Uploaded by Sunnat71

Fiziokratizm - Vikipediya

advertisement
Fiziokratizm
Fiziokratizm — (fransuzcha: Physiocratie;
yunonchadan tarjima qilganda „hokimiyat
tabiati“ maʼnosini beradi), 18-srdagi
fransuz iqtisodchilari hamda klassik
siyosiy iqtisod vakillaridir. Fiziokratlar
maktabi Fransiyada feodalizmdan
kapitalizmga oʻtish davrida vujudga
keldi.[1] Bu tasodifiy hol emas edi. Oʻsha
davrda Fransiyada manufaktura ancha
rivojlangan boʻlsada, ammo mamlakat
hali ham agrar holatda edi. Aholining
asosiy qismi qishloqlarda yashar, milliy
boylikning 2/3 qismi shu sohada yuzaga
keltirilar edi. Qishloq xoʻjaligi ahvolini
yaxshilash tadbirlari fiziokratlar
tadqiqotlarining asosini tashkil etadi. Ular
qishloq xoʻjaligini iqtisodiyotning yagona
unumli sohasi deb hisobladilar. Ularning
fikricha, boylik faqat qishloq xoʻjaligida
yaratiladi, sanoat va savdoda esa u qayta
ishlanadi va qayta taqsimlanadi, xolos.
François Quesnay, 1758.
Pierre Samuel du Pont de Nemours
Ilk fizioktratlar maktabining asoschisi
fransuz demokratisti François Quesnay
(1694–1774) hisoblanadi.[2] Uning 17asrda Parijning kichik bir nashriyotida
chop etilgan „Tableau économique“
(Iqtisodiy jadvallar) kitobi orqali ushbu
fiziokrat maqomida atalgan birinchi
insonlardan biri sanaladi.[3] Uning
kitobida keltirilishcha xalq boyligining
manbasi va mamlakat iqtisodiyotini
rivojlanishi bu aholining qishloqxoʻjalik
mahsulotlarini ishlab chiqarishiga bogʻliq
deb hisoblanilgan.
Manbalar
1. „physiocrat“ (http://www.oxforddictionarie
s.com/definition/english/physiocrat?q=ph
ysiocracy#physiocrat__5) . Oxford
Dictionaries. Oxford University Press. 4iyul 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi (ht
tps://web.archive.org/web/20140704162
049/http://www.oxforddictionaries.com/d
efinition/english/physiocrat?q=physiocrac
y#physiocrat__5) . Qaraldi: 27-oktyabr
2013-yil.
2. Steiner (2003), pp. 61–62
3. Henry William Spiegel (1983) The Growth
of Economic Thought, Revised and
Download