project.gov.uz 17.01.2024 ЕДИНАЯ ЭЛЕКТРОННАЯ СИСТЕМА РАЗРАБОТКИ И СОГЛАСОВАНИЯ ПРОЕКТОВ НОРМАТИВНОПРАВОВЫХ АКТОВ Проект ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ВАЗИРЛАР МАҲКАМАСИ ҚАРОРИ Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish faoliyatini amalga oshirish qoidalari takomillashtirilishi munosabati bilan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida VQL-4867/23-3 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarishni yanada samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 15-avgustdagi 278-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, ko‘p kvartirali uylarni boshqarishni yanada takomillashtirish asosida sifatli kommunal xizmatlar ko‘rsatishni tashkil qilish hamda ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni va unga tutash yer uchastkasini talab darajasida saqlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish faoliyatini amalga oshirish qoidalariga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi mazkur qaror bilan kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyati bo‘yicha aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borsin. 3. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Sh.S. Xidoyatov zimmasiga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV 1 project.gov.uz 17.01.2024 Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish faoliyatini amalga oshirish qoidalari takomillashtirilishi munosabati bilan o‘zgartirish va qo‘shimchalar Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-yanvardagi 3-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish faoliyatini amalga oshirish qoidalarida: 1) 3-band quyidagi mazmundagi 2-xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari o‘z faoliyatini, ular vakolatli davlat organi tomonidan ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining elektron reestriga kiritilgandan so‘ng amalga oshiradi”; 2) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish (keyingi o‘rinlarda — boshqaruv faoliyati) mazkur ko‘p kvartirali uyni ekspluatatsiya qilish va uyga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha chora-tadbirlar, shu jumladan ko‘p kvartirali uyga tutash yer uchastkasidan foydalanishda qulay hamda xavfsiz sharoitlarini ta’minlash, umumiy mol-mulkni lozim darajada saqlash hamda ulardan foydalanish masalalarini hal etish bo‘yicha zarur bo‘lgan xizmatlar va ishlarni qamrab olgan chora-tadbirlar majmuini o‘z ichiga oladi”; 3) quyidagi mazmundagi 41-band bilan to‘ldirilsin: 1 4 .Har bir ko‘p kvartirali uy-joy qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqarilishi shart. Foydalanishga qabul qilingan kunidan uch oy o‘tgan, biroq boshqarish usuli yoki boshqarish organi tanlanmagan ko‘p kvartirali uylarga Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining hududiy bo‘linmalari tomonidan mazkur holat aniqlangan kundan uch ish kunidan kechiktirmay uch oy muddatga vaqtinchalik boshqaruvchi belgilanadi. Ushbu muddatda ko‘p kvartirali uy-joy mulkdorlarining umumiy yig‘ilishi o‘tkazilib, boshqarish usuli va/yoki boshqaruvchi tanlangan taqdirda vaqtinchalik boshqaruv muddati tugagan kundan keyingi sanadan boshlab tanlangan boshqaruvchi faoliyati boshlanishi mumkin. Agarda ko‘p kvartirali uy-joy mulkdorlari vaqtinchalik boshqaruv belgilangan muddatda boshqarish usuli va/yoki boshqaruvchini tanlamagan bo‘lsa, vaqtinchalik boshqaruv muddati uy mulkdorlarining mazkur masala yuzasidan qarori qabul qilingunga qadar uzaytiriladi. Ko‘p kvartirali uy-joy mulkdorlari va vaqtinchalik boshqaruvchi uyni vaqtinchalik boshqarish davrida hisoblangan, uyni boshqarish bilan bog‘liq barcha qarzdorliklar bo‘yicha majburiyatlarni vaqtinchalik boshqarish muddati tugagan sanadan 30 kundan kechiktirmay to‘liq bajarishi shart. Bunda, uyni boshqarish bilan bog‘liq hisob-kitoblar mazkur Qoidalarning 121 bandida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Ko‘p kvartirali uyni boshqarish yuzasidan joylar mulkdorlarining umumiy yig‘ilish qarori hamda vaqtinchalik boshqaruvchini belgilash to‘g‘risida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining hududiy bo‘linmasining buyrug‘i ko‘p kvartirali uydagi barcha mulkdorlar va boshqarish organi tomonidan bajarilishi majburiydir.” 4) 3-bob quyidagi tahrirda bayon etilsin: “3-bob. Ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni saqlash, undan foydalanish va uni joriy ta’mirlash hamda ko‘p kvartirali uyga tutash yer uchastkasini obodonlashtirishni tashkil etish” 5) 10-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: 2 project.gov.uz 17.01.2024 “10. Ko‘p kvartirali uylardagi umumiy mol-mulkning talab darajasida saqlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan xizmatlar va ishlarning minimal ro‘yxati (keyingi o‘rinlarda — minimal ro‘yxat) Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi”; 6) 12-bandi: quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Umumiy yig‘ilishda xizmatlar va ishlar ro‘yxatini tasdiqlash yuzasidan qaror qabul qilinmagan taqdirda, mazkur masala yuzasidan qaror qabul qilingunga qadar ko‘p kvartirali uyni boshqarish organi minimal ro‘yxat asosida ishlarni tashkil etadi”; 7) quyidagi mazmundagi 121-band bilan to‘ldirilsin: “121. Umumiy mol-mulkni saqlash, undan foydalanish va uni joriy ta’mirlash hamda ko‘p kvartirali uyga tutash yer uchastkasini obodonlashtirish uchun majburiy badallarning yoki to‘lovlarning (keyingi o‘rinlarda – majburiy badal va to‘lovlar) eng kam miqdori (keyingi o‘rinlarda – minimal tarif) Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan belgilanadi. Majburiy badal va to‘lovlar miqdori ko‘p kvartirali uy-joy mulkdorlarining umumiy yig‘ilishi qarori asosida belgilanadi. Bunda, majburiy badal va to‘lovlar miqdorining minimal tarifdan past etib belgilanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Umumiy yig‘ilishda majburiy badal va to‘lovlar miqdorini belgilash yuzasidan qaror qabul qilinmagan taqdirda, mazkur masala yuzasidan qaror qabul qilingunga qadar ko‘p kvartirali uyni boshqarish organi minimal tarif asosida hisob yuritadi. Alohida hollarda, minimal tarif miqdori ko‘p kvartirali uyni boshqarish harajatlarini qoplamagan taqdirda, uyni boshqarish organi tomonidan taqdim etilgan asoslangan hisob-kitoblar asosida mahalliy hokimliklar tomonidan mazkur uy uchun majburiy badal va to‘lovlar miqdori belgilanishi mumkin. Bunda, uyni boshqarish organi mazkur holat aniqlangan paytdan 3 ish kunidan kechiktirmay mahalliy hokimlikka murojaat qilishi; mahalliy hokimlik uyni boshqarish organi tomonidan mazkur masala yuzasidan murojaat kelib tushgan vaqtdan 5 ish kunidan kechiktirmay tegishli qaror qabul qilishi; uyni boshqarish organi va mulkdorlar holat aniqlangan oyning 1-sanasidan boshlab uyni boshqarish bilan bog‘liq o‘zaro hisob-kitoblarni qayta amalga oshirishi shart”; 8) 14-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “14. Boshqarish organi ko‘p kvartirali uyni boshqarish yuzasidan joylar mulkdorlarining umumiy yig‘ilish qarori yoki vaqtinchalik boshqaruvchini belgilash to‘g‘risida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining hududiy bo‘linmalari buyrug‘i asosida faoliyat yuritadi hamda xizmat ko‘rsatish sifati uchun javob beradi. Bunda, uyni boshqarish organi mazkur uyni boshqarish yuzasidan vakolat berilgan sanadan 10 kundan kechiktirmay billing tizimi va/yoki pochta orqali mulkdorlarga uyni boshqarish bo‘yicha shartnoma ofertasini (keyingi o‘rinlarda – oferta) yuboradi. Ko‘p kvartirali uy-joy mulkdorlari va boshqarish organi o‘rtasida shartnoma tuzish O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksining 377-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi”; 9) 15-bandidagi “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi” jumlasi “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi” jumlasiga almashtirilsin; 3 project.gov.uz 17.01.2024 10) 16-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “16. Boshqarish organi tomonidan boshqaruv faoliyati billing tizimi orqali amalga oshirilishi O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda —Inspeksiya) tomonidan nazorat qilib boriladi.”; 11) 19-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Lift uskunalari va umumiy foydalanishdagi isitish qozonlarining ishlashini doimiy monitoring qilish natijasida olingan ma’lumotlar avariya-dispetcherlik xizmati tomonidan alohida yuritiladigan jurnallarda aks ettiriladi va elektron shaklda saqlanadi.” 12) 20-bandga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin: a) ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Dispetcherlik xizmatiga kelib tushgan barcha shakl va turdagi murojaatlar belgilangan tartibda qayd etib borilishi;” b) quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “lift kabinasida insonlar va/yoki mavjud holatda avariyaviy to‘xtash yuz berganda, holat haqida xabar kelib tushgan vaqtdan 30 daqiqa ichida ularni lift kabinasidan chiqarib olishi shart. Bunda, lift uskunalari mavjud ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarida ish hajmidan kelib chiqqan holda, liftlarga xizmat ko‘rsatuvchi xodim (liftyor) shtati bo‘lishi majburiydir.”; 13) 22-bandi quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Dispetcherlik xizmatiga kelib tushgan har bir murojaatdagi holat bo‘yicha tegishli chora ko‘rilganli va/yoki bartaraf etilganligi yuzasidan murojaat qilgan shaxs yoki uning vakili tomonidan yozma shakldagi hujjatda yoki billing tizimi orqali tasdiqlanishi shart.”; 14) 31-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Ko‘p kvartirali uy-joyni mukammal ta’mirlash va rekonstruksiya qilish to‘g‘risidagi qaror joy mulkdorlarining Qonunda belgilangan tartibdagi umumiy yig‘ilishida qabul qilinadi. Ko‘p kvartirali uy-joyni mukammal ta’mirlash va rekonstruksiya qilish uchun boshqarish organi tomonidan har bir ko‘p kvartirali uy uchun yig‘im va/yoki to‘lovlarning alohida hisobi yuritiladi hamda uyni boshqarish bo‘yicha harajatlar tarkibiga kiritilmaydi. Ko‘p kvartirali uylarni joriy ta’mirlash bo‘yicha harajatlar uyni boshqarish bilan bog‘liq harajatlar tarkibiga kiradi hamda majburiy badal va to‘lovlar hisobidan amalga oshiriladi”. 15) 32-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Bunda, ko‘p kvartirali uylarning qismlarini ta’mirlash ishlari muhimlik darajasidan kelib chiqib quyidagi tartibda amalga oshirilishi shart: a) konstruktiv qismlari (fundament, tayanch va to‘siq konstruksiyalar, qavatlararo yopmalar, pillapoyalar va h.k); b) tom qismi hamda muhandislik tarmoqlari va uskunalari; v) kirish yo‘laklari va fasad qismlari; g) tashqi obodonlashtirish elementlari.” 4 project.gov.uz 17.01.2024 16) 33-bandi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Ko‘p kvartirali uyni boshqarish organlari Inspeksiya bilan kelishilgan grafik asosida bir yilda bir marta ko‘p kvartirali uy-joylarning konstruktiv qismlari va muhandislik tarmoqlarining butligini xatlovdan o‘tkazadi va Inspeksiyaga ma’lumot kiritib boradi”. 17) 34-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Ko‘p kvartirali uyni boshqarish usulini va/yoki boshqarish organini o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda joy mulkdorlarining umumiy yig‘ilishi vakolat boshqarish organi (keyingi o‘rinlarda – qabul qiluvchi) besh ish kunida yig‘ilishda qabul qilingan qarorning nusxasini ilova qilgan holda yig‘ilish o‘tkazilgan kunga qadar mazkur uyga ko‘p kvartirali uylarni boshqarish xizmatini ko‘rsatib kelgan boshqarish organiga (keyingi o‘rinlarda – topshiruvchi), shuningdek, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining tuman (shahar)lar bo‘limlariga (keyingi o‘rinlarda — Qurilish va uyjoy kommunal xo‘jaligi vazirligining hududiy bo‘limi) ma’lum qiladi.” 18) 35-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Topshiruvchi ko‘p kvartirali uyni boshqarish usuli va/yoki boshqarish organi o‘zgarganligi to‘g‘risida xabardor qilingan kundan e’tiboran 30 kalendar kuni ichida: ko‘p kvartirali uyning texnik hujjatlarini; kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari bilan uyni boshqarish bilan bog‘liq shartnomalar hamda ular bilan o‘zaro-hisob kitoblarni; mulkdorlar bilan uyni boshqarish yuzasidan amalga oshirilgan oshirilgan hisob-kitoblarni, shu jumladan qoldiq pul mablag‘larni; umumiy mol-mulk tarkibiga kiradigan bino, inshoot, texnik vositalarni hamda asbob-uskunalarni yangi saylangan boshqarish organiga topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida topshirishi hamda qabul qiluvchi ularni qabul qilib olishi shart. Bunda, uyning tijorat banklari oldidagi kreditor qarzdorligi bo‘yicha majburiyatlari qabul qiluvchiga o‘tkazilishi (vaqtinchalik boshqaruvchilar bundan mustasno); kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari oldidagi uyni boshqarish bilan bog‘liq majburiyatlar topshiruvchi tomonidan to‘liq bajarilishi; uyning mulkdorlari va topshiruvchining uyni boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zaro majburiyatlari to‘liq bajarilishi shart.” 19) Quyidagi mazmundagi 351-band bilan to‘ldirilsin: “351. Topshiruvchi mazkur Qoidalarning 35-bandida belgilangan muddatlarda qabul qiluvchiga uyni boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan qarzdorlik holati bo‘yicha tegishli hujjatlarni taqdim eta olmasa yoki bunday harakati/harakatsizligi sabablarini asoslab bera olmasa, qabul qiluvchi topshiruvchining debitor qarzdorligi bo‘yicha majburiyatlarni o‘z zimmasiga olmaydi. Uyning mulkdori topshiruvchi oldidagi uyni boshqarish bilan bog‘liq majburiy badal va to‘lovlardan bo‘yicha majburiyatini topshiruvchi uyni boshqarish bo‘yicha funksiyalarni qabul qiluvchiga topshirish kuniga qadar bajarmagan taqdirda, mazkur qarzdorlik topshiruvchi va qabul qiluvchi o‘rtasidagi topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida qabul qiluvchiga o‘tkaziladi. Bunda, qabul qiluvchi mulkdorning majburiy badal va to‘lovlar bo‘yicha topshiruvchi oldidagi 5 project.gov.uz 17.01.2024 qarzdorligini uyni boshqarish bo‘yicha funksiyalarni qabul qilib olgan kunidan 3 oy ichida undiradi va topshiruvchining hisob raqamiga yo‘naltiradi; Topshiruvchi uyni boshqarish funksiyalarini topshirish kunidan keyingi davr uchun kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalariga uyni boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar (xizmatlar) uchun oldidan to‘lovni amalga oshirgan taqdirda, tegishli kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari bilan tuzilgan taqqoslash dalolatnomasini ilovaga qilgan holda qabul qiluvchiga topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida topshiradi hamda qabul qiluvchi topshiruvchining ushbu harajatlarini to‘liq hajmda qoplab beradi. Vaqtinchalik boshqaruvdagi ko‘p kvartirali uyning tijorat banklari oldida kreditor qarzdorligi mavjud bo‘lgan taqdirda, tegishli tijorat bankining talabiga asosan vaqtinchalik boshqaruvchining kreditni so‘ndirish bo‘yicha alohida bank hisob-raqami ochiladi hamda belgilangan grafik asosida mulkdorlardan undirib boriladi. Mazkur Qoidalarning 35, 351- bandidagi masalalar yuzasidan yuzaga kelgan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sud organlari orqali hal etiladi.” 20) 36-bandning birinchi xatboshisi chiqarib tashlansin. 21) 37-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Dalolatnoma imzolagan kundan boshlab uning bir nusxasi ushbu Qoidalarning 35-bandida nazarda tutilgan hujjat, bino va inshootlar hamda asbob-uskunalarni qabul qilgan shaxs tomonidan besh ish kunidan kechiktirmasdan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining hududiy bo‘limiga yuborilishi kerak. Mazkur Qoidalarning 35-bandida nazarda tutilgan hujjat, bino va inshootlar hamda asbobuskunalarni ularni topshirishi shart bo‘lgan boshqarish organi tomonidan belgilangan muddatda topshirilmagan taqdirda, qabul qiluvchi boshqarish organi bu haqida Qurilish va uy-joy kommnal xo‘jaligi vazirligining hududiy bo‘limiga hamda Inspeksiyaga ma’lumot yuborishi lozim. 6