Uploaded by Abdulaziz Obidov

1-topshriq kopuyter

advertisement
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI
SAMARQAND FILIALI
“KOMPYUTER TIZIMLARI” KAFEDRASI
"Kompyuterni tashkil etilishi” fanidan
Mavzu: SSD va HDD disklarning turlari va asosiy
ko`rsatkichlari.
Qabul qildi:
Bajardi: KIF 21-02 guruh talabasi
Samarqand– 2024
Farxodov Furqat
Mavzu: SSD va HDD disklarning turlari va asosiy ko`rsatkichlari.
1.
2.
3.
4.
REJA
SSD (Solid State Drive) Disklar
HDD (Hard Disk Drive) Disklar:
Qo'llanilishi bo'yicha farqli ko'rsatkichlar
Qanday holatda qo'llaniladi
bu qattiq diskning bir turi bo'lib,
kontroller va mikrosxemalardan tashkil topgan
bo'ladi. Uning ichida HDD ichida joylashgan
qandaydir harakat qiluvchi disklar bo'lmaydi. SSD
disklarning 2 turi mavjud bo'lib, ulardan biri SSD
flesh, ikkinchisi SSDRAM deb nomlanadi. Ikkinchi
turi dunyodagi eng tez ishlovchi disk hisoblanadi,
narxi ham ancha qimmat.
SSD disk —
HDD va SSD disklarning texnik parametrlari:

Hajmi (500 Gb, 1Tb, 2 Tb);

Qo'llab-quvvatlanadigan standartlar ("qattiq diskda"
texnologik interfeyslarning. IDE, EIDE, ATA, PATA, SATA,
USB1,2,3);

Disklarning aylanish tezligi (optimal - daqiqada 7200
ayl/min);

Ma'lumot uzatish tezligi (ing. Transfer darajasi):
ichki disk maydoni: 44,2 dan 74,5 Mb / s gacha ;
tashqi disk maydoni: 60,0 dan 111,4 Mb / s gacha.
Bufer hajmi - bufer - o'qish / yozish tezligi va
interfeys orqali uzatishni farqlash uchun
mo'ljallangan qidiruv xotira. Zamonaviy disklarda
odatda 8 MB dan 64 MB oralig'ida bo'ladi.
Tezkor xotira. Mikroprosessor uchun dasturlar,
ma’lumotlar va hisob-kitob natijalari saqlanadi.
Tezkor xotira mikrosxemalari ikki xil bo’ladi:
dinamik va statik. Statik mikrosxemalarda har bir
xotira katakchasi registr ko’rinishida bo’lib, bu
registrlarning har biri uchun 6 ta tranzistor
ishlatiladi. Bu mikrosxemalar nisbatan tez ishlaydi.
Dinamik mikrosxemalarda har bir katakcha ikkita
tranzistor yordamida yasaladi, ulardan biri
katakchani tanlash uchun kalit vazifasini bajarsa,
ikkinchisi mitti kondensator vazifasini bajaradi,
kondensatorning zaryadlangan holati 1 ga, zaryadsiz
holati 0 ga mos keladi. Bunday mikrosxemalardan
yasalgan tezkor xotira nisbatan sekin ishlaydi va
ulardagi ma’lumot o’chib ketmasligi uchun ularni
bir sekundda bir neche o’n ming marta zaryadlab
turish kerak bo’ladi. Bu kamchiliklariga qaramay,
ularning sig’imi kattaroq va ularning narxi ancha
arzon.
Hozirgi paytda tezkor xotiralarning deyarli
barchasi dinamik mikrosxemalar asosida ishlab
chiqiladi.
Tezkor xotiraning asosiy parametrlari ularning
sig’imi va tezligi (takt chastotasi)dir. Tezkor
xotiraning sig’imi har doim ikkining darajasi
ko’rinishidagi songa teng bo’ladi. Bu ularning
manzilini aniqlash bilan bog’liq. Hozirgi paytda
DIMM, DDR, DDR II va DDR III rusumli tezkor
xotiralardan foydalaniladi.
Tezkor xotira qurilmasini ikki xil usulda tashkil
etish yo`llari ishlab chiqilgan:
Vinchester (ing. Hard Disk — qattiq disk) — kompyuterdagi
barcha dastur va maʼlumotlar saqlanadigan xotira qurilmasi.
Qattiq magnit disklardagi yigʻuvchilar Vinchester nomi ostidagi
qattiq magnit disklardagi yigʻuvchilar (QMDY) SHKlarda keng
tarqalgan. Vinchester atamasi sigʻimi 16 Mbayt (IBM, 1973-yil)
xboʻlgan qattiq disk birinchi modelining jargoni nomidan kelib
chiqqan boʻlib, u har biri 30 ta sektordan iborat 30 ta yoʻlkaga
egadir. Bu maʼlum boʻlgan “Vinchester” ov miltigʻini “30/30”
kalibri bilan aynan mos keladi. Bu yigʻuvchilarda bitta yoki bir
nechta qattiq disklar boʻlib,
ular alyuminiy yoki kremniy qorishmasidan tayyorlangan va
ferrilok bilan qoplangan, germetik yopiq korpusga oʻqish-yozish
magnit kallagi bloki joylashtirilgandir. Bu yigʻuvchilarning sigʻimi
olinmaydigan konstruksiya hisobiga erishiladigan oʻta yuqori
yozish zichligi tufayli bir necha ming megabaytgacha yetadi; ular
tezkoriligi ham EMDY ga nisbatan juda yuqoridir. 1997-yildagi
eng katta qiymatlar: sigʻimi 9000 Mbayt (1997-yilga sigʻim
standarti — 1200 Mbayt); aylanish tezligi — 8000 ayl/min;
murojaat qilish vaqti — 5 ms; transferi — 17 bayt/s. QMDY juda
rang — barangdir. Disk diametri koʻpincha 3,5” (89 mm), lekin
boshqalari ham bordir, xususan 5,25” (133 mm) va 1,8” (45 mm)
ham bor. Diskovodning eng koʻp tarqalgan korpusining balandligi
stol usti SHK larda- 25 mm, mashina — serverlarda — 41 mm,
ixcham SHK larda −12 mm va b. Zamonaviy vinchesterlarda
zonali yozish usuli ishlatila boshlandi. Bu holatda diskning butun
yuzasi bir nechta zonalarga boʻlinadi, shu bilan birga
sektorlarning tashqi zonalariga ichkisiga nisbatan koʻproq
qiymatlar joylashadi. Bu, xususan, qattiq disklarning sigʻimini
taxminan 30% oshirish imkonini beradi.
Oʻz tarkibiga yoʻlkalarni va sektorlarni olgan disk strukturasini
magnit tashuvchida tasvirlash uchun unda fizik, yoki past darajali
formatlash deb ataladigan jarayon bajarilishi kerak (physical,
yoki 1ow-1evel formatting) Bu jarayonni bajarish paytida
nazoratchi tashuvchiga xizmatchi maʼlumotni yozadi, u sektorda
disk silindrlarini belgilashni aniqlaydi va ularni nomerlaydi. Past
darajali formatlash diskni ishlatish jarayonida buzuq sektorlarga
murojaat qilishni inkor qilish uchun ularni markirovka qilib ham
chiqadi. Maksimal sigʻim va qiymatlarni uzatish tezligi yigʻuvchi
ishlaydigan interfeysga bogʻliqdir (diskli interfeyslar oldingi
paragrafda koʻrib chiqilgan). Standart aylanish tezligi, masalan,
EIDE interfeysi uchun — 3600, 4500 va 5400 ayl/min.
Protsessorning disklar bilan maʼlumotlar almashish tezligini
oshirish uchun QMDY ni keshlash kerak, disklar uchun kesh
xotira asosiy xotira uchun keshning funktsional vazifasi kabi
vazifaga egadir, yaʼni diskka yozilayotgan yoki undan
oʻqilayotgan maʼlumotlarni qisqa vaqt saqlash uchun tez
harakatlanadigan xotira buferi boʻlib xizmat qiladi. Kesh-xotira
diskovodga nisbatan sozlangan boʻlishi mumkin, tezkor xotirada
dasturi yoʻl bilan yaratilishi ham mumkin (masalan, Microsoft
Samartdrive drayveri bilan). Protsessorning disk kesh xotirasi
bilan maʼlumotlarni almashish tezligi 100 Mbayt/s ga yetishi
mumkin. SHKda odatda bitta, kam hollarda bir nechta qattiq
magnit disklardagi yigʻuvchilar boʻladi. Lekin MS DOS da dastur
vositalari bilan bitta fizik disk bir nechta “mantiqiy” disklarga
boʻlinishi mumkin; shu bilan birga bitta yigʻuvchida bir nechta
QMD imitatsiya qilinadi. Olinadigan vinchesterlar ham ishlatiladi
— ularning sigʻimi odatda 1 Gbaytdan oshmaydi. Yaqin
kunda SAMSUNG kompaniyasi toʻrt liniyali qattiq disklarni ishlab
chiqarmoqda. Spin Point TP80, Spin Point PL 40, Spin Point V80
va Spin Point VL40. P80 va VL 40 seriyasi platin aylanish tezligi
7200 ob/min, V80 va VL40seriyasidagi disklar aylanishi 5400
ob/min. Pl40 va VL40 seriyali disklar past profelli, ularning
konstruksiyasida bitta disk va bitta kallak ishlatiladi. Har xil
xarakteristikali texnika va katta sigʻimli xotiraga saqlashi, koʻplab
foydalanuvchilarni qondiradi. Hamma modellarda 80Gbaytli
keng yozuvchi plastina qoʻllaniladi. Gidro dinamikli podshivkasi,
NotseGuard va SillentDeek shovqin beruvchi firma texnologiyasi,
shuningdek SSB va Impact Guord zarbalardan saqlash
texnologiyasi. SP 1604N disk asosiy texnik xarakteristikalari 1
jadvalda keltirilgan. JADVAL Konstruktorlarga, disk ishini pastshovqin darajasi 27db dan oshmasligiga erishildi. Bunda kutish
rejimida 27db va 1 qidirish rejimida 28 dbga erishildi. Testlar
uchun firm Warc ning TM100-23 versiyasidagi disk berilgan.
Yangi vinchesterning imkoniyatlarini tekshirish uchun SHK
tarkibiga quyidagi konfiguratsiya testlar oʻtkazildi: Intel Pentium
1700 (400Mgs) professori; Asosiy platasi Albatron RX45
Qattiq jismli xotira qurilmalari (SSD) o‘zining yuqori tezligi (M.2
(NGFF) NVMe turidagi qattiq jismli xotira qurilmalari uchun
soniyasiga 7 gigabayt yoxud PCIe kengaytirma kartali xotira
qurilmalari uchun soniyasiga 2,5 gigabayt),[1] ishonchliligi va
kamroq quvvat sarfi bilan qattiq disklarni siqib chiqarmoqda.
Qattiq jismli xotira qurilmalarining razryadliligi qattiq disklarga
nisbatan turt-to‘qqiz marotaba yuqori.[2] 2016 yil holatiga xabar
berilishicha, qattiq disklarning ishdan chiqish darajasi yiliga 29%ni tashkil qiladi, qattiq jismli xotira qurilmalarida esa yiliga 13%ni tashkil qiladi.[3][4] Biroq, qattiq jismli xotira qurilmalaridagi
ma’lumotlardagi tuzatib bo‘lmas xatoliklar qattiq disklarga
nisbatan ko‘proq uchraydi.
Qattiq jismli xotira qurilmalari eng katta qattiq disklarga nisbatan
kattaroq hajmda xotira va/yoki yanada yuqoriroq saqlash
zichligini taqdim qilmoqda (100 TB va 30 TB hajmli qattiq jismli
xotira qurilmalari 2,5 dyuymli qattiq diskning korpuslariga
joylashadi, lekin uning balandligi 3,5 dyuymli qattiq
disklarnikidek bo‘ladi),[5][6] biroq ularning narxi balandligicha
qolmoqda.
XULOSA
Windows 10 bilan ishlaydigan kompyuterni tanlayotganda, unda
ishlatiladigan qattiq disk turini tanlashimiz mumkin. Bizda
mavjud bo'lgan ikkita variant - bu HDD va SSD. Albatta ular
allaqachon sizga o'xshab qolishgan, ammo keyin biz bu bolalar
haqida gaplashamiz. Shunday qilib, ular haqida ko'proq
ma'lumotga ega bo'lishingiz va shu bilan kompyuteringizda eng
yaxshi ishlashini tanlang. Ularning orasidagi farqlar ajoyibdir.
Shuning uchun ularni bilish qulay.
Siz bilan HDD va SSD haqida alohida gaplashamiz, shunda siz
ko'proq narsani bilib olasiz, shunda Windows 10 kompyuteringiz
uchun eng yaxshisini tanlashingiz mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR VA SAYTLAR
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan
foydalanilgan.
1. Орлов С. А., Цилькер Б. Я. Организация ЭВМ и систем: Учебник
для вузов.2-е изд. — СПб.: Питер, 2011. — 688 с.: ил.
2. Таненбаум Э. Архитектура компьютера. 6-е. издание. СПб.: Питер,
2013. - 816 с.
3. Мусаев
М.М., Кахҳаров А.А., Каримов М.М. Сборка узлов
компьютерных сетей. Учебноепособие.- Т, ИТПД им. Чулпана, 2007.152с.
1. http://www.intuit.ru
2. http://www.kgtu.runnet.ru
3. http://www.piter.com
4. http://www.unesco.kemsu.ru
Download