Uploaded by rahmonovfirdavs2332

5-sinf sinf soati ish reja va konspekti

advertisement
2023-2024-o‘quv yili
Tushuntirish xati
Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim.
Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruv ning yangi
tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-sentyabrdagi PQ-3931-son qarori
hamda Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’Iim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 6-iyuldagi 422-son qarorida
belgilandi. 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab 1-11-sinflarda haftaning juma kunidagi birinchi darsni
sinf rahbarlari va tegishli mutahasisslar tomonidan “Sinf soati” sifatida o‘tilishi yo‘lga qo‘yil di.
Ma’lumki, sinf rahbari o‘z sinfidagi o‘quvchilarning bevosita ta’lim-tarbiya jarayoni, ya’ni darslar
davomida hamda darsdan keyingi faoliyatini nazorat qilishga mas’ul shaxs hisoblanadi.
Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida sinf rahbari faoliyati O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim
to’g’risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining ta’lim sohasidagi qarorlari, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tegishli
me’yoriy hujjatlar va Xalq ta’limi vazirligining 2020-yil 30-iyuldagi 180-sonli buyrug’i 2-ilovasi bilan
tasdiqlangan“Ta’lim muassasalari sinf rahbari to’g’risida Nizom” asosida tashkil etildi.
Mazkur dastur va metodik qo’llanmayuqorida nomlari keltirilgan ta’limga oid huquqiy va me’yoriy
hujjatlarga, shuningdek, umumiy o‘rta ta’limning uzluksizligi va izchilligiga, zamonaviy metodologiyalarga
asoslangan.
Dasturning maqsadi — Sinf soatilarni mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy
islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, zamon talablariga javob beruvchi,
ma’naviy barkamol, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega shaxslarni tarbiyalashdan iborat.
Sinf soati dasturining vazifalari:
milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida o‘quvchilarni tarbiyalashning samarali
shakllari va usullarini joriy etish;
tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
o‘quvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlashda ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali
integratsiyasini ta’minlashdan iborat.
Bugungi kunda axborot oqimining tezligi natijasida hayotimizga ommaviy madaniyatni salbiy
ta’sirlari ham sezilmoqda. Bu masalani o’quvchilarning ijtimoiy hayotlari misolida ko‘rishimiz mumkin.
Ba’zida ota-onalar tomonidan bolalarning beodobligi, o‘z fikrini og‘zaki yoki yozma tarzda aniq ifodalay
olmasligi, mas’uliyatning yetishmasligi, atrofidagilar bilan kelisha olmasligi, o‘ziga tegishli bo‘lgan
mablag‘largni to‘g‘ri taqsimlay olmasligi haqidagi fikrlarni eshitib qolamiz. SHuning uchun ham dasturni
ishlab chiqishda xaqlaro va milliy tajribaga asoslanilganligini alohida ta’kidlab o‘tish joizdir.
“Ta’lim muassasalari sinf rahbari to’g’risida Nizom”ga asosan“Sinf rahbari - Ta’lim
muassasasining Sinf soati tizimidagi tayanch pedagoglardan biri bo’lib, o’ziga biriktirilgan sinf
o’quvchilarining amalda belgilangan ta’lim va tarbiya olishlarini tashkil etadi.”SHu nuqtai nazardan olib
qaraganda bugungi kunda ta’lim muassasalari sinf rahbarlari faoliyatida quyidagilarga o‘xshash
muammolar ko‘zga tashlanmoqda:
− Ayrim sinf rahbarlari tomonidan o‘quvchilarni tarbiyalash jarayonida o‘z oldilariga qo‘ygan maqsad va
vazifalarining to‘g‘ri tashkil etilmaganligi;
− Sinf soatilarning aniq o‘quv-mavzu reja asosida tashkil etilmayotganligi;
− Ta’lim-tarbiya va ma’naviy-ma’rifiy sohaga oid qonunlar va qonunosti hujjatlarning ko‘pchiligidan
o‘qituvchi va sinf rahbarlarining yetarli darajada xabardor emasligi;
− Ba’zi sinflardagi muhitning qoniqarli emasligi, ahil va mustahkam jamoaning shakllanmaganligi;
− Ayrim ta’lim muassasalarida davomatning pastligi, muntazam dars qoldiruvchi o‘quvchilar mavjudligi;
− Ba’zi sinflardagi o‘quvchilarda kundalik daftarlarining mavjud emasligi, borlarining ham sinf rahbari
tomonidan nazorat qilinmaganligi;
− Ayrim o‘quvchilarning darslarga tayyorgarliksiz, hatto darsliklarsiz ishtirok etishlari;
− O‘quvchilar internet va mobil telefon qaramligining jismoniy va ruhiy xatarlari haqida yetarli
tushunchalarga ega emasliklari;
− Voyaga yetmaganlar o‘rtasida turli zararli oqimlar ta’siriga tushib qolish, jinoyatchilik va huquqbuzarlik
holatlarining uchrayotganligi;
− O‘quvchi tarbiyasida muhim o‘rin tutadigan kompetensiyalarga erishilmaganligi;
− Ba’zi o‘qituvchi va tarbiyachilarimizda kasbiy kompetensiyalar yetishmasligi;
− Sinf soati ishlar ta’sirchanligining pastligi;
− Ota-onalar bilan samarali muloqotning yo‘lga qo‘yilmaganligi;
− Huquqbuzarlik, mobil telefon va internet qaramligi, narkomaniya, tamaki va alkogol mahsulotlarini
iste’mol qilishga qarshi kurash hamda oldini olish bo‘yicha samarali chora-tadbirlar tizimi ishlab
chiqilmaganligi.
Shu o‘rinda masalaning muhim bir jihatiga e’tiboringizni qaratmoqchimiz. Bugungi kunda
umumta’lim maktablarida Sinf soatilar amalda qanday tashkil qilinmoqda?
− Bugungi kundagi aksariyat hollarda Sinf soatilar quruq gaplardan iborat bo‘lib, Sinf soati mavzularidan
chetga chiqib ketiladi;
− Qaysidir o‘quvchining xulqi muhokamaga qo‘yiladi;
− O‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirishlari va davomatlari muhokama qilinadi;
− Qandaydir tadbirlarga tayyorgarlik va sinf muammolarini hal etish kabi masalalar xususida so‘z boradi.
Sinf soatilar qanday bo‘lishi kerak?
− Ta’lim jarayoni alohida, mustaqil darslardan tashkil topgani kabi Sinf soatilar ham yaxlit Sinf soati usullar,
ta’sirchan vositalar yordamida amalga oshiriladi.
− Sinf rahbari ushbu tadbirlarni o‘tkazishga doir aniq ish rejasiga ega bo‘lishlari lozim.
Bugungi shiddatli davr barchamizdan axloqiy va ma’naviy jihatdan Sinf soati ishlarni yanada
kuchaytirish lozimligini talab etmoqda. Ma’naviyat yo‘q ekan, inson ongli ijtimoiy shaxs bo‘la olmaydi.
SHuning uchun ham sinf rahbarlari va butun o‘qituvchilar jamoasi oldida o‘quvchilarga milliy va
umuminsoniy qadriyatlar asosida hayot kechirishni o‘rgatishdek muhim vazifa turadi. Hozirgi globallashuv
jarayonlari kuchaygan, turli g‘oyalar o‘rtasidagi kurash keskinlashgan, “ommaviy madaniyat” xurujlari butun
dunyoga tarqalib borayotgan, internet tarmog‘i orqali uzatilayotgan buzg‘unchi axborotlar inson qalbi va
ongini o‘ziga qaram qilishga urinayotgan tahlikali zamonda kelajagimiz bo‘lgan yosh avlodni hayotga
tayyorlashning samarali shakl va uslublarini izlash davlat siyosati darajasidagi masalaga aylangan.
Sinf soati ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun tarbiyaning asosi bo‘lgan
barcha g‘oyalar qaytadan ko‘rib chiqilishi, asosiy e’tibor bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida
to‘plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarurligini taqozo etadi. Inson shaxsining kamol topishi esa
juda murakkab va uzluksiz jarayon davomida shakllanadi. Uning tarbiyasiga ota-onasi, maktab, mahalla,
do‘stlari, jamoat tashkilotlari, atrof-muhit, internet, ommaviy axborot vositalari, san’at, adabiyot, tabiat va
hokazolar bevosita ta’sir ko‘rsatadi. SHuning uchun ham barcha sinf rahbarlari o‘z Sinf soati faoliyatlarida
ana shu mezonlarni hisobga olishlari shart.
Sinf soatilar o‘quvchilarda shakllangan tayanch kompetensiyalarni amaliyotga tadbiq etish maydoni
hisoblanadi. To‘g‘ri tashkil etilgan Sinf soatilar o‘quvchilarda fanlar orqali shakllangan tayanch
kompetensiyalarni ijtimoiy hayotda tadbiq eta olishlari uchun imkoniyat yaratib beradi.
O‘quvchilarda hulq-odob madaniyatiga rioya qilish, fikrini erkin ifodalash, notiqlik qobiliyatini
yuksaltirish, axborotlardan to‘g‘ri va samarali foydalanish, shu bilan birga bu boradagi xalqaro hamda milliy
qonunchilik qoidalariga rioya qilishni tarbiyalash Sinf soatilarning asosiy maqsadlaridan birdir. SHuningdek,
Sinf soatilar orqali o‘quvchilarda to‘g‘ri kasb tanlash, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, bo‘sh vaqtini
to‘g‘ri taqsimlash, o‘z iqtidorini rivojlantirish uchun turli to‘garaklarni to‘g‘ri tanlash, tayyor ish joylarida
ishlash emas, balki o‘zi ish joylarni yaratishi kabi qobiliyatlar shakllantiriladi.
Umumta’lim maktablarining 1-11-sinf o‘quvchilari uchun tuzilgan “Sinf soatilar uchun namunaviy
mavzular rejasi” mazmunan Sinf soati-axloqiy hislatlarni shakllantirish bilan bir qatorda yurtimizda
nishonlanadigan umumxalq bayramlari va muhim tarixiy sanalar asosida tuzildi. Bundan tashqari mazkur
rejada fan oyliklari davomida o‘quvchilar uchun Sinf soati dars soatlarini o‘tishda nimalarga e’tibor berish
kerakligi e’tiborga olingan.
Mazkur dastur va qo‘llanmada bugungi kunda sinf rabarlari uchun amaliy va uslubiy yordam sifatida
Respublika Ta'lim markazi mutaxassislari va amaliyotchilar hamkorligida “Sinf soati”larning mashg‘ulot
ishlanmalari tavsiya etiladi.
“Sinf soati”lar rejasidagi 8 soatlik “Yo‘l harakati qoidalari”ga doir mavzular dasturi va dars
ishlanmalari mazkur qo‘llanmada aks ettirilmagan.
2023-2024-o‘quv yili
Umumta'lim maktablarining o‘quvchilari uchun ishlab chiqilgan
“Sinf soati” mashg‘ulot
ishlanmalarida mazmunan o‘quvchilarda Sinf soati-axloqiy xislatlarni shakllantirish va mustahkamlash
maqsadida donolar hikmatlariga va milliy qadriyatlarimizga hurmat, vatanparvarlik, insonparvarlik, jismoniy
tarbiya, shaxsiy gigiyena, ozodalik, kiyinish odobi, bola huquqlari, tabiatni asrash, iqtisodiy tarbiya,
salomlashish va muomala odobi, kitobni sevish kabilar bilan bir qatorda yurtimizda o’tkaziladigan
umumxalq bayramlari va muhim sanalarni nishonlashda nimalarga e'tibor berish lozimligi to‘g‘risida
tavsiyalar berilgan.
Sinf soatilarni quyidagi tartibda tashkil qilish mumkin:
Kun shiori:
I. Kirish;
II. Asosiy qism: hikoya, suhbat,ma’ruza, guruhlarda ishlash;
III. Yakuniy qism.
Sinf soatilarda foydalahish uchunmavzuga doir adabiyotlar ko’rgazmasi tashkil etiladi. Jarayonni
ochiq muloqot, davra suhbati, bahs-munozara, treninglar va boshqa har xil noan’anaviy tarzda tashkil etish
mumkin.
(Izoh: Taqdim etilayotgan Sinf soatilar dasturiga Umumta’lim maktablarining sinf rahbarlari metod
kengashi qaroriga ko‘ra 15 % gacha o‘zgartirish kiritilishi mumkin.)
Tasdiqlayman:
Maktab MMIBDO‘:
________M.Shoimardonov
“Sinf soati” mashg‘ulotlarining 2023-2024-o‘quv yili uchun o‘quv-mavzu rejasi
5–SINF
№
1.
2.
3.
4.
5.
O‘tiladigan mavzular
Taraqqiyot odimlari
Ona tabiyatni asraylik
Obodlik ko‘ngildan boshlanadi.
Jahonda bo‘lmasa muallim agar, hayot ham bo‘lmasdi go‘zal bu qadar
“Siyosiy huquqlar” to‘g‘risida tushuncha
Ona tilim - davlat tilim (O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili
to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilingan kun munosabati bilan).
7.
Transport vositalarining harakati (Yo‘l harakati qoidalari).
8.
Jamoa bo’lish zavqi
9.
Yo‘l chiziqlari va ularning vazifalari.(Yo‘l harakati qoidalari)
10 Ilm va zakova tushunchasi
11. Bayrog‘imiz – faxrimiz, g‘ururimiz (18 noyabr - O‘zbekiston
Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan).
12. Yo‘l
harakati
qoidalaridagi
asosiy
tushuncha
va
atamalar
(Yo‘l harakati qoidalari).
13. Huquqiy madaniyat – komil inson belgisi (8 dekabr – Konstitutsiya qabul
qilingan kun munosabati bilan).
6.
Madhiyam faxrim mening (10 dekabr - O‘zbekiston Respublikasining
Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan).
15. Tartibga soluvchining ishoralari (Yo‘l harakati qoidalari).
14.
16.
17.
18.
19.
20.
21.
22.
23.
24.
25.
26.
Yangi yilda yangi orzular! (Yangi yil bayrami yaqinlashishi munosabati
bilan).
Tinchlik va osoyishtaligimiz garovi (14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni
munosabati bilan).
Chiroyli hulq-inson ziynati
Yo‘l harakati qoidalari nima uchun kerak?
Inson qalbining quvonch-u qayg‘usi kuychisi (G‘azal mulkining sultoni
Alisher Navoiy tavallud topgan kun munosabati bilan).
Vatan sog‘inchi ila yashagan siymo (Shoh va shoir Z.M.Bobur tavallud
topgan kun munosabati bilan)
Ilmli kishi xor bo’lmas
Tejamkorlik – farovonlik manbai.
Har doim sog‘ bo‘lsin onam! (8 mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan).
Sport-sog’lik garovi
Navro‘z – mehr-oqibatni ulug‘lovchi qadriyat (21 mart – Navro‘z bayrami
munosabati bilan).
Amir Temur – komillik namunasi (Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan
kun munosabati bilan).
28. Mehnatdan kelsa boylik-turmush bo’lar chiroylik
27.
29.
30.
31.
32.
33.
34
Maxsus avtomobil va mototsikllar haqida suhbat (Yo‘l harakati qoidalari).
“Qahramonlik,burch va fidoiylik (Xotira va qadrlash kuni oldidan).
Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish (Yo‘l harakati qoidalari).
Kitobdan yaxshi do‘st bo‘lmas.
Buyuruvchi belgilar (Yo‘l harakati qoidalari)
Yoz-o’tadi soz!
Soat
1
1
1
1
1
1
1
1
1
1
1
1
1
1
1
1
1
1
1
1
1
1
1
1
1
1
1
1
1
1
1
1
1
1
Rejada
Amalda
2023-2024-o‘quv yili
1-Mavzu: Taraqqiyot odimlari
Kun shiori: “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!”
Mashg’ulotning maqsadi: o’quvchilarga mustaqillik bayrami va uning mazmun mohiyatiga oid bilimlar berish.
Yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg’ularini o’stirish. Mustaqillik, erkinlik, O’zbekiston muqaddas makon, Vatanga
hurmat, qadriyatlarni ulug’lash, o’zlikni anglash tuyqularini shakllantirish.O’quvchilarni mustaqillik, erk va vatanparvarlik
haqidagi dunyoqarashlarini o’stirish.
Tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish.
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini
tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni
bilish va bir-biridan farqlash.
Mashg’ulot ning usuli: Aqliy xujum, savol javob, guruhlarda ishlash.
Texnik jihoz: Diaproektor, ekran. "Vatan tuyqusi", "Milliy istiqlol g’oyasi va ma'naviyat asoslari" fanlaridan tayyorlangan
proeksion materiallardan mavzuga oid bo’lganlaridan foydalanish.
Mashg’ulotning borishi:
1.Tashkiliy qism: A) salomlashish B) davomat C) sinf tozaligi va tartib-intizom
D) o’quvchilarni faollashtirish uchun qisqa savollar.
Asosiy qism:
1-savol. Ushbu rasmlardan foydalanib, mustaqillik so’ziga izoh berishga harakat qiling (1-rasm, O’zbekistonda ishlab
chiqilgan mahsulotlar, maktab va o’quvchilari, ekin maydonlari, tarixiy obidalar, bayram tantanalarining rasmi)
O’quvchilarning javoblarini o’qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi.
Mustaqillik - bizga nafaqat iqtisodiy imkoniyatlar, balki ma'naviy tiklanish imkoniyatini ham berdi. Biz mustaqil davlat
sifatida o’zimizning ichki va tashqi siyosatimizni belgilab oldik. Mustaqillik tufayli unutilayotgan qadriyatlarimiz tiklandi,
sayqal topdi.
Mustaqillik bu eng avvalo huquqdir. Ya'ni ushbu so’zning zamirida katta va ulug’ huquqga ega bo’lish degan tushuncha
mujassam.
2-savol. "Jonajon O‘zbekistonim,mangu bo’l omon" deganda nimani tushunasiz?
O’quvchilarning javoblarini o’qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi.
Biz mehr va muhabbatni, sadoqat va fidoiylikni munis onalarimizdan, bebaho Vatanimizdan olamiz.
"Jonajon O‘zbekistonim,mangu bo’l omon" Uning baxtu saodati, yorug’ istiqboli, farovon kelajagi uchun yashash,
kurashish, kerak bo’lsa, jonini fido qilish shu muqaddas zaminda yashayotgan har bir inson uchun baxtdir.
3-savol. Nima uchun "Tinchlik uchun kurashmoq kerak" deyiladi? Hech o’ylab ko’rganmisiz?
O’quvchilarning javoblarini o’qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi.
Biz uchun, yurtimiz uchun tinchlik va osoyishtalik hamma narsadan qadrli, tinchlik uchun kurashish, bu hayotni o’zimiz
himoya qilishimiz kerak. Himoya degani - avvalo, ogoh bo’lish degani. Hushyorlik ogoh bo’lib yashash - bu kundalik yoki
bir oylik mavsumiy masala emas, balki, kundalik ish, kundalik harakat bo’lishi lozim.
Tinchlik, barqarorlik, hamkorlik - O’zbekiston davlatining uchta ustunidir.
4-savol. Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar kim uchun qilinayapti?
O’quvchilarning javoblarini o’qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi.
O’qituvchi eng ta’sirchan va mazmunli fikrlarni bildirgan o’quvchilarni rag’batlantirib boradi.
2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga
oshirish, erishilgan yutuqlarni mustahkamlab, tub islohot jarayonlarini yangi bosqichga ko‘tarish,
inson huquq va manfaatlari, uning qadri, sha’ni va g‘ururini yetakchi o‘ringa olib chiqish ustuvor
vazifamizga aylangan hozirgi vaqtda yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlash, davlatimizning
hududiy yaxlitligi va bo‘linmasligi, sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlash, millatlararo totuvlik, diniy
bag‘rikenglik va hamjihatlikni mustahkamlashga intilish ko‘p millatli xalqimizni yanada
birlashtiradigan, yuksak marralarga safarbar etadigan beqiyos kuchga aylanib bormoqda.
O’qituvchi butun bir dars davomida o’quvchilarning savollarga bergan javoblarini
umumlashtirib darsga xulosa yasaydi:
Yakunlovchi qism:
Vatanga bo’lgan mehru muhabbat har qanday muammoni yechishga, har qanday yovuz kuchni yengishga qodir.
Tomirida milliy g’urur, Vatan ishqi jo’sh urmagan odamdan jasorat kutib bo’lmaydi.
Faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi
Maktab MMIBDO‘______________________ ____________________
sana______ _______ 20___yil
2-mavzu:
Ona tabiyatni asraylik
Kun shiori: “Dunyoda chang va tutun bo’lmaganida, odamzod ming yil umr ko’rishi
mumkin edi”
Maqsad: O’quvchilarga fan oylikda e’tiborni kuchaytirish, qalbida tabiatga mehr-muhabbat
uyg‘otish, uni kelgusi avlodlarga sog’lom holda yetkazish, bugungi kunning dolzarb masalalaridan
biri ekanligini, tabiatni asrab-avaylash tuyg’ularini ular ongiga singdirish.
Natija: O’quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy
moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini
shakllantiradi
Foydalanadigan ko’rgazmali qurollar: shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar.
Doskada:
Neki so’rsak, berding barini,
Cheksiz osmon, yerning qa’rini,
Oyu quyosh xizmatimizda,
Ayamading har na borini.
Biz-chi, senga qildik xiyonat,
Bizni kechir, Ona tabiat.
Komil Sindarov
O’qituvchi:O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida “Yer, yer osti
boyliklari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir,
ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir” deyiladi.
Ma’lumki, inson tabiatga beparvo, bo’lib unga g’amxo’rlik qilmasa, ekologiya buziladi,
hayvonot dunyosi qiriladi.Shu bois go’zal va betakror tabiatni ardoqlash uni ko’z qorachig’iday asrash,
tabiat ne’matlaridan oqilona foydalanish ham farz ham qarzdir.
Insonning tabiatga notog’ri munosabati natijasida ko’plab o’simlik va hayvonlar yo’qolib ketdi
va bugun ham yo’qotishlar davom qilmoqda.
“Tabiat - tiriklik sharti”- Shunday ekan, tabiatga befarq qaramasligingiz lozim.
Inson tabiatni qo’riqlash barobarida mamlakatimiz rivojiga hissa qo’shadi. Shunday ekan,
o’quvchilar qalbida tabiat ne’matlarini – boyliklarini qo’riqlash, ularni avaylab asrash hislarini
rivojlantirish, tabiatga mehr-muhabbatli qilib tarbiyalash o’qituvchilardan chuqur bilim, izlanish va
ijodkorlikni talab qiladi.
Topshiriq: Guruhlarga tabiatga oid so’zlardan “Guldasta” tuzish mashqi qo’llanadi.Izoh:
O’qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o’quvchilarning o’zlarini odob-axloq me’yorlariga
e’tiborli bo’lishlikka, faollikka va jonkuyarlikka undab boradi.
Maktab MMIBDO‘______________________ _______________________ sana_____ _____ 20___yil
2023-2024-o‘quv yili
3-mavzu: Obodlik ko’ngildan boshlanadi
Kun shiori: “Atrof-muhitga bir kunlik nazar”
Maqsad: O’quvchilarda vatanparvarlikni singdirish,atrof-muhitga bo’lgan mehrlarini va
qiziqishlarini rivojlantirish.
Natija: O’quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy,
ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida
mustaqil o‘qib-o‘rganish, va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va
jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, va huquqiy madaniyatga ega
bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Foydalanadigan ko’rgazmali qurollar:O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Abdulla
Oripov “Adolat ko’zgusi”, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma
materiallar.
Doskada: “Tabiatni muhofaza qilish- har bir shaxsning burchi”
O’qituvchi:
Tabiat shunday odil mo’jizaki, atrof-muhitni muvozanatga keltiradi. Chunonchi, chiqarilgan
karbonat angidridni o’simliklar yutib, uni kislorodga aylantiradi. Demak, o’simliklar dunyosi,
ramziy ma’noda aytganda, havoni chang va karbonat angidriddan tozalab beruvchi bebaho
vositadir. Bundan inson o’z atrofini o’rab turgan tabiatni, uning o’simliklar dunyosini ko’z
qorachig’iday asrabgina qolmay, uni boyitishi, qo’lidan kelganicha ko’proq daraxt ekishi,
ko’kalamzorlashtirishga intilishi zarur degan xulosa kelib chiqadi. Shuning uchun otabobolarimiz daraxt ekish, bog’-rog’ yaratishni savobli ish deb bilishgan. Bir tup mevali daraxt
ekkan kishining ikki dunyosi obod bo’ladi, deb bejiz aytishmagan.
Inson ehtiyoji uchun zarur bo’lgan suv, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak ham
tabiatdanolinadi, hattoki insonning xastalikdan qutulishi, salomatligini tiklash uchun zarur
bo’lgan dori-darmonlar ham ona tabiatda yetishgan mevalar, turli giyohlar va ziravorlardan
tayyorlanadi. Inson tanasida birorta ortiqcha a’zo bo’lmaganiday, tabiatda ham ortiqcha
yaratilgan birorta narsa yo’q. Ularning hammasi hayot uchun zarur.
Bugun O’zbekistonda olib borilayotgan har bitta atrof-muhitni tozalash va obodonlashtirish
bo’yicha amaliy ishlar qilinmoqda.
Bu yo’nalishda tanlovlar olib borilmoqda.
Topshiriq: “Obod mahalla” munosabati bilan yurtimizda qanday bunyodkorlik ishlari amalga
oshirilmoqda? degan savolga o’quvchilar respublika bo’yicha va o’zlari yashayotgan hududlari
bo’yicha javob beradilar.
Izoh: O’qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o’quvchilarning o’zlarini odob-axloq
me’yorlariga e’tiborli bo’lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka,
ijodkorlikka undab boradi.
Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20___yil
4-mavzu: Jahonda bo’lmasa muallim agar, hayot ham bo’lmasdi go’zal bu qadar
(1 oktabr – O’qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan)
Kun shiori: Dunyo imoratlari ichida eng ulig’i maktab bo’lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi
o’qituvchilik va murabbiylikdir
(Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch)
Maqsad: O’quvchilarda o’qituvchi va murabbiylarga hurmat tuyg’usini singdirish, ustozlarning ulug’ligini
va ularga doimo ehtirom ko’satishligini uqtirish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga
daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga
rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish
layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda
umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta
kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Natija: O’quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko’rgazmali qurollar: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning:
“Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”, Ma’naviyat qalbim quyoshi,
shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar. Doskada:
“Haqiqatan ham ustoz ilm berishi bilan kishining nomini ulug’lab, avlodlar og’zida qoldiradi va ikkinchi
hayot bag’ishlaydi ”
Ogahiy
To’rt narsa o’lik dilni tiriltiradi: ustod, yaxshi do’st, muvofiq yor va davlatu iqbol sababchisi bo’ladigan
dono aql.
Muiniddin Juvayniy
Maktab bor ekan albatta, bu dargohda ustoz degan ulug’ zot bor.
 “Ustoz ko’rgan elmiz illo, bu an’ana etar doimo”
O’qituvchi:
“Ustoz”ning tarix zarvaraqlaridagi o’rni
Ibn Abbosdan:
-Sen qanday qilib shuncha ilmga erishding,-deb so’radilar.
U shunday deb javob berdi:
-Savol beruvchi til, biluvchi qalb va chidamli o’qituvchi bilan.
Bir kuni Iskandardan:
-Sen ustozingni onangdan ko’ra yaxshiroq hurmat qilar emishsan, shu rostmi?-deb so’radilar.
-Ha,-deb javob berdi Iskandar,-onam meni yo’qlik osmonidan olib tushdi, ustozim esa yerdan ko’kka
ko’tardi. Kimki ustodiga ixlos ila izzat qilsa, Haq aning manzilini jannati rizvon ayladi.
Mashg’ulot davomida, O’quvchilarning ustozlariga bag’ishlangan tabriklari,tilaklari, she’ru,
qo’shiqlari va raqslari.
Izoh: (Har yili 1 oktabr – O’qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan o’qituvchi o’z maktabining
faollar zalida ustozlarni madh etuvchi tadbirlar o’tkazishi mumkin) O’qituvchi jarayonni kuzatishda
samimiylikka, o’quvchilarning o’zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo’lishlikka, faollikka,
jonkuyarlikka va talabchanlikka undab boradi.
Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20___yil
2023-2024-o‘quv yili
5-mavzu: “Siyosiy huquqlar” to‘g‘risida tushuncha
I.Kirish:
I.Kirish:
Sinf soati mashg‘ulotning maqsadi: O’quvchilarga siyosiy huquq to‘g‘risida tushuncha berish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta
ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish
layoqatlarini shakllantirish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ
rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani
mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish
ko‘nikmalarini egallash.
Sinf soati mashg‘ulotning jihozi: Kun tartibiga oid foto va plakatlar hamda slayd va SD, DVD disklar.
Tashkiliy qism. O‘quvchilar bilan salomlashish. Davomatni aniqlash. Mashg‘ulot mavzusining maqsad va vazifasi bilan
O‘quvchilarni tanishtirish.
II.Asosiy qism.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga muvofiq, qo‘rquv va muhtojlikdan ozod bo‘lgan, fuqarolik va siyosiy
erkinlikdan foydalanuvchi ozod inson shaxsi ideali har bir odam o‘z iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlaridan foydalanishi
mumkin bo‘lgan sharoit yaratilgandagina ruyobga chiqishi mumkinligini e’tirof etib,
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ustaviga asosan davlatlar inson hukuqlari va erkinliklarini yalpi hurmat qilish
hamda ularga rioya etilishini rag‘batlantirishi shartligini e’tiborga olib,
har bir alohida inson boshqa odamlar va o‘zi mansub bo‘lgan jamoaga nisbatan majburiyatlarga ega bo‘lgan holda
ushbu Paktda tan olingan huquqlar rag‘batlantirilishi va rioya etilishiga erishishi lozimligini e’tiborga olinib quydagi
moddalarda belgilab berilgan.
1-modda
1. Barcha xalqlar o‘z taqdirini o‘zi belgilash huqukiga egadir. Ushbu huquq asosida ular o‘z siyosiy maqomlarini
erkin belgilaydilar va o‘z iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishlarini erkin ta’minlaydilar.
2. Barcha xalqlar o‘z maqsadlariga erishish uchun o‘zaro manfaatdorlik prinsipiga asoslangan xalqaro iqtisodiy
hamkorlik va xalqaro huquqdan kelib chiqadigan biron-bir majburiyatga ziyon yetkazmasdan o‘z tabiiy boyliklari va
resurslarini erkin holda tasarruf etishi mumkin. Hech bir xalq hech bir holatda o‘ziga tegishli tirikchilik vositalaridan mahrum
etilmasligi kerak.
3. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi barcha davlatlar, shu jumladan o‘zini o‘zi boshqara olmaydigan va vasiylikka
olingan hududlarni boshqarish uchun javobgar bo‘lgan davlatlar ham Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ustavi qoidalariga
muvofiq, o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini amalga oshirishni rag‘batlantirishi hamda bu huquqni hurmat qilishi lozim.
2-modda
1. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi har bir davlat o‘z hududida turgan va o‘z yurisdiksiyasi ostida bo‘lgan barcha
shaxslarning ushbu Paktda e’tirof etilgan hukuqlarini hech bir ayirmachiliksiz, jumladan, irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini,
siyosiy yoki boshqa e’tiqodidan, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, tug‘ilishi yoki o‘zga holatidan qat’i nazar
hurmat qilish va ta’minlash majburiyatini oladi.
2. Agar bu narsa hali mavjud qonun hujjatlarida yoki boshqa choralar orqali nazarda tutilmagan bo‘lsa, ushbu
Paktda ishtirok etuvchi har bir davlat o‘zining konstitutsiyaviy tartib-taomillariga va ushbu Pakt qoidalariga muvofiq ushbu
Paktda e’tirof etilgan huquqlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lishi mumkin bo‘lgan shunday qonun hujjatlarini yoki
boshqa tadbirlarni qabul qilish uchun zarur choralarni ko‘rish majburiyatini oladi.
3. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi har bir davlat o‘z zimmasiga quyidagi majburiyatlarni oladi:
a) ushbu Paktda tan olingan huquqlari va erkinliklari buzilgan har qanday shaxsni, agar bu buzilish rasmiy sifatda
harakat qilgan shaxslar tomonidan sodir etilgan bo‘lsa ham, huquqiy himoyaning samarali vositasi bilan ta’minlash;
b) ana shunday himoya talab qiluvchi har qanday shaxs uchun yuridik himoya vakolatli sud, ma’muriy yoki qonun
chiqaruvchi hokimiyatlar tomonidan yoki davlatning huquqiy tizimida nazarda tutilgan boshqa vakolatli organlar tomonidan
ta’minlashi va sud orqali himoyalanishi imkoniyatini rivojlantirish;
c) huquqiy himoya vositalari berilganda, vakolatli hokimiyatlar tomonidan buning qo‘llanilishini ta’minlash.
III.Yakuniy qism:
Dars yakunida o’quvchilarni rag’batlantiriladi
Maktab MMIBDO‘______________________ ___________________________ sana______ _______ 20___yil
6-mavzu: Ona tilim - jonu dilim (O’zbekiston Respublikasi “Davlat tili to’grisida” gi Qonun qabul
qilingan kun munosabati bilan)
Kun shiori: “Ona tili — bu millatning ruhidir”
Maqsad: O’quvchilarga Ona tili — bu millatning ruhi, til – dil kaliti ekanligi haqidagi hikmatlarni
uqtirib, Davlat tiliga bo’lgan hurmatni yanada rivojlantirish bilan bir qatorda o’quvchilar qalbi va
ongiga boshqa millat va elatlar tillariga ham hurmat bilan munosabatda bo’lish tuyg’ularini singdirish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga
daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga
rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish
layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda
umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta
kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Natija: O’quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko’rgazmali qurollar:
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyevning: “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”, Ma’naviyat
qalbim quyoshi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Ona tilim, davlat tilim, o’z tilim-bo’lgin deyman-jahon tillaridan biri”
O’qituvchi:
Ma'lumki, o'zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o'rtasidagi ruhiy-ma'naviy
bog'liqlik til orqali namoyon bo'ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining
betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili — bu millatning ruhidir.
Avvalo, respublika Oliy Kengashi qoshida davlat tili bo'yicha taniqli olimlar, ijodkor ziyolilar,
jurnalistlar va jamoatchilik vakillaridan iborat maxsus komissiya tashkil qilindi. Komissiya a'zolari
aholining turli ijtimoiy qatlamlari, siyosiy guruhlar, barcha millat va elat vakillari tomonidan bildirilgan
fikr-mulohazalarni atroflicha o'rganib, respublika rahbariyati va keng jamoatchilikka doimiy axborot
berib borar edi. Ana shunday ishchanlik ruhida Oliy Kengash sessiyasiga taqdim etiladigan loyihaning
har bir moddasi bo'yicha har taraflama fikr almashuv, bahs va munozaralar bo'lib o'tdi.
Nihoyat, 1989-yilning 19-oktabr kuni bu o'ta muhim masala Oliy Kengash sessiyasi
muhokamasiga qo'yildi. Va qariyb bir yarim asrlik qaramlikdan so'ng mamlakatimizda o'zbek tili davlat
tili deb e'lon qilindi. Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo'lmish ona tilimiz o'zining qonuniy
maqomi va himoyasiga ega bo'ldi. Bu Vatanimiz tarixida torn ma'nodagi buyuk voqea edi.
1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining
maqomi huquqiy jihatdan aniq belgilanib, mustahkamlab qo'yildi. Shu tariqa o'zbek tili mustaqil
davlatimizning bayrog'i, gerbi, madhiyasi, Konstitutsiyasi qatorida turadigan, qonun yo'li bilan himoya
qilinadigan muqaddas timsollaridan biriga aylandi.
Topshiriq: “Til dil kaliti” mavzusida “kichik hikoya” yaratish.
Izoh: O’qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o’quvchilarning o’zlarini odob-axloq
me’yorlariga e’tiborli bo’lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka undab boradi.
Maktab MMIBDO‘______________________ _____________________sana______ ______ 20___yil
2023-2024-o‘quv yili
7-mavzu: Transport vositalarining harakati (Yo’l harakati qoidalari)
I.Kirish:
Sinf soati mashg’ulotning maqsadi : o’quvchularga ko’cha harakati qoidalari haqida
tushuncha berish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa
olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini
ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy,
intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish,
kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xattiharakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
Sinf soati mashg’ulotning jihozi: tarqatma material,rasmlar.
Sinf soati mashg’ulotning borishi:
Tashkiliy qism: O’quvchilarning darsga tayyorgarligi, navbatchi axboroti.
II.Asosiy qism:
Transport vositalarini boshqarishni dastlabki o‘rgatish yopiq maydonchalarda yoki avtodromlarda
o‘tkazilishi kerak. Transport vositalarini boshqarayotgan yosh, tajribasiz haydovchining rul
chambaragini keskin burishi, ilashish mufta (ssepleniye) tepkisini tez qo‘yib yuborishi, tormoz tepkisini
keskin bosishi yon-atrofidagi harakat ishtirokchilariga xavf tug‘dirib, yo‘l-transport hodisalarini keltirib
chiqarishi mumkin. Shuning uchun boshqarishni o‘rganuvchi transport vositalarini ravon boshqarishning
dastlabki ko‘nikmalarini yopiq maydonlarda, boshqa yo‘l ishtirokchilaridan ajratilgan joylarda
o‘rganishi kerak. Yo‘llarda boshqarishni o‘rgatishga faqat haydovchi ustoz ishtirokida, o‘rganuvchi
dastlabki boshqaruv malakasini yetarlicha egallaganidan so‘nggina ruxsat etiladi. O‘rganuvchi YHQ
talablarini bilishi va ularga amal qilishi shart. Ko‘pchilik o‘rganuvchilar birinchi xavfli vaziyatda o‘zini
yo‘qotib qo‘yishadi, bu esa transport vositalarini boshqaruvsiz qolib, yo‘l-transport hodisasiga olib
keladi. O‘rganuvchida dastlabki ko‘nikma, malaka bo‘lgani bilan ustoz-haydovchisiz avtomobilni
boshqarib bo‘lmaydi. Boshqarishni o‘rgatayotgan ustoz-haydovchi o‘rgatish huquqini beruvchi hujjatga,
shu toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomaga va bevosita 3 yillik
haydovchilik faoliyatiga ega bo‘lishi kerak. Shaxsiy avtomobillarda boshqarishni o‘rgatishda ham
o‘rgatuvchi haydovchilik guvonomasidan tashqari, o‘rgatish huquqini beruvchi hujjatga ega bo‘lishi
kerak.
III.Yakuniy qism:
Dars yakunida o’quvchilarni rag’batlantiriladi.
Maktab MMIBDO‘_________________ _______________________ sana________20___yil
8-Mavzu: Jamoa bo’lish zavqi
Kun shiori:Biz ahil jamoamiz
Mashg;ulotning maqsadi: Jamoa bo’lib,birgalikda ishlash tuyg’ularini rivojlantirish ,jamoa bo’lib
ishlash maqsadlari va vazifalari haqida tushuncha berish; tarixga nazar solish orqali jamoaviylik haqida
ko’proq ma’lumolar berish
Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy
moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini
shakllantiradi
Darsning tashkiliy qismi: Salomlashish, davomatni aniqlash, darsga tayyorgarlik ko’rish tozalikni
tekshirish.
Asosiy tushuncha va ma’lumotlar
«Ma’lumki, har qaysi xalq yoki millatning
tafakkuri, turmush tarzi, ma’naviy qarashlari o‘zo‘zidan, bo‘sh joyda shakllanib qolmaydi.
Ularning vujudga kelishi va rivoj- lanishida aniq
tarixiy, tabiiy va ijtimoiy omillar asos boiishini
hammamiz yaxshi bilamiz. Masalan, Sharq
olamida, jumladan, o‘zimizning 0‘rta Osiyo
sharoitida jamoa boiib yashash tuyg‘usi g‘oyat
muhim ahamiyat kasb etadi va odamlarni birbiriga yaqinlashtirishga, bir-birini qoilabquwatlab hayot kechirishga zamin tug‘diradi.
Shu ma’noda, xalqimizning turmush va tafakkur
tarziga nazar tashlaydigan boisak, boshqalarga hech o‘xshamaydigan, ming yillar davomida shakllangan,
nafaqat o‘zaro muomala, balki hayotimizning uzviy bir qismi sifatida namoyon boiadigan bir qator
o‘ziga xos xususiyatlarni ko‘ramiz.
Asosiy qism:
Biz yashab turgan hozirgi 0‘zbekiston, 0‘rta Osiyo hududida aholi azaldan vodiylarda, katta suv
manbalari — daryo va an- horlar bo‘yida yashab kelgan. Atrofi cho‘l va sahrolar bilan o‘ralgan, tabiati,
iqlimi juda murakkab, tez o‘zgarib turadigan bu hududdagi sharoitning o‘zi bu yerdagi millat va
elatlarning ming yillar davomida bir-biriga yaqin yelkadosh bo‘lib, bir- birining og‘irini yengil qilib
yashashini taqozo etgan, ya’ni bu zaminda istiqomat qiladigan odamlarning tarqoq bo‘lib yashash- ga
imkoni bo‘lmagan. Tabiatning o‘zi, hayotning o‘zi ularni jamoa bo‘lib istiqomat qilishini zaruratga
aylantirgan. Bunday yashash tarzi tabiiy ravishda odamlami bir-birining holidan xabardor bo‘lib, dard-u
quvonchlarini o‘zaro baham ko‘rib, to‘y- da ham, azada ham bu hayot yukini barobar tortishga
o‘rgatgan, insonlar qalbida jamoa fikriga hurmat ruhini kuchaytirgan.
Jamoaviylik belgilari bugungi kunga qadar hayotimizda katta o‘rin egallab kelmoqda. Ayniqsa,
mustaqillik yillarida mahalla tashkilotining qayta tiklanib, unga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
idorasi maqomi berilgani jamoaviylik bilan bog‘liq
Jamoaning noyob xususiyati shundaki, betakror, bir-biriga o‘xshamaydigan odamlami ulami
qiziqtiradigan, shaxsiy man- faatlariga daxldor bo‘lgan maqsadlar asosida birlashtiradi, insonni kamtar,
halol, boshqalarga hamdard bo‘lishga o‘rgatadi. Bunda, ayniqsa, yetakchilaming o‘mi beqiyos bo‘ladi.
Ular jamoaning birgalikda harakat qilishi, irodasini namoyon etislii, umumiy kayfiyati va intilishini
belgilab beradi. Yetakchi qanchalik kuchli, azm-u sliijoatli, qat’iyatli va irodali bo‘lsa, jamoa ham
shunchalik kucili bo‘ladi.
Mashg’ulotni yakunlash::
1.Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi.
2.. Guruhlarda ishlash yakunlarini chiqarish.
Faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi
Maktab MMIBDO‘_________________ _______________________ sana________20___yil
2023-2024-o‘quv yili
9-mavzu: Yo‘l chiziqlari va ularning vazifalari. (Yo‘l harakati qoidalari)
I.Kirish:
Sinf soati mashg’ulotning maqsadi : shahar tashqarisida qanday harakatlanish, intizom,
ogohlantirish va yo’l harakati qoidasiga rioya etish umr foiydasi ekanligini turli misollar
orqali tushuntirish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy,
intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish,
kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xattiharakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga
daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga
rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish
layoqatlarini shakllantirish.
Sinf soati mashg’ulotning jihozi: mavzuga oid rasm, DVD
Sinf soati mashg’ulotning borishi:
Tashkiliy qism: O’quvchilarni darsga hozirlash
II.Asosiy qism:
Yo’lning qatnov qismi yuzasidagi chiziqlar, ishoralar, yozuvlar va boshqa belgilar harakatlanish
tartibini belgilaydi.
Yo’l yuzasidagi yotiq chiziqlar oq rangda bo’ladi (1.4, 1.10 va 1.17 chiziqlar sariq rangda bo’ladi.)
Yo’lning qatnov qismi yuzasidagi chiziqlar, ishoralar, yozuvlar va boshqa belgilar harakatlanish
tartibini belgilaydi.
Yo’l yuzasidagi yotiq chiziqlar oq rangda bo’ladi (1.4, 1.10 va 1.17 chiziqlar sariq rangda bo’ladi.)
1.1 – qarama-qarshi yo’nalishlarda harakatlanayotgan transport
oqimlarini ajratadi, yo’lning havfli joylaridagi harakatlanish
bo’lagi chegarasini bildiradi; yo’lning kirish taqiqlangan qismini
anglatadi; transport vositalarining to’xtab turish joyi chegarasini
hamda avtomagistrallar qatoriga kiritilmagan yo’lning
1.1
harakatlanish qismi chegarasini bildiradi.
1.2 (enli sidirg’a chiziq)-avtomagistrallarda harakatlanish qismi
chegarasini bildiradi.
1.2
1.3 – to’rt va undan ortiq harakatlanish bo’lagi bo’lgan yo’llarda
qarama-qarshi yo’nalishdagi transport vositalari oqimini ajratadi.
1.3
1.4 – to’xtash taqiqlangan joyni bildiradi. Yakka holda
yoki 3.27 “To’xhtash taqiqlangan” yo’l belgisi bilan qo’llaniladi
hamda yo’lning harakatlanish qismi chetiga yoki yo’l chetidagi
to’siq (bordyur) ustidan chiziladi.
1.4
1.5 – ikki yoki uch bo’lakli yo’llarda qarama-qarshi
yo’nalishlarda harakatlanayotgan transport vositalari oqimlarini
ajratadi; bir yo’nalishda harakatlanish uchun mo’ljallangan ikki
yoki ko’proq bo’lakli yo’llarda bo’laklarning chegaralarini
bildiradi.
1.5
1.6 (yaqinlashish chizig’i – har bir chiziq uzunligi ular orasidagi
masofadan uch barobar katta bo’lgan uzuq-uzuq chiziq) –
qarama-qarshi yoki bir yo’nalishda harakatlanayotgan transport
vositalari oqimlarini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chizig’iga
1.6
yaqinlashayotganlik hakida ogohlantiradi.
1.7 – (har bir chizig’i qisqa va oralari shu chiziqlar bo’yiga teng
bo’lgan uzuq-uzuq chiziq) – chorrahadagi harakatlanish
bo’laklarini bildiradi.
1.7
1.8 (enli uzuq-uzuq chiziq) – tezlanish yoki sekinlanish bo’lagi
bilan yo’lning harakatlanish qismidagi asosiy bo’lagi o’rtasidagi
chegarani bildiradi (chorrahalarda, yo’lning turli sathda
kesishgan qismlarida, avtobuslar to’xtaydigan joylarda va h.k.).
1.8
1.9 – reversiv harakatlanishda qatnov qismining chegarasini
belgilaydi; reversiv harakatlanish amalga oshirilgan yo’llarda
(reversiv svetofori o’chirilgan holatda) qarama-qarshi
yo’nalishdagi transport oqimini ajratadi.
1.9
1.10 – to’xtab turish taqiqlangan joyni bildiradi. Yakka holda
yoki 3.28 yo’l belgisi bilan qo’llaniladi va yo’lning harakatlanish
qismi chetiga yoki yo’l chetidagi to’siq (bordyur) ustidan
chiziladi.
1.10
1.11 – faqat biror bo’lakka qayta tizilishga ruxsat etadi, bir
yo’nalishdagi yoki qarama-qarshi kelayotgan transport
oqimlarini ajratadi; qayrilib olish, to’xtash maydonchalari va
shunga o’xshashlarga kirish uchun mo’ljallangan joylarda
manyovr faqat bir yo’nalishda ruxsat etilganligini ko’rsatadi.
1.12 (to’xtash) – 2.5 belgisi yoki svetoforning (tartibga
soluvchining) taqiqlovchi ishorasida haydovchi to’xtash kerak
bo’lgan joyni ko’rsatadi.
III. Yakuniy qism: O’quvchilarni rag’batlantirish.
Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 201__yil
1.11
2023-2024-o‘quv yili
10-mavzu: Ilm va zakovat tushunchasi
Kun shiori:Biz ilmli yoshlarmiz
Mashg’ulot ning maqsadi:
Ilm va zakovat, inson dunyoqarashi va ma’naviyati haqida tushuncha berish.
O’quvchilarni kitobni sevish va bo’sh vaqtlarini to’g’ri sarflashga o’rgatish.
O'quvchilarning og’zaki nutqini rivojlantirish,
Kommunikativ kompetensiya:jamoat joylarida o‘zini tutish odobiga rioya qila oladi; -xalq
maqollari, muqaddas kitoblardagi ibratli so‘zlarni aniq va tushunarli bayon qila oladi;
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:o‘zining o‘quvchilik burch va huquqlarini biladi va
unga rioya qilish, jamiyatda (maktabda, oilada, mahallada) bo‘layotgan jaryonlarda ishtirok etadi;
Ma’naviy-axloqiy madaniyatlilik kompetensiyasi:odobli bo‘lishga shaxsiy namuna
ko‘rsatadi;O‘zbekiston Vatani ekanligidan, O‘zbekistonda yashayotganligidan faxrlanadi;milliy urfodatlarimiz va ularning zamirida mujassam bo‘lgan mehr-oqibat, tinch va osoyishta hayot, do‘stlik va
totuvlikni qadrlash tushunchalarini bilish elementlari shakllanadi.
O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat,
ko’rsatmalilik, amaliy.
I. Mashg’uloti tashkil qilish.
1. Salomlashish.
2. Davomatni aniqlash.
3. O’quvchilarni mashg’ulotga tayyorlash.
O’quvchilarga qisqa savollar va tez-tez maqollar
ayttirish orqali mashg’ulotga
Qiziqtirish.
III. Asosiy qism:
1.Ma’naviyat haqida ma’lumot berish.
2.Rasmlar ustida suhbat.
3.Kun tartibi haqida savol-javob o’tkazish.
4.”Ming oltinga teng hikmat “hikoyasi ustida
ishlash.
5.Hikoyadan so’ng berilgan izohli lug’at bilan ishlash.
Insonning qanday ekanini uning so’zlariga, yurish-turishiga, qilayotgan ishiga qarab bilib olishimiz
mumkin. Dunyoqarashi keng, ma'naviyati yuksak insonlar atrofdagilarga yaxshilik tilayo’dilar, el-yurt
ravnaqi uchun xizmat qiladilar. Dunyoqarashi tor, ma'naviyati sayoz odamlar esa faqat o’zlarini
o’ylaydilar.
Ma'naviyatni yuksaltirish uchun ko’p o’qib-o’rganishimiz, dunyoqarashimizni boyitishimiz kerak.
Bunda bizga kitoblar yordamga keladi. Kitob — insonning eng yaqin do’sti, hamrohi. Afsuski, ayrim
tengdoshlarimiz qimmatli vaqtini behuda ishlar bilan o’tkazmoqda. Ayni kelajakka poydevor
qo’yadigan yoshda vaqtimizni foydali ishlarga sarflash, bilim olish, ko’p kitob o’qish eng to’g'ri yo’ldir.
Bugun bizda iqtidorimizni ro’yobga chiqarish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Shahar va
qishloqlarimizda musiqa va bolalar ijodiyot markazlari sano’at maktablari, sport togaraklan, faoliyat
ko’rsatib turibdi.
Dunyoqarashni boyitishda til o’rganish muhim ahamiyatga ega. Ona tilidan
tashqari yana uch-to’rt tilni bilganga nima yetsin.
III.Mashg’ulotni yakunlash:
O’quvchilarga quyidagi savollarni berib,ularni javoblari baholanadi.
1.Insonni ma’naviyati yuksak ekanini qanday bilib olish mumkin ?
2.Ma’naviyatni yuksaltirishda kitobni nimalar qilishimiz kerak ?
3. Dunyo qarashimizni kengaytiish uchun nima qilishimiz kerak ?
4. Amir Temuning ming oltinga sotib olgan she’rda qanday so’z bor ?
5. Sizningcha , bu so’zlar ming oltinga arziydimi ?
Mashg’ulotda faol ishtirok etgan o’quvchilarni rag’batlantiriladi
.
Maktab MMIBDO‘______________________ _____________________ sana______ _____ 20___yil
11-mavzu: Bayrog‘imiz – faxrimiz
(18 noyabr - O‘z.Res. Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan).
I.Kirish:
Sinf soati mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarda davlat ramzlariga bo’lgan hurmatni
rivojlantirish,O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’ini yuksaklarga ko’tarishda ularning o’rni
kattaligini uqtirish, O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i o’zga yurtlarda ko’tarilganda g’urur va
iftixor tuyg’usini oshirishini singdirish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga
daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga
rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish
layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda
umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta
kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Sinf soati mashg’ulotning jihozi: plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, O’zbekiston Respublikasi Davlat
bayrog’i, tarqatma materiallar.
Sinf soati mashg’ulotning borishi:
Tashkiliy qism: O’quvchilarni darsga hozirlash
Ma’naviyat daqiqasi:
Nilpira, bayrog’im, hilpira mag’rur,
Ozod, hur xalqimga bag’sh etib surur.
Birlashgan millatlar koshonasida,
Hilpira bizlarga bag’sh etib g’urur.
II.Asosiy qism:
Qadimdan ham jahon tarixida davlatlar mavjud ekanki, ularning ramzlari bo’lgan. Bu ramzlar mazkur
davlat fuqarolalariga go’yoki ruxsatnoma yoxud hujjat hisoblangan. Buyuk Amir Temur bobomiz davlat
ramzlariga juda yuksak siyosiy ahamiyat berganlar. Jumladan, jang maydonida lashkardan bir nafari
omon qolsa ham, u mamlakat bayrog’ini baland tutsin, deb farmon berganlar. Bayroqning egilishi
mag’lubiyat belgisi deb qabul qilingan.
Har bir davlatning o’z bayrogi bo’ladi.
Sohibqiron Amir Temurning yurishlarida lashkar oldida uning
tug’i- bayrog’i olib yurilgan.
Xalq idrokida bayroqning yuqori qismi O’zbekistonning doim moviy osmonini, bayroq o’rtasi
xalqimizning oq ko’nglini va uning oq paxtasini, bayroqning tub qismi esa bizning cheksiz yashil
dalalarimiz va tabiatimizni ifoda qiladi. O’n ikki yulduz- keng va behad
O’zbekistonimizning azaliy tariximizga sodiqligini bildiradi, yarim oy esa yurtimizning tarixiy
an’analari bilan bog’liq. Ayni paytda qo’lga
kiritilgan mustaqilligimizdan darak beradi, bayroqdagi ikki qizil yo’l-mavjud birlik va buzilmas
do’stlikka erishish uchun yurtimiz farzandlari qon to’kkanlariga ham ishora qiladi.
O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i mamlakat Prezidenti, Oliy Majlis, O’zbekiston
hukumati, mahalliy davlat idoralari,
O’zbekistonning turli vakolatxonalari ish olib borayotgan binolarda,
O’zbekistonning rasmiy delegatsiyalari qatnashayotgan xalqaro tadbirlarda ko’tariladi. Bu qoidalar
alohida qonun asosida belgilangan.
O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’iga nisbatan hurmatsizlik
bildirgan shaxs yoki tashkilot belgilangan tartibda jazolanadi.
III.Yakuniy qism:
Topshiriq: O’quvchilarga rangli qog’ozlar tarqatiladi.
(Iste’dodlilar va ijodkor o’quvchilar kuzatiladi, rag’batlantiriladi)
Ular O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’ini yaratadilar.
O’tilgan mavzu xulosalanib,o’quvchilar rag’batlantiriladi.
Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20___yil
2023-2024-o‘quv yili
12-mavzu: Yo‘l harakati qoidalaridagi asosiy tushuncha va atamalar (Yo‘l harakati qoidalari).
I.Kirish:
Sinf soati mashg’ulotning maqsadi : shahar tashqarisida qanday harakatlanish, intizom,
ogohlantirish va yo’l harakati qoidasiga rioya etish umr foiydasi ekanligini turli misollar
orqali tushuntirish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy,
intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish,
kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xattiharakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
Ijtimoiy
faol
fuqarolik
jamiyatda
kompetensiyasi —
bo‘layotgan voqea, hodisa va
jarayonlarga daxldorlikni his etish
va ularda faol ishtirok etish,
o‘zining fuqarolik burch va
huquqlarini bilish, unga rioya
qilish, mehnat va fuqarolik
munosabatlarida muomala va
huquqiy madaniyatga ega bo‘lish
layoqatlarini shakllantirish.
Sinf soati mashg’ulotning
jihozi:mavzuga oid rasm,DVD
Sinf soati mashg’ulotning borishi:
Tashkiliy qism: O’quvchilarni
darsga hozirlash
II.Asosiy qism:
Aholi yashaydigan joy
Kirish va chiqish yo’llari 5.22 – 5.25 belgilari bilan belgilangan hudud.
Ajratuvchi bo’lak
Yo’lning yonma-yon joylashgan qatnov qismlarini ajratuvchi, relssiz transport vositalari va
piyodalarning harakatlanishi yoki to’xtashi uchun mo’ljallanmagan alohida qismi.
Ajratuvchi bo’lak yotiq chiziq, yo’l sathidan baland qurilma, ko’kalamzorlashtirilgan joylar ko’rinishida
bo’lishi mumkin.
Arava
Ot (yoki boshqa hayvonlar)ga qo’shib tortiladigan, yoki odam mushak kuchi bilan tortib (itarib)
harakatga keltiriladigani yurgizgichsiz (dvigatelsiz), yuk tashishga mu’ljallangan qurilma.
Asosiy yo’l
Tuproqli yo’lga nisbatan qattiq qoplamali (asfalt va tsement betonli, tosh yotqizilgan va shunga
o’xshashlar), kesishayotgan yoki tutashgan yo’lga nisbatan 2.1, 2.3.1–2.3.3 yoki 5.1 belgilari bilan
belgilangan yo’l yoxud yondosh hududdan chiqadigan yo’lga nisbatan har qanday yo’l. Ikkinchi darajali
yo’lning bevosita chorrahaga tutash qismining qoplamali bo’lishi uni asosiy yo’l bilan teng huquqli
qilmaydi.
Avtomagistral
5.1 belgi bilan belgilangan yo’l.
Belgilangan yo’nalishli transport vositasi
Belgilangan yo’nalishi va bekatlari bo’lgan, yo’lovchi tashish uchun mo’ljallangan umumiy
foydalanishdagi transport vositalari (trolleybus, avtobus, tramvay, yo’nalishli taksi).
Chorraha
Yo’lning o’zaro bir sathda kesishadigan, tutashadigan va ayriladigan joyi.
Chorraha chegarasi uning markazidan qatnov qismlari ohiridagi qarama-qarshi tomonlarning eng
uzoqroqdagi burila boshlagan joylarini tutashuvchi hayoliy chiziqlan bilan aniqlanadi.
Yondosh hududlardan chiqish joylari chorraha hisoblanmaydi.
Yo’l harakati svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralari orqali boshqarilayotgan chorraha tartibga
solingan chorraha deb hisoblanadi.
Miltillovchi sariq ishorada, svetoforlar ishlamayotgan yoki tartibga soluvchi bo’lmagan chorraha
tartibga solimanagan chorraha deb hisoblanadi.
Etarli ko’rinmaslik
Yomg’ir, qor yog’ishi, tuman tushishi va shunga o’xshash sharoitlarda, shuningdek, kunning g’ira-shira
vaqtida yo’lning ko’rinishi 300 metrdan kam bo’lishi.
Harakatlanish bo’lagi
Avtomobillarning bir qator bo’lib harakatlanishi uchun kengligi etarlicha bo’lgan, yo’l chiziqlari bilan
belgilangan yoki belgilanmagan yo’l qatnov qismining har qanda bo’ylama bo’lagi.
Haydovchi
Yo’llarda biron-bir transport vositasini boshqarib borayotgan shaxs.
Boshqarishni o’rgatuvchi, miniladigan hayvonlarda ketayotgan yoki ularni etaklab borayotgan, chorva
mollari (poda)ni haydam borayotgan shaxslar ham haydovchiga tenglashtiriladi.
Imtiyoz
Mo’ljallangan yo’nalishda boshqa yo’l harakati qatnashchilariga nisbatan oldin harakatlanish huquqi.
Majburiy to’xtash
Texnik nuqson, tashilayotgan yuk, haydovchi, yo’lovchining holati, yo’ldagi biror to’siq tufayli xavf
tug’ilganda yoki ob-havo sharoitiga bog’liq holda transport vositasi harakatlanishining to’xtatilishi.
Motosikl
Kajavali yoki kajavasiz ikki g’ildirakli mexanik transport vositasi.
Yuklanmangan holatdagi vazni 400 kilogrammdan oshmaydigan uch g’ildirakli mexanik transport
vositalari ham motisikllarga tenglashtiriladi.
Ogohlantiruvchi ishoralar
Falokatli holatlarning oldini olish maqsadida, harakatlanish yo’nalishini o’zgartirishda qo’llaniladigan
ishoralar.
Piyoda
Yo’lda transport vositasidan tashqarida bo’lgan va ish bilan band bo’lmagan shaxs.
Velosiped, moped, motosikl va chana etaklagan, aravacha, bolalar hamda nogironlar aravachasini tortib
ketayotgan, nogironlarning yugizgichsiz aravasida harakatlanayotgan shaxslar ham piyoda
hisoblanadilar.
Piyodalar o’tish joyi
Yo’lning qatnov qismini piyodalar kesib o’tishi uchun mo’ljallangan, 5.16.1, 5.16.2 belgilari va 1.14.1–
1.14.3 chiziqlari bilan ajratilgan qismi.
Chiziqlar bo’lmasa piyodalar o’tish joyining kengligi 5.16.1, 5.16.2 belgilari orasidagi masofa bilan
aniqlanadi.
Piyodalar yo’lkasi
Yo’lning piyodalar harakatlanishi uchun mo’ljallangan va transport vositalari harakati taqiqlangan
qismi.
Piyodalarning tashkiliy jamlanmasi
Qoidalarning 5.2 band talablariga muvofiq yo’lda bir yo’nalishda birgalikda harakatlanayotgan odamlar
guruhi.
Qatnov qismi
Yo’lning relssiz transport vositalari harakati uchun mo’ljallangan qismi.
Qorong’i vaqt
Kechki g’ira-shiraning ohiridan tonggi g’ira-shiraning boshlanishi orasidagi vaqt.
Quvib o’tish
Egallagan harakatlanish bo’lagidan chiqib oldinda ketayotgan transport vositasidan o’zib ketish.
III. Yakuniy qism: O’quvchilarni rag’batlantirish.
Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 201__yil
2023-2024-o‘quv yili
13-mavzu: Huquqiy madaniyat – komil insonlik belgisi
I.Kirish:
Sinf soati mashg’ulotning maqsadi:O’quvchilarga Konstitutsiya haqida batavsil ma’lumot berish.
Konstitutsiya va qonunlarga hurmat bilan munosabatda bo’lish, ularni o’rganish va amal qilish
tuyg’ularini tarbiyalash hamda ular ongiga “jinoyat jazosiz qolmaydi, har kim qilmishiga yarasha
javobgarlikka tortiladi” degan qoidani singdirish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga
daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga
rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish
layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda
umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta
kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Sinf soati mashg’ulot jihozi: Mavzuga oid rasm,tarqatma material, DVD
Sinf soati mashg’ulotning borishi
Tashkiliy qism:
O’quvchilarni mashg’ulotga hozirlash
Ma’naviyat daqiqasi:
Qomusimni bugun bilmoq istadim,
Har moddasin dilga solmoq istadim.
Qomus-erur qonunlarning to’plami,
Qonunlarni dildan tuymoq istadim.
II.Asosiy qism
O’zbekiston xalqining istiqlolga erishganlik baxti uning mustaqillik qomusi bo’lmish
Konstitutsiyada mustahkamlangan.Kostitutsiya dunyo siyosiy xaritasida yangi demokratik davlatO’zbekiston Respublikasi paydo bo’lganligini tasdiqladi.Konstitutsiya xalqning o’zini o’zi
boshqarish,erkinlik va ijtimoiy
adolat,insonparvar davlat va fuqarolik jamiyati
barpo etish to’g’risidagi orzusini ifodalagan.
Konstitutsiyada mustaqil mamlakatimizning
mazmun-mohiyati,uning
siyosiy,iqtisodiy,ijtimoiy va huquqiy tizimining
demokratik tabiati, umuminsoniy qadriyatlarga
sodiqligi, fuqarolarning huquq va erkinliklari
qat’iy belgilab qo’yilgan.Konstitutsiya bu
istiqbol va mustaqil O’zbekiston ramzidir.1992yil 8-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi
Oliy Kengashi tomonidan mamlakatimizning
Asosiy qonuni bir ovozdan qabul qilindi.
Konstitutsiyamiz muqaddima , olti bo’lim, 26
bob va 128 moddadan iborat.Uning birinchi
bo’limida 4ta asosiy prinsip bayon
etilgan.Bular-davlat suvereniteti,xalq
hokimiyatchiligi, Konstitutsiya va qonunning
ustunligi hamda tashqi siyosat prinsiplaridir.
III.Yakuniy qism
Aqliy hujum.Savol-javob o’tkaziladi.
-Konstitutsiya so’zi qanday ma’noni bildiradi?
-Konstitutsiya qachon va qaysi sessiyada qabul qilingan?
-Konstitutsiya tuzilishi aytib bering.
Tarmoqlash orqali Konstitutsiya bo’limlarini ko’rsating
Mavzu xulosalanib, o’quvchilar rag’batlantiriladi
Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20___yil
14-mavzu: Madhiyam faxrim mening
(10 dekabr - O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasiqabul qilingan kun munosabati bilan)
Kun shiori: “Tinch yurtim tongini madhiyam birla qarshi olaman”
Maqsad: O O’quvchilarda davlat ramzlariga bo’lgan hurmatni rivojlantirish, ular ongiga O’zbekiston
Respublikasi Davlat madhiyasini har bir fuqaro bilishi, yoddan ayta olishi, hurmat qilishi, mazmunini
anglashi, davlat madhiyasi matni va musiqasi mualliflarini bilishi lozimligini singdirish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga
daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga
rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish
layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda
umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta
kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Natija: O’quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko’rgazmali qurollar: ”, “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”,
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob
xalqimiz bilan birga quramiz”, “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo
etamiz”, “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini
garovi”, Ma’naviyat qalbim quyoshi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma
materiallar.Doskada: “Men madhiya matni muallifi bo’lsam-da, Madhiya qoshida oddiy fuqarolardan
biri bo’lib bosh egaman va bo’ysunaman”.
O’zbekiston xalq shoiri, O’zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov
O’qituvchi:
O’zbekiston Respublikasi Madhiyasida o’lkamizning serquyoshligi xalqimizning bag’rikengligi,
ajdodlarimizning buyukligi va boy tariximiz va butundunyoni lol qilgan buyuk ma’naviyatimiz madh
etilgan.
Ne donolar quyoshga shoshdi,
Yulduzlarchi insondan qochdi.
Galileydan oldin Ulug’bek,
Falakiyot sirini ochdi.
Shundan tiniq, toza osmanim,
Ona yurtim – O’zbekistonim.
Komil Sindarov
Topshiriq: “Davlatimiz madhiyasini izohlab berish ”
Izoh: O’qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o’quvchilarning o’zlarini odob-axloq
me’yorlariga e’tiborli bo’lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka
undab boradi.
Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20___yil
2023-2024-o‘quv yili
15-mavzu: Tartibga soluvchining ishoralari
I-Kirish:
Sinf soati mashg’ulotning maqsadi : tartibga solish vositalari, ahamiyati va yo’l harakati qoidasiga
rioya etish umr foydasi ekanligini turli misollar orqali tushuntirish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa
olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini
ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy,
intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish,
kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xattiharakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
Sinf soati mashg’ulotning jihozi: tarqatma material, rasmlar.
Sinf soati mashg’ulotning borishi:
Tashkiliy qism: O’quvchilarning darsga tayyorgarligi, navbatchi axboroti.
II.Asosiy qism:
«Yo‘l harakati qoidalari» bizning hayotimizda muhim o‘rin tutadi. Hohlaymizmi-yo‘qmi, har bir
harakatlanish ishtirokchisi (yosh bolalar, o‘smirlar, kattalar) qatnov qismlarida harakatlanadi. Shu bilan
birga ular yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishdan manfaatdordirlar. Yo‘l harakati qoidalarining
asoslaridan biri bo‘lgan yo‘l belgilari transport vositalarining haydovchilariga, piyodalarga va umuman
barcha harakatlanish ishtirokchilariga taalluqlidir. Yo‘llarda sodir etilayotgan yo‘l-transport
hodisalarining aksariyati belgilarga qaramay yoki ahamiyat bermay harakatlanayotgan yo‘l
ishtirokchilariga tegishlidir. Shu bois, ularni yaxshi o‘rganish inson hayoti uchun juda muhim.
Yo‘l belgilari quyidagi yettita guruhga bo‘linadi:
1) ogohlantiruvchi belgilar;
2) imtiyoz belgilari;
3) taqiqlovchi belgilar;
4) buyuruvchi belgilar;
5) axborot-ishora belgilari;
6) servis belgilari;
7) qo‘shimcha axborot belgilari.
Ogohlantiruvchi belgilar haydovchiga yo‘lning xavfli qismiga yaqinlashayotganligi, xavfning turi va
shakli haqida axborot beradi.
Ogohlantiruvchi belgilarning asosi oq, hoshiyasi qizil rangda bo‘lgan aksari teng tomonli uchburchak
shaklidan iborat. Imtiyoz belgilari chorrahalarda, yo‘lning qatnov qismlari kesishgan joylarda,
shuningdek, yo‘lning tor qismida yo‘l harakati qatnashchilarining
harakatlanish navbatini belgilash uchun qo‘llaniladi. Bunday belgilar boshqa guruh belgilaridan olingan
bo‘lib, ularning shakllari turlichadir. Taqiqlovchi belgilarning asosiylari foni oq, hoshiyasi qizil,
doirasimon shakldan iborat bo‘lib, harakatlanishni ma’lum darajada cheklaydi yoki umuman taqiqlaydi.
III.Yakuniy qism:
Dars yakunida o’quvchilarni rag’batlantiriladi.
Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20___yil
16-mavzu: Yangi yilda yangi orzular (Yangi yil bayrami yaqinlashishi munosabati bilan)
Kun shiori: “Yangi yil, Qorbobo kelmoqda, eshikni qoqib”
Maqsad: O’quvchilarda yangi yil bayramida ezgu orzular bilan yangi yilga qadam qo’yish,
maktabning odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etish, yangi yilda tashkil etilgan bayram tadbirlarida
namunali ishtirok etish xislatlarini tarbiyalash hamda o’quvchilar ongiga yangi yilda inson qalbi ham qor
kabi oppoq bo’lishi lozimligini singdirish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga
daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga
rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish
layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda
umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta
kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Natija: O’quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko’rgazmali qurollar: O’quvchilar tomonidan qo’lda tayyorlangan yangi yil
o’yinchoqlari, archa, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Yangi yil qalblarimizga qorday oppoq tilaklar olib kelsin ”.
O’qituvchi:
Yangi yil har bir davlatda turlicha nishonlanadi.
Bizning yurtimizda ham yangi yilga o’zgacha bir yangiliklar bilan tayyorgarlik ko’riladi. Butun
shahar va qishloqlarimizda bayram oldi tozaliklar, ko’chalarda yangi yilning kelayotganligini bildiruvchi
Qorbobo,qorqiz, archa va bayram bilan bog’liq shiorlar, multfilm qahramonlari rasmlari
chizilib,kayfiyatni ko’taradigan kechalar va tadbirlar amalga oshiriladi.
Ayniqsa, bu bayramda farzandlarimizning quvonchlari alohida ahamiyat kasb etadi.
Yangi yil qish fasli bilan bog’liq bo’lganligi uchun ham u insonlarda boshqacha tuyg’u aks
ettiradi.
Topshiriq: “O’quvchilar yangi yil qahramonlari roli” ni ijro etib beradilar
Izoh: O’qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o’quvchilarning o’zlarini odob-axloq
me’yorlariga e’tiborli bo’lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka
undab boradi. (yangi yil tadbirlarda har bir sinfda o’zgacha bir kengaytirilgan qiziqarli o’yinlar orqali
ham amalga oshiriladi)
Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20___yil
2023-2024-o‘quv yili
17-mavzu: Tinchlik va osoyishtaligimiz garovi.
(14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan)
Kun shiori: “Osuda va farovon hayotimiz kafolati”
Maqsad: O‘quvchilar qalbi va ongiga Vatan muvaffaqiyatida o‘zlarining ham shaxsiy burchlari va
mas’uliyatlari borligini chuqur singdirish, ularda ona yurtga mehr-oqibatli bo’lish, Milliy armiyamiz
haqida ma’lumotlarga ega bo’lish, Vatan muammolarini o‘zinikidek qabul qilish, Vatan yukini o‘z
elkasiga olish, mumkin qadar ona yurtiga foyda keltiradigan shaxs bo‘lib ulg‘ayish xislatlarini
tarbiyalash.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga
daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga
rioya qilish, mehnat va fuqarolik
munosabatlarida muomala va huquqiy
madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini
shakllantirish.
Milliy
va
umummadaniy
kompetensiya — vatanga sadoqatli,
insonlarga
mehr-oqibatli
hamda
umuminsoniy va milliy qadriyatlarga
e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at
asarlarini tushunish, orasta kiyinish,
madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush
tarziga amal qilish layoqatlarini
shakllantirish.
Natija: O’quvchilarning erkin fikrlashi,
tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko’rgazmali qurollar: ”, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyevning: “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq
farovonligini garovi”, Ma’naviyat qalbim quyoshi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar,
tarqatma materiallar.
Doskada: “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo’mondoni Shavkat
Mirziyoyev va barcha Qurolli Kuchlarimizda xizmat qilayotgan harbiylarni qutlug’ sana bilan chin
yurakdan tabriklaymiz. Ollohdan faqat uzoq-umr, baxt-saodat, tuganmas shijoat tilab qolamiz”.
O’qituvchi:
“Mening ezgu orzuim shuki, armiyamiz xalqimiz, millatimizning ming yillar davomida
shakllangan asl qiyofasi, azaliy qadriyatlari va xislatlarini o’zida mujassam etsin, uning saflarida xizmat
qiladigan farzandlarimiz o’zi tug’ilib o’sgan, voyaga yetgan, ota-bobolarining xoki yotgan muqaddas
zaminimizga bir umr sadoqatli bo’lsin.
Mabodo taqdir taqozo qilib, kurash maydoniga tushganida har qanday yovuz kuch va
bosqinchilarga bas kela oladigan zamonaviy, qudratli armiyamizni ko’rish baxti barcha yurtdoshlarimiz
qatorida
menga
ham
nasib
etsin”
Ollohga shukurlar bo’lsinki, bugungi Milliy armiyamiz, Yurtboshimiz orzu qilganidek, qudratli va
boshqa davlatlardan mutlaqo farq qiladigan Milliy armiyadir. Chunki bunday qudratli va zamonaviy
Milliy armiyaning tashkil topishiga va bugungi islohotlar tashabbuskori O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti, Respublika Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qo’mondonining olib borayotgan o’ta kuchli siyosati
sharofatidir.
Topshiriq: 3x4” texnologiyasi
Texnologiyaning maqsadi:
O’quvchilarni erkin, mustaqil va mantiqiy fikrlashga; jamoa bo’lib ishlashga, izlanishga; fikrlarni
jamlab, ulardan nazariy va amaliy tushuncha hosil qilishga; jamoaga o’z fikrini o’tkazishga, uni
ma’qullashga; qo’yilgan muammoni yechishda va mavzuga umumiy tushuncha berishda o’tilgan
mavzulardan egallagan bilimlarini qo’llay olishga o’rgatish.
Izoh: O’qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o’quvchilarning o’zlarini odob-axloq
me’yorlariga e’tiborli bo’lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka
undab boradi. (Vatan himoyachilari kunini keng qamrovli tarzda faollar zalida ham amalga oshiriladi)
Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20___yil
18-mavzu-Chiroyli hulq-inson ziynati
Kun shiori: Inson odobi bilan go’zal
Maqsad: O’quvchilarga chiroyli hulq,ezgu fazilatlar haqida ma’lumot berish,ajdodlarimizning ibratli
fikrlari bilan tanishtirish..O’quvchilarni atrofdagilarga yaxshilik va faqat yaxshilik qilishga o’rgatish.
O'quvchilarda ezgu fazilatlarni kamol toptirish.
TK-1: xalq maqollari, muqaddas kitoblardagi ibratli so‘zlarni aniq va tushunarli bayon qila oladi;
TK-5: kattalar bilan so‘rashishda odob-axloq bilan muloqotga kirisha oladi.
I. Mashg’ulotni tashkil qilish. 1. Salomlashish.
2. Davomatni aniqlash.
3. O’quvchilarni mashg’ulotga tayyorlash.
II.Asosiy qism:
Aziz o'quvchi! Umrimiz davomida biz juda ko'p insonlardan yaxshilik ko'ramiz. Ota-onamiz,
yaqinlarimiz, ustozlarimiz bizga faqat yaxshilikni tilaydilar. Inson o'ziga qilingan yaxshiliklarga albatta
yaxshilik bilan javob qaytarishi kerak.
Ammo yomonlik qilganlarga qay tarzda javob qaytarish kerak? Yomonlikka yaxshilik bilan javob
berish hammaning ham qo'lidan kelavermaydi. Agar sizga kimdir yomonlik qilsa, har qancha qiyin
bo'lsa-da, unga albatta yaxshilik bilan javob qaytaring. Shunda u qilgan ishidan pushaymon bo'ladi,
uyalganidan ikkinchi marotaba yomonlikka qo'l urmaydi.
«Temur tuzuklari»da shunday so'zlar bor: «Menga hasad qilib, o'ldirishga qasd qilgan kishilarga
shunchalik sovg'a-in'omlar berib, muruvvat-u ehson ko'rsatdimki, bu yaxshiliklami ko'rib, xijolat teriga
g'arq bo'ldilar». Bundan ko'rinib turibdiki, bobomiz Amir Temur o'ziga dushmanlik qilgan kishilarga
ham yaxshilik qilib, ularni to'g'ri yo'lga boshlaganlar. Allomalarning quyidagi so'zlarini hamisha yodda
tutishimiz darkor:
Dunyoda topayin desang omonlik,
Birovga zarracha qilma yomonlk!
III; Mashg’ulotni yakunlash
O’quvchilarga quyidagi savollarni berib,ularni javoblari baholanadi.
1. Yaxshilik deganda nimani tushunasiz ?
2. Nima uchun allomalar yomonlikka yaxshilik bilan javob qaytarish kerakligmi uqtiradilar ?
3. «Yaxshilik» haqida hikoya tuzib, mazmuniga diqqat qiling ?
4. Yaxshilikning foydasi haqida kim qanday fikrlarni bildiradi ?
5. Siz ushbu hikoyadan o'zingizga qanday xulosa chiqarib oldingiz ?
Faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi
Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20___yil
2023-2024-o‘quv yili
19-mavzu: Yo’l harakat qoidalari nima uchun kerak
I.Kirish:
Sinf soati mashg’ulotning maqsadi:o’quvchilarga ko’cha harakatlanish qoidalari haqida tushuncha berish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa
olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini
ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy,
intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish,
kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xattiharakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
Sinf soati mashg’ulotning jihozi: tarqatma material, rasmlar.
Sinf soati mashg’ulotning borishi:
Tashkiliy qism: O’quvchilarning darsga tayyorgarligi, navbatchi axboroti.
II.Asosiy qism:
Chorrahalarda yoki yo’lning ayrim qismlarida (o’tish joylarida) piyodalar uchun svetofor
o’rnatiladi. Bu svetofor ikki ko’zli bo’lib, uning tepadagi qizil ko’zida to’xtab turgan piyoda
tasvirlangan. Shu signal yonganda piyodalar yo’l chetida to’xtab, yashil chiroq yonishini kutib turadilar.
Chunki bu payitda transport vositalari harakati uchun yo’l ochilgan bo’ladi.
Svetoforning pastki yurib borayotgan piyoda tasvirlangan signali yonganda piyodalar yo’ldan
o’ta boshlaydi. Chunki bu paytda transport vositalari uchun yo’l yopiq bo’ladi. Barcha haydovchi va
piyodalarning yo’l harakati qoidalariga rioya qilishlari, ko’cha va yo’l harakati qoidalarining
buzilmasligini nazorat qilish vazifasi Davlat yo’l harakati xavfsizligi xizmati bajaradi. Bu militsiyaning
maxsus qismi bo’lib, ular yo’llarda tartib saqlanishini ta’minlaydi, odamlarning hayotini va sog’liqlarini
himoyalaydilar.
III.Yakuniy qism:
Dars yakunida o’quvchilarni rag’batlantiriladi.
Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20___yil
20-mavzu: Inson qalbining quvonch-u qayg’usi kuychisi (G’azal mulkining sultoni Alisher Navoiy
tavallud topgan kun munosabati bilan).
I.Kirish:
Sinf soati mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarda avliyolar avliyosi, mutafakkirlarning mutafakkiri,
shoirlar sultoni Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga bo’lgan hurmat hamda qiziqishni yanada
rivojlantirish orqali ularning qalbi va ongiga mehr-oqibat, insonparvarlik, xalqparvarlik, vatanparvarlik
tuyg'u’larini singdirish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga
daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga
rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish
layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda
umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta
kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Sinf soati mashg’ulotning jihozi: Alisher Navoiy hayoti ijodini aks ettiruvchi lavhalar. Asarlaridan
namunalar.
Sinf soati mashg’ulotning borishi:
Tashkiliy qism: Mashg’ulot maqsadi bilan tanishtirish.
II.Asosiy qism: O’qituvchi:
Jahonki, muqaddas neni ko’ribdi,
Shu buyuk o’g’lingni ardoqlab dildan
Bariga onasan, ey qodir hayot.
Xalqim, ta’zim etsang arzigay tamom.
Asrlar qa’ridan boqib turibdi,
Uning nomi bilan birga bitilgan
Nurli bu yuzlarga nuroniy bir zot.
Dunyo daftariga o’zbek degan nom.
Nizomiddin Mir Alisher Navoiy 1441-yil, 9-fevralda Hirotning Bog’i Davlatxona atalmish joyida
dunyoga kelgan. Otasi G’iyosiddin Muhammad
( G’iyosiddin Kichkina) Тemuriylar saroyida
amaldorlardan, onasi Shayx Abusaid Changning qizi.
Alisher 7-8 yoshlarida she’r yoza boshladi.
U Mavlono Lutfiyni o’z ustozi deb bilar edi. Lutfiy
yosh Alisherning qobiliyatiga qiziqdi, iste’dodiga
yuksak baho berdi. Aziz bolalar , bu misralar orqali
kimni yodga olyapmiz? Bobomiz Alisher Navoiyni
“Navoiy va bulbul ”hikoyasini bolalar sahna
ko’rinishida ijro etishadi va Navoiy taxallusi qanday
qo’yilgani eslatiladi. Alisher Navoiyning ulug’ligi
yozib qoldirgan asarlarida, betakror obidalarida oz
aksini topgan .Turli sohadagi iste’dodli kishilarga o’z
shaxsiy jamg’armasidan homiylik qilib, o’nlab san’at
asarlarini yaratishga o’z hissasini qo’shgan. Shulardan
biri odamlarning uzog’ini yaqin qilayotgan qo’shni
Afg’oniston viloyatidagi Saripul ko’prigidir .Ko’prik
bunyodkori bilan teng umr ko’rib, 5 asrdan beri odamlarga xizmat qilib kelmoqda.Alisher Navoiy qay
manzilda yashab ijod qilmasin, adabiyotga, el-yurt obodligi yo’lida xayrli va savobli ishlarga o’z hissasini
qo’shgan. Uning oqil va donoligiga Husayn Boyqaro va butun saroy ahli lol qolgan “Non isi ” hikoyasi
o’qib beriladi. Har bir insonning bolaligidan mehr qo’ygan jonivori bo’ladi. Ularga shunchalik bog’lanib
qolishadiki, undan ayrilib qolish juda og’ir bo’ladi.
III Yakuniy qism: Navoiy oz she’larida Vatan madhini jo’sh urib kuylagan
O’zbek xalqining , o’zbek adabiyotining sevimli adiblari asarlari va ishlari davomchilari hamda
yurtimizga munosib farzand bo’lish bizning vazifamizdir.
Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20___yil
2023-2024-o‘quv yili
21-mavzu:Vatan sog’inchi ila yashagan siymo (Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kuni oldidan)
I-Kirish:
Sinf soati mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning
hayoti va ijodiga hurmat hamda qiziqishni yanada rivojlantirish orqali ularning qalbi va ongiga ona
Vatanga mehr-muhabbat, millatlararo hamjihatlik, dinlararo bag’rikenglik g’oyalarini singdirish
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga
daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga
rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish
layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda
umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta
kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.Sinf
soati mashg’ulotning jihozi: Bobur hayoti ijodini aks ettiruvchi lavhalar.
Asarlaridan namunalar.
Sinf soati mashg’ulotning borishi:
Tashkiliy qism: Mashg’ulot maqsadi bilan tanishtirish.
II. Asosiy qism:
Ulug’ o’zbek shoiri, mutafakkir, tarixchi va davlat arbobi;
markazlashgan davlat va boburiylar saltanati asoschisi.
Zahiriddin Muhammad Bobur Andijon (1483 y. 14 fevral)da
tug’ildi. Amir Temurning beshinchi avlodi, Farg’ona hukmdori
Umarshayxning farzandi. Bobur 12 yoshda (1494) taxtga
chiqdi. 1503-1504 yillarda Afg’onistonni egalladi. 1519-1525
yillarda Hindistonga 5 marta yurish qiladi. Uch asrdan ortiq
davom etgan (1526-1858 y.y.). boburiylar saltanatiga asos soldi
dekabrda Agra (1530 y. 26 dekabr)da vafot etdi. Qabri
keyinchalik vasiyatiga ko’ra Qobulga ko’chirilgan.
Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur Temuriylar
avlodining vakili bo’lib,bolaligidan ot bilan sirlashib katta
bo’lgan. Bu haqda “Boburnoma”asarida yozib qoldirgan. Unga ko’ra Bobur 10 yoshida yurib ketayotgan
ot ustida turib raqsga tusha olgan, tengqurlari bilan ot sportiga oid barcha o’yinlarda qatnashgan.
Bobur Samarqand uchun olib borilgan kurashlarda oz askarlari bilan qurshovda qolishadi. Uzoq kunlik
qamalda otlarni yo’qotmaslik chorasini o’ylab topadi. Suvga yog’ochlarni ivitib, ularning qipig’lari
bilan otlarni oziqlantirishadi. Uzoq safarga chiqqanda otlarni toliqtirib qo’ymaslik uchun ot qadamlarini
sanaydigan kishilarni tayinlab qo’yadi . Ma’lum masofani bosib o’tgach, ularni oziqlantirishgan,dam
berishgan. Chunki,ko’p yurgan otlar tashnalikdan, yoki tez chopganidan og’izlari ko’pirib, nobud
bo’lishi mumkin edi.
Bobur Samarqandda bir necha yil yashab ijod qildi, Xalqning farovonligi uchun bor kuchini ayamadi.
Uning hayoti xavf ostida qolganda ham o’z yurtini tashlab ketish oson bo’lmagan . Hayotining so’nggi
yillari Hindistonda o’tgan , hind xalqi shoirning san’atiga, uning asarlariga hurmat bilan qarashgan,
unga yordam berishgan . Hindistonda Bobur tomonidan qurilgan Tojmahal saroyi yer yuzining tirli
yerlaridan borgan sayyohlarning muqaddas qadamjolariga aylangan.
Bobur mehribon ota sifatida ham tan olingan. O’g’li Humoyun mirzo qattiq betobligida ollohdan
yolvorib” unung dardini menga ber-u, bolamni darddan xalos qil,” degan nolalari tufayli balki Humoyun
mirzo darddan xalos bo’lgandir.
III Yakuniy qism: Bobur asarlarida Vatanga sog’inch tuyg’ulari ifoda etilgan . Hayotining so’nggi
damlari vatandan uzoqda – quvg’inlikda o’tgani o’z she’rlarida yaqqol ifoda etilgan . O’zbek xalqining ,
o’zbek adabiyotining sevimli adiblari asarlari va ishlari davomchilari hamda yurtimizga munosib
farzand bo’lish bizning vazifamizdir.
III.Yakuniy qism:
Bolalarga yurtimizda yetishib chiqqan buyuk allomalar slayd namoyish etiladi. Rasmlarda kimlar
tasvirlangan? O’quvchilarning javoblari umumlashtiriladi.
Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20___yil
22-mavzu: Ilmli kishi xor bo’lmas
Kun shiori: Ilm o’rganish har bir mo’min uchun farzdir.
Kuchi bor birni yiqar,ilmi bor mingni…
Mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarga ilm,kasb-hunar turlari va ularning ahamiyati haqida
ma’lumot berish. O’quvchilarni ilmga va kasbga qiziqishlarini oshirish. O'quvchilarning og’zaki
nutqini ,xotirasini rivojlantirish,
Kommunikativ kompetensiya:
o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda bayon qila olish, savollarni to‘g‘ri qo‘ya olish va unga
javob bera oladi;
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
shaxs sifatida o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy rivojlantirib boradi;
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
jamiyat va oilasi manfaatlari uchun xizmat qilish
Ma’naviy-axloqiy madaniyatlilik kompetensiyasi:
bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil eta oladi.
O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik,savol-javob,tarmoqlash, amaliy.
I. Mashg’ulotni tashkil qilish. 1. Salomlashish.
2. Davomatni aniqlash.
3. O’quvchilarni mashg’ulotga tayyorlash.
II. Asosiy qism:
Dunyoda ilm-hunarlar ko’p. Hayotda har bir kasbning o’ziga yarasha o’rni, ahamiyati bor.
Novvoy xalq dasturxonini to’yimli va shifobaxsh nonlar bilan ta'minlasa, shifokor bemorlarni
davolaydi. Haydovchi odamlarning uzog'ini yaqin qilsa, dehqon el dasturxoniga shirin-shakar
qovun-tarvuzlar, don mahsulotlari va sabzavotlar yetkazib beradi. Chevar xushbichim kiyimkechaklar tikadi, me'mor yurt ko’rkiga ko’rk qo’shuvchi mahobatli binolar quradi...
Ota-bobolarimiz «Hunarli — unar», «Hunarli kishi xor bo’lmas», «Husniga emas, hunariga
boq», «Bir yigitga qirq hunar oz» degan edilar . Inson qaysi kasbni tanlashidan qafi nazar o’z
oldiga aniq maqsadlar qo’yishi va uni amalga oshirish uchun tinmay intilishi lozim. Hayotda
mashaqqatlarga chidagan va ularni yengib o’tganlargina o’z kasbining ustasi sifatida hurmate'tiborga sazovor bo’ladilar.
Kasb-hunar haqida hadislardan namunalar
aytish.
Kasbning eng yaxshisi kishining o’z qo’li bilan
bajaradigan ishi va halol savdodir.
Ilm o’rganish har bir mo’min uchun farzdir.
III:Mashg’ulotni yakunlash:
O’quvchilarga quyidagi savollarni berib,ularni
javoblari baholanadi.
1.Hunar deganda nimani tushunasiz ?
2.Kasb- hunarlarning birini ikkinchisidan
ustun
qo’yish mumkinmi?
3.Kasb-hunar haqidagi hadislarni o’qing ?
4.Rasmlarda qaysi kasb- hunar egalari tasvirlangan?
5.Siz katta bo’lganingizda kim bo’lmoqchisiz ?
”Ilm-hunarning foydasi “matni ustida ishlash.
Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20___yil
2023-2024-o‘quv yili
23-mavzu: Tejamkorlik – farovonlik manbai.
Kun shiori: “Mol-mulkni behuda isrof qilish–aqlsizlik, boylikni o’ylamasdan sarflash – tanazzul alomatidir”
Maqsad: O’quvchilarni tejamkorlikka o’rgatish, ularga ortiqcha isrofgarchilikka yo’l qo’ymaslikni uqtirish orqali
o’quvchilarning iqtisodiy savodxonligini, iqtisodiy ongini, iqtisodiy fikrlashi va iqtisodiy madaniyatlilik darajasini
oshirishdan iborat.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda
umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta
kiyinish, madaniy qoidalarga
va sog‘lom turmush tarziga
amal
qilish
layoqatlarini
shakllantirish.
Matematik savodxonlik, fan
va texnika yangiliklaridan
xabardor bo‘lish hamda
foydalanish
kompetensiyasi — aniq hisobkitoblarga asoslangan holda
shaxsiy, oilaviy, kasbiy va
iqtisodiy rejalarni tuza olish,
kundalik
faoliyatda
turli
diagramma,
chizma
va
modellarni o‘qiy olish, inson
mehnatini yengillashtiradigan,
mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan
foydalana olish layoqatlarini shakllantirish.Natija: O’quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan
xulosasi.
Foydalanadigan ko’rgazmali qurollar: ”, “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan
birga quramiz”, “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”, “Qonun
ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi”, Ma’naviyat
qalbim quyoshi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Har qanday narsada isrofgarchilik bor, ammo yaxshilik qilishda bo’lmaydi”
“Otalar so’zi”
O’qituvchi:
Iqtisod deb pul va mol kabi ne’matlarning qadrini bilmakni aytilur.
Mol qadrini biluvchi kishilar o’rinsiz yerga bir tiyin sarf qilmas, o’rni kelganda so’mni ayamas.
Saxovatning ziddi baxillik o’ldig’i kabi iqtisodning ziddi isrofdur. Alloh taolo isrof qiluvchilarni suymas.
Iqtisodni riyoya qilgan kishilar hamma vaqt tinch va rohatda yasharlar, arilar qish kunida yemak uchun bol
yig’ganidek, boshlariga keladurgan qora kunlarni o’ylab, oq pul yig’urlar. “Toma-toma ko’l bo’ur”, - demishlar.
Har narsa ozdan ko’payur.
Ko’pni ozayturg’uchi xotun kishi,
Ozni ko’payturmak erur er ishi.
Hozirgi zamonda maqsudga yetmak, o’z millatiga xizmat qilmak, xalqg’a maqbul bo’lmak uchun ilm va
mol lozimdur. Olamdagi hamma millatlarning hol va qudratli mol va boyliklari ila o’lchanadur. Har yerda boy
millatlar og’ir kelub, pallani bosub, xo’ja o’lganidek faqirlari yengil kelub, qul va asir bo’lub,osilib qoladur. Mol
topmakning eng barakatli yo’llari: hunarchilik, ekinchilik, chorvachilik, savdogarlikdur.
Xalq ichinda mo’tabar bir narsa yo’q davlat kabi,
Bo’lmag’ay davlat jahonda quvvat-u sihhat kabi.
Iqtisod, insof ziynatdur vujudi odama,
Yaxshi ne’mat yo’q kishiga sa’y ila g’ayrat kabi.
Abdulla Avloniy
Izoh: O’qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o’quvchilarning o’zlarini odob-axloq me’yorlariga
e’tiborli bo’lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
(O’qituvchi Avloniyning fikrlariga bugungi kundagi oilaga tajamkorlikda nimalarga e’tibor berish kerakligini
bog’lab ketadi)
Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20___yil
24-mavzu: Har doim bo’lsin onam! (8 mart – Xotin-qizlar bayrami munosabati bilan)
Kun shiori: “Jannat onalar oyo’i ostidadur”
Hadisdan
Maqsad: O’quvchilarga
aziz onajonlarimiz va opa-singillarimizga hurmat va ehtirom bilan
munosabatda bo’lish tuyg’ularini singdirish orqali ularni “Ayolga e’tibor – kelajakka e’tibor”, “Ayol
baxtli bo’lsa, jamiyat ham baxtli bo’ladi” degan g’oyalarga sadoqat ruhida tarbiyalash.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy,
intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish,
kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xattiharakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
Milliy
va
umummadaniy
kompetensiya — vatanga sadoqatli,
insonlarga
mehr-oqibatli
hamda
umuminsoniy va milliy qadriyatlarga
e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at
asarlarini tushunish, orasta kiyinish,
madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush
tarziga amal qilish layoqatlarini
shakllantirish.
Natija: O’quvchilarning erkin fikrlashi,
tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko’rgazmali qurollar:
”, “O’zbekiston mustaqillikka erishish
ostonasida”, O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning:
“Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”, “Erkin va farovon, demokratik
O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”,
“Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi”,
Ma’naviyat qalbim quyoshi,
shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma
materiallar.Doskada:
Bir umr axtardim samimiyatni
Va uni onalar ko’zida ko’rdim.
Zaminday kimgadir topinmoqchiydim,
Uni ham onaning o’zida ko’rdim.
Abdulla Oripov O’qituvchi:
Ona aziz, ona mo’tabar, ona do’st, ona jismu-jonimiz, o’z jonidan farzandini aziz bilgan zot. Ona
ertadan kechgacha farzandi tani-jonini, kamolini Ollohdan so’rab duo qilguvchi zot. Kasal bo’lsang,
yoki biror –bir g’amga botsang sen uchun qayg’urgan mehribon zot bu mushtipar onajoning. To’qqiz oy
seni vujudida asragan, hattoki o’sha davrda ham tug’ilajak farzandini, har qanday balolardan saqlashini
so’ragan, uni o’zicha katta bo’lsa farzandim buyuk ishlarga qodir farzand bo’ladi deb, orzu qiladi. Ona
bir umr farzandi kelajagi uchun qayg’uradi.
Qadim zamonda buyuk kushoniylar davlati sarkardasi Pahlavon Shukrilloh o’tgan ekan. Uning
pahlovonligi, dovyurakligi el og’zida doston bo’lib, jangga sobut-dubulg’asiz, qalqonsiz qo’lida qilich
bilan kirar va doim g’alaba qilar ekan. Davrlar o’tib Pahlavonning yoshi ellikka boribdi.
Bir kuni temirchining oldiga borib, o’ziga qalqon, sovut buyurtiribdi. Navbatdagi jangda
pahlavon sovut-qalqon va qilich bilan paydo bo’libdi. Shunda atrofdagilar hayron bo’lib so’rashibdi:
Ey, sarkarda, bu holda hech janggakirmas edingiz-ku…
Sarkarda bir xo’rsinib debdi:
Janglarda meni duo qilib turguvchi onaizorim olamdan o’tdi. Bu duo menga qolqon, sovut edi,
o’q o’tkazmas dubulg’a edi. Endi u kishi yo’q.
Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20___yil
2023-2024-o‘quv yili
25-mavzu: Sport-sog’lik garovi
I.Kirish:
Sinf soati mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarda jismoniy tarbiya va sportga qiziqishni kuchaytirish orqali
ularni jismoniy va axloqiy jihatdan barkamol etib tarbiyalash, o’quvchilar ongiga sog’lom turmush tarzi
asosida yashash qoidalarini singdirish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni,
saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni,
media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy,
intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish,
kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xattiharakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
Sinf soati mashg’ulotning jihozi: Odam tanasi a’zolari va chiniqishga oid foto va illyustratsiyalar, plakatlar
hamda slayd va SD, DVD disklar.
Tashkiliy qism.
O’quvchilar bilan salomlashish. Davomatni aniqlash. Mashg’ulot mavzusining maqsad va vazifasi
bilan o’quvchilarni tanishtirish.
II.Asosiy qism. O’quvchilar faolligini oshirish maqsadida “Nima uchun?” metodidan foydalaniladi. sinfga
umumiy savol beriladi.
Nima uchun ?
Sog` tanda
sog`lom aql
Inson tanasi
sog`lom bo`lsa,
sog`lom fikrlaydi
Insonning tana a'zosi - bosh miya
faoliyatida ma'lumotlar saqlanadi va
kundanlik hayotda undan foydalanish
imkoniyatini beradi.
O’qituvchi o’quvchilarni faolligiga va zerkib qolmasligini inobatga olgan holda savollar beradi hamda
ularning javoblarini umumlashtirib, yangi mavzuni tushuntiradi.
Inson organizmi atrof-muhit bilan doimiy va chambarchas bog’liqlikda bo’ladi. Unga havo
haroratining, namlikning, shamol tezligining keskin o’zgarishi o’zining ta’sirini ko’rsatadi. Inson
organizmini maxsus tadbirlar yordamida atrof-muhitning zararli ta’sirlariga, hattoki infeksion kasalliklar
kabilarga nisbatan chidamliligini oshirish mumkin.Bular chiniqtiruvchi muolajalar yordamida amalga
oshiriladi.
Chiniqish – bu organizmni kasalliklarga qarshilik ko’rsata olishi uchun jismoniy turg’unlikni
o’zlashtirishiga aytiladi. Kasalliklardan tabiiy omillar yordamida forig’ bo’lish organizmni sog’lomlashtirish
deyiladi.
Musaffo havo.Musaffo, toza havo – barcha bolalar uchun foydali. Havo vannalarini quyosh va soyada
olish mumkin. Havo vannalarini qabul qilayotganda ko’proq harakatda bo’lishga harakat qiling.
Shamoldan himoyalangan joylarda havo vannalarini qabul qilish maqsadga muvofiq.Uni qabul
qilishni yoz faslida boshlagan yaxshi. Birinchi vanna +16°,+18° haroratda, 2-4 daqiqa davom etishi kerak,
keyinchalik esa 20 daqiqagacha uzaytiriladi. Agar harorat +20° bo’lsa – qabul qilish vaqtini ikki
barobar ko’paytirish kerak. Kunduzgi uyquni toza havoda oynalari ochiq xonada, ayvon yoki
shiyponda tashkillashtirish mumkin.
Tayyorlangan joyda yelvizak bo’lishiga imkon yaratish juda ham yaxshi, lekin o’zingiz yelvizakda
qolishingiz kerak emas. Havoning tozaligini muntazam kuzatib borish, tungi uyqudan oldin xonani
shamollatish maqsadga muvofiq.
Suv bilan chiniqish. uvning asosiy sog’lomlashtirish xususiyati: organizmda mavjud bo’lgan
moddalar almashinuvining zararli mahsulotlarni chiqarishda teriga yordam beradi va kasallik qo’zg’atuvchi
mikroblardan tozalaydi (cho’miliganda, vanna qabul qilganda).
III.Yakuniy qism.O’quvchilarga mavzuni mustahkamlash yuzasidan savollarni “Kim topqir” o’yini orqali
berish mumkin.
Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20___yil
26-MAVZU: NAVRO’Z – MEHR-OQIBATNI ULUG’LOVCHI QADRIYAT
(21 MART – NAVRO‘Z BAYRAMI MUNOSABATI BILAN)
Kun shiori: “Har tuning qadr o’libon, Har kuning o’lsun Navro’z”
Alisher Navoiy
Maqsad: O’quvchilarda milliy urf-odatlarimiz va an’analarimizga hurmat,milliyligini yo’qotmaslik,
boy,qimmatli asrlardan asrlargacha yetib kelayotgan urf-odatlarimizni saqlab qolishni singdirish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga
daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya
qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini
shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda
umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish,
madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Sinf soati mashg’ulotning jihozi: Mavzuga oid rasmlar,devoriy gazeta, DVD.
Doskada:
Yuraklarga solib hayojon,
Eshik qoqar biz kutgan mehmon.
Yelkasida bayram libosi,
Qo’llarida ochil dasturxon.
Dala dashtga bag’ishlab chiroy,
Yurtga keldi yana ko’klamoy.
Komil Sindarov
O’qituvchi:
Aslida, har qanday an’ana, urf – odat
hamda rasm – rusumlar muayyan
hayotiy zarurat tufayli paydo bo’lgan.
Ular muayyan xalqning turmush tarzi,
ruhiyat, ma’naviy dunyosi orzu –
istaklarining ifodasi bo’lib, ketma –
ket kelguvchi avlodlar ma’naviy –
axloqiy qiyofasining shakllanishiga
ham hal qiluvchi ta’sir o’tkazadi. Aksariyat an’analar mazmun – mohiyatida xalqni, elatni ezgulikka,
insonparvarlikk, yaxshilikka chorlashdek o’lmas g’oyalar yotadi. Ular davrlar talabi bilan ham shaklan, ham
mazmunan yangilanib, shunday an’analar borki ular o’zining ijobiy ta’siri, ko’pchilikni ruhiy ehtiyojlariga
mos tushishiga ko’ra umrboqiylik kasb etib, xalqning ma’naviy qadriyati darajasiga ko’tariladi. Sharq
xalqlarining ana shunday ma’naviy boyliklaridan biri Navro’zdir.
Navro’z – yashnash va yasharish bayrami, tabiatning uyg’onishiga guvoh bo’lmish yangi kunning
boshlanishidir.
“Navro’z “ forscha so’zi bo’lib, “ yangi kun “ degan ma’noni anglatadi. Sharq xalqlari tomonidan yilning 21
– mart kuni – kecha va kunduz tenglashgan kun yangi yil, Navro’z bayrami sifatida keng nishonlanadi. U
dehqonlar uchun ekin – tekin ishlarini boshlanish pallasiga to’gri keladi. Buyuk mutafakkir bobomiz Alisher
Navoiy bu kunni shunday ta’riflaydi:
Vasli aro ko’rdim, teng emish bo’yi – yu sochi,
Tun – kun ekan, zohir o’lur bo’ldi chu Navro’z.
Navro’z juda qadimiy bayramdir. Bu faktni o’tmish allomalarimiz o’z asarlaridan asoslab berganlar.
Jumladan, Abu Rayhon Beruniyning ”Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorlikka “ Umar Hayyomning “
Navro’znoma “ , Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma”, Xoja Ali Termiziyning “ Navro’znoma “, Alisher
Navoiyning “Saddi Iskandariy” asarlari Navro’z va uning paydo bo’lish tarixi, u bilan bog’liq urf – odat,
rasm – rusumlar haqida muhim ma’lumotlarni beruvchi qimmatli manbalardir. Mustaqillik yillarida esa
Navro’z bayrami ilgari hech qachon ko’rilmagan ko’lam va shukuh – la madaniy hayotimizdan munosib joy
oldi.
Topshiriq:
“Navro’z ” bayrami bilan bog’liq bo’lgan an’ana va udumlarimizni
“Diolog” usulida ochib beradilar.
Izoh: O’qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o’quvchilarning o’zlarini odob-axloq me’yorlariga
e’tiborli bo’lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20___yil
2023-2024-o‘quv yili
27-mavzu: Amir Temur – komillik namunasi
(Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun munosabati bilan).
Kun shiori: “Amir Temur faxrimiz-g’ururimiz”
Maqsad: O’quvchilarning buyuk davlat arbobi va jahongir lashkarboshi, Sohibqiron Amir Temurga bo’lgan
cheksiz hurmatlarini yanada rivojlantirish hamda ular ongiga Amir Temur bobomiz faxrimiz-g’ururimiz
ekanligini singdirish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his
etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va
fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va
milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va
sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Sinf soati mashg’ulotning
jihozi:Mavzuga oid rasmlar,devoriy gazeta, DVD.
Sinf soati mashg’ulot borishi:
Tashkiliy qism
O’qituvchi:
Doskada: Amir Temur besh narsaga e’tiqod qo’ygan:
1. Alloh.
2. Tafakkur.
3. Qilich.
4. Imon.
5. Kitob.
O’qituvchi:
AmirTemur, Sharafuddin Ali Yazdiyning bergan ma’lumotiga ko’ra, xijriy 736 yil ( milodiy 1336 yil 9 aprel) da
Qashqadaryo vohasining Shaxrisabz (Kesh) bekligiga qarashli Xo’ja Ilg’or qishlog’ida, barlos Tarag’ay
xonadonida tavallud topgan.
Temur o’smirlik yoshidanoq Qur’onni yod bilgan. Uni ulamolar imtihon qilishib, quvvai xotirasiga tasannolar
aytishgan. O’n ikki yoshga to’lganida u: “ bolalarcha o’yinlardan orlanadigan bo’ldim va vaqtimni o’zimga
tengqur o’spirinlar bilan o’tkazishga harakat qildim ”, deydi.
Sohibqiron Amir Temur Movaounnahrning yagona hukmdori bo’lib olgach, buyuk saltanat barpo etishni o’z
odiga maqsad qilib qo’yadi. O’zining porloq istiqboliga katta umid va ishonch bilan qaragan Temur ruhiyatini
nafaqat o’zining tug’ma bahodirligi va jasorati bilan, balki ayni zamonda Allohga va Qur’onga bo’lgan ishonchu
e’tiqodi bilan ham mustahkamlagan edi. Bu hol uning har qanday og’ir va qiyin sharoitlarda ham to’g’ri tadbir
belgilash va undan chiqib ketishini ta’minlar edi. Taqdirni bilishda Qur’oni Karim, ilmi nujumga, tush tabirlariga,
turli xil bashoratlarga va mushkul masalani hal qilmoqchi bo’lsa, avval Qur’onni dasturlamal deb bilardi.
Amir Temurning buyuk saltanat barpo qilish bobidagi say-harakatini shartli ravishda ikki davrga bo’lish mumkin.
Birinchi davr 1370-1388 yillarni o’z ichiga oladi. Bu davrda Amir Temur asosan turkiy xalqlardan tashkil topgan
Chig’atoy mulkini markazlashgan qudratli davlatga birlashtirish uchun kurashadi.
Buyuk sarkarda Sohibqiron Amir Temur Movarounnahr va Xurosonni birlashtirib, markazlashgan saltanatga asos
soldi. Jahon sahnasida, Yevropani saqlab qolgan mard sarkarda nomi bilan, milliy davlatchiligimizga tamal
toshini qo’ygan shaxs sifatida tarixda nomi qoldi va bugun avlodlari har daqiqada nomini ulug’laydi.
Topshiriq: “Ta’rif” metodi, bunda o’quvchilar Amir Temur bobomizga o’zlarining mustaqil ta’riflarini beradilar.
Bunda avvalo o’quvchilarning so’z boyligi, shaxsiy dunyoqarashi, erkin fikrlashi, insonlarning xususiyatlarini
anglay olish qobiliyati,zukkoligi shakllanadi.
Izoh: O’qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o’quvchilarning o’zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli
bo’lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
Mavzu xulosalanib, faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.
Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20___yil
28-mavzu: Mehnatdan kelsa boylik, turmush bo’lar chiroylik
Kun shiori: “Dunyodagi asl boylik – o’z halol mehnating samarasi”
Maqsad: O’quvchilarda mehnatga bo’lgan to’g’ri munosabatni shakllantirish orqali ularga halol mehnat
bilan topilgan boylik hech qachon yo’q bo’lmasligi haqidagi tushunchalarni singdirish, o’quvchilarni
aqliy va jismoniy mehnatga o’rgatish hamda ularda jamoa bilan birgalikda mehnat qilish ko’nikmalarini
tarbiyalash.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa
olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini
ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy,
intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish,
kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xattiharakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
Natija: O’quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko’rgazmali qurollar: Mavzuga oid rasmlar,devoriy gazeta
Doskada: Yoz oftobi – qishga dori.
Mehnat salomatlik garovi.
Miskin
O’qituvchi:
Har bir xalq mehnarsiz, san’atsiz va musiqasiz hech qachon yashay olmaydi. Lekin, o’sha mehnat,
tasviriy san’at va musiqa ham milliy va jahon talablariga javob bersagina.
Mehnat, asosan, ikki turli bo’ladi: aqliy mehnat va jismoniy mehnat. Insoniyat qo’llari yordamida
jismoniy kuch sarflab amalga oshiriladigan ishlar jismoniy mehnatni aqliy mehnatdan ajralgan holda
tushunish mumkin emas. Jismoniy mehnat aql yordamidagina mazmunli, yaxshi sifatli va mahsuldor
bo’ladi: aqlli odam ketmon chopsa ham, traktor haydasa yoki zavod-fabrikada biror jismoniy vazifani
amalga oshirsa, uning ishi yaxshi natija beradi. Aql aralashmagan ishning mahsuli bo’lmaydi.
Aqliy mehnat egalari – o’qituvchilar, shifokorlar, olimlar, shoir-yozuvchilar, noshirlar va boshqalar
bo’lib, ular ma’naiyat egalaridir. Agar jismoniy mehnat egalari jamiyatni iqtisodiy tomondan ta’min
etishsa, aqliy mehnat egalari insoniyatning ma’naviy yuksalishiga xizmat qiladilar.
O’quvchi aqliy mehnat egasi bo’lib, hamisha o’qiydi, yozadi va o’z ma’naviy olamini boyitish yo’lida
mehnat qiladi. Oilada, jamoat orasida jismoniy mehnat bilan shug’illanishga to’g’ri keladi, maktabda esa
o’z sog’lig’ini mustahkamlash uchun badantarbiya darslariga qatnashadi. O’quvchining o’z odabini
namoyish qiladigan yana bir imkoniyati borki, bu uning jamoa mehnatida faol ishtirok etishidir.
Topshiriq: O’quvchilarning I-guruhiga: “Maktabda hashar” mavzusida rasm chizadilar, II-guruhiga:
“Musiqa” asboblarini tezlik bilan aytish.
Izoh: O’qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o’quvchilarning o’zlarini odob-axloq me’yorlariga
e’tiborli bo’lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
Maktab MMIBDO‘______________________ ___________________________ sana______ _______ 20___yil
2023-2024-o‘quv yili
29-mavzu: Maxsus avtomobil va mototsikllar haqida suhbat
(Yo’l harakati qoidalari)
I.Kirish:
Sinf soati mashg’ulotning maqsadi : o’quvchularga ko’cha harakati qoidalari haqida
tushuncha berish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa
olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini
ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy,
intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish,
kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xattiharakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
Sinf soati mashg’ulotning
jihozi:Mavzuga oid rasmlar,devoriy gazeta,DVD.
Sinf soati mashg’ulot borishi:
Tashkiliy qism
O’qituvchi:
II.Asosiy qism: O’qituvchi:
Yong'inlarni o‘chirish, birinchi tibbiy yordam ko'rsatish, militsiya xodimlarini hodisa ro‘y bergan joyga
yetkazish, tabiiy ofatlar vaqtida qutqaruv ishlarini olib borish, gaz va vodoprovod quvurlarini
ta’mirlashda maxsus avtomobil va vertolyotlardan foydalaniladi. Maxsus avtomobillar, vertolyotlar va
mototsikllardan transport vositalarining haydovchilari yo‘l qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish
uchun ham foydalaniladi. Bunday avtomobil va mototsikllar „Sirena“ turidagi maxsus tovush signali
bilan jihozlanadi. Bundan tashqari maxsus avtomobil kuzovining tomiga qizil yoki havo rangli
pirpirovchi (yoki miltillovchi) chiroq o‘rnatiladi. Militsiya mashinalariga, shu jumladan DYHXX
avtomobillariga hamda qutqaruv ishlarini olib
borishda ishlatiladigan avtomobillarga radiokarnay o‘matiladi.
Haydovchilar va piyodalar transport oqimida darhol ko‘rishlari uchun, avtomobillar maxsus ranglarga
bo'yalgan bo'ladi. O‘t o‘chiruvchi mashinalar qizil rangga bo'yaladi. Militsiya mashinalari kuzovining
yon tomonlariga zarur hollarda qo‘ng‘iroq qilish uchun olti yoki yetti raqamli telefon raqamlari yoziladi.
„Tez yordam" mashinalarining kuzoviga esa 103 raqami tushirilgan bo'lib, bu telefon orqali tez tibbiy
yordam chaqiriladi.
Qutqaruv ishlarini olib borish uchun katta quvvatga ega bo‘lgan yuk avtomobillariga o'rnatilgan turli
jihozlardan: yuk ko'taruvchi kranlardan, yuklovchi qurilmalardan, harakatlanuvchi elektr stansiyalaridan
va boshqa jihozlardan foydalaniladi.
Tramvay va trolleybus yo'nalishlarining simlarini ta’mirlash uchun, o‘zi ko'tariluvchi maydonchasi bor
yuk avtomobillaridan foydalaniladi.
Gaz tarmoqlarini ta’mirlash xizmati avtomobillarining kuzovida sariq rangdagi chizig tushirilgan boladi.
Maxsus avtomobillar hodisa ro‘y bergan joyga borayotganda „sirena“ tovush signalini ulaydilar va
kuzov tepasidagi pirpirovchi chiroqni yoqadilar. Bunday vaziyatlarda bu avtomobillar svetoforning har
qanday ishorasida ham to‘xtamasdan harakatlanish huquqiga egalar va boshqa transport vositalari
haydovchilari ularga darhol yo‘l berishlari shart. Piyodalar „sirena“ tovushini eshitishlari bilan yo'lni
bo'shatishlari va maxsus mashinalar o‘tib ketmaguncha yo‘lkadan tushmasliklari kerak
III.Yakuniy qism:
O’quvchilar fikrlarini xulosalab,faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.
Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20___yil
30-mavzu: Qahramonlik,burch va fidoyilik (Xotira va qadrlash kuni oldidan)
Kun shiori: “Xotira uyg’onsa go’zal”
Maqsad: O’quvchilar qalbi va ongiga ajdodlar xotirasiga hurmat, tiriklarni qadrlash tuyg’ularini singdirish orqali
ularda hozirgi kunlarimizga shukronalik, tinchlikning qadriga yetish hamda ajdodlarga munosib voris bo’lish
xislatlarini tarbiyalash.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy,
intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish,
kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xattiharakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga
daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga
rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish
layoqatlarini shakllantirish.
Natija: O’quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko’rgazmali qurollar: Alisher Navoiy asarlari, Temurnoma, Temur tuzuklari, Sarbadorlar,
Buyuk Turon amir yoxud aql va qilish, Buyuk siymo, Amir Temur chamani kitoblari, Ma’naviyat qalbim quyoshi,
shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada:
Xotira dunyoda aziz, mo’tabar,
U-ona, u-ustoz, u-suyuk padar.
Va lekin qimmati qolmasdi uning,
Eslaydigan zuryod bo’lmasa agar.
Abdulla Oripov
O’qituvchi:
Xalqimiz qadim-qadimdan o’z
ajdodlarini munosib xotirlab kelgan.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi
Prezidentining 1999 yil 12 maydagi
farmoyishiga binoan, 9 may “Xotira
va qadrlash kuni” sifatida
nisholanadigan bo’ldi. Shu
munosabat bilan O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining “Vatan va xalq
ozodligi yo’lida qurbon bo’lgan
fidoiylar xotirasini abadiylashtirish
to’g’risida”gi qarori ham e’lon
qilindi.
Ajdodlarimiz azal-azaldan vafot etgan yaqinlari, qarindoshlarini eslab qabristonlarga borishgan, qabrlarni tozalab,
atrofiga tol-terak, gulu rayhonlar ekkan, yaxshi fazilatlarini xotirlashgan. Yurtimizda Islom dini joriy qilinishi
bilan “Qurbon hayiti”, “Ramazon hayiti” arafalarida marhumlar eslanib, ularning ruhiga duoi fotiha o’qilgan.
Tongda qabristonga borilib, qabrlar ziyorat qilingan. Marhum ota-onalar, aka-opalar, qarindosh-urug’, ustozlar,
jamiki bu dunyodan o’tib ketganlar esga olingan.
U Mustaqillik maydoni xiyobonidagi mangu alanga yodgorligi atrofida joylashgan. Uning bir tomonida ayvonlar
qad ko’targan bo’lib, uning tokchalariga o’rnatilgan metal taxtalarga Ikkinchi jahon urushida halok bo’lgan
o’zbekistonlik barcha jangchilarning ismi-sharifi yozilgan. Ayvonlar milliy an’anaviy me’morlik uslubida
qurilgan bo’lib, majmuani bunyod etishda o’ymakorlik bilan jozibador bezak ishlari amalga oshirilgan.
Topshiriq: O’quvchilar 4 guruhga bo’linib, o’zlariga berilgan savolga ma’lumotlar to’playdi.
I-guruhga: “Ikkinchi jahon urushi”;
II-guruhga: “O’zbek xalqining urushga qo’shgan hissasi”;
III-guruhga: “Ikkinchi jahon urushi qahramonlari”;
IV-guruhga: “Ikkinchi jahon urushidan omon qaytganlarga e’tibor”.
Izoh: O’qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o’quvchilarning o’zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli
bo’lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20___yil
2023-2024-o‘quv yili
31-mavzu: Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish
(Yo’l harakati qoidalari)
I.Kirish:
Sinf soati mashg’ulotning maqsadi : o’quvchularga ko’cha harakati qoidalari haqida tushuncha berish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa
olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini
ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy,
intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish,
kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xattiharakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
Sinf soati mashg’ulotning
jihozi:Mavzuga oid rasmlar,devoriy gazeta,DVD.
Sinf soati mashg’ulot borishi: Tashkiliy qism
O’qituvchi:
II.Asosiy qism:
BIRINCHI YORDAM Tezyordamni chaqiring. Shikastlangan odamning boshini qaysi holatda
uchratgan bo'lsangiz, shu holicha ikki tomonidan qo'llaringiz bilan qimirlamasligini ta'minlang. Nafas
yo'llarining o'tkazuvchanligini ta'minlang. Es-hush va nafas darajasini kuzating.
Tashqiqonketishinito'xtating. Shikastlangan odamning me'yoriy tana haroratini ta'minlang. Agar
shikastlangan odam boshida himoya qalpog'i bo'lsa, uni yechmang. Uni shikastlangan odam nafas
olmayotgan holdagina yeching.
HARAKAT-TAYANCH SOHASINING SHIKASTLANISHI
Harakat - tayanch sohasining shikastlanishi juda keng tarqalgandir. Ular turli sharoitlarda yuz beradi:
yiqilganda, noqulay yoki kutilmagan harakatda yoki yo'l-transport hodisasida. Sinish bu suyak
butunligining buzilishidir. U to'liq va chala, yopiq yoki ochiq bo'lishi mumkin. Nisbatan keng tarqalgan
yopiq sinishda teriga shikast yetmaydi. Ochiq sinishda esa, yara jarohati yuz beradi.
CHIQISH - bu suyak bo'g'imdagi odatiy holatiga nisbatan siljishidir.
Suyakning chiqishiga sabab bo'lgan katta kuch ta'sirida suyak sinishi va atrofdagi asab hamda qon
tomirlarga jarohat yetkazishi mumkin. Suyakning chiqishini bo'g'imning ko'zga tashlanadigan
deformatsiyasiga ko'ra osonlik bilan aniqlash mumkin.
BIRINCHI YORDAM
• Tana jarohatlangan qismining harakatsizligini ta'minlash
• Jarohatlangan joyga sovuq narsa qo'yish
Tananing jarohatlangan qismi "shina" (taxtacha, karton, buklangan jurnallar, ko'rpa, bintlarva h.k) bilan
mustahkamlanadi.
• O'rnatilganidan so'ng barmoqlarni tekshir, paypaslab ko'rganingda ular iliq va tirnoqlar atrofi
pushti rangda bo'lishi kerak.
— Uvishishdan shikoyat bo'lsa, bog'lovni bo'shating.
XAVFSIZLIK HAQIDA YANA BIR ESLATMA
Agar jamoat transportida qarovsiz yotgan buyum bo'lsa, atrofdagilardan kimning buyumi ekanligini
so'rang, hech kim javob bermasa, darhol haydovchiga xabar bering.
Agar qarovsiz yotgan buyum uy eshigi oldida yoki yo'lakda bo'lsa, qo'ni-qo'shnilardan kimning buyumi
ekanligini so'rang, egasi topilmasa, darhol ichki ishlar idoralariga yoki 102 ga xabar bering va topilmani
ko'rgan vaqtingizni belgilab qo'ying.
III.Yakuniy qism: O’quvchilar fikrlarini xulosalab,faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.
Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20___yil
32-mavzu: Kitobdan yaxshi do’st bo’lmas
I.Kirish:
Sinf soati mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarning kitob o’qishga,ilm olishga,kutubxonadan
foydalanishga qiziqishini hosil qilsh.O’quvchilar qalbiga hamma narsadan ilm kuchli,qadrli ekanini
singdirish.
Kompetensiyani shakillantirish: o’zini-o’zi rivojlantirish
Sinf soati mashg’ulotning jihozi: DVD,disk, tarqatma material,rasmlar,plakat.
Sinf soati mashg’ulotning borishi:
Tashkiliy qism.
O’quvchilarning mashg’ulotga
tayyorgarligi,navbatchi axboroti.
II.Asosiy qism:
O’qituvchi:
Topishmoqning javobini toping:
Juda sevamiz uni,
U barchaning ulfati,
Xilma-xildir mazmuni.
Bo’lar ba’zan surati,
O’qituvchi emas-ku,
Qani,o’rtoq,buni top!
Bilim bera olar u.
Eslagan der: bu……(kitob)
-Demak,bugungi suhbatimiz nima haqida ekan? –Kitob haqida ekan.
-Bolajonlar ayting-chi? Kitob bizga nimalarni o’rgatadi?
-Kitob bizga dunyo sirlarini,ajoyibotlarini ochib beradi,yangi bilimlar egallashga yordam beradi.
Endi kitob haqida qissa tinglang. Buyuk hakim va faylasuf Ibn Sino yozadi:Arastunung
“Metafizika”(tabiatdan tashqaridagi hodisalar haqidagi fan) asarini to yod bo’lguncha qayta-qayta
o’qidim.Lekin baribir hech narsani tushunmadim.Tushunarsiz narsa ekan,degan xulosaga kelib tashlab
qo’ydim.Bir kuni muqovasozlar bozoridan o’tayotib,bir savdogarning o’z kitoblarini maqtayotganini eshitib
qoldim.Do’konga yaqin bordim.Savdogar menga kitoblardan birini ko’rsatdi.Bu Abu Nasr Farobiyning
“Metafizikaning asosiy qoidalari” deb nomlangan asari edi.Men biroz tajang bo’lib,tushunarsiz ilmdan hech
qanday foyda yo’qligini aytib, kitobni rad etdim. Sotuvchi esa qo’yarda -qo’ymay kitobni arzon bahoda
sotib olishga undardi.Axiyri kitobni bor-yo’g’I uch dirhamga sotib oldim.Uyga qaytib,kitobni mutolaa
qilishga kirishdim: u menga o’z sirlarini ochdi va men falsafaga oid barcha savollarimga javob topdim.
2-qissa: Donishmand Abu Bakr al-Xorazmiy og’ir betob edi.Shogirdlari undan so’radilar:
-Ko’nglingiz nimani xohlaydi,ishtahangiz nimani tusamoqda?
-Kitobning yuziga bir qarasam,-dedi u.
Mana,ko’rdingizmi,yaxshi kitob dastlab qiyin,tushunarsiz bo’lib tuyulgan ilm yoki voqealarni anglab
yetishga hammamizga ko’maklashadi,yangi bilimlarni egallashda yordam beradi va bizga to’g’ri yo’lni
ko’rsatadi.
III.Yakuniy qism:
Kitob o’qish odob-qoidalari bilan tanishtirish.
1.Kitobni tanlay olish va zarurini o’qish.
2.Kitobni mustaqil o’qishni bilish.
3.O’qiganlaridan hayotiy xulosalar chiqarish.
4.Uning kerakli joylarini yon daftariga ko’chirib,uni esda saqlash.
5.Kitobni yaroqsiz holga keltirmaslik uchun undan to’g’ri foydalanishni bilish.
6.Kitobni shoshmasdan o’ylab,diqqat – e’tibor bilan o’qish malakalariga ega bo’lish.
7.Qayta-qayta o’qish – kitobxonlik ko’nikmasini orttirish.
Demak,kutubxonalar bizni kitoblar dunyosiga boshlar ekan.Ajdodlarimizdan o’rnak olib,bo’sh vaqtingizni
kitob o’qishga sarflashga harakat qiling,kitobni seving.Kitob o’qish qoidalariga rioya qiling.Sizning hozirgi
mehnatingiz kitob o’qishdir.Kitob o’qish uchun mehnat sarflasangiz o’qimishli kishi,hatto katta olim
bo’lib,O’zbekistonning kelajagi uchun yangiliklar yaratasiz.
O’quvchilarni rag’batlantirish.
Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20___yil
2023-2024-o‘quv yili
33-mavzu: Buyuruvchi belgilar
(Yo’l harakati qoidalari)
I.Kirish:
Sinf soati mashg’ulotning maqsadi : o’quvchularga ko’cha harakati qoidalari haqida
tushuncha berish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa
olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini
ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy,
intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish,
kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xattiharakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
Sinf soati mashg’ulotning
jihozi:Mavzuga oid rasmlar,devoriy gazeta.
Tashkiliy qism: O’quvchilarning darsga tayyorgarligi, navbatchi axboroti.
II.Asosiy qism:
Buyuruvchi belgilar asosan havo rang, belgisi oq, ko‘rinishi doira shaklida bo‘lib, transport
vositalarining muayyan tartib bo‘yicha harakatlanishini talab etadi.
Buyuruvchi belgilar, odatda, yo‘lning muayyan tartib bo‘yicha harakatlanish lozim bo‘lgan qismlari
oldida o‘rnatiladi. Bu belgilarning ta’siri qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldida
o‘rnatilsa, shu kesishmaga tatbiq etiladi.
4.1.2. «Harakatlanish o‘ngga»
Mazkur belgi chorrahalarning oldida o‘rnatilib, belgilangan yo‘nalishda qatnaydigan transport
vositalaridan tashqari barcha transport vositalariga to‘g‘riga harakatlanishni, chapga burilishni
va ortga qayrilishni taqiqlaydi.
4.1.3. «Harakatlanish chapga»
Mazkur belgi chorrahalarning oldida o‘rnatilib, belgilangan yo‘nalishda qatnaydigan transport
vositalaridan tashqari barcha transport vositalariga to‘g‘riga harakatlanishni, o‘ngga burilishni
taqiqlaydi, biroq ortga qayrilishga ruxsat etadi.
4.1.4. «Harakatlanish to‘g‘riga yoki o‘ngga»
Mazkur belgi chorrahalarning oldida o‘rnatilib, belgilangan yo‘nalishda qatnaydigan transport
vositalaridan tashqari barcha transport vositalariga chapga burilishni va ortga qayrilishni
taqiqlaydi.
4.1.5. «Harakatlanish to‘g‘riga yoki chapga»
Mazkur belgi chorrahalarning oldida o‘rnatilib, belgilangan yo‘nalishda qatnaydigan transport
vositalaridan tashqari barcha transport vositalariga o‘ngga burilishni taqiqlaydi, biroq ortga
qayrilishga ruxsat etadi.
III.Yakuniy qism:
O’quvchilar fikrlarini xulosalab,faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.
Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20___yil
34-mavzu: Oltin yoz – o’tsin soz!
Kun shiori: “Yoz qanday sozl”
Maqsad: O’quvchilarga yozgi ta’tilni mazmunli o’tkazish bo’yicha tavsiyalar berish, ularga yozgi
oromgohlarga yoki cho’milish havzalariga borganda ehtiyot bo’lishlikni uqtirish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy,
intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish,
kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xattiharakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga
daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga
rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish
layoqatlarini shakllantirish.
Sinf soati mashg’ulotning jihozi: Yozgi ta’tilda o’qiydigan kitoblar ro’yxati, ya’ni bolalar
yozuvchilarining asarlari.
Tashkiliy qism: O’quvchilarni darsga hozirlash
II.Asosiy qism:
Doskada:
Yoz. Vaqtning o’tganin bildirmagay hech,
Yoz – saxiy, qo’lida sovg’a-salomi.
Vujudni to’ldirib tindirmagay hech,
Uch oy eslamagay hech zot zavolin.
Usmon Azim
O’qituvchi:
O’quv yili ham tugab bormoqda. O’quv yilini har o’quvchi o’ziga xos bo’lgan holatda tugatdi.
Bu davrda juda ilmlarga ega bo’ldingiz. Juda ko’p fan sirlaridan ogoh bo’ldingiz. Bir qancha tadbirlarda
qatnashib, boy inteluktual bilimga ega bo’ldingiz. Hash-pash deguncha yozgi ta’tilga yetib keldingiz.
Yoz juda yaxshi bu avvalo, bolalarga zavq bag’ishlaydi. Ko’pchilik o’quvchilarimiz
oromgohlarga, ba’zilari tabiat quchog’iga, ba’zilari boshqa viloyatlarga dam olishga ketadilar. Dam
olishga borganda albatta, katta hamrohligida amalga oshiriladi. Yozgi oromgohlarda avvalo, odob-axloq
me’yorlariga e’tibor berishingiz talab etiladi.
III.Yakuniy qism: Yozgi ta’tilda faqat dam olish emas, balki bolalar yozuvchilarining asarlarini
mutoala qilishingiz, suv havzalariga borganda juda ehtiyot bo’lishingiz kerak.
Topshiriq: Har bir o’quvchining yozda nima ish bilan mashg’ul bo’lishligi haqida
o’quvchilardan sinf rahbari ma’lumot oladi va daftariga qayd etib qo’yadi.
Izoh: O’qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o’quvchilarning o’zlarini odob-axloq
me’yorlariga e’tiborli bo’lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka
undab boradi.
Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20___yil
Download