Uploaded by mrbobcom

AXADOVA ROXATOY SAIDMUROD QIZI

advertisement
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI
Qo‘lyozma huquqida
UDK 811.111.81.372
A 11
AXADOVA ROXATOY SAIDMUROD QIZI
IKKILAMCHI NOMINATSIYA HODISASI VA UNING SEMANTIK
VOSITALARI
5A111401 –Xorijiy til va adabiyot (ingliz tili)
MAGISTR
akademik darajasini olish uchun yozilgan
DISSERTATSIYA
Ish ko‘rib chiqildi va himoyaga tavsiya
Ilmiy rahbar:
etiladi.
PhD. A.A.Raximov
“Ingliz tili o‘qitish metodikasi” kafedrasi
mudiri:
_____________________
PhD. A.A.Raximov
“____” ____________ 2022 йил
Samarqand - 2022
1
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………….............3
ASOSIY QISM
I BOB. IKKILAMCHI LEKSIK BIRLIKLAR TIZIMI VA ULARNING
LINGVISTIK TAVSIFI .........................................................................................7
1.1.Ikkilamchi lug`aviy birlik tushunchasi tavsifi……….…………..……..............7
1.2.Ichki forma va uning til leksik tizimiga aloqasi…………................................15
1.3.Ikkilamchi nominativ birliklar tasnifi……………………………........………23
I bob bo`yicha xulosa..............................................................................................27
II BOB. IKKILAMCHI BIRLIKLAR YUZAGA KELISHINING
AN'ANAVIY TALQINLARI...............................................................................28
2.1. Suffiksatsiya asosida yuzaga keladigan ikkilamchi lug‘aviy
birliklar…...………….............................................................................................28
2.2. Gibrid (Chatishma)so’z ……………...............................................................37
2.3. Qisqartma so’zlar va so’z yasalishining boshqa
usullari.....................................................................................................................39
2.4. Konversiya ………………………………………...........................................41
2.5. Tovush almashinishi.........................................................................................43
2.6. Ichki so’z yasalishi...........................................................................................44
2.7. Aralashma so’zlar.............................................................................................44
2.8. So’zlar ma’nosining ko`chishi .........................................................................45
2.9. Qo’shma so’z yasalishi.....................................................................................47
II bob bo`yicha xulosa...........................................................................................50
III BOB. IKKILAMCHI NOMINATSIYA VA UNING SEMANTIK
VOSITALARI TAHLILI......................................................................................52
III bob bo`yicha xulosa.........................................................................................66
XULOSA…………………………………………………………………………69
ADABIYOTLAR RO‘YXATI………………………………..............................71
2
KIRISH
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi.
Xalqimiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgach, o‘tgan qisqa davr mobaynida barcha
sohalar singari ilm-fanning rivojida ham tub burilishlar yuzaga kela boshladi. Hech
shubha yo‘qki, bularning barchasi mustaqillikning sharofati tufaylidir. Zero, aynan
ana shu ne'mat bois ilmiy mushohada va bilish jarayonining rivojiga xalaqit berib
kelgan sun'iy to‘siqlar olib tashlandi. Natijada o‘zbek tilshunoslari, xususan, xorij
tilshunoslari uchun jahon fanida erishilayotgan yutuqlardan bahramand bo‘lish, o‘z
ilmiy
mushohadalarini
dunyo
ham
jamiyati
mezonlariga
tenglashtirish,
integratsiyalash uchun ulkan imkoniyatlar eshigi ochildi Shunday ekan, “Bolalar
va yoshlarga maxsus fanlarni, yurtimiz tarixini, dunyo sivilizatsiyasini, chet
tillarni va zamonaviy kompyuter dasturlarini o’rgatish kabi vazifalar hali to’liq va
sifatli darajada yechimini topgan deb bo’lmaydi’’. Mamalakatimizda yaratilgan
ana shunday ilmiy muhit va imkoniyatlarning samarasi o‘laroq, so‘nggi o‘n yil
mobaynida
o‘zbek
tilshunoslari,
xususan
xorijshunoslar
tomonidan
pragmalingvistika, kognitiv tilshunoslik va derivatologiya, lingvokulturologiya
kabi yangidan-yangi yo‘nalish va sohalariga doir ilmiy asarlar, maqolalar chop
etildi. Fanimiz rivojida yuzaga kelgan bunday an'ana biz - yoshlar zimmasiga ham
ulkan mas'uliyat yuklashi shubhasizdir.
Tilshunoslikka, dastlab, chex tilshunosi E. Kurilovich tomonidan olib
borilgan ilmiy izlanishlar orqali kirib kelgan ikkilamchi lug‘aviy birliklar
tushunchasi zamirida yotgan lingvistik muammo tahlilining muhim jihatlaridan
biri, avvalo, til va nutq o‘rtasidagi uzviy munosabat masalasini tadqiq etish
imkoniyatiga boyligi bilan alohida e'tiborga molikdir. Zero, har qanday til o‘zida
o‘tmish va zamonaviylikni aks ettiruvchi ijtimoiy hodisa sifatida, insoniyat
kechmishining barcha bosqichlarida unda so‘zlovchi kishilarning talab va
ehtiyojlarini
muttasil
qondirish
imkoniyati
mujassamlanganligi
bilan
xarakterlanadi. Hech shubha yo‘qki, bunday imkoniyatlar izchilligi har bir tilda
ikkilamchi lug‘aviy birliklar hisobiga qondiriladi. Lug‘aviy birliklarning
3
ikkilamchi faoliyatga ega bo‘lishi esa, tilda ana shunday birliklarni vujudga
keltirish mexanizlarning mavjudligi va bunda inson omili, xususan, uning borliqni
idrok etishga intilishi asosida ana shunday uzluksiz taraqqiyot taminlanadi.
Shunday ekan, so‘z yasalish va ma'no yasalish hodisalarining bevosita mahsullari
bo‘lgan ikkilamchi lug‘aviy birliklarning vujudga kelishini ham aynan ana shu
faktorlar bilan bog‘liq holda tadqiq etish bugungi kunning dolzarb masalalardan
biridir.
Tadqiqotning obyekti va predmeti. Tadqiqot obyektini Ingliz va o’zbek
tillaridagi ikkilamchi semantik nominantlar tashkil etadi, tadqiqot predmeti esa
ikkilamchi nominatsiyaning semantik vositalariga xos linvokongnitiv asoslarni
kognitiv-diskursiv, diskursiv-sinergetik va derivatsion talqinlar asosida yoritishdan
iborat .
Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Yuqorida qayd etilgan masalalarning
yechimini topish uchun, avvalo, tilshunoslikda so‘z yasalishi va ma'no yasalishi
borasida muqaddam bildirilgan mulohazalarni sinchiklab o‘rganib chiqish va mazkur
hodisa yuzasidan olib borilgan ilmiy mulohazalarga tayangan holda, ularni
rivojlantirish talab qilinadi. Zamonaviy tilshunoslik tarixining dastlabki bosqichlarida
ikkilamchi lug‘aviy birliklarni vujudga keltiruvchi asosiy hodisa sifatida so‘z yasalishi
e'tirof etib kelingan. Ikkilamchi lug‘aviy birliklarning tadqiqot rivojini belgilashda
muhim bo‘lgan bu yo‘nalishlarning har biri o‘ziga xos ahamiyatga egadir. Shuning
uchun ham ishning birinchi bobida ana shu masalalar xususida mulohaza yuritish
vazifasi belgilandi. Bulardan tashqari, quyidagi masalalar xususida mulohaza yuritish
maqsad qilib qo‘yildi:
- birlamchi va ikkilamchi lug‘aviy birliklar tushunchasini izohlash;
- tilda ikkilamchi lug‘aviy birliklarni vujudga kelish yo‘llarini aniqlash;
Ilmiy yangiligi. Ikkilamchi lug‘aviy birliklar, xususan, qo‘shma so‘zlarning
vujudga kelishi haqidagi eng muhim nazariy g‘oyalar ishda jamlangani holda,
qo‘shma so‘zlar vujudga kelishining nazariy asoslari haqida dastlabki xulosalar
bayon qilindi.
4
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari Generativ grammatika
tamoyillariga ko‘ra, ikkilamchi nominativ jarayon o‘zining dastlabki asosi bilan
botiniy strukturalarga tayanadi va shu xususiyatiga ko‘ra ular umuminsoniy
xususiyatlidir. Xususan, predikat va argumentlar munosabati asosida vujudga
keladigan propozitsiya misolida botiniy asos o‘z ifodasini topadi. Ana shu botiniy
strukturalarning lisoniy ifoda topishida apperseptiv faoliyat maxsullari bo‘lgan
analogik mexanizmlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu botiniy strukturalarning
bevosita voqelanishini ta’minlovchi tashqi formalar esa, har bir tilda amal qilib
kelgan xususiy imkoniyatlarga asoslanadi. Ana shu mulohazalardan kelib chiqqan
holda, ingliz tilidagi “agent noun” onomosiologik konseptiga mansub ikkilamchi
nominativ birliklarni “kognitiv-diskursiv” aspektda tadqiq etishni lozim topdik.
Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi. Ikklamchi lug‘aviy birlik
termini dastlab, E.Kurilovichning ishlarida uchraydi. Mazkur masalaga ijodiy
yondashgan Gak lug‘aviy birliklarni onomosiologik asosda tadqiq etgan holda,
"ikkilamchi nominativ birlik"terminini joriy etadi. Bu masala tilshunoslik tarixida ham
o‘ziga xos tavsifga ega bo‘lgan. Xususan, nemis tilshunosi Vilgelm fon Gumboldt
ijodida bu hodisa, so‘z formasi va til analogiyasi bilan bog‘liq qarashlarida, F.de
Sossyur merosida esa sintagma va uning til hamda nutqiy shakllarini farqlash,
sintagmalarning
analogik
qonuniyatlar
bilan
bog‘liqligi,
analogik
forma
tushunchasi kabilar talqinida o‘z ifodasini topgan. Hozirgi tilshunoslikda esa,
muammo so‘z yasalishi va leksik-semantik derivatsiya hodisalari bilan bog‘liq
holda o‘rganilib kelinmoqda.
Tadqiqotda
qo‘llanilgan
metodikaning
tavsifi.
Magistrlik
dissertatsiyasining metodologik asosini Respublikamiz Prezidentining ilm-fan
istiqboliga doir fikrlari hamda borliqning eng muhim tarkiblaridan biri bo‘lgan til
tizimi va uni tashkil etuvchi unsurlarning doimiy dialektik taraqqiyotda ekanligini
aks ettiruvchi falsafiy qarashlar, til va nutq hodisalarini izchil farqlashga
asoslangan struktur tavsifga doir ilmiy-nazariy mulohazalar, lug‘aviy birliklarini
komponent va qiyosiy-tipologik tavsiflash usullari tashkil etadi.
5
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Tilshunoslikda
ikkilamchi lug‘aviy birliklarning vujudga kelishiga doir masalalar izchil o‘rganib
kelinmoqda. Xususan, hozirga qadar bu borada olib borilgan izlanishlar asosini
ichki lingvistik qonuniyatlarni o‘rganish, yasama so‘zlarning morfologik, sintaktik
va leksik-semantik tarkiblarini tahlil qilish asosida amalga oshirilgan. Biroq, so‘z
tarkibidagi bunday qonuniyatlarning tub asosini, birinchidan, tipik analogiyalar
tashkil etadi va bunday analogiyalarning vujudga kelishida insonning bilish, idrok
etish amali muhim ahamiyat kasb etadi. Ana shu omillarga e'tibor qaratish va
kelajakda bu xususida mukammal ilmiy izlanishlar olib borish mazkur ishning
ahamiyatini belgilashga xizmat qiladi.
Ish tuzilmasining tavsifi. Kirish, 3 bob, har bir bobning xulosasi va
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib jami 57 sahifa.
6
I BOB. IKKILAMCHI LEKSIK BIRLIKLAR TIZIMI VA ULARNING
LINGVISTIK TAVSIFI
1.1.
Ikkilamchi lug‘aviy birlik tushunchasi tavsifi
Tilshunoslikda ikkilamchi lug‘aviy birlik tushunchasi dastlab, Praga
tilshunoslik maktabining yirik namoyandasi Ye.Kurilovich tomonidan iste'molga
kiritilgan bo‘lib, u yasama so‘z maqomiga ega bo‘lgan birliklarni tildagi
yasalmagan
(ya'ni
tub)
so‘zlardan
farqli
ravishda
"ikkilamchi
lug‘aviy
birlik"sifatida ajratadi. [15. 59-182]. Bu g‘oya V.G.Gakning ilmiy izlanishlarida
lug‘aviy birliklarni onomosiologik nuqtai nazardan o‘rganish asosida ijodiy
rivojlantiriladi. Xususan, mazkur olim tomonidan leksik nominatlar tizimi tarkiban
birlamchi va ikkilamchi nominativ birliklarning o‘zaro uzviyligidan tashkil topishi
qayd etiladi. Uning fikriga ko‘ra, birlamchi nominativ birliklar tilda avvaldan
tayyor holda mavjud bo‘lgan va atash vazifasida qo‘llanib kelingan leksik,
frazeologik elementlardan iborat bo‘ladi. Ikkilamchi nominatsiya esa til
birliklarining xilma-xil lingvistik kombinatsiyasi asosida yangidan hosil qilingan
leksik va semantik hosilalarni o‘zida birlashtiradi. [9.243-245]. Demak, ikkilamchi
nominativ birliklarning vujudga kelishi insonning narsa haqidagi mavjud
tasavvurining rivojlantirilishi, qayta nomlash ehtiyoji orqali yuzaga keladi. Buning
o‘ziga xos dalillari ikkilamchi nominativ birliklarning asos so‘z bazasida hosil
qilinishi misolida yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Tildagi har qanday nominativ vazifaga ega bo‘lgan leksik birliklar
borliqdagi narsa va hodisalarning lingvistik muqobili sifatida ikkilamchi
moddiylikni o‘zida aks ettiradi. Lug‘aviy nominatlarda bu xususiyat ularning
tarkiban idrokiy va moddiy qismlar uzviyligidan tashkil topishi misolida ko‘zga
tashlanadi. Shuning uchun ham tilshunoslikda til ideal va material sistema
elementlaridan tashkil topadigan ikkilamchi moddiy tizim sifatida e'tirof etiladi
[23.132]. Zamonaviy tilshunoslikda ideal va material element sifatida e'tirof
etiladigan qismlar, Vilgelm fon Gumboldt tomonidan olib borilgan izlanishlarda
"ichki va tashqi forma"termini asosida tadqiq etilgan edi.
7
V.I.Koduxovning guvohlik berishicha, Vilgelm fon Gumboldt til formasiga
quyidagicha munosabat bildirgan: a) "til formasi ruhning doimiy va barqaror
faoliyati tufayli nutq tovushlarni ma'no ifodalovchi vosita darajasiga ko‘tarilishini
belgilovchi vositadir", b) "til formasi so‘zlar vositasida harakatga keluvchi oddiy
agregat emas, balki har bir elementning boshqa bir element bilan uzviyligi tufayli
barqarorlik topadigan sistemadir va mazkur sistema har bir tilda o‘ziga xos
xarakterli xususiyatlar asosida namoyon bo‘ladi", d) "til formasi moddiy (material)
va idrokiy (ideal), shuningdek, tashqi va ichki formalar uzviyligidan tarkib topadi".
Ana shu asosda olim til formasini lingvistik sistemanining barqarorligini
belgilashga xizmat qiladigan asosiy omil sifatida baholaydi. Til birliklarining
formal jihatdan barqaror bo‘lgani bois, "haligacha tilda birorta yangi birlik ixtiro
etilgan emas. Chunki til hamisha avvaldan amal qilib kelayotgan formalarga
tayanadi. Garchi ular nutq jarayonida muayyan o‘zgarishga uchrasa ham, bu
o‘zgarishlar til analogiyasi doirasidan tashqariga chiqib keta olmaydi".[14]
Demak, ikkilamchi nominatsiya jarayoni ham tilda avvaldan mavjud bo‘lgan
analogik kombinatsiyalar hisobiga amalga oshadi. Bunday kombinatsiyalar esa,
nutqiy faoliyat asosida shakllanadigan va avloddan avlodga o‘tib keladigan
sintagmatik modellar zamirida yotadigan lingvistik qonuniyatlarni o‘zida aks
ettiradi. Xususan, F.de Sossyur tomonidan olib borilgan izlanishlarda lingvistik
analogiya sintagma va uning tiplarini farqlash bilan bog‘liq holda o‘z izohiga ega
bo‘ladi. F.de Sossyur sintagmani til elementlarining nutq oqimida birin-ketin erkin
bog‘lanishi orqali vujudga keluvchi yaxlitlik sifatida e'tirof etgani holda, ana
shunday yaxlitliklarni kishilar xotirasida assotsiotiv munosabat tashkil qilish
asosida saqlanishiga e'tibor qaratadi hamda ularni til va nutqqa daxldor bo‘lgan
turlarini farqlaydi. Ushbu olimning fikriga ko‘ra, sintagmaning tarkib topishi
uchun eng kamida ikkita til birligining bir yo‘la ishtiroki zarur bo‘ladi. Sintagmalar
har qanday so‘z misolida, xususan, qo‘shma (сложный) so‘zlar, sodda yasama
so‘zlar, shuningdek, so‘z birikmalari va yaxlit gaplar misolida ham o‘z aksini
topadi. Biroq, so‘z birikmalari va gaplar nutqiy sintagmalar bo‘lib, bunday
8
sintagmalar til birliklarining erkin kombinatsiyasiga asoslanadi. Tilga xos
sintagmalarni
esa
"qat'iy
qonuniyatlar
asosida
vujudga
keladigan
sintagmalar"sifatida farqlaydi va bunday sintagmalarni vujudga kelishida maxsus
analogik modellarga tayanishini qayd etadi va ular tilda zarur miqdorda mavjudligi
bilan xarakterlanadi. [24.152-157]. Tilda yangidan paydo bo‘ladigan ikkilamchi
lug‘aviy birliklar tilda amal qilib keladigan analogik qoidalar doirasida sodir
bo‘ladi.
F.de Sossyur analogik faktni tarkiban uch ijrochi ishtirokida sodir bo‘ladigan
voqelikka qiyoslaydi. Xususan, birinchi ijrochi an'anaviy va qonuniy asosga ega
bo‘lgan tipik meros bo‘lsa, ikkinchisi ana shu tipik meros asosida vujudga
keladigan raqobatchlarni taqozo etadi, raqobatchilarni vujudga keltirishda ishtirok
etadigan xalq ommasi esa uchinchi ijrochi sifatida ahamiyatga ega bo‘ladi
[24.197]. F.de Sossyur e'tirofiga ko‘ra, bunday "analogik voqelik"ning vujudga
kelishi inson ruhiyati, ya'ni idroki bilan bog‘liqdir. Biroq bu haqiqatning bir qismi
xolos, Chunki analogiya grammatik asosga egaligi bilan ham xarakterlanadi.
Buning mohiyati shundaki, analogiya zamirida til birliklarining o‘zaro uzviyligi
bilan bir qatorda, mazkur uzviylik asosida namoyon bo‘ladigan sxemani anglash,
tasavvur etish, umumlashtirish amali ham bir yo‘la o‘z aksini topadi. Biroq, kelib
chiqish asosiga ko‘ra, analogiya o‘z ibtidosini nutqdan oladi, shuning uchun ham u
"muayyan bir shaxsning tasodifiy ijod mahsuli bilan bog‘liq bo‘lishi ham
mumkin",-deb yozadi. [24.199].
Darhaqiqat, tildagi ikkilamchi lug‘aviy birliklarning kelib chiqish asosi nutq
hisoblanadi. Chunki til birliklarining xilma-xil sintagmatik kombinatsiyasi aynan
nutq oqimida sodir bo‘ladi va shu jihatdan bunday sintagmalarning vujudga
kelishida andoza vazifasini o‘taydigan analogik modellar grammatik asosga
tayanadi. Biroq, ikkilamchi leksik nominatlarni vujudga kelishida asos bo‘lgan
analogiya grammatik asosli bo‘lish bilan bir qatorda, ekstrolingvistik omillar
ta'siriga ham daxldordir. Chunki, ikkilamchi lug‘aviy birliklar o‘z dinamik asosiga
nutq zanjirida ega bo‘lgani holda, nutqiy faoliyat chig‘irig‘idan o‘tishi va ijtimoiy
9
qiymat kasb etishi orqali analogik formalar paradigmasini tashkil qilish asosida
kishilar xotirasidan o‘rin egallaydi. Shunday ekan, ikkilamchi lug‘aviy
birliklarning analogik modellari bilan bog‘liq muammolar nafaqat ichki
tilshunoslik
(introlingvistika)
nuqtai
nazardan,
balki
tashqi
tilshunoslik
(ekstrolingvistika) tamoyillari, xususan, lingvokognitologik asoslar bilan bog‘liq
holda ham tadqiq etilmog‘i lozim.
Til bilan ob’ektiv borliq va so‘z bilan predmet orasidagi munosabat
masalasida olib borilgan bahslar eramizdan avvalgi va eramizning birinchi
asrlarida analogistlar va anomalistlar deb ataladigan qarama-qarshi maslak
vakillari o‘rtasida ham qizg‘in davom etgan. Xususan, anologistlar tilning
grammatik qurilishi, lug‘at boyligi va borliq o‘rtasida moslik, o‘xshashlik,
qat’iy tenglik bor, deb hisoblaganlar. Ular o‘zlarining bu farazlarini, yunon
tilidagi rod va boshqa kategoriya misolida dalillashga harakat qilishgan.
Masalan, uch xil rod narsalarning erkak, ayol yoki har ikkala jinsga daxldor
bo‘lmaydigan turlarga ajralishi shundan dalolat beradi.
Analogistlar esa so‘z va narsa o‘rtasida to‘la moslik yo‘q. Biz doim
moslik mezonidan chekinishlarga duch kelamiz, deb hisoblashadi. Ular
o‘zlarining bu qarashlarini rod kategriyasiga xos nomutanosiblar tahlili orqali
dallilaydi. Xususan, sirota jenskiy rodda bo‘lgani holda, bu so‘z o‘g‘il
bolalarga nisbatan ham qo‘llanishi mumkin. Afinы so‘zi ko‘plik shaklida,
biroq bitta shaharni ifodalash uchun xizmat qiladi (F.M.Berezin.1975:11).
S.Usmonovning yozishicha, bu munozara o‘rta asr “realizm” va
“nominalizm” ta’limoti vakillari tomonidan ham davom ettirilgan. Xususan,
realizm ta’limoti vakillari “Injil”da ilgari surilgan g‘oyaga tayanilgani holda,
so‘z va tushunchalar narsalardan avval vujudga kelganligini e’tirof etishadi.
Ana shunga monand ravishda, bu ta’limotda real borliqning umumiy
tushunchalardan iboratligi, narsalar esa tushunchalarning nusxasi ekanligi
qayd etiladi. Nominalizm ta’limotida esa, bu masalaga aksincha baho beriladi.
10
Unga ko‘ra, narsa va hodisalar real ravishda mavjuddir, ular haqidagi tasavvur
orqali tushuncha vujudga keladi. (S.Usmonov.1972:28).
Keltirilgan
“naturfalsafa”
va
bu
mulohazalar
mazkur
“antropotsentrik”
davrlarda
dunyoqarash
ustuvor
borliqdagi
bo‘lgan
narsa
va
hodisalarning ifodalovchisi bo‘lgan tilning mohiyatiga baho berishda,
xususan, uning tabiiylik va ijtimoiylikka munosabatini belgilashda ham o‘z
ta’sirini ko‘rsatganligidan dalolat beradi. Jumladan, stoiklar tilga insonning
fikri va his-tuyg‘ularini ifoda etuvchi tabiiy qobiliyat sifatida baho berishadi.
Bu nuqtai nazarga ko‘ra, borliq ham, uning ifodasi bo‘lgan til ham kelib
chiqishga ko‘ra tabiiy hodisalardir. (F.M.Berezin.1975:11).
Mazkur davrda yuzaga kelgan ikkinchi nuqtai nazarga ko‘ra, borliqdagi
narsa va hodisalar kabi til ham tabiiy asoslidir. Biroq bu asos zamirida tabiiy
ong yotadi, til esa ana shu asosda vujudga keladigan ijtimoiy hodisa sifatida
talqin etiladi. Xususan, Farobiyning fikriga ko‘ra, “Inson ongi ikki turlidir:
ulardan birinchisi, ichki (intuitiv) ong bo‘lib, u insonga tabiat tomonidan
beriladi. Ikkinchisi esa tashqi (hosil qilingan) ongdir va u tabiatdan maqsadga
ko‘ra olinadi. Farobiy ana shunga muvofiq tarzda inson bilimini ham ikki
turga ajratadi: 1) tug‘ma; 2) o‘qish va tajriba asosida erishilgan bilim. Uning
e’tirofiga ko‘ra, yangi tug‘ilgan bolada bilish imkoniyati, bilish ruhiyati bor
bo‘lib, u tug‘madir. SHu bilan birga inson sezgi a’zolari bilan ana shu
imkoniyatni
yuzaga
chiqaradi.
Atrof-muhitni
bilib
boradi.
Nom
va
tushunchalar sezgi a’zolarning mahsulidir. Ular avloddan avlodga beriladi.
SHuning
uchun
ham ular
tug‘ma
emas,
qabul
qilingan
bilimlardir
(A.Nurmonov.2002:8).
Bundan kelib chiqadiki, tilning tabiiylikka munosabati inson ongining
tabiiyligi, tug‘maligidan kelib chiqadigan belgi orqali namoyon bo‘ladi. Biroq
individual ong bazasida til shakllana olmaydi, shuning uchun ham tilning vujudga
kelishi ijtimoiy ong bilan bog‘liq holda tavsiflanadi. Til va tafakkur o‘rtasidagi
11
munosabat masalasining o‘ziga xos talqini Yevropa uyg‘onish davrida tilni
ratsional va universal hodisa sifatida baholanishi orqali ko‘zga tashlanadi.
“Falsafa tarixi”da qayd etilishicha, universallik g‘oyasi muqaddam grek
faylasuflari tomonidan urf-odatlar va tamoyillarning rang-barangligi zamirida bir
umumiy axloq va bitta universal siyosiy ideal yotishi haqida qarashlar orqali ilgari
surilgan (Falsafa tarixi.2002:59). Bu g‘oyaning o‘ziga xos aks-sadosi
Aristotelning ishlarida ham uchraydi. Xususan, u narsa va nom o‘rtasidagi
tabiiy bog‘lanishni rad etgani holda, o‘zining bu fikrini muayyan bir
narsaning turli tillarda turlicha nomga ega bo‘lishi misolida dalillashga
harakat qiladi. Uning e’tirofiga ko‘ra, so‘zlar faqat tashqi strukturasi bilan
farqlanadi,
ichki
struktura
esa
tillararo
mushtarak
xususiyatlidir
(T.A.Bushuy.2011: 59).
Bu ma’lumotlar Por-Royal grammatikachilari tomonidan ilgari surilgan
va keyinchalik N.CHomskiy tomonidan rivojlantirilgan tildagi umumiiylik va
ratsionallik prinsipiga asoslanuvchi g‘oyaning poydevori ham qadimiy davr
ilmiy-falsafiy dunyoqarash bilan bog‘liqligidan dalolat beradi. Bu ta’limotga
ko‘ra, til o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan ikki sathdan, ya’ni botiniy va zohiriy
sathlardan tarkib topadigan yaxlitlikdir. O‘z tabiatiga ko‘ra universial va
ratsional asosli bo‘lgan botiniy sath mantiqiy tamoyil asosida ish ko‘radi va
ichki mushohada bu sathning asosiy birligi hisoblanadi, uning ro‘yobga
chiqishi esa bevosita til birliklari yordamida ko‘zga tashlanadi.
Tilshunoslikda “Universal grammatika” hamda “Ratsional grammatika”
(ratio+nis-aql asosiga qurilgan) kabi nomlar bilan yuritiladigan grammatika
vakillarining asosiy maqsadi tilning ijodkorlik xususiyati, ifoda imkoniyatini
tadqiq etish bo‘lgan. Lekin lisoniy ijodkorlik xususiyati va lisoniy
qobiliyatining asosiy tadqiqot ob’ektiga aylanishi ancha qiyin kechdi.
Binobarin, bunga “ikkinchi kognitiv inqilob” yuz bergandan so‘nggina
erishildi (SH.Safarov.2008: 25).
12
Ratsional grammatikachilar tomonidan ilgari surilgan g‘oyalar o‘z
davrida ham muayyan ta’sirga ega bo‘lgan. Jumladan, I.Gerderning fikriga
ko‘ra, tilning kelib chiqishi insonlarning tabiiy ehtiyoji bilan bog‘liq bo‘lib,
bu jarayonning sodir bo‘lishida insonning sezish va idrok etish qobiliyatining
rivoji muhim ahamiyat kasb etadi. Uning e’tiroficha, inson borliqdagi
narsalarni ularga xos eng muhim belgilariga ko‘ra farqlaydi. Narsalarga xos
ana shu belgilar so‘zlarda o‘z ifodasini topadi. So‘zlar esa borliqdagi
narsalarga xos tushunchaning ifodasi sifatida umuminsoniy xususiyat kasb
etadi (F.M.Berezin.1975:23).
Ingliz
tilshunosi
e’tirofiga
D.Lokkning
ko‘ra,
inson
borliqdagi
narsalarni his qilish orqali qabul qiladi. So‘zlar o‘z tabiatiga ko‘ra fizik
xossali bo‘lib, ular alohida tovushlar uzviyligidan tashkil topadi, ana shu
xususiyat ularni eshitish asosida his qilish imkoniyatini yaratadi. So‘zga xos
lingvistik funksiya esa ma’no uzatish orqali namoyon bo‘ladi. Biroq ma’noni
hissiy a’zolar yordamida bevosita qabul qilib bo‘lmaydi. SHuning uchun
so‘zlar muayyan shaklda, ya’ni tovushlar yordamida moddiylashgan holda o‘z
funksiyasini ro‘yobga chiqaradi (F.M.Berezin.1975: 25).
S.Usmonovning qayd etishicha: “Antik davr olimlari o‘z ta’limotlarini
isbotlash uchun tilga va tilshunoslikka ahamiyat bergan bo‘lsalar, uyg‘onish
davri tilshunoslari tilni butun elementlari bilan bir butun holda tushunishning
umumiy
prinsplarini
topish
uchun
falsafaga
murojaat
qilganlar”
(S.Usmonov.1972:31). Xuddi shunday yondashuvni Vilgelm fon Gumboldt
merosi misolida ham ko‘rish mumkin. Zotan, u antik davrdan boshlab, keyingi
barcha bosqichlarga doir eng ilg‘or qarashlarni umumlashtirish va ijodiy
rivojlantirish asosida til falsafasini yaratgan olimdir. Garchi, zamonaviy
tilshunoslikda Gumboldt merosiga yuksak baho berib kelingan bo‘lsa ham, bu
merosdagi “umumfalsafiy imkoniyatilar hozirgacha nafaqat to‘liq o‘rganilmagan,
balki uning mohiyati ham to‘liq anglab etilgani yo‘q”. Zero, bu ilmiy meros
«insonning bilish faoliyatida tilning vazifasi (lingvognoseologiya), inson13
madaniyat-til munosabati (lingvokulturologiya), til va jamiyat aloqasi, til va shaxs
munosabati, tilning inson amaliy faoliyatiga ta’sirini (lingvopraksiologiya)
o‘rganish»ga doir mulohazalarni o‘zida mujassamlantirganligi bilan alohida
ahamiyat kasb etadi (T.Bushuy, SH.Safarov.2007:183).
Vilgelm fon Gumboldtning nazdida til insonning ichki talabi asosida
shartlangan vosita bo‘lib, u jamiyat a’zolari o‘rtasida muloqot o‘rnatish
asosidagina emas, balki insonning ruhiy rivojini ta’minlovchi va dunyoqarashini
shakllantiruvchi vosita sifatida, aslida uning tabiati bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan
hodisadir (V.Gumboldt//Xrestomatiya. 1956: 69). SHuning uchun ham, olim
tomonidan til inson ruhiyatini fikr yordamida ro‘yobga chiqaruvchi organ
ekanligini qayd etadi. Uning e’tiroficha, tafakkur faoliyati izsiz, ya’ni sof ruhiy
jarayon bo‘lib, bu mavhumlikni his etish organlariga taqdim etuvchi vosita tildir.
Til va tafakkur faoliyati bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan yaxlitlikni taqozo
etadi. Har qanday zaruriy holatlarda tafakkur til tovushlari bilan bog‘lanish
imkoniyatiga egadir. Aks holda, tasavvur tushuncha yoki ma’noga aylanmaydi, til
esa anglash darajasiga ega bo‘lmaydi (V.Gumboldt//Xrestomatiya. 1956: 78).
Gumboldtning fikriga ko‘ra, borliq va inson o‘rtasidagi munosabat ong
vositasida ta’minlanadi. Inson ong vositasida narsalarga xos belgilarni his qiladi va
shu asosda ularning hissiy obrazini yaratadi. So‘zlarda narsaning oddiy andozasi
emas,
balki
ularning
ruhiy
obrazi
o‘z
aksini
topadi”
(V.Gumboldt//Xrestomatiya.1956:81). Xalq ruhining muttasil faoliyati natijasida
tovushlar ma’no bilan singishgan holda turli formalarda namoyon bo‘ladi. Aynan
ana shu formalar tadqiqotchiga tilning tabiati va unda yashiringan sir-sinoatni
ochishga yordam beradi (V.Gumboldt//Xrestomatiya. 1956: 73-75).
V.I.Koduxovning yozishicha, «Gumboldt til formasini quyidagi uch omil
bilan bog‘liq halda talqin etiladi: a) til formasi ruhning doimiy va barqaror faoliyati
tufayli nutq tovushlarni ma’no ifodalovchi vosita darajasiga ko‘tarilishini
belgilaydi, b) «til formasi so‘zlar vositasida harakatga keluvchi oddiy agregat
emas, balki har bir elementning boshqa bir element bilan uzviyligi tufayli
14
barqarorlik topadigan sistemadir. Mazkur sistema har bir tilda o‘ziga xos xarakterli
xususiyatlar asosida namoyon bo‘ladi, v) til formasi moddiy (material) va idrokiy
(ideal), ya’ni tashqi va ichki formalar uzviyligidan tarkib topadi». SHunday ekan,
til formasi uning sistem barqarorligini belgilovchi asosdir. Shuning uchun ham,
«haligacha tilda birorta yangi birlik ixtiro etilgan emas. Buning boisi tildan
foydalanish hamisha unda avvaldan amal qilib kelgan formalardan foydalanishni
taqozo etishidadir. Zero, bu formalar nutq jarayonida muayyan o‘zgarishga uchrasa
ham, bu o‘zgarishlar til analogiyasidan tashqariga chiqib keta olmaydi»
(V.I.Koduxov.1974:28).
Darhaqiqat, til taraqqiyoti, ta’bir joiz bo‘lsa, til ijodkorligi tubdan
yangilashni
emas,
balki
unda
mavjud
bo‘lgan
imkoniyatlardan
unumli
foydalanishni taqozo etadi. Xususan, tildagi har qanday yangilanish unga xos
birliklar zamirida o‘z ifodasini topadigan analogik qonuniyatlar doirasidan
tashqariga chiqib keta olmaydi. Demak, Gumboldt tomonidan e’tirof etilgan til
formasi nafaqat uni yaxlit sistema sifatida tasavvur etish imkonini beradigan birlik
sifatida, balki ushbu sistemada amal qiluvchi analogik qoidalar majmuyi sifatida
ham muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
1.2. Ichki forma va uning til leksik tizimiga aloqasi
Gumboldt ta’limotidan o‘rin olgan g‘oyalardan yana biri, ichki formadir.
V.A.Zveginsevning qayd etishicha, «Gumboldt ichki formani ichki analogiya bilan
bog‘liq holda, ya’ni uning mohiyatini ochish maqsadida qo‘llagan va shu bois unga
aniq
bir
ta’rif
bermagan»
(V.A.
Zveginsev.1957:
188).
T.Bushuy
va
Sh.Safarovlarning qayd etishlaricha Humboldt ichki formani quyidagi ikki
munosabat bilan bog‘liq holda talqin etadi: a) «ong kategoriyalarini lisoniy
kategoriyalar bilan moslashtiruvchi vosita» sifatida «milliy ruh ichki forma»
shaklida namoyon bo‘ladi, b) ichki forma «nutq jarayonida yaratilgan va «qayta
ishlangan»larning umumlashmasi, barcha lisoniy strukturalar va elementlarning
tizimdagi to‘plami, u til tuzilishini modellashtiruvchi mavhum qurilma sifatida
ko‘zga tashlanadi» (T.Bushuy, Sh.Safarov.2007:195).
15
Bundan kelib chiqadiki, milliy ruh, dastlab, ob’ektiv borliq va til o‘rtasidagi
munosabatni tashkil etuvchi yashirin kuch vazifasini bajaradi. Bu jarayonda ichki
formaning ta’siri nutq tovushlari va ma’no uzviyligini ta’minlovchi vosita ekanligi
orqali ko‘zga tashlanadi. Binobarin, nutq tovushlari orqali namoyon bo‘ladigan
tashqi forma o‘z-o‘zidan milliy ruhni ifoda etuvchi vositaga aylana olmaydi.
Buning uchun ushbu formalar ruhiy nur va haroratdan oziqlanmog‘i lozim. Ana
shundan so‘nggina tashqi formalar tilning intellektual tabiatini belgilovchi kuchga,
o‘z navbatida, til ob’ektiv borliqdagi narsa va hodisalarni kashf etish natijasida
to‘plangan bilim hamda tajribalarni saqlovchi va tashuvchi lingvokognitiv tizim
birligiga aylanadi.
Gumboldt ta’limotida asosiy o‘rin tutgan til formasiga doir qarashlari
keyingi davrlarda so‘z, so‘z birikmalari va gap formasigacha bo‘lgan lingvistik
ob’ektlar
tavsifiga
keng
tatbiq
etilgan
holda
rivojlantirilgan
bo‘lsa
(S.Usmonov.1972:152), uning ichki forma haqidagi ta’limoti so‘zning nominativ
vazifasi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan semantik belgilar tahlili misolida o‘zining
aniq ob’ektiga ega bo‘ldi. Xususan, A.A.Potebnya tomonidan olib borilgan
tahlillar misolida buning yaqqol dalilini ko‘rish mumkin.
A.A.Potebnyaning fikriga ko‘ra, insonning fikrlashi so‘z orqali amalga
oshadi
va
shu
umumlashtirish,
vosita
yordamida
tasniflash
va
o‘zining
tizimlashtirish
borliq
haqidagi
imkoniga
ega
bilimlarini
bo‘ladi
(F.M.Berezin.1975:80). Nomlash xususiyatiga ega bo‘lgan har bir so‘z ichki forma
orqali o‘z qiymatiga ega bo‘ladi. O‘z navbatida, ichki forma borliq va til
o‘rtasidagi bevosita munosabatni vujudga keltiruvchi vosita vazifasini bajaradi.
Ichki forma narsaga xos har qanday belgi asosida emas, balki boshqa belgilarga
nisbatan muhim deb qaralgan belgi orqali vujudga keladi. Masalan, stol bir necha
belgilarga ega bo‘ligan ob’ekt bo‘lsa ham, unga xos birgina belgi, ya’ni “stlat”
ushbu
so‘z
uchun
ichki
forma
vazifasini
Xrestomatiya.1973:210).
16
o‘taydi
(A.A.Potebnya.//
A.A.Potebnyaning tavsifiga ko‘ra, ichki forma insonning fikrlash faoliyatiga
xos quyidagi bosqichlar asosida vujudga keladi: dastlab, inson tomonidan ob’ektiv
borliq (predmet) kuzatiladi, so‘ngra unga xos muhim belgilar (ichki forma)
aniqlanadi va shu asosida narsaning hissiy obrazi shakllanadi, hissiy obraz
tasavvurni vujudga keltiradi, tasavvur esa muqaddam erishilgan bilim va tajribalar
asosida yangisining hosil bo‘lishiga, ya’ni appersepsiyaga tayanadi, eng so‘nggi
bosqichda narsa haqidagi ichki mushohada va tushuncha (mushohadaning majmui)
paydo bo‘ladi (F.M. Berezin.1975:82.).
Darhaqiqat, inson o‘zi uchun noma’lum bo‘lgan ob’ektni kuzatar ekan,
undan avvaldan ma’lum bo‘lgan narsalar bilan aloqador bo‘lgan jihatlarni axtaradi va
shu asosda aniqlangan belgi ichki forma vazifasini o‘taydi. Masalan, ikkilamchi
nominativ birliklarni vujudga keltirishda o‘zlashtirilgan bilim sifatida so‘z yasovchi
asos ishtirok etadi. Zero, asosdagi ma’no komponentlaridan biri yangi nominant
uchun, ichki forma vazifasini o‘taydi. Xususan, A.A.Potebnyaning fikricha, yazvit
(og‘ritmoq, azoblamoq) yasamasi uchun yazva asosiga xos «og‘riq» belgisi ichki
forma vazifasini bajaradi (A.A Potebnya //Xrestomatiya 1973:211).
Biroq insonning apperseptiv faoliyati tilda mavjud bo‘lgan imkoniyatlarni
ishga solish, ya’ni so‘z yasash bilan chegaralanmaydi. Chunki u o‘zi uchun
noma’lum bo‘lgan ob’ektni nomlashda avvaldan ma’lum bo‘lgan narsalar bilan
qiyoslash yoki narsalar o‘rtasidagi aloqadorlikni aniqlash asosida ham o‘z
nominativ ehtiyojini qondiradi. A.A.Potebnya talqinida bu lingvokognitiv
faoliyatga ham alohida ahamiyat beradi. Uning fikriga ko‘ra, inson o‘zlashtirgan
eng elementar bilim ham yangi bilimni vujudga keltiruvchi asos sifatida xizmat
qilishi mumkin. Masalan, hali hayotiy tajribasi shakllanmagan, biroq nisbiy
qiyoslash imkoniyatiga ega bo‘lgan yosh bolaga sharsimon oq rangdagi abajurni
ko‘rsatib, «Bu nima»? deb so‘rab ko‘raylik. Bola bu narsani oldin ko‘p marta
ko‘rgan, lekin unga ahamiyat bergan emas. Bizning maqsadimiz bolaning e’tiborini
lampa haqidagi taassurotlarni o‘zining bilimga aylangan, bir tartibga keltirilgan
taassurotlari bilan bog‘lashga yo‘naltirishdan iborat. Bola savolga: «Tarvuzcha»,17
deb javob berdi. Bu o‘rinda bolaning miyasida nomlash (atash) orqali bilish amali
sodir bo‘ldi. Boshqacha qilib aytganda, bola ongida idrok etilayotgan, biroq hali
nomlanmagan narsani avval ma’lum bo‘lgan, nomlangan narsaga taqqoslash, ular
orasidagi o‘xshashlikni topishga asoslanuvchi bilish amali yuz berdi. Bunda oq
rangli abajurni tarvuz deb atashida uning boshqa belgilari emas, balki
sharsimonlik belgisi o‘tadi, xolos (Potebnya A. A // Xrestomatiya.1973:214-215).
Ichki formani leksik ma’no bilan ham teng deb bo‘lmaydi. CHunki, narsaga
xos muayyan semantik belgi asosida vujudga keladigan ichki forma va leksik
ma’no o‘rtasida sub’ektiv hamda ob’ektivlik xususiyatiga ko‘ra farqlanish
kuzatiladi. A.A.Potebnyaning e’tirofiga ko‘ra, ob’ektiv ma’no «yaqin ma’no»
bo‘lib, bu ma’no o‘zining xalqchilligi, ya’ni so‘zlovchi hamda tinglovchi uchun bir
xilda tushunarli bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Sub’ektiv ma’no esa, so‘zning
«kelajak ma’nosi» bo‘lib, har bir shaxs muayyan narsani o‘zicha idrok etishi
natijasida unga xos belgilar miqdori, sifati talqinidagi individualliklar orqali
namoyon bo‘ladi (Potebnya A.A // Xrestomatiya.1973:216-219).
Darhaqiqat, yangi nominativ birliklarning dastlabki noodatiyligiga sabab
bo‘lgan omil sub’ektivlikdir. Biroq ular muayyan vaqt oralig‘ida bu nominativ
birliklar ideomatizatsiyaga uchrashi, mazmunan yaxlitlanishi natijasida jamiyat
a’zolari uchun tayyor birlikka aylanadi. Bunday o‘tish, S. Usmonov tomonidan
ta’riflanganidiek, individual holatda vujudga kelgan ichki formaning jamiyat
tomonidan
real
ma’no
sifatida
yaratilishi
asosida
sodir
bo‘ladi
(S.Usmonov.1972:133-134).
Nominativ birliklarning semantik strukturasida ob’ektiv ma’no vujudga
kelgach, ichki forma passivlashishi, ba’zan esa mutlaq unutilishi mumkin.
SHuning uchun ham manbalarda ichki formaning ikki xil tipi, ya’ni «jonli» (jivoy)
va «jonsiz» (stertuyu) tiplari farqlanadi. Masalan, Blue-bell - aynan, zangori
qo‘ng‘iroqcha, snowdrop - aynan, qor tomchisi kabilar ushbu nominativ birliklar
orqali o‘z ifodasini topadigan jonli ichki formalardir. Ichki formaning ikkinchi tipi,
18
ya’ni «jonsiz» (stertuyu) tipi, asosan, tub so‘zlarga xos bo‘lib, ular etimologik
tadqiqotlar asosida aniqlanishi mumkin (E.G.Belyaevskaya.1987:40).
S.Usmonovning yozishicha: «Ichki formaning unutilishi muloqot jarayonida
miya ishini osonlashtiradi: birgina so‘zda birdaniga ikki narsa – dastlabki va
hozirgi ma’nosi xotirlanmay, faqat hozirgi real ma’no ko‘zda tutiladi». Aks holda,
«Mashinaga tushdi gapi so‘zlarning ichki formalariga ko‘ra «spuskatsya v
mexanizm» va real ma’nosiga «sel v mashinu» kabi ikki xil mazmun anglanar,
ulardan qaysi biriga qarab ish qilish lozimligi tinglovchi uchun qiyin ahvolning
vujudga kelishiga olib kelgan bo‘lar edi» (S.Usmonov.1972:133).
Qayd etilgan bu fikrlar ichki forma haqidagi ta’limotning leksik nominativ
birliklarning lingvokognitiv asoslarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Leksik birliklarning nominativ komponentini taqozo etuvchi ichki forma,
Gumboldt
tomonidan
e’tirof
etilganidek,
“ong
kategoriyalarini
lisoniy
kategoriyalar bilan moslashtiruvchi vosita” ekanligi bilan muhimdir. Bunday
moslashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad esa, shubhasiz, narsa va hodisalarni
kuzatish asosida to‘plangan tajribalarni tilda nom sifatida mustahkamlashdir.
Demak, bunday lingvokognitiv faoliyatda ong va borliq o‘rtasida munosabatni
tashkillashtiruvchi vosita sifatida til ishtirok etadi. O‘z navbatida, “birlamchi
moddiy sistemani”, ya’ni borliqni “ikkilamchi moddiy” formaga, ya’ni tilga
ko‘chirilishida “ideal sistema”, ya’ni inson idroki oraliq vosita vazifasini bajaradi .
(V.M.Solnsev.1971:11) .
Gumboldt talqinidagi ichki formaning ta’sir doirasi borliq va til munosabati
bilangina chegaralanmaydi. Chunki nominativ birliklarning tashqi va ichki
elementlarining o‘zaro uzviylik kasb etishida milliy ruh ichki forma sifatida
ishtirok etadi. Bundan kelib chiqadiki, har qanday tashqi forma o‘z-o‘zidan milliy
ruhni ifoda etuvchisi vositaga aylana olmaydi. Buning uchun ular iijtimoiy til
faoliyati “tasdig‘i”dan o‘tishi lozim. Ana shundan so‘nggina tashqi formalar til
egalarining milliy tabiatini belgilovchi qurolga aylantiradi.
19
Shuning bilan bir qatorda, ichki forma muqaddam o‘zlashtirilgan bilim
asosida hosil qilinadigan yangi bilimni ham taqozo etadi. Bu nuqtai nazarga ko‘ra,
inson unga avvaldan ma’lum bo‘lgan narsalarga xos ma’no belgilar o‘rtasidagi
aloqadorlikni idrok etish va qiyoslash asosida yangi-yangi nomlar hosil qiladi. Bu
xususiyatiga ko‘ra, ichki forma Gumboldtning ikkinchi ta’rifini, ya’ni “nutq
jarayonida yaratilgan va «qayta ishlangan»larning umumlashmasi, barcha lisoniy
strukturalar va elementlarning tizimdagi to‘plami, til tuzilishini modellashtiruvchi
mavhum qurilmani” o‘zida aks ettiradi (T.Bushuy, Sh.Safarov.2007:195).
Sh.Safarovning qayd etishicha, ichki forma tilning intellektual jihatini aks
ettirgani uchun uni mantiqqa oid tushuncha sifatida tilshunoslikdan siqib
chiqarishga harakat qilishlar ham kuzatiladi. “Biroq, ushbu tushuncha ko‘p
hollarda tilni ilmiy bilishni yangi bosqichga ko‘tarilishida tayanch g‘oya sifatida
xizmat qilgan. SHunday bo‘lishi ham kerak edi, zero, lisonning intellektual qismi
mantiqiy yoki psixologik kategoriya emas. Xuddi shu qism tildan foydalanish
imkonini beradi, ya’ni lisoniy ijodkorlik tovush shakllariga tayangan holda, barcha
yangi tushunchalarni ifodalash xususiyatiga ega bo‘ladi” (Sh.Safarov.2008:16).
XX asr boshlarida dialektik ta’limotining keng yoyilishi boshqa fanlar kabi,
tilshunoslikka ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Zero, dialektika, metafizikadan farqli
o‘laroq, borliq va ongning rang-barang xususiyatlari har doim o‘zaro aloqadorlik,
bog‘liqlikda o‘rganish lozimligini ko‘rsatadi hamda tadqiqotchilarga narsa va
hodisalarning mohiyatini ochib berishga xizmat qila oladigan umumiy gnoseologik
qonun va kategoriyalarni tavsiya etdi. Bu boshqa sohalarda bo‘lganidek,
tilshunoslikda ham ijobiy o‘zgarishlarning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi
(H.Ne’matov. O.Bozorov. 1993:6).
Darhaqiqat, V.fon Gumbold va uning izdoshi bo‘lgan A.A.Potebnyaning
lingvistik qarashlari
ana
shu
dunyoqarashning
tilshunoslikdagi
dastlabki
tatbiqlaridan biri sifatida baholanishi mumkin. Shuning bilan bir qatorda, o‘tgan
asr boshlarida tilning barcha qirralarini uzviy tarzda birlashtirib, uni yaxlit tizim
sifatida o‘rganish g‘oyasini ilgari surgan Ferdinand de Sossyurdir ijodi misolida
20
ham bu falsafiy dunyoqarashning amaliy ijrosi ko‘zga tashlanadi. U til va nutq
hodisalar o‘rtasidagi umumiy va xususiylik, mavhumlik va aniqlik, aktuallik va
vertuallik kabilarni farqlagan holda, asosiy e’tiborni tilning ichki strukturasini,
uning ijtimoiy mohiyatini o‘rganishga jalb qildi.
A.A.Zalevskayaning izlanishlarida kommunikatsiya jarayonini ta'minlovchi
lingvistik faoliyat til va nutq tizimlarining bevosita uzviyligidan tashqari bu
dixatomiyadagi
komponentlarni
koordinatsiya
qilib
turuvchi
maxsus
mexanizmning mavjudligi xususida mulohaza yuritiladi. Xususan, ushbu olimning
fikriga ko‘ra, til faoliyatidagi quyidagi aspektlarga e'tibor qaratish lozim: 1) nutqiy
faoliyat (so‘zlash va anglash jarayoniga tajribalar majmuyi), 2) til sistemasi
(ma'lum bir davrdagi so‘zlash va anglash jarayoniga xos lug‘at va grammatik birlik
qoidalar umumlashmasi), 3) til materiali (jamoaning so‘zlash va anglashiga xos
birliklar majmuyi), 4) individul nutq (nutq tajribasining o‘ziga xos qayta ishlash va
takomllashtirsh mexanizimi) [11].
Keltirilgan tavsifdan ma'lum bo‘ladiki, nutqiy faoliyat tilning asosiy
vazifasi, ya'ni kommunikativ jarayonni tashkil etuvchi tarkiblarni belgilashda
muhim ahamiyatga ega bo‘lib, nutqiy faoliyat o‘zining ijtimoiy qiymatiga ko‘ra til
tizimini, individulallik belgisiga ko‘ra esa, nutq tizimini taqozo etadi. Shuning
uchun ham, F.de Sossyur: "Til haqiqatning bir qismidir, uning muhim qismi esa
nutqiy faoliyatda o‘z aksini topadi",-deb qayd etgan edi. Nutqiy faoliyat, o‘z
navbatida, faol va nofaol sub'yektlarning, ya'ni so‘zlovchi va tinglovchining
muloqot jarayoni asosida yuzaga keladi. Bu jarayon uch bosqichli bo‘lib: a) ruhiy,
ya'ni so‘zlash va tinglash jarayonida idrok etish, b) fiziologik, ya'ni so‘zlash
jarayonida nutq a'zolarining harakati, v) fizik, ya'ni nutq tovushlarining
artikulyasion-akustik moddiylashuvi vositasida voqelanadi [24.47-52]. O‘zbek
tiliga doir manbalarda nutqiy faoliyat – til - nutq uzviyligidan iborat tizim til –
lison - nutq kabilardan iborat ekanligi qayd etiladi. Mazkur ishda keltirilishicha,
"Lison- kishi miyasidagi til xotirasi qismida mavjud til birliklaridan va ulardan
foydalanish qoidalaridan iborat boylik". Til deganda esa olim "kishilarga
21
fikrlashuv, fikrlash quroli bo‘lib xizmat qiladigan noyob ijtimoiy hodisa"ni
tushunadi [19.3-5].
Qayd etilganlardan kelib chiqib aytish mumkinki, ikkilamchi lug‘aviy
birliklarning paydo bo‘lishi tartibsiz jarayon emas. Balki bunday birliklarning
vujudga kelishi har bir tilda o‘ziga xos maxsus analogik mexanizmlarga ega bo‘lib,
bu mexanizmlar struktura jihatdan ichki lingvistik (grammatik), tashkil topish
jihatdan esa tashqi lingvistik asoslidir. Buning o‘ziga xos asoslari ikkilamchi
nominativ
birliklarning
hosil
bo‘lish
izchilligini
ta'minlovchi
analogik
modellarning dastlab individul nutq birligi sifatida, keyinchalik esa ularning
ijtimoiy nutqiy faoliyat birligi maqomiga ega bo‘lgan holda, tildagi barqaror
sintagmalar sifatida tarkib topishi misolida ko‘zga tashlanadi.
Tilshunoslikda birinchilardan bo‘lib F. de Sossyur tomonidan ilgari surilgan
hamda til va nutq doirasida tafavvutlangan sintagmalar haqidagi qarashlar keyingi
yillar mobaynida ijodiy rivojlantirildi. Jumladan, M.Ya.Bloxning e'tirofiga ko‘ra,
til birliklarining har qanday gorizontal ketma-ketligi zamirida, xususan, fonema,
morfema va so‘z kabi til birliklarining gorizontal ketma-ketligi asosida sintagmalar
tashkil topadi. Mazkur muallif Korsevskiyning fikriga tayangan holda, so‘z sathiga
daxldor sintagmalarni "ichki sintagma"sifatida farqlaydi va ularni 1) qo‘shma
so‘zlar zamirida aks etuvchi tiplarini "kompozitiv sintagma", 2) sodda yasama
so‘zlarga xos tiplarini "derivatsion-formativ sintagma", 3) so‘z shakllari zamirida
aks etuvchi tiplarini esa "fleksion-formativ sintagma"kabi turlarga ajratadi [7.29]
A.A.Reformatskiyning yozishicha, "sintagmalarning eng sodda ko‘rinishi
yasama so‘zlar (sodda va qo‘shma yasama so‘zlar) misolida ko‘zga tashlanadi"va
bu tipdagi sintagmalar "ichki sintagma"ni taqozo etadi. [20.536]. N.Q.Turniyozov,
X.Xayrullaevlar fikriga ko‘ra ham, "sintagma – bu sintagmatik munosabatning
mahsulini taqozo etuvchi struktur-semantik yaxlitlikdir. Uni sintaksisning
molekulasi, bazal struktur yacheykasi deb atash mumkin. Sintagmatik munosabatni
faqat so‘zlar bog‘lanishida emas, balki til birliklarining barchasida kuzatish
mumkin". Mazkur mualliflarning fikricha, til tizimiga xos sintagmalar zamirida
22
nutqiy sintagmalardan farqlanuvchi muhim jihat, ularning paradigmatik asosga,
ya'ni "paradigmatik sintagma"ekanligi orqali ko‘zga tashlanadi. [27.68-70].
Keltirilganlardan anglashiladiki, sintagma termini tilshunoslikda til va nutq
hodisalari bilan bog‘liq holda tafavvutlansa ham, mazkur yaxlitliklarning ichki
sutrukturasi talqini asosan nutqiy sintagmalar misolida olib boriladi. Buning o‘ziga
xos dalillari nutqiy sintagmalarni "predikativ"(ega+kesim), "ob'ektli"(tuldiruvchi +
to‘ldirilimish),
"atributivli"(aniqlovchi
+
aniqlanmish),
"adverbial"(hol
+
hollanmish) kabi turlarga ajratilishi misolida ko‘zga tashlanadi. Biroq til tizimiga
xos "ichki sintagma"larni tashkil etuvchi lingvistik unsurlar o‘rtasidagi munosabat
masalasida bunday tahlillar kuzatilmaydi.
1.3. Ikkilamchi lug`aviy birliklar tasnifi
Ikkilamchi nominativ birliklarning quyidagi turlarini farqlash mumkin:
1. Suffiksatsiya asosida yuzaga keladigan ikkilamchi lug‘aviy birliklar. Bu tipdagi
ikkilamchi lug‘aviy birliklarni hosil qiluvchi asoslar tilning morfem sathiga
daxldor bo‘lib, ularning ichki sintagmatik uzviyligi asosida so‘z yasalish hodisasi
voqelanadi. Masalan, ingliz tilidagi man+ly (mard+ona), mak+er (ijodkor) kabi
suffiksal yasamalarni, un+do (yaratilganni yo‘q qilmoq), re+make (o‘zgartirmoq,
qayta yasamaq) kabi perifikisal yasamalarni, man+ly+ness (mardonovorlik),
boy+ish+ness
(bolalarcha)
kabi
ikki
suffiksli
yasamalarni
va
nihoyat,
in+differ+ence (befarq), re+pay+able (to‘lab boruvchi) kabi suffiks va perefiksal
yasamalarni kiritish mumkin.
M.V.Nikitin tomonidan ilgari surilgan ichki sintagmatik tahlil nuqtai
nazardan
qaralganda
esa,
keltirilgan
yasama
so‘zlarda
morfemalarning
asos+suffiks, asos+suffiks+suffiks, prefiks+asos+suffiks kabi ichki sintagmatik
uzviyligi affikslar ishtirokida amalga oshmoqda va bunday sintagmatik jarayon
affikslarning so`z maqomiga ega bo‘lishi orqali o‘z nihoyasiga etmoqda. Ayni
paytda, tub va yasama so‘zlar o‘zaro qiyosan olinganda, yasama so‘zlarni tashkil
etuvchi morfemalar funksional jihatdan ma'no farqlash vazifasini ham bajaradi.
23
Chunki tub va yasama so‘zlarni ichki va tashqi jihatdan farqlanishini belgilashda
fonemalar bilan bir qatorda morfemalar ham ishtirok etadi.
2. Abbreviatsiya asosida hosil bo‘lgan ikkilamchi lug‘aviy birliklar. Ikkilamchi
birliklar hosil qilishning yana bir usuli qisqartma so‘zlarning yasalishi bo`lib,
Birlashgan Millatlar Tashkiloti– BMT, United Nations Organisation - UNO,
Amerika Qo‘shma Shtatlari – AQSH, United States of America- USA, Federal
Bureau of Investigation – FBI – Federal qidiruv byurosi kabi qisqartmalarni misol
qilib olishimiz mumkin. Bu o‘rinda birinchidan, fonologik birliklarning morfemik
vazifani bajarishi orqali sintagmatik yaxlitlanishi, ikkichidan, qo`shimcha
vazifasidagi asosning ichki yasalish munosabati asosida formal yasalish jarayonni
voqelantirishi, uchinchidan esa, ana shunday asosda tarkib topgan sintagmalarning
atash vazifasiga ega bo‘lishi bilan bog‘liq murakkab lingvistik jarayon o‘z aksini
topganligi kuzatiladi. Demak, qisqartma so‘zlarning vujudga kelishida, formal
yasalish birlamchi mavqega ega bo‘lib, ular o‘z semantik asosini mazkur jarayonni
voqelantiruvchi murakkab otlardan oladi va ikkilamchi nominativ tizimga kirib
keladi.
3. Semantik usulda hosil bo‘lgan ikkilamchi lug‘aviy birliklar. Ikkilamchi lug‘aviy
birliklarni vujudga kelishida muhim bo‘lgan usullarning o‘ziga xos turlaridan yana
biri,
semantik
jarayonlar
bilan
bog‘liq
holda
kuzatiladi.
Jumladan,
D.N.Shmelevning yozishicha, so‘z yasalishida bo‘lganidek, ko‘p ma'noli
so‘zlarning semantik komponentlari o‘rtasidagi uzviylikni ta'minlovchi omil
sifatida ham yasalish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Xususan, biror bir ma'noning
lug‘atlarda ko‘chma ma'no sifatida qayd etilishi zamirida mazkur ma'noning
boshqa bir ma'nodan kelib chiqqanligi o‘z aksini topadi va ana shunday uzviylik
ma'nolar o‘rtasida semantik yasalish va bog‘lanishdan dalolat beradi [28.194].
Xuddi shunday munosabat Yu.D.Apresiyanning kuzatishlarida ham e'tirof etilgan
bo‘lib, uning yozishicha, semantik yasalish ko‘p ma'noli so‘zlarda muntazam
ko‘chish asosida yaqqol ko‘zga tashlanadi. [4.175-176]. Ana shulardan kelib
chiqib aytish mumkinki, semantik komponentlar o‘rtasidagi uzviylik zamirida ham
24
ikkilamchi lug`aviy birliklar yasalishining yana bir turi, ya'ni semantik yasalish o‘z
aksini topadi. Ingliz va o‘zbek tillarida semantik yasalish asosida yuzaga keladigan
ikkilamchi lug‘aviy birliklar asosning hech qanday tashqi o‘zgarishsiz hosila
ma'noga o‘tishi orqali vujudga keladi. Bunday hosila ma'nolarning mustaqil
lug‘aviy birlik maqomiga ega bo‘lishida esa asos va hosila ma'nolar o‘rtasidagi
semantik bog‘lanishning uzilishi natijasida yuzaga keladi. Natijada semantik
yasalish asosida yuzaga kelgan ikkilamchi lug‘aviy birliklar va asos so‘z o‘rtasida
omonimiya hosil bo‘ladi. Masalan, o‘zbek tilidagi ko‘k – rang (sifat) va osmon
(ot), dam -havo, nafas// hararat (quyosh dami) // hordiq, ta'til // temirchilik
uskunasi kabi ma'nolar aslida metaforik ko‘chish asosida hosil bo‘lgan ikkilamchi
lug‘aviy birliklardir. Ingliz tilida xuddi shunday holatni man – odam, man – erkak,
page –sahifa, page- varaq kabi so‘zlar asosida ko‘zga tashlanadi.
Xuddi shunday semantik yasalmalarni konversiya asosida yasalgan
ikkilamchi nominativ birliklar misolida ham kuzatish mumkin. Xususan, o‘zbek
tilida birdan, birga (son asosida), kechasi, kunduzi (ot asosida), kabi ravishlarning
hosil bo‘lishida, o‘quvchi, yo‘lovchi, to‘quvchi (fe'lning sifatosh shaklining otga
ko‘chishi) misolida konversiya alohida ahamiyat kasb etadi. A.I.Smirnitskiyning
yozishicha, konversiya hodisasi so‘zlarning paradigmatik munosabati asosda
yuzaga keladi. Bunda muayyan paradigmaga mansub bo‘lgan so‘z leksik-semantik
jihatdan o‘zgargan holda boshqa bir paradigmaga mos vazifada qo‘llana boshlaydi.
Masalan, ingliz tilidagi love sevmoq fe'li love sevgi ma'nosidagi otga ko‘chadi va
mazkur paradigmaga xos vazifalarga ega bo‘ladi [22.75]. Shuningdek, ingliz tilida
quyidagi so‘zlarning konversiv holatda ikkilamchi lug‘aviy birlik sifatida
qo‘llanishi kuzatiladi:
Want-muhtojlik/muhtoj bo‘lmoq
Pencil – qalam/qalamda yozmoq
Water – suv/suv sepmoq
Pen – pero/pero bilan yozmoq
Paper-qog‘oz/qog‘ozga o‘ramoq
Pay–to‘lov/to‘lamoq
Qayd etilganlardan kelib chiqib aytish mumkinki, tilda mavjud bo‘lgan
leksik-semantik va leksik-grammatik (konversiya) usullar orqali hosil bo‘ladigan
25
ikkilamchi lug‘aviy birliklarning tilning leksik sathga kirib kelishida yasalishning
ana shu turi asos bo‘lib xizmat qiladi.
4. Kompozitiv usulda hosil bo‘lgan ikkilamchi lug‘aviy birliklar. Bulardan
tashqari, tildagi ikkilamchi nominativ birliklarning vujudga kelishini ta'minlovchi
yana bir hodisa mavjudki, bu hodisa tilshunoslikda "kompozitsiya", "so‘z
qo‘shish", "sintaktik usul"kabi terminlar asosida o‘rganiladi. Bunday ikkilamchi
nominativ birliklarning vujudga kelish asosi so‘z birikmalari bilan bog‘liq bo‘lib,
ana shunday nutq birliklarining barqarorlashgan analoglari tilda qo‘shma so‘z
maqomidagi ikkilamchi lug`aviy birliklarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Bunday
nominativ birliklarni tashkil etuvchi ichki elementlar uzviyligi ikki va undan ortiq
mustaqil so‘zlarning kompozitsion barqarorlashuvi asosida sodir bo‘ladi. Shuning
uchun ham bu o‘rinda yuzaga keladigan yasalish turini kompozitiv usulda yasash
sifatida farqlash maqsadga muvofiqdir.
Xulosa qilib aytganda, insonning borliqdagi narsa, belgi, miqdor, harakat,
holatni anglash va nomlash jarayoni murakkab lingvopsixologik omillar bilan
bog‘liq bo‘lib, ong faoliyati tufayli dastlab borliq haqida tasavvur, idrokiy obraz
vujudga keladi. Ana shu idrokiy obraz asosida tushuncha va uning lingvistik
ifodasi bo‘lgan ma'noning vujudga kelishi uchun asos bo‘ladi. Nominatsiya
jarayonida narsaga xos asosiy mohiyat ma'no bo‘lib, u o‘z tabiatiga ko‘ra ongning
ideal mahsuli hisoblanadi. Nominativ vazifasiga ko‘ra lug‘aviy birliklar tildagi
alohida tizimni tashkil qiladi. Bu tizim tarkiban birlamchi va ikkilamchi lug‘aviy
birliklardan tashkil topadi. Birlamchi lug‘aviy birliklar tilda qadimdan nomlash
vazifasini bajarib kelayotgan va hozirgi tilga nisbatan tub shaklga ega bo‘lgan
nominatlardir. Ikkilamchi nominatlar yoki lug‘aviy birliklar esa, tilda mavjud
bo‘lgan yasash imkoniyatlari asosida hosil qilingan yasama so‘zlardan tarkib
topadi.
Ikkinchi bobda yuqorida turlari farqlangan yasalish usullarining har biri
an'anaviy tilshunoslikda qanday sharhlanish haqida batafsil to`xtalib o`tishni
ma'qul topdik.
26
I bob bo`yicha xulosa
Tilshunoslikda ikkilamchi lug‘aviy birlik tushunchasi dastlab, Praga
tilshunoslik maktabining yirik namoyandasi Ye.Kurilovich tomonidan iste'molga
kiritilgan bo‘lib, u yasama so‘z maqomiga ega bo‘lgan birliklarni tildagi
yasalmagan
(ya'ni
tub)
so‘zlardan
farqli
ravishda
"ikkilamchi
lug‘aviy
birlik"sifatida ajratadi.
Ikkilamchi birliklarning paydo bo‘lishi tartibsiz jarayon emas. Balki bunday
birliklarning vujudga kelishi har bir tilda o‘ziga xos maxsus analogik
mexanizmlarga ega bo‘lib, bu mexanizmlar struktur jihatdan ichki lingvistik
(grammatik), tashkil topish jihatdan esa tashqi lingvistik asoslidir. Buning o‘ziga
xos asoslari ikkilamchi nominativ birliklarning hosil bo‘lish izchilligini
ta'minlovchi analogik modellarning dastlab individual nutq birligi sifatida,
keyinchalik esa ularning ijtimoiy nutqiy faoliyat birligi maqomiga ega bo‘lgan
holda, tildagi barqaror sintagmalar sifatida tarkib topishi misolida ko‘zga
tashlanadi.
Ikkilamchi nominativ birliklarning quyidagi 4 asosiy turini farqlash mumkin:
1. Suffiksatsiya asosida yuzaga keladigan ikkilamchi lug‘aviy birliklar:
man+ly (mard+ona);
2. Abbreviatsiya asosida hosil bo‘lgan ikkilamchi lug‘aviy birliklar: United
Nations Organisation - UNO;
3. Semantik usulda hosil bo‘lgan ikkilamchi lug‘aviy birliklar: page –sahifa,
page- varaq;
4.
Kompozitiv
usulda
hosil
bo‘lgan
black+board=blackboard.
27
ikkilamchi
lug‘aviy
birliklar:
II BOB. IKKILAMCHI BIRLIKLAR YUZAGA KELISHINING
AN'ANAVIY TALQINLARI
2.1 Suffiksatsiya asosida yuzaga keladigan ikkilamchi lug‘aviy birliklar1
(Suffixation)
Tadqiqotlarga ko’ra, suffikslarning turli xil turlari ishlatib kelingan va taklif
etilgan.
Suffikslar
o’zining
kelib
chiqishiga
ko’ra,
ishlatilishiga
ko’ra,
mahsuldorligiga ko’ra, va boshqa xarakteristikalariga ko’ra turlanadi.
Hozirgi ingliz tilidagi ko’plab suffiskalarni so’z turkumlari klassifikatsiyasi
bo’yicha sinxronik izlanishlar orqali tadqiq qilish qulay hisoblanadi. Ular
quyidagicha taqsimlanadi.
Ot yasovchi suffikslar:
-age (bondage, breakage, mileage, vicarage); -ance/-ence (assistance,
reference); -ant/-ent (disinfectant, student); -dom (kingdom, freedom, officialdom);
-ee (employee); -eer (profiteer); -er (writer, type-writer); -ess (actress, lioness); hood (manhood); -ing (building, meaning, washing); -ion/-sion/-tion/-ation
(rebellion, creation, tension, explanation); -ism/-icism (heroism, criticism); -ist
(novelist, communist); -ment (government, nourishment); -ness (tenderness); -ship
(friendship); -(i)ty (sonority).
Sifat yasovchi suffikslar:
-able/-ible/-uble (unbearable, audible, soluble); -al (formal); -ic (poetic);
ical (ethical); -ant/-ent (repentant,dependent); -ary (revolutionary); -ate/-ete
(accurate, complete); -ed/-d (wooded); -ful (delightful); -ian (African, Australian);
-ish (Irish, reddish, childish); -ive (active); -less (useless); -like (life`like); -ly
(manly); -ous/ious (tremendous, curious); -some (tiresome); -y (cloudy, dressy).
Son yasovchi suffikslar:
-fold (twofold); -teen (fourteen); -th (seventh); -ty (sixty)
Fe’l yasovchi suffikslar:
1
Mazkur bobdagi mulohazalar bir nechta tipologik xarakterdagi manbalar asosiga qurilganligi sababali
ularning umumiy ro`yxatini ilova qilishni maqsadga muvofiq deb hisobladik.[3;6;19;22;25;30.]
28
-ate(facilitate); -er (glimmer); -en (shorten); -fy/-ify (terrify, speechify,
solidify); -ize (equalize); -ish (establish).
Ravish yasovchi suffikslar:
-ly (coldly); -word/-wards (upward, northwards); -wise(likewise).
Agar biz o’z izlanishlarimizning yo`nalishini o’zgartirsak va leksikgrammatik ma’nosiga qiziqsak suffikslar belgilovchi sifatida xizmat qiladi, shu
bilan birga so’z turkumlari leksik-grammatik guruhlar va subguruhlar haqida
to’liqroq ma’lumotga ega bo’lamiz.
Leksik-grammatik guruhlar o’z ichiga aynan shu leksik-grammatik ma’noli
leksik elementlarni qabul qilgan guruh sifatida aniqlanadi va shu bo’limda
ifodalangan grammatik kategoriyalarni o’z ichiga olgan oddiy formalar sistemasi
hisoblanadi. Bir guruhdagi elementlar o’xshash sintakslar bilan almashadi va
o’xshash morfologik namunalar va derevativ affikslar bilan xarakterlanadi. Otlarni
bizlar atoqli va turdosh otlarga bo’lamiz. Bizlar atoqli otlar orasida shaxs nomlari,
va boshqa jonli narsalar nomlari, jamlovchi otlar, bir necha mayda guruhlarga
bo’linuvchi, material otlari, mavhum otlar, va narsa buyum nomlarini farqlaymiz.
Mavhum otlar quyidagi suffikslar bilan belgilanadi: -age,-ance/-ence,-ancy/ency/-dom, -hood, -ing, -ion/ -tion/ -ation, -ism, -ment, -ness, -ship, -th, ty.
Emotsional neytral bo’lgan otlar quyidagi suffikslar bilan keladi: -an
(grammarian), -ant/ -ent ( servant, student), -arian (vegetarian), -ee (examinee), er (porter), -ician (musician), -ist (linguist), -ite (sybarite), -or (inspector), va
boshqalar.
Jenskiy suffikslar shaxs otlari suffikslarining bir guruhchasi bo’lishi
mumkin. Ular kam va ko’pincha ishlatilmaydi: -ess (actress), -ine (heroine), - rix
(testatrix), -ette (suffragette).
Yuqoridagi turlanishlar ehtiyotkorlik bilan qabul qilinishi kerak. Ko’p
ma’noli so’zlarning hech bo’lmaganda bir varianti affiks bilan ifodalangan
ma’noni berishi aniq hodisa hisoblanadi. Yana boshqa variantlari ham bo’lishi
mumkin, shu bilan birga turli xil ma’nolar ishlatilishida turlicha belgilanadi va
29
bular boshqa leksik-grammatik guruhga aloqador bo’ladi. Masalan: settlement,
translation jarayon va uning natijasini ifodalovchi, yoki beauty ko’zga yoki
miyaga rohat bag’ishlaydigan jihatlarni ifodalovchi, mavhum otdir, lekin chiroyli
ayolni ifodalovchi kishilik otlari ham vujudga keladi. Witness so’zi o’zining
kishilik ma’nosida mavhum ot ma’nosidagi “evidence"yoki “testimony”ga
qaraganda ko’proq ishlatiladi. Ikki guruhdagi ba’zi so’zlarning bir semantik
strukturada kelishi qariyb odatiy hol hisoblanadi. Jamlovchi, masalan, quyidagi
suffikslar bilan belgilanadi –dom, -ery, -hood, ship. Miyada shunday taassurot
uyg’onishi kerakki, ushbu suffikslar bilan kelgan so’zlar ko’p ma’noli hisoblanadi
va shaxslarni ifodalovchi otlar guruhi va mavhum otlarni ifodalashi xarakterli
hisoblanadi. M-n: Knighthood.
Ba’zi leksik-grammatik ma’nolarning o’zakka qo’shilishi, ma’lum suffikslar
emotsional kuch qo’shadi. Ular bo’ysunuvchan bo’lishi mumkin: -ard (drunkard),
-ling (underling), -ster (gangster), -ton (simpleton). Bular ingliz tilida erkalash
suffikslarga nisbatan ko’proq uchraydi.
Erkalash suffikslari vazifasini bajaruvchi emotsional suffikslar bo’ysunuvchi
suffikslardan shaxs nomlarini atabgina emas, balki buyumning ham nomi atashda
ishlatilishi bilan farqlanadi. Bu nazariya quyidagi suffikslar bilan ifodalanadi –y/ie/-ey: auntie, cabbie (cabman), (addie, but also: hanky (handkerchief), nightie
(nightgown). Kichraytirishni ifodalovchi boshqa suffikslar en(chicken); -kin/-kins
(mannikin); -let (booklet); -ock (hillock); -et (cornet).
Kichraytirish suffiksining yashirin ma’nosi nafaqat erkalash balkim
qandaydir yangi va zamonaviy hisoblanadi, ayniqsa o’zlashgan suffikslarda –ette
(kitchenette, launderette, lecturette, maisonette, etc). Kichraytirish suffikslari
uncha ham mahsuldor hisoblanmaydi, yana bir tendensiya borki shu ma’noni semiaffikslar yordamida ifodalanadi: mini-: mini-bus, mini-car, mini-crisis, mini-skirt,
etc. holat va predmetni bildiruvchi so’zlarga qo’shiladi.
O’zak oldidan kelgan morfemalarga prefiks deyiladi. Prefikslar o’zakning
leksik ma’nosini o’zgartiradi, lekin shu bilan birga ba’zida leksik – grammatik
30
komponentga ta’sir qiladi. Shu sababli sodda so’z ham, yasama so’z ham bitta so’z
turkumiga mos bo’ladi. Masalan: mis- prefiksi fe`lga qo’shilganda “wrongly,
badly, unfavourably” ma’nolarini beradi. Bu boshqa so’z turkumi emas aynan fe`l
hisoblanadi. Quyidagi qarama-qarshi so’zlarni taqqoslang: “ behave:: misbehave,
Calculate::
miscalculate,
inform::
misinform,
lead::mislead,
pronounce::
mispronounce.
Yuqoridagi qarama-qarshiliklar semantik jihatdan tengdir, xuddi shunday
munosabatlar bir qatorda kelgan elementlarda ham uchraydi. Yana ba’zi bir
holatlar borki semantik munosabatlar ozgina farqlanadi lekin umumiy leksik
gramatik ma’no saqlanib qoladi. Masalan: giving:: misgiving, “foreboding"yoki
“suspicion”, take:: mistake va trust:: mistrust
Prefiksning semantik natijasi ravish deb ham nomlanishi mumkin, Chunki u
o’zakdagi holat, vaqt, joy, daraja va boshqa g’oyalarni o’zgartiradi. Ba’zi misollar
bu nazariyani isbotlaydi.
Mis- prefiksning ekivalenti wrongly va badly ravshlari ekanligi yuqorida
ko’satib o’tildi. Shu sababli fe`lga xos bo’lgan holat ravishga o’zgartiradi.
Pre- va post- prefikslari vaqtga taalluqlidir. Masalan: historic::prehistoric,
pay::prepray, view::preview. Eng so’nggi so’z butun ommaga ko’rsatilishdan
oldin ko’rilgan filmga nisbatan ishlatilgan. Quyidagilarni ham taqqoslang:
graduate::postgraduate, impressionism::post-impressionism. In-, ab- prefikslari
o’rin o’zaklariga o’zgaradi, masalan: income, abduct. Bir nechta prefikslar
ma’noni daraja o’zaklariga o’zgartiradi. Masalan: out-, over-, under-. Out-prefiksi
ustun bo’lish holatini ko’rsatadi: outlive “uzoq yashamoq”, outnumber “son
jihatidan ustunlik”, outurn “yugurishda ustun bo’lmoq”.
Inkor prefikslarining soni shunchalik turli xilki hatto ba’zi bir olimlar ularni
inkor va inkor bo’lmagan prefikslarga ajratgan. Ular quyidagilar: de-, dis-, in-/ im-/
il-/ ir-, un.
De-prefiksi ko’plab neologizmlarda uchraydi. Masalan: deuntralize,
decontaminafe, denazife va boshqalar.
31
Inkorning umumiy g’oyasi dis- orqali ifodalangan; bu “yo’q" ma’nosini
bildirishi mumki. Masalan: agree:: disagree, appear:: disappear, disgorge, dishouse.
In-/ im-/ ir-/ il- yuqorida muhokama qilingan, shu sababli ularga unchalik e’tibor
berish shart emes.
Non- ko’pincha mavhum ot fe`llarda ishlatiladi. Masalan: noninterference,
nonsense yoki nonresistance va sifatdosh o’rnida non-comissioned, noncombatont.
Eng ko’p qo’llaniladigan un- prefiksidir; shuni ta’kidlab otish joizki u ikki
xil ma’noda kelishi mumkin, ular quyidagilar.
1) Sodda inkor- sifat yoki sifatdosh bilan birgalikda kelgan:happy:: unhappy;
kind:: unkind; even:: uneven; O’zakdan o’zlashgan va o’zlashmaganligi
ahamiyatsiz, un- prefiksi ikkala guruhlar bilan ham qo’shilib ketadi. Masalan:
uncommon, unimportant qorishma so’zlardir.
2) un- fe`l o’zaklar bilan kelganda ma’nosi turli xil boladi, bu vaziyatda u
sodda so’zzga nisbatan qarshi harakatni bildiradi. Masalan: bind:: unbind, do::
undo, mask:: unmask, pack:: unpack.
Takrorni bildiruvchi re- prefiksi ko’p qo’llaniladiganlarning biri hisoblanadi.
U qariyb hamma fe`l va fe`l otlar bilan qo’llanadi: rearrange, recast, reinstate,
refetment, remarriage.
Prefikslarning ma’nosi xuddi suffikslarda bo’lgani kabi butun ma’noga
qo’shilib ketmaydi lekin ma’lum darajada semantik mustaqillik saqlanib qoladi.
Ko’plab prefikslar so’zlarning faqat leksik ma’nosiga ta’sir qiladi, lekin
prefiksning ba’zi muhim jihatlari borki har xil so’z turkumlariga doir so’zlarni
yasashda qo’llaniladi.
Be-sifat va ot bilan kelgan o’zaklarni o’timli fe`lga va o’timsiz fe`lni o’timli
fe`lga aylantiradi. Masalan: belittle; benumb; befrrend; becland; bemadam;
besiege. Ba’zan leksik ma’nolar juda ham farqlanadi. Masalan: Quyidagilarni
taqqoslasak bejewel (v) – “qimmatbaho toshlar bilan bezamoq"va behead “tananini
boshdan judo qilmoq” ma’nolarida. Umuman olganda fe`l yasovchi oltita semantik
32
formalar mavjud va ulardan biri otdan sifat yasalishi quyidagicha formulada be+Noun stem+ -ed, masalan: benighted, bespectacled va boshqalar.
En-/em- prefikslari ot o’zakdan biror narsani ichiga yoki ustiga qo’ymoq
ma’nosini beruvchi fe`l yasashda ishlatiladi. Masalan: embed, engulf, encamp va
shu bilan birga ot o’zakdan biror vaziyatga kirishmoq ma’nolarini beruvchi sifat
bilan kelgan fe`l yasashda ishlatiladi.Masalan: enable, enslave, encash. Ba’zan en-/
em- prefikslari kuchaytirish funksiyasi ham mavjud enclasp misolida.
a- prefiksi holatni bildiruvchi so’zlar uchun ahamiyatlisidir. Masalan:
aboard, afraid, asleep, awake. Ushbu prefiksning o’zakni faqat leksik ma’nosini
ifpdalovchi bir nechta omonim morfemalari mavjud. Masalan: arise V, amoral adj,
Pre-, post-, non-, anti- prefikslari va boshqa ko’plab yunon va grek
prefikslari hozirgi ingliz tilida aniq leksik ma’noga ega bo’lgan sifatlarni yasashda
xizmat qiladi. Masalan: anti-war, pre-war, post-war, non-party.
After-, in-, off-, on-, out-, over-, under-, within- zamon va vaqt bildiruvchi
morfemalar mustaqil forma sifatida kelishi mumkin. Ularning vazifasi va ma’nosi
shu bilan birga holati prefikslardagi aynan bir xil hisoblanadi. Ular prefikslar
bajargan vazifa vaqt, joy va holat o’zaklarini o’zgartiradi. Shu bilan birga ular
prefikslar kabi ishlatilish darajasi bir xil. Prefikslar ta’rifiga ko’ra qo’shma forma
hisoblansa ular mustaqil forma hisoblanadi. Ushbu so’zlar turli xil lug’atlatdan
olinadi. Shu sababli Chambers lug’atida aftergrowth so’zi after- prefiksi bilan
kelgan bo’lsa shunga o’xshash afternoon, afterglow, afterthought tuzulishlatri
murakkab ot sifatida keltirilgan.Webster lug’ati after-ni prefiks sifatida
hisoblamaydi.
Etimologik jihatdan affikslar ikki asosiy guruhga bo’lingan: O’zlashgan va
O’zlashmagan affikslar. O’zlashmagan affikslar deganda biz eski ingliz tili
davrida yoki eski ingliz tili so’zlaridan tuzilgan, ingliz tilida mavjud bo’lgan
qo’shimchalarni tushinamiz. Til tarixida morfemalar o’zgarishi turli xil kechgan.
Masalan: Mustaqil formadan rivojlanadi. Bu quyidagi suffikslarda namoyon
bo’ladi: -dom, -hood, -lock, -ful, -less, -like, -ship. Zamonaviy ingliz tili dom, eski
33
ingliz tilida –dom “taqdir,kuch”. Childhood, boyhooddagi -hood suffikisi eski
inliz tilining had “vaziyat” otidan kelib chiqgan. Eski ingliz tilidagi lae ham
vaziyatni bildiruvchi suffiks hisoblangan. Bu jarayonni quyidagicha xulosa qilish
mumkin: Boshida lac qo’shma so’zning ikkinchi elementini tashkil etgan,
keyinchalik u suffiksga aylangan va nihoyat o’zakga shunchalik qo’shilib ketganki
wedlock so’zidagi ajralmas suffiks kabi. Freedom, wisdom va boshqa otlar asliy
qo’shma so’z hisoblangan
Eng asosiy o’zlashmagan suffikslar quyidagilar: -d, -dom, -ed, -en, -fold, ful, -hood, -ing, -ish, -less, -let, -like, -lock, -ly, -ness, -oc, -red, -ship, -some, teen, -th, -ward, -wise, -y.
Kelib chiqishi chetdan bo’lgan suffikslar o’zlarining manbalariga qarab
guruhlanadi. Lotin (-able/-ible, -and/-ent), Fransuz (-age, -ance/-ence, -ancy/ency), Grek (-ist, -ism, -ite) va boshqalar.
O’zlashgan affikslar iborasi aniq bir ta’rifga ega emas lekin ular boshqa
tillardan olingan so’zlarning bir qismi hisoblanadi. Ingliz tili morfologik
sistemasiga kirishi uchun o’zlashgan affikslar ma’lum talablarga javob berishi
kerak. O’zlashgan affikslar faqatgina, agar so’zlar shu affiksga ehtiyoj sezsa, agar
ma’no va vazifasi aniq bo’lsa va oxirgi lekin so’nggi bo’lmagani agar struktura
jihatdan tildagi mavjud strukturaga mos kelsagina bo’lishi mumkin.
Agar bu holatlar tashqi affikslar bilan to’ldirilsa ular ingliz tili lug’atidagi
mahsuldor va tub yoki o’zlashgan o’zaklar bilan bog’lanadi. Xuddi -able Lotin abilis. Masalan: laughable yoki unforgettable va unforgivable kabi so’zlarda.
Ingliz tilidagi balustrade, brigade, cascade so’zlar Fransuz tilidan o’zlashgan. Shu
so’zlar nusxasida ingliz tilida ham blockade so’zi qo’shilgan.
Lingvistik adabiyotlarda affikslarning turli xil klassifikatsiyalari mavjud.
Affikslar qotib qolgan (dead) va amaldagi (living) affikslarga bo’linadi.
Qotib qolgan affikslar zamonaviy ingliz tili so’z qismlari tarkibida kam
qo’llaniladi. Ular faqat etimologik analiz vositasida ajratiladi.
Masalan: admit (lotin tilidan ad + mittere); deed, seed ( -d) , flight, bright (-t).
34
Amaldagi affikslar so’zdan osongina ajratiladi.
Masalan : freedom, childhood, marriage.
Amaldagi affikslar ham o’z navbatida mahsuldor (productive) va mahsuldor
bo’lmagan (non-productive) turlarga ajratiladi.
Mahsuldor affikslar o’zlarining yangi so’z yasa olish qobiliyati bilan
xarakterlanadi.
Masalan : -er lander – косм. корабль ( kosmik kema) ;
-ist ( leftist) - левый ( chap taraf), -ism, -ish (baldish) -ing , - ness, - ation, ee, - ry, - or, - ance, -ic bular mahsuldor affikslar, re- , un-, non-, anti- esa
mahsuldor bo’lmagan affikslardir.
Mahsuldor bo’lmagan affikslar zamonaviy ingliz tilida yangi so’z shaklini
yasashda ishlatilmaydi. Masalan : -ard, -cy, - ive, - en , - dom, - ship, - ful , - en, ify lar mahsuldor suffikslar hisoblanmaydi. in- (il), ir- (im), mis- ,dis- bular
mahsuldor bo’lmagan prefikslardir.
Affikslarning qo’llanish darajasi affiksning ko’p so’zlar tarkibida
qo’llanish holati bilan xarakterlanadi. Ammo mahsuldorlik prefiks yoki suffiksning
yangi so’z yasashdagi qobiliyatida namoyon bo’ladi.
Affiksning
qo’llanilish
darajasi
yuqori
bo’lishi
mumkin,
mahsuldorligi bo’lmasligi mumkin.
Misol uchun, "-ive"suffiksining chastotasi ko’p, lekin mahsuldor emas.
Ko’p tilshunoslar prefikslarni ikki turga ajratadi:
1)
Ularni funksional so’zlar ( predloglar va ravishlar) ga o’xshatadi
( ex. out-, over-, up- .)
2)
Ular birorta ham mustaqil so’z bilan o’zaro aloqada bo’lmaydi.
( ex. un-, dis-, re-, mis-.)
out-, over-, up-, under- prefikslari yarim tayyor morfema hisoblanadi.
Ularning mustaqil so’zlarga o’xshab grammatik ma’nosi yo’q.
Prefiks va suffikslar ularning ma’nosiga ko’ra tasniflanadi:
35
ammo
Prefikslarning negative ma’nosini: de-, non-, un-, in-, ir-, il-, im-, dis-
1)
( defeat, decentralize, disappear, impossible, discomfort etc);
2)
super-
Prefikslar makon va vaqtni ifodalaydi: after-, under-, for-, post-, over-,
(ex.
prehistory,
postposition,
superstructure,
overspread,
afternoon,forefather);
3)
Prefrikslar shuningdek harakat bog’liqligini ifodalaydi: re- (ex.
reread, remake).
Suffikslar ham prefikslar kabi ularning ma’nosiga ko’ra tasniflanadi:
1)
Agent suffikslari: -er, -or, -ist, - ee ( baker, sailor, typist, employee);
2)
Appurtenance: -an, -ian, - ese (Arabian, Russian, Chinese, Japanise);
3)
Jamoa: -age, - dom, - hood, - ery ( peasantry, marriage, kingdom,
childhood);
4)
Kichraytirish: -let, - ock, - ie ( birdie, cloudlet, hillock);
5)
Miqdor: - ful, - ous, - y, - ive, - ly, - some.
Suffikslar qaysi so’z turkumini yasashiga ko’ra turli guruhlarga bo’linadi:
1)
Ot yasash: -er, - dom, - ness, - ation, - ity, - age, - ance, - ence, - ist, -
hood, - ship, - ment ;
2)
Sifat yasash: -able, - ible, - uble, - al, - ian, - ese, - ate,- ed, - ful, - ive,
- ous, - y ;
3)
Son yasash: - teen, - th, - ty ;
4)
Fe’l yasash: - ate, - en, - ify, - ize ;
5)
Ravish yasash: -ly, - ward, - wise.
Suffikslar har xil so’z turkumlarining o’zagiga qo’shilishi mumkin:
1)
Fe’llarga qo’shlishi: -er, - ing, - ment, - able;
2)
Otlarga qo’shilishi: - less, - ish, - ful, - ist, - some ;
3)
Sifatlarga qo’shilishi: - en, - ly, - ish, - ness ;
Suffikslar ularning stilistik tavsifiga ko’ra ham tavsiflanadi:
1)
Suffikslar neytral stilistik (reference)tavsifi bilan farqlanadi: - able, -
er, - ing ( ex. dancer, understandable, helping);
36
2)
Suffikslar ma’lum stilistik tavsifi bilan tarqlanadi: - oid, - form, tron
( astroid, rhomboid,cruciform, cyclotron).
2.2 Gibrid (Chatishma)so’z
(Hybride words)
Ikki va undan ortiq tillardan o’zlashgan elementlar chatishma so’zlar deb
ataladi. Ingliz tilida mingdan ortiq chatishma so’zlar mavjud. Ularning ko’pchiligi
Lotin, Fransuz, Grek tillaridagi tub so’zlardan tashkil topgan.
Shunday qilib readable so’zi asl o’zagi Ingliz tilida va suffikisi Fransuz
tilidan o’zlashgan Lotin -abilis dan tashkil topgan. Yana bu holatistisno emas lekin
ingliz tilida quyidagi namuna ko’rsatilishi mumkin. Stem+ -able. Taqqoslang:
answerable, eatable, likable, usable. Uning variant un- inkor prefiksi ham
e’tiborga molik: Un-+Eng stem +-able. Bunga misol qilib: unanswerable,
unbearable, unforeseeable, unsayable, unbelievable larni olish mumkin. Yana
ko’p uchraydigan namunalardan biri un-+Romanic stem+-able, ham chatishma
hisoblanadi:
unallowable,
unquestionable,
unmovable,
uncontrollable,
unreasonable va boshqalar. Qiziqarli misolladan yana biri bu unmistakable so’zi
quyidagicha tashkil topgan.
Un ( Engl ) +mis ( Engl ) + tak (Scand ) + able ( Fr ). Eng ko’p
ishlatiladigan suffikslardan biri –able suffikisi able sifati kabi bir xil ma’noda
qo’llanadi.
Shaxs oti hisoblangan -ist suffikisi Grek tilidagi shaxs –istes suffikisi ko’plab
chatishma so’zlarni yasaydi. Ba’zan (artist, dentist) lar chatishma so’z sifatida
xuddiki Fransuz tilidagi dentist (from Latin dens, dentis “a tooth"+ist) o’zlashadi.
Agar o’zlashgan so’z ingliz tilida rivojlansa bu uning aynan tub affikslar bilan
qo’shilishiga sharoit yaratadi. Bu ko’rinish quyidagi tub suffikslar bilan kelgan
sifatlar qatorida ko’rinishi mumkin. –less: blameless, cheerless, colourless,
countless, doubtless, fruitless, joyless, noiseless, pitiless, senseless. Professor B. A
Ilyish quyidagi sifatlarni ot va fe`l o’zakdan tashkil topgan deb ta’kidlaydi:
“sleepless;" “unbelieving;" “dishonest;" “reckless”. Hech qanday shak shubha
37
bo’lishi mumkin emaski -less ko’plab sifatlarga tub o’zak bilan qo’shilgan:
endless, harmless, hopeless, speechless, thankless.
Xuddi shu nazariya prefiksatsiya va fleksiya hodisalarida ham uchraydi.
Bicycle oti Lotin prefiksi ( bi-) Grek o’zagi ( cycle – kuklos ) (a wheel) va ingliz
tilida fleksiyaga uchraydi va ko’prik shakli bicycles ga aylanadi. Yana ko’plab
qo’shma chatishma so’zlar ham bor: blackguard ( Engl + Fr ) yoki schoolboy ( Gr
+Engl ); cf. aircraft kabi misollarda birinchi elementi Lotin va Fransuz tillaridan
taxminan 1600-yilda kirib kelgan lekin oqibatda Grek so’zi aer, dan o’zlashgan,
holbuki ikkinchi element sodda German tilidan olingan hisoblanadi .
Ingliz tili lug’atining tadqiqotidan shu ma’lumki boshqa Yevropa tillaridan
chatishma so’zlarga boyligi va ko’plab namunalarga ega ekanligi bilan farqlanadi.
Ba’zi bir holatlarda tub o’zakli o’zlashgan affikslar bilan kelgan yoki uning aksi.
So’z bir vaqtning o’zida ham tub affiks ham o’zlashgan affiksdan tashkil topishi
mumkin.
O’zbek tili affikslarining asosi ham ingliz tilidagidek mahalliy va o’zlashgan
affikslarga ajratiladi.
-chi, - gar, - zor, - li, - lik, -oq suffikslari mahalliy suffikslar ,
ammo -izm, - atsiya, - bo, - no, - namo, -ki o’zlashgan suffikslardir.
Ingliz va o’zbek tillarini taqqoslaganda negative affikslar ingliz tilida
ko’proq qo’llanilishini ko’rishimiz mumkin.
O’zbek tilida: - siz (qo’lsiz) , be- ( berahm) , no- ( noxush)
Ingliz tilida : -less –(handless) , a-, an- (anomalous), -un –( unkind)
dis – ( dislike), anti- (antibiotic), de- ( decode) , in- ( incorrect), ir- (
irregular),
im- ( impossible) , non- ( nondeductive)
Biroq, o’zbek tili prefiklari juda ozchilkni tashkil etadi. Ularning soni
8 ta. Ular so’zlarni bir turkumdan boshqa turkumga o’zgartirish qobiliyatiga ega.
Masalan: adab (ot) – boadab (sifat) , hosil(ot) – serhosil (sifat), iloj (ot) –
noiloj (sifat), baxt (ot) – bebaxt (sifat), rang (ot) – nimrang (sifat).
38
2.3 Qisqartma so’zlar va so’z yasalishining boshqa usullari
( Shortened words and other minor ways of wordformation )
Qisqartma so’zlar butun so’z o’rnida qo’llanuvchi bo’lak bo’lib,
so’zning bir qismi olinadi va butun so’z o’rnida qo’llaniluvchi so’zlardir.
Masalan: demo (demonstration), dub (double), vac (vacuum cleaner), doc
(doctor), fig (figure) ,Mrs (missis).
Qisqartma so’zlar va uning to’liq shakli bir xil leksik ma’noga ega , lekin
farq faqatgina ularning stilistik tavsifida. Masalan : exam ( so’zlashuv ) ,
examination (neytral ) , chapman ( neytral ), chap ( so’zlashuv ).
Qisqartma so’zlar strukturaviy jihatdan oddiy so’zlar va ko’p hollarda
ularning asosi bo’lgan uzun so’zlardek bir xil leksik ma’noga ega.
Biz leksik qisqartma otlar va Clippinglarni farqlashimiz lozim.
Abbreviatsiyalar so’z guruhi va qo’shma so’zlarning birinvhi harflaridan
tashkil topadi ( CPSU, YCL, USA, BBC, NATO ) yoki so’z guruhini ikki
a’zosining kompanentining ( H ( hydrogen ) – bomb , V. – Day – Victory Day )
qisqarishidan yasaladi.
Clipping so’zning qaysi qismini qisqarishiga ko’ra quyidagi turlarga
tasniflanadi :
1)
So’zlarning oxirini qisqartirish:
Masalan : ad (advertisement ), lab ( laboratory ), Jap ( Japanese ), doc (
doctor ), sis ( sister ), vac ( vacuum cleaner );
2)
So’zlarning boshini qisqartirish:
Masalan : car ( motor - car) , phone ( telephone ), van ( caravan ), cast (
broadcast)
3)
So’zlarning o’rta bo’g’inlarini tushirib qoldirish orqali:
Masalan : maths (mathematics), specs ( spectacles );
4)
So’zlarning boshini va oxirini qisqartirish orqali:
Masalan: flu ( influenza ), tec ( detective ), frig ( refrigerator ).
Clippinglar va abbrievatsiyalar oddiy so’zlardek ko’p xususiyatlarga ega:
39
 Ular ko’plik shaklini oxirdan oladi va qaratqich kelishigida bo’ladi.
 Ular artikllar bilan qo’llaniladi: the USA, a lab, a vac, a doc. Ular so’z
yasovchi affikslarni ham olishi mumkin: YCL -er , M. P- ess hanky ( from
handkerchief ), unkie ( uncle ).
Clippinglar har doim ham o’zining haqiqiy ma’nosiga mos kelmaydi.
Masalan : doc va doctor so’zini ( tibbiyot bilan shug’ullanuvchi shifokor ) ,
shuningdek, ( universitetda olimga beriladigan eng oliy daraja ) va ( daraja olgan
kishi) kabi ma’nolarga ega.
Abbrevatsiyalarni o’rtasida omonimlik mavjud. Abbrevatsiyalarda biz har bir
harfga urg’u beramiz. Masalan : TUC ( ti:ju:si: ) – Trade Union Congress.
Agar ular fonetik qoidalar bo’yicha talaffuz qilinsa, urg’uni birinchi bo’g’inga
qo’yamiz.
Misol uchun, NATO ( ‘neitou ) , UNO ( ‘ju:nou )
Quyida tez-tez murojaat qilinadigan abbreviatsiyalarga misollar keltirib
o`tamiz:
Xaritalar bilan bog`liq abbreviaturalar:
Ave - avenue
Blvd - boulevard
Ln - lane
Rd - road
St - street
Ilmiy darjalar va lavozimlar bilan bog`liq abbreviaturalar:
BA - Bachelor of Arts
BS - Bachelor of Science
MA - Master of Arts
M.PHIL or MPHIL - Master of Philosophy
JD - Juris Doctor
DC - Doctor of Chiropractic
PA - Personal Assistant
40
MD - Managing Director
VP - Vice President
SVP - Senior Vice President
EVP - Executive Vice President
CMO - Chief Marketing Officer
CFO - Chief Financial Officer
CEO - Chief Executive Officer
Lotin tilidan kelib chiqqan abbreviaturalar:
AM, ertalabki vaqtni ko`rsatuvchi ikkilamchi lug`aviy birlik lotincha ante
meridian so`zidan kelib chiqqan, o`z-o`zidan PM esa, post meridian so`zidan
kelib chiqqan.
Biz yashayotgan melodiy ming yillik — AD, aslida Anno Domini, ya'ni
“Xudomizning yili”dir.
Misollar bilan dalillashda ishlatiladigan e.g. ikkilamchi birligi ham lotincha
exampli gratia "misol keltirilgan"ma'nosidan olingan. [30]
2.4 Konversiya
(Conversion)
Konversiya zamonaviy ingliz tilida yangi so’z yasash bo’yicha juda samarali
usul hisoblanadi. ( ex. work - to work, pen - to pen, to walk – walk ).
"Konversiya"atamasi birinchi marta 1892 yilda Sweetning "New English
Grammar"kitobida qo’llanilgan. [25]
Konversiyani o’rganishning bir qancha usullari mavjud. Ko’p tilshunoslar
konversiyani suffikssiz so’z yasalishi deb hisoblashadi. Boshqalari esa nol
morfema yordami bilan yangi so’z yasalishi deb aytishadi.
Shuningdek, konversiyaga bir so’z turkumidan boshqa so’z turkumiga
ko’chish deb ham tar'if beriladi.
Konversiya munosabatlari ko’p ikkilanishlarga sabab bo’ladi. Konversiya
munosabatining affiksal bo’lmagan so’z qurilishi konversiya va tovush
almashinishi sabablarini farqlash bizga yordam bermaydi.
41
Masalan: sing – song va paper (n) - paper (v).
Professor A. L. Smirnitskiy konversiyani paradigmaning o’zgarishi orqali
yangi so’z yasalishi deb aytadi. [22] Bu paradigma so’z qurilishining ma’nosi
uchun ishlatiladi. Masalan: O’zbek tilida: kitoblar, kitobning, kitobni, kitobga,
kitobdan, kitobda, kitobi, kitobim, kitobing, - lar, -ning, - ni, - ga, - dan, -da , -i, im, - ing qo’shimchalari (noun) otning paradigmalari hisoblanadi.
Ingliz tilida: book, books, book’s; -s, ‘s, - ‘s (noun) otning paradigmalaridir;
book, (v) - booked, (he) books, booking, booked, - ed, ed ( the ending of P
II) -s, -ing lar ( to book) fe’linig paradigmasi.
Shuning uchun konversiya so’z yasalishining morfologik usuli kabi
ifodalanadi.
Konversiyani o’rganishning ikkita usuli mavjud:
Sinxronik (Synchronic)
Diaxronik (Diachronic)
Diaxronik bosqichda biz konversiyani asosi ingliz tilida qanday paydo
bo’lishini o’rganamiz. Konversiya XIII asrda o’rta ingliz tili taraqqiyotining
rivojlanish bosqichida so’zlarning yuqolishi natijasida paydo bo’lgan.
Masalan: lufu - luf – love (n)
lufian- luf- love (v)
andswarn- andswar- answer (n)
avdswarian- andswar- answer ( v)
Konversiyaning sinxronik bosqichida paradigmaning ma’nolari vositasida
yangi so’z yasalish usullari ko’rib chiqiladi.
Ikkita so’z faqat ularning paradigmalarida farq qiladi. Konversiyaning eng
oddiy sinxronik usullari otlardan fe’l yasalishi va fe’llardan ot yasalish usullaridir:
1)
Otlardan o’zlashgan fe’llar:
ape – to ape, a face – to face, a butcher - to butcher, a dust- to dust, a doctorto doctor.
2)
Fe’ldan o’zlashgan otlar:
42
to jump- a jump, to move – a move, to help – a help, to drive – a drive,
to walk – a walk .
Boshqa so’z turkumlarining o’zaklaridan so’z yasalish kamroq uchraydi.
Masalan: wrong ( adj) – to wrong , up (adj) - to up, down (adv) - to down.
Otlar fe’l + postpozitiv ( verb+ postpositive) so’z birikmalaridan ham
yasalishi mumkin. Masalan: to make up – a make +up, to call up – a call up, to
take off – a take off .
O’zgargan juftliklar ichida yasama so’z va yashirin so’z bir-biri bilan o’zaro
ularning ma’nolari bilan bog’lanadi.
Yasama so’zlar ot tomonidan anglashilgan narsa, bajarilgan ish harakatni
ko’rsatadi.
Masalan :
"to finger " ma’nosi "to touch with finger ",
" to hand "ma’nosi " to give the hand ", "to help with hand",
"to week- end" ma’nosi "to spend the week- end ".
Yasama otlar ish – harakat yoki ish- harakatni natijasini anglatadi.
Masalan:
"a knock "ma’nosi "the result of knocking ",
"a cut "ma’nosi "the result of cutting ",
"a call "ma’nosi "the result of calling ",
"a find "ma’nonsi "the result of finding ",
" a run "ma’nosi "the result of running ".
Semantik yasalishning kriteriy muammosi uncha uzoq bo’magan lingvistik
adabiyotda ko’tarilgan. Professor Smirnitskiy semantik derivatsiya nazariyasini
birinchi bo’lib o'zining ingliz leksikologiyasi ( English Lexicology ) kitobida
ko’rsatgan. [22]
2.5 Tovush almashinishi
(Soundinterchange)
Tovush almashinishi o’zak tarkibidagi fonetik ketma- ketlikdir.
43
Masalan : food (n.) – feed (v.), speak (v.) – speech (n.), strong (adj.) –
strength (n.).
Tovush almashinishi so’z yasalishining faqat diaxronik tomonini ko’rib
chiqadi, chunki zamonaniy ingliz tilida biz so’zning unli o’zagini o’zgartirish
orqali yoki urg’uning joyini siljitish orqali yasalgan oddiy so’zlarni topa olmaymiz.
Tovush almashininshi mahsuldor emas.
Tovush almashinishi unlilar va undoshlar almashinishinuviga bo’linadi;
Masalan : full – to fill, food – to feed, blood – to bleed, stronger – strength.
Bu yerda bizda unli almashinish bor va unli almashinish vositasida turli gap
bo’laklarini farqlaymiz.
Undosh almashinishining bir nechta misollari bor: advice – to advice, use
(ju:s ) – to use ( ju:z ), speak – speech , break – breach, defence – gefend , offenc –
offend.
2.6 Ichki so’z yasalishi
(Back-formation).
"Ichki so’z yasalishi "atamasida tarixiy ma’no bor.
Masalan : beggar, butler, cobbler, typewriter otlari -er, - or suffikslari bilan
actor, painter, teacher otlariga juda o’xshaydi. teacher, speaker, reader so’zlari
beggar, butler, cobbler, typewriter so’zlari bilan o’xshash va to beg, to butle, to
cob, to typewrite so’zlaridan sinxronik usulda yasalgan, chunki biz "speak- speaker
" va "beg – beggar" so’zlarining munosabati o’rtasidagi biron bir farqni
sezmaymiz. Ammo agar biz ularning kelib chiqishiga nazar solsak, "butle" so’zi
"butler"dan "to beg" so’zi esa "beggar" (fransuzcha "begard", "begart") so’zidan
kelib chiqqaniga guvoh bo’lamiz.
2.7 Aralashma so’zlar
(Blending)
Aralashma so’zlar ikki so’zning birikishi natijasida yangi so’z yasalishidir.
44
Masalan : "smog " oti "smoke " va "fog " otlarining qismlaridan tashkil
topgan. Aralashma so’zning natijasi analiz qilinmaydigan oddiy so’zdir.
Biz aralashma so’zlarni ( sm + og ) analiz qilmaymiz, chunki ularning
qismlari morfemalar deb atalmaydi.
Masalan : clash = clap – clash, flush = flash + blush, slanguage = slang +
language , brunch = breakfast + lunch , smare = smoke + haze ,
seadrome= sea + airdrome.
Terminologik lug’atda ko’p aralashma so’zlar mavjud.
Masalan : racon = radar + beacon, transceiver = transmitter + receiver.
2.8 So’zlar ma’nosining ko`chishi
( Change of meaning of words )
So’z ma’nosi o’zgaruvchan kategoriyadir. Semantik o’zgarishlarning sababi
lingvistik yoki ekstralingvistik bo’lishi mumkin.
Ekstra – linvistik sabablar odamlar hatotida so’zlashuv tilining o’zgarishlari,
yangi tushuncha va predmetlarning kirib kelishi, iqtisodiy va sotsial hayotdagi
o’zgarishlar va fikrlar o’zgarishidir.
Masalan: "mill "so’zining haqiqiy ma’nosi "qo’l tegirmon "bo’lgan, lekin
sanoat rivojlanishi natijasida "mill "so’zi "zavod, fabrika "ma’nosini bildiradi.
So’zning ma’nosini so’z guruhining qisqarishi natijasida o’zgarishi mimkin.
Masalan : "to starve "fe’lining eski ma’nosi "to die "bo’lgan va tez –tez "to starve
of hunger "so’z guruhi ichida qo’llanilgan. Zamonaviy ingliz tilida "to starve
"fe’lining ma’nosi "to starve of hunger "so’z guruhining qisqarishi natijasida
yuzaga kelgan.
"Weekly "so’zining ma’nosi haftalik nashr qilinadigan "weekly newspaper"
so’z guruhining qisqargan shaklidan kelib chiqqan , "a musical "so’zi esa "a
musical comedy "so’z guruhining qisqarishi natijasida yuzaga kelgan. Lotin
tilidagi "animal "so’zi ingliz tiliga "deer "so’zining ma’sini o’zgarishi oqibatida
kirib kelgan. Hozir bu so’z faqat bir turdagi hayvon ( deer – bug’u ) ni bildiradi.
45
So’zlarning ma’nosiga metaforik va metonimik ko’chish qo’llanilsa, ma’no
o’zgarishi mumkin.
Metafora
o’xshashlik
natijasida
ma’no
ko’chishidir.
Metafora
predmetlarning o’xshashligiga asoslanadi.
Masalan : "warm "va "cold " so’zlari issiq va sovuq harorat o’rtasidagi
insonning turli darajadagi munosabatini ifodalaydi.
Masalan : warm voice — warm temperature
cold voice — cold temperature
O’zshashlik turli usullarda ifodalanishi mumkin.
a)
shakl o’xshashligi. Masalan : eye of needle ( ignaning ko’zi), a head
of apin (bosh to’g’nagichi);
b)
vazifa o’xshashligi. Masalan : the head ot the state ( davlat boshlig’),
the head of the demonstration ( namoyish boshlig’i );
c)
o’rin o’xshashligi. Masalan: the foot of the mountain (tog’ning etagi),
a foot of the page ( sahifaning pastki qismi ), the top of the table ( stolning tepasi ) ,
the leg of the table ( stolning oyog’i ).
Ba’zan hayvonlarning nomlari insonning fazilatlarini ifodalash uchun
qo’llaniladi. Masalan : She is a fox ( she is very cunny). She is a parrot ( She is
talkative).
Biz metafora (metaphor) bilan o’xshatish (simile)ni farqlashimiz lozim.
O’xshatishda biz so’zlardan oldin "as ", "like "ni qo’llaymiz. Masalan : She is a
monkey
( metafora ), She is like a monkey ( o’xshatish ).
Metonimiya bilan metaforani aralashtirib bo’lmaydi.
Metonimiya. Metonimiyada butunni o’rnida qism ishlatiladi, lekin metafora
o’xshashlikka asoslanadi. Masalan : She is a fox on
( metonimiya ). Buning ma’nosi (Tulki junidan tikilgan palto kiygan ).
Ba’zida inson a’zolarining nomlari metonimik holatda islatilishi mumkin.
Masalan : Will you lend me your ear? ( listen to me ).
46
He has a good hand. ( He has a good handwriting .)
Inson nomlari inson bilan narsaning bog’lanishini ifodalashda ishlatilishi
mumkin. Masalan : Do you know Byron? Bu yerda uning o’zini emas, balki
she’rlarini tushunamiz. I like Pushkin , ma’nosi Men uning asarlarini yoqtiraman.
Shuningdek, geografik nomlar metonimik ishlatilishi mumkin.
Masalan : boston – a name of town – material. Champaine – a province in
France.
Semantik o’zgarishning natijasi: 1) ma’no torayishi 2) ma’no kengayishi ni
o’rganadi
Ma’no torayishi tarixiy rivojlanish natijasida so’z imkoniyatining uning
ma’nosiga ko’ra torayishiga aytiladi.
Ma’no kengayishi tarixiy rivojlanish natijasida ko’p ma’noli so’zlarning
ko’payishiga aytiladi.
Masalan : "fowl " so’zi qadimgi ingliz tilida "any bird" (bironta qush)
ma’nosini anglatgan bo’lsa, zamonaviy ingliz tilida
"a domestic hen or cock" ( urg’ochi tovuq yoki xo’roz ) ma’nosini anglatadi.
"meat " so’zining haqiqiy ma’nosi "food " bo’lgan bo’lsa, hozirda buning
ma’nosi
( bir turdagi maxsus ovqat) ni bildiradi.
2.9 Qo’shma so’z yasalishi
(Word –Composition)
Zamonaviy ingliz tili qo’shma so’zlarga juda boydir. Qo’shma so’zlar ikkidan ortiq
negizlarning qo’shilishidan yasaladi:Masalan: taxi- driver, paint-box, bookcase.
Qo’shma so’zda bitta semantik struktura mavjud. Biz qo’shma so’zlarning
ma’nosini bog’langan leksik ma’nolar komponentlaridan farqlaymiz.
Misol uchun, "pencil- case "( qalam uchun quti ma’nosini beradi ).
Qo`shma
so’zlarning
ma’nolari
faqat
bog’langan
leksik
ma’nolar
komponentlaridan emas, balki tartibi va joylashuvidan ham kelib chiqishi mumkin.
47
Qo’shma so’zlar komponentlarining tartibini o’zgarishi ularning leksik ma’nonsini
o’zgarishiga olib keladi.
Masalan: life –boat - hayotni saqlab qolish uchun maxsus tuzilishdagi qayiq.
boat – life – kema bortidagi hayot.
a fruit – market – meva soyiladigan bozor,
market – fruit – sotiladigan meva.
Qo’shma so’zlar to’liq bog’langan (completely motivated), qisman
bog’langan (partially motivated ) va bog’lanmagan ( non- motivated) qo’shma
so’zlarga bo’linadi:
 To’liq bog’langan qo’shma so’zlarda birikmalarning leksik ma’nosi
o’zaklarning leksik ma’nosidan osongina ma’lum bo’ladi.
Masalan: book- case , foot- step, door- handle, bottle – opener.
 Qisman bog’langan qo’shma so’zlar : a flower –bed, walk up Bunday
so`zlarnig ma’nosini qisman anglashiladi.
 Qo’shma so’zlarning ma’nosi va strukturasi o’rtasidagi bog’lanish va
qo’shma so’z komponentlarning ma’nosidan aniqlanmaydi va bu bog’lanmagan
qo’shma so’zlar deyiladi.
Masalan:
wall-
flower – devordek qotgan va raqsga taklif etilmagan ayol. night – cap – tunda
uxlashdan oldin ichiladigan ichimlik.
Qo’shma so’zlar funksional jihatidan va ularning har xil gap bo’laklariga
tegishliligiga ko’ra tasniflanishi mumkin. Ko’pgina inglizcha qo’shma so’zlar otlar
va sifatlarga tegishlidir. Ot(n) - armchair, sitting - room, looking – glass,
homework, grammer – school, Sifat (adj) - social – economic, hard – working, man
- made, well - behaved, well – read , dry – drink, Fe’l (v) - whitewash, housekeep,
ravish (adv) - indoors, within, ontside. Shuningdek , qo’shma so’zlar turli
bog'lanish usullariga ko’ra ham tasniflanadi. Biz bu holatda ularni ikki guruhga
ajratamiz:
1)
Tog’ridan – to’g’ri bog’langan qo’shma so’zlar . Bu turdagi qo’shma
so’zlar so’z o’zaklarining qo’shilishi va so’z yasovchi affiksi bo’lmagan
48
so’zlarning qo’shilishidan yasaladi. Bu so’zlarning komponentlari oddiy
o’zaklardir.
Masalan : door – step , looking – glass , table – cloth , whitewash, book –
case , bookshelf.
2)
So’z yasovchi birikmalar bilan bog’langan qo’shma gaplar. Bu
so’zlarda so’z yasovchi affikslar mavjud.
Masalan: long – legged , kind – hearted, schoolboyishness, absentminded,
blue – eyed.
Lingvistik adabiyotlarda bog’lanishning ikki turi mavjud:
 Teng ( Coordination)
 Tobe (Subordination)
Shunga muvofiq, qo’shma so’zlar koordinativ va subordinativ bog’lanadi.
Teng bog’lanishda komponentlar strukturaviy va semantik jihatdan
mustaqildir. Masalan ( nusxa ko’chirish ) ( reduplicative) : goody - goody , fifty fifty .
Tobe bog’lanishda esa komponentlar bir komponentning boshqasiga
qaramligini ifodalaydi .
Masalan: road - building , boby – sitter , woman - doctor. Tobe bog’lanish
sintaktik bo’lib , sintaktik qoidalarga tegishli bo’ladi. Masalan : mad – doctor ,
bluebell , a slow - coach (sifat+ ot).
Qo’shma so’zlar erkin so’z guruhlaridan farq qiladi . Ular lug’atning
ajralmas qismlaridir. Qo’shma so’zlar strukturaviy, fonetik va grafik jihatdan
ajralmasdir, Chunki agar bir qo’shma so’z komponentlarining joyini o’zgartirsak,
ma’noning o’zgarishiga guvoh bo’lamiz yoki ular qo`shma so’z bo’lmay qoladi.
Masalan: boot - life - kemadagi hayot, life - boot - hayotni saqlash uchun
qo’llanadigan kema.
Agar biz "long – legged "qo’shma so’zining komponentlarining joyini
o’zgartirib, "legged – long " shaklida joylashtirsak , u qo’shma so’z bo’lmay
49
qoladi. Shuning uchun , qo’shma so’z strukturasidagi ajralmaslik o’zaklarning
joylashish o’rni va qat’iy tartibida namoyon bo’ladi.
Aksariyat qo’shma so’zlar polisemantiklik xususiyatiga ega:
Masalan : to white – wash fe’lining quyidagi ma’nolari mavjud:
1)
make white with whitewash
2)
to glass or cover up vices, crimes.
II bob bo`yicha xulosa
So’z yasalishi tildagi mavjud elementlardan yangi so’zlarni yasalishidir. Har
bir tilni o’zining strukturaviy so’z yasalish shakli mavjud. Quyidagi so’zlar kabi
"writer", "worker", "manager"va boshqa strukturaviy so’z yasalish usullarini
kuzatishimiz mumkin "V+ER" kabi.
Ular bilan bir qatorda so’z yasalishing boshqa turlari ham mavjud:
Qisqartma so’zlar (shortening), tovush almashinishi (soundinterchange),
aralashna so’zlar( blending), ichki yasalish ( back-formation).
Bular til taraqqiyotining tarixiy bosqichida samaradorligi yoki so’z
yasalishining o’zgarish usullari bilan ahamiyatlidir. Masalan: Tovush o`zgarishi
(soundinterchange) (blood-bleed, strike-stroke) qadimgi ingliz tilida so’z
yasalishining samarali usuli bo’lgan va bu ingliz tilini diaxronik o’rganish uchun
muhim mohiyat hisoblanadi.
Tovush o’zgarishi zamonaviy ingliz tilida o’zining samaradorligini yo`qotgan
va tovush o’zgarishining yangi ma’noli so’z yasash xususiyati yo’q.
Affiksatsiya unga zid o’laroq qadimgi ingliz tilida mahsuldor bo’lgan va
haligacha ham zamonaviy ingliz tilida so’z yasalishining eng samarali usullaridan
biri hisoblanadi.
Ikkala so’z yasalish usullarini ikkiga ajratish mumkin: so’z yasalishi ( wordderivation) va qo’shma so’z yasalishi( word-composition).
So’z yasalishi orqali yasalgan so’zlarda faqat bitta o’zak va bir nechta
derivatsion affikslar mavjud ( ex. kindness from kind). O’zlashgan so’zlarninig
ko’pchiligida affikslar yo’q. Chunki, o’zak konversiya orqali amalga oshiriladi (ex.
50
to paper from paper). Qo’shma so’zlar orqali yasalgan so’zlarda ikki yoki undan
ortiq o’zak mavjud ( ex. bookcase, notebook). Undan tashqari kompozitsiya va
derivatsiya orqali so’zlar yasalishi ham uchraydi ( ex. long- legged).
Shuning uchun so’z yasalishini o’rganishning ahamiyati ingliz tili so’zlari
qurilishining shaklini o’rganishdan iboratdir. Ingliz va o’zbek tillari so’z
yasalishining turlari farq qiladi. Shuningdek, ularning so’z yasalish usullari ham
farqlanadi.
Affiksatsiya , kompozitsiya, qisqartma so’zlar so’z yasalishinig ikkala
tillarida ham juda samaralidir. O’zbek tilida konversiya(conversion) , aralashma
so’zlar(blanding), tovush almashinishi(sound interchange), ichki so’z yasalishi (
back- formation) so’z yasalishining umumiyroq turi hisoblanadi. Xuddi shunday
ingliz tili uchun so’z yasalishining bu ikki turi juda odatiydir. O’zbek tilida so’z
yasalishining bu usullari orqali yasalgan so’zlarni kam uchraydi.
51
III BOB. IKKILAMCHI NOMINATSIYA VA UNING SEMANTIK
VOSITALARI TAHLILI
Qo‘shma so‘zlar kelib chiqishiga ko‘ra erkin birikmalar bilan bog‘liq bo‘lsa
ham, ular avvalo tilning leksik tizimini boyituvchi birlik ekanligi bilan nutqiy erkin
birikmalardan farq qiladi. Bu masalaga ingliz tilshunosligida birinchilardan bo‘lib
e'tibor qaratgan olim B.A.Ilish bo‘lib, aynan ana shu olim inglizshunoslikda bu
borada bildirilgan mulohazalarni o‘rganib chiqib, so‘z birikmalari va qo‘shma
so‘zlar o‘rtasidagi umumiy va farqli jihatlarga o‘z munosabatini bildirgan holda,
ularni qiyosiy tahlil qilish asosida qo‘shma so‘zlarning vujudga kelish masalasiga
doir muammolarni to‘g‘ri hal qilish mumkinligini ta'kidlagan edi [10.83]
So‘z birikmasi va qo‘shma so‘zlar o‘rtasidagi lingvistik tafavvut masalasi
ingliz tilshunosligida I.V.Arnold, A.I.Smirnitskiylar tomonidan olib borilgan
tadqiqotlarda ham alohida e'tibor berilgan bo‘lib, mazkur olimlarning fikriga ko‘ra,
qo‘shma so‘zlar va so‘z birikmalari o‘rtasidagi asosiy tafavvut so‘z birikmalariga
nisbatan qo‘shma so‘zlarning "semantik va struktur jihatdan yaxlitlanganligi"bilan
belgilanadi. Xususan, I.V.Arnoldning e'tirof etishicha, "Qo‘shma so‘zlarda
kuzatiladigan semantik va struktur yaxlitlanish zamirida har doim ham ularni hosil
qiluvchi komponentlarning qo‘shiluvi asosida hosil bo‘ladigan mohiyat yotmasligi
misolida o‘z aksini topadi. Buning o‘ziga xos dalili blackboard so‘zi orqali har
qanday rangdagi yozuv taxtasini ifodalanishi misolida yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Ba'zi qo‘shma so‘zlarda esa ma'no tashkil etuvchilar bilan bog‘liq bo‘lsa ham,
tushuncha yaxlitligi ularni so‘z birikmalaridan farqlanishini ta'minlaydi. Masalan,
day-time (ya'ni kunduzgi vaqt), letterbox (pochta quti) kabi qo‘shma so‘zlar
misolida ana shunday holni kuzatish mumkin. Aynan ana shu holatlar, qo‘shma
so‘zlarning fonetik jihatdan bir bosh urg‘u bilan talaffuz etilishi va grafik jihatdan
yaxlit holda yozilishi uchun ham asos bo‘lib xizmat qiladi". [3.151-152]
A.I.Smirnitskiyning izlanishlarida yuqorida qayd etilganlar sirasiga qo‘shma
so‘zlar grammatik xususiyatiga ko‘ra, sodda so‘zlar singari ma'lum bir vazifaga
egaligi bilan xarakterlanishini ham kiritadi. Uning yozishicha, bu xususiyati bilan
52
qo‘shma so‘zlar va so‘z birikmalari o‘ziga xos omonimiya tashkil qiladi. Olim
mazkur omonimik holatni dalillash maqsadida blackboard va black board kabilarni
o‘zaro taqqoslab tahlil qiladi va ular o‘rtasidagi fonetik (tashkil etuvchi qismlarda
urg‘u yaxlitligi va alohidaligi) va sintaktik (tashkil etuvchi qismlarning bir butun
holda bitta gap bo‘lagi bo‘lishi va alohida-alohida sintaktik vazifaga ega bo‘lishi)
xususiyatlar bilan bog‘liq farqlarni qayd etadi [22.115-116].
V.M.Solnsev murakkab strukturali birikmalarni til va nutq tizimlariga
munosabati xususida to‘xtalar ekan, "Tildagi barcha yasama so‘zlar, shuningdek,
qo‘shma yasama so‘zlar va ular asosida shakllanadigan terminlar hamda barqaror
lug‘aviy birliklar idomatik ma'no kasb etgani holda, bevosita tilda shakllanadi.
Bunday til birliklarining vujudga kelishida murakkab sintaktik qurilmalar asosida
so‘z yasalish modellarining tarkib topishi muhim ahamiyat kasb etadi", -deb
yozadi. [23.161-162].
A.G‘ulomovning kuzatishlarida mazkur masala tavsifi qo‘shma so‘zlarning
vujudga kelish tarixi bilan bog‘liq holda izohlanadi. Xususan, uning yozishicha,
"Qo‘shma otlar tilimizda mavjud sintaktik qoliplar asosida tuziladi. Shunga ko‘ra,
qo‘shma otlarni u yoki bu sintagmaga tenglashtirish, u yoki bu sintagmadan o‘sib
chiqqan deb izohlash mavjud. To‘g‘ri, qo‘shma otlrning ko‘pchiligi asli
sintagmaga teng bo‘lgan, taraqqiyot natijasida qo‘shma ot darajasiga etgan,
leksemaga aylangan. Shu bilan bir qatorda, qo‘shma otlarning bevosita mavjud
qolip asosida tuzilishini ham inkor etib bo‘lmaydi. Masalan, mingoyoq tarixan
ma'lum tip sintagma asosida tuzilgan, keyinchalik leksemaga aylangan deyish
mumkindir, ammo uchburchak kabi yaqinda paydo bo‘lgan qo‘shma otlar
"sintagmadan
leksemaga"taraqqiyot
bosqichini
o‘tamay,
to‘g‘ridan-to‘g‘ri
qo‘shma ot tuzish qolipi qosil qilingan [29.260].
N.Q.Turniyozov tomonidan ham shunga yaqin munosabat bildiriladi:
"Qo‘shma so‘zlarning yasalishi morfologik usul bilan yasalgan so‘zlardan tubdan
farq qiladi, zero bu o‘rinda kamida ikki so‘zning o‘zaro sintaktik munosabati
kuzatiladi. Biroq qo‘shma so‘zlar o‘rtasidagi sintaktik munosabat passiv va turg‘un
53
holatni taqozo etadi, shu bois bunday so‘zlar tarkibidagi komponentlarni boshqa
birliklar bilan almashtirib bo‘lmaydi. [26.10-12].
N.Mamatovning yozishicha, qo‘shma so‘zlar tilda paydo bo‘lish yo‘llari
jihatidan uch asos bilan bog‘lanadi. Xususan, bir qismi tildagi so‘z birikmalaridan
kelib chiqadi, bir qismi tilda mavjud bo‘lgan qo‘shma so‘zlar qolipida - anologiya
yo‘li bilan yasaladi va yana bir qismi boshqa tillardan qabul qilinadi. So‘z
birikmalarining so‘z sifatida tarkib topishida esa, ixchamlashuv, terminlashuv,
analitik usul, xususiy leksikolizatsiya, grammatikalizatsiya, affiksatsiya kabi
omillar muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Qo‘shma so‘z komponentlari o‘rtasidagi barqaror munosabat V. B.
Kasevichning kuzatishlarida quyidagi to‘rtta umumiy me'zon asosida belgilanadi:
1) til birligi bo‘lgan sintaktik qurilmaning komponetlari o‘rtasiga boshqa birliklarni
kiritish imkonsizligi, 2) sintaktik qurilma komponentlarining alohida holda
morfologik shakllanish xususiyatiga ega emasligi, 3) komponentlarining mustaqil
sintaktik munosabatga kirisha olmasligi, 4) komponentlarining o‘rin almashtirish
imkonsizligi [12.165] kabilar shular jumlasidandir.
Qayd etilganlardan kelib chiqib aytish mumkinki, ikkilamchi nominativ
birliklarning alohida tipini taqazo etuvchi qo‘shma so‘zlarning vujudga kelish asosi
sifatida
sintaktik
munosabat
birliklari
xizmat
qiladi.
Xususan,
erkin
sintagmalarning struktur-semantik jihatdan yaxlitlanishi (idiomatizatsiyalanishi)
olib keluvchi asosiy sabab borliqdagi narsa va hodisalarni nomlash ehtiyoji bilan
bog‘liq bo‘ladi. Aynan ana shu omil qo‘shma so‘zlarni nutqiy nominativ ifoda
birliklari bo‘lgan erkin so‘z birikmalaridan farqli ravishda ma'no kasb etishini
ta'minlaydi.
Erkin birikmalarning qo‘shma so‘z sifatida lug‘aviy birliklar sathiga kirib
kelishining o‘ziga xos dalillaridan yana biri V.I.Koduxovning quyidagi
mulohazalarida o‘z ifodasini topadi: "So‘z yasalish modellarining muhim
jihatlaridan biri, ularning vositachilik xarakteri orqali namoyon bo‘ladi, Chunki
54
yasama so‘zlar aynan so‘z yasalish modellari vositasida tilning morfologik
sistemasidan o‘rin egallaydi". [13.44-47];
Erkin so‘z birikmalarining qo‘shma so‘z sifatida trasformatsiyalanishi
natijasida ular takibida ochiq holda ifodalanadigan qo`shimchalar yashirin
(tinchliksevar - tinchlik+ni sevar, toshteshar - tosh+ni teshar) qiyofa kasb etadi.
Manbalarda derivatsiyaning qo‘shma so‘zlar zamirida o‘z aksini topadigan ana
shunday turlari nol opiratorli derivatsiya sifatida belgilanishining boisi ham
shundadir [26.11]
Agar masalaga ana shu nuqtai nazardan yondashadigan bo‘lsak, u holda
qo‘shma so‘zlarga xos formal derivatsion bosqichning shartli modeli (Rx) X +X)
qiyofasida o‘z aksini topishi ma'lum bo‘ladi. Biroq qo‘shma so‘zlar struktursemantik jihatdan 1) komponentlar o‘rtasida tobelanish munosabatining turiga
ko‘ra, 2) tobelanishni yuzaga keltiradigan koponentlarning turkumiga ko‘ra, 3)
komponentlar uzviyligi asosida yuzaga keladigan ma'noviy tafavvutga ko‘ra o‘zaro
farqlanadi [29.34]. Ana shundan kelib chiqilgan holda, (Rx) orqali ifodalanadigan
ideal asos ramzi konkretlashtirilgan holda N- ot, V-fe'l, A- sifat, D-ravish kabi
ishoralarning qo‘shma so‘z qismlariga xos derivatsion bosqich modellarini tuzish
maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, qo‘shma so‘zlarda komponentlar o‘rtasida
tobelanish turi ham o‘z aksini topadiki, bunday holatni ifodalash uchun
tadqiqotlarda birikmali ramzlardan foydalaniladi.
Ana shu tajribalarga tayangan holda, ingliz tilidgi taxi-driver, homework,
bedroom, letter box va o‘zbek tilidagi otto‘rva, itpashsha, juxoripoya, arpapoya,
qo‘larra kabi qaratqich+qaralmish munosabatli birikmalar asosida yuzaga kelgan
qo‘shma so‘zlarga xos derivatsion bosqich analogini (Rx)AN+N) modeli asosida,
ingliz tilidgi long-legged, barefoot, well-behaved, well-read va o‘zbek tilidagi o‘q
ilon, o‘q ildiz, karnay gul kabi sifatlovchi+sifatlanmish munosabatli qo‘shma
so‘zlarga xos derivatsion bosqich analogini (R0)NA +N) modeli asosida, ingliz
tilidagi ice-breaker, baby-sitter, baby-snatcher, dressmaker va o‘zbek tilidagi
otboqar, muzyorar, tovonteshar, kallakesar to‘ldiruvchi-to‘ldirilmish tipidagi
55
qo‘shma so‘zlarning derivatsion bosqich analogini (Rx)N+V) modeli asosida,
ingliz tilidagi loudspeaker va o‘zbek tilidagi iskabtopar, olibsotar kabi holhollanmish tipidagi qo‘shma so‘zlarning derivatsion bosqich analogini (Rx)DV+V)
modeli asosida tasvirlash mumkin. Bunda Rx-yashirin qo`shimchani, R0- nol
qo`shimchani, AN-qaratqich aniqlovchi vazifasidagi otni, NA –sifatlovchi
vazifasidagi otni ifodalash uchun xizmat qiladi. Qo‘shma so‘zlar ana shunday
derivatsion bosqichlar asosida o‘ziga xos struktur barqarorlikka ega bo‘ladi va
derivatsion qator tashkil qiladi va derivaitsion qatorlar keltirib o‘tilgan
strukturalarni tipik model sifatida barqarorlashuvida o‘ziga xos lingvistik maydon
vazifasini bajaradi.
Keltirilgan fikrlar tildagi qo‘shma so‘zlarni boshqa leksik-sintaktik
hosilalardan, shuningdek, nutq birliklari bo‘lgan erkin birikmalardan farqlash
uchun ahamiyatli bo‘lsa ham, bu o‘rinda qo‘shma so‘zlarni farqlashda muhim
bo‘lgan omillardan yana biri ma'noning yaxlitlanish darajasi bilan ham bog‘liqdir.
Chunki
qo‘shma
so‘zlarda
leksikolizatsiya
asosida
qisimlaridagi
ma'no
erkinligining izolyasiyalanishi kuzatiladi. Bu semantik jarayon ularni asli mansub
bo‘ladigan
sintaktik
paradigmadan
ajralishiga
olib
keladi.
Natijada
leksikolizatsiyalangan birlikmalarda so‘z birikmasi, gap singari birliklarda bo‘lgani
kabi komponentlarning erkin bog‘lanishi o‘z qiymatini yo‘qotadi va tilda yangiyangi lug‘aviy birliklarni vujudga kelishini ta'minlovchi tipik modellar sifatida
faoliyat ko‘rsata boshlaydi. Ana shulardan kelib chiqqan holda B.Vimer leksiksintaktik birliklarni leksikalizatsiyalanishi darajasiga ko‘ra a) barqarorlashgan
metaforik birikmalar, b) predikativ
munosabatni
ifodalovchi
affikslarida
grammatik ma'no so‘nggan birikmalar kabi turlarini farqlaydi.
Amerika deskriptiv tilshunosligining yirik namoyandalaridan bo‘lgan
L.Bulumfild qo‘shma so‘zlarda struktur-semantik yaxlitlash e'tiboridan kelib
chiqqan holda, ularni ikki katta guruhga, ya'ni endotsentrik va ekzotsenrik kabi
tiplarga ajratadi. Uning ta'rifiga ko‘ra, ushbu tasnifiy guruhlar o‘rtasidagi asosiy
tafavvut, qo‘shma so‘zlarning vujudga kelishida ishtrok etadigan morfem
56
komponentlarning grammatik ma'nosi (u yoki bu turkumga mansubligi) va hosila
birlik o‘rtasidagi semantik munosabat bilan bog‘liqdir. Sintaktik komponentlarning
moslashuv va bitishuv munosabati asosida uzviylik kasb etadigan ot+ot, sifat+ot
kabi turkumga mansub so‘zlarning struktur-semantik yaxlitlanishida asos, ya'ni
hokim so‘z semantik markaz vazifasini o‘taydi, shuning uchun ham bunday
qo‘shma so‘zlar endotsentrik tipli hisoblanadi: blackbird - qoraqush, door-knobeshik dasta so‘zlarida bo‘lgani kabi.
Ekzotsentrik qo‘shma so‘zlarda esa yuzaga keladigan hosla ma'no qo‘shma
so‘zlarining yasalishida tobe va hokim komponent sifatida ishtirok etadigan
qismlar mansub bo‘lgan turkumlar bilan bog‘liq bo‘lmay, yangi bir semantikgrammatik kategoriyaga xoslanish vujudga keladi: gadabout // gad+a+bout –"o‘z
kayfiyati uchun sang‘uvchi"va "hayotning baxtsiz pallasi"ma'nosidagi infinitiv fe'l
asosida qo‘shma ot yasalgan. [8.244-256].
E.Benvinist esa murakkab otlar (qo‘shma, juft) erkin birikmalarning o‘ziga
xos sifat o‘zgarishi asosida vujudga keladigan hosilalar, deb hisoblaydi. Biroq u
ham mazkur so‘zlarni formal jihatdan morfologiyaga daxldor ekanligini qayd
etadi. Xususan, u tildagi yasama so‘zlar va so‘z shakllari amaliy va nazariy
asoslariga ko‘ra morfologik asosli bo‘lib, ular derivatsiyaning o‘ziga xos
ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishidir, -deb yozadi. Uning ilmiy tadqiqotlarida
qo‘shma (сложный) otlarning yasalishi xususida bildirilgan fikirlar ham
L.Bulmfildning mulohazalari bilan bir qadar mushtaraklik kuzatiladi. Biroq,
E.Benvinist murakkab otlarning yasalishini morfemalarning o‘zaro bog‘lanishi
sifatida emas, balki sintaktik uzviylikka asoslanuvchi so‘zlar sifatida tadqiq etish
lozimligini qayd etadi. Uning yozishicha, murakkab otlarning yasalishida u yoki bu
erkin sintaktik strukturali modellarning transformatsiyasi kuzatiladi. Shuning
uchun ham murakkab so‘z qismlari o‘rtasidagi uzviylikni "mikrosintagamatik"
munosabat sifatida farqlash lozimligini uqtiradi [5.241].
E.Benvinistning fikriga ko‘ra, qo‘shma otlar tahlilida e'tibortalab bo‘lgan
masalalardan yana biri mantiqiy munosabat va formal struktura o‘rtasidagi o‘zaro
57
uzviylikka to‘g‘ri baho berish bilan bog‘liqdir. Bu o‘rinda mantiqiy faktor
birlamchi ahamiyatga ega bo‘lib, formal strukturaning vujudga kelishida ana shu
omil asos vazifasini o‘taydi. Shuning uchun ham qo‘shma so‘zlarga xos tiplarni
farqlashda mantiqiy munosabatga tayanish talab qilinadi. Ana shundan kelib chiqib
E.Benvinist qo‘shma otlarning ikkita yirik guruhga ajratadi. Xususan, birinchi
holatda, mantiqiy munosabat bevosita komponentlar bilan bog‘liq holda vujudga
keladi. Bu guruhga olim "divanda"nomi bilan yuritladigan teng munosabatli juft
so‘zlarni hamda tobe sintaktik munosabat asosida vujudga keladigan qo‘shma
otlarni kiritadi. [5.242-249]
Ikkinchi holatda esa, mantiqiy munosabat komponentlar bilan bog‘liq holda
emas, balki ulardan tashqarida voqelanadi va ishtirokchilar uzviyligi asosida yangi
bir mohiyatga xoslanish yuzaga keladi. [5.250-252] Qayd etilganlardan ma'lum
bo‘ladiki, E.Benvinistning kuzatishlarida qo‘shma so‘zlarni vujudga keltiruvchi
koponentlar uzviyligida sintaktik-semantik yaxlitlanish masalasiga alohida e'tibor
qaratilganligi bilan o‘ziga xoslik kasb etsa ham, ikkilamchi nominatlarning birinchi
guruhi L.Bulmfildning endotsentrik, ikkinchi guruhi esa ekzotsentrik tipli qo‘shma
so‘zlar xususidagi fikri bilan mushtarakdir.
E.Benvinist qo‘shma so‘zlarning vujudga kelishini hech bir jihatdan affikslar
asosida
yasaladigan
so‘zlar
словообразование)
(ya'ni
bilan
qiyoslab
bo‘lmasligini ta'kidlagan holda, bu hodisa tilda shakllanish jarayonini aks
ettiruvchi o‘ziga xos yangi nazariyaga muhtojligini e'tirof etadi. Bu nazariyani
murakkab birliklarning yasalishida muayyan bir sinf birliklarining taransformatsiya
asosida boshqa bir sinfga o‘tishini e'tiborga olgan holda, "metomorfizm", deb atash
maqsadga muvofiqligini ta'kidlaydi. [5.255] Ana shu olimlarning fiklariga
tayangan holda quyida ingliz va o‘zbek tillaridagi qo‘shma so‘zlarni endotsentrik
va ekzotsentrik tiplarga ajratgan holda tahlil qilishni lozim topdik.
1. Endotsentrik qo‘shma so‘zlarda ma'noning umumlashuvi asos (hokim)
so‘z bilan bog‘liq holda yuzaga keladi. Masalan, atirsovun so‘zining yasalishida
sovun so‘zi semantik markaz sifatida xizmat qiladi. O‘z navbatida bunday derivativ
58
nominatlarda yangi ma'noning vujudga keltiruvchi omil sifatida birinchi
komponent muhim rol o‘ynaydi. [5.242] Chunki aynan atir komponenti
atirsovunni sovunning boshqa (kirsovun, iroqisovun) turlardan farqlanishini
ta'minlaydi. Xuddi shunday derivatsion jarayonni ingliz tilidagi airship (havo
kemasi) so‘zi misolida ham kuzatish mumkin. Bu turdagi qo‘shma so‘zlar struktursemantik jihatdan 1) komponentlar o‘rtasida tobelanish munosabatining turiga
ko‘ra, 2) tobelanishni yuzaga keltiradigan komponentlarning turkumiga ko‘ra, 3)
komponentlar uzviyligi asosida yuzaga keladigan ma'noviy tafavvutga ko‘ra o‘zaro
farqlanadi [29.34]. Ana shundan kelib chiqqan holda, qo‘shma otlar misolida
ularning quyidagi tiplarni kuzatish mumkin:
1) qaratqich-qaralmish tipidagi sintaktik model asosida: a) xoslik, tegishlilik
munosabatini ifodalovchi qo‘shma so‘zlar vujudga keladi: ot to‘rva, it pashsha,
jo`xoripoya, arpapoya, qo‘larra kabi, b) o‘rin munosabatini ifodalovchi qo‘shma
so‘zlar vujudga keladi tog‘ olcha, yo‘l pashsha, qo‘qon gul, iroqi do‘ppi, iroqi
sovun.
2) sifatlovchi-sifatlanmish tipidagi sintaktik model asosida: a) o‘xshashlik
munosabatini ifodalovchi qo‘shma so‘zlar vujudga keladi:o‘q ilon, o‘q ildiz,
karnay gul, tosh ko‘mir, anjir shaftoli, b) belgi, xususiyatga egalik ma'nosini
ifodalovchi qo‘shma so‘zlar vujudga keladi: oqsoqol, oqqush, qizilishton, qoramol,
qoraxat, qoraqush.
Albatta, keltirilgan qo‘shma otlarning yasalish tiplarini, tuliq va mukammal
darajada deb bo‘lmaydi. Chunki endotsentrik qo‘shma otlarning yasalishi sanab
o‘tilgan tiplardangina iborat emas. Bu o‘rinda namuna tariqasida keltirilgan shartli
paradigma a'zolari o‘zining semantek ottenkalari bilan ham alohida ichki
guruhlarni tashkil etishi mumkin. Shu bois, bu guruhga mansub qo‘shma so‘zlar
so‘z turkumlari asosida maxsus o‘rganilishi maqsadga muvofiqdir. Mazkur o‘rinda
qo‘shma so‘zlarning yasalish tiplari xususida mulohaza yuritish asosiy maqsad
bo‘lgani bois, keltirilgan dalillar bilan cheklanamiz. Zotan, ushbu faktlarning
o‘ziyoq, endotsentrik qo‘shma so‘zlarning semantik-sintaktik strukturasiga ko‘ra
59
mushtarak belgilar, morfologik yasamalarda bo‘lgani kabi formal va semantik
strukturaga daxldorligi ular o‘rtasidagi paradigmatik uzviylikning so‘z yasalish tipi
asosida yuzaga kelganligiga dalil bo‘lib xizmat qila oladi.
Endotsentrik
qo‘shma
so‘zlarning
o‘ziga
xosligi,
avvalo,
undagi
komponentlarning semantik xususiyati, ya'ni o‘z ma'nosida qo‘llanishi va
tobelanish munosabatining butunlay yo‘qolmaganligi, ya'ni tiklash mumkinligi
bilan ham ko‘zga tashlanadi. Shu bois, bu birliklar ba'zan o‘zining etimologik asosi
bo‘lgan so‘z birikmalari bilan omonimik munosabat hosil qilishi mumkin: uch
burchak- geometrik shakl ma'nosidagi yasama ot, biroq etakning uch burchagi
birikmasida esa uch burchak erkin birikmadir. Bundan anglashiladiki, qo‘shma
so‘zlar mohiyatiga ko‘ra muayyan murakkab tushunchani bir butun holda
ifodalashi, grammatik jihatdan barqaror, yaxlitlanganligi, tilda tayyor holda
uchrashi, so‘zlar singari muayyan bir grammatik funksiyaga ega bo‘lishi kabi
omillar ularni tilning leksik sathidan o‘rin olishini taminlaydi. Bu belgilar sirasiga
ba'zi qo‘shma so‘zlarning morfologik asosli yasamalar bilan ma'nodoshligini ham
kiritish mumkin. Xususan, M.Mirtojiev, N.Mahmudovlar o‘zbek tilining o‘ziga xos
"sirli boyliklari"uch turli hodisada o‘z aksini topishi xususida fikr yuritishar ekan,
ular
qatoriga
"yasama
so‘zlar
bilan
tarkibli
so‘zlarning
yonma-yon
ishlatilish"imkoniga egaligini ham kiritishadi. Mazkur manbada o‘zbek tilida ur,
tort, qo‘y, et, ayla, sol, tur, ko‘r, bo‘l, qil kabi fe'llar yordamida morfologik usulda
yasalgan sodda fe'llar bilan ma'nodoshlikka ega bo‘lgan qo‘shma fe'llar yasalishi
xususida mulohaza yuritiladi [17.40-50]. Bularing barchasi endotsentrik qo‘shma
so‘zlarni sof sintaktik asosli yasalish sifatida farqlash lozimligidan ham dalolat
beradi.
Demak, bunday turdagi qo‘shma so‘zlarda ma'noviy yaxlitlanish sintaktik
komponentlar uzviyligiga asoslanadi. Ana shundan kelib chiqqan holda ularni
sintaktik usul sifatida farqlash mumkin. Buning o‘ziga xos asoslari endotsentrik
qo‘shma so‘zlarda komponentlarning o‘z ma'nosida qo‘llanishi va tobelanish
munosabatining butunlay yo‘qolmaganligi, ya'ni tiklash mumkinligi va zarur
60
bo‘lgan holda erkin birikmalar bilan omonimik munsabat hosil qila olishi (Padada
ellik bosh qoramol bor. Ekinni qo‘shnining qora moli payhon qilidi) misolida ham
ko‘zga tashlanadi. Ana shu omillar bunda so‘zlarni sintaktik usul vositasida
yasalgan qo‘shma so‘zlar sifatida farqlash imkonini beradi. Bunday turdagi
qo‘shma so‘zlarning yasalish tipi esa quyidagi struktur-semantik mushtarakliklar
bilan o‘zga xoslik kasb etadi: 1) hokim, tobe komponentlarning bir xil turkumiga
mansubligi, 2) komponentlar o‘rtasida tobelanish munosabatiga xos mushtaraklik,
3) bir xil sintaktik komponentli birikmalarning regulyarligi, 4) nisbiy semantik
mushtaraklik kabilar, shular jumlasidandir.
2. Ekzotsentrik qo‘shma so‘zlarda semantik-sintaktik markaz koponentlar
o‘rtasidagi munosabatdan tashqarida o‘z aksini topadi. Chunki bu turdagi qo‘shma
so‘zlarni yasalishida ishtirok etadigan qismlar bilvosita nomlash vazifasiga ega
bo‘lgani bois, ma'no markazi qo‘shma so‘z strukturasidan tashqarida implitsit
holda anglashiladi. Masalan, o‘zbek tilidagi otquloq so‘zi "ot(ning) +
quloq(i)"komponentlar
uzviyligida
"…ga
o‘xshagan
o‘t"ma'nosi
bevosita
ishtirokchilardan tashqarida o‘z aksini topadi. Boshqacha qilib aytganda, bu
o‘rinda predikativ sintagma aslida sifatlovchi vazifasidagi birikma bo‘lib,
"sifatlanmish tashlanib, otlashish yuz beradi, keyinchalik esa otga o‘tish voqe
bo‘ladi" [29.262]. Bu turdagi qo‘shma so‘zlarning vujudga kelishini quyidagi
yasalish tiplari misolida kuzatish mumkin:
1.To‘ldiruvchi-to‘ldirilmish tipidagi sintaktik model asosida harakatning
muayyan ob'ekt vositasida ro‘yobga chiqishi ifodalanadi(otni boqadi// muzni
yoradi// tovanni teshadi). Bunday birikmalarni qo‘shma so‘z sifatida yaxlitlanishda
–ar sifatdosh affiksining alohida o‘rni bor. Chunki aynan ana shu affiks so‘z
birikmasining otlashishini ta'minlaydi: otboqar, muzyorar, tovonteshar, kallakesar.
2.Hol-hollanmish tipidagi sintaktik model asosida harakatning yuzaga
chiqishning umumiy holati ifodalanadi (iskab topadigan hayvon, olib sotadigigan
odam). Bu o‘rinda ham –ar sifatdosh affiksi mazkur birikmaga qo‘shilishi ularni
otlashtirgan holda yaxlitlanishini ta'minlaydi: iskabtopar, olibsotar, ebqochar.
61
3.Sifatlovchi-sifatlanmish tipidagi qo‘shma so‘zlar: a) olapar, qizilbosh,
qizilqum rang-tus munosabati, b) kamgap, kamhosil, kamdaromad // uch burchak,
uchquduq, qo‘shhovuz, to‘rtburchak miqdoriy munosabatga ko‘ra narsalarning
tafavvutlanishini ifodalaydigan birikmali aniqlovchilarning otlashishi natijasida
yuzaga keladi. Chunki bunday qo‘shma so‘zar aslida "qizil qumli cho‘l, kamgap
odam, uchta quduqli joy"kabi erkin birikmalarning ixchamlashuvi asosida
shakllanadi.
4. Ekzotsentrik qo‘shma so‘zlarning o‘zbek tilida uchraydigan yana bir turi
mavjudki, bunday qo‘shma so‘zlar ham asos e'tiboriga ko‘ra so‘z birikmalariga
borib taqalsa-da, ularning leksik birlik maqomiga ega bo‘lishida o‘xshashlik
belgisi alohida ahamiyat kasb etadi. Bunday qo‘shma so‘zlar qaratqich-qaralmish
munosabati asosida bog‘lanuvchi qush tili, ot quloq, kelin barmoq, dev qomat,
bo‘ri kalla, buzoq boshi kabi qo‘shma so‘zlarning yasalishida tobelanish orqali
bog‘langan (qushning tiliga o‘xshash o‘t, otning qulog‘iga o‘xshash o‘simlik,
kelinning barmog‘iga o‘xshash uzum) birikmalarning elleptik qo‘llanishi va
o‘xshashlik belgisi orqali otga ko‘chishi muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Qayd etilganlardan ma'lum bo‘ladiki, ekzotsentrik qo‘shma so‘zlarning
vujudga kelishida sintaktik strukturali birikmalar asos vazifasini o‘tasa ham,
ularning so‘z sathiga kirib kelishi, ya'ni lug‘aviy birlik sifatida yaxlitlanishi
bevosita konversiya hodisasi bilan bog‘liqdir. [29.37] Ana shundan kelib chiqqan
holda bunday tipdagi qo‘shma so‘zlarni sintaktik usulga xos yasamalar sifatida
baholash o‘zini mutlaqo oqlamaydi. Chunki bu o‘rinda sintaktik siruktura semantik
derivatsiyaning voqelanishi uchun o‘ziga xos baza, tayanch vazifasini o‘taydi
xolos. SHu nuqtai nazardan qaralgandagina A.Hojiev tomonidan olib borilgan
keyingi tadqiqotlarda qo‘shma so‘zlarni yasalish usullaridan biri sifatida tan
olinishiga qarshi chiqishi o‘zini oqlaydi.
Shuni ham qayd etish lozimki, qo‘shma so‘zlar vujudga kelish asosiga ko‘ra
froziologizmlar va boshqa shu kabi barqror birliklar bilan umumiylikka ega. Biroq
qo‘shma so‘zlarda ma'noviy yaxlitlanish froziologizmlarda bo‘lgani singari bir
62
butun holda ko‘chma ma'noga asoslanmaydi, balki unda ishtirok etadigan
komponentlar asosida yuzaga keladi. Shuning uchun ham barqaror sintaktik
birliklarni lug‘aviy sathga kirib kelishi "…yangi, ustama ma'noning paydo bo‘lishi
bilan bog‘liq"ligiga ko‘ra [18.45] so‘z yasalishiga emas, balki semantik
derivatsiyaga daxldor bo‘ladi. Yuqorida ko‘rib o‘tilganidek, qo‘shma so‘zlardagi
formal-semantik yasalish aksariyat holda vazifasi jihatda bir xil sintaktik tiplarni
taqozo etishiga ko‘ra ham boshqa barqaror birliklardan farqlanadi. Chunki
qo‘shma so‘zlarning anchagina qismida, ba'zan bir xil, ba'zan har xil
komponentlarning ishtiroki asosida formal-semantik yasalish aoqelanadi. Bu holat
ko‘proq so‘z birikmasi asosida shakllangan qo‘shma so‘zlarda kuzatiladi. Sintaktik
strukturasi, ba'zan qo‘shma so‘z, ba'zan gapga teng keladigan frаzеologizmlarda
esa, ishtirokchilar sonidan qat'iy nazar ma'noviy kopressiya etakchi o‘rinda turadi
(qarang: [2.72-80].
Shuning uchun ham barqaror birliklarda sintaktik uzviylik, ya'ni tashqi
shakllanish semantik yasalishga nisbatan ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo‘ladi.
Qo‘shma so‘zlarda esa, bu holat ularning ham tashqi, ham ichki strukturasida o‘z
mavqeyini saqlaydi. Ya'ni, bu o‘rinda semantik uzviylik qismlarning sintaktik
munosabati asosida vujudga keladi. Shu bois endotsentrik qo‘shma so‘zlarda ikki
mustaqil so‘zning ma'lum grammatik shaklda birikishi va birikuvchi so‘zlar
o‘rtasida grammatik aloqa borligi sezilib turadi. Aynan ana shu grammatik aloqa
turlari zamrida o‘z aksini topadigan sintaktik modellar tufayli tilda yangi-yangi
nominativ ehtiyojlarni qondiruvchi qo‘shma so‘zlarning uzluksiz vujudga kelishi
ta'minlanadi [29.33].
V.B.Kasevich yasalish jarayonini takroriy, ya'ni uzluksiz sodir bo‘lishini
taminlshda asosiy omil bo‘ladigan madellarni "yangi so‘zga bo‘lgan ehtiyojni
qondirishga oid ma'lumotlarni tashuvchi freymlar",-deb ta'riflaydi [12.21]. Bunda
olim, til tajribasi asosida xotirada "freymlar"shaklida jamlanadigan madellar
vositasida yangi ma'noli ikkilamchi hosilalarning moddiy qiyofa kasb etish
uzluksizligi ta'minlanishiga e'tibor qaratadi. Zotan, inson xotirasida ma'lum
63
miqdordagi bilimlar sirukturasiga asoslanuvchi zahira saqlanadi va ana shu zahira
axborotni qabul qilib idrok etish vositasini o‘taydi. Boshqacha qilib aytganda, har
bir shaxs ongida "freymlar to‘ri to‘plami" mavjudkim, ushbu to‘plam bilim va
idrok faoliyatini ma'lum ko‘rinishdagi "andoza"lar asosida amalga oshishini
ta'minlaydi [21.41]. Shunday ekan, yasama so‘zlar, xususan qo‘shma so‘zlar ham,
tilda asrlar mobaynida shakllangan va bizgacha me'ros sifatida o‘tib kelgan botiniy
tuzulmalar, ya'ni freymlarning zohiriy qiyofa kasb etishini aks ettiruvchi
usullaridan biridir.
Xulosa qilib aytganda, qo‘shma so‘zlar tildagi ikkilamchi lug‘aviy
birliklar o‘rtasida alohida ahamiyatga ega bo‘lgan birliklar bo‘lib, ularning vujudga
kelish asosi erkin so‘z birikmalari bilan bog‘liqdir. Erkin birikmalar va qo‘shma
so‘zlar o‘rtasidagi asosiy tafavvutni quyidagi uchta umumiy me'zon asosida
belgilash mumkin:
1) erkin so‘z birikmalarining qo‘shma so‘z sifatida trasformatsiyalanishi
natijasida mazkur birikmalar tarkibidagi bog`lovchi vazifasidagi komponentlar
funksional jihatdan o‘zgaradi va asos vazifasini bajaradi. Demak, bunday
funksional
o‘zgarish
so‘z
birikmalarining
sintaktik
jihatdan
disemantizatsiyalashuvi hamda leksikolizatsiyalashuvi kabi hodisalar bilan bog‘liq
holda sodir bo‘ladi;
2) erkin birikmalarning leksikolizatsiyasi tufayli har doim ham bir yo‘la
qo‘shma so‘z maqomidagi til birligi yuzaga kelavermaydi. Chunki bog`lovchi
leksikolizatsiyalanish orqali asos vazifasini bajara boshlagan daslabki bosqichda
o‘zining sub'ektivlik (okkozionallik) belgisini saqlab qoladi. Biroq muayyan vaqt
mobaynida, ya'ni ijtimoiy tan olinish bosqichini o‘tagach, ular uzual qiymat kasb
etadi. Bu jarayonni ro‘yobga chiqaruvchi vosita sifatida nutqiy faoliyat muhim
ahamiyatga ega bo‘ladi;
3) qo‘shma so‘zlar tilning lug‘aviy birliklari sathidan o‘rin egallashi bilan
ularning strukturasidagi asoslar ham sifat o‘zgarishiga uchraydi. Ya'ni asos
vazifasidagi komponentlar yordamchi so`z maqomiga ega bo‘ladi. Tilshunoslikda
64
qo‘shma so‘zlar tarkibini tashkil etuvchi komponentlar so‘z birikmalaridan farqli
ravishda morfemlar sifatida e'tirof etilishining boisi ham shundadir.
Qo‘shma so‘zlarning vujudga kelishi erkin so‘z birikmalari bilan bog‘liq
ekan, ularni har doim ham nul qo`shimchali deb bo‘lmaydi. Chunki erkin
birikmalarning qo‘shma so‘z sifatida shakllanishida erkin birikma tarkibidagi
ochiq ifodali (taxi-driver (driver of taxi), jo`xoripoya) qo`shimchalar yashirin
holatga o‘tadi. Biroq, ingliz tilidgi long-legged, barefoot, well-behave va o‘zbek
tilidagi o‘q ilon, o‘q ildiz, karnay gul kabi sifatlovchi+sifatlanmish munosabatli
birikmalar asosida yuzaga kelgan qo‘shma so‘zlar nol qo`shimchali yasamalardir.
Qo‘shma so‘zlarning tipik modellarini umumiy tarzda quyidagicha tasvirlash
mumkin: 1) yashirin qo`shimchali qo‘shma so‘zlar modellari: (Rx)AN+N),
(Rx)N+V), (Rx)DV+V); 2) nol qo`shimchali qo‘shma so‘zlar modeli: (R0)NA
+N). Bunda Rx-yashirin qo`shimchani, R0- nol qo`shimchani, AN-qaratqich
aniqlovchi vazifasidagi otni, NA –sifatlovchi vazifasidagi otni, DV-ravish
vazifasidagi ravishdoshni ifodalash uchun xizmat qiladi. Qo‘shma so‘zlar ana
shunday derivatsion modellar asosida o‘ziga xos struktur barqarorlikka ega bo‘ladi
va o‘ziga xos derivatsion qator tashkil qiladi. Mazkur derivaitsion qatorlar tipik
modellarning barqarorlashuvida o‘ziga xos lingvistik maydon vazifasini bajaradi.
Bulardan tashqari, qo‘shma so‘zlar semantik-strukturasiga ko‘ra ham o‘ziga
xos ichki guruhlarni tashkil qiladi. Bu ichki guruhlar qo‘shma so‘zlarni hosil
qilishda ishtirok etadigan qismlar ma'nosi bilan bog‘liq bo‘lib, ular ingliz
tilshunosi L.Blumfild tomonidan endotsentrik va ekzotsentrik kabi terminlar
asosida farqlanadi. Endotsentrik qo‘shma so‘zlarda ma'noning umumlashuvi asos
(hokim) so‘z bilan bog‘liq holda yuzaga keladi. Ekzotsentrik qo‘shma so‘zlarda
semantik-sintaktik markaz koponentlar o‘rtasidagi munosabatdan tashqarida o‘z
aksini topadi. Chunki bu turdagi qo‘shma so‘zlarni yasalishida ishtirok etadigan
qismlar bilvosita nomlash vazifasiga ega bo‘lgani bois, ma'no markazi qo‘shma
so‘z strukturasidan tashqarida implitsit holda anglashiladi.
65
III bob bo`yicha xulosa
Insonning borliqdagi narsa, belgi, miqdor, harakat, holatni anglash va
nomlash jarayoni murakkab lingvopsixologik omillar bilan bog‘liq bo‘lib, ong
faoliyati tufayli dastlab borliq haqida tasavvur va idrokiy obraz vujudga keladi.
Ana shu idrokiy obraz tushuncha va uning lingvistik ifodasi bo‘lgan ma'noning
vujudga kelishi uchun asos bo‘ladi. Nomlash jarayonida narsaga xos mohiyat yoki
ma'no o‘z tabiatiga ko‘ra, ongning ideal maxsuli hisoblanadi. Nominativ vazifasiga
ega bo‘lgan lug‘aviy birliklar tildagi alohida tizimni tashkil qiladi. Bu tizim
tarkiban birlamchi va ikkilamchi lug‘aviy birliklardan iborat bo‘ladi. Birlamchi
lug‘aviy birliklar tilda azaldan nomlash vazifasini bajarib kelayotgan va hozirgi
tilga nisbatan tub shaklga ega bo‘lgan so‘zlardir. Ikkilamchi lug‘aviy birliklar esa,
tilda mavjud bo‘lgan derivatsion imkoniyatlar asosida hosil qilingan yasama
so‘zlardir.
Qo‘shma so‘zlar tildagi ikkilamchi lug‘aviy birliklar o‘rtasida alohida
ahamiyatga ega bo‘lgan birliklar bo‘lib, ularning vujudga kelish asosi erkin so‘z
birikmalari bilan bog‘liqdir. Erkin birikmalar va qo‘shma so‘zlar o‘rtasidagi asosiy
tafavvutni quyidagi uchta umumiy me'zon asosida belgilash mumkin:
1) erkin so‘z birikmalarining qo‘shma so‘z sifatida trasformatsiyalanishi
natijasida mazkur birikmalar tarkibidagi bog`lovchi vazifasidagi komponentlar
funksional jihatdan o‘zgaradi va asos vazifasini bajaradi. Demak, bunday
funksional
o‘zgarish
so‘z
birikmalarining
sintaktik
jihatdan
disemantizatsiyalashuvi hamda leksikolizatsiyalashuvi kabi hodisalar bilan bog‘liq
holda sodir bo‘ladi;
2) erkin birikmalarning leksikolizatsiyasi tufayli har doim ham bir yo‘la
qo‘shma so‘z maqomidagi til birligi yuzaga kelavermaydi. Chunki bog`lovchi
leksikolizatsiyalanish orqali asos vazifasini bajara boshlagan daslabki bosqichda
o‘zining sub'ektivlik (okkozionallik) belgisini saqlab qoladi. Biroq muayyan vaqt
mobaynida, ya'ni ijtimoiy tan olinish bosqichini o‘tagach, ular uzual qiymat kasb
66
etadi. Bu jarayonni ro‘yobga chiqaruvchi vosita sifatida nutqiy faoliyat muhim
ahamiyatga ega bo‘ladi;
3) qo‘shma so‘zlar tilning lug‘aviy birliklari sathidan o‘rin egallashi bilan
ularning strukturasidagi asoslar ham sifat o‘zgarishiga uchraydi. Ya'ni asos
vazifasidagi komponentlar yordamchi so`z maqomiga ega bo‘ladi. Tilshunoslikda
qo‘shma so‘zlar tarkibini tashkil etuvchi komponentlar so‘z birikmalaridan farqli
ravishda morfemlar sifatida e'tirof etilishining boisi ham shundadir.
Qo‘shma so‘zlarning vujudga kelishi erkin so‘z birikmalari bilan bog‘liq
ekan, ularni har doim ham nul qo`shimchali deb bo‘lmaydi. Chunki erkin
birikmalarning qo‘shma so‘z sifatida shakllanishida erkin birikma tarkibidagi
ochiq ifodali (taxi-driver (driver of taxi), jo`xoripoya) qo`shimchalar yashirin
holatga o‘tadi. Biroq, ingliz tilidgi long-legged, barefoot, well-behave va o‘zbek
tilidagi o‘q ilon, o‘q ildiz, karnay gul kabi sifatlovchi+sifatlanmish munosabatli
birikmalar asosida yuzaga kelgan qo‘shma so‘zlar nol qo`shimchali yasamalardir.
Qo‘shma so‘zlarning tipik modellarini umumiy tarzda quyidagicha tasvirlash
mumkin: 1) yashirin qo`shimchali qo‘shma so‘zlar modellari: (Rx)AN+N),
(Rx)N+V), (Rx)DV+V); 2) nol qo`shimchali qo‘shma so‘zlar modeli: (R0)NA
+N). Bunda Rx-yashirin qo`shimchani, R0- nol qo`shimchani, AN-qaratqich
aniqlovchi vazifasidagi otni, NA –sifatlovchi vazifasidagi otni, DV-ravish
vazifasidagi ravishdoshni ifodalash uchun xizmat qiladi. Qo‘shma so‘zlar ana
shunday derivatsion modellar asosida o‘ziga xos struktur barqarorlikka ega bo‘ladi
va o‘ziga xos derivatsion qator tashkil qiladi. Mazkur derivaitsion qatorlar tipik
modellarning barqarorlashuvida o‘ziga xos lingvistik maydon vazifasini bajaradi.
Bulardan tashqari, qo‘shma so‘zlar semantik-strukturasiga ko‘ra ham o‘ziga
xos ichki guruhlarni tashkil qiladi. Bu ichki guruhlar qo‘shma so‘zlarni hosil
qilishda ishtirok etadigan qismlar ma'nosi bilan bog‘liq bo‘lib, ular ingliz
tilshunosi L.Blumfild tomonidan endotsentrik va ekzotsentrik kabi terminlar
asosida farqlanadi.
67
Endotsentrik qo‘shma so‘zlarda ma'noning umumlashuvi asos (hokim) so‘z
bilan bog‘liq holda yuzaga keladi. Masalan, atirsovun so‘zining yasalishida sovun
so‘zi semantik markaz sifatida xizmat qiladi. O‘z navbatida bunday derivatlarda
yangi ma'noning vujudga keltiruvchi omil sifatida birinchi komponent muhim rol
o‘ynaydi. Chunki aynan atir komponenti atirsovunni sovunning boshqa (kirsovun,
iroqisovun) turlardan farqlanishini ta'minlaydi. Xuddi shunday derivatsion
jarayonni ingliz tilidagi airship (havo kemasi), picture book(rasm kitob) gift-time
(sovg‘a berish payti) bedroom(yotoq xona)so‘zi misolida ham kuzatish mumkin.
Ekzotsentrik qo‘shma so‘zlarda semantik-sintaktik markaz komponentlar
o‘rtasidagi munosabatdan tashqarida o‘z aksini topadi. Chunki bu turdagi qo‘shma
so‘zlarni yasalishida ishtirok etadigan qismlar bilvosita nomlash vazifasiga ega
bo‘lgani bois, ma'no markazi qo‘shma so‘z strukturasidan tashqarida implitsit
holda anglashiladi. Masalan, o‘zbek tilidagi otquloq so‘zi "ot(ning) +
quloq(i)"komponentlar
uzviyligida
"…ga
o‘xshagan
o‘t"ma'nosi
bevosita
ishtirokchilardan tashqarida o‘z ifodasini topadi. Boshqacha qilib aytganda, bu
o‘rinda predikativ sintagma aslida sifatlovchi vazifasidagi birikma bo‘lib,
sifatlanmish tashlanib, otlashish yuz beradi, keyinchalik esa otga o‘tish sodir
bo‘ladi. Ingliz tilidagi red skin (qizil tanli ) lady finger (biskvitli shirinlik), night
cap (yotishdan oldin ichiladigan alkogolli ichimlik) kabilar shular jumlasidandir.
XULOSA
68
Tilshunoslikda ikkilamchi lug‘aviy birlik tushunchasi dastlab, Praga
tilshunoslik maktabining yirik namoyandasi Ye.Kurilovich tomonidan iste'molga
kiritilgan bo‘lib, u yasama so‘z maqomiga ega bo‘lgan birliklarni tildagi
yasalmagan
(ya'ni
tub)
so‘zlardan
farqli
ravishda
"ikkilamchi
lug‘aviy
birlik"sifatida ajratadi.
Ikkilamchi birliklarning paydo bo‘lishi tartibsiz jarayon emas. Balki bunday
birliklarning vujudga kelishi har bir tilda o‘ziga xos maxsus analogik
mexanizmlarga ega bo‘lib, bu mexanizmlar struktur jihatdan ichki lingvistik
(grammatik), tashkil topish jihatdan esa tashqi lingvistik asoslidir. Buning o‘ziga
xos asoslari ikkilamchi nominativ birliklarning hosil bo‘lish izchilligini
ta'minlovchi analogik modellarning dastlab individual nutq birligi sifatida,
keyinchalik esa ularning ijtimoiy nutqiy faoliyat birligi maqomiga ega bo‘lgan
holda, tildagi barqaror sintagmalar sifatida tarkib topishi misolida ko‘zga
tashlanadi.
So’z yasalishi orqali yasalgan so’zlarda faqat bitta o’zak va bir nechta
derivatsion affikslar mavjud ( ex. kindness from kind). O’zlashgan so’zlarninig
ko’pchiligida affikslar yo’q. Chunki, o’zak konversiya orqali amalga oshiriladi (ex.
to paper from paper). Qo’shma so’zlar orqali yasalgan so’zlarda ikki yoki undan
ortiq o’zak mavjud ( ex. bookcase, notebook). Undan tashqari kompozitsiya va
derivatsiya orqali so’zlar yasalishi ham uchraydi ( ex. long- legged).
Shuning uchun so’z yasalishini o’rganishning ahamiyati ingliz tili so’zlari
qurilishining shaklini o’rganishdan iboratdir. Ingliz va o’zbek tillari so’z
yasalishining turlari farq qiladi. Shuningdek, ularning so’z yasalish usullari ham
farqlanadi.
Affiksatsiya , kompozitsiya, qisqartma so’zlar so’z yasalishinig ikkala
tillarida ham juda samaralidir. O’zbek tilida konversiya(conversion) , aralashma
so’zlar(blanding), tovush almashinishi(sound interchange), ichki so’z yasalishi (
back- formation) so’z yasalishining umumiyroq turi hisoblanadi. Xuddi shunday
69
ingliz tili uchun so’z yasalishining bu ikki turi juda odatiydir. O’zbek tilida so’z
yasalishining bu usullari orqali yasalgan so’zlarni kam uchraydi.
Qo‘shma so‘zlar tildagi ikkilamchi lug‘aviy birliklar o‘rtasida alohida
ahamiyatga ega bo‘lgan birliklar bo‘lib, ularning vujudga kelish asosi erkin so‘z
birikmalari bilan bog‘liqdir. Erkin birikmalar va qo‘shma so‘zlar o‘rtasidagi asosiy
tafavvutni quyidagi uchta umumiy me'zon asosida belgilash mumkin:
1) erkin so‘z birikmalarining qo‘shma so‘z sifatida trasformatsiyalanishi
natijasida mazkur birikmalar tarkibidagi bog`lovchi vazifasidagi komponentlar
funksional jihatdan o‘zgaradi va asos vazifasini bajaradi. Demak, bunday
funksional
o‘zgarish
so‘z
birikmalarining
sintaktik
jihatdan
disemantizatsiyalashuvi hamda leksikolizatsiyalashuvi kabi hodisalar bilan bog‘liq
holda sodir bo‘ladi;
2) erkin birikmalarning leksikolizatsiyasi tufayli har doim ham bir yo‘la
qo‘shma so‘z maqomidagi til birligi yuzaga kelavermaydi. Chunki bog`lovchi
leksikolizatsiyalanish orqali asos vazifasini bajara boshlagan daslabki bosqichda
o‘zining sub'ektivlik (okkozionallik) belgisini saqlab qoladi. Biroq muayyan vaqt
mobaynida, ya'ni ijtimoiy tan olinish bosqichini o‘tagach, ular uzual qiymat kasb
etadi. Bu jarayonni ro‘yobga chiqaruvchi vosita sifatida nutqiy faoliyat muhim
ahamiyatga ega bo‘ladi;
3) qo‘shma so‘zlar tilning lug‘aviy birliklari sathidan o‘rin egallashi bilan
ularning strukturasidagi asoslar ham sifat o‘zgarishiga uchraydi. Ya'ni asos
vazifasidagi komponentlar yordamchi so`z maqomiga ega bo‘ladi. Tilshunoslikda
qo‘shma so‘zlar tarkibini tashkil etuvchi komponentlar so‘z birikmalaridan farqli
ravishda morfemlar sifatida e'tirof etilishining boisi ham shundadir.
70
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI:
1. МирзиёевШ. М. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий
жавобгарлик – ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши
керак. – Тошкент: Ўзбекистон, 2017. –Б. 94-95.
2. Чет тилларни ўрганиш тизимини янада такомиллаштириш чоратадбирлари
тўғрисида.
Ўзбекистон
Республикаси
Президентининг
Қарори. «Халқ сўзи» газетаси, 11.12.2012 й., 240 (5660)-сон
3. Арнольд И.В. Лексикология современного английского языка.-М.,1959.
4. Арутюнова Н.Д. Синтагматические значения и способы их выражения //
Общее языкознание. Внутренняя структура языка. М.: «Наука»,1972. 560.
5. Арутюнова Н.Д. Типы языковых значений. Оценка. Событие. Факт. М.,1988.
6. Апресян Ю.Д. Лексическая семантика. Синонимические средства языка. М.: «Наука», 1974. 366.
7. Балли Ш. Общая лингвистика и вопросы французского языка. - М.:
«Иностранной литературы» 1955.416.
8. Блумфильд Л. Язык – М.:«Прогресс», 1968. 606.
9. Бенвенист Э. Общая лингвистика - М.:«Прогресс»,1976. 446.
10. Богушевич Д.Г. Единица функция уровень. К проблеме классификации
единиц языка. – М.: «Высшая школа»,1985. 116.
11. Беляевская Е.Г. Семантика слова. - М.: «Высшая школа», 1985.128.
12. Бушуй
Т.,
Сафаров
Ш.
Тил
қурилиши:
таҳлил
методлари
ва
методологияси.-Т. «Фан», 2007. 274.
13. Березин Ф.М. История лингвистических учений – М.: «Высшая школа»,
1975. 304
14. Васильев Л.М. Современная лингвистическая семантика. – М.: «Высшая
школа»,1990. 176.
71
15. Гумбольдт В. Общие замечания о путях развития человечество//
Хрестоматия
по
истории
языкознания
XIX-XX
веков.
М.:
«Просвещение»,1956. 69.
16. Гумбольдт В. Форма языков// Хрестоматия по истории языкознания XIXXX веков. М.: «Просвещение»,1956. 73-75
17. Гумбольдт В. Природа и свойства языка вообще// Хрестоматия по
истории языкознания XIX-XX веков. М.: «Просвещение»,1956. 78
18. Гумбольдт В. О различии строения человеческих языков и его влиянии на
духовное развитие человеческого рода // Хрестоматия по истории
языкознания XIX-XX веков. – М.,1956. -С.73-75.
19. Грамматика современного русского литературного языка.- М.: «Наука»,
1980. 784.
20. Гуннар Скирбекк, Нилс Гилье. Фалсафа тарихи.-Т.: “Шарқ”, 2002.710.
21. Гак В.Г.К. типологии лингвистических номинации // Языковая
номинация. Общие вопросы. - М.: «Наука»,1977.358.
22. Дейк. Т.А Язык. Познание. Коммуникация. –М.: Бодуэн Куртене,
2000.308.
23. Залевская А.А. Проблемы организации внутреннего лексикона человека.
– Калинин: КГУ, 1977. 84.
24. Звегинцев В.А. Семасиология. – М.: МГУ, 1957.323.
25. Звегинцев В.А История языкознания XIX-XX вв. в очерках и
извлечениях, ч. II, - М.: «Просвещение»,1965. 495
26. Звегинцев В. А. Язык и лингвистическая теория.- М.: МГУ, 1973. 248.
27. Кодухов В.И. Общее языкознание. -М.,1974. -С.28.
28. Кодухов В.И. Словообразовательный ярус и словообразовательный
модель // В сбор.: Актуальные проблемы русского словообразования.Т.,1978. -С. 44-47.
29. Касевич В. Б. Семантика. Синтаксис. Морфология. – М.: «Наука»,1988.
290.
72
30. Кубрякова Е.С. Словообразование // Общее Языкознание. Внутренняя
структура языка. - М.: «Наука»,1972. 560.
31. Кубрякова С.Е. Семантика производного слова // Аспекты семантических
исследований. – М.: «Наука»,1980. 355.
32. Кубрякова Е.С. Об основное единице словообразовательной системы
языка // Актуальные проблемы русского словообразования. - Т.,1978.
33. Кубрякова Е.С. Номинативный аспект речевой деятельности. – М.:
«Наука», 1986.160.
34. Кубрякова Е.С., Демкова В.З., Панкерц Ю.Г., Лузина Л.Г. Краткий
словарь когнитивных терминов. – М.: МГУ, 1997.171.
35. Кубрякова С.Е. Язык и сознание: на пути получения знаний о языке.
Части речи с когнитивной точки зрения. Роль языка в познание мира. – М.:
«Языки славянской культуры», 2004. 560.
36. Курилович Е. Очерки по лингвистике. – М.: «Иностранной литературы»,
1962. 456.
37. Лурия А.Р. Язык и сознания. - М.: МГУ, 1979. 320.
38. Маматов. А.Э.Тилга когнитив ёндашувнинг моҳияти нимада? // Ўзбек
тилшунослигининг долзарб муаммолари (проф. А.Нурмонов таваллудининг
70 йиллигига бағишлаб ўтказилган илмий-амалий анжуман материаллари)
212-220-б. Андижон-2012.
39. Моисеев А. И. Наимования лиц по профессии в современном русском
языке. АДД.- Л., 1968.
40. Мурясов Р.З. О словообразовательном значении и семантическом
моделировании части речи // Вопросы языкознание. №5.1976.-С.126-137.
41. Никитин М.В. Основы лингвистической теории значения. - М.: «Высшая
школа»,1988.167.
42. Никитевич В.М. Основы номинативной деривации. – Минск: «Высшая
школа» , 1985.157.
43. Неъматов Ҳ., Бозоров О. Тил ва нутқ. –Т.: «Ўқитувчи», 1993. 30.
73
44. Нурмонов А., Маҳмулов Н.,Ахмедов А.,Солихўжаева С. Ўзбек тили
мазмуний синтаксиси. - Т.: «Фан»,1992. 291.
45. Потебня А.А. Язык чувства и язык мысли // Хрестоматия по истории
русского языкознания. – М.,1973.-С.211.
46. Потебня А.А. Из записок по русской грамматике // Хрестоматия по
истории русского языкознания. - М., 1973. -С. 216-219.
47. Потебня А.А. Преставление и значение // Хрестоматия по истории
русского языкознания. – М.: «Высшая школа»,1973. 504.
48. Раҳимов А.С. Лексик ва семантик деривация муаммолари.-Т.: “Наврўз”.
2011. 166.
49. Сафаров
Ш.
Прагмалингвистика.
-
Т.:
«Ўзбекистон
миллий
энциклопедияси», 2008. 300.
50. Сафаров Ш.. Когнитив тилшунослик. – Жиззах: «Сангзор», 2006.87.
51. Соссюр. Ф. де. Труды по языкознанию. – М.: «Прогресс», 1977. 691.
52. Смирницкий А.И.Лексикология английского языка. -М., 1956.
53. Солнцев В.М. Язык как системно-структурное образование. – М.:
«Наука»,1971.294
54. Турниёзов Н., Турниёзова К. Функционал синтаксисга кириш. – Т.:
«Фан», 2003.114.
55. Телия В.Н. Вторичная номинация и ее виды // Языковая номинация. Виды
наименований – М.,1977. 359.
56. Тихонов А.Н., Пардаев А.С. Роль гнезд однокоренных слов.- Т.: «Фан»
1989.140.
57. Уфимцева А.А. Лексическая номинация (Первичная номинация) //
Языковая номинация. Виды наименований. – М.,1977. 359.
58. Шкатова Л.А. Наимования лиц по профессии в современном русском
языке. АДД.- Л., 1968.
74
Луғатлар
1.
Macmillan English dictionary for advanced learners. London 2006
1692 p.
1.
Новый англо-русский словарь (В. К. Мюллер) М.: Русский язык
медиа 2006 946 с.
75
Download