Uploaded by Shohruhbek Xolbekov

KREDIT SHAKLLARI VA TURLARINING TAVSIFI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

advertisement
KREDIT SHAKLLARI VA TURLARINING TAVSIFI VA RIVOJLANISH
ISTIQBOLLARI
Reja:
KIRISH
I BOB KREDIT MUNOSABATLARI
1.1 Kredit munosabatlari rivojlanishining asosiy bosqichlari.
1.2 Kreditning shakllari va turlari.
II BOB KREDIT FOIZI VA UNGA TA`SIR QILUVCHI OMILLAR.
2.1 Kredit foizi va unga ta`sir qiluvchi omillar.
2.1Bazi davlatlarning kredit tizimi.
KIRISH
Ma`lumki, jamiyat faoliyatining asosini ishlab chiqarish tashkil etadi. Ishlab chiqarishni
o`zluksizligini ta`minlashda esa kreditning o`rni muhim hisoblanadi.
Boshqacha aytganda korxonalarning bozor iqtisodiyoti sharoitida ish yuritishida
ishlab chiqarish jarayonining o`zluksizligini ta`minlash, korxonaning asosiy va aylanma
fondlarining aylanishini to`xtab kolishiga yo`l qo`ymaslik, korxonalarni moliyaviy resurslari
bilan ta`minlash, korxonalar tomonidan tovar mahsulotini sotganda, sotilgan tovar uchun
to`lov summmasini olish va boshqa obyektiv va subyektiv sabablar kreditning zarurligiga
olib keladi.
Kredit (lotincha – ishonish – verit, doveryatsya) deganda o`z egalari qo`lida vaqtincha
bo`sh turgan ayrim qiymat yoki pul mablag`larining boshqalar tomonidan ma`lum muddatga
xaq to`lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqadigan
munosabatlar tushuniladi.
Kredit qadimdan ma`lum bo`lib, u dastlab savdoda almashuv jarayonida paydo
bo`lgan bo`lib, u avval tovarlarni kreditga sotilishi bilan bog`liq. Bunga sabab haridorni
tovar sotib olishga hamisha ham naqd puli bo`lmaydi, u tovar sotilsa tushadi, tovar sotuvchi
esa uni tushishini kutib turolmaydi (shu davrda tovarning qiymati tushib ketishi, sifati
pasayishi mumkin.). Shu va boshqa xolatlar tovarlarni kreditga sotishga olib kelgan. Kredit
tovar ishlab chiqarishning va tovar muomilasining ajralmas qismi bo`lib hisoblanadi va
uning rivojlanishi bilan bog`liq. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan pul shaklidagi
kredit paydo bo`ldi.
Keyinchalik kredit berish mustaqil faoliyatga aylanib, uning asosiy funksiyasi bo`lib
pul egalari va unga vaqtincha muxtoj bo`lganlar o`rtasidagi vositachilikdir. Hozir bu faoliyat
maxsus malaka va texnikaga ega bo`lgan maxsus ixtisoslashgan muassasalar-banklar
tomonidan amalga oshirilmoqda.
I BOB KREDIT MUNOSABATLARI
1.1 Kredit munosabatlari rivojlanishining asosiy bosqichlari.
O`zining tarixiy rivojlanishida kredit quyidagi bosqichlarni bosib o`tgan:
Boshlang`ich shakllanish. Bu bosqichning asosiy belgisi ssuda kapitali bozorida maxsus
vositachilarning yo`qligi. Kredit munosabatlari, bo`sh pul mablag`larining egasi va qarz
oluvchi o`rtasida bevosita amalga oshirilgan. Bu yerda kredit sudxo`rlik kapitali sifatida
namoyon bo`ladi. Uning harakterli xususiyati bo`lib:
- Qarz beruvchi va qarz oluvchi o`rtasida to`g`ridan to`g`ri kelishuvga asoslangan
qarz munosabatlarining to`liq markazlashmaganligi.
- Mablag`larni taqsimlashning cheklanganligi.
- Qarz mablag`laridan foydalanganligi uchun juda yuqori foiz normalarining
belgilanganligi va boshqalar.
Bu bosqichning tugallanishiga ishlab chiqarishning tobora rivojlanib borishi tufayli
qarz resurslariga bo`lgan ehtiyojni keskin oshganligi va alohida olingan sudxo`rlar kapitalini
bu talablarni qondirishga yetarli bo`lmaganligi.
Tarkibiy jihatdan rivojlanish. Bu bosqich ssuda kapitali bozorida kredit-moliya
tashkilotlari kabi maxsus vositachilarning paydo bo`lishi bilan harakterlanadi.
Kapital sudxo`rlik va sarroflik idoralari zaminida vujudga kelgan dastlabki banklar
keyinchalik kredit institutlariga an`anaviy bo`lib qolgan quyidagi funksiyalarni o`z
zimmasiga oldi:
- bo`sh moliyaviy mablag`larni o`z vaqtida foiz bilan to`lash majburiyati asosida
qarz oluvchiga berish.
- yuridik va jismoniy shaxslar uchun har xil to`lov va hisob-kitoblar bo`yicha
xizmat ko`rsatish (keyinchalik davlat uchun ham).
- qator maxsus moliyaviy operatsiyalarni o`tkazish (veksel va boshqalar).
Bu bosqichning asosiy belgisi – iqtisodiyotda kredit munosabatlarini davlat
tomonidan markazlashgan holda boshqarilishidir.
Davlat mikiyosida kredit munosabatlarining markazlashuvi har bir davlatning
Markaziy banki yordamida amalga oshiriladi. Dastlabki milliy davlat kredit institutlarining
paydo bo`lishi naqd pulsiz hisob-kitoblarni olib borish uchun qo`l keldi, hamda tijorat
banklarining operatsiyalari va xizmat ko`rsatish ko`lamining kengayishiga olib keldi.
Kredit munosabatlarining takomillashuvi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kredit
munosabatlari yangi sifat darajaga ko`tarilib bu iqtisodiyotda informatsion texnologiyaning
rivojlanishi, global bank tarmoqlarining kompyuter texnologiyalari va ma`lumotlar
bazalarining shakllanishining, mijozga xizmat ko`rsatishining yaxshilanishi va kredit
munosabatlarini xalqaro bozorga ham tarkalishi va boshqa sifat o`zgarishlar bilan bog`liq.
Kreditlashning asosiy manbalari (resurslari) bo`lib, quyidagi vaqtinchalik bo`sh pul
mablag`lari hisoblanadi:
1. Tovarlarni sotish va kerakli moddiy qiymatlarni sotib olish vaqtlarining bir-biriga
mos kelmasligi tufayli yuzaga keladigan bo`sh pul mablag`lari.
2. Hisoblangan ish xaki bilan uni to`lash vaqtlari orasidagi vaqtincha bo`sh pul
mablag`lari.
3. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonida yig`iladigan va kapitallashtirish
uchun mo`ljallangan mablag`lar.
4. Shaxsiy sektor daromadlari, jamg`armalari.
Korxonalar faoliyati natijasida
yuzaga keluvchi taksimlanmagan foyda yoki undan
foydalanish jarayonida paydo bo`luvchi bo`sh pul mablag`lari (to`lanmagan dividend va
boshqalar) va boshqa bo`sh pul mablag`lari.
Kreditlashning ko`lami va rivojalanishi kredit resurslarining xajmiga bog`liq.
Mikromoliya institutlaridan biri bo`lib kredit uyushmalari hisoblanadi.
Kredit uyushmalari o`zaro yordamning tashkiliy-xuqiqiy shakli sifatida dastlab
Germaniyada XIX asrning ikkinchi yarmida qishloq xo`jalik va kredit kooperativlari
shaklida tashkil topgan.
XX asr boshida Yevropa kredit kooperativlari AQSH, Kanadada taraqqiy etib,
Janubiy Amerika davlatlarida taraqqiy eta boshladi.
O`zbekistonda bunga birinchi qadamlardan biri bo`lib 2002 yil 4 aprelda «Kredit
uyushmalari to`g`risida»gi qonunning qabul qilinishi hisoblanadi.
Qonun 30 moddadan iborat bo`lib uning 3-moddasiga ko`ra – «Yuridik va jismoniy
shaxslar tomonidan kreditlar berish maqsadida ixtiyoriy teng xuquqli
to`ziladigan kredit tashkiloti kredit uyushmasi deb e`tirof etiladi».
a`zolik asosida
Kredit uyushmalarini davlat ruyxatidan o`tkazish ularga litsenziya berish O`zbekiston
Respublikasi Markaziy banki tomonidan amalga oshiriladi.
Qonunning 7-moddasiga binoan kredit uyushmasi a`zolarining soni 50 tadan kam
bo`lishi mumkin emas. Kredit uyushmasining ustavi uning ta`sis xujjatidir. Kredit
uyushmasi a`zolari pay badallarining umumiy so`mmasi ustav jamg`armasi hisoblanadi.
Ustav jamg`armasi faqat pul mablag`laridan shakllantiriladi va uning eng kam miqdori
O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
Kredit uyushmasining yuqori boshqaruv organi bo`lib uyushma a`zolarining umumiy
yig`ilishi hisoblanadi.
Kredit uyushmasi
uning
a`zolari umumiy yig`ilishi qaroriga ko`ra, ixtiyoriy
ravishda, litsenziya bekor qilinganda va uyushma bankrot deb e`lon qilinganda (28-modda)
tugatiladi.
Kredit uyushmalarining tijorat banklaridan asosiy farki katta foyda olish emas, balki
o`z a`zolarining biznesini rivojlantirishga past foizda kredit-moliya yordami ko`rsatish.
Uning kreditlaridan foydalanishni rasmiylashtirish oddiy tushunarli hisoblanadi.
O`zbekistonda 2007 yilning 1 iyuliga 45 ta kredit uyushmalari mavjud bo`lib,
shundan Toshkent shahrida 10 ta, 6 tadan Andijon va farg`ona viloyatlarida, Buxoro
viloyatida 4 ta, Namangan va Samarqandda 3 tadan, Jizzax va Toshkent viloyatlarida 2
tadan va qolgani Qashqadaryo, Surxondaryo va sirdaryo viloyatlariga tegishli.
Ular
jumlasiga Xazina va SHerdor (Samarqand), Ishonch (Jizzax), Lastochka (Navoiy), Marvel
va Tayanch (Namangan), Buxoro tadbirkori va Umid (Buxoro), Madadkor (Andijon),
Baraka va Taraqqiyot (Toshkent viloyati) va boshqalarni kiritish mumkin.
Samarqandning «SHerdor» kredit uyushmasi
O`zbekistondagi birinchi kredit
uyushmasi hisoblanadi. Ushbu kredit uyushmasi 2002 yilda to`zilgan bo`lib uni 4300 a`zosi
mavjud.
Kredit uyushmalarining asosiy maqsadi odamlar o`z faoliyatini rivojlantirib o`z
farovonligini oshirishni o`zlashtirsin. Bu borada xalkda «Agar och qolganga baliq sovg`a
kilsang yaxshi ish qilgan bo`lasan, agar sen uni baliq tutishga o`rgatsang ikki barobar ko`p
ish qilgan bo`lasan» degan ibora mavjud.
Shu jihatdan kredit uyushmalari kichik tadbirkorlikni taraqqiy ettirishda muhim
ahamiyatga ega.
Shuning uchun ham kredit uyushmalari butun dunyo bo`ylab rivojlanishga ega.
Bunda kredit uyushmalarining jahon tashkiloti (Wossi) ni mavjudligi ham ahamiyatli. Bu
tashkilot 30 yillarda tuzilgan bo`lib unga 96 mamlakatdagi 32 ming dan (112 mln. a`zosi
bilan) ortiq kredit uyushmalari kiradi. Uni kredit uyushmalarinin rivojlantirish bo`yicha bir
loyihasi O`zbekistonda ham amalga oshirilmoqda.
2003 yilni sentabrida Beshkek shahrida ushbu xalqaro kredit uyushmasi boshchiligida
«Markaziy Osiyoda barqaror kredit uyushmalarini to`zish to`g`risida» birinchi xalqaro
konferensiya o`tkazildi.
Har yilni 20 oktabrida xalqaro kredit uyushmalari kuni utkaziladi. Bu kun 1948 yildan
beri nishonlanadi.
O`zbekistonda 2007 yilni 1 iyuliga kredit uyushmalarining jismoniy va yuridik
shaxslardan a`zolar soni 56 000 tani tashkil etadi. Kredit uyushmalariga a`zo bo`lishning
ustunligi shundaki, ular ham kredit oluvchilar, ham shu ushmaning hissadorlari hisoblanadi.
O`zbekiston kredit uyushmalarining aktivlari 32,5 mlrd. so`mni, kredit quyilmalari
27,7 mlrd. so`mni, depozit va pay badallari 7,2 mlrd. so`mni tashkil etadi. Kredit
uyushmalari tomonidan berilgan kreditlarning salmog`i banklar tomonidan berilgan
kreditlarning 6 foizini, mikrokreditlarning 5,6 foizini tashkil etadi.
2005 yilning iyunida O`zbekistonda kredit uyushmalari assotsiatsiyasi to`zildi. 2006
yilda kredit uyushmalari tomonidan berilgan mikrokreditlarning o`rtacha miqdori 1213
dollarni tashkil etadi.
Respublikamizda kredit uyushmalari to`g`risidagi qonunga Oliy Majlis tomonidan
2006 yilning 24 yanvarida ayrim o`zgartirishlar kiritildi.
Kredit munosabatlari ma`lum tamoyillarga asoslanadi. Iqtisodiy kategoriya sifatida kredit
quyidagi tamoyillarga ega:
Kreditning qaytarilishi. Bu tamoyil kreditning umumiy belgisi hisoblanadi, lekin u
o`z-o`zidan vujudga kelmaydi. U moddiy jarayonlarga, qiymat aylanishining tugashiga
asoslanadi. Ammo doiraviy aylanishning tugashi – bu qaytarib berish emas, qaytarib berish
uchun zamin tayyorlash hisoblanadi. qaytarib berishlik obyektiv belgi hisoblanadi va bu
tamoyil boshqa iqtisodiy kategoriyalardan, shu jumladan moliyadan farq qiladi.
1. Kreditning bu tamoyili amaliyotda kredit va undan foydalanganlik uchun foiz
summasini kredit bergan muassasa hisobiga ko`chirish yo`li bilan to`lanadi. Shu yo`l bilan
banklar kredit resurslarini qayta tiklanishini ta`minlaydi. Sobiq иттифоқ даврида
«qaytarilmaydigan ssuda» tushunchasi mavjud bo`lib, u qishloq xo`jaligida ham keng
tarqalgan edi. Bu banklarni korxonalar moliyaviy axvolini hisobga olmagan xolda berilib,
aslida u budjet subsidiyasining qo`shimcha shakli sifatida namoyon bo`ladi.
2. Kreditning muddatliligi. Bu kreditning ma`lum muddatga berilishini anglatib, u
qisqa va uzoq mudatli kreditga bo`linadi. Bu muddat qarzdor uchun xoxlagan muddatda
emas, balki u shartnomada belgilangan muddat hisoblanadi. Kreditni o`z vaqtida qaytarilishi
ikkala tomon uchun ham muhim hisoblanadi. Qarz bergan tomon uchun kreditni o`z vaqtida
foiz bilan kaytarilishi
uni yana kreditga berish imkoniyatini yaratadi,
qarzdorni esa
shartnomada ko`zda tutilgan jazo choralaridan qutultiradi.
3. Kreditning muddatliligi kelib tushuvchi boyliklarni tejamli va qayta ishlatish
muddatiga, ishlab chiqarilgan mahsulotni jo`natish muddatiga, tovarlarni sotish muddatiga
va pirovard natijada aylanma mablag`larni doiraviy aylanishini tezligiga bog`liqdir.
4. Kreditni tovar-moddiy boyliklar bilan ta`minlanganligi. Bu tamoyilning moxiyati
shuki, bunda xo`jalik aylanmasida ishtirok etuvchi bank mablag`larining bir so`miga
muayyan boyliklarning har bir sumi qarama-qarshi turishi kerak. Berilgan kreditlar tovarmoddiy boyliklari va ma`lum harajatlar bilan ta`minlangan bo`lishi kerak. Ta`minlanmagan
kreditlarning berilishi kreditlarni bankga qaytib kelmasligiga asos hisoblanadi.
5. Buning uchun xozirgi sharoitda qarz oluvchilar bankga tovar yoki tovar xujjatlarini,
mulkni garovga qo`yadi. Kredit varrant (garov uchun xizmat qiluvchi xujjat) yoki uchinchi
shaxs kafolati asosida ham berilishi mumkin.
6. Kreditning bu tamoyili qarz oluvchi o`ziga olgan majburiyatlarini buzish sharoitida
qarz beruvchining mulkdorlik manfaatlarini ximoya kilishni ta`minlaydi va o`zining amaliy
aksini
kreditning biror garov yoki moliyaviy kafolat asosida berishda topadi. Bu
umumiqtisodiy barkamolikka erishish davrida muhimdir.
7. To`lovlilik. Bu tamoyilga asosan korxonalar foydalanilgan qarz mablag`larini
hisoblangan foizi bilan to`liq o`tkazadilar. Kredit uchun xak to`lashning iqtisodiy moxiyati
qarz beruvchi va qarz oluvchi o`rtasidagi qo`shimcha olingan foydaning taqsimlanishini
qayd qilishda namoyon bo`ladi. Xozirgi sharoitda ssuda foizi mikdori shartnomada o`z
aksini topadi va u kreditlashning o`rtacha normasi va bank marjasidan tashkil topadi.
8. Kreditning maqsadliligi. Bu shu bilan bog`liqki, qarz oluvchi olingan kreditni
ma`lum maksadga (tovar moddiy boyliklar sotib olish, ishlab chiqarish
harajatlarini
koplash va boshqalar) yo`naltirilgan bo`lishi zarur. Bu maksadlar kredit beruvchi va kredit
oluvchi o`rtasida tuzilgan shartnomada o`z aksini topadi. Korxona olgan kreditni faqatgina
kredit shartnomasida ko`rsatilgan ishni bajarishga (sotib olishga va boshqalar) sarflashi
kerak.
Kreditning samaradorligi. Bu tamoyil nafaqat kredit va foiz summasini bankga
qaytarib
to`lashni,
balki
shu
kredit
yordamida
kreditlanadigan
yoki
moliyalashtiriladigan soha, tarmoq, korxona kancha samaradorlikka erishishini
ifodalashi zarur. Shuning uchun har bir loyixa kredit hisobiga bajariladigan boshqa
tadbirlar samara beradigan bo`lsagina ularga mablag` ajaratilishi lozim.
Binobarin samardorlik kreditning zaruriy tamoyillaridan biri bo`lib unga
rioya qilish kreditning boshqa tamoyillarining bajarilishi uchun asos hisoblanadi.
1.2 Kreditning shakllari va turlari
Jahon amaliyotida kreditlarni yagona, umumlashgan tasnifi yo`q. Chunki
kreditlarning turli xil shakllari har bir mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga, uning
urf-odatlariga, axoli orasida kreditlarni berish va qaytarish buyicha tarixan shakllangan
(tovar shaklida, pul shaklida, boshqa shakllar va shartlarda) usullariga bog`liq bo`ladi.
Umuman kreditning shakllari uning turi va usullariga ko`p jihatdan bog`liq.
Kreditning asosiy turlari:
1. Bank krediti.
2. Davlat krediti.
3. Iste`mol krediti.
4. Tijorat krediti.
5. Lizing krediti.
6. Xalqaro kredit.
Iqtisodiyotda keng tarqalgan kredit munosabatlarining biri bank kreditidir. Bank
kreditini beruvchi kredit muassasalari kreditlash jarayonini amalga oshirish uchun Markaziy
bankdan maxsus litsenziya olgan bo`lishi zarur. Bunda kredit munosabatlarining asosini
kredit shartnomasi tashkil etadi.
Bank kreditlari quyidagi belgilari bo`yicha guruhlanadi:
a) Kreditlash obyektlarining iqtisodiy mohiyatiga ko`ra
b) tovar-moddiy boyliklar uchun beriladigan kredit.
c) ishlab chiqarish harajatlari (xom-ashyo va boshqalar) uchun beriladigan kredit.
d) To`lash muddatiga ko`ra (qisqa, o`rta va uzoq muddatli)
e) Muddatli
f) Muddati kechiktirilgan
g) Muddati o`tgan.
h) Kreditni to`lash manbalariga ko`ra.
i) Qarz oluvchining o`z mablag`lari hisobiga.
j) Garant mablag`lari hisobidan
k) Ta`minlanganlik tamoyilining amal qilishiga qarab.
l) Bevosita to`g`ri ta`minlangan (o`z mulki va mablag`i hisobiga).
m) Bilvosita ta`minlangan kreditlar (uchinchi shaxs kafolati)
n) Ta`minlangan kreditlar (sug`urta va yuqori tashkilotlar)
o)
p) To`lanadigan foiz darajasiga ko`ra
q) Past foiz stavkali.
r)O`rta foiz stavkali
s) Yuqori foizli
t) Foizsiz (hukumat qaroriga ko`ra ayrim sohalarni rivojlantirish yoki tadbirlarni amalga
oshirish uchun).
Bank krediti qaytarish muddatiga ko`ra qisqa, o`rta va uzoq muddatli kreditlarga
bo`linadi. Bu mezon turli mamlakatlarda turli muddatni o`z ichiga oladi. Jumladan:
Muddati
Rossiya
AQSH
Qisqa
1 yilgacha
1 yilgacha
O`rta
1-3 yil
1-6 yil
Uzoq
3 yildan ortiq 6 yildan ortiq
Buyuk
Fransiya
O`zbekiston
3 yilgacha
1 yilgacha
1 yilgacha
3-10 yil
2-7 yil
1-3 yil
10 yildan
7 yildan
ortiq
ortiq
Britaniya
3 yildan ortiq
Qisqa muddatli kreditlar asosan aylanma mablag`larni moliyalashtirishga, o`rta va
uzoq muddatli kreditlar asosiy kapitalni moliyalashtirishga beriladi.
Davlat kreditining asosiy xususiyati kredit munosabatlarida davlatning qatnashuvidir.
Davlat kreditida davlatning bir tomondan qarz beruvchi va ikkinchi tomondan qarz oluvchi
sifatida ishtirok etishi, qarz beruvchi vazifasini bajara turib davlat davlat kredit institutlari,
jumladan Markaziy bank orqali iqtisodiyotning har xil sohalarini kreditlashni o`z zimmasiga
oladi. Bu markazlashgan kreditlar iqtisodiyotning ustivor tarmoqlarini kreditlash, davlat
ahamiyatiga ega bo`lgan aniq tarmoq va sohalarga, agar budjetdan moliyalashtirish
imkoniyati bo`lmaganda vaqtincha foydalanishga mablag` ajratilishi mumkin.
Undan tashqari tijorat banklariga banklararo kreditlar bozorida kredit resurslarini kim
oshdi savdo yo`li bilan yoki to`g`ridan to`g`ri sotish jarayonida davlat tomonidan
mablag`lar vaqtincha foydalanish uchun berilishi mumkin.
Davlatning qarzlari ko`paygan hollarda davlat budjeti kamomadini moliyalashtirish
maqsadida davlat qarz oluvchi sifatida davlat qarzlarini joylashtirish jarayonini amalga
oshiradi.
Davlat xazina majburiyatlarini chiqarish, moliya bozorlarida davlat qimmatli
qog`ozlarini joylashtirish, davlat zayomlarini chiqarish va sotish yo`li bilan banklarning,
aholining va boshqa moliya-kredit institutlarining pul mablag`larini yig`adi va ularni davlat
qarzi va budjet kamomadini qoplashga sarflaydi. Davlat o`z qarzidan voz kechishi ham
mumkin.
Bundan tashqari davlatni ichki va tashqi qarzlari, davlat kafil va kreditor sifatida ham
bo`lishi mumkin.
Iste`mol kreditining xususiyati u jismoniy shaxslarga beriladi. Kreditning bu shaklida
kredit beruvchi sifatida
maxsus kredit muassasalari bilan birga savdo va xizmatlarni
sotishni amalga oshiradigan jismoniy shaxslar ham bo`lishi mumkin.
Iste`mol krediti ikki shaklda: pul shaklida va tovar shaklida berilishi mumkin. Jismoniy
shaxslarga bunday kreditlar ko`chmas mulkka egalik qilish uchun, har xil tovar va xizmatlar,
uy jixozlarini sotib olish va boshqa ehtiyojlarni qondirish uchun beriladi.
O`zbekistonda hozirgi vaqtda bunday kreditlar uy-joy sotib olish va qurishga,
avtomobil sotib olishga va boshqa maqsadlarga berilmoqda. Mamlakatimizda 2001-2002
o`quv yilidan boshlab talabalarga o`qish xizmati uchun «Oltin davrim» krediti berilmoqda.
AQShda bu sohaga kam foizli yiliga 2500 dollar, oxirgi kursda 5000 dollar miqdorida
kredit berilib talaba uni o`qishni tugatib ishlash davomida uzadi.
Tijorat krediti iqtisodiyotda kredit munosabatlarining vujudga kelishining dastlabki
shakllaridan hisoblanadi. Tijorat kreditining obyekti bo`lib sotiladigan tovarlar, subyekti
bo`lib mol yetkazib beruvchi va mol sotib oluvchi korxonalar hisoblanadi. Bu kreditning
asosiy maqsadi tovarlarni sotishni tezlashtirish va shu orqali foyda olishdan iborat.
Tarixan tijorat kreditining quyidagi usullari mavjud:
1. Veksel usuli
2. Ochiq schyot orqali
3. Chegirma berish.
4. Mavsumiy
5. Konsignatsiya
Veksel- bu qarz majburiyati bo`lib, qarz oluvchi o`z zimmasiga qarzni ko`rsatilgan
so`mmada, ko`rsatilgan shartlarda, belgilangan muddatda to`lash majburiyatini oladi.
Amaliyotda vekselni oddiy va o`tkazma turlari mavjud.
Oddiy vekselni qarz oluvchi korxona qarz beruvchi korxonaga beradi va tovarlar va
ko`rsatilgan xizmatlar uchun unga to`lash majburiyatini o`z zimmasiga oladi.
O`tkazma vekselda (bu hujjat tratta ham deyiladi) kreditor tomonidan belgilangan tovar
va xizmatlar so`mmasi uning topshirig`iga asosan uchinchi shaxsga ёки векселни
ko`rsatuvchiga o`tkazilishi lozim va hokazo.
Ochiq schyot orqali hisoblashilganda haridor tovarga buyurtma berilishi bilan yuklab
jo`natiladi, to`lov esa o`rnatilgan muddatlarda kelishilgan summa chegarasida vaqti-vaqti
bilan amalga oshirilib boriladi. Bunda haridor har gal tovar olishda kreditni rasmiylashtirib
o`tirmaydi, ya`ni kreditga murojaat qilmaydi.
Chegirma berish usulida haridor to`lov hujjatlari yozilgandan so`ng, shartnomada
kelishilgan ma`lum davr ichida to`lovni amalga oshirsa to`lov yig`indisidan chegirma
beriladi. Agar ushbu davrda to`lay olmasa, unda belgilangan muddatda to`lovni to`liq
amalga oshiradi.
Mavsumiy kredit odatda o`yinchoqlar, suvenirlar va boshqa xalq iste`mol mollarini
sotishda qo`llaniladi. Masalan, o`yinchoqlarni vaqtidan oldin olib yangi yil o`tgach yanvarfevral oyida to`laydi. Buni ishlab chiqaruvchilar uchun qulayligi ular o`yinchoqlarni
omborlarda saqlash harajatlaridan xolos bo`ladilar.
Konsignatsiya usulida tovarni sotib oluvchilar hech qanday majburiyatsiz sotib oladilar,
ya`ni tovarlar sotilganidan keyin puli to`lanadi, agar u sotilmay qolsa egasiga qaytarib
beriladi.
Xorijiy mamlakatlarda tijorat kreditidan
keng foydalaniladi. MDH mamlakatlari
amaliyotida tijorat kreditidan kam foydalaniladi. Umuman jaxon amaliyotida ham tijorat
kreditining ochiq schyot, konsignatsiya, chegirma berish usullari kengroq foydalaniladi.
Tijorat kreditining salbiy tomoni bo`lib tovarlarni kreditga bergan tashkilot unga pul
tushgunga qadar mablag`ga muxtoj bo`lishi, uni o`zi kreditga murojaat qilishga majbur
bo`lishi mumkin. Shuning uchun ham korxonalarni tijorat kreditidan foydalanishi bank
kreditidan foydalanishni inkor qilmaydi.
Yuqorida ko`rsatilgan kamchiliklarni hisobga olmagan holda tijorat krediti tovarlar sotish
jarayonini tezlashtirishda va korxonalarning aylanma mablag`larini xo`jalik faoliyatidan
tezroq bo`shashini ta`minlashda katta ahamiyatga ega.
Kreditning xalqaro kredit shakli bilan fanning «Xalqaro valyuta, xisob va kredit
munosabatlari» mavzusida batafsil tanishish mumkin.
Lizing inglizcha ijara ma`nosini bildiradi. Eramizdan oldingi to`rtinchi asrda yashagan
grek faylasufi Aristotel – «Boylik mulkka egalik qilishda emas, balki undan samarali
foydalanishdadir», - degan shu fikr bilan olim lizing g`oyasiga asos solgan.
Mulk tushunchasida mulkka egalik qilish va undan foydalanish xuquqi tushunchalari
mavjud. Keyingi vaqtlarda mulkdan foydalanishning yangi shakli ijara munosabatlari,
keyinchalik esa uni takomillashgan maxsus turi moliyaviy ijara – lizing vujudga keldi.
Tarix ma`lumotlariga ko`ra lizing eramizdan oldingi 2000 yillarda Shumer davlatida
mavjud bo`lgan, Venetsiyada rivojlangan.
Uni rivojlangan bosqichi XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning dastlabki
yillariga to`g`ri keladi. Avstriyalik olim V.Xayor 1877 yilda o`zining «Yevropada qanday
qilib biznes qilish kerak» nomli kitobida «Bell» telefon kompaniyasida o`zi ishlab chiqargan
telefon apparatlarini ijaraga berganligi va shu orqali katta foyda ko`rganligi to`g`risida gap
yuritadi. Bunda iste`molchilar
nafaqat telefon apparatidan foydalanish xuqiqini, balki
kelishilgan tulovlarni bajarganlaridan so`ng uning egasi bo`lish xuquqini ham qulga
kiritishgan.
Buyuk Britaniyada XX asr boshlarida konchilar temir yo`l vagonlarini avval ijaraga
olib keyin sotib olishgan.
Bugungi zamonaviy lizing (moliyaviy ijara) XX asrni
50 yillarida AQSH da
shakllanib takomillashdi. Vositachi sifatidagi birinchi lizing kompaniyasi 1952 yilda SanFransisko shahrida ishbilarmon Genri Shonfeld tomonidan asoslangan «United States
leazing corporation» dunyoga keldi.
AQShdagi lizing bo`yicha shov-shuvlar Germaniya, Italiya va Fransiyada davom etdi.
Jaxon banki tarkibida xalqaro lizing munosabatlarini tartibga solish bo`yicha Xalqaro
Moliya korporatsiyasi (XMK) ish boshladi.
Bugungi kunda XMK 50
mamlakatning 96 lizing kompaniyalari faoliyatini
moliyalashtirgan. 40 mamlakatning 120 dan ortiq lizing sohasidagi investitsiya loyihalarini
amalga oshirishda texnik yordam
ko`rsatgan hamda 25 mamlakatdagi lizing
kompaniyalarining muassisi hisoblanadi.
1995 yilda O`zbekistonda tashkil etilgan dastlabki «O`zbeklizing interneyshnl AJ»
ning ta`sischilaridan biri ham XMK hisoblanadi.
O`zbekistonda birinchi xalqaro lizing operatsiyasi 1993 yilda tashqi iqtisodiy faoliyat
banki tomonidan «O`zbekiston havo yo`llari»ga chet el kompaniyalaridan samolyotlar xarid
qilingan.
Respublikamizda lizing operatsiyalarining rivojlanishi 1999 yilni 14 aprelida qabul
qilingan va 2002 yil 13 dekabrida tegishli o`zgartirishlar kiritilgan «Lizing to`g`risida»gi
qonunni qabul qilishi bilan bog`liq.
Yuqoridagilarga asosan lizing – bu mulkiy munosabatlar majmui bo`lib bunda bir
taraf (lizing beruvchi) boshqa bir tarafning (lizing oluvchining topshirig`iga binoan uchinchi
taraf (mol yetkazib beruvchi) dan lizing shartnomasiga muvofiq lizing obyekti bo`lgan
mulkni o`z mulki qilib sotib olib uni to`lash asosida lizing shartnomasida belgilangan
shartlar bilan vaqtinchalik foydalanish va egalik qilish uchun lizing oluvchiga beradi.
Lizing munosabatlarining asosiy xujjati bo`lib shartnoma hisoblanib u quyidagi
qismlardan iborat:
1. Shartnomaning mohiyati va maqsadi
2. Texnikani olib ketish tartibi
3. Texnikaning qiymati
4. U bo`yicha to`lovlar
5. To`lovlar tartibi
6. Texnikani yetkazib berish
7. Bo`nak to`lovlarini to`lash
8. Lizing to`lovlarini to`lash
9. Tomonlar xuquq va majburiyatlari
10. Foydalanish shartlari
11. Tomonlarning javobgarliklari
12. Nizolarni hal qilish
13. Amal qilish muddati
14. Boshqa shartlar
15. Tomonlarning rekvizitlari
Lizing obyekti bo`lib iste`mol qilinmaydigan va qonunchilik bilan taqiqlanmagan
tadbirkorlik faoliyatida qullaniladigan har qanday buyumlar, barcha mulk majmualari, shu
jumladan yer uchastkalari va boshqa tabiat obyektlari, binolar, inshoatlar, uskunalar,
transport vositalari hamda boshqa kuchar va kuchmas mulklar hisoblanadi.
Moliyaviy lizingning mohiyati mulk qiymatini bo`lib-bo`lib to`lash asosida sotib
olishni ifodalaydi va tovar krediti shakliga ega bo`ladi. Bunga lizing muddati davomida
lizing beruvchining barcha xarajatlarini to`liq koplashga yetarli bo`lgan va unga foyda
keltirishni ta`minlaydigan lizing to`lovlari yig`indisini ko`zda tutadi.
Lizing to`lovi lizing obyekti qiymatini, mulkni sug`urtalash xarajatlariini va kredit
uchun lizing (foiz) stavkasini o`z ichiga olgan so`mmani tashkil etadi.
Respublikamiz qishloq xo`jaligida lizing munosabatlarining rivojlanishida 1999 yil 30
oktabrda
O`zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasi
tomonidan
«Qishloq
xo`jalikmashlizing aksiyadorlik lizing kompaniyasini tashkil etish to`g`risida»gi hamda
Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 2 noyabrdagi
«Qishloqni lizing shartlarida qishloq
xo`jalik texnikasi bilan ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida» gi qarorlari va O`zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2002 yil 28 avgustdagi «Lizing tizimi taraqqiyotini yanada
rivojlantirish choralari to`g`risida»gi farmoni muhim ahamiyatga ega.
Yuqoridagi Prezident farmoniga ko`ra iqtisodiyot tarmoqlari, ayniqsa kichik va o`rta
biznes subyektlarini zamonaviy texnologik uskunalar bilan ta`minlash maqsadida 2002
yilning 1 sentabridan boshlab:
1. Lizing to`lovlari qo`shilgan qiymat solig`idan ozod etiladi. Chetdan lizinga berish
uchun respublika xududiga keltiriladigan texnologik uskunalar bojxona to`lovi va qo`shilgan
qiymat solig`idan ozod etiladi.
2. Lizing oluvchi – xo`jalik subyektlari lizinga berilgan mulk bo`yicha lizing
shartnomasi davrida mulk solig`idan ozod etiladi. Lizinga beruvchining yalpi daromadidan
lizinga berish uchun olingan mulk bo`yicha kredit to`lovi bo`yicha foizlar va boshqa
to`lovlar chiqariladi.
Umuman yuqoridagi farmon va qarorlar lizingdan foydalanuvchilarni tegishli mulkka
ega bo`lish bo`yicha katta imkoniyat va imtiyozlarni beradi.
II BOB KREDIT FOIZI VA UNGA TA`SIR QILUVCHI OMILLAR
2.1 Kredit foizi va unga ta`sir qiluvchi omillar
Kredit munosabatlarining subyektlarga yoki kreditlarning turlariga nisbatan aniq
ko`rsatkichlar shaklida belgilab qo`yiladigan kreditdan foydalanishning qat`iy chegarasi
kreditlash chegarasi deyiladi. Masalan, kreditning hajmi va yalpi ijtimoiy mahsulot hajmi
o`rtasidagi nisbatdan foydalanib kredit chegarasini belgilash mumkin. Bu ko`rsatkichning
optimal darajasi korxonani kreditga layoqatligini hisobga olgan holda kreditlashdir. Bunga
har xil normativlarni qo`llash, bir mijozga beriladigan kredit miqdorini cheklash kabi
tadbirlarni kiritish mumkin. Kreditning quyidagi chegaralari mavjud:
1.
Kreditning ichki chegarasi - kreditning turli shakllarga ega ekanligidan kelib
chiqadi (banklar, tijorat va boshqalar). Kreditning ichki chegarasi miqdor jihatdan kreditning
har bir shakliga bo`lgan talabga, korxona va xalq xo`jaligining ehtiyojiga
va kredit
resurslarining mavjudligiga bog`liq
2.
Kreditning
qayta
taqsimlash
chegarasi
iqtisodiyotda
mavjud
kredit
resurslarining hajmi bilan belgilanadi.
Kreditning antitsipatsiyaviy chegarasi. Kredit yordamida pul jamg`armalarini hosil qilish
imkoniyatlarini so`ngi chegarasi antitsipatsiya deb yuritiladi va bu imkoniyat uning barcha
shakllarida namoyon bo`ladi.
Kreditning asosiy sharti - bu qarz uchun haq to`lash. Bu xaq qarz summasining
yig`indisiga nisbatan foiz hisobida olinganidan uni qarz foizi yoki kreditning foiz stavkasi
deb yuritiladi. Foiz miqdori kreditning turi, uni to`lash muddati, olingan qarzni o`z vaqtida
uzilishiga bog`liq. Masalan, tijorat kreditining foiz stavkasi odatda, bank kreditining foiz
stavkasidan past bo`ladi.
O`zbekiston Respublikasi hududida banklar tomonidan xo`jalik subyektlarini qisqa
muddatli kreditlashni tashkil etish tartibi to`g`risidagi Nizomga binoan (Toshkent, 2001 y)
foiz stavkasi bank bo`yicha hisobot oyi boshiga bo`lgan o`rtacha foiz stavkasiga Markaziy
bank tomonidan tartibga solinadigan foyda normasini hisobga olgan holda belgilanadi.
Mamalakatimizda milliy valyutada ajratilgan kreditlar bo`yicha o`rtacha yillik foiz
stavkasi 2001 yilda 27,9%, 2002 yilda 32,9 %, 2003 yilda 28,1%, 2004 yilda 23,3%, 2005
yilda 18,8% va 2006 yilda 15,7% ni tashkil etgan.
Adabiyotlarda kreditning nominal va real foiz stavkalari tushunchalari mavjud.
Nominal foiz stavkasi deganda kredit shartnomasi- da ko`zda tutilgan foiz stavkalari
tushuniladi.
Real foiz stavkasi ═ nominal foiz stavkasi - inflyatsiya darajasi.
Bundan tashqari kreditning qat`iy belgilangan va suzib yuruvchi foiz stavkalari
tushunchalari ham mavjud.
Qat`iy belgilangan foiz stavkalari kredit shartnomasi bajarilgunga qadar
o`zgarmasdan qoladi. Bunda bank o`zining aktivlarini ma`lum qismini yo`qotishi mumkin.
Suzib yuruvchi stavkada foiz stavkalariga tegishli o`zgarishlarni hisobga olgan holda
o`zgartirishlar kiritib boriladi.
Xalqaro kreditlar bo`yicha foiz stavkalari jaxon ssuda kapitallari bozorida aniqlanib,
bu bozorlarning asosiy qismi London, Tokio, Nyu York, Frankfurt-na-Mayne, Parij,
Bryussel shaharlarida joylashgan.
Umuman kreditlar bo`yicha foiz stavkalari turli omillar ta`sirida o`zgarib turadi.
Shunday omillarning asosiylari bo`lib quyidagilar hisoblanadi:
1. Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi.
2. Pul bozoridagi talab va taklifning nisbati. Talab oshsa, foiz ortadi, taklif oshsa u
kamayadi.
3. Qarzga olinadigan pulni ishlatishdan kutiladigan naf darajasi. Ko`proq naf keltirsa,
foiz yuqori va aksincha.
4. Qarzni to`lash muddati va sharti. Qarz uzoq muddatga berilib uni asta-sekin kichik
qismlar bilan qaytarilsa, qarzdor yuqori foizga rozi bo`ladi va aksincha.
5. Qarzni qanday pul bilan berilishi. Qarz erkin konvertirlangan valyutada berilsa foiz
yuqori va aksincha.
6. Inflyatsiya darajasi. Bunda foiz darajasi inflyatsiya darajasiga nisbatan to`g`ri
mutanosiblikda o`zgaradi.
7. Pulni qarz berishdan ko`ra boshqa yo`sinda ishlatishdan tushadigan daromad.
Bunda pul egasining afzal ko`rish prinsipi amal qiladi. Masalan, agar aksiya
bo`yicha dividend yuqori bo`lsa foiz pasayadi va aksincha.
8. Qarz berishning xatar darajasi. Agar qarzning qaytib kelishi kafolatlansa foiz past,
agar uni qaytishi shubxali bo`lsa foiz yuqori bo`ladi va boshqa omillar.
Ba`zi davlatlarning kredit tizimi
Xar bir mamlakatning kredit tizimi Markaziy va tijorat banklari, nobank va boshka
tashkilotlarni uz ichiga oladi. Jumladan, Shvetsariyada Davlat banki 40 ga yakin tijorat
banklari faoliyatini nazorat kiladi, AKSH da 13 mingga yakin tijorat banklari mavjud.
Shvetsariyada xar 10 ming axoliga bittadan moliya muassasalari tugri keladi. Rossiyada
1995 yil boshiga Markaziy bank litsenziyasiga ega bulgan 2486 tijorat banki mavjud.
Buyuk Britaniya bank tizimi eng kadimiylardan xisoblanadi Buyuk Britaniya bank tizimi
ikki darajada:
-Yukori darajada-Markaziy bank;
-Kuyi darajada- boshka tijorat banklari faoliyat ko`rsatadi.
Buyuk Britaniya Markaziy banki 1694 yilda tashkil etilgan va uning asosiy maksadi
kirolga karz berish xisoblanadi. Angliya bank tizimi 1946 yilda markazlashtirilgan.
Buyuk Britaniya tijorat banklari depozit banklari xisoblanib ular bank tizimini asosini
tashkil etadi.
Urushdan keyingi yillarda malakat tijorat banklari tomonidan urta va uzok muddlatli
kredit berish kengaydi. Ularning muddati 2-7, bazan 20 yilgacha bulgan davrni tashkil etadi.
Barcha mamlakatlardagidek Buyuk Britaniyada xam kreditlash tizimida mijozning
kreditga layokatligini baxolash muxim xisoblanadi.
Angliya banklarida mijozning kreditga layokatligini baxolahshda savollar varagi mavjud
bulib unga javoblar bankga kredit berish qarorini kabul kilishga imkoniyat beradi.
Jumladan, ushbu savollar varagida kuprok kuyidagilarga etibor karatilgan:
a. 1. Kreditning maksadi, konuniyligi, bank kredit siyosatiga
tugri kelishi:
b.2. Kredit summasini xisoblashdagi aniklik, tasdiklovchi xujjat, suralgan summani
yetarli, kam yoki kupligi;
c. Kreditning kaytarilishi muddati va manbasi;
d.Kreditlanayotganit loyixaning realligi- zarurligi, texnik- iktisodiy asoslanganligi, uning
xisobvaragi va balansini baxolanganligi;
e. 5. Xatarlar- bank va kompaniya uchun xatarlar manbalarini mujassamlanganligi, uni
oldini olish choralari;
f. 6.Taminlanganlik- taminlashni mavjudligi, garov kiymati, uning sugurtanganligi va
boshkalar.
g.7. Foydalilik - shartnomada daromadni xarajatlarni koplashi.
h.Kredit berishni xal kilishda nemis banklarni kuyidagi muommalalar kiziktiradi:
i. Tadbirkorning shaxsiy xarakteri-xulki, kiligi, odati, odillik dakrajasi, oilaviy xolati,
yoshi, mansabi, xobbisi va boshkalar.
j. Malumoti-diplom nusxasi malakasi, iktisodga kizikishi,
rejalashtirish kobiliyati,
xatarga kul urushi;
k.Texnik bilim saviyasi maxsus bilim yurti, tajribasi, ishga ixtisoslashuvi;
l. Jismoniy xolati-sogligi xolati, sport bilan shugullanishi.
Mulki- jaxsiy mulki, kuchmas mulkga egalik kilishi, daromad manbalari, karzlari, solik
majburiyatlari, oila azolarning mulkiy xolati, musobakalardagi ishtiroki.
Ushbu savollarga javoblar bank bulimida suxbat, telefon yoki anketa tuldirish orkali
aniklanishi mumkin.
Nemis banklarida mijozning tulovga layokatligini baxolashda arizaning «oylik daromad
xisobi» bulimi asosiy urinni egallaydi:
3.
А. Oylik daromad.
4.
1. Solikdan tashkari maosh
5.
2. Bolalar uchun olinadigan nafakalar.
6.
3. Pensiya
7.
4. Omonatlar va kimmatli kogozlar buyicha foizlar.
8.
5. Boshka daromadlar.
9.
Daromadlarning jami
10. B. Oylik xarajatlar.
11. 1. Joriy xarajatlar.
12. 2. Sugurta badallari.
13. 3. Oldingi kredit uchun tulovlar.
14. 4.Kvartira tulovlari.
15. Boshqa xarajatlar.
Xarajatlarning jami
Germaniyada kredit shartnomasini tipik shakli kuyidagi kursatkichlarga ega:
- tomonlarning tulik nomi va manzillari
- olingan va olinayotgan kreditlar tugrisida tulik malumotlar:
- yangi kreditning maksadi:
- yangi kreditning shartlari
-kredit uchun xisoblangan va undiriladigan foiz summalarini xisoblash tartibi
- kredit kaytarilishining kafolati
- boshka shartlar
- masul shaxslarning imzolari va ularning tegishli muxrlar bilan tasdiklanganligi
Germaniyada bank va mijoz urtasidagi kredit shartnomasi kuyidagi 3 boskichda tuziladi:
- mijoz tomonidan kredit shartnomasi tarkibini shakllantirishi;
- shartnomani bank tomonidan kurib chikilishi va xulosa berilishi;
- kredit shartnomasini imzolash
Tarixiy malumotlarga kura bank tizimi buyicha ayrim tushuncha va terminlar dastlab
Italiyada paydo bulgan. Jumladan,XVI asrda Flarensiya va Vinetsiyada dastlabki kichik
xajmdagi Jiro – banklar tashkil etilgan .
Italiyaning zamonaviy bank tizimining xususiyatlari bulib, birinchidan, bank tizimida
davlat sektori katnashishining sezilarli ulushga egaligi va ikkinchidan, banklar va boshka
kredit muassasalarini
kiska muddatli, urta muddatli va uzok muddatli kreditlash
institutlariga bulinishi.
Kiska muddatli kreditlash institutlari kuyidagi guruxlarga bulinadi:
1. Davlat kredit muassasalari – yirik firmalarni kreditlovchi tijorat banklari.
2. Bank operatsialarini keng xajmda amalga oshiruvchi milliy kizikishlar banklari.
3. Kup mikdordagi bulimlarga ega va urta xamda kichik tadbirkorlarga, xususiy
mijozlarga xizmat kursativchi tijorat banklari.
4. Anik xudud chegaralari bilan cheklangan va faoliyati xususiy mijozlar bilan boglik
omonat kassalari.
5. Sanoat va kishlok xujalik ishlab chikarishi urta yoki kichik korxonalarni
moliyalashtirishga muljallangan xalk yoki kooperativ banklar.
6. Korxonalarga asosan investitsion zayomlar beruvchi maxsuslashtirilgan kredit
institutlari.
Urta va uzok muddatli kreditlash uchun tor mutaxasislik ( sanoat, kishlok xujaligi, ipotek
kreditlash, urta va kichik tadbirkorlarni kreditlash) xarakterli. Buni kuprok, kredit muddati
belgilaydi. Bu institutlarning kupchiligi davlatniki yoki kisman davlatniki.
Italiyada kredit tizimining yukori organi bulib 1947 yilda tashkil kilingan davlat instituti –
kreditlar va omonatlar buyicha vazirliklararo kumita xisoblanadi.
Italiya tijorat banklari asosan kiska muddatli kreditlash institutlari guruxiga kiradi.
Konun talablaridan kelib chikib ular 18 oydan ortik muddatga kreditlash xukukiga ega emas.
Ammo uzok va urta muddatli kreditlash banklari kumagida tegishli konunlarni chetlab utish
xollari uchraydi va banklar ba`zan xar kanday muddatga kredit berishadi. Shu xolatdan kelib
chikib banklar 1936 yildan ularni maxsuslashtirishga xarakat kilgan bulsada , tijorat
banklarining faoliyati universal xarakterga ega.
XULOSA
Jahonning ko'plab mamlakatlarini qamrab olgan moliyaviy inqiroz ko'lami
kengayotganiga
qaramay,
O'zbekiston
bank
tizimi
ishonchliligi
va
barqaror
rivojlanayotgani, xorijiy moliyalashtirish manbalariga qaramligi yo'qligi va tashqi inqiroz
holatlarining salbiy ta'siriga berilmaslik xususiyatlari bilan ajralib turdi. Ayni vaqtda,
respublikamizda tijorat banklarining kreditlash faoliyatini amalga oshirishda garov
mexanizmini boshqarishda ba'zi bir muammolar mavjud.
Banklar tomonidan kreditlash faoliyatini amalga oshirishda garov sifatida sug’urta
polislaridan foydalanish masalalari to'la yoritilmagan.
Zamonaviy iqtisodiy muhit tijorat banklari faoliyatida mavjud muammolarning
oldini olib, mamlakatimizda bank ishining samaradorligini oshirish asosida, xalqaro bank
amaliyotiga
mos
keluvchi
bank
tizimini
yaratishni
taqozo
qiladi.
Mustaqil
Respublikamizda banklar faoliyatini jahon amaliyotida qabul qilingan umumiy
tamoyillarga moslashtira borishga katta e'tibor berilmoqda. Oxirgi yillarda O'zbekistonda
bank tizimini isloh qilish va erkinlashtirish bo'yicha Prezident Farmonlari, Vazirlar
Maqkamasining qarorlari va qator boshqa me'yoriy hujjatlar qabul qilindi. Bugungi
kunda, O'zbekistonda har tomonlama mustahkam bank tizimi, xalkaro andozalarga mos
keluvchi bank nazorati va banklar faoliyatini tartibga solish mexanizmi mavjud.
Banklar endilikda o'z aktivlarini bankka o'z pulini ishonib topshirgan mijozlar
uchun foyda keltiradigan tarzda ishlatishi kerak. Shuningdek u mablag’larini samarali
ishlatishga tayyor mijozlarni kredit uchun faol jalb etuvchi tizilma bo'lishi kerak. Aynan
ushbu oddiy vazifani bajarish, banklarni iqtisodiyotda ishlab chiqarishning o'sishini
rag’batlantirish,
iqtisodiy
tuzilmaviy
o'zgarishlarni
amalga
oshirish,
ularning
samaradorligi va raqobat darajasini oshirishga qodir bo'lgan asosiy vositachiga
aylantiradi.
Bu vazifalarni tijorat banklari bajarishlari uchun o'z aktivlarini oqilona
joylashtirishlari zarur bo'ladi. Bankning aktivlarini joylashtirishda bir necha ichki va
tashqi omillar ta'sir qiladi. Tashqi omillar bu xalqaro va mamlakatdagi umumiqtisodiy va
ijtimoiy holat bilan bog’liq bo'lgan omillar bo'lsa, ichki omillar bu bevosita bankka
ta'luqli ya'ni bank aktivlarini boshqarish bilan boqliq omillardir. Shudan kelib chiqib,
aytish mumkinki bank aktivlarini sifat jihatdan tahlil qilish juda dolzarb masalalardan
biridir.
O'zbekiston Respublikasi bank tizimining samaradorligini oshirish banklarning
iqtisodiyotning real sektorini kreditlashdagi faol ishtiroki bilan bog’liqdir. Mamlakatimiz
tijorat banklari kreditlash faoliyatini olib borishda qator muammolarga duch kelmoqda.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish bosqichida tijorat banklari kreditlari tarkibida muammoli
kreditlar salmoqli o'rin tutadi.
Umuman bitiruv malakaviy ishini bajarish jarayonida quyidagi xulosalar
shakllantirildi:
- Mamlakatimiz bank tizimida yirik tijorat banklarining resurs bazasi nisbatan zaif
bu holat ularning depozit bazasining umumiy hajmida talab qilinguncha qadar bo'lgan
depozitlar salmoqining yuqori ekanligida namoyon bo'lmoqda.
Mazkur holat tijorat banklarining kredit portfelining sifat darajasiga salbiy ta'sir
qiladi va banklarning kreditlash hajmini oshirishga jiddiy to'sqinlik qiladi.
-
Muammoli kreditlar kredit risklarini to'g’ri boshqara olmaslikning oqibati
ekanligidir.
- Kreditlar qaytmasligining sabablari qarzdor-mijoz va bank faoliyati bilan bog’liq
bo'ladi. Mazkur sabablardan biri kreditlarning berilishi, amal qilishi davrida ichki va
tashqi nazoratning to'g’ri yo'lga qo'yilmaganligi hisoblanadi.
-
Muammoli kreditlarni bartaraf etish bo'yicha jahon mamlakatlarining boy
tajribasini o'rganish o'tish iqtisodiyoti mamlakatlari uchun foydalidir
-
Milliy valyuta devalvatsiyasi bilan muammoli kreditlar hajmini o'zgarishi
o'rtasida korrelyatsion bog’liqlikni mavjudligi, ya'ni AQSH dollarining so'mdagi rasmiy
kursining ortib borishi, muammoli kreditlar ulushining o'sishiga bevosita ta'sir etadi.
-
Moliyaviy oqimlar barqarorligi, o'z mablag’lari va barqaror passivlar bilan
ta'minlanganlik, ta'minotning likvidligi, ta'minotning yetarliligi kabi qo'shimcha
ko'rsatkichlarning kreditga layoqatlilikni aniqlash tizimiga kiritilishi kredit risklarini
baholash tizimini takomillashtirish imkonini beradi.
Iqtisodiy va huquqiy soha mutaxassislari hamda tadqiqotchilari fikrlarini
umumlashtirib tijorat banklarini ta’minot masalalari hamda garov munosabatlarida hali
yechilmagan muammolarning mavjudligini ko’rishimiz mumkin.
Ushbu muammolarni hal qilish maqsadida, quyidagi takliflarni e’tiborga olish
maqsadga muvofiq bo’lardi:
Birinchidan, mijozlarni kreditlashda kredit ta’minotining ikkilamchi manbalariga
emas, balki birlamchi manbalarga e’tibor qaratish lozim. Chunki bank mijozining pul
oqimlari va daromadlarini tahlil qilib, birlamchi manba hisobga olinsa, u holda kredit
riski darajasini pasaytiradi;
Ikkinchidan, mol-mulk garovi asosida kreditlashda mijozlarning moliyaviy holatini
baholash tizimini takomillashtirish, ular faoliyatini chuqur o’rganish maqsadga
muvofiqdir;
Uchinchidan, uzoq muddatli kreditlarda garov ta’minotini foydalanish muddatini
va kelgusida qiymatini saqlash xususiyatini e’tiborga olgan holda kreditlar ajratish.
Ayniqsa texnologiyaning yangilanishi oldingi texnologiyalarni bozordan chiqarib,
ularning narxini pasaytirib yuboradi;
To’rtinchidan, kredit faoliyatida mol-mulk garovining o’rniga boshqa ta’minot
turlarini yanada rivojlantirishga e’tibor qaratish darkor.
O’ylaymanki, ushbu takliflarning amaliyotda banklar tomonidan e’tiborga olinishi,
o’z navbatida tijorat banklarining garov munosabatlari bilan bog’liq muammolarinihal
qilishga yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Toshkent, 2001y.
2. Banklar va bank faoliyati to`g`risidagi qonun , Toshkent,1996y.
3. Markaziy bank to`g`risidagi qonun , Toshkent, 2002y.
4. Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to`g`risidagi qonun , Toshkent, 2007y.
5. Bank siri to`g`risidagi qonun , Toshkent, 2003y.
6. Valyutani tartibga solish to`g`risidagi qonun, Toshkent, 2003y.
7. Davlat budjetining g`azna ijrosi to`g`risidagi qonun , Toshkent, 2007y.
8. Fuqarolarni jamg`arib boriladigan pensiya ta`minoti to`g`risidagi qonun, Toshkent,
2004y.
9. Kredit uyushmalari to`g`risidagi qonun , Toshkent, 2006y.
10. Tashqi iqtisodiy faoliyat to`g`risidagi qonun , Toshkent, 2003-y.
11. Budjet tizimi to`g`risidagi qonun , Toshkent, 2007y.
12. O`zbekiston Respublikasining Mexnat Kodeksi, Toshkent, 1995y.
13. Fermer xo`jaligi to`g`risidagi qonun , Toshkent, 2004y.
14. www.ziyonet.uz
Download