Uploaded by behzodmavlonov

Laboratoriya ishi tarmoq qurilmalari xavfsizligini tahlil qilish

advertisement
3-LABORATORIYA ISHI
TARMOQ QURILMALARI XAVFSIZLIGINI TAHLIL QILISH
Ishdan maqsad: Cisco kommutatorlarida va marshrutizatorlarida parolni
olib tashlash (сброс) bo`yicha amaliy ko`nikmalar olish
QISQACHA NAZARIY MA`LUMOTLAR
Qurilma sozlamalariga kirish uchun kerak bo`ladigan parolning yo`qotilishi
yoki unutilish holatlari tez-tez uchrab turadi. Ushbu laboratoriya ishida Cisco
kommutatorlari va marshrutizatorlarida parollarni olib tashlash (Сброс) jarayoni
ko`rib chiqiladi.
Quyida keltiriladigan usullar qurilmaga to`g`ridan-to`g`ri konsol kabel orqali
ulanishni ko`zda tutadi. Shuning uchun ham qurilma joylashgan xonaga faqat
kirish huquqiga ega foydalanuvchilar kirishi, xavfsizlik nuqtai nazaridan e`tiborga
olinishi kerak. Ushbu metodikalarning mohiyati quyidagicha: paroli unutilgan yoki
yo`qolgan konfiguratsion faylsiz qurilmaning sozlamalariga imtiyozli rejimda
(Privileged EXEC) kirish va konfiguratsion faylni almashtirish orqali barcha
parollarni o`zgartirish.
Cisco marshrutizatorlarida parolni tashlab yuborish
Cisco marshrutizatorlarida parolni tashlab yuborish uchun qurilmaga fizik
kira olish kerak, ya`ni konsol kabel orqali ulanish imkoniyati bo`lishi kerak.
Marshrutizatorda
konfiguratsion
registr
mavjud
bo`lib,
ushbu
registr
marshrutizatorning ishga tushishini boshqaradi va uning qiymatlari energiya talab
qiluvchi xotirada saqlanadi.
Configuration register – bu marshrutizatorning ishga tushishi ketmaketligiga javob beruvchi NVRAM da joylashgan 16 bitli registr. Ya`ni
marshrutizatorga operatsion tizimni va sozlanish fayllarini qaysi tartibda va
qayerdan olishini ko`rsatib beradi. Uning odatiy qiymati – 2102. Qiymatning
uchinchi raqami sozlanish fayliga, to`rtinchi raqami esa operatsion tizimga javob
beradi. Parollar unitilishi yoki yo`qolishi holatlarida uchinchi raqamni “4” raqamga
o`zgartirish kerak bo`ladi.
Ko`pchilik marshrutizatorlarda konfiguratsion registrning qiymati – 0x2102
bo`ladi.
Agar Cisco marshrutizatoriga kirish huquqi bor bo`lsa, unda konfiguratsion
registrning qiymatini quyidagicha tekshirsa bo`ladi:
R1#show version
Cisco IOS Software, 2800 Software (C2800NM-ADVIPSERVICESK9-M),
Version 12.4(15)T1, RELEASE SOFTWARE (fc2)
M860 processor: part number 0, mask 49
2 FastEthernet/IEEE 802.3 interface(s)
239K bytes of NVRAM.
62720K bytes of processor board System flash (Read/Write)
Configuration register is 0x2102
Oxirgi qator konfiguratsion registr qiymatini o`z ichiga olgan bo`ladi. Endi
unutilgan parolni o`zgartirish jarayoni bosqichma-bosqich ko`rib chiqiladi.
Birinchi navbatda marshrutizatorga konsol kabel (3.1-rasm.) orqali ulanish
lozim (Rollover deb ham nomlanadi).
3.1-rasm. Konsol kabelining ko`rinishi.
Konsol orqali ulaniladi va keyingi jarayonlarning barchasi konsol port orqali
amalga oshiriladi (3.2-rasm).
3.2-rasm. Kompyuterning kommutator qurilmasiga Console kabeli yordamida
ulanishi
Xizmat ko`rsatish maqsadlarida ishlatiladigan – ROMMON rejimida
marshrutizator elektr energiyasi manbasidan o`chiriladi va qayta ishga tushiriladi
(3.3-rasm).
3.3-rasm. Cisco Packet tracer muhitida Router qurilmasining elektr
ta’minotini o`chirib/yoqish tugmasi
Marshrutizatorni ROMMON rejimida qayta ishga tushurish uchun odatiy
boshlang`ich IOS ishga tushish jarayoni to`xtatiladi, buni amalga oshirish
terminalga bog`liq. Masalan, hyperterminalda – “Ctrl-Break”, teratermda – “AltB”, Cisco Packet Tracer emulyatorida – “Ctrl-Break” va h.k.
Qurilmaga ulanib, u qayta ishga tushiriladi va IOS ishga tushirilishida
Ctrl+Break tugmalari qo`shilib bosiladi:
System Bootstrap, Version 12.1(3r)T2, RELEASE SOFTWARE (fc1)
Copyright (c) 2000 by cisco Systems, Inc.
Initializing memory for ECC
.c2811 processor with 524288 Kbytes of main memory
Main memory is configured to 64 bit mode with ECC enabled
Readonly ROMMON initialized
Self decompressing the image :
##############
monitor: command "boot" aborted due to user interrupt
rommon 1 >
Shu tarzda, ROMMON (ROM monitor) rejimiga kiriladi. Bu yerda
konfiguratsiya registri confreg 0x2142 buyrug`i bilan o`zgartiriladi, natiyjada
marshrutizator Flash xotiraga yozilgan konfiguratsion faylni ishga tushirilishida
ishlatmaydi. Bundan keyin reset buyrug`ini kiritish orqali marshrutizator qayta
ishga tushiriladi.
rommon 1 > confreg 0x2142
rommon 2 > reset
Endi
marshrutizator
konfiguratsion
faylsiz
ishga
tushadi
va
eski
konfiguratsion faylni tiklash maqsadida quyidagi imtiyozli rejimda copy startupconfig running-config buyrug`i orqali amalga oshiriladi.
Router>enable
Router#copy startup-config running-config
Destination filename [running-config]?
700 bytes copied in 0.416 secs (1682 bytes/sec)
Router1#
%SYS-5-CONFIG_I: Configured from console by console
Bundan keyin paroli unutilgan eski konfiguratsiya qo`yiladi, lekin bu yerda
imtiyozli rejimda turganligi uchun eski parolni yangisiga o`zgartirsa bo`ladi.
Router1#conf t
Router1(config)#enable password NewPassword
Router1(config)#enable secret NewPassword
Router1(config)#line vty 0 4
Router1(config-line)#password NewPassword
Router1(config-line)#login
Router1(config-line)#exit
Router1(config)#line console 0
Router1(config-line)#password NewPassword
Router1(config-line)#login
Parollar o`zgartirildi, endi konfiguratsion registrning eski qiymatini qayta
joyiga qo`yish kerak, buning uchun config-register 0x2102 buyrug`i kiritiladi
Router1(config)# config-register 0x2102
Bundan keyin yangi konfiguratsiya saqlanadi va marshrutizator qayta ishga
tushiriladi
Router1#copy running-config startup-config
Router1#reload
Marshrutizator qayta ishga tushirilgach, yangi parollar bilan saqlangan
konfiguratsion faylni o`ziga oladi. Yana, no service password-recovery
buyrug`ini ishlatish orqali parol tashlab yuborilishi imkoniyatini o`chirib qo`ysa
bo`ladi, buning uchun yuqorida ta`kidlanganidek qurilmaga fizik kirish imkoniyati
kerak.
Cisco Catalyst kommutatorlarida parolni olib tashlash (сброс)
Cisco Catalyst kommutatorlarida parolni olib tashlash uchun qurilmaga fizik
kirish imkoniyati kerak.
Kommutatorga konsol kabeli orqali ulaniladi, tok energiyasi manbasidan
o`chiriladi va qayta ishga tushiriladi, ishga tushirilish vaqtida oldi panelidagi
“MODE” tugmasi bosib turiladi (3.4-rasm.).
3.4-rasm. “MODE” tugmasining kommutatorda joylashish o`rni.
Shu tarzda odatiy ishga tushish to`xtatiladi.
Loading "flash:/c2960-lanbase-mz.122-25.FX.bin"...
#############################
Boot process terminated.
switch:
Bundan keyin flash_init va load_helper buyruqlari kiritiladi va dir flash
buyrug`ini foydalanish orqali flash xotiraning tarkibini ko`rish imkoniyati paydo
bo`ladi.
switch: flash_init
Initializing Flash...
flashfs[0]: 3 files, 0 directories
flashfs[0]: 0 orphaned files, 0 orphaned directories
flashfs[0]: Total bytes: 64016384
flashfs[0]: Bytes used: 3059643
flashfs[0]: Bytes available: 60956741
flashfs[0]: flashfs fsck took 1 seconds.
...done Initializing Flash.
switch: load_helper
switch: dir flash:
Directory of flash:/
1 -rw- 3058048
c2950-i6q4l2-mz.121-22.EA4.bin
3 -rw- 979
config.text
2 -rw- 616
vlan.dat
60956741 bytes available (3059643 bytes used)
Yuqoridagi flash xotiraning tarkibidan config.text, ya`ni kommutatorning
konfiguratsion fayli ko`rib chiqiladi. Kommutator config.text konfiguratsion
faylisiz ishga tushirilishi uchun nomi o`zgartiriladi. Bu rename flash:config.text
flash:config.old buyrug`i bilan amalga oshiriladi va tekshiriladi
switch: rename flash:config.text flash:config.old
switch: dir.flash
Directory of flash:/
1 -rw- 3058048
c2950-i6q4l2-mz.121-22.EA4.bin
3 -rw- 979
config.old
2 -rw- 616
vlan.dat
60956741 bytes available (3059643 bytes used)
Bundan keyin, ishga tushishni boot buyrug`i orqali tiklaymiz.
switch: boot
Kommutator konfiguratsiya faylini topa olmaydi va usiz ishga tushadi. Endi
imtiyozli rejimga kiriladi va konfiguratsiya fayli nomi qayta o`z nomiga rename
flash:config.old flash:config.text
buyrug`i orqali o`zgartiriladi va copy
flash:config.text system:running-config buyrug`i orqali u ishga tushiriladi.
Switch>en
Switch#rename flash:config.old flash:config.text
Switch#copy flash:config.text system:running-config
Konfiguratsion fayl ishga tushirilganday keyin, yangi parol kirilsa bo`ladi
Switch1#conf t
Switch1(config)#enable secret NewPassword
Switch1(config)#enable password NewPassword
Switch1 (config)#line vty 0 4
Switch1 (config-line)#password NewPassword
Switch1 (config-line)#login
Switch1 (config-line)#exit
Switch1 (config)#line console 0
Switch1 (config-line)#password NewPassword
Switch1 (config-line)#login
Topshiriq
Har bir talaba yuqorida keltirilgan ma’lumotlar bo`yicha Cisco Packet tracer
muhitida laboratoriya ishini bajaradi.
Bunda kommutator va marshrutizator
qurilmalariga o`rnatilgan parollarning unitilishi yoki yo`qotilish holatlarida
parollarni tiklash yoki qayta yangi parollarni o`rnatish jarayonini amalga oshiriladi
va A4 formatda hisobot tarzida topshiriladi.
Nazorat savollari
1. Tarmoq qurilmalarining xavfsizligini ta’minlash vositalari
2. Unitilgan parollarni qayta tiklashning qanday usullarini bilasiz?
3. Qaysi holatlarda parollar qayta tiklanadi yoki yangi parol o`rnatiladi?
4. Cisco qurilmalarida qanday xotira turlari mavjud?
Download