Uploaded by bekzod.berdiyorov

Tarmoq texnologiyasi 02

advertisement
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
MATEMATIKA VA KOMPYUTER ILMLARI FAKULTETI
“Amaliy matematika” kafedrasi
FAN: TARMOQ TEXNOLOGIYALARI VA ADMINISTRLASHTIRISH
MAVZU: TELEKOMMUNIKATSION TIZIMLAR
Ma’ruzachi: katta o’qituvchi B.H.Shovaliyev
Qarshi - 2022
REJA
1. Telekommunikatsion tizimlarning me’yoriy huquqiy asoslari
2. Telekommunikatsiya tarmog’ining qurilmalari
3. Telekommunikatsiya tizimining rivojlanish istiqbollari
KALIT SO’ZLAR
Telekommunikatsion tizimlar, modem, modulyatsiya, demodulyatsiya, tarmoq
arxitekturasi, tarmoq strukturasi, kiritish va chiqarish qurilmalari, kompyuter portlari,
razyomlar
TELEKOMMUNIKATSION TIZIMLAR
1999 yil 20 avgustda O’zbekiston Respublikasi prezidentining “Telekommunikatsiyalar to’g’risida”gi
822-I-sonli qarori qabul qilindi.
Qonun 28 moddadan iborat bo’lib, ular quyidagilardan tashkil topadi: qonunning maqsadi, asosiy
tushunchalar, Telekommunikatsiyalar to’g’risidagi qonunchilik, Telekommunikatsiya tarmoqlariga doir
mulkchilik,
Telekommunikatsiya
tarmoqlarining
yerlari,
Telekommunikatsiya
tarmoqlari,
Telekommunikatsiyalar
sohasida
davlat
tomonidan
tartibga
solish
va
boshqarish,
Telekommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organ, Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni
litsenziyalash, Telekommunikatsiyalar sohasida sertifikatlash, Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini
raqamlash tizimi va rejasi, domen nomlari tizimi, Telekommunikatsiyalar sohasida raqobatni
rivojlantirish, Telekommunikatsiya xizmatlariga doir tariflar, Telekommunikatsiya tarmoqlari orqali
uzatiladigan telefon so‘zlashuvlari, telegraf va boshqa xabarlarning sir tutilishi, Telekommunikatsiyalar
tarmoqlari va vositalarini rivojlantirish hamda qayta qurish, Tarmoqlararo ulanishlar, Operatorlar va
provayderlarning tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar bilan o‘zaro munosabatlari,
Favqulodda holatlarda telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish, Telekommunikatsiya
tarmoqlarida ro‘y bergan hodisalar oqibatlarini bartaraf etish, Operatorlar va provayderlarning huquqlari,
Operatorlar va provayderlarning majburiyatlari, Foydalanuvchilarning huquqlari, Foydalanuvchilarning
majburiyatlari, Telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish chog‘idagi imtiyozlar va ustunliklar,
Telekommunikatsiya vositalarini qo‘riqlash, Nizolarni hal etish, Telekommunikatsiyalar to‘g‘risidagi
qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik.
TELEKOMMUNIKATSION TIZIMLAR
Telekommunikatsiyalar — signallar, belgilar, matnlar, tasvirlar, tovushlar yoki axborotning boshqa
turlarini o‘tkazgichli, radio, optik yoki boshqa elektrmagnit tizimlaridan foydalangan holda uzatish, qabul
qilish, qayta ishlash;
Telekommunikatsiyalar tarmog‘i — uzatishlarning bir yoki bir necha turini: telefon, telegraf, faksimil
turlarini, ma’lumotlar uzatish va hujjatli xabarlarning boshqa turlarini, televizion va radioeshittirish
dasturlarini translatsiya qilishni ta’minlovchi telekommunikatsiya vositalarining majmui;
Telekommunikatsiya vositalari — elektrmagnit yoki optik signallarni hosil qilish, uzatish, qabul qilish,
qayta ishlash, kommutatsiya qilish hamda ularni boshqarish imkonini beruvchi texnik qurilmalar, asbobuskunalar, inshootlar va tizimlar;
Telekommunikatsiya inshootlari — telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalarining ishlashi hamda
ulardan foydalanishni ta’minlovchi binolar, qurilmalar, telekommunikatsiya liniyalari, moslamalar,
tayanchlar, machtalar va boshqa inshootlar;
Oxirgi (terminal) asbob-uskunalar — telekommunikatsiyalar tarmoqlari bilan o‘zaro bog‘lanadigan,
telekommunikatsiyalar tarmoqlari orqali uzatiladigan yoki qabul qilinadigan signallarni hosil qilish,
o‘zgartirish,
qayta
ishlash
uchun
mo‘ljallangan
telekommunikatsiyalar
xizmatlaridan
foydalanuvchilarning texnik vositalari;
Tarmoqlararo ulanishlar — telekommunikatsiya tarmoqlarining o‘zaro texnologik hamkorligi bo‘lib, u
turli telekommunikatsiyalar operatorlarining foydalanuvchilar o‘rtasida axborotni uzatish va qabul qilishni
ta’minlaydi;
TELEKOMMUNIKATSION TIZIMLAR
Telekommunikatsiya operatori (bundan buyon matnda operator deb yuritiladi) — mulk huquqi yoki
boshqa ashyoviy huquq asosida telekommunikatsiyalar tarmog‘iga ega bo‘lgan, uning ishlashi,
rivojlanishini ta’minlovchi va telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxs;
Telekommunikatsiya xizmatlari provayderi (bundan buyon matnda provayder deb yuritiladi) —
foydalanuvchilarga operatorlar tarmog‘i orqali tijorat asosida telekommunikatsiya xizmatlarini
ko‘rsatuvchi yuridik shaxs;
Telekommunikatsiyalar xizmatlari — operator va provayderning signallar hamda boshqa axborot
turlarini telekommunikatsiya tarmoqlari orqali qabul qilish, uzatish, qayta ishlashga doir faoliyati
mahsuli;
Raqamlash tizimi — operatorlar, provayderlar va foydalanuvchilarning oxirgi (terminal) asbobuskunalari o‘rtasida raqamlarni taqsimlash va ularga raqam (raqamlar yoki belgilar kombinatsiyasini)
berish tartibi;
Raqamlash rejasi — operatorlar, provayderlar va foydalanuvchilarning oxirgi (terminal) asbobuskunalari o‘rtasidagi aniq raqamlarning berilishi;
TELEKOMMUNIKATSION TIZIMLAR
Telekommunikatsiyalar xizmatlaridan foydalanuvchi (bundan buyon matnda foydalanuvchi deb
yuritiladi) — telekommunikatsiyalar xizmatlarining iste’molchisi hisoblangan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Universal xizmatlar — umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlari orqali barcha
foydalanuvchilarga
ko‘rsatiladigan
belgilangan
sifatdagi
majburiy
xizmatlar
to‘plami
(foydalanuvchilarning bu tarmoqdan foydalanishini ta’minlash, mahalliy, shaharlararo va xalqaro telefon
so‘zlashuvlari, telegrammalar jo‘natish va boshqalar).
Domen nomi — axborot resursiga yoki axborot tizimiga berilgan, ularni Internet jahon axborot
tarmog‘ida identifikatsiyalash uchun xizmat qiladigan noyob nom;
Domen nomlari tizimi — Internet jahon axborot tarmog‘ida domen nomlarini berish, ro‘yxatdan
o‘tkazish va ulardan foydalanish tartibi;
Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini attestatsiyadan o‘tkazish — telekommunikatsiyalar tarmoqlari
himoyalanganlik holatining axborot xavfsizligi sohasidagi milliy standartlar va normativ-huquqiy hujjatlar
talablariga muvofiqligini aniqlashga qaratilgan tashkiliy-texnik tadbirlar majmui.
TELEKOMMUNIKATSIYA TARMOG’INING QURILMAlARI
TELEKOMMUNIKATSIYA TARMOG’INING QURILMAlARI
TELEKOMMUNIKATSIYA TARMOG’INING QURILMAlARI
TELEKOMMUNIKATSIYA TARMOG’INING QURILMAlARI
TELEKOMMUNIKATSIYA TARMOG’INING QURILMAlARI
Modеm – axborotni kompyutеrdan uzatish kabеliga va kabeldan kompyuterga tushunarli ko’rinishga
o‘tkazuvchi maxsus elеktron qurilma. Modеm “modulyator” va “dеmodulyator” so‘zlari birikmasidan kеlib
chiqqan bo‘lib, uning yordamida axborot uzatuvchi kompyutеrda raqamli ko‘rinishdan analog ko‘rinishiga
aylantiriladi, shuningdеk qabul qiluvchi kompyutеrda analog ko‘rinishdan raqamli ko‘rinishga aylantiriladi.
Modemning vazifasi kompyuterda «0» va «1» ko’rinishida tasvirlangan ma’lumotni ikki asosiy chastotali
telefon signallariga va aksincha, telefon signalini «0» va «1» yordamida kodlangan axborot ko’rinishiga utkazib
berishdan iborat. Modemning asosiy xarakteristikasi ma’lumotlarni uzatish tezligidir.
Modulyatsiya-bu signalni biror parametirini aloqa kanalida (modulyatsiya qilinadigan signalni)
uzatilayotgan ma’lumotlarning joriy qiymatlariga mos ravishda (modulyatsiya qilingan signalni) o’zgartirish.
Demodulyatsiya-bu modulyatsiya qilingan signalni (balki aloqa kanalidan o’tish paytida xalaqitlar bilan
buzilgan signalni) madulyatsiya qiladigan signalga teskari o’zgartirishdir.
Zamonaviy modemlarda ko’pincha modulyatsiyaning uchta turi ishlatiladi:
chastatali-FSK (Frequence Shift Keying);
fazali-PSK (Phake Shift keying);
kvadraturali amplitudali-QAM (Quadrature Amplitude Madelation ).
TELEKOMMUNIKATSIYA TARMOG’INING QURILMAlARI
Chastatali modulyatsiyadan modulyatsiya qilinadigan signalning (uzatilayotgan ma’lumotlarining) joriy
qiymatlariga mos ravishda fizik signalning (odatda sinusoidali) chastatasi o’zgaradi, bunda uning amplitudasi
o’zgarmaydi. Eng sodda holda ma’lumotlar bitining 1 va 0 qiymatlariga, ma’lumotlarini uzatishning birinchi
bayonnomalari V.21 da qabul qilingani kabi, chastataning ikkita qiymati mos keladi, masalan, 980 GS va 1180 GS.
Chastatali madulyatsiya xalaqitlarga juda turg’undir, uzatishda signalning faqat amplitudasi buziladi.
Fazoli modulyatsiyada modulyatsiya qilinadigan kattalik bo’lib signal fazosi xisoblanadi, bunda uning chastotasi
va amplitudasi o’zgarmaydi; faza-modulyatsiya qilingan signalning xalaqitlarga chidamligi ham yuqoridir.
Signallarning sof amplitudali modulyatsiyada uning xalaqitlardan ximoyanlanganligi juda pastdir, shuning uchun
xalaqitlarga chidomliroq, lekin yanada murakkabroq kvadratli amplitudali modulyatsiya qo’llaniladi, bunda
uzatilayotgan ma’lumotlar taktida bir vaqtning o’zida signalning ham fazosi, ham amplitudasi o’zgaradi.
Birinchi modem 1979 yilda Hayes Microcomputer Products kompaniyasi tomonidan Apple II shaxsiy kompyuterlar
uchun yaratilgan va 110/300 bit/s tezlik bilan ishlagan.
1981 yilda Hayes 300 bit/s tezlik bilan ishlovchi Smartmodem modemini yaratdi, u ishlab chiqarishda de-fakto
standarti bo‘lib qoldi.
Modemlar foydalanilishi bo‘yicha (ichki va tashqi), ishlash prinsipi bo‘yicha (qurilmaviy yoki dasturiy), tarmoq
ulanish tipi bo‘yicha shuningdek ma’lumotlarni uzatish protokollari bo‘yicha turlarga bo‘linadi.
Ichki modem qurilma ichki platasining raz’yomiga qo’yiladigan plata ko’rinishga ega, masalan, kompyuter tizimini
platasi ISA interfeysining slotiga va telefonli aloqa liniyasiga ulash uchun RJ-11 tipidagi evroraz’yomga ham ega.
Ishlatilishi bo‘yicha ички modemlar tizimli blok ichiga yoki noutbuklarga qo‘shimcha o‘rnatiladi (ISA, PCI, PCIE, PCMCIA, AMR/CNR slotlariga).
TELEKOMMUNIKATSIYA TARMOG’INING QURILMAlARI
Tashqi modem-bu odatda katta bo’magan quticha ko’rinishidagi mustaqil kantruksiya bo’lib, u manba bloki,
aparatura (kompyuterini ketma-ket porti-RS-232) va telefon kanaligi (RJ-11 raz’yomi) ulash uchun raz’yomlar va
indikatorli panel bilan jihozlangan. Indikatorlar modemning ish rejimlari to’g’risida ma’lumot beradi, masalan,
indikatorlar quyidagilarni ko’rsatadi:
MR (Modem Reayd)-modem tarmoqqa ulangan;
OH (Off Hook)-modem “trubkani” ko’taradi;
AA (Auto Answer)-modem telefon qo’ng’irog’iga javob bermoqda;
CD (Carrier Detect)-modem liniyada boshqa mademni aniqladi;
DC (Data Commpression)-ma’lumotlarni saqlash jarayoni bajarmoqda;
EC (Error Control)-xatolikni nazorat qilish jarayoni bajarilmoqda va b.
Tashqi modemda uning ishlash tezligini bildiruvchi rangli indikatorlar bo’lishi mumkin, masalan, HS (High Speed)
indikatori ishlash tezligi 1200 bit/s bo’lganda qizil rang, tezlik 2400 bit/s bo’lganda- yashil rang, tezlik 9600 bit/s
bo’lganda to’q sariq rang bilan yoritiladi.
Ishlatilishi bo‘yicha tashqi modemlar — COM, LPT, USB yoki Ethernet-port orqali ulanadi, odatda o`z elektr
manbasiga ega bo`ladi.
USB shinalari bilan ulanuvchi USB-modemlari xozirgi vaqtda ommaviylashgan. Mobil aloqa kommpaniyalarining
maxsus modemlaridan foydalanish ancha qulayliklarni bermoqda. Usell, UMS va Beeline tarmoqlari modemlari
respublikamizda ishlatilmoqda.
Usell uyali aloqa kompaniyasining modemlari internet bilan ulanish uchun xizmat qiladi. Bir necha turlarda
ishlab chiqarilgan bo’lib, MF 190V(MF 190V) 3G USB turi xarakteristikalarini qarab chiqamiz.
Modeli MF 190V, gabariti 90 x 26 x 11, og’irligi 26 g, bir sekundda 7,2 Mbit tezlik bilan ishlaydi, Micro SO slot 32
TELEKOMMUNIKATSIYA TUZILMASI
Zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmasining barpo etilishi raqamli iqtisodiyot rivojlanishi
uchun eng muhim omillardan biri. Bu borada Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini
rivojlantirish vazirligi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda xalqaro internet tarmog‘iga ulanishning umumiy o‘tkazuvchanlik imkoniyatini 1 800
Gigabit/sekundni tashkil etib, amalga oshirilayotgan loyihalar natijasida 2022 yil yakuniga qadar 3 200
Gigabit/sekundgacha kengaytiriladi.
2021 yilda ma’lumotlar uzatish tarmog‘ining o‘tkazuvchanlik qobiliyati viloyat va tuman markazlari
darajasida 1,5 barobarga oshdi.
Telekommunikatsiya tarmog‘ini rivojlantirish maqsadida qo‘shimcha 50 ming kilometr optik-tolali aloqa
liniyalari qurilib, ularning umumiy uzunligi 118 ming kilometr yetkazildi, va buning natijasida aholi
maskanlarining 67 foiziga mazkur tarmoq kirib bordi. Optik tarmoqni kengaytirish bo‘yicha amalga
oshirilayotgan ishlar kelgusi yillarda ham shu sur’atda davom ettirilishi belgilangan.
Aholiga yuqori tezlikdagi internet xizmatlarini ko‘rsatish qurilmalarining umumiy sig‘imi 3,6 mln.ga
yetkazildi.
Mobil aloqa xizmatlarini rivojlantirish maqsadida, mobil internet tezligi 1,5 barobar oshirildi va 2021-yilda
14 150 ta qo‘shimcha tayanch stansiyalari o‘rnatilib, ularning umumiy soni 45 890 taga yetkazildi.
Operator va provayderlarga Internet xizmatlari uchun tarif o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 42,9
foizga arzonlashtirilib, 1 Mbit/s uchun 30,0 ming so‘mni tashkil etmoqda.
TELEKOMMUNIKATSIYA TUZILMASI
Bugungi kunga kelib 95 foiz aholi maskanlari mobil internet bilan qamrab olingan, 54 foiz uy
xo‘jaliklariga yuqori tezlikdagi internetga ulanish imkoni yaratilgan.
Respublikada raqamli infratuzilmani jadal rivojlantirish, shahar va qishloq hududlari o‘rtasidagi “raqamli
tafovut”ni bartaraf etish hamda taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar
yaratish maqsadida, vazifalar belgilab olingan.
Kelgusi to‘rt yilda optik tolali aloqa liniyalarini respublikadagi barcha aholi maskanlariga yetkazib borish,
barcha xonadonlar uchun yuqori tezlikdagi internetdan foydalanish imkoniyatini yaratish hamda xalqaro
va davlat ahamiyatiga molik avtomobil yo‘llarini mobil internet qamrovi bilan ta’minlanadi.
Buxoro, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida yirik ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazlari
quriladi.
Respublikada telekommunikatsiya operatorlarining raqamli infratuzilmani rivojlatirish bo‘yicha ishlarini
qo‘llab-quvvatlash, soliq yukini imkon qadar maqbullashtirish va imtiyozlar berish ishlari amalga
oshiriladi.
Olib kiriladigan telekommunikatsiya uskunalari va qurilmalarini, noutbuklarni bojxona to‘lovlaridan ozod
etish, jalb qilinadigan chet el kreditlari bo‘yicha Davlat kafolatini berish choralari ko‘riladi.
Sohada faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub’ektlariga imtiyoz va preferensiyalar berish orqali
telekommunikatsiyalar sohasida raqobat muhitini rivojlantiriladi.
Davlatimiz rahbari tomonidan ushbu yo‘nalishga berilayotgan e’tibor bir maqsadga yo‘naltirilgan –
aholiga sifatli va zamonaviy telekommunikatsiya va raqamli xizmatlarni ko‘rsatish hamda raqamli
iqtisodiyotni rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar yaratiladi.
KOMPYUTERLARNI BIR-BIRI BILAN BOG’LASH
TELEKOMMUNIKATSIYA TUZILMASI
2020-yil axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasi uchun, shubhasiz,
sermahsul bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. O‘tgan yilda telekommunikatsiya
infratuzilmani rivojlantirish borasida ​ keng ko‘lamli ishlar va qator yirik loyihalar
amalga oshirildi.
Optik tolali aloqa liniyalarini qurish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha qator ishlar
olib borilmoqda. 2018-yilda optik tolali tarmoqlarning umumiy uzunligi 26,6 ming
kilometrni tashkil etgan bo‘lsa, 2020-yilda esa 68,6 ming kilometrgacha yetkazildi. Joriy
yil oxiriga qadar esa ushbu ko‘rsatqichni 118,6 ming kilomertgacha yetkazilishi
rejalashtirilgan.
Bugungi kunda 1 millionta Internet tarmog‘iga keng polosali ulanish portlari o‘rnatilib,
ularning umumiy soni 3 millionga yetkazildi. 2021-yil oxiriga qadar portlarning soni 3,9
milliongacha yetkaziladi.
Majvud bo‘lgan ishlab chiqarish quvvatlarni modernizatsiya qilish ishlari natijasida Xalqaro
Internet tarmog‘iga ulanishning umumiy o‘tkazuvchanlik qobiliyati 10 baravar o‘sib, 1 200
Gbit/s. gacha yetkazildi. Ma’lumotlar uzatish tarmog‘ining o‘tkazuvchanlik qobiliyati viloyat
markazlari darajasida 2 barobarga, tuman markazlari darajasida esa 4 barobar oshdi.
TELEKOMMUNIKATSIYA TUZILMASI
Mobil aloqa tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha ham jadal ishlar olib borilmoqda. Hozirgi kunda
Respublika bo‘yicha 31,7 mingdan ortiq mobil aloqa baza stantsiyalari mavjud bo‘lib, aholi punktlarni
mobil aloqa bilan qamrash darajasi 98 foizgacha yetkazildi. Joriy yilda mobil aloqa baza stantsiyalari
sonini 33,7 minggacha yetkazilishi va mobil aloqa bilan qamrov darajasini 99 foizgacha ko‘tarilishi
rejalashtirilgan.
Ijtimoiy soha obyektlarini yuqori tezlikdagi Internet bilan ta’minlash doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga
oshirilmoqda. Jumladan, Respublikada 10 154 ta umumta’lim maktablari, 5 781 ta maktabgacha ta’lim
muassasalari va 3 527 ta sog‘liqni saqlash ob’ektlari mavjud bo‘lib, joriy yil 1 dekabr holatiga 7 150
ta (70 foiz) xalq ta’limi, 4 581 ta (80 foiz) maktabgacha ta’lim muassasalari va 2 747 ta (78 foiz)
sog‘liqni saqlash ob’ektlariga jami 12 867 kilometr optik tolali aloqa liniyalari tashkil etilgan va yuqori
tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati yaratilgan.
Telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishi, o‘z navbatida, munosib ravishda ma’lumotlarni
saqlash quvvatlarni talab etadi. Shu maqsadda 2020-yilda 5 Petabaytga sig‘imli Ma’lumotlarni saqlash
va qayta ishlash markazi ushga tushirildi.
Mazkur choralar, birinchi navbatda, asosiy vazifani amalga oshirishga qaratilgan, ya’ni keng ko‘lamli
raqamli islohotlarni amalga oshirishga imkon beradigan barqaror va zamonaviy texnologik platformani
yaratish.
KOMPYUTERLARNI BIR-BIRI BILAN BOG’LASH
TELEKOMMUNIKATSIYA TUZILMASI
Telekommunikatsiya tarmoqlarining tadrijiy rivojlanishini mamlakatimizda aloqa tarmoqlarini
raqamlashgan tizimga o‘tkazish bo‘yicha bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli
loyihalar bilan chambarchas bog‘lash mumkin.
Telekommunikatsiyalar infratuzilmasi AKT ni rivojlantirishning asosi hisoblanadi. O'zbekistonda
telekommunikatsiya tarmoqlarini raqamlashtirish mamlakat hududini to'la qamrab olgan. Mazkur
tarmoqda NGN va MPLS rususmidagi zamonaviy elektron telefon stantsiyalari avlodidan
foydalanilmoqda. Simli aloqa tarmoqlarining raqamlangan sig'imi milliondan oshiqni tashkil qiladi.
O'zbekiston hududida har bir fuqaro va muassasa simli aloqa telefonlarini o'rnatish imkoniyatiga ega.
2019 yilda telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish yo‘nalishida ham bir qator ishlar amalga
oshirildi.
Xalqaro Internet tarmog‘iga ulanishning umumiy o‘tkazuvchanlik qobiliyati 1 200 Gbit/s.ni tashkil etib,
kommutatsiya markazi orqali 750 Gbit/s tezlikda Internet tarmog‘iga chiqish imkoniyati yaratildi va
tarmoqning yuklanish darajasi 76,6 foizni tashkil etdi.
2020 yilning 1 yanvaridan operator va provayderlarga Internet xizmatlari uchun tarif o‘tgan yilning shu
davriga nisbatan 34 foizga arzonlashtirilib, 1 Mbit/s uchun 56,0 ming so‘mni tashkil etdi.
Internet xizmatidan foydalanuvchilar soni 22 mln.dan ortdi, shundan mobil Internet
foydalanuvchilari soni 19 mln.ni tashkil etdi.
TELEKOMMUNIKATSIYA TUZILMASI
Respublika bo‘yicha 237 ta ob’ektda magistral telekommunikatsiya tarmoqlari kengaytirilib,
telekommunikatsiya uskunalari modernizatsiya qilinib, magistral telekommunikatsiya tarmoqlari
o‘tkazuvchanlik qobiliyati viloyatlararo darajada 200 Gbit/s.ga, tumanlararo darajada esa 40 Gbit/s.ga
yetkazildi.
Shuningdek, “Optik tolali aloqa liniyalarini qurish” loyihasi doirasida respublika bo‘yicha 10,0 ming
km. optik tolali aloqa liniyalari qurilib, umumiy uzunligi 36,6 ming km. ga yetkazildi.
Mobil aloqa tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida 2 017 ta mobil aloqa baza stansiyasi o‘rnatilib,
ularning umumiy soni 26 mingtadan ortdi va respublika aholi maskanlarini mobil aloqa bilan qamrovi
darajasi 96 foizga va mobil Internet tarmog‘iga keng polosali ulanish qamrovi darajasi 70
foizga yetkazildi.
Internet tarmog‘iga keng polosali simli ulanishni kengaytirishni amalga oshirish doirasida operatorlar va
provayderlar tomonidan 786 mingta port montaj qilindi va umumiy keng polosali tarmoqqa ulanish
portlari soni 1,9 mln.ga yaqin yetkazildi.
Servis, turizm, savdo va umumiy ovqatlanish ob’ektlarining jozibadorligini oshirish maqsadida barcha
diqqatga sazovor joylar, ziyoratgohlar, temir yo‘l vokzallari, aeroport, turistik ob’ektlar hamda Toshkent
metropolitenining barcha ob’ektlarida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, telekommunikatsiya operator va
provayderlari tomonidan 685 dan ortiq Wi-Fi tarmog‘i orqali Internetga ulanish nuqtalari ishga tushirildi.
KOMPYUTERLARNI BIR-BIRI BILAN BOG’LASH
18
Download