Uploaded by Ibi Umurzakov

1-Маруза (1)

advertisement
MUHAMMAD ALXORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT
TEHNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI
KOMPYUTER TARMOQLARI
1-Ma’ruza.
Kirish. Kompyuter tarmoqlarining tarixi. Kompyuter tarmoqlarining protokollari, ilovalar va
texnologiyalar haqida umumiy tushunchalar. Kompyuter tarmoqlarining standart texnologiyalari.
Simli va simsiz tarmoq texnologiyalari, IEEE 802 (IEEE 802.3, 802.11, 802.15, 802.16) standartlari,
mobil tarmoqlarining standartlari, zamonaviy tarmoqni loyihalash dasturlari. Tarmoq
arxitekturalari. Tarmoq va arxitektura tushunchasi. Tarmoqlarning elementlari, pog’onali
arxitekturalari, pog’onali arxitekturalarning elementlari, tarmoq standartlarini tartibga soluvchi
qo’mita. Tarmoq topologiyalari: mesh, star, tree, bus, ring va 3-D torus.
"Кompyuter tizimlari" kafedrasi
katta o`qituvchisi
Atadjanova N.S.
e-mail: natadjanova@bk.ru
Kompyuter tarmoqlarining tarixi
Dastlabki kompyuter tarmoqlari (KT)dan biri bo’lgan ARPANET g’oyasi
Leonard Kleinrok tomonidan "Katta aloqa tarmoqlarida axborot oqimi" nomli
maqolasida taklif qilingan. "Paket" atamasi 1965 yilda Donald Devies tomonidan
kompyuterlar o'rtasida tarmoq orqali yuborilgan ma'lumotlarni tavsiflash uchun
kiritilgan. ARPANET paketli kommutatsiya usulidan foydalangan birinchi kompyuter
tarmog’i edi. ARPANETni rivojlantirish 1966 yilda boshlangan va birinchi ikkita
tugun UCLA (UniInternetning asosi 70-yillarning oxirida (1969) AQSH mudofaa
vazirligining loyihasi asosida yuzaga kelgan. Bu boshlang`ich tarmoq ARPAnet
(Advanced Research Projects Agency) bo`lib avvalo Kaliforniya va Yuta shtatlaridagi
4 tagina kompyuterni o`zaro bog`lagan) va SRI (Standford tadqiqot instituti) bilan
bog'langan bo'lib, rasmiy ravishda ARPANETni 1969 yilda boshlagan. ARPANET
(1969 yil-Advanced Research Projects Agency NetWork) АQShning mudоfаа
vаzirligi tоmоnidаn tаshkil qilingаn eng birirnchi kоmpyutеr tаrmоg’i hisоblаnаdi.
Kompyuter tarmoqlarining tarixi
Birinchi RFC (eng. Request for Comments, RFC) 1969 yil aprel
oyida kompyuter kommunikatsiyalari, tarmoq protokollari va
protseduralari to'g'risida ma'lumot berish va taqdim etish uchun hujjat
sifatida paydo bo'ldi.
RFC formati 1969 yilda ARPANET loyihasini muhokama qilish
paytida paydo bo'lgan, uni Stiv Kroker taklif qilgan va u birinchi RFCni
ham yozgan. RFC 1 1969 yil 7 aprelda nashr etilgan va "Xost dasturi"
deb nomlangan. Dastlabki RFClar bosma shaklda qog'ozga oddiy
harflar shaklida tarqatilgan, ammo 1969 yilning dekabridan boshlab,
birinchi ARPANET segmentlari ishlay boshlagach, hujjatlar elektron
shaklda tarqatila boshlandi.
Dastlabki RFClarning aksariyati Kaliforniyaning Los-Anjeles
universiteti va Stenford tadqiqot institutida yaratilgan.
Kompyuter tarmoqlarining tarixi
1969 yil 29 avgustda ARPANET dastlabgi ma’lumot uzatish jarayoni tarmoq
kommutatori (kompyuterlar, tarmoq printerlari va boshqa qurilmalarni bitta tarmoq
segmentiga birlashtiradi.) va IMP (Interface Message Processor) orqali UCLAga
xabar jo’natgan va bu tarixda birinchi ma'lumot uzatishi bo’lgan. Internet rasmiy
ravishda birinchi ma'lumotlar uzatilishi 1969 yil 29 oktyabrda soat 22:30 da UCLA va
SRI o'rtasida amalga oshirildi.
1970 yil fayl almashish protokoli, 1971 yil e-mail va hozirgi WiFi texnologiyasining
birinchi avlodi, 1973 yil Ethernet, va VoIP,
1974 yil birinchi marshrutizator (Router bir nechta tarmoq segmentlari bilan ishlashi
va ular orasidagi ma'lumotlarni, ya'ni marshrut ma'lumotlarini uzatishi mumkin.
Masalan, sizning uy tarmog'ingiz va Internet-provayderingiz tarmog'i o'rtasida),
1976 yil shlyuz (gateway)-turli xildagi tarmoqlar (mahalliy va xalqaro) birligini
ta`minlovchi tarmoq qurilmasi yoki dasturi vosita. Tarmoq qurilmasi bir turdagi fizik
muhitdagi (tarmoq) protokoldan ikkinchi turdagi fizik muhit (tarmoq) protokoliga
jo`natadi
Kompyuter tarmoqlarining tarixi
•
1978 yil TCP/IP (Transmission Control Protocol) protokollar steki
global tarmoq uchun ishlab chiqilgan.
IP adres - Qurilmaning tarmoqdagi takrorlanmas virtual adresidir. Internet
va lokal tarmog’idagi qurilmalar bir biri bilan IP protokoli orqali bir birini
IP adreslariga ma’lumot junatish orqali aloqa qilishadi. Bu aloqaning
o’ziga yarasha qonun qoidalari bor va shu qonun qoida asosida bir IP adres
ikkinchi IP adresga xabar (paket) jo’natadi va shu qonun
qoida protokol deyiladi.
 IP adreslarning xozirda ikki avlodi mavjud:IPv4 va IPv6
1981 yil IPv4 (Internet protokolining to’rtinchi avlodi),
IPv4 adres 32 bitdan tashkil topgan bo’ladi. Demak IP adres 32 ta 0 va
1 larning ketma-ketligidan tashkil topgan bo’ladi. 32 bitlik adreslar
sxemasida 4 mlrd dan ortiq ip larni tuzish mumkin.
• 1983 yil DNS (Domain name system)-IP adresda belgili adreslarni aks
ettirilishi
Kompyuter tarmoqlarining tarixi
• 1988 yil T1 transport tarmog’i (qurilmalar ma`lumot almashadi, foydalanuvchilar
ma’lumot almashmaydi), LAN (lokal kompyuter tarmog`i), VLAN (VLAN
(Virtual Local Area Network, virtual lokal tarmoq) - bu kommutator va
marshrutizatorlarda, bitta jismoniy tarmoq interfeysida (Ethernet, Wi-Fi interfeysi)
bir nechta virtual mahalliy tarmoqlarni yaratishga imkon beruvchi funktsiya.) va
Firewall (Global yoki xususiy tarmoqqa ulangan qurilmaga ruxsatsiz kirishni
oldini olish uchun firewall dan foydalanish zarur),
• 1990 yil birinchi tarmoq qurilmalarini ishlab chiqaruvchi tashkilotga asos
solindi,
• 1996 yil IPv6 (IPv6 — yangi avlod hisoblanib, ipv4 dan farqli ravishda keng
imkoniyatga ega. IPv6 128 bit dan tashkil topgan bo’ladi. Bu ip adreslar
facebook.com va shunga o’xshash mashxur saytlarga o’rnatilgan).
• 1997 yil 802.11 (2Mb/s) simsiz tarmoqlar uchun standartlarning oilaviy nomidir.
• 1999 yil axborotlarni shifrlash WEB protokoli va shu tariqa kompyuter tarmoqlari
taraqqiy etdi
TARMOQ TURLARI
• PAN (Personal Area Network) – ko'pi bilan 8ta qatnashchilar
mavjud bo'lishi mumkin va radius qamrovi 30 metrgacha.
• LAN (Local Area Network) – 10 tadan 100 gacha
foydalanuvchilar mavjud bo'lishi mumkin va radius qamrovi 100
metrgacha.
• CAN (Campus Area Network) – o'ziga bir necha LAN
tarmoqlarini birlashtiradi. Katta va ko'p segmentli LAN hosil
qilinadi.
• MAN (Metropolitan Area Network) – shahar qamrovidagi
tarmoq. 1000 metr masofani o'zida qamrab oladi va o'zida 1000
ta foydalanuvchilarni o'ziga birlashtiradi.
• WAN (Wide Area Network) – global kompyuter tarmog'i
hisoblanadi. Million abonentlarni o'zida birlashtiradi (Internet).
Kompyuter tarmoqlarining protokollari
• Tarmoq protokollari - bu tarmoq orqali ikki yoki
undan ortiq qurilmalar o'rtasidagi aloqani
belgilaydigan
qoidalar,
protseduralar
va
formatlardan tashkil topgan rasmiy standartlar va
qoidalar to’plami. Tarmoq protokollari o'z vaqtida,
xavfsiz va boshqariladigan ma'lumotlar yoki tarmoq
aloqasini oxiriga etkazish jarayonini, siyosatini va
ishlarini olib boradi.
Kompyuter tarmoqlarining
protokollari
• Tarmoqni ishlashi uchun esa bizga OSI modeli va
TCP/IP protokollar steki zarur hisoblanadi. OSI (Open
System Interconnection) modeli 7ta pog'onadan
iborat va har bir pog'ona paket (ma'lumot uzatishning
bir turi hisoblanadi) hosil qilishda o'z belgisini qo'yib
boradi. Ya'ni bunda agar ma'lumot biror qurilmadan
chiqib ketishdan oldin 7-pog'onadan boshlab pastki
pog'onaga tushib borib paket ko'rinishiga keladi va
uzatiladi. Ikkinchi kompyuter uni qabul qilib olgandan
so'ng esa 1-pog'onadan boshlab yuqoriga qarab chiqib
boradi va ma'lumot ko'rinishiga keladi. Bunda agar
qaysidir pog'onada xatolik bo'lsa, paket qaytadan
so'raladi yoki so'rov bekor qilinadi
Simsiz tarmoq texnologiyalari
Simsiz aloqa deganda axborotni yoki quvvatni ikki
yoki undan ko‘p bo‘lgan punktlar o‘rtasida
uzatish/qabul
qilish
tushiniladi.
Eng
ko‘p
qo‘llaniladigan simsiz texnologiyalar uchun radio
to‘lqinlardan foydalaniladi.
Radio to‘lqinlardan foydalanish maqsadiga karab bir
necha metr yoki bir necha million kilometr masofani
qamrab olishi mumkin.
1880 yilda birinchi simsiz aloqa tizimi amaliyotda
tajriba qilingan bo‘lsa, 1894 yil simsiz telegraf tizimi
ishlab chiqilgan. 1980 yilning fevralda IEEE
tomonidan 802 qo‘mitasi tuzilgan va uning asosiy
vazifasi simsiz texnologiyalar uchun standart ishlab
chiqishdan iborat bo‘lgan.
IEEE 802 qo’mitasi
1980 yilda ishlab chiqarilgan IEEE 802 standarti lokal va
shahar tarmoqlarini qurish uchun IEEE standartlari oilasi.
IEEE (Institute of Electrical and Electronics Engineers) Elektr va elektron muhandislar instituti. Shuningdek, IEEE
802 LAN / MAN standartlari qo'mitasi IEEE Kompyuter
Jamiyati Standartlari Kengashi tomonidan local, shahar va
boshqa tarmoqlar uchun tarmoq standartlarini va tavsiya
etilgan amaliyotlarni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash
uchun ochiq va akkreditatsiyalangan jarayondan foydalangan
holda tashkil etadi va global miqyosda ularni himoya qiladi.
IEEE 802.x oilasining
standartlari
IEEE 802.x oilasining standartlari OSI
modelining etti qatlamining faqat pastki
ikki qatlamini qamrab oladi - jismoniy va
kanalli. Buning sababi shundaki, aynan
shu darajalar mahalliy tarmoqlarning
o'ziga xos xususiyatlarini aks ettiradi.
Tarmoqdan
boshlab
yuqori
darajalar
asosan mahalliy va global tarmoqlar uchun
umumiy xususiyatlarga ega.
Simli va simsiz texnologiyalar: IEEE 802.1
802.1 ishchi guruhi quyidagi
sohalar bo’yicha standartlar va
tavsiya etilgan amaliyotlarni o’z
ichiga olgan holda ishlab chiqish
uchun ustavga ega: 802 LAN /
MAN arxitekturasi, 802 LAN,
MAN
va
boshqa
global
tarmoqlar bilan o’zaro ishlash,
802 xavfsizlik, 802 umumiy
tarmoq boshqaruvi va MAC &
LLC
qatlamlaridan
yuqori
qatlam protokollari.
Mahalliy tarmoqlarning o'ziga xosligi,
shuningdek, kanal
qatlamining ikkita
pastki darajaga bo'linishida namoyon
bo'ladi:
Muhitga kirishni boshqarish (Media Access
Control, MAC) tag osti sathi
Ma`lumotlarni uzatishni mantiqiy sathi
(Logical Link Control, LLC) tag osti sathi.
Ethernet – LAN, MAN va WAN tarmoqlarida keng
foydalanadigan
kompyuter
tarmog‘i
texnologiyalaridan biri hisolanadi. 1973 yilda ishlab
chiqilgan bo‘lsa, 1980 yilda birinchi marta sotuvga
chiqarilgan hamda 1983 yilga kelib Ethernet IEEE
tomonidan 802.3 standartlashtirilgan. O‘sha paytdan
boshlab bu standart texnologiyaning o‘tkazuvchanlik
qobiliyati va uzatish masofasi bir necha marta
takomillashtirildi.
• Ethernet orqali bog‘langan tizimlarning o‘zaro
aloqasi orqali ma’lumot oqimlari kadrlar deb
nomlangan qisqa bo‘laklarda uzatiladi. Har bir
kadrda uzatuvchi va qabul qiluvchining adreslari,
xatolarni tekshirish ma’lumotlari bo‘ladi
Simli texnologiyalar: IEEE 802.3
802.3 – Ethernet ishi guruhi hisoblanib, faqat Ethernet
tarmoqlari uchun standartlar ishlab chiqaradi. Bunda
elektr va optik kabellarga xos bo’lgan jihatlar
rivojlantiriladi: tezlik, o’tkazuvchanlik, ishonchlilik va
xk.
Simsiz texnologiya: IEEE 802.11
IEEE 802.11 local tarmoq (LAN) protokollari va simsiz
lokal tarmoq (WLAN-Wireless LAN) Wi-Fi kompyuter
aloqasini amalga oshirish uchun ommaviy axborot
vositalariga kirishni boshqarish (MAC) va fizik qatlam
(PHY) protokollari to'plamining bir qismini belgilaydi.
2.4 GGh, 5GGh, 6GGh va 60GGh diapazonlarni o'z
ichiga olgan, shu bilan cheklanmagan turli xil chastotalar
ishlatilishi
mumkin.
Faqat
simsiz
tarmoq
texnologiyalarini o’z ichiga oladi: WiFi, LiFi (Light
Fidelity) va boshqalari.
Simsiz texnologiya: IEEE 802.11
Simsiz texnologiya: IEEE 802.15
IEEE 802.15 standarti
ham
IEEE
802
standartlar qo'mitasining
ishchi guruhi bo'lib, u
simsiz personal tarmoq
standartlarini
ishlab
chiqadi. Rivojlanishning
10 ta asosiy yo'nalishlari
mavjud,
ularning
barchasi faol emas.
Simsiz texnologiya: IEEE 802.16
IEEE 802.16 keng
polosali bir qator
simsiz
shahar
tarmoqlarini qurish
uchun standartlarini
ishlab chiqadi.
Mobil tarmoq standartlari
Mobil aloqa tarmoqlari asosan ikki standart asosida
quriladi: GSM va CDMA. GSM – 2G tarmoqlari
standarti hisoblansa, CDMA ham 2G tamroqlariga to’g’ri
keladi. 3G tarmoqlari – UMTS va WCDMA standartiga
asoslangan. 4G tarmoqlari – LTE (GSM) va WiMax
(CDMA) standartlariga asosan quriladi. 5G tarmoqlarida
2ta standart emas balki bitta standartdan foydalanish
boshlandi, ya’ni OFDMA
Mobil tarmoq standartlari
Kirish
Tarmoq arxitekturasi (network architecture) - kompyuter tarmog’ini loyihalash va ishlab chiqish
jarayonidir. Arxitektura tushunchasi tarmoqning fizik tarkibiy qismlarini, ularning funktsional ob’ektlari,
ishlash tartiblarini va foydalaniladigan aloqa protokollarini aniqlashni ifodalaydi. Shuningdek, tarmoq
arxitekturasi aloqa tarmog’i orqali taqdim etiladigan xizmatlar va ularning batafsil tavsiflarini, taqdim
etiladigan xizmatlarni hisob-kitob qilish va hisob-kitob tuzilmalarini o'z ichiga oladi.
Kompyuter tarmoqlari arxitekturasi deganda kompyuterlarni o’zaro bog’lanishi, bog’lanish jarayonida
qo’llaniladigan texnologiyalar, ularning xususiyalatlari, standartlari, kompyuterlar o'rtasida vazifalar qanday
taqsimlanganligi va boshqa ko’plab jarayonlar tushuniladi. Tarmoq arxitekturasining eng ko'p ishlatiladigan
ikki turi mavjud: peer-to-peer va mijoz-server.
Global miqyosidagi kompyuter tarmoqlarining o’zaro bog’lanishi natijasida Internet tarmog’i tashkil topadi.
Internet tarmog'ining arxitekturasi, avvalambor, tarmoqdagi tugunlarni yoki tugunlarni ulash uchun ma'lum
bir modelda yoki apparat ulanishlarining ma'lum turlarida foydalanishda emas, balki Internet protokollari
(TCP/IP) arxitekturasidan foydalanishni ifodalaydi. Shunday qilib har bir texnologiya orqali
loyihalashtiriladigan tarmoq o’zining arxitekturasiga ega bo’ladi, masalan, OSI, TCP/IP, umumfoydalanish
telefon tarmog’i, mobil aloqa tarmoqlari va boshqalari. Ushbu ma’ruzada kompyuter tarmoqlarining
arxitekturalari muhokama etiladi.
Tarmoq va tarmoq arxitektura tushunchasi
Tarmoq so’zining ma’nosi narsalarning, qurilmalarning yoki odamlarning o’zaro bog’langan
tizimi yoki guruhini anglatadi. Kompyuter tarmoqlari esa eng kamida o’zaro ulangan ikkita
kompyuterlar tizimi tushuniladi. Tarmoq shartini bajarilishi faqatgina o’zaro bog’lanish emas,
balki o’zaro ma’lumot almashish jarayoni amalga oshirilishi shart.
Tarmoq arxitektura esa yuqorida ta’kidlanganidek, kompyuterlarni bog’lanishi orqali hosil
qilingan tarmoqni qanday asosda qurilganini, qanday qurilmalardan foydalanilgani, qaysi
protokollar ishlatilgani, tizimda qanday muhitlardan foydalanib ma’lumotlar uzatilishi yoki har
bir jarayonni fizik va mantiqiy holatlarni bajarilishini pog’onalarga ajratib bajarilishi
tushuniladi. Har bir tarmoq arxitekturasi belgilangan standartlar asosida yoki xech qanday
standartga asoslanmagan holatda ishlab chiqilishi mumkin. Masalan, kompyuter tarmoqlarini
OSI etalon modeli asosida qurish bilan global miqyosida ma’lumot almashishni ta’minlash
mumkin. Sababi dunyoda ko’plab mamlakatlarning kompyuter tarmoqlari ushbu etalon asosida
ishlaydi. Agar OSI modeliga asoslanmagan qandaydir belgilanmagan standartga asosan
kompyuter tarmoqlari loyihalansa, o’sha tizim ichidagi qurilmalar o’zaro ma’lumot almasha
oladi, OSI asosidagi tarmoq bilan esa ma’lumot almasha olmaydi, sababi uning standarti
boshqacha.
Tarmoq va tarmoq arxitektura tushunchasi
1996 yildagi Telekommunikatsiyalar to'g'risidagi qonunga binoan "tarmoq
elementi" atamasi telekommunikatsiya xizmatini ko'rsatishda foydalaniladigan
ob'ekt yoki uskunani anglatadi. Bunday atama shuningdek, ushbu ob'ekt yoki
uskunalar orqali taqdim etiladigan xususiyatlar, funktsiyalar va imkoniyatlarni,
shu jumladan abonent raqamlari, ma'lumotlar bazalari, signalizatsiya tizimlari
va hisob-kitob qilish va yig'ish uchun etarli bo'lgan ma'lumotlarni uzatish,
marshrutlash yoki boshqa ta'minotni o'z ichiga oladi.
Tarmoq elementlarning standartlari, ishlash ko’lami, imkoniyati, tarmoqda
foydalaniladigan nuqtasi va boshqa jihatlariga qarab guruhlarga ajratiladi. Bu
guruhlarga ajratish va ularni boshqari jarayoni pog’onali arxitekturada amalga
oshiriladi. Misol uchun foydalanuvchi yashash manzili qismida
foydalaniladigan tarmoq elementlari, magistral linyalarda yoki operator
binoasida foylashtiriladigan tarmoq elementlari.
Tarmoq va tarmoq arxitektura tushunchasi
Boshqacha qilib aytadigan bo’lsa, turli xil tarmoq arxitekturalari ko’plab standartlar
asosida ishlab chiqiladi, masalan, matnni formati, matni raqamli ko’rinishga
o’zgartirish, raqamli matnni signal ko’rinishiga o’zgartirish yoki aksincha, signalli
axborotlarni simsiz muhitda uzatish, qabul qilish jarayonlari ma’lum standartlar
asosida ishlab chiqiladi. Tasavvur qiling ikki standart asosida ishlab chiqilgan tizim
orasida ma’lumot almashish qanchalar murakkab bo’ladi. Shuning uchun ham global
tarmoqlarni loyihalash va qurish uchun yagona standartdan foydalanish har doim afzal
hisoblanadi. Bu xuddi ko’plab millatlarni bitta zalda ingliz tilida gaplashishi qanchalik
osonligini ko’rsatadi. Agar har bir millat o’zining tilada gaplashsa, ularni tushunish
uchun qancha tarjimon kerak bo’ladi yoki ba’zi tillar uchun tarjimon topilmasligi ham
mumki. Shuning uchun ham tarmoqlarni qurishda yagona arxitekturaga asoslanish
tarmoqni sodda va kam xarajatlar asosida qurish imkoniyatini beradi.
Kompyuter tarmoqlari arxitekturalari
• Tarmoq serveri - bu umumiy tarmoq resurslarini
boshqarish
va
uning
resurslarini
tarmoq
foydalanuvchilariga taqdim etish uchun maxsus tizim.
• Server - bu
kombinatsiyasi.
apparat
va
dasturiy
ta'minotning
• Mijoz - bu server tomonidan taqdim etilgan tarmoq
resurslaridan foydalanadigan kompyuter.
Mijoz-server arxitektura tushunchasi
"Mijoz-server“ - kompyuterlar yoki tarmoq arxitekturasi,
unda ish joylari yoki tarmoq yuki xizmat ko'rsatuvchi
provayderlar o'rtasida, serverlar deb nomlangan va mijozlar deb
nomlangan xizmat mijozlari o'rtasida taqsimlanadi.Mijoz va
server dasturiy ta'minot bo`lib, ular turli xil kompyuterlarda
joylashgan va tarmoq protokollaridan foydalangan holda
kompyuter tarmog'i orqali bir-biri bilan o'zaro aloqada bo'lishadi,
lekin ular bitta mashinada joylashgan bo'lishi mumkin. Server
dasturlari mijoz dasturlaridan so'rovlarni kutadi va ularni
o'zlarining resurslari bilan ma'lumotlarni ta'minlaydi. Bitta server
dasturi ko'plab mijoz dasturlarining so'rovlarini bajarishi
mumkinligi sababli, u boshqa server dasturlari bilan birgalikda,
qoida tariqasida, maxsus tarzda tuzilgan, maxsus ajratilgan
kompyuterga joylashtiriladi.
Kompyuter tarmoqlari ishlash tamoyiliga ko'ra: peer-to-peer
(yagona rang) va ko'p darajali arxitekturalariga tasniflanadi.
P2P (peer-to-peer)
Yagona rang arxitekturasi
Teng imkoniyatli, markazlashmagan yoki peerpeer (ing. P2P - peer-to-tengga-teng) tarmoq - bu
ishtirokchilarning
tengligiga
asoslangan
kompyuter tarmog'i. Ko'pincha bunday tarmoqda
maxsus serverlar mavjud emas va har bir tugun
(peer) ham mijoz, ham server bo'lib xizmat qiladi.
Ushbu tarmoqlar odatda serverga asoslangan
tarmoqlarga qaraganda arzonroq, ammo undan
kuchli kompyuterlarni talab qiladi. Ushbu
tarmoqlarda ishlashga va axborotni muhofaza
qilish darajasiga talablar odatda maxsus serverga
ega bo'lgan tarmoqlarga qaraganda pastroq.
Peer-to-peer tarmog'i, unda tugunlar
markaziy elementsiz bir-biri bilan
"gaplashadi“ (ma`lumot almashadi)
Peer-to-peer tarmog'ining afzalliklari
 Tarmoqni o'rnatish va uni saqlash oson, uni yaratish uchun
qo'shimcha dastur talab qilinmaydi, ya`ni uning narxi
minimal.
 Ushbu tarmoqda administrator lavozimiga ehtiyoj yo'q.
 Tarmoq administratorining barcha vazifalari kompyuter
egalari tomonidan amalga oshiriladi.
 Tarmoq unga kiritilgan kompyuterlarning ishlashiga bog'liq
emas.
Peer-to-peer tarmog'ining kamchiliklari
 Kompyuterlar ko'plab ulanishlarni boshqarolmaydilar, bu
esa ishlashning sezilarli darajada yomonlashishiga olib
keladi.
 Tarmoq markazlashtirilmaganligi sababli ma'lumotlarni
topish qiyinlashadi.
 Foydalanuvchilarning shaxsiy kompyuterlarini boshqarish
zarurati ulardan biroz tayyorgarlikni talab qiladi.
 Ma'lumotlarni himoya qilish tizimining zaifligi.
Ko'p darajali tarmoqlar

Mijozlar markaziy tarmoq tuguniga (serverga) murojaat
qiladigan mijoz-server modeliga asoslangan ko'p darajali
tarmoq.
 Ko'p darajali tarmoqlar (serverga asoslangan tarmoqlar) peer-topeer tarmoqlardan farq qiladi, chunki ular butun tarmoqni
boshqarish uchun mas'ul bo'lgan kompyuterga ega. Ko'pgina
tarmoqlar maxsus ajratilgan serverlardan foydalanadilar.
Ajratilgan server - bu faqat server vazifasini bajaradigan server
(mijoz yoki ish stantsiyasining funktsiyalaridan tashqari).
 Ushbu tarmoqlar tarmoq mijozlaridan kelib tushgan so'rovlarni
tezda qayta ishlashga va fayllar va kataloglarni himoya qilishni
boshqarish uchun mo'ljallangan. Tarmoq domen modeli asosida
tashkil etilgan. Domen - bu yagona xavfsizlik siyosati va
foydalanuvchi qayd yozuvlarining umumiy bazasi bilan
birlashtirilgan tarmoqdagi kompyuterlar to'plami.
Serverga asoslangan tarmoqning afzalliklari:
 Kuchli markazlashtirilgan himoya. Kirish huquqlari faqat bir marta
tekshiriladi - tizimga kirishda;
 Maxsus ajratilgan serverlar resurslarni taqsimlash rejimida peer-topeer kompyuterlariga qaraganda tezroq;
 Foydalanuvchilar
resurslarni
boshqarish
administratorlik
majburiyatlaridan ozod qilinadi.
 Ko'p sonli foydalanuvchilarni oddiy boshqarish.
 Kompyuterlarda ma'lumotlarning yo'qolishini oldini olishi
markazlashtirilgan holda tashkil etilganlik.
Kamchiliklari:
 Qimmat ixtisoslashtirilgan apparat va dasturiy ta'minot.
 Maxsus administrator lavozimiga ehtiyoj.
 Peer-to-peer va serverga asoslangan tarmoqlarning eng
yaxshi sifatlarini o`z ichiga olgan holda birlashtirilgan
tarmoq turlari ham mavjud. Bunday tarmoqlarda ajratilgan
server resurslariga kirishni boshqarish, shu bilan birga
serverning qattiq disklari va server ma'lumotlariga kirishni,
foydalanishni birgalikda boshqarish mumkin.
Kompyuter tarmog’i arxitektura
Tarmoq elementlari va pog’onali arxitektura
Kompyuter tarmoqlarida tarmoq
elementi - bu bir yoki bir nechta
fizik qurilmalarni birlashtirgan
holda boshqaradigan ob’ekt
hisoblanadi.
Bu
tarqatilgan
qurilmalarni bitta boshqaruv
tizimidan foydalangan holda
yagona usulda boshqarishga
imkon beradi. Quyidagi rasmda
keltirilgan har bir qurilma
tarmoq elementi bo’la oladi.
Kompyuter tarmoqlarida ma’lumot yuborishni tashkil etish
Kompyuterlar orasida ma’lumotlarni almashish parallel ѐki ketma-ket amalga
oshirilishi mumkin. Parallel ravishda ma’lumot yuborishda 1 bayt ma’lumot bir vaqtda
yuboriladi.
Ketma-ket ravishda esa aksincha ma’lumot yuborishda 1 bayt ma’lumotning har bir
bo‘lagi (1 bit) kanal orqali ketma ket yuboriladi.
Har ikkala usulda xam ma’lumotlarni qabul qilish xuddi yuborish kabi parallel va
ketma-ket amalga oshiriladi
Tarmoq kanallari orqali kompyuterlarni bog‘lanishi uch xil usulda amalga oshiriladi.
Simpleks usuldagi bog‘lanishda ma’lumotlar bir vaqtning o‘zida faqat bir tomonga
uzatiladi
Yarim dupleks usuldagi bog‘lanishda ma’lumotlar ikkala tomonga qarab navbat bilan,
avval bir tomonga keyin ikkinchi tomonga uzatiladi,
Dupleks usuldagi bog‘lanishda ma’lumotlar ikkala tomonga qarab bir vaqtda uzatilishi
mumkin.
Tarmoq topologiyalari
Tarmoq topologiyasi - bu aloqa tarmog'i elementlarining joylashuvi. Tarmoq
topologiyasi har xil turdagi telekommunikatsiya tarmoqlarini, shu jumladan
radio tarmoqlarini tavsiflash uchun ishlatilishi mumkin. Tarmoq topologiyalari
shuningdek, tarmoqni geografik muhitdagi o’rni, foydalanuvchilari soni va
foydalaniladigan texnologiyasiga muvofiq tanlanadi. Bir qancha tarmoq
topologiyalari mavjud: mesh, yulduz, daraxt, shina, halqa ва 3-D torus.
Misol uchun mesh topologiyali tarmoq - bu lokal tarmoq topologiyasida
ishlatiladi, unda infratuzilma tugunlari to'g'ridan-to'g'ri, dinamik va ierarxik
bo'lmagan holda boshqa ko'plab tugunlarga ulanadi va ma'lumotlarni
foydalanuvchilarga samarali yo'naltirish uchun bir-biri bilan hamkorlik qiladi.
Bunday topologiyalar har doim ham o’zini oqlamaydi, sababi qurilishi
qimmatga tushadi
Tarmoq topologiyalari
Fizik va mantiqiy topologiyani ajrata olish kerak.
• Fizik topologiya - bog’lanish - bu nuqtalarning
joylashishini va aloqa liniyalari orqali bog’lanishini aks
ettiradi.
• Mantiqiy topologiya – bog’lanish - manzil ma'lumotlari
asosida tarmoqdagi axborot xabarlarining manbalaridan
qabul qiluvchilargacha harakatlanish yo'llari to'g'risida
ma’lumot beradi.
Mesh topologiyali tarmoq
Mesh topologiyali tarmoq - bu lokal
tarmoq topologiyasida ishlatiladi, unda
infratuzilma
tugunlari
to'g'ridan-to'g'ri,
dinamik va ierarxik bo'lmagan holda boshqa
ko'plab tugunlarga ulanadi va ma'lumotlarni
foydalanuvchilarga samarali yo'naltirish
uchun bir-biri bilan hamkorlik qiladi. Bunday
topologiyalar har doim ham o’zini oqlamaydi,
sababi qurilishi qimmatga tushadi.
Yulduz topologiyali tarmoq
Yulduzli topologiyaga asoslanga
tarmoq bo’lib, bunda kompyuter
tarmoqlari
markazida
joylashgan
tarmoq elementni o’ziga ulangan
qurilmalarni boshqarad. Shuningdek,
yulduzli topologiyada har bir xost
markaziy qurilmaga ulanadi, bitta
markaziy qurilma xabarlarni uzatish
uchun kanal vazifasini bajaradi. Bu
topologiya
eng keng tarqalgan
kompyuter tarmog'i topologiyalaridan
biridir.
Daraxt topologiyali tarmoq
• Daraxt - bu tarmoq
topologiyasi,
unda
har
bir
yuqori
darajadagi
tugun
yulduzlarga o'xshash
bog'lanish
orqali
pastki
darajadagi
tugunlarga ulanadi va
yulduzlar birikmasini
hosil qiladi. Daraxt
shuningdek, ierarxik
yulduz deb ataladi.
Умумий
шинали
топология
компьютер тармоқларининг кўп
Бу локал
тарқалган топологияси хисобланади, масалан
Ethernet технологиясининг 10Base-5, 10Base-2
стандарт-лари
шу
топология
асосида
қурилган.
Бунда
компьютерлар
битта
коаксиал кабелга уланган бўлиб, ахборот
узатилаётган пайтда у кабель бўйлаб икки
томонга
тарқалади.
Умумий
шина-ли
тармоқлар нисбатан арзон ҳисобланади,
уларда кабелни тортиш ва қўшимча
компьютер-ларни улаш осонлик билан
бажарилади. Аммо бу хилдаги тармоқнинг
энг
жиддий
камчилиги,
унинг
ишончлилигининг
пастлигидир,
яъни
кабелдаги ҳар қандай узилиш ёки компьютерлар уланган узгич-улагичлардан бирининг
узилиши бутун тармоқни ишини издан
чиқаради.
Torus topologiyali tarmoq
Torus aloqali topologiya - bu
parallel kompyuter tizimidagi
ishlov berish tugunlarini o'zaro
bog'lash uchun kalitsiz tarmoq
topologiyasi hisoblanadi. Bu
yangi
avlod
topologiya
hisoblanadi
va
ko’plab
kompyuterlarni 3 o’lchamli
holatda bir biri bilan bog’laydi.
Tarmoq standartlarini tartibga soluvchi qo’mitalar
Hozirgi kunda dunyo miqyosida 800 dan ortiq standartlashtirish
tashkilotlari bo’lib, ular global tarmoqlarni loyihalash, qurish, yangi
standartlarni ishlab chiqish, tadbiq etish, muammolarni o’rganish,
yechimlar, va tavsiya ishlab chiqish jarayonlarini muvofiqlashtiradi.
Umuman olganda standartlar, tavsiyanomalar, tartibga soluvchi
yo’riqnomani ishlab chiqish doimiy yangilanib boradigan jarayon
hisoblanadi. Misol uchun, yangi protokol, yangi avlod mobil texnologiyasi
(3G, 4G, 5G) ishlab chiqilishi, ma’lumot uzatish tezligini oshirilishi,
axborot xavfsizligini takomillashtirilishi, yangi WiFi texnologiyasini
ishlab chiqilishi yoki telekommunikatsiyada lokal, shahar yoki global
tarmoq uchun ishlab chiqilgan har qanday fizik yoki dasturiy maxsulot
o’zining standartiga ega bo’ladi.
Tarmoq standartlarini tartibga soluvchi qo’mitalar
Shuningdek, standartlashtirish tashkilotlari yoki qo’mitalari xalqaro, hududiy va milliy
ko’rinishlarda bo’ladi. Standartlashtirish tashkilotlotlari haqida qisqacha to’xtalib
o’tamiz.
Dunyo miqyosida ba’zi standartlashtirish tashkilotlarini ko’rib chiqamiz:
• ISO – International Organization for Standardization
• ITU – The International Telecommunication Union
• ITU-R – ITU Radiocommunications Sector.
• ITU-T – ITU Telecommunications Sector.
• ITU-D – ITU Telecom Development.
• IEEE – Institute of Electrical and Electronics Engineers
• IETF – Internet Engineering Task Force
• ISSN -International Standard Serial Number centre
• 3GPP – 3rd Generation Partnership Project
Tarmoq standartlarini tartibga soluvchi qo’mitalar
•
ITU (International Telecommunications Union) - 1865 yilda Xalqaro Telegraf Ittifoqi
sifatida tashkil etilgan.
BMTning tarkibiy bo'linmasi. ITU-T ishlari an'anaviy telekommunikatsiya, ma'lumotlar uzatish,
axborot tarmoqlari sohasida tavsiyalar beradi. ITU-T tavsiyalari aslida o'zlarining tegishli
texnologiyalar sohasidagi xalqaro standartlardir. ITU-T tavsiyalari qatori lotin harflarida
ko'rsatilgan, masalan, Q - kommutatsiya va signalizatsiya, X - ma'lumotlar tarmoqlari va ochiq
tizimlarning o'zaro aloqasi, V - telefon tarmog'i orqali ma'lumotlarni uzatish, Y - Global axborot
infratuzilmasi va Internet protokollari jihatlari. Standartlarga misol sifatida X.25 keltirilgan.
• ISO - International Standards Organization - Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO).
Bosh qarorgohi Jenevada joylashgan ixtiyoriy notijorat tashkilot (http://www.iso.ch/), bu ko'plab
sohalarda, shu jumladan hisoblash va aloqa sohasida xalqaro standartlarni ishlab chiqadi. 1946
yilda dunyo standartlari organlari federatsiyasi sifatida tashkil etilgan. ISO a'zolari 130 dan ortiq
milliy standartlar institutlari (masalan, ANSI - Amerika Milliy Standartlari Instituti). OSI
modeli va protokollari ISO standartlarining namunasidir.
Tarmoq standartlarini tartibga soluvchi qo’mitalar
• IEEE - ("i-triple-e" deb talaffuz qilinadi) - Elektr va elektronika
muhandislari instituti (AQSh).
Dunyodagi eng yirik professional tashkilot (www.ieee.org) 1963 yilda
tashkil topgan bo'lib, 147 mamlakatdan 300 mingdan ortiq texniklarni
birlashtirgan, standartlashtirish bo'yicha etakchi tashkilot. IEEE keng
nashriyot va ma'rifiy faoliyat bilan shug'ullanadi. IEEE kompyuterlar
uchun standartlarni ishlab chiqishni subsidiyalashtiradi va ma'lumotlarni
uzatish nuqtai nazaridan 802 seriyali standartlar uchun javobgardir.Bu
standartlar ma'lumotlarni tezkor uzatish uchun juda muhimdir.
Tarmoq standartlarini tartibga soluvchi qo’mitalar
• ETSI - Evropa telekommunikatsiya standartlari instituti (ETSI)
http://www.etsi.org/ Evropa telekommunikatsiya standartlari instituti - 1988 yilda
tashkil etilgan bo'lib, umumiy Evropa standartlarini ishlab chiquvchi mustaqil
tashkilotdir. Standartning misoli - Mobil telekommunikatsiyalar uchun global tizim
(GSM) standarti.
• EIA - Electronics Industries Alliance - Elektron sanoat alyansi, EIA alyansi.
Standartga RS-232C interfeysi misol bo'la oladi.
• TIA - Telekommunikatsiya sanoat assotsiatsiyasi - Telekommunikatsiya sanoat
assotsiatsiyasi.
Shimoliy Amerikadagi barcha telekommunikatsiyalar sohalarida standartlashtirish va
sertifikatlashtirishga xizmat qiladi. (Xususan, kabel tizimlari uchun standartlarni ishlab
chiqadi). U EIA alyansining a'zosi. Standartlar EIA / TIA sifatida indekslangan.
• ANSI - Amerika Milliy Standartlar Instituti - 1918 yilda tashkil etilgan. Namunaviy
standart - ASCII kodi
Download