BUXORO VILOYATI KOGON SHAHAR 5-IDUM TEXNOLOGIYA FANI O’QITUVCHISI RAXMATULLAYEVA LOLA ISROILOVNANING BIR SOATLIK DARS ISHLANMASI MAVZU: Robototexnika asoslari. Arduino va uning imkoniyatlari DARS MAQSADI: Ta’limiy maqsad: O‘quvchilarga arduino, arduino va uning imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berish. Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarni tozalikka, mehnatsevarlikka o‘rgatish. Texnika xavfsizligi qoidalari, ish o‘rnini tashkil qilish qonun qoidalarini tushuntirish, sanitariya- gigiyena talablariga to‘liq rioya etishni o‘rgatish. Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilarning arduino, arduino va uning imkoniyatlari haqida olgan bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish. Tayanch kompetensiyalar: Texnologiya faniga oid atamalarni topishda media vositalardan foydalanib, didaktik topshiriqlarni bajarish axborot manbalaridan (televizor, radio, audio-video yozuv, telefon) foydalana olish; fayllarni ochishda media-madaniyatga rioya qilish. Fanga oid kompetensiyalar: texnologiya fanini o‘rganish; amaliy ishni bajarishda tozalikka rioya qilish, kattalarni gapiga quloq tutish,mehnatsevarlik, to‘g‘rilik, hurmat qilish kabi sifatlarga ega bo‘lish; to‘g‘ri so‘z bo‘lish, o‘rtoqlarining xatosini tushuntirish, kattalarga, kichiklarga, o‘rtoqlariga yordam berish, o‘qib-o‘rganish orqali bilimini oshirib boorish. Dars turi: Yangi bilim beruvchi. Bilimlarni mustahkamlovchi. Kompetentlikni shakllantiruvchi Dars uslubi: Tushuntirish, suhbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko‘rgazmali va boshqalar. Dars metodi: guruhlarda ishlash, “Men santexnik ustaman” , “ To’g’risini top”, “Aviachipta”, “Tezkor savol-javob ” , “Quyosh nuri” metodlari. Dars jihozi: texnologiya fani o‘quv xonasi, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar, shablonlar, mehnat qurollari, audio va video vositalari. Darsning borishi: I. Tashkiliy qism: a)Salomlashish: O’quchilar bilan salomlashiladi. Darsning shiori aytiladi. b)Davomatni aniqlash: Navbatch hisoboti eshitiladi, darsda qatnashayotgan va kelmagan o’quvchilar belgilab olinadi. c) darsga tayyorgarlik ko‘rish: sinf xonasini tozaligi, o’quv qurollari, o’quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshirib olinadi. II. Uyga vazifani so‘rash: O‘tilgan darsda santexnika elementlarini ta’mirlash texnikasi. sifon mavzusi o’rganilgan edi. O’tilgan mavzuni “Men santexnik ustaman” metodi orqali takrorlab olamiz. “Men santexnik ustaman” “To’g’risini top” metodi. Bu metod o’quvchi yoshlarimizni oʻz imkoniyatlari, qiziqishlari, qobiliyatlariga mos kasbni tanlashga yana bir turtki bo’ladi . Maʼlumki, kasb tanlash, kasbga yoʻnaltirish o’qituvchilarning oldida turgan muhim vazifalaridan biridir. Ayniqsa texnologiya darslarida o’quvchilar kasb hunar haqida chuqurroq ma’lumotga ega bo’lishadi. Bu metod orqali o’quvchilar o’tilgan mavzuni takrorlashadi va santexnik usta o’z faoliyatini bajarishi uchun qanday asbob-uskunalar kerakligini, buyumlarni o’z o’rnida joylashtirishni esga olishadi. Metod mazmuni: Sinf o’quvchilari 3 guruhga bo’linishadi. Har bir guruhdan bittadan o’quvchi chiqadi. Monitorda bir nechta asbob-uskunalar rasmi chiqadi o’quvchilar esa kanalizatsiya quvurini o’tkazish uchun kerakli bo’lgan santexnik asbob-uskunalarini ajratib olishadi. Kim to’g’ri va tez bajarsa shu o’quvchi “Men santexnikman” deb aytadi. Ikkinchi o’quvchilar chiqishadi. Monitorda “Sifon” ning bir nechta surati ko’rsatiladi. Sifon turlarini to’g’ri aytgan va tezkorlik bilan javob bergan o’quvchi “Men santexnik ustaman” deydi. Sifon turlari: 1. Shishali; 2. Gofrli; 3. Quvurli; 4. Yassi Uchinchi guruh o’quvchilariga ham monitorda “gofrirovkali sifon” qismlari surati ko’rsatiladi o’quvchilar esa uni o’rnatish ketma-ketligini to’g’ri aytib berishlari kerak. Shu tariqa qaysi guruh o’quvchilari terkorlikda va aniqlikda vazifani bajarsa “Men santexnik ustaman” deb aytadi. • Santexnika deganda nimani tushunasiz? • Mavjud chiqindilar xususiyatlariga ko'ra chiqindi suvlar qanday turlarga bo'linadi? • Sifon deganda nimani tushunasiz? Uning qanday turlarini bilasiz? • Santexnika ishlarida eng ko‘p qo'llaniladigan asbob-uskunalarni sanab bering. RASMDA QANDAY SANTEXNIKA ELEMENTLARI KO‘RSATILGAN? Yangi mavzu bayoni: Arduino platasi va uning imkoniyatlari. Bugungi zamonaviy elektronika qurilmalarining vazifalari turlicha bo‘lsada, ularning ishlash va tuzulish prinsiplari deyarli bir xil. Ulardan birini o‘rganish orqali biz turli qurilmalarni ishlatish, mustaqil yasash, dasturlash, hatto ishlab chiqarish darajasigacha yetib borishimiz mumkin. Arduino platasi bizga ana shu bosqichlarni amalda o‘zlashtirishimiz uchun juda katta qulayliklar yaratadi. Uning yordamida ko‘plab ishlarni amalga oshirish mumkin. Masalan: dastur yordamida mashinalarni boshqarish (tank, samolyot, robotlar boshqaruvi ham mana shu asosda ishlaydi); elektron qulf (qurilmalarni maxsus kodlar yordamida ishga tushirish); pult yordamida masofadan boshqarish va boshqa ixtirolar. Arduino 2003-yili italiyalik olimlar Massimo Banzi, Devid Mellis va Devid Kvartiler tomonidan kashf etilgan. “Men kimman?” metodi Bu metodda Arduinoni ixtiro qilgan ikki nafar olimning suratini matematik figurada qirqiladi va o'quvchilarga ko'rsatiladi. Lekin qaysi shaklda qirqilganligi aytilmaydi. Guruhlarga bittadan surat beriladi. Bunda o’quvchilar diqqati tekshiriladi. Suratdagi kishilar haqida o’quvchilar fikri so’raladi. O’quvchilar javobidan so’ng o’qituvchi bu olimlar haqida qisqa va kerakli ma’lumotlarni aytib o’tadi. Keyin esa suratlar yig’ib olinadi va o’qituvchi suratlar qaysi shaklda kesilgan ekanligini o’quvchilardan so’raydi. Bu metod orqali o’quvchilar diqqati, xotirasi yanada mustahkamlanadi. Darsimiz esa matematika, geometriya kabi fanlar bilan bog’lanadi. Arduino ning ko'plab turlari mavjud bo'lib bularga misol qilib: Arduino Yun, Arduino Uno, Arduino Duemilanove, Arduino Diecimila, Arduino Nano, Arduino Mega, Mega 2560, Mega ADK, Arduino Leonardo, Arduino Micro va h.k larni olishimiz mumkin. Arduino robototexnika va elektronikiga qiziquvchi va izlanuvchi yoshlarga juda qo'l keladi chunki bu qurilmada kichik va katta bo'lgan dastur, algoritmlar yaratgan holda xar hil qurilmalar, robotlar va boshqa qiziq amaliyotlarni bajarsa bo'ladi. Boshqacha qilib aytganda, Arduino dasturiy va texnik qismlarni birlashtirib beruvchi qurilmadir. Yuqorida keltirib o'tganimizdek Arduino ning juda ko'p turlari mavjud bo'lib, Arduinoni o'rganishni boshlovchilar asosan Arduinoning Uno yoki Nano turidan foydalanishni boshlashadi. Arduinoning Uno va Nano turini yaxshilab o'rganib bo'lgan yoshlar endi Arduinoning bu turiga qoniqmay Arduinoning Mega yoki Mega 2560 turini sotib olishga oshiqishadi. Chunki, endi Arduino Uno, Nano turining xarakteristikasi (texnik ko'rsatkichlari) bizning robototexnik uchun pastlik qiladi! Ayrim robototexniklar esa Arduino Uno bilan tanishib chiqib uni imkoniyatlaridan foydalanib bo'lgandan so'ng, Arduinoning Mega turini sotib olib o'tirmay o'zlari yasab tayyorlab ko'rishga harakat qilishadi. To'g'rida chunki endi ular dasturchi,robototexnik bemalol mikrokontrollerga dastur yozib uni mikrokontrollerga yuklay oladi. Arduino Uno ning boshqa turlaridan farqi protsessori,mikrokontrolleri,raqamli va analog chiqishlarning ko'p yoki kamligi bilan farqlanadi. Arduinodan foydalanayotgan kishi unga har xil elektr komponentalar va modullarni ulash imkoniyatiga ega bo'ladi,masalan:led chiroqlar,datchiklar,rele modullari tarmoq (Wi-fi,Bluetooth,Ethernet) modullari, sensorlar, motorlar, magnit eshik qulflari va elektr energiyasi bilan ishlaydigan barcha narsalar. Yuqorida aytilgandek Arduino texnik va dasturiy qismni birlashtirib beruvchi qurilma.Demak dastur tuzish kerak ! Qanday dastur tuzamiz? Qaysi dasturlash tili orqali? Arduino uchun dasturlar odatiy C ++ da yoziladi, kontaktlarda I / O (Input-kirish,Output-chiqish) ni boshqarish uchun oddiy va tushunarli algoritmlar va dasturlar tuziladi. Agar siz allaqachon C ++ ni bilsangiz - Arduino va dunyo eshiklari siz uchun ochiq. Agar siz dasturlash uchun yangi bo'lsangiz bu muammo emas osonlikcha o'rganishingiz mumkin, bu oson.Bundan tashqari Arduino ni o'rganish va dasturlar yozish uchun Windows, Mac OS va Linux operatsion tizimlarida ishlovchi Arduino IDE (Arduino dasturi,kompilyatori) mavjud va siz undan mutlaqo bepul foydalanishingiz mumkin. Arduino IDE dasturida algoritmlar va dasturlar yaratish juda oson va ishlash qulay. Arduino IDE da tayyor amaliyotlar (loyihalar) ham mavjud siz o'rganishingiz uchun. 1-rasm, 2-rasmga ko‘ra, Power (1) Arduino UNOga quvvat USB portini kompyuterga ulash imkonini beradi. Undan foydalanib yozilgan dastur Arduino UNOga ko‘chirib yoziladi. Uni kompyuterga ulovchi USBni simsiz ham ishlatish mumkin. Buning uchun maxsus batareyadan (2) foydalaniladi. Bunday batareyalar, odatda, 9 V kuchlanishga ega bo'ladi. GND (ground - zamin) (3) manfiy qutb hisoblanadi. 5 V li (4) va 3,3 V li (5) quvvatni ta'minlovchi pinlar, analog (6) pinlari (A0,... A5) yordamida qurilmalardan analog signal qabul qilinadi. Digital (7, 8) pinlaridan esa raqamli signallar qabul qilinadi. Qo‘shimcha vazifadagi oyoqchalar (9), „reset" tugmachasi (10) dasturni qayta ishga tushirish uchun foydalaniladi. Arduino sozligini ko‘rsatuvchi chiroqchalar (11), dastur yuklanishi va ishlashini ko‘rsatuvchi chiroqchalar (12) RX va TX oyoqchalardagi holat haqida ma'lumot berib turadi. Atmega-328 mikrokontroller (13) kompyuterga yozilgan va Arduinoga yuklangan dastur joylashadigan qism (robot miyasi) bo‘lib, voltage regulatori (14) kuchlanishni me'yorlab berish uchun xizmat qiladi. Dastur yordamida mashinalarni boshqarish Pult yordamida masofadan boshqarish va boshqa ixtirolar ARDUINO PLATASI YORDAMIDA AMALGA OSHIRILISHI MUMKIN BO‘LGAN ISHLAR Elektron qulf Arduino – elektron loyihalarni yaratish uchun foydalaniladigan ochiq manbali platforma. U juda katta bo‘lmagan plata bo‘lib, o‘z protsessori (mikrokontrolleri) va xotirasiga ega qurilma hisoblanadi. Arduino kompyuter kodini fizik qurilmalarga yozib olish uchun ishlatiladigan elektron mikrokontroller hamda dasturiy ta’minot yoki IDE (Integrated Development Environment – integratsiyalashgan rivojlanish muhiti) komponentidan iborat. Arduino oilasida turli xil kontrollerlar mavjud: Arduino UNO, Arduino Leonardo, Arduino ProMini, Arduino Mega, LilyPad Arduino. Ulardan eng keng tarqalgani Arduino UNO hisoblanadi. Mikrokontrollerlar bilan ishlashni dastlab shu kontrollerdan boshlash samarali hisoblanadi ( Mavzuni mustahkamlash Mavzuni mustahkamlash uchun “Aviachipta” metodidan foydalanamiz. Bu metod orqali sinf o’quvchilari orasida berilgan savollarga muayyan , to’liq javob berish va har bir o’quvchi o’zing shaxsiy imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishga asoslangan metodlardan biridir. Bu metod orqali o’quvchilar o’z xotiralarini yanada mustahkamlab, o’tilgan mavzuni qanchalik darajada o’zlashtirilganini aniqlashga yordam beradi. O’quvchilar chiptani qo’lga kiritgach qaysi davlatga sayohat qilishini va bu davlat qaysi materikda joylashganini ham aytib o’tib ketishadi. Bu metodni qo’llash orqali nafaqat mavzu balki geografiya fanidagi bilimlar ham mustahkamlanadi. Metodning mazmuni: Bir o’quvchi aviachipta kassa xodimi sifatida chipta sotadi. Bu chiptalarni qo’lga kiritish uchun o’quvchilar maxsus savollarga javob berishlari lozim. Har bitta berilgan to’g’ri javob uchun o’quvchilarga chipta taqdim etiladi. Savollar: • Arduino nima? • Arduino qaysi olimlar tomonidan kashf qilingan? • Arduino platasi va uning imkoniyatlarini bilasizmi? • Arduino oilasiga kiruvchi kontrollerlarni sanab bering. • Arduino UNO tuzilishini tushuntirib bering. Darsga yakun yasash, O’quvchilarni rag’batlantirish Uyga vazifa: Svetodiodni dastur yordamida yoqish va o‘chirish sxemasini o‘rganish