Uploaded by Diydor Radio TV

2-kurs ishi Sulaymonova IOM dan

advertisement
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMPYUTER
INJINIRINGI FAKULTETI
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI KAFEDRASI
INFORMATIKA O’QITISH METODIKASI YO’NALISHI
5-BOSQICH 527-GURUH TALABASI
SULAYMONOVA SEVARAXONNING
INFORMATIKA O’QITISH METODIKASI FANIDAN
“PHOTOSHOPDA RANGLAR BILAN ISHLASH
MAVZUSINI O’QITISH METODIKASI”
MAVZUSIDAGI
KURS ISHI
1
Mundarija
KIRISH .................................................................................................... 3
I bob. “Informatika va axborot tеxnologiyalari” fanini o’qitishning
nazariy asoslari .......................................................................................... 7
1.1 Informatika va axborot texnologiyalari fanining maqsad va
vazifalari .................................................................................................... 7
1.2 Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitish jarayonini
tashkil etish hamda uning samaradorligini oshirish usullari .................... 9
II BOB. TA’LIM JARAYONIDA O’QUVCHILARNING MUSTAQIL
ISHLASHINI TASHKILLASHTIRISHDA INNAVATSION
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING USLUBIYOTI VA
AFZALLIGI ............................................................................................. 12
2.1 Informatika va axborot texnologiyalari o’qitishda interfaol
usullardan foydalanish. ........................................................................... 12
2.2 “Photoshopda ranglar bilan ishlash” mavzusi bo’yicha o’quvchilarni
mustaqil ishlashini tashkillashtirish uchun innovatsion
texnologiyalardadan foydalanish. ........................................................... 26
XULOSA ................................................................................................ 33
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI. ....................... 34
2
KIRISH
Bugungi kunga kelib butun dunyo miqyosida fan va texnologiyalar sohasida
ulkan
o'zgarishlar
sodir
bo’lmoqda.
Bu
o’zgarishlar
bevosita
axborot
texnologiyalarining taraqqiyoti bilan bog’liqdir. Aynan axborot texnologiyalari
sohasidagi zamonaviy muhandislar faoliyati bilan bog’liq o’zgarishlar, oliy texnik
ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar, bo’lajak muhandis kadrlarga
qo’yiladigan talablarning oshishi mazkur sohada tayyorlanayotgan talabalarning
kasbiy kompetentligini shakllantirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Axborot
texnologiyalari iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga kirib borgan va shu sohaning
rivojlanishiga o’z xissasini qo’shib kelayotgan bir vaqtda, aynan mazkur
yo’nalishlarga bog’liq axborot texnologiyalarining tadbiqi alohida fan sifatida
vujudga kelmoqda. Bu esa axborot texnologiyalari fani sohasi ko’lamining
kengayishiga olib keladi. Xususan, raqamli kontentlar uchun maxsus effektlar kino, klip, reklama, san’at, dizayn, taqdimotlar, dinamikalar immitatsiyasi,
shuningdek kompyuter o’yinlari va ta’limiy dasturlar yaratishkabi sohalarda zarur
uskunaviy vosita hisoblanib, kompyuter grafikasining muhim yo’nalishlaridan biri
sanaladi.
Har kuni ko’z o’ngimizda yangimo'jizalar yaratilmoqdaki, buni ajoyib
video tasvirlar, o’zgacha tasvirlarda mujassam bo’lgan kosmik kemalar, tabiatda
mavjud bo’lmagan narsalar va boshqalar orqali ko’rishimiz mumkin. Zamonaviy
kinoda film yaratuvchilar montaj, ovoz va ranglar bilan bir qatorda barcha texnik
vositalar
va
usullar
chiqishlari imkoniyati
yordamida
o’zlari
yaratildiki,bugun
kino
hohlagandek
chegara
asarlarini
bilmas
olib
darajada
rivojlanayotganligini bemalol aytish mumkin. Elektronika va kibernetikaning
rivojlanishi asosida va tasvirlarni qaytaishlashni kompyuter dasturlarida amalga
oshirish natijasida yuzaga kelganyangi vositalar, ularning keng tarqalishi tasviriy
san’atda yangi bir yo’nalish -kompyuter grafikasining paydo bo’lishiga olib keldi.
Bu esa sanoat va maishiy dizayn ko’rinishini o’zgarishiga sabab bo’ldi. Kompyuter
3
grafikasi terminiendlikda kino sanoatida ‘kompyuter maxsus effektlari’ deb
qo’llanilmoqda.
Prezidentimiz axborot texnologiyalari sohasida hali qilinadigan ishlar
ko’pligi, erishilgan natijalar boshqa davlatlarga qaraganda ancha past ko’rsatkichda
ekanligini qayd etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 —
2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi
to‘g‘risida”gi
PF-60-son Farmoniga muvofiq,
shuningdek,
axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha
ustuvor vazifalarni amalga oshirish maqsadida:
1. Quyidagilar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini 20222023-yillarda yanada rivojlantirishning asosiy vazifalari etib belgilansin:
a) 2022-yil yakuniga qadar:
aholi yashash maskanlarini keng polosali mobil aloqa tarmog‘i bilan
qamrab olish darajasini 98 foizga, xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yo‘llari
bo‘ylab yuqori tezlikdagi mobil internet qamrovini 60 foizga yetkazish;
40 ming km optik tolali aloqa liniyalarini qurish hamda qo‘shimcha 800
ming xonadonni yuqori tezlikdagi internetga ulash imkoniyatini yaratish orqali
optik tolali aloqa qamrovini 80 foizga yetkazish;
elektron davlat xizmatlari ko‘rsatilishiga xususiy sektorni jalb qilish orqali
foydalanuvchilar sonini 2 barobar oshirib, 4 millionga yetkazish;
hududlarda yoshlarning zarur ko‘nikmalarga ega bo‘lishiga va ularni
kafolatlangan buyurtmalar bilan ta’minlashga xizmat qiladigan markazlarni
yaratish orqali IT-xizmatlar eksporti hajmini 100 mln dollarga yetkazish;
b) 2023-yil yakuniga qadar:
4
raqamli texnologiyalar sohasida masofaviy ta’lim shaklida kadrlar
tayyorlash faoliyatini rivojlantirish orqali yiliga 6,5 ming nafardan ortiq
yoshlarning axborot texnologiyalari yo‘nalishida ta’lim olishini yo‘lga qo‘yish;
davlat organlari, shu jumladan mahalliy hokimlik organlarida hamda
iqtisodiyotning real sektori tarmoqlaridagi korxonalarda 214 ta axborot tizimi va
dasturiy mahsulotlarni joriy etish.
Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali
yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
PF-14-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida:
Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’limni yangi bosqichga olib chiqish,
uning sifatini oshirish hamda ta’lim dasturlarini takomillashtirish maqsadida
shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab
bosqichma-bosqich:
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 1 — 4-sinflarida o‘quvchilarga
boshlang‘ich, 5 — 9-sinflarida tayanch hamda 10-11-sinf o‘quvchilarining qiziqish
va qobiliyatiga mos bo‘lgan bilimlarni berishga yo‘naltirilgan o‘quv dasturlari va
o‘quv-metodik majmualar joriy etiladi;
umumiy o‘rta ta’lim dasturlari va o‘quv-metodik majmualarning fanlararo
va sinflararo integratsiyasi ta’minlanadi;
bilimni baholashning yangi tartibi joriy etiladi va uning doirasida
o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning o‘tilgan mavzuni amaliyotda qo‘llay bilish,
tanqidiy fikrlash va berilgan materialni tahlil qila olish kabi ko‘nikmalari
baholanadi;
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining boshlang‘ich sinflarida informatika
fani, o‘rta sinflarda esa o‘quvchilarning moliyaviy savodxonligini oshirishga
qaratilgan darslar joriy etiladi;
5
barcha fanlar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar ulushi 60 foizga yetkaziladi.
Bunda, darslardagi mavzular aniq muammoni hal qilish orqali o‘rgatiladi, amaliyot
darslari esa loyihani bajarish shaklida o‘tkaziladi.
Kurs ishining
dolzarbligi. Umummiy o’rta ta’lim maktablarida
informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitishni takomillashtirish,
Photopshop dasturida
innovatsion
o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish va o’tkazishda
texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda,
o’quvchilarni mustaqil ishlashini tashkillashtirish asosiy vazifalardan hisoblanadi.
Kurs ishining maqsadi: Umumiy o’rta ta’limda Photoshop dasturini
o’qitish jarayonida o’quvchilarning mustaqil ishlashini tashkillashrish.
Kurs ishining vazifalari:
- Informatika va axborot texnologiyalari fanining maqsad va vazifalarini o’rganib
chiqish;
- Umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’quvchilarning mustaqil ishlashini
tashkillashtirshda innovatsion texnologiyalaridan foydalanish uslubiyoti va
afzalligi (11-sinf);
- PhotoShop dasturining imkoniyatlari;
- “PhotoShopda ranglar bilan ishlash” mavzusi bo’yicha o’quvchilarni mustaqil
ishlashini tashkillashtirish uchun innovatsion texnologiyalardadan foydalanish.
Tayanch tushunchalar:
Zamonaviy
Axborot
Komunikatsion
texnologiyalar, rang tizimlari.
6
texnologiyalari,
innovatsion
I BOB. “INFORMATIKA VA AXBOROT TЕXNOLOGIYALARI” FANINI
O’QITISHNING NAZARIY ASOSLARI
1.1 INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI
Ilg‘or milliy va xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda fanni o‘qitishda
davlatlarda
rivojlangan
keng
qo‘llanilayotgan STEM (science,
technology,
engeenering and mathematics — fan, texnologiya, muxandislik va matematika)
o‘qitish konsepsiyasiga hamda dasturlashning tayanch tushunchalarini (mantiqiy
amallar, algoritmlar, blok-sxemalar va x.k.) shakllantirish metodologiyasiga
tayanish maqsadga muvofiq.
Informatika axborot texnologiyalari o‘quv fanini o‘qitishning asosiy
maqsadi:
o‘sib kelayotgan avlodni zamonaviy axborot texnologiya vositalari bilan ishlash
malakalari, mustaqil, mantiqiy va algoritmik fikrlash qobiliyatini rivojlantirishdan
va olgan bilimlarini hayotda tatbiq etishga o‘rgatishdan iborat.
Umumiy
o‘rta
ta’lim
muassasalarida
informatika
va
axborot
informatika
va
axborot
texnologiyalari ta’limining asosiy vazifalari:
-
inson
kamoloti
va
jamiyat
taraqqiyotida
texnologiyalarining ahamiyatini anglash;
-
o‘quvchilarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ularni amaliyotda
qo‘llash haqida bilimlar berish;
-
kompyuterda masalalar yechish texnologiyalari va asosiy bosqichlarini ketma-
ketlikda to‘g‘ri bajarishgao‘rgatish;
- algoritmik tuzilmalar, algoritmlash va dasturlash asoslari haqida bilim berish;
-
kompyuterning dasturiy ta’minoti va ularning imkoniyatlarini ajrata bilish
hamda amaliyotda qo’llay olishga o‘rgatish;
- o‘quvchilarni aqliy rivojlantirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini, mustaqil ta’lim
olish ko‘nikmalarini shakllantirish;
7
fanlar integratsiyasini inobatga olgan holda o‘quvchilarda milliy va
-
umuminsoniy qadriyatlarni, kreativlikni shakllantirish;
- axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish madaniyatini o‘rgatib
borish;
-ta’lim-tarbiya olishning keyingi bosqichlarida davom ettirishlari, ongli
ravishda kasb tanlashga zarur bo‘lgan tayanch kompetensiyalarni shakllantirishdan
iborat.
8-11-sinflardagi amaliy mashg‘ulotlarda “Iqtisod va soliq saboqlari”,
“Tejamkorlik saboqlari” o‘quv kurslariga bog‘liq bo‘lgan masalalar yechilishi
lozim.
Informatikaning bosh vazifasi axborotni yangilash uslub va vositalarni
ishlab chiqish va axborotni qayta ishlashning tеxnologik jarayonlarini tashkil
etish ulardan foydalanishni ishlab chiqishdir.
Axborot jarayonlarini tadqiq etishdan olingan jarayonlar nеgizida axborotni
qayta ishlaydigan axborot tizimini ishlab chiqish va yangi tеxnologiyalarini
yaratish;
Jamiyat hayotining barcha sohalari kompyutеr tеxnalogiyasidan samarali
foydalanishning ilmiy va muxandislik muammolarini yaratish va tadbiq etish
va ta'minlashni hal etish;
Informatika o`z o`zicha mavjud bo`lmay, balki boshqa sohalardagi
muammolarini xal etish uchun yangi axboriy tеxnika va texnologiyalarini
yaratishga qaratilgan komplеks ilmiy –tеxnik soxadir. U boshqa soxalar xatto
jarayonlar va xodisalar noformallashuvi tufayli miqdoriy uslublarni qo`llash
munkin emas dеb xisoblanadigan sohalarga xam tadqiqot uslub va vositalarini
taqdim etadi. Informatikada kompyutеr tеxnikasi sharofati tufayli amaliy
ro`yobga chiqish mumkin bo`lgan matеmatik modеllash uslublarining xalq
qilinishini alohida ajratib ko`rsatish lozim .
8
1.2 Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitish
jarayonini tashkil etish hamda uning samaradorligini oshirish
usullari
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-8-sinflarning har birida Informatika va
axborot texnologiyalari -34 soatdan, 9-10-11-sinfda — 68 soat o‘qitiladi. Darslar
ikki guruhga bo‘lib o‘tiladi.
O’yinli
texnologiyalardan
foydalanishning
asosini
talabalarning
faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyati tashkil etadi. O’yin olimlar
tadqiqotlariga ko’ra mehnat va o’qish bilan birgalikda faoliyatning asosiy
turlaridan biri hisoblanadi. Psixologlarning ta’kidlashlaricha, o’yinli faoliyatning
psixologik mexanizmlari shaxsning o’zini namoyon qilish, hayotda o’z o’rnini
barqaror qilish, o’zini o’zi boshqarish, o’z imkoniyatlarini amalga oshirishning
fundamental ehtiyojlariga tayanadi.O’yin bilish va uning bir qismi (kirish,
mustahkamlash, mashq, nazorat) tarzida tashkil etiladi.
O’yinlar turli maqsadlarga yo’naltirilgan bo’ladi. Ular didaktik, tarbiyaviy,
faoliyatni rivojlantiruvchi va ijtimoiylashuv maqsadlarda qo’llanadi. O’yinning
didaktik maqsadi bilimlar doirasi, bilish faoliyati, amaliy faoliyatida bilim,
malaka va ko’nikmalarni qo’llash, umumta’lim malaka va ko’nikmalarni
rivojlantirish, mehnat ko’nikmalarini rivojlantirishni kengaytirishga qaratilgan
bo’ladi. O’yinning tarbiyaviy maqsadi mustaqillik, irodani tarbiyalash, muayyan
yondashuvlar,
nuqtai
nazarlar,
ma’naviy,
estetik
va
dunyoqarashni
shakllantirishdagi hamkorlikni, kollektivizmni, jamoaga kirishib keta olishni,
kommunikativlikni tarbiyalashga qaratilgan bo’ladi.
Informatikada fundamеntal tadqiqotlar maqsadi istalgan axbort tizimlari
haqida
umumlashtirilgan axborotni olish, ularning qurilishi va ishlashning
umumiy qonuniyatlarini aniqlashdir. Informatika amaliy fan soxasi sifatida
quyidagilar bilan shug`ullanadi:
9
Axborot jarayonlaridagi qonuniyatlarini o`rganish ( axborotlarni yig`ish,
qayta ishlash, tarqatish);
Inson faoliyatining turli soxalarida kommunikatsion axborot modеllarini
yaratish;
Aniq bir soxalarida
axborot
tizimi va tеxnologiyalari ishlab chiqish
ularning hayotiy bosqichini , ularni ishlab chiqarish ishlashni va hakozolarni
loyihalash ishlab chiqish bosqichlari uchun tavsiyalar tayyorlash ;
Axborot
tеxnologiyalari
rivojlanishning
zamonaviy
jahon
darajasi
shundaki, rеspublikada axborot makoni, infratuzilmalari va milliy axborot
hisoblash tarmog`i intеgratsiyasiga mos kеluvchi milliy tizimi yaratish
iqtisodiyotni, boshqarish,fan va ta'lim samaradorligining muhim omili
bo`lmoqda .
Bu muammolar
ancha murakkab va ayni paytda rеspubikamiz uchun
dolzarbdir. 1994 yil dеkabrda O`zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasi
O`zbеkiston
Rеspublikasining
Kontsеptsiyasi
qabul
qilindi.
Ushbu
Kontsеptsiyasining asosiy maqsadi va unda qo`yillgan masalalar quyidagilardan
iborat ;

Milliy axborot – hisoblash tarmog`ini yaratish;
 Axborotlarga tovar sifatida yondoshisining iqtisodiy, huquqiy va mе'yoriy
hujjatlarni yuritish;
 Axborotlarni qayta ishlashda jaxon standartlariga rioya qilish;
Informatika
industriyasini
yaratish
va
rivojlantirish
axborotlar
tеxnologiyasi soxasidagi fundamеntal tadqiqotlarni rag’batlantirish qo`llabquvvatlash informatika vositalaridan foydalanuvchilarni tayyorlash tizimini
muvofiqlashtirish
Kontsеptsiyaning
asosiy
quydalari
hisobga
olingan
«O`zbеkiston Rеspublikasining axborotlashtirish dasturi » ishlab chiqiladi , u
uch maqsadli dasturni o`z ichiga oladi;

Milliy axborot – hisoblash tarmog`i.

EHM ning matеmatik va dasturiy ta'milash.
10

Shaxsiy kompyutеr .
Axborot jamiyatni rivojlantiruvchi va uning taraqqiyotiga asos bo`luvchi
muxim vosita hisoblanadi . Shu kabi axborot insoniyat tarixida eng muxim
iqsodiy ko`rsatkichlardan biri bo`lsa ,jamiyatni kompyutеrlashtirish esa
iqsodiyotni tarkibiy jixatdan qayta ko`rishda asosiy xarakatlantiruvchi kuchdir .
Jamiyatni axborotlashtirish , yangi axborot tеxnalogiyalari bilan ta'minlash
insonlarning turli –tuman ma'lumotlarga bo`lgan ehtiyojini qondirishda muxim
o`rin tutadi .
11
II BOB. TA’LIM JARAYONIDA O’QUVCHILARNING MUSTAQIL
ISHLASHINI TASHKILLASHTIRISHDA INNAVATSION
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING USLUBIYOTI VA
AFZALLIGI
2.1 Informatika va axborot texnologiyalari o’qitishda interfaol
usullardan foydalanish.
Jamiyat va ta‘limni axborotlashtirish jarayonlarini jadallashtirish sharoitlarida
o’quvchilar
bilan dars
mashg’ulotlarini
raqamli
vositalardan
foydalanib,
zamonaviy raqamli kommunikatsiya muhitida o’tkazish katta samara beradi.
Kichik yoshdagi o’quvchilarni Zamonaviy tеxnologiyalari o’rgatish va ularni
to’g’ri qo’llash qobiliyatini boshlang’ich umumta‘lim bosqichidagi universal o’quv
faoliyatlari bilan uyg’unlikda shakllantirish, uning samaradorligini ta‘minlashning
muhim elementi hisoblanadi. Shuning uchun boshlang’ich umumta‘lim bosqichida
universal o’quv faoliyatlarini shakllantirish uchun quyidagilarga: har qanday
faoliyatlarga kiruvchi
Axborot kommunikatsiya tеxnologiyalarini qo’llash
sohasidagi elementlar bilan tanishtirish, Axborot kommunikatsiya tеxnologiyalarisavodxonligi elementlari hisoblangan texnologik ko’nikmalar alohida emas, balki
idrok etish va kommunikativ masalalarni hal etish uchun ularni qo’llash bilan
birgalikda shakllantirilishiga e’tibor qaratish zarur.
Innovatsiya - yangi texnologiyalar, mahsulot va xizmatlar turlari, ishlab
chiqarish va mehnatni, xizmat ko'rsatish va boshqaruvni tashkil etishning yangi
shakllari shaklida innovatsiyalardan foydalanish. Axborot kommunikatsiya
tеxnologiyalari vositalaridan foydalanish universal o’quv faoliyatlarini tartibsiz
shakllantirishdan maqsadga yo’nalgan va reja asosida shakllantirishga o’tishga
yordam beradi. Albatta, universal o’quv faoliyatlarining shakllanganligini
baholashda Axborot kommunikatsiya tеxnologiyalari keng qo’llanilishi mumkin
(va kerak). O’qituvchilar va o’quvchilar o’z faoliyatlarini hamda natijalarini
rejalashtiradigan, shuningdek, qayd etadigan axborotta‘lim muhiti ularni
shakllantirish uchun juda muhim ahamiyatga ega. Axborot kommunikatsiya
tеxnologiyalari -bilimdonligiga boshlang’ich sinflarda yosh bo’yicha ehtiyojlari va
12
imkoniyatlari doirasida vositalaridan va axborot manbalaridan foydalanib, o’quv
masalalarini hal qilish qobiliyati sifatida o’quv Axborot kommunikatsiya
tеxnologiyalari
o’quvchining
-bilimdonligini ajratib ko’rsatish kerak. Kichik
umumiy
(umumfoydalanuvchilik).
Axborot
yoshdagi
kommunikatsiya
tеxnologiyalari bilimdonligi uning bir qismi hisoblanadi. Ko’pchilik hollarda
boshlang’ich sinf o’quvchilari umumiy Axborot kommunikatsiya tеxnologiyalaribilimdonligi elementlarini ulardan kattalar kundalik hayotlarida va kasbiy
faoliyatlarida foydalanishlari darajasida o’zlashtiradilar. Axborot kommunikatsiya
tеxnologiyalaridan-savodxonligini shakllantirish masalasining hal etilishi faqat
alohida o’quv fanlari dasturlarida emas, balki, o’quv faoliyatida mohiyati jihatidan
bog’liq bo’lgan universal bilimdonlikni shakllantirish bo’yicha dasturlar doirasida
qayd etilishi kerak.
Shaxsiy bilim faoliyatlarida fanlarni o’zlashtirishda quyidagi:
• axborotga tanqidiy munosabatda bo’lish va uni tanlab qabul qilish;
• boshqalar shaxsiy hayotlari haqidagi axborotni va axborot natijalarini hurmat
qilish kabi xislatlarni shakllantirishga e‘tibor qaratiladi.
O’quv faoliyatlarini o’zlashtirishda quyidagilar ta‘minlanadi:
• axborot muhitida amalga oshiriladigan faoliyatlar sharoitlari, borishi va
natijalarini baholash;
• amalga oshirilgan faoliyatlarni o’quvchilarning o’zlari, uning o’rtog’i va
o’qituvchi tomonidan baholash hamda ularni tuzatish uchun raqamli axborot
muhitida joylashtirilgan faoliyatlar natijalaridan foydalanish;
• o’quvchining o’qishdagi yutuqlari raqamli portfoliosini yaratish.
Axborot kommunikatsiya tеxnologiyalari kommunikativ o’quv faoliyatlarini
shakllantirish uchun muhim vosita hisoblanadi. Buning uchun quyidagilardan
foydalaniladi:
• gipermedia-xabarlar yaratish;
• audioko’rgazmali namoyish mahsuloti bilan chiqish;
• jamoali/shaxsiy kommunikatsiyaning borishini qayd etish (audio-video va matnli
yozuv);
13
• raqamli muhitda muloqotlar (elektron pochta, chat, videokonferensiya,
forum,blog).
Ta’limning bugungi vazifasi o‘quvchilarni kun sayin ortib borayotgan
axborot — ta’lim muhiti sharoitida mustaqil faoliyat ko‘rsata olish, turli
sohalarda zamonaviy axborot texnologiyalarini samarali qo‘llash va axborot
oqimidan oqilona foydalanishga o‘rgatishdan iborat.
Shu maqsadda, o‘quvchilarga uzluksiz ravishda mustaqil ishlash imkoniyati va
sharoitini yaratib berish hamda ijodiy fikrlash va mustaqil qarorlar qabul
qilishga o‘rgatish zarur. Bu masalaning yechimi tabiiyki, mazkur jarayonning
asosiy tashkilotchisi — pedagoglarni tayyorlash sifatiga bog‘liq. Har bir
jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo‘lgan ta’lim
tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda
mustaqil taraqqiyot yo‘lidan ildam borayotgan mamlakatimizning uzluksiz
ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko‘tarish,
unga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta’lim
samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Mamlakatimizda
olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar ta’lim tizimida ham o‘ziga xos
o‘zgarishlarni kiritish va yangiliklarni joriy etish zaruratini belgilab bermoqda.
Hozirgi kunda barcha sohalarga jadal joriy etilib borayotgan zamonaviy axborot
texnologiyalariga oid bilimlarni egallashga qaratilgan «Informatika» fani
samarali o‘qitilyaptimi? O‘quvchilar kasbiy faoliyati sohalari uchun zarur
bo‘lgan axborot texnologiyalari bilan ishlashning dastlabki ko‘nikmalariga ega
bo‘lib borayaptilarmi? Bugungi kunda barcha o‘qituvchilar dars mashg‘ulotini
14
to‘g‘ri loyihalay oladimi? Dars mashg‘ulotining samaradorligi qanday omillarga
bog‘liq? Bu kabi savollarga hozircha ijobiy javob bera olmasligimiz, achinarli
holdir. O‘tkazilgan anketa tekshiruvlariga ko‘ra Namangan shahridagi ayrim
ta’lim muassasalarining aniq bir guruhlarida informatika fanidan olingan nazorat
ishida o‘quvchilar nisbatan past baholanganlar. Bu past sifat ko‘rsatkichidir.
O‘quvchi bugungi kunda ta’lim sohasini egallar ekan, kelgusi ta’lim bosqichini
davom ettirishi uchun zamonaviy dasturiy, texnik va kommunikativ vositalardan
samarali foydalana olish salohiyatiga ega bo‘lishi, xususan: zamonaviy taraqqiy
etgan jamiyatda axborot va axborot texnologiyalarining o‘rnini bilishi; axborotni
boshqarish vositasi sifatida axborotlarni olish, yig‘ish, qayta ishlash
ko‘nikmalariga ega bo‘lishi; global kompyuter tarmoqlarida ishlash va ular
orqali foydali axborotlar olish va ulardan ijodiy fikrlashni o‘stirishda
foydalanish usullarini egallashi talab etiladi.
Jamiyatning axborotlashuvi ta’lim tizimida uzluksiz innovatsiyalarni talab etadi.
Bugun har qanday uslub darhol eskirishi va yangi metodlar bilan boyitilishi
mumkin. Dars mashg‘ulotida kerakli natijalarga erishish qaysi omillarga
bog‘liq? Dunyoning turli mamlakatlarida ko‘plab tadqiqotchilar tomonidan
ta’limda innovatsiyalarni qo‘llash bo‘yicha izlanishlar olib borilgan. Ularda
«innovatsiya», «interfaol usullar», «innovatsion texnologiyalar» to‘g‘risida
yaxshi axborotlar to‘plangan, biroq axborot texnologiyalarini ta’lim muassasalarida o‘rgatish samaradorligini orttirish bo‘yicha aniq tavsiyalar yetarli emas.
Shuning uchun asosiy maqsad yuqori darajada o‘zlashtirish natijalariga
erishishni ta’minlovchi innovatsion texnologiyalardan foydalanishning samarali
usullarini ishlab chiqish, xususan, zamon talab etayotgan axborot texnologiyalari
bo‘yicha pedagogik innovatsiyalardan foydalanish masalalarini tadqiq etishdan
iboratdir. Ta’lim jarayoniga innovatsiyalarni qo‘llash bugungi kunda quyidagi
vazifalarni amalga oshirishni talab etadi:

o‘quv fanining aniq maqsadini aniqlash;

fanning hajmi va mazmunini aniqlash;
15

zarur bo‘lgan ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish va tavsiya etish;

fanning moddiy va texnik ta’minotini yaratish;

ta’lim oluvchilarning xususiyatlarini o‘rganish;

o‘qituvchining tayyorgarligi va dars mashg‘ulotini loyihalash.
Yuqoridagi vazifalar ichida eng muhimi, bu o‘quv jarayonini tashkil etish uchun
eng maqbul bo‘lgan ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqishdir. Bu muammolarni
u yoki bu aniq bir usulni tavsiya etish bilan, ayniqsa, pedagog reproduktiv ta’lim
usullarinigina qo‘llashni maqsad qilgan bo‘lsa, hal etib bo‘lmaydi. Maqsadga
erishishning
eng
to‘g‘ri
yo‘li,
bu
dars
mashg‘ulotini
loyihalashda
integrallashgan ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish va ulardan darsning turli
bosqichlarida rali foydalanish imkoniyatlarini izlashdir. Informatika fanini
o‘qitishda shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning quyidagi metodlarini qo‘llash
maqsadga
muvofiqdir:
o‘yinli
texnologiyalar;
muammoli
o‘qitish;
dasturlashtirilgan o‘qitish; kompyuterlashtirilgan o‘qitish; modulli o‘qitish.
Bu texnologiyalar o‘quv mavzusi maqsadidan va mavzuning mazmunidan kelib
chiqib, darsning turli bosqichlarida turlicha qo‘llanishi mumkin. Maktab
o‘quvchilarining yosh xususiyatlarini hisobga olib, fanni o‘qitishda g‘oyat
samarali bo‘lgan qator o‘yinli texnologiyalar ishlab chiqilgan. Mutaxassislarning
fikricha, insonning asosiy faoliyat turi uch ko‘rinish: mehnat faoliyati, o‘yin faoliyati, o‘quv faoliyatida shakllanadi. Ularning barchasi o‘zaro bog‘liq holda
sodir bo‘ladi. Ta’kidlashlaricha, bolalarning maktabdagi o‘quv materiallari
asosidagi aqliy harakatlarini shakllanish qonuniyatlari o‘yin faoliyatlarida tarkib
topadi. Biroq o‘yinli ta’limni o‘quvchilar bilan ishlashdagi asosiy ta’lim shakli
deyish to‘g‘ri emas. U o‘quvchida bilish qobiliyatini shakllantirmaydi, biroq
ularning bilish faolligini oshiradi, xolos. O‘quvchini aqliy rivojlantirishga
yordam beruvchi quyidagi guruhdagi o‘yinlarni ajratish mumkin.
1-guruh. Buyumlar va predmetlarga bog‘liq bo‘lgan predmetli o‘yinlar. Bunda
o‘quvchi o‘yinchoq-predmet orqali moddiy olamni, ularning xususiyatini
anglashi mumkin.
16
2-guruh. Intellektual faoliyatni shakllantiruvchi sujetli — rolli ijodiy o‘yinlar.
Masalan, «Baxtli tasodif», «Nima? Qayerda? Qachon?» va boshqalar. Bunday
o‘yinlar nafaqat ko‘ngil ochuvchi vosita, balki ulkan evristik va ishontiruvchi
energiya manbaidir.
3-guruh. O‘quvchining aqliy qobiliyatini rivojlantiruvchi tayyor qoidalarga
asoslangan didaktik o‘yinlar. Qoidalarga ko‘ra, u o‘quvchidan anglashni,
taqqoslashni, qismlarga ajratishni, umumlashtirishni, muhimi bilishni talab
etadi.
4-guruh. Kattalarning kasbiy faoliyatlarini ifodalovchi texnik-konstruktorlik
o‘yinlari. Ular o‘quvchida o‘z ishini rivojlantirish, zaruriy materialni yig‘ish,
o‘zini va o‘zgalar faoliyatini tanqidiy baholash imkoniyatlarini hosil qiladi.
Mehnat faolligi bilish faolligiga undaydi.
5-guruh. Psixik muhitda sodir bo‘luvchi intellektual o‘yinlar. O‘quvchilarning
tayyorgarlik darajalarini ko‘rsatuvchi taqqoslash imkonini beruvchi, musobaqa
asosida o‘tkaziladigan o‘yinlar. Ular o‘zini shakllantirishga va demak, aqliy
faollikka undaydi. Yuqorida tavsiflangan o‘yinlarni o‘quv jarayonida qo‘llash
natijasida o‘quvchilarni o‘quv bilim faoliyatlarini keng boshqarish imkoniyatlari
hosil bo‘ladi.
Tajribalardan kelib chiqib, quyida Informatika fanini o‘qitishda samarali
qo‘llash mumkin bo‘lgan quyidagi o‘yinli texnologiyalardan namunalar keltirib
o‘tamiz:
Breyn-ring. Bu o‘yin 2-guruhga kirib, unda har birida 5–6 nafardan o‘quvchi
qatnashgan jamoalar soni 2 tadan 5 tagacha bo‘lishi mumkin. Boshlovchi har bir
guruhga qisqa javobli savollar beradi. Agar ishtirokchilardan biri birinchi bo‘lib
to‘g‘ri javob bersa, qolgan barcha savollar faqat shu ishtirokchiga beriladi va har
bir to‘g‘ri javob uchun olingan ball to‘planib boradi. Agar to‘plangan balni
vaqtida o‘z jamoasi hisobiga tushirib turmasa va o‘yinni to‘xtatmay, o‘yin
davomida noto‘g‘ri javob berib qo‘ysa, o‘sha ishtirokchi to‘playotgan barcha
ballar kuyib ketadi. Demak, qatnashuvchi o‘zi istagan paytda o‘yinni to‘xtatishi
va to‘plagan balini jamoa hisobiga tushirishi kerak. Qolgan savollarga endi
17
boshqa ishtirokchilar javob berishi lozim va ular ham o‘z jamoalari hisobiga ball
to‘plash imkoniga ega bo‘ladilar. Har bir to‘g‘ri javob uchun 1 ball.
Anagramma. O‘yin 3-guruhga mansub bo‘lib, unda jamoalar Informatikaga oid
so‘zlarni hosil qilishlari lozim bo‘ladi. Masalan: informatizatsiyalashtirish davri
so‘zidan 5 daqiqa ichida AKT sohasiga oid so‘zlarni hosil qilish kerak. Bir
marta olingan harf boshqa ishlatilmaydi, Mumkin bo‘lgan imkoniyatlar:
O‘lchov birliklari. Bu o‘yin ham 3-guruhga tegishli bo‘lib, asosiy tushunchalar
o‘rtasidagi muvofiqlikni aniqlashga qaratilgan. Misol sifatida, kompyuterning
texnik ko‘rsatkichlarini belgilovchi kattaliklar va ularning o‘lchov birliklari
orasidagi mosliklarni aniqlash o‘quvchilar guruhlariga topshiriq qilib berilishi
mumkin. Guruhlar ular orasidagi muvofiqlikni tez va to‘g‘ri aniqlashlari lozim.
18
Javoblar: 1-8, 2-7, 3-4, 4-6, 5-2, 6-9, 7-1, 8-3, 9-5
Ishonarli tarix. O‘yin 2-guruhga tegishli bo‘lib, o‘quvchilar xotirasini
mustahkamlashga va ijodiy fikrlashga qaratilgan. Bunda ular keltirilgan tarixiy
voqeani diqqat bilan o‘rganib chiqib, to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini
aniqlashlari kerak bo‘ladi. Misol: a) Microsoft firmasining asoschilari Bill Geyts
va Pol Allen dastur tuzish uchun dastlabki buyurtmani olganlarida endigina 9sinf o‘quvchilari bo‘lib, o‘zlarining yoshlarini sir tutishga majbur bo‘lganlar.
Shu to‘g‘rimi? (Ha). b) Bill Geyts va Pol Allen «Altair» mashinasi uchun
Beysik interpretatorini aynan o‘zlari yozganlar va uni barcha «Altair»
foydalanuvchilari uchun bepul tarqatganlar. Shu to‘g‘rimi? (Yo‘q). s) Mark
Sukenburg 2004-yil 4-fevralda «The Facebook» nomli saytini tashkil etadi.
2010-yilda u «Eng yosh milliarder» nomiga sazovor bo‘ladi. Shu rostmi?(Ha).
Domino o‘yini. O‘yin 5-guruhga tegishli bo‘lib, unda ikki kishi ishtirok etadi.
O‘yinchilarga quyida tayyorlangan kartochkalar aralashtirilib, tarqatib beriladi.
Har bir kartochka uchun berilgan savollarga mos javob noto‘g‘ri tashlanguncha
o‘yin davom etadi. Noto‘g‘ri javob bergan o‘quvchi mag‘lub hisoblanadi. Agar
o‘yinning oxirigacha barcha javoblar to‘g‘ri tashlansa, qo‘lida kartochka qolib
ketgan talabani mag‘lub deyish mumkin.
Zanjir o‘yini. Guruh 4ga bo‘linib, har bir guruhdan 1 o‘quvchi doska oldiga
chiqariladi. 1 o‘quvchi fanga tegishli atamani aytadi. Keyingi o‘quvchi oldingi
o‘quvchi aytganini va o‘zinikini qo‘shib aytadi. Undan keyingisi oldingi 2
o‘quvchi aytgan atamalarga yana o‘zi yangisini qo‘shib aytadi. O‘yin shu tariqa
davom etadi, adashgan o‘quvchi o‘yindan chiqadi, eng oxiri o‘yindan chiqib
ketmay qolgan o‘quvchi rag‘batlantiriladi. O‘yin xotirani mustahkamlashga juda
qo‘l keladi.
19
Karrali sonlar. O‘yinda ishtirok etuvchi guruh talabalaridan tuzilgan jamoa
o‘yinga shay turadi. Navbati bilan sonlar tartibi keltiriladi. Lekin to‘rtga karrali
sonning navbati etganda, shu sonning o‘rnida talaba, albatta kompyuterning
bironta buyrug‘ini yoki yordamchi klavishning vazifasini aytishi shart. Qoidani
buzgan har bir o‘quvchi o‘yinni tark etadi. Ma’lum vaqt davomida o‘yinni faol
davom ettirgan ishtirokchi g‘olib sanaladi. O‘yin xotirani charxlashda juda
samarali hisoblanadi.
Do‘stlar davrasida. O‘yin 3-guruhga tegishli bo‘lib, talabalarning bir necha
nafari kompyuterning turli xil qurilmalari yoki operatsion tizimning turli xil
buyruqlari vazifasini bajaradilar. Ular o‘zlarining do‘stlari ishtirok etgan davrani
topib olishlari kerak. Buning uchun kompyuterning tashqi va asosiy qurilmalari
yoki ichki va tashqi buyruqlar bir-birini topib olishi kerak. Do‘stlar qo‘l
ushlashib davra quradilar va o‘zlarini tavsiflab beradilar. Bu o‘yin bilimlarni
mustahkamlaydi
va
talabalarda
bir-birlariga
bo‘lgan
yordam
hissini
shakllantiradi.
Kim chaqqon? Guruh ikkiga bo‘linib, har bir guruhdan bittadan o‘quvchi doska
oldiga chiqariladi. Bir o‘quvchi fanga tegishli atamani o‘zining maydoniga
yozadi. Keyingi o‘quvchi oldingi o‘quvchi yozmagan qo‘shimcha atamani
ishlatadi. O‘yin shu tariqa davom etadi, adashgan o‘quvchi o‘yindan chiqadi.
Kimning maydonida eng ko‘p to‘g‘ri, mantiqiy bog‘langan tushunchalar paydo
bo‘lsa, shu jamoa g‘olib sanaladi. O‘yin xotirani mustahkamlashda va
takrorlashda qo‘llaniladi.
Men kimman? Bu kompyuterning qurilmalarini tavsiflashda eng yaxshi usuldir.
Bir o‘quvchi o‘zining «Kimligini topolmayapti?» Unga boshqa o‘quvchilar
yordamga keladi. «Men qanday qurilmaman?», «Men qayerda ishlatilaman?»,
«Eng yaxshi qobiliyatim qachon namoyon bo‘ladi?», «Qaysi qurilmalar men
bilan hamohang ishlaydi?» va hokazo. Qanchalik ko‘p savol berilib, sharhlar
so‘ralsa, shunchalik o‘quvchi bali kamayadi. Kim topqirroq bo‘lsa, tezroq
jumboqni yechishi kerak bo‘ladi. Nafaqat qurilmalarda keyinchalik dasturiy
ta’minotlar, menyu bo‘limlarining vazifalarini tavsiflashda ham o‘yindan
20
muvaffaqiyatli
foydalanish
mumkin.
O‘yin
o‘quvchida
obyektlarning
xususiyatlarini anglashda, xotirani rivojlantirishda, bilimlarni mustahkamlashda
muhim ahamiyat kasb etadi.
O’quvchilarning
Axborot
kommunikatsiya
tеxnologiyalaridan
to’g’ri
foydalana olish malakalarini shakllantirish tizimli-faoliyatli yondashish doirasida,
o’quv rejasi barcha fanlarini o’rganish jarayonida sodir bo’ladi, uning natijasi esa,
o’quvchilarni o’qitish integrativ natijasidan iborat bo’ladi. Umumlashtirilgan
ko’rinishda bu ushbu dasturda va umumiy ta‘lim asosiy dasturini o’zlashtirish
rejalashtirilgan natijalarida aks ettiriladi.
Biz ma’lumotni qanday o’zlashtiramiz
21
O'qigan vaziyatda - 10%
Eshitgan vaziyatda - 20%
Ko'rgan vaziyatda - 30%
Boshqalar bilan baxslashganda -70%
Xususiy kechinmalarni boshidan kechirganda-90%
Boshqalarni o'qitgan vaziyatda - 90%
Yuqorida ta’kidlaganidek o’quvchi eshitgandan ko’ra ham eshitsa ham ko’rsa
yangi bilimlarni o’zlashtirish ko’rsatgichi yuqori bo’ladi. Shuning uchun yangi
bilimlarni berishda taqdimotlardan, mavzuga doir videoroliklardan foydalanish
ancha samarali hisoblanadi. Taqdimotlar yaratish ofis dasturlar paketiga kiruvchi
PowerPoint dasturidan foydalaniladi. Hozirgi kunda
ta’lim muassasalarida
darslarni taqdimotlar yordamida o’tish keng tarqalgan. Shuning uchun ko’proq
videoroliklar tayyorlash haqida so’zlash ma’qul. Informatika fanini turi dasturlar
majmuasidan iborat desak ham yanglishmaymiz. Misol uchun 6-sinf o’quvchilar
MS Word dasturi, 9-10-sinflarda MS Excel dasturi, 10-sinfda yana Delphi, MS
Access dasturlarida 11-sinflarda PhotoShop dasturida ishlash ko’nikmalariga ega
bo’ladilar. Shunday ekan bu dastur imkoniyatlar bilan tanish uchun birgina
kitobning o’zi kamlik qiladi. Bunday paytlarda o’quvchi amaliy bajarilgan
videoroliklarni ko’rish ham mavzuni yanada tushunishiga yordam beradi. Bunday
videoroliklarni har bir o’qituvchi tayyorlashi mumkin. Buning uchun video yozib
oluvchi dastur bo’lishi kifoya. Bunday dasturlar juda ko’p. Ularning safiga
Camtasio Studio, FSCapture dasturlarini kiritish mumkin.
Camtasia Studio dasturi – bu kompyuter monitori ekranidagi tasvirlarni yozib
olish imkonini beruvchi juda ham qulay kuchli dastur hisoblanadi. Ushbu dastur
yordamida biz ekrandagi jarayonlari oson tasvirga olishimiz, veb-kameralar orqali
22
videoga
olishimiz,
PowerPoint
taqdimotlarini,
hamda
audio
yozuvlarni
yaratishimiz mumkin. Dastur videoni tahrirlash imkonini beradi: turli effektlar
berish, to’g’rilash, ravshanlik, ularning o’lchamlarini almashtirish, kerakli
formatlarda saqlash va boshqalar. Camtasia Studio – video darsliklar, taqdimotlar
va boshqa shunga o’xshash kuzatuvchilarga namoyish etiladigan materiallar
yaratish uchun mo’ljallangan. Camtasia Studio dasturida monitor ekranidagilarni
video tasvirga olishdan tashqari videoni tahrirlash imkoniyati ham mavjud.
Camtasia Studio dasturidan foydalanib kompyuter monitorida yuz berayogan
barcha jarayonlarni osonlik bilan yozib borish mumkin. Monitor ekranidagi butun
sohani yoki uning alohida ajratilgan sohasini yozib olish mumkin, shundan so’ng
video va audioning turli effektlarini berishimiz mumkin bo’ladi. Monitor ekranida
kuzatilayotgan jarayonlarni yozib olish uchun yetarlicha yuqori unumdorlikka ega
bo’lgan kompyuter tanlansa ish unumdorligi ortadi albatta. Camtasia Studio
dasturining yana bir afzalligi shundaki, u o’zining shaxsiy TechSmit Screen
Capture Codec kodekiga ega bo’lib, tasvirni kodlashtirishda yaxshi natijalarni
beradi. Uning algoritmi tizimga bo’lgan ortiqcha yuklanishlarni minimallashtiradi,
shuning uchun ushbu dasturdan unumdorligi past bo’lgan kompyuterlarda ham
foydalanish mumkin. Dasturning asosiy imkoniyatlari:
1. Monitor ekranidagi va veb-kameralar orqali kuzatilayotgan jarayonlarni,
mikrofondagi ovozni sifatli yozib olish.
2. Videolavhalarga turli xil vizual effektlar berish.
3. Videoyo’laklarni kesib olish, birlashtirish, o’chirish va qo’shish.
4. Audio yozuvlar qo’yish va tahrirlash.
5. Videoni bizga qulay bo’lgan formatlarda saqlash SWF, FLV, AVI, MOV,
WMV, PPT, GIF, RM, CAMV. Video tasvirni ushlab olish funksiyasini bajarishga
mo’ljallangan dasturlar soni kun sayin ortiq bormoqda. Bu esa Internetda videokurslar va video-darslarning ko’payishi va ommalashishi bilan bog’liq. Ammo
ushbu dasturlarning barchasi ham bizga kerakli natijani bera olmaydi, Camtasia
Studio dasturi esa boshqalardan video tasvirni sifatli ushlab olishi bilan farqlanadi.
23
Dastur ish stolida sodir bo’layotgan barcha holatlarni yozib oladi, shu jumladan
kursor harakatini ham.
Dastur interfeysi(1-rasm).
Ish stoli; 2. Boshqaruv paneli; 3. Vaqt shkalasi; 4. Namoyish qiluvchi soha;
Camtasia Studio dasturida to’rtta utilitalar qamrab olingan: Camtasia Recorder,
Camtasia Theater, Camtasia Player, Camtasia MenuMaker. Camtasia Studio
dasturida yaratilgan lavhalar YouTube tipidagi saytlarda, iPhone apparatlarida,
shuningdek odatdagi shaxsiy kompyuterlarda videoni ko'rishga mo’ljallangan har
qanday dasturlarda a‘lo darajada ishlaydi va muayyan dasturiy muhitda ishlashni
o’rgatuvchi media fayllarni Internetda ko’plab uchratishimiz mumkin. Shu bilan
birga dastur tasvir sifatini hech qanday yo’qotishlarsiz saqlash va minimal hajmda
videoni saqlash imkonini beradi. Ish stolida navbatdagi lavhani yozib olgandan
so’ng, video va audio fayl aks etadi. Olingan natijani ko’rish va tahrirlash uchun,
uni sichqoncha orqali vaqt shkalasi maydoniga olib o’tish lozim. Camtasia Studio
dasturining boshqaruv paneli.Boshqaruv panelida quyidagilarga murojaat qilish
mumkin.
Camtasia Studio dasturida tasvirga olingan videolavhalar proigrvateli,
videolavhani tahrirlash va turli hil effektlarni qo’shish jarayonida uni ko’rish
uchun mo’ljallangan.
24
Uskunlara paneli. Uskunlara panelida dasturning har xil funksiyalari
to’plangan New Project – yangi loyiha yaratish. Open Project – ilgari yaratilgan
loyihani ochish. Save Project – loyihani saqlash. Import Media Files – media faylni
import qilish. Produce Video As – tayyor lavhani dastur quvvatlaydigan
formatlardan biriga o’tkazish. Undo – oldinga holatga qaytish. Redo – keyingi
holatga o’tish. Show/Hide Task List – boshqaruv panelini berkitish/ko’rsatish.
Launch other tools – boshqa utilitalarni ishga solish (Camtasia Recorder, Camtasia
Menumaker, Camtasia Audio Editor, Camtasia Theater, Camtasia Player).
Camtasia Studio Help – dastur bo'yicha yordam.
25
2.2 “PHOTOSHOPDA RANGLAR BILAN ISHLASH” MAVZUSI
BO’YICHA O’QUVCHILARNI MUSTAQIL ISHLASHINI
TASHKILLASHTIRISH UCHUN INNOVATSION
TEXNOLOGIYALARDADAN FOYDALANISH.
ADOBE PHOTOSHOP Windows muhitida ishlovchi kompyuterlar uchun
mo’ljallangan elektron ko’rinishdagi fototasvirlarni tahrir qiluvchi dasturdir.
Adobe
Photoshop
tasvir
tahrir
qiluvchisi
yordamida
fotosuratlarga
qo’shimcha kiritish, fotosuratdagi dog`larni o’chirish va eski rasmlarni qayta
ishlash va tiklash, rasmlarga matn kiritish, qo’shimcha maxsus effektlar bilan
boyitish, bir fotosuratdagi elementlarni o’zgartirish, almashtirish mumkin. Adobe
Photoshop imkoniyatlari keng qamrovli bo’lib, kitoblar, gazeta va jurnallarni turlituman rasmlar bilan boyitishda katta qulayliklar yaratadi.
Adobe Photoshop dasturni ishga tushirish uchun Windovs ning
asosiy
menyu tugmasini bosamiz, uning ichidan Программы bo’limini tanlaymiz va
Adobe nomli gruhdan Adobe PhotoShop nomli buyruqni tanlaymiz. Natijada
quyidagi oyna xosil qilinadi:
Ushbu oynaning yuqorisida menyu satri joylashgan. U quyidagilardan iborat:
Файл (File), Правка (Edit), Рисунок (Image), Слой (Layer), Выделение
26
(Select), Фильтр (Filter), Вид (View), Окно (Window) va Помощь (Help).
Uning tagida ish qurollarining xususiyatlari soxasi (Панель Свойств - Options
bar) joylashgan. Agar ushbu soxa ekranda yo’q bo’lsa uni Окно (Window)
menyusidagi Свойства (Options) buyrug’i yordamida ekranga chiqarishimiz
mumkin.
Xususiyatlar soxasi pastida ish soxasi joylashgan bo’lib, uning chap tomonida ish
qurollar soxasini (панель Инструментов - Toolbox) ko’rishimiz mumkin. Ish
soxasining o’ng tomonida har xil yordamchi soxalar joylashishi mumkin:
Слои - Layers, История - History, Каналы - Channel, Цвета - Color, Стили
- Style, Свойства кисти - Brushes, Свойства шрифта - Character va
boshqalar. Ushbu saxalarni ham Окно(Window) menyusidagi buyruqlar
yordamida ekranga chiqarishimiz va ekrandan olib tashlashimiz mumkin.
Yordamchi soxalarni kichkinalashtirishimiz ham mumkin. Buning uchun
soxaning yuqorisidagi kichkinalashtirish (свернуть) tugmasidan foydalanamiz.
Yordamchi soxalarda bizga eng kerakli bu ish qurollar soxasi (панель
27
Инструментов -Toolbox)
va qatlamlar soxasi (Слои- Layers). Yangi
PhotoShop faylini yaratish yoki eski faylni qayta ochish uchun menyu Fayldagi
Создать va Открыть buyruqlaridan foydalanamiz. Fayl yaratganimizda ekranda
Bu oynada uning nomini Name, tupini Preset, enini Width, bo'yini Height,
sifatini Resolution, ranglar holatini, orqa rangini tanlashimiz kerak bo’ladi.
Hammasini tanlagach ОК tugmasini bosamiz va natijada ekranda yangi bo’sh ish
soha xosil qilinadi.
Elektron rang palitrasi kompyuter grafikasida kullanilishi buyicha rassom
palitrasiga uxshash, yaʼni u uzida kup ranglarni saklaydi.
Elektron palitra tarkibi bir rangni uzida saklaydigan yacheykalardan iborat. Palitra
anik bir rang modelini kullaydi. Uning ranglarini esa bu model asosida yaratilgan
ranglardan iborat buladi.
Internet uchun yaratilayotgan tasvirlar xavfsiz palitralardan foydalaniladi.
Chunki yaratilayotgan grafik maʼlumot minimal xajmda va tarmokdagi
kurilmalarda tasvir uz aslini yukotmasligi zarur. Shuning uchun xavfsiz palitra 216
rangni uzida saklaydi.
RGB rang modeli.
28
RGB rang modeli addetiv xisoblanadi, yaʼni ixtiyoriy rangni 3 asosiy-kizil (red),
yashil (green), kuk (blue) ranglarning yigindisi sifatida xosil kilinadi. U
kompьyuter grafikasida elektron tasvirlarni yaratish va uzgartirish uchun xizmat
kiladi. Аsosiy rangning komponentini boshka komponentga kushganda yoruglik
taratish kuchayadi. Uch komponentni kushganda esa axromatik kul rang xosil
buladi. Аgar nurafshonlikni oshirsak ok rangga yakin rang xosil buladi.
SMUK rang modeli.
SMUK rang modeli subtraktiv xisoblanadi. Uni kuprok grafik maʼlumotlarni
nashr kilishda ishlatiladi.
SMUK komponentlarini ok rangdan asosiy ranglarni ayirish natijasida xosil
kiladi.
Moviy (cyan)=ok-kizil=kuk+yashil
Sarik (yellow)=ok-kuk=kizil+yashil
Punpurnыy (magenta)=ok-yashil=kizil+Ko’k
29
11-sinf Informatika va axborot texnologiyalari darsligi asosida
(12-mavzu)
PhotoShop dasturida eng ko’p bajariladigon amallardan biri bu rang tanlashdir.
Ranglarni tanlashni bir necha usullari bo’lib, ulardan biri ranglar palitrasidan
foydalanishdir.
PhotoShopda bu tizimdan yuqorida keltirilgan bir tizimdan ikkinchisiga o’tishda
foydalaniladi. Ya’ni bir tizimdan olingan rang avval Lab tizimiga o’tkaziladi,
so’ng undan boshqa tizimga o’tiladi.
«VEER» usuli
«VEER» usuli mavzuning ayrimtarmoqlarini muhokama qiluvchi kichik
guruhlar, har bir qatnashuvchi, guruhning faol ishlashiga qaratilgan.
Asosiy tushunchalar:
Aspekt (nuqtai nazar) bilan peradmet, xodisa, tushuncha tekshiriladi.
Afzallik – biror narsa bilan qiyoslangandagiustunlik, imtiyoz.
Fazilat – ijobiy sifat.
Nuqson – nomukammallik, qoidalarga, mezonlarga nomuvofiqlik.
Xulosa – muayyan bir fikrga, mantiqiy qoidalar bo’yicha dalildan
natijaga kelish.
30
ADOBE PHOTOSHOPDA RANG MODELLARI
«SMUK rang modeli»
Afzalligi
«RGB rang modeli»
Kamchiligi
Afzalligi
QAROR:
31
Kamchiligi
Bunda har bir piksel uchun bir bayt ajratiladi va kulrangni 256 ta tusidan biri
ko’rinishida bo’lishi mumkin.
32
XULOSA
O’quvchilarni
bugungi
kunda
jadal
rivojlanib
borayotgan
axborot
kommunikatsion texnologiyalar va hayotimizdan o’rni jadal ortib borayotgan
kompyuterlar bilan yanada yaqinroq tanishtirib, ularda kompyuterda mustaqil
ishlash, jumladan, kompyuterni ishga sozlash, windows muhitida ishlash
ko’nikmalarini
shakllantirish,
Kompyuter
grafikasi
tarkibidagi
PhotoShop
dasturida mustaqil ishlashga oid bilimlarni mustahkamlashga yo’naltirish, grafika
haqida boshlang’ich
ma’lumotlar bilan tushunchalar berish va yordamchi
dasturlari bilan tanishtirish ko’zda tutiladi. Hozirgi kunda o’quvchilarni
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan bilim darajasini zamon talablariga
javob beradigan darajada oshirish uchun Umumiy o’rta ta’limda Informatika va
axborot tsxnologiyalari fanidan mustaqil ishlashini qilish muhim ahamiyatga
egadir.
Darslikda Adobe PhotoShop dasturida ranglar bilan ishlashni qisqacha
bo’lsada o’zimda shakllantirdim va o’quvchilarga ham dars o’tish jarayonida
ranglar bilan ishlash ketma-ketligini yoritib berishga harakat qildim. PhotoShop
dasturida tasvir ishlarini olib borish va rang ranglardan foydalanish foydalanuvchi
uchun qulaydir.
33
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.
1. SH.M. Mirziyoyev. «Erkin va farovon demokratik O’zbekiston davlatini
birgalikda barpo etamiz». – Toshkent.: «O’zbekiston» NMIU, 2016 y.
2. Barkamol avlod – O’zbekistin taraqqiyotining poydevori. O’zbekiston
Respublikasining «Ta’lim to’g’risidagi» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
to’g’risida”gi qonunlari. – T.: “Sharq», 1998.-64 b.
3. Abduqodirov,
A.A.
Ta’lim
va
tarbiyada
zamonaviy
pedagogik
texnologiyalardan foydalanish uslubiyoti/ A.A.Абдуқодиров, A.X.Pardayev
- T.: «Tafakkur», 2014. -367 b.
4. R.Ishmuhamedov, M.Yuldashev. Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogik
texnologiyalar.–Т.:«Nixol», 2013. -279 b.
5. N.I.Taylaqov, A.B.Axmedov, M.D.Pardayeva. «Informatika va axborot
texnologiyalari». —T.: «Extremum - press», 2017 y, 12-dars.
6. Avdullayev E. o’quv-uslubiy majmua 2017.
INTERNET SAYTLARI:
1. www.ziyonet.uz
2. www.arxiv.referat.uz
3. www.tuit.uz
4. www.eduportal.uz
34
Download