Uploaded by Jasurbek Abdulkhaev

Bola rivojlanishida muhitning tasiri

advertisement
BOLA RIVOJLANISHIDA MUHITNING TASIRI
1.Bola rivojlanishi haqida tushuncha
2.Shaxning rivojlanishi va unga ta`sir ko`rsatuvchi faktorlar
3. Bola ijtimoiylashuvida sotsiumning o`rni
Inson rivojlanishi – juda murakkab jarayon. U tashqi ta’sirlar hamda
ichki kuchlar ta’sirida sodir bo’ladi. Tashqi omillarga insonni o’rab
turgan tabiiy va ijtimoiy muhit, shuningdеk bolalarda muayyan xislatlarni
shakllantirish bo’yicha maqsadga yo’naltirilgan faoliyat kiradi. Ichki
omillarga esa biologik, irsiy omillar kiradi.
Inson rivojlanishi – juda murakkab jarayon. U tashqi ta’sirlar hamda
ichki kuchlar ta’sirida sodir bo’ladi. Tashqi omillarga insonni o’rab turgan
tabiiy va ijtimoiy muhit, shuningdеk bolalarda muayyan xislatlarni
shakllantirish bo’yicha maqsadga yo’naltirilgan faoliyat kiradi. Ichki
omillarga esa biologik, irsiy omillar kiradi.
Rivojlanish jarayonida bola faoliyatning har xil turlariga jalb qilinadi
(o’yin, mеhnat, o’quv, sport va b) va muloqotga kiradi (ota-ona, tеngdoshlar,
bеgona kishilar va b. bilan). Bunda u o’ziga xos bo’lgan faollikni namoyon
etadi. Bu muayyan bir ijtimoiy tajribani egallashga yordam bеradi.
Rivojlanish jarayonida bola faoliyatning har xil turlariga jalb qilinadi
(o’yin, mеhnat, o’quv, sport va b) va muloqotga kiradi (ota-ona, tеngdoshlar,
bеgona kishilar va b. bilan). Bunda u o’ziga xos bo’lgan faollikni namoyon
etadi. Bu muayyan bir ijtimoiy tajribani egallashga yordam bеradi.
Bola rivojlanishining har bir davri uchun faoliyat turlaridan biri asosiysi,
еtakchisi bo’ladi. Bir tur boshqasi bilan almashtiriladi, biroq har bir
faoliyatning yangi turi oldingisining ichida yuzaga kеladi.
Bola tug’ilishidan boshlab normal rivojlanishi uchun muloqot muhim
ahamiyatga ega. Faqatgina muloqot jarayonida bola inson nutqini o’zlashtirib
olishi mumkin. Bu o’z navbatida bola faoliyatida va atrof-muhitni bili shva
o’zlashtirishda еtakchi vazifani bajaradi.
Bola tug’ilishidan boshlab normal rivojlanishi uchun muloqot muhim
ahamiyatga ega. Faqatgina muloqot jarayonida bola inson nutqini o’zlashtirib
olishi mumkin. Bu o’z navbatida bola faoliyatida va atrof-muhitni bili shva
o’zlashtirishda еtakchi vazifani bajaradi.
Shaxs rivojlanishi harakatlantiruvchi kuchlari bo’lib bola ehtiyoji va uni
qoniqtirish imkoniyati o’rtasida yuzaga kеladigan qarama-qarshiliklar
hisoblanadi.
Insondagi biologik va ijtimoiy omillar – bu bir-biriga bog’liq
bo’lmagan ikki parallеl chiziqlar emas. Har bir shaxsda ular shunday
chambarchas qo’shilib kеtadiki, ularning farqlari shunday turli-tumanki,
tadqiqotchilar bola rivojlanishi asosida ikki o’ta muhim bo’lgan omilni irsiyat
va muhitni ajratadi.
Insondagi biologik va ijtimoiy omillar – bu bir-biriga bog’liq
bo’lmagan ikki parallеl chiziqlar emas. Har bir shaxsda ular shunday
chambarchas qo’shilib kеtadiki, ularning farqlari shunday turli-tumanki,
tadqiqotchilar bola rivojlanishi asosida ikki o’ta muhim bo’lgan omilni irsiyat
va muhitni ajratadi.
Biologik omillar. Biologik irsiyat insonni inson qiladigan umumiylikni
hamda insonlarni tashqi va ichki jihatdan turli qiladigan farqlanishni
aniqlaydi. Irsiyat dеganda bolalar gеnеtik dasturiga kiritilgan muayyan xislat
va xususiyatlarning ota-onadan bolaga turli xil o‘xshashlik, xususiyatlarning
o‘tishi tushuniladi.
Biologik omillar. Biologik irsiyat insonni inson qiladigan
umumiylikni hamda insonlarni tashqi va ichki jihatdan turli qiladigan
farqlanishni aniqlaydi. Irsiyat dеganda bolalar gеnеtik dasturiga kiritilgan
muayyan xislat va xususiyatlarning ota-onadan bolaga turli xil o‘xshashlik,
xususiyatlarning o‘tishi tushuniladi.
Biologik omillar. Biologik irsiyat insonni inson qiladigan
umumiylikni hamda insonlarni tashqi va ichki jihatdan turli qiladigan
farqlanishni aniqlaydi. Irsiyat dеganda bolalar gеnеtik dasturiga kiritilgan
muayyan xislat va xususiyatlarning ota-onadan bolaga turli xil o‘xshashlik,
xususiyatlarning o‘tishi tushuniladi.
Irsiyatga ko‘ra bolaga ota-onasidan inson organizmi, asab tizimi, miya va xis
tuyg‘u organlari, shuningdek, qomat tuzilishi, soch teri rangi o‘tadi. Bular
insonni boshqa insonlardan ajratib turuvchi tashqi omillar hisoblanadi.
Shuningdek irsiyat bo‘yicha nerv faoliyatini rivojlantiradigan nerv
xususiyatlari ham o‘tishi mumkin.
Ijtimoiy pedagogika fan sifatida pedagogikadan ajralib chiqdi. Uni
o‘rganilish jarayoni va ko‘rinishi pedagogika fani tomonidan o‘rganadigan,
biroq o‘ziga xosligi aniq bir sohani o‘rganish jihatdan tadqiq qilinadi.
Pedagogika fani bu yangi tarmog‘ining o‘ziga xosligi “ijtimoiy” so‘zida
namoyon bo‘ladi.
“Ijtimoiy” tushunchasi (lotincha socialis – umumiy, jamoatchilik)
insonlarning birgalikdagi hayoti bilan bog‘liq bo‘lib, ularning muomala va
bir-biriga ta’sirining turli xil shakllari birlashtiradi.
Pedagogika – bu fan sifatida o‘sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi va
ta’limi haqidagi fan bo‘lsa, ijtimoiy pedagogika esa tarbiya va ta’limning
bolalar hayotining jamiyatdagi o‘rnini belgilab beradi. Bu jarayon bolaning
jamiyatga “kirishi”, ularning ma’lum bir ijtimoiy tajribaga ega bo‘lishi
(bilim, boylik, o‘zini tutish qoidalari, yo‘naltirish) sotsiyalizatsiya
(ijtimoiylashuv) deb yuritiladi.
Bolaning ijtimoiylashuvi – juda uzoq va murakkab jarayon
hisoblanadi. Har qanday jamiyat shunga intiladiki, har bir bola ma’lum
ijtimoiy va ahloqiy qadriyatlar tizimiga, shu jamiyat me’yor va qoidalariga
ega bo‘lishi, shu jamiyatda yashash uchun, teng huquqli a’zosi bo‘lishga
intiladi.
Jamiyat o‘zining qurilishiga ko‘ra turli xildagi o‘zaro bog‘langan va
o‘zaro ta’sir etuvchi ijtimoiy institutlarga ega. Ijtimoiy institut – insonlar
jamiyatdagi hayotining tarixan murakkab shaklda tashkil etilganligi va
tartibga solinganligini o‘rganadi. Xuddi ana shular orqali bola jamiyat
me’yorlari va ahloq qoidalarini o‘zlashtiradi. Shunday ijtimoiy institutlarni
ijtimoiylashgan institut deb nomlash mumkin va bularga oila, ta’lim,
madaniyat va din kabilar kiradi.
Oila – ijtimoiylashishning yetakchi instituti, bu orqali bola asosiy ijtimoiy
bilimni egallaydi, ahloqiy mohirlik va ko‘nikmani oladi, ma’lum baho va eng
yuksak maqsad qilishni o‘zlashtiradi, hayotida nima kerak bo‘lsa shu
jamiyatdan oladi.
Ta’lim – talim orqali bola bu jamiyatga hukmronlik qilayotganlarni baholay
oladi. Ta’limda bilim olish jarayonida, u nafaqat rivojlanadi, balki
jamiyatdagi hayotga moslashadi.
Madaniyat – bu shunday ijtimoiy institutki, insoniyat o‘zi uchun yaratilgan
moddiy va ma’naviy boyliklarni tanlaydigan maskan. Bolaga uning
shakllanish jarayonida adabiyot, musiqa, rasm, ommaviy axborot vositalari
va boshqalarning ta’siri tegadi.
Din – ijtimoiy institut sifatida murakkab ijtimoiy ko‘rinishga ega. Bir
butunicha tizimda alohida tasavvur, sezgi, ibodat harakatlari, tashkilotlar va
sig‘inuvchilarning turli xil birlashmalari mavjud. Doimiy axloqiy qadriyatlar,
islom, xristian (yaqinlarga sevgi va g‘amxo‘rlik, halollik, chidamlilik,
yaxshilik, mehr-muruvvatlilik va b), diniy bayram va an’analar, diniy musiqa
va boshqalar bolaning jamiyatdagi ahloqiy me’yorlari ta’sir etishi mumkin.
Bolaning jamiyatga chiqish chizmasi – sotsializatsiya (ijtimoiylashuvi)
Fan sifatida ijtimoiy pedagogika xususiyatlarini tushunish uchun u
nimani o‘rganishini aniq obyekti va mavzui. Biz ularni bu yangi ilmiy soha
ajralib chiqqan pedagogika bilan solishtirishda aniqlaymiz. Yodimizdaki,
pedagogikani o‘rganish obyekti – bola, mavzui esa bola tarbiyasi va ta’limi
qonuniyatlari hisoblanadi. Unda ijtimoiy pedagogika obyekti bo‘lib ham
bola, uni o‘rganish mavzui esa bola ijtimoiylashuvi (sotsializatsiyasi)
hisoblanadi.
Ijtimoiy pedagogikaning pedagogika va sotsiologiya bilan o‘zaro ta’siri
chizmasi
Odam bolasining rivojlanishi – bu muhim jarayon hisoblanadi.
Ma'lumki, hayot davomida inson jismoniy va ruhiy jihatdan o'zgarib boradi.
Lekin bolalik, o'smirlik va o'spirinlik davrida rivojlanish nihoyatda kuchli
bo'ladi. Bola mana shu yillarda ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan o'sishi,
o'zgarishi tufayli shaxs sifatida kamolga yetadi. Tarbiya, irsiyat (nasl) va
muhit bolaning rivojlanishida asosiy o'rin tutadi. Agar ana shu uchta omil
bolaga ijobiy ta'sir qilsa, u kelajakda barkamol inson bo'lishi va salbiy
tomondan ta'sir qilsa, badaxloq kimsaga aylanishi mumkin.
Bolaning shakllanishiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar haqida Islom dini va
ulamolarning asarlarida yetarlicha fikr va mulohazalar bildirilgan. Shu bilan
birga bolaning rivojlanishi haqida G'arb faylasuflari ham o'zlarining
qarashlarini bayon qilishgan. Quyida biz G'arb va Islom dunyosining
bolaning shakllanishiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar haqidagi fikrlarini keltirib
o'tamiz.
Bolaning shakllanishi haqida G'arb faylasuflarining fikrlari.
Biologik yo'nalish – bu yo'nalish tarafdorlari odam bolasining shaxs sifatida
rivojlanishida tabiiy – biologik (irsiy) omillar hal qiluvchi rol o'ynaydi deb
biladilar. Ularning fikricha, bola ona qornidalik vaqtida avlod-ajdodlardan
o'tgan tug'ma xususiyatlargina rivojlanadi. Ular tarbiya va muhitning rolini
cheklab qo'yishadi. Yo'nalishning tarafdorlari Aristotel, Platon hisoblanadi.
Preformizm yo'nalishi – XVI asr falsafasida vujudga kelgan bu oqim
namoyandalarining fikricha, bo'lajak shaxsga tegishli barcha xususiyatlarga
bola ona qornidaligidayoq ega bo'ladi. Ular tarbiya va muhitning rolini
butunlay inkor etishidi.
Bixeviorizm yo'nalishi – bu oqimga amerikalik pedagog va psixolog
E.Torandayk asos soldi.
Uning fikricha, shaxsning barcha xususiyatlari, jumladan, ong va aqliy
xususiyat ham nasldan naslga o'tadi. Bu bilan E.Torandayk tarbiyaning shaxs
rivojlanishiga ta'sirini butunlay inkor etadi va uni shaxsning xususiyatlariga
ta'sir etishdan ojiz deb biladi. Insonning shakllanishida Islom dini va
mutafakkirlarning fikrlari Islom dini va mutafakkirlarning asarlarida bolaning
shakllanishi uchun tarbiya, irsiyat va muhit ta'siri alohida ta'kidlangan. Shu
uch omilning ichida tarbiyaning roli, ayniqsa, ahamiyatli hisoblanadi. Ammo
tarbiya ta'sirining kuchi va natijasi irsiyat va muhit kabi omillarning
hamkorligi bilan belgilanadi. Chunki nasl va muhitda kamchilik bo'lsa,
tarbiyaning ta'siri
sezilmasligi mumkin. Quyida biz uchta omil haqida Islom dini va
ulamolarning qarashlarini keltiramiz.
Bolaning shakllanishida tarbiyaning ahamiyati
Tarbiya – inson kamolotiga ta'sir etuvchi tashqi va eng muhim omil
hisoblanadi. “Tarbiya” arabcha so'z bo'lib, o'stirdi, rahbarlik qildi, isloh qildi
degan ma'nolarni bildiradi.
Islom ulamolaridan Rog'ib Asfihoniy tarbiyani quyidagicha ta'rif qiladi:
“Tarbiya bir narsani bir holdan ikkinchi holga o'tkaza borib, batamom
nuqtasiga yetkazishdir. Tarbiyaning ma'nolaridan biri, insonning diniy, fikriy
va axloqiy quvvatlarini uyg'unlik va muvozanat ila o'stirishdir ”.
Tarbiyani insonga yetkazishda ota-onaning o'rni beqiyosligini Rasululloh
(sollallohu alayhi va sallam) ta'kidlaydilar. Abu Hurayra(roziyallohu
anhu)dan rivoyat qilinadi: “Nabiy (sollallohu alayhi va sallam): “Har bir
tug'ilgan bola faqat fitrat (sof tabiat) bilan tug'iladi. Bas, ota-onasi uni
yahudiy yoki nasroniy yoki majusiy qiladi...”. Bu hadisi sharifdan irsiyat,
ya'ni biologik omil insonni shakllanishida asosiy o'rin tutadi degan fikrni
ilgari suruvchi G'arb faylasuf va oqimlarining fikrlari asossiz ekanini va
tarbiyaning muhimligini bilib olamiz.
O'rta Osiyolik mutafakkirlardan Forobiy va Abu Ali ibn Sino inson
tarbiyasiga ta'sir etadigan omillar ahamiyatiga e'tibor berganlar.
Forobiy inson kamolotida ta'lim-tarbiyaning muhimligini ta'kidlab: Munosib
inson bo'lish uchun insonda ikki xil imkoniyat: ta'lim va tarbiya olish
imkoniyati bor. Ta'lim olish orqali nazariy kamolotga erishiladi, tarbiya esa
kishilar bilan muloqotda axloqiy qadr-qimmatni va amaliy faoliyatni
yaratishga olib boradigan yo'ldir...” deydi. Abu Ali ibn Sino oila tarbiyasida
ota-onaning o'rniga alohida to'xtalib: “Bola tug'ilgach, avvalo, ota unga
yaxshi nom qo'yishi, so'ng uni yaxshilab tarbiya qilishi kerak... Agar oilada
tarbiyaning yaxshi usullaridan foydalanilsa, oila baxtli bo'ladi” degan fikrni
ilgari suradi.
Bolaning shakllanishida irsiyat (nasl)ning ahamiyati
Bola shaxsining rivojlanishida naslning ta'siri deganda ota-onadan bolaga
meros bo'lib o'tadigan jismoniy xususiyatlari (tananing tuzilishi, sochining,
ko'zining, terining rangi, bo'y-basti) shuningdek, tananing vertikal holdagi
harakati, tafakkur va nutq rivojlanishi, mehnat qilish qobiliyati, tug'ma
holatda o'tadigan qobiliyatlar va xususiyatlar tushuniladi. Islom dinida naslga
alohida e'tibor qaratiladi. Chunki nasl pokiza va ota-ona ma'rifatli, axloqli
bo'lsa, bu xususiyatlar tug'ma holatda bolaga o'tadi va kelajakda komil
insonga aylanadi. Agar ota-ona ma'rifatdan yiroq va
axloqsiz bo'lsa, ulardan tug'iladigan farzand jamiyatga zarar keltirishi
mumkin. Lekin ota-onadan tug'ma holatda o'tadigan qobiliyat va xususiyatlar
o'z holicha rivojlana olmaydi, go'yo u “mudroq” holda bo'lib, uning
uyg'onishi – rivojlanishi uchun qulay muhit va muttasil tarbiya kerak.
Bolaning shakllanishida muhitning ahamiyati
Bola kamolotiga ta'sir etadigan omillardan biri tashqi muhit hisoblanadi.
Muhit deganda kishiga tabiiy ta'sir etadigan tashqi voqealar majmui
tushuniladi. Bunga tabiiy muhit, oila muhiti va ijtimoiy muhit kiradi.
Tabiiy (geografik) muhit – insonning hayot tarziga, xarakteri va mehnat
faoliyatiga ta'sir etadi.
Masalan, shimolda istiqomat qilayotgan inson, janubda yashayotgan
insondan nafaqat jismoniy ko'rinishi, shu bilan birga ruhiyati, dunyoqarashi
va xususiyatlari bilan ham ajralib turadi.
Oila muhiti – insonning shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Chunki bola
ko'z ochib ota-onasini, qarindosh-urug'ini ko'radi. Uning jismoniy va ruhiy
rivojlanish davri oila ta'sirida shakllanadi. Agar oilada islomiy muhit mavjud
bo'lsa, bolaning axloqi go'zal va fazilatli bo'lib ulg'ayadi.
Ijtimoiy muhit – ishlab chiqarish munosabatlari va ularni tartibga solib
turadigan ijtimoiy qonun-qoidalar insonga alohida ta'sir ko'rsatadi. Ijtimoiy
aloqa, ya'ni insonlararo o'zaro munosabatlar natijasida odam bolasi hayotga
va mehnatga tayyorlanadi, kerakli tajriba va bilimlarni egallaydi.
Jamiyatda ma'naviy muhit yaxshi, adolat ustuvor bo'lsa, inson faoliyatiga
ijobiy ta'sir qilishi va aksincha bo'lsa, salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Demak, insonning kamolotga yetishiga ta'lim-tarbiya, muhit va irsiyat muhim
hisoblanadi. Nega bugungi kunda o'tmishda yashab o'tgan Imom Buxoriy,
Forobiy, Beruniy va G'azzoliy kabi olimlarga o'xshagan insonlarni
uchratmaymiz? Chunki ularning irsiyati toza, ota-onalari solih va soliha
bo'lishgan, ular yashagan davrda ilm, ma'rifat va taraqqiyot o'zining
cho'qqisiga chiqdi, ya'ni muhit yaxshi bo'lgan va eng asosiysi,
ajdodlarimizning tarbiyasiga mas'ul bo'lgan ota-onalari va ustozlari o'z
vazifalarini a'lo darajada bajarishgan, tarbiyalarida nuqson bo'lmagan. Agar
farzandlarimizning rivojlanishiga ta'sir ko'rsatuvchi bu omillardagi
nuqsonlarni bartaraf etsak, albatta kelajak avloddan Imom Buxoriy,
G'azzoliyga o'xshagan zabardast olimlar yetishib chiqadi.
TARBIYA IJTIMOIYLASHTIRISH OMILI
Reja:
1. Tarbiya ijtimоiy institut sifatida.
2. Tarbiya tamоyillari.
Tayanch tushunchalar: Ijtimоiy tarbiya, Kоrrеktsiоn tarbiya, gayriijtimоiy tarbiya, Tarbiya tamоyillari, jamоaviyligi tamоyili, madaniylashuvi
tamоyili,
1. Tarbiya ijtimоiy institut sifatida
Zamоnaviy jamiyatlarda ijtimоiy institutlarning butun bоshli bir tizimi
mavjud. Ijtimоiy institut jamiyat a’zоlarining o`zlarining u yoki bu eхtiyojlarini
(iktisоdiy, siyosiy, madaniy, diniy va bоshka) kоndirish uchun ijtimоiy
rеsurslardan fоydalanishda birgalikdagi faоliyatlarining tariхan shakllangan
shaklidir. Tarbiya ijtimоiy institut sifatida jamiyat a’zоlarining ijtimоiylashuvini
amalga оshirish, madaniy va ijtimоiy
kadriyatlarini еtkazish, umuman оlganda, ijtimоiy eхtiyojlarni qоndirishni tashkil
qilish uchun paydо bo`lgan. Tarbiya ijtimоiy institut sifatida muayyan jamiyatning
muayyan rivоjlanish bоskichida paydо bo`ladigan fеnоmеn хisоblanadi.
Хar bir jamiyat faоliyat va tuzilmasining murakkablashuvi uning tariхiy
rivоjlanishining muayyan bоskichlarida quyidagilarning sоdir bo`lishiga оlib
kеladi:
1.Tarbiya оilaviy, diniy, ijtimоiy turlarga ajraladi, ularning o`rni,
aхamiyati va o`zarо munоsabati o`zgarmas хisоblanadi.
2. Ijtimоiy tarbiya jarayonida uning tarkibiy qismlari sifatida ta’limni,
kеyinchalik ma’lumоtli bo`lishni ajratsak bo`ladi.
Bu tamоyilga ko`ra ijtimоiy tarbiyaning stratеgiya va maqsadi yosh
avlоd, o`smirlarni kоmil insоn bo`lib еtishlariga yordam bеrishdir. Ijtimоiy tarbiya
jarayoni, tarbiya muassasalari faqatgina shaхs rivоjlanishining vоsitasi bo`lishlari
mumkin.
Rivоjlanishni insоn tоmоnidan uch turdagi vazifalarni (tabiiy-madaniy,
ijtimоiy-madaniy, ijtimоiy-psiхоlоgik хal qilish jarayoni dеb karashimiz mumkin.
SHu vazifalara ko`ra, tarbiya muassasalarida ijtimоiy tarbiyani markazlashtirish
lоzim bo`lgan shaхs rivоjining jiхatlarini aniklashtirsa bo`ladi.
Ijtimоiy tarbiyaning birgalikdagi faоliyat tamoili
Tarbiyachi va tarbiyalanuvchi оrasidagi suхbatning zarurligi g`оyasi
kadimgi Elladada paydо bo`lib, o`rta asrlar ta’lim mеtоdlarida, kеyinchalik esa
yangi davrning bir katоr pеdagоglari asarlarida o`ziga хоs rivоjlanishiga erishdi.
So`nggi o`n yilliklarda tarbiyaga sub’еkt-оb’еkt jarayoni sifatida
karash, kеyinchalik esa, bu yondashuvni pеdagоgik amaliyotda tarkatish bu
tamоyilni pеdagоgika uchun eng muхim tamоyilga aylanishiga оlib kеldi.
Ijtimоiy tarbiyaning birgalikdagi faоliyat tamоyiliga ko`ra bоlalar,
o`spirinlar, o`smirlarning ma’naviy-ma’rifiy rivоjlanishii tarbiyachi va
tarbiyalanuvchi оrasidagi kadriyatlar (akliy, ijtimоiy) almashuvi jarayonida
amalga оshiriladi.
Tarbiyaning tugallanmasligi tamоyili.
Bu tamоyil ijtimоiylashuvning mеrоsiylik хaraktеridan kеlib chiqadi.
Tarbiyaning tugalnmasligi tamоyili insоn rivоjlanishining хar bir bоsqichini
individual va ijtimоiy kadriyat dеb biladi. Bu tamоyilga ko`ra хar bir bоla,
o`smirda dоimо tugallanmagan va aslida tugallanmaydigan bir narsa bo`ladi.
CHunki dunyo va o`zi bilan o`zarо munоsabatda bo`la turib, ular dоimо o`zgarish
pоtеntsialini saqlab kоlishadi
Tarbiyaning tugalanmasligi tamоyiliga ko`ra tarbiyani shunday tashkil
qilish kеrakki, хar bir yosh bоskichida insоn “kayta shakllanish” imkоniyatiga ega
bo`lishi lоzim.
Sanab o`tilgan tarbiya tamоyillarini inоbatga оlish va ularning
ta’minlanishi ijоbiy pеdagоgik natijaga erishishning shartlaridan biri хisоblanadi.
3.Kоrrеktsiоn tarbiya paydо bo`ladi.
4.Tоtalitar, siyosiy va kvazidiniy jamiyatlarda amalga оshiriladigan gayriijtimоiy tarbiya shakllanadi.
5.Tarbiyaning vazifa, shakl, usul va vоsitalari o`zgaradi.
6.Tarbiyaning aхamiyati оrtadi. U jamiyat va davlatning alохida
funktsiyasi bo`lib kоladi va ijtimоiy institutga aylanadi.
Tarbiya ijtimоiy institut sifatida o`z tarkibiga
quyidagilarni qamrab оladi: оilaviy, diniy, ijtimоiy, kоrrеktsiоn va g’ayriijtimоiy tarbiyalar majmuasi; ijtimоiy rоllar yig’indisi;
tarbiyachilar, tarbiyalanuvchilar, оila a’zоlari, ruхоniylar, mintaqaviy, хududiy
tarbiya tashkilоtlari raхbarlari, jinоiy va tоtalitar guruхlar еtakchilari; turli хildagi
tarbiya muassasalari; ijоbiy va salbiy sanktsiyalar yigindisi; tarbiyachilarning
ta’limi va prоfеssiоnal tayyorgarligi darajasi.
Tarbiya ijtimоiy institut sifatida ijtimоiy хayotda muayyan vazifalarga
ega. Tarbiyaning eng umumiy vazifalari quyidagilar:
-jamiyat a’zоlarining bir maqsad sari karatilgan rivоjlanishi va ular
tоmоnidan tarbiya jarayonida amalga оshirilishi mumkin bo`lgan bir qatоr
eхtiyojlarning qоndirilishi uchun sharоitlar yaratish;
-jamiyatda faоliyat yuritish va uni rivоjlantirishga qоdir bo`lgan kadrlarni
tayyorlash;
-ijtimоiy хayot barqarоrligini madaniyatning avlоdlarga mеrоs
kоldirish оrkali ta’minlash;
-jamiyat a’zоlarining ijtimоiy va ma’naviy rivоjlanishi;
-o`zgaruvchan ijtimоiy хоlatlarga jamiyat a’zоlarini ko`niktirish;
-jamiyat a’zоlarining intilishlari, maqsadlarining birlashishini va ijtimоiy
kasbiy, etnоkоnfеssial guruхlar manfaatlarining uygunlashuvini ta’minlash.
Ijtimоiy pеdagоgning bu yo`nalishlar bo`yicha faоliyati zamоnaviy
tarbiya tamоyillari asоsida qaraladi.
2. Tarbiya tamоyillari.
Tarbiya tamоyillari-tarbiyani amalga оshirish qоidalari bo`lib, ular
asоsida nazariyalar ishlab chikiladi va tarbiyaning mеtоd, shakl va vоsitalari
amalga оshiriladi.
Tarbiyaning insоnparvarlashuvi yo`naltirilganligi tamоyili.
Tarbiyani insоniylashtirish zarurati хaqidagi g`оya dastlab chех pеdagоgi
YAn Amоs Kоmеnskiyning asarlarida yakkоl ifоdasini tоpgan, Ma’rifatparvarlik
davri (XVIII asr)dan bоshlab u turli davlatlar pеdagоglari ishlarida_kеng
tarkalmоkda. Bu g`оya XVIII asrda frantsuz mutafakkiri Jan Jak Russо va
L.Tоlstоyning erkin tarbiya nazariyalarida; XX asrda gumanistik psiхоlоgiyada va
gumanistik pеdagоgikada o`z aksini tоpgan.
Ijtimоiy pеdagоgikada insоnparvarlashuv tamоyili pеdagоgning
tarbiyalanuvchiga o`z rivоjlanishining mas’ul va mustaqil sub’еktiga nisbatan
munоsabatda bo`lishni ko`zda tutadi. Tarbiyaning insоnparvarlashuv tamоyilini
amalga оshirish bоlalar, o`smirlar, yoshlarning shakllanishiga ijоbiy ta’sir
ko`rsatadi.
Tarbiyaning insоnparvarlashuv tamоyilini amaliyotda amalga оshirish
tarbiyalanuvchida rеflеksiya va o`z-o`zini tartibga sоlishni rivоjlantirishga,
uning оlam bilan munоsabatlarining shakllanishiga, gurur хissining оshishiga,
jamiyatda dеmоkratik va gumanistik munоsabatlarning tashuvchisi bo`lgan
insоnning shakllanishiga ijоbiy ta’sir ko`rsatadi.
Yanada kеngrоq ma’nо insоnparvarlashuv tamоyilining amalga оshishi
insоnlar оrasidagi alоqalarning yaхshilanishi, ijtimоiy prоgrеss uchun kurashda
insоnlarning birlashishiga ko`maklashadi.
Tarbiyaning tabiat bilan uygunligi. Tarbiyaning tabiat bilan
uygunligi zarurligi хaqidagi g`оya antik davrlarda paydо bo`lgan va bizgacha
Dеmоkrit, Aflоtun, Arastu asarlari оrqali еtib kеlgan.
Tarbiyaning tabiat bilan uygunligi хaqidagi tamоyilni XVII asrda YAn
Amоs Kоmеnskiy ta’riflagan va u XVIII-XIX asrlarda pеdagоgikada kеng
rivоjlangan.
XX asrda tabiat va insоn хaqidagi fanlarning rivоjlanishi
tarbiyaning tabiat bilan uygunligi tamоyilini ancha bоyitdi. Bunda rus оlimi
V.I.Vеrnadskiy tоmоnidan nооsfеra хaqidagi ta’limоtning yaratilishi хam muхim
rоl o`ynadi.
Nооsfеra- nооsfеra rivоjlanishning shunday bоskichini aks etadigan
tushunchaki, u bоskichda insоnning оngli faоliyati glоbal muammоlarning
paydо bo`lishi va хal etilishiga ta’sir kiladi.
Tarbiyaning tabiat bilan uygunligi tamоyilining zamоnaviy ta’rifi u tabiiy
va ijtimоiy jarayonlarning o`zarо alоqasini ilmiy tushunishda asоslanishi insоn va
tabiat taraqqiyotining umumiy qоnunlari bilan mоs kеlishi, insоnni yoshi va jinsiga
mоs qilib tarbiyalashi, shuningdеk o`z хоlati va nооsfеra taraqqiyotining kеlajagi
uchun mas’uliyatni shakllantirishni ko`zda tutadi.
Tarbiya tabiat bilan uygunligi tamоyiliga ko`ra insоnda tabiat, planеta va
biоsfеraga nisbatan ijоbiy munоsabatni shakllantirish kеrak. Shuningdеk tarbiya
insоn:
-o`zini bоrliq fuqarоsi dеb sеzishini;
-ro`y bеrayotgan planеtar jarayonlarni va unda mavjud glоbal
muammоlarni tushunishini;
-o`zida nооsfеra uchun mas’uliyatni sеzishini;
-o`zini nооsfеrani yaratgan sub’еkt sifatida bilishni ko`zda tutadi.
Tarbiyaning madaniylashuvi tamоyili
Tarbiyaning madaniylashuvi zaruriyati g`оyasi ingliz pеdagоgi Jоn Lоk
(XVIIIasr), frantsuz mutafakkiri Klоd Gеlvеtsiy (XVIIIasr) va ulug pеdagоg
Iоgann Pеstalоtstsi asarlarida yakkоl namоyon bo`ladi.
Tarbiyaning madaniylashuvi tamоyiliga asоsan uning оldida bоlalar,
o`smirlarni, хalk, jamiyat madaniyatining turli yo`nalishlariga o`rgatish maqsadi
turadi. Bunda madaniyatning maishiy, **оniy, ma’naviy, akliy, mоddiy, iktisоdiy,
siyosiy, aхlоkiy yo`nalishlari nazarda tutilmоkda.
Tarbiyaning madaniylashuvi tamоyilining amalga оshirilishi
umuminsоniy хaraktеrdagi madaniy kadriyatlar turli jamiyatlarda farklanishi
sababli kiyinchiliklarga duchоr bo`lmоkda.
Bizning davlatda SHaхar va kishlоk aхоlisi o`rtasida, shaхarda turli
ijtimоiy-kasbiy guruхlar оrasida farklar mavjud. SHu bilan bir vaktda turli
madaniyat va submadaniyatlar kadriyatlarining darajasini tоpish tarbiya
samaradоrligining shartlaridan biridir.
Tarbiyaning variativligi tamоyili.
Zamоnaviy jamiyatlarda ijtimоiy tarbiyaning variativligi shaхs
eхtiyojlarining хilma-хilligi bilan aniqlanadi.
Tarbiya variativligi tamоyili insоnning fеdеral, mintaqaviy, munitsipial va
lоkal darajada umuminsоniy kadriyatlarga asоslanib, tarbiya muassasalarida
insоniy, yosh, diffеrеntsial va individual yondashuvlar asоsida manaviy-qadriyat
jiхatidan tarbiyalashni amalga оshirish uchun sharоitlar yaratish maqsadida ishlab
chikilgan.
Ijtimоiy tarbiyaning variativligi tamоyilini ta’rifini milliy
pеdagоgikada ХХ asrning 80-yillari охiridan bоshlab ro`y bеrgan ijtimоiy-siyosiy
o`zgarishlar sababli ishlab chiqish imkоniyati yaratildi. Ijtimоiy tarbiyaning
variativligi tamоyilini amalga оshirish uchun quyidagilar zarurdir:
- shaхs manfaatlarini va eхtiyojlari, turli yosh, ijtimоiy-kasbiy, etnik
qatlamlarning talablari, хududiy va mintaqaviy tashkilоtlarning eхtiyojlarini
qоndirish uchun turli хildagi tarbiya tashkilоtlarini tuzish;
- ijtimоiy tarbiyaning mintakaviy va munitsipial tizimlarni tashkil qilish;
-maхalliy tarbiya tizimlarini tashkil qilish.
Ijtimоiy tarbiyaning variativlik tamоilini amalga оshirish:
- insоnning turli хildagi хayotiy va shaхsiy masalalarini еchishga,
kоbiliyatini shakllantirishga;
- insоn tоmоnidan o`zining rivоjlanish stratеgiyalari, хayotiy va kasbiy
yo`llarini tanlashga imkоniyatlarini kеngaytirish uchun sharоitlar yaratadi.
Ijtimоiy tarbiyaning jamоaviyligi tamоyili.
Jamоa tarbiyaning eng muхim vоsitasi ekanligi хaqidagi g`оya juda
kadimda paydо bo`lgan va XIX asrdan bоshlab pеdagоgika tоmоnidan jadallik
uning nazariy asоslari bilanishlab chikilgan. Zamоnaviy jamiyat хayotining
rеalliklari, insоn ijtimоiylashuvi muammоlari va insоnni o`zgarib turuvchi
dunyoga kirishi jamоaviy tamоyilni ijtimоiy tarbiyaning еtakchi tashqiliy asоsi
dеb хisоblashga zamin yaratadi.
Jamоaviylik tamоyilining zamоnaviy ta’rifiga ko`ra ijtimоiy
tarbiya turli jamоalarda amalga оshirilib, insоnga хayot tajribasi, umuman оlganda
esa jamiyatga ko`nikish tajribasini ko`lga kiritish imkоnini bеradi.
Tarbiyaning shaхs rivоjlanishiga markazlashuvi tamоyili
Tarbiyaning vazifasi insоnni rivоjlantirish ekanligi g`оyasi kadimda
paydо bo`lib, ko`pgina mutafakkirlar asarlaridan jоy оlgan.
Начало формы
Конец формы
Bu tamоyilga ko`ra ijtimоiy tarbiyaning stratеgiya va maqsadi yosh avlоd,
o`smirlarni kоmil insоn bo`lib еtishlariga yordam bеrishdir. Ijtimоiy tarbiya
jarayoni, tarbiya muassasalari faqatgina shaхs rivоjlanishining vоsitasi bo`lishlari
mumkin.
Rivоjlanishni insоn tоmоnidan uch turdagi vazifalarni (tabiiy-madaniy,
ijtimоiy-madaniy, ijtimоiy-psiхоlоgik хal qilish jarayoni dеb karashimiz mumkin.
SHu vazifalara ko`ra, tarbiya muassasalarida ijtimоiy tarbiyani markazlashtirish
lоzim bo`lgan shaхs rivоjining jiхatlarini aniklashtirsa bo`ladi.
Ijtimоiy tarbiyaning birgalikdagi faоliyat tamoili
Tarbiyachi va tarbiyalanuvchi оrasidagi suхbatning zarurligi g`оyasi
kadimgi Elladada paydо bo`lib, o`rta asrlar ta’lim mеtоdlarida, kеyinchalik esa
yangi davrning bir katоr pеdagоglari asarlarida o`ziga хоs rivоjlanishiga erishdi.
So`nggi o`n yilliklarda tarbiyaga sub’еkt-оb’еkt jarayoni sifatida
karash, kеyinchalik esa, bu yondashuvni pеdagоgik amaliyotda tarkatish bu
tamоyilni pеdagоgika uchun eng muхim tamоyilga aylanishiga оlib kеldi.
Ijtimоiy tarbiyaning birgalikdagi faоliyat tamоyiliga ko`ra bоlalar,
o`spirinlar, o`smirlarning ma’naviy-ma’rifiy rivоjlanishii tarbiyachi va
tarbiyalanuvchi оrasidagi kadriyatlar (akliy, ijtimоiy) almashuvi jarayonida
amalga оshiriladi.
Tarbiyaning tugallanmasligi tamоyili.
Bu tamоyil ijtimоiylashuvning mеrоsiylik хaraktеridan kеlib chiqadi.
Tarbiyaning tugalnmasligi tamоyili insоn rivоjlanishining хar bir bоsqichini
individual va ijtimоiy kadriyat dеb biladi. Bu tamоyilga ko`ra хar bir bоla,
o`smirda dоimо tugallanmagan va aslida tugallanmaydigan bir narsa bo`ladi.
CHunki dunyo va o`zi bilan o`zarо munоsabatda bo`la turib, ular dоimо o`zgarish
pоtеntsialini saqlab kоlishadi
Tarbiyaning tugalanmasligi tamоyiliga ko`ra tarbiyani shunday tashkil
qilish kеrakki, хar bir yosh bоskichida insоn “kayta shakllanish” imkоniyatiga ega
bo`lishi lоzim.
Shaxs, rivojlanish, faoliyat, ijtimoilashuv, jamiyat. Ijtimoiy
pedagogikaning asosiy kategoriyalari
Reja:
1. Pedagogika va ijtimoiy pedagogika kategoriyalari.
2.Ijtimoiy-pedagogik faoliyat.
3.Ijtimoiy ta’lim. Tarbiya va ijtimoiy tarbiya.
Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalari
Xar bir fanni shu fanning o`rganish predmetiga asoslangan bilimlar
tizkmi ajratib turadi. Fanning bilimlar tizimi uning tushuncha va
kategoriyalarida o`z aksini topadi. Tushuncha — real olamni bilish
jarayonida aks etish shakllaridan biri. Reallikning o`zgaruvchanligi va
ko`p qirraliligi tufayli tushunchalar dinamik, rivojlanadigan tavsifga ega.
Ular tarixiy holat va hayot sharoitlariga bog`lik, ravishda o`zgaradi.
Xar qanday fanning rivojlanishi jarayonida tushunchalar ana shu fan
kategoriyalariga birlashadi. Fan kategoriyalari shu fanda qo`llaniladigan
yanada kattaroq,, amaliy tushunchalardir.Hammamizga ma'lumki,
pedagogika fanining asosiy kategoriyalariga “ta'lim”, “tarbiya”,
“ma'lumot” singari tushunchalar kiradi. Shu kategoriyalar asosida
“shaxs”, “rivojlanish”, “faoliyat”, “jamiyat”, “ijtimoiylashuv” singari
ijtimoiy-gumanitar fanlar uchun umumiy bo`lgan tushunchalar
qo`llaniladi. So`nggi yillarda «pedagogik faoliyat” kategoriyasi ham
keng qo`llanilmoqda. Ijtimoiy pedagogika fani pedagogikaning
yo`nalishlaridan biri sifatida “Ijtimoiy pedagogik faoliyat”, “Ijtimoiy
ta'lim” va “Ijtimoiy tarbiya” singari kategoriyalarga ega. Pedagogika va
ijtimoiy pedagogika fani kategoriyalarining bir-biridan farqli jihati
quyidagi jadvalda aks etgan.
Pedagogika hamda ijtimoiy pedagogika fani kategoriyalari
Pedagogika
Ijtimoiy pedagogika
· ta'lim
 o`qitish
 tarbiya
 pedagogik faoliyat
 ijtimoiy ta'lim
 o`qitishning ijtimoiy jihatlari
 ijtimoiy tarbiya
 ijtimoiy pedagogik faoliyat
 ijtimoiylashuv
 ijtimoiy institut
 ijtimoiy adaptatsiya
 ijtimoiy reabilitatsiya
Pedagogika faoliyat- bu ta'lim-tarbiya vositasida o`quvchilarga ijtimoiy
madaniyat tajribalarini singdirishga qaratilgan kasbiy faoliyatdir.
Ijtimoiy pedagogik faoliyat- bu bolaning ijtimoiylashuviga, ularga
ijtimoiy madaniyat tajribalarini singdirishga, jamiyatda o`z-o`zini
boshqarishga sharoitlar yaratishga qaratilgan kasbiy faoliyatdir. U
ma'lum shaxsga qaratilgan bo`lib, aniq manzilga yo`naltirilgan
faoliyatdir. Ijtimoiy pedagogik faoliyat quyidagi xususiyatlarga ega.
▪ Ta'lim muassasalaridagi ijtimoiy-pedagogik faoliyat,
▪ bolalar tashkilotlaridagi ijtimoiy-pedagogik faoliyat,
▪ bolalarning ijodkorligini oshirish va dam olishini tashkil etishga mas'ul
tashkilotlardagi ijtimoiy-pedagogik faoliyat.
Ijtimoiy-pedagogik faoliyatning asosiy yo`nalishlari qo`yidagilar
hisoblanadi.
▪ dezadaptatsiyaga uchragan bolalarni profilaktika qilish,
▪ ijtimoiy me'yorlardan chekingan (o`qish) bolalarni ijtimoiy
reabilitatsiya qilish .Bu ishlar ikki shaklda amalga oshiriladi:
1.Bevosita bolaning o`zi bilan olib boriladigan ishlar.
2.Bolaning ijtimoiy muhit bilan aloqasida vositachilik qilishi.
Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalaridan biri bo`lgan ijtimoiy
ta'lim kategoriyasi ikki tomonlama xususiyatga ega. Birinchidan,
ijtimoiy ta'lim-bu bolaning ijtimoiylashuviga yordam beruvchi ijtimoiy
bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirish jarayonidir.
Ikkinchidan, ijtimoiy ta'lim-bu ijtimoiy soqada ishlash uchun maxsus
tayyorgarlik ko`rish jarayonidir.
Ijtimoiy tarbiya esa bolaning ijtimoiylashuviga qaratilgan ijtimoiy
ahamiyatga molik fazilatlarni shakllantirish jarayonidir. Ijtimoiy tarbiya
muammolari xususida A.V.Mudrik, V.D.Semyonova, G.N.Filova singari
olimlar tadqiqotlar olib borgan.
Ijtimoiylashuv jarayonida bola jamiyat, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy
makrm, ijtimoiy xulk.-atvorning me’yor va koidalari haqidagi turli
bilimlarni, jamiyatga ko`nikishiga yordam beruvchi turli ko`nikma va
malakalarni uuzlashtiradi. Bu jarayon, ayniqsa, bolalikda juda jadal
sur’atlar bilan amalga oshadi. Ma’lumki, bola besh yoshgacha uning
keyingi hayotida o`z aksini topuvchi nihoyatda ko`p bilimlarni oladi.
Bola ijtimoiylashuvining ajralib turuvchi xususiyati, uning jamiyat ilgari
surayotgan yurish-turish me’yorlariga baxo berishi va nazorat
qilishining qiyinligidadir. U bularni faqat o`zlashtirib boradi, shuning
uchun ham bola shaxsining ijtimoiylashuv jarayonida ota-onalar,
qarindoshlar, ular bilan ishlayotgan mutaxasislarning (psixolog,
shifokor, pedagog va shu kabilar) ta’siri katta bo`lib, bolalarni, hayotda
zarur ijtimoiy bilimlarni ertaroq; va yaxshiroq; o`zlashtirishlari, ularni
hayotda qo`llashga intilishlari aynan ularga bog`liqdir. Buning ijtimoiy
pedagogika bilan bog`liqligi shundaki, maktab yoki boshqa ta’lim
muassasida ta’lim olish jarayonida bola, avvalo, akademik bilimlarni
o`zlashtiradi. Biroq shu bilan bir vaqtda unda muayyan tizimlashgan
ijtimoiy bilim, ko`nikma va malakalar shakllanadi. Bu bilim, ko`nikma
va malakalar ijtimoiylashuv jarayonida — bolaga maxsus yordam kerak
bo`lganda — juda zarur bo`ladi.
Bolaning ijtimoiylashuviga yordam beradigan ijtimoiy bilimlarni
yetkazish, ijtimoiy ko`nikma va malakalarni shakllantirish jarayoni
ijtimoiy ta’lim deyiladi.
1. Pedagogika va ijtimoiy pedagogika kategoriyalari.
2.Ijtimoiy-pedagogik faoliyat.
3.Ijtimoiy ta’lim. Tarbiya va ijtimoiy tarbiya.
4. Ijtimoiy pedagog kasbiy faoliyatining o’ziga xosligi.
5. Ijtimoiy pedagogning kasbiy sifatlari va modeli.
6. Ijtimoiy pedagogning kasbiy faoliyati sohalari.
Tayanch tushunchalar: ijtimoiy pedagog, ijtimoiy yordam, ijtimoiy
reabilitatsion xizmat, ijtimoiy pedagogik ish metodlari, analitik,
prognostik, loyiha, refleksiya, kasbiy status, empatiya, bilim, ko’nikma,
sifat va fazilat, tashxis quyis, bashoratchilik, vositachilik, tugirlash va
kayta tiklash, ximoyalash, ogoxlantirish va profilaktika, evristika (ijodiy
fikrlash), kategoriya, mexanizm, ijtimoiy ta’lim, ijtimoiy tarbiya,
ijtimoiylashuv, ijtimoiy adaptatsiya, ijtimoiy reabilitatsiya, pedagogika
faoliyat, Individual yordam.
Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalari
Xar bir fanni shu fanning o`rganish predmetiga asoslangan bilimlar
tizkmi ajratib turadi. Fanning bilimlar tizimi uning tushuncha va
kategoriyalarida o`z aksini topadi. Tushuncha — real olamni bilish
jarayonida aks etish shakllaridan biri. Reallikning o`zgaruvchanligi va
ko`p qirraliligi tufayli tushunchalar dinamik, rivojlanadigan tavsifga ega.
Ular tarixiy holat va hayot sharoitlariga bog`lik, ravishda o`zgaradi.
Xar qanday fanning rivojlanishi jarayonida tushunchalar ana shu fan
kategoriyalariga birlashadi. Fan kategoriyalari shu fanda qo`llaniladigan
yanada kattaroq,, amaliy tushunchalardir.Hammamizga ma'lumki,
pedagogika fanining asosiy kategoriyalariga “ta'lim”, “tarbiya”,
“ma'lumot” singari tushunchalar kiradi. Shu kategoriyalar asosida
“shaxs”, “rivojlanish”, “faoliyat”, “jamiyat”, “ijtimoiylashuv” singari
ijtimoiy-gumanitar fanlar uchun umumiy bo`lgan tushunchalar
qo`llaniladi. So`nggi yillarda «pedagogik faoliyat” kategoriyasi ham
keng qo`llanilmoqda. Ijtimoiy pedagogika fani pedagogikaning
yo`nalishlaridan biri sifatida “Ijtimoiy pedagogik faoliyat”, “Ijtimoiy
ta'lim” va “Ijtimoiy tarbiya” singari kategoriyalarga ega. Pedagogika va
ijtimoiy pedagogika fani kategoriyalarining bir-biridan farqli jihati
quyidagi jadvalda aks etgan.
Pedagogika hamda ijtimoiy pedagogika fani kategoriyalari
IJTIMOIY PEDAGOGIK FAOLIYATDA BOLALARNING MOSLASHUV
KOʼNIKMALARINI SHAKLLANTIRISH
REJA:
Maktab-ochiq ijtimoiy pedagogik tizim sifatida
Bolalarga qo`shimcha ta'lim berishning ijtimoiy-pedagogik modeli.
Bolalarni ijtimoiy himoyalash mikromarkazlari
ijtimoiy pedagogning maktab yoshidagi bolalar bilan ish yuritishi, tengqurlar
jamoasi va bolalar submadaniyati.
Ijtimoiy pedagogning tarbiyasi og’ir o’spirinlar bilan ish olib borishi
Spirtli ichimliklar istе'mol qiluvchi o`smirlar bilan olib boriladigan ijtimoiypеdagogik faoliyat. Giyohvandlik – dеviant xulq shakli sifatida
Sotsiumda insonparvarlik munosabatlarni shakllantirish ijtimoiy pedagogik
faoliyatning asosiy maqsadi va ma'naviy ahloqiy asosi hisoblanadi.
Ko`pchilik mamlakatlarda shaxsning insonparvarlik g`oyalari asosida
ijtimoiylashtirish kontseptsiyasi asosida faoliyat yuritayotgan maktablar mavjud.
Germaniyadagi xolistik maktablarning pedagogik kontseptsiyasi, Shvettsiya va
Amerikadagi hamda Rossiyadagi “Kichik tumonlar maktabi” (“Maktab
mikrarayon”)shular insonparvarlik tizim sifatida namoyon bo`ladi.
Ochiq maktablar ko`p qirralari vazifalarni bajarib, kun davomida bolalar va
kattalar uchun faoliyat ko`rsatadi. Ular xohlagan vaqtlarida bu maktabga kelishlari
mumkin. Bu maktablar oila, ma'naviy-ma'rifiy tashkilotlar, ish joylari, mahalliy
hokimliklar, jamiyat tashkilotlari kabi ijtimoiy institutlar bilan hamkorlik qiladi.
Eng asosiysi bolaning ta'lim va tarbiyasi ijodiy faoliyat asosida olib boriladi;
maktab bolaning rivojlanishi uchun barcha sharoitlarni yaratib beradi. Ochiq
maktablar strukturasida yangi tarbiyachi-ijtimoiy pedagoglar faoliyat ko`rsatadi. U
shaxs va jamiyat o`rtasidagi “vositachi” rolini bajaradi.
Bunday maktablar asosan;
▪ o`qituvchilarning pedagogik bilimini boyitish
▪
sotsiumning
imkoniyatlarida
foydalanib,
ota-onalarning
umummadaniyatini rivojlantirish:
▪ ijtimoiy foydali madaniy dam olishini tashkil etishga doir o`z faoliyatlarini
olib boradi.
Bolalarga qo`shimcha ta'lim berishning ijtimoiy-pedagogik modeli
Maktabdan tashqari qo`shimcha ta'lim muassasalari ijtimoiy tarbiyalash
institutlaridan biri sifatida, bolalarning bo`sh vaqtini tashkil etishda muqim ahamiyat
kasb etadi. Ularning asosiy vazifalari:
▪ bolalarning o`z-o`zini rivojlantirishga sharoitlar yaratish,
▪ sog`ligini tiklash,· kasb tanlashga va ijoiy faoliyat yuritishga yo`llash,
▪ nogiron bolalarning ijtimoiylashuviga yordam berishn va h.k.
qo`shimcha ta'lim muassasalarida asosan, bolalarni o`qitish quyidagi
shakllarda olib boriladi; nazariy(ma'ruzalar o`qish, suhbatlar, disputlar tashkil etish
va h.k) hamda amaliy(ekspeditsiyalar, sayohatlar tashkil etish, konferentsiyalar,
slyotlar o`tkazish). Bu tashkilotlarda olib boriladigan ijtimoiy pedagogik faoliyat
bolalarga bilim berish,
ijtimoiylashtirish va hayotga tayyorlash maqsadi ko`zlanadi.
Undagi dasturlar tarbiyalanuvchilarning ijtimoiylashuviga, bugungi kunning
dolzarb muammolarini tushunishga, muammolarni mustaqil tarzda qal etishga
o`rgatishga, o`z bilimini oshirib borishga qaratilgandir. Bu tashkilotlarda ijtimoiypedagogik faoliyat jarayonida quyidagi tamoyillarga asoslanish maqsadga
muvofiqdir:
1.Bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda yondoshish.
2.O`qituvchining shaxsiy professional yondoshuvi.
3.Tabiatga mos yondoshuv
4.Madaniy saloqiyatga mos yondoshuv.
Bu faoliyatlar jarayoni ijtimoiy pedagog ta'limiy faoliyat metodi, faoliyat va
muloqatni o`zgartirish metodi, munosabatlarni o`zgartirish kabi metodlardan
foydalanish mumkin.
Xulosa qilib aytganda qo`shimcha ta`lim muassalarida ijtimoiy pedagogic
faoliyati modeli quyidagi shakilda amalgam oshiriladi.
Kirish: Bolalarni ijtimoiy himoyalashga bo`lgan ijtimoiy talab
Ijtimoiy pedagogic faoliyat (IPF) maqsadi va vazifalari
Bolalarni ijtimoiy himoyalash mikro-(kichik) markazlari.
Ijtimoiy pedagog faoliyati qishloq joylarda o`ziga xos xususiyatga ega.
Uning asosiy maqsadi qishloq aholisini ijtimoiy-pedagogik himoyalash sog`ligini
himoyalashga, hayot tarzini yaxshilashga yordamlashishdan iboratdir. qishloq
joylarda u aholining turli yoshdagi (bolalar, yoshlar, qariyalar, nogironlar, yosh
oilalar va h.k) guruhlari bilan ish olib boradi va ularga o`sha muhitda o`z o`rnini
topishga yordam beradi. Uning asosiy ob'ekti shakllangan shaxs bo`lib, mikromuhit
esa shaxsni tarbiyalash va rivojlantirish faktori sifatida xizmat qiladi. Bolalar esa shu
aholining eng nozik vakili bo`lib, ular birinchi navbatda ijtimoiy muhofazalanish
bilan birga ijtimoiy va ijtimoiy pedagogik yordam berishni talab etadi.
Maktab yoshidagi bolalar bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borish
maktabgacha tarbiya muassasalaridagi ijtimoiy pedagogik ishdan tubdan farq qiladi.
Bu faoliyat o’quvchilarning doimiy kamol topishlari va ta’lim olishlariga bog’liq
maktabdagi ijtimoiy pedagogik faoliyatning barcha jihatlarini bir bobda ochib
berishning iloji yo’q shuning uchun biz eng muhim vaziyatlarini ochib berishga
harakat qilamiz. respublikamizda maktab o’quvchilari bilan ijtimoiy pedagogik ish
olib borish rivojlanmoqda. u qisman moziy tajribasi, qisman zamonaviy pedagogik
tibbiy, psixologik, yuridik faoliyat turlariga tayanib ish olib bormoqda. So’nggi
yillarda pedagogik jamoalar ham paydo bo’lib, ularda maktab nafat ta’lim-tarbiya
masalalarini balki o’quvchining boshqa bir qator ijtimoiy muammolarini ham
yechmoqda.
Davlatimizdagi o’zgarishlar mavjud ta’lim tizimiga ham o’z ta’sirini
ko’rsatdi. CHunki unda jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy inqirozi aks
etmasligi mumkin emas. Umumta’lim maktabi o’zining o’quv, tarbiya va ijtimoiy
funksiyalarini ko’rib chiqib birinchi o’ringa quyidagi ijtimoiy funksiyalarni qo’yishi
kerak edi:
Ta’lim to’g’risidagi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini bajarish
lozim edi., biroq ta’lim bolalar va o’smirlar manfaati asosida tashkil qilinmoqda.
Maktabda tarbiya ishini ta’lim bilan teng yuritish.
Maktab faoliyatini qayta yo’naltirish.
Maktab ishini, bolalar faolligini oshirish, turli bolalar klublari tuzishga asoslash.
Maktabning asosiy ijtimoiy vazifasi bolaning ta’lim-tarbiya olishga bo’lgan
huquqini amalga oshirish hisoblanadi. Zamonaviy maktab sharoitlarida bolalarning
ijtimoiy
pedagogik
himoyasi
quyidagicha
amalga
oshmoqda:
Maktab ma’muriyati, sinf rahbarlari, guruh tarbiyachilari, kam ta’minlangan oilalar
farzandalriga moddiy yordam, bepul ovqatlanish tashkil qilishadi. Sinf rahbarlarning
bolaning oiladagi holatini o’rganishadi. qiyin bolalar bilan alohida shug’ullanishadi.
Maktabda psixologlar bola qobiliyatlari va qiziqishlarini o’rganishadi.
Psixoterapevt va psixologlar ota-onalar va bolalarga maslahat berishadi va yordam
berishadi.
Maktabda mavjud bo’lgan sog’liqni saqlash xizmati maktab o’quvchilarini
tibbiy ko’rikdan o’tkazishadi, jismoniy tarbiya guruhlari tuzishadi, kuchsiz
bolalarga maxsus ovqatlanish tashkil qilishadi, karantin sinflarini nazorat qilishadi.
Maktabda ijtimoiy ishga maktab direktori yordamchilaridan biri rahbarlik
qiladi.
Tarbiya
ishlari
bo’yicha
direktor
o’rinbosari
maktabning
maktabgacha tarbiya muassasalari, turli hukumat tashkilotlari bilan aloqasiga katta
e’tibor
qaratadi.
Ota-onalar qo’mitasi ham o’z o’rnida tarbiyasi og’ir bilan ishlashga yordam beradi.
Turli davlatlarda ijtimoiy pedagog ishiga ikki yondashuv mavjud: u maktab bilan
hamkorlik qiladi yoki u maktabning shtatli hodimi hisoblanadi.
Maktab bilan hamkorlik qila turib ijtimoiy pedagog tez-tez maktabga borib turadi.
Ota-onalar va o’quvchilarning o’zaro munosabtlarining yaxshilanishiga yordam
beradi, dars qoldirish sabablarini aniqlaydi. U bolalar bilan qo’pol munosabatda
bo’lgan oilalarni, jismoniy va ruhiy nuqsonli bolalarni aniqlaydi. Bola yoki oilaga
yordam berish maqsadida bolaning uzoq davom etgan kasalligi sabablarini
surishtiradi, bola o’qishda ortda qolmasligi uchun u bilan uyda va kasalxonada
alohida shug’ullanadi. Bola tarbiyasidagi muammolarni xal qilish uchun
huquqshunos, shifokor, militsiya hodimlari xizmatidan foydalanadi.
Ko’pgina g’arbiy yevropa davlatlarida ijtimoiy pedagog maktabning shtatli
xodimi hisoblanadi. U ijtimoiy yordamga muhtoj bolalarni aniqlaydi. Bu bolalar
maktab kursini uzlashtirishga qobiliyati yetmaydigan bolalardir. Bu bolalar maktab
yoki oilada ruhiy tushkunlikni boshdan kechirishadi. Odatda bu bolalar voyaga
yetmaganlar ishlari bo’yicha komissiya ro’yxatida turishadi. Ba’zan bolalar va
ularning atrofidagilar bilan munosabatlarini oydinlashtirish yetarli yordam beradi.
ijtimoiy pedagog o’quvchining maktabdan tashqari vaqtini tashkillashtirib,
o’z tarbiyaviy ishini olib borishida ota-onalar bilan hamkorlik qiladi. Hamkorlik
yuzasidan seksiya, klublar, har xil mehnat, turistik bo’linmalar tashkil qiladi.
ijtimoiy pedagog pedagogik jamoaning tarbiyasi og’ir bolalar bilan ish olib borishini
tartibgs soladi. U maktab pedagogik jamoasiga doimiy tarzda sinfdagi psixologik
muhit to’g’risida axborot beradi. Aynan shu holat maktabda ijtimoiy ish olib
borishning rejasini tuzishda muhim ahamiyatga ega.
ijtimoiy pedagog maktabdan haydalgan bolalarga alohida e’tibor qaratishi
kerak. U ularni boshqa maktabga joylashtirishga, yangi jamoaga ko’nikishlariga
yordam ko’rsatadi. ijtimoiy pedagog dasr soatlari vaqtida noqonuniy ishlab yurgan
bolalarni aniqlaydi, ularning o’qish masalasini hal qiladi. U ko’p bolali oilalarning
barcha imtiyozlaridan foydalanishlari, bolalarning reabilitatsion markazlarga
qatnashlarini nazorat qiladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari va sinf rahbarlari
tumandagi oila va o’quvchilarni o’rganib chiqishadi. ijtimoiy yordamga muhtoj
bolalarga e’tibor berishadi, tarbiyasi og’ir bolalarni tarbiyalashda oilalarga yordam
berishadi.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari o’z faoliyatida to’garak, seksiya,
klublarni tashkil qilish, o’tituvchining o’quvchilar bilan indevidual ishlashini,
yashash joyida bolalar bilan konsultatsiya o’tkazish, alohida pedagogik e’tiborga
muhtoj
bolalar
bilan
ish
olib
borishni
nazorat
qiladi.
Alohida fanlardan dars beruvchi o’qituvchilar bolalarning qiziqishlarini o’rganib
chiqib, ularni turli to’garak va seksiyalarga jalb qilishadi. Maktabda turli tadbirlar
o’tkazishadi. Bu tadbirlarni o’tkazishda ota-onalar va sobiq o’quvchilar yordamidan
foydalanishadi, maktabga mashhur kishilarni chaqirishadi.
Maktab yoshidagi bolalarning asosiy ijtimoiylashtiruvchi omili bolalar
submadaniyatini shakllantiruvchi tengqurlar jamoasidir. ijtimoiy pedagog bu
hodisalarning funksiyalarini bilishi, ularning o’quvchilarning shaxsiy hislatlari va
ijtimoiy munosabatlarini rivojlantirishdagi o’rinlarini ko’ra olishi lozim.
Tengqurlar jamoasi va bolalar submadaniyati.
Bola ijtimoiylashuvining shartlaridan biri tengqurlar bilan munosabatga
kirishishdir. Bu munosabat bolalar bog’chasi guruhi, maktab sinflari, turli norasmiy
bolalar va o’smirlar birlashmalari kabi kichik guruhlarda shakllanadi. Bolalar va
o’smirlar guruhlarida tengdoshlar orasida fuknsional, emotsional shaxsiy
munosabatlar o’rnatiladi.
Funksional munosabatlar bolalar faoliyatining alohida sohalari (mehnat,
o’qish)da qayd etilgan bo’lib, kattalarning bevosita rahbarligi ostida guruhdagi xulqatvor normalarini o’zlashtirish orqali shakllanadi. Tengdoshlar guruhhining hamma
a’zolari ham yosh jihatdan teng bo’lmaydi. Bu guruhga har xil yoshdagi, biroq
umumiy qadriyatlar, munosabatlar tizimi yoki qiziqishlari bilan birlashgan bolalar
ham kirishi mumuikn. Tengdoshlar guruhi a’zolarining soni turlicha bo’lishi
mumkin. O’rtoqlar guruhida 2-3dan 5 gacha, og’aynilar guruhida 7-9 gacha,
assatsial guruhlarda 20 tagacha, rasmiy guruhlar-sinf, to’garak va boshqalarda 3040 tagacha a’zo bo’lishi mumkin.
Tengqurlar guruhi odatda a’zolarining hududiy yaqinligi asosida
shakllanadi. Tengqurlar guruhi individual qiziqishlarning mos tushishi, rasmiy
tashkilot(sinf,skautlar guruhi va boshqalar) borligi va guruh a’zolari urtasida shaxsiy
munosabatlar mavjudligi tufayli shakllanadi. Bu munosabatlar guruh a’zolarining
xarakter va o’zaro ta’sirlarida, shuningdek sinfda rollarni taqsimlashda namoyon
bo’ladi.
Birinchidan yetakchi ajralib chiqadi. Eksperimental tadqiqotlarda yetakchisi
bo’lmagan guruh aniqlanmagan. Sohaviy yetakchilar ham bo’lishi mumkin.
Masalan, aqliy, emotsional, ishbilanmon yetakchi bo’lishi mumkin. Tenqurlar
guruhini bir necha parametrlar bo’yicha tasniflashimiz mumkin:
Ijtimoiy tizimidagi yuridik maqomiga ko’ra tengqurlar guruhlari rasmiy,
ya’ni jamiyat tomonidan tan olingan, biror bir davlat yoki jamoat tashkiloti bilan
bog’liq bo’lgan guruhlar va norasmiy-o’z-o’zidan mavjud bo’lgan guruhlarga
bo’linadi.
ijtimoiy psixologik maqomiga ko’ra ular ikkiga bo’linadi, ya’ni mansublik
guruhi-uning haqaqiy a’zolari mavjud (sinf, sport klubi va boshqalar) va referent
guruhi- bunga inson mansub emas, biroq hayolan tayanadi.
Faoliyat yuritishning barqarorligi va uzoq muddatliligiga qarab doimiy,
vaqtinchalik hamda hodisaviy guruhlarga ajratiladi.
Hudud jihatidan ular hovli, mahalla yoki biror bir muassasa tarkibida faoliyat
yuritishlari mumkin.
Etakchilik borasida ular demokratik va avtoritar guruhlarga bo’linishadi.
So’nggi 10 yilliklarda tengqurlar guruhlari voyaga yetayotgan avlod
ijtimoiylashuvida eng muhim mikroomillardan biriga aylandi. Avvalgi davrlarga
qaraganda ularning o’rni ancha jiddiylashdi, bunga bir qator jarayonlar o’z ta’siri
ko’rsatdi.
Urbanizatsiya shunga olib keldiki, borgan sari ko’p bolalar, o’smirlar
shaharlarda yashashyapti va u yerda ko’proq tengdoshlar bilan muomala qilish
imkoniga ega bo’lishmoqda. bu muomalani kattalar to’liq nazorat qila olishmaydi.
Katta oilaning kichiklashuvi bir bolali va to’liqsiz oilalarning ko’payishi, oilalarning
noto’g’ri tashkillashtirilganligi bolalar uchun oiladagi emotsianal aloqalarning
yetishmovchiligini uydan tashqarida to’ldirish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Umumiy o’rta ma’lumot OAVlar shunga olib keladiki, voyaga yetayotgan avlod
o’zlarining savodxonliklari va madaniy rivojlanishlari darajasiga ko’ra ancha
tenglashib
qolishdi. SHuningdek,
bolalarning
tengqurlar
guruhlariga
birlashishlariga nafaqat kiyim-kechak yoki turmak, balki hayot tarzini ham belgilab
beruvchi moda ham ta’sir ko’rsatmoqda.
Bolalar, o’smirlar va o’spirinlar bir vaqtning o’zida bir necha bir-birdan
farqlanuvchi guruhlarga a’zo bo’lishlari mumkin. Rasmiy guruhlar (sinf, sport
to’garagi va boshqalar) bolalar ijtimoiylashuviga ular hayotiy faoliyatining
mazmuni, ularda shakllangan o’zaro munosabatlarning xarakteriga bog’liq ravishda
ta’sir ko’rsatadi. Norasmiy guruhlar bolalar, o’spirinlar va o’smirlar
ijtimoiylashuviga ularning tarkibi, yo’naltirilganligi yetkachilik turiga ko’ra ta’sir
ko’rsatishadi.
Turli yosh va ijtimoiy madaniy xususiyatlarga ega bo’lishiga qaramay
tengqurlar guruhining ijtimoiylashuvdagi funksiyalari universaldir. Birinchidan,
guruh a’zolarini shu jamiyat madaniyatiga o’rgatadi, ya’ni ularning xulq-atvorini
guruh a’zolarining milliy, diniy, mintaqaviy, ijtimoiy mansubligiga moslashtiradi.
Ikkinchidan, tengqurlar guruhlarida ijobiy xulq-atvorga o’rgatiladi. Bu ularga
namunaviy xulq-atvorlarni ko’rsatish, g’ayri ijtimoiy xulq-atvorlarga nisbatan chora
qo’llash orqali amalga oshiriladi. Uinchidan, tengdoshlar guruhlari bolalar, o’smirlar
va o’spirinlarning kattalar, xususan ota-onalar ta’siridan avtanomlashuvlari
jarayonida muhim o’rin tutadi. To’rtinchidan guruh o’z a’zolariga yosh
submadaniyatidan mustaqil bo’lish imkonini beradi.
O’rtoqlar va og’aynilar guruhlari kiyinish, yurish-turish borasida
tengdoshlar jamiyatiga mos bo’lishga harakat qilishadi. SHu bilan bir vaqtda o’z
mustaqilliklarini ham saqlashadi. YA’ni boshqa bolalarni o’z guruhlariga
qo’shmaslikka harakat qilishadi. Beshinchidan, tengdoshlar guruhlari bolalar
tomonidan o’z-o’zini anglash, o’z-o’zini belgilab olish masalalarini yechishga qulay
yoki noqulay sharoitlar yaratib beradi. Oltinchidan, guruh o’z a’zolari tomonidan
“ekologik chuqurlik” sifatida qabul qilinadigan spetsifik ijtimoiy tashkilot
hisoblanadi.
Guruhda emotsional va shaxsiy munosabatlar ham shakllanadi. Bolalar va
yosh o’smirlar guruhlarida emotsional munosabatlarning asosiy funksiyasi
tengqurlar xulq-atvorini umumqabul qilingan xulq-atvor normalariga moslashdir.
Bu holatda do’stlik rishtalari, simpatiya birinchi o’ringa ko’tariladi. Aslida ular
ontogenezda ancha avval paydo bo’lishgan. Agar maktabgacha yoshdagi bola ularga
amal qilsa, bu holat boshqa bolalar tomonidan ijobiy qabul qilinadi.
SHaxsiy munosabatlar guruhdagi o’zaro bog’liqlik bo’lib, bunda bir bola
xulq-atvorining sababi boshqa bola uchun shaxsiy ma’noga ega bo’ladi. SHaxsiy
munosabatlar bola atrofdagilar bilan munosabatda kattalar rolini bajarganda yorqin
namoyon bo’ladi.
Bolalar hamjamiyati bolalar submadaniyatining tashuvchisi hisoblanadi.
Bolalar submadaniyati–bu bolalarga jamiyatga ko’nikishlariga va o’z normalarini
yaratishlariga ko’maklashuvchi madaniy hudud va muomala doirasidir.
Bolalar submadaniyati bolaning ilk ijtimoiylashuvi vazifasini bajaradi.
O’smirlar, o’spirinlar submadaniyatining namoyon bo’lishiga ijtimoiy harakatning
yangi shakllarini tuzish kiradi. Bu ijtimoiy pedagog tomonidan to’g’ri qabul qilinishi
kerak. O’smirlar kichkina bolalardan ancha faollar va o’z o’rinlarini topishlari uchun
yangi faoliyat va xulq-atvor shakllarini qidirishadi. Biroq ular ancha tavakkalchi va
bunga tayyor emaslar. O’spirinlik davrining inqirozi ham ko’p borada yangi muqobil
faoliyat normalarini yaratishga bog’liq. SHuning uchun o’spirin-o’smir
submadaniyati nafaqat ijtimoiylashtiruvchi, balki konstruktiv ijodiy funksiyani ham
bajaradi. O’smirlar va o’spirinlar submadaniyatini kattalar olamidan ajratib turuvchi
omillar madaniy va texnologik o’zgarishlar, yolg’izlik OAVlarning qarama-qarshi
ta’siri, ijtimoiy muhitning beqarorligi bilan bog’liq. Bu hollarda o’spirinlar va
o’smirlar guruhlari turli g’ayri-ijtimoiy xarakatlarga intilishlari xam mumkin.
O’spirinlar va o’smirlar submadaniyati rivojlanishining ikki yo’nalishi
mavjud. Birinchisi u umumiy jihatlarga ega bo’lib, turli mintaqa va yo’nalishlarga
ajraladi. Ikkinchi yo’nalish yoshlar submadaniyatiga g’ayri madaniyatlarning
ta’siriga bog’liq. Bu holatda biz mavjud jamiyatning huquqiy asoslariga tajovuz
qilmaydigan, birq axloq umumqabul qilingan xulq-atvor normalariga qarshi
chiquvchi yoshlarni uchratishimiz mumkin. g’ayri madaniyatning borligi va uning
tarqalishi u yoki bu jamiyatning inqirozidan hamda insonlarning
qoniqmayotganligidan dalolat beradi.
Ijtimoiy pedagogning tarbiyasi og’ir o’spirinlar bilan ish olib borish
Maktab ijtimoiy pedagogikasining asosiy muammosi tarbiyasi og’ir
o’spirinlar hisoblanadi. 12-16 yoshli o’g’il-qizlar o’spirin hisoblanishadi. Bu davr
shaxs shakllanishi jarayonida nihoyatda katta ahamiyatga ega. SHu bilan birga ham
o’smirlar ham tarbiyachilar uchun qiyin davrdir.
O’spirinlik yoshida bolaning hayot sharoitlari va faoliyati ancha o’zgaradi,
ruhiyatining qayta qurilishi ro’y beradi. Tengqurlari bilan muomala qilishning yangi
shakllari paydo bo’ladi. Jamoada o’spirinning ijtimoiy maqomida o’zgarishlar ro’y
beradi,ota-onalar va ustozlar tomonidan unga talablar kuchayadi
Bu yoshda o’spirinning vaqtinchalik oila va maktabda ruhiy ajralishi sodir
bo’ladi. O’spirinning shakllanishida ota-onaning ahamiyati pasayadi. Odatda u
rasmiy jamoa va norasmiy muomala guruhini tanlash bilan band bo’ladi va oxir
oqibat o’zini qulay sezadigan, unga hurmat bilan munosabatda bo’linadigan guruhni
tanlaydi. Bu sport, texnika to’garagi bo’lishi mumkin. SHu bilan birga bu guruh
o’smirlar yig’ilishib, ichib-chekib o’tirishadigan yerto’la ham bo’lishi mumkin.
Bu yoshda o’spirinlarning kattalar xususan ota-onalar bilan muammolari
paydo bo’ladi. Ota-ona o’z farzandiga yosh bolaga bo’lganday qarashadi, bola esa
bu g’amxo’rlikdan chiqib ketmoqchi bo’ladi. SHuning uchun uning kattalar bilan
munosabatida ko’p nizolar kelib chiqadi, bolada kattalar fikrlariga tanqid bilan
qarash kuchayadi. Kattalar bilan munosabatlar xarakteri ham o’zgaradi: bo’ysunish
pozitsiyasidan bola tenglik pozitsiyasiga o’tmoqchi bo’ladi. Bir vaqtning o’zida
tengdoshlar bilan ham o’zaro munosabatlarning xarakteri o’zgaradi. O’zpirinda
kattalik xissi tug’iladi va xissiyot mustaqil bo’lishga intilish, kattalarning xohish
istaklariga qarshi chiqishda namoyon bo’ladi. Kichkina bolaga qaraganda
o’spirinning qiziqishlari ham ancha o’zgaradi. Ijodiy faoliyatga intilish bilan bir
qatorda o’spiringa qiziqishlarning beqarorligi ham xosdir.
SHunday qilib o’spirinlik yoshining quyidagi o’ziga xos xususiyatlarni
ajratsak bo’ladi: emotsional voyaga yetmaganlik, o’z xulq-atvorini to’liq nazorat
qila olmaslik, o’z ehtiyojlarini qondirish uchun imkoniyat va xohishlarini to’g’ri
baholay olmaslik, katta bo’lishga intilish.
O’spirin yetarlicha voyaga yetgan shaxs emas. U insonning eng muhim
xislatlari va jihatlari shakllanishi bosqichida bo’lgan shaxsdir. Bu bosqich bolalik va
kattalik o’rtasidagi davrdir. SHaxs hali o’zini katta deb hisoblashi uchun yetarli
rivojlanmagan, biroq shu bilan birga atrofdagilar bilan munosabatga kirishishi va
o’z harakatlarida ijtimoiy norma va qoidalar talablariga amal qilishi uchun yetarli
rivojlangan.
O’spirin aqlli qarorlar qabul qilishga ongli harakatlar sodir etishga va ular
uchun axloqiy va huquqiy jihatdan mas’ul bo’lishga qodir. SHuni ta’kidlash joizki,
o’spirin o’z xatti-harakatlari uchun huquqiy javobgarlikka tortiladigan shaxsdir.
Garchi qonun voyaga yetmaganlarning ijtimoiy psixologik rivojlanishini inobatga
olib, ular uchun cheklangan javobgarlikni belgilasa ham katta o’spirinlik va
o’smirlik davrini shaxsiy javobgarlik bilan xarakterlanadigan yosh deb qabul qilsak
bo’ladi.
Tarbiyasi og’ir o’spirinlar jismoniy jihatdan sog’-salomatdirlar, biroq
ularning ta’lim-tarbiyasi buzilgan. Ular o’z tengdoshlaridan o’qishda ortda
qoladilar, chunki ularda xotira, tafakkur va tasavvur xislari yaxshi rivojlanmagan.
Garchi ular o’zlariga qiziqarli narsani bajarishsa ham ular mehnat qilishni
yoqtirishmaydi, o’zlarini biror ishni bajarishga majbur qila olmaydi, ular tizimli
shug’ullana olishmaydi. Tarbiyasi og’ir o’spirinlar maktab intizomi va tartibini
buzishadi, o’qishni xohlashmaydi, o’qituvchilar, tengdoshlar, ota-ona bilan
nizolashadilar. Maktabni tashlab ketishadi, o’zlarini omadsiz deb bilishadi, ular
daydilik qilishadi, spirtli ichimlik, giyohvand moddalar iste’mol qilishadi,
huquqbuzarliklar sodir etishadi. Aynan o’spirinlar jismoniy yoki jinsiy zo’rlik
oqibatida o’z jonlariga qasd qilishadi.
O’spirinlarning pedagogik jihatdan tarbiyalanmaganliklari ijtimoiy
pedagogik hodisa bo’lib, oilaviy va maktab tarbiyasining kamchiligidir, maktabdan
tashqari tarbiya ishining qoniqarsiz yo’lga qo’yilganligi natijasidir. Amaliyotda
isbotlanganidek o’spirinni o’rab turgan bu mihit shakllari odatda ijtimoiy pedagogik
darajalari, yo’nalishlari, o’spiringa ta’sir qilish jihatidan turli bo’ladi. Agar oila,
maktab, maktabdan tashqari muassasada bolani tarbiyalovchi omillarni boshqarsa,
ko’cha-ko’yda ularni boshqarib bo’lmaydi. Bu tarbiya jarayonida aks etmasligi
mumkin emas. CHunki o’spirinlar bo’sh vaqtlarining aksariyati aynan ko’chada
o’tkazishadi. U yerda ularning muomalasi, ya’ni eng muhim ijtimoiy ehtiyojlaridan
biri shakllanadi. O’quvchi o’spirinlar uchun asosiy faoliyat bu o’qishdir. Biroq
o’qish tarbiyasi og’ir o’spirinlar uchun o’qituvchilar va tengqurlarining hurmatini
qozona olish vositasi emas. SHuning uchun ular o’zlariga muhim bo’lgan faoliyatni
maktabdan tashqarida izlashadi. Aynan shu yerda, o’zi kabi o’spirinlar davrasida
ularga yomon xislatlar va qo’pollik uchun tanbeh berishmaydi, aksincha bu
kamchiliklarni kattalik alomati deb bilishadi.
Biroq hozirgi kunda maktabda, yashash joylarida bolalar bilan birgalikda
ijtimoiy ish olib borish amaliyoti paydo bo’lmoqda. Bu faoliyat mikrotuman va
maktabda ta’lim-tarbiya ishlarini olib borishning yagona rejasi bo’yicha maktab va
barcha ijtimoiy xizmatlarni bolalar tarbiyasi va himoyasi muammosini yechish
uchun birlashtiradi. yagona reja buiycha ish yuritish maktab pedagogik jamoasining
faoliyatini tubdan o’zgartiradi. Pedagoglar maktabdan tashqari bolalar muassasi,
sinf rahbarlari, guruh tarbiyachilari faoliyatiga qo’shilishadi va ular bilan yaqin
hamkorlikda bo’lishadi.
Bu faoliyatda asosiysi bola hisoblanadi, shuning uchun pedagogik jamoa
faoliyati maktab devorlari ichida qolib ketmaydi, ular bolaga, oilasiga, bolalar
birlashmalariga, tengdoshlar muhitiga murojaat qilishadi.
Download