O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI MATEMATIKA VA KOMPYUTER ILMLARI FAKULTETI “Amaliy matematika” kafedrasi FAN: TARMOQ TEXNOLOGIYALARI VA ADMINISTRLASHTIRISH MAVZU: KOMPYUTER TARMOQLARI TARIXI. KOMMUNIKATSION KANAL VA ALOQA PROTSESSORI, AXBOROT UZATISH MUHITI Ma’ruzachi: katta o’qituvchi B.H.Shovaliyev Qarshi - 2022 REJA 1. Kompyuterlarni bir-biri bilan bog‘lash 2. Tarmoqning dasturiy ta’minoti 3. Axborotni uzatish tizimlari. 4. Aloqa kanallari. 5. Axborot uzatish muhiti KALIT SO’ZLAR kompyuter tarmog’i, tarmoqqa birlashish, mantiqiy tarmoqlar, fayl-server, tarmoq abonentlari, server, ishchi stansiya, mijoz, bir darajali tarmoq, tugun, shinali topologiya, yo’lduzsimon topologiya, aylana topologiya, tarmok operatsion tizimi, NETWARE, kaoksial kabel, yadro, tarmoq resurslari, tarmoq platasi KOMPYUTERLARNI BIR-BIRI BILAN BOG’LASH Jamiyatning hozirgi bosqichda axborot texnologiyalarining rivojlanishini komp’yuter tarmog’isiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Komp’yuterlarning o’zaro turli ma’lumotlar, dasturlar almashish maqsadida biriktirilishi «KOMP’YUTER TARMOQLARI» deyiladi. Axborotni bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga uzatish muammosi xisoblash texnikasi paydo bo‘lgandan beri mavjuddir. Axborotlarni bunday uzatish aloxida foydalanilayotgan kompyuterlarni bargalikda ishlashini tashkil qilish, bitta masalani bir necha kompyuter yordamida xal qilish imkoniyatlarini beradi. Bundan tashqari xar bir kompyuterni ma’lum bir vazifani bajarishga ixtisoslashtirish va kompyuterlarning resurslaridan birgalikda foydalanish, xamda ko‘pgina boshqa muammolarni xam xal qilish mumkin bo‘ladi. Bugungi kunda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jamiyat va davlat boshqaruvi faoliyatining barcha sohalariga keng joriy etish hamda ulardan samarali foydalanish, fuqarolarning axborot olishga doir konstitutsiyaviy huquqlarini ro‘yobga chiqarish, davlat boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, "elektron hukumat" tizimini jadal tatbiq etish, telekommunikatsiya infratuzilmasi, ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarini modernizatsiya qilish borasida mamlakatimiz barcha hududida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. KOMPYUTERLARNI BIR-BIRI BILAN BOG’LASH Bularning barchasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish borasida ko‘rilayotgan izchil chora-tadbirlar samarasi, desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Istiqbolda internetning milliy segmenti yanada shakllantirilishini hamda unga keng polosali ulanishni kengaytirish, telefon aloqasi, televidenie va radioeshittirishning raqamli tizimlariga to‘liq o‘tishni ta’minlash, aholining, xususan, yosh avlodning axborotga bo‘lgan hamda intellektual talab va ehtiyojlarini qondirish maqsadida tarmoq resurslarini rivojlantirish uchun zarur texnik hamda qulay shart-sharoitlarni yaratish ayni muddaodir. Fanni o‘qitishning maqsadi - talabalarga kompyuter tarmog‘ining topologiyalari, texnologiyalari, abonent kirish tarmog‘ining o‘rni, shu tarmoqda foydalanilayotgan protokollar, marshrutizatsiya, rezervlash asoslari, axborot xavfsizligi, taqsimlangan kompyuter ilovalar, xizmat ko‘rsatish sifati to‘g‘risida bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdir. Fanning vazifasi - talabalarga Internet tarmoqlarning asosiy muammolari va rivojlanish istiqbollari, kompyuter tarmoqlarning qurilish prinsiplari, lokal tarmoqlarning bazali topologiyalari, global tarmoqlarning tuzilishi va tashkil qilinishi, kompyuter tarmoqlarda ishlash qoidalarini o‘rgatishdan iborat. Internet yaratilish va rivojlanish tarixi. KOMPYUTERLARNI BIR-BIRI BILAN BOG’LASH Bularning barchasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish borasida ko‘rilayotgan izchil chora-tadbirlar samarasi, desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Istiqbolda internetning milliy segmenti yanada shakllantirilishini hamda unga keng polosali ulanishni kengaytirish, telefon aloqasi, televidenie va radioeshittirishning raqamli tizimlariga to‘liq o‘tishni ta’minlash, aholining, xususan, yosh avlodning axborotga bo‘lgan hamda intellektual talab va ehtiyojlarini qondirish maqsadida tarmoq resurslarini rivojlantirish uchun zarur texnik hamda qulay shart-sharoitlarni yaratish ayni muddaodir. Fanni o‘qitishning maqsadi - talabalarga kompyuter tarmog‘ining topologiyalari, texnologiyalari, abonent kirish tarmog‘ining o‘rni, shu tarmoqda foydalanilayotgan protokollar, marshrutizatsiya, rezervlash asoslari, axborot xavfsizligi, taqsimlangan kompyuter ilovalar, xizmat ko‘rsatish sifati to‘g‘risida bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdir. Fanning vazifasi - talabalarga Internet tarmoqlarning asosiy muammolari va rivojlanish istiqbollari, kompyuter tarmoqlarning qurilish prinsiplari, lokal tarmoqlarning bazali topologiyalari, global tarmoqlarning tuzilishi va tashkil qilinishi, kompyuter tarmoqlarda ishlash qoidalarini o‘rgatishdan iborat. Internet yaratilish va rivojlanish tarixi. KOMPYUTERLARNI BIR-BIRI BILAN BOG’LASH Kompyuterlarni tarmoqqa ulash g’oyalari birinchi bo’lib, 1960-yillarning boshlarida paydo bo’la boshladi. 1965 – yili Lourens Roberts va Tomas Merrvill Kaliforniya va Massachusets shtatlarida joylashgan ikki kompyuterni bir-biriga bog’lashdi. Kompyuterlar orasida ma’lumot almashish va umumiy masalalarni birgalikda echish uchun komyuterlarni bir-biri bilan bog‘lash ehtiyoji paydo bo‘ladi. Kompyuterlarni bir-biri bilan bog‘lashda ikki xil usuldan foydalaniladi: 1. Kabel yordamida bog‘lash. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan koaksial, o‘ralgan juftlik kabeli (UTP) yoki shisha tolali kabellar orqali maxsus tarmoq plata yordamida bog‘lanadi. 2. Simsiz bog‘lanish. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan simsiz aloqa vositalar yordamida, ya’ni radio to‘lqinlar, infraqizil nurlar, WiFi va Bluetooth texnologiyalari yordamida bog‘lanadi. Bir-biri bilan bog‘langan kompyuterlarning bunday majmuasi kompyuter tarmog‘ini tashqil etadi. KOMPYUTERLARNI BIR-BIRI BILAN BOG’LASH Tarmoq tushunchasi va uning ahamiyati. Tarmoq - kompyuterlar, terminallar va boshqa qurilmalarning ma’lumot almashishni ta’minlaydigan aloqa kanallari bilan o‘zaro bog‘langan majmui. Kompyuterlar aro ma’lumotlarni almashishni ta’minlab beruvchi bunday tarmoqlar kompyuter tarmoqlari deb ataladi. Kompyuterlarning tarmoqka birlashishi kimmatbaxo asbob-uskunalar - katta xajmli disk, printerlar, asosiy xotiradan birgalikda foydalanish, umumiy dasturli vositaga va ma’lumotga ega bo’lish imkonini beradi. Global tarmoqlar tufayli olisdagi kompyuterlarning apparat resurslaridan foydalanish mumkin. Bunday tarmoqlar millionlab kishilarni kamrab olib, axborot tarkatish va qabul qilish jarayonini butunlay o’zgartirib yubordi, xizmat ko’rsatishning eng keng tarkalgan tarmog’i - elektron pochta orqali axborot almashuvni amalga oshirishdir. Tarmoqning asosiy vazifasi foydalanuvchining taqsimlangan umumtarmoq resurslariga oddiy, kulay va ishonchli ximoyalangan xolda axborotdan jamoa bo’lib foydalanishni tashqil etish. SHuningdek, foydalanuvchilar tarmoqlari o’rtasida ma’lumotlarni uzatishning kulay va ishonchli vositasini ta’minlash. Tarmoq orqali axborotlarni uzoq masofalarga uzatish imkoniyati qujudga keldi. Tarmoq axborotlarni uzatish, alohida foydalanilayotgan kompyuterlarni birgalikda ishlashini tashqil qilish, bitta masalani bir nechta kompyuter yordamida echish imkoniyatlarini beradi. Bundan tashqari har bir kompyuterni ma’lum bir vazifani bajarishga ixtisoslashtirish va kompyuterlarning resurslaridan (ma’lumotlari, xotirasi) birgalikda foydalanish, hamda butun dunyo kompyuterlarini o‘zida birlashtirgan Internet tarmog‘iga bog‘lanish mumkin. KOMPYUTERLARNI BIR-BIRI BILAN BOG’LASH Tarmoq tushunchasi va uning ahamiyati. Tarmoq - kompyuterlar, terminallar va boshqa qurilmalarning ma’lumot almashishni ta’minlaydigan aloqa kanallari bilan o‘zaro bog‘langan majmui. Kompyuterlar aro ma’lumotlarni almashishni ta’minlab beruvchi bunday tarmoqlar kompyuter tarmoqlari deb ataladi. Kompyuterlarning tarmoqka birlashishi kimmatbaxo asbob-uskunalar - katta xajmli disk, printerlar, asosiy xotiradan birgalikda foydalanish, umumiy dasturli vositaga va ma’lumotga ega bo’lish imkonini beradi. Global tarmoqlar tufayli olisdagi kompyuterlarning apparat resurslaridan foydalanish mumkin. Bunday tarmoqlar millionlab kishilarni kamrab olib, axborot tarkatish va qabul qilish jarayonini butunlay o’zgartirib yubordi, xizmat ko’rsatishning eng keng tarkalgan tarmog’i - elektron pochta orqali axborot almashuvni amalga oshirishdir. Tarmoqning asosiy vazifasi foydalanuvchining taqsimlangan umumtarmoq resurslariga oddiy, kulay va ishonchli ximoyalangan xolda axborotdan jamoa bo’lib foydalanishni tashqil etish. SHuningdek, foydalanuvchilar tarmoqlari o’rtasida ma’lumotlarni uzatishning kulay va ishonchli vositasini ta’minlash. Tarmoq orqali axborotlarni uzoq masofalarga uzatish imkoniyati qujudga keldi. Tarmoq axborotlarni uzatish, alohida foydalanilayotgan kompyuterlarni birgalikda ishlashini tashqil qilish, bitta masalani bir nechta kompyuter yordamida echish imkoniyatlarini beradi. Bundan tashqari har bir kompyuterni ma’lum bir vazifani bajarishga ixtisoslashtirish va kompyuterlarning resurslaridan (ma’lumotlari, xotirasi) birgalikda foydalanish, hamda butun dunyo kompyuterlarini o‘zida birlashtirgan Internet tarmog‘iga bog‘lanish mumkin. KOMPYUTERLARNI BIR-BIRI BILAN BOG’LASH Bog’lanish telefon yo’llari orqali amalga oshirilib, dunyo tarixida birinchi kompyuter tarmog’i bo’ldi. Bu texnologiya bilan AQSH Mudofaa Vazirligining „DARPA“ agentligi qiziqib, ularga harbiy qo’shinlarni bir tarmoqqa birlashtirish g’oyasi yoqib qoldi. „Darpa“ agentligi mutaxassislari bu g’oya bo’yicha qattiq ishlar olib borib, 1969-yili „ARPANET“ tarmog’ini yaratishdi. 1964 yilda AQSh Mudofa vazirligi tomonidan kompyuter tarmog'ining birinchi versiyasi yaratilgan edi. Bu tarmoq yordamida vazirlikning bo'limlari bir birlari bilan ma'lumotlarni almashishlari mumkin edi. Bu tarmoq ARPAnet deb nomlandi va Unix operasion sistemasida ishlar edi. 70-chi yillardan boshlab bu tarmoq juda rivojlanib ketdi va endi unga xoxlagan kompyuterni ulash imkoniyati paydo bo'ldi. 1974 yilda xar xil tarmoqlarni birlashtiruvchi TCP/IP protoqoli yaratildi va bu tarmoqlarni rivojlanishining yana bir turtki bo'ldi. Dastlab „ARPANET“ tarmog’i 4-ta shtat unversitetelarida joylashgan to’rt kompyuterdan iborat edi. „DARPA“ agentligi o’zining tadqiqotlarini maxfiy tutmasdan, aksincha, majlis va namoyishlar o’tkazib, yana tadqiqotlarga boshqa ilmiy guruhlarni ham taklif etib bordi. Shu bois ARPANETga ulangan kompyuterlar soni tez oshib boraverdi. KOMPYUTERLARNI BIR-BIRI BILAN BOG’LASH Bog’lanish telefon yo’llari orqali amalga oshirilib, dunyo tarixida birinchi kompyuter tarmog’i bo’ldi. Bu texnologiya bilan AQSH Mudofaa Vazirligining „DARPA“ agentligi qiziqib, ularga harbiy qo’shinlarni bir tarmoqqa birlashtirish g’oyasi yoqib qoldi. „Darpa“ agentligi mutaxassislari bu g’oya bo’yicha qattiq ishlar olib borib, 1969-yili „ARPANET“ tarmog’ini yaratishdi. 1964 yilda AQSh Mudofa vazirligi tomonidan kompyuter tarmog'ining birinchi versiyasi yaratilgan edi. Bu tarmoq yordamida vazirlikning bo'limlari bir birlari bilan ma'lumotlarni almashishlari mumkin edi. Bu tarmoq ARPAnet deb nomlandi va Unix operasion sistemasida ishlar edi. 70-chi yillardan boshlab bu tarmoq juda rivojlanib ketdi va endi unga xoxlagan kompyuterni ulash imkoniyati paydo bo'ldi. 1974 yilda xar xil tarmoqlarni birlashtiruvchi TCP/IP protoqoli yaratildi va bu tarmoqlarni rivojlanishining yana bir turtki bo'ldi. Dastlab „ARPANET“ tarmog’i 4-ta shtat unversitetelarida joylashgan to’rt kompyuterdan iborat edi. „DARPA“ agentligi o’zining tadqiqotlarini maxfiy tutmasdan, aksincha, majlis va namoyishlar o’tkazib, yana tadqiqotlarga boshqa ilmiy guruhlarni ham taklif etib bordi. Shu bois ARPANETga ulangan kompyuterlar soni tez oshib boraverdi. KOMPYUTERLARNI BIR-BIRI BILAN BOG’LASH „DARPA“ agentligi o’zining tadqiqotlarini maxfiy tutmasdan, aksincha, majlis va namoyishlar o’tkazib, yana tadqiqotlarga boshqa ilmiy guruhlarni ham taklif etib bordi. Shu bois ARPANETga ulangan kompyuterlar soni tez oshib boraverdi. 1974-yili tarmoq rivojlanish tarixida TCP/IP(transmission control protokol/internet protokol) tarmoqlararo protokol ishlab chiqarilishi natijasida keskin yuksalish sodir bo’ldi. Bu kashfiyotning mualliflari – Robert Kan va Stenford universitetining professori Vinton Serf. 1977-yil tarmoq tarixida yana bir muhim voqea sodir boldi. Chiqagolik ikki student Uord Kristensen va Rendi Syuess modem qurilmasi yordamida, telefon orqali bir-biriga ma’lumot jo’natish tizimini joriy qilishdi. Bu jasoratning asosiy sababi Chiqagoning sovuq qishi edi. Shaharning bir joyidan boshqa joyiga dasturlarni olib borish ularning jonlariga tegdi. Natijada, butun dunyoga ajoyib ixtironi sovg’a qilishdi. 1979-yil XModem-protoqoli yaratilib, fayllarni to’g’ridan to’g’ri host tizimisiz kompyuterlarga uzatish imkoniyati paydo bo’ldi. 80-yillada kompyuter keng tarqala boshladi va xar xil AKSh universitetlari ham kompyuter tarmoqlarini yarata boshladilar. 1983 yildan boshlab ARPANET tarmog'i INTERNET ( ichki tarmoq eki rus tilida mejset ) deb nomlana boshlandi va kompyuter xamda tarmoqlar to’plami sistemasiga aylandi. KOMPYUTER KOMMUNIKATSIYALARI Kommunikatsiya - bu axborot almashishdir. Ana shu axborot negizida rahbar ma'lumotlar olib, samarali qarorlar qabul qiladi va ishchi xodimlarga yetkazadi. Rahbarlik faoliyati samarali axborot almashinuvni talab qiladi. Agar insonlar o'zaro axborot almashinmasa, ular birgalikda ishlay olmaydi va oldilariga qo'ygan maqsadning shakllanishi, unga erishishi qiyin bo'ladi. Boshqaruv faoliyatida axborot almashuv muhim ahamiyatliligi uchun rahbar o'zining vaqtining 50% 90% ni kommunikatsiyaga sarflaydi. Axborot almashishning sifati boshqaruv qarorlariga ta'sir ko'rsatadi. Kommunikatsiyaning majlislar, xizmat yozuv-chizuvlari, telefon orqali muloqotlar, xisobotlar, videotasmalar va yuzma-yuz suxbatlar orqali ko'pgina muammolarni xal qilishda yordam beradi. Korxona tashqi muhit bilan aloqa bog'lashda, turli-tuman vositalardan foydalanadi. Mavjud haridorlar bilan ular reklama orqali bog'lanibgina qolmay, maxsulotni bozorga olib kiradigan boshqa dasturlardan ham foydalanadi. Axborotlar korxona ichida bosqichma-bosqich, ya'ni vestikal kommunikatsiyalar orqali o'tadi. Axborotlar yuqori boshqaruv organlaridan, pastki organlarga o'tadi. Shuningdek pastki organlardan yuqori boshqaruv bo'limlariga axborotlar oqimi keladi. Aynan ikkinchi jarayon korxonalarda ijobiy o'zgarishlarga olib keladi. . KOMPYUTER KOMMUNIKATSIYALARI Korxonada vertikal kommunikatsiyalardan tashqari, gorizontal kommunikatsiyalar ham mavjud. Ma'lumki korxonalarda turli-xil funksional bo'limlar, sexlar va boshqa bo'limlarning mavjudligi ular orasidagi axborot oqimining kerakligini anglatadi. Masalan, fundamental texnologiya asosida, korxona turli-xil maxsulotlar ishlab-chikarishi mumkin, shuning uchun ham marketing bulimining axborot axamiyatligini saklab koladi va uning talablarini o'z vaqtida qondirilishini ta'minlaydi. Elektron kommunikasiya hozirgi zamonda borgan sari katta ahamiyat kasb etmoqda. Butun, axborot oqimlarining har yili ko'p marta ortib borish sharoitlarida tadbirkorlik firmalari, bank strukturasi, davlat korxonalari, boshqa tashkilotlar va ularning xodimlarining o'zaro aniq ishlashini zamonaviy telekommunikasiya va aloqa vositalarisiz, axborot va kompyuter tarmoqlarisiz amalda tasavvur qilib bo'lmaydi. Bunday vositalarsiz devonxona xodimlari va choparlarining har qanday katta arniyasi ham kerakli axborotni kerakli vaqtda kerakli joyga tezkor etkazib berishni ta'minlay olmaydi. Ko'pincha, muhim axborotni olishdagi xattoki bir lahzalik ushlanib qolish ham jiddiy moliyaviy yo'qotishlar va obro'sizlanishga olib kelishi mumkin. Ma'muriy boshqaruv tizimlarida axborot, ma'lumotli hujjatlarni chopar bilan (yoki pochta orqali) etkazish (tashish) yo'li orqali ham, aloqa kanallari bo'yicha axborotni uzatishning avtomatlashtirilgan tizimidan foydalanib ham uzatiladi. Hujjatlarni qo'lda ko'tarib borish va mexanik tashish muassasalarda ma'lumotlarni uzatishning keng tarqalgan usulidir. Bu usulda kapital harajatlar minimal bo'lgani holda, hujjatlarda oldindan qayd qilingan va uni bevosita qayd qilish punktlarida nazorat qilingan AXBOROT UZATISH TIZIMLARI Axborotni uzatish uchun xizmat qiladigan vositalar to'plamini axborotlarni uzatish tizimi (UT) deb atayniz. AXBOROT UZATISH TIZIMLARI Axborotni manbai va iste'molchisi uzatish tizimining abonentlaridir. Abonentlar sifatida EHM, axborotni saqlash tizimlari, turli xil datchiklar va bajaruvchi qurilmalar hamda odamlar misol qilib keltirilishi mumkin. UT strukturasi tarkibida quyidagilarni ajratish mumkin: uzatish kanali (aloqa kanali); axborotni uzatkich; axborotni qabul qilgich. Uzatkich abonentdan kelayotgan axborotni aloqa kanali bo'yicha uzatiladigan signalga aylantirish uchun qabul qilgich abonentga kelayotgan signalni qaytadan xabarga aylantirish uchun xizmat qiladi. ALOQA KANALLARI Aloqa kanallari (AK) istalgan axborot uzatish tizimining, umumiy bo'g'imidir. Fizik tabiati bo'yicha aloqa kanallari quyidagilarga bo'linadi: mexanik — axborotning moddiy tashuvchilarini uzatish uchun ishlatiladi; akustik — tovushli signal uzatiladi; optik — yorug'lik signali uzatiladi; Elektr va optik aloqa kanallari quyidagicha bo'lishi mumkin: simli - signallarni uzatish uchun fizik o'tkazgichlar ^lektr simlar, kabellar, svetovodlar va b.) ishlatiladi; Simsiz (radiokanallar, infraqizil kanallar va b.), signallarni uzatish uchun еГ^ bo'yicha tarqaladigan еlektromagnit to'lkinlardan foydalaniladi. ALOQA KANALLARI Uzatilayotgan axborotni tasvirlash shakli bo'yicha aloqa kanallari quyidagicha bo'ladi: analogli (uzluksiz ) — axborot analog kanallar bo'ylab uzluksiz shaklda tasvirlangan, ya'ni biror fizik kattalikning uzluksiz qiymatlari qatori ko'rinishida uzatiladi; raqamli — axborot raqamli kanallar bo'yicha u yoki bu fizik tabiatdagi raqamli (diskret, impulsli) signallar ko'rinishida uzatiladi; Axborot uzatilishining mumkin bo'lgan yo'nalishlariga bog'liq ravishda quyidagi aloqa kanallari bo'ladi: simpleksli — axborotni faqat bir yo'nalishda uzatishga imkon beradi; yarim dupleks — axborotning to'g'ri va teskari yo'nalishlarda galma-gal uzatilishini ta'minlaydi; dupleksli — axborotni bir vaqtning o'zida ham to'g'ri, ham teskari yo'nalishlarda uzatishga imkon beradi. Aloqa kanallari, nixoyat, bunday bo'lishi mumkin: kommutaciyalanadigan; kommutaciyalanmaydigan. ALOQA KANALLARI Kommutasiyalanadigan kanallar axborotni faqat uzatish vaqtiga alohida uchastkalar (segmentlardan) tuziladi; uzatish tugagandan keyin bunday kanal tugatiladi ( ajratiladi ). Kommutasiyalanmaydigan (ajratilgan) kanallar uzoq, vaqtga tuziladi va uzunligi, xalaqitlardan himoyalanganligi, ma'lumotni o'tkazish qobiliyati bo'yicha doimiy tavsiflarga ega bo'ladi. Ma'muriy-boshqaruv aloqa tizimlarida ko'pincha elektr simli aloqa kanalidan foydalaniladi. O'tkazish qobiliyati bo'yicha quyidagi aloqa kanallari bo'lishi mumkin: • past tezlikli, ularda axborotni uzatish tezligi 50 dan 200 bit/s gacha; bu ham kommutaciyalanadigan (abonentli telegraflar), ham kommutaciyalanmaydigan telegraf aloqa kanallari; o'rtacha tezlikli, ularda analogli (telefon) aloqa kanallaridan foydalaniladi; ularda uzatish tezligi 300 dan 9600 bit/s gacha, telegraf va telefoniya bo'yicha Xaqaro maslaxat qo'mitasining yangi V.32-V.34 standartlarida esa 14400 dan 56000 bit/s gacha; yuqori tezlikli (keng qutbli), ularda axborot uzatish tezligi 56000 bit/s dan yuqori bo'lishini ta'minlaydi. AXBOROT UZATISH MUHITI Axborot uzatish muhiti deb, kompyuterlar o'rtasida axborot almashinuvini ta'minlovchi axborot yo'llariga (yoki aloqa kanallariga) aytiladi. Ko'pchilik kompyuter tarmoqlarida (ayniqsa, mahalliy tarmoqlarda) simli yoki kabelli aloqa kanallari ishlatiladi, vaholanki, simsiz tarmoqlar ham mavjuddir. Mahalliy tarmoqlarda ko'pincha axborotlar ketma-ket kodda uzatiladi, ya'ni bir bit axborot uzatilgandan so'nggina keyingi bit uzatiladi. Tushunarliki, bunday axborot uzatish parallel kodda axborot uzatishga qaraganda, murakkab va sekin ishlovchi usuldir. Shuni hisobga olish kerakki, tezkor parallel usulda axborot uzatish ulangan kabellar (simlar) sonini uzatilayotgan axborotning razryadlar soniga nisbatan baravar oshadi (masalan, 8-razryadli kodda 8 marotaba axborot yo'li oshadi). Yuzaki qaraganda kabel kam sarf bo'ladigandek ko'rinadi, aslida juda ko'p sarf bo'ladi. Tarmoqdagi abonentlar o'rtasidagi masofa katta bo'lsa, ishlatiladigan kabelning narxi kompyuter narxi bilan barobar yoki undan ham ko'p bo'lishi mumkin. 8, 16 yoki 32 ta kabellarni o'tkazishga qaraganda, bir dona kabelni o'tkazish ancha oson. Ta'mirlash, uzilishlarni topish va tiklash ishlari ham arzonga tushadi. Lekin bu hammasi emas. AXBOROT UZATISH MUHITI Kabelning turidan qat'i nazar, axborotni uzoq masofaga uzatish murakkab uzatish va qabul qilish qurilmalarini ishlatishni talab qiladi. Buning uchun axborotni uzatish qismida kuchli signal hosil qilish va axborotni qabul qilish qismida esa, kuchsiz signalni tiklash (detektorlash) kerak. Ketma-ket uzatishda buning uchun faqat bitta uzatuvchi va bitta qabul qiluvchi qurilma talab qilinadi. Parallel axborotni uzatishda uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilmalar soni esa, ishlatiladigan parallel axborotning razryadlar soniga teng bo'ladi. Shuning uchun uzunligi uncha ko'p bo'lmagan (10 metrli) tarmoqni loyihalashda, ko'pincha, axborotni ketma-ket uzatish usuli tanlanadi. Axborotni parallel uzatishdagi muhim sharti, bu — har bir bitni uzatishga mo'ljallangan kabellar uzunligi bir-biriga deyarli teng bo'lishligidir. Aks holda, turli uzunlikdagi kabellardan o'tayotgan signallar o'rtasida qabul qilish qurilmasining kirishida vaqt bo'yicha siljish hosil bo'ladi. Buning natijasida tarmoq qisman buzilishi yoki butunlay ishdan chiqishi mumkin. Masalan, 100 Mbit/s axborot uzatish tezligida va bitni uzatish davri 10 ns bo'lganda vaqt bo'yicha siljish 5—10 ns.dan oshmasligi lozim. Bunday siljish kattaligi kabellarning uzunlikdagi farqi 1—2 metr bo'lganda hosil bo'ladi. Kabel uzunligi 1000 metr bo'lganda esa, bu kattalik 0,1—0,2 % ni tashkil qiladi. Haqiqatan, ba'zi yuqori tezlikda ishlovchi mahalliy tarmoqlarda 2—4 talik kabel yordamida axborot parallel uzatiladi. Berilgan tezlikni saqlab qolgan holda ancha arzon kabel ishlatish mumkin, lekin kabelning ruxsat etilgan uzunligi bir necha 100 metrdan oshmaydi. Misol tariqasida Fast Ethernet tarmoq segmentini 100 BASE—T4 keltirish mumkin. AXBOROT UZATISH MUHITI Kabelsozlik sanoati korxonalari kabel turlarini ko'p miqdorda ishlab chiqaradi. Hamma ishlab chiqariladigan kabellarni uch turga bo'lish mumkin: o'ralgan juft simli kabel (витая пара — twisted pair), ular himoyalangan, ya'ni ekranlashtiriladi (экранированные — shielded twisted pair, stop) va himoyalanmagan, ya'ni ekranlashtirilmagan (неэкранированные, unshielded twisted pair, UTP); koaksial kabellar (coaxial cable); shisha tolali kabellar (оптоволоконные кабели — fiber optic). Kabelning har bir turi o'z afzalliklari va kamchiliklariga ega, shuning uchun kabel turini tanlanganda hal qilinayotgan masalaning xususiyatini, shuningdek, alohida olingan tarmoq xususiyatini va avvaldan mavjud bo'lgan barcha korxona standartlarining o'rniga, 1995-yilda qabul qilingan EIA/TIA 586 (Commercial Building Telecommunication Cabling Standard) standarti mavjud bo'lib, hozirgi vaqtda shu standartdan foydalaniladi. 18