Qiziqarli matematik bellashuv 1. 4 ta 2 dan har xil matematik amallardan 9 chiqarib bering. 2. Nok daraxtining 4ta shoxi bor va uning har bir shoxida yana 4 ta mayda shoxchalari bor har bir mayda shoxchada 4 tadan mevasi bor diqqat savol daraxtda nechta olma mevasi bor?? 3. Shifokor bemorga 30 daqiqa oraliq bilan 3 ta ukol olishni belgiladi. Hamshira ukol qilishni soat 8:30 da boshlasa, bemor soat nechida ukollarni to’liq olib bo’ladi? 4. Itning bo’yniga 3 metr keladigan arqon bog’langan edi, lekin it to’g’ri yo’nalish bilan 5 metr yura oldi. U bunga qanday erishdi? 5. Qaysi holatda 2 ga qarab, 10 deymiz? 6. Sinfda 30 ta o`quvchi o`qiydi. Ulardan 20 tasi rus tilini 18 tasi esa ingliz tilini biladi demak sinfda nechta bola 2 ta tilni biladi. 7. Beshta 1 yordamida qanday qilib 100 sonini hosil qilsa bo`ladi. 8. Bu sonlar orasiga + yoki – ni shunday qo`yingki javob to`g`ri chiqsin: 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 =1 9. 4 ta 5 raqamidan qanday qilib 100 sonini hosil qilish mumkin?? 10. Oqila qog’ozga 86 sonini yozib, dugonasidan “ushbu sonni qog’ozda hech narsani o’chirmasdan, bo’yamasdan va chizmasdan 12 ga oshira olasanmi” deb so’radi. Dugonasi buni eplay oldi. Qanday qilib?