqatlari jarayonida, boshqalarning qadriyatlarini tushinib etish; boshqalar bilan o’zaro muloqatda bo’lish va ularning yordamiga muhtojlik zaruratining shakllanishi; o’quvchilarda musobaqa, raqobatchilik kayfiyatlarini rivojlantirish. Shuning uchun interaktiv o’qitish guruhlarida muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatish uchun zarur bo’lgan ikkita asosiy funkstiyalar amalga oshirilishi lozim: o’qitishning pragmatik jihati qo’yilgan o’quv masalasini echishlikning shartligi; tarbiyaviy masalalarni echish (hamkorlikdagi ish jarayonida guruh a’zolariga yordam ko’rsatish, xulq-atvor normalarini shakllantirish). Ushbu faktni alohida qayt etish lozimki, o’qitishning barcha interaktiv usullarini verbal (og’zaki) va noverbal usullarga ajratish mumkin. Og’zakilarga quyidagilar kiradi: vizual: yuz ifodasi, gavdaning holati, harakatlar, ko’zlar orqali aloqa. akustik: intonastiya, ovoz balandligi, tembr, nutq tempi, tovush balandligi, nutqiy pauzalar va hokazo. Verbal usullar orasida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin: ‘oxiri ochiq’ bo’lgan savollar, ya’ni yagona ‘to’g’ri’ javobga emas, balki muammo (savol) bo’yicha turli nuqtai nazarlarni bayon qila olishga yo’naltirilgan savollarni bera olish qobiliyati; o’quvchilar bilan muloqatda o’qituvchi tomonidan o’zining nuqtai nazarini hal qiluvchi nuqtai nazar deb emas, balki neytral deb aniqlanishi. Bu narsa mashg’ulot paytida o’quvchilarga qo’rqmasdan ‘to’g’ri ‘ va ‘noto’g’ri’ nuqtai nazarlarini bayon etish imkoniyatini beradi; mashg’ulotning tahlil va o’z-o’zini tahlil qilishga tayyorgarlik. Ushbu holat mashg’ulotlarda nima?, qanday? va nima uchun? sodir bo’lganini, o’zaro faoliyat qaerda ‘osilib’ qolganini, u nima bilan bog’liq ekanligini, keyinchalik bunday holatlarni ro’y bermaslik uchun nimalar qilish kerakligi va boshqalarni tushinib olishga yordam beradi. mashg’ulotning borishini, uning kulminastiyasini, natijaviyligini va boshqa kuzatish imkonini beruvchi yozma xotiralarni yozib borish. Birinchi bo’limga alohida e’tiborni qaratishni istar edik. O’qituvchining savoli – bu, o’quvchining tafakkurini bostirish yoki rivojlantirish uchun kuchli vositadir. Savolning ikki xil turi mavjud (interaktiv o’qitish nuqtai nazaridan). o’quvchining fikr doirasini chegaralab, uni bilganlarni oddiy qayta tiklashga keltirib qo’yadigan savollar. Bunday savollar fikrlash jarayonini to’xtatib turishga xizmat qilib, o’quvchiga uning fikri hech kimni qiziqtirmasligi tushunib etishiga olib keladi; fikr yuritish, o’ylash, tasavvur qilish, yaratish yoki sinchiklab tahlil etishga undovchi savollar. Bunday savollar fikrlash darajasini ko’tarish bilan birga, o’quvchilarda ularning ham fikri qimmatga ega ekanligiga ishonch uyg’otadi. Quyida savolni to’g’ri ifoda qilish bir qancha tavsiyalarni keltiriladi. 1. Savollarni aniq va qisqa qo’yish lozim. 2. Bitta savol orqali faqat bir narsani so’rash. 3. Savol mavzu bilan bevosita bog’liq bo’lishi kerak. 4. Savoldagi barcha so’zlar o’quvchiga tushunarli bo’lishi kerak. 5. Har bir savolga bir nechta javob bo’lishiga harakat qiling. 6. Konkret predmetlardan umumiyga borishga harakat qiling. Bu holat o’quvchilarni o’ylashi va savolga javob berishida engillik tug’diradi. 7. Faqatgina ‘ha’ yoki ‘yo’q’, ‘to’g’ri’ yoki ‘noto’g’ri’ degan javoblar beriladigan savollarni berishdan saqlaning. 8. O’quvchilarga o’z tajribalariga tayangan holda javob beradigan savollarni bering. 9. O’zining nuqtai nazarini bildiradigan savollarni bering. 10. Qo’yilgan savolga javob berilganda, o’quvchilardan ‘Nima uchun shunday deb o’ylaysiz?’ deb so’rab turing. Interfaol usullar bo’yicha o’qitish tashkil etilganda e’tibor berilishi kerak bo’lgan yana bir holat, bu vazifaning mazmuni masalasidir. Vazifaning mazmuni o’qitishning an’anviy shakllariga qaraganda boshqacharoq xarakterga ega bo’lishi lozim. Masalan, guruhga darslikdagi ma’lum bir paragrafni konspektini olish vazifa sifatida berish maqsadiga muvofiq emas, chunki har bir o’quvchi bu ishni o’zi, mustaqil bajarishi mumkin. Amaliyot shuni ko’rsatmoqdaki, muammoni nostandart qo’yilishigina, o’quvchilarni bir-biridan yordam olishga, boshqalarning ham fikrini bilishga, natijada esa, guruhning umumiy fikrini shakllantirishga undaydi. Masalan, dasturlashga oid masala echilganda, uni kichik masalalarga bo’lish mumkin. O’quvchilarni ham kichik guruhlarga bo’lish va har biriga kichik masalani echishni va dasturini tuzishni tavsiya etish mumkin. Dars oxirida guruhlarning echimlari asosida asosiy masala echishni tashkil qilish lozim. Buning natijasida bitta dars davomida murakkab masalani echish va unga ko’proq o’quvchilarni jalb qilish mumkin bo’ladi. Ushbu usulning hozirgi davrda ta’limda qo’llanish ko’lami ortib borayotgan ‘Loyihalar usuli ‘ ning ko’rinishlaridan biri deb hisoblasa bo’ladi. O’qitishning interaktiv metodlariga Venna diagrammasi, Klasterlar, Insert texnologiyasi, T-sxema, Katta aylana, Aqliy hujum, Chigal mantiqiy zanjirlar, 6*6*6 metodi, Rolli o’yinlar, Besh minutlik esse kabi metodlarni misol qilish mumkin. Laboratoriya ishlarini o’tkazish qoidalari va xavfsizlik choralari: Berilgan nazariy ma’lumot bilan tanishib chiqiladi va topshiriqlar variantlari ketma-ket bajariladi va natijalar olinadi. Kompyuter xonasida xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya – gigiyena talablariga amal qilinadi. Mavzu yuzasidan savollar: 1. O`qitishning interaktiv uslublari. 2.Informatikaning vujudga kelishi haqida gapring. 3. O`qitishning shakillari va ularning turlari haqida gapirib bering. 4.Axborot texnalogiyalariga doir misollar keltiring? 5.Informatika fanini o`qitishda qanday metodlardan foydalanish mumkin deb o`ylaysiz? Adabiyotlar ro’yxati: 1.M.T.Azimjanova, Muradova, M.Pazilova, Informatika va axborot texnologiyalari, O’quv qo’llanma, Toshkent, 2013. 2.M.Aripov, A.Madraximov, Informatika, informasion texnologiyalar, Informatika, informasion texnologiyalar, Toshkent, 2004.