Uploaded by yusufmavlonov99

Mahsulot sifatini nazorat qilishning magnitli usuli

advertisement
Mahsulot sifatini nazorat qilishning magnitli usuli.
Raqobat muhitida korxonaning bozordagi barqaror mavqei uchun
mahsulot
sifatini yaxshilashga eng kam xarajat evaziga erishish kerak
va sifat tizimlari ushbu jarayonni boshqarishning ishonchli va samarali
vositasi bo'lishi kerak. Sifatni yaxshilash bo'yicha tadbirlarni tashkiliy
maqsadlar bilan o'zaro bog'lash uchun sifat
xarajatlari ma'lumotlar
bazasidan foydalanish mumkin. Putur yetkazmasdan nazorat qilishdagi
magnit kukunli usul tekshiriluvchi obʼektni nuqsonli joyida magnit
zarrachalarni tortilishiga asoslangan. Ferromagnit magerialdan
tayyorlangan, magnitlangan mahsulotlardagi nuqsonlar magnit oqim
yoʼnalishini oʼzgartirib yuboradi. Mahsulotni tashqi yuzasida magnit
qutblar paydo boʼlib, magnit kukun zarrachalarini oʼziga tortadi va
natijada nuqson joyi koʼrinib qoladi.
Magnit kukunli usul boshqa usullarga nisbatan katta ahamiyatga
ega. Bunga sabab yuqori sezgirlik nuqsonlarga nisbatan oddiy va nazarat
natijalari universal darajada boʼladi. Nuqson magnit maydonidagi magnit
zarrachaga nuqson joyiga tortuvchi kuch taʼsir qiladi.
Ushbu kuch taʼsirida zarrachalar siljib, nuqson atrofida valik hosil
boʼladi. Nuqsonni aniqlash darajasi ishlatilingan zarrachalar oʼlchamlari
va magnit xossalariga bogʼliq. Detallarni magnitlash nazoratni asosiy
jarayonlaridan biri. Magnitlash usulini toʼgʼri tanlash sezgirlik va
nuqsonni aniqlash imkoniyatiga katta taʼsir qiladi. Magnit kukunli usulda
magnitlashni uchta usuldan foydalaniladi:
1. Sirkulyar
2. Qutbli
3. Аralash
Qutbli usulda magnitlash jarayoni oʼzgarmas magnit yoki
elektromagnit yordamida amalga oshiriladi. Nazorat rejimi boshqariladi.
Doimiy magnitlar yoki elektromagnitlar koʼpincha tekis detallarni nazorat
qilishda ishlatilinadi. Ushbu usulda koʼndalang joylashgan nuqsonlar
aniqlanadi.
1
Aralash magnitlash
Magnit kukunli usul quyidagi jarayonlardan iborat:
1) obʼekt yuzasini nazoratga tayyorlash;
2) magnitlash jarayoni;
3) magnit kukuni yoki suspenziyani surkash;
4) defektogrammalarni olish;
5) nuqsonni aniqlash;
6) nomagnitlash;
Magnit kukunni tenshiriluvchi obʼektga surkash ikki usul bilan
bajariladi: quruq va hoʼl. Quruq usulda quruq magnit kukuni ishlatiladi.
Ushbu usul gʼadir-budir yuzali detallarni nazorat qilishda tavsiya etiladi.
Zarrachalar oʼlchamlari 0,1....10 mkm. Hoʼl usulda dispersiya muhitdagi
magnit kukunlar aralashmasi, yaʼni magnit suspenziyalar ishlatiladi.
Magnit kukunlar aniq magnit xossalarga ega boʼlishi kerak: magnit
singdiruvchanligi yuqori va oʼlchamlari iloji boricha 0,1 mkm boʼlishi
lozim. Koʼpincha qora magnit kukun Fe3O4 qoʼllaniladi. Nazorat
imkoniyatini turli rejimlarda solishtirish uchun sezgirlikni uchta darajasi
ishlatilinadi.
Sezgirlikni
shartli darajasi
A
B
V
Sun’iy nuqson o’lchamlari, mkm
Kengligi
Chuqurligi
2,5
25
10
100
25
250
B - asosiy daraja; А - maʼsuliyatli detallar uchun; V - nazoratni
boshlangʼich bosqichida qoʼllaniladi.
Bunda quyidagi magnit kukunli defektoskoplardan foydalaniladi:
Statsionar defektoskoplar-UMDE-10000, UMDE-2500, MD-10P, MDS2
5, MDS-1,5. Siljuvchi defektoskoplar - MD-50P, DMP-3M, DMP-2.
Olinuvchi defektoskoplar - GTMD-70, 77PMD-3M.
Magnitli grafik usuli
Magnit grafik usulda nuqsonlar indikatori sifatida magnit lenta
qoʼllaniladi. Usulni yuqori sezgirligi magnit lenta bilan nuqson
maydonini oʼzaro taʼsiri orqali aniqlanadi. Masalan, magnit lenta bilan
aniqlangan minimal maydon kuchlanganligi 40 А/sm ga teng, magnit
kukunli usulda esa 160 А/sm . Usul sezgirligini magnit lenta sezgirligi
ortishi tufayli oshirish mumkin. Ushbu usulda mahsulotlar maxsus
elektromagnitlar yoki sirkulyar magnitlash usuli bilan magnitlanadi.
Ichkarida joylashgan nuqsonli detallar oʼzgarmas tok bilan, yuzada
joylashgan nuqsonli detallar esa - oʼzgaruvchan yoki impulьs tok bilan
magnitlanadi. Ushbu usulga asoslangan zamonaviy apparatura 20-25 mm
chuqurda joylashgan 10-15% li nuqsonlarni aniqlab bera oladi.
Magnit grafik usul 4 asosiy operatsiyalardan iborat:
1) mahsulotni nazoratga tayyorlash;
2) tekshiriluvchi qismga maxkamlangan magnit lenta bilan
mahsulotni magnitlash, magnit lentaga nuqson maydonini yozish;
3) magnit grafik defektoskop yordamida yozuvni tiklash.
4) Natijalar orqali nuqsonlarni aniqlash.
Nazoratda sifatli natijalar olish uchun nazorat rejimini
oʼzgartirmaslik lozim, yaʼni mahsulotda kerakli induktsiyani yaratish.
Masalan, 10% li ichki nuqsonli poʼlat ST3 dan tayyorlangan mahsulot
uchun nuqson zonasida induktsiya 1,72 Tl ga teng boʼlishi kerak, 14xGG
poʼlatda – 1,6 Tl. Nazorat rejimlarini hisoblash uchun nomogrammalar
ishlatilinadi. Magnit grafik defektoskopini ishlash printsipini universal
qurilma MDU-2U blok sxemasida koʼrib chiqamiz
3
Magnitli grafik defektoskopning blok-sxemasi
1 - ҳисоблаш блоки; 2 - дастлабки кучайтиргич; 3 - импульсли
индикация канали кучайтиргичи; 4 - кўриниш индикация канали
кучайтиргичи; 5 - нур ости импульслар кучайтиргичи; 6 – сатрли
развёртка генератори;
7 - кадрли развёртка генератори; 8 - таъминлаш блоки; 9 электрон нур трубкаси;
Hisoblash bloki 1 barabandan iborat boʼlib, unda ikkita magnit
golovkalar joylashtirilgan. Baraban oʼqida fotoelektron tizim
maxkamlangan. U signallarni sinxronizatsiya qiladi. Signallar koʼrinish
va impulьs indikatsiya kanallariga boʼlinishidan oldin dastlabki
kuchaytirgich 2 blokida kuchaytiriladi. Impulьs indikatsiya kanalida 3
signallar kuchaytirilgandan soʼng elektron nur trubka gorizontal
plastinkalariga 9 yuboriladi. Trubkani ushbu qismida nuqsonlar
indikatsiyasi impulьslar shaklida koʼrinadi. Koʼrinish indikatsiya kanali 4
signallarni qora polosalarga oʼzgartiradi, yaʼni nuqson borligini
koʼrsatadi. Kanal 4 chiqishidan modullangan signallar trubka 9 ni
boshqaruvchi yuqori qismiga yuboriladi. Ekranda nuqsonni televizion
tasviri koʼrinadi. Satrli va kadrli razvyortka generatorlari 6 va 7 arrasimon
kuchlanishni trubka plastinalariga yuboradi. MDU-2U defektoskoplardan
tashqari boshqa defektoskoplar ham mavjud:
4
MD-9-10% li ichki nuqsonlarni aniqlovchi, impulьs indikatsiyali
defektoskop.
MD-10IM - yarim oʼtkazgich elementlarda brjarilgan universal
dnfektoskop.
Magnit grafik qurilma 9.140 - avtomatlashtirilgan defektoskop. U
asosan poʼlat mahsulotlarni nazorat qiladi. Tezligi 0,5 m/s.
Nazoratning magnitli ususli.
Har qanday moddalar u yoki bu darajada magnit xossalarga ega.
Magnit xossalar, birinchidan magnit maydonda joylashgan jismga shu
maydon yaratuvchi kuch taʼsir qilsa, ikkinchidan, agar maydonga har
qanday jism joylashsa, u oʼzgaradigan kabi xodisalarda oʼz oʼrnini
bildiradi. Jism yoki moddalarni magnit xossalari magnit singdiruvchanlik
µ bilan ifodalanadi.
Bu kattalikni miqdori boʼyicha hamma moddalar uch guruxga
boʼlinadi:
- diamagnetiklar (µ<1)
- paramagnetiklar (µ>1)
- ferromagnetiklar (µ>>1)
Nazoratni magnit usullari qisman yoki butunlay ferromagnit
materiallardan tayorlangan obʼektlar uchun qoʼllaniladi va ular magnit
maydon taʼsirida oʼz xossalarini oʼzgartiradi. Magnit maydon tokli
oʼtkazgichlar va doimiy magnitlar yaqinida paydo boʼladi, unga tegishli
boʼlgan asosiy xarakteristika magnit induktsiya vektori:
F = BS cosa ;
F - magnit oqim;
V - magnit induktsiya vektori;
S - berk kontur yuzasi;
α - maydon yoʼnalishi va kontur orasidagi burchak.
Magnit maydonni boshqa muhim xarakteristikasi - bu kuchlanganlik
vektori:
B = m0mH ;
m0 -magnit doimiysi;
m -materialni nisbiy magnit singdiruvchanligi;
N- magnit maydon kuchlanganligi, А/m;
V- magnit maydon induktsiyasi, Tl.
Temir va uning qotishmalarini uning struktura, faza tarkibi, plastik
deformatsiya darajasi boʼyicha keng chegaralarda oʼzgarishi mumkin.
Temir asosida qotishmalar tarkibi ferromagnit (ferrit) va noferromagnit
(austenit) fazalarga ajraladi. Temirning nouglerod qotishmalari va
5
austenit poʼlatlar odatda paramagnit hisoblanadi. Ular kam miqdorda
ferritdan iborat, shuning uchun magnit toʼyindirishga katta magnit
maydonlar talab qilinadi (N=106 А/m gacha). Kichik va oʼrta legirlangan
poʼlatlar uchun N≈105 А/m. Buzmasdan nazoratda barcha magnit usullar
magnitlangan ferromagnetikdagi nuqsonlar orqali maydon oʼzgarishini
aniqlashga asoslangan. Quyidagi 1 yuzada joylashgan nuqson (kengligi b
va chuqurligi h) atrofidagi tipik maydon tarqalishi Ft koʼrsatilgan.
Magnitlangan ferromagnetikdagi nuqsonlar orqali maydon
o’zgarishi sxemasi
Ft miqdorga quyidagilar taʼsir qiladi:
- tashqi magnit maydon kuchlanganligi, Н0;
- materialni (TO) magnit xossalari, Vτ;
- mahsulotni oʼlchami va shakli;
- nuqsonni oʼlchami, shakli va xarakteristikalari;
Shunday qilib nuqsonni yoʼq qismi uchun:
Magnit o’zgartirgichlar
Ferromagnit mahsulotlar sifatini aniqlashda, magnit maydonlarni
oʼlchash va indikatsiyalashda oʼlchov oʼzgartirgichlar qoʼllaniladi. keng
tarqalgan oʼzgartirgichlar qatoriga induktsion, ferrozond, xoll va
magnitrezistor oʼzgartirgichlar kiradi. Magnitgrafik va magnit kukun
qurilmalarda turli magnit lentalar va kukunlar qoʼllaniladi. Magnit
maydon kuchlanganligini oʼzgartiruvchi eng oddiy oʼzgartirgich bu
passiv induktsion oʼzgartirgich boʼlib, u elektromagnit induktsiya
printsipida ishlaydi. Oʼzakli induktsion oʼzgartirgichlar yuqori
sezgirlikka ega boʼladi. Passiv induktsion oʼzgartirgichlarga nisbatan
ferrozond oʼzgartirgichlar aktiv qurilmalar turiga kiradi. Ulardagi
jarayonlar ikkita maydonlarni oʼzaro taʼsiriga bogʼliq tashqi va
choʼlgʼamlar birida oʼtayotgan tok orqali hosil boʼlayotgan qoʼshimcha
6
yordamchi maydon. Ferrozondlar turlari nihoyatda koʼp, lekin buzmasdan
nazoratda differentsial ferrozondlar keng tarqalgan. Oʼzgaruvchan tok
bilan taʼminlangan ferrozond polimerlarda ikkalaoʼzaklardagi birlamchi
choʼlgʼamlar differentsial ulangan, oʼlchovchi choʼlgʼamlar esa ketmaket. Ferrozond-gradientometrlarda teskarisi.
Ferrozond-polemer (a) va ferrozond-gradientomer(b)
Аmaliyotda ikkita bir xil oʼzak va choʼlgʼamlarni tayyorlab
boʼlmaydi. Shuning uchun chiqishdagi EYuK ga ega boʼladi. Ularni
ayrim texnik xarakteristikalari:
- Polimer sezgirligi – 19;
- Gradientometr sezgirligi – 3,5;
- Ishchi chastota – 100, 130 kGts;
- Oʼzak uzunligi – 2 mm;
- Oʼzak diametri – 0,1 mm;
- Ferrozondni ishchi qismi diametri – 5 mm.
Xoll oʼzgartirgichlari magnit maydonda joylashgan Lorens kuchi
taʼsirida metallar va yarim oʼtkazgichlardagi tok tashuvchilarni harakati
oʼzgarishi natijasida hosil boʼlgan EYuK printsipida ishlaydi.lari
keltirilgan
7
Xoll o’zgartirkichi ishlash sxemasi Sanoatda asosan kremniy (Si),
germaniy (Ge) va arsenid galliy (GaAs) dan tayyorlangan Xoll
oʼzgartirgichlari chiqariladi. Magnit rezistorlarda Gauss effekti
qoʼllaniladi. Bunda oʼtkazgich yoki yarim oʼtkazgich magnit maydonga
joylashtirilsa, ularni qarshiligi oʼzgaradi. Bu oʼzgartirgichlar
yuqorisezgirlikka ega boʼlgan materiallardan tayyorlanadi: indiy arsenidi
(InAs), germaniy (Ge), telluriy (HgTe), simob selenidi (HgSe) va xokozo.
Magnit rezistorlar yuqori oʼtish koeffitsientiga ega. Shuning uchun ular
kuchli magnit maydonlarni oʼlchashda qoʼllaniladi.
8
Download