NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI “Himoyaga ruxsat etildi” “Boshlang’ich ta’lim ” fakulteti dekani _______________________ “___”_____________2023 _______________________________________________ 3-kurs talabasi 301-guruh talabasi Nurmetova Nafosat Doniyor qizining “Oliy ta'limda matematika o'qitish metodikasi” fanidan KURS ISHI MAVZU: Boshlang'ich sinflarda hajm tushunchasini o'rgatish metodikasi “Tasdiqlayman” Ilmiy rahbar: _______________ _______________kafedrasi mudiri kafedrasi o’qituvchisi ________________ _____ Sh.O.Meliyev _____ “___”___________ 2023 yil Toshkent 2023 1 MUNDARIJA: Kirish………………………………………………………………………………3 I BOB Boshlang'ich sinflarda hajm tushunchasini o'rgatish metodikasi 1.1 Hajm (sig‘im) va uning o‘lchov birliklari…………………………………5 1.2 Boshlang‘ich sinflarda miqdor tushunchasi……………………………….8 II BOB Aralash bo’lim.Uzunlik o’lchovi va sodda misol va masalalar 2.1 Uzunlik va uning o‘lchov birliklari……………………………………......11 2.2 Mavzulashtirilgan testlar………………………………………………….14 Xulosa………………………………………………………………………..29 Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………..32 2 Kirish Mavzuning dolzarbligi. Davlatimiz rahbari Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan soha vakillariga yoʻllagan tabrik nutqida taʼkidlaganidek, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham ilm-fan, taʼlim va tarbiyadir.Shuning uchun ham, Oʻzbekistonda taʼlim tizimini kompleks rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash maqsadlariga katta kuch va mablagʻlar yoʻnaltirilmoqda. Maktabgacha taʼlim, maktab va oliy taʼlim tizimlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatida sifat oʻzgarishlari roʻy bermoqda.1 Boshlang‘ich sinflar dasturida arifmetik material bilan uzviy bog‘liqlikda turli miqdor o‘rganish nazarda tutiladi. Bularsiz tabiatni, borliq olamni o‘rganish mumkin emas. Miqdorlarda turli obyektlarning borliq dunyoning xossalari aks etgan. Miqdor bu narsa yoki xodisaning biror xossasi bo‘lib, uni boshqa narsa yoki hodisaning shunday xossasi bilan taqqoslash mumkin va ulardan qaysi biri shu xossaga ega ekanligini bilish katta ahamiyatga ega. Hajm tushunchasi murakkab tushuncha bo‘lib, boshlang‘ich maktabning vazifasi shuki, u bolalarda miqdorlarni o‘rganishning tushunish usulini tadbiq qilishdir. Natijada bolalarda miqdorlar narsalar va hodisalarning o‘lchash bilan bog‘liq bo‘lgan xossalari ekanligi haqida tasavvurlar hosil bo‘lishi kerak Boshlang‘ich maktabda bolalarga uzunlik, yuza, sig‘im, massa, vaqt haqida dastlabki tasavvurlar beriladi. Har bir miqdorni o‘rganish uslubiyotining o‘ziga xos hususiyatlari mavjud bo‘lsada, biroq narsa yoki hodisaning hossalarini o‘rganishga umumiy yondashish miqdorlarni o‘rganishning umumiy uslubiyoti haqida chiniqish imkonini beradi. Bu uslubiyot asosida amaliy usul yotadi. Narsalar bilan ishlash asosida aniq xissiy qabul qilish qobiliyatiga tayanib, kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarini miqdorlar uchun umumiy bo‘lgan xossalar bilan tanishtirish. 1 Sh.M.Mirziyoyev. “Erkin va farovon demokratik O’zbekiston Davlatini birgalikda barpo etamiz” –T.: “O’zbekiston” 2016-y -56-b. 3 Boshlang‘ich sinflarda miqdorlarni o‘rganish bo‘yicha darsni tashkil etish rejasi taxminan quydagi bosqichlardan iborat. Kurs ishining maqsadi. Boshlang’ich sinf matematika darsligi bilan tanishib chiqish, o’rganish va ularni tahlil qilish. Kurs ishining ob’ekti. Boshlang’ich sinf matematikasiga oid o’quv materiali mazmuni, o’qitish metodikasi va uni o’zlashtirish jarayonlari. Kurs ishining predmeti. Boshlang’ich sinf matematikasiga oid o’quv materialini o’rganishda texnologik yondashuvga asoslangan usullarini topish. Kurs ishining tuzilishi. Ish kirish, 2 ta bob, boblarga tegishli paragraflardan, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. 4 I BOB Boshlang'ich sinflarda hajm tushunchasini o'rgatish metodikasi 1.1 Hajm (sig‘im) va uning o‘lchov birliklari Miqdor haqidagi tasavvurlarni rivojlantirishda hajm va massa bilan tasvirlanadigan xossalari bilan tanishtirish yordam beradi. Idishlarning sig‘imi va “litr” tushunchalarining kiritilishi narsalarning xossalari haqida fazoviy tasavvurlarning rivojlanishiga yordam beradi.2 “Litr” darsiga tayyorgarlik davrida bolalarda narsalarning hajmiy hossalari haqidagi tasavvurlarning shakllanishiga yordam beradigan mashqlarni kiritish lozim. 1.Qaysi shar katta 2. Bolalar qumli maydonchada o‘ynashmoqda. Qoliplardan figuralar yasashmoqda. (Qoliplar ko‘rsatiladi). Qaysi qolipga ko‘proq qum sig‘adi? 3. Choy va osh qoshiqlarda bir stakan qum o‘lchab ol. Nega bir xil miqdordagi qum turli sonlar bilan ifoda qilindi? O‘lchovlar soni o‘lchovning o‘ziga qanday bog‘liq? va hakazo. “Litr” mavzusi bo‘yicha dars parchasini keltiramiz. O‘qituvchi: Oldingi darslarda biz sochiluvchan narsalarni o‘lchagan edik. SHunday o‘lchovlarning o‘zidan suyuqliklarini o‘lchashda ham foydalanish mumkin. Siz qanday suyuqliklarni bilasiz? O‘quvchilar: suv, sut, sho‘rva, qatiq, qaymoq, benzin, kampot, ... O‘qituvchining misolida ikkita manzara bor. Biri keng ikkinchisi tor. Ikkisida ham suv satxi bir xil. Ikkita o‘lchov stakanchalar ham bor. Ular 1 va 2 bilan nomerlangan. O‘qituvchi: qaysi idishda suv ko‘pligini qanday isbotlash mumkin? O‘quvchilar: ikkinchi idish kengroq, unda suv ko‘p. O‘qituvchi shakli har xil ikkita idish qo‘yadi, ulardagi suyuqlik satxi bir xil. 2 Jumayеv M.E, Tadjiyeva Z.G`. Boshlang`ich sinflarda matеmatikadan fakultativ darslarni tashkil etish mеtodikasi. Toshkеnt. “TDPU”, 2005 yil. 5 O‘qituvchi: endi qaysi idishdan suv ko‘proq? O‘quvchilar chamalay boshlaydilar, o‘qituvchi ularni o‘lchov stakanchani olib o‘lchash kerak degan hulosaga olib keladi6. Bir idishda 5 ta o‘lchov, ikkinchi idishda esa shunday 3 ta o‘lchov borligini aniqlaymiz. Xulosa qilinadi. Keyin o‘lchashlar ikkinchi o‘lchov bilan takror amalga oshiriladi. (0›0). Xulosa qilinadi. Keyin o‘lchashlar ikkita o‘lchov bilan o‘tkaziladi. Birinchi idishdagi suv miqdori katta o‘lchov bilan, ikkinchi idishdagi suv miqdori esa kichik o‘lchov bilan o‘lchanadi. O‘lchash natijalari qarama-qarshi xulosaga olib keladi. Buni muhokama etib, bolalar idishlardagi suyuqliklarning miqdorini o‘lchash uchun bitta o‘lchovdan foydalanish kerak degan hulosaga keladilar. O‘qituvchi 1 litr yozuvli metall krujkani ko‘rsatadi va umumqabul qilingan o‘lchovning nomini aytadi. Suyuqliklar yoki sochiluvchan jismlar sig‘imini o‘lchash uchun zarur bo‘lgan holatlar sig‘imlarini o‘lchash yoki hajmlarini o‘lchash deb ataladi. So‘ngra suv o‘lchovdan 1 metrli bankaga quyiladi. Nima uchun banka 1 litrli deb atalishini aniqlaymiz. Krujka yoki bir litrli banka bilan balonlarga suv quyamiz. Ikki litrli va uch litrli ballonlar bilan tanishamiz. Bolalar o‘z uylarida limonad va kefir shishalarini ko‘p ko‘rganliklari sababli 1 l suv ikkita limonad yoki kefir shishalariga to‘lishini ko‘rsatish foydalidir. Do‘konda ba’zi narsalar litrlab sotiladi. Do‘kon o‘yinini o‘ynash foydalidir. Sotuvchi haridorlarga sutni (bo‘yagan suv) butilkalarda, kastrulkalarda, chelaklarda sotadi. Ko‘z alashni rivojlantiradigan mashqlar foydalidir. (oldin hajm ko‘z bilan chamalanadi, keyin esa o‘rganadi). Ikkita idishdagi suyuqlik miqdorlarini tenglashtirishga oid mashqlar bolalarda qiziqish uyg‘otadi. 1. Bir idishda 3 litr suv, ikkinchi idishda 2 litr suv bor. Ikkala idishdagi suv bir xil bo‘lishi uchun nima qilish kerak? (Ikki litrga 1 l quyish yoki 3 l dan 1 l ni olish kerak). Ishni ikkita bir xil idishda suv olib, amaliy bajarish kerak. 6 2. Bir idishda 3 l suv, ikkinchi idishda undan 2 l ko‘p suv bor. Ikkinchi idishdagi suv 1 l ko‘p bo‘lishi uchun nima qilish kerak? Bu masalaning turli yyechilish usulllarini ko‘rib chiqish foydali bo‘ladi. a) O‘quvchilar 1 idishga 1 l suv quyishni taklif etishadi. Bu usul amalda tekshiriladi. O‘lchash natijasida birinchi idishda 4 l suv, ikkinchi idishda 5 l suv bor ekan. 5›4.3 b ) Birinchi idishga 2 litr, ikkinchi idishga 1 l suv qo‘yiladi. 5 ‹ 6 . Bunday masalalarni yechish jarayonida sig‘imlarni o‘lchash bo‘yicha zaruriy uquvi rivojlanadi. 3 “ Boshlang’ich ta’lim ”, “ Maktab va hayot ”, “ Ta’lim muammolari ” “Uzliksiz ta’lim “ va boshqa ilmiy – uslubiy jurnallar, hamda “Ma”rifar” gazetasi. 7 1.2 Boshlang‘ich sinflarda miqdor tushunchasi Matematikada o‘rganiladigan asosiy tushunchalardan biri miqdor tushunchasidir. Boshlang‘ich sinflarda uzunlik, jismning massasi va hajmi, vaqt, figuraning yuzi kabi miqdorlar o‘rganiladi. Boshlang‘ich sinflarda bu miqdorlarni asosiy miqdorlar deyiladi. Bundan tashqari boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ba’zi hosilaviy miqdorlar (tekis harakat tezligi va boshqalar) bilan ham tanishadilar. Hosilaviy miqdorlarni o‘rganishda ularni o‘lchash masalasi o‘rganilmaydi. Miqdorlar, xuddi raqamlar kabi boshlang‘ich sinflarda matematika mashg‘ulotlarining asosiy tushunchasi bo‘lib, bolalarda miqdor haqida predmetlar va voqiylikka aloqador va o‘lchov bilan bog‘liq sifat tasavvur hosil qilish uchun foydalaniladi.4 1-2-sinflarda o‘quvchilar uzunlik, massa, (og‘irlik) hajm, vaqt haqida va ularning o‘lchov birliklari haqida tasavvurga ega bo‘ladilar. Misollarni yechish jarayonida ular baho, qiymat, miqdor, narx, tezlik, masofa, unumdorlik tushunchalari bilan tanishadilar. Mavzuni o‘rganish jarayonida shunga erishish zarurki, o‘quvchilar o‘zaro bog‘liq, ammo mutlaqo boshqa-boshqa mazmunga ega bo‘lgan “Miqdor va raqam” tushunchalarini aniq farqiga bora olishlari kerak. Masalan, sim o‘ramidan bir bo‘lak kesib olib, o‘lcham birligi detsimetrdan foydalanib, 1 dm, 2 dm, 3 dm, ..., 20 dm kabi uzunliklarni belgilab boramiz. Ya’ni mazkur o‘lcham birligini sim uzunligi bo‘yicha ketma-ket qo‘yish bilan o‘lchaymiz va tegishli nomi bilan – (20 dm) yozib qo‘yamiz. Agar boshqa o‘lcham birligi, masalan, santimetrdan foydalangan bo‘lsa, miqdorning raqam belgisi o‘zgacha bo‘lganiga erishamiz. Bu raqamni ham tegishli nomi bilan (20 sm) yozib qo‘yamiz. Metr o‘lcham birligidan foydalansak mazkur miqdorning yana bir raqami ko‘rinishga ega bo‘lamiz (2 m). Raqam va o‘lchamlar tushunchalarini o‘zaro farqlash uchun bu bosqisda mazkur yordamlardan nixoyatda ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak bo‘ladi. Jumayеv M.E, Bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi. (KHK uchun ) Toshkеnt. “Ilm Ziyo” , 2005 yil 4 8 78,40,11,99 kabi misollardan belgilarni qo‘llash bilan bog‘liq mashqlarni shakllantirishda, aynan raqamlarning (sonlarning) o‘zini solishtirish zarurligi 23 sm, 2 dm, 5dm, 1m kabi mashqlarni yechishda esa miqdorlar taqqoslashayotganini qaytaqayta takidlanishi lozim.Miqdor va son (raqam) iboralarni qo‘llash bilan bog‘liq boshqa mashqlar ham shu kabi aniq va tushunarli ifodalanishi kerak. Masalan; “385 va 481 sonlarini qo‘shing”, yoki “3 m 85 sm hamda 4 m 81 sm miqdorlarni qo‘shing” kabi. U yoki bu miqdor haqida tasavvurni shakllantirish va ularni o‘lchash usullari o‘ziga xoslikka ega bo‘lsa ham, har bir miqdorni o‘rganishda umumiy bosqichlarni aloxida takidlash maqsadga muvofiq bo‘lar edi O‘qituvchi harbir miqdorni o‘rganish jarayonida ana shularga tayanib,o‘quvchilar faoliyatini quyidagicha tashkil etish mumkin. Vaqt o‘rgatish bo‘yicha metodik sxema 1. Bolalarda mavjud mazkur miqdorlar haqidagi tushunchalarni aniqlash (bolalarni hayotiy tajribasiga murojaat etish). 2. Bir xil nomli miqdorlarni solishtirishi (chamalab ko‘rinish, o‘lcham va boshqa xil usullar bilan).5 3. Mazkur miqdorning o‘lchov birligi va o‘lchov asboblari bilan tinishtirish. 4. O‘quvchilarda o‘lcham ko‘nikmalari hosil qilish. 5. Bir xil nomdagi miqdorlarni qo‘shish va ayrish (masalalarni yechish jarayonida). 6. Miqdorlarni yangi o‘lchov birliklari bilan tanishtirish, bir nomdagi miqdorlarni boshqa o‘lchov birliklariga aylantirish. Ikki bir xil nomli o‘lchov birliklarini bitta ikki nomli o‘lchov birligiga aylantirish va aksincha. 7. Ikki xil nomli miqdorni qo‘shish va ayirish. 5 Haydarov M., Hasanboеva O. Pеdagogik amaliyotni tashkil etish mеtodikasi. Toshkеnt. TDPU, 2003 yil. 40 bеt 9 8. Miqdorlarni sonlarga ko‘paytirish va bo‘lish. Turli miqdorlar haqida tasavvurlarni shakllantirish maqsadida turli amaliy mashqlar va misollar bajariladi, namoyish etiluvchi va alohida ko‘nikmali vositalardan foydalaniladi. Bu ish barcha o‘quvchilar ishtirokida, alohida-alohida har bir o‘quvchi bilan va guruh usulida amalga oshiriladi. O‘quvchilar “Miqdor” tushunchasining asosiy belgilarini turli xil amaliy mashg‘ulotlar davomida va turli xil muammoli sharoitlar tufayli o‘zlashtirib oladilar. Miqdorlar va ularning o‘lchov birliklari bilan tanishuv nafaqat amaliy ahamiyatga mashq, ayni vaqtda u o‘quvchilarda hayotiy muammolarni ko‘ra bilish imkoniyatini shakllantirish va shu bilan ularning bilishga qiziqish ishtiyoqini rivojlantirishga imkon beradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga “Miqdor” tushunchasini o‘rgatishda Oliygohni endi bitirgan yangi o‘qituvchidan quyidagi talablarga amal qilishi talab etiladi: - maktabning qaysi sinflarida matematikakursi (fani) o‘quvchilar qanday miqdorlar va ularning o‘lcham birliklari bilan tanishishlarini lozimligini; - boshlang‘ich sinflarda miqdorlar haqida tushunchalar tasavvurlarini shakllantirishga umumiy yondashishni bilishi kerak va shuningdek; - uzunlik,massa,hajm, vaqt va maydonlarni o‘rganishda o‘quvchilarda miqdorlar haqida tasavvurni shakllantirishi uchun umumiy yondashuvni qo‘llay ola bilishi; - maqsad sari yo‘naltirilgan amaliy ishlarni tashkil eta bilishi; - miqdorlarni o‘rganishda turli xil vositalardan foydalanishi,o‘quvchilarda o‘lchash bilan bog‘liq ko‘nikmalarni shakllantirish metodikasini amalda ko‘llay olishi lozim. 10 II BOB Aralash bo’lim.Uzunlik o’lchovi va sodda misol va masalalar 2.1 Uzunlik va uning o‘lchov birliklari Bolalar uzunlik jismning davomiyligini narsaning o‘lchamlarini tasvirlaydigan xossasi ekanini maktabgacha bo‘lgan davrdayoq tassavur qila oladilar. Bolalar uzunroq– qisqaroq, keng-tor, baland-past, yo‘g‘on-ingichka, munosabatlarni to‘g‘ri aniqlay oladilar. O‘qitishning navbatdagi vazifasi-o‘lchash ishining mohiyatini ochib berish, uzunlikning turli o‘lchov birliklarining ahamiyatini ko‘rsatish va o‘lchov asboblaridan foydalanishga o‘rganishdan iborat. Tayyorgarlik bosqichining birinchi davridayoq o‘qituvchi “miqdor” tushunchasini rivojlantirish imkoniyatiga ega. “Miqdor” so‘zining o‘zi ko‘pchilik bolalarga tushunarli emas, chunki bu so‘zni ular kam ishlatadilar. O‘qituvchining vazifasi narsalarning hossasi taqqoslanayotganda bu taqqoslashni miqdor jihatdan ifoda qilish mumkinligini miqdor haqida so‘zlash mumkinligini har doim ko‘rsatib berishdan iborat.6 “Uzun qisqa ” mavzusi bo‘yicha dars parchasini keltiramiz. Darsning maqsadi. Uzunlik tushunchasini jismning o‘lchamlarini tavsiflaydigan hossasi sifatida shakllantirish. Ish narsalarning uzunliklarini ko‘z bilan chamalab va ustiga qo‘yish usuli bilan taqqoslashdan boshlanadi. Amaliy ish. Gorizantal tortilgan ipcha eni bir xil, lekin rangi va uzunliklari turlicha bo‘lgan tasmalar ilingan.Bolalar qaysi tasma uzunroqlinini, qisqaroqligini, bir xil uzunlikda ekanligini ko‘z bilan chamalab aniqlaydilar. O‘qituvchi esa tasmalarni ip bo‘ylab surib ularni ustma-ust tushiradi. Bolalarning e’tiborini quyidagilarga qaratadi: tasmalarning bir uchlari ustma-ust tushgan bo‘lsa, endi ularning oxiriga, ya’ni ikkinchi uchiga qaraymiz va qaysi xolda “Uzunroq”, “Qisqaroq”, “Bir xil uzunlikda” deb ayta olishmiz mumkinligini aniqlaymiz. Mustaxkamlash uchun esa frontal amaliy ish o‘tkaziladi. Bolalarga uchtadan qog‘oz tasmalar tarqatiladi. (ikkitasi bir xil uzunlikda, 6 www.natlib.uz internet kutubxona 11 uchinchi tasma esa uzunligi bo‘yicha ularga teng emas). Bu qog‘oz tasmalarni uzunliklari bo‘yicha qanday taqqoslash mumkin? Ustiga qo‘yish bilan taqqoslash mumkin. Tasmalarning bir birining ustiga shunday qo‘yingki, qaysi tasmalar bir xil uzunlikda, qaysi tasma uzunroq ekani ko‘rinib tursin. Keyin tasmalarni bir birining ustiga tushurish mumkin bo‘lmagan xolat yaratiladi. Buning uchun uzunligi turlicha bo‘lgan ikkita tasma doskaning turli qismlarida turli balandliklarda ilib qo‘yiladi. Uchinchi tasmani o‘qituvchi ushlab turadi. Qaysi tasma uzunroq? Bolalar bilan birgalikda o‘qituvchi bunday xulosaga keladi: uchinchi tasmani birinchi tasma ustiga qo‘yish kerak, ular ustma-ust tushadi, demak bu tasmalar teng. Keyin uchinchi tasmani ikkinchi tasma ustiga qo‘yiladi, u uchinchi tasmadan uzunroq ekan. Qaysi tasma uzunroq, ikkinchi tasmami yoki birinchi tasmami? Bunday xulosa chiqariladi: agar birinchi tasmaning uzunligi uchinchi tasmaning uzunligiga teng bo‘lsa, ikkinchi tasmaning uzunligi esa uchinchi tasma uzunligidan katta bo‘lsa, u xolda birinchi tasmaning uzunligi ikkinchi tasmaning uzunligidan kichikdir. SHunga o‘xshash sh ish va xulosani uzunligi bo‘yicha bir xil, biroq rangi bo‘yicha turlicha uchta cho‘p ustida ham bajaramiz. Keyingi darsda frontal amaliy ish o‘tkaziladi. Bolalar ichiga turli uzunlikdagi 5-6 ta qog‘oz tasma solingan konvertlar oladilar. Topshiriq: eng uzun tasmani, keyin qisqaroq tasmani va eng qisqa tasmani toping. Navbatdagi darslikda “Uzunlik” tushunchasi kengaytiriladi. Bo‘yi, eni, qalinligi, balandligi so‘zlari kiritiladi. O‘qituvchi: Sinfimizdagi doskaga qarang. Bu doskaning (uzunligi) bo‘yi (qo‘li bilan chapdan o‘nga tomon ko‘rsatadi). Doskaning o‘lchamini yana qanday ko‘rsatish mumkin? (yuqoridan pastga). Demak doskaning o‘lchamlarini ikki yo‘nalishda ko‘rsatish mumkin. Ularni chalkashtirmaslik uchun doskaning eni (kengligi) deb gapiriladi. O‘z ish o‘rningizga qarang. Qo‘lingiz bilan partaning uzunligini (bo‘yini), partaning enini ko‘rsating. Darslikning bo‘yini, enini ko‘rsating. Darslikning yana qanday o‘lchamini ko‘rsatish mumkin? O‘qituvchi darslikni ikkita barmog‘i bilan 12 ushlab ko‘tarib ko‘rsatadi. (qalinligini). Daftar va darsligigingizni solishtiring. Qaysi biri qalin? Qaysi biri yupqa? Xulosa: narsalarning o‘lchamlari haqida gapirilayotganda bu o‘lchamlarni turli yo‘nalishlarda ko‘rsatish mumkin. Turli yo‘nalishdagi uzunlik turlicha ataladi: bo‘y, eni, balandligi, qalinligi. Bu so‘zlar uchun qarama-qarshi ma’noli so‘zlar bormi? “Teskarisiga” o‘yinini o‘ynaymiz. Men rasmlarni ko‘rsataman va narsalarni bir so‘z bilan taqqoslayman, siz esa bu taqqoslashni qarama-qarshi ma’noli so‘z bilan aytamiz. 1. Qizil qalam ko‘k qalamdan uzun (narsalar ko‘rsatiladi.). 2. Qayrag‘och archadan baland. 3. SHarf kamardan keng (narsalar ko‘rsatiladi). 4. Kundalik daftar darslikdan yupqa (narsalar ko‘rsatiladi). 5. Dars irmoqlardan keng. 6. Yo‘l so‘qmoqdan uzun va hakozo. Darslik bo‘yicha ishlash bu tushunchalarni mustahkamlaydi. Atrofingizga qarang va hossalarini yangi so‘zlar bilan taqqoslash mumkin bo‘lgan narsalarni ayting. Yakunlab o‘qituvchi bunday deydi: Biz bugun yangi tushuncha-miqdor bilan tanishdik. Narsalarning hossasini taqqoslash mumkin. Narsalarning hossasini taqqoslash mumkin bo‘lgan holda miqdor haqida gapiriladi. Narsalarning o‘lchamlari haqida gapirilganda miqdorni turli so‘zlar bo‘yi, eni, balandligi, qalinligi deb aytiladi. Agar narsaning bir yo‘nalishdagi o‘lchami haqida gapiriladigan bo‘lsa, ko‘pincha “bo‘yi”, uzunligi so‘zini aytadilar.7 Navbatdagi darslarda og‘zaki sanoq ishiga miqdorlarni taqqoslashga doir topshiriqlarni muntazam kiritib borish kerak. Ustiga qo‘yishning amaliy usullaridan ham vaqti-vaqti bilan foydalanib turish kerak. 7 M.E.Jumayev. Bolalarda boshlang‘ich matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi. -T.: ILM ZIYO, 2013.-232 b. 13 2.2 Mavzulashtirilgan testlar 1.Natural sonlar. 1. Hisoblang: A)14 2. Hisoblang: A)36 45-15:5+8 B)50 C)42 D)52 57:3+68:4 B)46 C)26 D)56 3. Ko’paytiring: 419∙573 A)24087 B) 240077 C) 240087 D) 2487 4. Bo’ling: 14445:45 A)341 B)331 C)321 D)351 5. Barcha ikki xonali sonlar ketma-ket yozilsa, necha xonali son hosil bo’ladi? A)90 B)120 C)178 D)180 6. Javlonda 74 ta daftar, O’ktamda undan 2 marta kam daftar bor. Ikkalasida jami nechta daftar bor? A)101 B)111 C)121 D)99 7. Do’konda 549 kg olma bor. Birinchi kuni 129 kg, ikkinchi kuni undan 64 kg ortiq olma sotildi. Do’konda qancha olma qoldi? A)227 B)217 C)317 D)247 8. A B C D sm bo’lsa BC kesma uzunligini toping. A)24 sm B)31 sm C)29 sm Agar AC=82 sm, BD=77 sm, AD=130 D)34 sm 9. Eng katta va eng kichik uch xonali sonlar ayirmasini toping. A)888 B)899 C)989 D)900 10. 1 dan 100 gacha natural sonlar ketma-ket yozilganda 60-o’rinda turuvchi raqamini toping? 14 A)1 B)2 C)3 D)4 2.Natural sonlar ustida amallar. 1. 578>5*8 tengsizlik yulduzchaning nechta qiymatida o’rinli? A)7 ta B)8 ta C)6 ta D)5 ta 2. To’g’ri chiziqli yo’lak bo’ylab 22 ta archa ekildi. Archalar orasidagi masofa bir xil. Agar birinchi va oxirgi archalar orasidagi masofa 462 dm bo’lsa, qo’shni archalar orasidagi masofa qancha? A)21 dm B)22 dm 3. Qulay usulda hisoblang: A)2200 A)143 D)19 dm 823+496+377+704 B)2300 4. Tenglamani yeching: C)18 dm C)2400 D)2500 39483:x=321 B)213 C)103 D)123 5. 10 kg konfet 7 kg shunday konfetdan 37800 so’m qimmat. 1 kg konfet narxini toping. A)12600 B)13800 C)11800 D)13400 6. AB kesmada C nuqta olingan. Agar AC=43 sm va CB kesma undan 47 sm uzun bo’lsa, AB kesma uzunligini qancha? A)137 B)133 C)90 D)143 7. AB kesmada D nuqta olingan. Agar AD=29 sm va AB kesma undan 4 marta uzun bo’lsa, DB kesma uzunligini toping. A)116 B)87 C)97 8. Qulay usulda qo’shing: A)5000 B)4500 D)106 1+3+5+….+95+97+99 C)3500 D)2500 9. Qaysi javob a va b natural sonlar uchun har doim o’rinli emas? 15 A)a∙b=b∙a C)a:b=1 => a=b D) a≠b => a>b B)a+b=b+a 10. Qaysi javob a,b,c natural sonlar uchun har doim o’rinli emas? A) (a∙b)∙c=(a∙c)∙b=a∙(b∙c) B) (a+b)∙c=a∙c+b∙c C) a>b va b>c => a>c D)a>b va b>c => b∙c>a 3.Natural sonlar ustida amallar. 1. 639>6*8 tengsizlik yulduzchaning nechta qiymatida o’rinli? A)3 ta B)4 ta C)5 ta D)6 ta 2. To’g’ri chiziqli yo’lak bo’ylab 14 ta archa ekildi. Archalar orasidagi masofa bir xil. Agar birinchi va oxirgi archalar orasidagi masofa 364 dm bo’lsa, qo’shni archalar orasidagi masofa qancha? A)24 dm B)26dm 3. Qulay usulda hisoblang: A)2400 D)32 dm 283+546+817+554 B)2200 4. Tenglamani yeching: A)11 C)28 dm C)2300 D)2000 12423:x=123 B)110 C)1001 D)101 5. 7 kg olma 5 kg xuddi shunday olmadan 10800 so’m qimmat. 1 kg olma narxini toping. A)4800 B)5200 C)5400 D)3600 6. AB kesmada C nuqta olingan. Agar AC=36 sm va CB kesma undan 47 sm uzun bo’lsa, AB kesma uzunligini qancha? A)83 B)130 C)119 D)121 7. AB kesmada K nuqta olingan. Agar AK=29 sm va AB kesma undan 5 marta uzun bo’lsa, KB kesma uzunligini toping. A)116 B)145 8. Qulay usulda qo’shing: C)58 D)87 5+10+15+….+90+95+100 16 A)10500 B)1500 C)1050 D)1550 9. Qaysi javob a,b,c natural sonlar uchun har doim o’rinli emas? A)a∙b<c => c>a , c>b B)a+b<c => a<c , b<c C)a:b=c => a:c=b D)a∙b>c => a>c , b<c 10. Qaysi javob a,b,c natural sonlar uchun har doim o’rinli emas? A) a∙b=c∙b => a=c C)a∙b∙c=1 => a=b=c B) a+b=c => c>a, c>b D)a:b:c=a:(b c) 4. Qoldiqli bo’lish . Ifodalarni soddalashtiring. 1. 546:17 ni qoldiqli bo’lish shaklda yozing. A)546=17∙33-15 D)546=17∙32+2 B)546=17∙32+12 C)546=17∙32+6 2. Yig’ilgan 530 t bug’doyni yuk mashinasi orqali un zavodiga tashish kerak. Har bir yuk mashinasiga 8 t bug’doy sig’adi. Oxirgi mashinaga qancha bug’doy yuklanadi? A)1 t B)2 t D)3 t D)4 t 3. Bo’luvchi 17 ga, bo’linma 14 ga, qoldiq esa 5 ga teng bo’lsa, bo’linuvchuni toping. A)223 B)233 C)243 D)253 4. Sojida 5200 so’m puliga narxi 280 so’mlik daftardan ko’pi bilan nechta olishi mumkin? A)18 B)19 C)20 D)21 5. 100 dan oshmaydigan natural sonlardan nechtasi 13 ga qoldiqli bo’linadi? A)90 B)91 C)7 D)93 6. 19∙27+19∙38+19∙35 ni qulay usulda hisoblang A)1890 B)190 C)1900 7. 47∙59+47∙84-47∙138 ni qulay usulda hisoblang A)235 B)225 C)245 D)215 17 D)1090 8. Aralashma tarkibida 6 hissa oltin, 2 hissa mis bor. 120 gramm aralashmada qancha gramm oltin bor? A)80 B)60 C)90 D)100 9. Avtomobil 300 km masofani 4 soatda bosib o’tishi kerak edi. Agaru tezligini 25 km/soat ga oshirsa, manzilga necha soatda boradi? A)2 s B)2 s 30 min C) 3 s D) 3 s 30 min 10. Karima va Salimada 9 ta, Karima va Jamilada 10 ta, Salima va Jamilada 11 ta muzqaymoq bor. Jamilada nechta muzqaymoq bor? A)4 B)6 C)5 D)3 5.Qoldiqli bo’lish.Ifodalarni soddalashtirish. 1. 312:19 ni qoldiqli bo’lish shaklida yozing. A)312=19∙16+18 C)312=19∙17-11 B)312=19∙+9 D)312=19∙16+8 2. 83 ta daftarni har bir o’quvchiga 5 tadan tarqatilsa,oxirgi o’quvchiga nechta yetmay qoladi? A)1 B)2 C)3 D)4 3.Bo’luvchi 13 ga, bo’linma 12ga, qoldiq 11ga teng.Bo’linuvchini toping. A)157 B)147 C)137 D)167 4.Jamshid 12000 so’m puliga 700 so’mlik ruchkadan ko’pi bilan nechta olishi mumkin? A)17 B)16 C)18 D)15 5.100 dan oshmaydigan natural sonlardan nechtasi 21 ga qoldiqli bo’linadi? A)4ta B)94ta C)96ta D)95ta 6.18∙29+18∙43+18∙28 ni qulay usulda hisoblang. A)2080 B)180 C)1800 18 D)1200 7.73∙49+73∙18-73∙66 ni qulay usulda hisoblang. A)69 B)73 C)730 D)690 8.Aralashma tarkibida 3 hissa temir va 2 hissa po’lat bor.210 gramm aralashmada qancha po’lat bor? A)42gr B)126gr C)84gr D)48gr 9.Avtomobil 400 km masofani 5 soatda bosib o’tishi kerak edi. Agar u tezligini 20 km/s ga oshirsa, bu masofani necha soatda bosib o’tadi? A)3 soat B)3 soat 30 min C)4 soat D)4 soat 30 min 10.Nodira va Indirada 12 ta, Indira va Gulzirada 16 ta, Nodira va Gulzirada 14 ta muzqaymoq bo’lsa, Indirada nechta musqaymoq bor? A)5 B)7 C)9 D)6 6.Sonning darajasi.Kvadrat va to’g’ri to’rtburchak. 1.Hisoblang: A)1013 B)1113 C)1213 D)1123 2.Quyidagi qaysi son biror natural sonning kvadrati emas? A)900 B)961 C)1024 B)36 C)30 D)1079 3.Hisoblang: A)32 D)28 4.Nechta natural sonning kvadrati 200 dan oshmaydi? A)12ta B)13ta C)14ta D)15ta 5.Daraja ko’rinishida yozing: a∙b∙b∙b∙a∙a∙b∙a A) B) C) D) 6.To’g’ri to’rtburchak eni 32sm, bo’yi undan 16sm uzun bo’lsa, perimetrini toping. A)80 B)100 C)140 D)160 19 7.Tomonlari 48sm va 63 sm bo’lgan to’g’ri to’rtburchakdan tomoni 5 sm bo’lgan kvadratchalardan eng ko’pi bilan nechtasini qirqib olish mumkin? A)108 B)110 C)112 D)120 8.Bir tomoni 17sm, perimetri esa 120sm bo’lgan to’g’ri to’rtburchak yuzini toping. A)721 B)741 C)731 D)711 9.Tomonlari 8 va 32 bo’lgan to’g’ri to’rtburchak bilan tengdosh kvadrat perimetrini toping. A)32 B)48 C)56 D)64 10. rasmda nechta kvadrat bor? A)6ta B)7ta C)8ta D)9ta 8.To’g’ri burchakli parallelepiped va kub. Aylana va doira. 1.O’lchamlari 5sm,6sm,7sm bo’lgan to’g’ri burchakli parallelepiped hajmini toping. A) B) C) D) 2.O’lchamlari 5sm, 6sm, 7sm bo’lgan to’g’ri burchakli parallelepiped yon sirti yuzini toping. A) B) C) D) 3.O’lchamlari 10,12,14 sm bo’lgan to’g’ri burchakli parallelepipedni simdan yasash uchun qancha sim kerak bo’ladi? A)36sm B)72sm C)108sm D)144sm 4. O’lchamlari 10,13,14 sm bo’lgan to’g’ri burchakli parallelepipedni qirrasi 3sm bo’lgan nechta kubchaga ajratish mumkin? A)48 B)52 C)64 D)67 5.Eni 3sm, bo’yi 6 sm, balandligi 12sm bo’lgan to’g’ri burchakli parallelepipedga tengdosh kub qirrasi uzunligi? 20 A)9 B)8 C)6 D)12 6.Qaysi javob noto’g’ri? A)1 litr=1dm3 C) B) D) 7.Alyuminiydan o’lchamlari 25sm, 12sm, 7 sm bo’lgan to’g’ri burchakli parallelepiped shaklidagi detal yasaldi. alyuminiy parchasining massasi 27g bo’lsa, detal umumiy massasini toping. A)5670g B)5890 C)5430 D)5770 8. Aylana radiusi diametridan 36 sm kichik. Ayalana diametrini toping. A)48 B)64 C)72 D)144 9. Radiusi 17 ga teng aylana uzunligini toping. A)36π B)74π C)49π D)34π 10.Diametri 48 bo’lgan doira yuzini hisoblang. A)2304π B)576π C)676π D)96π 9.To’g’ri burchakli parallelepiped va kub.Aylana va doira. 1.O’lchamlari 6sm, 8 sm, 11sm bo’lgan to’g’ri burchakli parallelepiped hajmini toping. A) B) C) D) 2.O’lchamlari 7sm, 9sm, 11sm bo’lgan to’g’ri burchakli parallelepiped yon sirti yuzini toping. A) B) C) D) 3.O’lchamlari 9,13,15 sm bo’lgan to’g’ri burchakli parallelepipedni simdan yasash uchun qancha sim kerak bo’ladi? A)37sm B) 74sm C)111sm D)148sm 4. O’lchamlari 15,18,21 sm bo’lgan to’g’ri burchakli parallelepipedni qirrasi 4 sm bo’lgan nechta kubchaga ajratish mumkin? 21 A) 48 B) 60 C) 72 D) 88 5.Eni 4sm, bo’yi 8 sm, balandligi 16sm bo’lgan to’g’ri burchakli parallelepipedga tengdosh kub qirrasi uzunligi? A)8 B)12 C)16 D)24 6.Qaysi javob noto’g’ri? A)1 m2=10000sm2 C) B) D) 7.Metalldan o’lchamlari 20sm, 14sm, 15 sm bo’lgan to’g’ri burchakli parallelepiped shaklidagi detal yasaldi. metall parchasining massasi 92g bo’lsa, detal umumiy massasini toping. A)12880gr B)12980gr C)13260 D)12620 8. Aylana diametri 74 sm bo’lsa,radiusi qancha? A)34 B)36 C)37 D)42 9. Diametri 36 bo’lgan aylana uzunligi qanchaga teng? A)18π B)36π C)48π D)24π 10.Yuzi 144π bo’lgan doira diametri qancha? A)12 1) B) 5ta C) 6ta D) 3ta a kasr a ning nechta natural qiymatida 1 dan kichik boladi ? 15 A) 15 ta 3) C)22 D)24 11. Oddiy kasrlar. 5 21 7 41 14 43 , , , , , kasrlardan nechtasi to`g`ri kasr ? 17 19 23 41 15 70 A) 4ta 2) B)18 B) 14 ta C) 13 ta D) 16 ta 13 kasr a ning nechta natural qiymatida noto’g’ri kasr boladi ? a 22 A) 13 ta B) 12 ta C) 11 ta D) 10 ta 4) Qaysi javob noto`g`ri ? A) 15 8 173 = 11 11 7 406 = 19 19 C) 17 356 12 8 43 43 C) B) 21 19 427 = 24 24 D) 15 13 438 = 29 29 5) Qaysi javob xato ? A) 498 5 29 17 17 B) 341 6 =13 25 25 35 479 = 12 37 37 D) 6) Noto`g`ri hisoblashni toping. A) 1 9 8 = 17 17 B) 12 4 9 11 13 13 C) 6 4 9 11 1 20 20 D) 8 3 4 4 5 15 15 7) Qaysi javobda amal noto`g`ri bajarilgan? A) 12 D) 2 13 13 8 4 20 20 B) 3 8 11 10 1 1 13 13 13 2 3 1 3 C) 8 10 19 8 3 5 1 19 19 19 8) Hisoblang: 4 3 6 10 5 6 19 19 19 A) 15 9) Hisoblang: 2 B) 16 9 19 D) 16 9 19 8 11 7 4 6 13 13 13 A) 12 10) 24 ning C) 15 B) 13 C) 14 D) 13 2 1 qismi 34 ning qismidan qanchaga kam?8 3 2 A) 1 B) 2 C) 3 D) 4 8 www.ziyonet.uz materiallari 23 12 13 Dars ishlanma MAVZU: Foizlar Maqsad: Darsni DTS talabi asosida o’tish Ta’limiy maqsad: o’quvchilarda foizlar haqida bilim, malaka va ko’nikmalarini shakllantirish; Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarda matematikaga qiziqishini uyg’atish. Faizlarga doir masalalarni hayotga tadbiq eta bilishni o’rgatish. Oilani muqaddas maskan ekanligini, ota-onaning farzandlariga bo’lgan mehrini hech qachon unutmasligini o’rgatish. Rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarga foizlarga doir masallarni mustaqil yechishni, guruhlarda xamkorlikda ishlash samaradorligini o’rgatish. Dars turi: yangi bilim Dars usuli: noan’anaviy dars Dars jihozi: videoproyektor, uy rasmlari, tarqatmalar. Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism. Salomlashish. Navbatchi axboroti. Yozuv taxtachasi va lattani tayyorligini tekshirish. Jurnalni yozish. 2. O’tilganlarni takrorlash. Sinf o’quvchilari 5 ta guruhga bo’linib o’tirishadi. O’qituvchi: O’quvchilar bugungi darsimizning mavzusi “Foizlar”, darsimizning nomi esa “Oila- muqaddas maskan”. Hammamiz bilamiz Vatan oiladan boshlanadi. Ota-onamizni va boshqa oila a’zolarimizni hurmat qilishimiz, e’zozlashimiz, qo’limizdan kelgancha yordam berishimiz kerak. Oila haqida Ko’p she’rlarni, maqollarni, ertak va rivoyatlarni o’qigansizlar deb o’ylayman. Qani kim oila, ota-ona, farzand haqida maqollar aytadi. (O’quvchilar o’zlari bilgan maqollarni aytadilar).Endi darsimizga qaytamiz. O’qituvchi o’tgan darsda o’tilgan mavzu yuzasidan guruhlarda blis-savol o’tkazadi. Savol: O’nli kasrni natural songa bo’lish qanday bajariladi? Javob: O’nli kasrni natural songa bo’lish natural sonlarni bo’lish kabi bajariladi. O’nli kasrning butun qismini bo’lish tugagach, bo’linmaning butun qismidan keyin vergul qo’yiladi. Qoldiqlar o’ndan bir, yuzdan bir, … ulushlarda maydalanib, ularga berilgan o’nli kasrning o’ndan bir, yuzdan bir,.. ulushlari qo’shiladi va bo’lish jarayoni natural sonlarni bo’lish kabi davom ettiriladi. Savol: Bo’linmadam qachon 0 butun yoziladi? Javob: O’nli kasrning butun qismi bo’luvchidan kichik bo’lsa. Savol: Sonlarning o’rta arifmetik qiymati deb qanday songa aytiladi? Javob: Bir necha sonlar yig’indisini qo’shiluvchilar soniga bo’lish natijasi shu sonlarning o’rta arifmetik qiymati deyiladi. 3. Yangi mavzu bayoni. Har qanday miqdorning yusdan bir qismi shu miqorning bir foizi deyiladi. Sonninr bir foizini toppish uchun uni 100 ga bolish kerak. “Prosent” lotincha so’z bo’liv “pro centum” degan so’zdan oligan bo’lib, “Yuzdan” degan ma’noni bildiradi. Foiz ta’rifini qisqacha quyidagicha yozish mumkin: 24 1% Masalan: 130 ning 1% i 32sm ning 1% i 1 0,01 100 130 1,3 ga teng. 100 32 0,32 sm ga teng. 100 Endi sonning 1% idan farqli boshqa foizlarni topishni o’rganamiz. Berilgan sonning berilgan protsentini toppish uchun bu sonni 100 ga bo’lish, protsent soniga ko’paytirish kerak. a sonning p% i a *p 100 ga teng. Har bir guruhda 7ta o’quvchi bor. Har bir guruhni bir oila deb olamiz, 1-guruh: Ahmedovlar oilasi 2-guruh: Quranbayevlar oilasi 3-guruh: Masharipovlar oilasi 4-guruh: Salimovlar oilasi 5-guruh: Kenjayevlar oilasi (Oila a’zolar kura tashlash y’oli bilan tanlan adi. Xuddi shunday oila boshi ham) Buvasi Buvisi Dadasi Oyisi 3 nafar farzandi 4. Mustahkamlash. Bunda yozuv taxtasida har bir oila uchun uy poydevori qo’yiladi. Uyga 7ta elementni qo’yish natijasida chiroyli ta’mirlangan uy ko’rinishiga kelishi kerak. Xuddi quyidagicha, 25 Buning uchun elementlar orqasiga yozilgan misollar guruh a’zolariga tarqatiladi va shu misollar monitorda aks etib turadi. Uy qurish uchun ishlatilgan misollar 1) 2) 3) 4) 5) 6) 7) Misollarning to’g’ri javobi 1) 300:100·10=30 2) 75:100·6=4.5 3) 12,6:100·5=0.63 4) 22,1:100·3=0.663 5) (14+53):100·8=5.36 6) (16,9-5,9):100·2=0.22 7) 900:100·80=720 300ning 10%ni toping. 75 ning 6% ni toping 12,6 ning 5%ni toping 22,1 ning 3%ni toping 14+53 ning 8%ni toping 16,9-5,9 ning 2%ni toping 900 ning 80%ni topihg. Misollarni har bir oiladan bir a’zosi chiqib taqdim qiladi. To’g’ri yechilgan misol elementi uy poydevoriga ilinadi, noto’g’risining elementi ilinmaydi. Tarqatmalardagi misollarni guruhlar hamkorlikda ishlab yozuv taxtasiga ilishlari kerak. 1) Berilgan sonning berilgan foizini toping 26 40% 30% 15% 320ni 25% 20% 10% 35% 2) Berilgan sonning berilgan foizini toping 40% 30% 15% 450ni 20% 25% 10% 35% 3) Berilgan sonning berilgan foizini toping 40% 30% 15% 500ni 25% 10% 20% 35% 4) Berilgan sonning berilgan foizini toping 27 40% 30% 15% 280ni 25% 10% 20% 35% 5) Berilgan sonning berilgan foizini toping 40% 30% 15% 650ni 25% 10% 20% 35% 5. Baholash. Guruhlarni taqdimotiga qarab rag’batlantiriladi. Faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi 6. Uyga vazifa: “Mehmon mehmon” o’yini. Mehmonga borganda dasturxon bilan boriladi. Bizning oilalar ham mehmonga borish uchun dasturxoniga o’zlari tuzgan 7 ta misollarni yozib soladilar. Har bir oila faqat bitta oilaga mehmonga borishi kerak. Bu berilgan misollar uyga vazifa bo’ladi. 28 Xulosa “Ta'lim to’g’risida”gi Qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturining mohiyati barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan bo’lib, unda quyidagi vazifalar bеlgilab qo’yilgan. Xususan, yoshlarni ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, yosh avlodni ma'naviy-axloqiy tarbiya asosida yеtuk qilib tarbiyalash, talabalarning ma'naviyatini milliy istiqlol g’oyasi asosida tarbiyalash va shakllantirishda ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan kеng va samarali foydalanish, yoshlarda Vatanga va xalqqa muhabbat, yurt farovonligi uchun kurashish, insonparvarlik, o’zlikni anglash, milliy qurur, milliy iftihor, o’zga millat kishilari va ularning sadriyatlarini xurmat qilish kabi fazilatlarni tarbiyalash, yoshlarda vijdon erkinligi, ta'lim-tarbiya masalalari ustuvor vazifa sifatida amalga oshirilmoqda. Yurtboshimiz “Yuqori malakali, zamonaviy bilimlarga ega bo’lgan, hozirgi kun talablari asosida fikrlay oladigan еtuk kadrlarni tayyorlash ham ijtimoiy-siyosiy, ham iqtisodiy muammolarimizni hal etishning kaliti hisoblanadi”dеgan edi. Jamiyatda layo?atli, ishbilarmon, еtuk kadrlarga hamisha zarurat tu?iladi. Insoniyat rivojining tarixi uning talablarini qondirish va mavjud muammolarni hal etishga qodir munosib kadrlarga ehtiyoj sеzib kеlganidan guvohlik bеradi. Bu jamiyatning hozirgi taraqqiyot bosqichida ham dolzarb masalalardan biri bo’lib kеlmoqda. Buning uchun esa kadrlar siyosati nеgizida ma'naviyat va ma'rifat, shaxsni muntazam kamol toptirish borasida uzluksiz ish olib borish talab etiladi. Komil inson dеganda biz, avvalo ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o’zgalarga ibrat bo’ladigan, bilimli, ma'rifatli kishilarni tushunamiz. Mustaqillikning dastlabki yilaridanoq yurtimizda ma'naviyatni yuksaltirishga juda katta e'tibor bеrilishi bеjiz emas, iqtisodiyotni rivojlantirish, mustaqillikni mustahkamlash, mamlakatni jarayon siyosati saqnasiga olib chiqish kabi vazifalarni ma'naviyatni yuksaltirmay turib amalga oshirib bo’lmaydi. Ma'naviyatni yuksaltirish sohada muayyan muvafaqqiyatlarga eishilgach, jumladan, milliy tariximizni, xalqimizning g’ururi bo’lgan o’nlab va yuzlab allomalar xotirasini qayta tiklash, milliy an'ana va marosimlarni el-yurtimizga qaytarish kabi xayrli ishlar amalga oshirilgach, 29 milliy mafkura va milliy istiqlol g’oyasi va mafkura masalalarini kun tartibiga qo’yish uchun ma'naviy asos yaratildi. Ana shu ma'naviy asos mamlakat taraqqiyotini ta'minlovchi yosh avlodni ma'naviy kamol toptirish, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalash jarayonida mu?im omil bo’lib xizmat qiladi. Bugungi kunda yangi jamiyat bunyodkori bo’lmish komil insonni tarbiyalash jarayonida umuminsoniy va milliy qadriyatlarga asoslanamiz. Matematikada o’rganiladigan asosiy tushunchalardan biri miqdor tushunchasidir. Shuning uchun “Matematika miqdorlar haqidagi fan, u miqdor tushunchasidan kelib chiqadi” deb bejiz aytilmagan. Boshlangich sinfda quyidagi miqdorlar qaraladi: uzunlik, yuz, massa, hajm, vaqt va boshqalar. Boshlangich sinflarda asosiy miqdorlarni o’rganish arifmetik materialni o’rganish bilan uzviy bog’liqlikda amalga oshiriladi. Jumladan “o’lchashni o’rgatish sanashni o’rgatish bilanbog’lanadi; yangi o’lchov birliklari tegishli sanoq birliklari kiritilgandan so’ng kiritiladi; ismli sonlarni yozilishi va o’qilishi sonlarni nomerlash bilan parallel o’rganiladi; arifmetik amallar abstrakt sonlar ustida va isimli sonlar ustida bajariladi. O’quvchilarning o‘lchov birliklari to‘g‘risidagi bilimlari va tasavvurlari ko’rgazmalilikning turli vositalari yani geometrik figuralarning modellari, chizmachilik va o’lchash asboblaridan keng foydalanish, kuzatishlar asosida va har qaysi o‘quvchining alohida miqdorlarni o‘lchashga doir amaliy mashqlar ish natijalari asosida xulosa chiqarish o’rgatish maqsadga muvofiqdir. Atrof-borliqni o’z kashfiyotlari orqali bilib olish bolalar uchun juda qiziqarlidir. Matematikani tevarak atrof, kundalik turmush bilan bog’lab o’qitishda yetuk olimlar, metodistlar, didaktiklar tomonidan asoslab berilgan nazariyalar hamda ilg‘or tajribali o‘qituvchilarni dars jarayonida olib borgan amaliy ishlariga tayanib bu mavzuni yoritib berishdagi 4 ta asosiy sabablarini ta’kidlab o’tish lozim: 1. Mahalliy materiallardan foydalanib darsni xayotiyligini ta’minlash. 2. Miqdorlar ustida ishlashda bu miqdorlarni turmush hayot bilan bog’lash. 3. Turli masalalar tuzish va yechish matematikani hayot bilan bog’lashdagi muhim vosita ekanligi. 30 4. O’quvchilarni jamoa va yakka tartibdagi ishlarini tashkil qilish uchun yahshi sharoit yaratadi. 31 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Sh.M.Mirziyoyev. “Erkin va farovon demokratik O’zbekiston Davlatini birgalikda barpo etamiz” –T.: “O’zbekiston” 2016-y -56-b. 2. Sh.M.Mirziyoyev. “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak”. –T.: “O‘zbekiston” 2017 y. -104-b. 3. N.U.Bikbayеva, R.I.Sidеlnikova,G.A.Adambеkova. Boshlang’ich sinflarda matеmatika o’qitish mеtodikasi. (O’rta maktab Boshlang’ich sinf o’qituvchilari uchun mеtodik qo’llanma.) T.: “O’qituvchi” 2010-y. -512b. 4. M.Е.Jumayеv, Z.G’ Tadjiеva. Boshlang’ich sinflarda matеmatika o’qitish mеtodikasi. (OO’Y uchun darslik.) T.: “Fan va tеxnologiya” 2009-y. 5. M.E.Jumayеv. Boshlang’ich sinflarda matеmatika o’qitish mеtodikasi. T.: O’qituvchi. 2012-y. 6. M.E.Jumayеv. “Boshlang’ich matеmatika o’qitish mеtodikasidan amaliy mashg’ulotlar to’plami”. T.: O’qituvchi 2015-y. 7. M.E.Jumayеv. Bolalarda matеmatik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va mеtodikasi. (KHK uchun ) ToshkеnT.: “Ilm Ziyo” 2016-y. 8. M.E.Jumayev. Bolalarda boshlang‘ich matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi. -T.: ILM ZIYO, 2013.-232 b. 9. R. Ibragimov Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilish faoliyatini shakllantirishning didaktik asoslari. Ped.fan.doktori ilmiy darajasi olish uchun yozilgan avtoreferati. –T.: 2010.- 40 b. 10. “Maktabgacha ta’lim” jurnali maqolalari 11. www.natlib.uz internet kutubxona 12. www.ziyonet.uz materiallari 13. www.kitob.uz 14. www.tdpu.uz 15. www.referat.arxiv.uz 16. www.testing.uz 32 18. Haydarov M., Hasanboеva O. Pеdagogik amaliyotni tashkil etish mеtodikasi. Toshkеnt. TDPU, 2003 yil. 40 bеt 19. Jumaеv M.E, Boshlang`ich sinflarda matеmatika o`qitish mеtodikasi 20. (KHK uchun ) Toshkеnt. “Ilm Ziyo”, 2003 yil. 21. Jumayеv M.E, Bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi. (KHK uchun ) Toshkеnt. “Ilm Ziyo” , 2005 yil. 22. Jumayеv E.E, Boshlang`ich matеmatika nazariyasi va mеtodikasi. (KHK uchun) Toshkеnt. “Arnoprint”, 2005 yil. 23. Jumayеv M.E, Tadjiyeva Z.G`. Boshlang`ich sinflarda matеmatikadan fakultativ darslarni tashkil etish mеtodikasi. Toshkеnt. “TDPU”, 2005 yil. 24. Jumayеv M.E, Bolalarda matеmatik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi (KHK uchun ) Toshkеnt. “Ilm Ziyo”, 2005 yil. 25. “ Boshlang’ich ta’lim ”, “ Maktab va hayot ”, “ Ta’lim muammolari ” “Uzliksiz ta’lim “ va boshqa ilmiy – uslubiy jurnallar, hamda “Ma”rifar” gazetasi. 26. Ta’lim-tarbiya istiqlol ko’zgusida// Ma’rifat, 2010 yil INTERNET SAYTLAR 27. www.edu.uz 28. www.ziyonet.uz 29. www.google.uz 30. www.kitob.uz 33 Kurs ishining bajarilishiga qo‘yilgan asosiy talablar Kurs ishi rejalarining to‘g‘ri tuzilganligi Kurs ishi mavzusi dolzarbligining to‘g‘ri yoritib berilganligi va ishning kirish qismining to‘g‘ri tashkil qilinganligi Kurs ishi asosiy qismining qo‘yilgan reja va vazifalar asosida yoritib berilganligi va asosiy maqsadga erishilganligi Ishning xulosasida qo‘yilgan maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda asosiy fikrlar va tavsiyalarning berilganligi Ishning uslubiy jihatdan va ilmiy apparatlari jihatidan to‘g‘ri tashkil etilganligi, adabiyotlar ro‘yxatining to‘g‘ri tuzilganligi Vazifalarning bajarilishida talabaning faolligiga kurs ishi rahbari tomonidan qo‘yiladigan maksimal ball Kurs ishi ilovalarining mavzuga mosligi va ularning ish mazmunini kuchaytirishga yo‘naltirilganligi Maksi mal ball Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti ''__________________________''kafederasi 2022-2023 o`quv yili ''Boshlang’ich ta’lim '' yo`nalishi 301-guruh talabasi Nurmetova Nafosat Doniyor qizining “Boshlang'ich sinflarda hajm tushunchasini o'rgatish metodikasi” mavzusida yozgan kurs ishiga TAQRIZ 5 15 20 10 10 5 5 34 Kurs ishining bajarilishiga qo‘yilgan talablarning bajarilganligi va kamchiliklar yuzasidan asosiy fikrlar (ballar asoslab berilsin) 70 Jami Kurs ishi himoyasi uchun 30 35