Uploaded by kamronzaripov41

O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari faoliyati2

advertisement
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN
VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT TO’QIMACHILIK VA YENGIL SANOAT
INSTITUTI
Mustaqil ish
Mavzu: Qishloq xo’jaligi va sanoatidagi o’zgarishlar.
_
Guruh:14-23s
Bajardi: Mazoyitov Sh.
Tekshirdi:_____________
Toshkent 2023
Mavzu: O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari faoliyati
Mundarija
Kirish
I-Bob O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari faoliyati
boshlanishi.
1.1 O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari faoliyati.
1.2 Mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga
soluvchi qonunlar.
II- Bob Ommaviy axborot vositalari har doim jamiyat taraqqiyotining
ko‘zgusi
2.1 O'zbekiston Respublikasining qonuni ommaviy axborot vositalari
to’g’risida qonun.
2.2 Jamiyatda oshkoralikni ta‘minlash.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari, axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini rivojlantirishga qaratilgan mustahkam huquqiy asos yaratilgan.
Uning tobora takomillashib borishi, shubhasiz, soha taraqqiyotiga xizmat qilmoqda.
Ommaviy axborot vositalari imkoniyatlarining yanada kengaygani, Internetjurnalistikaning tez sur’atlar bilan rivojlanib borayotgani, ayni paytda mamlakatda
olti mingdan ortiq sayt mavjudligi, ular orasida gazeta va jurnallar, axborot
agentliklarining ham elektron versiyalari borligi fikrimizning yorqin dalilidir.
Mamlakatimiz Prezidenti Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma
majlisida qilgan ma’ruzasida ommaviy axborot vositalari faoliyatining normativ
huquqiy bazasini takomillashtirish masalasiga alohida to‘xtaldi. Axborot sohasiga
bozor mexanizmlarini joriy etish, axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan
foydalanishni kengaytirish, ommaviy axborot vositalarining moddiy-texnik bazasini
yanada mustahkamlash, jurnalistlarni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llabquvvatlash, milliy matbuotimizning sifatini, mahorat va ta’sirchanligini rivojlangan
davlatlarning ommaviy axborot vositalari erishgan yuksak talab, mezonlar darajasiga
bosqichma-bosqich
ko‘tarishga
qaratilgan
huquqiy
mexanizmlarni
yaratish
vazifalarini ustuvor qilib qo‘ydi. Ta’kidlash kerakki, bu parlament zimmasiga ham
katta mas’uliyat yuklaydi. Ayni paytda, siyosiy partiyalarning Oliy Majlis
Qonunchilik palatasidagi fraksiyalari o‘z dasturiy g‘oyalaridan kelib chiqib, mazkur
masalada qarashlarini ilgari surmoqda. Shu o‘rinda biz O‘zLiDeP vakillarining ayrim
nuqtai nazarlarini va fikrlari bilan kelisha olmasligimizni ta’kidlamoqchimiz.
Masalan,
ularning
OAVni
liberallashtirish,
yirik
mediakorporatsiyalar,
mediaxoldinglar tashkil etish to‘g‘risidagi fikrlarini olaylik. «Rivojlangan
mamlakatlar allaqachon shunday yo‘l tutishgan. Demak, biz ham shunga o‘tishimiz
kerak. Qolaversa, bozor munosabatlariga o‘tishning o‘zi shuni taqozo etayapti», deb
ular o‘z fikrlarini isbotlashga urinishlari mumkin.
I-Bob O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari faoliyati
boshlanishi.
1.1 O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari faoliyati.
Oʻzbekiston ommaviy axborot vositalari 2002-yilda hukumat qarori bilan
davlat senzurasi rasman bekor qilingan boʻlsa-da, u mustaqil jurnalistikani,
xususan, 2005-yildagi Andijon qoʻzgʻolonidan keyin qattiq cheklashda davom etdi.
Litsenziyalash va tartibga solish Davlat matbuot qoʻmitasi va idoralararo
muvofiqlashtirish qoʻmitasining vakolati boʻlib, ular oʻz vakolatlaridan foydalanib,
mustaqil ommaviy axborot vositalari faoliyatini ta‘qib qilish va kechiktirishdir.
2006-yil oxirida hukumat barcha ommaviy axborot vositalarini malakaviy
tekshiruvdan oʻtmasdan qayta roʻyxatdan oʻtkazishni talab qilib, davlat nazoratini
yanada kuchaytirdi. 2005-yilda 30 dan 40 tagacha mustaqil televideniye va yettita
mustaqil radiostantsiya faoliyat
koʻrsatgan,
biroq
Oʻzbekiston
Teleradiokompaniyasi tomonidan boshqariladigan toʻrtta davlat telekanali bozorda
hukmronlik qilgan. Jonli dasturlashga ruxsat berilmas edi lekin hozirgi kunda
barcha
xususiy
telekanallarga
joni
efirlar
uchun
ruxsat
berilgan.
Gazeta oʻquvchilarining umumiy soni atigi 50 000 kishini tashkil qiladi; gazeta
bozorida davlat tassarufida boʻlgan „Pravda Vostoka“, „Xalq soʻzi“ va „Narodnoye
slovo“ gazetalari ustunlik qiladi. Eng yirik xususiy gazetalar: „Novosti
Uzbekistana“, "Noviy vek ", „Noviy Den“ va „Mohiyat“. Davlat gazeta tarqatish
va materiallar ta‘minotini nazorat qiladi. 2000-yillar boshida gazeta maqolalarida
hukumat siyosati va ijtimoiy sharoit tanqid qilingan. Oʻzbekiston Milliy axborot
agentligi davlat tomonidan nazorat qilinadi. Agence France-Presse, Anadolu Ajansi
(Turkiya), Associated Press, Interfax (Rossiya) va Reuters Oʻzbekistonda
vakolatxonalari boʻlgan xorijiy agentliklardir. Hukumat 2005-yil oxirida Ozod
Yevropa — Ozodlik radiosini Toshkentdagi vakolatxonasini yopishga majbur
qildi. 2006-yil boshida OAV toʻgʻrisidagi yangi qonun Oʻzbekistonda xorijiy
axborot tashkilotlari faoliyatiga qoʻshimcha cheklovlar qoʻydi. yilda mamlakatdan
chiqayotgan axborot oqimi rasmiylar tomonidan qattiq nazoratda qolmoqda.
Uznews.net axborot sayti 2006-yildan beri faoliyat koʻrsatib kelmoqda va
hanuzgacha Oʻzbekistondagi kundalik voqealar haqida xabar beruvchi jurnalistlar
tarmogʻiga ega boʻlgan kam sonli manbalardan biridir.Hozirgi kunda kompyutеr
hayotimizning barcha sohalariga jadallik bilan kirib bormoqda. Turli kasb egalari,
yozuvchilar, tadbirkorlar, olimlar, ijodkorlar o‘z mеhnat faoliyatida ushbu «aql
mashinasi» dan kеng foydalanmoqdalar. Kompyutеr yordamida ajoyib mo‘'jizalar
yaratilayotgani ham sir bo‘lmay qoldi. Aslida ham, kompyutеr bu insonning vaqtini
tеjaydigan, faoliyatini yеngillashtiradigan qurilma. Kompyutеrda hisoblash,
yozish, o‘qish, o‘rganish, gapirish, saqlash, chizish, qayta ishlash, saralash, musiqa
yozish, axborotni olish va biror manzilga yuborish, tahrirlash, makеtlar tayyorlash,
audio va vidеo mahsulotlari yaratish, o‘ynash va hokazo ishlarni bajarish mumkin.
Uning imkoniyatlari kundan — kunga ko‘paymoqda, shuning uchun u ishda,
o‘qishda, uyda va hatto dam olishda insonning eng ishonchli do‘stiga
aylanmoqda. Hayot ko'zgusi hisoblanmish matbuot ―to'rtinchi hokimiyat‖
darajasiga ko'tarilmog'i lozimligi ko'p bora ta‘kidlangan. Bu borada hali oldimizda
turgan vazifalar juda ko'p. Mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari uzoq vaqt
mafkuraviy va ma‘muriy nazorat ostida ishlagani tufayli ularning hali-beri bu
holatdan chiqishi, avvalo psixologik jihatdan o'zini erkin his etishi qiyin
kechmoqda. Shu sababli ular o'zi uchun yangi bo'lgan hozirgi vaziyatda ba‘zan hali
ham nima qilish yoki nima qilmaslik haqida yuqoridan ko'rsatma kutib o'tirgandek
ko'rinishi to'g'ri tanqid qilinmoqda.O'zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla
Aripov OAV bo'yicha selektor o'tkazmoqda. Hukumat rahbari vazirlik, hokimlik
idoralari va boshqa tashkilotlarda OAV bilan ishlash talab darajasida emasligini
tanqidga oldi. «Bugungi kunda OAV mamlakatda sodir bo'layotgan dolzarb
voqealarga tezkor munosabat bildirmoqda. Matbuotda ham turli mavzulardagi
tanqidiy va tahliliy materiallar keskin ko'paydi. Bu esa jamoatchilik fikri
shakllanishida muhim rol o'ynamoqda. Tan olish kerak, bundan 2-3 yil avval
OAVdagi bunday ochiqlikni ko'pchilik tasavvur ham qila olmasdi.Ammo davlat
organlari va OAV o'rtasida hamkorlik qanday yo'lga qo'yilgani haqidagi savolga
javob yo'q. .Bunday tanqidiy-tahliliy fikrlarga yana bir misol tariqasida Axborot
xizmatlari tizimini tubdan takomillashtirish lozim! sarlavhali xabarda yanada
teranroq va tahliliy fikrlar bayon etilgan. Berilgan xabarga ko‘ra ―Hyatt Regency
Tashkent‖
mehmonxonasida OAV
sohasida
milliy qonunchilikni yanada
takomillashtirishning dolzarb masalalari‖ mavzusida respublika konferensiyasi
o‘tkazilgan. Konferensiyada agentlik direktor o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ham
o‘z ma‘ruzasi bilan ishtirok etgan. Ma‘ruzada ta‘kidlanishicha, o‘tkazilgan tahlillar
va o‘rganishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, sohada eng asosiy muammo, bugungi kunda
yagona davlat axborot siyosati to‘g‘risidagi konseptual hujjatning mavjud
emasligidir. Hozirda esa ushbu hujjat tayyorlanmoqda. Shuningdek, Saida
Mirziyoyeva o'z nutqida davlat va xo'jalik tashkilotlari Axborot xizmatlari
faoliyatidagi mavjud kamchiliklar xususida alohida to'xtaldi. Sohada ish hajmining
ko'p, zamonaviy talablarga javob bera olmayapti. Mavjud sharoitlarning yetarli
darajada emasligi sabab axborot xizmatlari faoliyati qoniqarsiz ahvolda qolib
ketmoqda. O'ndan ortiq respublika darajasidagi tashkilotlar, ko'pgina tuman va
shahar hokimliklarida haligacha axborot xizmati faoliyati tashkilotlari etilmagan.
Ko'plab davlat va xo'jalik tashkilotlari veb-saytlari, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy
sahifalarida axborotlar yetarli darajada emasligini ham tanqid qilindi.
– Ularning veb-saytlariga kiruvchilarning umumiy soni 400 ming, Facebook
ijtimoiy tarmog'idagi rasmiy sahifalariga murojaat qiluvchilar soni 150 ming,
Telegram tarmog'ida a‘zolar 300 ming nafardan oshmaydi,– dedi Saida
Mirziyoyeva.– O'zbekistonda internetdan foydalanuvchilar soni 20 milliondan ortiq
ekanini hisobga olsak, yuqoridagi ko'rsatkichlardan o'zingiz xulosa olishingiz
mumkin. Saida Mirziyoyeva shu va boshqa bir qator kamchiliklarni sanab o'tar
ekan, «Axborot xizmatlari tizimini tubdan takomillashtirish lozim», deya qat‘iy
ta‘kidladi‖
Darhaqiqat, «bugun dunyoda mislsiz ilmiy kashfiyotlar, ulkan tеxnikaviy
imkoniyatlar, univеrsal tеxnologiyalar yaratildi va yaratilmoqda. Axborot
tеrqatishning globallashuvi, ya'ni ularning butun kurrai zaminni qamrab olish
jarayoni shiddat bilan davom etyapti. Aslida axborot sohasidagi globallashuv
insoniyat uchun, dunyoning barcha hududlaridagi odamlarining o‘zaro muloqoti
uchun, ilm-fan va madaniyat boyliklarni o‘zlashtirish uchun ulkan imkoniyatlar
yaratadigan
jarayondir».
Axborotlashgan
jamiyat
shakllanishining ijobiy
jihatlarini, axborot taraqqiyotining bosh omiliga aylanganini inkor etmagan holda,
aytish lozimki, mutaxassislar bu jarayon bilan bog’liq quyidagi qator salbiy
tеndеntsiyalarni qayd etishadi:
«- Ommaviy axborot vositalarining (ayniqsa rеklamaning) jamiyatga haddan ziyod
qaram qiluvchi (zombillashtiruvchi) ta'siri;
— axborot tеxnologiyalaridan foydalangan holda odamlarning shaxsiy hayotiga va
tashkilotlarning xususiy faoliyatiga noma'qul aralashuvi, Intеrnеt orqali xakkеrlik.
— axborotlashgan jamiyat muhitiga moslashishning murakkabligi;
— -«axborot elitasi» bilan oddiy istе'molchilar o‘rtasidagi aloqalarning uzilish
xavfi va hokazo».
Har bir kashfiyot ishi odamga, jamiyatga kеltiradigan foydasi bilan birga ba'zan
boshqa salbiy oqibatlarni xam kеltirib chiqarishi mumkin. Ammo, axborot
tеxnologiyalari bilan unumli va maqsadli shug‘ullanish katta imkoniyatlar eshigini
ochadi. Axborot kommunikatsiya tеxnologiyalari dunyoni birlashtirish va global
axborotlashgan jamiyat barpo etishga xizmat qiladi va bu o‘z navbatida, xalqlarning
o‘zaro yaqinlashishiga yordam bеradi.
1.2 Mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga
soluvchi qonunlar.
Rivojlangan mamlakatlar allaqachon shunday yo‘l tutishgan. Demak,
biz ham shunga o‘tishimiz kerak. Qolaversa, bozor munosabatlariga o‘tishning o‘zi
shuni
taqozo
etayapti.
To‘g‘ri,
rivojlangan
mamlakatlarda
yirik
mediakorporatsiyalar, mediaxoldinglar faoliyat ko‘rsatadi. Ammo, masalaning
ikkinchi jihatini e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. Modomiki, biz ommaviy
axborot vositalarimizni rivojlangan davlatlar OAV darajasiga olib chiqmoqchi
ekanmiz, ularning tajribasini, yutuq va kamchiliklarini haqiqatan ham chuqur
o‘rganishimiz talab etiladi. Bugun OAV rivojlangan, liberallashgan, xususiy
nashrlar ko‘p bo‘lgan mamlakatlardagi axborot tarqatish usullari va mas’uliyati qay
darajada ekani hamda buning yaxshi-yomon tomonlaridan xulosa chiqarib
olmog‘imiz kerak. Ko‘pgina mutaxassislar AQSh, Yevropa, Osiyo va Afrikaning
qator mamlakatlarida yuzaga kelgan ma’naviy inqiroz o‘sib kelayotgan avlod
taqdiriga tahdid solayotganiga aynan OAVni ayblashmoqda. Hech kimga sir emas,
xususiy nashr yoki telestudiya egasi avvalo ko‘proq foyda ko‘rishni o‘ylaydi. Pul
topish va boylikka mukkasidan ketgan ayrim OAV egalari hech narsadan tap
tortmayotganiga ham ko‘plab misollar keltirish mumkin. Bizda ma’naviyat
masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Qizlarimizning hayoli, iboli bo‘lishi,
yigitlarimizdagi oriyat, g‘urur eng oliy qadriyatlarimizdan hisoblanadi. Ota-ona va
farzand, ustoz va shogird o‘rtasidagi o‘ziga xos fazilatlar, yoshlarning qariyalarga
hurmati — bular hammasi biz asrab-avaylaydigan milliy qadriyatlarimiz-ku.
Ammo tashkil etiladigan korporatsiya va xoldinglar biznes maqsadlarini birinchi
o‘ringa qo‘yib, axborot tarqatishni pul topishning asosiy manbaiga aylantirib olsa,
istagan axborotini, ayniqsa shov-shuvli, odamlar orasiga nifoq soladigan, milliy
manfaatlarimizga zid xabarlarni tarqata boshlasa buning oqibati yaxshilikka olib
kelmaydi. Ana shu mulohazalarni hisobga olib, biz axborot tarqatish sohasida
raqobatni rivojlantirish bilan birga, bu borada mas’uliyatni oshirish, axborotning
ishonchli manbasini yaratish masalasini ilgari surayapmiz. OAVni liberallashtirish
jarayonida
ijtimoiy-siyosiy
nashrlar,
radio
va
telekanallar
faoliyatini
takomillashtirish hamda ularni qo‘llab-quvvatlashning maqbul mexanizmlarini
yaratish tarafdorimiz. Avvalgi chaqiriqda parlamentimiz Soliq kodeksini yangi
tahrirda qabul qildi. Kodeks loyihasining Qonunchilik palatasidagi muhokamalari
chog‘ida bizning fraksiyamiz a’zolaridan biri jurnalistlar, ijodkorlarning qalam
haqi (gonorar)ga soliq imtiyozini kuchaytirish masalasini ko‘targan edi. Bugun ham
biz ijtimoiy-siyosiy yo‘nalishdagi ommaviy axborot vositalariga moliyaviy
imtiyozlar
berish
tarafdorimiz.
Qolaversa,
tahririyatlarning
zamonaviy
kommunikatsiya vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini ham kengaytirish zarur.
Bizning fikrimizcha, OAV nafaqat axborot tarqatuvchi tizim, ayni chog‘da
xalqimizning ma’naviyati va madaniyatini yuksaltirish, milliy g‘oyani o‘sib
kelayotgan avlod ongiga singdirish, ular qalbida Vatanga muhabbat tuyg‘ularini
mustahkamlashga xizmat qiladi. Shunday ekan, ommaviy axborot vositalarini
rivojlantirish,
faoliyatini
takomillashtirish
masalalariga
liberallarcha
yondashadigan bo‘lsak, ya’ni ular aytayotgandek, o‘ngu so‘lga qaramay OAVni
liberallashtirishga kirishib ketsak, ertaga qator muammolarga duch kelishimiz
mumkin.
O‘zbеkiston
Respublikasi
Prеzidеnti
Islom
Karimov,
axborot
tеxnologiyalarining jamiyatdagi va insoniyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida fikr
bildirib, shunday dеydi: «Hozirgi paytda qaysi zamonaviy soha yoki tarmoqni
olmaylik — bu sanoat yoki qishloq xo‘jaligi, qurilish, xizmat ko‘rsatish tizimi
bo‘ladimi, xavfsizlikni ta'minlash, ijtimoiy masalalar yoki fan-tеxnika, madaniyat
rivoji bo‘ladimi — bularni barchasining taraqqiyoti nеgizida avvalambor
tеlеkommunikatsiya va zamonaviy axborot tеxnologiyalari turganini eng ilg‘or
davlatlar va umuman, dunyo tajribasi misolida ko‘rish va anglash qiyin
emas».
Zamonaviy
axborot
tеxnologiyalariga
bеvosita
kompyutеr
tеxnologiyalarini, Intеrnеt, multimеdiani kirishini yaxshi bilamiz. Ommaviy
Axborot vositalarining har bir sohasida ushbu tеxnologiyalar faoliyatini yaqqol
ko‘rish mumkin: Masalan, Nashriyotda zamonaviy axborot tеxnologiyalarning
o‘rnini, har bir bosma nashrda ko‘ramiz. Ilgari gazеta va jurnallarning sahifalanishi
bosmaxonalarda maxsus tеrish dastgohlari orqali amalga oshirilgan bo‘lsa, hozirda
gazеta va jurnallarda chop etiladigan maqolalarni tahrir qilishdan tortib,
makеtlashtirish, sahifalashtirish kabi butun boshli jarayonlar kompyutеrda amalga
oshiriladi. Bundan tashqari, har bir nashrning o‘z elеktron manzili, o‘z saytiga ega
bo‘lishi natijasida «elеktron gazеtalar» on-line nashrlari tushunchasi yuzaga
kеldi. O‘tgan davrda barcha sohalar qatori OAV uchun ham serqirra rivojlanish
davri bo‘ldi. Istiqlolga erishganimizdan so‘ng, birinchi navbatda sohaning huquqiy
bazasiga e’tibor qaratildi va rivojlangan davlatlar tajribalarini o‘rganish boshlandi.
Ommaviy axborot vositalarining xalqaro huquqiy asoslari bu Inson huquqlari
xalqaro umumjahon deklorasiyasi, Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi
xalqaro pakt, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlar va boshqa
davlatlar bilan axborot siyosatiga doir tuzgan bitim va shartnomalari hisoblanadi.
Mazkur huquqiy hujjatlar axborotni izlash, olish, tarqatish jarayonlari va ommaviy
axborot vositalari faoliyatini bevosita yoki bilvosita tartibga soluvchi normalardir.
Mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga soluvchi
quyidagi qonunlar qabul qilindi:
- «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi Qonun (2007 yil 15 yanvar');
- «Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida»gi Qonun (1997 yil 24 aprel');
- «Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonun (1997 yil 24 aprel');
- «Axborot erkinligi principlari va kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonun (2002 yil 12
dekabr);
- «Noshirlik faoliyati to‘g‘risida»gi Qonun (1996 yil 30 avgust);
- «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida»gi Qonun (2006 yil 20 iyul');
- «Reklama to‘g‘risida»gi Qonun (1998 yil 25 dekabr);
- «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi Qonun (1993 yil 7 may);
- «Telekommunikasiyalar to‘g‘risida»gi Qonun (1999 yil 20 avgust).
O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari huquqiy bazasini
yaratilishida Respublikamiz Konstitutsiyasiga asosiy manba sifatida tayanildi.
Konstitutsiyamizning 67-moddasida «Ommaviy axborot vositalari erkindir va
qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda
javobgardirlar. Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi» deb belgilab qo‘yilgani ommaviy
axborot vositalarining mutlaq qonuniy erkinligining kafolati hisoblanadi. Ushbu
qoidaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi «Ommaviy axborot vositalari
to‘g‘risida»gi Qonunining 7-moddasida «O‘zbekiston Respublikasida ommaviy
axborot vositalarini senzura qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. E’lon qilinayotgan xabar va
materiallar oldindan kelishib olinishini, shuningdek ularning matni o‘zgartirilishini
yoki butunlay nashrdan olib qolinishini (efirga berilmasligini) talab qilishga hech
kimning haqqi yo‘q» deb ko‘rsatib qo‘yildi. 1991 yilda O‘zbekistonda 395 ta
ommaviy axborot vositasi faoliyat olib borgan. Mustaqillik yillarida yaratilgan
keng sharoitlar tufayli ommaviy axborot vositalarimizning soni bugungi kunda
1461 tani (01.06.2016 yil holatiga) tashkil etadi. Bular: 686 ta gazeta, 300 ta
jurnal va 96 ta TV va radiolar va boshqalardir. Bugun respublikada nodavlat
OAV tez rivojlanmoqda. Telekanal, radiokanallardan tashqari veb-saytlar ham
OAV sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda. 2016 yil 1 iyun holatiga ko‘ra 359 ta vebsayt OAV sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi. Tele- va radio kanallar hamda vebsaytlarning 85 foizi nodavlat ommaviy axborot vositasidir.
Hozirda mavjud nodavlat bosma OAV jami bosma OAVning 62,7 foizini
tashkil etadi.
Ommaviy axborot vositalari O‘zbekistonda yashayotgan millatlarning 7 ta
tilida va siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, sport kabi 20 dan ortiq
ixtisosliklarda faoliyat olib boradi. Bunday salmoqli o‘zgarishlar sohada
qonunchilik mexanizmini yanada takomillashtirish, ularning erkin faoliyat
yuritishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish lozimligini taqozo etmoqda. 2010
yil 12 noyabrdagi Oliy Majlis palatalarining navbatdagi qo‘shma yig‘ilishida
Prezidentimiz «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish
va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»da yana axborot sohasiga
alohida to‘xtalib o‘tganlari diqqatga sazovordir. Mazkur Konsepsiyada axborot
sohasiga daxldor «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi va «Axborot erkinligi
prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunlarga tegishli o‘zgartish va
qo‘shimchalar kiritish bilan birga «Telekommunikasiyalar to‘g‘risida»gi qonunni
takomillashtirish hamda «Ommaviy axborot vositalari faoliyatining iqtisodiy
asoslari to‘g‘risida»gi, «Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llabquvvatlash kafolatlari to‘g‘risida»gi, «Davlat hokimiyati boshqaruv organlari
faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi va «Teleradioeshittirishlar to‘g‘risida»gi
qonunlarni qabul qilish taklifi kiritildi. Agentlik huzurida tashkil etilgan 3-ekspert
guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining «Ommaviy axborot vositalarini
davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari to‘g‘risida»gi va «Ommaviy
axborot vositalari va axborot olish sohasidagi ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish
va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunlar loyihalari tayyorlandi. Ushbu
loyihalar bir qator mintaqaviy va xalqaro konferensilarda, seminar va yig‘ilishlarda
keng muhokamalardan o‘tkazildi. Tegishli vazirlik va idoralardan kelishuvlardan
o‘tkazilgandan so‘ng 2011 yil noyabr' oyida loyihalar Vazirlar Mahkamasiga
kiritildi. O‘zbekiston Respublikasining «Ommaviy axborot vositalarini davlat
tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonun loyihasi ekspert
guruhining muhokamalaridan o‘tkazilib, Prezident Farmoyishiga muvofiq loyiha
2012 yil to‘rtinchi choragida Hukumatga kiritildi.
II- Bob Ommaviy axborot vositalari har doim jamiyat
taraqqiyotining ko‘zgusi .
2.1 O'zbekiston Respublikasining qonuni ommaviy axborot vositalari
to’g’risida qonun.
Mazkur Qonun Ommaviy axborot vositalari togrisidagi O'zbekiston
Respublikasi Qonuniga ozgartish va qoshimchalar kiritish haqidagi 2007-yil 15yanvardagi Qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlangan.Qonuni 1-modda. Ommaviy
axborot vositalari Gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar, axborot
agentliklari, televideniye (kabelli, efir-kabelli televideniye) va radioeshittirishlar,
hujjatli kino, elektron axborot tizimi, shuningdek, doimiy nomga ega bolgan, davlat
tasarrufidagi, mustaqil va boshqa ommaviy davriy nashrlar ommaviy axborot
vositalaridir. Ommaviy axborot vositalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
ilovalar nashr etishi mumkin. 2-modda. Ommaviy axborot vositalari erkinligi:
O'zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari erkin bolib, ular
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, ushbu Qonunga va boshqa qonun
hujjatlariga muvofiq faoliyat korsatadi.Konstitutsiyasiga 4-modda. Senzuraga yol
qoyilmasligi: O'zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini senzura
qilishga yol qoyilmaydi. Elon qilinayotgan xabarlar yoki materiallar oldindan
kelishib olinishini, shuningdek, ularning matni ozgartirilishini yoki butunlay
nashrdan olib qolinishini (efirga berilmasligini) talab qilishga hech kimning haqqi
yoq. 5-modda. Ommaviy axborot vositalarining tili: O'zbekiston Respublikasida
ommaviy axborot vositalari oz faoliyatini Davlat tili haqidagi Qonunga muvofiq
amalga oshiradi.Qonunga 10-modda. Axborot manbaini oshkor etmaslik Ommaviy
axborot vositasi xabar, malumot, fakt yoki dalillar taqdim etgan manbaning yoki
taxallusini qoygan muallifning nomini ularning yozma roziligisiz oshkor etishga
haqli emas. Ommaviy axborot vositasi axborot manbaining yoki taxallusini
qo’ygan muallifning iltimosiga binoan sudda uning nomidan ishtirok etishi
mumkin. Hayot
ko’zgusi
hisoblanmish
matbuot
―to’rtinchi
hokimiyat‖
darajasiga ko’tarilmog’i lozimligi ko’p bora ta‘kidlangan. Bu borada hali oldimizda
turgan vazifalar juda ko’p. Mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari uzoq vaqt
mafkuraviy va ma‘muriy nazorat ostida ishlagani tufayli ularning hali-beri bu
holatdan chiqishi, avvalo psixologik jihatdan o’zini erkin his etishi qiyin
kechmoqda. Shu sababli ular o’zi uchun yangi bo’lgan hozirgi vaziyatda ba‘zan
hali ham nima qilish yoki nima qilmaslik haqida yuqoridan ko’rsatma kutib
o’tirgandek ko’rinishi to’g’ri tanqid qilinmoqda. Shu o‘rinda ba‘zi tanqidiy-tahliliy
fikrlarga e‘tibor qaratsak. www.kun.uz saytida berilgan xabarda quyidagilar bayon
etilgan:
O’zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov OAV bo’yicha
selektor o’tkazmoqda. Hukumat rahbari vazirlik, hokimlik idoralari va boshqa
tashkilotlarda OAV bilan ishlash talab darajasida emasligini tanqidga oldi.
«Bugungi kunda OAV mamlakatda sodir bo’layotgan dolzarb voqealarga tezkor
munosabat bildirmoqda. Matbuotda ham turli mavzulardagi tanqidiy va tahliliy
materiallar keskin ko’paydi. Bu esa jamoatchilik fikri shakllanishida muhim rol
o’ynamoqda. Tan olish kerak, bundan 2-3 yil avval OAVdagi bunday ochiqlikni
ko’pchilik tasavvur ham qilaolmasdi. Ammo davlat organlari va OAV o’rtasida
hamkorlik qanday yo’lga qo’yilganihaqidagi savolga javob yo’q. To’g’risini aytish
kerak, ba‘zi rahbarlar matbuot bilan ishlashni ikkinchi va hatto beshinchi darajali
ish deb qaramoqda. Ba‘zi tashkilotlar Axborot xizmati vakillariga yetarli sharoit
yaratib bermagan. Shu kungacha 20 ga yaqin davlat va xo’jalik boshqaruv
organlarida, 150 dan ortiq tuman, shahar va viloyat hokimliklarida Axborot
xizmatlari tashkil qilinmagan. Boriga ham yana boshqa ishlar topshirib qo’yilganki,
u o’z ishi bilan shug’ullanishga ulgurmaydi ham…‖ deya Aripovning so‘zlarini
keltirmoqda Kun.uz muxbiri Bunday tanqidiy-tahliliy fikrlarga yana bir misol
tariqasida www.uza.uz saytida berilgan ―Saida Mirziyoyeva: ―Axborot xizmatlari
tizimini tubdan takomillashtirish lozim!‖ sarlavhali xabarda yanada teranroq va
tahliliy fikrlar bayon etilgan. Berilgan xabarga ko‘ra ―Hyatt Regency Tashkent‖
mehmonxonasida
―OAV
sohasida
milliy
qonunchilikni
yanada
takomillashtirishning dolzarb masalalari‖ mavzusida respublika konferensiyasi
o‘tkazilgan. Konferensiyada agentlik direktor o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ham
o‘z ma‘ruzasi bilan ishtirok etgan. Ma‘ruzada ta‘kidlanishicha, o‘tkazilgan tahlillar
va o‘rganishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, sohada eng asosiy muammo, bugungi kunda
yagona davlat axborot siyosati to‘g‘risidagi konseptual hujjatning mavjud
emasligidir. Hozirda esa ushbu hujjat tayyorlanmoqda. Shuningdek, Saida
Mirziyoyeva o’z nutqida davlat va xo’jalik tashkilotlari Axborot xizmatlari
faoliyatidagi mavjud kamchiliklar xususida alohida to’xtaldi. Sohada ish hajmining
ko’p, zamonaviy talablarga javob bera olmayapti. Mavjud sharoitlarning yetarli
darajada emasligi sabab axborot xizmatlari faoliyati qoniqarsiz ahvolda qolib
ketmoqda. O’ndan ortiq respublika darajasidagi tashkilotlar, ko’pgina tuman va
shahar hokimliklarida haligacha axborot xizmati faoliyati tashkilotlari etilmagan.
Ko’plab davlat va xo’jalik tashkilotlari veb-saytlari, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy
sahifalarida axborotlar yetarli darajada emasligini ham tanqid qilindi.
– Ularning veb-saytlariga kiruvchilarning umumiy soni 400 ming, Facebook
ijtimoiy tarmog’idagi rasmiy sahifalariga murojaat qiluvchilar soni 150 ming,
Telegram tarmog’ida a‘zolar 300 ming nafardan oshmaydi,– dedi Saida
Mirziyoyeva.– O’zbekistonda internetdan foydalanuvchilar soni 20 milliondan
ortiq ekanini hisobgaolsak, yuqoridagi ko’rsatkichlardan o’zingiz xulosa olishingiz
mumkin.
Saida Mirziyoyeva shu va boshqa bir qator kamchiliklarni sanab o’tar ekan,
«Axborot xizmatlari tizimini tubdan takomillashtirish lozim», deya qat‘iy
ta‘kidladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 fevral kuni
e‘lon qilingan ―O’zbekiston Respublikasi davlat va xo’jalik boshqaruvi
organlarining axborot xizmatlari faoliyatini yanada takomillashtirish choratadbirlari to’g’risida‖gi 125-sonli qarori sohani yanada rivojlantirish uchun huquqiy
asos bo’lib xizmat qiladi. Qarorda qayd etilganidek, hozirgi shiddat bilan
rivojlanayotgan dunyoda axborot va bilim eng muhim milliy resurslarga, ularni
yaratish va tarqatishni ta‘minlovchi tizimlar esa – barqaror rivojlanishning strategik
omillariga aylanmoqda. Ushbu sharoitlarda O’zbekistonda demokratik huquqiy
davlatni va ochiq adolatli fuqarolik jamiyatini qurish, shuningdek, insonning huquq
va erkinliklari himoya qilinishini ta‘minlashdek strategik maqsadga erishish, davlat
boshqaruvining sifati davlatning axborot, bilim va innovatsiyalarga asoslangan
modeliga o’tishini ta‘minlaydigan axborotni va bilimni yaratish, qabul qilish va
tarqatish imkoniyatlari bilan belgilanadi. Shu munosabat bilan davlat va xo’jalik
boshqaruvi sohasida ochiqlik va shaffoflikka asoslangan samarali qarorlar qabul
qilish tizimini joriy etish, axborot olishda mansabdor shaxslarning jamiyat oldidagi
hisobdorligi, ochiqligi va mas‘uliyatini ta‘minlash zarur. Bu davlat va xo’jalik
boshqaruvi apparatining samarali faoliyat yuritishi hamda jamiyatda adolatni qaror
toptirishning muhim sharti hisoblanadi. Bunda jamiyatni davlat va xo’jalik
boshqaruvi organlarining faoliyatidankeng xabardor qilish, ularning aholi oldidagi
hisobdorligini ta‘minlash «Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir»
degan konstitutsiyaviy normani amalga oshirishning, «Xalq davlat idoralariga
emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak» degan ezgu g’oyani
ro’yobga chiqarishning muhim sharti hisoblanadi. Mamlakatimizda demokratik
islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda OAV
alohida o’rin tutadi. Chunki aynan OAV globallashuv sharoitida yurtimizda
kechayotgan eng muhim voqealar, amalga oshirilayotgan yangilanishlar, qabul
qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni keng yoritish orqali davlat va jamiyat
o’rtasida o’ziga xos ko’prik vazifasini bajarmoqda. Mazkur qonun axborotdan
foydalanish erkinligini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mansabdor
shaxslarining jurnalistga zarur axborotni, qonunda belgilanganidek, 7 kunlik
muddatda taqdim etish majburiyatini ta‘minlash orqaliushbu kafolatlarni yanada
mustahkamlaydi. Bu axborot olishdagi ba‘zi paysalga solish holatlarini bartaraf
qiladi, shuningdek, jurnalist materialining tezkorligini, ishonchliligini hamda sifatli
bo’lishini ta‘minlaydi.
2.2 Jamiyatda oshkoralikni ta‘minlash.
Jamiyatda oshkoralikni ta‘minlash oson kechmaydi. Unga to’sqinlik
qiladiganlar uchrab turishi sir emas. Biroq, qandaydir to’sqinlik bor ekan, deb qo’l
qovushtirib o’tirish ham yaramaydi. Burgaga achchiq qilib, ko’rpaga o’t qo’yish –
oshkoralikni ta‘minlash yo’lidagi sa‘y-harakatlarni chippakka chiqarib qo’yish
bilan barobar. U holda nima qilmoq kerak, degan savolga qonuniy, ilmiy nuqtai
nazardan javob topish yagona to’g’ri yo’ldir! Ana shundagina amalda haqiqiy
oshkoralikka erishish mumkin. Oshkoralik mohiyati – jamoatchilik fikri bilan
hisoblashgan holda ish yuritish demak.
―El-yurtimizning ezgu orzu-istaklarini ro’yobga chiqarish, bu yo’lda g’ov
bo’lib turgan turli to’siqlarni, byurokratizm, loqaydlik, ta‘magirlik, korrupsiya kabi
salbiy illatlarni dadillik bilan ko’tarib chiqib, ularga qarshi murosasiz jamoatchilik
fikrini shakllantirishni o’z kasbi, o’z hayotining ma‘no-mazmuni deb biladigan
jurnalistlarnimen haqiqiy jurnalist deb hisoblayman,– deb ta‘kidladi Prezidentimiz
Shavkat Mirziyoyev.– Albatta, barchamiz yaxshi tushunamiz, buning uchun
ommaviy axborot vositalari vakillaridan nafaqat professional bilim va malaka,
hayotiy tajriba, o’z so’zi uchun mas‘uliyat hissi, ayni vaqtda yuksak grajdanlik
pozitsiyasi, ma‘naviy jasorat ham talab etiladi. Bunday maqsadga erishish uchun
ommaviy axborot vositalariga qonunchilik nuqtai nazaridan, moddiy-texnik, o’quvuslubiy ta‘minot nuqtai nazaridan yanada keng imkoniyatlar yaratib berishimiz
kerak. Darhaqiqat, jamiyatda, uning zamonaviy boshqaruv tizimida oshkoralikni
ta‘minlash, jamoatchilik bilan aloqalarni takomillashtirishda jurnalistlarning ana
shu sa‘y- harakatlari jamiyat boshqaruvi tizimida o’z samarasini ko’rsatishi
shubhasiz. Oshkoralik asosan matbuot erkinligi bilan chambarchas bog’liq ekan,
mamlakatimizda bu borada ham qonun ustuvorligi ko’zga yaqqol tashlanadi. Ya‘ni,
O’zbekiston Respublikasining «Ommaviy axborot vositalari to’g’risida»gi qonuni
(yangi tahriri) 5-moddasi «Ommaviy axborot vositalari erkinligi» deb nomlangan
bo’lib, uning ikkinchi bandi quyidagicha: «Har kim, agar qonunda boshqacha qoida
nazarda tutilmagan bo’lsa, ommaviy axborot vositalarida chiqish, o’z fikri va
e‘tiqodini oshkora bayon etish huquqiga egadir» Qonun ijrosi bilan kuchli. Biroq,
o’sha ijroni kim ta‘minlashi kerak, degan haqli savoltug’iladi. Aytish mumkinki,
har bir sohada faoliyat ko’rsatayotgan mutasaddilargina tegishli qonunlarda
belgilangan vazifalarni bajarishlari taqozo etiladi. Yuqorida zikr etilgan matbuot
erkinligini ta‘minlash asosan jurnalistlar, OAV xodimlari zimmasiga tushishini
izohlashga hojat yo’q. Haqiqiy demokratik matbuot ko’rsatma asosida yashay
olmasligi haqida aytilgan fikrlar amalda o’z ifodasini topishi zarur. Bu o’z
navbatida jamiyatda zamonaviy boshqaruvni yanada takomillashtirishga xizmat
qilishi shubhasiz. Bugungi kunda OAV ni davlatimiz rahbari shaxsan o‘zi qo‘llabquvvatlamoqda. 2020-yil 27-iyun kuni nishonlanadigan Matbuot va ommaviy
axborotvositalari xodimlari kuni munosabati bilan tabrigi davlat rahbari matbuot
xizmati tomonidan e‘lon qilindi. Eng asosiysi, ommaviy axborot vositalari
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli o’zgarish va yangilanish
jarayonlarini har tomonlama tahlil qilib,joylardagi ijtimoiy muammolar, xato
va kamchiliklarga
davlat
idoralariva jamoatchilik e‘tiborini qaratmoqda‖, deya
qayd etildi tabriknomada. Shavkat Mirziyeyov bo’lg’usi jurnalistlar chuqur bilim
va kasb mahoratini, ona tili bilan birga chet tillarni, faol fuqarolik pozitsiyasini,
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, notiqlik malakasini puxta egallashlariga
alohida e‘tibor qaratishi kerakligini bildirdi. Xabarda aytilishicha, agar yuqori
malakali kadrlar tayyorlashda ―xalqimizning boy ma‘naviy merosiga tayansak‖, bu
ish yanada samaraliroq bo’ladi. Jadidlar merosi, shu jumladan bu yil 145 yillik
tavallud sanasi keng nishonlanayotgan ulug’ alloma va publitsist Mahmudxo’ja
Behbudiyning milliy jurnalistika maktabi ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Hozirgi
kunga kelib O’zbekistonda ko’pchilikning e'tiborini o’ziga jalb qiluvchi
muammoning yoki voqeaning xabari matbuotda chiqqanidan so’ng omma ichida
qanday ijtimoiy rezonans yaratganini talqin qilish jarayoni jurnalistlarimizdan
ulkan kasbiy mahorat talab qiladigan eng muhim ishlardan biri bo’la boshladi.
O’zbekistonlik jurnalistlar tomonidan mustaqil jurnalistik tadqiqotlar olib borilib,
jamiyatimizdagi mavjud muammolarning tafsiloti mutasaddilar oldiga ko’ndalang
qo’yish ishlari qanday amalga oshirilishini ommaga yoritish evaziga aholi orasida
huquqiy savodxonlik rivojlanishi turgan gap. Natijada jamiyatimizdagi vaziyat
hozirgidan mutlaqo boshqacha ijobiy tus olishi aniq. Respublikamizning Birinchi
Prezidenti I.A.Karimovning 2010 yil 12 noyabrdagi Oliy Majlis palatalari qo‘shma
majlisida «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» mavzuidagi ma’ruzasi, xususan
«Axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash» bo‘yicha
belgilab bergan strategik vazifalari ommaviy axborot vositalari uchun yana muhim
davrni boshlab berdi. Davlatimiz rahbari o‘z nutqlarida «Demokratik jarayonlarni
chuqurlashtirish, aholining siyosiy faolligini oshirish, fuqarolarning mamlakatimiz
siyosiy va ijtimoiy hayotidagi amaliy ishtiroki haqida so‘z yuritar ekanmiz, albatta,
axborot erkinligini ta’minlamasdan, ommaviy axborot vositalarini odamlar o‘z fikr
va g‘oyalarini, sodir bo‘layotgan voqealarga o‘z munosabati va pozisiyasini erkin
ifoda etadigan minbarga aylantirmasdan turib, bu maqsadlarga erishib
bo‘lmasligini o‘zimizga yaxshi tasavvur etamiz» deb, ommaviy axborot
vositalarining jamiyatdagi tub mohiyatini bayon etib berdilar. Ommaviy axborot
vositalari har doim jamiyat taraqqiyotining ko‘zgusi, kishilarning ongi,
dunyoqarashi, siyosiy saviyasining shakllanishida asosiy vositalardan biri bo‘lib
kelgan.
Xulosa
Mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari, axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini rivojlantirishga qaratilgan mustahkam huquqiy asos yaratilgan.
Uning tobora takomillashib borishi, shubhasiz, soha taraqqiyotiga xizmat qilmoqda.
Ommaviy axborot vositalari imkoniyatlarining yanada kengaygani, Internetjurnalistikaning tez sur’atlar bilan rivojlanib borayotgani, ayni paytda mamlakatda
olti mingdan ortiq sayt mavjudligi, ular orasida gazeta va jurnallar, axborot
agentliklarining ham elektron versiyalari borligi fikrimizning yorqin dalilidir.
Mamlakatimiz Prezidenti Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma
majlisida qilgan ma’ruzasida ommaviy axborot vositalari faoliyatining normativ
huquqiy bazasini takomillashtirish masalasiga alohida to‘xtaldi. Axborot sohasiga
bozor mexanizmlarini joriy etish, axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan
foydalanishni kengaytirish, ommaviy axborot vositalarining moddiy-texnik bazasini
yanada mustahkamlash, jurnalistlarni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llabquvvatlash, milliy matbuotimizning sifatini, mahorat va ta’sirchanligini rivojlangan
davlatlarning ommaviy axborot vositalari erishgan yuksak talab, mezonlar darajasiga
bosqichma-bosqich
ko‘tarishga
qaratilgan
huquqiy
mexanizmlarni
yaratish
vazifalarini ustuvor qilib qo‘ydi. Ta’kidlash kerakki, bu parlament zimmasiga ham
katta mas’uliyat yuklaydi. Ayni paytda, siyosiy partiyalarning Oliy Majlis
Qonunchilik palatasidagi fraksiyalari o‘z dasturiy g‘oyalaridan kelib chiqib, mazkur
masalada qarashlarini ilgari surmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Mirziyoyev Sh.M. Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga.
www.uza.uz 2017 yil 27-iyun.
2. ―Tandiq bor, munosabat yo‘q. Demak hammasi to‘g‘ri ekan-da?‖Abdulla Aripov selektorda tashkilotlar tanqidlarga sukut saqlashi haqida gapirdi.
www.kun.uz 30.07.2019
3. Ahatova I. ―Saida Mirziyoyeva: << Axborot xizmatlarini tizimini
tubdan
takomillashtirish
lozim!>>
http://uza.uz/oz/society/saida-mirziyeeva-
akhborot- khizmatlari-tizimini-tubdan-takomi-28-05-2019 ‖
4. O‘zbekiston Respublikasining ―Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida‖
gi qonuni (yangi tahriri). – www.lex.uz
5. Prezident OAV xodimlarini tabrikladi va professionallikga chaqirdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2020/06/26/president-media/
6. O’zbekiston Respublikasining ―Axborot erkinligi prinsiplari va
kafolatlari to’g’risida‖gi qonuni. /Axborot va axborotlashtirishga oid normativhuquqiy hujjatlar to’plami. –T.: Adolat, 2008.
7. O’zbekiston
Respublikasining
―Ommaviy axborot
vositalari
to’g’risida‖gi (yangi tahriri) qonuni. /Axborot va axborotlashtirishga oid normativhuquqiy hujjatlar to’plami. –T.: Adolat, 2008.
8. cyberleninka.ru
9. lex.uz
10. uz.denemetr.com
Download