TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI MAGISTRATURA BO’LIMI 70310102- KOMPYUTER TIZIMLARI VA ULARNING DASTURIY TA’MINOTI YO’NALISHI I BOSQICH M 123-GURUH MAGISTRANTI ESHQUVVATOV NAVRO’Z NORMUROT O’G’LINING ILMIY TADQIQOT ISHI VA MAGISTRLIK DISSERTATSIYASINI TOPSHIRISHDAN TAYYORLAGAN HISOBOTI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI MAGISTRATURA BO’LIMI 70310102- KOMPYUTER TIZIMLARI VA ULARNING DASTURIY TA’MINOTI YO’NALISHI I BOSQICH 123-GURUH MAGISTRANTI ESHQUVVATOV NAVRO’Z NORMUROT O’G’LINING ILMIY PEDAGOGIK ISHIDAN TAYYORLAGAN HISOBOTI Termiz Davlat Universiteti magistratura bo’limi Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta’minoti mutaxassisligi 1-kurs magistranti Eshquvvatov Navro’z Normurot O’g’lining 1-semestrdagi ilmiy pedagogik ishlarning yakuni bo’yicha tayyorlagan Hisoboti 1-semestr davomida ilmiy pedagogik ishlarni qanday yuritish va olib borish bo’yicha ilmiy rahbardan va kafedradagi proffesor o’qituvchilardan kerakli ma’lumot va ko’rsatmalarni olindi. Unga ko’ra Komyuter va dasturiy injiniring hamda Amaliy matematika kafedrasidagi o’qituvchilar dars mashg’ulotlari kuzatilib tahlil qilindi. Har oyda ikkitadan dars, jumladan oktabr oyida F. Tursunovning bitta ma’ruza hamda bitta amaliy, noyabr oyida M.Qo’lboshevning 1ta amaliy hamda 1ta labaratoriya mashg’uloti hamda R.Xurramovning 1ta maruza va 1ta amaliy dars mashg’ulotlarini kuzatildi va tahlil qilindi. Kafedraning yetakchi oʼqituvchilarining maʼruza, amaliy hamda tajriba mashgʼulotlarida qatnashildi va ularning mashgʼulotlari boʼyicha tahliliy maʼlumotlar tayyorlanib, ilmiy rahbar tasdigʼidan oʼtkazildi. Kompyuter tizimlari fanidan amaliy darslarni oʼtkazish boʼyicha uslubiy xujjatlarni tayyorlashda qatnashildi: mavzular boʼyicha nazorat savollari, keys-stadiylar, test, muammoli vaziyatlar savollar. Oʼquv topshiriqlari majmuasini ishlab chiqish boʼyicha koʼnikma hosil qilindi. Savollar va topshiriqlar majmuasini ishlab chiqish boʼyicha koʼnikma hosil qilindi. Axborot tizimlari, Kompyuter tizimlari hamda Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari fanidan uslubiy ko’rsatmalarni tahlil qilindi. Ilmiy rahbar maslahatiga asosan kompyuter tizimlari fanidan 150 ta nazorat test savollari tuzilib, tahlil qilindi, mutaxassisligi bo’yicha DTS talablari va malaka talablari bilan tanishib chiqildi, ilmiy rahbar ko’rsatmasi va ko’magida kompyuter tizimlari fanidan fanning ishchi dasturi, kalendar tematik reja ishlab chiqish o’rganildi va tayyorlandi. Talabalar turar joyida ma’naviymarifiy tadbirlarning o’tkazilishi kuzatildi. Shu bilan birga, darsdan tashqari vaqtlarda amaliy matematika kafedrasidagi ba’zi bir me’yoriy hujjatlar bilan tanishib borilmoqda. Kafedra mudiri: i.f.d. prof. O.Q. Xatamov Magistr: Eshquvvatov N Termiz Davlat Universiteti magistratura bo`limi Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta’minoti; mutaxassisligi 1-kurs magistranti Eshquvvatov Navro’z Normurot O’g’lining ilmiy tadqiqot ishi va magistrlik dessertatsiyasini yozish bo’yicha I semestr davomida bajargan ishlar Hisoboti I semestr davomida magistratura bo’limi tomonidan o’quv jarayoniga kiritilgan dars jadvali asosida o’quv mashg’ulotlarga qatnashildi. Oktabr oyida magistrlik dessertatsiya mavzulari olinib, ilmiy rahbar tayinlandi. Menga ilmiy rahbar sifatida i.f.d. (DSc), professor O.A.Abdug’aniyev tayinlanib, magistrlik dessertatsiyasi mavzusi sifatida “Gretl dasturi imkoniyatlaridan foydalanib qishloq xo’jaligi mahsulotlari hosildorlik ko’rsatkichlarini modellashtirish” mavzusi berildi. Shu bilan birga, ilmiy rahbar maslahatchisi, fan doktori professor O.Q. Xatamov bilan magistrlik dissertasiyasi ishini mundarijaga asosan ilmiy rahbari tavsiya qilgan adabiyotlardan ko`rib ma’lumotlarni tahlil qildi. Muloqot jarayonida magistrlik dissertatsiya I-bobi bo’yicha qilinishi kerak bo’lgan ishlar ko’rib chiqildi, hamda ushbu yo’nalishga tegishli ilmiy adabiyotlar bilan tanishish masalalarini ilmiy rahbari, i.f.d. (DSc), professor O.A.Abdug’aniyevning maslahatlari asosida amalga oshirishga harakat qilindi. Shu bilan birga, magistr sifatida ilmiy rahbari, i.f.d. (DSc), professor O.A.Abdug’aniyev bilan magistrlik dissertasiyasi bo’yicha qilgan ishlarini ilmiy rahbari bilan tahlil qilindi va qilingan xato va kamchiliklar yuzasidan tushunmagan joylariga ilmiy rahbaridan maslahatlar olish uchun suhbat o’tkazildi. Muloqot jarayonida magistrlik dissertatsiya mavzusining aktualligi, bajariladigan tadqiqot ishlari, hamda ushbu yo’nalishga tegishli ilmiy adabiyotlardagi ma`lumotlarni chuqurroq o`rganib chiqishi kerakligini tushuntirildi va ilmiy rahbari, i.f.d. (DSc), professor O.A.Abdug’aniyevning maslahatlari asosida amalga oshirishga harakat qilindi. Shuningdek, ilmiy rahbar yordamida “Kriptografik algoritmlar” mavzusidagi maqola tayyorlanib, Journal of science-innovative research in Uzbekistan ilmiy jurnalida nashr ettirildi. Darsdan tashqari vaqtlarda dissertatsiya mavzuiga doir monografiyalarni izlab ,ularni o’rganib borildi. Bu kabi monografiyalarni olish uchun ta’lim saytlari va boshqa platformalarga a’zo bo’lib kelinmoqda.Shuningdek, magistrlik dissertatsiyasi rejasiga muvofiq tavsiya qilingan bir necha darslik va o’quv qo’llanmalarini kutubxonadan olib, ulardagi dissertatsiya mavzusiga tegishli mavzular bilan tanishib chiqgan holda yil davomida ilmiy ishi yuzasidan bajargan barcha ma`lumotlarni ilmiy maslahatchiga ko’rsatildi va ilmiy rahbarni fikr mulohazalari va ko’rsatmalari olindi.. Mundarija ilmiy rahbar bilan birgalikda tuzilgan holda, I bob ikkita paragrafi shakllantirildi. Ilmiy rahbar: O.A.Abdug’aniyev Magistr: N.Eshquvvatov Termiz Davlat Universiteti magistratura bo’limi Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta’minoti mutaxassisligi 1-kurs magistranti Eshquvvatov Navro’z Normurot O’g’lining 2023-yil noyabr oyi Hisoboti 2022-noyabr oyi davomida magistratura bo’limi tomonidan o’quv jarayoniga Kiritilgan dars jadvali asosida mashg’ulotlarga qatnashildi. Dars mashg`ulotlari davomida fan o`qituvchisi tomonidan pedagogik tajribani oshirish maqsadida berilgan mustaqil ishni amaliy mashg’ulot davomida o`z kursdoshlariga tushuntirib berishga harakat qilindi. Noyabr oyi davomida M.Qo’lboshevning 14-noyabr kuni matematika va informatika yo’nalishi 221-guruh talabalariga o’tgan ma’ruza mashg’ulotiga kirib, tahlil qilindi. Mashg’ulot davomida pedagogik mahorat oshirish maqsadida yangi metodlar o’rganildi. 27-noyabr kuni M.Qulboshevning matematika va informatika yo’nalishi 221-guruh talabalariga o’tgan ma’ruza mashg’ulotiga kirib, dars tahlili qilindi. Dars yakunida xulosa va takliflar berildi. Shu bilan birga, kompyuter tizimlar fanidan nazorat test savollari tayyorlash bo’yicha ko’rsatmalar olindi. Olingan ko’rsatma va tavsiyalar asosida kompyuter tizimlari fanidan 150ta test tayyorlandi. Darsdan tashqari vaqtlarda Informatika va axborot texnologiyalari kafedrasidagi ba’zi bir me’yoriy hujjatlari bilan tanishib borildi. Ilmiy rahbar: F.Jumayev Magistrant: Allanazarova D Termiz Davlat Universiteti magistratura bo’limi Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta’minoti mutaxassisligi 2-kurs magistranti Eshquvvatov Navro’z Normurot O’g’lining 2023-yil dekabr oyi Hisoboti yil dekabr oyi davomida o’quv mashg’ulotlar rejasi bo’yicha darslarga to`liq qatnashildi. Bundan tashqari o’quv rejadagi fanlar asosida oraliq va joriy nazorat ishlarini topshirib yaxshi baholar olindi. Shu bilan birga Komyuter va dasturiy injiniringi hamda Amaliy matematika kafedrasidagi o’qituvchilar dars mashg’ulotlari kuzatilib tahlil qilindi. Dekabr oyi davomida R.Xurramovning 14-dekabr kuni Filologiya va tillarni o’qitish yo’nalishi 423-guruh talabalariga o’tgan tajriba mashg’ulotiga kirib, tahlil qilindi. Mashg’ulot davomida pedagogik mahorat oshirish maqsadida yangi metodlar o’rganildi. 15-dekabr kuni R.Xurramovning yengil sanoat yo’nalishi 223-guruh talabalariga o’tgan ma’ruza mashg’ulotiga kirib, dars tahlili qilindi. Dars yakunida xulosa va takliflar berildi. Jadvalga asosan tashkil etilgan navbatdagi amaliy-seminar mashg’ulotida Axborot tizimlarida “|Sinflar diagrammasi” mavzusi bilan qatnashildi. Ma’ruzada class (sinflar) diagrammasi, sequence (ketma ketlik) diagrammasi, Mind on Map online UML dasturiy vositasi haqida aytib o’tildi. Ushbu maruza bo’yicha Phd Muqaddas Zaripova so’zga chiqib o’z fikrlarini bildirdi va mavzuga ba’zi ma’lumotlarni qo’shimcha tarzida aytib o`tdilar. Ilmiy rahbar: F.Jumayev Magistrant: Allanazarova D Termiz Davlat Universiteti magistratura bo`limi Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta’minoti mutaxassisligi 1-kurs magistranti Eshquvvatov Navro’z Normurot O’g’lining 2023-yil oktabr oyi Hisoboti 2023 oktabr oyi davomida magistratura bo`limi tomonidan o`quv jarayoniga kiritilgan dars jadvali asosida mashg’ulotlarga qatnashildi. Shu bilan birga Komyuter va dasturiy injiniringi hamda Amaliy matematika kafedrasidagi o’qituvchilar dars mashg’ulotlari kuzatilib tahlil qilindi. Oktabr oyi davomida F.Tursunovning 4-oktabr kuni yengil sanoat yo’nalishi 123-guruh talabalariga o’tgan ma’ruza mashg’ulotiga kirib, tahlil qilindi. Mashg’ulot davomida pedagogik mahorat oshirish maqsadida yangi metodlar o’rganildi. 20-oktabr kuni F.Tursunovning yengil sanoat yo’nalishi 123-guruh talabalariga o’tgan amaliy mashg’ulotiga kirib, dars tahlili qilindi. Dars yakunida xulosa va takliflar berildi. Shu bilan birga, axborot tizimlari fanidan o’quv ishchi dasturi tayyorlash bo’yicha ko’rsatmalar olindi. Olingan ko’rsatma va tavsiyalar asosida o’quv ishchi dasturi tayyorlandi. Darsdan tashqari vaqtlarda Informatika va axborot texnologiyalari kafedrasidagi ba’zi bir me’yoriy hujjatlari bilan tanishib borildi. Ilmiy rahbar: O.Abdug’aniyev Magistrant: Eshquvvatov N