Uploaded by Diyorbek Savriddinov

ekalogiya

advertisement
Navoiy Davlat konchilik va
Texnalogiyalari Universiteti
________________fakulteti
________________fanidan
Mavzu : __________________________
Guruh :______________
Bajarish :_____________
Qabul qildi:____________
Navoiy -2023
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.
49-modda.
Har kim qulay atrof-muhitga, uning holati
to‘g‘risidagi ishonchli axborotga ega bo‘lish
huquqiga ega.Davlat fuqarolarning ekologik
huquqlarini ta’minlash va atrof-muhitga zararli
ta’sir ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida
shaharsozlik faoliyati sohasida jamoatchilik
nazoratini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar
yaratadi.Shaharsozlik hujjatlarining loyihalari
qonunda
belgilangan
tartibda
jamoatchilik
muhokamasidan
o‘tkaziladi.Davlat
barqaror
rivojlanish prinsipiga muvofiq, atrof-muhitni
yaxshilash, tiklash va muhofaza qilish, ekologik
muvozanatni saqlash bo‘yicha chora-tadbirlarni
amalga oshiradi.Davlat Orolbo‘yi mintaqasining
ekologik tizimini muhofaza qilish hamda tiklash,
mintaqani ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rivojlantirish
yuzasidan choralar ko‘radi.
Tabiatni muhofaza qilish
tabiat va uning
boyliklaridan oqilona foydalanishga, tabiatni inson
manfaatlarini koʻzlab ongli ravishda oʻzgartirishga,
tabiat boyliklari va umuman tabiatni, uning
goʻzalligi, musaffoligini saqlab qolishga va yanada
boyitishga qaratilgan barcha tadbirlar majmuasi.
Tabiatni muhofaza qilish tadbirlari majmuasiga
davlatlar, xalqaro tashkilotlar, jamoat, ilmiy-texnik,
ishlab chiqarish, iqtisodiy va maʼmuriy tashkilotlar,
har bir odam tomonidan amalga oshiriladigan
tadbirlar kiradi.
Hozirgi vaqtda inson yashab, toʻxtovsiz
munosabatda boʻlib kelayotgan tabiiy muhit uzoq
geologik davrlar (4,5—4,7 milliard yil) mobaynida
bir qancha omillarning birgalikda taʼsirida, yaʼni
Quyosh nuri, Yerning massasi, gravitatsiya kuchi,
koʻlami, aylanma harakatlari, tektonik harakatlar,
havo va suv qobiqlarining vujudga kelishi va
oʻzgarishi, ekzogen jarayonlar taʼsiri, organik
dunyoning paydo boʻlishi va taraqqiyoti taʼsirida
tarkib topgan. Tabiiy muhitning holati oʻzaro taʼsir
etib turuvchi koʻp omillarning murakkab majmuida
tarkib topgan tabiiy muvozanatga bogʻliq.
62-modda.
Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona
munosabatda bo‘lishga majburdirlar.
Ma’lumki,
konstitutsiyaviy
normalarning
ekologik siyosatni amalga oshirishdagi o‘rni va
ahamiyati beqiyos. Aynan Asosiy qonunda davlat
organlari va jamoat birlashmalarining ekologik
faoliyatini shakllantirish bo‘yicha asosiy prinsiplari
mustahkamlanadi, fuqarolarning ekologik burchlari
belgilanadi,
jamiyatning
ekologik
barqaror
rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlari o‘rnatiladi .
Konstitutsiyaviy normalar tizimi jamiyat va
tabiatning o‘zaro aloqasi chog‘ida yuzaga keladigan
va tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar
tavsifidan kelib chiqib, shartli ravishda ikki qismga –
umumiy va maxsus ekologik normalarga bo‘linishi
mumkin.
Umumiy konstitutsiyaviy normalar demokratikhuquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishda,
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining
faoliyatini tashkil etishning asosiy prinsiplarini
belgilashda, fuqarolarning asosiy huquq va
erkinliklarini kafolatlashda, ekologik huquqtartibotni mustahkamlashda dolzarb ahamiyat kasb
etadi.
Xususan, Konstitutsiyamizning 10-bobi inson va
fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlariga
bag‘ishlangan bo‘lib, unda davlatning fuqarolarning
Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan (shu
jumladan ekologik) huquqlarini kafolatlashi
belgilangan.
Alohida taʼkidlash joizki, Asosiy Qonunimizda
tabiat - jamiyat tizimidagi oʻzaro munosabatlarni
tartibga soluvchi maxsus normalar ham belgilangan
boʻlib, ular ekologik huquqiy munosabatlar
poydevorini tashkil etadi.
Konstitutsiyamizning bir nechta moddasida
tabiatni muhofaza qilish, tabiiy boyliklarimizdan
oqilona foydalanish bilan bogʻliq ekologik-huquqiy
normalar mustahkamlangan. Jumladan, 50-moddada
fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona
munosabatda boʻlishga majbur ekani qayd etilgani
fuqarolarning ekologik majburiyatlari Konstitutsiya
darajasida mustahkamlanganini anglatadi.
66-modda.
Mulkdor o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulkka o‘z
xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni
tasarruf etadi. Mol-mulkdan foydalanish atrofmuhitga zarar yetkazmasligi, boshqa shaxslarning,
jamiyat va davlatning huquqlarini hamda qonuniy
manfaatlarini buzmasligi kerak.
Insonning tabiat bilan oʻzaro taʼsiri jamiyat
taraqqiyoti,
ishlab
chiqarish
usullari
mukammallasha borgan sari jadallashadi, tabiatdan,
uning boyliklarini, qurilish va ishlab chiqarish
teknikasi, aloqa vositalari yirik shaharlarni
oʻzgartirib, yirik vohalar, madaniy landshaftlar
yaratishga, hosildor ekin hamda mevalar, mahsuldor
chorva mollari yetishtirishga imkon beradi. Lekin
baʼzan chuqur oʻrganmasdan inson qudratiga
ortiqcha baho berib, tabiatga taʼsir koʻrsatish
tabiatni foydalanib boʻlmaydigan holatga, uning
buzilishi va ifloslanishiga olib kelishi mumkin.
Bunday manzara insoniyatning butun tarixi
mobaynida kuzatiladi. Pekin 19-asrgacha insonning
tabiatdan foydalanish koʻlami uncha katta
boʻlmagani uchun inson faoliyatining tabiatga taʼsiri
ham kamroq boʻlgan.
20-asrning 2yarmida sanoat ishlab chiqarishning
rivojlanishi, qishloq xoʻjaligi.da turli xil kimyoviy
moddalarning koʻp qoʻllanilishi, katta maydonlarda
muttasil bir xil ekinlarning yetishtirilishi, transport
vositalarining
ortiqcha
koʻpayib
ketishi,
shaharlarning
yiriklashib
ketishi,
tabiat
muhofazasiga yetarlicha eʼtibor berilmaganligi
tabiiy muhitning buzilishiga, ayrim joylarning
ifloslanib ketishiga sabab boʻldi.
Ayrim konchilik sanoati rnlarida tabiiy muhit
juda buzilib ketgan. Katta maydonlarni kon chiqindi
jinslari egallagan, chuqur ochiq karyerlar yer osti
suvi sathini pasaytirishi natijasida oʻsimlik qoplami
qurib bormoqda. Rekultivatsiya ishlariga, xususan
rivojlanayotgan mamlakatlarda yetarlicha eʼtibor
berilmaydi. Hozirgi vaqtda Tabiatni muhofaza qilish
muayyan oʻlka yoki mamlakat doirasidan chiqib,
umumjahon muammosiga aylanib bormokda.
Yerning ozon pardasidagi oʻzgarishlar, dunyoda
haroratning koʻtarilib borayotgani, qutbiy va togʻ
muzliklarining qisqarib borayotgani ana shunday
muammolardan.
68-modda.
Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot
dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar umummilliy
boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular
davlat muhofazasidadir.Yer qonunda nazarda
tutilgan hamda undan oqilona foydalanishni va uni
umummilliy boylik sifatida muhofaza qilishni
ta’minlovchi shartlar asosida va tartibda xususiy
mulk bo‘lishi mumkin.
Yer osti qazilma boyliklarini muhofaza qilish va
ulardan oqilona foydalanish, daryo va soylar
o‘zanlaridan qum-shag‘al matyerillarini noqonuniy
qazib olishning oldini olish-atrof-muhitni muhofaza
qilish faoliyatining ajralmas qismi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy
javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksining qator
moddalariga, shu jumladan, yer osti boyliklarini
muxofaza qilish, daryo va soylar o‘zanlaridan qumshag‘al matyeriallarini noqonuniy qazib olish
sohasidagi qonunbuzilishlarga oid o‘zgartirish va
qo‘shimchalar kiritildi.
Foydali qazilmalar, mineral xom ashyolar - Yer
poʻstida qattiq, suyuq va gazsimon holatlarda
uchraydigan, turli geologik jarayonlar natijasida
toʻplangan hamda miqdori, sifati, joylashish
sharoitlariga koʻra sanoatda ishlatishga yarokli
boʻlgan tabiiy mineral moddalar. Foydali qazilmalar
turli konlarni hosil qiladi. Paydo boʻlish sharoitiga
koʻra Foydali qazilmalar konlari seriyalar —
sedimentogen (gipergen), magmatogen (gipogen) va
metamorfogen konlarga bulinadi (qarang Gipergen
konlar, Gipogen konlar, Metamorfogen konlar).
Geologik davr jihatidan Foydali qazilmalar
konlari ichida arxey, proterozoy, rifey, paleozoy,
mezozoy va kaynozoy yoshidagi konlar farq qilinadi.
Shakllanish joyi jihatidan geosinklinal (burmalagan
oblastlar) va platformalardagi konlar boʻladi.
Qanday chuqurlikda paydo boʻlishiga koʻra, Foydali
qazilmalar konlari ultraabissal (10-15 km dan
chuqur), abissal (3-5 km dan chuqur), gipabissal (1,5
km chuqurlikda joylashgan) konlarga boʻlinadi.
Foydali qazilmalar uch guruhga: metall, nemetall va
yonuvchilarga boʻlinadi. Metall Foydali qazilmalar
sof metallar, qora, rangli, siyrak va radioaktiv metall
rudalari, shuningdek, nodir yer elementlaridan
iborat.
79-modda
Davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy,
ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya
qilinishini ta’minlaydi, ularning jamiyat va davlat
hayotida
faol
ishtirok
etishini
rag‘batlantiradi.Davlat yoshlarning intellektual,
ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi
hamda rivojlanishi uchun, ularning ta’lim olishga,
sog‘lig‘ini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga,
bandlik va dam olishga bo‘lgan huquqlarini amalga
oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Ekologik madaniyat - bu insoniyat tomonidan
tabiat va jamiyat birligini va taqdirini tushunishdir.
Tabiat boyliklaridan oqilona foydalanishning
yo'llaridan biri yuqori samara beradigan tabiiy
resurslar bilan bir qatorda, kam, samaralilaridan
ham foydalanishdir. Yer osti boyliklaridan asosiy
elementlar bilan birga uchraydigan boshqa
ma'danlarni
ham
ajratib
olib,
ma'dansiz
chiqindilarni xalq xo'jaligining boshqa tarmoqlarida
ishlatish, ya'ni chiqindisiz texnologiyaga erishish,
dehqonchilikda unumsiz, notekis, botqoq, sho'rxok va
toshloq yerlarni xo'jalik ehtiyojlari uchun yaroqli
holga keltirish bunga misol bo'la oladi. Jamiyatning
ekologik madaniyati uning tabiatga nisbatan aqlli
munosabati ko'rsatkichi yoki indikatoridir.
Ekologik madaniyat bu tabiatga imkoni boricha
zarar keltirmaslik, tabiat va jamiyat taqdiri birligini
tushunishdir. Yoshlarda tabiatdan uning boyliklariga
zarar
yetkazmazmagan
holatda
foydalanish
kerakligini o'rgatish ekologik ta'lim tarbiyaning asosi
hisoblanadi. Bunday maqsadlarga erishda Oliy o'quv
yurtlarida turli kasb egalari uchun alohida dasturlar,
metodik qo'llanmalar yaratilgan bo'lib, ularda har
bir mutaxassislik bo'yicha tabiatga salbiy ta'siri,
atrof - muhit muhofazasi muammolari o'z aksini
topgan bo'lishi zarur. Yoshlarda ekologik ta'lim
tarbiya masalariga chuqur yondoshishda maxsus
ekologik ta'lim tarbiya dasturi va metodik
qo'llanmalar asosida amalga oshiriladi.
Ekologik ta'lim va tarbiya olgan mutaxassislar
atrof-muhitning tuzilishi, unda bo'lib o'tayotgan
voqealar, ekologik o'zgarishlar hamda xalq
xo'jaligining turli tarmoqlari haqida ma’lumotga ega
bo‘ladi.
115-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
1) samarali iqtisodiy, ijtimoiy, soliq va budjet
siyosati amalga oshirilishi, ilm-fan, madaniyat,
ta’lim, sog‘liqni saqlashni hamda iqtisodiyotning va
ijtimoiy
sohaning
boshqa
tarmoqlarini
rivojlantirishga doir dasturlarning ishlab chiqilishi
hamda bajarilishi uchun javobgar bo‘ladi;
2) barqaror iqtisodiy o‘sishni, makroiqtisodiy
barqarorlikni
ta’minlash,
kambag‘allikni
qisqartirish, aholi uchun munosib turmush
sharoitlarini yaratish, oziq-ovqat xavfsizligini
ta’minlash, qulay investitsiyaviy muhitni yaratish,
hududlarni kompleks va barqaror rivojlantirish
bo‘yicha choralar ko‘radi;
3) aholini, shu jumladan nogironligi bo‘lgan
shaxslarni ijtimoiy himoya qilish tizimining samarali
faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi;
4) atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy
boyliklarni va biologik xilma-xillikni saqlash, iqlim
o‘zgarishiga, epidemiyalarga, pandemiyalarga
qarshi kurashish hamda ularning oqibatlarini
yumshatish sohalarida yagona davlat siyosati
amalga oshirilishini ta’minlaydi;
5) yoshlarga oid davlat siyosatining amalga
oshirilishini ta’minlaydi, oilani qo‘llab-quvvatlash,
mustahkamlash va himoya qilish, an’anaviy oilaviy
qadriyatlarni saqlash bo‘yicha choralar ko‘radi;
6) fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llabquvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi,
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda ijtimoiy
sheriklik dasturlarini ishlab chiqish va amalga
oshirishda ularning ishtirok etishini ta’minlaydi;
7) fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy hamda
boshqa huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya
qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
8) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va
qonunlari, Oliy Majlis palatalari qarorlari,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari,
qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi;
9) ijro etuvchi hokimiyat organlari ishini
muvofiqlashtiradi va yo‘naltiradi, ularning faoliyati
ustidan qonunda belgilangan tartibda nazoratni
amalga oshiradi;
123-modda.
Viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining
vakolatlari quyidagilardan iborat:
1) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi
va qonunlarini, Oliy Majlis palatalarining
qarorlarini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
farmonlari, qarorlari hamda farmoyishlarini,
Vazirlar
Mahkamasining,
yuqori
turuvchi
hokimlarning va tegishli xalq deputatlari
Kengashlarining qarorlarini bajarish;
2) hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va
ekologik jihatdan rivojlantirishni ta’minlashga
qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
3) mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish;
4) ushbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda
tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Yerning va (yoki) suv kengliklarining
(akvatoriyalarning) ustuvor ekologik, ilmiy, madaniy,
estetik, rekreatsiya va sanitariya-sog‘lomlashtirish
ahamiyatiga molik bo‘lgan, xo‘jalik maqsadidagi
doimiy yoki vaqtincha foydalanishdan to‘liq yoki
qisman chiqarilgan uchastkalari muhofaza etiladigan
tabiiy hududlar hisoblanadi.Tabiiy ob’ektlar va
majmualarni saqlab qolish, takror ko‘paytirish va
tiklash maqsadida muhofaza etiladigan tabiiy
hududlarda muhofaza qilish va foydalanish rejimi
o‘rnatiladi.Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar
biologik, landshaft rang-barangligini ta’minlash va
ekologik muvozanatni saqlab turish uchun
mo‘ljallangan yaxlit ekologik tizimni tashkil
etadi.Muhofaza
etiladigan
tabiiy
hududlar
belgilangan maqsadi va rejimiga qarab quyidagi
toifalarga bo‘linadi:
– davlat qo‘riqxonalari;
– majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari;
– davlat tabiat yodgorliklari;
– ayrim tabiiy ob’ektlar va majmualarni saqlab
qolish, takror ko‘paytirish va tiklash uchun
mo‘ljallangan hududlar;
Download