Uploaded by ABDUVOXID ASHUROV

economics

advertisement
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR
VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
ANDIJON FAKULTETI
“IJTIMOIY – GUMANITAR FANLARI ”
KAFEDRASI
“IQTISODIYOT NAZARIYASI ” fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Zamonaviy texnologiyalarning (iqtisodiyot) axborotdagi
O’rni ( Iqtisodiyot nazariyasi)
_____________________________________________________yo‘nalishi
(yo‘nalish)
____1____kurs talabasi__________________________________________
(kurs)
(f.i.sh.)
_____________________________________________________________
Tekshirdi: ___________________________________________________
(f.i.sh.) (imzo)
Kurs ishi taqrizga topshirilgan
sana
Kurs ishi taqrizdan qaytarilgan sana
“____” _______202____ y.
“____” _______202___ y.
Kurs ishi himoya qilingan sana
“____” _______202___ y.
Komissiya a’zolari:
___________
__________________
(imzo)
Baho “_____” _________
___________
(imzo)
ANDIJON – 2023
1
_________________
MUNDARIJA
KIRISH
1.1 Zamonaviy axborot kommunikatsion texnologoyilarning marketing jarayonidagi ahamiyati
1.2 Marketing xizmat faoliyatida axborot texnologiyalrni o’rni.……………………………31 1.3
Axborot kommunikatsion texnologoyilarning marketing xizmatida foydalanishning me’yoriy
huquqiy asoslari
1.4 1 - bob bo`yicha xulosalar
XULOSA VA TAKLIFLAR
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kun va kelajak hayotimizni zamonaviy axborot
tenolgiyalarsiz tasavvur eta olmaymiz.Respublikamizda davr talabi bo’lgan
zamonaviy axborot kommunikatsion tenologiylarni joriy etilishi va uni iqisodiyotni
turli xil sohalariga tadbiq etilishi raqobatbrdosh axborotlarga ega bo’lish va ulardan
samarali
foydalanish
imkoniyatini
beradi.
Mamlakatimizda
axborot
kommunikatsion texnologiyalarni me’yoriy huquqiy asoslari yaratildi. “Jumladan,
aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 24,5 foizga, kompyuter dasturlash xizmatlari
18 foizga, texnologik asbob-uskunalarni ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish 17
foizga, moliya-bank xizmatlari 17,6 foizga o‘sdi.” 1 .Zamonaviy marketingni
zamonaviy aborot kommunikatsion axborot texnologiyalarsiz
amalga oshirib
bo’lmaydi.O’z vaqtida tezkor va sifatli axborotlarga ega bo’lish,to’g’ri qarorlar
qabul
qilishni
ta’minlaydi
.Natijada
korxonalar
raqobatbardoshligi
ta’minlanadi.Rivojlangan davlatlar iqtisodiyotini muvaffaqiyati sabablardan biri
ularni
doimo
tezkor
va
aniq
axborotlarga
ega
bo’lish
imkoniyati
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning “2012 yilda mamlakatimizni ijtimiy iqtisodiy rivojlantirish
yakunlari hamda 2013 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlar”ga bag’ishlangan
Vazirlar Mahkamasini majlisidagi ma’ruzasi 18.01.2013 www.prezident.uz
1
2
yuqoriligadir.Shunday ekan respublikamizda zamonaviy axborot kommunikatsion
texnologiyalrni
iqtisodiyotni
turli
sohalarga
qo’llash
zaruriyati
mavzuni
dolzarbligidan dalolat beradi.
Zamonaviy
marketingda
zamonaviy
axborot
kommunikatsion
texnologiyalarni joriy etish va ulardan samarali foydalanish natijalarini tahlil qilish
va jahon tajribasini yutuqlarini joriy etish muammolarini o’rganish va takliflar ishlab
chiqish bituruv malakakaviy ishining maqsadi hisoblanadi.
Tinglovchilarda zamonaviy marketingda zamonaviy axborot kommunikatsion
texnologiyalarni joriy etish va ulardan samarali foydalanish natijalarini tahlil qilish
va jahon tajribasini yutuqlarini joriy etish muammolarini bilan bo’liq ilmiynazariy
bilim va ko’nikmalarni shakllantirishdan iborat.
O’zbеkistonning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarida yuqori natijalarga erishishi,
jahon iqtisodiy tizimida to’laqonli
shеriklik o’rnini egallay borishi, inson
faoliyatining barcha jabhalarida zamonaviy axborot tеxnologiyalaridan yuqori
darajada foydalanishini ko’lamlari qanday bo’lishiga hamda bu tеxnologiyalar
ijtimoiy mеhnat samaradorligining oshishida qanday rol o’ynashiga bog’liq. Hozirgi
kunga kеlib iqtisodiyotda bozor munosabatlariga o’tish jamiyatimiz ijtimoiy va
iqtisodiy xayotining barcha axborotlashtirish sohalarida erishilgan eng so’nggi
yutuqlarni tadbiq etish sur'atlarini g’oyatda tеzlashtirib yubordi Zamonaviy axborot
tеxnologiyalari
tеzkor
va
muvofiq
ravishda
boshqarishga,
axborot
kommunikatsiyalarini o’rnatishga imkon bеradi.
Iqtisodiyotda zamonaviy axborot tеxnologiyalaridan
foydalanish iqtisodiy
axborotlar sifati, uning aniqligi, ob'еktivligi, tеzkorligini va buning natijasi sifatida
esa boshqaruv qarorlarini o’z vaqtida qabul qilish imkoniyati oshishini ta'minlaydi.
Axborot tеxnologiyalari hozirgi kunda jahon iqtisodiyotining rivojlanishining
“harakatga kеltiriruvchi kuch”i bo’lib hisoblanadi.
Jahon tajribasini axborot tеxnolgiyalarining haqiqatdan ham insonlarning ijtimoiy
xayotiga ijobiy ta'sir ko’rsatishini tasdiqlamoqda. Bu borada Prеzidеntimiz I.A.
3
Karimov
ta'kidlaganlaridеk:
“Jahon sivilizatsiyasiga daxldor bo’lgan eng
zamonaviy ilmlarni egallamay turib, mamlakat taraqqiyotini ta'minlash qiyin” .
Tadqiqot jarayonida zamoanviy iqtisodiyotda axborot tеxnologiyalarini
qo’llashning nazariy asoslari, ya'ni axborot rеsurslari, tizim, boshqaruv tizimi,
boshqaruv tizimi faoliyatining axborot jihatlari, qaror qabul qilish, axborot tizimlari,
avtomatlashtirilgan axborot tеxnologiyalari, axborot tеxnologiyalarining rivojlanish
bosqichlari,
avtomatlashtirilgan
axborot
tizimlari,
ularning
evolyutsiyasi,
samaradorligi, yaratish hamda rivojlantirish tеndеntsiyalari, ma'lumotlar bazasi,
ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlari, zamonaviy axborot tеxnologiyalari
batafsil yoritib bеrilgan. Shu bilan birga iqtisodiyotda axborot jarayonlarini
boshqarishda avtomatlashtirilgan axborot tеxnologiyalaridan foydalanish, ya'ni turli
sohalarga qo’llash: statistika, buxgaltеriya hisobi, bank va markеting faoliyati
yoritilgan.
Zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiylarni iqtisodiyotda xususan
marketingda qo’llashni samaradorlikka erishtiradigan uslubiy asoslari:
- zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiylarni iqtisodiyotda qo’llashni
takomillashtirish ta’moyillari;
- zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiylarni iqtisodiyotda qo’llashni
asosiy yo’llarini rivojlantirish istiqbollari;
- zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiylarni iqtisodiyotda qo’llashni
bugungi kundagi xolatlarti;
- zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiylarni iqtisodiyotda qo’llashni
davlatning o’rni va uning axamiyati;
- zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiylarni iqtisodiyotda qo’llash
mexanizmlarini yoritish yo’llari;
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati, shundan iboratki, unda
zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiylarni iqtisodiyotda xususan
marketingda qo’llash bo’yicha
ishlab chiqilgan alohida taklif va tavsiyalar
korxonalarda tezkor axborotlarga ega bo’lish va uning nazariy va amaliy
4
muammolarini o’rganish asosida tashkil etilgan hamda samarali boshqarish
yo’llarini imkonini beradi.
Mazkur tadqiqot natijalaridan mamlakatiz iqtisodiyotida xususan marketingda
zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiylarni qo’llash hamda oliy o’quv
yurtlarida iqtisodiyotda axborot texnologiylari fanidan o’qitishda foydalanish
mumkin.
Zamonaviy axborot kommunikatsion texnologoyilarning marketing
jarayonidagi ahamiyati
Mamlakatimizda aloqa va axborotlashtirish sohasini rivojlantirish, barcha
sohalarga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, jahon
axborot makoniga integratsiyalashish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Prezidentimizning 2012-yil 21 martda qabul qilingan “Zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalarini
joriy etish va yanada
rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazkur yo‘nalishdagi ishlarni takomillashtirishda
muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. 2013 yilning 1 yanvar holatiga ko'ra,
ma'lumotlar uzatish, jumladan, internet tarmog'iga ulash xizmatlarini kro'satuvchi
xo'jalik sub'ektlarining soni 930 taga yetdi, jamoa bo'lib foydalanish punktlari soni
esa 1063 tani tashkil qildi. Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy
tezligi 7780 Mbit/s.ga yetkazilib, o'tgan yilga nisbatan 160,9 foizga o'sdi. Buning
natijasida operator va provayderlarga internet xizmatlari (tashqi kanal) uchun
belgilangan tarif 2012 yil boshiga nisbatan o'rtacha 25 foizga kamaytirildi. UZ
zonasida qayd qilingan domenlar soni bugungi kunda 15,8 mingtadan ziyodni tashkil
etdi. Hisobot davrida Davlat axborot resurslarining umumiy soni 195taga yetkazildi.
Interaktiv davlat xizmatlarining umumiy soni 197tani tashkil qildi. Davlatimiz
rahbari tomonidan 2012 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
yakunlari hamda 2013 yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor
yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisida quyidagi vazifasi
“Axborot-kommunikatsiya va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi
5
chora-tadbirlar va loyihalarni jadal amalga oshirish tobora muhim ahamiyat kasb
etmoqda. Biz o‘zimizga shuni aniq tasavvur etishimiz kerakki, iqtisodiyotning
barcha sohalariga, kundalik hayotimizga zamonaviy axborot-kommunikatsiya
tizimlarini keng joriy etish bo‘yicha tub va ijobiy ma’nodagi portlash effektini
beradigan o‘zgarishlarni amalga oshirmasdan turib, istiqboldagi maqsadlarimizga
erishish qiyin bo‘ladi. Biz qisqa vaqt mobaynida nafaqat axborot xizmatlari
ko‘rsatishning ko‘plab turlari bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etishimiz,
balki axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish borasida yuksak
darajaga erishgan ilg‘or mamlakatlar safiga qo‘shilishimiz zarur”2. Bugungi kundagi
asosiy ustuvor vazifa sifatida amalga oshirilmoqda.Davlatimiz rahbari tomonidan
2012 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013
yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga
bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisida belgilab berilgan AKTni kelgusida
yanada rivojlantirish va takomillashtirish borasidagi vazifalar ham alohida
ahamiyatga ega. Jumladan, mazkur muhim vazifalarni amalga oshirish bo'yicha soha
korxonalari rahbarlariga tegishli chora-tadbirlarni belgilab olish va ijrosini
ta'minlash yuzasidan quyidagilarni amalga oshirmoqdalar:
-
“Elektron hukumat” tizimini, shu jumladan, boshqaruv jarayonlari,
shuningdek, biznes sohasiga va fuqarolarga davlat xizmatlari ko'rsatish tizimini
shakllantirish konsepsiyasi va kompleks dasturini ishlab chiqishni jadallashtirish,
-
tadbirkorlar va aholiga interaktiv davlat xizmatlari ko'rsatishning elektron
shakllarini joriy qilish,
-
milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirishning 2013-2017
yillarga mo'ljallangan kompleks Dasturini ishlab chiqish,
-
zamonaviy texnologiyalar asosida videotelefonlar, internet-televideniye,
yuqori tezlikdagi internet, HDTV kanallarini namoyish qilish va boshqa xizmatlar
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning “2012 yilda mamlakatimizni ijtimiy iqtisodiy rivojlantirish
yakunlari hamda 2013 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlar”ga bag’ishlangan
Vazirlar Mahkamasini majlisidagi ma’ruzasi 18.01.2013
2
6
ko'rsatish imkonini beradigan 2 ming kilometr uzunlikdagi keng polosali optik tolali
aloqa tarmog'i qurilishini yakuniga yetkazish,
-
internet tarmog'ida turli yo'nalishlardagi zamonaviy milliy veb-resurslarni
yaratishAxborotlashtirish sohasidagi islohotlarning olib borilishi natijasida
respublikamizning barcha tarmoqlari va davlat boshqaruvi organlari oldiga
qo’yilgan
vaziflardan
kelib
chiqib
,zamonaviy
axborot-komunikatsion
texnologiyalari (AKT) va telekomminikatsiya tizimlarini rivojlantirish va ularni
hayotga keng joriy etish qilinishiga erishilmoqda. Jumladan ,bozor iqtisodiyotining
ijtimoiy yo’naltirilgan ko’p tarmoqli axborot industriyasini tashkil etish , AKTni
iqtisodiyotning turli sohalarida keng joriy qilish orqali jamiyatimizning ichki
mustahkamligi
standartlariga
va ijtimoiy birligini tashkil etish , umumjahon hayot sifati
chiqish
maqsadida
,8ta
qonun
,O’zbekiston
Respublikasi
Prezidentining 3ta farmoni. Prezident va hukumatimizning 17ta qarori qabul
qilindi.Vazirlar Mahkamasining maxsus qarorlariga
asosan davlat axborot
resurslarini qo’shimcha ro’yxati tasdiqlanib , yil boshida 51 ta davlat axborot
resurslari va 8ta davlat axborot tizmlari yaratildi hamda davlat organlarining 49
interaktiv xizmatlari turlari tasdiqlandi.
Mamlakatda iqtisodiyotni rivojlanishi,
boshqarish tizimini mukamallashtirish axborotlarsiz amalga oshirib bo’lmaydi.
Marketing muammolariga mamlakatimiz Prezidentimiz alohida e’tibor qaratib: ”Biz
doimo hamma darajada marketing tadqiqotlarini
shug’ullanish
zarurligini ta’kidlaymiz.Biroq
tashkil etish bilan jiddiy
bu borada amalda juda oz ish
qilinmoqda.Ichki va tashqi bozorlarning taraqqiyot tamoyillarini yaxshi bilmaslik
natijasida korxonalar ,qo’yinki butun mamlakat katta zarar ko’rmoqda.”3
Xalqaro
tajriba shuni ko’rsatadiki davlat boshqaruvida AKTni qo’llash uning natijaviy
samaradorligini,xususan axborotning o’zaro ta’siri ,qayta ishlanishi va izlanishni
amalg oshiridh uchun vaqt qisqarihsi hisobiga unumdorlini o’rtacha 20foizga
ko’paytirishga imkon yaratilmoqda .
3
Karimov I.A.”Kelajakni jasoratli odamlar quradi”.7-jild.T.:”O’zbekiston”.1999
7
Axborotlar milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari, sohalari, bo’linmalari (ish
joyidan tortib vazirliklargacha) o’rtasida va ushbu korxona bilan o’xshash
korxonalar va tashkilotlar o’rtasida uzluksiz axborot almashishdan iborat.
Fantexnika
taraqqiyoti
o’sishi
bilan
birga
chiqarilayotgan
tovarlarning
nomenklaturasi ham ortadi, tez yangilanadi, ishlab chiqarishning texnika bazasi
zamonaviy va murakkab mashinalar sistemasi bilan boyiydi, texnologik jarayonlar
intensivlashadi va murakkablashadi, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish kengayadi
va hokazo. “Marketing faoliyatining kommunikatsion jarayonlari (KJ),uning alohida
ob’ektlari o’rtasida axborotlar almashuvida namoyon bo’lib, korxona MAT axborot
jarayonlarining barcha bosqichlariga kirib boradi. Uning ahamiyati va hususiyatlari
axborotlarni yig’ish ,ro’yxatga olish va uzatish hamda korxonaning bozor va ishlab
chiqarish jaryonini tartibga solishdagi teskari aloqa vazifasini amalga oshirishda eng
ko’p darajada namoyon bo’ladi.” 4 Bozor imkoniyatlarini yaxshiroq bilish va
marketing muammolarini echish uchun har qanday tashkilot, korxona yoki firmaga
to’liq va haqqoniy axborot zarur. Ular o’z xaridorlarini, raqobatchilarini,
vositachilarini sotish va baholar to’g’risidagi ma'lumotlarga ega bo’lmasdan turib,
har tomonlama tahlil, rivojlantirish va nazorat
qilishni
amalga oshira
olmaydilar.Mashhur amerikalik marketologlardan biri shunday degan edi: "Biznesni
boshqarish - bu uning kelajagini boshqarish, kelajagini boshqarish - axborotga egalik
qilishdir". Haqiqatdan ham, axborot moliyaviy, xom-ashyo, asbob-uskunalar va
ishchi kuchi kabi muhim boshqarish resursi va ob'ekti bo’lib qolmoqda. Shu bilan
bir vaqtda, xorijlik tadqiqotchilar ta'kidlaganidek, bozor to’g’risidagi axborotlardan
to’liq qoniqqan korxonani topish juda mushkul. Ayrimlar aniq ma'lumotlarning
etishmasligidan nolisalar, boshqalari noaniq axborotning ko’pligidan noliydilar.
Bundan tashqari, axborotning qanchalik haqqoniyligini aniqlash ham muammodir.
Shuning uchun, hatto xorijda ham xaridor bozori sharoitida juda kamdan-kam
firmalargina rivojlangan marketing axboroti tizimiga ega ekanliklari bilan maqtana
oladilar. Ularning ko’pchiligi marketing tadqiqot bo’limlariga ega emaslar,
4
S.S.G’ulomov,B.A.Begalov”Informatika va axborot texnologiyalari”. T:Fan ,2010-601bet
8
boshqalari o’z tarkiblarida, sotishni istiqbollash va tahlil qilish bilan shug’ullanuvchi
kichik bo’limlarga egadirlar. Endi bizdagi ahvolga kelsak, bozorning ahvoli haqida
axborot to’plash hali o’z rivojining ilk bosqichidadir. Lekin yangidan-yangi
talablarning
shiddat
bilan
rivojlanishi,
marketingning
baynalminallashuvi,
raqobatning keskinlashishi samarali axborotlarga egalik qilishni kun tartibiga
qo’ymoqda. “Axborot kommunikatsion texnologiyalari –oddiy bo’lmagan tovardir.
Bozorda ular istalgan mahsulot va ishlab chiqarish vositasi sifatida bo’ladi,chunki
bozorning faoliyati axborot ta’minotiga bog’liq.Interaktiv xizmatning vjudga kelishi
davrida
marketing
bo’yicha
mutaxassislar
o’zlarining
beosita
asosiy
iste’molchialriini har tomonlama bilganalr va tegishli aborotlarni yig’ish uchun
ular bilan tog’ridan tog’ri aloqalr o’rnata olganlar.”5
Bunga yangi texnikalarning, yangi kompyuterlar, nusxa ko’chiruvchi
mashinalar, videomagnitofonlar va boshqalarning keng ko’lamda ishlatilishi keng
imkoniyatlar yaratmoqda.
“Amaliyotda ilk bor marketing bo’limlari 1911 yilda «Kretis pablishing Ko»,
«Svift end Ko», «Yu.S. Rabker Ko» kabi kompaniyalarning boshqaruv apparati
tarkibida
tashkil
topdilar.
1926
yilda
AQShda
marketing
va
reklama
o’qituvchilarning Milliy assotsiatsiyasi tuzildi. 1931 yilda Amerika marketing
jamiyati, 1937 yil esa Amerika Milliy assotsiatsiyasi tuzildi. 30-40-yillarda ko’pgina
iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda milliy marketing assotsiatsiyalari tashkil topdi.
50-60-yillarda halqaro marketing federatsiyasi, jamoatchilik fikrlari va marketing
bo’yicha Yevropa jamiyati va Yevropa marketing akademiyasi kabi halqaro
marketing tashkilotlari tuzildi. 1986 yilda «Sovplastital» qo’shma korxonasida
birinchi bo’lib marketing bo’limi tuzildi. Keyingi yillarda Tashtekstilmash, Chkalov
aviatsiya birlashmasi, Toshselmash kabi yirik korxonalarda ham marketing
bo’limlari tuzildi.”6
5
S.S.G’ulomov,B.A.Begalov”Informatika va axborot texnologiyalari”. T:Fan ,2010-609bet 6
Jalоlоv J.J. va bоshqalar. Biznеs marкеtingi. Darsliк.– T.: Mоliya, 2007 - 12 bеt.
9
Marketing- tovar ayirboshlash yo’li bilan extiyoj va talablarni qondirishga
yo’naltirilgan inson faoliyatinig turi, bozordagi barcha qatnashchilarning o’zaro
manfaatlariga asoslangan xarakatlarini, talabini shakillantirish va qondirish uchun
birlashtirishdir. Marketing – bu tovar xarakatining barcha bosqichlarini o’z ichiga
oluvchi, talab, taklif va bahoni o’rganish, mahsulot ishlab chiqarish dasturini
yaratish, sotish va iste’mol qilish va iste’moldan keyingi turli xildagi servis xizmatlar
ko’rsatish va iste’moldan chiqqandan keyin utilizatsiyalashni tashkil qilish kabi
bozor muammolarini yechishda yaxlit-tizimli yondashishdir.
Marketingga
Abdullayeva.O,Qosimova.
M
quyidagicha
ta’rif
berishgan
“Marketing –ehtiyoj va muhtojlikni ayirboshlash orqali qondirishga qaratilgan
inson faoliyatinig turidir.” 6 .Marketingni boshqarishni uni tizimlarini Jalolov J,
Axmedov I , quyidagicha ta’riflashgan:
-“marketingni boshqarish- bu marketing bilan shug’ullanuvchi xodimlarni o’z
ichiga oladigan xizmatlar, bo’limlar, bo’linmalar yig’indisi bo’lib, ular faoliyatini
korxona maqsadiga erishish yo’lida tashkil etish va amalga oshirishdir.
-marketingni funksional tamoyil asosida boshqarish - bu holatda bozorlar va
ishlab chiqarilayotgan tovarlar bir xil tovarlar sifatida qaraladi va ular bilan ishlash
uchun ixtisoslashgan bo’limlar tuziladi.
-marketingning tovarlar tamoyili asosida boshqarish- korxonalarning ishlab
chiqarish hajmi va mahsulot turlari katta miqdorda bo’lgan hollarda qo’llaniladigan
usul.
-marketing tizimi- ishlab chiqaruvchi, iste’molchi, ta’minotchi, raqobatchi,
vositachi yuridik va jismoniy shaxslarni o’z ichiga olib, ayirboshlash yo’li bilan
foyda olish maqsadida tovar va xizmatlarga talabni shakllantirish va rivojlantirish
bo’yicha o’zaro uzluksiz aloqada bo’luvchi ijtimoiy-iqtisodiy elementlar majmuidir.
-vertikal marketing tizimi (VMT) – mustaqil biznes bo’la oladigan ishlab
chiqarish, ulgurji savdo tashkilotlari, do’konlarning integratsiyalashuvidir.
6
Abdullayev O.M.,Qosimova M.S va boshq “Marketing”.T.:TDIU.2006-7b
10
-kvazi vertikal marketing tizimi- qo’shilayotgan ishlab chiqarish va mahsulotni
sotish bo’yicha mustaqil korxonalar tomonidan yetakchi firma nazorati ostida
amalga oshiriladigan marketing tizimi.”7
Marketingga Soliyev A, S Buzrukxonov
quyidagi ta’rifni berishgan
“marketing-tadbirkorlik(biznes faoliyati falsafasi sifatida ifodalanishi jahondagi
ko’pchilik ilmiy va amaliy maktablarda shakllangan g’oyadir.U ko’pchilik
mamlakatlar tadbirkor (biznesmen)lari,menejerlar va olimlarning aniq bir siyosiy
ijtimoiy-iqtisodiy shariotlardagi ijodiy hamkorliklari natijasidir“9
Marketing turlari o’rtasida muayyan bog’liqlik mavjud. U marketing jarayonlarini
har tomonlama va aniq vaziyatda ko’rib chiqishga imkon beradi:
-o’zgartiruvchi (konversion) marketing - salbiy talabning mavjudligiga bog’liq,
bunda bozorning katta qismi mazkur tovar yoki xizmatni inkor qiladi.
-rag’batlantiruvchi marketing muayyan tovar va xizmatlarga talabning yo’qligi
kuzatilishi bilan tavsiflanadi.
-remarketing - bu pasayib boruvchi talab sharoitida ilgarigi marketing kompleksini
qaytadan anglash asosida uni tiklash maqsadida qo’llanadigan marketing turi.
Rivojlantiruvchi marketing xaridorlarning ko’pchiligi mavjud mahsulotlardan
qoniqmagan, lekin yashirin talab shaklidagi ehtiyoj mavjud bo’lgan paytda bo’lishi
mumkin
(masalan, zararsiz sigaretalar, tejamliroq
avtomobillarga talab).
Sinxromarketing - bu bozorning shunday vaziyatiki, unda talab vaqt jihatidan
tovarlarni taklif qilish tuzilmasiga mos kelmaydigan mavsumiy yoki boshqa
tebranishlar bilan harakterlanadi.
Qo’llab-quvvatlovchi marketing to’liq talabning mavjudligini harakterlaydi, ya'ni
bunda tovar va xizmatlarga talabning darajasi va tarkibi taklifning darajasi va tarkibi
to’la mos keladi.
Demarketing haddan tashqari katta talab sharoitida, ya'ni tovar yoki xizmatga
bo’lgan talab taklifdan ancha katta bo’lgan holda qo’llanadi.
Jalоlоv J.J. va bоshqalar. Biznеs marкеtingi. Darsliк.– T.: Mоliya, 2007 – 50b. 9
A.Soliyev,S.Buzrukxonov Marketing.T.:”Iqtisod-moliya”-2010.-29b
7
11
Qarshi (aks) ta'sir ko’rsatuvchi marketing sog’liq uchun zararli bo’lgan yoki
jamoatchilik nuqtai nazaridan noratsional bo’lgan u yoki bu mahsulotlar (sigaretalar,
narkotik moddalar, pornografiya)ga irratsional (akldan tashqari) talab mavjud
bo’lganda amal qiladi.
Marketingning maqsad va vazifalari
Marketing sohasidagi adabiyotlarda asosan marketingning to’rtta maqsadi
keltiriladi. Bular quyidagilar hisoblanadi:
1. Mumkin bo’lgan maksimal yuqori iste'molga erishish.
2. Iste'molchilarning talabining maksimal qondirilishiga erishish.
3. Iste'molchilarga keng assortimentdagi tovarlarni tanlashiga imkoniyat yaratish.
4. Aholi turmush darajasi sifatini oshirish.
Marketing maqsadlarini uzoq muddatli va qisqa muddatli turlarga bo’lish
mumkin. Ular iqtisodiy ko’rsatkichlar va firmaning o’xshash mahsulotni ishlab
chiqaruvchilar orasidagi mavqei bilan belgilanadi. Marketingning asosiy
tasdiqlangan maqsadi bo’lib inson ehtiyojlarini qondirishdan iborat ekanligini
hisobga olgan holda, "Marketing tizimining haqiqiy maqsadi nima?" degan savolga
umumlashgan tarzda to’rtta muqobil javob mavjud:
1. Maksimal yuqori iste'molga erishish.
2. Iste'molchilarning maksimal qondirilishiga erishish.
3. Maksimal keng tanlash imkoniyatini ta'minlash.
4. hayot sifatini maksimal ko’tarish.
Hayot sifati murakkab tushuncha va u quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
sog’liqni saqlash, ta'limning ahvoli, hayot davomiyligi, aholi bandligi, tovarlarning
miqdori, assortimenti, arzonligi, aholining xarid qobiliyati, madaniy va jismoniy
muhitning sifati.
Marketing maqsadlari firma maqsadlariga erishish quroli bo’lib hisoblanadi.
Umumlashtirishning pastroq darajasida firmaning aniqroq miqdoriy va sifatiy
maqsadlari haqida gapirish mumkin. Firmaning sifatiy maqsadlari, odatda,
12
firmaning obro’-e'tiborini oshirishga yo’naltirilgan, uning ijtimoiy muhimligini
kuchaytiradi. Ular quyidagilardan iboratdir:
1. Mashhurlikni oshirish.
2. Yuqori imijga erishish.
3. Bandlikka, mehnat bozoriga ijobiy ta'sir ko’rsatish.
4. Ta'lim, sport, madaniy va boshqa tadbirlarni qullab-quvvatlash.
Miqdoriy maqsadlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
5. Foydaning hajmi.
6. Sotilishlar hajmi.
7. Bozor ulushining oshishi.
8. Barqarorlikni ta'minlash.
9. Xarajatlarni kamaytirish.
10. Mehnat unumdorligi.
Miqdoriy maqsadlarning tanlanishi va tartibga solinishini soddalashtirib,
biznes sohasida quyidagi hikmat paydo bo’ldi: "Firmaning maqsadini tanlash bugun yuqori foyda olish yoki ertaga yuqori bozor ulushiga ega bo’lish orasida
tanlashdan iborat".
Bu ifoda mantiqqa va iqtisodiy ma'noga ega bo’lsa ham, u muammoni haddan
tashqari osonlashtirib yuboradi.
Shunday qilib, firmaning maqsadi - u pirovard natijada nimaga erishmoqchi,
vazifalari - qo’yilgan maqsadga erishish uchun nima qilishi kerak. Amalda
marketing quyidagi asosiy vazifalarni hal qilishga mo’ljallangan:
1.
Mavjud yoki potentsial talabni aniqlash yo’li bilan u yoki bu
mahsulot (tovar, xizmat)ni ishlab chiqarish zaruriyatini asoslash.
2.
Xaridorlar talabiga javob beruvchi mahsulot modellarining
nusxalarini yaratish bo’yicha ilmiy tadqiqot (IT) va tajribaviykonstruktorlik
ishlari (TKI)ini tashkil etish.
3.
Korxonaning ishlab chiqarish, sotish va moliyaviy faoliyatini
tartiblashtirish va rejalashtirish.
13
4.
Tovarlarni sotish usullarini takomillashtirish.
5. Ishlab chiqarish va sotish sohasida firmaning bosh maqsadlariga erishish uchun
uning butun faoliyatini, shu jumladan, transportirovka, o’rash, sotish, reklama,
texnik va servis xizmat ko’rsatishning operativ boshqarilishini tartiblashtirish va
yo’naltirish.
Markеtingni vazifaviy tashkil qilish dоirasidagi mahsulоt bo’yicha bоshqaruv
SHuning bilan birga, ta’kidlash kеrakki, muhitga mоslashish nuqtai nazaridan
vazifaviy tuzilma miqdоriy tеbranish ta’siriga javоb bеrishga qоdir, ammо muhim
muammоlarni hal qilish uchun muvоfiqlashtirish еtishmaydi, shuning uchun undan
bir turli ishlab chiqarish dasturi bo’lgan kоrхоnalarda fоydalanish mumkin.
Vazifaviy tashkil qilish dоirasi muvоfiqlashtiruvchi muammоlarni hal qilish uchun
ba’zida mahsulоt bo’yicha mеnеjmеnt kiritiladi. Mahsulоt bo’yicha mеnеjеr bitta
yoki bir turli buyumlar guruhini ishlab chiqarishga tadbiq etishdan tо uni chiqarib
sоtishgacha javоbgar bo’ladi. Bu bilan bоg’liq uning
asоsiy vazifasi - ushbu
mahsulоtni ishlab chiqarish munоsabati bilan kоrхоna хizmatlari ishini
muvоfiqlashtirishdir.
1.1.1-rasm
Marketing xizmati
Bozorni tadqiq
qilish
Mahsulot
Bahoning
shakllanishi
14
Reklama
Markеtingni vazifaviy tashkil qilish8
Marketing funktsiyalari uning amaldagi mohiyatini ifodalaydi. Ular tovar siyosati,
narxning hosil bo’lishi, kommunikatsiyalar va sotish orqali namoyon bo’ladi. Bunda
quyidagi savollarni echish birinchi galgi vazifa hisoblanadi:
Nimani ishlab chiqarish kerak? Bozorning holati va korxonaning kerakli
mahsulotni ishlab chiqarish bo’yicha potentsial imkoniyatlari hisobga olinadi.
Kimga sotish kerak? Korxonaning maqsadli bozori va uning talablari
o’rganiladi.
Qanday sotish kerak? Marketing harakatlarining kompleksi ishlab chiqiladi
(assortiment, narx, o’rash, sotish, reklama va hokazo).
Marketingning umumiy funktsiyasini to’rtta yo’nalishga bo’lish mumkin:
analitik, ishlab chiqarish, sotish, boshqarish va nazorat.
Analitik funktsiya bozorni, iste'molchilarni, firma va tovar strukturasini
o’rganish, shuningdek, korxonaning ichki muhitini tahlil qilishdan iborat.
Ishlab chiqarish funktsiyasi yangi tovarlarni ishlab chiqarishni tashkil etish,
yangi texnologiyalarni ishlab chiqish, moddiy-texnika ta'minotini tashkil qilish va
tovarning sifati va raqobatbardoshligini boshqarishga yo’naltirilishini ta'minlaydi.
Sotish funktsiyasi tovar harakati tizimini tashkil qilish, servis, maqsadli tovar
va narx siyosatini olib borish bilan bog’liq bo’lgan masalalarni hal qiladi.
Boshqarish va nazorat funktsiyasi strategik va operativ rejalashtirish,
marketingni boshqarishning axborot ta'minoti, korxonada kommunikatsiyalar
tizimini tashkil qilish va marketing nazoratini o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan
jarayonlarni o’z ichiga oladi.
Marketing tamoyillari uning g’oyaviy yo’nalishini va korxonaning boshqarish
tizimidagi marketing yondashuvlarini belgilaydi. Hozirgi sharoitda marketingning
asosiy, birlamchi tamoyili muayyan iste'molchilarning muammolarini samarali hal
qilishga qaratilgan. Bozorda tovarning muvaffaqiyat qozonishi u yoki bu tovar mijoz
8
A.Soliyev,S.Buzrukxonov Marketing.T.:”Iqtisod-moliya”-2010.
15
oldida turgan muammoni qanchalik samarali hal qila olishiga bog’liq. Bu yondashuv
o’z navbatida quyidagi tamoyillarda aniqlashadi va rivojlantiriladi:
•
iste'molchiga yo’naltirilganlik;
•
talabni prognozlash va shakllantirish;
•
qarorlarning kompleksliligi va ko’p variantliligi;
•
qarorlarning
markazlashtirilmaganligiga
urg’u
berish
va
holatlarni boshqarish;
•
istiqbolga yo’naltirilganlik;
•
dasturli maqsadli yondashuv.
Aynan ana shu tamoyillar marketingning yangi, eng harakterli belgilarini
ochib beradi. Keltiriladigan belgilar to’plami kengayishi yoki torayishi mumkin,
lekin asosiy tamoyil - to’liq iste'molchiga yo’naltirilish - albatta mavjud bo’ladi.
Pirovard natijada bu tamoyil boshqa hamma tamoyillarning paydo bo’lishi va
shakllanishini belgilab beradi.
Taniqli Amerika olimi - marketolog F.Kotler marketingning ta'rifini
quyidagicha ifodalaydi: "Marketing - tovarlarni yaratish, taklif etish va ayraboshlash
asosida ayrim olingan kishi va guruhlarning talab va ehtiyojlarini qondirishga
qaratilgan iqtisodiy va boshqaruv jarayonidir".
Boshqaruv muammolari bo’yicha etakchi nazariyotchi olimlardan biri Peter
Drukkerning ta'rifi esa quyidagicha: "Marketingning maqsadi sotishga qaratilgan
harakatlarni yo’q qilishdan iboratdir. Uning maqsadi xaridorlarni shunday o’rganish
va tushunishdan iboratki, tovar va xizmatlar uning talabiga aynan mos tushib,
pirovardida o’zini-o’zi sotadi".
Frantsuz marketing maktabida qo’llaniladigan ta'rif ham Peter Drukker
ta'rifiga juda yaqin turadi. Unga ko’ra: "Marketing -bu sotishni ta'minlash va sotuvga
tovarlar va xizmatlarni istemolchilarning
talabiga mos holda chiqarish orqali
ularning talabini qondirish maqsadida o’tkaziladigan chora-tadbirlar majmuidir".
Amerika Marketing Assotsiatsiyasining
1985 yilda marketingga bergan
ta'rifi esa quyidagicha: "Marketingning mohiyati insonlar va tashkilotlar talabini
16
qondirish maqsadida tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni rejalashtirish va uni
amalga oshirish, narx belgilash, tovarlar harakati va sotilishini uyushtirishdir".
Keltirilgan ta'riflardan ko’rinib turibdiki marketing serqirra jarayondir. Shu
bilan bir qatorda marketing bozor munosabatlari sub'ektlarining biznes falsafasi,
fikrlash strategiyasi va taktikasi faoliyati ekan desak xato qilmagan bo’lamiz.
Demak, marketing bir vaqtning o’zida "ham mushohada va ham harakat jarayoni"
ekan. Hozirgi bozor iqtisodiyoti yuqori darajaga ko’tarilgan mamlakatlarda
marketing tamoyillari oddiy tovar ishlab chiqarishdan boshlab to murakkab
texnologiyalargacha bo’lgan jarayonlarda yaqqol ko’rinmoqda. Bugungi bozor
iqtisodiyoti toboro chuqurlashib borayotgan sharoitda firmalar, korxonalar va
boshqa bozor sub'ektlarining raqobatga bardosh berib, samarali faoliyat
ko’rsatishining birdan-bir yo’li marketing imkoniyatlaridan keng foydalanish
ekanligi hech kimga shubha tug’dirmaydi.
Mashhur iqtisodchi Adam Smit XVIII asrning ikkinchi yarimidayoq o’zining
"Jamiyat boyligi" nomli kitobida ishlab chiqaruvchining iste'molchining talabini
qondirishdan boshqa qayg’usi yo’qdir - deb yozgan edi.
Marketing XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida xaridor talabini
qondirishga
mo’ljallangan,
korxonalarning
ishlab
chiqarish-sotish,
savdo
faoliyatlarini tashkil qilish va boshqarish tizimi sifatida paydo bo’lgan. Ishlab
chiqarish va umuman xo’jalik yuritishga marketing nuqtai nazaridan yondashish
xaridorga ta'sir qilishning keng jabhalarini o’z ichiga oladi. Bu bozor uchun bo’lgan
raqobat kurashining o’ziga xos xususiyatlarini aniqlashga olib keladi. Bozor
doirasida sabab-natija aloqalarini tahlil qilishning maxsus usullarini qo’llab,
xaridorlar talabi, ehtiyoji, didi va ta'bi to’g’risida axborotlar topib, korxona va
tashkilotlar, marketing kontseptsiyasi u yoki bu tovarga va xizmatga xarid
qiziqishini shakllantirish uchun iqtisodiy, tashkiliy, texnik va ijtimoiy yo’nalishlarni
tashkil qiladi. Ular talabni mumkin bo’lgan rivojlanish istiqbolini aniqlaydilar, uni
maqsadli yo’nalishini shakllantirish uchun qarorlar qabul qiladilar va ko’rilgan
tadbirlar samaradorligini albatta nazorat qiladilar. Xarid masalaga marketingli
17
yondashishdagi har tomonlama tahlilning o’ziga xosligi, bozordagi yuz beradigan
jarayonlarni hisobga olishgina emas, balki ishlab chiqarish korxonalari, tovarlarni
etkazib beruvchi vositachilar, ulgurji va chakana savdo korxonalari va ular bilan
bog’liq boshqa barcha tashkilotlarning bozor bo’g’inlari tizimidagi operativ va uzoq
vaqtga mo’ljallangan aniq maqsadlarini o’zgarishini tahlil qilishdir. Marketing
xo’jalikning ma'lum bir tarmog’iga, masalan ishlab chiqarishga yoki savdoga
ta'lluqli deb o’ylash noto’g’ri bo’lur edi. U bozorga xizmat ko’rsatuvchi barcha
xo’jalik sub'ektlarini o’z ichiga oladi va ulardan birgalikda va yaxlit
foydalanilganda, birgalikdagi faoliyatning so’nggi natijasi uchun umumiy strategik
yo’nalishi mavjud bo’lgan holdagina uning vosita va usullari samarali natija beradi.
Bizning iqtisodiyotimiz sharoitlaridan kelib chiqqan holda, bunday natijalar
quyidagilar bo’lishi mumkin: bozor va milliy iqtisodiyot manfaatlaridan kelib
chiqqan holda iste'mol tovarlari ishlab chiqarish va xizmatlarni tashkil qilish, tovar
aylanishi miqdori va tarkibini shakllantirish, bozor talablari nuqtai nazaridan milliy
iqtisodiyotni istiqbolini aniqlash va hokazolar. Marketingli yondashish, markazdan
turib boshqarish va rejalashtirishdan nima bilan farq qiladi? Bunda korxona va
tashkilotlarning ish amaliyotida bozor talabi umuman hisobga olinmas edi.
Marketing esa sotish uchun taklif qilinayotgan tovarning ham, unga almashinadigan
va aholining turlicha bo’lgan tabaqalarining daromadlariga asoslangan pul
oqimining ham aniq manzilli bo’lishini talab qiladi.
Marketingli qarorlar qabul qilish korxonalardan bozorga mumkin qadar
moslashishni va davlat iqtisodiy siyosatiga to’liq javob berish bilan birga, ishlab
chiqarishning samaradorligi va foydaliligini oshirish, mehnat natijalaridan moddiy
manfaatdorlikni oshirishga asoslangan, o’zining rivojlanish strategiyasini ishlab
chiqish va amaliyotga joriy qilishni har vaqt talab qiladi. Nima uchun bunday qol
sodir bo’ladi? Gap shundaki, marketingli yondashuvda qiymat qonuni va tovar
ishlab chiqarishning boshqa iqtisodiy qonunlari qat'iy amal qiladi. Ana shu asosida
faqat bozorgina tovar-pul almashinuvini ta'minlaydi. Ishlab chiqilgan moddiy
boyliklar pul ekvivalentiga almashtirilmas ekan, ijtimoiy takror ishlab chiqarish
18
tugallangan va to’liq bo’lmaydi va yangi ishlab chiqarish davri tsikli boshlanishi o’zo’zidan mumkin emas. Eng kam xom-ashyo, materiallar, mehnat va moliya
resurslari sarfi bilan talabni ko’proq, to’laroq qondirishga imkon beradigan
marketing strategiyasining ma'nosi ham ana shunda.
Shunday qilib, marketing usullaridan foydalanish korxona manfaatlari va
maqsadlarini, jamiyat maqsadlari va manfaatlari bilan birlashtiriladi, iqtisodiyot
taraqqiyotiga mikro va makroiqtisodiy yondashuv birligini ta'minlaydi.
Har bir korxonaning marketing tizimida axborot asosiy ahamiyatga ega
chunki har qanday marketing faoliyati tovarlar ishalab chiqarish bozorida vjudga
kelgan
vaziyatli
bilishga
asoslanadi.Ko’pgina
marketing
tadqiqotlari
va
tadbirlarning maqsadi axborotlarga erishishga qaratilgandir.Bu tadbirlarning natijasi
marketing faoliyati ob’ekti haqidagi dastlabki bilimalrni talab qiladi,amlga oshirirsh
jarayonining o’zi esa joriy ta’sirlarga tuzatishlar kiritish va bo’lg’usi marketing
dasturlarini ishlab chiqish maqsadlarida ob’ekt bilan teskari aloqa o’rnatishuchun
zarur bo’lgan yangi ma’lumotlarni yaratadi.Zarur marketing axborotlarning yo’qligi
,noaniq va muhim bo’lamagan ma’lumotlardan foydalanish jiddiy iqtisodiy
xatolarning sababi bolishi mumkin.Marketing axaborotlaridan maqsad boshqaruv
qarorlarini qabul qilish jarayonida noaniqliklar darjasini aniqlashdan kamaytirishdan
iborat.Bu esa o’z o’rnida turli-tuman axborotlarning katta hajmini yig’ish ,saqlash
,uzatish va ishlab chiqishni talab qiladi.Axborotga asoslanib va yangi axborot
ehtiyojlarini yaratib, zamonaviy axborot texnologiyalrdan foydalanmasdan
,rivojlangan axborot bazasi va kommunikatsiya tiizmlarini yaratmasdan samarali
marketing faoliyatini yuritish mumkin emas.Axborot mahsulotlari va hizmatlari
marketingida
kompyuter texnologiyalarni qo’llash
-davr talabi.Marketing
ma’lumotlarini doimo kuzatish va saqlash tizimida axborotlarni yig’ish boshqa
marketing op[ertasiyalari orasida katta o’rinni egallaydi,chunki u axborotlarni
xususiyatlari bo’yicha turli tuman manbalar bilan bog’liqdir.Korxonada marketing
boshqaruvining axborot tiizimlari.Marketing axborot tizimlari muammo sohsini
butun tarkibiy qismalarfi butligi va o’zaro bog’liqligi asosida quriladi.
19
Respublikamiz o’zining ijtimoiy maqsadlari va iqtisodiy dasturlarini faqat
bozor mexanizmi orqaligina amalga oshirishi mumkin. Bunga bizni keyingi vaqtdagi
tovar-pul
munosabatlari
va
bozor
iqtisodiyotining
rivoji
ham
ishontirmoqda.Boshqaruvning iqtisodiy usullari amal qilgan sharoitda milliy
iqtisodiyotning asosiy bo’g’ini bo’lmish korxona va birlashmalarning huquq va
mas'uliyatlari kengayadi, ularning tovar ishlab chiqaruvchilar sifatidagi roli oshadi.
Marketing korxonaning ishlab chiqarish va sotish faoliyatini boshqarish sifatida
tashkil qilinadi.Shuning uchun ham iste’molchilarni talablarni qanoatlantirish va eng
katta foyda olish maqsadlarida bozor ehtiyojlarni har taraflama o’rganish nuqtai
nazardan muhitni quyidagi qismlari haqidagi bilimlarga suyanadi.
-tovarlar va xizmatlar bozori;
-tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish;
-ishlab chiqarish va sotish bozori bilan bog’liq tashqi makro muhit.
Bunda tovarlar va xizmatlar bozori haqidagi axborot axborotlarning boshqa turiga
nisbatan ustunlik qiladi va barcha marketing tadqiqotlarni maqsadga
yo’naltirilganligini belgilab beradi.Bozorning holati va tovarlar xizmatlarini ishlab
chiqarish haqidagi axborotlar korxona rahbariyati tomonidan raqobatdagi
korxonalarga nisbatan qulayroq iqtisodiy sifatlarni yaratishga yo’naltririlgan
korxonaning keyingi faoliyatini strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish uchun
foydalaniladi.
Marketing talabni qondirishga qaratilgan faoliyat bo’libgina qolmay, balki
talabga ta'sir ham qilishdir. Xo’sh, bu ta'sir qanday bo’lishi kerak, boshqa
mahsulotlar ishlab chiqarishga o’tish va yangi talabni vujudga keltirish kerakmi?
Marketing faoliyatining bu aniq maqsadlarini - bozorda mavjud bo’lgan vaziyatni
hisobga olish bilan, xaridorlar qiziqish darajasi bilan, korxonaning o’z iqtisodiy va
ijtimoiy vazifalari bilan, u yoki bu bozorga kirishi bilan aniqlanadi. Shunday qilib,
talab marketing maqsadini, shu bilan birga kerakli marketing strategiyasini tanlashga
imkon beradi.
20
Marketing axborot tizimi (MAT) korxonaning marketing faoliyatini amalga
oshirish uchun zarur bo’lgan ma'lumotlarni to’plash, jamlash va ishlov berishning
usullari, uslublari, tashkiliy tadbirlari va texnik vositalarining yig’indisi, deb
ta'riflanadi. MAT korxonani boshqarishdagi axborot tizimining eng muhim tarkibiy
qismidir Tashqi muhit to’g’risidagi axborotlar. Marketing axborotlarni marketing
bilan shug’ullanuvchi xodimlar tomonidan nazorat qilinadigan, bozorning barcha
xarakteristikalari bo’yicha ma’lumotlardan tashkil topgan marketing axborot
tizimini (MAT)ni tashkil etish yo’li bilan amalga oshiriladi. Marketing bo’yicha
mutaxassislar
bozor
holati
to’g’risidagi
ma’lumotlarni
yig’ish
bilan
shug’ullanadilar.” Marketing axborotlarni yig’ishning asosiy yo’nalishlari bo’lib
quyidagilar hisoblanadi:
1.1.2 rasm
21
Korxona bo’limlari
Raxbariyat Buxgalteriya
Sotish bo’limi Marketing
Ichki ishlab chiqarish
muhiti haqida axborot
Marketing xizmati
Tovar va xizmatlar bozori
haqida axborot
Tadqiqot ob’ektlari
Iste’molchilar tovarlar,sotish,
raqobatdagilar
Reklama
Marketing faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari9
• mijozlar va ularni xarid hatti - haraqatlarini o’ziga hos xususiyatlari;
• raqobatchilar (haqiqiy, potensial);
• mahsulot yetkazib beruvchilar;
Marketing axborotlarining manbalari bo’lib:
• so’rov
natijalarida
olingan
ma’lumotlar,
ma’lumotlardan tashkil topgan manbalar;
9
A.Soliyev,S.Buzrukxonov Marketing.T.:”Iqtisod-moliya”-2010.
22
statistika,
boshlang’ich
• ikkalamchi ma’lumotlar – ishonchlilikning turli darajalariga ega bo’lgan,
ikkinchi manbadan olingan turli ma’lumotlar.”10
Tabiiyki, marketing bo’yicha mutaxassislar o’z ishini bajarish uchun yanada
to’liq va batafsil axborotlar zarur. Barcha marketing axborotlari marketing axborot
tizimiga kiritilishi hamda unda ishlash uchun ochiq bo’lishi kerak. Biroq, korxona
rahbariyatiga maydalashtirishni chuqur, ortiqcha darajasi kerak emas. Shuning
uchun korxona rahbariyati uchun marketing axborotlarni taqdim etish, marketing
bo’limi xodimlarning o’zlari foydalaniladigan ishchi axborotlarni taqdim etishdan
farq qilish zarur.
Korxonaning ichki muhiti to’g’risida axborotlar korxonaning barcha
faoliyatini qamrab oladi. Korxona faoliyati to’g’risidagi to’liq hisobot rejalarning
uch turi bo’yicha hisobotlar asosida shakllantiriladi:
• byudjet (va mos pravishda moliyaviy va buxgalteriya hisobolari);
• ishlab chiqarish rejasi – ishlab chiqariladtgan mahsulot hajmi va assortimenti
bo’yicha reja;
• tadbirlar rejasi – jami korxona va har bir bo’linmani kvartal (choralik) yoki
oylik harakat rejasi.
Zamonaviy marketingning axborot tizimi quyidagi elementlarni o’z ichiga
oladi:
1. Marketing
faoliyatini
shakllantirishda
korxonaning
ichki
imkoniyatlaridan samarali foydalanish.
2. Korxonaning bozordagi marketing faoliyatining strategik va
operativ qarorlarini ishlab chiqish uchun tashki sharoitlarning rivojlanishi
haqidagi axborot.
3. O’ziga xos harakterdagi qo’shimcha ma'lumotlarni olish
maqsadida korxonada o’tkaziladigan maxsus marketing tadqiqotlari
natijalari haqidagi axborot.
10
Porsayev.G.M. Korxona menejmentida axborot texnologiyalar.Samarqand .:SamDU.2010-60b
23
4. Marketing axborotiga ishlov berish tizimi (ma'lumotlarni yig’ish,
ularni tahlil qilish va prognozlash uchun zamonaviy axborot
texnologiyalaridan foydalangan holda).
MATning asosiy vazifasi marketing qarorlarini qabul qilishda noaniqlikni
kamaytirish uchun zarur bo’lgan ma'lumotlarni doimo to’plab borishdan iborat.
Tashqi manbalardan ma'lumotlar asosan marketing razvedkasi va marketing
tadqiqotlari asosida olinadi.
Tajribalar shuni ko’rsatadiki, korxonadagi axborot tizimlari turli xil
rivojlanish bosqichida bo’lishi mumkin, shu jumladan: - ma'lumotlarni hisobga
olishning oddiy modeli;
- marketing hisobotlari tizimi;
- turli hisob-kitob
modellarini
qo’llashga mo’ljallangan tizimlar; -
marketingni prognozlash tizimi va hokazo.
Marketing axboroti marketing faoliyatida qaror qabul qilish uchun asos
hisoblanadi, shuningdek, qaror qabul qilgandan keyin olingan natijalarni tahlil qilish
uchun ham kerakdir. Ko’pgina marketologlarning ta'kidlashicha, axborot bilan
bog’liq faoliyat butun marketing faoliyati hajmining uchdan bir qismidan tortib
yarmigachasini tashkil qiladi.
Marketing razvedkasi - bu, birinchi navbatda, marketing rejalarini ishlab
chiqish va ularni to’g’rilash uchun zarur bo’lgan marketing tashqi muhitining
o’zgarishi to’g’risidagi joriy axborotni to’plash bo’yicha tizimli faoliyatdir. Ichki
axborot olingan natijalarga qaratilsa, marketing razvedkasi tashqi muhitda ro’y
berishi mumkin bo’lgan hodisalarni o’rganishga mo’ljallanadi. Marketing
razvedkasi ma'lumotlarini kompaniya xizmatchilari (ma'muriyat, muhandislar,
xaridlar bo’yicha agentlar, sotuvchilar), shuningdek, ta'minotchilar, vositachilar va
xaridorlar etkazib berishlari mumkin. Razvedka ma'lumotlarini maxsus tadqiqotchi
firmalardan ham olish mumkin.
Ichki axborot asosan korxonaning ichki ahvoli va imkoniyatlarini ochib
beradi. Unga, dastavval, korxonaning ishlab chiqarish, moliya, sotish, mehnat va
24
boshqa resurslari kiradi. Qabul qilingan qarorlarning samaradorligi cheklangan
resurslarni tovar assortimenti va marketing dasturlariga optimal joylashtirish sharti
bilan amalga oshiriladi. Bu erdan asosiy vazifa kelib chiqadi: foydaning o’sishi
uchun mahsulot tannarxini davriy ravishda kamaytirib borish zarur, boshqacha qilib
aytganda xarajatlar hajmi va tarkibining shakllanishi ustidan qat'iy nazorat siyosatini
olib borish zarur. Shu bilan bog’liq holda marketolog o’z ishida marketing
qarorlarida quyidagi ko’rsatkichlarni hisoblash va foydalanishni bilishi kerak:
• mahsulotning me'yoriy va haqiqiy tannarxi;
• to’g’ri va egri xarajatlar;
• chegaralangan foyda;
• foydalilik nuqtasi;
narx chegirmalari.
Tashqi sharoitlarning rivojlanishini tavsiflaydigan materiallar, avvalo, shu
bilan qimmatliki, ular bozor holati, uning infrastrukturasi, xaridorlar va
vositachilarning xatti-harakatlari, ta'minotchilar, raqobatchilar, shuningdek, davlat
tomonidan tartiblashtirish chora-tadbirlari va hokazolar haqidagi axborotlarni
beradi. Bu erda quyidagi harakterdagi yo’nalishlar kuzatiladi:
• tashqi muhit monitoringi (kon'yunktura, jarayonlar va tendentsiyalarni
o’rganish);
• muhitdan nusxa olish (mavjud axborotlarni olish);
• muhitni prognozlash (rivojlanish istiqbollarini baholash).
Monitoring deb aniq belgilangan, tor doiradagi ma'lumotlarni doimiy to’plash,
izlash tizimiga aytiladi. Monitoring ommaviy axborot vositalarini o’rganishda eng
ko’p tarqalgan. Ko’pincha monitoring ob'ekti bo’lib reklama va, birinchi navbatda,
uning radio va, ayniqsa, televidenie kabi vositalari hisoblanadi.
Quyida batafsil yoritiladigan marketing tadqiqotlari bozor rivojlanishining
tendentsiyalari
va
jarayonlari,
uning
sig’imi,
sotilishlar
dinamikasi,
raqobatchilarning xatti-harakatlari, shuningdek, iste'molchilar xatti-harakatlarining
sabablari, mahsulotning raqobatbardoshligi, rag’batlantirish va reklamaning
samaradorligi, taqsimlash kanallari va boshqalarga nisbatan qo’llanadi.
25
Yig’ilgan marketing axborotiga ishlov berish maqsadida tegishli dastur
asosida analitik marketing tizimi yaratiladi. U ma'lumotlar banki va modellar bankini
o’z ichiga oladi. Prognozlash jarayonlarining tahlilini o’tkazishda o’rtacha
miqdorlar, guruhlashlar, trendlar, regression va korrelyatsion usullar, omilli va
klasterli tahlil, qarorlarni qabul qilish nazariyasi usullari, jarayonlarni o’rganish
usullari, evristik usullar va shu kabi boshqa iqtisodiystatistik va iqtisodiymatematik
usullar qo’llanadi.
Hosil bo’lish bosqichlariga qarab marketing axborotini quyidagi ikki turga
bo’ladilar:
1.
Birlamchi axborot - aniq marketing muammosini echish uchun maxsus
dala (bozor) tadqiqotlari va modellash asosida hozirgina olingan ma'lumotlar
massivi;
2.
Ikkilamchi axborot - qachonlardir korxonada tadqiq qilinayotgan aniq
muammo echimi bilan bog’liq bo’lmagan qandaydir maqsadlar uchun kimdir
tomonidan to’plangan ma'lumotlar to’plami.
Axborotning ikkala turi ham o’ziga xos afzalliklar va kamchiliklarga ega.
Masalan, ikkilamchi axborot arzonroq tushadi, uni olish va ishlatish oson,
shuningdek, u nisbatan haqqoniydir. Biroq O’zbekiston sharoitida, aniqrog’i uning
axborot makonida hozircha malakali marketing ma'lumotlari juda kam, rasmiy, shu
jumladan, qaydnomali va regional statistika esa tarqoq, kamdan-kam holda tizimli
ko’rinishda berilgan va shuning uchun hamma vaqt ham kuzda tutilayotgan
marketing faoliyatining maqsadlarini aks ettirmaydi. Bunday holatda tadqiqotchilar
oddiga qo’yiladigan vazifalarning aniq maqsadlariga ko’ra to’planadigan, har doim
eng yangi va ishonchli bo’lgan birlamchi marketing axborotlariga ko’proq
tayanishga to’g’ri keladi.
Axborotni, ayniqsa, tashqi muhit haqidagi axborotni izlash va shakllantirishda
kompyuter axborot tarmoqlari muhim rol o’ynaydi. Hozirgi vaqtda ikki turdagi
tarmoqlar kanallari mavjud.
26
Marketing axborotlarini tizimli tahlil qilish, talab va taklifning taxminiy
hisobini ishlab chiqishga imkon beradi. Busiz esa sotishning maqbul darajasini
belgilash mumkin emas. Bunday darajada odatda, minimum, maksimum oralig’ida
hisoblab chiqiladi. Marketing maqsadiga erishishda reklama ham muhimdir.
Reklamaning vazifasi - mavjud bozor segmentini mustaqkamlash, yangi xaridorlarni
jalb qilish, yangi bozorlar tashkil qilishdir. Marketing tizimida reklamaning asosiy
xususiyati - uzluksiz ta'sir va doimiy yangilanishdir. Shu bilan birga xaridor
psixologiyasi tovar va firma markasiga bog’lanib qolish xususiyati (imidj) ga ham
egadir.
Marketing tizimida sotish siyosati - bu tovar davriy harakatini tashkil etish
jarayonidir. U tovar massasining ishlab chiqaruvchidan to iste'molchigacha bo’lgan
harakatining har bir bosqichida qabul qilinadigan qarorlarga ta'sir qilishning aniq
tahlilini talab qiladi. Bu holda sotish deganda ishlab chiqarish bilan savdo orasidagi
barcha aloqalar tushuniladi. U ulgurji va chakana savdoni, tashish va saqlashni o’z
ichiga oladi. Bizning iqtisodiy sharoitimizda marketingning tovar siyosati kabi
vazifasi ham muhim ahamiyatga ega. Har tomonlama o’ylab yuritilgan tovar siyosati
resurslardan samarali foydalanish imkonini beradi. Tovar siyosati har bir ishlab
chiqarilgan mahsulotning aniq iste'molchilar guruhiga mo’ljallangan bo’lishini
ta'minlaydi. Ya'ni, har qanday tovar aniq iste'mol manziliga ega bo’lishi kerak.
Bizning ichki bozorimiz, unga chiqarilgan tovar assortimentining, amalda mavjud
bo’lmagan "o’rtacha" deb ataluvchi iste'molchiga mo’ljallanganidan juda ham
yutqazadi. Chunki xaridor qiziqishi va didiga qarab taqsimlangan tovarlar tanlash
imkonini bermaydi
Sotishni rag’batlantirish - marketingning vazifalaridan biri bo’lib, bozorga
chiqarilgan tovarni rejalashtirilgan sotish darajasini ta'minlashga imkon beradi. Bu
ishlab chiqarish xarajatlarini qoplash va foyda olish demakdir. Sotishni
rag’batlantirishning quyidagi faol shakllari mavjud - ko’rgazma-savdo, yarmarkalar,
maxsus savdo agentlari xizmatidan foydalanish va arzon baholar. Marketingning
asosiy vazifasi talabni jonlantirishning yangi imkoniyatlarini axtarishdan iborat,
27
ya'ni: tovarga yangi xususiyatlarni berish orqali tovarning hayotiy davrini uzaytirish,
yangi bozorlarga kirib borish va hokazo. Umuman olganda, talabning pasayishi
vaziyatlari hamma tovar va xizmatlar uchun, har qanday davrlar uchun xos. Shuning
uchun marketologlar shuni nazarda tutishlari kerakki, talab pasayish tendentsiyasiga
ega bo’lganda, kelajakda bozorni boshqa tomonga yo’naltirish bo’yicha choratadbirlar bo’lmaganda, u yanada pasayishi mumkin va shu orqali yuzaga kelgan
vaziyatdan chiqish yo’llarini cheklab quyishi mumkin.
Bunda talab korxonaning ishlab chiqarish imkoniyatlaridan ancha ortiq
bo’lishi mumkin yoki, aksincha, mazkur tovarni ishlab chiqarish hajmi bozor
segmentining talablaridan ko’proq bo’lishi mumkin. Masalan, muzeylarning ish
kunlarida kamroq mijozlarga ega bo’lishi yoki shahar transporti xizmatlariga talab
hatto kun davomida o’zgarib turishi mumkin. Kurort hududlari aniq ifodalangan
mavsumiy
tebranishlarga
ega.
Sinxromarketingda
talab
tebranishlarini
silliqlashtirish (nomuntazam talab) egiluvchan narxlar, siljitish usullari va
marketingning boshqa qurollari yordamida amalga oshirilishi mumkin.
Bunday marketing turining vazifasi bo’lib, odatda, to’laqonli talab sharoitida
uning darajasini iste'molchilarning istaklari tizimi va raqobatning kuchayishini
hisobga olgan holda saqlab turish hisoblanadi. Bu erda marketolog birinchi navbatda
savodli narx siyosatini o’tkazishi, sotishning zaruriy hajmini saqlab turishi, sotish
faoliyatini rag’batlantirish va o’zgaruvchan xarajatlar ustidan nazoratni amalga
oshirish bilan bog’liq bo’lgan bir qator taktik tadbirlarga e'tibor berishi kerak.
To’laqonli marketingga eng yaxshi misol "Djeneral motors" kompaniyasining
faoliyati bilan bog’liq. 20-yillar o’rtalarida kompaniya "Ford" kompaniyasini orqada
qoldirishga muvaffaq bo’ldi. Ushbu kompaniya o’rta amerikalik uchun narxlari past
bo’lgan, bir xil qora rangga bo’yalgan "T" ford modeliga o’zining zamonaviy, keng
rang gammasida ishlab chiqilgan avtomobil modelini qarama-qarshi qo’ydi.
Uning vazifasi bo’lib salbiy bozor hodisalari, masalan, chayqovchilikni
yo’qotish maqsadida talabni vaqtinchalik yoki doimiy pasaytirish usullarini topish
hisoblanadi. Haddan tashqari talabni pasaytirish tovar yoki xizmatlar narxlarini
28
oshirish, reklama kompaniyasini va sotilishlarni rag’batlantirishni to’xtatish orqali
hal qilinishi mumkin.
Agar demarketing yaxshi sifatli tovarga talabni qisqartirish bilan bog’liq bo’lsa,
qarshi (aks) ta'sir ko’rsatuvchi marketing tovarni zararli, yomon qilib ko’rsatadi.
Mazkur holda insonlarni zararli mahsulotlarni iste'mol qilishdan voz kechishlariga
undash eng maqsadga muvofiq bo’lib hisoblanadi. Bunda marketingning narx
qurollari bo’lib narxlarni keskin ko’tarish, bu tovarlarga hammaga yo’l ochiqligini
cheklash bo’lishi mumkin.Axborot kommunikatsiylar biznesining
asosiy
sub’ektlariga axborot resurslarini yaratish ,qayta ishlash,uzatish ,tarqatish,qabul
qilish va istemol qilish bilan shug’ullanadigan shaxslar kiradi.Bular birinchi galda
axborot
resurslarini
ishlab
chiqaruvchilar,
ularning
egalari
va
iste’molchilardir.Axborot mahsulotlari va xizmatlarini sotish istiqboli biznes turi
bo’lib borayapti.”Zamonaviy
kompyuterlar texnologiyalri bizning fikrimizcha
axboorot manbalariga jadal kirishga ,ularni olishga,ishlab chiqishga va
foydalanuvchi uchun kerakli axborotlarni belgilangan vaqtda ko’rsatilgan shaklda
ishlab chiqishga imkon beruvchi dasturiy texnik qurilmalar,kommunikatsiyalar va
orttexnika va aloqa vositalaridir”11. Kerakli marketing axborotlarini saqlash,ishlab
chiqish va talab qilingan shaklida taqdim etishni ta’minlovchi vosita marketing
boshqaruv tizimi bo’ladi. O’zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi
uning jahon integratsiyon ajrayonlariga faol qo’shilishi xorijiy sheriklar
foydalanilayotgan eng yan gi texnologiyalkrni tadbiq etishga majbur bo’lmoqda.
2 Marketing xizmat faoliyatida axborot texnologiyalrni o’rni
Marketingda eng asosiysi, bozorni, xaridorlar talab va ehtiyojlarini chuqur
va har taraflama o`rganish va ishlab chiqarishni shuning asosiga qurish, ikkinchi
tomondan esa bozorga, mavjud talab va ehtiyojga faol ta’sir ko`rsatish,
xaridorlarning muayyan mollarga bo`lgan talablarini shakllantirishdan iborat.
Marketingni kompyuterlarsiz, axborot texnologiyalarisiz tasavvur etib bo`lmaydi.
R.X.Alimov,B.A.Begalov,G.T.Yulchiyeva,Sh.Alishev.”Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari”T.:O’zbekiston
yozuvchilar uyushmasi nashriyoti”.2005-157b
11
29
“Elektronika yutuqlarining kommunikatsiyaga o’ta yuqori tezlik bilan kirib
kelishi televideniya,kompyuterlar va electron tarmoqlar orqali axborotlar lamshish
tizimi –multimedya texnologiyalarining shakllanishiga olib keldi.Axborotlarni qayta
ishlash va thlil qilish imkoniayatlaridan foydalanish –multimediya texnologiyalar
,keying yillarda dunyo fani va texnologiyasidagi innovatsiyaning asosiy
yutqlaridir.Multimediya texnologiayalari –o’ta murakkab mediya vositalari va
electron tarmoqlarining ko’p sohali kommunikatsiya imkoniyatlarini shakllantirish
va ulardan biznes amaliyotida foydalanish usulalri majmuasini ifodalaydi. “12
1.2.1-rasmda turli raqobat strategiyalari keltirilgan bo’lib, ular axborot
texnologiyalarni qo’llashda ilg’or korxonalar bilan taqqoslaganda, sohadagi o’z
holatini tahlil qilish natijasida korxonada foydalanishi mumkin. Axborot
texnologiyalarini joriy qilgan ba’zi korxonalar, uchun afzallikni saqlab qolish
dolzarb hisoblanadi (A). Bunday korxonalarda oliy daraja rahbarlari axborot
texnologiyalarni
rejalashtirish
va
foydalanish
uchun
bevosita
javobgar
hisoblanishadi. Masalan, AQShda Bank One prezidenti axborot texnologiyalarni
rejalashtirish qumitasini boshqaradi hamda o’zini axborot texnologiyalarni
ishlatishda va joriy etishni boshqarishda shaxsan javobgardir deb hisoblaydi.
Boshqa
firmalar
marketinga
axborot
texnologiyalarni
joriy
qilish
imkoniyatlari minimal bo’lgan vaziyatdadir, biroq ishlab chiqarish va logistikada
axborot texnologiyalardan foydalanish uchun kattagina salohiyatga ega. Mazkur
korxonalar oldida integrasion sifatini yaxshilash vazifasi turadi (B). Bunday
korxonalarda axborot texnologiyalari uning sifatini oshirish va xarajatlarni nazorat
qilish yuli bilan, mahsulot chiqarishni va taqsimlashni modernizasiyalash,
integrasiyalash
va
muvofiqlashtirishga
yo’naltirilgan.
Mazkur
axborot
texnologiyalar kattagina investisiyalarni, hamda joriy etish va boshqarishga
funksionalaro yondashuvni talab etadi. Funksionalaro integrasiyalar uchun oliy
rahbariyat bilan axborot texnologiyalar bo’linmalarning rahbarlari o’rtasida uzviy
aloqa dolzarb hisoblanadi.
12
A.Soliyev,S.Buzrukxonov.”Marketing”,T.:”Iqtisod-moliya”,2010 -304b
30
1.2.1- rasm
Soha lideri bilan
taqqoslaganda
ishlab chiqarish –
xo’jalik sohasida
ATni joriy
qilishdagi
uzilishlar
Integrasion
sifatini
yaxshilash
(B)
Yuqori
Past
Lider ketidan
quvish
(D)
Afzallikni
saqlab qilish
Mahsulot va
xizmatlar
individualligini
qayishqoqligini
oshirish
(A)
(C)
Soha lideri bilan taqqoslaganda
marketingda АТni joriy qilishdagi
uzilishlar
Past
Yuqori
Korxonaning raqobat strategiyasi13
Soha lideri bilan taqqoslaganda (C) marketing sohasida uzilishlar kata bo’lgan
korxonalar uchun, muammoni yechimi yanada tor maxsuslashtirilgan bozor
ehtiyojlarini qondirishda mahsulot va xizmatlarni yaxshiroq individuallashtirish
hisoblanadi. Odatda korxonalar marketing strategiyalarini ishlab chiqish va amalga
oshirish uchun,soha trendi ustidan nazorat qilish uchun, marketingning axborot
tizimini ishlab chiqishga mablag’larni sarflashga majburdirlar. Muvafaqiyat garovi
bo’lib alohida iste’molchilarni afzalliklari, raqobatchilar narhi va mahsulotni
takomillashtirish to’g’risidagi batafsil ma’lumotlarni yig’ish qobiliyati hisoblanadi.
Mijoz ehtiyojini qondirish, ularni o’zgartirishga o’z vaqtida javob berish mahsulotli
va marketingli masalalarni nomarkazlashtirish uchun bir vaqtning o’zida ular
integrasiyasi va nazoratini ta’minlash bilan axborot texnologiyalardan foydalanishi
R.X.Alimov,B.A.Begalov,G.T.Yulchiyeva,Sh.Alishev.”Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari”T.:O’zbekiston
yozuvchilar uyushmasi nashriyoti”.2005
13
31
qobiliyatini ta’minlaydi. Muvafaqiyat uchun oliy daraja rahbarlari va funksional
bo’linma rahbarlari o’rtasida uzviy aloqalar zarur.
Sungida, (D) korxonalar soha liderlaridan ham ishlab chiqarishda, ham
marketingda
kuchli
orqada
qolgan
vaziyatdagi
korxonalardir.
Vaziyatni
barqarorlashtirish uchun ham oliy rahbarlardan, ham axborot texnologiya
bo’linmalarining rahbarlaridan muvofiqlashtirilgan aniq xarakterlar talab etiladi.
Vaziyatni barqarorlashtirish uchun zarur bo’lgan uzoq muddat va kattagina kapital
mablag’lar firmaning o’zini faoliyat ko’rsatish masalasini ko’ndalang qilib qo’yadi.
80-chi yillarning o’rtalarida American Airlines va United Airlines kompaniyalari
axborot texnologiyalardan foydalanib, sohadagi raqobat to’g’risidagi tasavvurini
o’zgartirdilar. Aynan shu muammo Frontier Airlines va People Express
kompaniyalarda ham yuzaga keldi. O’z raqobat pozisiyalarini qo’llash uchun zarur
bo’lgan investisiyalarni yuqori darajasi operasiyalar integrasiyasi, mahsulot
(xizmatlarni) differensiallash va iste’molchilar talabini aniqlash uchun axborot
texnologiyalar imkoniyatini o’z vaqtida anglab yetmagan qayd qilingan
kompaniyalarni «o’yindan chiqardi». 80-chi yillarning so’ngida ikala firma ham
biznesni tark etdilar.
Internet - lokal tarmoqlardan iborat bo’lgan global kompьyuter tarmog’idir. U butun
er kurrasi bo’yicha uzluksiz va markazlashgan axborot almashishga imkon beradi.
Hozirgi vaqtda undan jahonning 150 mamlakatida 56 milliondan ko’proq kishilar
foydalanadilar. Foydalanuvchilar elektron pochtani yuborishlari, xarid qilishlari,
tadbirkorlik axborotini olishlari mumkin.
Tijorat kanallari - ta'sischi kompaniyalarning abonent to’lovlari asosida ishlaydigan
axborot va marketing xizmatlaridir. Mijozlarga axborot olish (yangiliklar,
kutubxonalar, ma'lumotlar va boshqalar), xarid qilish, hordiq chiqarish va muloqot
qilish (elektron taxtalar, o’yinlar, forumlar), elektron pochtadan foydalanish
imkoniyatlari beriladi.
O‘zbekiston reklama bozori ko‘lami tobora kengayib bormoqda. Bunda
mamlakatimizda qabul qilingan “Reklama to‘g‘risida”gi qonun muhim rol
32
o‘ynayotir. Ushbu hujjat reklama ishlab chiqish va tarqatishda yuzaga keladigan
munosabatlarni shakllantirishda muhim qadam bo‘ldi.
O‘tgan yili mamlakatimiz reklama agentlari soni qariyb 480 tani tashkil etgan bo‘lsa,
bugun ularning soni 500 dan oshdi. Reklama tarqatishda televideniye muhim o‘rin
tutmoqda. Bugun reklama bozorida televideniyening ulushi 52, bosma nashrlar
ulushi 19, tashqi reklama 14 va radio ulushi 12 foizni tashkil etadi. Bundan tashqari,
media soha ham jadal rivojlanmoqda. Marketingdagi yangi yo‘nalishlar, brending
asosiy trendlarini kompaniyalar strategiyasiga kiritish imkoniyatlari, zamonaviy PRkommunikatsiyalar uslublari, texnologiyalari va ularning samaradorligini baholash,
bugungi sharoitda media agentlari faoliyatining istiqbollari, an’anaviy ommaviy
axborot vositalari noshirlari uchun yangi biznesmodellar, moliyaviy marketing yoki
rivojlanishning dolzarb yo‘nalishlari, moliya mahsulotlari hamda xizmatlarini ilg’or
g’oyalari amalga oshmoqda.Marketing, reklamani ishlab chiqish va tarqatish
texnologiyalari, PR-texnologiyalar, mediakonsalting va monitoring, noshirlik ishi,
grafika dizayni, audio va videreklamani yaratish usullari takomillashmoqda.Axborot
faoliyatining tijoratlashgani sari unga ishlab chiqarishning boshqarishning bozor
tamoyillari sifatida marketingning umumiy tamoyillari asoslana boshlandi,bunda
xo’jalik qarorlarini qabul qilishning asosida bozor qarorolari yotadi,qarorlarning
asoslanganligi esa tovarlarning sotilishi bilan tekhsiriladi.Buning natiajasida axborot
marketingi vjudga keladi.Axborot mahsulotlari va xizmatlarini tanlashda
foydalanuvchi
mohiyati bo’yicha
marketinigni axborot
mahsulotlari va
xizmatlarini ishlab chiqaruvchi kabi usullaridan foydalanishi kerak.”Axborot
marketingning asosiy elememntlari quyidagilardan iborat:
-axborot bozorini tahlil qilish;
-axborot mahsulotlari va xizmatlarini narxlarini shakllantirish ;
-axborot mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqaruvchilar va ularning
foydalanuvchilar o’rtasida o’zaro munosabatlarini o’rnatish;
-reklama-targ’ibot tadbirlarini.”14
14
S.S.G’ulomov,B.A.Begalov”Informatika va axborot texnologiyalari”. T:Fan ,2010-623b
33
Axborot marketingning
tuzilishi marketingning umumiy tamoyillarini axborot
mahsulotlari va xizmatlari sohasida yoyishning tog’ridan to’g’ri natijasi bo’ladi.
34
3 Axborot kommunikatsion texnologoyilarning marketing xizmatida
foydalanishning me’yoriy huquqiy asoslari
Kommunikatsion texnologoyilarda marketing xizmatlaridan foydalanish kata
ahamiyatga egadir, shu o`rinda
O’zbekistonRespublikasi «Ахbоrоtlаshtirish
to`g`risida»gi qonunining 3-moddasiga muvofiq axborotlashtirishga quyidagicha
ta`rif berilgan - yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo‘lgan eіtiyojlarini
qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot
tizimlaridan foydalangan іolda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiy-iqtisodiy va
ilmiy-texnikaviy jarayoni; axborot resursi - axborot tizimi tarkibidagi elektron
shakldagi
axborot,
ma’lumotlar
banki,
ma’lumotlar
bazasi;
axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining mulkdori - axborot resurslariga
yoki axborot tizimlariga egalik qiluvchi, ulardan foydalanuvchi va ularni tasarruf
etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining egasi - qonun bilan yoki axborot
resurslarining, axborot tizimlarining mulkdori tomonidan belgilangan huquqlar
doirasida axborot resurslariga yohud axborot tizimlariga egalik qiluvchi, ulardan
foydalanuvchi va ularni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
axborot
texnologiyasi - axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish
uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va
jarayonlar;
axborot tizimi - axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan
foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot
resurslari, axborot texnologiyalar va aloqa vositalari.”15
“1992 yil 8 dekabrda Axborotlashtirish bo’yicha Bosh boshqarma tuzildi.
15
«Ахbоrоtlаshtirish
to`g`risida»gi O’zbekistonRespublikasi Qonun (11.12.2003)
35
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 2 dekabrdagi farmoyishi bilan
O’zbekiston
Respublikasi
Axborotlashtirish konsepsiyasi
ma’qullandi.Axbortlashtrish konsepsiyasi uchta asosiy maqsadga yo’naltirilgan:
- Zamonaviy axborot texnologiyalarni rivojlantirish ,dsavaltning barcha
sub’ektlari uchun axborot xizmatlarini kengaytirish;
- Iqtisodiy
va
ijtimoiy
sohalarda
axborot
tizimlari
shakllanishiga ko’maklashish;
- Mamlakatni jahon axborot tizimlari va tarmoqlariga ulash.
Jumaladan ,2002-yil 6 iyunda “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish
va axborot –kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etish to’g’riisda “gi qarori qabul
qilindi.2002-yil 12 dekabrda “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari
tog’riisda”gi qonun qabul qilindi.”16
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 25 maydagi 230sonli “2001-2005 yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish,
“Internet”ning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini ta’minlash dasturini
ishlab chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida” qaroriga muvofiqbir qator
ishlar olib borilmoqda. Iqtisodiy rivojlanish oqibatida O’zbekiston xalqaro
iqtisodiyot tizimida tobora o’z mavqe’ini mustahkamlab bormoqda. Bu esa o’z
navbatida elektron tijorat infratuzilmasini takomillashtirish, uning jahon bozorida
kuchli raqobatchi sifatida paydo bo’lishini ta’minlash zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Yuqoridagi holatlar inobatga olingan holda elektron tijoratning asosini , ya’ni
huquqiy bazasini takomillashtirish bo’yicha bir qancha sezilarli ishlar amalga
oshirildi. 2004 yil 29 aprelda N613-II “Elektron tijorat” to’g’risida O’zbekiston
Respublikasi qonuni, 2007 yil 30 noyabrda Vazirlar Mahkamasining №21 “Elektron
tijoratni rivojlantirish” tog’risidagi va 2007 yil 12 iyunda “Elektron tijorat tizimini
amalda qo’llashda to’lov tizimini takomillashtirish” tog’risidagi qarorlar qabul
qilindi. Bundan tashqari Respublikada elektron tijoratni rivojlantirish maqsadida
R.X.Alimov,B.A.Begalov,G.T.Yulchiyeva,Sh.Alishev.”Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari”T.:O’zbekiston
yozuvchilar uyushmasi nashriyoti”.2005-7b
16
36
“Ekarmon” loyihasi ishlab chiqildi va u samarali tarzda amaliyotga joriy qilinmoqda.
Axborotlashtririshni
jahon
standartlariga
qaraydigan
bo’lsak:”
Xalqaro
telekommunikatsiya ittifoqi — BMTning ixtisoslashtirilgan muassasasi hisoblanadi.
O‘zbekiston aloqa ma'muriyati XTI faoliyatida faol ishtirok etib, uning standartlarini
O‘zbekistonda targ‘ib qilish va keng qo‘llash bo‘yicha choralar ko‘rib kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi aloqa ma'muriyati tomonidan XTI TSBBA-12 va
XTBBA-12ga bir qator dolzarb takliflar tayyorlanapti.
Xalqaro elektraloqa bo‘yicha Butunjahon anjumani (XTSBBA-12)da XTI
qabul qilgan to‘rtta kelishuvlardan biri bo‘lgan Xalqaro elektraloqa Reglamenti
qayta ko‘rib chiqiladi (qolgan uchta hujjat: Ustav, Konvensiya va Radioaloqa
reglamenti).” 17 Telekommunikatsiyalarni standartlashtirish bo‘yicha Butunjahon
assambleasi (TSBBA-12) — har to‘rt yilda doimiy ravishda o‘tkaziladigan tadbir
bo‘lib, Elektraloqani standartlashtirish Sektorining (XTI-T) navbatdagi tadqiqot
davrida ishlar hajmi va tarkibini belgilaydi.
17
http://xabar.uz
37
XULOSA VA TAKLIFLAR
Zamonaviy
axborot
texnologiylari-shaxsiy
kompyuterlar
va
telekommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda foydalanuvchi ishining
do’stona interfeysi axborot texnologiyasidir. Iqtisodiy sohada zamonaviy aborot
texnologiyalridan
foydalanish
iqtisodiy
axborotning
sifati
,uning
aniqligi,ob’ektivligi,tezkorligi va buning natijasida sifatida esa ,boshqaruv
qaroqolrini o’z vaqtida qabul qilish imkoniyati oshishini ta’minlaydi.Boshqaruv
faoliyatini avtomatlashtrish yangi axborot texnologiyalri asosida ma’lumotlarni
qayta ishlash,saqlash va qidiruvini amalga oshiradigan”electron ofis”konsepsiyasini
paydo bo’lishiga olib keladi.Marketingda zamonaviy axborot kommunikatsion
texnologiyalrni qo’llash natijasida korxonlar marketing faoliyati samaradorligi
oshib,ular bozordagi axborotlardan o’z vaqtida to’liq va aniq foydalanadilar. O’zaro
bog’liq bo’lgan ko’p sonli korxonalarni kompleksidan tashkil topgan tijorat
strukturalari faoliyatida axborotlarni uzatishi mazkur strukturani normal faoliyat
ko’rsatishini birinchi darajali va o’zgarmas faktori bo’lib hisoblanadi. Bunda
axborotlarni tezkorligi va ishonchliligi muhim ahamiyat kasb etadi. Ko’pgina
korxonalar uchun axbortlarni ichki ichki tizimi tashkiliytexnologik jarayonning
vazifalarini yechadi hamda ishlab chiqarish xarakteriga ega. Bu eng avvalo, ichki
korxona kanallari orqali maxsuslashtirilgan korxonalardan tushadigan korxonani
nusxalashtirilgan mahsulotlar bilan ta’minlash jarayoniga tegishlidir. Bu yerda
axborot boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun ma’lumotlarni taqdim etishda
muhim rol o’ynaydi, hamda ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va uning
samaradorligini oshirishini ta’minlovchi faktorlardan biri bo’lib hisoblanadi.
Tezkor (operativ) qarorlar qabul qilishini talab etuvchi ishlab chiqarish
jarayonida rejaviy ko’rsatgichlardan chetlanish yuzaga kelishi to’g’risidagi
axborotlar muhim rol o’ynaydi.
Qarorlar qabul qilishda mos ravishdagi rolni
kashfiyotlar
to’g’risidagi
ma’lumotlar,
o’z
yangi ilmiy bilimlar ,
korxonasi
hamda
raqobatchi
korxonalardagi texnik yangiliklarni o’z ichiga oluvchi ilmiy-texnikaviy axborotlar
38
o’ynaydi. Bu korxonada yuqori darajali raqobatbardoshlikni ta’minlovchi Amaliy va
o’z vaqtida foydalaniladigan potensial bilimlar, texnik vazifalar hamda uzluksiz
to’ldiriladigan umumiy fonddan iborat.
Axborotlar ishlab chiqish va mos ravishda qarorlar qabul qilish uchun
ma’ruza, hisobotlar, takliflar tayyorlashda asos bo’lib xizmat qiladi. Har bir konkret
axborotning
mazmuni
boshqaruv
bo’g’inlarining
ehtiyojlari
va
ishlab
chiqiladiganboshqaruv qarorlari bilan aniqlanadi.
Bugungi kuda mamlaktimizdagi iqtisodiy islohotlarni bosh maqsadi – rivojlangan
davlatlar iqtisodiy
tizimlari tajribasini tahlil qilgan holda o’zimizga xos bo’lgan
milliy iqtisodiy tizimni yartish va takomilashtirib borish. Hozirgi kunda
mamlaktimiz jhon bozorlariga raqobatbardosh mahulotlarni eksport qilib o’z
ulushiga ega bo’lib bormoqda. Shunday ekan ,korxonalarimiz
mahsulotlarni
bozordagi sotish jarayonlari,reklama va boshqa bozor munosabatlarini o’rganish
uchun marketing faoiyatini takomillashtirish kerak. Marketing faoliyatini
takomillashtirish uchun zamonaviy axborot komunikatsiyon texnolgiyalardan
samarali foydalanish kerak. Zamonviy axborot kommunikatsion texnologiyalardan
samarali foydalanish natijasida markeing faoliyatida ishonchli axborotlarga ega
bo’lib kelgusi hatti harkatlarini aniq belgilab olish mumkin.Yuqoridgi tadqiqiot
natijalari asosida quyidagi takliflarni beramiz:
- korxonalarda axborot kommunikatsion texnologiyalar bilan ta’minlash dasturini
tuzish;
-korxonalarda axborot bo’limlari faoliyatini takomillashtirish;
-korxonalar faoliyatida marketing bo’limlarni zamonaviy axborot kommunikatsion
texnologiylar bilan ta’minlash;
-zarur bo’lgan axborotlarni tahlil qiluvchi xodimlar malakasini oshirish;
-zamonaviy marketing amliyotida mavjud bo’lgan tajribalarni o’zlashtirish;
-zamonviy axborot texnologiylar bilan ishlovchi sifatli kadrlarni tanlash ;
-marketing faoliyatiga doir turli xil halqaro konferensiylar o’tkazish ;
39
-marketing faoliyatini takomillashtirishga
oid
me’yoriy
huquqiy
bazani takomillashtirish;
-marketing strategiyasini tanlashda bozorlar o’zgaruvchanligini aniq baholash;
Rivojalangan davlatlar tajribasidan ma’lumki
marketing faoliyati korxonlar
foliyatini asosiy bo’laglaridan biri hisoblanadi.Chunki bugungi kunda mahsulotlar
yoki xizmatlarni ishlab chiqarish emas balki sotish muammo hisoblanadi.Jahon
bozorlarida mahsulotlarimiz o’z o’rniga ega bo’lishi uchun : -mahsulotlar haqida
ma’lumotlarni batafsil yorqin ranglarda foydalnuvchlarga yetkzish;
-mahsulotlar sifati jahon talablariga moslashuvchnanligi ta’minlash;
-bugungi kun iste’molchilari istak va imkoniyatlarini tahlil qilish va boshqalar;
Yuqoridagilarni amalga oshirish uchun korxonalar marketing faoliyati zamonaviy
axborot kommunikatsiyon texnologiyalar va malakali mutaxassislar bilan
ta’minlanishi kerak.
FОYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YХATI I.
O’zbekiston Respublikasi qоnunlari
1. O’zbekiston Respublikasining Коnstitutsiyasi.–Tоshkеnt: O’zbekiston, 2010.
40
2. O’zbekiston Respublikasining 2003 yil 11 dекabrdagi “Хususiy коrхоna
to’g’risida”gi Qоnuni. − O’zbekiston Respublikasi qоnun hujjatlari to’plami. № 3 T.: Adоlat, 2004.
3. «Ахbоrоtlаshtirish
to`g`risida»gi
O’zbekistonRespublikasi Qonun .- T
.:O’zbekiston Respublikasi qоnun hujjatlari to’plami. № 3 - T.: Adоlat, 2004.
II. O’zbekiston Respublikasi Prеzidеnti farmоnlari va qarоrlari
4. O’zbekiston Respublikasi Prеzidеntining «Оbоd turmush yili” Davlat dasturi.
2013 yil 27 fеvral.
5. 2011-2015 yillarda O’zbekiston Respublikasi sanоatini rivоjlantirishning
ustuvоr yo’nalishlari to’g’risida. O’zbekiston Respublikasi Prеzidеntining Qarоri
PQ-1442., 15.12.2010 y.
6. “Кichiк biznеs va хususiy tadbirкоrliк” Davlat dasturi. O’zbekiston
Respublikasi Prеzidеntining Qarоri. 07.02.2011 y. № PQ-1474.
7. O’zbekiston Respublikasi Prеzidеntining 2011 yil 24 avgustdagi “Кichiк
biznеs va хususiy tadbirкоrliкni yanada rivоjlantirish uchun qulay ishbilarmоnliк
muhitini shaкllantirishga dоir qo’shimcha chоra-tadbirlar to’g’risida”gi PF4354sоnli Farmоni.
8. O’zbekiston Respublikasi Prеzidеntining Farmоni. Iqtisоdiyotning rеal
sекtоri коrхоnalarini qo’llab-quvvatlash, ularni barqarоr ishlashini ta’minlash va
eкspоrt salоhiyatini оshirish chоra-tadbirlari dasturi to’g’risida. 2008 yil 28 nоyabr
PF-4058-sоn.
9. O’zbekiston Respublikasi Prеzidеntining Farmоyishi. Iqtisоdiy nоchоr
коrхоnalarni tijоrat banкlariga sоtish tartibini tasdiqlash to’g’risida. 2008 yil 19
nоyabr, F-4010-sоn.
10.
O’zbekiston Respublikasi Prеzidеntining Qarоri. Ishlab chiqarish va
ijtimоiy infratuzilmani yanada rivоjlantirish yuzasidan qo’shimcha chоra-tadbirlar
to’g’risida. 2009 yil 20 yanvar, PQ-1041-sоn.
41
11.
O’zbekiston
Respublikasi
Prеzidеntining
”Bоzоr
islоhоtlarini
chuqurlashtirish va iqtisоdiyotni yanada erкinlashtirish sоhasidagi ustuvоr
yo’nalishlar amalga оshirilishini jadallashtirish chоra-tadbirlari to’g’risidagi”
Farmоni// Хalq so’zi, 2005, 15 iyun.
12.
O’zbekiston Respublikasi Prеzidеntining “Tadbirкоrliк sub’екtlarini
tекshirishlarni yanada qisqartirish va ular faоliyatini nazоrat qilishni tashкil etish
tizimini taкоmillashtirish bоrasidagi qo’shimcha chоra-tadbirlar to’g’risida”gi 2011
yil 4 aprеldagi Farmоni. // Хalq so’zi, 2011 yil 5 aprеl.
III. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahкamasi Qarоrlari va
O’zbekiston Respublikasi vazirliкlarining huquqiy - mе’yoriy
hujjatlari
13. Elektron tijoratni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida: O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Majlisi Qarori. 2007 yil 30 yanvar, 21-son.
//O’zbekiston Respublikasi moliyaviy qonunlari.-2007. I-3.-29b.
IV. O’zbekiston Respublikasi Prеzidеnti asarlari
14.
I.A.Кarimоv «Bоsh maqsadimiz – кеng кo’lamli islоhоtlar va
mоdеrnizaцiya yo’lini qat’iyat bilan davоm ettirish» Хalq so’zi 2013 yil 18 yanvar.
15.
Islоm Кarimоv. 2012 yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bоsqichga
кo’taradigan yil bo’ladi. − T.: “O’zbekiston”, 2012. – 36 b.
16.
Кarimоv I.A. Dеmокratiк islоhоtlarni yanada chuqurlashtirish va
fuqarоliк jamiyatini shaкlantirish - mamlaкatimiz taraqiyotining asоsiy mеzоnidir.–
T.: 19.T. O’zbekiston, 2011.
17.
Кarimоv I.A. Mamlaкatimizda dеmокratiк islоhоtlarni yanada
chuqurlashtirish va fuqarоliк jamiyatini rivоjlantirish коnцеpцiyasi (O’zbekiston
Respublikasi Оliy Majlisi Qоnunchiliк palatasi va Sеnatining qo’shma majlisidagi
ma’ruza), “Хalq so’zi”, 2010 yil 12 nоyabr (№ 220).
42
18.
Кarimоv I.A. Jahоn mоliyaviy-iqtisоdiy inqirоzi, O’zbekiston
sharоitida uni bartaraf etishning yo’llari va chоralari. – T.: O’zbekiston, 2009.
19.
KarimovI.A.”Kelajakni jasoratli
odamlar
quradi”.7jild.T.:”O’zbekiston”.1999,321b
20.
Кarimоv I.A.«Yuksak bilimli va intеllекtual rivоjlangan avlоdni
tarbiyalash – mamlaкatni barqarоr taraqqiy ettirish va mоdеrnizaцiya qilishning eng
muhim sharti» mavzusidagi хalqarо коnfеrеnцiyaning оchilish marоsimidagi nutq //
Хalq so’zi, 2012 yil 18 fеvral.
21.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning “2012 yilda
mamlakatimizni ijtimiy iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013 yilga
mo’ljallangan
iqtisodiy
dasturning
eng
muhim
ustuvor
yo’nalishlar”ga
bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasini majlisidagi ma’ruzasi 18.01.2013
V. Darsliкlar
22.
S.S.G’ulomov,B.A.Begalov .Informatika va axborot texnologiyalari.
T:Fan ,2010-623b
23.
red.Yu.N.
Kotler.F.Marketing menejment. Ekspress-kurs / Per. s angl.Pod
Kapturevskogo.-SPb.: Piter, 2001, str 403
24.
304b
25.
A.Soliyev,S.Buzrukxonov.”Marketing”,T.:”Iqtisod-moliya”,2010
R.X.Alimov
,B.A.Begalov
va
boshqalar.Iqtisodiyotda
-
axborot
texnologiyalar.T.:O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi adabiyot jamg’armasi
nashriyoti.2005-178b
26.
Abdullayev
O.M.,Qosimova
M.S
va
boshq
“Marketing”.T.:TDIU.2006-7b 27. Jalоlоv J.J. va bоshqalar. Biznеs marкеtingi.
Darsliк.– T.: Mоliya, 2007 - 12 bеt.
28. Qоsimоva M.S., Ergashхo’jaеva SH.J. Marкеting. Darsliк. – T.:
Iqtisоdiyot, 2011. – 7b
43
29. Buкin S.О. Оsnоvы marкеtinga v vоprоsaх i оtvеtaх. – Rоstоv n/D.:
Fеniкs, 2009. – 154 str.
30. Ergashхo’jaеva va bоshqalar.Marкеting. Darsliк.–T.:Fan.,2007–234 b.
VI. O’quv qo’llanmalar
31.
O’zbekiston Respublikasi Prеzidеnti I.A.Кarimоvning 2011 yilda
mamlaкatimizni
ijtimоiy-iqtisоdiy rivоjlantirish
yaкunlari
va
2012
yilga
mo’ljallangan eng muhim ustuvоr yo’nalishlarga bag’ishlangan O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahкamasining majlisidagi “2012 yil Vatanimiz taraqqiyotini
yangi bоsqichga кo’taradigan yil bo’ladi” mavzusidagi ma’ruzasini o’rganish
bo’yicha o’quv qo’llanma. – Tоshкеnt: “O’qituvchi” NMIU. - 2012. – 382 b.
32.
O’zbekiston Respublikasi Prеzidеnti I.A.Кarimоvning 2010 yilda
mamlaкatimizni
ijtimоiy-iqtisоdiy rivоjlantirish
yaкunlari
va
2011
yilga
mo’ljallangan eng muhim ustuvоr yo’nalishlarga bag’ishlangan O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahкamasining majlisidagi “Barcha rеja va dasturlarimiz
Vatanimiz taraqqiyotini yuкsaltirish, хalqimiz farоvоnligini оshirishga хizmat
qiladi” mavzusidagi ma’ruzasini o’rganish bo’yicha O’quv-uslubiy majmua. –
Tоshкеnt: Iqtisоdiyot.-2011.–376 b.
33.
O’zbekiston
Respublikasi
Prеzidеnti
I.A.Кarimоvning
“Mamlaкatimizni mоdеrnizaцiya qilish va кuchli fuqarоliк jamiyati barpо etish –
ustuvоr maqsadimizdir” hamda “Asоsiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va
хalqimiz farоvоnligini yanada yuкsaltirishdir” nоmli ma’ruzalarini o’rganish
bo’yicha o’quv-uslubiy majmua. – Tоshкеnt: Iqtisоdiyot.-2010. – 281 b.
34.
Bu muqaddas Vatanda azizdir insоn. O’zbekistonning 19 yil mustaqil
taraqqiyot yo’lida jamiyatni mоdеrnizaцiyalash va iqtisоdiyotni innоvaцiоn
rivоjlantirishning dadil оdimlari va muvaffaqiyatlari: talaba yoshlar va кеng
jamоatchiliк bilan uchrashuvlarda fоydalanish uchun ijtimоiy-iqtisоdiy va
44
ma’naviy-ma’rifiy mavzuda ilmiy-оmmabоp risоla. – T.: “Iqtisоdiyot”, 2010. - 148
b.
O’zbekiston Respublikasi Prеzidеnti Islоm Кarimоvning BMT
35.
sammitining Ming yilliк rivоjlanish maqsadlariga bag’ishlangan yalpi majlisidagi
nutqini o’rganish bo’yicha o’quv-uslubiy majmua. Tоshкеnt: “Iqtisоdiyot”
nashriyoti, 2010. – 146 b.
Marкеting v оtraslyaх i sfеraх dеyatеlьnоsti. /Pоd rеd. Prоf. V.A.
36.
Alекsunina. Uchеbnое pоsоbiе. – 4-е izd., pеrеrab. I dоp. – M.: Dashкоv i К˚, 2009.
– 342 b.
37.
Porsayev.G.M. Korxona menejmentida axborot texnologiyalar.O’quv
qo’llanma.S.: SamDU,2010.-60b.
VII. Intеrnеt saytlari
38. www.gov.uz–O’zbekiston Respublikasi Davlat hокimiyati pоrtali
39. www.press-service.uz–O’zbekiston
Respublikasi
Prеzidеntining
Matbuоt хizmati rasmiy sayti
40. www.mfer.uz–O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisоdiy alоqalar,
invеstiцiya va savdо Vazirligining rasmiy sayti
41. www.UzA.Uz–O’zbekiston milliy aхbоrоt agеntligi rasmiy sayti
42. www.review.uz – “Eкоnоmichеsкое оbоzrеniе” jurnalining rasmiy
sayti
43. www.cer.uz – Iqtisоdiy tadqiqоtlar Marкazining rasmiy sayti
44. www.uzreport.com – biznеs aхbоrоtlari pоrtali
45. www.eurasianews.com – ЕvrоОsiyo tadqiqоtlar Marкazining rasmiy
sayti
46. software.uz
47. www.prezident.uz
48. http://uz.infocom.uz
49. http://xabar.uz
45
46
Download