Uploaded by tmamadaliyev13

118910

advertisement
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
PEDAGOGIKA KAFEDRASI
PEDAGOGIK DIAGNOSTIKA VA KORREKSIYA
fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Oilaning tarbiyaviy imkoniyatlarini tashxis etish
R.S.Shamsullayeva
7-Ped-21 guruh magistranti
Bajardi:
G.V. Izbullayeva
p.f.d. (DSc), dots.
Ilmiy rahbar:
1
MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………..…
5
I. BOB. OILANING TARBIYAVIY IMKONIYATLARINI
TASHXIS ETISHNING NAZARIY ASOSLARI……………….
8
§1.1. Sharq mutafakkirlari merosida oilaviy tarbiya
8
haqida..
§1.2. Oilaviy tarbiyaning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati...
14
II. BOB. OILADAGI PEDAGOGIK MUHITNI TASHXIS
ETISH……………………………………………………………….
22
§2.1. Shaxs ma’naviy yuksalishida oilaning o‘rni.…………...
22
§2.2. Bo‘lajak ota-onalarni oilaviy hayotga tayyorlash.……...
28
§2.3. Qizlar tarbiyasida milliy an’analar va qadriyatlar.....……
33
XULOSA VA TAKLIFLAR…….……………………………
37
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI………
40
2
“TASDIQLAYMAN”
kafedra mudiri
p.f.f.d., dots. G.V. Izbullaeva
“___”_______________20____y.
KURS ISHI
Kurs bo’yicha_______________________________________________________
Guruh__________________Talaba_____________________________________
Rahbar__________________________
T O P SH I R I Q
1. Kurs ishi mavzusi:_____________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
2. Boshlang’ich ma’lumotlar:_______________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
3. Qo’llanmalar.__________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
3
4. Chizma qismning tuzilishi:
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
_________________________________________________________________
5. Tushuntirish xatini tuzilishi:
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
6. Qo’shimcha topshiriq va ko’rsatmalar:
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
7. Kurs ishi topshirish davri: Reja__________________Amalda_______________
Bosqichlar
1
2
3
4
Himoya
5
Rahbar:_________________________________
4
KIRISH
Mavzuning
dolzarbligi:
Mustaqillik tufayli o‘z taraqqiyot yo‘lidan
borayotgan O‘zbekistonda yangicha fikrlaydigan, bo‘layotgan voqea hodisalarga
erkin munosabat bildiradigan ijodiy va tanqidiy munosabat bildiradigan ijodiy va
tanqidiy mushohada yuritadigan yoshlarni tarbiyalash uchun keng imkoniyatlar
yaratib berilmoqda. Jamiyatimizda amalga oshirilayotgan ma’naviy yangilanishlar,
birinchi navbatda yosh avlod ongiga ma’naviy-axloqiy an’analar, insonparvarlik va
demokratiya qadriyatlarini singdirishga xizmat qilmoqda. Hozigi kunda ta’lim
olishda, shuningdek bolalar va yoshlarni ma’naviy-axloqiy, intellektual va
jismoniy jihatdan tarbiyalashda oila, ota-onalar, jamoat tashkilotlari, mahallalar,
xayriya va xalqaro fondlarning rolini kuchaytirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab
chiqilib ijtimoiy hayotga keng ko‘lamda tadbiq etilib kelinmoqda. Shunday qilib,
mazkur ishning nazariy jihatdan dolzarbligi oilaning tarbiyaviy imkoniyatlarni
tashxis etish bo‘lib, bu esa bir qator pedagogik muammolarni hal etishning muhim
omili hisoblanadi. Mazkur ish oilaning tarbiyaviy imkoniyatlarni tashxis etishga
bag‘ishlanadi. Shular jumlasiga E.G‘oziyev, O.Musurmonova, V.Karimova,
O.Xasanboyeva va boshqalarning «Oila psxologiyasi», «Odobnoma», «Oila
pedagogikasi» darsliklarida hamda M.Qarshiboyev, S.Nishonova asarlarida oila va
maktab hamkorligida o‘quvchilarni axloqiy tarbiyalash masalalari o‘rganilgan
bo‘lsa, M.L.Abdujabborova va N.O‘.O‘rinboyevlarning dissertatsiya ishlarida
o‘smirlar orasida olib boriladigan mafkuraviy profillaktika masalalari barqaror
taraqqiyotni ta’minlashda sog‘lom turmush tarzining o‘rni masalalari o‘rganilgan.
A.Q.Munavvarov oila pedagogikasiga doir monografiyalarida o‘zbek
oilalarida tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlari, ijtimoiy-ruhiy holati hamda tarbiya
imkoniyatlari, ota-onalarga pedagogik bilim berish masalalariga to‘xtalib, otaonalar farzand tarbiyasida ana shu jihatlarga e’tibor berish masalalariga to‘xtalib,
ota-onalar farzand tarbiyasida ana shu jihatlariga etibor berib o‘tishlari kerakligini
milliy qadriyatlar hamda milliy o‘ziga xos xususiyatlardan kelib chiqqan holda
tahlil etadi.
5
Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda, oila mustahkamligini ta’minlashda
ularning ota-onalari saviyasi, turmush tarzi, xarakter xususiyatlari va nihoyat, kasb
faoliyatlariga e’tibor berish maqsadga muvofiqdir, deydi olim va barcha oilaviy
ishlarni bajarishda teng huquqlilik yo‘nalishi ko‘proq namoyon bo‘layotganini
ta’kidlaydi. Olim kam yoki ko‘p bolali oilalarda bola tarbiyasi maktab, oila
hamkorligi, ota-onalarga pedagogik bilim berish, tarbiyada milliy urf-odatlarimiz
hamda an’analarimizga tayanish muammolariga, oila va maktabda o‘quvchilarning
ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, ijtimoiy faolliklarini ta’minlashga bog‘liq
ekaniga diqqatni qaratadiki, bularning barchasi yosh avlodni oilaviy hayotga
tayyorlash muaamosiga ham taalluqlidir.
Zero,
Markaziy
Osiyoda
qadimdan
oila
boshliqlari
farzandlarini
uylantirishlari, uyli-joyli qilishlari kabi an’analar avloddan avlodga o‘tib, har bir
yoshning ruhiyatiga singib ketgan. Olim monografiyalari asosida insonni oilaviy
hayotga tayyorlashning tarbiyaviy uslublari, ko‘rinishlari haqida ma’lum xulosaga
kelar ekan, uy xo‘jaligini boshqarishni o‘rganish, jinsiy tarbiya, ota-onalarga
pedagogik bilim berish, umuman, ularni axloqiy jihatdan mukammal inson qilib
tarbiyalashni asosiy yo‘nalishlarning mazmunida insonning o‘z oilasiga bo‘lgan
mas’uliyati, faolligi, oilaviy burchini chuqur his etishini ta’kidlaydi.
M.R.Bo‘riyeva esa oila va uning turlari, demografik taraqqiyot masalalarini
tadqiq etar ekan, ayniqsa oila shakllanishining ijtimoiy-demografik omillari
borasida muhim ma’lumotlar beradi. Bunday ma’lumotlar hozirgi davrda yoshlarni
oilaviy hayotga tayyorlashda qimmatlidir. M.Inomova monografiyasida «Oila va
jamiyatning
o‘zaro
munosabati
yoshlarga
samimiy,
mustahkam
oilaviy
munosabatlar haqida oldindan tushuncha berib borish vazifasini o‘z oldiga maqsad
qilib qo‘yadi. Bu narsa turli oilaviy ziddiyatlarning oldini oladi, o‘zaro bir-birlarini
tushunish va hamkorlik qilish imkoniyatlarini yuzaga keltiradi, deydi va buning
uchun oilada bolalarni shaxs sifatida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning yo‘llari,
shakl va metodlariga milliy va umuminsoniy tajribalar asosida yondashadi.
Oilashunos olim Y. P. Azarov oilada bolalar tarbiyasida fuqarolik va insoniylikni
tarbiyalashni avvalgi o‘ringa qo‘yadi Amerikalik olim Benjamin Spok ham «Ona
6
bilan suhbat» , «Bola va uni parvarish qilish» kitoblarida bolalarni erkin, insoniylik
ruhida tarbiyalash bilan birga qat’iylik va intizomlilikni tarkib toptirish, ijodkor,
kuchli fuqaro sifatida shakllantirish, ularning hissiyotlarini anglab olish, baxtli va
do‘stona muhitda tarbiyalash, bu tarbiyada ota-onalar, ayniqsa onalarning oilaviy
munosabatlarini yaxshilik, bolalarda eng yaxshi insoniy xislatlarini shakllantirish
orqali jamiyatga foydali va oilaparvar inson bo‘lib yetishishiga erishish
masalalarini ilgari suradi.
Tadqiqot maqsadi: oilaning tarbiyaviy imkoniyatlarni tashxis etish,
o‘rganish, tahlil qilish, asoslash va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqot vazifalari:
- sharq mutafakkirlari merosida oilaviy tarbiya haqida tushunchalarni
nazariy asoslarini o‘rganish;
- oilaviy tarbiyaning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati tahlil qilish;
- bo‘lajak ota-onalarni oilaviy hayotga tayyorlash mohiyatini nazariy
asoslash;
- shaxs ma’naviy yuksalishida oilaning o‘rnini ochib berish;
- qizlar tarbiyasida milliy an’analar va qadriyatlarni o‘rganib tahlil qilish.
7
I. BOB. OILANING TARBIYAVIY IMKONIYATLARINI TASHXIS
ETISHNING NAZARIY ASOSLARI
§1.1. Sharq mutafakkirlari merosida oilaviy tarbiya haqida tushuncha
Sharq mutafakkirlarining ta’lim-tarbiya, oila va oilaviy tarbiya haqidagi
qarashlari islom mafkurasi va uning qobig‘ida shakllangan. Sharq mutafakkirlari
ijodida aks etgan umuminsoniy g‘oyalar islomiy ma’naviyat bilan hamohangdir.
Sharq mutafakkirlarining ilmiy merosida oila va oilada farzand tarbiyasi
masalalariga katta e’tibor berganlar. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr
al-Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Muhammad Koshg‘ariy,
Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Alisher Navoiy, Xusayn Voiz Koshifiy kabi
mutafakkirlarning
qator
asarlarida
bolalarni
ma’naviy-axloqiy
tarbiyalash
masalalarari va ularni hal etish yo‘llari ko‘rsatib berilgan. Oilada bola tarbiyasi
masalasi Muhammad ibn Muso al- Xorazmiy qarashlarida ham mavjuddir. Uning
aytishicha, «Ota-onalar ikki xil: tug‘ilish otasi va ta’lim berish otasi: birinchisi
jismoniy hayot sababli, ikkinchisi ruhiy hayot sababli». Shunga ko‘ra, ularni uzviy
birlikda olib qarash tarbiya ishida muhim ahamiyatga molikdir. Uning quyidagi
so‘zlari anchayin ibratlidir: «Zamondan yaxshiroq ta’lim beruvchi muallimni,
insondan yaxshiroq ta’lim oladigan o‘quvchini ko‘rmadim». Uning bu so‘zlaridan
bir tomondan ijtimoiy muhitni bola tarbiyasi uchun hal qiluvchi ta’sirini anglasak,
ikkinchi tomondan inson shaxsi ta’lim natijasida kamolotga erishib borishi
mumkinligini sezamiz. Abu Rayhon Beruniy insonning axloqiy fazilatlarini,
umuman axloqiy tushunchalarini insonning tabiati bilan bog‘laydi. Inson tabiati
esa, avvalo, oilada shakllanadi. Shunga ko‘ra, bola tarbiyasida ota-ona ta’siri va
namuna benihoya kattadir. Masalan, u ayollarga nasihat qilib, Abdulla ibn Jafar
tilidan shunday deb yozadi: «Rashkdan saqlangin. U taloqning kalitidir. Eringga
tez-tez tanbeh qilishni senga taqiqlayman. Chunki tanbeh nafrat uyg‘otadi.
O‘zingni bezab yurgin. Buning uchun yaxshi vosita surmadir. Yana xushbo‘y
atirlardan foydalangin. Ularning ichida eng yaxshisi suvdir». Uning bu fikrlari
bevosita oilada farzand tarbiyasiga taalluqlidir. Beruniy tan va ruh pokligi
8
masalasini ham o‘rtaga tashlaydi. Oilada tozalik, poklik va tartiblilik mavjud ekan,
u yerda ma’naviy poklik ham bo‘ladi. Bu fikrni, tanani toza tutish bilangina
cheklab bo‘lmaydi, balki ko‘p harakat qilishga chaqiradi. Bu harakat mehnat qilish
demakdir. Uning qalb va harakat haqidagi fikri insonning tani bilan ruhi pokligini
bir butunligi to‘g‘risidagi g‘oya bilan bog‘liqdir. Bu narsa bola -tarbiyasi jismoniy
sog‘lomlik bilan ma’naviy-axloqiy boylik o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlik haqidagi
bugungi kun talabi bilan hamohangdir.
Beruniy ota-onalarga qarata bolaning mo‘tadillikda saqlashni tavsiya etadi.
Bunga asosan bolani qattiq g‘azablanishdan, qo‘rqish va xafalikdan, uyqusizlikdan
saqlash orqali erishilishini aytib, ularni xohlagan va foydali narsasini topib
berishga, sevmagan narsasidan uzoqlashtirishga harakat qilish kerakligini
uqtiriladi. Ota-onaning bolaga turli munosabati turlicha xulqlarni keltirib chiqaradi.
Mutafakkir bola-xulq atvorining mo‘tadilligi natijasida tan va ruh sog‘lomligi kelib
chiqishini ham ilmiy asoslab beradi. Beruniy bola tarbiyasida irsiyat muhit va
tarbiya ta’sirini birdek muhim ekanligini ta’kidlab o‘tgan edi. Beruniy axloqiy
tarbiyaga musulmon dini talablaridan kelib chiqqan holda yondashadi. Axloqiylik
yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi kurash natijasida namoyon bo‘ladi va
shakllanadi. Uning bu fikri o‘z davri uchun yangi va ilmiy bashorat edi. Oila va
oilada bola tarbiyasi masalasi Abu Ali ibn Sinoning ilmiy merosida ham muhim
o‘rin egallaydi. U o‘zining qator asarlarida bolaning salomatligi, uning tarbiyasi
haqida, eng muhimi bola ruhiyatini o‘rganish borasida ko‘plab qimmatbaho
fikrlarni yozadi. Ularning hammasi bir butun bo‘lib, muayyan pedagogik qarashlar
tizimini tashkil etadi va u ma’naviy-axloqiy barkamol insonni shakllantirish
haqidagi g‘oyaga borib taqaladi. Ibn Sinoning «Tadbiri al-manozil» nomli asarida
katta bir bob oila va oilaviy tarbiya masalalariga bag‘ishlangandir. Ibn Sino oilada
bola tarbiyasi ancha murakkab va nozik bo‘lib, uni bolaning yoshligidan boshlab
va izchillik bilan olib borish lozimligini uqtiradi. U ona allasining tarbiyaviy
ahamiyati haqida to‘xtalib, «Alla» ikki vazifani bajaradi, deydi. Birinchisi, uni
tebratish orqali bolaga jismoniy orom bag‘ishlanadi; ikkinchisi, beshikni bir
maromda tebratishdan onaning mehri jo‘sh uradi, bolasiga bo‘lgan muhabbatidan
9
onaning orzu umidi yurak to‘ridan silqib chiqadi. Bu o‘ziga xos qo‘shiq bolasi
uchun qasidadek yangraydi va u farzandining murg‘ak qalbiga singib boradi. Shu
tarzda bolada o‘zi ham anglolmagan holat paydo bo‘ladi. U asta-sekin bu yorug‘
olamni anglay boshlaydi. Ana shu anglashdan o‘rganish boshlanadi. Xuddi shu
o‘rganish tarbiyalanishdir. Zotan o‘rganish sezishdan kelib chiqadi. Ibn Sino ana
shu holatga e’tiborini qaratib, «Yosh bolaning sezgirlik quvvati katta odamga teng
keladi», degan fikrni bildiradi. Ibn Sino bola tarbiyasida oila boshlig‘i otaning
roliga alohida e’tibor beradi. «Agar oilada-deydi u, oila boshlig‘i tajribasizlik,
no‘noqlik qilsa u oila a‘zolarini yaxshi tarbiyalay olmaydi va oqibatda bundan
yomon natijalar kelib chiqishi mumkin». Bola yaxshi yo‘lga qo‘yilsa, oila baxtli
bo‘ladi. Oilaning eng muhim vazifasi bola tarbiyasi hisoblanadi. Ota-ona kim
bo‘lishidan qat‘iy nazar, bu vazifani mas’uliyat bilan ado etishi lozim. Ibn Sino
«Tadbiri al-manozil» asarida er va xotinning yaxshi sifatlarini sanab o‘tadi.
Ularning shaxsiy namunalari bola uchun o‘rnak bo‘lib, kelajak taqdirini
belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligi alohida uqtiriladi. Ibn Sino oilada
bolani ma’naviy-axloqiy taibiyalashda mehnatsevarlikning roliga alohida urg‘u
berib, ota-onalarni farzandlariga nisbatan kasb-hunar o‘rgatishga chaqiradi.
Mehnatni ulug‘laydi. Mehnatsiz hayot kechirishning bolaga bo‘lgan salbiy ta’sirini
ko‘rsatib beradi. XI asrda yashab ijod etgan mutafakkir Yusuf Xos Hojib o‘zining
«Qutadg‘u bilig»da bola tarbiyasi haqida to‘xtalib, shunday yozadi: «Farzand
qanchalik bilimli, aqlli-xushli bo‘lsa ota-onasining yuzi shunchalik yorug‘
bo‘ladi». U bola tarbiyasida otaning mas’uliyatiga alohida e’tibor beradi.
«Kimning o‘g‘il-qizi erka bo‘lsa, deb yozadi u unga shu kishining o‘zi mungli
bo‘lib yig‘laydi. Ota bolani kichikligida bebosh qilib qo‘ysa, bolada gunoh yo‘q,
barcha jafo otaning o‘zida; o‘g‘il-qizning xulq-atvori yaramas bo‘lsa, bu yaramas
ishni ota qilgan bo‘ladi. Ota bolalarini nazorat qilib, turli hunarlarni o‘rgatsa, ular
ulg‘aygach, o‘g‘il-qizim bor deb sevinadi; o‘g‘il-qizga hunar va bilim o‘rgatish
kerak, toki bu hunar bilan ularning fe’l-atvorlari go‘zal bo‘lsin». Yusuf Xos Hojib
o‘z asarida shunday fikrlarni tashlaydiki, ular bola tarbiyasi uchun madhiyadek
yangraydi. Yusuf Xos Hojib bolalar tarbiyasini juda murakkab jarayon deb
10
tushunadi. U beldan madorni, tandan quvvatni, ko‘zdan nurni, dildan oromni talab
qiladi. Uning ta’kidlashicha, agar insonning o‘zida go‘zal fazilatlar bo‘lsa, ularni
boshqalarga o‘rgatishi lozim. Lekin odob-axloq, rasm-rusm odat va irodani hosil
qilish uchun zo‘r kuch va harakat kerak bo‘ladi. Bu narsa ta’lim-tarbiya natijasida
paydo bo‘ladi. Uning bu tarzdagi pedagogik qarashlari bitta asosiy masalaga borib
taqaladi. Bu barkamol inson masalasidir. Inson, uning mohiyati, jamiyatda tutgan
o‘rni, ijtimoiy vazifasi mutafakkir tomonidan turli jihatlarda tahlil qilinadi. Odam
bolasi bu yorug‘ olamda ezgulik qilish uchun yaratilgan. Shunga ko‘ra uni
tarbiyalashdan maqsad uning ongiga odamlar uchun yaxshilik qilish tuyg‘usini
singdirishdan iborat. Bu oliyjanob vazifani bajarish esa ota-onaning zimmasidadir.
Sharqda keng tarqalgan pandnoma tarzida yozilgan mashhur asarlardan biri
Unsurul maoliy Kaykovusning «Qobusnoma»sidir. Bu asar Sharq pedagogik fikr
taraqqiyotida muhim o‘rinni egallaydi va qanchadan-qancha avlodlarni ma’naviyaxloqiy tarbiyalashda o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. «Qobusnoma» falsafiy
didaktik asar bo‘lib, shaxs shakllanishining barcha tomonlarini o‘z ichiga oladi.
Uning «Farzand parvarish qilmoq zikrida» degan bobi bevosita oiladagi bola
tarbiyasiga
bag‘ishlanadi.
Kaykovus
bola
tarbiyasida
talabchanlik
bilan
mehribonlikni birga olib boorish lozimligini ta’kidlaydi. «Yosh bola ilm bilan
odobni tayoq bilan o‘rganur, o‘z ixtiyori bilan o‘rganmas. Ammo farzand beadab
bo‘lsa va sening ul sababdan qahring kelsa, o‘z qo‘ling bilan urmagil,
muallimlaming tayog‘i bilan qo‘rqitgil. Bolalarga muallimlar adab bersinlar toki
sendan o‘g‘lingni ko‘nglidagina qolmasin». Asar pand-nasihat tarzida yozilgan
bo‘lib, unda yoshlar tarbiyasida juvonmardlik talablaridan eng muhimi axloq
tarbiyasiga alohida e’tibor beradi. Kaykovus yoshlarda yuksak axloqiy fazilatlarni
tarkib toptirishni istaydi, yoshlarni doimo to‘g‘rilikka, yaxshilikka, adolatlilikka
undaydi. Asarda asosan o‘zgalarga nisbatan insoniy munosabatda bo‘lishlik
uqtiriladi. Kaykovus odamlarning xislatlarini uch xilga bo‘ladi: biri aql, biri rostlik,
yana biri juvonmardlikdir. Kaykovusning «Qobusnoma» asari bugungi kunda ham
axloqiy qadriyat sifatida yosh avlodni ma’naviy axloqiy ruhda tarbiyalashda
muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Bu asarda oila, farzand tarbiyasi juda yaxshi
11
tushunirib berilgan bo‘lib, bugungi kun yosh ota-onalariga dasturamal bo‘lib
xizmat qilmoqda. «Qobusnoma» da ota-onaning qator vazifalari sanab o‘tiladi.
Ular quyidagilardan iborat:
bolaga
yaxshi ism
qo‘yish
harbiylar
ahlidan
bo‘lsa,sipo
xiylikni
o‘rgatish
oqil va
mehribon
enagaga
topshirish
o‘qish —
yozishni
o'rgatib,
kasb-hunar
va ilmli
qilish
to‘ytomosha
qilib,
sunnat to‘y
o‘tkazish
Oilada bola tarbiyasi masalasi buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy
merosida ham munosib o‘rinni egallaydi. Uning fikricha, jamiyatning yetukligi,
uning taqdiri va kelajak yoshlar kamoloti bilan bog‘liqdir, shunga ko‘ra bola
tarbiyasi ota-onalar oldida turgan oliyjanob vazifadir, deydi. Navoiy ota-onalarning
yaxshi sifatlarini ulug‘laydi. Bunday sifatlarning ularda jamuljam bo‘lishi bola
tarbiyasida muhim rol o‘ynashini ko‘rsatib o‘tadi. Masalan, uning xotinlar haqidagi
fikrlari diqqatga sazovordir: «Yaxshi xotin, deydi Navoiy - oilaning davlati va
baxti uy egasining xotirjam va osoyishtaligi undan husnli bo‘lsa, ko‘ngil ozig‘i,
xushmuomala bo‘lsa jon ozig‘idir. Oqila bo‘lsa, ro‘zg‘orda tartib-intizom bo‘ladi.
U beandisha bo‘lsa, ko‘ngil undan ozor chekadi, yomonlik axtaruvchi bo‘lsa,
undan ruh azoblanadi. Agar mayxo‘r bo‘lsa, uy obodligi yo‘q oladi, aqlsiz bo‘lsa,
oila rasvo bo‘ladi». Navoiy oiladagi ayrim illatlarni va o‘zaro kelishmovchiliklarni
bola tarbiyasiga salbiy ta’siri va uning buzilishiga sabab bo‘luvchi asosiy omillar
haqida ham yozadi. Yaxshi va yomon xulqlar va ularning kelib chiqishi sabablarini
ko‘rsatib beradi. Bolada paydo bo‘ladigan yomon xulqlarni oldi olinmasa, borabora illatga aylanadi-deb uqtiradi. Yuqoridagi fikrlardan ma’lum bo‘ldiki, sharq
12
mutafakkirlari o‘zlarining pedagogik qarashlari bilan o‘z davrlaridan ancha
ilgarilab ketganlar. Ularning bu qarashlari bir necha asrlardan beri ajdodlarimiz
tafakkurini boyitib kelmoqda va hozirgi kunda ham ular o‘z qiymatini yo‘qotgani
yo‘q, ular bizning ma’naviy qadriyatimizdir. Shunga ko‘ra mutafakkirlarning
o‘lmas merosi oilada bolalarning ma’naviy axloqiy tarbiyalashning muhim omili
bo‘lib qoladi.
Tarixchilaming yozishicha, bolaligidayoq o‘zini buyuk ishlarga hozirlagan
Amir Temur farzandlari va nabiralarining tarbiyasini ham bir lahza bo‘lsada,
nazaridan qochirmadi. Ulug‘ hukmdor o‘z o‘g‘illari va nabiralariga eng avval
jangu jadal mashaqqatlariga chidam berishga qodir kuch-quvvat va jasorat,
shuningdek, saltanatni boshqarish uchun talab etilgan ilmu donish sohibi
bo‘lishlarni talab etardi. Amir Temur o‘z davrining ma’rifatli kishisi, o‘tmishning
ma’naviy saboqlaridan yaxshi xabardor inson sifatida sog‘lomlik faqat jismoniy
kuch-quvvat emas, balki oliyjanob insoniy fazilatlar uyg‘unligiga erishmoq
ekanligini ham yaxshi anglagan. U barloslarning ulug‘ amirlaridan bo‘lmish
padaribuzrukvori, muarrix Sharofiddin Yazdiy ta’biri bilan aytganda, «Ulamo va
sulaho va mutafakkirlarga mushfiq va mehribon». Agar Amir Temur buyuk
saltanatga asos solgan bo‘lsa, bu sharafga mana shu yuksak tarbiya oqibatida
erishgan. Sohibqiron farzandlarida uch xislat mujjassam bo‘lishini istardi. Eng
avvalo, insonparvarlik, so‘ng mushohadalik va nihoyat, oqibatlik, bosiqlik.
Insonparvar odamgina saxiy bo‘lishi mumkin. Mushohadali, bosiq odamgina
jangu-jadalda xatoga yo‘l qo‘ymaslikka, ulkan saltanatni boshqarishga qodir.
Kimki jasur bo‘lsa-yu, insonparvar bo‘lmasa, jismonan baquvvat bo‘lsa-yu,
mushoxadalik bo‘lmasa, dono bo‘lsa-yu, bosiqlik bo‘lmasa, unday odam komil
inson bo‘lolmaydi, unday odam boshqalarni ham, o‘ziniyam halok etadi. Kimki
raqibi
bilan
olishgandayam
insonparvarlikni
unutmasa,
albatta
yengadi.
Bobokalonimizning farzandlari va avlodining qanday fazilatlarga ega bo‘lish bilan
bog‘liq istaklarini bilish uchun, avvalo, «Temur tuzuklari» ni varaqlaylik. Uning
dastlabki
sahifalaridayoq
shunday
fikrni
uqish
mumkin:
«Tajribamda
ko‘rilgankim, ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azmi qat’iy, tadbirkor va
13
hushyor bir kishi ming-minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir». Bu
hikmatda bobomizning sog‘lom va komil inson xususidagi tushunchasi, ya’ni
yetuk insoniy fazilat va xususiyatlarga ega insongina mamlakat tayanchi bo‘la
oladi, degan mushohadasi mujjassamlashgan, deb o‘ylayman. Sohibqiron bobomiz
harbiy safarlarga farzandu nabiralarini birga olib ketardi. Bundan ko‘zlangan
birinchi murodi avlodlari suyagini jangu jadallar, uzoq va mashaqqatli yo‘llarda
chiniqtirish bo‘lsa, ikkinchi maqsadi farzandu nabiralari o‘z avlodlari qo‘lida
tarbiyalansa, erka va tantiq bo‘lib ulg‘ayadilar, degan fikrdan kelib chiqib, ularni
onalarining ortiqcha mehru-muhabbatlaridan asrash edi. Zero, asalning ko‘pi zarar,
me’yorda bo‘lsa, foydali ekanligi to‘g‘risida o‘tmish donishmandlari ko‘p naql
etganlar. «Mening farzandlarim tantiq bo‘lmasliklari kerak! Tantiqlik irodasizlikni
paydo qilgay. Farzandlarimni erkalaydigan yer kurash maydoni bo‘lsin. Arg‘umoq
ila qilich ularning jonajon do‘sti, mardlik ularga ustoz bo‘lsin!». Mana shu niyatda
jahongir avlodlarining jismoniy tarbiyasini itoatidagi eng tajribali va taniqli
pahlavonlarga ishongan bo‘lsa, farzandlarining ruhiy dunyosiga sayqal berishni
oqila malika asli ismi Saroymulkxonim, xon avlodi bo‘lgan, murg‘aklikdan
hukmfarmonlik va bahodirlikdan saboq olgan Bibixonimga ishongan edi.
Qolaversa, malika har doim safardayam, jangu - jadaldayam va dorulsaltanatdayam
hukmdorga hamroh, bo‘lardi.
Yuqoridagi fikrlarga tayangan holda, nafaqat hozir balki, boy bo‘lgan
tariximizda ham oilaga, unda tarbiyalanadigan yosh avlodga, kelajak yulduzlariga
ham alohida e’tibor berilganligini ko‘rishimiz mumkin.
§1.2. Oilaviy tarbiyaning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati
Oila o‘zining tarixiy taraqqiyoti davrida uzoq va murakkab yo‘lni bosib
o‘tdi. Bu yo‘lning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri jamiyatning o‘zaro aloqalari va
ijtimoiy vazifalarining tubdan o‘zgarganligidir. Jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy
tuzilishining o‘zgarishi oilaning shakllanishiga, uning o‘zaro aloqa shakllariga
ta‘sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, jamiyatning moddiy texnika va ma’naviy yo‘nalishidagi
o‘zgarishlari oila faoliyatining o‘zgarishiga sabab bo‘lmoqda. Bunday o‘zgarishlar
oila qurish, mehr-muhabbat, o‘zaro do‘stlik va farzand ko‘rishni rejalashtirishda
14
o‘z ifodasini topmoqda. Davlatimiz oilalarni o‘zining olib boradigan siyosati
markazida olib qaraydi. Shu sababli imkoniyat doirasida moddiy va ma’naviy
yordam berishga majbur. Oilaviy tarbiyani maktab, jamoatchilik bilan uyg‘unligini
ta’minlashdan manfaatdordir. Oilaning eng muhim xususiyatlaridan biri insonlar
avlodini ko‘paytirishdir. Bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlash borasida oila
ma‘lum darajada ijtimoiy tashkilotlar bilan jamiyat taraqqiyotiga hamohang holda
faoliyatda bo‘lmoqda. Oilaviy tarbiya muammolarini tadqiq etish, asosan ikki
yo‘nalishda olib borilmoqda. Bir tomonda oilaviy tarbiya pedagogikaning
an’anaviy qismi sifatida o‘rganilmoqda. Ikkinchi tomondan esa oila sotsiologiya va
filologiya yo‘nalishida ham tadqiq etilmoqda. Matbuotda e’lon qilingan
maqolalarda mazkur sohaga qiziqqan olimlarning oilaviy tarbiya xususiyatlariga
ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan yondashayotganliklari ma’lum bo‘lmoqda.
Bolalarning bolalar yasli va bog‘chasida uzoq muddat bo‘lishlari ularning
kamolotiga, ehtiyoj, qiziqish va muomala xarakteriga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Baxtga qarshi hozirgi vaqtda ota-onalarning ishlab chiqarishda ko‘plab mashg‘ul
bo‘lishlari
sababli
o‘zlarining
to‘laqonli
tarbiyaviy
vazifalarini
bajara
olmasliklarini tasdiqlamoqda. Oilaviy tarbiya ijtimoiy tarbiya bilan uzviy aloqada
bo‘lsagina o‘sib kelayotgan yosh avlod farovonligini ta’minlash mumkin. U yoki
bunisining yo‘qligi tarbiyaviy jarayonga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Respublikamizda
ayni hozirgi kunda oilalarning ijtimoiy ahamiyati ortib bormoqda. Oilalarning
moddiy ehtiyojlarini to‘laroq qondirish asosida bolalar tarbiyasi uchun
javobgarlikni kuchaytirish jarayoni tezlashmoqda. Biz uchun oila mustahkamligini
ta’minlovchi axloqiy ruhiy aloqalar juda muhimdir. Xuddi ana shu aloqadorlik
oilaviy munosabatlar, to‘laqonli hissiy-emotsional, otalik yoki onalik, oilaviy
baxtni ta’minlash ehtiyojlarini qondiradi. Ota-onalarga pedagogik bilim berish,
oilaviy tarbiya bo‘yicha tajriba almashishi, ota va onalarni tarbiya ishlariga qizg‘in
jalb qilish uchun ularni maktabga, mahalla qo‘mitalariga taklif etish maqsadga
muvofiqdir. Ota-onalarning bu boradagi eng muhim vazifalari bolalari kamolotini
oldindan tasavvur eta olishlari, tarbiya maqsadini aniqlashlaridir. Bolalar
tarbiyasiga birinchi navbatda ota va onaning o‘zaro munosabatlari katta ta’sir
15
ko‘rsatadi. Bizning jamiyatimizda er va ayollarning teng huquqligi ta’minlangan
bo‘lsa-da, lekin biologik tenglik yo‘qligini inkor eta olmaymiz. Shu sababli onalar
bolalari tarbiyasi uchun ko‘proq mehnat qilishlarini taqozo etadi. Bundan tashqari,
ayollar oilada erkaklarga nisbatan ko‘proq vaqtini uy ishlariga sarflaydi.
Sotsiologik tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, hatto dam olish kunlari ham ayollar uy
ishlari uchun to‘qqiz soatdan o‘n bir soatgacha vaqt ajratishadi. Ishlovchi ayol
bolalar tarbiyasi uchun juda oz vaqt ajratishga majbur bo‘ladi. Ertalab, ishga
jo‘nashdan oldin bolalarini ovqatlantiradi, kiyintiradi, yasli yoki bog‘chaga olib
boradi, maktabga jo‘natadi. Katta yoshdagi farzandlari o‘zlarini eplaydi. Kunning
ikkinchi yarmida ishdan qaytgach, ayolning ikkinchi uy uchun bo‘lgan ish faoliyati
boshlanadi, ya’ni bolalarining uy vazifalarini bajarishlarini nazorat qilish, kechki
ovqat tayyorlash va hokazo. Otaning uy ishlaridagi ishtiroki asosan buyruq
berishda ko‘proq namoyon bo‘ladi. Buni bajar, nima uchun buni bajarmading,
hozir bajar va hokazo. Uning vazifasi ko‘proq oilaning iqtisodiyotini va
farzandlarining sog‘-salomat o‘sishlarini ta’minlashda ifodalanadi. Chunki
farzandlarining bemorligi nafaqat onaning, balki otaning ham ish faoliyatiga ta’sir
ko‘rsatadi. Shu sababli farzandlari sog‘ligining yaxshi bo‘lishini ta’minlash har
ikkisi uchun birday mas’uliyatni yuklaydi. Oilalar tarbiya usullarini qo‘llash
borasida bir-birlari tajribalaridan foydalanadilar. Shu nuqtai nazardan oilalarni
shartli ravishda ikkiga bo‘lish mumkin, ya’ni «qattiqqo‘l» va «yumshoq» intizomli
oilalar. Birinchi guruhga kiruvchi oilalar o‘z faoliyatlarida talabga asoslangan
uslublarga, hatto, tan jazosi berish orqali tarbiyalashga asoslanadilar. Ikkinchi
guruhga kiruvchi oilalar esa o‘z faoliyatlari namunasida, ishontirish, yumshoq
intizom shirin, to‘g‘ri muomala orqali tarbiyalashga asoslanadilar. Agar
«qattiqqo‘llik» intizomli oilaning ichki munosabatlarida hukmronlik qilsa,
«yumshoq» intizomlilarida esa demokratiya, tenglik munosabatlari mavjuddir.
Biroq «yumshoq» oilalardagi bunday munosabatlar ota-onalarning o‘z xulqlari
bo‘yicha mas’uliyatlarini kamaytirmaydi. Bunday intizomli oilalar uchun bolalarni
qo‘rqitish, cho‘chitish usullari yot bo‘lib, bolaning qadrini bilish, o‘z-o‘zini hurmat
qilish xislatlarini tarbiyalash asosiy hisoblanadi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha,
16
tarbiyalashda jazo, qo‘rqitish usullaridan foydalangan oilalardagi bolalar voyaga
yetgach, ruhiy asab faoliyatida buzilishlar sodir bo‘lgan. Munosabatda qo‘rqoqlik,
aqliy faoliyatda orqada qolish holatlari kuzatilgan. Oiladagi bola tarbiyasi
ikkiyoqlama ahamiyat kasb etadi, ota-onalar farzandlariga axloq-odob, ruhiyat va
ma’naviyatga oid bilimlardan saboq berish bilan qanoatlanib qolmasliklari, balki
o‘zlari ham tarbiyaning o‘ziga xos sir-sinoatlari, xususiyatlari, uning mazmunmohiyati va ma’nosiga doir eng yangi ma’lumotlardan xabardor bo‘lib turishlari
kerak bo‘ladi. O‘z farzandlariga oqilona tarbiya bera olgan ota-onalar, umrlarini
rohat va farog‘atda o‘tkazadilar, bolalaridan hamisha oliyjanoblik, mehribonlik,
yaxshilik ko‘radilar, dillari aslo jaroxat azobini sezmaydi; o‘kinish hissiga duchor
bo‘lmaydilar. Shu to‘g‘rida o‘zbek xalqidagi quyidagi maqol darak beradi: «Toy
ulg‘aysa, ot tinadi». Oilaning asosiy tayanchi bo‘lgan ota, hayotning barcha
mashaqqatlaridan totib ko‘radi, o‘zining bukilmas irodasi, adolatparvarligi, hayot
sinovlariga bardoshliligi bilan ajralib turuvchi buyuk shaxs sifatida gavdalanadi.
Ota oilaning boshlig‘i, posbonidir. Zero, oilaning har bir ko‘z ilg‘amas nuqtalarini
ilg‘ay olish, oila a’zolariga faqat to‘g‘ri, haq yo‘lni ko‘rsatib turishdek insoniy
mas’uliyat ota zimmasida turadi. Ota oilada o‘z farzandlariga har tomonlama
yurish-turishda, nutq odobida, o‘zaro muomala madaniyatida, eng muhimi amaliy
ish faoliyatida to‘g‘rilik va haqqoniylik, samimiylik va xolislik yuzasidan namuna
ko‘rsatadi. Murg‘ak tasavvurli bola ilk tarbiyani oilada oladi. Bola tarbiyasining ilk
saboqlari haqida atoqli o‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy o‘zining «Turkiy
guliston yoxud Axloq» kitobida quyidagi ibratli o‘g‘itlarni aytgan edi: «Tarbiyani
tug‘ilgan
kundan
boshlamak,
vujudimizni
quvvatlantirmak,
zehnimizni
ravshanlashtirmak lozim». Oilada kattalarning obro‘si qo‘rqitish asosida emas,
balki samimiylik, o‘zaro hurmat-ehtirom zamiriga qurilishi maqsadga muvofiqdir.
Oila a’zolarining inoqligi, o‘zaro hamjihatligi, kiyinish madaniyati, mehnat
faoliyati, o‘zga kishilar to‘g‘risidagi suhbatlari va ularning boshqa sifat hamda
fazilatlari bolaning murg‘ak tasavvuriga yangi timsollarni olib kiradi. Oila
tarbiyasi bolaning kelajakda kim bo‘lib yetishishida muhim o‘rin tutadi, bola
dastlab oilada jamiyatning qiyofasini quradi, bo‘lajak fuqaroning huquq va
17
burchlari, dunyoqarashi va axloqiy qarashlari oilada shakllanadi, shu asosda jisman
va ruhan kamol topib boradi. Bola uchun oiladagi sog‘lom ijtimoiy-ruxiy muhit,
madaniy-ma’naviy va axloqiy qadriyatlar, an’analar, ijtimoiy-hayotiy tajribalar,
ko‘nikma va malakalar manbaidir. Bu oilaviy tarbiya jarayonida sayqallanib
boradi, tarbiyaning mohiyati kishini hayotga tayyorlashdan iborat bo‘lib,
tarbiyaning mazmuni, yo‘nalishi, maqsadi va vazifasi kishilarning ijtimoiy
munosabatlariga bog‘liq. Kishi shu munosabatlarga asosan hayotga biron-bir
tarzda qaraydigan bo‘ladi, tafakkuri orqali olamni anglaydi va o‘zining unga
nisbatan munosabatini shakllantiradi, muayyan axloq mezonlari ruhida tarbiya
topadi, chunki oilaviy tarbiya ijtimoiy tarbiyaga nisbatan bolalarning ruhiy
olamiga, hissiyoti va tuyg‘ulariga chuqur ta’sir ko‘rsatadi. Oiladagi ma’naviyruxiy muhit, bola tarbiyasida g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘lib, oila
a’zolarining turmush tarzi ko‘p hollarda farzandlarning ruhiy kayfiyati, tasavvuri
va hissiyotlarini belgilab beradi. Demak oila sog‘lom, barkamol insonni tarbiyalab
voyaga yetkazishda jamiyat oldida mas’uldir. Oilada tarbiya topgan har bir inson
har jihatdan umuminsoniy axloqiy, ilmiy, e’tiqod va boshqa sohalarda kamolatga
yetgan hislatlarni o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lishi lozim, kamolot sari intilgan
kishi asta-sekin olamni, o‘zligini taniy boshlaydi. Komillik insonning adolatli
bo‘lishi, haqiqat va yaxshilikka intilishi, vijdonan pok, o‘z xatolarini anglab,
ulardan xalos bo‘lishga xarakat qilishi demakdir, ma’naviyatni boyitish, iymone’tiqodli, aql-zakovatli bo‘lish kishilarni g‘aflatdan uyg‘otadi, barcha ezgu
tilaklarini ro‘yobga chiqaradi. Yosh avlodni barkamol, sog‘lom, Vatan tuyg‘usini
his qila oladigan shaxs qilib voyaga yetkazish, birinchi navbatda, oilaga va otaonaga bog‘liqdir. Yosh avlodda kelajakka bo‘lgan ishonch hissini uyg‘otish uchun
esa, ajdodlarimizning ma’naviy-axloqiy merosini chuqur o‘rgatish, ularning
iste’dodi va qobiliyatini buyuk maqsadlar sari yo‘naltirish maqsadga muvofiqdir.
Masalan, oilalarda moddiy boylikning ko‘payishi, undan ota-onalar va bolalarning
noto‘g‘ri foydalanishi,
o‘smirlarning bir qismida hayotga
iste’molchilik,
boqimandalik nuqtai-nazardan qarashni, tubanlikni, xudbinlikni keltirib chiqaradi,
mehnatsiz boylik orttirish kayfiyati kuchayadi, mulohazali, topqir, ishbilarmon,
18
aql-zakovati bo‘lib voyaga yetmoqdalar. Oilada kattalarning obro‘si qo‘rqitish
asosida emas, balki samimiylik, o‘zaro hurmat-ehtirom zamiriga qurilishi
maqsadga muvofiqdir. Oila a’zolarining inoqligi, o‘zaro hamjihatligi, kiyinish
madaniyati, mehnat faoliyati, o‘zga kishilar to‘g‘risidagi suhbatlari va ularning
boshqa sifat hamda fazilatlari bolaning murg‘ak tasavvuriga yangi timsollarni olib
kiradi. Oila tarbiyasi bolaning kelajakda kim bo‘lib yetishishida muhim o‘rin
tutadi, bola dastlab oilada jamiyatning qiyofasini quradi, bo‘lajak fuqaroning
huquq va burchlari, dunyoqarashi va axloqiy qarashlari oilada shakllanadi, shu
asosda jisman va ruhan kamol topib boradi. Bola uchun oiladagi sog‘lom ijtimoiyruxiy muhit, madaniy-ma’naviy va axloqiy qadriyatlar, an’analar, ijtimoiy-hayotiy
tajribalar, ko‘nikma va malakalar manbaidir. Bu oilaviy tarbiya jarayonida
sayqallanib boradi, tarbiyaning mohiyati kishini hayotga tayyorlashdan iborat
bo‘lib, tarbiyaning mazmuni, yo‘nalishi, maqsadi va vazifasi kishilarning ijtimoiy
munosabatlariga bog‘liq. Kishi shu munosabatlarga asosan hayotga biron-bir
tarzda qaraydigan bo‘ladi, tafakkuri orqali olamni anglaydi va o‘zining unga
nisbatan munosabatini shakllantiradi, muayyan axloq mezonlari ruhida tarbiya
topadi, chunki oilaviy tarbiya ijtimoiy tarbiyaga nisbatan bolalarning ruhiy
olamiga, xissiyoti va tuyg‘ulariga chuqur ta`sir ko‘rsatadi. Oiladagi ma’naviyruhiy muhit, bola tarbiyasida g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘lib, oila
a’zolarining turmush tarzi ko‘p hollarda farzandlarning ruhiy kayfiyati, tasavvuri
va hissiyotlarini belgilab beradi. Demak oila sog‘lom, barkamol insonni tarbiyalab
voyaga yetkazishda jamiyat oldida mas’uldir. Oilada tarbiya topgan har bir inson
har jihatdan umuminsoniy axloqiy, ilmiy, e’tiqod va boshqa sohalarda kamolatga
yetgan hislatlarni o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lishi lozim, kamolot sari intilgan
kishi asta-sekin olamni, o‘zligini taniy boshlaydi. Oilada kattalarning obro‘si
qo‘rqitish asosida emas, balki samimiylik, o‘zaro hurmat-ehtirom zamiriga
qurilishi maqsadga muvofiqdir. Oila a’zolarining inoqligi, o‘zaro hamjihatligi,
kiyinish madaniyati, mehnat faoliyati, o‘zga kishilar to‘g‘risidagi suhbatlari va
ularning boshqa sifat hamda fazilatlari bolaning murg‘ak tasavvuriga yangi
timsollarni olib kiradi. Oila tarbiyasi bolaning kelajakda kim bo‘lib yetishishida
19
muhim o‘rin tutadi, bola dastlab oilada jamiyatning qiyofasini quradi, bo‘lajak
fuqaroning huquq va burchlari, dunyoqarashi va axloqiy qarashlari oilada
shakllanadi, shu asosda jisman va ruhan kamol topib boradi. Bola uchun oiladagi
sog‘lom ijtimoiy-ruxiy muhit, madaniy-ma’naviy va axloqiy qadriyatlar, an’analar,
ijtimoiy-hayotiy tajribalar, ko‘nikma va malakalar manbaidir. Bu oilaviy tarbiya
jarayonida sayqallanib boradi, tarbiyaning mohiyati kishini hayotga tayyorlashdan
iborat bo‘lib, tarbiyaning mazmuni, yo‘nalishi, maqsadi va vazifasi kishilarning
ijtimoiy munosabatlariga bog‘liq. Kishi shu munosabatlarga asosan hayotga bironbir tarzda qaraydigan bo‘ladi, tafakkuri orqali olamni anglaydi va o‘zining unga
nisbatan munosabatini shakllantiradi, muayyan axloq mezonlari ruhida tarbiya
topadi, chunki oilaviy tarbiya ijtimoiy tarbiyaga nisbatan bolalarning ruhiy
olamiga, hissiyoti va tuyg‘ulariga chuqur ta’sir ko‘rsatadi. Oiladagi ma’naviyruhiy muhit, bola tarbiyasida g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘lib, oila
a’zolarining turmush tarzi ko‘p hollarda farzandlarning ruhiy kayfiyati, tasavvuri
va hissiyotlarini belgilab beradi. Demak oila sog‘lom, barkamol insonni tarbiyalab
voyaga yetkazishda jamiyat oldida mas’uldir. Oilada tarbiya topgan har bir inson
har jihatdan umuminsoniy axloqiy, ilmiy, e’tiqod va boshqa sohalarda kamolatga
yetgan hislatlarni o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lishi lozim, kamolot sari intilgan
kishi asta-sekin olamni, o‘zligini taniy boshlaydi. Komillik insonning adolatli
bo‘lishi, haqiqat va yaxshilikka intilishi, vijdonan pok, o‘z xatolarini anglab,
ulardan xalos bo‘lishga xarakat qilishi demakdir, ma’naviyatni boyitish, iymone’tiqodli, aql-zakovatli bo‘lish kishilarni g‘aflatdan uyg‘otadi, barcha ezgu
tilaklarini ro‘yobga chiqaradi. Yosh avlodni barkamol, sog‘lom, Vatan tuyg‘usini
his qila oladigan shaxs qilib voyaga etkazish, birinchi navbatda, oilaga va otaonaga bog‘liqdir. Yosh avlodda kelajakka bo‘lgan ishonch hissini uyg‘otish uchun
esa, ajdodlarimizning ma’naviy-axloqiy merosini chuqur o‘rgatish, ularning
iste’dodi va qobiliyatini buyuk maqsadlar sari yo‘naltirish maqsadga muvofiqdir.
Masalan, oilalarda moddiy boylikning ko‘payishi, undan ota-onalar va bolalarning
noto‘g‘ri foydalanishi,
o‘smirlarning bir qismida hayotga
iste’molchilik,
boqimandalik nuqtai-nazardan qarashni, tubanlikni, xudbinlikni keltirib chiqaradi,
20
mehnatsiz boylik orttirish kayfiyati kuchayadi, mulohazali, topqir, ishbilarmon,
aql-zakovati bo‘lib voyaga yetmoqdalar. Komillik insonning adolatli bo‘lishi,
xaqiqat va yaxshilikka intilishi, vijdonan pok, o‘z hatolarini anglab, ulardan xalos
bo‘lishga xarakat qilishi demakdir, ma’naviyatni boyitish, iymon-e`tiqodli, aqlzakovatli bo‘lish kishilarni g‘aflatdan uyg‘otadi, barcha ezgu tilaklarini ro‘yobga
chiqaradi. Yosh avlodni barkamol, sog‘lom, Vatan tuyg‘usini xis qila oladigan
shaxs qilib voyaga etkazish, birinchi navbatda, oilaga va ota-onaga bog‘liqdir.
Yosh avlodda kelajakka bo‘lgan ishonch xissini uyg‘otish uchun esa,
ajdodlarimizning ma’naviy-axloqiy merosini chuqur o‘rgatish, ularning iste’dodi
va qobiliyatini buyuk maqsadlar sari yo‘naltirish maqsadga muvofiqdir. Masalan,
oilalarda moddiy boylikning ko‘payishi, undan ota-onalar va bolalarning noto‘g‘ri
foydalanishi, o‘smirlarning bir qismida hayotga iste’molchilik, boqimandalik
nuqtai-nazardan qarashni, tubanlikni, xudbinlikni keltirib chiqaradi, mehnatsiz
boylik orttirish kayfiyati kuchayadi. Xulosa qilib aytganda oilada bola
tarbiyasining milliy o‘ziga xos qoidalari mavjud bo‘lib, ota-onalar ulardan o‘rinli
foydalanishlari lozim. Oilada ma’naviy-ruhiy hotirjamlik, o‘zaro totuvlik hukmron
bo‘lsa, oila a’zolari bir-birlariga g‘amxo‘r bo‘lsalar, bola tarbiyasining tayanch
nuqtasini topa olsalar, bunday muhit bola tarbiyasiga ijobiy ta’sir etadi va ular
farzandlariga haqiqiy baxt hadya etadilar, bu bilan ishimizda rivojlanish,
jamiyatimizda olg‘a siljish bo‘ladi.
21
II. BOB. OILADAGI PEDAGOGIK MUHITNI TASHXIS ETISH
§2.1. Shaxs ma’naviy yuksalishida oilaning o‘rni
Shaxs ma’naviyati dastlab oila sharoitida shakllanadi va jamiyat
ma’naviyatini belgilovchi mezon sifatida namoyon bo‘ladi. Shu boisdan, madaniy
merosdan, bugungi kun qadriyatlaridan to‘g‘ri foydalana olish, tarixdan to‘g‘ri
xulosa chiqara bilish, o‘z tarixiga va bugungi ahvoliga, madaniy merosi va
ma’naviy qadriyatlariga, diniga va axloqiga va huquqiy amaliyotiga, turmush
tarziga tanqidiy ko‘z bilan qaray olish mustaqillikni mustahkamlashning muhim
ma’naviy asosidir. Mana shu ma’naviy asos har bir ota-ona, oilaga kirib borsagina
oila ma’naviyati qaror topishi tabiiydir. Aksincha, bo‘lsa esa oiladagi har bir
yoshni jamiyatimizda bo‘layotgan o‘zgarishlami noto‘g‘ri talqin etishga olib
keladi. Ma’naviyat - bu ruhiy holat, favqulodda vaziyatlarda har birimizning xattiharakatlarimiz, bu bizning fikrimiz, nutqimiz, xatti-harakatlarimiz va insonning
ichki omillari. Agar ma’naviy ehtiyojlar bo‘lmasa, insonning ma’naviy rivojlanishi
va uning salomatligi haqida hech narsa aytilmaydi. Ma’naviyat juda serqirra va
murakkab hodisadir. Lug‘at talqiniga ko‘ra, ma’naviyat insonning ma’naviy, aqliy
tabiati, ichki axloqiy mohiyatidir. Hozirgi zamon gumanitar fani ma’naviyatni
shaxsning o‘ziga xos xususiyati sifatida, shaxsni shaxs qiladigan ma’naviyat
ekanligini aytadi. Agar shaxs o‘zining insoniy mohiyatidan, insoniyligidan voz
kechsa, bu holda u g‘ayriinsoniy, ruhsiz bo‘lib qoladi. Ukraina oilaviy
pedagogikasida ma’naviyat insonning ichki subyektiv dunyosini, shaxsning
madaniy yo‘nalishining asosiy xususiyatlarini uning hayotiy manfaatlarini,
e’tiqodlarini, qarashlarini, ideallarini, dunyoqarashini, hayotga munosabatini
tavsiflovchi ruhiy hodisalarning yig‘indisi sifatida tushuniladi. Oilada insoniylik,
ma’naviyat ildizlari, shaxsiyat, saxovat, yaqinlar va yaqinlarga g‘amxo‘rlik
poydevori qo‘yiladi. Yan Komenskiy o‘zining mashhur «Onalar maktabi» asarida
insonning asosiy bo‘lagi sifatida ruhni asrashga chaqirib, birinchi navbatda
bolalarni taqvodorlikka, keyin mehr-oqibat, axloq yoki ezgulikka o‘rgatish
kerakligi aytilgan. Atoqli o‘qituvchi K.D.Ushinskiy ta’kidlagan edi: «Tarbiya
shaxsga o‘zgacha tabiat yaratishi uchun bu tarbiya g‘oyalari o‘quvchilarning
22
e’tiqodiga, e’tiqodlari - odatlarga, odatlar - mayllarga o‘tishi zarur. Qachonki
odamda shunday ishonch singib ketgan bo‘lsa, u itoat qilishim kerak deb
o‘ylashdan oldin unga itoat qilsa, shundan keyingina uning tabiatining elementiga
aylanadi. Bu, shubhasiz, zamonaviy yoshlarning ma’naviy axloqini shakllantirish
tamoyillari va sog‘lom turmush tarzi asoslariga ham taalluqlidir. Yuqori ma’naviy
daraja insonga hayotning qadr-qimmatini, uning ma’nosini anglash, o‘zini shaxs
sifatida tasdiqlash, jamiyatda o‘z o‘rnini topish va sog‘lig‘ini saqlashga yordam
beradi. Bunga, albatta, o‘z shaxsiyatini tanqidiy baholay olish, atrof-muhit bilan
ziddiyatsiz o‘zini tutish qobiliyati, o‘z-o‘zini takomillashtirishga intilish yordam
beradi. O‘zbek oilasida vataniga, xalqiga, oilasiga, istiqlol g‘oyalariga sadoqatli,
fidokor, mustaqil fikrlaydigan, dunyoqarashi keng, e’tiqodi yuksak, iqtidorli,
tashabbuskor, mas’uliyatli, ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni voyaga
yetkazish kelajagi buyuk O‘zbekistonning gullab-yashnashi uchun garovdir,
yuksak ma’naviyatga ega ota-ona oilaning mohiyati, qadri, burch, mas’uliyat, oila
vazifalari, oilada barkamol farzand tarbiyasi, oilani moddiy jihatdan ta’minlash,
uning osoyishtaligini saqlash kabi vazifalami anglab yetadi va unga amal qiladi.
Yuksak ma’naviyatli ota-ona farzandlarini insonparvar, vatanparvar, axloqiy
jihatdan pok, bilimli, kamtar, oliyjanob qilib tarbiyalaydi. Ma’naviyat ilm-fan,
falsafa, axloq, huquq, adabiyot va san’at, xalq ta’limi, ommaviy axborot vositalari,
urf-odatlar, an’analar, din va boshqa ko‘plab tarixiy amaliy va zamonaviy
qadriyatlaming ta’sirida shakllanadi. Aynan shu qadriyatlar oilada ota-ona, katta
yoshdagi oila a’zolari ta’sirida shakllanadi. O‘zbek xalqi qadimdan oila
ma’naviyatiga alohida e’tibor qaratgan. Bugungi kunda ma’naviy merosdan
foydalanib, mustaqil respublikamiz talabiga javob beradigan yoshlarni tarbiyalash
har bir oilaning muqaddas burchidir. Bu burchni sharaf bilan ado etish oilada yosh
avlod ongiga avlodlar shajarasi, kasb-kori, urf-odatlari, an’analari, tarbiya usullari,
jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, o‘ziga xos ijobiy tarixini singdirish, undan
g‘ururlanish hissini tarbiyalashdan boshlanadi. O‘z ota-onasidan, oilasi, avlodajdodlari tarixidan g‘ururlangan inson o‘z o‘lkasi, millati, xalqi, tili, dini,
madaniyatidan g‘ururlanishi, uni avaylab-asrashi, dunyoga ko‘z-ko‘z qilishi
23
tabiiydir. Buning uchun oilada bolaning ongiga yoshlikdan boshlab «Sen tarixi
boy, ulug‘ millatning farzandisan», «Sen ulug‘ mutafakkirlar, allomlar zamonlarni
dunyoga keltirib, tarbiyalagan bobokalonlarning ajdodisan», «O‘zbek xalqi boy
ma’naviyatli, vatanga, xalqqa, sadoqatli xalq», «Bizning mamlakat dunyoda tabiati
eng go‘zal, boy diyor» kabi tushunchalami singdirib bormoq lozim.
Oila-mahalla
Oila-maktab
Oilajamoatchilik
Oila-oliy va
o‘rta maxsus
o‘quv
muassasalari
Bugungi kunda oiladagi nizolarni quyidagicha guruhlarga bo‘lishimiz
mumkin: er-xotin; qaynona-kelin; qaynona-kuyov; ovsinlar; ota-ona va farzand.
Ota-ona va farzand o‘rtasidagi kelishmovchiliklar uchun zamin bo‘lib quyidagilar
xizmat qiladi.
1. Dunyoqarashlar orasidagi mavjud farqning hisobga olinmasligi.
2. Yoshlarning bo‘sh vaqtini mustaqil tashkil etishi, do‘stlar tanlashdagi
mustaqilligi, hissiyot sohasidagi mustaqilligi, modaga, bugungi kun talabiga mos
kiyinishi, kasb tanlashdagi mustaqilligi, umr yo‘ldoshi tanlashda mustaqillik uchun
ota-onalari bilan ba’zan kurash olib borishning xush kelmasligi.
3. Ota-onalar ichkilikka ruju qo‘yishi yoki or-nomusni yig‘ishtirib qo‘yib,
buzuqchilik qilishi.
4. Ba’zi bolalarni mehnat qilishga o‘rgatilmaganligi va buning oqibatida
yengil-yelpi hayot kechirishga o‘rganib qolishi.
5. Ayrim yoshlarning farzandlik burchini unutib qo‘yishi va hokazo.
24
6. Ota-onalarning psixologik-pedagogik bilim saviyalari yetarli darajada
emasligi natijasida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar.
Qaynona-kelin nizolari, sabablarini aniqlash, ularni bartaraf etish alohida
ahamiyatga molik masala ekanligi ko‘rinib turibdi. Bunday kelishmovchiliklarni
keltirib chiqaruvchi sabablardan ayrimlarini ko‘rib chiqamiz.
1. Ba’zi qizlarda nikohgacha oilaviy hayotga, qaynonaga, qaynona-kelin
munosabatlariga nisbatan salbiy tasavvur shakllangan bo‘ladi. Ayniqsa, yoshlar
qaynonani oldindan faqat salbiy qiyofa sifatida tasavvur qiladilar. Keyin esa oila
qurib, tasavvuridagi emas, balki hayotdagi qaynona bilan yashay boshlaydilar.
Oqibatda ular o‘z tasavvuridagi qaynonaga xos bo‘lgan kamchilik va illatlarni
hayotdagi qaynonadan axtara boshlaydilar. Borini-ku topishlari aniq, hatto yo‘g‘ini
ham topishga harakat qiladilar. Chunki tasavvurlari ularni aldaganini tan olishni
istamaydilar. Hayotda kamchiliksiz odam bo‘lgan emas, bo‘lmaydi ham. Ideal
qaynona, ideal kelin ham bo‘lishi mumkin emas. Kelinlar o‘zlari tushgan yangi
oila a’zolariga ilk taassurot asosida baho berishga oshiqmasliklari lozim. Aks
holda, pashshadan fil yasash ham hech gap emas. Kelinlar og‘ir-bosiq, sabr-toqatli
bo‘lishlari, iloji boricha o‘zlari tushgan xonadon a‘zolarining yaxshi tomonlarini
ko‘rishga intilishlari, eri shu xonadon a’zosi ekanligini unutmasligi lozim. Ana
shunda bu oila tinch-totuv bo‘ladi. Zotan, kelin bu xonadonga besh kunlik
mehmon emas, balki bir umrlik a’zo bo‘lib kelganligini unutmasligi kerak.
2. Qaynona-kelinning dunyoqarashlari va uy-ro‘zg‘or tutishlari orasida
kelishmovchilik paydo bo‘ladi va keskinlashadi. lkki avlodning dunyoqarashi,
hayotiy tamoyillari o‘rtasida tafovut bo‘lishi tabiiy holdir. Ammo aksariyat
hollarda qaynona-kelinlar ko‘p jihatdan bir-birining aksi bo‘ladilar. Ayrim hollarda
esa qaynona-kelin andishani yig‘ishtirib qo‘yib, har birlari o‘z gaplarini
o‘tkazishga harakat qiladilar. Bunday kelishmovchiliklarning oldini olish uchun
kattalar yoshlarni kiyinishi, soch turmaklashi, yoqtirgan kuy va ashulalarini
tinglashi va shu kabi boshqa masalalarda ularni o‘z holiga qo‘yishlari lozim.
Yoshlar ham o‘z navbatida iloji boricha ota-onalarini tushunishga intilishlari,
25
ularni g‘ashiga tegadigan noo‘rin qiliq va odatlardan qaynonaga xush kelmaydigan
salbiy «hoyu-havaslardan» o‘zlarini tiyishlari kerak.
3. Ba’zi kelinlar kelinlik va onalik vazifalarini bajarishga tayyor
bo‘lmaydilar. Shunday kelinlar bo‘ladiki, ular na ovqat pishirishni, na kir yuvishni,
na kattalar bilan muomala qilishni bilmaydilar. Kelin kelinligining birinchi
kunidanoq hamma narsani kerakligicha bilishi va katta tajribaga ega bo‘lgan
qaynonasi darajasida turishi juda qiyin. U darajada bilmasa ham mayli-ya, lekin
bilishni istamasa qiyin. Shuning uchun nikohgacha onalar qizlariga osh-ovqat
pishirishni,
meva-sabzavotlardan
qishga
sharbat,
tuzlama,
murabbolar
tayyorlashni, uy-joyni saramjon - sarishta tutishni, did bilan mehmon kutishni,
tejamkorlikni, oila budjetini iqtisod qilishni, uy anjomlari, jihozlarini asrab-avaylab
foydalanishni va shu kabi uy-ro‘zg‘or ishlarini o‘rgatishga alohida e’tibor
berishlari zarur. Chunki el orasida «Qiz birovning xasmi, boshqa oilaga tushishi
bor» degan hikmat bor. Shunga qarab qizlarni puxta tayyorlash kerak. Qaynonalar
ham kelinlardan hadeb kamchilik va qusur axtarmasdan, uni o‘z farzandiday
ko‘rib, bilmaganini sabr-toqat bilan o‘rgatib borishi lozim . Kamchiliklarini yuziga
solavermasdan, yaxshi tomonlarini gapirib turishlari kerak. Yaxshi so‘z ham,
yomon so‘z ham bir og‘izdan chiqadi. Qaynonalar kelinlarida hosil qilingan
ko‘nikma va malakalarning o‘z o‘g‘li uchun va kelajakda o‘z nabiralari uchun
xizmat qilishini esda tutishlari kerak.
4. Ayrim hollarda qaynona-kelin bolalar tarbiyasi masalasida kelisha olmay
qoladilar. Ayrim oilalarda bolalar yo bobo-buvilar yoki ota-onalar tomonidan
me’yoridan ortiqcha erkalatib yuboriladi. Natijada, ota-onalar bilan bobo-buvilar
o‘rtasida «Bolaga kim tarbiya berishi kerak» degan masalada kelishmovchilik kelib
chiqadi. Aslida ular ham , bular ham bolalarni kelajakda yaxshi kishilar bo‘lib
yetishishini istaydilar, tanlagan yo‘llari esa turlicha, biroq ular bir bitimga kelib
olishmasa bola tarbiyasining holiga voy deyavering. Buning uchun ular boladan
hali joyda bir murosaga, yakdil qarorga kelib olishlari lozim. Bola tarbiyasida
hamma birdek mas’ul. Ana shunda bobo-buvilar ham, ota-onalar ham ahillik bilan
bola tarbiyasi borasida o‘zaro mos chora tadbirlarni belgilab olishlari lozim. Bunda
26
bola qanday muhit va shart-sharoitda davrda o‘sayotganini, mijozi turini hisobga
olish zarur.
5. Ba’zan katta xonadonda ovsinlar qaynona iltifotini qozonish yo‘lida birbirilaridan rashk qilishlari asosida kelishmovchiliklar kelib chiqadi. Oilada ikki va
undan ortiq kelin bo‘lsa, qaynona ularning hammasiga bir xilda qaray olmasligi
tabiiy holdir. Kelinlardan birontasi qaynonaning didiga yaqinroq, ba’zisi uzoqroq
bo‘ladi. Ayollar o‘ta ruhiy sezgirliklari tufayli buni tezda sezadilar. Natijada
«o‘gay» kelin bilan qaynona g‘sida kelishmovchilik boshlanadi. Bunday holning
oldini olish va ovsinlar orasiga sovuqchilik tushirmaslik uchun qaynona o‘z
kelinlariga mumkin qadar bir xilda munosabatda bo‘lishi, ammo bu yerda har bir
kelinnnig muomalasi, munosabatini, qaynonaga bo‘lgan mehrini hisobga olish
inkor etilmaydi rashk qilishlariga imkon yaratib qo‘yishdan ehtiyot bo‘lishlari
kerak. Bu o‘rinda shaxsan kelinlardan ham aql-idrok, mulohazalilik va sabr-toqat
talab qilinadi.
6. Ba’zi hollarda qaynona-kelinning yosh xususiyatlarini, qiziqishini, orzuhavaslarini, ishlashi yoki o‘qishini hisobga olmaydi.
7. Ayrim kelinlarning yangi oilaga moslashishi qiyin bo‘ladi, oqibatda,
qaynona-kelin orasida kelishmovchiliklar kelib chiqadi.
Kelishmovchiliklar qaynona bilan kuyov orasida ham bo‘ladi. lchkuyov
ba’zi hollarda kelin xonadoniga moddiy jihatdan qaram bo‘ladi. Qaynona ham
ishda ham ziyrak va andishali bo‘lavermaydi. Kuyovning psixologik hushyorligi
oshadi, erki esa birmuncha qisiladi. Bunisi yetmaganday, ba’zan qaynonalar
kuyovga noo‘rin gaplarni aytib yuboradi, kesatadi «Qizim senga aytaman, kelinim
sen eshit, qabilida». Betayin qaynonaning yoshlarning oilaviy hayotiga bunday
qo‘pol ravishda aralashishi tufayli turli nizolarni yuzaga keltiradi. Bundan kelin
ham og‘ir ahvolga tushadi. Bir yoqda eri, ikkinchi tomonda tuqqan volidasi
o‘rtasida qozilik qilishga harakat qiladi. Bunday qobiliyat esa hammada ham
bo‘lavermaydi. Kelin oqibatda yo onasi, yoki eri tomoniga o‘tadi. Har ikkala holda
ham oila barbod bo‘lishi mumkin. Shunday hollarning oldini olish uchun qaynona
yoshlar hayotiga kamroq aralashmog‘i kerak. Ba’zi qaynonalar qizini kuyovidan
27
yoki aksincha o‘g‘lini kelinidan rashk qiladi. Oqibatda esa yana nizolar paydo
bo‘ladi. Bunda birinchi holda rashk qiz onaning yolg‘iz farzandi ekanligidan kelib
chiqadi. llgari qizi faqat onasi bilangina maslahatlashgan, dardlashgan bo‘lsa, ular
orasiga kuyov kiradi. Qizning butun diqqat-e’tibori kuyovga eriga qaratiladi.
Bunda qaynona kuyovni raqib deb biladi. Uning har bir xatti-harakatini kuzatadi.
Ba’zi hollarda qaynonalar nima sababdan kuyovining qasdiga tushib qolganini
o‘zlari ham bila olmaydilar, bunga turli bahonalar topadilar. Aslida esa buning
bitta-yu bitta sababi bor - rashk, faqat qizini qizg‘anishdir. Qizining oldida uning
obro‘sini tushirmoqchi bo‘ladi, kamsitadi. Bunday holatni kelin erning uyida
yashagan juftlarda ham kuzatish mumkin. Bunda yuqorida bayon qilinganidek,
qaynona o‘g‘lini kelinidan qizg‘anadi.
Buning oldini olish uchun turmushga chiqqanlaridan so‘ng, ayniqsa, onasi
bilan birga turadigan bo‘lsa, undan o‘z diqqat-e’tiborini, farzandlik mehrmuhabbatini darig‘ tutmasligi, yolg‘izlatib qo‘ymasligi lozim. Qaynonalar ham
avvalo, o‘z yoshliklarini eslashlari, qolaversa, qizining kuyoviga, o‘g‘lining
xotiniga mehr-muhabbati, e’tibori ular oilasi baxt-saodatining, iqbolining garovi
ekanligini unutmasliklari kerak. Ayrim qaynonalar ongsiz ravishda kuyovini o‘z
eri bilan taqqoslaydilar. U badavlatlikda, jamiyatda egallagan mavqeyi va boshqa
bir jihatlari bilan farq qilishi mumkin. Natijada qaynona nazarida kuyovning
obro‘yi pasayadi, qarab turibsizki, yana kelishmovchiliklar chiqishiga sabab
bo‘ladi.
Milliy urf-odatlarimiz, ota-bola, qaynona-kelin, qarindosh- urug‘chilik va
hokazo ma’naviy ziynatlarimizni o‘ylasak, ko‘z oldimizga birinchi galda Abdulla
Qodiriyning «O‘tgan kunlar» romani keladi. Nazarimda, o‘zbek xalqining milliy
fazilatlarini ulug‘lovchi, uni dunyodagi eng noziktab xalqlar qatoriga olib chiqib,
ko‘z-ko‘z qilgan bu romanga teng keladigan asar hamon yaratilgani yo‘q.
§2.2. Bo‘lajak ota-onalarni oilaviy hayotga tayyorlash
Oilaning ikki ustuni bu er va ayol bo‘lar ekan, uni mustahkamligi bir
birlariga
bo‘lgan
ishonch,
hurmat,
samimiyat,
mehribonlik
va
boshqa
munosabatlarda namoyon bo‘ladi. Hadisi sharifda ham er va ayol haqida shunday
28
fikrlar zikr qilingan. «Tangri nazdida bandalarning eng yaxshisi o‘z ahli-ayoliga
foydasi ko‘p tegadigan kishidir» 18 –hadis, «Odamlar ichida xotin kishiga nisbatan
haqlirog‘i uning eridir. Erkak kishiga nisbatan odamlarning haqlirog‘i - bu uning
onasidir» 34 - hadis; «Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga axloq
odobini ham yaxshilangiz» 38-hadis; «Qachonki er o‘z xotiniga va xotin o‘z eriga
qarashsa, Tangri ham ularga rahmat nazari bilan qaraydi, bordi-yu kaftini kaftiga
qo‘ysa, barmoqlari orasidan gunohlari duv-duv to‘kiladi» 44-hadis; «Sizlarning har
biringiz bamisoli cho‘pondirsizlar va o‘z qo‘l ostingizdagilarga mas’uldirsizlar,
Podshoh o‘z fuqarolariga, er o‘z ahli ayoliga, xotin erining uyiga, xodim o‘z xojasi
moliga,
farzand
o‘z
otasi
mulkiga
mas’uldir.
Demak
har
birlaringiz
mas’uldirsizlar» 116 - hadis.
Oila qurishga tayyorlanayotgan yoshlarimiz oilaning shirin tashvishlariga
sabr-bardosh toji ila go‘zal naqsh bilan zeb berishlik kerakligini anglamoqliklari
zarurdir. Oila qurishga tayyorlanayotgan yoshlarimiz oldilarida nikoh oldi
omillariga alohida e’tibor berishni taqazo etmoqda hozirda. Nikoh qurish yoshi,
shartlari, oila haqida tasavvurlar, yetuklik. Keling, bularni har biri bilan tanishib
chiqsakda, bo‘lajak ota-onalarga tavsiyalar bersak. Nikoh yoshiga to‘xtalib o‘tsak,
avvalo, demografik nuqtayi nazardan olinganda, oila qurish ma’lum bir
kishilarning emas, balki butun bir avlodning oila qurishi nazarda tutiladi. Bu
o‘rinda to‘liq ishonch bilan aytish mumkinki, avlod yosh jihatdan qanchalik katta
bo‘lsa, u biz ko‘rib chiqayotgan jihatlarning har biri bo‘yicha ko‘proq yetuk
bo‘ladi. 20-24 yoshdagi yosh guruhini o‘ziga birlashtirgan yosh guruhi, 20
yoshdan kichik bo‘lgan avlodga qaraganda ko‘proq hayotiy tajribaga ega bo‘ladi.
Birinchi avlod vakillarida ijtimoiy-iqtisodiy yetuklik darajasi yuqoriroq bo‘ladi,
chunki aynan shu yoshda ko‘pchilik yoshlar yoki oliy o‘quv yurtlarini
tamomlagan, u yoki bu kasb-hunarni egallagan bo‘ladilar. 25-29 yoshlarda esa 2024 yoshdagilarga qaraganda, ijtimoiy-iqtisodiy va kasb-hunar yetukligi bo‘yicha
yanada yuqoriroq darajaga ega bo‘ladilar. Hozirgi zamon demografiyasida keng
foydalaniladigan. Ushbu ko‘rsatib o‘tilgan kabi statistikalar va yosh guruhlari
yoshlarning ijtimoiy yetukligining turli jihatlarini ijtimoiy psixologik tahlil qilish
29
uchun juda noqulay hisoblanadi. Chunki hech kimga sir emaski, bugungi kunda
yoshlarning kattalashuvi,
voyaga
yetishi
juda
jadal
amalga
oshmoqda.
Yuqoridagicha guruhlashga ko‘ra, bir demografik yosh guruhiga kirgan 20 va 24
yoshlilarning yetukligi sifat jihatidan turli darajaga egadirlar. 25 va 29 yoshdagilar
haqida ham xuddi shunday deyish mumkin. 29 yoshga kelib kasb-hunar yetukligi
nihoyasiga yetadi va bu davrga kelib aksariyat yoshlar oila qurib bo‘lgan va xatto
farzandli bo‘lishga ham ulgurishadi. Shunday qilib, 29 yoshdagi yoshlar 25
yoshdagilarga qaraganda hayotiy tajribalariga ko‘ra ham va boshqa asosiy
komponentlarga ko‘ra ham sezilarli darajada farqlanib turadi. O‘zbekiston
Respublikasining «Oila kodeksi» da erkak va ayollar uchun minimal nikoh yoshi
sifatida 18 yosh ko‘rsatilgan. Bu yoshni mahalliy hokimiyat qaroriga ko‘ra alohida
istisnoli holatlarni hisobga olib, ayollar uchun bir yoshga qisqartirish mumkin.
Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda oilaviy hayot, er-xotin munosabatlarini
faqat bir yoqlama va faqat yaxshi tomondangina ko‘rsataverish ham maqsadga
muvofiq emas. Uni imkon qadar butun borligicha: baland-pasti-yu shirin achchig‘i,
rohat-farog‘ati-yu
azob-uqubati,
qorong‘u
kechalari-yu
yorug‘
kunduzlari bilan ko‘rsatgan ma’qul. Shundagina yoshlarimizda oilaviy hayot
haqida nisbatan adekvatroq tasavvur shakllanishi mumkin. Bu borada oiladagi
katta yoshli oqil kishilar yoshlarga hayotda ko‘prik bo‘lmog‘i, ularning bosib
o‘tgan ko‘p qirrali hayot yo‘li farzandlariga saboq bo‘lishi kerak. Ular
yoshlarimizni mustaqil, yetuk bir shaxs sifatida qabul qilib, oilaviy hayotning pastbalandlari haqida to‘la-to‘kis ma’lumotlar berishi maqsadga muvofiqdir. Toki
yoshlarimizning oiiaviy hayotlari poydevoriga qo‘yayotgan ilk g‘ishtlari to‘g‘ri va
mustahkam qo‘yilsin. Kuzatishlarimiz natijasida hozirgi kunda ajrimlarga sabab
bo‘layotgan muammolarning tub ildizi sabrsizlik, qanoat qilmaslikdir. Nikohga
yetuklik tushunchasi ham o‘z navbatida o‘ta murakkab va nisbiy tushunchadir.
Chunki odam doimo rivojlanib, takomillashib boruvchi, kasb-hunar faoliyatida
yoki ma’naviy va axloqiy rivojlanishida muntazam yangidan-yangi cho‘qqilarga
erishib boruvchi mavjudotdir. Agar odamni u yoki bu faoliyatga «To‘la yetukligi»
haqida gapiradigan bo‘linsa, demak bu uning ma’lum bir chegaraga erishgani va
30
undan ortiq rivojlanish mumkin emasligini bildiradi. Shuning uchun ham
odamning nikohga yoki biron-bir faoliyatga yetukligi haqida gapirilganda
«Yetuklik» tushunchasi tom ma’noda o‘rinli bo‘la olmaydi. Bo‘lajak ota-onalar
yosh avlodni tarbiyasida o‘rnak bo‘lishi o‘zlari amal qilishlari kerak. Tarbiya
borasida bola oppoq qo‘g‘ozga o‘xshatiladi. Unga qanday zeb bersangiz shu
natijani ko‘rasiz. Endigina dunyoga kelgan murg‘ak go‘dak ota-ona mehri,
yaqinlarining e‘tiborlari ila ulg‘aysa, yaxshi tarbiya topsa, nafaqat shu oilaning
balki, yurtimizning barkamol avlodlari safini yanada kengaytirgan bo‘ladi.
Oilaning muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yana bir vazifasi tarbiyalashdir.
Bolalarining aqliy, jismoniy , axloqiy, estetik tarbiyasiga oilada asos solinadi. Oila
inson deb ataluvchi binoni faqat poydevorini qo‘yish bilan cheklanmasdan, balki
uning so‘nggi g‘ishti qo‘yilguncha javobgardir. Ota-ona san’atkor, bola san’at
asari, tarbiya jarayoni esa san’atning o‘zidir. Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng
milliy qadriyatlarimizning tiklanishi va xalqimiz azaldan saqlab kelayotgan milliy
urf-odatlarimiz, an’analarimiz bu borada katta ahamiyatga ega. Lekin ba’zan
oilaning tarbiyaviy vazifasining susayishi va targ‘ibot-tashviqot ishlarining kamligi
natijasida oila a’zolari xulqida yomon odatlarning: ichish, chekish, narkomaniya,
turli diniy oqimlar ta’siriga berilish, ma’naviy buzuqlik yo‘liga kirish paydo
bo‘lishi
tashvishlanarli
hollardan
biridir.
Jamiyatning
komil
fuqarosini
shakllantirish, tarbiyalash hozirgi zamon oilasining mazkur vazifasi darajasiga
kiradi. Chunki shaxsning ijtimoiylashuvi dastavval oilada amalga oshadi. Oiladagi
tarbiya orqali shaxsga ma’lum bir siyosiy g‘oyaviy dunyoqarash, axloq me’yorlar
va xulq namunalari, jismoniy sifatlar singdiriladi. Xalq pedagogikadasida oila
tarbiyasiga alohida qaralgani bejiz emas albatta. Xalqimizda «Qush uyasida
ko‘rganini qiladi» deb bejiz aytilmagan.
Наr bir oilaning ehtiyojlarni inobatga olgan holda ularga ijtimoiy pedagogik
yordam berishda maxsus amaliy ishlar muhim ahamiyatga ega. Oiladaga sog‘lom
muhitni tashxis etish. Oilada hamma tomonlama ota-oana bir-biriga ko‘makdosh,
yekladosh bo‘lsagina hamma havas qilaigan baxtiyor oila bo‘lishadi. Oilada
sog‘lom turmush tarzini saqlashga doir ota-onalarning pedagogik-psixologik
31
tayyorgarligiga bo‘lgan ehtiyojni tashxis etish bo‘yicha maxsus amaliy ish
quyidagicha amalga oshiriladi:
-maqsadni belgilash, ya’ni oiladagi erishilgan yutuqlarni aniqlab, ularga
suyangan holda ota-onalarning yana qanday imkoniyatlarga ega ekanliklarini
hamda qanday yordamga muhtoj ekanligini belgilash;
-harakatlar algoritmi, ya’ni ota-onalar orasida oila tashxisini o‘matishga
doir anketalar tarqatish, ularga javoblar olish, tahlil etish, ularning tavsifiga ko ra
ota- onalarni kichik guruhlarga ajratish va tashxis natijalari bilan tanishtirish kabi
faoliyatdir;
-tashxis asosida pedagogik konsiliumlarni tashkil etish, psixologik xizmatni
amalga oshirish rejalarini tuzish ishlari amalga oshiriladi.
Oila diagnostikasini amalga oshirishda oila va oilaviy munosabatlarning
psixologik holatini, muhitni o‘rganishga doir «Oilada pedagogik muhimi
aniqlash», «Tipik oilaviy hayot», «Tugallanmagan jumlalar», «Oilaning kinetik
rasmi» nomli mashhur metodikalardan foydalanish mumkin. Oilaviy tarbiyaning
o‘ziga xosligi shundaki, u bolalarga ota-ona, qon - qardoshlik, avlod-ajdod
hislatlarini uzatadi, uning davomiyligini saqlaydi, farzandni shaxs sifatida
shakllantiradi, hayotga tayyorlaydi. «Oilaviy tarbiya doimo o‘zining murakkab va
ko‘p qirraliligi, ajoyib va serjiloligi bilan ajralib turadi», - deb ta’kidlaydi
A.Munavvarov. Har bir oila o‘ziga xos bir olam, olam ichidagi va shu bilan birga
olamga sig‘magan olam, u tarbiya ishida o‘ziga xos, takrorlanmas xususiyatlarni
o‘zida namoyon qiladi. Ana shuning uchun ham oilaviy tarbiyaning hammaga
ma’qul tushadigan yo‘1-yo‘riqlari mavjud emas. Oiladagi pedagogik muhitni
tashxis etish. Oiladagi sog‘lom muhit, odamiylik, insonparvarlik munosabatlari
farzandning ruhiy dunyosiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ota-onaning о’zaro yaxshi
munosabati, mehribonligi, g‘amxo‘rligi oiladagi farzandlarning munosabatlarini
to‘g‘ri shakllantirishga yordam beradi. Ona qizida muloyimlik, shirinsuxanlik,
qizlarga xos oriyat, uyatchanlik, ibo, iffat kabi fazilatlarni tarbiyalash bilan birga,
unga uy-ro‘zg‘or yumushlarini o‘rgatish ham lozim. Ota o‘g‘lida to‘g‘riso‘zlik,
mehnatsevarlik,
oliyjanoblik,
fidoiylik,
32
saxovatpeshalik
kabi
xislatlarini
shakllantirishi bilan birga uyda erkaklar bajaradigan barcha yumushlardan
xabardor qilishi kerak. Ayrim statastik ma’lumotlarga qaraganda bugungi intensiv
turmush tarzini kechirayotgan oilalarda ideal siymoga yaqin ota haftasiga
farzandlari tarbiyasiga atigi 1,5 soat, ona 4-5 soat, ish bilan mashg‘ul deb
qaraluvchi ota 12 minut, ona 3 soat vaqtini ajratar ekan. Bundan ko‘rinib turibdiki,
bu ajratilgan vaqt bolalarning barkamol shaxs sifatida qaror topishida yetarli emas.
Ayrim oilalarda erkaklarning bola tarbiyasidagi ishtiroki kam vaqtni egallaydi. Shu
sababli bugungi kunda kо’cha bezori, deviant xulqli bolalar paydo bo‘lmoqda.
Ma’lumki, oila va qarindoshlik munosabatlari har qanday kishi hayotining
zaruriy qismi hisoblanadi. Oilaviy munosabatlar er va xotin, ota-onalar va bolalar,
aka-ukalar va opa-singillar o‘rtasidagi munosabatlar har jihatdan iliq va qoniqarli
bo‘lishi mumkin. Ammo bu munosabatlar yoshlarni chuqur umidsizlik va
gunohkorlik tuyg‘ulariga yetaklovchi muammolar va ixtiloflar bilan ham to‘la
bo‘lishi mumkin. Oilaviy hayotning «qorong‘u tomonlari» televideniye va boshqa
ommaviy axborot vositalarida namoyish qilinadigan ayrim ko‘rkam manzaralariga
ziddir. Oilaning buzilishiga va ajralishiga olib keladigan ziddiyatlarni, janjallarni
hisobga olgan holda, oilaviy hayotning o‘ziga tortmaydigan ko‘pgina salbiy
tomonlari ham mavjud. Ba’zan ruhiy kasalliklar ham oilaviy munosabatlar
xarakteriga ta’sir etadi. O‘zining salbiy oqibatlariga ko‘ra, oilaviy hayotdagi
agressivlik, ichkilikbozlik, giyohvandlik va boshqa illatlar og‘ir holatlar
hisoblanadi.
§2.3. Qizlar tarbiyasida milliy an’analar va qadriyatlar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning: «...Xotin-qizlar va
oila masalasi - bu kundalik ishlar orasida shunchaki nomiga shugʻullanadigan masala
emas. Bu nafaqat bugungi kunimiz, balki ertangi kelajagimizni ham belgilab
beradigan vazifa, kerak boʻlsa, masalalarning masalasidir», degan soʻzlari yurtimizda
istiqomat qilayotgan har bir ayolning qalbidan mustahkam oʻrin olib, ularning oʻziga,
kelajagiga boʻlgan ishonchini yanada mustahkamlashga, oilasiga, jamiyatga mehrmuhabbati ortishiga sabab boʻldi. Maʼlumki, islom rasman tan olingan, eʼtirof etila
boshlangan paytlardayoq adolat va insonparvarlik bilan aloqador mezonlarni yaratdi,
33
ayollar va qizlarni johiliyat zamonidagi kabi xoʻrlash va kamsitishlarga chek qoʻydi,
ularning erki va haq-huquqlarini himoya qildi. Bu oʻsha davr uchun gʻoyat ilgʻor
gʻoyalardan biri edi. Oilada va jamoada ayolning tutgan oʻrni qanday, bola
tarbiyasida ayol qanday mavqeni egallaydi, singari savollar islom taʼlimotida muhim
ahamiyat kasb etadi. Xoʻsh, musulmonchilikda ayollar masalasiga jiddiy eʼtibor
qaratilishining qanday maʼnosi bor? Bu savolga shunday javob berish maqsadga
muvofiqdir:
- ayol oila munosabatlarining vujudga kelish sababchisi, avlodlar
davomiyligining gʻoyasidir;
- ayol oila tarbiyasining bosh murabbiylaridan biri, yaʼni, farzandning ham
dunyoga kelishiga sabab boʻluvchi, ham qoni va joni bilan, oq suti bilan undagi
nasliy sifatlarni bir avloddan
ikkinchi avlodga koʻchiruvchi,
ham avlod
maʼnaviyatiga asos soluvchi insondir;
- ota va uning ajdodlariga, qarindosh-urugʻlariga munosabat, aka-uka, opasingillarga, qoʻni-qoʻshnilarga munosabat ham, avvalo, onadan, uning boshqalarga
iliq munosabatidan boshlanadi; jamiyatda insonparvarlik va adolat tuygʻulari ayoldan
boshlanadi;
- goʻzallikka, mehr-muruvvatga, imon-eʼtiqodga tashnalik, ularga ehtiyoj
ham ayol tufaylidir;
- ona tiliga munosabat darvoqe, «ona tili» deb bejiz aytilmaydi, chunki
milliy-maʼnaviy qadriyat boʻlgan til ham ayol mehri va mehnati natijasida
shakllanadi, uni bilish va uni anglash jarayonida ayol mohir tilshunos missiyasini
bajaradi;
- nihoyat, ayol ana shu xizmatlari bilan farzandiga tarbiya va taʼlim berar
ekan, oʻz oilasidagi anʼanalarni davom ettiradi, oila shajarasini rivojlantiradi.
Tabiiyki, ayol ado etadigan mazkur xizmat va vazifalar, oʻz navbatida, jamiyatdagi
ilgʻor gʻoyalarni, madaniyatni, maʼnaviy-maʼrifiy omillarni boyitadi. Sharqda
ayollarga munosabatda haqiqatan ham adolat, insonparvarlik, teng huquqlilik
mezonlari ustuvor boʻlgani demokratik tamoyillarning vujudga kelishida muhim rol
oʻynadi, keyinroq esa, Sharqning bu tamoyillari Gʻarb tamadduniga, ayniqsa, Gʻarb
34
uygʻonish davriga kuchli taʼsir etib, uning keng yoyilishiga turtki berdi Yosh avlodni,
ayniqsa qiz bolalarni maʼnaviy-axloqiy, madaniy-maʼrifiy jihatdan yetuk insonlar
qilib tarbiyalash ishi birinchi navbatda oiladan boshlanadi. Islom dini oilaviy
munosabatlarning hayot haqiqatlariga, adolat tuygʻusiga va insonparvarlikka
asoslangan maʼnaviy mezonlarini yaratdi, ayollarning oila va jamiyatdagi haqhuquqini belgiladi, bu borada, ayniqsa uning onalik burchiga, bolalari uchun
murabbiylik faoliyatiga yuksak eʼtibor berdi. Oilada qiz farzand milliy urfodatlarimizga koʻra tarbiya topadi, kamolga yetadi. Jumladan, Sharqona tarbiyada
deraza oldida qizil gul turgan boʻlsa, bu uyda turmushga chiqish yoshiga yetgan,
bokira qiz bor. Uy oldidan oʻtayotganda gap-soʻzlarga eʼtiborli boʻlish, haqoratli
soʻzlarni gapirmaslik, har bir xonadon eshigi ustida ikkita toʻqmoq boʻlib, biri
yoʻgʻon, ikkinchisi ingichka boʻlgan. Mehmonga kelgan kishi ayol boʻlsa, eshikni
ingichka toʻqmoq bilan taqillatgan. Shundan kelib chiqib, xonadon sohibasi eshikni
ochgan. Azaldan qiz bola tarbiyasiga oʻta nozik masala sifatida qaralgan. Xalqimizda
«Onasini koʻrib qizini ol» degan gap bor. Bu gapning zamirida katta maʼno
mujassam. Oilada qiz bola onasining yurish turish munosabati, hunarmandligidan
dars oladi, shu xislatni hayotda tatbiq etishda harakat qiladi. Qiz bolaga yoshligidan
ozodalikka, shirinsuxanlikka, sekin soʻzlashish, baqirib kulmaslik, bemahalda yolgʻiz
yurmaslik, begona odamlar yoniga yolgʻiz bormaslik, erkaklardan bir qadam ortda
yurish, ularning oldini kesib oʻtmaslik, yonida erkak kishi boʻlsa narvonga
chiqmaslik kabi odoblar oʻrgatilib kelingan. Shuningdek, qizlarning orasta, iboli,
hayoli, barkamol inson boʻlib voyaga yetishida otaona tarbiyasi bilan birgalikda,
atrof- muhitning taʼsiri ahamiyatli. U ulgʻaygan mahalla, taʼlim olayotgan maskan,
dugonalarining oʻrni katta. Agar yon-atrofidagi insonlar ilmga intiluvchan, oʻz ustida
ishlovchi, bilimli boʻlsa, albatta buning natijasi oʻz samarasini beradi. Vaholanki, qiz
bola oliy maʼlumotli boʻlsa, qanchalik bilim va salohiyat olsa, buni kelgusida
farzandlariga ham «yuqtiradi», har tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazish
masalasiga masʼuliyat bilan yondashadi. Zero, donishmandlar aytganidek, oʻgʻil
bolani oʻqitsang bir oilani, qiz bolani oʻqitsang butun millatni oʻqitgan boʻlasan.
Yurtning kelajagi esa mana shunday dunyoqarashga ega onalar tomonidan yaratiladi
35
va bu asosan u yashagan oilaga bogʻliq boʻladi. Qizlarimizning baxtli kelajagi uchun
barcha imkoniyatlarni yaratamiz, ammo ularni oilaga tayyorlashni baʼzan esimizdan
chiqarib qoʻyamiz. Aslida, qiz bolaning tarbiyasi u hali beshikda yotgan goʻdaklik
mahalidayoq boshlanishi kerak. Onalar yoxud oila kattalari qiz farzandining voyaga
yetib, oqila uy bekasi boʻlguniga qadar bu masʼuliyatni unutmasliklari kerak. Sharqda
yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashga qadimdan jiddiy ahamiyat berilgan. Jumladan,
Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib,
Kaykovus, Alisher Navoiy, Rizouddin ibn Faxriddin kabi allomalar bu masala
yuzasidan oʻzlarining durdona fikrlarini asarlarida qoldirib ketganlarki, ular
hozirgacha oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan. Ular «Nasihatnoma», «Pandnoma»,
«Xikmatnoma» tarzida bizgacha yetib kelgan. Bu manbalarda qizlarni hayotga
tayyorlashda, ularda birinchi navbatda insoniy fazilatlar shakllangan boʻlishi, oila
muqaddas, uni avaylab asrash aynan uy bekalariga bogʻliq ekanligi haqida turli
tarbiyaviy ahamiyatga ega boʻlgan hodisalar hikoya qilinadi. Qizlarni oilaviy hayotga
tayyorlashda quyidagi yoʻnalishda ishlarni tashkil etish maqsadga muvofiq:
1. Oilada qizlarni milliy urf-odatlar ruhida tarbiyalash uchun keksa avlod
vakillari bilan ular oʻrtasida koʻproq muloqotlar, uchrashuvlar oʻtkazish.
2. Mehmonga borish, mehmon kutish odatlarini shakllantirish.
3. Oilada qizlar tarbiyasini tashkil etish, ularda ijtimoiy-gʻoyaviy, axloqiy,
iqtisodiy, huquqiy, ekologik, estetik, gigiyenik hamda sogʻliqni saqlash borasidagi
nazariy bilimlarni oshirish, shuningdek, amaliy koʻnikma va malakalarini
shakllantirish imkonini beruvchi manbalar bilan taʼminlash, uslubiy yordam
koʻrsatish.
4. Muayyan masalalarda mutaxassis maslahati hamda amaliy yordami
masalan, huquqshunos, psixolog, pedagog, iqtisodchi hamda tibbiyot xodimlari
tomonidan koʻrsatiladigan koʻmakni uyushtirish.
5. Taʼlim muassasalarida maʼnaviyat kunlarida «Oila odobi», «Milliy urfodatlar asosida kiyinish», «Buvijonim kiygan liboslar» mavzularida tadbirlar tashkil
etish.
6. Ijtimoiy tarmoqlardan, gadjetlardan samarali foydalanishi yuzasidan
36
tavsiyalar berish.
7. Qizlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarziga, reproduktiv salomatlikka
eʼtiborli boʻlish, erta tugʻruq, erta homiladorlikning salbiy oqibatlari toʻgʻrisida
tushuntirish ishlarini kuchaytirish maqsadga muvofiq. Xulosa oʻrnida aytadigan
boʻlsak, hozirgi kunda hech qaysimizga sir emaski, baʼzi bir sabablarga koʻra
qizlarimizning yomon yoʻlga kirib qolayotganlarini koʻrib turibmiz. Bunday xunuk
ishlarni, vaziyatni vujudga kelmasligini oldini olish maqsadida qizlarimizni milliy
urf- odatlarimiz ruhiyatida tarbiyalashimiz maqsadga muvofiq boʻlardi.
Ayol ma’naviyati deganda, o‘z axloq-odobi, yuksak insoniy fazilati, sof
sadoqati va otashin muhabbati ila hayotni nurafshon etgan insonni tushunish zarur.
Shu ma’noda ayollar ma’naviyat timsolidir. Ayolning chin muhabbati, yuksak odobaxloqi, oila, ota-ona, farzand, do‘st-birodar, ustoz-murabbiy, xalq va Vatanga
sadoqati, Yaratganga e’tiqodi, go‘zal nutqi, sog‘lom fikri, yuksak tafakkuri va aqlidroki, yaxshilik, go‘zallik, ezgulikka yo‘naltirilgan hayoti tufayli ham uni
ma’naviyat gulshani deyish to‘g‘ri bo‘ladi. Prezident Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek,
«Ayollarni har qancha ulug‘lasak, hayotimizning chirog‘i, umrimizning guli deb
e’zozlasak, demakki, oilamizni, Vatanimizni e’zozlagan bo‘lamiz». Ayollar nodavlat
notijorat tashkilotlarining yana bir guruhi sifatida oilalarda sog‘lom ma’naviy-axloqiy
muhitni shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan tashkilotlarni sanab o‘tish mumkin. Bu
yo‘nalishni o‘ta muhim deb sanash mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi. Chunki, tobora taraqqiy
etib borayotgan dunyoda, ayollar va ularning oilallari ma’naviy-axloqiy jihatdan
sog‘lom bo‘lishi borasida ehtiyoj tug‘ildi. Bu kunning ayoli ilmi, iqtidori, iste’dodi va
o‘zgacha shiddati bilan dunyoni yana bir karra qoyil qoldirmoqda. Endilikda,
ayolning shijoati yanada balandlagan, kuch-g‘ayrati yanada jo‘sh urayotgandek.
Negaki, o‘zbek ayolining onaligini qadrladi, unga cheksiz rag‘bat, katta ishonch,
ulkan imkoniyatlar berdi. Bu kun qishloq va mahallarimiz hayoti misli ko‘rilmagan
darajada o‘zgardi, har bir oiladagi muhit, har bir o‘g‘il-qizning xatti-harakati, taqdiri
va kelajagi mahalla faollarining nazoratida. Diniy-ma’rifiy va ma’naviy-axloqiy
tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilar mahallalardagi har bir oila hayotiga
chuqurroq
kirib
borishyapti,
xonadonlaridagi
37
ruhiy
psixologik
iqlimni
o‘rganishayapti, onalar bilan alohida so‘zlashib, farzandlarning ertangi kuniga oid
masalalarni hal etishayapti. O‘zbekistonda davlat tizimining asosiy bo‘g‘ini
mamlakatda ayollar ahvolini yanada yaxshilashga yo‘naltirilgan. Negaki, ayol-ona, u
xalqni dunyoga keltiradi, uning qaddini tiklaydi, qadrini ko‘taradi, ulug‘ millat
sifatida oyoqqa turg‘izadi. Demakki, millatimizning shonu - shavkati, baxt va saodati,
birinchi galda, onalarning ma’naviyati, madaniyati hamda salomatligi bilan bog‘liq.
Bugungi ayol ilmu-salohiyati, o‘tkir so‘zi, qaynoq mehri va muhabbati bilan dunyoga
hayot baxsh etmoqda. Biz kechalari bedor, beshik quchoqlab alla aytgan ayollarga
ta’zim qilamiz. Ammo turli hayot tarzlari va g‘oyalar keskin raqobatga kirishgan
bugungi kunda dunyoda yuz berayotgan shiddatli axboriy o‘zgarishlar, hayotimizga
kirib kelayotgan kommunikatsion yangilanishlar ta’sir qilib, bunday murakkab
vaziyatda oilalarimizdagi asrlar mobaynida saqlanib kelayotgan yuksak insoniy
an’analarimizni hozirgi davr an’analari bilan boyitgan holda bola tarbiyasida
qo‘llashimiz, ular qalbida vatanparvarlik, odamiylik, iymon-e’tiqod tuyg‘ularini
uyg‘otib, oila qarshisidagi mas’uliyatni his qila bilish, oilaviy hayotning murakkab
jihatlarini anglash, har qanday qiyinchiliklarni yengib o‘tishga tayyorlashga
o‘rgatishimiz lozim. Bola tarbiyasida milliy qadriyatlarimizdan ustun qonuniyat yo‘q
ekani ming yillar mobaynida sinovdan o‘tgan haqiqat. Shundan kelib chiqib aytish
mumkinki, oilada otaning va onaning o‘z o‘rni bor. Agar bu tamoyilga amal
qilinmasa, ya’ni biri ikkinchisini inkor etib, har biri o‘z bilganicha harakat qilsa, bola
nafaqat odobsiz, dangasa, qo‘rs va toshmehr bo‘lib o‘sadi, balki xudbin, xiyonatkor,
faqat o‘zi uchun yashaydigan kimsa bo‘lib voyaga etadi. Bolada sog‘lom ongni
shakllantirish imkoniyati boy berilsa, u voyaga etganidan so‘ng oiladagi va
jamiyatdagi hayot qonuniyatlariga zid xatti-harakatlar qiladi. Bunday paytda hech
narsa afsuski, foyda bermaydi. O‘zbekchilik, milliy va ma’naviy qadriyatlar, avlodajdodlar, o‘tmish va kelajak haqidagi pand-nasihatlarimiz endi unga ta’sir qilmaydi.
Shu bois ham «Buyuk alloma Abu Ali ibn Sino bola tarbiyasi bilan uning
tug‘ilishidan avvalroq, ona qornidan boshlaboq shug‘ullanish lozim, degan edi».
Milliy qadriyatlar - millat yuzi, qalb shuuridir. Shunday ekan, milliy qadriyatlarimiz
barobarida, mustaqillikni oliy qadriyat darajasiga ko‘tarish har birimizdan katta
38
mas’uliyat talab etadi. Zero, biz erishayotgan jamiki yutuqlar ana shu muqaddas
ne’mat sharofatidandir. XXI asr o‘zbek xalqi tarixi va milliy qadriyatlarini o‘rganish
sohasida yangi zarvaraqlarni muhrlamoqda. Bugungi kunda tariximizning noma’lum
bosqich va qirralari qaytadan kashf etilmoqda. So‘nggi yillarda o‘zbek xalqining
qadimiy davlatchilik an’analari, etnik tarixi va etnogeneziga bag‘ishlagan qator
salmoqli tadqiqotlar yaratilmokda. Lekin, afsuski hozirgi qadar o‘zbek xalqning
mentaliteti, uning o‘ziga xos tomonlari, milliy yutuklarimiz va nuqsonlarimiz
borasida tadqiqotlar aytarli ko‘zga tashlanmayapti . Tarixdan bilamizki, dunyodagi
har bir millatning shu jumladan o‘zbeklarning ham aqliy ruhiy qiyofasi ya’ni milliy
mentaliteti o‘ziga xos tarixiy, etnik tabiiy-iqlimiy shart-sharoitlar doirasida
shakllangani bois, uning jamiyatda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy hodisalar,
tarixiy jarayonlarga bo‘lgan munosabati ham turli bo‘lishi shubhasiz. Zero, milliy
o‘ziga xosliklar uzoq; tarixiy davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy jarayonlar, tabiiy
geografik o‘rnashuv, o‘zaro etnomadaniy aloqalar, diniy mansubliklar asosida qaror
topadi va aynan mana shular hamda xalqning ruhiy psixologik karashlari negizida
qadimiy an’analar, urfodatlar va marosimlar shakllanadi. O‘zbekistonda oila
institutini mustahkamlash sohasida chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu borada
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi PF5325-sonli «Xotinqizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini
tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi farmoni hamda ushbu
farmonning ijrosi yuzasidan qabul qilingan qarorlar muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Farmonning har bir yo‘nalishiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, barchasida xotin-qizlar
manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash, ularni rag‘batlantirish, oila instituti faoliyatini
tubdan takomillashtirish nazarda tutilgan va uni amalga oshirish xotin-qizlar
zimmasiga yanada ulkan mas’uliyat yuklaydi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak,
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev «Oila kichik Vatan, oila tinch bo‘lsa,
baxtli bo‘lsa, Vatan tinch bo‘ladi» degan fikrlarida katta falsafa bor. Oiladagi
ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashga oid qator ishlar barobarida bo‘lajak
ota-onalarga, yosh ota-onalarimizga, farzand kamol topayotgan oilalarga ma’naviy
kamolat va barkamollik saboqlarini singdirib borish bosh masala bo‘lmog‘i lozim.
39
Ma’naviy komillik bo‘lgan xonadon tinch, farzandlari esa baxtiyor bo‘ladi,
barchamizning asosiy maqsadimiz ham aynan shunga erishishdir. Oilalarning
tinchligi albatta oiladagi ma’naviy muhit barqarorligiga bog‘liq. Oila mustahkam,
tinch, farovon va sog‘lom bo‘lsagina, jamiyat barqaror rivojlanadi. Uning
mustahkamligi
oiladagi
tinchlik–xotirjamlik,
bir–biriga
bo‘lgan
samimiy
munosabatlar, oila a’zolarining axloqiy tarbiyasiga bog‘liq. Zotan, xulq-odob
insonning ma’naviy qiyofasini ifoda etadi. Aynan shu oilada insonlarga xos
ma’naviy–axloqiy qadriyatlar: o‘zaro hurmat-izzat, ishonch, e’tiqod, mehr-muhabbat,
rahmshafqat tuyg‘ulari yaqqol namoyon bo‘ladi degan purhikmat shiorni faqat
muhtasham imoratlarimiz peshtoqlariga emas, har birimizning mehr-muhabbat to‘la
qalbimizga nurli harflarda yozish kerakligini, faqat yozish emas, bu shiorning
hayotiylik kasb etishi uchun har birimiz mehnat jabhasining oldingi saflarida
bo‘lishimiz lozimligini his qilib turishimiz lozim
40
XULOSA VA TAKLIFLAR
Bugungi kunga qadar olib borilgan barcha islohotlarning tub negizi inson
qadr-qimmatiga
bag‘ishlanganligi
barchamizga
ma’lum.
Prezidentimiz
Sh.M.Mirziyoyevning 2023-yil «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili» deb e’lon
qilinishi fikrimizning yana bir dalilidir. Peagogikaning maqsadi ham har
tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalashdir. Bu tarbiyaning ilk o‘chog‘i, albatta,
oila deb atalmish qo‘rg‘on. Bu qo‘rg‘onning mustahkam bo‘lishi esa ota-onalarga
bog‘liq. Bugungi kunda ajralishlarning soni tobora avj olib bormoqda. Bunga
sabab
esa
erta
turmush,
bir-birlarini
tushunmaslik,
sabrsizlik,
yaxshi
tarbiyalanmaslik va boshqalar.
Oilada yosh avlodni ota-ona namunasi oila an’analari, shajarasi, kasb-kori,
axloqiy-ma’naviy qadriyatlari asosida tarbiyalash, ular ongida oilaga sadoqat,
o‘zaro mehr-muhabbat, hurmat hissini shakllantirish vositasida ularni oilaviy
hayotga tayyorlash kutilgan natija beradi. Buning uchun ota-onalarni tarbiya
jarayoniga tayyorlash maqsadida ota-onalar universitetlari ishini tiklash va
takomillashtirish, umumta’lim maktablari, oliy va o‘rta maxsus ta’lim mazmuniga
«Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash» kurslarini yanada boyitish maqsadga
muvofiqdir.
Nafaqat hozir balki, boy bo‘lgan tariximizda ham
oilaga,
unda
tarbiyalanadigan yosh avlodga, kelajak yulduzlariga ham alohida e’tibor
berilganligini ko‘rishimiz mumkin. Oilada bola tarbiyasining milliy o‘ziga xos
qoidalari mavjud bo‘lib, ota-onalar ulardan o‘rinli foydalanishlari lozim. Oilada
ma’naviy-ruhiy xotirjamlik, o‘zaro totuvlik hukmron bo‘lsa, oila a’zolari birbirlariga g‘amxo‘r bo‘lsalar, bola tarbiyasining tayanch nuqtasini topa olsalar,
bunday muhit bola tarbiyasiga ijobiy ta’sir etadi va ular farzandlariga haqiqiy baxt
hadya etadilar, bu bilan ishimizda rivojlanish, jamiyatimizda olg‘a siljish bo‘ladi.
Milliy urf-odatlarimiz, ota-bola, qaynona-kelin, qarindosh- urug‘chilik va
hokazo ma’naviy ziynatlarimizni o‘ylasak, ko‘z oldimizga birinchi galda Abdulla
Qodiriyning «O‘tgan kunlar» romani keladi. Nazarimda, o‘zbek xalqining milliy
fazilatlarini ulug‘lovchi, uni dunyodagi eng noziktab xalqlar qatoriga olib chiqib,
41
ko‘z-ko‘z qilgan bu romanga teng keladigan asar hamon yaratilgani yo‘q. Shundan
kelib chiqib quyidagi takliflarni keltirib o‘tdik.
1. Oila qurayotganda yosh jihatlarga alohida e’tibor berish lozim. Zero,
inson qanchalik yoshi katta bo‘lsa shuncha malakaga, tajribaga ega bo‘ladi.
2. Yosh ota-onalar farzand tarbiyasiga alohida e’tibor berishlari kerak.
Bolalarni tarbiyalash ota-onalarning muqaddas burchidir. Axloqan pok, ma’naviy
dunyosi boy oila deganda, biz katta va kichiklarning o‘zaro hurmati, bir-birlariga
yordami, bir-birlariga izzat va hurmati tushuniladi. Xalqimizda yomonlikka qarshi
kurash bo‘lmagan joyda yaxshilik tug‘ilmaydi, degan ma’noli gap bor. Bu gap
yoshlar tarbiyasiga ham taalluqlidir. Ayrim yoshlarda ko‘rinadigan axloqiy
nuqsonlarni yo‘qotish ularda ma’naviy go‘zallik hosil qilish uchun qunt va qat’iyat
bilan kurashmoq lozim. Bu muhim vazifani bajarish faqat maktab va oilaning
burchi bo‘libgina qolmay, balki keng jamoatchilikning ham asosiy vazifasi
bo‘lmog‘i kerak.
3. Oilada farzandning ilm olishiga ko‘maklashish maqsadga muvofiqdir.
Xalqimizda «Ilmli bola nafaqat ota-ona, balki jamiyatning ham ko‘rkidir» deb
bejiz aytilmagan.
4. Har qanday holatda ham bolangizni tushunishingiz, unga quloq
solishingiz kelajakda jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga xizmat qiladi. Oila doimo
maktab, mahalladagi pedagog-psixologlar, faollar bilan hamkorlikda ish olib
borishi lozim. Bu albatta yoshlarning ma’naviy-marifiy sohada yuksak
samaradorlikka erishishlariga yordam ko‘rsatadi va ulaming tarbiyasiga ijobiy
ta’sir qiladi. Davlatimiz, Prezidentimiz tomonidan bugungi kunda bu masalaga
jiddiy e’tibor qaratilmoqda va har bir oila a’zolarining ehtiyojlari, qiziqishlari,
mayllari, tarbiyasi va boshqa iqtisodiy-ijtimoiy tomonlari o‘rganilib, bu borada
g‘amxo‘rlik ko‘rsatilmoqda.
42
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
I Normativ-huquqiy hujjatlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Oila Kodeksi. Toshkent: «Adolat», 1998, -
300 b.
2. O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentabrdagi O‘RQ-637-son
«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi PQ-4884son «Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida»gi Qonuni
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 martdagi PQ-5040son «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi Qonuni
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi PF-5712son «O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Farmoni
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 oktabrdagi PF-5847son «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Farmoni
7.
Sh.M Mirziyoyev. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini
birgalikda barpo etamiz. - T.: O‘zbekiston, 2016. - 30 b.
II. Asosiy adabiyotlar:
8.
A’zamov Umarxon, Jumanazarova Gullola Рубрика: Педагогические
науки Журнал: «Евразийский Научный Журнал №2 2020»
9.
Abdullayeva Sh.A. Pedagogik diagnostika va korreksiya. Darslik – T.,
2018.– 265 b.
10.
Azizxo‘jayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat.
O‘quv qo‘llanma. – Т.: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamgarmasi
nashriyoti. 2006, 160 b.
11.
Shoumarov B., Haydarov I.O. Oila psixologoyasi. - «Sharq» Toshkent
2008-16-168 betlar
43
12.
Ibragimov X.I., Abdullaeva Sh.A. Pedagogika (darslik). – T., «Fan va
texnologiyalar», 2007. - 288 b.
13.
O.Hasanboyeva, D.Xoliqov. Oila pedagogikasi-T.: Oila pedagogikasi.
Т. : Aloqachi, 2007.- 79-124-189 betlar
14.
To‘rayeva O. Oilaviy hayot etikasi va psixologiyasi. Т., «O‘qituvchi»,
1998y - 185b
15.
Po‘latova P. Maxsus pedagogika. Oligofreno pedagogika. – T.: G‘.
G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2005. – 220 b.
16.
Харламов И.Ф. Педагогика в вопросах и ответах. М., 2001 -215b.
17.
Xodjayev B.X. Umumiy pedagogika. Darslik. – T.: «Sano-standart»
nashriyoti, 2017. - 416 b.
18.
Gulyamov D.R., Umarov M.X., G‘ulomova N.B. Pedagogik
diagnostika va korreksiya. Metodik qo‘llanma. – T., 2018. 129 b.
19.
Yo‘ldoshev J. G‘. Shirinov M. K., Ochilov F.I. Pedagogik
diagnostika. O‘quv metodik qo‘llanma – T.: Nizomiy nomidagi TDPU
bosmaxonasi, 2014 -87 b.
20. www.tdpu.uz
21. https://www.gazeta.uz/oz/2018/07/25/prezident/
22. https://kknews.uz/oz/75623.html
44
Download