Uploaded by maxmudjonovm970

335-Article Text-429-1-10-20230605

advertisement
✓ инфратузилма билан таъминланган ҳудудларда бўш ер участкаларининг
етишмаслиги;
✓ девелоперлик
майдончасини
инфратузилма
билан
таъминлаш
харажатларининг ўсиши;
✓ лойиҳани амалга оширишнинг узоқ муддати туфайли бозорнинг
ўзгарувчанлиги ва прогнозлашдаги қийинчиликлар;
Инвестицион жозибадорликни ва бозор қийматини ошириш мақсадида
девелопмент-кўчмас мулк объектларининг иқтисодий, ҳуқуқий ва жисмоний
жараёнларини сифатли бирлаштириш асосида кўчмас мулк бозорини ривожлантириш
функциясини бажаради. Шундан келиб чиққан ҳолда айтиш мумкинки,
мамалакатимизда кўчмас мулк бозорида девелоперлик фаолиятини янада чуқурроқ
ўрганиш ва бу соҳада илмий тадқиқотлар олиб бориш талаб этилади.
Фойдаланилган адабиётлар:
1. Абдуханова Н.Г., Ибрагимова А.Ф., Галимова Д.Р. Социально-экономическая
эффективность реализации девелоперских проектов // Российское предпринимательство 2017г. №23
2. Абдуханова Н.Г., Мухаметвалеева Р.Р. Девелопмент в инвестиционно-строительном
комплексе // Российское предпр
3. Filin S. A., Мarushkina V. A. Specifics of evaluating the efficiency of development investment
projects. National Interests: Priorities and Security. 2017. Vol. 13, no. 11. P. 2112–2131. DOI:
10.24891/ni.13.11.2112
4. Долгов М. А., Круглякова В. М.,
Девелопмент в строительстве как форма
инвестиционной деятельности на рынке недвижимости. Вестник ВГУ. Серия: Экономика и
управление. 2020. № 4
5. Котляров М. А. Основы девелопмента недвижимости. М. : Юрайт, 2020.
MAMLAKATIMIZDA DON VA DON MAHSULOTLARI BOZORINING
BUGUNGI HOLATI VA ISTIQBOLI
Boyjigitov Sanjarbek Komiljon o’g’li SamISI, “Marketing” kafedrasi assistenti
Zamon rivojlanishi, insonlar ongining kamol topishi oqibatida jamiyatda juda katta
o’zgarishlar sodir bo’ladi. O’zgarishlarni amalga oshirish uchun esa tadqiqotlar olib borish
kerak. Barcha sohalar kabi marketingni ham rivojlantirish, uning yangi sohalarini va
imkoniyatlarini ochib berish uchun ham har bir korxona va tashkilot o’z ravnaqi uchun
tadiqoqtlarni olib borishadi. Marketing tadqiqotlari korxonaning bugungi kundagi holati va
kelajakdagi imkoniyatlarini belgilab olish maqsadida aniq reja va dasturga asoslangan
tadqiqotlarni olib borish tizimidir [1].
Marketing tadqiqotlarini olib borish natijasida korxonaning yoki bozorning aniq
iste’molchilarini aniqlash yoxud ularning xoxish istaklarini belgilab olinadi. Bunda korxona
mahsulotlarining aniq iste’mol bozoriga yo’naltirilganligi namoyon bo’ladi.
Ayniqsa, bugungi kunda mamlakat aholisining soni oshib borishi oziq-ovqat
mahsulotlariga bo’lgan talabni 2 yoki 3 martaga oshiradi. Zero, xalqimiz don va don
mahsulotlarini qadrlaydilar, ularni ko’zlariga surtadilar. Xalqimiz dasturxoning asosiy oziqovqat mahsuloti ham dondir. Don – bu rizq-ro’zimiz hisoblandi. Donni yetishtirish, uni saqlash
va qayta ishlash mustaqillik yillaridan mamlakatimizda sanoat darajasigacha ko’tarilgan.
O’zbekistonda bugungi kungacha yetishtirilgan don mahsulotlari to’g’risida quyidagi jadval
ma’lumotlari asosida tanishishingiz mumkin:
57
1-jadval
O‘zbekiston Respublikasida barcha toifaladagi xo‘jaliklarda 2012-2022 yillar
davomida yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlari to‘g‘risida (ming tonna)
Mahsulot
2012 2013 2014 2015 2016
turi
Don va
dukkakli
1
don
7519,5 7807,8 8050,5 8173,5 8261,3
ekinlari jami
1.2
bug‘doy
6612,2 6842,0 6956,0 6964,7 6934,9
1.3
arpa
141,4 135,8 139,6 151,6 167,4
1.4
javdar
makka1.5
328,1 360,1 411,6 439,6 491,9
jo‘xori
1.6
oq jo‘xori
1.7
tariq
1.8
suli
1.9 marjumak
1.10
sholi
325,7 340,2 356,1 425,7 452,0
dukkakli
1.11
don
46,7
62,4
70,7
76,4
98,4
ekinlari
1.12
no‘xat
1.13
loviya
1.14
yasmiq
Manba. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/agriculture-2
№
2017
2018
2019
2020
2021
2022
7288,5 6535,5 7437,8 7636,0 7634,6 7994,9
6079,2 5410,8 6093,5 6157,8 5984,8 6191,0
134,3 111,8 133,5 161,5
95,8
x
0,7
0,8
5,2
3,8
x
389,4
413,2
421,3
475,3
590,0
624,3
395,4
21,1
54,5
1,3
0,1
221,1
14,7
104,3
1,7
0,6
314,7
19,0
99,1
1,9
0,02
293,5
22,1
99,8
53,7
0,2
334,2
x
x
x
x
346,3
212,5
260,0
339,6
401,6
439,8
501,4
37,5
34,2
65,1
72,2
2,1
huzuridagi Statistika
23,9
77,3
0,01
agentili
29,7
x
73,7
x
0,2
x
ma’lumotlari.
Yuqorida keltirilgan jadval ma’lumotlari asosida shuni aytish mumkinki, don
mahsulotlari bozorning o’sishi yildan-yilga o’sib bormoqda. Bu esa, aholi sonining o’sishi,
mamlakatimizga kirib keluvchi aholining ko’payishi omillarini taqazo etadi. Bu omillarning
o’sib borishi don mahsulotlariga bo’lgan talabning ortib borishini bildiradi. Soha vakillariga
esa, yanada kuchliroq sifatli xom ashyo va tovarlar bilan bozorlarni to’ldirish va iste’molini
ta’minlash kabi vazifalarni zimmasiga yuklaydi.
Ayniqsa, bozorning rivojlanish tendensiyalarini bashorat qilishda marketing xizmati
bo’limi, bo’limda faoliyat olib borayotgan marketolog xodimlarning o’rni, xodimlarning
marketing tahlillarini bajarishdagi o’rni ham beqiyosdir.
Bozorni tadqiq qilishda yuqorida keltirilgan jadval ma’lumotlarini tahlil qilish asnosida
bozorning kelgusidagi rivojlanish tendensiyalarini aniqlashga va bilishga harakat qilamiz.
Shu o’rinda don mahsulotlari tarkibiga kiruvchi bug’doyning kelgusi yillardagi o’zgarish
tendensiyasini MS EXCEL dasturi orqali kelgusi yillardagi prognoz parametrlarini ishlab
chiqamiz.
Mamlakatimizda 2012-2022 yillar davomida yetishtirilayotgan
bug’doy hajmi (tonna) [2]
Yillar
bug‘doy
2012
2013
2014
2015
2016
2017
2018
2019
6612,2 6842,0 6956,0 6964,7 6934,9
6079,2
5410,8
6093,5
2020
2-jadval
2021
2022
6157,8 5984,8 6191,0
2012-2022 yillar davomida yetishtirilayotgan bug’doyning hajmi deyarli bir xil
tendensiya asosida rivojlangan. Ushbu tendensiyasini kelgusi yillardagi o’sish yoki kamayish
holatini ko’rib chiqsak.
58
Yuqorida keltirilgan diagramma asosida shu ma’lum bo’ldiki, 2023-2025 yillar davomida
yetishitiladigan bug’doy hajmi, prognoz parametrlari keltirilgan. Ushbu prognoz quyidagi
funksiya orqali amalga oshirildi [3]:
y = 0,2895x6-11,21x5+167,25x4-1194,6x3+4109,2x2-6103,5x+9679,9
Ushbu funksiya orqali keyingi yillar uchun prognoz parametrlarini ishlab chiqishda
foydalanildi. 2022 yil yakuni bo’yicha 6191,0 tonna bug’doy yetishtirilgan bo’lsa, 2023 yil
so’nggiga kelib bu ko’rsatkich 7025,5 tonnani tashkil qilishi bashorat qilindi. Bu esa, ushbu
sohada faoliyat olib borayotgan korxonalar zimmasiga ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish,
mahsulotlar hajmini to’g’ri taqsimlash, marketing imkoniyatlaridan to’g’ri foydalangan
holatda maqsadli bozorlarni egallash, xorijiy bozorlarga tovar va mahsulotlari bilan kirib
boorish kabi vazifalarni yuklaydi.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, mamlakat iqitisodiyotida sanoat tovarlarining
ulushi oshirishm, sanoat tovarlari uchun xomashyoni maqsadli va maqbul yetkazib berish
hamda ta’minlash bilan bog’liq ishlarni bajarish, ishlab chiqarish korxonalari tarkibiy
tuzilmasini mukammallashtirish, tarkibiy tuzilma bo’limlar faoliyatini tizimlashtirish va
avtomatlashtirish, bo’lim xodimlarining malaka va ko’nikmalarini oshirish bugungi kundagi
dolzarb va muhim masala hisoblanadi.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar, qayta ishlangan axborotlarning o’ziga xosligini
o’rgangan va tahlil qilgan holatda quyidagi taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi:
- Don va don mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalar faoliyatini yanada
takomillashtirish, uning imkoniyatlarini oshirib boorish;
- Korxonalar ishlab chiqarish quvvatini yetishtiriladigan bug’doy prognozlariga mos
qilib texnik va texnologik ko’rikdan o’tkazish;
- Don va don mahsulotlarini, ayniqsa, bug’doyni aholining o’sib borishi bilan uni
yetishtirish ko’lamini ham oshirish;
- Bug’doyni yetishtirishda marketing tadqiqotlarini olib boorish asosida aholi ehtiyojlari
hamda import hajmini o’rgangan holda bajarish;
- 2023 yil so’nggiga kelib, 7025,5 tonna bug’doyni yetishtirish chora-tadbirlarini ishlab
chiqish va ochiq bozor mexanizmlari orqali sotishni yo’lga qo’yish va boshqalar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. Рольбина Е.С. Маркетинговые исследования, сегментация, позиционирование: учебное
пособие / Е.С. Рольбина. – Казань: Изд-во КГФЭИ, 2011. – 244 с.
2. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlari asosida muallif
ishlanmasi.
59
Download