Uploaded by Xondamir Xaminjonov

2.....2

advertisement
Atom– fizikaning atom xossalari, elektron qobiqlari tuzilishi,
elektronlar va ionlar xos-salari, ularning elektromagnit maydo-nidagi
harakatini oʻrganadigan boʻlimi. Moddalarning atom Atomlardan tashkil
topganligini qadimgi yunon faylasuf-mate-rialistlari Epikur, Levkipp va
Demo-kritlar aytgan. Demokritning fikricha, bizga uzluksiz boʻlib
koʻringan jismlar haqiqatda boʻlinmas mayda zarralardan, ya’ni Atomlar va
ular orasidagi boʻshliqdan tashkil topgan; bu Atomlar hamma vaqt
harakatda boʻladi. 15 – 18-asrlarda tabi-atni tajriba asosida oʻrganish
usullari taraqqiy eta boshlaydi. Hamma fanlar qatori kimyo fani ham
rivojlandi.
Tajribada olingan natijalar jismlar atomlardan tashkil topgan degan
nazari-yani tasdiqlay bordi. Tajribalar kimyo-viy birikma hosil qilishda bir
moddaning zarralari ikkinchi modda zarralari orasiga kirib, ular oʻzaro
birlashadi va yangi birikma zarralarini hosil qiladi, degan xulosaga keltirdi.
Atom fizikasi nazariya-sining rivojlanishida Dalton, fran-suz kimyogari J.
L. Prust, Lomonosov va Avogadroning ilmiy gipotezalari katta rol oʻynadi.
Avogadro bir xil temperatura va bosimdagi teng hajmli har xil gazlarda
molekulalar soni oʻzaro teng degan fikrni aytdi. Avogadroning bu qonuni
har xil elementlarning A. ogirliklarini oʻzaro taqqoslash imkonini berdi. Har
bir moddaning gramm-molekulasida molekulalar soni bir xil, ya’ni JV0 =
61023 ga teng ekanligi ma’lum (qarang Avo-gadro qonuni).
Avogadro soni ma’lum boʻlsa, har bir A.ning ogʻirligi grammmolekula ogʻirligini Avogadro soniga boʻlib topiladi. Hatto 19-asr
oxirlariga-cha A.ni boʻlinmas zarra deb qaraganlar. 1897 – 98 yillardan
Tomson (Lord Kel-vin) A. tarkibida elektronlar bor de-gan farazni aytdi.
1911 yi.aa Rezerford A.ning planetar modelini yaratdi. A. – proton va
neytronlardan iborat yadro va uning atrofida aylanuvchi manfiy zaryadli
elektronlardan tashkil topgan. Elektron (ye) zaryadi 4,810~10 CGSE ga
teng, massasi esa proton massasigi dan 1840-marta kichik boʻlgan zarradir.
Pro-766ton vodorod A.ning yadrosidir. Proton zaryadi musbat boʻlib,
qiymati elektron zaryadiga teng.
Neytron massasi tp taxminan proton massasiga teng, lekin zaryadsiz
zarradir. Yadrodagi protonlar soni yadro atrofida aylanuvchi elektronlar soniga, bu son esa elementlarning davriy tizimidagi oʻrnining raqami, ya’ni
A. raqamiga teng. Elementlarning A. ogir-ligidan A. rakamini ayirganda
yadrodagi neytronlar soni kelib chiqadi. Daniya fizigi Nils Bor 1913-yilda
Rezerford modeliga asoslanib, vodorod A.ning ichki tuzilish nazariyasini
yaratdi. N. Bor atom zarralari murakkab tizim boʻlgani holda muvozanatda
boʻlishini birinchi bor tushuntirib berdi. N. Bor A. nazariyasini yaratishda
faraz sifatida uchta postulat qabul qiladi.I postulat. Elektron yadro atrofida
aylanma harakat qilayotganda oʻz energi-yasini yoʻqotmaydi.II postulat.
Elektron yadro atrofida faqat barqaror orbitalardagina aylani-shi
mumkin.Shpostulat. Elektron energiyasi kat-ta boʻlgan barqaror orbitadan
energiyasi kichik boʻlgan orbitaga oʻtganda ortiqcha energiyasini yorugʻlik
nuri, kvant (fo-ton), ya’ni h v sifatida chiqaradi. Bor nazariyasi faqat
vodorod va vo-dorodga oʻxshagan atomlar uchungina yaroqlidir. Biroq
zaryadlari soni koʻp boʻlgan elementlarning kvant nazariyasi – kvant
mexanikani yaratishda Borning atom nazariyasi boshlangʻich qadam boʻlib
xizmat qildi. Kvant mexanika N. Bor, V. Geyzenberg, L. de-Broyl, M.
Born, A. P. Dirak va boshqa tomonidan yaratildi.Atom fizikasi fizikaning
yangi boʻlimi boʻlib, yangi kashfiyotlar bilan boyib bormoqda. Atom
fizikasining asosiy boʻlimlari – atom nazariyasi, atom (optik) spektroskopiya,
rentgen
spektroskopiyasi,
radio-spektroskopiya,
lazer
spektroskopiyasi, atom va ion toʻqnashishlari fizikasidan iborat. Atomning
barcha holat harakte-ristikalarini mukammal aniqlash Atom fizikasining
eng muhim vazifasidir.
Bunda atom energiyasi qiymatlari – energiya satqi, harakat miqdori
momentlarining qiymatlari va atom holatini ifodalovchi boshqa miqdorlar
aniqlanadi. Atom tuzilishini batafsil tekshirishda qoʻlga kiritilgan natijalardan fizikaning koʻpgina boʻlimlaridagina emas, balki kimyo,
astrofizika va boshqa fan sohalarida ham juda koʻp foydalaniladi. Spektral
chiziqlarning kengayishi va siljishini oʻrganish muhit (suyuklik,
kristall)ning ma’lum qismidagi maydonlar va uning holati haqida fikr
yuritishga im-kon beradi.
Elektron zaryad zichligining taqsimlanishini va tashqi kuchlar ta’sirida uning qay tariqa oʻzgarishini bi-lish atom hosil qilishi mumkin boʻlgan
kimyoviy bogʻlarni, kristall panjarasidagi ion harakatini aniqlash uchun
juda muhimdir. Atom va ionlarning tuzili-shi va energiya sathi
harakteristikalari haqidagi ma’lumotlar kvant elektro-nika qurilmalari
uchun katta ahamiyatga egadir. Atom va ionlar toʻqnashganda ularning
ionlashishi, uygʻonishi, qayta zaryadlanishi haqidagi bilimlar plazma
fizikasida muhim oʻrin tutadi. Atomlar energiya sathlarining tuzilishini
bilish astrofizika uchun juda zarur. Shunday qilib, Atom fizikasi tabiat
fanlari bilan chambarchas bogʻliqdir. Atom haqida Atom fizikasi yaratgan
tasavvur dunyoni bilish uchun ham ahamiyatga ega.
Turli moddalarning turgʻunligi, Yerdagi oddiy temperatura va bosimda kimyoviy elementlarning boshqa elementlarga aylanmasligi
atomning "turgʻunligi"ga bogʻliq. Tashqi sharoit oʻzgarganda atom
xossalari va holatining oʻzgara olishi, atomning "plastik" boʻlishi elementar
zarralardan birining ikkinchisiga aylanishi yoʻllarini koʻrsatib berib,
murakkab tizimlarning paydo boʻlishi sabablarini ochadi. Shu kunlarda
Atom fizikasi modda tuzilishi haqidagi tasavvurlarni kengaytiruvchi
alohida fanga aylanib qoldi.
Modda tuzilishi nazariyasi ancha murakkab boʻlib, fizi-kaning deyarli
barcha yutuqlari va hozirgi zamon matematik apparatning qudratiga
767tayangan. Soʻnggi yillarda atom spektro-skopiyasining plazma
diagnostikasiga, astrofizik tadqiqotlarga, gazli la-zerlar spektroskopiyasi va
boshqa sohalarga tatbiqi ancha rivoj topdi.
Ammo bu masalalarni yoritish atom spektrlari nazariyasiga, atomda
yuz berayotgan radi-atsion jarayonlarning ehtimolligi va koʻndalang kesimi
kabi muhim harakte-ristikalarga tegishli tayin hisoblarni oʻtkazishni talab
qiladi.Ad:. Bekjonov R. B., Ahmadxoʻjayev B., Atom fizikasi, T., 1979;
Bekjonov R. B., Atom yadrosi va zarralar fizikasi, T., 1995; Modda
tuzilishi, T., 1997.
Download