Uploaded by Ezoza Choriqulova

anatomiya mustaqil ish

advertisement
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
TIBBIYOT FAKULTETI
DAVOLASH ISHI YO’NALISHI
83F-23DI guruh talabasi
Choriqulova E’zoza
Mavzu: Qo’l suyaklarining variantli anatomiyasi,
rivojlanish nuqsonlari, qo’l suyaklarining rivojlanishiga
ichki va tashqi faktorlarning ta’siri
YELKA KAMARI SUYAKLARI
Clavicula
Scapula
CLAVICULA
S shaklida bukilgan uzun naysimon suyak.
O’mrov tanasi (corpus claviculae), to’shga
qaragan uchi (extremitas sternalis) va acromion
uchi (extremitas acromialis) tafovut qilinadi.
To’sh qaragan uchi oldinga turtib chiqqan va
yo’g’onlashgan bo’lib, to’sh suyagi bilan
birikadigan bo’g’im yuzasi (facies articularis
sternalis) bor. Uning orqaga qaragan kurak
suyagining akromioni bilan birlashadigan yassi
acromion bo’g’im yuzasi (facies articularis
acromialis) bor.
O’mrov suyagi tanasining yuqori yuzasi silliq, pastki
yuzasida boylamlar birikadigan konussimon
do’mboqcha (tuberculum conoideum) va
trapetsiyasimon chiziq (linea trapezoidea) mavjud.
RENTGENOANATOMIYASI
Old to’g’ri proyeksiyalardagi
rentgenogrammalarda o’mrov
suyagi III-IV qovurg’alar sohasida
gorizontal joylashgan quyuq soya
beradi. O’mrov suyagining yuqori
chekkasi tekis, pastki chekkasida
uning ikkala uchi yaqinida g’adirbudirliklar ko’rinadi
SCAPULA
Unda 3 ta: angulus superior, angulus lateralis va
angulus inferior hamda shunga mos ravishda 3 ta: margo
medialis, margo lateralis va margo superior tafovut
qilinadi. Facies posterior qavariq bo’lib, uni spina
scapulae ikkiga: fossa supraspinata va fossa
infraspinata ga ajratadi. Spina scapulae angulus lateralis
tomonga ko’tarilib borib kengayadi va acromion ni hosil
qiladi. Uning uchida facies articularis clavicularis bor.
Facies costalis biroz bukilgan fossa subscapularisni hosil
qiladi. Angulus lateralis yo’g’onlashib, caput humeri bilan
birlashadigan cavitas glenoidalisni hosil qiladi. Cavitas
glenoidalis ustida tuberculum supraglenoidale, tagida
tuberculum infraglenoidale bor. Cavitas glenoidalisdan
keyin toraygan collum scapulae bor. Margo superiorda
incisura scapulae bo’lib, u bilan bo’yini o’rtasida
processus coracoideus ko’tarilib turadi.
RENTGENOANATOMIYASI
Old to’g’ri proyeksiyadagi
rentgenogrammada kurak suyagi ko’krak
qafasining yuqori lateral qismida 2-7
qovurg’alar sohasida uchburchak shaklida
ko’rinadi. Uning tanasi, 3ta chekkasi va
burchagi, tumshuqsimon o’simtasi aniq
ko’rinadi.
Bo’g’im chuqurchasidan biroz yuqori va
medialroq tumshuqsimon o’simta soyasi
bukilgan shaklda ko’rinadi. Yon
rentgenogrammada kurak suyagining o’tkir
qirrasi, acromion va pastki burchagi aniq
ajratiladi.
PARS LIBERA MEMBRI SUPERIORIS:
HUMERUS, ULNA, RADIUS, OSSA MANUS.
HUMERUS
1) Caput humeri
2) Collum anatomicum et chirurgicum
3) Tuberculum majus et minus
4) Crista tuberculi majoris et minoris
5) Sulcus intertubercularis
6) Tuberositas deltoidea
7) Sulcus nervi radialis
8) Condylus humeri
9) Epicondylus medialis et lateralis
10) Trochlea humeri
11) Capitulum humeri
12) Fossa coronoidea, radialis et olecrani
13) Sulcus nervi ulnaris
14) Crista supraepicondylaris medialis et lateralis
RENTGENOANATOMIYASI
Yelka suyagi boshchasining zich moddasi tashqi
chegarasi aniq sharsimon soya shaklida ko’rinadi va
qisman kurak suyagi bo’g’im chuqurchasiga
qavatlanadi. Bo’g’im chuqurchasi boshchaning 1/3
qismi yuzasini qoplab turadi.
Yelka suyagi diafizi rentgenogrammasida zich modda
qatlamlari o’rtasida joylashgan suyak iligi kanali
yaxshi kuzatiladi. Suyak tanasining oldingi yuzasida
xirurgik bo’yindan pastda kata do’mboqcha qirrasi
aniqlanadi.
Yelka suyagining pastki uchi uchburchakli prizma
shaklida bo’ladi. Unda lateral va medial do’ng usti
do’mboqchalari ajratiladi Pastki epifiz bo’g’im yuzasi
yelka suyagi g’altagi va yelka suyagi do’ngligining
boshchasidan iborat.
ULNA
1) Facies medialis, facies anterior et posterior
2) Margo anterior, posterior et interossea
3) Olecranon
4) Incisura trochlearis
5) Processus coronoideus
6) Tuberositas ulnae
7) Incisura radialis
8) Processus styloideus ulnae
9) Caput ulnae
10) Circumferentia articularis
RENTGENOANATOMIYASI
Old to’g’ri rentgenogrammada tojsimon
o’siqcha soyasi tirsak suyagi tasviriga, tirsak
o’sig’i soyasi esa yelka suyagining pastki
uchiga qavatlanadi. Tirsak suyagining
metadiafizi tashqi chekkasi bilak suyagi bilan
qo’shilib ketadi.
Tirsak suyagi yuqoriga qarab kengaysa bilak
suyagi pastga qarab kengayadi.
Yon tomon rentgenogrammada suyaklar
tasviri bir-birini bor bo’yiga yopadi. Faqat
tirsak suyagining oldingi yuzasi va bilak
suyagining orqa yuzasi alohida ko’rinadi.
RADIUS
1) Facies lateralis, facies anterior et
posterior
2) Margo anterior, posterior et
interossea
3) Caput radii
4) Fovea articularis
5) Collum radii
6) Tuberositas radii
7) Circumferentia articularis
8) Processus styloideus radii
9) Incisura ulnaris
10) Facies articularis carpalis
RENTGENOANATOMIYASI
Bilak suyagi diafizining metafizga o’tish
joyida zich moddaning yupqalashuvi va
g’ovak moddaning siyraklashuvi kuzatiladi.
Bu o’tish sohasi bilak suyagi qarshiligi
kamaygan qismi bo’lib, bu yerda bilak
suyagining sinishi kuzatiladi.
Bilak suyagi bitta asosiy va ikkita: yuqori va
pastki epifizlar uchun bittadan qo’shimcha
suyaklanish nuqtasidan rivojlanadi.
Asosiy suyak nuqtasi suyak diafizida homila
hayotining 8-haftasida paydo bo’ladi. Pastki
epifiz suyaklanish nuqtasi birinchi yilning
oxirida paydo bo’lib, 8-10 yoshlarda suyak
kengligini egallaydi va diafiz bilan 19-22
yoshlarda qo’shiladi
KAFT SUYAKLARI (OSSA
MANUS)
OSSA CARPI, OSSA METACARPI, OSSA
DIGITORUM
1) Os scaphoideum – qayiqsimon
2) Os lunatum – yarimoysimon
3) Os triquetrum – uch qirrali
4) Os pisiforme – no’xatsimon
5) Os trapezium – trapetsiya
6) Os trapezoideum – trapetsiyasimon
7) Os capitatum – boshchali
8) Os hamatum – ilmoqli
Ossa metacarpi har bir suyagi 3 qismdan iborat: basis ossis
metacarpi, corpus ossis metacarpi, caput ossis metacarpi.
Ossa digitorum 3ta falangadan iborat: Phalanx proximalis,
media et distalis. Pollix 2ta falangadan iborat.
Har bir falangada: basis phalangis, corpus phalangis, caput
phalangis va tuberositas phalangis distalis bo’ladi.
RENTGENOANATOMIYASI
Kaft suyaklari va barmoq falangalari
suyaklari qisqa naysimon suyaklar turkumiga
kiradi. Ularning diafizida zich modda va
suyak iligi bo’shlig’i biroz bilingan.. Suyak
boshchasi yupqa zich modda qatlami bilan
qoplangan. Suyak asosining bo’g’im
chuqurchasida zich modda nisbatan qalin
bo’ladi.
Tirnoq falangasining distal uchida g’adirbudir chekkali taqasimon kengaymasi –
distal falanga do’ngligi bor. Kaft va
barmoq falangalarining epifizlarida
suyaklanish nuqtasi 2.5-3 yoshlarda paydo
bo’lib, ular tanasi bilan 15-19 yoshlarda
qo’shiladi
QO’L ANOMALIYALARI
POLIDAKTILIYA
Polidaktiliya. Autosomalarda joylashgan genlar
mutatsiyasi oqibatida yuzaga keladigan dominant
holda irsiylanadigan kasallik. Polidaktiliyani 3ta asosiy
turga bo’lish mumkin.
Postaksiyal polidaktiliya. Qo’shimcha barmoq qo’lning
kichik barmoq tomonida joylashadi. Kavkazliklarda
polidaktiliyaning bu turi 1339 tadan 1 tani tashkil etsa,
afrikaliklarda 143 tadan 1tani tashkil etadi.
Radial yoki preaksiyal polidaktiliya. Bunda ortiqcha
barmoq qo’lning bosh barmog’i tomonida bo’ladi,
hindlarda ko’p uchraydi, har 3000tadan 1tasida.
Markaziy polidaktiliya. Bunda qo’shimcha barmoq
o’rta yoki ko’rsatkich barmoqda bo’ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
Anatomiya I tom A.Ahmedov / - Toshkent: “IJOD-PRINT”, 2018.
McCarroll, H.Relton (November 2000) “Congenital anomalies”
O’zbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005)
Microsoft Bing
•E’tiboringiz uchun raxmat!
•Спасибо за внимание!
•Thank you for your attention!
Download
Study collections