O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O„RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI “IQTISODIYOT” KAFEDRASI IQTISODIYOT NAZARIYASI fanidan KURS ISHI MAVZ: Iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini isloh qilish va rivojlantirish orqali sog‟lom raqobat muhitini yaratish. Bajardi: ―Ijtimoiy-iqtisodiy‖ fakulteti, 71-19 guruhi talabasi Tojiboyev Farrux Tekshirdi: Nurmuxammedova Muxtabar GULISTON – 2020 MUNDARIJA Kirish…………………….……….……………………………………………..…. .3 Asosiy qism 1Sog‘lom raqobat – iqtisodiy taraqqiyot omili ……………………………………..5 2 O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2020 yil va keyingi yillarda iqtisodiyot sohasida amalga oshirish zarur bo‗lgan dasturiy va maqsadli vazifalar………………………………………..9 3 2017 — 2021-yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha harkatlar strategiyasi.Iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish………………………………………………………14 4.Sanoatni rivojlantirish, texnik va texnologik yangilanish - davr talabi…………………………………………………………………….23 Xulosa ……………………………………………………………………………...27 Foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxati ……………………………………………….30 2 KIRISH Tanlangan mavzuning dolzarbligi. Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda raqobatchilik muhiti uzoq davr davomida, o‗z-o‗zidan, evolyutsion yo‗l bilan vujudga kelgan. Bu asta-sekin erkin raqobat muhitini keltirib chiqargan.Iqtisodiyotda monopollashuv prinsiplari kuchayib borishi bilan raqobat cheklanadi, shu sababli raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda davlat ham qatnashadi. Har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya‘ni iqtisodiyotning monopollashuv darajasi uning miqyosi va tavsifiga qarab, bu siyosat erkin raqobat muhitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bolganda qaytadan tiklash. raqobat usullarini qaror toptirish kabilarga qaratiladi. Ma‘muriybuyruqbozlik iqtisodiyolidan bozor iqtisodiyotiga o'tayotgan mamlakatlarda, shu jumladan, bizning respublikada sog'lom raqobatga shartsharoit hozirlash, iqtisodiy subyektlar mustaqilligini kengaytirish orqali ularni raqobatchilikka jalb qilish iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning muhim jihatlari hisoblanadi. Zero. O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti ta‘kidlaganidek. bugungi kunda «... kuchli talab va raqobat iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishni obyektiv shart qilib qo'ymoqda. Bu borada ham juda ko‗p yechilmagan muammolar bor. Ya'ni eski ma‘muriy-taqsimot tizimi qoliplaridan butunlay voz kechish, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini yanada cheklash, erkin tadbirkorlik faoliyati uchun amaliy kafolatlarni ta‘minlash, iqtisodiyot va biznesni barqaror rivojlantirish, to'laqonli bozor infratuzilmasini shakllantirish yo'lidagi mavjud g'ovto'siqlarni bartaraf etishimiz zarur». Tanlangan mavzuning maqsadi va vazifalari. Kurs ishi mavzusining asosiy maqsadi O‗zbekistonda raqobatchilik muhitini vujudga keltirishning asosiy yo‗lini topish, bu raqobatni inkor qiluvchi davlat monopoliyasidan nodavlat, turli xo‗jalik shakllarining mavjudligiga asoslangan va iloji boricha erkin raqobatni taqozo etuvchi bozor tizimiga o‗tishdir. Bugungi kunda O'zbekistonda ham uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar, kompaniyalar shaklidagi monopoliyalar saqlanib qolgan bo'lib, ular ko'pincha tarmoq vazirliklari mavqeyi va vazifalariga ega bo'ladilar. Mahsulot va xom ashyolarning alohida turlarini limit hamda fond ko'rinishida taqsimlashning eskicha tizimi, shuningdek, biznesni amalga oshirish uchun ruxsat, litsenziya, sertifikatlar berish, kelishish kabi mavjud ma‘muriy to'siqlar monopolistik tendensiyalarga ko'proq imkon yaratadi. Shunga ko‗ra, O‗zbekistonda samarali raqobat muhitini yaratish uchun quyidagilar bo‗yicha choratadbirlarning amalga oshirilishi taqozo etiladi: a) iqtisodiyotda davlat monopolizmining har qanday namoyon boMishini maksimal darajada bartaraf etish. Buning 3 uchun tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish tizimini takomillashtirish uchun nisbatan qulay shart-sharoitlami yaratishga qaratilgan chuqur institutsional islohotlar zarur; b) bozor sharoitida vujudga kelayotgan monopoliyalarning bozordagi o‗z ustunlik mavqyelarini suiiste‘mol qilish imkoniyatlarining oldini olish. Davlat muassasalari raqobatning rivojlanishi ni ta‘minlashlari lozim. Busiz samarali innovatsiyalar, past xarajatlar va narxlar, mahsulotning yuqori sifatiga erishish, boshqacha aytganda, butun iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish mumkin emas. Tanlangan mavzuning predmeti bo‗lib, Iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini isloh qilish orqali sog‘lom, erkin raqobat muhitini yaratish, monopoliyaga chek qoyish kabi iqtisodiy munosabatlar majmuidan iborat. Kurs ishi tarkibining qisqacha tavsifi.Mazkur kurs ishi tarkibi kirish, to‗rtta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxatidan iborat. 4 Sog‟lom Raqobat – iqtisodiy taraqqiyot omili Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, xususan, bozor infratuzilmasini rivojlantirish, sog‗lom raqobat muhitini shakllantirish tufayli xususiy tadbirkorlik va kichik biznes subyektlari hamda ularning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi tobora ortib bormoqda. O‗zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‗mitasida sog‗lom raqobat muhitini shakllantirish va insofsiz raqobatga qarshi amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bag‗ishlangan matbuot anjumanida shular haqida so‗z bordi. O‗zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‗mitasi raisining o‗rinbosari R.Aminov va boshqalar iqtisodiyotni isloh qilish bo‗yicha qabul qilingan qonunchilik hujjatlari iqtisodiyotimizni yanada liberallashtirish va modernizatsiya qilishda huquqiy asos bo‗lib xizmat qilayotganini ta‘kidladi. Bu bozor iqtisodiyotining eng muhim tamoyillaridan biri – sog‗lom raqobat muhitini shakllantirish va rivojlantirishga keng yo‗l ochdi. Sog‗lom raqobat munosabatlarining rivojlanib borishi ishlab chiqarilayotgan mahsulot va ko‗rsatilayotgan xizmatlarga oid tovar belgilarini shakllantirishni taqozo etadi. Bu ishlab chiqaruvchini iste‘molchiga tanitishga va o‗z navbatida ishlab chiqaruvchining bozorda o‗z o‗rnini topishiga yordam beradigan muhim vositadir. Shu bois ham bu borada huquqiy asoslar yaratilgan, xususan, ―Tovar belgilari, xizmat ko‗rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‗g‗risida‖gi qonunda tovar belgisi huquqiy jihatdan uni ushbu qonunda belgilangan tartibda ro‗yxatdan o‗tkazish asosida, shuningdek, O‗zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq muhofaza qilinishi ta‘kidlangan. Ko‗pchilik tadbirkorlar o‗z mahsulotlarini qonuniy asosda ro‗yxatdan o‗tkazgan tovar belgisi bilan bozorga chiqarayotganini iste‘molchilar yaxshi biladi. Ammo shunday ―uddaburon‖lar ham borki, ular bozorda o‗z o‗rni va xaridorini topgan tovar belgilarini o‗g‗irlash yoki ularga juda o‗xshash bo‗lgan nomlar ostida mahsulotini iste‘molchilarga taqdim 5 etishga urinmoqda. Tabiiyki, bu sog‗lom raqobat tushunchasiga mutlaqo zid bo‗lgan insofsiz raqobatdir. Tovar belgisiga bo‗lgan huquqni buzganlik O‗zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga muvofiq javobgarlikka sabab bo‗ladi. Jumladan, tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanayotgan shaxs qoidabuzarlikni to‗xtatishi va tovar belgisining egasiga yetkazilgan zararni to‗lashi shart. Ushbu qonuniy asoslardan kelib chiqib insofsiz raqobatga yo‗l qo‗yayotganlarga nisbatan tegishli choralar ko‗rilmoqda. O‗tgan yili bu yo‗nalishda 42 ta ish ko‗rib chiqilgan. Shu bilan birga, sog‗lom raqobat muhitini rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlarining bu boradagi bilim va tushunchalarini mustahkamlashga e‘tibor qaratilmoqda. Prezidentimizning Rossiya Federatsiyasi, Xitoy, Qozog‗iston, Turkiya hamda Qirg‗iziston davlatlariga qilgan rasmiy tashriflaridan so‗ng mamlakatlararo tovar ayirboshlash hajmi o‗tgan yillarga nisbatan bir necha barobarga oshdi. Erishilayotgan bunday ijobiy o‗zgarishlarni xorijlik taniqli iqtisodchi va mutaxassislar yurtimizda tadbirkorlar uchun qulay ishbilarmonlik muhitining yaratilgani, davlat rahbari va hukumatimiz tomonidan iqtisodiyotni yanada liberallashtirish borasida muhim hujjatlar qabul qilinayotgani bilan izohlashmoqda. Prezidentimizning 2017 yil 6 noyabrdagi ―Meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalarni mahalliy eksport qiluvchilarni qo‗llab-quvvatlash bo‗yicha qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖ gi qarorida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‗yicha qo‗mita, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda yigirma kun muddatda respublikada xalqaro standartlarni, shu jumladan ―ISO 22000‖, ―Halol‖ standartlarini joriy etish va keyinchalik qo‗llash bo‗yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish vazifasi belgilangan, – deydi Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti direktori Vafo Latipov. – Unda, ayniqsa, respublikamizda berilgan muvofiqlik sertifikatlarini mahalliy meva-sabzavot mahsulotlarini asosiy iste‘mol qiluvchi davlatlarda, shu jumladan, ikki tomonlama va ko‗p tomonlama bitimlarni tuzish, shuningdek, laboratoriyalarni modernizatsiya qilish orqali tan olinishini ta‘minlash choralarini ko‗rish belgilab berilgan. Shu bilan bir qatorda, qaror bilan meva-sabzavot mahsulotlari eksportiga bojxona yuk 6 deklaratsiyasini rasmiylashtirish ko‗rik hujjati tuzilganidan keyin 3 soatdan ko‗p bo‗lmagan muddatda amalga oshiriladigan tartib joriy etildi. Meva-sabzavot va tez buziladigan mahsulotlarning eksporti uchun zarur bo‗lgan sertifikat berish muddati eksport qiluvchi tomonidan hujjatlar taqdim qilingan vaqtdan boshlab esa bir ish kuniga qadar qisqartirilgani ham eksportga yo‗naltiriladigan mahsulot salmog‗i yanada ortishiga xizmat qiladi Iqtisodiyotni rivojlantirishda iste'molchilarning tovarlar va xizmatlarga bo‗lgan ehtiyojini qondirish katta ahamiyatga ega. Bu borada, tabiyki, ishlab chiqaruvchilar (xizmat ko‗rsatuvchilar) o‗rtasida sog‗lom raqobatni ta'minlamasdan, mahsulot va xizmatlar sifatini muttasil oshirmasdan turib samaradorlikka erishib bo‗lmaydi. Iqtisodiyotni rivojlantirishda iste'molchilarning tovarlar va xizmatlarga bo‗lgan ehtiyojini qondirish katta ahamiyatga ega. Bu borada, tabiiyki, ishlab chiqaruvchilar (xizmat ko‗rsatuvchilar) o‗rtasida sog‗lom raqobatni ta'minlamasdan, mahsulot va xizmatlar sifatini muttasil oshirmasdan turib samaradorlikka erishib bo‗lmaydi. Binobarin, mamlakatimizda istiqlol yillarida birinchi Prezidentimiz rahnamoligida hayotga joriy etilgan taraqqiyotning ―o‗zbek modeli‖da davlat tomonidan samarali raqobat siyosatini amalga oshirish ham o‗z ifodasini topdi. Bu yo‗ldagi izchil islohotlar samarasi o‗laroq, o‗tgan davr mobaynida tovar va xizmatlar bozorlarida monopollashish darajasi sezilarli ravishda pasaydi. Mazkur bozorlarda erkin raqobatlashadigan yangi xo‗jalik yurituvchi sub'ektlar paydo bo‗ldi. Pirovardida sog‗lom raqobat muhiti shakllanishiga zamin yaratildi. Ma'lumki, iqtisodiy barqarorlikka erishishning muhim shartlaridan biri, bu — mavjud monopol tarmoqlar faoliyati bilan jamiyat o‗rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish, ularda mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‗rsatish hajmi o‗sishini doimiy ravishda ta'minlashdan iborat. Shuning uchun ham iqtisodiyotni isloh qilish davrida monopol tarmoqlar faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish, monopoliyadan chiqarish va bu boradagi faoliyatni cheklash dolzarb masala hisoblanadi. Mamlakatimizda kechayotgan iqtisodiy islohotlarning muhim jihati shundaki, ular monopol korxonalar mahsulotlari va xizmatlaridan sifatli hamda kafolatli foydalanish, mahsulotlar narxlari muqobilligini ta'minlash, iste'molchilar ehtiyojlarini to‗liq qondirish makroiqtisodiy 7 barqarorlikka erishishga qaratilgan. Bu esa, navbatida, davlat tomonidan monopol korxonalar faoliyatini tarkibiy o‗zgartirish va sog‗lom raqobat muhitini yaratishga yo‗naltirilgan kompleks tadbirlarning amalga oshirilishi hamda qonunchilikning takomillashtirilishini taqozo etadi. 1996 yilda ―Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingandan so‗ng mazkur yo‗nalishdagi ishlarni yanada izchillik bilan ro‗yobga chiqarishning huquqiy asosi mustahkamlandi. Natijada sog‗lom raqobat muhitining ijobiy natijalari iqtisodiyotning ko‗pgina tarmoqlari va sohalarida yanada yaqqolroq namoyon bo‗ldi. Ya'ni 2000 yildan 2011 yilgacha bo‗lgan davrda monopol korxonalar 4 baravarga, bunday turdagi mahsulot va xizmatlar soni 12 baravarga kamaydi. Ayni chog‗da monopol mahsulot va xizmatlarning respublika yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 19,2 foizga pasaydi. 1-rasm. 8 O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2020 yil va keyingi yillarda iqtisodiyot sohasida amalga oshirish zarur bo„lgan dasturiy va maqsadli vazifalar Prezident Oliy Majlisga Murojaatnomasida iqtisodiyot sohasida bajarilishi lozim bo‘lgan maqsad va vazifalarni keltirdi. Iqtisodiyot sohasida keng qamrovli iqtisodiy islohotlar negizida quyidagi maqsadlar amalga oshiriladi darkor: ochiq iqtisodiyot, sog‘lom raqobat, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash uchun zarur sharoitlarni yaratish; iqtisodiyotda davlat ulushini kamaytirish, xususiy sektorni jadal rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirish; iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, mehnat unumdorligini oshirish orqali yuqori iqtisodiy o‘sishni ta‘minlash; ―yashirin‖ iqtisodiyotga qarshi kurashish, uning hajmini keskin qisqartirish; valyutani erkinlashtirish siyosatini izchil davom ettirish; barqaror monetar siyosatni amalga oshirish; iqtisodiyotni rivojlantirishga doir strategik maqsadlarni ro‘yobga chiqarishga qodir malakali kadrlarni tayyorlash. Shu maqsadlarni amalga oshirishda quyidagi vazifalar belgilandi: makroiqtisodiy barqarorlikning va yuqori iqtisodiy o‘sish sur‘atini ta‘minlash; jahon tajribasini puxta o‘rganib, xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda monetar siyosatni takomillashtirish va narx-navo barqarorligini ta‘minlash konsepsiyasini ishlab chiqish; iqtisodiy statistik ma‘lumotlarni to‘g‘ri yuritish va davlat iqtisodiy ahvolini aniq baholash (Shu maqsadda 2020 yil 1- yanvardan boshlab BMT va Xalqaro valyuta fondining ―Milliy hisoblar tizimi"ni respublikada to‘liq joriy etish masalasi qo‘yildi); iqtisodiyot rivojiga jiddiy turtki beradigan sohalarni rivojlantirish bo‘yicha strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirish (Vazirlar Mahkamasi mamlakatning 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan kompleks rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqib, xalqaro 9 ekspertlar ishtirokida muhokama qilishni 2019 yil 1 aprelga qadar yakunlashi kerak); byudjet mablag‘laridan foydalanish tizimini takomillashtirish (byudjet hisobidan mablag' ajratiladigan har qanday dastur yoki loyihaning sifat va miqdor ko‘rsatkichlaridan iborat natijaga yo‘naltirilgan indikatorlar bo‘lishi masalasi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga 2 oy ichida taklif kiritish vazifasi yuklatildi); Iqtisodiyotni yuqori sur‘atlar bilan rivojlantirish uchun faol investitsiya siyosatini izchil davom ettirish zarur.Joriy yilda 23 milliard dollarlik investitsiyalar o‗zlashtiriladi hamda 206 ta yangi yirik quvvatlar ishga tushiriladi. Jumladan, Sho‗rtan gaz-kimyo kompleksida sintetik suyuq yoqilg‗i, ―Navoiyazot‖ aksiyadorlik jamiyatida azot kislotasi, ammiak va karbamid ishlab chiqarish quvvatlari barpo etiladi. Yangi Toshkent metallurgiya zavodi, Toshkent metrosining Sirg‗ali tarmog‗i, yer usti halqa yo‗lining birinchi bosqichi ishga tushiriladi. 2020 yilda o‗zlashtiriladigan investitsiyalarning salmoqli qismi to‗g‗ridan-to‗g‗ri xorijiy sarmoyalar va kreditlar bo‗lishini alohida qayd etmoqchiman. Investorlarni qo‗llab-quvvatlash maqsadida ularga soliqlarni bo‗lib-bo‗lib to‗lash, infratuzilma yaratish xarajatlarini qisman davlat tomonidan qoplash mexanizmlari joriy etilmoqda.Shuningdek, foyda solig‗ini hisoblashda yangi texnologik uskunalar xarid qilish, yangi ob‘yektlarni qurish va modernizatsiya qilish xarajatlari bo‗yicha chegirmalar kengaytirildi. Mavjud 3 mingga yaqin davlat ishtirokidagi korxonalarni xatlovdan o‗tkazib, xususiy sektor va raqobat rivojlangan yo‗nalishlardagi korxonalarda davlat ishtirokini keskin kamaytirish choralarini ko‗rish kerak.Navoiy va Olmaliq tog‗-kon metallurgiya kombinatlari kabi yirik sanoat korxonalarida yangi investitsion loyihalarni amalga oshirish bilan birga, ushbu korxonalarni xalqaro moliya bozorining to‗laqonli ishtirokchisiga aylantirish lozim. Buning uchun 2020 yilda xalqaro standartlar asosida moliyaviy hisobotlarni tuzish, zaxiralarni qayta hisoblash, korporativ oshkoralikni tatbiq etish kabi ishlarni yakunlash zarur. Neft-gaz sohasidagi davlat korxonalarini boshqarishga xorijiy ekspertlarni jalb etib, ularning samaradorligini oshirish va xarajatlarini optimallashtirish, qarz miqdorini kamaytirishga erishish lozim. Vazirlar Mahkamasi ana shu vazifalarni to‗liq hisobga olib, ikki oy muddatda Davlat ishtirokidagi korxonalarga egalik qilish, ularni boshqarish va isloh etish strategiyasini ishlab chiqsin. Xorijiy 10 investorlarni faol jalb etish maqsadida joriy yil mart oyida Toshkent xalqaro investitsiya forumini yuqori saviyada o‗tkazish zarur. Investitsiya jalb etishning samarali vositalaridan biri bo‗lgan davlatxususiy sheriklik mexanizmlarini transport, energetika, yo‗l, kommunal, tibbiyot, ta‘lim kabi sohalarga keng tatbiq etish kerak. Hozirgi vaqtda qurilish sohasi iqtisodiyotning muhim ―drayver‖laridan biriga aylandi. Bu sohaning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 6 foizdan oshgani ham bu fikrni yaqqol tasdiqlab turibdi. Ushbu tarmoqni yanada rivojlantirish uchun qurilishga oid normalarni xalqaro standartlar bilan uyg‗unlashtirish, zamonaviy qurilish texnologiyalari va materiallarini tatbiq etish, soha uchun kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish zarur. Shuningdek, tenderlar o‗tkazishning aniq mezonlarini ishlab chiqish va sohada axborot texnologiyalarini keng joriy etish kerak. Barqaror iqtisodiy o‗sishning eng muhim garovi – raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish, ular uchun yangi xalqaro bozorlar topish va eksportni ko‗paytirish, tranzit salohiyatidan to‗liq foydalanish hisoblanadi. Bu yil eksportyorlarga kafillik beradigan va xarajatlarning bir qismini qoplaydigan – Eksportni qo‗llab-quvvatlash jamg‗armasi hamda eksportni oldindan moliyalashtirish uchun – Eksport-kredit agentligi tashkil etiladi. Shuningdek, eksport qilishda zamonaviy sug‗urta xizmatlari yo‗lga qo‗yiladi, avtomobil va havo transporti xarajatlarini qisman davlat tomonidan qoplab berish mexanizmi joriy qilinadi.Tashqi savdo bilan bog‗liq nazorat tizimi va infratuzilmani yaxshilash zarur. Jumladan, xorijiy tajribadan kelib chiqib, bojxona postlarida nazoratni amalga oshiradigan bojxona, sanitariya, karantin, veterinariya va boshqa idoralar faoliyatini isloh qilish lozim. 2020 yilda 3 mingga yaqin standartlarni qabul qilish, ularning sonini 10 mingtaga va xalqaro standartlar bilan uyg‗unlashish darajasini 40 foizga yetkazish darkor. Andijon, Termiz va Qo‗ng‗irot tumanlarida erkin savdo zonalarini tashkil etib, ular orqali chegaraoldi savdosini rivojlantirish zarur. Xaridorgir mahsulotlar turlarini aniqlash, ularga bozor topish va sotish bilan xususiy treyding kompaniyalari shug‗ullanishi, buning uchun esa, savdo faoliyatini tartibga soladigan qonun loyihalari to‗plamini ishlab chiqish lozim. Bu tashqi savdo bilan bir qatorda, ichki bozorga ham tegishli. 11 Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish konsepsiyasini ishlab chiqsin hamda ana shu vazifalar ijrosini ta‘minlash bo‗yicha tegishli qarorlarni tayyorlasin. Mahsulotlarimizni ichki va tashqi bozorlarga yetkazish, ularning tannarxini tushirish uchun transport-logistika sohasini rivojlantirishimiz zarur. Temir yo‗l sohasida yo‗lovchi va yuk tashish, ekspluatatsiya va xizmat ko‗rsatishni bir-biridan ajratish, ya‘ni, tabiiy monopoliya qismini alohida, xususiy sektorni jalb qilish mumkin bo‗lgan yo‗nalishlarni alohida rivojlantirish lozim. Xalqaro ekspertlarning xulosasiga ko‗ra, infratuzilmani yaxshilash, moslashuvchan tariflar qo‗llash va yangi istiqbolli yo‗nalishlarni shakllantirish hisobidan bizda tranzit salohiyatini hozirgi 7 million tonnadan 16 million tonnaga yetkazish imkoniyati mavjud. Yana bir muhim masalaga e‘tiboringizni qaratmoqchiman. Aholi daromadlarini oshirish, qo‗shimcha ish o‗rinlari yaratish, mahsulot ishlab chiqarishni ko‗paytirish uchun bizga yangi-yangi bozorlar kerak. Buning uchun bozor iqtisodiyoti va davr talablariga mos ko‗plab qonun va qarorlarni qabul qilyapmiz. Lekin, afsuski, ularni ijro etadigan ko‗pgina amaldorlar hali ham eskicha ish uslubi, rasmiyatchilik va befarqlikdan qutulgani yo‗q. Ochiq bozor mahsulot sifatini oshirish, tannarxni pasaytirish, yangi texnologiyalar olib kelishga majbur qiladi, bozor islohotlarini jadal rivojlantiradi. Sodda qilib aytsak, jahon ishlab chiqarish tizimiga, dunyo bozori talablariga va iqtisodiy integratsiya jarayonlariga hamohang bo‗lishimiz lozim. Muloqot va raqobatga tayyor bo‗lish uchun tarmoq rahbarlari o‗z ustida tinimsiz ishlashi shart. Sanoat tarmoqlarini uzluksiz xomashyo va zamonaviy infratuzilma bilan ta‘minlash zarur. Iqtisodiyotning qator muhim tarmoqlari, jumladan, kimyo, neft va gaz, energetika, elektrotexnika, qurilish materiallari, zargarlik sanoatini xomashyo bilan ta‘minlash uchun, avvalo, geologiyaqidiruv sohasini tubdan rivojlantirish lozim. Shuni hisobga olib, joriy yilda istiqbolli konlarni aniqlash va mavjud zaxiralarni ko‗paytirish uchun byudjetdan 2 trillion so‗m mablag‗ ajratilmoqda.Davlat geologiya qo‗mitasi oldiga ushbu mablag‗larni samarali ishlatish orqali shu yilda yangi istiqbolli maydonlar va konlarni aniqlashni 35 foizga, kelgusi yilda esa 40 foizga oshirish vazifasi qo‗yiladi. Davlat geologiya qo‗mitasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birga kamida 20 ta kon bo‗yicha tayyor loyihalar to‗plamini shakllantirib, salohiyatli 12 investorlarga taklif etishi lozim. Shuningdek, Qo‗mita uglevodorodlar va ularning zaxiralari bo‗yicha hisob-kitob yuritish, toifaga ajratish va boshqarishning xalqaro tizimini amaliyotga joriy etishi kerak.Iqtisodiy yuksalishni ta‘minlash uchun barcha qulayliklarga ega bo‗lgan zamonaviy infratuzilma barpo etish nihoyatda zarur. Biz keyingi 3 yilda yo‗l qurilishiga – 9,8 trillion so‗m, suv tarmoqlariga – 4,6 trillion so‗m, elektr tarmoqlariga – 18,2 trillion so‗m, tabiiy gaz ta‘minotiga – 1,2 trillion so‗m mablag‗ ajratdik. Bu raqamlar ushbu tarmoqlar uchun so‗nggi 10 yilda sarflangan mablag‗lardan bir necha barobar ko‗pdir. Lekin, shunga qaramasdan, zamonaviy infratuzilma yaratish, mavjud tizimni modernizatsiya qilish uchun bundan bir necha o‗n barobar ko‗p mablag‗ talab etiladi. 13 Iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish Milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta‘minlash, uning tarkibida sanoat, xizmat ko‗rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko‗paytirish; Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish; Yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‗shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o‗tkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish; Iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish; Prinsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini o‗zlashtirish, shu asosda ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini ta‘minlash; Ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rag‗batlantirish siyosatini davom ettirish hamda, eng avvalo, iste‘mol tovarlar va butlovchi buyumlar importining o‗rnini bosish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish; Iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish; 14 Faoliyat ko‗rsatayotgan erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalari samaradorligini oshirish, yangilarini tashkil etish; Xizmat ko‗rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlarning o‗rni va ulushini oshirish, ko‗rsatilayotgan xizmatlar tarkibini, eng avvalo, ularning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan o‗zgartirish; Turizm industriyasini jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda uning roli va ulushini oshirish, turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish va sifatini yaxshilash, turizm infratuzilmasini kengaytirish; Eksport faoliyatini liberallashtirish va soddalashtirish, eksport tarkibini va geografiyasini diversifikatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish va safarbar etish; Yo‗l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot, ijtimoiy soha, boshqaruv tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish. Makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash, qabul qilingan o‗rta muddatli dasturlar asosida tarkibiy va institutsional o‗zgarishlarni chuqurlashtirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning barqaror yuqori o‗sish sur‘atlarini ta‘minlash; Xarajatlarning ijtimoiy yo‗naltirilganini saqlab qolgan holda Davlat budjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta‘minlash, mahalliy budjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan budjetlararo munosabatlarni takomillashtirish; Soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq ma‘muriyatchiligini takomillashtirish va tegishli rag‗batlantiruvchi choralarni kengaytirish; Ilg‗or xalqaro tajribada qo‗llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, shuningdek valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, milliy valyutaning barqarorligini ta‘minlash; Bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta‘minlash, banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning 15 moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investitsiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub‘ektlarini kreditlashni yanada kengaytirish; Sug‗urta, lizing va boshqa moliyaviy xizmatlarning hajmini ularning yangi turlarini joriy qilish va sifatini oshirish hisobiga kengaytirish, shuningdek kapitalni jalb qilish hamda korxona, moliyaviy institutlar va aholining erkin resurslarini joylashtirishdagi muqobil manba sifatida fond bozorini rivojlantirish; Xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, yetakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, puxta o‗ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investitsiya va kreditlardan samarali foydalanish. Qishloq xo„jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish: Tarkibiy o‗zgartirishlarni chuqurlashtirish va qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishini izchil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar sektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish; Paxta va boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirish, bo‗shagan yerlarga kartoshka, sabzavot, ozuqa va yog‗ olinadigan ekinlarni ekish, shuningdek, yangi intensiv bog‗ va uzumzorlarni joylashtirish hisobiga ekin maydonlarini yanada optimallashtirish; fermer xo‗jaliklari, eng avvalo, qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan bir qatorda, qayta ishlash, tayyorlash, saqlash, sotish, qurilish ishlari va xizmatlar ko‗rsatish bilan shug‗ullanayotgan ko‗p tarmoqli fermer xo‗jaliklarini rag‗batlantirish va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; Qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, yarim tayyor va tayyor oziq-ovqat hamda qadoqlash mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‗yicha eng zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan yangi qayta ishlash korxonalarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish bo‗yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish; 16 Qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini saqlash, tashish va sotish, agrokimyo, moliyaviy va boshqa zamonaviy bozor xizmatlari ko‗rsatish infratuzilmasini yanada kengaytirish; Sug‗oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, melioratsiya va irrigatsiya ob‘ektlari tarmoqlarini rivojlantirish, qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarish sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo, suv va resurslarni tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, unumdorligi yuqori bo‗lgan qishloq xo‗jaligi texnikasidan foydalanish; Kasallik va zararkunandalarga chidamli, mahalliy yer-iqlim va ekologik sharoitlarga moslashgan qishloq xo‗jaligi ekinlarining yangi seleksiya navlarini hamda yuqori mahsuldorlikka ega hayvonot zotlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish bo‗yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish; Global iqlim o‗zgarishlari va Orol dengizi qurishining qishloq xo‗jaligi rivojlanishi hamda aholining hayot faoliyatiga salbiy ta‘sirini yumshatish bo‗yicha tizimli chora-tadbirlar ko‗rish. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag„batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish: Xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni ta‘minlash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo‗lidagi barcha to‗siq va cheklovlarni bartaraf etish, unga to‗liq erkinlik berish, «Agar xalq boy bo‗lsa, davlat ham boy va kuchli bo‗ladi» degan tamoyilni amalga oshirish; Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyatiga davlat, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarning qat‘iy oldini olish; Davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish va uning tartibtaomillarini soddalashtirish, xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarning ustav jamg‗armalarida davlat ishtirokini kamaytirish, davlat mulki 17 xususiylashtirilgan ob‘ektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; Investitsiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy, eng avvalo, to‗g‗ridan-to‗g‗ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish; Korporativ boshqaruvning zamonaviy standart va usullarini joriy etish, korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini kuchaytirish; tadbirkorlik sub‘ektlarining muhandislik tarmoqlariga ulanishi bo‗yicha Tartib-taomil va mexanizmlarni takomillashtirish va soddalashtirish; mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini tartibga solishda davlat ishtirokini kamaytirish, davlat boshqaruvi tizimini markazlashtirishdan chiqarish va demokratlashtirish, davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish, nodavlat, jamoat tashkilotlari va joylardagi o‗zini o‗zi boshqarish organlarining rolini oshirish Mustaqillik yillarida yengil sanoat mamlakatimiz makroiqtisodiy kompleksida mustahkam o‗rin egalladi. Chet el investitsiyalari va zamonaviy texnologiyalarni keng jalb etish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‗yicha amalga oshirilayotgan samarali loyihalar ishlab chiqarish sohasida yuqori ko‗rsatkichlarga erishishni ta‘minlayotir. Mustaqillik yillarida tarmoqqa 2,5 milliard dollardan ortiq sarmoya jalb etilib, 200 dan ziyod yirik investitsiya loyihasi hayotga tatbiq etildi. ―O‗zbek yengilsanoat‖ aksiyadorlik jamiyati korxonalari tomonidan qiymati 31 trillion so‗mlikdan ziyod sanoat mahsulotlari, 13 trillion so‗mlikdan ortiq xalq iste‘moli tovarlari ishlab chiqarildi. Korxonalarda paxta kalava va gazlama, to‗qimachilik matolari, tikuvchilik va paypoq buyumlari, ip kalava, tayyor kiyimlar bilan birga tibbiyot uchun mo‗ljallangan mahsulotlar va maxsus kiyimlar ham ishlab chiqarilmoqda. ―O‗zbek yengilsanoat‖ aksiyadorlik jamiyatida joriy yilning 9 oyida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 18,5 foiz, xalq iste‘moli tovarlari ishlab chiqarish 23 foizga o‗sdi. Bugungi kunda jamiyat tarkibiga zamonaviy texnika bilan ta‘minlangan 380 dan ortiq to‗qimachilik, tikuvchilik va trikotaj, shuningdek, shoyi 18 mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxonalar kiradi. Ularning qariyb 360 tasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektidir. Ushbu korxonalar ip kalavadan tortib tayyor buyumgacha bo‗lgan keng turdagi mahsulotlarni ichki va tashqi bozorga yetkazib bermoqda. Zamonaviy dizayn va yuqori sifat ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar raqobatbardoshligini ta‘minlab, ularning xalqaro bozorda munosib o‗rin egallashi uchun imkoniyat bermoqda. – Rivojlanishning asosiy omillaridan biri ishlab chiqariladigan mahsulotning jahon bozoriga eksport qilinishidir, deydi ―O‗zbekengilsanoat‖ aksiyadorlik jamiyati boshqarma boshlig‗i o‗rinbosari Avaz Muhiddinov. – Ayni paytda jamiyat korxonalari o‗z mahsulotlarini dunyoning 60 dan ziyod mamlakatiga eksport qilmoqda. ―O‗zbekengilsanoat‖ aksiyadorlik jamiyati ma‘lumotlariga ko‗ra, shu yilning o‗tgan uch choragida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2,7 trillion so‗mdan ortgan, xalq iste‘moli tovarlari ishlab chiqarish esa 1,2 trillion so‗mni tashkil qilgan. Ayni paytda ip va gazlama, trikotaj mato va undan tayyorlangan buyumlar, noto‗qima materiallar, xom ipak kabi asosiy turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi o‗sdi. Bugungi kunda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xalqaro bozorlarga chiqarish, innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va xorijiy sheriklarni jalb etish ―O‗zbekengilsanoat‖ aksiyadorlik jamiyatining muhim vazifalaridan biridir. Bularning barchasi mamlakatimiz yengil sanoatini sifat jihatidan yangi darajaga ko‗tarish imkonini beradi. Mamlakatimizda bu sohani yanada rivojlantirish maqsadida sifat o‗zgarishlarini ta‘minlashga qaratilgan islohotlar olib borilmoqda. Jumladan, to‗xtab qolgan eski ip-yigiruv kombinatlari o‗rniga zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan xorijiy va qo‗shma korxonalar tashkil etilmoqda. Ko‗plab tarmoq korxonalari modernizatsiya qilindi, ularda jahon andozalari darajasidagi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarilishi yo‗lga qo‗yildi. Tarmoqda faoliyat ko‗rsatayotgan korxonalarni qo‗llab-quvvatlash maqsadida berilgan imtiyoz va preferensiyalar ularning tashqi bozorda mustahkam o‗rin egallashiga imkon yaratmoqda. ―Asaka textile production‖ korxonasida bo‗yalgan ip kalava, ―Indorama Kokand textile‖ qo‗shma korxonasida ip kalava ishlab chiqarishning 19 to‗rtinchi bosqichi, ―Jizzax grant textile‖ korxonasida paypoq mahsulotlari ishlab chiqarish kabi yangi quvvatlar foydalanishga topshirilgani buning yaqqol dalilidir. Shuningdek, ―Uztex Toshkent‖ va ―Humo to‗qimachi‖ korxonalarini modernizatsiya qilish ishlari yakuniga yetkazildi. Tarmoqda sport mahsulotlari ishlab chiqarishga alohida e‘tibor berilmoqda. Bugungi kunda 57 korxonada 60 dan ortiq turdagi sport buyumlari ishlab chiqarilayotir. Chet el investitsiyalarini jalb etish, yangi qo‗shma korxonalar tashkil qilish va mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish mamlakatimiz yengil sanoatini rivojlantirish imkonini bermoqda. Joriy yilning o‗tgan davrida sohaga 153,7 million AQSh dollari jalb qilindi. Buning samarasida 25 investitsiyaviy loyiha amalga oshirilib, 2 mingdan ortiq yangi ish o‗rni yaratildi. Paxta tolasini chuqur qayta ishlashni yo‗lga qo‗yish orqali yurtimizda yengil sanoat tarmog‗ini yanada rivojlantirish bo‗yicha tegishli dasturlar ishlab chiqilayotir. Jumladan, yurtimizda qabul qilingan 2015-2019 yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy o‗zgartirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilish dasturi asosida to‗qimachilik sanoatida umumiy qiymati qariyb bir milliard dollarga teng bo‗lgan 77 muhim loyiha amalga oshirilmoqda. Tarmoqni yanada rivojlantirish maqsadida 2017-2021yillarda to‗qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida umumiy qiymati 2,2 milliard dollardan ortiq bo‗lgan 140 loyiha amalga oshirilishi ko‗zda tutilmoqda. Joriy yilda qiymati 90 million dollarga teng 25 yangi sanoat korxonasi ishga tushirildi. Engil sanoat korxonalari mahsulot eksportini kengaytirishga alohida e‘tibor qaratmoqda. Shu yilning o‗tgan 9 oyida eksport hajmi 767,3 million dollarni tashkil etdi. Bu o‗tgan yilning shu davriga nisbatan 17,9 foiz ko‗pdir. O‗tgan davrda eksport qiluvchi korxonalar soni 38 taga ko‗payib, 250 taga yetdi. Bugungi kunda jamiyat korxonalari eksport qilinayotgan tayyor mahsulotlar turini kengaytirish borasida faol ish olib bormoqda. Xususan, tarmoq korxonalari eksporti tarkibiga olachipor, zich tayyorlangan va bambukli ip, tayyor to‗quv-trikotaj buyumlarining yangi modellari, yotoqxona va oshxona choyshablari, yorliqlar, poplin, satin va paxmoq gazlamalar, bolalar ko‗ylagi va boshqa yangi turdagi mahsulotlar kiritildi. 20 Bozor talablari inobatga olingan holda, tikuvchilik-trikotaj buyumlari turi yangilandi. Bugungi kunda umumiy eksport hajmida yuqori qo‗shimcha qiymatga ega mahsulotlar ulushi 42 foizni tashkil etmoqda. 2-rasm. 21 3-rasm. 4-rasm. Xorazm viloyati. 22 Sanoatni rivojlantirish, texnik va texnologik yangilanish - davr talabi Shunday qilib, O‗zbekiston iqtisodiyotini jahonning tez rivojlanayotgan davlatlari iqtisodiyoti darajasiga ko‗tarishdek maqsadni oldiga qo‗ygan davlatimiz rahbari bosqichma-bosqich islohotlar o‗tkazishning besh tamoyiliga asoslangan, ijtimoiy yo‗naltirilgan erkin bozor iqtisodiyotiga o‗tishning o‗ziga xos modelini ishlab chiqdi. Ma'lumki, yosh mustaqil respublikaning iqtisodiy rivojlanishi bo‗yicha tanlangan ushbu model bugun jahon hamjamiyati tomonidan yuksak e'tirof etildi hamda ―o‗zbek modeli‖ deya nom oldi. Ko‗zda tutilgan islohotlarning izchil amalga oshirilishi natijasida iqtisodiy o‗sishning barqarorligi va mutanosibligi ta'minlandi. Keyingi o‗n yil davomida O‗zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsulotining yillik o‗sish darajasi 8 foizdan ziyodni tashkil qilmoqda. Umuman, mustaqillik yillarida O‗zbekiston iqtisodiyoti deyarli 6 baravar, aholining real daromadlari qariyb 9 baravar o‗sdi. Yalpi ichki mahsulotni aholi jon boshiga nisbatan hisoblaganda esa, u 6,9 ming AQSH dollarigacha ortdi hamda O‗zbekistonning o‗rtacha darajali daromadga ega mamlakatlar qatoriga kirishiga imkon berdi. O‗tish davrining murakkab sharoitida iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari – neft-gaz, oltin qazib chiqarish, rangli metallurgiya, kimyo va neftkimyo sanoatini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratildi. Bu esa davlatimizning makroiqtisodiy barqarorligini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Mustaqillik davrida O‗zbekiston iqtisodiyotida amalga oshirilgan ijobiy o‗zgarishlar tufayli uning tuzilmasini sezilarli darajada diversifikatsiya qilishga erishildi. Avtomobilsozlik, shu jumladan, dvigatel hamda ehtiyot qismlar ishlab chiqarish, neft-gaz kimyosi, neft-gaz mashinasozligi, zamonaviy qishloq xo‗jaligi mashinasozligi, qurilish materiallari sanoati, temir yo‗l mashinasozligi, maishiy elektronika asboblari ishlab chiqarish, farmatsevtika va mikrobiologiya, oziq-ovqat, to‗qimachilik, charmpoyabzal sanoati hamda boshqa bir qator mutlaqo yangi tarmoqlarning yo‗lga qo‗yilishi bunga zamin yaratdi. Samarqand shahrida avtobus ishlab chiqaruvchi ―Isuzu‖ (Yaponiya) va yuk avtomobillari ishlab chiqaruvchi ―MAN‖ (Germaniya) zavodlari, Buxoro neftni qayta ishlash 23 zavodi, Sho‗rtan gaz-kimyo majmuasi hamda yaqindagina Ustyurt gazkimyo majmuasi foydalanishga topshirildi, Farg‗ona neftni qayta ishlash zavodi to‗liq rekonstruksiya qilindi. Natijada O‗zbekiston sanoatining tarmoq tuzilmasida sezilarli sifat o‗zgarishlari ro‗y berdi. Buni quyidagi raqamlar ham tasdiqlaydi: iqtisodiy o‗sishning lokomotivi hisoblangan sanoatning ulushi 35 foizga yaqinni tashkil etadi, ayni paytda qishloq xo‗jaligining ulushi bosqichmabosqich 18 foizgacha kamaydi, xizmatlar ulushi esa 33 foizdan 47 foizga ko‗tarildi. Bunday o‗zgarishlar jadal rivojlanuvchi iqtisodiyotlarga xosdir. O‗zbekistonning sanoati diversifikatsiya qilinishi natijasida uning eksport tuzilmasi ham o‗zgarib bormoqda. Agar o‗tgan asrning 90-yillari boshida mamlakatimiz eksporti, asosan, paxtadan iborat bo‗lgan va uning ulushi eksport umumiy hajmining 60 foizini tashkil qilgan bo‗lsa, hozirgi paytda chetga chiqarilayotgan mahsulotlarning deyarli 80 foizi qishloq xo‗jaligi texnikasi, zamonaviy qurilish materiallari, tayyor to‗qimachilik buyumlari hamda poyabzal, kabel-o‗tkazgichlar singari qayta ishlashga asoslangan tarmoqlarning mahsulotlaridir. Ta'kidlash joizki, O‗zbekistonning industrial taraqqiyotida sanoat ishlab chiqarishini mahalliylashtirish muhim o‗rin egallaydi. Dastlab mahalliylashtirish dasturi 2000 yiliyoq qabul qilingan edi. O‗shandan buyon dastur doirasida qiymati 5,5 milliard AQSH dollaridan ortiq bo‗lgan 2600 dan ziyod loyihalar amalga oshirildi. Mahalliylashtirilgan korxonalarda 5 ming turdan ortiq sanoat mahsulotini ishlab chiqarish o‗zlashtirildi, bu esa yiliga 7 milliard AQSH dollarilik mahsulot importining o‗rnini bosdi, deganidir. Faqat keyingi ikki yil ichida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hisobiga 97 guruh tovarlarni import qilish butunlay to‗xtatildi, shuningdek, 306 turdagi mahsulotni chetdan keltirish 2 baravardan ziyod kamaydi. Tarmoq ichidagi va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish ham har yili o‗tkaziladigan Xalqaro sanoat yarmarkasi hamda Kooperatsiya birjasi doirasida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish bo‗yicha buyurtmalarni joylashtirishning shartnomaviy tizimini hamda undagi yengilliklar tartibini yaratishga olib keldi. Masalan, o‗tgan yilgi yarmarkada joriy yil davomida umumiy qiymati 1,9 trillion so‗mga teng bo‗lgan mahsulotni sotish bo‗yicha 13,3 mingdan ziyod yoki undan avvalgi yarmarkaning ko‗rsatkichlariga nisbatan 38 foizdan ortiq shartnomalar imzolandi. Shundan 2,1 trillion so‗mligi ilgari import qilingan mahsulotlarga tegishlidir. Hisob-kitoblarga 24 ko‗ra, bu joriy yilda sanoat tarmoqlarini asosiy ishlab chiqarish uchun import qilishni 637,5 million AQSH dollariga qisqartirishni ta'minlaydi. Agar mustaqillikning dastlabki yillarida respublikamizda asosiy maqsadlar qisqa muddatli istiqbolga qaratilgan bo‗lsa, ayni vaqtda iqtisodiy o‗sishning yuqori sur'atlari, makroiqtisodiy barqarorlik va faol tuzilmaviy yangilanishlar tufayli ustuvor vazifalarni o‗rta hamda uzoq muddatlarga belgilab olish va amalga oshirish imkoniyati yuzaga keldi. Bugungi kunda uzoq muddatli istiqbolga mo‗ljallangan iqtisodiy siyosatning bosh maqsadi mavjud xom ashyo zaxiralarini qayta ishlashning davomli zanjirini shakllantirishda afzalliklarga ega bo‗lgan sanoat tarmoqlarini rivojlantirish, qo‗shimcha qiymatli mahsulotni ko‗paytirishga xizmat qiladigan yuqori texnologiyali qayta ishlovchi tarmoqlarni jadal taraqqiy ettirish uchun tejamkor hamda innovatsion omillarni kuchaytirish hisobiga raqobatdosh, barqaror, tuzilmaviy jihatdan mutanosib iqtisodiyotni yaratishdan iboratdir. Ana shu yo‗nalishda keyingi yillarda mamlakatimiz sanoatida elektrotexnika jihozlari, polietilen, polipropilen, mashinasozlik va boshqa sohalar uchun ehtiyot qismlar hamda butlovchi buyumlar, maishiy elektrotexnika jihozlari – kir yuvish mashinalari, gaz plitalari, konditsionerlar, changyutkichlar, yana bir qator yuqori texnologiyali mahsulot turlarini tayyorlash o‗zlashtirildi. Natijada bugungi kunga kelib, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotining 60 foizdan ziyodi mustaqillik yillarida butunlay yangidan tashkil qilingan tarmoqlar hissasiga to‗g‗ri kelmoqda. Shu bilan birga, O‗zbekistonda iqtisodiyotni yanada isloh etish, tarkibiy o‗zgartirishlarni chuqurlashtirish hamda diversifikatsiyalash bo‗yicha 2020 yilgacha mo‗ljallangan kompleks strategik dastur qabul qilingan. U bir-biri bilan uzviy bog‗liq sakkizta kompleks dasturni birlashtirgan: xususiy mulkni ishonchli muhofaza etish, iqtisodiyotda uning ulushi va ahamiyatini oshirish, zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini joriy qilish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash hamda diversifikatsiyalash, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, muhandislikkommunikatsiya va yo‗l-transport infratuzilmasini rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari hamda ijtimoiy sohada energiya iste'moli hajmini kamaytirish va energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni ta'minlash. Shubhasiz, bunday faol sanoat mamlakatimizning investitsiyaviy 25 hamda investitsiyaviy siyosat jozibadorligini oshirish va ishbilarmonlik muhitini takomillashtirish bo‗yicha doimiy ish olib borish orqali amalga oshiriladi. Jahon bankining ―Biznes yuritish‖ hisobotiga ko‗ra, O‗zbekiston 20142015 yillarda biznes yuritish uchun eng qulay sharoitlarni yaratgan islohotchi davlatlar o‗ntaligiga kiritildi. Jahon banki ekspertlarining e'tiroficha, O‗zbekistonda biznesni boshlash uchun sarflanadigan vaqt Yaponiyadagiga qaraganda 1,5 baravar, Germaniyadagiga nisbatan 1,6 baravar, Gretsiya va Isroildagiga qaraganda 2 baravar, Ispaniyadagiga nisbatan 2,2 baravar, Xitoydagiga qaraganda 4,8 baravar kamdir. Kichik biznesga soliq yukining darajasi esa bizning yurtimizda AQSH, Kanada, Germaniya, Avstriya, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Gretsiya, Yaponiya, Xitoy, Hindiston, Belarus hamda boshqa davlatlardagiga nisbatan ancha past. O‗zbekistonda yaratilgan qulay ishbilarmonlik muhiti xorijiy tadbirkorlar va sarmoyalarni jalb etib kelmoqda. Bugungi kunda respublikamizda 90 dan ortiq mamlakatning xorijiy kapitali ishtirokidagi 4 mingdan ziyod korxona fao-liyat yuritmoqda. Mamlakatimiz iqtisodiyotida har yili o‗zlashtirilayotgan kapital qo‗yilmalarning 20 foizini xorijiy investitsiyalar hamda kreditlar tashkil qiladi. Yirik xorijiy hamkorlarimiz sirasiga ―Boing‖, ―Honeywell‖, ―Airbus‖, ―MAN‖, ―Klaas‖, ―Knauf‖, ―Lemken‖, ―Nestle‖, ―Teknip‖, ABB, ―Maksam‖, ―Isuzu‖, ―Itochu‖, ―Mitsubishi‖, ―General motors‖, ―Hitachi‖, ―Marubeni‖, ―Hyundai‖, ―Samsung‖, ―El-Gi‖, ―Lotte chemical‖, ―Huawei‖, ZTE, ―CNPC‖, ―Citic‖ singari ko‗pdan-ko‗p kompaniyalarni kiritish mumkin. 2015-2019 yillarda iqtisodiyotni yanada isloh qilish, tarkibiy o‗zgartirish va diversifikatsiyalash bo‗yicha dasturi (Ishlab chiqarishda tarkibiy o‗zgarishlar, modernizatsiya va diversifikatsiyani ta'minlash bo‗yicha 2015 - 2019 yillarga mo‗ljallangan tadbirlar dasturi) umumiy qiymati 40 milliard AQSH dollaridan ortiq bo‗lgan 846 ta yangidan boshlanadigan investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishni ko‗zda tutadi. Shu jumladan, 25 milliard dollarlik 70 ta loyiha neft-gaz kimyosi hamda kimyo sanoatiga, 9 milliard dollarlik 30 dan ortiq loyiha elektr energetikaga, 1 milliard dollarlik 150 ta loyiha to‗qimachilik va charm-poyabzal sanoatiga, 410 million dollarlik 300 dan ziyod loyiha oziq-ovqat sanoatiga, 270 million dollarlik 40 ga yaqin loyiha elektr texnika sanoatiga tegishli. Yana sanoatning turli tarmoqlarida boshqa bir qator loyihalarni hayotga tatbiq qilish rejalashtirilgan. 26 To‗la ishonch bilan aytish mumkinki, yurtimizda ishlab chiqarishni chuqur diversifikatsiya qilish orqali neft-kimyo va kimyo sanoati mahsulotini 3 baravardan ortiqqa ko‗paytirish, murakkab polimerlar, olefinlar, sintetik kauchuk, sun'iy tola, xushbo‗y uglevodorodlar hamda boshqa turdagi yuqori texnologiyali mahsulotlar, murakkab mineral o‗g‗itlar, shuningdek, ko‗plab sohalarda talab etiladigan kimyo mahsulotlarining keng assortimentini ishlab chiqarishni o‗zlashtirish uchun zarur barcha imkoniyat mavjud. Mashinasozlik hamda elektr texnika sanoatida ishlab chiqarish hajmini 3,7 baravar, farmatsevtika mahsulotlarini qariyb 10 baravar, oziq-ovqat sanoatini 5 baravar, qurilish materiallari sanoatini 4 baravar ko‗paytirish uchun real sharoitlarga egamiz. Ushbu dasturlarni amalga oshirish qator investitsiyaviy loyihalarni hayotga tatbiq qilishda xorijiy davlatlar kompaniyalari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish uchun ulkan imkoniyatlarni yaratadi. Albatta, milliy iqtisodiyotimizni taraqqiy ettirishga turtki beruvchi sanoat tarmoqlarini yanada takomillashtirish masalalari bundan keyin ham diqqat-e'tiborda bo‗lishi tabiiy. Zero, bu – davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan, 2030 yilga borib mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti hajmini 2 baravar ko‗paytirish hamda tarkibiy o‗zgartishlar hisobiga sanoatni jadal sur'atlar bilan rivojlantirib, uning YAIMdagi ulushini 40 foizgacha yetkazishdek ustuvor maqsadga erishishda eng muhim omillardandir. 5-rasm. Hududlar bo‟yicha sanoatning o‟sish sur‟atlari 27 Xulosa Bugungi kunda O‗zbekistonda iqtisodiyot tarmoqlarini 2030 yilgacha rivojlantirish bo‗yicha uzoq muddatli dasturlar ishlab chiqilmoqda. Ular xom ashyo zaxiralarini 3-4 bosqichda chuqur qayta ishlashga qaratilgan investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish asosida tegishli tarmoqlarni jadal taraqqiy toptirish hamda yuqori qo‗shimcha qiymatga ega tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‗zda tutadi. Ayni paytda respublikada 48 mingdan ko‘proq sanoat korxonalari faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ulardan 8,3 mingta korxona, Farg‘ona viloyatiga 926 ta korxona, Toshkent viloyatiga 831 ta korxona, Samarqand viloyatiga 753 ta, Namangan va Andijon viloyatlariga 600 tadan ortiq korxona, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Qash-qadaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlariga 300 tadan ortiq korxona, Navoiy viloyatiga 200 tadan ortiq korxona va Sirdaryo viloyatiga 150 dan ortiq korxona to‘g‘ri keladi. O‘zbekiston sanoat ishlab chiqarishida yengil va oziq-ovqat sanoatining ham ulushi katta Ayniqsa mamlakat sanoat tarmoqlari orasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi va agrosanoat majmuiga xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar tarixan yetakchi mavqega ega. Bular paxta tozalash, pillani qayta ishlashi va shoyi (atlas) to‘qish vino materiallari konserva mahsulotlari, o‘simlik yog‘i va boshqa sanoat turlaridir. Jumladan, yoqilg‘i va elektr-energetika sanoati birlikda yoqilg‘i eneretika majmuini, mashinasozlik sanoat tarmoqlari mashinasozlik majmuini, qora va rangli metallurgiya majmuini, yengil va oziq-ovqat sanoatlari aholi keng istemol qiladigan mollar ishlab chiqarish majmuini tashkil qiladi. 28 Foydalanilgan Adabiyotlar Royxati 1. I.A.Karimov ―Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‗zbekiston sharoitida uni bartaraf etish yo‗llari va choralari‖ 2.I.A.Karimov ―O‗zbekiston XXI asr bo‗sag‗asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari‖ 3.I.A.Karimov―O‗zbekiston buyuk kelajak sari‖ 4.I.A.Karimov Islohotlar va investitsiyalar bo‗yicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi kengash yig‗ilishidagi ma‘ruzasi 5.O‗zbekiston Respublikasi Samarali iqtisodiy siyosat markazi. O‗zbekiston iqtisodiyoti. Tahliliy sharh 6.АвдокушинЕ.П. ―Международныеэкономическиеотношения‖ 7.WordEconomicOutlook. IMF, Sept, 1999. Word Trade Report 8.M.Jovanovich ―International Economic Integration.Limits and prospects‖ 9.Sh.Shodmonov, U.G‗afurov ―Iqtisodiyot nazariyasi‖ darsligi 29 INTERNET Saytlari 1.www.stat.uz – O‗zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo‗mitasining rasmiy kanali 2.www.uza.uz – O‗zbekiston Respublikasi Milliy Axborot Agentligi rasmiy sayti 3.www.ceep.uz - O‗zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi samarali iqtisodiy siyosat markazi rasmiy sayti. 4.www.gov.uz – O‗zbekiston Respublikasi Davlat hokimiyati portal 5. www.cer.uz–Iqtisodiy tadqiqotlar Markazining rasmiy sayti 30