Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 1-amaliy ish Pedagogika va psixologiya Guruh: 215-21 guruh Bajardi:Xamzaqulov Bobur Tekshirdi:Yusupova Zamira 1. Insoniyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida pedagogikaning vujudga kelishini o’rganish (Esse, Bumerang usullari asosida) Pedagogika predmeti. Pedagogika (yunoncha “paidagogike”– “paidagogos” “bola” va “etaklayman”) ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, shaxsni shakllantirishga qaratilgan tizimli faoliyat mazmuni, ta’lim, ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, shakllari, metodlari, vositalari, yagona ijtimoiy maqsad asosida yosh avlodni milliy istiqlol g’oyasi ruhida tarbiyalash, unga ta’lim berish muammolarini o’rganadi. A.Avloniy tushunchani “bola tarbiyasining fani” (“pedagogiya”) deb ataydi. Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati, uni o’qitish va tarbiyalashga e’tiborni qaratadi. SHu bois didaktika (ta’lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi Pedagogika fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. Ta’lim umumiy va maxsus ta’lim kabi turlarga ajratiladi. Umumiy Pedagogika fanining muhim tarkibiy qismlaridan yana biri – bu tarbiya nazariyasi sanaladi. Tarbiya nazariyasi bevosita tarbiya jarayonini o’rganadi. Ibtidoiy jamoa tuzumida odamlarning guruh-guruh bo’lib hayot kechirishi sababli bolalarga tirikchilik o’tkazish yo’lidagi faoliyat (o’simlik mevalari, ildizlarini terish, hayvonlarni ovlash)ni tashkil etish borasidagi tajribalarni o’rgatish guruh a’zolari tomonidan birdek amalga oshirilgan. Bilimlar, aksariyat hollarda, mehnat va o’yin jarayonlarida o’zlashtirilgan. Mehnat faoliyatini tashkil etish jinsiy xarakterga ega bo’lganligi bois o’g’il va qiz bolalarni tarbiyalashda o’ziga xos jihatlar ko’zga tashlangan. Oila, xususiy mulk va davlatning paydo bo’lishi ijtimoiy tarbiya mazmunida ham tub o’zgarishlarning sodir etilishi, quldorlarning paydo bo’lishi olib keldi. Aynan mana shu davrdan tarbiya jamiyatning ijtimoiy talab va ehtiyojlari asosida yo’lga qo’yila boshladi. Erkin fuqarolarni tarbiyaning maqsadi, vazifalari, mazmuni va vositalari borasidagi fikrlar Demokratik, Platon va Aristotellarning asarlarida muhim o’rin egallagan. Mutafakkirlarning asarlarida ushbu fikrlar mustaqil pedagogik nazariya sifatida emas, balki falsafiy qarashlar yoki jamiyatni tashkil etish loyihasining muhim komponenti tarzida bayon etilgan. Ushbu davrda tabiiy-ijtimoiy fanlar tizimi shakllanishi uchun boshlang’ich asoslar qo’yildi. Quldorlik tuzumida erkin bo’lmagan kishilar (qullar)ning haq-huquqlari cheklanganligi bois tarbiya tizimi faqatgina quldorlar, ularning farzandlari uchun xizmat qilgan. Feodal tuzumda pedagogik g’oyalar feodallar manfaatini ifoda eta boshladi. Mazkur davr pedagogik jarayonni tashkil etishda diniy g’oyalar yetakchi o’rin egallashi bilan tavsiflanadi. Ijtimoiy hayotda diniy muassasalar (G’arbda cherkov, SHarqda esa machitlar)ning roli osha borib, bolalarni o’qitish va tarbiyalash ishlari asosan shu maskanlarda tashkil etildi. Garchi dunyoviy g’oyalarni ilgari surish, ilmiy nazariyalarni yaratish va targ’ib etishning din peshvolari tomonidan qoralanishi kabi holatlar ham ko’zga tashlangan bo’lsa-da, ammo savdo-iqtisodiy aloqalar ko’lamining kengayishi, tabiiy ofatlarga harshi keskin chora ko’rish ehtiyoji ilmiy bilimlarning rivojlantirish hayotiy zaruriyat ekanligini isbotladi Savdo, hunarmandchilik va manufaktura negizida rivojlanib borayotgan ishlab chiqarishni yanada takomillashtirish yo’lidagi amaliy harakatlar bu boradagi muvaffaqiyat murakkab texnikani boshqara oladigan shaxsni shakllantirish evaziga hal etilishi tasdiqladi. Bu davrda ilg’or, progressiv pedagogik g’oyalar ilgari surildi. Aynan shu davrda pedagogika fani asoslari muayyan tizimga solindi va ilmiy jihatdan asoslandi. SHaxsga ta’lim berish, uni tarbiyalashga oid qarashlar yanada boyitildi; ta’lim tizimiga ilm-fan, texnika yangiliklarini tadbiq etish, o’qitishni yangi tizim (izchil, uzluksiz, asoslangan) asosida tashkil etish kabi g’oyalar ilgari surildi. Sobiq SHo’ro davrida pedagogika fani mazmunan ilm-fan, texnika va texnologiya yutuqlari asosida boyib, ta’lim muassasalari tizimi shakllantirildi, har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirish nazariyasi asoslandi. Biroq, mazkur nazariya g’oyalarini amaliyotga tadbiq etishning puxta asoslangan mexanizmi yaratilmadi. O’zRda mustaqillik yillarida “ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’la xalos etish”* davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida belgilandi. Asosiy e’tibor yuksak ma’naviy va axloqiy talabalarga javob beruvchi, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga qaratildi. Demak, pedagogika fani mavjud sharoitda barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlashga yo’naltirilgan ijtimoiy hrakat istiqbollari, bu boradagi muammolar va ularni hal etish yo’llarini o’rganadi. Pedagogika fanining vazifalari. Pedagogika fani shaxsni shakllantirishdek ijtimoiy buyurtmani bajarish orqali jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga alohida hissa qo’shadi. Fanning maqsadi va vazifalarini belgilashda ijtimoiy munosabatlar, davlat va jamiyat qurilishi, uning hayotida yetakchi o’rin tutuvchi g’oyalar muhim ahamiyatga ega. O’zRda pedagogika fani yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega yuqori malakali kadrni tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, ta’lim va tarbiya nazariyasini milliy istiqlol g’oyasi asosida ijodiy rivojlantirishga xizmat qiladi. 2.Sharq mutafakkirlarining pedagogik g'oyalari bilan tanishish (Case study, Kichik guruhlarda ishlash usullari asosida) Sharq mutafakkirlari Sharq mutafakkirlari Sharq mutafakkirlari Muhammad al-Xorazmiy Abu Nasr Forobiy Abu Rayxon Beruniy Xorazmiy bilim olishda talabaning shaxsiy kuzatishlariga hamda olgan bilimlaridan foydalanishga katta e’tibor berdi. Bunda u ilm izlovchilarning ilmiy manbalarni to’plash, ularni ifodalash va kuzatganlarni tushintira olish malaka va ko’nikmalarini hosil qilishga katta baho berdi. Tadqiqotchilar uning 160 dan ortiq ilmiy asarlar yaratganligini qayd etadilar. O’rta asr davri ilm – fani taraqqiyotiga katta hissa qo’shgan olim, Forobiy tabiiy, ilmiy va ijtimoiy bilimlarning barcha sohalarida ilmiy ish olib borgan. Forobiy o’zidan keyin juda boy ilmiy meros qoldirgan. Falsafa, musiqa, filologiya va boshqa tabiiy, ilmiy bilimlarning turli sohalarida asarlar yaratgan. Demak, Forobiy inson baxt – saodatga erishuvi uchun ularni baxtli – saodatli qila oladigan jamoa rahbari bo’lishi kerak deydi. Forobiy ta’lim – tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi. Beruniyning inson kamolotida axloqiy tarbiyaning muhim o’rnini ta’kidlashini uning «O’tmish avlodlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston»,«Mineralogiya », «Kitob as - Saidona», «al – Qonuni al - Mas’udiy», «Giodeziya» va boshqa asarlarida ko’ramiz. Beruniy fikricha, axloqiylik insonning eng asosiy sifati bo’lishi kerak. Bu xislat birdaniga tarkib topmaydi. U kishilarning o’zaro muloqoti, ijtimoiy muhit – jamiyat taraqqiyoti jarayonida tarkib topadi. Beruniy ham axloqiy tarbiyaga musulmon dini talablaridan kelib chiqqan xolda ta’rif beradi. Axloqiylik yaxshilik bilan yomonlik o’rtasidagi kurash natijasida namoyon bo’ladi va tarkib topadi deydi, u. YAxshilik va yomonlik insonning xulqatvorini belgilaydigan Sharq mutafakkirlari mezon qo’llaniladi. sifatida Bilar edim 1. Shaxsning shaxsiyati bir qancha omillar ta'sirida shakllanadi. Ulardan asosiylari quyidagi uchtadir: irsiyat, muhit va tarbiya 2. Bola 2-3 yoshiga etganida og‘zaki nutqi jadal rivojlanadi, 5-7 yoshda o‘qishni egallashga tayyor bo‘ladi. 3. 33-40 yoshdagi barqaror davr bu yoshda inson o'zi xohlagan narsani eng muvaffaqiyatli amalga oshirishi, o'z oldiga qo'ygan va erishadigan maqsadlariga ega bo'lishi. 4. 16 yosh 22 yoshda o'smirlar kattalikka, mustaqillikka tayyorligini ko'rsatish va isbotlashga tobora ko'proq intiladi. 5. Yosh guruhlari va ularning xususiyatlari haqidagi bilimlar yordamida biz har doim har qanday yoshdagi odamga eng yaxshi yondashuvni topishingiz va u bilan muloqotni yanada samarali va hayotni tinch va uyg'unlashtirishingiz mumkin. Bilib oldim 3. Shaxs rivojlanishining yoshga bog’lik xususiyatlari haqida ma’lumot olish (Kichik gurhlarda ishlash, B.B.B. usullari asosida) 1. Har bir yoshda psixik rivojlanish qonuniyatlarini o`rganish bilan psixologiyaning maxsus bo`limi – rivojlanish psixologiyasi shug`ullanadi. 2. Miyaga tanballik qilishga imkoniyat yaratmaslik maqsadida bolalarning aqliy rivojlanishi bo‘yicha mashg‘ulotlarni 4-5 yoshdan boshlanadi. 3. Ilmiy ijodning optimal yosh davrlari ma'lum bo'lib, ular 35-45 yoshga to'g'ri keladi 4. Asosan xoreografiyada 20-25 yoshda, musiqa va sheʼriyatda 30-35 yoshda, falsafa, fan, siyosatda 40-45 yoshda qayd etiladi 5. 30-33 yoshdagi me'yoriy inqiroz insonning hayot rejalari va real imkoniyatlari o'rtasidagi nomuvofiqlik bilan bog'liq. Inson ahamiyatsiz narsalarni filtrlaydi, qadriyatlar tizimini qayta ko'rib chiqadi. Bilishni hohlayman 1. Davr o’zgarishida insonda qanday sezilarli o’zgarishlar bo’ladi va ularning ijobiy, salbiy ta’sirlari haqida. 2. Shaxsiy rivojlanishda qaysi yoshdan eng ko’p xatolar qilinishi haqida. 3. Qaysi yoshda inson biror yonalishda bo’lsa ham qanday umumiy salbiy yoki ijobiy harakterga ega bo’ladi. 4. Insonni rivojlanishida tengdoshlari yoki kattalarning ta’siri qanchalik muhim yoki sezilarli. 5. Inson rivojlanishida yoshga bog’liq xususiyatlari uni qiziqishlari, hohishlariga ta’siri haqida.