Uploaded by xudoyberganovashaxodat

Kафедра баёномаси docx 29 11 +++ тузатилди

advertisement
Chirchiq davlat pedagogika universiteti “Maktabgacha ta’lim” fakulteti
“Maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasining №7–sonli yig’ilish
bayonnomasidan
KO’CHIRMA
25.11.2023 yil
Chirchiq shahar
Qatnashdilar:
L.K Narimbaeva. – “Maktabgacha
ta’lim metodikasi” kafedrasi mudiri,
p.f.f.d. (PhD)
M.S.Achilova – “Maktabgacha ta’lim”
metodikasi
kafedrasi
o‘qituvchisi,
p.f.f.d. (PhD) kotiba.
T.L.Xurvaliyeva – “Maktabgacha ta’lim
metodikasi” kafedrasi professori p.f.d.
(DSc)
Z.S.Teshabaeva – “Maktabgacha ta’lim”
metodikasi
kafedrasi
o‘qituvchisi,
p.f.f.d. (PhD)
R.X.Nosirova – ilmiy ishlar bo‘yicha
kafedra mas’uli, p.f.f.d. (PhD)
D.A.Mutalova – “Maktabgacha ta’lim”
metodikasi
kafedrasi
o‘qituvchisi,
p.f.f.d. (PhD)
Z.Y.Shanasirova–“Maktabgacha ta’lim”
metodikasi
kafedrasi
o‘qituvchisi,
dotsent.
M.A.Ismanova- “Maktabgacha ta’lim”
metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi.
N.X.Maripova- “Maktabgacha ta’lim”
metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi.
KUN TARTIBI:
1. Turli masalalar:
Turli masalalar. Kafedra professori, p.f.d.(DSc) T.L.Xurvalieva tomonidan
tayyorlangan “Maktabgacha yoshdagi bolalarni atrof olam bilan tanishtirishda
integratsion yondashuv” nomli monografiyaning muhokamasi.
Eshitildi: L.Q.Narimbayeva so’zga chiqib, bugungi kunda maktabgacha
ta’lim sohasidagi islohotlar xususida gapirib, ayniqsa maktabgacha ta’lim
tizimidagi yangilanishlar rivojlangan davlatlar tajribasini o’rganish va tatbiq
etishni talab etayotganligini ta’kidladi. Kafedra professori, pedagogika fanlari
doktori T.L. Xurvalieva tomonidan tayyorlangan “Maktabgacha yoshdagi bolalarni
atrof olam bilan tanishtirishda integratsion yondashuv” nomli monografiya
yuqorida aytib o’tilgan vazifalarni amalga oshirishda maktabgacha ta’lim
yo’nalishi talabalari, soha pedagoglari va tarbiyachilar uchun kerakli metodik
manba ekanligini aytib o’tdi. Mazkur ishni fakultetning Ilmiy kengashida
muhokama qilish va chop etish taklifini bildirdi.
Eshitildi: R.Nosirova p.f.f.d. (PhD) kafedra dotsenti. Maktabgacha yoshdagi
bolalarni atrof olam bilan tanishtirish bevosita va bilvosita maktabgacha yoshdagi
bolalar bilan ishlashning asosiy yo’nalishi hisoblanib metodik tajribaning muhim
jihati bo’lib xizmat qiladi. Bolalarni atrof olam bilan tanishtirishda turli xil
texnologiyalar yuqori darajada o’ziga xos integratsion yondashuvni talab etadi.
Mazkur monografiyada bolalarni atrof olam bilan tanishtirish usul va shakllari,
zamonaviy texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari tushunarli tilda bayon
etilgan. Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari va ota-onalar
uchun ushbu manba juda zarur hisoblanadi. Mazkur monografiyani nashrga
tavsiya etish mumkin.
Eshitildi: Z. Shonasirova maktabgacha ta’lim amaliyotida maktabgacha
yoshdagi bolalarni atrof olam bilan tanishtirishga oid metodik manbalar yetarli
emasligini ta’kidlagan holda T.Xurvalieva tomonidan tayyorlangan “Maktabgacha
yoshdagi bolalarni atrof olam bilan tanishtirishda integratsion yondashuv”
nomli monografiya bugungi kunda zarur ekanligi, atrof olam bilan tanishtirish
metodikasini yanada boyitishda muallif tayyorlagan monografiya
muhim
ekanligini aytib o’tdi. Ishni muhokama va nashrga tavsiya etish lozimligini taklif
qildi.
Eshitildi: M.B.Artiqova Andijon davlat pedagogika instituti Magistratura
bo‘limi boshlig‘i, p.f.d.(DSc), professor taqrizi T. Xurvalieva tomonidan
tayyorlangan “Maktabgacha yoshdagi bolalarni atrof olam bilan tanishtirishda
integratsion yondashuv” nomli monografiyasida maktabgacha yoshdagi bolalarni
atrof olam bilan tanishtirishning pedagogik shart-sharoitlari nazariy jihatdan
asoslangan.
Bolalarni atrof olam bilan tanishtirish orqali maktab ta’limiga
kompleks
tayyorlashning samarali yo’llari, bolalarda rivojlanish soha
kompetentsiyalarini shakllantirishning samarali tizimi chuqur tahlil qilingan.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni atrof olam bilan tanishtirish, mazmuni, shakl va
vositalari amaliy mashg’ulotlar namunalari asosida tahlil etilgan. Maktabgacha
yoshdagi bolalarni atrof olam bilan tanishtirishga oid didaktik o’yinlar keltirilgan.
Xulosa va foydalanilgan adabiyotlar berilgan.
Xurvalieva Tarmiza Latipovnaning “Maktabgacha yoshdagi bolalarni atrof
olam bilan tanishtirishda integratsion yondashuv” mavzusidagi monografiyasi
maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan shug’ullanuvchi ilmiy
izlanuvchilar, maktabgacha ta’lim yo’nalishi magistrlari, talabalari hamda
maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachi-pedagoglariga ilmiy va metodik manba
sifatida xizmat qiladi. SHu sababli nashrga tavsiya etish maqsadga muvofiq deb
o’ylayman.
Eshitildi: L.Q.Narimbayeva p.f.f.d. (PhD) kafedra mudiri taqrizni o’qib
berdi. T.Xurvalieva tomonidan monografiyada maktabgacha yoshdagi bolalarni
atrof olam bilan tanishtirish mazmuni va mohiyati, zamonaviy texnologiyalardan
foydalanishning nazariy va amaliy masalalari, didaktik o’yinlar, atrof olam bilan
tanishtirish metod va shakllari haqida tushunchalar batafsil berilgan. SHuningdek,
mashg’ulot ishlamalar amaliy tajribalar asosida bayon etilganligini ta’kidlab uni
fakultet Ilmiy kengashida muxokama qilish va nashrga tavsiya etishni taklif qildi.
Muhokamada taqrizchilar M.B.Artiqova p.f.d (DSc), L.Q.Narimbayeva
p.f.f.d. (PhD) dotsent hamda p.f.f.d. (PhD) R.Nosirovalarning takliflari qo’llabquvvatlandi va bir ovozdan kafedra a’zolari tomonidan,
QAROR QILINDI:
1. T.L.Xurvalieva tomonidan tayyorlangan “Maktabgacha
yoshdagi
bolalarni
atrof olam bilan tanishtirishda integratsion yondashuv” nomli
monografiya fakultet Ilmiy kengashiga muhokama qilishga va nashrga tavsiya
etilsin.
Yig’ilish raisi:
L.Q.Narimbayeva
Kotiba:
M.S. Achilova
Download