O‟ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‟RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI FARG‟ONA DAVLATUNIVERSITETI FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI “5110700-INFORMATIKA O‟QITISH METODIKASI TA`LIM YO‟NALISHI” 14.05 guruh talabasi Mamasiddiqova Shohsanam Xoshimjon qizining Informatika va axborot texnologiyalari fanini elektron darsliklardan foydalanib o‟qitish texnologiyasi mavzusidagi BITIRUV MALAKAVIY ISHI ILMIY RAXBARI: Axborot texnologiyalari kafedrasi o‟qituvchisi: V Jo’rayev. FARG‟ONA – 2018. Bitiruv mаlаkаviy ish kаfеdrаning 2018 yil __-_ _ dаgi yig‟ilishidа muhоkаmа qilingаn vа himоyagа tаvsiya etilgаn. Kаfеdrа mudiri: I. Haydarov Tаqrizchilаr: 1. TATU farg‟ona filiali, kompyuter injinеringi kafedrasi katta o‟qituvchi Xoshimov A. 2. Farg‟ona Davlat Universiteti Axborot texnologiyalari kafedrasi o„qituvchisi: 2 V.Jo‟rayev MUNDARIJA KIRISH..................................................................................................................... 4 I BOB. O‟QITISHNI KOMPYUTERLASHTIRISH. ELEKTRON DARSLIKLAR VA ULARNI YARATISH TAMOYILLARI ........................... 9 1.1-§. O‟qituvchi tizimlar va o‟qitishni kompyuterlashtirish ................................ 9 1.2-§. Akademik litseylar informatika o„qituvchisining innovatsion pedagogik faoliyati ................................................................................................................ 11 1.3-§. O‟rta mahsus ta‟lim jarayonida informatika va AT fanini o‟qitish metodikasi ............................................................................................................ 15 II BOB. ELEKTRON DARSLIK YARATUVCHI DASTURLAR VA ULARDAN TA`LIM JARAYONIDA FOYDALANISH .................................. 25 2.1-§. Barkamol avlodga ta‟lim –tarbiya berish jarayonida masofadan o‟qitish texnologiyasidan foydalanish asoslari ................................................................. 25 2.2-§. Elektron darsliklarning ta'limdagi roli va uni yaratish muammolari ......... 28 2.3-§. Elеktron darsliklar yaratish tеxnologiyasi ................................................. 38 2.4-§. Elektron ma‟lumotnomani yaratishda qo‟llanilgan dasturiy vositalar....... 52 XULOSA. ............................................................................................................... 61 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR .............................................................. 64 3 KIRISH Biz amalga oshirayotgan islohotlarning asosiy maqsadi – bolalarning baxtli kelajagi uchun barcha sharoitlarni yaratib berishdir. Sh.M.Mirziyoyev. Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi: Hozirgi kunda umumiy o„rta ta‟limning biror o„quv fanini to„liq ravishda yoki uning qaysi qismini AKTdan foydalanib o„tsa qanday samara berishini yoki AKTni qo„llashning pedagogik tamoyillarini, uning psixologik xususiyatlarini, uning bilish jarayoniga ta‟sir qilish mexanizmi va omillarini, shuningdek yana boshqa ko„p jihatlarini kompleks tadqiq qilish dolzarb bo„lib bormoqda. Akademik litseylar uchun tayyorlanayotgan multimedia vositalari, darsliklar va o„quv qo„llanmalari o„g„il-qizlarning bilimlarini yanada mustahkamlash bilan birga, pedagoglar uchun ko„makchi vazifasini ham o„tayotir. Darsliklarning elektron shaklini yaratish soha mutaxassislaridan ijodkorlikni talab etadi. Bu borada markaz mutaxassislari Respublika ta‟lim markazi vakillari bilan hamkorlikni yo„lga qo„ygan. Elektron darsliklar, video va audiodarslar, interaktiv va animatsiyali virtual laboratoriya ishlari, testlar, ta‟limiy o„yinlar va boshqa ta‟lim resurslari, metodik qo„llanmalardan ayni vaqtda ko„plab ta‟lim muassasalarida keng foydalanilmoqda. Ta‟lim muassasalarida zamonaviy texnikalardan foydalanish borasida pedagoglar uchun o„quv-trening vazifasini o„tovchi elektron axborot-ta‟lim resurslari – dasturlar yaratilgan. Bu o„qituvchilarning darsni sifatli tashkil etishi, malakasini oshirishga xizmat qiladi. Multimedia dasturlarini yaratish, rivojlantirish, ommalashtirish borasidagi ishlar o„z samarasini bermoqda. Ta‟lim maskanlarida o„quvchilar to„g„ridan to„g„ri internetda yoki sinfxonalarda disklar va audiodisklar yordamida fanga oid ma‟lumotlar bilan tanishmoqda. Bugungi kunda zamonaviy axborot texnologiyalaridan bemalol foydalanib, o„z 4 salohiyati bilan olam ahlini lol qoldirayotgan yoshlarimiz safi kengaymoqda. Bularning barchasi mamlakatimizda yoshlar uchun keng shart-sharoitlar, qulay imkoniyatlar yaratilayotganining samarasidir. Barchamizga ma`lumki, XXI asr – globallashuv davri, texnika asri deyiladi. Bugungi kunda fan va texnika jadal suratda rivojlanib bormoqda, bu esa yangi texnologiyalardan foydalanib dars o‟tishni taqozo etadi. Kelajagimiz bo‟lgan yoshlarni yuksak madaniyatli, o‟tkir bilimli qilib tarbiyalashda har bir pedagog xodim o‟zini mas`ul shaxs ekanligini bilgan holda, dars samaradorligini oshirib borishi, yangi texnologiyalardan unumli foydalanishi dolzarb masala hisoblanadi.[2] Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Bilimdon va ma`naviy yetuk bo‟lgan, zamonaviy texnika va texnologiyalarni egallagan hamda boshqara oladigan malakali mutaxassislarni tarbiyalab yetishtirish bunday islohotlarning asosiy maqsadi hisoblanadi. Chuqur islohotlarni amalga oshirish, bozor iqtisodiyotiga o‟tish, birinchi navbatda kadrlar potensialiga, ularning kasb jihatidan tayyorgarligiga bog‟liq bo‟ladi”, deb ta`kidlagan edilar. Mustaqil rivojlanish yo‟lidan borayotgan Respublikamizda yangi iqtisodiy sharoitlar ro‟yobga keldiki, bu xalq xo‟jaligining barcha sohalarida, xususan, ta`lim tizimida ham qator islohotlarni amalga oshirishni taqozo etadi. Fan va texnika taraqqiyotining jadal kechayotgani, kompyuter texnikasining keng qo‟llanilayotganligi, o‟quvchilarga berilishi lozim bo‟lgan bilimlar ko‟lamining tobora oshib borayotganligi, ta`limni tubdan yaxshilashni, fanlar bo‟yicha milliy va mahalliy sharoitlarga mos keladigan hamda malakali mutahassislarni tayyorlash imkonini beradigan dastur va darsliklar, ta`limning zamonaviy metodlarini ishlab chiqishni talab qiladi. O‟zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qabul qilgan “Ta`lim to‟g‟risida”gi qonunda ta`limni yanada takomillashtirish maqsadida Respublika hududida ta`limni umumiy o‟rta ta`lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari orqali amalga oshirish maqsad qilib qo‟yilgan bo‟lsa, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qonunida milliy tajribalarni tahlil qilgan holda hamda jahonning 5 ilg‟or yutuqlarini e`tiborga olib akademik litsey va kasb-hunar kollejlarda har tomonlama shakllangan va yetuk mutahassislarni tayyorlashning asosiy yo‟nalishlari belgilab berilgan. Xalq xo‟jaligining istiqbolli rivojlanishini ilmiy kuzatishlar asosida olib borish kadrlar tayyorlash masalasini to‟g‟ri rejalashtirishga va hal qilishga yordam bermog‟i lozim. Bu esa akademik litseylarda ta`lim tizimining boshqa bosqichlarida ta`lim-tarbiya ishlarini tubdan yaxshilashni, ya`ni ta`lim jarayonida yangi pedagogik dasturiy vositalardan foydalanishni, amaliy vaziyatlarni modellashtirish va ularni yechishning samarali metodlarini izlab topishni, ta`limning shaxsiy va mustaqil shakllarini rivojlantirishni, talabalarni yo‟nalishlari bo‟yicha ijodiy qobiliyatlarini, mustaqil fikrlarini shakllantirish va rivojlantirish hamda ularning analitik va ijobiy fikrlashlarini ilmiy va ilmiy-metodik tadqiqotlarga faol jalb qilishni amalga oshirishni taqozo etadi. Shu bilan birga umuta`lim maktablari, akademik litseylarida informatik ta`limning ham nazariy, ham amaliy jihatdan zamonaviy talab darajasiga ko‟tarilayotganligi, uning amaliy ahamiyatining oshganligi, ta`limni isloh qilish to‟g‟risidagi qonunlari talabalarni yo‟nalishi bo‟yicha mutahassislik tayyorgarligini tubdan yaxshilash zaruratini ilgari suradi.[3] O‟zbeksiton Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta`kidlab o‟tganidek: “Umumlashgan holda hozirda bo‟lajak o‟qituvchilar shaxsiga qo‟yiladigan asosiy talablarni: kasbiy bilimdonlik, intellektual va ma`naviy barkamollik deb belgilash mumkin”.[2] Qabul qilingan kadrlar tayyorlashning milliy dasturi ta`lim muassasasi va o‟qituvchilar tayyorlovchi muassasalar oldiga katta vazifalar yuklaydi. Hozirgi zamon o‟qitish tizimidagi maktab darslarida nazariyot bilan amaliyot o‟rtasidagi bog‟lanishni kuchaytirish malakasi muhim ro‟l o‟ynaydi. Keyingi o‟n yillar davomida O‟zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‟ng ta`lim sohasida ham qator tub o‟zgarishlar amalga oshirilmoqda “Ta`lim to‟g‟risida”gi qonun, “Kadrlar Tayyorlash Milliy Dasturi” akademik 6 litsey va kasb-hunar kollejlari o‟qituvchi va o‟quvchilarining oldiga ham qator vazifalar qo‟ymoqda. O‟quvchilarning informatik bilimlarini o‟z kasbi doirasida, kundalik hayotda qo‟llay bilishi, ularning bilish va fikrlash doiralarini kengaytirish zamon talabidir. Ta`limda talabalarni bilimlarini va ularni nazorat qilishda zamonaviy pedagogik vositalarini qo‟llaganda o‟quvchi eshitish, ko‟rish, ko‟rganlari asosida mustaqil fikrlash imkoniyatiga ega bo‟ladi. Ta`lim jarayonida zamonaviy pedagogik vositalaridan foydalangan holda darslarni interfaol usullarda tashkillashtirish uchun ma`lum bir shart – sharoitlar mavjud. Informatika va axborot texnologiyalari fanini elektron darsliklardan foydalanib o‟qitish texnologiyasi mavzusi bugungi kunning dolzarb mavzularidan biridir. Bugungi kun o‟quvchisi nafaqat bilim, ko‟nikma, malakalarini o‟zlashtira oladi va shu bilan bir qatorda ular ongiga milliy istiqlol g‟oyasi singdirilib boriladi. Zero, XXI asr axborot texnologiyalari asridir. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda fanlar bo‟yicha o‟qituvchilar, talaba o‟quvchilarning bilimlarini doimiy tashkil etish va ularni nazorat qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy va o‟quv yurtida informatik ta`limni kelgusi istiqbollarini belgilash va harakatlarni aniqlangan kamchilik va chetlanishlar tomon yo‟naltirish ko‟plab muammolari tez hal qilishga yordam beradi.[4] Bugungi kunga kelib ta`lim jarayonida faqat pedagogning faol mehnat qilishi yetarli samara bermay qoldi. O‟qitish, o‟rganish jarayonida o‟quvchilarning faolligini oshirish, ularning mustaqil fikrlay olishi, mustaqil o‟rgana olishi, mustaqil masalalar yecha olishi ta`lim samaradorligini o‟quvchilarning mustaqil bilim olishlarining ahamiyati katta. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi: Informatika va AT fanlarini o‟qitish jarayonida talabalar o‟quv – biluv faoliyatini faollashtirishga yordam beradigan, bilim va ko‟nikmalarini yanada mustahkamlovchi elektron darslik 7 texnologiyasidan foydalanish va informatika darslarini o‟qitish hususiyatlari bilan tanishish. Bitiruv malakaviy ishining obyekti: O‟rta va umumta`lim muassasalarida informatikani o‟qitish jarayoni. Bitiruv malakaviy ishining predmeti: Informatikani o‟qitish metodlari va hususiyatlari. Bitiruv malakaviy ishining vazifalari: - Mavzuga oid ilmiy - metodik, pedagogik - psixologik adabiyotlar, me`yoriy hujjatlarni o‟rganish, darslik, dasturlarni tahlil qilish va xulosalarni umumlashtirish; - Mavzuning ilmiy - nazariy, metodik hamda amaliy asoslarini tadqiq qilish yo‟li bilan uning dolzarb muammo ekanligini asoslash; - Informatika ta`limi jarayonida interfaol va zamonaviy pedagogik dasturiy vositalarni tanlash va foydalanish tamoyillari, vositalarini, tashkiliy va metodik shart - sharoitlarini aniqlash va ilmiy jihatdan asoslash; - Informatika ta`limi jarayonida interfaol va zamonaviy pedagogik dasturiy vositalardan foydalanib, talabalar bilimlarini nazorat qilish samaradorlik darajasini aniqlash; - Informatika fanlarini o‟qitish xususiyatlarini o‟rganish, tahlil qilish va ularni muhim jihatlarini o‟zlashtirish. Bitiruv malakaviy ishim kirish, 2 bob, 7 ta paragraph, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‟yxati bo‟limlaridan iborat. 8 I BOB. O‟QITISHNI KOMPYUTERLASHTIRISH. ELEKTRON DARSLIKLAR VA ULARNI YARATISH TAMOYILLARI 1.1-§. O’qituvchi tizimlar va o’qitishni kompyuterlashtirish. Hozirgi vaqtda o‟qitishning faol turlarini izlash har doim ham o‟quv tехnik vosita bilan birgalikda olib borilmaydi. Bunga turli хil sabablar ko‟rsatiladi, ularning asosiylaridan biri sхеmalarda tayyor javob ko‟rsatilgan bo‟lishligidadir. Shunga o‟qituvchi tinglovchilar tarkibiga bog‟liq holda `mеl`dan foydalanish variantini ham galma-gal qo‟llaydi. O‟quv jarayonining unumdorligini oshirish uning ilmiy - mеtodik ta`minotini takomillashtirish yo‟li bilan ham yеchiladi. Mutahassislik va fanlar bo‟yicha o‟quv - uslubiy majmuani ishlab chiqishga katta o‟rin ajratiladi, bu esa mazmunini takomillashtirish va o‟qitish jarayonini tashkil qilish tizimli yo‟lini amalga oshirishni ta`minlaydi. Bu majmuaning butun bir bo‟limi o‟quv jarayonida o‟quv tехnik vositani qo‟llash bilan bog‟liq masalalarga bag‟ishlanishi lozim. O‟quv jarayonini takomillashtirish yo‟llaridan biri – uni intеnsifikatsiyasi hisoblanadi. Bu dеgani yangi o‟quv usullariga o‟tish, zamonaviy tехnik vositalaridan foydalangan holda katta hajmdagi aхborotlarni o‟zlashtirishdir. Grafoproеktor, kadaskoplar yordamida o‟quv jarayonlarini namoyish qiluvchi didkatik matеriallarni ishlab chiqish zarur. Shuningdеk o‟quv jarayonida sхеmalar, jadvallar, diagrammalardan foydalanish o‟rganilayotgan ma`ruza matеriallariga tayanch hisoblanadi, hamda talabalarning umumiy madaniyatini oshirishga samarali ta`sir etadi.[5] O‟qitishning hozirgi zamonaviy bosqichi – o‟quv jarayonini avtomatlashtirish, o‟qitish tizimlarining kеng qo‟llanilishi bilan haraktеrlanadi. Avtomatlashtirilgan o‟qitish tizimi – EHMning dasturiy taminot tizimidir. U o‟quv dasturlarini ishlab chiqarish va yaratish, dialog rеjimida o‟quv jarayonini boshqarish, o‟qitish natijalarini yig‟ish va qayta ishlashga mo‟ljallangan. O‟qitilayotgan guruh ishiga rahbarlik qilayotgan o‟qituvchining vazifasi ularning savollarga javob bеrish va zarur hollarda yordam ko‟rsatishdir. Bu 9 yordam faqat tеrminal yuzasidangina emas, balki kurs yuzasidan bo‟lgan savollarni ham o‟z ichiga olishi mumkin. Avtomatlashtirilgan o‟qitish tizimi imkoniyatlari: - EHMni o‟qitish, bilimlarni nazorat qilish, maslahat bеrish va turli mavzular bo‟yicha yordam bеrish; - Induvidual yondashish asosida o‟qitish hisobiga o‟qitish sifatini oshirish va vaqtni tеjashga yordam bеradi. Avtomatlashtirilgan o‟qitish tizimiga qo‟yiladigan talablar: 1) o‟quv jarayonining aniq bir zaruriyatga moslashuvchanligi; 2) turli o‟qitish jarayonlariga nisbatan univеrsalligi; 3) o‟quv matеrial va dasturlarni kеngaytirish va tartiblash хususiyatlariga egaligi. Avtomatlashtirilgan o‟qitish tizimi o‟quv jarayonining boshqarish avtomatlashtirilgan o‟quv kursi dasturiga mos ravishda amalga oshiriladi. Avtomatlashtirilgan o‟quv kursi – alohida o‟quv fanlarini avtomatlashtirilgan holda o‟rganishni ta`minlash uchun mo‟ljallangan algoritmlar, dasturlar va ko‟rsatmaviy uslubiy matеriallar majmui. O‟z navbatida har bir avtomatlashtirilgan o‟quv kursi avtomatlashtirilgan nazorat o‟rgatuvchi dasturlar majmuidan tashkil topadi. Iхtiyoriy avtomatlashtirilgan nazorat o‟rgatuvchi dasturlar muhim qismi bo‟lib, mashg‟ulotlar bеrilgan dasturlari komplеksini amaliyotda qo‟llash bo‟yicha psiхologik-pеdagogik matеriallar va tavsiyalar hisoblanadi. O‟qitish tехnologiyasini optimallashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadida o‟quv-tarbiyaviy jarayoni tashkil qilishning ilmiy yo‟l-yo‟riqlarini, shuningdеk, ilm va tехnikaning hozirgi yutuqlarini hisobga olgan holda o‟quv yurtlarining matеrial-tехnik bazasini yangilashni ko‟zda tutadi. O‟qitishning kompyutеr tехnologiyasi yoki kompyutеrli o‟qitish – bu tехnik o‟quv vositalaridan biri kompyutеr hisoblangan o‟qitish tizimidir. Kompyutеr o‟quv jarayonida quyidagi maqsadlarda foydalanilishi mumkin: -prеdmеt va dasturlashga o‟rgatish; -o‟rganish va mustaqil ta`lim; 10 -bilimlarni rivojlantirish va mustahkamlash (hisob-kitob, masala еchish, grafika va boshqalar); -o‟qituvchi va o‟quvchi mеhnatini ilmiy tashkil qilish; -ma`lumotnomalar kutubхonasi va boshqa aхborot ma`lumotnomalari; -o‟zlashtirish, darsga qatnashish va boshqalar bo‟yicha ma`lumotlar yig‟ish va tahlil qilish; -bo‟sh vaqtni tashkil qilish.[5] 1.2-§. Akademik litseylar informatika o‘qituvchisining innovatsion pedagogik faoliyati Pedagogik faoliyat yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq, davlat oldida javob bera oladigan, bolalarga ta‟lim –tarbiya berish ishi bilan shug„ullanadigan, bu ishga maxsus tayyorlangan shaxslarning mehnat faoliyatidir. Ta`lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o„quv jarayonida qo„llashga bo„lgan qiziqish, e`tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda, bunday bo„lishining sabab - laridan biri, shu vaqtgacha an`anaviy ta`limda talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o„rgatilgan bo„lsa, zamonaviy texnologiyalarda esa, ularni egallayotgan bilimlarni o„zlari qidirib topishlariga, mustaqil o„rganib tahlil qilishlariga, xatto xulosalarni o„zlari keltirib chiqarishlariga o„rgatadi. Pedagog bu jarayonga shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olish va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo„naltiruvchilik funktsiyasini bajaradi. Ta`lim jarayonida talaba asosiy figuraga aylanadi. Shuning uchun oliy o„quv yurtlari malakali kasb egalarini tayyorlashda zamonaviy o„qitish metodlari - interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalarning o„rni va roli benihoya kattadir. Bunda pedagogik texnologiya va pedagogik mahoratiga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar talabalarni bilimli, etuk malakaga ega bo„lishlarini ta`minlaydi. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o„qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o„zgarishlar kiritish bo„lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan to„liq foydalaniladi. 11 Interaktiv metodlar - bu jamoa bo„lib fikrlashdan iborat deb yuriti -ladi, ya`ni pedagogik ta`sir etish usullari bo„lib, ta`lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarning o„ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va talabalarning birgalikda faoliyat ko„rsatishi orqali amalga oshiriladi. Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o„ziga xos xususiyatlarga ega bo„lib, ularga quyidagilar kiradi: - talabaning dars davomida befarq bo„lmaslikka mustaqil fikrlash, ijod etish va izlanishga majbur etishi; - talabalarni o„quv jarayonida bilimga bo„lgan qiziqishlarini doimiy ravishda bo„lishini ta`minlashi; - talabaning bilimga bo„lgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondoshgan holda kuchaytirishi; - pedagog va talabaning hamisha hamkorlikdagi faoliyatini tashkillanishi. Innovatsionlik pedagogik jarayonni ifodalab nafaqat unga didaktik qurilmasiga, balki pedagogning ijtimoiy, mohiyatli natijalari va ruhiy qiyofasiga ham taalluqlidir. Pedagogning innovatsion faoliyatini samarali amalga oshirish bir qator shartsharoitlarga bog‟liq. Unga pedagogning tayinli muloqoti, qarama-qarshi fikrlarga nisbatan munosabati, turli holatlarda ratsional vaziyatning tan olinishini uqtirishga tayyorligi kiradi. Buning natijasida pedagog o„z bilim va ilmiy faoliyatini ta`minlaydigan keng qamrovli mavzu (motiv) ga ega bo„ladi. Pedagog faoliyatida o„z-o„zini faollashtirish, o„z ijodkorligi, o„z-o„zini bilishi va yaratuvchiligi motivlari ahamiyat kasb etadi, bu esa pedagog shaxsining kreativligining faolligini shakllantirish imkonini beradi. Pedagogning innovatsion faoliyati - o„z ichiga yangilikni tahlil qilish va unga baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va kontseptsiyasini shakllantirish. Ushbu rejani amalga oshirish va tahlil qilish, samaradorlikka baho berishni qamrab oladi. O„qituvchi innovatsion faoliyatining tahlili yangilik kiritishning samarasini belgilovchi muayyan me‟yorlardan foydalanishni talab qiladi. Bunday me‟yorlarga 12 yangilik, optimallik, yuqori natijalilik, ommaviy tajribalarda innovatsion ijodiy qo„llash imkoniyatlari kiradi.Yangilik pedagogik yangilik me‟yori sifatida, o„zida taklif qilinadigan yangilik, yangilik darajasi mohiyatini aks ettiradi. Pedagogik olimlar yangilikni qo„llash mashhurligi darajasi va sohasiga ko„ra farqlanadigan mutloq, chegaralangan mutloq, shartli, sub`ektiv darajalarini farqlaydilar. Bunda o„qituvchining innovatsion faoliyati o„z ichiga yangilikni tahlil qilish va unga baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va kontsep -tsiyasini shakllantirish, ushbu rejani amalga oshirish va tahlil qilish, sama -radorlikka baho berishni qamrab oladi, unda innovatsion faoliyatining samarasi pedagog shaxsiyati bilan belgilanadi. Shuni alohida qayd etib o„tish joizki, texnologik yoshdoshuv asosida pedagogik faoliyatni tashkil etish individual va ijodiy xususiyatga ega. Shu bois ta`lim va tarbiya jarayonini yo„lga qo„yishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish har bir pedagogning shaxsiy imkoniyatlari, kasbiy mahorati hamda ijodkorlik layoqati darajasiga bog‟liq. Bo„lajak informatika o„qituvchisi o„sib kelayotgan avlodning umumta`lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o„qitiladigan «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari», «Informatika» va «Axborot texnologiyalari» fanlarining ahamiyatini, ularning mazmunini ajratish tamoyillarini, shuningdek, ularning boshqa fanlar bilan aloqadorligini tushunishi zarur. Informatika fanini o„qitish quyidagi maqsadni ko„zda tutadi: - bo„lajak o„qituvchilarni informatika fanini ijodiy o„qitish va o„zlarining amaliy faoliyatlarida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini qo„llash bo„yicha bilim, ko„nikma va malakalari bilan qurollantirish; - bo„lajak o„qituvchilarni informatika sohasi bo„yicha turli-tuman shakldagi sinf va sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va o„tkazishga tayyorlash; bo„lajak o„qituvchilarni ta`lim sohasini axborotlashtirishning yo„llari va ulkan istiqbollari haqidagi tasavvurlarini rivojlashtirish hamda chuqurlashtirish. Yangilik kiritishning muhim sharti muloqotning yangi vaziyatini tug‟dirishdan iborat. Muloqotning yangi vaziyati - bu pedagogning o„z mustaqillik 13 mavqeini, pedagogik fan, o„ziga bo„lgan yangi munosabatini yarata olish qobiliyatidir. Bunday vaziyatlardao„qituvchi pedagogik tajribalarning boy shakllari orqali mukammallashtirib boradi. O„qituvchining fikrlash usullari, aqliy madaniyati o„zgarib, xissiy tuyg‟ulari rivojlanadi. Pedagogning innovatsion faoliyatiga bo„lgan qobiliyatlarining asosiy xislatlari: - shaxsning ijodiy motivatsiyani qo„llaganligi. Bu qiziquvchanlik, ijodiy qiziqish, ijodiy yutuqlar, peshqadamlikka va o„z kamolotiga intilish; - kreativlik, bu - xayoliy qarash; baho bera olish qobiliyati va o„z kamolotiga intilish; - kasbiy faoliyatni baholash, bu - ijodiy faoliyat metodologiyasi va pedagogik tadqiqot metodlarini egallash qobiliyati; mualliflik kontseptsiyasi va ziddiyatni ijodiy bartaraf qilish qobiliyatlari; ijodiy faoliyatiga hamkorlik va o„zaro yordam berish qobiliyati; - o„qituvchining individual qobiliyati, bu - ijodiy faoliyat sur`ati va ish qobiliyati; qat`iyatlik, mas`uliyatlik va xalollik, o„zini tuta bilish; Keyingi sharti - bu pedagogning madaniyat va muloqotga shayligi. Pedagog va talaba o„rtasidagi muloqot namunasining o„zgarishi innovatsion faoliyat shartidan biridir. Innovatsion faoliyat quyidagi asosiy funktsiyalar bilan izohlanadi: - kasbiy faoliyatining ongli tahlili, - meyorlarga nisbatan tanqidiy yondashuv, - kasbiy yangiliklarga nisbatan shaylik, - o„z imkoniyatlarini ro„yobga chiqarish, o„z turmush tarzi va intilishlarini kasbiy faoliyatida mujassam qilish. Hozirgi jamiyat, madaniyat va ta`lim taraqqiyoti sharoitida pedagog innovatsion faoliyatga bo„lgan zaruriyat quyidagilar bilan o„lchanadi: 1. Ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish ta`lim tizimi, metodologiya va o„quv jarayoni texnologiyasini tubdan yangilashni talab qiladi, yangi yangilik -larni yaratish, o„zlashtirish va foydalanishlardan iborat bo„ladi; 14 2. Ta`lim mazmunini inson‟avarlashtirish doimo o„qitishning yangi tanqidiy shakllarini, texnologiyalarini qidirishni taqozo qiladi; 3. Pedagogik yangilikni o„zlashtirish va uni tadbiq etishga nisbatan o„qituvchining harakteri va o„zgarishi. Pedagog samaradorligini innovatsion faoliyatining belgilovchi muayyan tahlili shartlardan yangilik kiritishning foydalanishni talab qiladi.Bunday meyorlarga - yangilik - maqbullik, yuqori natijalilik, ommaviy tajribalarda innovatsiyani ijodiy qo„llash imkoniyatlari kiradi. Yangicha mazmun kasb etgan kadrlar tayyorlash jarayoni barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlash borasidagi ijtimoiy buyurtmaning bajarilish darajasi va sifat ko„rsatkichining yuqori bo„lishini kafolatlaydi. iqtisodiyoti munosabatlari ishlab chiqarish mahsulotlariga nisbatan Bozor aholi tomonidan bildirilayotgan talab va taklif asosida tartibga solinar ekan, muayyan yo„nalish bo„yicha malakaviy (kasbiy) ma`lumotiga ega mutaxassisning ijtimoiy raqobatga bardoshligi muhim ahamiyatga egadir. Halq xo„jaligining raqobatbardosh mutaxassislari bilan ta`minlanishi uzluksiz ta`lim tizimida tashkil etilgan pedagogik faoliyatining samarali, muvaffaqiyatli ekanligini ko„rsatuvchi dalil hisoblanadi. 1.3-§ O’rta mahsus ta’lim jarayonida informatika va AT fanini o’qitish metodikasi. Ta`lim-tarbiyaning asosiy maqsadlaridan biri bo´lgan informatika va axborot texnologiyalarining fan sifatida o„ziga xosligi, uning zamonaviy fanlar tizimida tutgan o„rni va ahamiyatidan, hozirgi jamiyat hayotidagi ahamiyatidan kelib chiqqan holda «Informatika va AT» fanini o„qitishning maqsadlarini quyidagicha belgilash mumkin: - o„quvchilarda kompyuter savodxonligini shakllantirish; - o„quvchilarda axborotga ishlov berish, uzatish va undan foydalanish jarayonlari haqidagi bilimlar asoslarini mustahkam va ongli o„zlashtirib olishlarini ta`minlash; 15 - o„quvchilarga dunyoning zamonaviy ilmiy ko„rinishini shakllantirishda axborot jarayonlarining ahamiyatini, jamiyatning rivojida yangi axborot va kommunikatsion texnologiyalarning ahamiyatini ochib berish; - kompyuterlardan ongli va ratsional foydalanish ko„nikmalarini shakllantirish. «Informatika va AT» fanining pedagogik vazifalari insonning umumiy ta`lim olishidagi asosiy vazifalarini hal etishda qo„shadigan o„ziga hos xissasi bilan aniqlanadi. 1. O„quvchilarda informatika haqidagi bilimni shakllantirish va ular tafakkurini rivojlantirish. 2. Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. Bu muhim vazifani hal etishda butun pedagogik jamoa barcha o„quv predmetlarini o„qitish jarayonida ishtirok etadi. 3. Milliy mafkura ruhida tarbiyalash. 4. O„quvchilarni amaliy faoliyatga, mehnatga, ta`lim olishni davom ettirishga tayyorlash. Yuqoridagi masalalardan hech biri boshqalaridan ajratilmagan holda, alohida hal etilmasligi lozim. Ular bir butunlikda bir-biri bilan chambarchas bog‟liq holda amalga oshirilishi lozim. o„quvchilar informatika asoslarini mustahkam egallashlari asosidagina ularning tafakkurini tarbiyalash va ilmiy dunyoqarashni yaratish mumkin. Ikkinchi tomondan, mantiqiy fikrlashga o„rgatish bilangina, o„quvchilarning informatikani fan sifatida uning o„ziga xos tomonlarini chuqur tushunishlariga erishish mumkin. Bundan tashqari, informatikani o„qitish jarayonida amaliy faoliyatga tayyorlash vazifasini to„g‟ri hal etishga erishish uchun informatika kursining ilmiyligini oshirish lozim. Faqatgina to„g‟ri va chuqur xulosalar qila olsagina, o„quvchilar har bir masalani echishga tanqidiy va ijodiy yondasha oladilar, yangi muammolar oldida o„zlarini yo„qotib qo„ymaydilar va turli shart-sharoitlarda unumli faoliyat ko„rsata oladilar. SHuningdek, amaliy ish o„quvchilarning dunyoqarashini kengaytiradi va uni yangi faktlar bilan boyitishadi, 16 hamda informatikadan bilim darajalarini oshiradi, chuqur, to„liq va mustahkam bo„lishini ta`minlaydi. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o„quvchilari o„zlashtirishi zarur bo„lgan informatika va AT fani mazmuniga qo„yiladigan talablar: - Informatsiya, o„lchov birliklari, xususiyatlari, vatanimizda informatika fanining taraqqiyoti, algoritm tushunchasi, dastur, uning turlari, EHM umumiy tuzilishini bilish; - Norton Commander (NC) operatsion qobig‟i haqida tushuncha, fayl tushunchasi, fayllarning turlari va nomlanishi, NCda fayllar ustida bajariladigan amallar, funktsional tugmachalar va ulardan foydalanish, amaliy dasturlar va ularning asosiy turlarini bilish; - Windows nima, Windows dasturining afzalliklari va o„ziga xos xususiyatlarini bilish; hosil Kompyuter grafikasi tushunchasi, grafik muharrirlari va ularda tasvir qilish, grafik muharrirlarning matnlar muharrirlaridan farqi va o„xshashliklarini bilish; - Matn muharrirlari, ularning turlari, matnlarni kiritish va xotirada saqlash, xotiradan o„qish, ularni tahrir qilish usullari, matnlarni shakllantirish, bosmaga chiqarish usullarini bilish; - Elektron jadval tushunchasi, ularning turlari, elektron jadvallarni ishga tushirish va ulardan chiqish tartibi, elektron jadval yacheykalari ustida amallar bajarish qoidalarini bilish; - Ma`lumotlar bazasi, ularning turlari va hosil qilish usullari, ma`lumotlar bazasini ishga tushirish va undan foydalanish tartibi, ma`lumotlar bazasini boshqarish tizimlari haqida tushunchaga ega bo„lishdan iborat. - Axborot jamiyati tushunchasi, mamlakatimizdagi axborotga oid qonunlar mazmuni, lokal va xalqaro tarmoqlarni bilish. Respublikamizdagi o„rta maxsus, kasb-hunar, maktab ta`limi tizimida faoliyat ko„rsatayotgan professor-o„qituvchilarni malaka oshirish kurslarida ilg‟or pedagogik va axborot texnologiyalari bo„yicha yangi bilimlar tizimi bilan 17 qurollantirishni uzluksiz tashkil etish davr talabidir. Mamlakatimizda ta‟lim sohasida ro„y berayotgan tub yangilanishlar har bir ta‟lim muassasasida o„quv jarayoni metodik ta‟minotini rivojlantirishni talab etadi. Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari yaqin yillar ichida pedagogik innovatsiyalarning asosiy manbai bo„lib qoladi.Ta‟lim oluvchilar uchun mustaqil bilim olish imkoniyatlarini oshirish, ta‟limning elektron axborot resurslarini shakllantirish va rivojlantirish uchun takomillashtirishning zarur sharoitlarni zaruriy shartlaridan yaratish biri ta‟lim mazmunini sanaladi.Ta‟lim–pedagogik jarayonning muhim tarkibi bo„lib, o„quvchi-talaba bilan o„qituvchi(pedagog)ning shaxsga yo„naltirilgan o„zaro munosabatlari hisoblanadi. Ijtimoiy bilimga teng bo„lgan pedagogik texnologiyalarning tashkil topishida fanning roli ortib bormoqda. O„rta maxsus ta‟lim DTS o„quv jarayonida yangi pedagogik texnologiya, ta`lim dasturlari, umumdemokratik prinsiplarda tashkiliy – boshqaruv funksiyalarni rivojlantirish, o„quvchilarga shaxs sifatida qarash, o„quv-tarbiya jarayonini demokratlashtirish, ijtimoiylashtirish, ijtimoy muassa sifatida maktab huquqlarini kengaytirishni joriy qilishni nazarda tutib o‟rta maxsus ta‟limining asosiy yo„nalishlarini aniqlaydi. O„qituvchi va talabaning maqsadi bo„yicha natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq: natijaga erishishga qaratilgan, bunda talabalarning bilim saviyasi, guruh harakteri, sharoitga qarab ishlatilgan texnologiya tanlanadi, masalan, natijaga erishish uchun balkim, komp‟yuter bilan ishlash lozimdir, balkim film, tarqatma material, chizma va plakatlar, turli adabiyotlar, axborot texnologiyasi kerak bo„lar, bular o„qituvchi va talabaga bog‟liq. Pedagogik metod haqida umumiy tushuncha. « Zamonaviy ta‟limni tashkil etishga qo„yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o‟quvchilarga yetkazib berish, ularda ma‟lum faoliyat yuzasidan ko„nikma va malakalarni hosil qilish, 18 shuningdek, o‟quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko„nikma va malakalar darajasini baholash o„qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta‟lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi. O„qitishdan ko„zlanadigan maqsad bu davlat ta‟lim standartlarida belgilangan bilim va ko„nikmalarini o„quvchiga yetkazishdan iborat. Qachonki o„quvchi tomonidan bilim qabul qilinsa va tushunib yetilsa yoki o„quvchi malaka oshirish uchun mo„ljallangan topshiriqlarni amalda namoyish etib bera olsagina o„qitish muvaffaqiyatli kechdi deb hisoblasa bo„ladi. Ma‟lumki, ta‟lim olish (ma‟lumot olish) jarayoni – bu ma‟naviy va aqliy qobiliyatlarni tizimli rivojlantirib borish, bilim va tushunchalarni shakllantirish va olingan bilimdan foydalana olish qobiliyatini tarkib toptirishdan iborat jarayondir. Bu jarayon ta‟lim oluvchining o„zi orqali yoki boshqa birov- ta‟lim beruvchining ko„magida amalga oshirilishi mumkin. Ta‟lim olish jarayoni esa turli xil metodlarga(usullarga) tayangan holda kechadi. Metod – grekcha “Metodos” so„zidan olingan bo„lib, “izlanish” yoki “bilish yo„li”, “nazariya”,“ta‟limot” ma‟nosini anglatadi. Ta‟lim metodini(usulini) - ta‟lim oluvchi va ta‟lim beruvchining ma‟lum maqsadga qaratilgan, birgalikdagi faoliyatini tashkil qilishning muayyan tizimga va tartibga solingan yo„l-yo„rig„i sifatida ta‟riflash mumkin.Kant fikricha “agar biz nimanidir metod deb aytsak, unda u asosiy qonuniyatlar bo‟yicha harakat usuli bo‟lish kerak” ya‟ni, boshqa so‟zlar bilan aytganda, metod - bu ko‟r-ko‟rona harakat bo‟lmay, balkim yo‟llantiruvchi, oydinlashtiruvchi, ma‟lum nazariyaga asoslangan bo‟ladi.Ulug‟ nemis faylasufi Gegel fikricha, metod-bu subyektiv tomonda bo‟lgan qurol hisoblanib, uning harakat usuli hamdir.Umuman olganda, metod-bu ilmiy bilimni tartiblashtiruvchi va bilishning asosiy nazariy instrumenti bo‟lib,olib boruvchi izlanish yo‟li hisoblanadi. Metod deb, yana shunday prinsiplar sistemasini ham tushunish mumkinki, qaysiki bu prinsiplar qoida, ma‟lum topshiriqlar yechish faoliyati regulyativi bo‟lsa.Metoddan ham keng fikrni, uning ta‟limoti bo‟lgan metodologiya bildiradi. 19 Ta‟lim modelini, esa bir yoki bir nechta ta‟lim metodlari yordamida amalga oshiriladigan ta‟lim jarayoni amalga oshirish tuzilmasi, deb qarashimiz mumkin. Ta‟lim metodi - bu ta‟lim oluvchi va ta‟lim beruvchining ma‟lum maqsadga qaratilgan, birgalikdagi faoliyatini tashkil qilishning muayyan tizimga solingan yo„l-yo„rig„idir. Pedagogik metodlarning turlari. Ta‟lim metodlarini ta‟lim maqsadlariga erishish bo„yicha, o„quvchi va o„qituvchining birgalikdagi ish faoliyatini tashkil qilishning belgilari bo„yicha quyidagicha guruhlarga bo„lish mumkin: O„qituvchi markazda bo„lgan uslublar; O„quvchi markazda bo„lgan (interfaol yoki interaktiv) uslublar. Odatda ushbu uslublardan biri yoki bir nechtasi ayrim o„qitish modellarida birvarakayiga foydalaniladi. Odatda dars jarayoni ikki yoki undan ortiq asosiy uslublardan tashkil topadi va bu uslublar dars mavzusiga to„la muvofiq bo„lib, o„quvchilarning bilim va tajribasi qay bosqichda ekanligiga qarab qo„llaniladi. O„qituvchi markazda bo„lgan uslub. Bu uslub orqali o„qituvchi o„zi egallagan ma‟lumot va ko„nikmalarni o„quvchilarning sezgi organlari orqali uzatish yo„llarini qidiradi. Bunda o„quvchilarning ishtiroki passiv bo„ladi, ya‟ni ular tinglaydilar, kuzatadilar va ma‟ruzalarni yozib boradilar. Bu uslublar asosan o„qituvchining quyidagi faoliyat turlari orqali amalga oshiriladi: Og„zaki o„qitish usuli (ma‟ruza, hikoya) Insonlar o„rtasidagi eng sodda muloqot yo„llaridan biri – og„zaki nutq – og„zaki ta‟rif yoki asosiy mazmunning og‟zaki ifodasi hisoblanadi. Bu uslub butunlay «so„zlash» orqali amalaga oshiriladigan o„qitishning eng rasmiy uslubi hisoblanadi. U 40 daqiqa yoki undan uzoqroq davom etadi va odatda o„quvchining ishtiroki uchun hech qanday imkoniyat qoldirmaydi.Bunda asosan o„quvchining eshitish qobiliyati ishga solinadi. Tasviriy ifodalarni qo„llash usuli (illustratsiya) 20 Bu faoliyat orqali yetkazilishi kerak bo„lgan bilim yoki malakalarni tasvirlovchi rasmlar orqali o„quvchilarning ko„rish qobiliyati ishga solinadi. O„quvchilarga yetkazilmoqchi bo„lgan ma‟lumotlar tasvirlab berish orqali turli simvollar yordamida yetkaziladi. Bunday tasviriy ifodalar quyidagi vositalar yordamida amalga oshiriladi: doska, maxsus oq doska, video tasvir, videoproyektor, kodoskop, kompyuter grafiklar, magnit taxta, rasmlar, suratlar, bo„yoqli rasmlar, grafik va jadvallar, diagrammalar, namunaviy va maxsus shaffof qog„ozga tushirilgan tasvirlar. Namoyish etish usuli (demonstratsiya) O„qituvchi ma‟lum bir asbob yoki jihozdan foydalanish vazifasini yoki topshiriqqa aloqador harakatlarni namuna sifatida namoyish etib berishi mumkin. Yakka holda namoyish etish o„quvchini ko„rish qobiliyatidan foydalanishga undaydi. Informatika va AT ni o‟qitishda qo‟llaniladigan innovatsion texnologiyalar. Akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlarida informatika va axborot texnologiyalari ta‟lim jarayonida yangi innovatsion texnologiyalar asosida darslarni tashkillashimiz mumkin. 21 VENNA DIOGRAMMASI Venna diagramasini tuzish qoidasi bilan tanishtiradi. 1. Yakka tartibda venna diagrammasini tuzish va kesishmaydigan joylarni (x) to‟ldirish vazifasini beradi. Doiralarning kesishuvchi joyda , ikki, uch (xx/xxx) doiralar uchun umumiy bo‟lgan ma‟lumotlar ro‟yhatini tuzilishi kerakligini ta‟kidlaydi. 2. Kichik guruhlarga birlashish o’zlarning diagrammalarini taqqoslash va to’ldirish vazifasini beradi. Venna diagrammasi taqdimotini va muhokamasini taqdim etadi. Hozirgi kunda akademik litsey, kasb-hunar kollejlari hamda umumta‟lim maktablarda ta‟limning noan‟anaviy shakllari ham qo‟llanilmoqda. Ular qatorida: Bahs-munozara darslari; Didaktik o‟yinli darslar; Ilmiy anjuman darsi; Uchrashuv darsi; 22 Sayohat darslari va h.k. Ta‟lim jarayoninig sifati va samaradorligini oshirishda ta‟lim vositalari (TV) muhim ahamiyat kasb etadi. Ularning 6 ta turi: matnli vositalar; tasvirli vositalar; audio vositalar; yordamchi (jihoz) vositalar; modelli vositalar; real vositalar mavjud. Matnli vositalar – ma‟lumot olish va ma‟lumotlarni qayta ishlash uchun: -o‟quv dasturlari; -maxsus adabiyot(darslik); -tarqatma materiallar; -imtihon va nazorat varaqalari; Tasvirli-umumiy tasavvurni vujudga keltirish uchun: -fotosuratlar; -eskiz, chizma, sxemalar; -ramziy tasvirlar, reja, jadvallar, simvollar; -diagramma va grafiklar; Audio-jarayonlar va ishlash mexanizmlari to‟g‟risida tasvir va ovoz orqali tasavvurlarni vujudga keltirish: -videofilmlar; -kompakt disklar; -audio kassetalar. Yordamchi (jihoz)-tasvir va matnli yozish va saqlash: -doskalar (oq doska, magnit doskasi); -pinbord doskasi; proyektorlar, videoproyektor doskasi; -kodoskop; -videomagnitafon, kamera; -kompyuter. Modelli – o‟rganilayotgan obyektning modeli orqali u haqda tasavvur hosil qilish: -modellar; 23 -maketlar. Real-o‟rganilayotgan obyektlar haqida real tasavvurni vujudga keltirish: -asbob-uskunalar; -stanoklar; 24 II BOB. ELEKTRON DARSLIK YARATUVCHI DASTURLAR VA ULARDAN TA`LIM JARAYONIDA FOYDALANISH 2.1-§. Barkamol avlodga ta’lim –tarbiya berish jarayonida masofadan o’qitish texnologiyasidan foydalanish asoslari Bizga ma‟lumki, bugungi kunda ta‟lim sohasi sifat va samaradorligini oshirishni zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalari vositalarisiz tasavvur qilish qiyin. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta‟lim jarayonini didaktik va axborot ta‟minotining yangi avlodini ishlab chiqish va joriy etish bosqichida ta‟lim-tarbiya mazmunini o‟zlashtirishning muammolarini yechishga qaratilgan zamonaviy ta‟lim-tarbiya texnologiyalarini yaratish dolzarb masala ekanligi ta‟kidlangan. Shu jumladan, ta‟lim-tarbiya jarayonida fan va ishlab chiqarish bilan integrasiyasi usullarini rivojlantirish, uni amaliyotga joriy etish, nazariy va amaliy mashg‟ulotlar hamda mustaqil bilim olish jarayonini individuallashtirish, shu bilan birga masofali ta‟lim tizimi texnologiyasini, uning vositalarini ishlab chiqish, o‟zlashtirish, yangi pedagogik va axborot texnologiyalari hamda masofali o‟qitish texnologiyalari asosida o‟quvchilarni o‟qitishni jadallashtirish ana shunday dolzarb vazifalar sirasiga kiradi. Bu vazifalar o‟z navbatida Prezident farmon va qarorlari, vazirlik va mutassaddi tashkilotlar qaror va buyruqlarida o‟z aksini topmoqda. «Barkamol avlod yili” Davlat dasturida ham “ ta‟lim sohasida zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalari, internet tizimi, raqamli va keng formatli telekommunikasiyalarning zamonaviy usullarini o‟zlashtirish” masalasi dolzarb vazifalar qatorida belgilanadi. Shu maqsaddan kelib chiqib, barkamol avlodni shakllantirishda masofaviy o‟qitish texnologiyalari asosida masofaviy ta‟limni tashkil etish, ushbu vazifalarni amaliyotga tatbiq etilishining ijobiy natijasi sifatida e‟tirof etish o‟rinlidir. Internet texnologiyalar asosidagi masofaviy ta‟lim, bu ta‟limning zamonaviy universal shakli bo‟lib, u o‟quvchilarning individual so‟rov-lariga shaxsiy ehtiyojlariga va ularning qiziqishlariga mo‟ljallangan. 25 O‟quv jarayonida axborot texnologiyalari asosida masofadan o‟qitish tizimini tashkil etishni an‟anaviy o‟qitish tizimi bilan uyg‟unlashgan holda samarali amalga oshirilishi quyidagi bir nechta omillarga bog‟liq bo‟ladi: ta‟lim muassasalarida zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalari bazasining mavjudligi va yetarliligi; Internet tarmog‟ida ishlashning uzluksizligi; masofadan bilim olayotgan o‟quvchilarning bilim olish ishtiyoqi, qiziqishi va o‟zlashtirish darajasining yuqoriligi; masofadan o‟qitish tizimiga bilimli, malakali va tajribali mutaxassis va o‟qituvchilarning jalb etilishi; masofadan o‟qitish tizimining kerakli va sifatli o‟quv materiallari, elektron darsliklar va o‟quv kurslari bilan ta‟minlanganligi va ularning yetarliligi; masofadan o‟qitish tizimida barcha mashg‟ulotlarni tizimli tarzda olib borilishi. O‟quvchilarga ta‟lim-tarbiya berish jarayonida masofadan o‟qitish vositalariga an‟anaviy o‟qitish vositalardan tashqari quyidagilar ham kiradi: elektron o‟quv nashrlar; kompyuter o‟qitish tizimlari; audio-vidio o‟quv materiallari; turli adabiyot va axborotlar manbalari tomonidan tavsiya etilgan o‟quv-nazorat testlari; kutubxona ma‟lumotlar ba‟zasi bilan aloqa; virtual materiallar va laboratoriyalar; o‟quvchilar bilimlarini baholash mezonlari va materiallari. Ta‟lim o‟qitishning tizimida axborot texnologiyalari samaradorligini oshirish ko‟p jihatdan asosida masofadan yaratilayotgan qo‟llanilayotgan pedagogik dasturiy vositalar – o‟quv dastur, elektron o‟quv 26 va qo‟llanma, avtomatlashtirilgan o‟qitish kurslari va hokozalarning maqsadi, tarkibi y qismi, mazmuni va o‟qitish sifatiga bog‟liq bo‟ladi. O‟quvchilar mustaqil bilim olishida, o‟tilgan mavzularni takrorlashda, hamda olgan bilimlari asosida nazoratlar topshirishda o‟rgatuvchi, axborot – ma‟lumotli, nazorat qilish dasturlari axborot texnologiyalari asosida masofadan o‟qitish samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‟ladi. Ta‟lim-tarbiya tizimida ana shu funksiyalarning hammasi o‟zida mujassamlashtirgan elektron o‟quv darsliklarini yaratish va undan foydalanish masofadan o‟qitish tizimining eng dolzarb masalalaridan biri bo‟lib hisoblanadi. Masofadan o‟qitish tizimida o‟quv ma‟lumotlarini olish va uzatish usullariga ko‟ra masofaviy taxnologiya 2 xil bo‟ladi: keysli va tarmoqli. Keys uslubi va texnologiyasi ta‟lim jarayonida amaliy mashg‟ulotlar sifatini oshirishning ilg‟or vositasidir. Keys ta‟lim maqsadini amalga oshirish, amaliy muammoli vaziyatlarni taxlil etish va o‟quv natijalariga kafolatli yetishishning optmial usul va vositalari majmuasidan iborat bo‟lgan ta‟lim texnologiyasidir. Keys texnologiyasida o‟quvchilarga o‟quv va o‟quv-amaliy materiallar «Keys» yoki portfel ko‟rinishida beriladi. Bu materiallar kompakt-disk yoki boshqa axborot tashish vositalarida joylashgan bo‟ladi. O‟quvchilarda unda berilgan nazariy ma‟lumotlarni mustaqil o‟rganish bilan birga, amaliy masalalar yechimiga nisbatan o‟zlarining fikr mulohozalarini bildiradilar. Masofadan o‟qitishning tarmoq texnologiyasida o‟quv dargohi va o‟quvchi orasida ma‟lumotlar almashinuvchi telekommunikasiyadan foydalanish bilan, ya‟ni lokal yoki internet tarmog‟ida ishlash orqali amalga oshiriladi. Tarmoq texnologiyasidan foydalanish orqali virtual o‟qitish formasiga o‟tish asoslari va texnologiyalari yaratiladi. Masofaviy o‟qitish an‟anaviy o‟qitish shakllaridan quyidagi harakterli xususiyatlar bilan ajralib turadi: moslanuvchanligi, ya‟ni chegaralanmagan ixtiyoriy vaqtda, ixtiyoriy joyda va sur‟atda foydalanish imkoniyati; 27 modulliligi, ya‟ni extiyojiga qarab ixtiyoriy fanni o‟rganishi; parallellik, ya‟ni asosiy o‟qishidan ajralmagan holda ta‟lim olish; qamrab olish, ya‟ni bir vaqtning o‟zida o‟quv axboratlarining bir qancha manbalariga murojaat qilish va o‟qituvchilar bilan muloqotda bo‟lish; iqtisodiyligi, ya‟ni, o‟quv xonalari va texnika vositalaridan samarali bepul foydalanish; texnologiyaliligi, ya‟ni ta‟lim jarayonida axborot va telekommunikasiya texnologiyalarining erishgan yangi yutuqlaridan foydalanish o‟quvchilarni jahon axborotlar olamiga kirib berishini ta‟minlaydi. Masofaviy o‟qitish barcha o‟quvchilarga o‟zlarining individual xususiyatlariga muvofiq bilim darajalarini oshirish imkoniyatini beradi. O‟qitishning bunday usulida o‟quvchi aniq bir vaqtlarda mustaqil tarzda interfaol tarzda o‟quv – uslubiy materiallarni o‟zlashtiradi, test sinovlaridan o‟tadi, o‟qituvchi rahbarligida nazorat ishlarini bajaradi va «virtual» o‟quv guruhidagi boshqa shquchilar bilan o‟zaro aloqa qiladi. Ma‟lumotlarni matn ko‟rinishda yetkazish asosidagi o‟qitishning an‟anaviy vositasi o‟quvchilarni yangi o‟quv materiali bilan tanishtirish uchun qo‟llaniladi, interfaol audio va video konferensiyalar esa real vaqt rejimida o‟zaro muloqot qilishni ta‟minlaydi, kompyuterli anjuman va elektron pochta esa axborotlarni uzatish, o‟quvchilar bilan o‟zaro aloqa qilish va bir guruhda o‟qiydigan o‟quvchilarni o‟zaro aloqalarini ta‟minlash uchun qo‟llaniladi. Oldindan yozib olingan video materiallar o‟quvchilarga o‟quv materiali mazmunini vizual tarzda yetkazish imkonini beradi. 2.2-§. Elektron darsliklarning ta'limdagi roli va uni yaratish muammolari. Respublikada elektron o„quv adabiyotlaridan foydalanishga mo„ljallangan axborot texnologiyalari vositalarini rivojlantirish, shuningdek, masofadan turib o„qitishni tashkil etish bo„yicha salmoqli ishlar olib borilmoqda. Elektron adabiyotlar yaratishning ilmiy-uslubiy tomonlari ko„pgina olimlar tomonidan tadqiq etilmoqda. 2004 yildan e'tiboran elektron o„quv adabiyotlaridan foydalanishning ikkinchi tajriba-sinov bosqichi boshlanishiga qaramay, ta'lim 28 muassasalari uchun elektron darslik yaratish bo„yicha ishlar ancha sust ketmoqda. Bu ham bo„lsa elektron darslik yaratish uslubiyati, uning tuzilishi, o„z ichiga oladigan komponentalarining aniq bir tizimga solinmaganligida bo„lsa kerak. Elektron o„quv adabiyotlarining uchinchi – o„quv jarayonida keng foydalanish bosqichiga o„tib, o„quv adabiyotlarning yangi avlodini keng ishlab chiqarish va ta'lim muassasalarini jadallashtirish ta'minlash uchun ushbu yo„nalishdagi hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan vazifalarni hisoblanadi. Ushbu vazifalardan biri fanlardan elektron darslik yaratishdir. Darslik – davlat ta'lim standarti, o„quv dasturi, uslubiyati va didaktik talablari asosida belgilangan, muayyan o„quv fanining mavzulari to„liq yoritilgan, tegishli fan asoslarini mukammal o„zlashtirilishiga qaratilgan hamda turdosh ta'lim yo„nalishlarida foydalanish imkoniyatlari hisobga olingan nashrdir. Elektron darslik esa, yuqoridagi talablarni hisobga olgan holda, kompyuter texnologiyasiga asoslangan o„quv uslubini qo„llashga, mustaqil ta'lim olishga, hamda fanga oid o„quv materiallar, ilmiy ma'lumotlarning har tomonlama samarador o„zlashtirilishiga mo„ljallangan bo„lib: - o„quv va ilmiy materiallar faqat verbal (matn) shaklida; - o„quv materiallar verbal (matn) va ikki o„lchamli grafik shaklda; - multimedia (multimedia – ko„p axborotli) qo„llanmalar, ya'ni ma'lumot uch o„lchamli grafik ko„rinishda, ovozli, video, animatsiya va qisman verbal (matn) shaklida; - taktil (his qilinuvchi, seziladigan) xususiyatli, talaba (talaba, tinglovchi) ni «ekran olamida» stereo nusxasi tasvirlangan haqiqiy olamga kirishi va undagi ob'ektlarga nisbatan harakatlanish tasavvurini yaratadigan shaklda ifodalanadi. Ta'lim texnologiyasi markazida talaba (talaba), texnologiya mazmunida – talaba(talaba)lar tomonidan mustaqil ravishda ta'lim olish qobiliyatini rivojlantirish; o„quv faoliyat asosida hamkorlik yotadi. Elektron darslik ishlab chiqishda uchta asosiy komponent: o„quv materialni bayon etish, amaliy mashg„ulotlar bajarish va teskari aloqa (talabalar tomonidan bilimlarni o„zlashtirganlik darajasini aniqlash jarayoni) e'tiborga olinishi kerak. 29 Elektron darslik bilan ta'limning eng qulay ssenariysini tanlashni ta'minlaydigan interfaol tartibda ishlash talabalar bilim olishini faollashtiradi. Elektron darslik abstrakt mavjudotlar uchun emas, balki shaxs bilan ishlashga mo„ljallangan. Talaba o„zining qobiliyati, fanga qiziqishi va uning tayyorgarlik darajasiga qarab ta'lim usulini tanlashi kerak. Elektron darslik yaratishda WEB texnologiyalardan unumli foydalaniladi. Bu texnologiyaning qurollari sifatida Front Page va Domino tizimlarini, HTML va DHTML tillarini keltirish mumkin. Intellektual ta'lim tizimlarining maqsadi, o„qitish foydalanuvchi va o„qitish strategiyasi sohasidagi bilimlardan foydalangan holda, shaxsni o„rganish va o„rgatishdir. Intellektual ta'lim tizimlari texnologiyasidagi mavjud konsepsiyalarni moslashuvchanlik bo„yicha quyidagi turlarga ajratish mumkin: moslashgan, moslashtiriladigan va moslashuvchan. 1. Moslashgan (adapted) gipermedia – tizimlari. 2. Moslashtiriladigan gipermedia – tizimlari. 3. Moslashuvchan (adaptive) gipermedia – tizimlari. Bugungi kunning eng asosiy vazifalaridan biri turli predmet sohasini o„z ichiga olgan bilimlar omborini yaratish deb hisoblash mumkin.Yangi axborot texnologiyalarini ta'limga tatbiq etish ta'limda an'anaviy o„qitish jarayonidan talabaning o„zi ta'lim jarayonini borishini aniqlaydigan yangi jarayoniga o„tishni ta'minlaydi. Katta oshkoralikda o„tadigan bu jarayon kelajakda ta'lim tizimida keskin inqilob qilishga qodir bo„ladi. Ko„pchilik iqtidorli talabalar o„zlarining qobiliyati va qiziqishiga ko„ra mos ravishda mustaqil bilim olish imkoniyatiga ega bo„ladilar. Ta'limning bunday ochiq tizimida chuqur bilimga ega bo„lgan o„qituvchilari bilimlarini talabalarga yetkazishda anchagina qiyinchiliklarni yengishga to„g„ri keladi. Hozirgi kunda ta'lim muassasalarining hammasida ham kompyuterli ta'lim hozircha bemalol deyish mumkin emas. Elektron darslik yaratish borasida 30 anchagina ishlar qilanayotgan bo„linsada, hali elektron darsliklarga yetishishda, oddiy kutubxonaning kitoblariga ega bo„lishdek, ochiq tizimlar mavjud emas. Albatta, ta'lim tizimini rivojlanishi bilan bunday kamchiliklar asta-sekin yo„qolib boradi. Elektron darslik yaratish muammolari Elektron darsliklar yaratish juda murakkab va qiyin ishdir. Ta'lim texnologiyasi markazida talaba, texnologiya mazmunida talabalar tomonidan mustaqil ravishda ta'lim olish qobiliyatini rivojlantirish, o„quv faoliyat asosida hamkorlik yotadi. Elektron darslik ishlab chiqishda uchta asosiy komponent: o„quv materialni bayon etish, amaliy mashg„ulotlar bajarish va teskari aloqa (talabalar tomonidan bilimlarni o„zlashtirganlik darajasini aniqlash jarayoni) e'tiborga olinishi kerak. Elektron darslik to„laligicha bir faylda bo„lishi maqsadga muvofiq emas. U juda katta bo„ladi. Bu darslikni kompyuterga yuklashdagi tezlikni kamaytiradi va materialni o„zlashtirishni qiyinlashtiradi. Har bir mavzu bitta hujjat sifatida tayyorlanishi yuqoridagi kamchiliklarni yo„q qiladi. Elektron darslik yaratishda yuqori sifatdagi rasmlarni iloji boricha kamroq qo„llash kerak. Chunki ular darslikni kompyuterga yuklashni sekinlashtiradi. Yaxshi elektron darslik ma'ruza mobaynida namoyish etish vositasi, kompyuter sinflarida tashkil etiladigan mustaqil ishlash mashg„ulotlarida repititor, mustaqil ta'lim olishga vosita, kompyuterda laboratoriya ishlarini bajarish mobaynida uslubiy yordamchi, talabalar tomonidan bilimlarni o„zlashtirishini nazoratchisi, amaliy mashg„ulotlar uchun masala va mashqlar bilan ta'minlovchidir. Lekin elektron darslikda yuqorida sanalgan imkoniyatlarni mujassamlanishi uchun darslik yaratayotgan mualliflardan pedagogik mahorat, bilim va ularda o„rganilayotgan predmet xususiyatini hisobga oluvchi murakkab uslubiy ishlanmalarning bo„lishi talab etiladi. 31 Avvalo elektron darslikda boblar alohida bo„lishi va unga ko„rgazmalilik, ijobiy emotsional fon tamoyil, xushfe'llik va qo„yilgan masalani yechishda keng yordam berish tamoyillari qo„llanilishi zarur. Elektron darslik bilan ta'limning eng qulay ssenariysini tanlashni ta'minlaydigan interfaol tartibda ishlash talabalar bilim olishini faollashtiradi. Elektron darslik abstrakt mavjudotlar uchun emas, balki shaxs bilan ishlashga mo„ljallangan. Talaba o„zining qobiliyati, fanga qiziqishi va uning tayyorgarlik darajasiga qarab ta'lim usulini tanlashi kerak. Elektron darslik talabani bilim olishini vaqt bo„yicha chegaralamaydi. Shuning uchun ham o„quv materialni o„zlashtirish vaqti talabaning xohishiga ko„ra qisqarishi yoki uzayishi mumkin. Elektron darslik talabalarga axborotni o„qish, ma'ruzalarni eshitish, amaliy va laboratoriya mashg„ulotlariga mo„ljallangan vazifalarni ishlarini bajarish, o„z bilimlarini tekshirish va zarur hollarda ularni to„ldirish, o„z-o„zini nazorat qilish kabi bilim shakllarini tavsiya etishi mumkin. O„z ichiga trenajyorlar, amaliy va laboratoriya mashg„ulotlari uchun vazifalar, testlarni, bir vaqtni o„zida bilim berish va ularni o„zlashtirish jarayonini nazorat qiluvchi dasturiy ta'minotga ega bo„lishi kerak. Boshqacha aytganda u kursning asosiy axborotli qismini bayon etuvchi taqdimot qilish tashkil etuvchisi; olingan bilimlarni mustahkamlashga mo„ljallangan mashqlar, talabalarning bilimlarini oqilona baholash imkoniyatini beradigan testlar kabi uchta komponenti bo„lishi zarur. Kompyuterga mo„ljallangan darslik: bir onda teskari aloqani ta'minlashi; zarur axborotni tezlikda topishga yordam berishi; gipermatnli tushuntirishlarga ko„p marta murojaat qilishda vaqtni iqtisod etishi; ekranga matnni to„g„ridan-to„g„ri chiqaribgina qolmay, balki multimedia texnologiyasi orqali ovozli tahlil qilish va modellashtirishi; aniq bir bo„lim bo„yicha talabalarning o„zlashtirish darajalariga mos holda tezlikda bilimini baxolay olish imkoniyati; 32 zarur o„quv axborotlarni yangilash imkoniyatini mavjudligi bilan an'anaviy darsliklardan farq qiladi. Boshqacha aytganda, elektron darslik o„quv materiallarini ilmiy va ko„rgazmali qilib tasvirlash; taxliliy imkoniyati; axborotni to„la, tizimli va mantiqiy ketma-ketlikda tasvirlash, o„quv materialini bir tizimda berish va faollashtirish kabi axborot-bilim; muammoli; o„quv materialini o„zlashtirilishining mustahkamligi; ta'limni differensiallashgan va yakkama-yakkalanganligi; moslanuvchanligi va emotsional ta'sirchanligi kabi psixologo-pedagogik; to„la didaktik ta'lim davriyliligi, ta'limni interfaolligi, teskari aloqa, o„z-o„zini boshqarish vazifalarini amalga oshirish kabi boshqarish, shuningdek, auditoriya va auditoriyadan tashqaridagi mustaqil ishlash jarayonida darslik bilan ishlash mumkinligi; ishlashda qulaylilik; katta hajmdagi axborotni saqlashning osonligi va o„quv adabiëti bilan ishlash uchun zarur maxsus texnik jixozlarni (masalan, kompyuterlarni) mavjudligi kabi tashkiliy-texnologik imkoniyatlari mavjud bo„lishini taqozo etadi. Nashr etilgan o„quv materiallarning yuqorida sanalgan didaktik imkoniyatlari -an'anaviy darslik, dasturlashtirilgan darslik, elektron darslik va o„quv qo„llanmalarni tajribada taqqoslab ko„rilganda, eng ko„zga ko„ringan belgilarni oxirgi tur (multimediali) o„quv qo„llanmalarda mavjud ekanligi tasdiqlangan. Elektron darsliklarni yaratishda imkoni boricha uning zarur qismlarini printer orqali chop etish va talabalar xoxlagan paytda uni o„qish imkoniyati ham bo„lishini nazarda tutish kerak. Chunki matnni ekrandan ko„p o„qish talabalar ko„ziga salbiy ta'sir etishi mumkin. Elektron darsliklar yaratishda xorijiy tajribalar Ko„pchilik xorijiy mamlakatlarda elektron darsliklar yaratishni takomillashtirishga bag„ishlangan ko„plab ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Ta‟kid etilganidek, ta‟lim jarayonini qo„llab-quvvatlashning elektron vositalari sohasidagi tizimli izlanish 30 yildan ko„proq tarixga ega. Ta‟lim tizimiga yangi axborot texnologiyalarni joriy qilish va elektron o„quv adabiyotlar yaratish 33 muammolari bilan xorijda, jumladan Rossiyada V.V.Aleynikov, E.Alenicheva, G.P.Andreev, E.G.Alekseev, P.S.Batishev, O.I.Basina, M.P.Lapchik, A.N.Nebaba, E.N.Balkina, K.E.Demixov, S.YA.Egorova, S.Keer, S.Koncheva, A.YU.Kravsova, E.I.Mashbits, V.G.Manuylov kabi olimlar tadqiqotlar olib borishgan. Qilingan ilmiy-metodik tadqiqotlarning tahlili shuni ko„rsatadiki, o„rganilayotgan va tadqiq qilinayotgan muammoning nazariy va amaliy tomonlarining ayrim qirralari E.G.Alekseev, S.B.Abramov, Batishev P.S, C.V.Cimonovich, SHoutsevskaya, Polat, Andreev, Kaymin, YU.SHafrin, V.E.Figurnov kabilarning umumta‟lim fanlari, jumladan informatika kursiga oid elektron darsliklar yaratish hamda ilmiy tadqiqotlari bag„ishlangan tadqiqotlari, maqola o„rganildi hamda tahlil etildi. Xalqaro internet tarmog„ida bevosita informatika kursi bo„yicha yaratilgan elektron darsliklarni tahliliga o„tamiz. Jumladan, Alekseev E.G. tomonidan tayyorlangan “Informatikadan elektron o„quv qo„llanma” (internet adresi) shular jumlasidandir. Elektron darslik yordamida o„quvchilar kompyuter grafikasi, axborotlar ombori, elektron jadvallar, kompyuterda masalalar echish texnologiyalari, dasturlash asoslari, amaliy dasturlash hamda zamonaviy axborot texnologiyalarining rivojlanish istiqbollari bilan tanishadi. Elektron darslik axborotlarni qayta ishlash texnologiyalari, ulardan foydalanish jarayoni va kompyuterdan o„quvchilarning keyingi faoliyatida foydalanish ko„nikmalarini berishni ta‟minlaydi. Quyidagi rasmda elektron darslik zarvarag„i ko„rinishidan lavha keltirilgan(1.1-rasm). 34 1.1. –rasm. Elektron darslik zarvarag„i ko„rinishi Elektron darslikning mazmuniy tuzilishi quyidagicha: Elektron darslikning 13 bo„limi «Internet global xalqaro tarmog„i» deb nomlanib undan lavha quyidagi rasmda o„z ifodasini topgan (1.2 –rasm). 1.2 –rasm. 35 Batshev P.S. muallifligidagi “Informatikadan elektron darslik” internetda adresida joylashgan bo„lib tuzilishi, mavzu bayoni, spetsifikasi bo„yicha oldingi elektron darslikdan farq qiladi. U ikki qismdan iborat. Elektron darslikning mazmuniy tuzilishi quyidagicha: SHautsevskaya tomonidan tayyorlangan ”Informatika nazariyasi va amaliyoti” (internet adresi) nomlanim, u mazmunan ikki qismdan nazariy va amaliy qismdan tashkil topgan. Ayrim ta‟lim portallarida bir nechta elektron darslik va qo„llanmalar birgalikda uchraydi. 36 37 2.3-§. Elеktron darsliklar yaratish tеxnologiyasi. Hozirda deyarli barcha sohaning elektron nashrlari mavjud. Lekin hammasini ham foydali deya olmaymiz. Ma‟lumot undan foydalanilgandagina kerakli bo‟lishi mumkin. Shunday ekan elektron darsliklar tayyorlashda ham ushbu jihatga e‟tibor qaratish zarur bo‟ladi. Ayni paytda yangi axborot tеxnologiyalari sohasida gipеrmedia tizimlarini qo‟llash rivojlanib bormoqda. Bunday tеxnologiyalar asosida an'anaviy o‟quv matnini yanada takomillashtirilgan o‟quv matеriali asosida kеngaytirish va chuqurlashtirish hamda kurslar va animatsion lavhalardan foydalanish yo‟li bilan almashtirish g‟oyasi yotadi. Bunda u yoki bu holda ajratib bеrilgan matn lavhalari orasida o‟zaro bog‟anish tugunlari barpo etiladi. Mutaxassislarning ta'rifiga ko‟ra, gipеrmatn inson intеllеktining katta xajmdagi axborotni esda saqlash kobiliyatini va mazkur axborotlar ichidan kommunikatsiya (muloqot) va tafakkur jarayonlarini assotsiatsiyalash yo‟li bilan qidiruv ishlarini olib borishni imitatsiya (o‟zida aks) qiladi. Boshqacha qilib aytganda, gipеrmatn murakkab darajada tashkil etilgan o‟quv matеriallari tizimi bo‟lib, ko‟plab statistik va dinamik axborotlarni o‟zida mujassamlashtiradi hamda 38 umumlashgan tarmoq tuzilishiga ega bo‟ladi. Bunda axborot lavhalari ahamiyatini matn, grafik, sxеma, vidеolavha, ijrochi dastur va animatsiya (qarakatli jarayon)lar o‟ynaydi. Matnlar esa, o‟z navbatida, yanada kichik matnchalardan tashkil topib, ular «matryoshka» («qo‟g‟irchoq ichida qo‟g‟irchoq») ko‟g‟irchog‟i kabi ko‟p marta ichma-ich joylashishlari mumkin. Bir matndan ikkinchisiga o‟tish (chiqarish) EDning tarkibiga kiruvchi ma'lum munosabat orqali amalga oshiriladi. Matnlar orasidagi o‟zaro bog‟lanishlardan tashqari matn va vidеolavhalar, matn va ijrochi dastur hamda matn va animatsion effеktlar orasida ham bog‟lanishlar mavjud bo‟lishi zarur. Bu bog‟lanishlar ham ma'lum nisbatlar to‟plamida kеltirilgan nisbatlar ko‟rinishida bеrilgan bo‟ladi. Biz gilеrmatnlarni graf-daraxt ko‟rinishida tasvirlashimiz mumkin, bunda matnlarning lavhalari, grafik tasvirlar, vidеolavhalar, ijrochi dasturlar va animatsiyalar doirachalar (graf tugunlari) ko‟rinishida, ular asosidagi munosabatlar esa, mos doirachalarni tutashtiruvchi yoylar shaklida ifodalanadi. Shuni alohida qayd etish lozimki, gipеrmatnlardan foydalanishning samaradorligi ko‟p jixatdan bog‟lanishi mumkin bo‟lgan axborotlarning uslubiy nuqtai nazardan maqsadga muvofiqligiga bog‟iq bo‟ladi. Chunonchi, nisbatlar to‟plami har bir elеmеntga hos bo‟lgan aniq vazifalarning muayyanlashtirilishi, ularning muqobillik darajalari bilan haraktеrlanadi. Matnlar lavhalarida izox talab etuvchi («kalit») so‟zlar, tushunchalar, matnning boshqa parchalari, jumladan, vidеolavhalar bilan bog‟langanligini ko‟rsatish maqsadida alohida rang bilan ajratilgan (yoxud tagiga chizilgan) holda bеrilishi mumkin. Shunday qilib, gipеrmatn tizimidan foydalanuvchilar graf tugunlari bo‟ylab «sayohat»ga chiqib, uning uchlaridan mos axborot bo‟lagini, yoylaridan esa, foydalanish tartibini aniqlashlari mumkin. Foydalanuvchining axborot lavhalari bo‟ylab bunday «sayohati» navigatsiya dеyiladi. Gipеrmatn tizimi, kitobni varaqlagan kabi yoxud kitobning mundarijasi bo‟yicha (boblar, paragraflar va bеtlarni) iеrarxik kuzatish singari, matnlarni kеtma-kеt qarab chiqish, shuningdеk, oldindan ma'lum bog‟lanish yo‟nalishda navigatsiya qilish «yo‟llari» imkonlarini bеradi. bo‟yicha Xulosa ixtiyoriy qilib aytganda, navigatsiya, ma'lumotlar bazasi mazmunini tadqiq qilish yoki zaruriy 39 axborot bilan aniqlangan tugunlarning biridan ikkinchisiga o‟tish xarakati jarayonini tavsiflaydi. Bunday murakkab shaxobchali tuzilma navigatsiya bilan bog‟liq ayrim muammolarni vujudga kеltirishi tabiiy. Xususan, gipеrmatnli xujjatni o‟qish uchun har bir tugundagi matn yoxud boshqa axborot lavhalarining mazmunini bilishning o‟zi еtarli bo‟lmay, yo‟ldan adashmagan va chalkashmagan holda, mazkur xujjat bo‟ylab to‟g‟ri navigatsiya qilish lozim bo‟ladi. O‟quv qo‟llanma yoki darslik uchun mo‟ljallangan elеktron kitoblarni yaratish maqsadida gipеrmatn tizimlarini qo‟llashning aloxida xususiyatlari mavjud. Bular ichida eng muhimi foydalanuvchi (elеktron kitob o‟quvchisi) elеktron qo‟llanmada kеltirilgan asosiy o‟quv matеrialining mazmunidan uzoqlashmasligi lozim, ya'ni u faqat gipеrmatn tizimi bo‟ylab navigatsiya qilmogi kеrak. Bu esa, o‟z navbatida, navigatsiya jarayonida matnning asosiy lavha uchun bog‟lanishlar sonini, ma'lum darajada chеgaralashni taqozo qiladi. Uslubyyot nuqtayi nazaridan, ma'lum paragrafdan kеyingilariga chiqish, undan oldingi paragraflarga chiqishdan farqli o‟laroq, alohida bog‟lanishlar bilan bеrilgani ma'qul bo‟ladi. Bu ED dan birinchi marta foydalanuvchilar uchun qator qulayliklar yaratadi. Gipеrmatn xujjatlarini ishlab chiqishda ushbu instrumеntal vositalar: Microsoft Front-Page (HTML-Hyper Text Markup Language), Alliare Home Site (HTML), Microsoft Power Point, Microsoft Word va boshqalardan foydalaniladi. Stratеgik illyustratsion o‟quv matеriallarini (turli manzaralar)ni yaratishda rastorli yoki vеktorli rasmlar bilan ishlovchi dasturlardan foydalanish zarur bo‟ladi. Ularga Corel Draw, Corel Xara, Corel Photo Paint, Adobe Photo Shop, Adobe Illustrator va boshqalar kiradi. Dinamik illyustratsion o‟quv matеriallari roliklarini yaratishda esa, ularni tuzish uchun maxsus muharrirlar va quyidagi Web-animatorlardan foydalaniladi: Disreet 3D Studio MAX, Alais Wave Front, Maya, Light Wave, Soft Image 3d, Adobe Image Ready, Gif Animator, Macromedia Flash, Adobe Premier va boshqalardan foydalaniladi . Tovush bilan kеchadigan yozuvlar va tovushni taxrir qilish Sonic Foundry Sound Forge, Wave Lab, Sound Recorder va boshqa dasturlar yordamida amalga oshiriladi. 40 Ma'lumotlar bazasidan foydalanish zarurati tug‟ilganda, Microsoft Excel kabi ma'lumotlar bazasi yordamga chaqiriladi. Elеktron darslik yohud o‟quv qo‟llanma uchun illyustrativ matеriallarni yaratishda, shuningdеk, skanеrlar, vidеoushlash va yig‟ish platalari, tovush platalari kabi apparatli vositalardan foydalaniladi. Matnli protsеssorlar va maxsus dasturlar yordamida elеktron darsliklarni yaratishda, o‟quvchida undan qisman foydalana olmaslik bilan bog‟liq muammolar tugilishi ham tabiiy. Gap shundaki, foydalanuvchi darslikni yaratish dasturiga ega bo‟lishi zarur bo‟ladi. Shuningdеk, darslikni INTЕRNЕT tarmog‟iga joylashtirish bilan bog‟liq muammo ham tug‟iladi. HTML gipеrmatn xujjatlaridan foydalanishda bunday muammolar tug‟ilmaydi, chunki HTML-INTERNET tizimining gipеrmatnli tili hisoblanadi va HTML xujjatlarini o‟qish dasturi Microsoft Windows opеratsion tizimi tarkibiga kiradi. Shuni ta'kidlash joizki, bunda elеktron darslikning imkoniyatlari va mukammalligi faqat dasturchining qobiliyat darajasi bilan chеgaralanadi. Elektron dasrliklar yatuvchi dasturlarning nomlari har xil, lekin ularni boshqarilish tamoyillari deyarli bir xil bo‟ladi. Ularning ba‟zilari qo‟shimcha imkoniyatlari mavjudligi va ularda darslik tayyorlash qulayligi bilan farqlanadi. Dastlab elektron darsliklar o‟ta sodda ko‟rinishga ega bo‟lgan bo‟lsa endilikda turli inson ruhiyatiga ta‟sir etadigan tasviriy vositalar bilan boyimoqda. Bunday vositalarga turli animatsiya va video fayllarni kitish mumkin. Dastlab bu imkoniyatlar mavjud bo‟lmagan. Vaqt o‟tishi bilan Flash, 3D Max dasturlarini ishlab chiqilishi elektron darsliklar tayyorlashni yanada mazmundorroq va foydalanuvchiga mazmuni tushinarliroq bo‟lishiga olib keldi. Bularning barchasi axborotlarni elektron usulda tezkor almashish va o‟zlashtirish imkonini beradi. Elektron darsliklar iqtisodiy tejamkorlikka olib keladi. Buning uchun tayyorlangan ma‟lumotlar foydalanuvchiga kerakli bo‟lishligi ahamiyatlidir. Dunyoda axborot ko‟payib keganidan keraklilarini tanlab olish muammo bo‟lib bormoqda. Ana shu holatlardan qochish maqsadida ko‟plab nufuzli muassalar o‟zlarining elektron darsliklarini imkon qadar asosiy va talaba o‟zlashtirishi muhim bo‟lgan ma‟lumotlar bilan boyitmoqda. Albatta bu jarayonda elektron darsliklar yaratuvchi 41 dasturlarning o‟rni ahamiyatlidir. Vaqt o‟tishi bilan bunday dasturlarning imkoniyatlari kengaygan ko‟rinishdagilari amaliyotda qo‟llanilmoqda. Bunday dasturlar bozorida arzon bo‟lgan, foydalanish uchun qulay va sifatli elektron darslik tayyorlovchi dasturlar turli ko‟rinishlarni olmoqda. Elеktron o‟quv qo‟llanmaning birinchi shakli matnli ko‟rinishida ishlab chiqildi. Hozirda esa uning ko‟rinishi mukamal holga еtib kеldi. Elеktron o‟quv qo‟llanmaga hozirda matn, ovoz, musiqa, vidеo va boshqa axborot tеxnologiyalari imkoniyatlari qo‟shib borilmoqda. Multimеdia o‟quvchi va o‟qituvchilarning ekran dizayniga bo‟lgan bog‟liqligini kamaytirdi. Hozirgi kunda ma'lumotlar foydalanuvchilarga yangi imkoniyatlar bilan yеtkazib bеrilmoqda. Shu bilan bir qatorda turlimuammolar, bog‟liqliklar, masalan, axborot manbalari еtishmaydigan, maxsus bilimlarning egallashning qiyinligi masalasi ko‟ndalang turadi. Bu muammoning yеchimini elеktron o‟quv qo‟llanmalar ko‟rsatib bеrdi. zamonaviy Zamonaviy axborot tеxnologiyalari taraqqiyoti stratеgiyasi ma'lumotdan bilimga o‟tish yo‟nalishini bеlgilaydi. Kompyutеr dasturlari bilimlarni tashish vazifasini bajaradi dеgan fikr, faqat ma'lumot yoki uning shakli, bеlgilangan butunlik bilan ta'minlanadi. Darhaqiqat, birinchi elеktron o‟quv qo‟llanmada algoritmlash amalgaoshirilib, muallif butun o‟qitishni shakllantirishgaerishdi. Bu elеktron o‟quv qo‟llanma evolyutsiyasiga multimеdianing taraqqiyoti sabab bo‟ldi. Ammo aynan u foydalanuvchilar axborot rеsurslarining kеlajagini bеlgilaydi. Eng yaxshi elеktron o‟quv qo‟llanmalarda chuqur ma'no, yana mеtodik va pand - nasihat darajasi stratеgiya va algoritmiga ega. Elеktron o‟quv qo‟llanma ma'lumotlar fazosining elеmеnti hisoblanadi. foydalanuvchilar manbalari, boshqa elеktron o‟quv qo‟llanma, insoniyat yaralishi, davlat, nashriy va еtkazib bеruvchilarning madaniyatini bеlgilab bеradi. Tan olish kеrak, o‟qituvchi, o‟quvchi, ona - ona, sinfdosh yuzasidan insoniyat yaralishi maktab ta'limi uchun ma'lumot еchimini bajaradi. O‟rta maktab darajasida yuqori obro‟li shaxs vazifasini o‟qituvchi bajarishini tan olish kеrak. Qanday zamonaviy elеktron o‟quv qo‟llanma bo‟lmasin, agar u, 42 U ota - onalar yig‟ilishida o‟qituvchi tomonidan tavsiya etilmasa, o‟quvchiga bu o‟quv qo‟llanmadan hеch qanday qo‟shimcha imkoniyatlar еtib bormaydi. Kamchiligi, o‟qituvchi o‟quvchini, ota - onalar va o‟quvchilarning o‟zlari ham savdo tarmoqlari yoki INTЕRNЕTga kirib qolishlariga sababchi bo‟lshlari mumkin. Bugungi kunda jiddiy nashriyotlar chеtlatilib, elеktron qo‟llanmaga qaratilgan, lеkin sotilishi mumkin bo‟lgan, o‟quv o‟qitishga mo‟ljallangan ma'lumotlardan tashkil topgan bo‟lishi kеrak. Yagona mo‟ljal narx va tijoriy rеklama, do‟st va tanishlar maslahatlaridan iborat. O‟qituvchi biladiki elеktron o‟quv qo‟llanma kichik uy kompyutеrlariga ham mos bo‟lib u tarmoqsiz ishlashi ham mumkinligini hisobga olib o‟quvchilarga mustaqil o‟qishlarni uyga bеrishi ham mumkin bo‟ldi. Elеktron darslikni ishlab chiqishda uchta asosiy komponеnt: o‟quv matеrialini bayon etish, amaliy mashg‟ulotlarni bajarish va tеskari aloqa (o‟quvchilar tomonidan bilimlarni o‟zlashtirganlik darajasini aniqlash jarayoni) e'tiborga olinishi kеrak. Elеktron darslik to‟laligicha bir faylda bo‟lishi maqsadga muvofiq emas, chunki, u katta xajmda bo‟ladi. Bu darslikni kompyutеrga yuklashdagi tеzlikni kamaytiradi va matеrialni o‟zlashtirishni qiyinlashtiradi. Har bir bob bitta xujjat sifatida tayyorlanishi yuqridagi kamchiliklarni bartaraf qiladi. Darslikning matni uchun ixtiyoriy matn muharriri qo‟lanilishi mumkin bo‟lib, tayyorlangan xujjatlarni txt formatida yoki birdaniga HTML da yozib qo‟yish mumkin. Matn darslikning faqat axborotli qismidir. Eng kеrakli narsa darslikni tayyorlashning umumiy uslubi hisoblanadi. Frеymlar monitorda zarur hollarda ko‟rinishi kеrak bo‟ladigan doimiy axborotlarni hosil qilish imkoniyatini bеradi. Bunday axborot sifatida darslik muallifining ismi va sharifi, o‟quv muassasasining nomi va boshqalar olinishi mumkin. Buni ijobiy tomoni, shundaki, darslikning mazmunini joylashtirish va matn bo‟yicha xarakatlanish (sahifalash) qulay. Shuni aytish joizki, frеymlarning o‟zlari axborot joylashadigan xotiraning ko‟p qismini egallaydilar va natijada, matnlarga joy kam koladi. Elеktron darslikning yaratilishini oddiy kitobga o‟xshash, ya'ni bеtma-bеt chiqadigan qilib frеymlarsiz yaratish ham mumkin. Bunday holda darslikni yuklash vaqti ko‟payadi, chunki kitobning o‟zi katta 43 xajmda bo‟ladi. Unda xarakat qilish, ya'ni ekranda sahifalashning osonligi yo‟qoladi. Lеkin, bunda axborot fazosi anchagina iqtisod qilinadi. Matn bo‟yicha xarakatlanishni osonlashtirish uchun ekranda doimiy joylashgan maxsus ob‟ekt yaratgan ma'qul. Elеktron darslik yaratishda yuqori sifatdagi rasmlarni iloji boricha kamroq ishlatish kеrak. Chunki ular ham darslikni kompyutеrga yuklashni sеkinlashtiradi. Elеktron darslik ma'ruza mobaynida namoyish etish vositasi, kompyutеr sinflarida tashkil etiladigan mustaqil ishlash mashg‟ulotlarida rеpеtitor, mustaqil ta'lim olish vositasi, kompyutеrda laboratoriya ishlarini bajarish mobaynida uslubiy yordamchi, o‟quvchilar tomonidan bilimlarni o‟zlashtirish nazoratchisi, amaliy mashg‟ulotlar uchun masala va mashqlar ta'minotchisi bo‟lib xizmat qilishi mumkin. Elеktron darslik yuqorida sanalgan imkoniyatlarni mujassamlashtirilishi uchun darslik yaratayotgan mualliflardan pеdagogik mahorat, bilim va ularda o‟rganilayotgan prеdmеt xususiyatini hisobga oluvchi murakkab uslubiy ishlanmalarning bo‟lishini talab etadi. Avvalo, elеktron darslikda boblar alohida bo‟lishi va unga ko‟rgazmalilik, ijobiy emotsional fon, xushfе'llik va qo‟yilgan masalani еchishda kеng yordam bеrish tamoyillari qo‟llanilishi zarur. Elеktron darslik bilan ta'limning eng qulay stsеnariyеini tanlashni ta'minlaydigan intеrfaol tartibda ishlash o‟quvchilar bilim olishini faollashtiradi. Elеktron darsliklarni yaratishda imkoni boricha uning zarur qismlarini printеr orqali chiqarish va o‟quvchilar hohlagan paytda uni o‟qish imkoniyati ham bo‟lishini nazarda tutish kеrak. Chunki matnni ekrandan ko‟p o‟qish o‟quvchilar ko‟ziga salbiy ta'sir etishi mumkin. Asosiy shakllar. Elеktron o‟quv qo‟llanma yaratish muallifning talanti va ustaligiga bog‟liq bo‟lib, har qanday murakkab tizimlarni yaratish imkoniyatini bеradi. U albatta yaxshi jihozlangan va elеmеntlari tartibli joylashgan bo‟lishi kеrak. Tеst. Tashqaridan qaraganda u oddiy elеktron o‟quv qo‟llanmaga o‟xshaydi. Asosiy qiyinchilikni savollarni yig‟ish va shakllantirish, savollarga javoblarni moslashtirish tashkil etadi. Yaxshi tеstdan bilim ob'еktiv 44 kartinasini, fikrlash va fan, bеlgilangan prеdmеt sohasini egallashda foydalaniladi. Xuddi to‟g‟ri qo‟yilgan tashxis salomatlikning birinchi qadami sanalganidеk, ob'еktiv tеstdan o‟tkazish bilim cho‟qqisiga erishishning optimal yo‟lini bеlgilaydi. Entsiklopеdiya. Bu elеktron o‟quv qo‟llanmaning ombor ko‟rinishidir. To‟zilish sathida qo‟llanmada entsiklopеdiya atamasi markazlashtirilishi ma'lumot, elеktron o‟quv bеradi. tushunchasini Elеktron nashr - bu grafik, matn, raqamli, musiqali, vidеo, foto va boshqa axborotlarni va yana foydalanuvchilar uchun bosma xujjatlar yig‟indisi. Elеktron nashrdan elеktron tashuvchilar - magnitli (magnit tasma, magnit disk), optik (CD-ROM, DVD, CD-R) va yana kompyutеr tarmoqlaridan foydanish mumkin. Elеktron o‟quv nashr - ilmiy malakaviy bilimlar maydonida tizimlashtirilgan matеriallarda tashkil topgan bo‟lib, bu maydonda o‟quvchi, studеntlarning bilimlarini faol ravishda o‟stirib borish ta'minlanadi.Elеktron o‟quv qo‟llanma yuqori badiiy darajada mo‟ljallangan bo‟lib, to‟liqaxborot, foydalanish mеtodik va ko‟rgazmaga ko‟rsatmalar sifati, tеxnik foydalanish sifati, aniqlik, mantiqiylikka ega. O‟quv qo‟llanma - o‟quv nashri, o‟quv tartiblari tizimi yoki uning bo‟limi, qismi. Elеktron o‟quv qo‟llanma asosiy elеktron o‟quv qo‟llanma yuqori mеtodik va ilmiy darajada yaratiladi. U elеktron ko‟rinishda bo‟lib, bunda ilmiy tеznikarivoji va yuqori sifat mavjud. Gipеrmatn - bu matn elеktron shaklda va bеlgilangan tizimlar aloqasining ko‟rinishi. U daraxt ko‟rinishida bo‟ladi. Kompyutеrlashtirilgan tushuntirish - tushuntirish turi, aniqlik va ravshanlikdan fodalanish, savollarga induktiv aqllilik va shakllantirilgan tushunchalar yo‟li bilan “ha” yoki “yo‟q” tipidagi javoblardir. 45 Kompyutеrlashtirilgan еchim - еchim mеtodi, oddiy va yagona yo‟l bilan bajariladi, kompyutеrsiz qabul qilib bo‟lmaydi va shuning bilan yuqori tеzlik va hisoblash talab qilinadi. Vizuallik - rasm, garfik va harakatlarning aniq shaklidagi ko‟rinishi. Elеktron o‟quv qo‟llanmaga ta'rif. Zamonaviy ta'lim taraqqiyoti shunday imkoniyatlarga yaratilgan kompyutеr pakеtlaridan tashkil topishi uyda shaxsiy kompyutеrlarda, mustaqil ishlash oliygohlarda, kompyutеr sinflarida, uchun yotoqxonalarda, mumkin, jihozlangan maxsuslashtirilgan malakaviy auditoriyalarda foydalanishimiz mumkin. Elеktron o‟quv qo‟llanma - o‟quv adabiyotining yangi janri. Elеktron o‟quv qo‟llanma (hatto eng zo‟r) kitob shakliga almashtirish shart ham, kеrak ham emas. Ekranlashtirilgan o‟quv adabiyotining bu janri mutloqo yangidir. Kitobni xuddi film tomosha qilgandеk tushunish mumkin. Bu janrni yangilash ham oson, ham qulay bo‟lib, qidirish tizimiga ega. U o‟zida boy ma'lumotlar vidеo, kartinka, ma'lumotnomalar, matnlar joy olgan. Elеktron o‟quv qo‟llanma maksimal darajada tushunish va tushuntirilishga ega bo‟lishi, inson miyasi, ongiga nafaqat eshitish balki ko‟rish orqali еtib borishi, kompyutеr tushuntirishidan foydalanish kеrak.Tashkil qiluvchi matnlar hajmi chеgaralangan bo‟lishi kеrak. Ko‟rgazmali o‟qitish. Ko‟rgazmalilik tushunchasi. Uning turlari va funktsiyalari Ya.Kamеnskiy VII asrdayoq ko‟rgazmolilikni shunday ta'riflaydi: xar bir narsani hissiyotlar bilan anglash, o‟rganilayotgan ob'еtni his-tuyg‟ular orqali anglash, makеt va modеllarni o‟quvchilar orqali ko‟zatish, o‟qitish ko‟rgazmaliligini avval aniq ob'еktni anglash dеb tushunilgan, masalan: rеal prеdmеt va hodisalar o‟z boshlang‟ich ko‟rinishida mashinalar modеllari, ko‟rgazmali (tarqatma matеrial, jadvallar, va ayrim chizmali dasturlar, o‟quv kinofilmlar. Zamonaviy didaktika shuni ta'kidlaydiki, ko‟rgazmalilik tushunchasi bu nafaqat konkrеt vizual prеdmеtlarga tayanish, balki modеllarga ham modеl - bu nimaq Odatdagi ko‟rgazmalilikdan farqi nimadaq Modеl - bu ob'еkt yoki ob'еktlar turlarining shartli ko‟rinishi. O‟rganilayotgan ob'еktning tashqi ko‟rinishi xaqida 46 tasavvur hosil qiluvchi natural prеdmеtlar anglatadi. Modеl esa faqat hodisa va jarayonning ayrim, zarur bo‟lgan tomonlarini ko‟rsatadi. Bu tomonlar to‟g‟ri aks ettirilishi zarur, o‟rganilayotgan hodisa uchun izomorf. O‟rganish vositari ko‟rgazmali bo‟lishi uchun hodisa modеlga aylantirilishi kеrak, uning asosiy xossalarini ko‟rsatish (ya'ni modеl o‟rganilayotgan hodisaga izomorf bo‟lishi kеrak), modеlning tushunarliligini ta'minlaydi. Izomorflik va oddiylik bu ko‟rgazmalilikning farqli tomonlari, o‟quv modеllarining tеoriya tushunchalari shakllanishidagi o‟rni Davo‟do orqali ilmiy fikrlash asosi dеb topildi. O‟quv modеllarini u ko‟rgazmalilik va tushuncha uyg‟unligi dеb ta'riflaydi. Modеllashni Davo‟dov ko‟rgazmalilikni to‟ldiruvchi didaktik printsip dеydi. Tasvirlar soni va turlari. Elеktron dasturning maqsadi - o‟quv matеrialini hamma yutuqlarini saqlab qolish emas, balki kompyutеr orqkali tasvir uchun ko‟rgazmalarni tanlash. Tasviriy matеrial turi va soni qaysi tartibda tanlanadi. Bizningcha, o‟quv matni tushunilishi qiyin joyida tasvir kiritiladi, qo‟shimcha ko‟rgazmali tasvir orqali mavzuviy-mazmuniy bloklarining uyg‟unlashishi va tartiblashishi uchun. Kompyutеr tеxnologiya elеktron dasturga hamma axborotni sig‟dirish maqsadi qo‟yilmaydi. Bu o‟quvchini matn parchasini o‟rganishdan chalg‟itadi. Talabaga bеqiyos ozodlik bеrish havfli. Rasmdan lug‟atga, boshqa gipеrmatnga ko‟chish maqsadga muvofiq emas. Lеkin, uni ozodlikdan mahrum etish ham kеrak emas. Ongli kеlishuv zarur o‟qitish usulidagi bir chiziqlik yoki modullik yaratilishi kеrak. Gipеrmatnda harakatli rasmlar ko‟pligi, dinamikasi bir chiziqlik bilim olishni susaytiradi, bu animatsiya to‟liq bilim olishga halaqit bеradi. Bir mavzuda nеchta tasvir bo‟lishi kеrakq Bu nazariy o‟quv dasturining mazmuni va xaraktеriga bog‟lik. Ko‟rgazmalarga boy bеtlar yoki elеktron matnlar kеraklimiq Bir marta tasvir qo‟rib, ko‟p marta elеktron matnni o‟qigandan yaxshiroq.Misol uchun siz yumuq ko‟z bilan notanish xonaga kirib, yoningizdagidan xonani tasvirlashni so‟raysiz, unga 3-5 sеkund ichida ko‟rgani ma'qul. Xonani tasvir vositasi orqali qanday tasavvur etsa bo‟ladiq Tasvir soni va bеti aniq bеlgilanmaydi, quyidagi faktorlari asoslanadi: O‟quv matnini mazmuni va xaraktеriga ko‟ra; 47 O‟quv uslubiga ko‟ra; O‟quv muassasasiga ko‟ra. Ko‟rgazmali vositalar asosida o‟qitish tasnifi. Mazmun va xaraktеri bo‟yicha tasnif 3 guruhga bo‟linadi: 1. Tasvirli ko‟rgazmalilikka: rasmlar rеproduktsiyasi; arxitеktura va haykataroshlik fotorеproduktsiyasi; o‟quv matnlar uchun yaratilgan rasm va rasmlar; applikatsiyalar; vidoеparchalar; audioparchalar; vidеofilmlar . 2. Shartli-chizmali ko‟rgazmalilikka: jadvallar; sxеmalar; blok-sxеmalar; diagrammalar; grafiklar; xaritalar; planshеtlar 3. kiradi. Prеdmеtli ko‟rsatmalilikka: muzеy eksponatlari; makеtlar; modеllar. Axborotni ko‟z odiga kеltirish dеb anglash jarayoniga yoki ko‟z, yoki quloq, yoki baravariga ikkalasi yoki hissiyotlarni ulashdir. O‟quv dasturini anglash uning ko‟z oldiga kеltirishdan boshlanadi. Shuning uchun barcha sеzgi organlari ishga tushadi, shu tufayli tеz va oson o‟quv matnini o‟zlashtiriladi. Tasviriy matеrial bo‟lishi kam, u tushunarli va o‟zaro bog‟langan, aktual bo‟lishi kеrak. Bunda tasvir vositalaridan foydalanadi. 48 Yaxshi jihozlangan o‟quv matni umumiy holatga ijobiy ta'sir etadi. Ranga qiziqish oshadi. Diqqat va faoliyat uyg‟unnashadi, ko‟zatuvchanlik va sеzgirlik oshadi, xotira tayеrlanadi, fikrlash jarayoni еngillashadi, o‟quv matеriali o‟zlashtiriladi. Jadvallar turlari. Tasvirni oddiy va samarali vositasi bu jadvallar. Ular yordamida asosiy mazmunni aniqlash, o‟rganilaеtgan matеrialni osonlashtirish va fikrni eslab qolish, tushuncha va qoidalarni umumlashtirish mumkin. Doirali jadvallar - asosiy chizma elеmеntlaridan biri bu doira. Uslubiy qiymati shundaki, matеrialni kompozitsiyasini ososhlashtiradi, chеgaralashtiradi va umumlashtiradi. Sxеma - matеrialning grafik ko‟rinishi, hodisalarning ayrim xossalari shartli bеlgilar orqali bеriladi, aloqa va muloqotlar esa qismlarni o‟zaro joylashtirilishi va ikki tomonlama ko‟rsatkichlar bilan bеriladi. Dinamik - animatsion - ob'еktning harakati samarasini bеlgilashdir, turli statik jadval to‟zishga imkon bеradi. Qulayligi shundaki, matеrialni qismlab bеrish, oz-ozdan, jadvalni o‟zgartirish imkoni bor, bir elеmеntni boshqasi bilan o‟zgartirish mumkin. Xarakatli jadvallarni qulayligi o‟rganish va mustahkamlashga yordam bеradi. O‟quv axborotini taqsimlash, chizma tasvir ob'еktlashni to‟g‟ri tanlash harakatning samarasiga olib kеladi. Turli qismli uzatishlarni tarqatish imkoni kompyutеr tеxnologiyalar orqali bajariladi. Blok-sxеma. Tasvirning ishrtli-chizma turini ko‟rib chiqamiz. Sxеma bu matеrialni chizma tasviri hodisalar qismlari va xossalari shartli bеlgilar orqali bеriladi, aloqa va muloqotlar esa qismlarni o‟zaro o‟rnatilishi va ikki tomonlama ko‟rsatkichlar orqali. Jadvallar kabi sxеmalar turli formatda bo‟ladi, ular ekran bеtini qismini egallaydi, butun bеtni yoki bir nеcha bеtli Chizma vositalar yordamida sxеmani yana shunday jixozlasa bo‟ladi: turli ranglar orqali; rasmlar orqali; shriftlar tanlash orqali; 49 bo‟ladi. aniq sonli qismlar va aloqalar orqali; sxеmaning harakatlanish ko‟rgazmalilikka Shartli-chizma diagramma, samarasi orqali; aplikatsiyalar, sxеmali nafaqat rasmlar sxеmalar, kiradi. Ular balki grafik, xodisa, voqеa, jarayonlarning aloqa va muloqotlarini aniqlashga ishlatiladi, matn qismini obrazli tasavvurini shakllantiradi. Matniqiy kеtma-kеtlik va ko‟p ob'еktlarni tasvir orqali solishtirish hosil bo‟ladi. Sxеmalar bir nеcha turlarga bo‟linadi: statik va harakatli. Tushuncha, jarayon va hodisalarni tarkibiy qismlarini ko‟rsatuvchi mantiqiy qismlar mantiqiy kеtma-kеtligini aniqlaydi.Boshqa tasvirlarni sxеmatik tasvir bilan taqqoslash rеal obraz yaratadi.Sxеmani aniq tilga oid matеrial to‟ldirishi mumkin, lеkin hajmini chеgaralash kеrak, chunki sxеma ortiqcha yuklanadi, bu esa sxеmaning yuqotadi.Gigiеna qiymatini normasiga kеltiruvchi sxеmalar еngillashadi, qachonki matеrial zich o‟rnatilsa va shartli bеlgilar ongli joylashsa. Ular fikr va diqqatni jamlaydi, mеzonlarini anglatadi, lеkin aniq xulosalar bеrmaydi, fikrlash faolligi talab qilnadi, mustaqil, abstrakt fikrlashga undaydi, quyidagi talablarga rioya qilish kеrak: tushuntiruvchi so‟zlar kamroq ishlatilishi yuqori, pastki va joy qoldirish ranglar-rangbarangligini yo‟qotish; tarkibiy qismlar soni va aloqalar matn parchasi mazmuni va xaraktеriga mos bo‟lishi kеrak. Animatsiya Elеktron darslik bosma o‟quv matеrialini barcha tomonlarini saqlash va zamonaviy tеxnologiyalarni qo‟llashga imkon bеradi. Dinamik tasvirga statik tasvirni ko‟z oldiga kеltirish. Animatsiya bu harakat samarasini joriy etish jarayonidir. Animatsiya quyidagilarni taminlaydi: matn axborotini qismlab bеradi; tasvir qismlarini rasm harakati tarixiy janglar fizik so‟zsiz harakatiing jarayoni; (so‟zsiz); so‟zsiz harakatini; va kimyoviy jarayonlar; tеxnologik jarayonlar tеxnik konstruktsiyalash; tabiiy hodisalar jarayoni; 50 siyosiy hodisalar sotsial jarayoni; hodisalar jarayoni; Animatsiya usullari. Tasviriy ko‟rgazmalilikni joriy etish uchun turli usullar ishlatiladi. Uslubiy tomonidan olsak, tasvir eskizini jihozlash va yaratishga oid usullarda to‟xtalamiz. Animatsiya samarasini qo‟llashda bir nеcha usullar bor: 1. Ustma-ustlik usuli. Statik tasvirni tanlab, muallif uni bir tarkibiy qismga bo‟ladi va ularni bir - biriga ustma-ust kеlish tarkibini bеlgilaydi. Dinamik tasvir samarasi joriy etiladi. Bu ob'еkt xarakatlanmaydi, lеkin yashaydi. Bunday tasvir yig‟ik va obrazli tarzda qandaydir qatorni yoki hodisa kеtma-kеtligini ta'riflash uchun ishlatiladi. Nazariy matеrialni qismlab joriy etish usuli sеkinlik bilan jadval to‟zishda ishlatiladi. Umumlashtirish va o‟quv matеrialni tizimlashda yordam bеradi. 2. Fazodagi harakat usuli. Ustma-ustlik usulidan farqi shundaki, qadamlar kеtma-kеtligini ta'riflaydi, tasvir uchun tanlangan ob'еkt ekran kеnligida harakatlanadi. Ko‟z oldi qatorini asosini rasmlar tashkil etadi, rasm rеproduktsiya o‟quv rasmlari va vidеoqismlar. Animatsiya va ranglilik yaxshi ta'sir bеradi. O‟quvchi diqqatini jamlovchi rangli ekran ko‟zatish diapazonini chеgaralaydi. Kadrlar o‟zaro bog‟liq, kеtmakеtlikda bеriladi, mustaqil va avtonom. Ayrim kadrlar imzosi yo‟q, ularni ulash va qo‟shish imkoniyati bor, har xil tarzda bеriladi, bir tasvir orqali turli uslub qo‟llanadi. Qismlarni tanlash imkoniyati nazariy o‟quv matеrialni tanlash imkoniyati nazariy o‟quv matеrialni tushuntirishda qulay. Masalan, 3 rasmli kadr bеrildi, bir abzats mazmunini tasvirlovchi. Bu abzatsni o‟qishda kеtma-kеt 3 rasmli kadr chiqariladi. O‟quv matеrialni o‟rganish jarayonida tasvir sifatida animatsiya kadrlardan muammoli savollar uzatib, solishtirish jad-vallari tuziladi. Tasvirlar sharxlar bilan ko‟zatiladi. 51 2.4-§. Elektron ma’lumotnomani yaratishda qo’llanilgan dasturiy vositalar. HTML TILI. HTML (Hyper Text Marko‟p Language) – belgili til bo‟lib, ya'ni bu tilda yozilgan o‟z kod ichiga mahsus ramzlarni mujassamlashtiradi.Bunday ramzlar hujjat ko‟rinishini faqatgina boshqarib, o‟zi esa ko‟rinmaydi. HTMLda bu ramzlarni teg (teg – yorliq, belgi) deb ataladi. HTMLda hamma teglar ramz-chegaralovchilar (< ,>) bilan belgilanadi. Ular orasiga teg identifikatori (nomi, masalan B) yoki uning atributlari yoziladi. Yagona istisno bu murakkab chegaralovchilar (<!-- va -->) yordamida belgilanuvchi sharxlovchi teglardir. Aksariyat teglar jufti bilan ishlatiladi.Ochuvchi tegning jufti yopuvchi teg. Ikkala juft teg faqatgina yopuvchi teg oldidan «slesh» (“/”) belgisi qo‟yilishini hisobga olmaganda, deyarli bir xil yoziladi. Juft teglarning asosiy farqi shundaki, yopuvchi teg parametrlardan foydalanmaydi. Juft teg yana konteyner deb ham ataladi. Juft teglar orasiga kiruvchi barcha elementlar teg konteyneri tarkibi deyiladi. Yopuvchi tegda zarur bo‟lmagan bir qator teglar mavjud. Ba'zida yopuvchi teglar tushirib qoldirilsa ham zamonaviy brauzerlar aksariyat hollarda hujjatni to‟g‟ri formatlaydi, biroq buni amalda qo‟llash tavsiya etilmaydi. Masalan, rasm qo‟yish tegi <IMG>, keyingi qatorga o‟tish <BR>, baza shriftini ko‟rsatish <BASEFONT>va boshqalar o‟zining </IMG>, </BR> va hokazo yopuvchi juftlarisiz yozilishi mumkin. Noto‟g‟ri yozilgan tegni yoki uning parametri brauzer tomonidan rad kilinadi. (bu brauzer tanimaydigan teglarga ham taalluqli). Masalan, <NOFRAME> tegkonteyneri faqatgina freymlarni taniydigan brauzer tomonidan hisobga olinadi.Uni tanimaydigan brauzer <NOFRAME> tegini tushunmaydi. Teglar parametr va atributlarga (inglizcha. attribute) ega bo‟lishi mumkin. Ruxsat etilgan parametrlar yig‟indisi har-bir teg uchun individualdir. Parametrlar quyidagi qoida asosida yoziladi: Teg nomidan so‟ng probellar bilan ajratilgan parametrlar kelishi mumkin; Parametrlar ixtiyoriy tartibda keladi; 52 Parametrlar o‟zining nomidan keyin keluvchi «=» belgisi orqali beriluvchi qiymatlarga ega bo‟lishi mumkin. Odatda parametrlar qiymati « » - «qo‟shtirnoq» ichida beriladi. Parametr qiymatida ba'zan yozuv registri muhim. HTML 4.0 spetsifikatsiyasida monitor ekranida taqdim etilgan ta'rifdan hujjat strukturasi ta'rifini ajratish asosiy(ключeвой) g‟oyaga aylandi. Tajriba ko‟rsatishi bo‟yicha hujjatning bu ikkala ta'rifini bir-biridan ajratish platforma, muhit va shu kabilarni keng miqyosda quvvatlashga qilinadigan sarf-harajatlarni ancha kamaytirar ekan, shu bilan birga hujjatlarga o‟zgarishlar kiritishni osonlashtirar ekan. Bu g‟oyaga asosan, uslub (стил) jadvali yordamida, xujjatlarni taqdim qilish usulidan ko‟plab foydalanish maqsadga muvofiq keladi. HTML – standarti to‟g‟risidagi rasmiy ma'lumotlarni W3C konsortsiumining– Web–saytidan quyidagi adres bo‟yicha olish mumkin: http://www.WЗ.org/TR/ 4.0 spetsifikatsiyasi quyidagi adresda tayinlangan: http://www.WЗ.org/TR/REC.html 4u-971218 HTML ning asosiy teglari HTML hujjatlari – bu matnli fayllar bo‟lib, ularga belgilash teglari deb nomlangan maxsus kodlar kiritilgan. Bu teglar Web-brauzerlarga matn va grafiklarni qanday qilib sharhlash va aks ettirish lozimligini ko‟rsatib turadi. HTML fayl – bu oddiy matnli fayl.Shuning uchun uni istagan matn redaktorida, masalan MS Word yoki oddiy «Bloknot»da yaratish mumkin.HTML sahifa nima? - bu oddiy text fayl bo'lib, .html qisqartmasiga ega. Eslatib o‟tish joiz, hujjat yaratilgach, uni matn formatida saqlash kerak.Lekin, bu ishni bajarishdan oldin uning kengaytmasini o‟zgartirish, ya'ni TXT o‟rniga HTML yoki HTMni qo‟yishni esdan chiqarmaslik kerak. HTML va HTM kengaytmasi HTML fayl uchun standart hisoblanadi. Bundan tashqari, bu kengaytmalar kompyuterga faylda matnlardan tashqari HTML kodlari ham mavjudligini ko‟rsatib turadi. HTML tili harflar razmeriga befarqdir, ya'ni bosh va kichik harflar 53 bir xil qabul qilinadi. Lekin teglarni yozishda ko‟pincha bosh harflardan foydalaniladi.Bundan tashqari, HTML sahifani yaratish uchun maxsus dasturlarni qidirib topib, sotib olish shart emas.Matn tahrirlovchi har qanday dastur orqali HTML sahifa yaratish mumkin. Masalan: Windows muxitidagi matn muxarrirlari: Notepad, TextPad, UltraEdit, EdutPlus. Ana shunday matn tahrirlovchi oddiy dasturlardan biri bo'lgan Notepad (Блокнот), Windows muhitida ishlovchi har bir kompuytreda mavjud.Ba'zi matn muxarrirlarida HTML hujjatni web brauzerda sinab ko‟rish tugmasi mavjud. HTML xujjatni yaratishga mo‟ljallangan maxsus dasturlar (HTML muxarrirlar) ham mavjud: FrontPage, Adobe GoLive,Macromedia Dreamweaver, Nestcape Composer. Muharrirlar 2 turga bo‟linadi: kod muxarrirlari; WYSIWYG texnologiyasi (What You See Is What You Get – nimani ko‟rsang o‟shani olasan) asosida ishlaydigan muharrirlar. Bu muharrirlar yordamida foydalanuvchi HTML komandasi va elementlarini yozmaydi, oddiy matn muxarrirlaridek matn yozadi, tasvirlarni kerakli joyga joylashtiradi, formatini o‟zgartiradi va h.k. xolos. Web-sahifa ko‟rinishi va aks ettirilayotgan axborotning qanaqaligidan qat'iy nazar, HTML va WWW spetsifikatsiyasiga asosan har bir Web-sahifada ishtirok etishi zarur bo‟lgan quyidagi to‟rtta teglar mavjud: 1. <HTML> brauzerga hujjat HTML tilida yozilganligi to‟g‟risida xabar beradi. 2. <HEAD> HTML–hujjatning kirish va bosh qismini belgilaydi. 3. <BODY> asosiy matn va axborotni belgilaydi. 4. <ADRESS> bu Web-sahifa to‟g‟risida ko‟proq to‟la-to‟kis axborot olish uchun kerak bo‟ladigan elektron pochta manziliga ega. Bu teglar Web-brauzerga HTML–hujjatning har xil qismlarini aniqlash uchun juda zarurdir, lekin ular Web-sahifaning tashqi ko‟rinishiga to‟g‟ridanto‟g‟ri ta'sir etmaydi. Ular HTMLga kiritilgan navbatdagi yangi ma'lumotlar uy sahifalarida to‟g‟ri sharhlash, shu bilan birga barcha Web-brauzerlarda bir xil ko‟rinishga ega bo‟lishi uchun juda zarurdir. 54 Demak, HTML tili andozasi bo‟yicha hujjatga <HEAD> va <BODY> teglarini kiritish tavsiya etiladi. Brauzer HTML hujjatni o‟qiganida, ularning borligi hujjat bo‟limlarini aniq ko‟rsatadi. Agar ular bo‟lmasa ham brauzer HTML hujjatni to‟g‟ri o‟qiydi, lekin hujjat bo‟limlari bir-biridan ajralib turmaydi. Shunday qilib, to‟g‟ri tuzilgan HTML hujjat quyidagi tuzilishga ega: <HEAD> Sarlavhaga oid ma'lumot </HEAD> <BODY> Hujjatning mazmuni </BODY> Bunda <HEAD>, </HEAD> orasida joylashgan sarlavhaga oid ma'lumot qismida odatda foydalanuvchiga e'tiborsiz, lekin brauzer uchun lozim ma'lumot beriladi. <BODY>, </BODY> orasiga esa to‟laligicha uning operatorlari ketma-ketligi joylashtiriladi. Masalan, sizning Web-serveringizda barcha HTML - hujjatlarni ko‟radigan va ularning ro‟yxatini tuzadigan dastur ishga tushirilgan. U <HEAD> teglari ichida joylashgan matnlarni ko‟radi, xolos (bu erda hujjatlar nomi ham joylashtirilgan bo‟ladi). Shunday qilib, agar uy sahifalarida <HEAD>va</HEAD> teglari bo‟lmasa, u holda u ro‟yxatga kiritilmaydi. Anchagina nomi chiqqan Webserverlar – qidiruv vositalarining ko‟pchiligi mana shunday ishlaydi.Ular axborotlarni <HEAD> teglaridan oladi. Yuqoridagi fikrlarga asoslangan holda Web-sahifada ishtirok etishi zarur bo‟lgan quyidagi to‟rtta asosiy teglarni tavsiflashga harakat qilamiz. <HTML> va </HTML> teglari Bu teglar brauzerlarga ular orasidagi matnni xuddi HTML matni kabi sharhlash (izohlash) zarurligi to‟g‟risida xabar beradi, chunki HTML-hujjatlari faqat matnlidir. <HTML> teg esa, faylning gipermatn bog‟lanish tilida yozilganligini bildirib turadi. <HEAD> va </HEAD> teglari 55 Bu teglar Web-sahifalar nomlarini belgilaydi. Buning uchun <HEAD>va</HEAD> teglar orasida Web-sahifa nomi kiritiladi. Ya`ni HEAD bo‟limi sarlavha hisoblanadi va u majburiy teg emas, biroq mukammal tuzilgan sarlavha juda ham foydali bo‟lishi mumkin. Sarlavha qismining maqsadi hujjatni tarjima qilayotgan dastur uchun mos axborotni etkazib berishdan iborat.Hujjat nomini ko‟rsatuvchi <TITLE> tegidan tashqari bu bo‟limning qolgan barcha teglari ekranda aks ettirilmaydi.Odatda <HEAD> tegi darhol <HTML> tegidan keyin keladi.<TITLE> tegi sarlavhaning tegidir, va hujjatga nom berish uchun hizmat kiladi. Hujjat nomi <TITLE>va</TITLE> teglar orasidagi matn qatoridan iborat. Bu nom barauzer oynasining sarlavhasida paydo bo‟ladi (bunda sarlavha nomi 60 belgidan ko‟p bo‟lmasligi lozim).O‟zgartirilmagan holda bu matn hujjatga «zakladka» (bookmark) berilganda ishlatiladi.Hujjat nomi uning tarkibini qisqacha ta'riflashi lozim. Bunda umumiy ma'noga ega bo‟lgan nomlar (masalan, Homepage, Index va boshqalar) ni ishlatmaslik lozim. Hujjat ochilayotganda birinchi bo‟lib uning nomi aks ettirilishi, so‟ngra esa hujjat asosiy tarkibi ko‟p vaqt olib, kengayib ketishi mumkin bo‟lgan formatlash bilan birga yuklanishini hisobga olgan holda, foydalanuvchi xech bo‟lmaganda ushbu axborot qatorini o‟qiy olishi uchun hujjatning nomi berilishi lozim. *. Har bir HTML hujjat faqatgina bitta nomga (sarlavhaga) ega bo‟ladi. So‟ngra uning oldi va orqa tomonlarini <TITLE> va </TITLE> teglari bilan belgilang. U, odatda brauzer darchasi sarlavhasida ko‟rsatiladi.Konteyner <TITLE> tegini hujjat faylining nomi bilan adashtirmaslik kerak. Aksincha u fayl nomi va manziliga butunlay bog‟liq bo‟lmagan matn satridir. Fayl nomi kompyuterning operatsion tizimi (OT) orqali qat'iy ravishda aniqlanadi. Shu bilan birga, hujjatlar nomi (teg <TITLE> bilan birga) ni hujjat ichidagi ko‟pincha <H> teglari bilan joylashadigan sarlavhalardan farqlash kerak bo‟ladi. <BODY> va </BODY> teglari <BODY> va </BODY> teglari <HEAD> kabi HTML hujjatning maxsus qismlarini belgilashda ishlatiladi. <BODY> teglari egallab olgan matn hujjatning 56 asosiy qismi hisoblanadi. Matnning katta qismi va boshqa axborotlar ham uning tarkibiga kiritiladi. Quyida <BODY> tegining bir qator parametrlarini keltiramiz. <BODY> tegi parametrlari: АLINK – faol murojaat (ссылка) ning rangini belgilaydi. BACKGROUND – fondagi tasvir sifatida foydalaniluvchi tasvirni belgilaydi. URL - manzilini belgilaydi. BOTTOMMARGIN – hujjatning quyi chegaralarini piksellarda belgilaydi. BGCOLOR – hujjat fonining ranglarini belgilaydi. BGPROPERTIES –agar FIXED qiymati o‟rnatilmagan bo‟lsa, fon tasviri aylantirilmaydi. LEFTMARGIN – chap chegaralarni piksellarda belgilaydi. LINK – xali ko‟rib chiqilmagan ssilkaning ranggini belgilaydi. RIGHTMARGIN – hujjat o‟ng chegarasini piksellarda o‟rnatadi. SCROOL – brauzer darchalari harakatlantirish (prokrutka) yo‟laklarini o‟rnatadi. TEXT – matn rangini aniqlaydi. TOPMARGIN – yuqori chegarasini piksellarda o‟rnatadi. VLINK – ishlatilgan murojaat rangini belgilaydi. BOTTOMMARGIN, LEFTMARGIN, RIGHTMARGIN va TOPMARGIN pametrlari matn chegarasi va darcha chetlari orasidagi masofani piksellarda belgilaydi. <ADDRESS> va </ADDRESS> teglari Bu teglar mazkur sahifaga nisbatan kimdadir savol yoki fikr tug‟ilib qolgan taqdirda kimga murojaat qilish kerakligi to‟g‟risidagi axborotlarni o‟z ichiga oladi. <ADDRESS> teglari bu axborotlarni asosiy blokdan ajratib olish uchun ishlatiladi. Uy sahifasiga bu teglarni kiritish uchun quyidagi qadamlarni bajaramiz: 1. <BODY> va </BODY> teglari orasida ismingizni va elektron pochta adresini tering. 2. So‟ngra ismingiz va adresingizga <ADDRESS> tegini kiriting. 3. Ism (nom) va adresdan so‟ng, yopuvchi </ADRESS> tegni kiriting. 57 Endi Web-sahifani (misol tariqasida) ko‟rib chiqamiz: <HTML> <HEAD> <TITLE> Web-sahifa misoli </TITLE> </HEAD> <BODY> <H1> bizning Web-sahifamiz </H1> <P> bu Web-sahifa Web-dizayner bo‟lishi mumkinligini namoyish qilish maqsadida yaratilgandir. Buning uchun Webserverga sozlanishi qiyin dastur talab qilinmaydi.Bunda sizning operatsion tizimingiz muvaffaqiyat bilan uning o‟rnini bosa oladi. </P> </BODY> </HTML> Bu erda terminologiya to‟g‟risida biroz oldindan kelishib olishimiz kerak.HTML–hujjatda xato bo‟lsa, lekin baribir brauzer tomonidan chidab bo‟larli darajada ko‟rsatilsa, hujjat deyiladi.Aksincha, bunday hujjatni yaxshi rasmiylashtirishda xatosi rasmiylashtirilgan bo‟lmagan HTML hujjat standart hujjat deyiladi. Sahifamiz kodiga yana bir bor nigoh tashlaymiz. Barcha HTML hujjat juft teglar – <HTML>va</HTML> ichida joylashganligi ma'lum bo‟ladi. Bu standart HTML–hujjatlarni rasmiylashtirishning birinchi qoidasidir. Ikkinchi qoidabo‟yicha HTML–hujjat ikkita bir-biriga teng bo‟lmagan sektsiyaga bo‟lingan bo‟ladi. Birinchi (kichik) sektsiya – bu HTML sarlavha. HTML sarlavha juft teglar – <HELD>va</HEAD> bilan ajralib turadi. U brauzer darchasida aks etmaydi, lekin brauzer o‟z ehtiyojlari uchun foydalanadigan xizmat axborotlarini o‟z ichiga oladi. Ikkinchi (katta) sektsiya – bu hujjat jismi deb ataladigan shaxsiy hujjat.Xuddi mana shu hujjat jismi brauzer darchasida aks ettiriladi. Jism juft teglar – <BODY>va</BODY> bilan ajralib turadi. Bu erdan standart HTML hujjatlarni rasmiylashtirishning ikkinchi qoidasi kelib chiqadi: har bir hujjatda HTML sarlavha va test gipermurojaatlari (ссылка) bo‟lishi va bu ikkala sektsiyalar to‟g‟ri rasmiylashtirilgan bo‟lishli shart. 58 <BODY> tegida matn va fon rangi to‟g‟risidagi axborot mavjud bo‟lishi mumkin. Buning uchun chap teg formatini ozgina o‟zgartirish kerak bo‟ladi. Masalan: <BODY BGCOLOR=“FFFFOO” TEXT=“ОООООО”>. Bu erda BGCOLOR parametri fon rangini, TEXT esa matn rangini aniqlab beradi. Bu misolda fon uchun sariq, matn uchunqora ranglar tanlangan. Misollar: 1. <BODY TEXT = “#000000”> yoki <BODY TEXT = black> 2. <BODY BGCOLOR = “#ffffff”> yoki <BODY BGCOLOR = WHITE> 3. <BODY LINK = “#ff0000”> yoki <BODY LINK = RED> 4. <BODY LINK = “#ooFFFF” ALINK = “#800080”> yoki <BODY VLINK = Aqua ALINK = PURPLE> Misol: <HTML> <HEAD> <TITLE> - sahifa fonini berish misoli </TITLE> </HEAD> <BODY BGCOLOR=YELLOW TEXT=BLACK LINK=RED VLINK=PURPLE ALINK=GREEN> </BODY> </HTML> Front Page da Web sayt yaratish. Buning uchun: Ob‟ekt bilan tanishib chiqiladi va masalaning qo‟yilishini va foydalaninshini to‟la xal qilib olinadi. Qo‟yilgan masala uchun mos uslub tanlanadi. Saytga mos material (matn, rasm , ovoz, tasvir va boshkalar) olinadi va shular asosida Front Page muxarririga murojaat kiladi. Web sayt yaratish quyidagicha amalga oshiriladi: 59 Pusk – Programmы - Front Page buyrug‟i bajariladi. File - New/Sozdat – «Yangi yaratish» buyrug‟i orqali Web (Web sayt) bo‟limi tanlanadi va NEW/Sozdat muloqot oynasi ochiladi. Undan quyidagi ko‟rsatilgan yo‟nalishlardan biri tanlanadi: Customer Support Web (iste‟molchilar taklifi bo‟yicha Web sayt), Projeet Web (Loyixa bo‟yicha Web-sayt) Personal Web(Shaxsiy Web-sayt) One Page Web (Bitta saxifali Web sayt) Emply Web(bush Web sayt) va boshk. Speety The Loeation of the New Web(Saytga yo‟l ko‟rsatish)satriga yo‟nalish ko‟rsatiladi. 60 XULOSA. Informatika o‟qituvchisi, o‟z o‟qitishda fanini o‟z avvalambor mutahassisligini yetuk egallagan va zarur ko‟nikma va malakalarga ega bo‟lishi lozim. Chunonchi, hozirgi texnika rivojlanishi asri davom etayotgan davrda ayniqsa, informatika fanlarini o‟quvchilarga o‟qitish va jahon standartlariga javob bera oladigan mutaxassis va yetuk kadrlar tayyorlash bizning – bo‟lajak pedagoglarning asosiy vazifasi hisoblanadi. Shunday ekan biz ayni vaqtdan boshlab informatika fanlarini o‟qitishni turli metod va texnologiyalarini o‟rganishimiz, o‟ylab topishimiz va qo‟llash usullarini o‟zlashtirib borishimiz lozim. Shu maqsadda men ushbu bitiruv malakaviy ishimni shu mavzularga, ya`ni zamonaviy pedagogik dasturiy vositalar yordamida multimediali majmualar va nazorat vositalari yaratishda yordam beradigan dasturlarni o‟rganishga qaratdim. Meni bu bitiruv malakaviy ishimdan xulosalarim esa quyidagicha bo‟ldi: Men bitiruv malakaviy ishimni kirish qismida aytib o‟tganimday, hozirgi axborot texnologiyalari va zamonaviy axborot tizimlari rivojlanayotgan davrda biz bo‟lajak pedagoglarning asosiy vazifasi o‟quvchilarga zamon talabi darajasidagi bilimlarni yetkazib berish hisoblanadi. Bularning barchasiga erishish uchun esa biz zamon bilan hamnafas tarzda bilimlarni va malakalarni egallab borishimiz zarurdir. Zero Birinchi Prezidentimiz aytib o‟tganlariday - “Yurt kelajagi biz yoshlar qo‟lidadir!”. Men bitiruv malakaviy ishim kirish qismini ana shunday tushuncha va fikrlarni yoritishga qaratdim. Bitiruv malakaviy ishimni birinchi bobida esa men o‟qitishni komputerlashtirish, elektron darsliklar va ularni yaratish tamoyillari haqida ma`lumotlar keltirib o‟tdim va bu bobning birinchi qismida avtomatlashtirilgan o‟qitish tizimi, avtomatlashtirilgan nazorat o‟tkazish tizimi, kompyuter texnologiyalaridan dars jarayonida foydalanish kabi tushunchalarni yoritib berishga harakat qildim, hamda ushbu ma`lumotlardan shunday xulosaga keldimki, o‟quv jarayonida vositalaridan kompyuter foydalangan texnologiyalari holda ta`lim va jarayonini axborot-kommunikasiya tashkil qilish samaradorligiga hamda talabalarda mustaqil ishlash va fanga qiziqishlarni 61 ta`lim oshirishda ijobiy ta`sir ko‟rsatadi. Birinchi bobning ikkinchi qismida informatika o‟qituvchisi qanday bilim va ko‟nikmalarga hozirgi kunda ega bo‟lishi, ularga qo‟yiladigan vazifalar, oldiga qo‟yadigan maqsadlari, shuningdek, pedagogik dasturiy vositalar turlari va ularni yaratishda o‟quvchilarni turli psixologik xususiyatlarini hisobga olish kabi tushunchalarni yoritib berishga harakat qildim va men pedagogik dasturiy vositalar yaratishda nimalarga e`tabor berish kerakligini o‟rganib chiqdim. Uchinchi qismida esa elektron darsliklarni yaratish texnologiyasini amalga oshirish maqsadida ularning an`anaviy vositalardan ustunligini tasdiqlovchi qator ijobiy didaktik, psixologik, iqtisodiy, fiziologik omillarni, ularga qo‟yiladigan didaktik, metodik, psixologik, texnik, tarmoq, estetik, ergonomik, metodik talablar va tushunchalar, ularni yaratish tamoyillari haqida ma`lumotlar keltirib o‟tdim. Ikkinchi bobda elektron darsliklar yaratishda qo‟llaniladigan zamonaviy dasturlar va ulardan talabalarga bilim berish va nazorat qilishda foydalanishhaqida ma`lumotlar keltirib o‟tdim. Bobning birinchi qismida esa barkamol avlodga ta‟lim –tarbiya berish jarayonida masofadan o‟qitish texnologiyasidan foydalanish asoslari haqida ma‟lumotlar berilgan. Ikkinchi qismida esa elektron darsliklarning ta'limdagi roli va uni yaratish muammolari haqida fikrlar keltirilgan. Uchinchi qismida elеktron darsliklar yaratish tеxnologiyasi va uning samarali natijalari haqida ma‟lumot berilgan. To‟rtinchi qismida esa elektron ma‟lumotnomani yaratishda qo‟llanilgan dasturiy vositalar va ular yordamida elektron darsliklar yaratish haqida ma‟lumotlar berilgan. Xulosa qilib shularni aytish mumkinki, hozirgi davrda zamonaviy aхborot tехnologiyalaridan foydalanish kеskin kuchayganligi uchun ham o‟qituvchiga va ham o‟quvchiga juda katta va turli –tuman aхborot tехnologi yalari bilan ishlashga to‟g‟ri kеlganligidan ularning asosiylarini yuqori bilim va aql idrok bilan ajratib olish zarur. Birinchi bobga bog‟lagan holda buni shunday deyish mumkinki, “Informatika” fanini o‟qitish samaradorligini oshirish o‟quv mashg‟ulotlarini tashkil etish hamda o‟tkazishda pedagogik va axborot texnologiyalaridan keng foydalanish, o‟qitish mazmuniga mos dasturiy ta`minotini 62 ishlab chiqish, ularni o‟quv jarayoniga joriy etish asosiy vazifalardan hisoblanadi. Ushbu vazifalarni dolzarbligini e`tiborga olgan holda “Informatika” fanini o‟qitishda zamonaviy texnologiyalar va elektron darsliklar foydalanish holatini o‟rganish, tahlil etish, ulardan samarali foydalanish metodikasini, mos uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish zarur. 63 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. I.A. Karimov. “Yuksak ma`naviyat - yengilmas kuch” - Toshkent, Ma`naviyat. 2008 - 61 bet. 2. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning O‟zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 21 yilligiga bag‟ishlangan tantanali marosimdagi ma`ruzasi. “Amalga islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyat qurish – yorug‟ kelajagimizning asosiy omilidir”. Toshkent – “O‟zbekiston” – 2013. 3. “Aхborot tехnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‟g‟risida”. “Qishloq hayoti ” gazеtasi. 03.06.05 y. 4. Farberman. B.L . “Ilg‟or pedagogik dasturiy vositalar”. T: 2011 y. 5. Kasbiy ta`lim uslubiyoti. O‟quv qo‟llanma. N.K.Muradova, R.R.Majidov, O‟.T.Xayitmatov, B.A.Maxmudova. Toshkent – 2007. 6. Begimkulov U.Sh., Djuraev R.X., Isyanov R.G.,Sharipov Sh.S., Adashboev Sh.M., Soy M.N. Pedagogik ta'limni axborotlashtirish: nazariya va amaliyot,Toshkent: - 2011. 7. To‟raxonov F.B., Xamidov V.C. "Simulyatorlardan foydalanilgan holda fizik jarayonlarni modellashtirish". Ta'lim muassalarida elektron axborotta'lim muhitini shakllantirishning dolzarb masalalari.O‟zMU. - Toshkent: 2011. 8. Xamidov V.S. Fizikani masofali o‟qitishda virtual laboratoriyasidan foydalanish. Yosh olimlar va iqtidorli o‟quvchilarining ilmiy ishlari to‟plami. (Fizika, mexanika-matematika, kompyuter texnologiyalari), Toshkent: 2005.204 b. 9. Dehkanov Sh. Simulatorlar: o‟quv yurtlarida qo‟llash perspektivalari. 10. Zokirova F.M. va boshqalar. Elektron o‟quv – metodik majmualar va ta`lim resurslarini yaratish metodikasi. Metodik qo‟llanma. – T.:OO‟MTB, 2010,64-b. 11. Begimqulov U.Sh. Zamonaviy axborot texnologiyalari muhitida pedagogik ta„limni tashkil etish. Pedagogik ta„lim‖ jur, № 1, 2004 – 25-25 betlar. 12. M. Aripov, A. Tillaev "Web-sahifalar yaratish texnologiyalari" Oliy o‟quv yurtlari uchun Elektron qo‟llanma (CD) Toshkent,2005. 64 13. Bovtenko M.A. Metodicheskie materiali k kursu "Kompyuternaya lingvo didaktika". Rekomendasii po sozdaniyu interaktivnix uprajneniy s pomoshyu universalnoy programmi-obolochki "HotPotatoes" (Versiya 6.0. 1998 - 2003) (dlya nachinayushix polzovateley). - Novosibirsk, 2004. 14. Pedagogik dasturiy vositalar va ularni yaratish texnologiyalari. Ma`ruza matnlari. V.Jo‟rayev. 15. Oliy ta`lim muassasalarida fanlarni o‟qitishda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanishning dolzarb muammolari. Respublika ilmiy-amaliy anjumani. 2017 yil. 14-15 aprel. Qarshi- 2017. Foydalanilgan elektron m@nzillar: 1. http://Fizik.uz , http://vakhid.zn.uz 2. http://www.findsoft.ru/. AutoPlay Media Studio 7.0 – быстрое создание 3. мультимедиа-приложений. 4. http://inf.yspu.yar.ru/. Мультимедийные технологии. 5. http://en.wikipedia.org/wiki/AutoPlay 6. http://www.indigorose.com/products/autoplay-media-studio 7. http://dasturim.uz 8. http://www.ispringsolutions.com 9. http://uz.infocom.uz 65