Uploaded by G`ofurova Dilafruz

2023.12.05 split

advertisement
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INN OVATSIYALAR VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
ADABIY OTSHUNOSLIK KAFEDRASI
“CHINGIZ AYTMATOV VA JAHON ADABIYOTI”
XALQARO ILMIY-AMALIY
KONFERENSIYA
МЕЖДУНАРОДНАЯ НАУЧНО-ПРАКТИЧЕСКАЯ
КОНФЕРЕНЦИЯ
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL
CONFERENCE
FARG‘ONA - 2023
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM,
FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
CHINGIZ AYTMATOV VA JAHON
ADABIYOTI
ЧИНГИЗ АЙТМАТОВ И МИРОВАЯ
ЛИТЕРАТУРA
CHINGIZ AITMATOV AND WORLD
LITERATURE
Farg‘ona -2023
Tashkiliy qo‘mita/ Организационный комитет/ Organization committee
B.SH.Shermuhammadov, I.I.Zokirov, Z.A.Rahimov, E.Ibragimova,
M .Jurayeva
M a’sul m uharir/Отвественный редактор/ Executiva editor
Jurayeva M anzura Axronqulovna, f.f.b.f.d. dotsent
T ahrir kengashi a ’zolari
Qosimov Abdug‘opir - f.f.d., professor
Jo ‘rayev Habibullo - ff.d., professor
Sabirdinov Akbarali - f.f.d., professor
Yulchiyev Q ahhor - f f d ., dotsent
Muhammadjonova Go‘zalxon - f f d ., dotsent
Rustamova Ibodat- f f d ., dotsent
Xo‘jayev Sidiqjon - f.f.b.f.d., PhD
Oripova Gulnoza - f.f.b.f.d., PhD
Dehqonova M a’suma - f.f.b.f.d., PhD
Umurzaqov Rustamjon - f.f.b.f.d., PhD
Ahmadjonova Oqila - f.f.b.f.d., PhD
Mo‘minova Tabassum - f.f.b.f.d., PhD
Habibullayev Ilhomjon - o‘qituvchi
Sayidolimov Javoxir - o‘qituvchi
Maxmidjonov Shoxrux - o‘qituvchi
Chingiz Aytmatov tavalludining 95 yilligiga bag’ishlangan “Chingiz Aytmatov va
jahon adabiyoti” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Ilmiy
nashr. - Farg‘ona: FarDU, 2023. - 459
Материалы международной научно-практической конференции "Чингиз
Айтматов и мировая литература", посвященной 95-летию со дня рождения
Чингиза Айтматова. Научное издание. - Фергана: ФаГУ, 2023. - 459
Materials of the international scientific and practical conference “Chingiz
Aitmatov and world literature” dedicated to the 95th anniversary of the birth of
Chingiz Aitmatov. Scientific publication. - Fergana: FSU, 2023. - 459
CHINGIZ AYTMATOV ASARLARIDA IJTIM OIY MUAMMOLAR
TALQINI
ИНТЕРПРЕТАЦИЯ СОЦИАЛЬНЫХ ПРОБЛЕМ В ТВОРЧЕСТВЕ
ЧИНГИЗА АЙТМАТОВА
INTERPRETATION OF SOCIAL ISSUES IN THE W ORK OF
CHINGIZ AYTMATOV
Ш.М.Содицова - соц.фанлари доктори,
профессор, Узбекистон халкаро ислом академияси
Л.А.Эрйигитова - соц.ф.ф.д., (Phd)
CAMU халкаро тиббиёт университети
Annotatsiya: mazkur maqolada taniqli adib Ch.Aytmatovning serqirra ijodi
va muning ibratli hayot yo‘li haqida ba’zi mulohazalar bayon etilgan. Adibning
asarlarida ijtimoiy hayot muammolari va uning o‘ziga xos talqini haqida so‘z
boradi.
Kalit so‘zlar: ijtimoiy muammolar, jamiyat taraqqiyoti, milliylik va
umuminsoniy qadriyatlar talqini, ijod mezoni, ijtimoiy muhit, kitobxonlik
targ‘iboti, milliy qadriyatlar
Аннотация: В данной статье проведены некоторые комментарии о
блетящем,творчестве
изивестного
писателя
посвящены
проблемам
образцовом жизнном путу. Произведение писателя посвящены проблемам
общественной жизни и их своеобразной интерпретации.
Ключевые слова: социальные проблемы, развитие общества,
интерпретация народности и общечеловеческих ценности, критерии
творчества, социальная среда, пропаганда чтения, национальные ценности.
Abstract: This article contains some comments about the brilliant work of the
famous writer and is devoted to the problems of an exemplary life path. The
writer's works are devoted to the problems of social life and their unique
interpretation.
Key words: social problems, development of society, interpretation of
nationality and universal human values, creativity criteria, social environment,
readingpromotion, national values.
Taniqli adib Chingiz Aytmatov adabiyot maydoniga XX asrning 50- yillarida
kirib kelgan. Millionlab kitobxonlar qalbiga tez yo‘l topa olgan jahonning mashhur
E.Mejelaytis, M.Avezov, R.Xamzatov kabi nom qoldirgan buyuk adiblarning
tahsiniga sazovar bo‘lgan Chingiz Aytmatov ijodi serqirra va dunyo kitobxonlari
tomonidan o‘z bahosini topgandir. Bu bejizga emas, albatta. Adabiyotga vijdon
ishi deb qaragandagina adib barkamol asarlar yaratishi, hayotning yangi - yangi
tirik obrazlarini kashf etishi mumkin.
Ch.Aytmatov tinimsiz mehnati, izchil ijodiy izlanishlari samarasi o‘laroq
nafaqat turkiy xalqlar, balki butun jahon kitobxonlarining atoqli yozuvchisiga
aylangan. U ko‘p qirrali ijodiy faoliyati bilan insoniyatni to‘lqinlantirayotgan
dolzarb ma’naviy muammolar talqiniga bag‘ishlangan yuksak asarlari bilan jahon
adabiyoti xazinasiga adabiy - badiy tafakkur rivojiga ulkan hissa qo‘shgan. U
140
noyob is’tedodga ega bo‘lgan keng qamrovli adib, qissanafis va romannafis
yozuvchi, tarjimon va kinossenarist, tanqidchi va publistis, faylasuf va mohir
diplomat. Ch.Aytmatov xalqlar do‘stligi va birodarligining tolmas kuychisi. Uning
bu qadar serqirra ijodkor ekanligi, avvalo, u voyaga yetgan oila muhitidagi tarbiya
va ijtimoiy muhit ta’siri edi. Yozuvchi o‘zi voyaga yetgan oilasi, ota onasi haqida
o‘zining “Birinchi muallim” qissasida tasvirlagan. Uning otasi obrazi mazkur
qissadagi Duyshen obrazida ifodalanganligini o‘zi ko‘p marta e’tirof etgan.
YUNESKO olib borgan tadqiqotlardan aniqlanishicha, dunyo kitobxonlari
orasida Ch.Aytmatov asarlari eng ko‘p o‘qiladigan adiblar asarlari orasida
V.Shekspir va L.Tolstoydan so‘ng uchinchi o‘rinda turadi.22 Bu darajaga erishish
o‘z - o‘zidan bo‘lgan emas. XX-XXI asr adabiyotining buyuk siymosi bo‘lish
darajasiga adib katta mehnati orqali erishgan. Uning ijodi quruq zaminda yuzaga
kedlmagan. Aksincha, bir xalq ikkinchisidan, yosh avlod keksa avloddan, bir
yozuvchi ikkinchi yozuvchidan saboq o‘rganib kelgani singari, uning noyob
is’tedodi xam mavjud ijtimoiy sharoit va yangi tarixiy milliy zaminda o‘sib
ulg‘aydi va ravnaq topdi. Fikrimizcha qirg‘iz adibi Q.Babulov “Qirg‘iz prozasida
realizmning taraqqiyot yo‘llari” kitobida: “Ch.Aytmatov asarlari uchun o‘zidan
oldingi kasbdoshlaridan minnatdordir, ammo bu yozuvchi og‘alarining tayyor
beshigida ulg‘aydi degani emas. Aksincha, u bu beshikni buzib chiqdi, degimiz
keladi”.- deganda ming karra xaqli edi. Atoqli gruzin adibi G.Lomidze adib ijodi
haqida “Sovet adabiyotining internatsional pafosti” asarida shunday yozadi: ”
Ch.Aytmatov hech kimdan ko‘chirmagan, hech qanday asardan nusha olmagan.
Biroq uning ijodiga xos barcha fazilatlarda rus va boshqa qardosh xalqlarning
adabiyotlari to‘plagan tarixiy tajriba sezilib turadi.”23
Ch.Aytmatov o‘z ijodi bilan yangi bir dunyo ochdi. - Realistik prozaning
barcha imkoniyatlaridan samarali foydalanish orqali uning badiiy jihatdan yanada
yuksalishi va yangi bosqichga ko‘tarishga katta hissa qo‘shdi.
O‘zbek adibi I.G‘ofurov yozganidek: “Chingiz Aytmatov dunyoning
hammayog‘idan ko‘rinib turgan tog‘. Bu cho‘qqini hamma ko‘radi, hamma
biladi”.24
Ch.Aytmatovni o‘zbek kitobxonlarining yaxshi bilishi va uning asarlarini
sevib o‘qishlari bejizga emas. Uning asarlarida umuminsoniy qadriyatlar o‘zining
yuksak ifodasini topa olgan. Shuning uchun ham Ch.Aytmatov va O‘zbekiston
mavzusi mazmun va mundarijasiga ko‘ra juda xilma - xil va rang barangdir.
O‘zbek xalqiga mehr qo‘ygan adib bizning o‘tmish va zamonaviy hayotimizni
yaxshi bilgan. Adib insonninig jamiyatdagi o‘rni, mavqeyi emin - erkin yashashi,
qilgan mehnatidan ham jismonan qoniqish, ko‘ngil istagiga ko‘ra sevish va sevilish
huquqiga ega bo‘lish zarurligini angladi va adabiyotga dadil olib kira oldi. Shu
sabab fikrimizcha yozuvchining qahramonlari uncha - muncha qoliplarga
sig‘maydi. Balki shundandir yurtimizda uning fazilatlariga ko‘ra Ch.Aytmatov
22 - каранг: ЮНЕСКО нинг 2001 йилда дунё ми^ёсида китобхонлик даражасини аниклаш буйича утказган
тадащот тахдиллари.
23-Г.Ломидзе .Интернациональн^1й пафост советской литературы. Писатель Москва , 1970, стр.177.
24 - ИЛфуров. Биргалашиб уйлаймиз. Ч.Айтматов навечно в сердце узбекистанцев.Тошкент, NOSHIR,2008,
186- бет.
141
ijodi oddiy kitobxonlar ongi, dunyoqarashi hulqi va turmush tarziga jiddiy ijobiy
ta’sir ko‘rsatdi, ularni hayotda uchraydigan qiyinchiliklar va to‘siqlarni aql va
matonat bilan yengib o‘tishga o‘rgatdi. Ch.Aytmatov qalamga olgan mavzu,
muammo va voqealar o‘zbek adiblari asarlariga o‘xshash, hamohangligi o‘zining
yo‘nalishi, badiiyligi, niyatlari yaqinligi , ezguligi bilan hayratga soladi. Buning
sababi asli qadim turkiy xalqlar avlodi bo‘lgan o‘zbek, qozoq, qirg‘iz,
turkmanlarning tili, dili, dini, turmush tarzi va tarixi bir xilligidan izlash to‘g‘riroq
bo‘lar. Shu bois ularning adabiyoti va madaniyati ham yaqin.
Ch.Aytmatov tashabbusi bilan boshlangan harakat natijasida tashkil etilgan va
bugungi kunda adib nomi bilan faoliyat yuritayotgan “Issiqko‘l forumi” adabiy
aloqalar va ijodiy hamkorliklar doirasini yanada kengaytirdi.
Kitob o‘qishdan asosiy maqsad odamlarni shaxs sifatida shakllantirish.Kitob
millatning qalb ko‘zini ochilishiga xizmat qiladi. Ko‘zi ochiq odam hayotning past
- balandliklarini to‘g‘ri baholay oladi. Haqiqiy yozuvchi o‘zini o‘zi baholay oladi.
Bizda istebdod davrida tarixni xalq yaratadi deb kelishdi. Aslida esa tarixni xalq
emas, shaxslar yaratadi. Shunday shaxslar xalqni uyushtirishi hamda to‘g‘ri yo‘lga
boshlashi mumkin. Bu hayot haqiqatini ijod falsafasiga mezon qilib ko‘rsak
anglaymizki, agar yozuvchining o‘zi shaxs bo‘lmasa u yaratgan asarlar ham biror
qiymatga ega bo‘lmaydi.
Umr mazmuni o‘zlikni anglash. Ma’rifatli insonlargina o‘zligini anglab
yashashga qodir. Ch.Aytmatov ana shunday insonlar toifasidan edi. Ch.Aytmatov
asarlarida jamiya hayotining eng dolzarb muammolarining dadil ko‘tarib chiqilishi
u yashagan ijtimoiy va siyosiy zaminda chinakkam jasorat edi. Yozuvchi o‘zi
tug‘ilib voyaga yetgan ijtimoiy hayot ziddiyatlarini o‘z hayotida kechirgan. Balki
shundan uning asarlari hayotiydir. Uning bolaligi uzoq Pokrovka qishlog‘ida
o‘tgan. Bu joy uning yurtida markazdan surgunga jo ‘natilgan kishilar yashaydigan
joy edi. Bu yerda faoliyat olib boradigan o‘rta maktab rus tilida dars olib boradigan
salohiyatli ta’lim muassassasi sifatida tanilgan edi. Otasi farzandlarining yaxshi
bilim olishlarini uchun shu yerga ko‘chib kelgan edi. Ch.Aytmatov bolaligidayoq
mavjud siyosiy tuzumning repressiya siyosati oqibatlarini o‘z hayotida ko‘rdi.
Bunday ijtimoiy oqibati nihoyatda ayanchli siyosat uni tez ulg‘aytirgan edi. Otasi
qirg‘iz xalqining chin vatanparvar o‘g‘loni sifatida olib borgan faoliyati uchun
o‘sha ma’shum davrning odati bo‘lgan “xalq dushmani” - degan tamg‘a
bosilganlar qatoriga bo‘lgan. Oila hayotida 1937-yildan boshlab xotirjam va yorug‘
kunlar yo‘qolgan edi. Ch.Aytmatov bolaligi va yoshligi urush va undan keyingi
og‘ir yillarda kechdi. Adib bu davrda o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi yo‘lida o‘qib
o‘rgandi, har qanday vaziyatda ham hayot go‘zalliklariga, muhubbat va
ezgulikning boshqa jihatlarini izlashga oshufta bo‘la oldi. Balki shundandir uning
“Jamila", “Sarviqomat Dilbarim”, “Bo‘tako‘z”, “Birinchi muallim”, “Momo yer”,
“Somon yo‘li”, “Alvido ey Gulsara” qissalarida muhabbat mavzusi katta ehtiros
bilan tarannum etiladi. “Baydomtol sohillari”, “Yuzma - yuz” asarlari o‘tkir syujet,
kuchli ichki ruhiy ziddiyatlarga boy. “Oq kema”, qissasida esa insoniy ezgulik va
hayot ziddiyatlari, ekologiya muammolari teran tanqid etildi. “Dengiz yoqalab
chopayotgan olapar” qissasida muhim ma’naviy masalalar - sho‘ro davri
hayotining ma’lum manzaralari o‘z ifodasini topgan. “Asrga tatigulik kun”,
142
“Qiyomat”, “Kasandra tamg‘asi” romanlarida zamonaviylikning umuminsoniy
tomonlari, ona sayyoramizning taqdiri kuchli falsafiy, axloqiy va ijtimoiy
muammolari ko‘tarilgan. O‘tmishini unutgan hissiz, hamma narsaga loqayd, itoatu
buyruqlarni bajarishdan boshqa narsani bilmaydigan, tuyg‘u, nozik hissiyotlari
so‘ngan manqurt obrazi tasviri Ch.Aytmatov ijodining muhim qirralaridan biri.
Uning “Cho‘qqida qolgan ovchining ohu zori” asari ma’naviyatga bag‘ishlanadi.
Ch.Aytmatov prozasida ruhiyat tahlili an’anaviy folklor, mifologiya, obrazlilik,
bilan uyg‘unlashib ketadi. Unda ramziylikka moyillik sezilarli darajadadir.
Ma’lumki, o‘tkan asrning 50-yillari so‘nggida Stalin shaxsi va stalinizm
illatlari tanqid qilingach, adabiyotdagi vulgar sotsiologik qarashlarga bir qadar
barham berildi. Insonga insondekqarash, uning jamiyatdagi o‘rni, mavqeini
anglash, hayot faqat g‘alabalardangina iborat emasligini tushunish, inson tabiati
xato va qusurlardan holi emasligi, uning erkka tashnaligi, o‘y hayollari, xattiharakatlari hamisha ham risoladagidek bo‘lavermasligini badiiy tadqiq etishga
harakatlar boshlandi. Adabiyotga yangi is’tedodlar kirib kela boshladi. Anashu
ist’dodlar ichida eng mashhuri Ch.Aytmatov bo‘ldi. Ch.Aytmatov ijodida islom va
nasroniylik ta’limoti an’analari, Sharq va G‘arb madaniyatining hayotbaxsh
xususiyatlari o‘ziga xos tarzda sintezlashtirilganligini ko‘rish mumkin.
Fikrimizcha, yozuvchining eng muhim xizmatlaridan biri shundaki, u sotsial
realizmning tor, biqiqmuhitiga toza nasimlar olib kirdi, rangin va serqirra uslubi
bilan uning imkoniyatlarini kengaytirdi. Ch.Aytmatov ijodini unga zamondosh
bo‘lgan Lotin Amerikasi mamlakatlarining badiiy solnomasini magiya, fantastika,
modern vositalari bilan yaratgan G.Markes ijodiga qiyoslasak xato bo‘lmas. Shuni
alohida ta’kidlash joizki, G.Markes o‘zi yashayotgan yurtida erkin ijod qildi, biroq
Ch.Aytmatovda bunday imkoniyat bo‘lmagan. Undan farqli o‘laroq Ch.Aytmatov
is’tedodini to‘la to‘kis namoyon etishga imkoniyati bo‘lmadi. Adib yashayotgan
zaminda adabiyot “shaklan milliy, mazmunan sotsialistik”- degan mafkura
qolipiga solib qo‘yilgan bo‘lsada, u o‘z qarashlarini ifodalashga yo‘l topa oldi.
Insoniyat yaralibdiki, ilmga, ma’rifatga intilib keladi. Bu bejizga emas,
insoniyat ilm - ma’rifat orqali madaniy jamiyatlar tuzdi, o‘z hayotiga ma’no mazmun kirituvchi kashfiyotlarni amalga oshirdi. Bu yo‘lda ajdodlarimizdan
boshlab avvalo hayotiy tajriba va kitob eng zarur manba bo‘lgan. Qadimdanoq turli
ko‘rinishdagi kitoblar yaratildan. Ular qanday ko‘rinishda va qanday xom ashyodan yaratilgan bo‘lmasin, yagona maqsadga - insonning bilimini oshirishga
xizmat qilgan. Qolaversa, insonlarning yaxshi fazilatlaridan biri ham o‘zi olgan
hamda insonlarning boshqalariga ham zarur deb hisoblangan ma’lumotlarni
boshqalarga ulashish zarur deb bilganlar. Ana shu maqsadda ham kitoblar
beminnat ko‘makchi vazifasini o‘tagan. Bizning millatimizning o‘ziga xos
taraqqiyot yo‘lida kitobsevarlik xislatining mavjud bo‘lib kelganligi hamma
zamonlarda ham boshqa xalqlar tomonidan yuksak sifatlarimizdan biri sifatida
e’tirof etib kelingan. Kitoblar orqali ma’rifatga intilish qanday natijalarga olib
kelganligi hususida xalqimiz tarixidan ko‘plab misollar keltirishimiz mumkin.
Dunyo ilm - fan taraqqiyotida o‘ziga xos o‘rin tutgan buyuk allomalarimiz hayoti,
yurtimizda yaratilgan ko‘plab kashfiyotlar fikrimizga dalil bo‘la oladi.
Ch.Aytmatov yaratgan asarlar ham nafaqat bizni mintaqamizda , balki jahon
143
miqyosida yuksak tuyg‘u va teran qalb bilan bitilgan asarlar kitoblar sifatida
e’zozlanadi. Ular barcha millatlar ruhiyatini uyg‘ota olgan, ularda chunki
chinakkam insoniylikning qiyofasi namoyon etilgan va go‘zal tili bilan ko‘pgina
xalqlar ma’naviy xazinasiga aylangandir.
Ch.Aytmatov asarlarining o‘ziga xos tomoni bu - o‘z ijtimoiy me’zonlari
bordek. Ma’lumki inson barcha ijtimoiy munosabatlarning mahsuli. Shunday ekan,
demak insonni tahlil qilish-ijtimoiy hayotni insoniyatni tahlil qilish demakdir.
Odatda badiiy asarlarda jamiyat hayotidagi ijtimoiy muammolarni dadil
ko‘tarib chiqish bu g‘arb adabiyotiga xos jihat bo‘lib, u o‘zining uch - to‘rt asrlik
tajribasiga ega. Bu borada Fransiya yoki Italiyada XVI-XIX asrlar oralig‘ida
yaratilgan “Askaniyeo”, “Qizil va qora”, kabi asarlar, rus adabiyotidagi “Urush va
tinchlik”, “Aqllilik balosi”,”Anna Karenina” kabi, yoki XX asr boshlarida
G.Monpassan, E.Xemenguey, A.Sveyg, Stendal, G.Flober va yana ko‘plab adiblar
tomonidan yaratilgan asarlarni misol qilishimiz mumkin. Faqat bizning sharq
adabiyotida ijtimoiy muammolar juda ehtiyotkorlik va o‘zgacha e’zoz bilan,
latiflik bilan kerak joyida ochiqcha emas “kosa tagida nim kosa“ qablida jimgina
ammo katta ma’nolar uqish mumkin bo‘lgan mahorat, bilan badiy bo‘yoqlarda asar
qahramonlarining obrazlari orqali ifodalab berilgan. Qardosh xalqlar adabiyotida
Lev Tolstoy, Dostoyevskiy, maktablari bo‘lgani singari bugun Ch.Aytmatovning
ham o‘z uslubi o‘ziga xos bugungi avlod haqli ravishda fahrlanib o‘rgana oladigan
ijod maktabi borligi haqida va bunday ijod bir millat, bir mintaqa doirasidan
chiqa olgan, dunyo va ayniqsa sharq adabiyotida o‘ziga xos mavqeyga ega ekanligi
haqida endi baralla ayta olamiz. Ch.Aytmatov asarlarida tarix va jamiyat
muammolari o‘ziga xos uslubda ifodalangan. O‘zlikni anglash tushunchasi har bir
millatning va shaxsning umr mezoni ekanligiga ishora bordek go‘yo. Tarix yo‘q
odam - o‘zligini bilmagan odam. U zamonaviy quldir, manqurtdir. Tarixini
unutgan jamiyat rivojdan mahrum jamiyat, xotirasiz qalblar esa o‘z hayotbaxsh
obihayotidan, o‘z sarchashmalaridan uzilib qolgandek. Anashu ma’noda
qaraganimizda adibning barcha asarlari haqida ham yuqoridagi xulosalarni ayta
olamiz. Ch.Aytmatov o‘z asarlari orqali insonning o‘zligini, milliy qadriyatlarini,
insoniylik munosabatlaridagi eng muhim jihatlarni qahramonlari orqali tahlil
qilgandek. Nazarimda, haqiqiy ijodkor o‘zini o‘rab turgan olamdan, atrofida uni
o‘rab turgan odamlardan, o‘zining ko‘nglidan, ruhiyatidan olganlarini boshqalarga
yetkazish uchun yozadi. Bunday ijodkorlarda esa qalb bedorligi borki, bu g‘ofillik
lazzatidan voz kechish, bedorlik tojini kiyishdir.Tariximizdan ma’lumki, bunday
bedor qalblar zamon silsilalari sabab tarqoqlikdan mudrab yotgan buyuk
tamaddum beshigiga uyg‘onish saodatini bergan, qaytadan taraqqiyotga undagan.
Bizning xalqimiz azaldan g‘ururi va ma’naviyati uyg‘oq millat bo‘lgan. Bunday
uyg‘oqlik millatimiz tomirida, vijdonida va qonimizda eng azaldan - ilk
tamaddumimiz davrlaridanoq mavjud bo‘lib kelgan. Dunyo taraqqiyoti esa yaratish
va bunyodkorlik ishqida, uyg‘oq va bedor xalqlarga nasib qilganligiga ko‘hna
tarix guvohlik beradi. Qolaversa, har bir davrning o‘z ijtimoiy muhiti, ijtimoiy
munosabatlari, o‘z hikmati, o‘z zafarlari qo‘lga kiritgan yutuqlari va yana demakki,
o‘z muammolari bor. Bularni his qila bilish, ko‘ra olish ma’lum bir muammolarga
144
yechim topa olish, uqa olish va yoza olish aslida ijoddir. Ch.Aytmatov esa
shubhasiz shunday ijodkordir.
Insonlar ko‘nglida ezgulik va yovuzlik, go‘zallik va hunuklik, ulug‘lik va
tubanlik, ya’ni ma’joziy tarzda ta’riflangan qadim tamoyil - shayton va rahmon
o‘rtasidagi kurash masalasiqancha - qancha zamonlar o‘tdiki, hamon eskirmay
keladi, bu jarayonda shakl, qiyofa, ism o‘zgarib yangi ijtimoiy davrga moslashishi
mumkindir, lekin mazmun va mohiyat o‘zgarmaydi. Odamlar ko‘nglida ozgina
bo‘lsada ezgulikka, shafqatga va mehr - muhabbatga ehtiyoj turar ekan va ming
afsuslarki bularga qarshi havf - xatar bor ekan haqiqiy ijodkorga ish topilaveradi.
Chunki adabiyotning bosh maqsadi - bu jamiyatni tarbiyalashdir. Adabiyot insonga
o‘z qalbini, o‘z ildizini, o‘z mohiyatini eslatib turadi - bunday ildizdan uzilgan
taraqqiyot esa tanazzulga ketishligi muqarrar. Ijodkorlik - bu dahldorlik ekanligini
Ch.Aytmatov chuqur anglab yetgani hamda o‘z asarlarida talqin etgani uchun ham
uning asarlari ommalashgandir. Shu sabab ham Ch.Aytmatov jahon xalqlarining
sevimli yozuvchisi martabasiga erisha oldi. Uning asarlari xalqimiz ma’naviy
xazinasining bebaho mulki sifatida yana qancha avlodlarimizni tarbiyalashga, qalb
chashmalarining ochilishiga xizmat qilaveradi.
Ko‘nglimdan yana bir tuyg‘u o‘tadi: bugun biz yangi bir davrda
yashamoqdamiz, O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida jadal rivoj
topmoqda. Xalqimizning boy ma’naviy olamini dunyoga ko‘rsatib berayotgan
asarlar qatorida Ch.Aytmatovning o‘zbek tilidagi barcha asarlari ham bor albatta.
Adib asarlarini o‘qimoqlik va uqmoqlik saodati barchamizga nasib etsin.
Foydalangan adabiyotlar
1. ЮНЕСКОнинг 2001 йилда дунё микёсида китобхонлик даражасини
аниклаш буйича утказган тадкикот тах,лиллари х,исоботи.
2. Г.Ломидзе. Интернациональный пафост советской литературы.
Писатель.Москва, 1970, стр.177.
3. И.Гофуров. Биргалашиб уйлаймиз. Ч.Айтматов навечно в сердце
узбекистанцев. Тошкент, NOSHIR,2008,186-бeт.
4. К,.Бабулов “K ^ F ro прозасида реализмнинг тараккиёт йуллари”
Тошкент, Маънавият, 2014,
Ш.М.Содикова. Социологиянинг долзарб масалалари. Жамият ва
инновациялар, 2022, №3
CHINGIZ AYTMATOV QISSALARINING O ‘ZIGA XOSLIGI
Jurayeva M anzura
Adabiyotshunoslik kafedrasi dotsenti, PhD
To‘lqinova M ushtariybonu
Filologiya fakulteti,
2-kurs talabasi
Annotatsiya: Maqolada Chingiz Aytmatov qissalarining mavzular ko‘lami,
asardagi obrazlar, ayniqsa, ayol obrazi tahlil etiladi.
Kalit so‘zlar: mavzular rang-barangligi, obrazlar tahlili, qissa janri.
145
MUNDARIJA
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
I SHO‘BA
CHINGIZ AYTMATOV POETIK OLAMI MASALALARI
B.Shermuhammadov BUYUK IJODKOR
К.Кожобеков
УРОКИ
НРАВСТВЕННОСТИ
АЙТМАТОВА
А. А.Мамасыдыков, УРОКИ АЙТМАТОВА
Б.Сыдыкова
TIBBIYOT VA BADIIY ADABIYOT
N.Sh.M amasadikov
M. Botirov
A.Meliboyev
ADIB BILAN TANISHUV
Y.Solijonov
URUSH MAVZUSIDAGI ASARLARGA
YANGICHA
QARASH
YOKI
JAMILANING JASORATI IBRATLIMI?
SO‘ZGA OSHUFTA ADIB
A.Alimbekov.
E.Ibragimova,
DUNYO TAN OLGAN ADIB
S.Abdullayeva.
A.Qosimov
CH.AYTMATOVNING
“OQ
KEMA”
QISSASIDA MIFOLOGIZM
AYTMATOV BADIIY OLAMI
A.Ulug‘ov
U.Rasulova
IJODKOR INSON IZTIROBI
CHINGIZ AYTMATOVNING “SOHIL
A.Sabirdinov
YOQALAB CHOPAYOTGAN OLAPAR”
QISSASIDA
DAVR
MUAMMOLAR
TALQINI
M.A.Jurayeva
AYOL RUHIYATIDAGI EVRILISH
G.Muhammadjonova BADIIY ADABIYOTDA NABIRA VA
BOBO OBRAZI
ВЗАИМОСВЯЗЬ ПРОСТРАНСТВЕННЫХ
Г.Ж .Ж амшитова,
И
ВРЕМЕННЫХ
КООРДИНАТ
В
В.Б.Суркеева
ХУДОЖЕСТВЕННОМ ТЕКСТЕ
CHINGIZ AYTMATOV ROMANLARIDA
B.B.To‘rayeva
PROSPEKSIYANING
POETIK
XU SU SIYATLARI
“SOMON
YO‘LI”
QISSASIDA
Sh.A.Normatova,
AYOLLAR
OBRAZINING
O‘ZIGA
X. O .M am arizayev,
M. N.Shokirova.
XOSLIGI
17 M.Muxamedova
5
6
8
15
17
25
29
33
35
39
43
46
47
53
56
60
65
CHINGIZ AYTMATOVNING “SOMON 71
YO‘LI” QISSASIDA BADIIY PORTRET
II SHO‘BA
CHINGIZ AYTAMATrOV IJODI VA TARJIMA MUAMMOLARI
18 Д.А.Асанова,
ЭПОС «МАНАС» В ТВОРЧЕСКОЙ 75
448
19
Г.З.Абытова,
З.Я.Мискичекова.
Ф. М.Кайымова
20
К.З.Зулпукаров,
З.М.Сабиралиева,
Ж.А.Касымова.
21
B.К.Сабирова,
C.А.Алимбаева,
Г.Т.Тажибаева,
Т.К.Торошев.
О.А.Акбаров,
Н.С.Собиров.
Д.А.Асанова,
С.А.Курманкулова
А.Т.Исмаилова.
S.Ziyotova
22
23
24
СУДЬБЕ Ч. АЙТМАТОВА
И Т. САДЫКОВА
Ч.АЙТМАТОВДУН
ЧЫГАРМАЛАРЫНЫН ТИЛИ
ЛЕКСИЧЕСКАЯ
ВЕРБАЛИЗАЦИЯ
ЭМОЦИОНАЛЬНОГО
КОНЦЕПТА
«РАДОСТЬ»
В
ПРОИЗВЕДЕНИЯХ
Ч.АЙТМАТОВА
ТВОРЧЕСКАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ
АВАНТЮРНОГО СЮЖЕТА В РОМАНЕ
“ВЕЧНАЯ НЕВЕСТА” ЧИНГИЗА
АЙТМАТОВА
РОЛЬ МИФОВ И ЛЕГЕНД В
ПРОИЗВЕДЕНИЯХ Ч.АЙТМАТОВА
Ч.Т.АЙТМАТОВ И КИНОИСКУССТВО
РЕСПУБЛИКИ
79
84
88
94
99
CHINGIZ AYTMATOV POETIK OLAMI
103
III SHO‘BA
TURKIY XALQLAR ADABIYOTIDA CHINGIZ AYATMATOV IJODI
O ‘RNI
25 M.Y.Sulaymonov
107
KITOBXON QALBIGA YAQIN IJODKOR
ЧИНГИЗ АЙТМАТОВ - ВЕЛИКИЙ 111
26 С.С.Усманова,
ПРЕДСТАВИТЕЛЬ
МИРОВОЙ
Д.Б.Пардинова
ЛИТЕРАТУРЫ
27 Я.И.Нишанов
ЛИТЕРАТУРНАЯ
И 114
ОБЩЕЧЕЛОВЕЧЕСКАЯ
МИССИЯ
ЧИНГИЗА АЙТМАТОВА
28 S.S.Usmanova,
TURKIY XALQLAR ADABIYOTIDA
118
D.Abdumannanova. CHINGIZ AYTMATOV IJODI O'RNI
IV SHO‘BA
CHINGIZ AYTMATOV 4ASRIDA GLOBALLASHUV MUAMMOLARI
29 S.M.Mo‘minov
CHINGIZ OG‘A BILAN YUZMA-YUZ
123
30 З.Ж.Пардаева
РОМАННЫЙ
МИР
ЧИНГИЗА 125
АЙТМАТОВА
31 H .Jo‘rayev
ASRLAR OSHA HAMFIKRLIK
132
32 V.A.Qodirоv
CHINGIZ АYTМАTОV АSАRLАRINING 135
МА^ШГС TАLQINI
33 Sh.M.Sodiqova,
CHINGIZ AYTMATOV ASARLARIDA 140
IJTIMOIY MUAMMOLAR TALQINI
L.A.Eryigitova
34 M.Jurayeva,
CHINGIZ AYTMATOV QISSALARINING 145
M.To‘lqinova
O‘ZIGA XOSLIGI
449
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
CHINGIZ
AYTMATOV
IJODIDA
ETNOPEDAGOGIK QARASHLARNIN G
IFODALANISHI
A.Qosimov,
INSON VA OT SADOQATINING BADIIY
S.Abdusattorov.
TALQINI
QISSASIDA
AYOLLAR
S.Sh.Tursunaliyeva “JAMILA”
OBRAZI TASVIRI
L.A.Abdusalamova CHINGIZ
AYTMATOVNING
ILK
“TO‘G‘ONCHI” HIKOYASIDAGI RANG
VA
TOVUSHLARNI
IFODALOVCHI
DETALLARNING
BADIIY-ESTETIK
FUNKSIYASI
CHINGIZ AYTMATOV IJODIDA MILLIYI.Jo‘rayev
MAISHIY
QADRIYATLARNING
UMUMBASHARIY XUSUSIYATLARI
“JAMILA” QISSASIDA
O‘ZLASHMA
F.Akramjonova
SO‘ZLARNING QO‘LLANILISHI
V SHO‘BA
ADABIYOTSHUNOSLIK VA TILSHUNOSLIKNING DOLZARB
MASALALARI
Y.Solijonov,
UCHLIK
TAMOYILINING
BADIIY
S.Xodjayev.
ASARDAGI FUNKSIYASI
ILHOMBAXSH SARCHASHMALAR
H .Jo‘rayev
A.G.Sabirdinov
SHAYXZODANING
SHE’RIY
MAHORATI
SHE’RIY NUTQ
X.Sharafiddinov,
D.Abdurahmonova.
SHAMOL
OBRAZINING
BADIIY
Q.V.Yo‘lchiyev
TALQINLARI
XII
ASR
O‘ZBEK
ADABIYOTIDA
I.S.Mannopov
SHE’RIY QISSALAR SHAKLI
RAUF PARFI SONETLARI HAQIDA
Q.V.Yo‘lchiyev
BA’ZI MULOHALAR
DRAMADA
MUALLIF
I.I.Rustamova,
U.Muhammadjonov KONTSEPTSIYASI
DAVR
MUAMMOLARI TALQINIDA
a
MUSTAQILLIK
DAVRI
O‘ZBEK
G.Oripova
LIRIKASIDA O‘Q VA YOY OBRAZI
IFODASI
80-YILLAR ADABIY TANQIDCHILIGIDA
M.Sh.Dehqonova
SHE’RIYAT
TAHLILI
(OZOD
SHARAFIDDINOV)
NURALI
QOBULNING
“TUBSIZ
R.Umurzakov
OSMON”
QISSASIDA
QAHRAMON
O.E.Akbarov
450
148
152
155
158
162
165
170
174
177
180
183
186
189
192
195
198
203
&dam uchun encj ocjir Csh.
cAfyOMia
кыиыны
-
—
Incur kuni inson holib Ljashash.
кун сайын acjOM Ьолуу
Самое трудное уля человека —каждый с^снь
оставаться Человеком _
к
4
Чингиз (Айтматов
_
Download