O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI I.S. Ruziev, F.X. Mavlanov, M.R. Ismoilov, A.N.Xayitov PLUG KORPUSI ISHCHI SIRTINI LOYIHALASH Urganch − 2023 1 O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI I.S. Ruziev, F.X. Mavlanov, M.R. Ismoilov, A.N.Xayitov PLUG KORPUSI ISHCHI SIRTINI LOYIHALASH O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 5310600“Transport vositalari muhandisligi (yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi)” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan Urganch – 2023 2 I.S.Ruziev F.X.Mavlanov, M.R.Ismoilov, A.N.Xayitov O’rim-yig’im mashinalarini loyihalash fanidan mоtоvilоni paramеtrlarini хisоblash va lоyiхalash oid o‘quv qo‘llanma. Urganch-2023, 124 b. Ushbu o’quv qo‘llanma fanning namunaviy va ishchi dasturiga muvofiq yozilgan bo‘lib, u «Qishloq xo’jaligi ekinlarini yetishtirish mashinalarini loyixalash» fanini o‘rganuvchi “Yer usti transport tizimlari va ularni ekspluatatsiyasi” (traktor va qishloq xo‘jaligi mashinalari) ta’lim yo‘nalishlarida o‘qiyotgan talabalar uchun mo’ljalangan. O’quv qo‘llanmada qishloq xo‘jaligi soxasida eng ko’p qo’llanilayotgan pluglar va ularning turlari hamda plug ishchi sirtini loyixalash bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Hozirgi kunda yer xaydashda ishlatilib turgan zamonaviy pluglar, ularning ishchi qisimlari tuzilishi hamda plug korpusi ishchi sirtini loyihalash tartibi yoritilgan. Qo‘llanmadan qishloq xo‘jaligi korxonalarida ishlovchi injener−texnik xodimlar, texnik sohalarga yo‘naltirilgan kasb−hunar kollejlari talabalari ham foydalanishlari mumkin. Учебное пособие написан в соответствии с типовым и рабочим планом предмета «Проектирование сельхозяйственных машин для выращивание сельскохозяйственные культури». Он предназначен для студентов специальностей «Системы наземного транспорта и их эксплуатация» (тракторы и сельскохозяйственные машины). В пособие представлена информация о наиболее часто используемых плугах в сельском хозяйстве и их типах, а также о конструкции рабочей поверхности плуга. Описаны современные плуги, применяемые в настоящее время в пахоте, устройство их рабочих частей и порядок проектирования рабочей поверхности корпуса плуга. Пособие также может быть использовано инженерами и техниками, работающими на сельскохозяйственных предприятиях, а также студентами профессиональных колледжей, специализирующихся в технических областях. The textbook is written in accordance with the standard and working plan of the subject "Design of agricultural machines for growing agricultural crops". It is intended for students of the specialties "Ground transport systems and their operation" (tractors and agricultural machines). The manual provides information about the most commonly used plows in agriculture and their types, as well as the design of the working surface of the plow. The article describes modern ploughs currently used in plowing, the device of their working parts and the procedure for designing the working surface of the plow body. The manual can also be used by engineers and technicians working in agricultural enterprises, as well as students of professional colleges specializing in technical fields. Taqrizchilar: UrDU «Mexnat ta’limi» kafedrasi dotsenti, t.f.n. Х.Q. Yaqubov TIQXMMI «Qishloq xo‘jaligi mashinalari» kafedrasi dotsenti, t.f.n. T. Abdillayev O‘quv qo‘llanma Urganch davlat universiteti Kengashi tomonidan nashrga tavsiya qilindi. (2023 yil «___» ____________ Bayonnoma №__) 3 SO‘Z BOSHI Qishloq xo‘jaligi ekinlarni yetishtirishda tuproqni shudgorlash, urug‘larni kerakli chuqurlikka ekish, ularni unib chiqishi va o‘sib yashash imkoniyatlarini yaratish uchun ishchi qurollar talab etiladi. Albatta, tuproqqa qanchalik yaxshi ishlov berilsa ekinlarni sifatli ekilishi, unib chiqqan nihollarni yaxshi rivojlanishi kuzatiladi va hosildorlik shunchalik yuqori bo‘ladi. Plug tuproqni shudgorlashdagi asosiy qishloq xo‘jaligi quroli hisoblanadi. Respublikamiz sharoitida ekin ekish uchun yerni tayyorlash texnologiyasida uni plug bilan sifatli shudgorlashga katta axamiyat berilgan. Yerga ishlov beradigan mashinalardan faqat pluggina tuproq qatlamini ag‘darib ishlov beradi. Ag‘darilayotgan tuproq palaxsasi deformatsiyalanib maydalaniladi, yumshatiladi. Ag‘darish xisobiga begona o‘tlar ham chuqur ko‘milib yo‘qotiladi. O‘quv qo‘lanma uchta bo‘limdan iborat bo‘lib, ularda yerga ishlov berishning mohiyatidan tortib, pluglarning vazifasi, turlari, hisobi va loyihalashgacha bo‘lgan asosiy ma’lumotlar keltirilgan. Birinchi bo‘limda tuproqning fizik va texnologik xususiyatlari, tuproqqa ishlov berish usullari, tuproqqa ishlov berishning texnologik operatsiyalari va jarayonlari bayon qilingan. Ikkinchi bo‘limda, dastlab pluglarning inson hayotiga kirib kelish tarixi, uning rivojlanish bosqichlari va qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishdagi o‘rni bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Pluglarning vazifasi, tasniflanishi, asosiy parametrlari bo‘yicha turlari, ishchi organlarining tuzilishi va turlari, lemexlarning konstruktsiyalari keng yoritilgan. Pluglarning ishchi sirtlarini hisoblash va loyihalash bo‘yicha, plug tumshug‘i ish jarayonini asoslovchi pona nazariyasi bo‘yicha ma’lumotlar berilgan. Uchinchi bo‘limda pluglar bo‘yicha kurs ishini bajarish jarayonini yoritilgan. Unda pluglar bo‘yicha kurs ishini bajarishga oid ma’lumotlar keltirilgan. Ya’ni, berilgan kattaliklar asosida plug korpusi ishchi qismini qurish tartibi, plugning turli ko‘rinish sxemalarini qurish, yo‘naltiruvchi va yasovchi egri chiziqlarni qurish, korpus ishchi sirtining gorizontal proektsiyasini qurish va loyihalangan plugni tortishga qarshiligini hisoblash tartiblari keltirilgan. Mazkur fanni o‘zlashtirishda talabalar plug korpusi tuproq palaxsasini sifatli ag‘darish jarayoni qanday omillarga bog‘liq ekanligini ongli ravishda tushinishlari lozim. Shu sababli, bakalavrlar “Qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirish texnologiyalari va mashinalari” fani bo‘yicha kurs ishida “Plug ag‘dargichi ishchi sirtini loyixalash” ni amalga oshiradilar hamda ag‘dargich va lemex ishchi chizmalarini tayyorlashni bajaradilar. Kurs ishi bajarishda talaba fermer xo‘jaligida yetishtiriladigan ma’lum ekin uchun mos bo‘lgan chuqurlikda ishlov bera oladigan, shu ekin ekilayotgan dala tuproq turi va sharoitiga to‘g‘ri keladigan, tuproq palaxsasini sifatli ag‘dara oladigan korpus qamrov kengligini to‘g‘ri tanlash va ag‘dargich ishchi sirtining geometrik shaklini tuproq xossalariga mos qilib loyihalash mezonini o‘zlashtiradi. Sirtining shakli turlicha bo‘lgan korpusni o‘ziga mos tezlikda agregatlash lozimligini o‘rganadi. 4 Ma’lumki, xar qanday ishni qulay ob−xavo sharoitida qisqa muddatlarda bajarish uchun, deyarli butun dunyoda tezkor mashinalar ishlatilmoqda. Shu jumladan, yerga ishlov berishda xam tezkor korpus o‘rnatilgan pluglar ishlatilmoqda. Lekin ushbu o‘quv qo‘llanmada, talabalarda barcha turdagi pluglar bo‘yicha to‘liq ko‘nikmalar hosil bo‘lishi uchun, qo‘llanmaning kurs ishiga oid qismida tezkor, madaniy va unversal korpusli pluglarni loyixalash keltirilgan. Ushbu o‘quv qo‘llanma texnika oliy o‘quv yurtlarining qishloq xo‘jaligi mashinalari muhandisligi bo‘yicha ta’lim olayotgan bakalavr va magistrlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan texnik-muhandis xodimlar hamda professor-o‘qituvchilar ham foydalanishlari mumkin. 5 III. PLUG KORPUSI ISHCHI SIRTINI LOYIHALASH 3.1. Kurs ishining qisqacha mazmuni va tarkibi Dexqonchilikda bajariladigan eng murakkab, eng sermashaqqat, energiya va mehnatni eng ko‘p talab etadigan texnologik jarayonlardan biri−bu ekin ekiladigan yer maydonlarini shudgorlashdir.Tuproqqa talab darajasida, sifatli ishlov berilsa, shak−shuhbasiz qishloq xo‘jaligi ekinlaridan mo‘l va yuqori sifatli maxsulot olish ta’minlanadi. Shu sababli ekin maydonlarini shudgorlashda qo‘llaniladigan pluglarning ishchi qismlari ta’monidan bajariladigan texnologik jarayonlarning mohiyatini chuqur anglash, ularni amalga oshirishda qo‘llani−ladigan ishchi sirtlarini to‘g‘ri tanlash, ularni loyihalash asoslarini bilish, plug ishchi qismlarini bir−biriga nisbatan to‘g‘ri joylashtirish, shudgorlash ishlarini agrotexnik talab darajasida amalga oshirishni ta’minlash uchun plugni traktorga to‘g‘ri ulash (agregatlash), plugdan foydalanishda, uning tortishga qarshiligini kamaytirish, energiya va resurstejamkorlik yo‘nalishi yo‘llarini keng ko‘lamda va chuqur o‘rganish talab etiladi. Shularga asosan kurs loyihasi plug korpusi ishchi sirtini va plug sxemasini loyixalash, plugni (osma plug misolida) kinematik , dinamik tadqiqot qilish, plugni traktorga to‘g‘ri ulash masalalariga bag‘ishlanadi. Kurs loyihasining tarkibi Kurs loyihasi tarkibida quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak: kafedra mudiri va kurs loyihasi raxbari imzosi bilan tasdiqlangan topshiriq; kirish; plug korpusi ishchi sirtini loyihalash bo‘yicha tushintirish, hisoblash, asoslash, grafik qismlardan tashkil topgan ma’lumotlar; A1 va A2 formatli vatman qag‘oziga qo‘lda yoki kompyuterda (masshtabda) chizilgan grafik chizmalar; xulosa va foydalanilgan adabiyotlar; Kurs loyihasining namunaviy topshirig‘i va tushintirish matni mazmuni Kurs loyihasini bajarish uchun dastlabki ma’lumotlar: korpusning turi; maksimal shudgorlash chuqurligi, sm; lemexning shudgor tubiga engashish burchagi; 6 Kurs loyihasi tushintirish matnining mazmuni: Ponaning xususiyatlari va undan foydalanish Korpus ishchi sirtini qurish tartibi Korpusning old ko‘rinish sxemasini qurish Yo‘naltiruvchi egri chiziqni qurish Yasovchilar shudgor devoriga engashish burchaklarining o‘zgarishini tasvirlovchi egri chiziqni qurish Ko‘rpus ishchi sirtining gorizontal proyeksiyasini qurish Loyixalangan Plugning tortishga qarshiligini hisoblash Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar 3.2. Korpus ishchi sirtini qurish tartibi Plug korpuslari vazifasi va fodalanish sharoitiga ko‘ra, madaniy−uzluksiz ravishda foydalanilib kelinayotgan yerlarni, universal − nisbatan begona o‘tlar bilan qoplangan va yangi o‘zlashtirilayotgan quriq yerlarni shudgorlashga, maxsus−quriq, daraxt, butalar qoldiqlaridan tozalangan, yangi o‘zlashtirilayotgan yerlarni 30...50 sm chuqur bog‘ va takzorlar yaratish oldidan 40−80 sm. Chuqur shudgorlash, bog‘ daraxtlari qatorlari orasi yerlarni shudgorlash, unumdorligi kam, kulrang, sho‘rxak, kashtan va boshqa yerlarni shudgorlashga mo‘ljallangan turlarga bo‘linadi. Korpuslar ishchi sirtining geometrik shakliga ko‘ra quydagi turlarga bo‘linadi: silindrsimon, silindroidsimon va vintsimon. Silindrsimon korpuslar tuproqni yaxshi maydalaydi, lekin yetarli darajada ag‘darmaydi, shuning uchun ular keng ko‘lamda qo‘llanilmaydi. Silindrsimon sirtga ega bo‘lgan madaniy va universal korpuslar xar yili shudgorlanadigan, tuprog‘i yengil va og‘ir turlarga mansub bo‘lgan yerlarga hamda yangi o‘zlashtiriladigan yerlarga ishlov berishga mo‘ljallangan. Vintsimon korpuslar tuproq qatlamini to‘liq ag‘darishga mo‘ljallangan, shuning uchun ular ajriqli va serildiz yerlarga ishlov berishda keng qo‘llaniladi. Amalda, mahalliy sharoitda silindroid ishchi sirtga ega bo‘lgan madaniy va universal korpuslar keng qo‘llaniladi. Shuning uchun kurs loyihasini bajarishda talabalarga ushbu korpus turlaridan birini loyihalash topshirig‘i beriladi. Ularni bir−biridan ajratish uchun korpus yasovchilarining shudgor devoriga engashish burchaklari (𝛾i) ning o‘zgarish chegarasi bo‘yicha farqlash qabul qilingan. Madaniy korpuslar uchun γ0=400−450; γ0 – γmin=1°…2°; Δγ=γmax− γmin=2°…7°; universal korpuslar uchun γ0=38°…40°; γ0−γmin=2°…4°; Δγ= γmax−γmin=7°…15° deb qabul qilish tavsiya etilgan. 3.1−jadval Madaniy, universal va tezkor turdagi 𝛾i korpuslar uchun va ε 7 burchaklarining o‘zgarishi. Korpus turlari γ0, grad. γmin, grad. γmax, grad. Tezkor (silindrsimon) 28−320 26−280 36−380 Madaniy (silindroidsimon) 40−450 38−480 44−480 Uriversal (silindroidsimo) 38−400 36−380 48−540 ε, grad. 20−250 25−300 18−250 Quyida korpus turlari bo‘yicha tegishli ma`lumotlar berilgan (3.1−jadval), (bu yerda ε– lemexning shudgor tubiga engashish burchagi). Berilgan topshiriqqa binoan, korpusning maksimal ishlov berish chuqurligi amax va uning korpus qamrov kengligiga nisbati k berilgan bo‘lsin. Plug chimqir– qarsiz ishlatilganida tuproq qatlamining talab darajada ag‘darilishini ta’min–lashi uchun nisbat k ≥ 1.27 bo‘lishi kerak. Berilgan ma`lumotlarga asosan ko‘rpusning zaruriy qamrov kengligi quyidagi tenglik yordamida aniqlanali: 𝑏 = 𝑎𝑚𝑎𝑥 𝑘 (3.1) Korpusning hisoblab topilgan qamrov kengligi, standartga mos keladigan, quydagi sonli qatorlar: 25; 30; 35; 40; 45; 50 sm. va boshqalarga tenglashtirib, eng yaqin, katta raqami qabul qilinib, yaxlitlanadi. Korpusning ishchi sirtini loyihalashda uning ishchi sirtining old, ust ko‘rinish chizmalari masshtabda chiziladi va A1 yoki A2 formatda bajariladi. Loyixalanadigan korpus proyeksiyalari va boshqa qismlarini joylashtirish sxemasi 3.1−rasmda ko‘rsatilgan. 3.3. Korpusning old ko‘rinish sxemasini qurish Korpusning old ko‘rinish sxemasini qurish, ag‘dariladigan tuproq qatlamining ko‘ndalang kesimi yuzasining ag‘darilish jarayonini qurish bilan boshlanadi. Bunda tuproq qatlami ag‘darilish jarayonida deformatsiyaga uchramaydi va o‘z shaklini o‘zgartirmaydi deb faraz qilinadi. Loyihalanayotgan korpusning old ko‘rinishini ag‘darilayotgan qatlam chetki nuqtalarining trayektoriyasidan foydalangan xolda quriladi (2.8−rasm). Shuning uchun chizma varag‘ining yuqori chetidan 2b, chap chetidan 3b masofada A nuqta belgilanib, shudgor tubini bildiruvchi chiziq chiziladi. Ushbu chiziqdan yuqoriga a−shudgorlash chuqurligiga teng masofada (tanlangan masshtabda) parallel, yer yuzasi chiziq chiziladi. Ularda ag‘darilayotgan qatlamning ko‘ndalang kesim yuzasi (a va b) berilgan o‘lchamlarda – ABCD tasvirlanadi. A nuqtadan shudgor tubi chizig‘ida a masofada yotgan C0 nuqta belgilab olinadi. Korpus qamrov kengligiga teng masofa v o‘lchanib olinadi va S0 nuqtani markaz qilib yer yuzasini bildiruvchi chiziqda (C0 B0=b) nuqta belgilab olinadi, C0A1 chizig‘i 8 chiziladi. Shudgor tubini bildiruvchi chiziqdagi C0 nuqtadan C1, C2 va h .k. nuqtalarni belgilab olinadi. Xuddi shunday yer yuzasini bildiruvchi chiziqdagi B0 chizig‘idan oralig‘i b masofaga teng bo‘lgan masofalarda B1, B2 va h.k. nuqtalar belgilanadi. Ushbu nuqtalardan qatlamning mos keladigan yon tamonlariga perpendikulyar chiziqlar (misol uchun, C1D1, C2D2 lar, B1A1, B2A2 larni o‘tkazilib, qatlam ko‘ndalang kesimining ag‘darilgan holati quriladi (2.7–rasm). 3.1−rasm. Tuproq qatlami ko‘ndalang kesmining ag‘darilgan xolati sxemasi Shundan keyin ABCD qatlamning xamma nuqtalari D nuqta atrofida aylantiriladi. Korpusning orqasiga tuproq to‘kilmasligi uchun, uning yuqori chetini D nuqta atrofida radiusi DB masofaga teng bo‘lgan BE yoyini o‘tkazish bilan aniqlanadi. Qatlam korpus sirtida xarakatlanish jarayonida, tuproq maydalanib xajmi ko‘payadi, tuproq korpusning yuqorgi chetidan oshib orqga to‘kilmasligini ta’minlash uchun, korpusning dala tamondagi qirrasining balandligini tuproq qatlamining eniga b ga teng deb olinadi va n nuqtasi belgilanadi, ya`ni An balandligi aniqlanadi. Korpusning dala tamon qirrasi pichoq qirqib xosil qilgan shudgor devori AV buzilmasligini ta’minlash uchun, uni n nuqtadan gorizantal chiziq o‘tkazib An balandlikni shudgor tomonga 10...15 mm og‘ishtiriladi va kesishgan nuqta K nuqta topiladi. K nuqtadan BE yoyiga urunma o‘tkaziladi. Korpusning shudgor tamondagi qirrasini ag‘darilayotgan tuproq qatlamining yuza qismi tuprog‘ini sidirib, surib ketmasligi uchun, uni ag‘darilgan qatlamning yuza sirtiga nisbatan 15...20 mm masofa qoldirib, EF chizig‘ini parallel o‘tkazish bilan aniqlanadi. Lemex bilan ag‘dargich tutashadigan joyi chizig‘ini yasovchilarning shudgor devoriga engashish burchaklarini aniqlagandan keyin belgilanadi. Shudgorlash agregati ish jarayonida u yoki bu tamonga og‘ib harakatlanishida korpuslar orasida ishlov berilmay qoladigan tuproq qolmasligini ta’minlash maqsadida korpus qamrov kengligi b ga Δb=25 mm masofa qo‘shiladi va N nuqta belgilanadi. Lemexning shudgor tamon qirrasini korpusning gorizantal tekislikdagi ishchi sirti ko‘rinishi 9 chizilganidan keyin aniqlanadi. Korpus ishchi sirtining ust ko‘rinishini qurish uchun, uning old ko‘rinish chizmasiga bir nechta yasovchilar (ular soni qancha ko‘p bo‘lsa shuncha aniqroq quriladi) o‘tkaziladi va ular yordamida ishchi sirtning yo‘naltiriuvchi egri chizig‘i, har bir yasovchilarning shudgor devoriga nisbatan engashish burchagi qiymatlari va korpus ishchi sirtlarining yaxlitlangan ko‘rinishi quriladi. 3.2−rasm. Korpusning old ko‘rinishini qurish Korpusni loyihalashda umumiy ishlarni bajarishda ishlatiladigan pluglarda qo‘llaniladigan korpuslarning yasovchilari 25 mm, yirik gabaritli korpuslarda esa, 50 mm oraliqda o‘tkaziladi. Kurs ishini bajarishda kamida 11 yasovchi (0,1,2 ...11) o‘tkazish tavsiya etiladi. O‘tkazilgan yasovchilar oralig‘i o‘zaro teng bo‘lishi uchun korpus balandligi Hk ni 10 ta teng bo‘laklarga bo‘lish kerak. Yasovchilar o‘tkazilgach, ularni №0, №1, №2, №3 .... №10 raqamlari bilan belgilab qo‘yiladi. https://www.youtube.com/watch?v=kWJ885BmK0Q 10 a c d b 3.3 − a rasm. Loyixalanayotgan tezkor korpus proyeksiyasi va boshqa qismlarini joylashtitish sxemasi a− korpusning old ko‘rinish sxemasini qurish; b− yo‘naltiruvchi egri chiziqni qurish; c− yasovchilar shudgor devoriga engashish burchaklarining o‘zgarishini tasvirlovchi egri chiziqni sxemasi; d− ko‘rpus ishchi sirtining garizantal proyeksiyasini qurish 11 a c d b 3.3− b rasm. Loyixalanayotgan madaniy korpus proyeksiyasi va boshqa qismlarini joylashtitish sxemasi. a− korpusning old ko‘rinish sxemasini qurish; b− yo‘naltiruvchi egri chiziqni qurish; c− yasovchilar shudgor devoriga engashish burchaklarining o‘zgarishini tasvirlovchi egri chiziqni sxemasi; d− ko‘rpus ishchi sirtining garizantal proyeksiyasini qurish 12 c a b d 3.5 − c rasm. Loyixalanayotgan unversal korpus proyeksiyasi va boshqa qismlarini joylashtitish sxemasi. a− korpusning old ko‘rinish sxemasini qurish; b− yo‘naltiruvchi egri chiziqni qurish; c− yasovchilar shudgor devoriga engashish burchaklarining o‘zgarishini tasvirlovchi egri chiziqni sxemasi; d− ko‘rpus ishchi sirtining garizantal proyeksiyasini qurish 3.4. Yo‘naltiruvchi egri chiziq(YECH)ni qurish Silindroidsimon sirtni yasashda lemex tig‘idagi nolinchi yasovchi YECH bo‘ylab yuqoriga, o‘zining shudgor devoriga engashish burchagi 𝛾 ni ma’lum tartibda 13 o‘zgartirib siljiydi. YECH uzunligi ag‘dargichning balandligiga bog‘liq bo‘lib, u ag‘darilayotgan palaxsa ag‘dargichga to‘liq sig‘ishini, deformatsiyalanib hajmi oshganda ag‘dargich ustidan orqa tomonga to‘kilmasligini ta’minlashi uchun yetarli bo‘lishi kerak. Korpus ishchi sirti bo‘ylab yuqoriga siljiyotgan tuproqning maydalanish darajasi bevosita YECH egriligining o‘zgarishiga bog‘liq. Agar YE sifatida aylana yoyi qabul qilinsa, uning egriligi o‘zgarmas bo‘lganligi sababli palaxsa yuqoriga ko‘tarila boshlaganda oladigan dastlabki deformatsiya ololmaydi. Ko‘tarilayotgan palaxsani korpus sirti uzluksiz deformatsiyalab, jadal maydalashi uchun, YECH sifatida egriligi o‘zgaruvchan bo‘lgan egri chiziq, masalan, ellips, giperbola, parabola bo‘laklari qabul qilinishi talab qilinadi. YECH shudgor tubiga nisbatan ε0 burchagi ostida engashgan bo‘ladi. ε0 burchagining miqdori, korpusning tuproqni maydalashiga hamda uning sudrashga qarshiligiga kuchli ta’sir etuvchi omil hisoblanadi. Madaniy korpus uchun ε0=300, universal korpus uchun esa ε0=18−250 qabul qilinadi. Ko‘pincha YECH sifatida aylana yoyi ustiga qurilgan parabola qabul qilinadi (3.7−rasm). Universal korpusda YECH lemex tig‘i uzunligi L ning oxirida, uning tig‘iga perpendikulyar bo‘lgan tik tekislik DgQu da joylashtiriladi. Madaniy korpusda esa YECH, korpus uchi Ag dan lemexni ishchi uzunligi L ning 2/3 qismidan o‘tkazilgan DmQm tekisligida joylashtiriladi. Agar YECH DgQu yoyi ko‘rinishida bo‘lsa, ag‘darilayotgan tuproq ag‘dargichning ustidan oshib utmasligini ta’minlash uchun DgQu yoyining uzunligi uning ustiga ko‘tarilib ag‘dariladigan palaxsa DmQm1 kattaroq (yoki teng) bo‘lishi kerak, ya’ni 𝜋 𝑏 2 𝑐𝑜𝑠𝜀0 𝑅( − 𝜀0 ) ≥ bo‘lagining uzunligidan (3.2) Bunda 𝑅𝑚𝑖𝑛 = 𝑏 𝜋 ( 2 − 𝜀0 )𝑐𝑜𝑠𝛾0 (3.3) bo‘lishi lozim. Agar YECH DgQu yoyi ustiga qurilgan parabola bo‘lsa, uni chizish quyidagi tartibda bajariladi. YECH ni haqiqiy kattaligida chizish uchun lemex tig‘i AgDg ning davomida DgQu yoki DmQm ga parallel bo‘lgan chiziq o‘tkaziladi va uni shudgor tubi deb qabul qilinib, u yerda D nuqta belgilanadi (3.6−rasm). D nuqta orqali 𝜀0 burchagi ostida DZ qiya chizig‘i, keyin unga perpendikulyar qilib LOm chizig‘i o‘tkaziladi. D nuqtadan LOm bo‘ylab yuqoridagi formula yordamida aniqlangan Rmin dan birmuncha kattaroq bo‘lgan R masofasida Om nuqta belgilanib R radiusi DP yoyi 14 chiziladi. Om nuqta orqali shudgor tubiga parallel qilib OmP chizig‘i o‘tkaziladi. Uning P nuqtasidan DP yoyiga PZ urinma o‘tkaziladi. 3.6−rasm.Yo‘naltiruvchi egri chiziq o‘lchamlarini aniqlashga oid sxema Og‘ir sharoitda ishlatiladigan lemex yeyilib, o‘tmas va ensiz bo‘lib qolganida uning magazinidagi metall zaxirasini qizdirib, tig‘i tomonga bolg‘alab surish hisobiga, tiklashni yengillashtirish uchun uning S kenglikdagi DN yassi qismi qoldiriladi. Lemexning L nuqtasidan yuqori qismi, kerakli egrilik bilan bukilgan bo‘ladi. Lemex yassi qismining kengligi S mo‘ljallangan amax chuqurlikka bog‘liq bo‘lib, amax = 25−35 sm uchun S= 60 mm qabul qilinadi. DJ bo‘ylab DN=S masofada N nuqta belgilanadi. NJ hamda PJ chiziqlari o‘zaro teng bir nechta bo‘laklarga bo‘linib, 1−1, 2−2, 3−3, n−n chiziladi. Ularga urinma tarzda LP parbolasi quriladi. Korpusning old ko‘rinishidagi 0,1,2...n yasovchilar oraliqlari saqlangan holda shudgor tubi DQ ga parallel qilib yasovchilar chiziladi. Agar ayrim yasovchilar P nuqtadan yuqoriroq joylashib qolsa, ZP urinmani oxirgi yasovchigacha davom ettirib, YECHni qurish tugatiladi. Korpus ust ko‘rinishini chizish uchun YE ning har bir yasovchi bo‘ylab tashkil qiladigan t1, t2, t3 ...tn qulochlari aniqlanadi (2.11−rasmda misol tariqasida tq, t4, t5 lar ko‘rsatilgan). t lardan foydalanib, shudgor tubi bo‘lgan DQ ga yoki unga parallel bo‘lgan DgQu (madaniy korpus uchun DmQm) ustiga YECH ning yasovchilar bilan kesishgan nuqtalarining proyeksiyalari bo‘lgan 1,2,3…n lar belgilanadi. 15 3.7− rasm. Yo‘naltiruvchi egri chiziq Standart lemexning Bl kengligini ( Bl = 122 yoki 105 mm) YE ning ustiga D nuqtasidan qo‘yib, lemexning ag‘dargich bilan tutashgan joyi M nuqtasi topiladi. DgQu ga M nuqtasining proeksiyasi tushiriladi. M nuqtasidan qo‘shimcha 1q yasovchisi o‘tkazilib, uning balandligi hq aniqlanadi. Keyin korpusning old ko‘rinishida ham hq balandligida lq yasovchisi o‘tkazilib, lemex bilan ag‘dargichning tutashgan chizigi FL topiladi. https://www.youtube.com/watch?v=Lqnb8Kp5jrA 3.5. Yasovchilar shudgor devoriga engashish burchaklarining o‘zgarishini tasvirlovchi egri chiziqni qurish Korpus ishchi sirti bo‘ylab siljiyotgan tuproqning xossalariga mos ravishda uni yuqori tomonga ko‘tarib, kerakli jadallik bilan maydalab, ag‘darishni ta’minlashi uchun, yasovchilarning shudgor devoriga engashish burchagi ni ma’lum qonuniyat bilan o‘zgarishi talab qilinadi. Silindroidsimon sirtli madaniy va universal turdagi korpuslar uchun burchaklari bir−biridan farq qiladigan parabola qonuni bo‘yicha 16 o‘zgaradi. Bunday parabolani qurish uchun lemex tig‘ining engashish burchagi 0, korpus sirtiga tuproqdan tushadigan bosim eng katta miqdor bo‘lgan balandlikdagi (h=80−100 mm) yasovchining engashish burchagi min va eng yuqoridagi yasovchining engashish burchagi max lar ma’lum bo‘lishi lozim. Lemex kesib olgan palaxsa yuqoriga ko‘tarila boshlaganda, uni korpus bo‘ylab yuqori siljishiga qarshilikni kamaytirish maqsadida h min balandlikkacha engashish burchagi 0 dan min gacha kamaytiriladi. Keyin esa burchagi parabola qonuni bo‘yicha max gacha o‘sadi. Natijada ag‘dargichning qanoti tuproqpalaxsasini ag‘dara oladigan darajada old tomonga bukilgan bo‘ladi. Madaniy korpuslar uchun 0 = 400−450; 0 = min = 10−20; max –min =20−70 universal korpuslar uchun 0 =380−400; 0 − min= 20−40; = max –min =7−15 deb qabul qilish tavsiya etilgan. Universal korpus burchaklari o‘zgarish qonuniyatining grafik ko‘rinishini chizish uchun korpus old ko‘rinishidagi yasovchilarni o‘ng tomonga uzaytirib, ularga perpendikulyar qilib Y o‘qi, min burchagiga ega bo‘lgan yasovchining ustida X o‘qi joylashtiriladi (3.8−b rasm). Burchaklarni shartli uzunlik birligida qo‘yib, egri chiziq chizish uchun masshtabi (gradus/mm) tanlab olinadi. X o‘qida koordinatalar boshi e nuqtasi tanlab olinadi. 0 burchagining min dan farqi shartli m0=(0 −min) / ni uzunlik birligida (Y o‘qidan o‘ng tomonga) nolinchi yasovchi bo‘yicha qo‘yib, d nuqta topiladi. 0 dan min gacha burchaklarning to‘g‘ri chiziq bo‘yicha o‘zgarishini e’tiborga olib, ed to‘g‘ri chizig‘i chiziladi. max va min burchaklarning farqi mn=(max − min)/ ga teng masofa ko‘rinishida f dan boshlab qo‘yiladi va i nuqta belgilanadi. ef va fi lar o‘zaro teng bo‘laklarga bo‘linadi. fi dagi bo‘laklar nur ko‘rinishidagi chiziqlar yordamida e nuqta bilan birlashtiriladi. Har bir nurning o‘z tartib raqamiga o‘xshash raqamga ega bo‘lgan yasovchi bilan kesishgan nuqtalarini birlashtirish orqali izlanayotgan parabola ei chiziladi. Parabolaning har bir yasovchidagi qulochi mo‘lchanib, masshtabiga ko‘paytiriladi va burchaklar aniqlanadi. Universal korpus uchun burchaklar miqdorini quyidagi formula yordamida ham topish mumkin: X=Y2/2R mm (3.4) bu yerda, Y−burchagi aniqlanayotgan yasovchining X o‘qiga nisbatan balandligi, mm; X−izlanayotgan burchakni shartli uzunlik birligida ifodalovchi oraliq (parabolaning qulochi), mm; 2p=n2/m−parabolaning parametri; n−ustki yasovchining X o‘qiga nisbatan balandligi, mm; m max min / parabolaning eng katta qulochi, mm. 17 a b c 3.8−rasm. burchaklari o‘zgarishining qonuniyati a– tezkor; b−universal; c−madaniy korpuslarda burchaklarning o‘zgarishi. 18 Hoxlagan yasovchining i burchagini topish uchun chizilgan parabolaning shu yasovchidagi mi qulochi mm da o‘lchab olinadi va ko‘rinishida hisoblab topiladi i = mi+min (3.5) Madaniy korpus uchun burchaklarning o‘zgarish qonuniyatini ifodalaydigan parabola g‘rafik usulda emas, quyidagi formula bo‘yicha analitik usulda quriladi (2.12 c −rasm): X=6,2 Y2/( Y2+100), sm (3.6) bu yerda, Y−burchagi aniqlanayotgan yasovchining X o‘qiga nisbatan haqiqiy kattalikdagi (chizma masshtabiga ko‘paytirilgan) balandligi, sm; X−parabolaning yasovchi bo‘ylab o‘lchangan qulochi, sm. Parabolaning eng ustki yasovchisidagi qulochi quyidagicha hisoblab aniqlanadi: Xn=6,2 Yn2 / (Yn2 +100) sm Parabolani qurishdagi masshtab hisoblab topiladi: (3.10) max min / X n , grad/sm boshlang‘ich (nolinchi) yasovchiga kd 0 min / sm ni qo‘yib, d nuqta topiladi va uni l bilan birlashtiriladi. Har bir yasovchining engashish burchagi i X i min ko‘rinishida aniqlanadi. 3.8− b va c rasmlardagi parabolalarni solishtirib, sirtlari bir xil bo‘lgani bilan madaniy va universal korpuslar burchaklarining o‘zgarish qonuniyati bo‘yicha bir−biridan farqini ko‘rish mumkin. Madaniy korpus yasovchilarining 𝛾 burchaklari avvaliga tez o‘sib, taxminan korpus balandligining o‘rtalaridan keyin ular deyarli o‘smaydi, yasovchilar bir−biriga deyarli parallel bo‘lib qoladi. Shu sababli madaniy korpus ag‘dargichining qanoti oz bukilib, tikroq bo‘ladi. Natijada tuproqni kamroq ag‘darib, ko‘proq maydalaydi. Universal korpusdagi 𝛾 burchaklar o‘ta tez o‘sishi sababli, korpus ag‘dargichining qanoti old tomonga ko‘proq bukilgan bo‘ladi. Natijada universal korpus tuproqni kamroq maydalab, to‘liqroq ag‘darishga intiladi. Agar plug traktorga noto‘gri ulanib agregatlansa u majburan yon tomonga burilib yuradigan bo‘ladi.Korpus sirtining hamma yasovchilarning burchaklari o‘zgarib uning shakli guyoo‘zgargan bo‘lib qoladi. Tuproqni maydalashda va ag‘darish sifati keskin yomonlashadi. Buni unutmaslik kerak. 3.5−a,b rasmda esa o‘zaro solishtirish silindiroidsimon ishchi sirtiga ega bo‘lgan tezkor va universal korpuslarda 𝛾 burchaklarning o‘zgarish qonuniyati keltirilgan. Tezkor korpusning lemexi tig‘i 0 =40°−42° burchak ostida o‘rnatiladi. Uning burchaklari universal korpusga nisbatan yuqoriroqqacha ( hu =10sm gacha emas ht =15 sm gacha ) min =32°−35° gacha uzluksiz kamayib boradi. Tezkor korpus sirti ht >hu bo‘lishi hisobiga universal korpusga nisbatan 5°−6° kamroq bo‘ladi. htbalandlikdan keyin 𝛾 burchaklari universal korpuslariga o‘xshash shiddat bilan 19 max =43°−45° gacha o‘sadi. Buning hisobiga bo‘libqanoti sezilarli darajada bukilgan bo‘lip qoladi. Ammo max burchaklari universal korpusga nisbatan 5°−6° kamroq bo‘ladi. Natijada tuproq palaxsasini shudgor tomonga irg‘itish tezligi me’yordan ortiq o‘sib ketishning oldi olinadi, tuproq old va o‘ng tomonga uzoqqa siljitmaydi. Shu sababli sarflanadigan quvvat keskin o‘sib ketmaydi. https://www.youtube.com/watch?v=YKpl38xwUbM 3.6. Ko‘rpus ishchi sirtining garizantal proyeksiyasini qurish Korpusning ust ko‘rinishini qurish uchun avvaliga hamma yasovchilarning gorizontal proeksiyalarini chizib qo‘yish kerak. Shu maqsadda korpusni old ko‘rinishidagi (2.8 −rasm) shudgor devorini pastga davom ettirib (3.9− rasm), u yerda lemexning uchi Ag nuqta bilan belgilanadi va undan 0 burchagi ostida nolinchi yasovchi (lemex tig‘i) o‘tkaziladi. Old ko‘rinishdagi D nuqtasi gorizontal tekislikdagi nolinchi yasovchiga proeksiyalab, Dg belgilanadi.Keyin universal korpus uchun Dg nuqtasi (madaniy korpus uchun Ag dan lemex uzunligi L ning 2/3 qismi masofasida yotgan Dm nuqtasi) dan YE joylashgan vertikal tekislikning izi DgAg yasovchiga perpendikulyar izi DgQu yoki DmQmo‘tkaziladi. YE chizmasidagi parabola qulochlari t1, t2, t3,..tn lardan DgQu izida yasovchilarning aniq joyini belgilovchi 1g,2g,3g....ng nuqtalar belgilanadi. Keyin esa 1g− nuqtadan 1 burchagi ostida 1−1 yasovchisi o‘tkaziladi. 1 burchagini aniq qo‘yish uchun uning tangensidan foydalangan ma’qul bo‘ladi. Buning uchun shudgor devoriga parallel qilib uzunligi 100 mm bo‘lgan AuTu chizig‘i chiziladi (2.13− rasm). AuTu ga perpendikulyar ravishda TuDu o‘tkaziladi. Har bir i burchagining tangensi 100 ga ko‘paytirilib, TuDu ning ustiga mm da qo‘yiladi va 1u,2u,3u ...nu nuqtalari topiladi. Bu nuqtalar orqali Au−1u, Au−2u....Au−nu chiziqlari o‘tkaziladi va ularga parallel qilib DgQu dagi tegishli nuqtalardan yasovchilar chiziladi (2.13−rasm). https://www.youtube.com/watch?v=JjnjTAa78wc Korpusning old ko‘rinishida lemex bilan ag‘dargich tutashgan FL chizig‘i orqali hg qo‘shimcha yasovchi lg chizilib, uning q burchagi aniqlanib lg nuqtasi topiladi. DgQu dagi lg 20 nuqtadan q burchagi ostida yasovchi chiziladi. Korpus old ko‘rinishidagi A,K,E,F va N nuqtalarining gorizontal tekislikdagi proeksiyalari tegishli yasovchilarning gorizontal tekislikdagi ko‘rinishlariga chizmachilik qoidalari asosida proeksiyalanib topiladi. Korpusning old ko‘rinishida lemexning shudgor chet qirqimi FN to‘g‘ri chiziq deb qabul qilinsa, uning gorizontal tekislikdagi proeksiyasi egri chiziq ko‘rinishiga 3.9− rasm. Korpus ust ko‘rinishini qurish ega bo‘ladi. Gorizontal proeksiyani chizish uchun F va N nuqtalari oralig‘ida bir nechta qo‘shimcha yasovchi 1a va 1b lar o‘tkazilib, ularning FN to‘g‘ri chizig‘i bilan kesishgan nuqtalarining gorizontal tekislikdagi proeksiyalari topiladi va o‘zaro birlashtiriladi. Agar lemexning shudgor chet qirqimi gorizontal tekislikda to‘g‘ri chiziq ko‘rinishiga ega deb qabul qilinsa, baribir qo‘shimcha yasovchilar o‘tkazilib uning vertikal tekislikdagi proeksiyasi (egri chiziq ko‘rinishida) topiladi. 21 https://www.youtube.com/watch?v=pOaoafxtZZE Korpusning yon (profil) ko‘rinishini qurish uchun ust ko‘rinishidagi shudgor devoriga parallel qilib lemex tig‘i chiziladi. Uning ustiga korpus old ko‘rinishidagi hamma yasovchilar (qadamlari saqlangan holda) ning profil tekislikdagi proeksiyalari chiziladi. Korpus ust ko‘rinishidagi chet chiziqlarining yasovchilar bilan kesishgan nuqtalarini shu yasovchilarning profil proeksiyalariga tushirib, topilgan nuqtalarni birlashtirib, korpusning yon ko‘rinishi chiziladi (3.10−rasm). a) b) 3.10−rasm. Korpus ust ko‘rinishi (a) yordamida uning yon ko‘rinishini (b)ni qurish 22 https://youtu.be/_FhbXjWgugM 3.7. Loyixalangan plugning tortishga qarshiligini hisoblash Har qanday mashina konstruksiyasi takomillashtirilganligini bildiruvchi ko‘rsatkichlar, texnologik jarayonni bajarishga sarflanadigan energiya miqdori bilan belgilanadi. Plug ishiga taalluqli bo‘lgan bunday ko‘rsatkich sifatida uning sudrashga qarshiligi qabul qilingan. Dehqonchilikda sarflanadigan energiyaning qariyib 35−40% plugni ishlatish bilan bog‘liqdir. Shu sababli plugni sudrash qarshiligiga ta’sir qiladigan omillarni va ularni kamaytirish yo‘llarini puxta o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Akademik V.P.Goryachkin bu masalani o‘rganib, tegishli xulosalar chiqargan va plugning qarshiligi P ni uchta tarkibiy qismga bo‘lgan: P = P1 + P2 + P3 (3.11) bu yerda, P1 – bevosita shudgorlashda ishtirok etmayotgan plugni sudrashga sarflanadigan kuch, uning miqdori: P1 = mgf (3.12) bu yerda, m− plug massasi, kg; g= 9,81 m/s2−erkin tushish tezlanishi; f − umumlashtirilgan ishqalanish koeffitsenti ( tirak taxtaning shudgor devori bo‘ylab ishqalanishi, g‘ildiraklarning yumalanishiga va boshqa qarshiliklarni bir vaqtda ifodalaydi); o‘tkazilgan tajribalar asosida f ning miqdori keng oraliqda o‘zgarishi (f 0,5−1,0) aniqlangan; yumshoq yerlarda f kattaroq, zich joylarda kichikroq bo‘ladi. P2− bevosita tuproqni qirqip olib, korpus bo‘ylab ko‘tarib deformatsiyalash (maydalash) uchun sarflanadigan kuch, uning miqdori quyidagicha ifodalanadi: P2 =kabn, (3.13) bu yerda, k−shudgorlashdagi tuproqning solishtirma qarshiligi, N/sm2 (bir sm2 maydonga ega bo‘lgan tuproq palaxsasini ag‘darib maydalashuchun plug sarflaydigan kuch: uning miqdori tuproqning xossalariga bog‘liq); a−shudgorlash chuqurligi, sm;b−korpusning qamrov kengligi, sm; n − korpuslar soni. P3 − a.b o‘lchamli palaxsani korpus sirtidan v tezlikda irgitib uloktirish uchun sarflanadigan kuch (uloqtirilgan tuproq qo‘shimcha maydalanadi), uning miqdori quyidagicha ifodalanadi: 23 P3 =εab V2n (3.14) bu yerda,ε−korpus sirti shaklining shudgorlanayotgan tuproq xossalariga mos tanlanganligini ifodalaydigan proporsionallik koeffitsienti (tuproq xossalariga mos tanlangan korpus uchun ε minimal qiymatga ega bo‘ladi); V−agregatning tezligi, m/s. bunda (3.11) formulani quyidagi ko‘rinishda yozish mumkin: P = Mgf +kabn +εabV2n (3.15) Bu akademik V.P.Goryachkinning ratsional formulasi xisoblanadi, chunki uning yordamida nafaqat plug, balki deyarli hamma mashinalarning ishiga sarflanadigan kuchni ratsional koeffitsient f, k, ε larni o‘zgartirib aniqlash mumkin. Pulugning sudrashga qarshiligini kamaytirish yo‘llari. Sudrashga qarshilik P ni kamaytirish uchun: plug massasi M ning kamroq bo‘lishiga intilish kerak: osma plug tirkalmaga nisbatan yengilroq bo‘lganligi sababli, ulardan kengroq foydalangan ma’qulroq; plugni sifatli konstruksion materiallardan tayyorlab har bir korpusga saqlagich o‘rnatib plugni yengilroq bo‘lishiga erishish mumkin; umumlashtirilgan ishqalanish koeffitsenti f ni kamaytirish uchun korpus ag‘dargichi va lemexni ustunga bo‘rtib chiqmaydigan maxsus boltlar bilan qotiriladi, zarurida ularni oddiy boltlar bilan almashtirib bo‘lmaydi; korpus sirti jilvirlangan bo‘lib, uning yuzi g‘adir−budir bo‘lishining oldini olish (korroziya bo‘lmasligi) lozim; oddiy tirak taxta o‘rniga rolikli tirak taxta o‘rnatilgani, qattiq tug‘inli g‘ildirak o‘rniga pnevmatik shina kiydirilgani ma’qul bo‘ladi; shudgorlanayotgan yerning namligi optimal bo‘lsa, uning solishtirma qarshiligi k kamroq bo‘ladi; (namlik me’yoridan ko‘p bo‘lsa, tuproq korpusga yopishib qoladi, natijada k−ko‘payadi; namlik me’yoridan oz bo‘lsa deformatsiyalashga qarshilik ortadi), shu sababli yozgi shudgorlashdan oldin yerni sug‘orish joizdir; korpus turi ishlov beriladigan yerning xossalariga moslab tanlansa, 𝜀 koeffitsenti kam bo‘ladi. Misol uchun bedapoya yoki boshqa serildiz yerni shudgorlashda madaniy korpus ishlatilsa, u palaxsani to‘liq ag‘darib ketish o‘rniga, uni maydalashga intiladi, shu sababli korpus oldida uyum paydo bo‘lib, qarshilik ortib ketadi; agregat tezligi oshirilsa, sudrashga qarshilikning P3 qismi ortadi. Ammo tezkor korpus ishchi sirtining shaklini agregat tezligiga moslab tanlash bilan P3 ning o‘sishini sezilarli darajada susaytirish mumkin; sudrashga qarshilikni birmuncha kamaytirish uchun plugni traktorga to‘g‘ri ulash talab qilinadi. Plugning foydali ish koeffitsienti. Foydali ishni bajarishga sarflanadigan kuchlarning yig‘indisini umumiy sarflanayotgan kuchga nisbati foydali ish koeffitsientini beradi: 24 𝜂= 𝑘𝑎𝑏𝑛+𝜀𝑎𝑏𝑉²𝑛 𝑀𝑔𝑓+𝑘𝑎𝑏𝑛+𝜀𝑎𝑏𝑉²𝑛 (3.16) Plugning foydali ish koeffitsentini oshirish uchun sudrashga qarshilikni kamaytirish yo‘llarini amalga oshirish kerak. Osma plug uchun 𝜂= 0,6−0,8, birmuncha og‘ir bo‘lgan tirkalma plug uchun 𝜂=0,50−0,70bo‘lishi aniqlangan. Nazorat savollari 1.Korpus yo‘naltiruvchi egri chizig‘ining uzunligi qanday talablarga javob berishi lozim? 2.Qanday maqsadda korpus YECH sifatida parabola qabul qilingan? 3.Qanday sabablarga ko‘ra universal ,madaniy va tezkor korpus yasovchilarining engashishi burchaklari turli qonuniyat bo‘yicha o‘zgartiriladi? 4.Silindrsimon sirtga ega bo‘lgan korpuslarni ifodalang? 5.Plugning sudrashga qarshiligini kamaytirish yo‘larini izohlang? 6.Plugning foydali ish kafisientini oshirish yo‘larni izohlang? 7.Plugning shudgorlashdagi solishtirma qarshiligi qanday omillarga bog‘liq? 8.Plugning sudrashga qarshilik kuchi qanday omillarga bog‘liq? 25 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Shoumarova M.Sh., Abdillayev T. “Qishlok xo‘jaligi mashinalari”. Toshkent “Mexnat”, 2009. 2. Xamidov A. “Qishloq xo‘jaligi mashinalarini loyixalash”, Darslik. –Toshkent: O‘qituvchi, 1991.−245 b 3. Қ.Ҳ.Маҳкамов “Агросаноат машиналари” Тошкент – 2003 4. АСМ−Запчасть “Запасные части и Сельхозмашины “ Алтайский край г. Рубцовск 2017 5. Lemken firmasini reklama prospektilari. 6. Klyonin N.I. va boshqalar. “Селскохозяйствене машин” Moskva, «Kolos». 2005. 7. http://pluga.ru/articles/istoriya-pluga.html 26 ILOVA LAR 1−ilova Hozirgi kunda qo‘llanilayotgan zamonaviy pluglar PLUG −4−45 ( O‘ZBEKISTAN URGANCHKORMMASH) Plug turi: chimqirqarli yarim osma plug Ko‘rpislar soni: 4 Haydash chuqurligi: 45 sm Qamrash kengligi: 140 sm PLUG −4−30 (O‘ZBEKISTAN URGANCHKORMMASH) Plug turi: osma Ko‘rpislar soni: 4 Haydash chuqurligi: 25 sm Qamrash kengligi:120 sm 27 PLUG −2−30 (TOJIKISTON) Plug turi: osma plug Ko‘rpislar soni: 2 Haydash chuqurligi: 35sm Qamrash kengligi: 60 sm PLUG 3−30 (ROSSIYA) Plug turi: osma plug Ko‘rpislar soni: 3 Haydash chuqurligi: 35sm Qamrash kengligi: 90 sm 28 PLUG 4−35 (UKRAINA) Plug turi: osma plug Ko‘rpislar soni: 4 Haydash chuqurligi: 40 sm Qamrash kengligi: 140 sm PLUG 5−35 (ROSSIYA) Plug turi: chimqirqarli osma plug Ko‘rpislar soni: 5 Haydash chuqurligi: 30 sm Qamrash kengligi: 175 sm 29 PLUG −8−40 (ROSSIYA) Plug turi: yarim tirkalma Ko‘rpislar soni: 8 Haydash chuqurligi: 35sm Qamrash kengligi: 240 sm PLUG−5−40 (ROSSIYA) Plug turi: 2 ta lemexli osma plug Ko‘rpislar soni: 5 Haydash chuqurligi: 35sm Qamrash kengligi: 200 sm 30 AYLANMA PLUG−4−35 (Xitoy) Plug turi: aylanma, osma plug Ko‘rpislar soni: 5 Haydash chuqurligi: 30 sm Qamrash kengligi: 140 sm AYLANMA PLUG−8−35 (ROSSIYA) Plug turi: tirkalma plug Ko‘rpislar soni: 8 Haydash chuqurligi: 35sm Qamrash kengligi: 210 sm 31 PLUG (PANJASIMON)−4−30 (UKRAINA) Plug turi: o‘yiqsimon ko‘rpusli osma plug Ko‘rpislar soni: 4 Haydash chuqurligi: 35 sm Qamrash kengligi: 120 sm PLUG (PANJASIMON)−8−30 (LEMKEN) Plug turi: o‘yiqsimon ko‘rpusli tirkalma Ko‘rpislar soni: 8 Haydash chuqurligi: 35sm Qamrash kengligi: 180 sm 32 DISIKLI PLUG−4−45 (XITOY) Plug turi: osma Ko‘rpislar soni: 4 Haydash chuqurligi: 35sm Qamrash kengligi: 180 sm 33 2−ilova Plug ishchi qisimlarining o‘lchamlari № Nomi 1 Ag‘dargich ko‘kragi ПНЛ−8−40 Ag‘dargich ko‘kragi ПЛН−3−35; ПЛН−4−35; ПЛН−5−35; ПЛ−5−35; ПЛП−5−35; ПЛП−6−35 2 Eskiz Texnik tasnifi 34 3 Ag‘dargich ko‘kragi ПЛ−5−35 4 Ag‘dargich ПНЛ−8−40 35 5 Ag‘dargich ПЛН−3−35; ПЛН−4−35; ПЛН−5−35; ПЛП−5−35; ПЛП−6−35. 6 Ag‘dargich ПЛ−5−35 36 7 Ag‘dargich ПЙ−3−35 8 Ag‘dargich ПЙ−3−35 9 Ag‘dargich ПЛЛ−1,4 37 10 11 12 Ag‘dargich ПНЛ−8−40 Dala taxtasi ПН−2−30; ПЛН−4−35; ПЛП−6−35; ПЛН−7−30 Dala taxtasi ПЛН−4−40; ПЛН−5−35; ПЛН−5−40; ПНЛ−8−40. 38 13 14 15 Dala taxtasi ПЛН−3−35; ПЛН−4−35; ПЛ−5−35; ПЛН−5−35; Lemex ПЛН−3−35; ПЛН−4−35; ПЛ−5−35; ПЛН−5−35; ПЛП−6−35; Lemex ПЛН−3−35; ПЛН−4−35; ПЛН−5−35; ПЛП−6−35; ПЛН−8−35; ПНЛ−8−40 39 16 Lemex ПЙ−3−35; ПД−3−35 17 Lemex ПД−3−35; ПЙ−3−35 18 Lemex ПЛП−6−35; ПЛН−8−35 40 Lemex ПЛП−6−35; ПЛН−8−35 20 Lemex ПН−2−30; ПН−3−30; ПЛН−7−30; ПН−2−30; ПН−3−30 21 Lemex Айланма 5 кўрпусли плуг учун 19 41 22 Lemex ПЛП−6−35; ПЛН−8−35 23 Lemex ПЛП−6−35; ПЛН−8−35 Lemex ПЛН−5−35; ПЛ−5−35; ПЛП−6−35; ПЛН−8−35 23 42 25 ПЛН−3−35; ПЛН−4−35; ПЛН−5−35; ПЛ−5−35; ПЛП−6−35; ПЛН−8−35. Ustun 43 3−ilova Hozirda dunyo mamlakatlari agrar sektorlarida keng qo‘llanilayotgan pluglarning turlari va texnik tavsiflari № Modeli Turi 1 2 3 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 Opal 090 Opal 090 Opal 090 Opal 090 Opal 090 Opal X 090 Opal X 090 Opal 110 Opal 110 Opal 110 osma, ag‘darma osma, ag‘darma osma, ag‘darma osma, ag‘darma osma, ag‘darma osma, ag‘darma osma, ag‘darma osma, ag‘darma osma, ag‘darma osma, ag‘darma 1 2 3 4 5 TSSB631/TSSB850 DU 90, DU 90M DU 110, DU 110M DU 140, DU 140M D110− D180 "Variotec" osma, diskli ag‘darma ag‘darma ag‘darma ag‘darma Korpuslar soni 4 Lemken (Olmoniya) 1 2 2+1 3 3+1 2 2+1 2 2+1 3 Yeberxart (Olmoniya) 3; 4; 5 2; 3 2; 3 3; 4; 5 3; 4; 5 44 Tuproqqa ishlov berish chuqurligi (korpusni) , sm 5 30/35 30/35 30/35 30/35 30/35 30/35 30/35 30/35/40 30/35/40 30/35/40 Qamrov kengligi, m 6 0,3−0,35 0,6−0,7 0,9−1,05 0,9−1,05 1,2−1,4 0,6−0,7 0,9−1,05 0,6−0,8 0,9−1,2 0,9−1,2 0,25 − 0,50 6 7 8 9 10 D90, D90M D110, D110M ST 22 D140, D140M D180, D180M 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 PG 100 6−F PG 100 7−F PG 100 8−F RG 100 6−F RG 100 7−F RG 100 8−F PB 100 5−F PB 100 6−F PB 100 7−F PB 100 8−F 1 2 3 4 5 6 7 5700 5700 5700 5700 5600 5600 5600 ag‘darma ag‘darma oldilama ag‘darma ag‘darma 3; 4; 5 3; 4; 5 3; 4; 5 3; 4; 5; 6 Kverneland (Norvegiya) yarim osma, ag‘darma 6 yarim osma, ag‘darma 7 yarim osma, ag‘darma 8 yarim osma, ag‘darma 6 yarim osma, ag‘darma 7 yarim osma, ag‘darma 8 yarim osma, ag‘darma 5 yarim osma, ag‘darma 6 yarim osma, ag‘darma 7 yarim osma, ag‘darma 8 Keys (AQSH) chizelli To‘shama soshnik 813 mm chizelli To‘shama soshnik 813 mm chizelli to‘shama soshnik 813 mm chizelli to‘shama soshnik 813 mm chizelli to‘shama soshnik 660 mm chizelli to‘shama soshnik 660 mm chizelli to‘shama soshnik 660 mm 45 35−50 35−50 35−50 35−50 35−50 35−50 30−50 30−50 30−50 30−50 2,1−3 2,45−3,5 2,8−4 2,1−3 2,45−3,5 2,8−4 1,5−2,5 1,8−3 2,1−3,5 2,4−4 3,05−5,18 5,2−8,2 8,2−12,5 12,5−16,2 2,13−5,18 8,2−12 12,5−16,2 8 9 10 5600 6500 6550 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 MF 715 MRS MF 715 MRS MF 715 MRT MF 715 MRT MF 725 MRS MF 725 MRS MF 715 RT MF 715 RT MF 715 RT MF 715 RT MF 715 SRT MF 715 SRT MF 715 SRT MF 715 RS MF 715 RS 1 RL−44 2 RL−44S chizelli to‘shama soshnik 660 mm prujinali tirgak avtomatik qayta o‘rnatiluvchi Massey Fergyuson (Fransiya) yarim osma, ag‘darma 3 yarim osma, ag‘darma (3+1) yarim osma, ag‘darma 4 yarim osma, ag‘darma (4+1) yarim osma, ag‘darma 6 yarim osma, ag‘darma 7 ag‘darma 2 ag‘darma 3 ag‘darma 4 ag‘darma 5 ag‘darma 5 ag‘darma 6 ag‘darma 7 ag‘darma 3 ag‘darma 4 Xyuard (Buyuk Britaniya) ag‘darma ajraluvchan 4 rama bilan ag‘darma ajraluvchan 4 rama bilan 46 5,2−8,2 3,75−4,19 2,7/3,43/4,2/4,95 30−40 30−40 30−40 30−40 30−40 30−40 30; 35; 40 30; 35; 40 30; 35; 40 30; 35; 40 30; 35; 40 30; 35; 40 30; 35; 40 30; 35; 40 30; 35; 40 0,9−1,2 1,2−1,6 1,2−1,6 1,5−2 1,8−2,4 2,1−2,8 36 1,4 36 1,4 3 RL−46 4 RL−46S 5 RL−54 6 RL−54S 7 8 9 10 500 510 1000 1100 ag‘darma ajraluvchan rama bilan ag‘darma ajraluvchan rama bilan ag‘darma ajraluvchan rama bilan ag‘darma ajraluvchan rama bilan 4 41 1,6 5 41 1,6 5 36 1,4 5 36 1,4 2 2 3 yoki 4 3 yoki 4 50 50 50 50 1 1 1,5−2 1,5−2 30 0,9 25 25 35 30 35 30 3,5 1,75 1,75 1,8 2,1 2,1 Agromash Impeks (Bolgariya) 1 PD−3−28 osma, diskli 3 ROSS (CHexiya) 1 2 3 4 5 6 RN1−403 RN1−413 5−RNX−35−1−N 6−RNX−30−1−N 6−RNX−35−1−N 7−RNX−30−1−N 1 NO.385V(1X12−14"), NO.386S(1X12−14") osma, to‘liq ag‘darma 14 osma, to‘liq ag‘darma 7 osma, to‘liq ag‘darma 5 osma, to‘liq ag‘darma 6 osma, to‘liq ag‘darma 6 osma, to‘liq ag‘darma 7 Tarakita Nabari (Yaponiya) osma, korpusli 32−35 47 2 NO.434S,V(1X12") 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 451S 451V 461S 461V 452S 452V 462SV 463SV 453SE 464SE 1 2 3 4 SHP−65CE SHP−75ACE SHP−100ACE SHP−125ACE 1 2 3 4 5 6 PN−3−30 PN−2−40 PD−3−35 PTN−3−40 PPU−50A PPI−6−40 osma, korpusli Marubeni Korporeyshn (Yaponiya) osma, ag‘darma 1 osma, ag‘darma 1 osma, ag‘darma 1 osma, ag‘darma 1 osma, ag‘darma 2 osma, ag‘darma 2 osma, ag‘darma 3 osma, ag‘darma 4 osma, ag‘darma 3 osma, ag‘darma 5 Gold Star (Koreya) osma 3 osma 3 osma 4 osma 4 Altayselmash (Rossiya) osma, korpusli 3 osma, korpusli 2 osma , yarusli 3 osma , yarusli 3 tirkama plantajli 1 yarim osma, kamrov 6 48 27−30 35 35 35 35 35 35 30 35 35 35 0,31−0,36 0,31−0,36 0,36−0,4 0,36−0,4 0,62−0,72 0,62−0,72 0,82 1,23 0,93 1,6 22 25 25 25 0,65 0,75 1 1,25 30 40 350 40 50 40 0,9 0,8 1,05 1,2 0,5 1,8−2,4 7 8 9 10 PYa−3−35 PYa−3−35−1 PYa−3−35−2 PD−3−35−01 1 2 3 4 5 6 7 8 9 PPI−7−40 PNO−3−35 PCH−2,5 PNI−8−40 PNYa−4−42 PTK−9−35 PNL−8−40 PGP−7−40 PLP−6−35 10 PLP−6−35−1 kengligi sozlanuvchi tirkama, yarusli 3 tirkama, yarusli 3 tirkama, yarusli 3 osma , yarusli 3 Odesskiy zavod SXM (Ukraina) 7 3 1 8 4 9 8 7 6 Katta tezliklarda ishlash 6 uchun 49 35 35 35 35 1,05 1,05 1,05 1,05 40 35 250 40 42 35 40 40 35 2,8−3,15 1,05 2,5 2,8−3,6 1,73 3,15 3,2 2,9 2,1 35 2,1 50