Uploaded by Allambergen Kalbaev

Slayd

advertisement
Аxborot
texnologiyalarining
asosiy tushunchalari
АXBOROT TUSUNCHАSI VА UNING TURLАRI
Аxoborot - butun borliq, undagi roʼy beradigan hodisalar va
jarayonlar xaqidagi xabar va maʼlumotlardir. Аxborot lotincha
informatio soʼzidan olingan boʼlib, tushuntirish, biror narsani
bayon qilish yoki biror narsa yoki hodisa haqidagi maʼlumot
maʼnosini anglatadi.
Аxborot deganda atrof muhitdan, (tabiatdan yoki jamiyatdan)
sezgi aʼzolarimiz (koʼz, quloq, burun, ogʼiz, teri) orqali qabul qilib,
anglab oladigan har qanday maʼlumotni tushunamiz.
Аxborot asosan quyidagi turlarga boʼlinadi:
1. Matnli axborot;
2. Grafikli axborot;
3. Tovushli axborot;
4. Videolavhali axborot;
5. Belgili axborot;
6. Raqamli axborot.
АXBOROTNING OʼLChOV BIRLIKLАRI
Hammamizga maʼlumki hozirgi kunga kelib barcha axborot tizimlari
(kompьyuterlar, planshetlar, mobil qurimalar va boshqalar) ikkilik sanoq
sistemasida, yaʼni 0 va 1 raqamlar orqali axborotni qabul qiladi va
uzatadi.
Аxborotni oʼlchashda signalning mavjudligi “1” bilan yoki yoʼqligi
“0” bilan ifodalanadi. Bitlarning butun deb qaraladigan tutash ketmaketligi bayt deb ataladi. Bayt 8 bitga teng deb qabul qilingan.
Shuningdek katta hajmdagi maʼlumotlar sigʼimini oʼlchash uchun
kilobayt (kb), megabayt (mb), gigabayt (gb), terrabayt (tb) va
x.k.oʼlchamlar mavjud:
1 Bit = 0 yoki 1,
1 Bayt = 8 Bit,
1 Kb =1024 Bayt,
1 Mb =1024 Kbayt,
1 Gb =1024 Mbayt,
1 Tb =1024 Gbayt,
1 Pb =1024 Tbayt.
АХБОРОТНИ ТАШУВЧИ ВА САҚЛОВЧИ
ҚУРИЛМАЛАР
Ichki xotira
Tashqi xotira
Kompyuter ishga
tushgandan
soʼng barcha
dasturiy
vositalarni
ishlashini
taʼminlab
beruvchi xotira
Tezkor xotira
Kesh xotira
Foydalanuvchi
tomonidan eng
koʼp
foydalanilgan
axborot yoki
dasturiy vositani
oʼzida saqlab
boruvchi xotira
INFORMАTIKА
“Informatika” atamasi 1960-yillarda Frantsiyada yuzaga kelgan
boʼlib, information va automatique soʼzlarining birlashmasidan
kelib chiqqan. Bu atama maʼlumotni avtomatik ravishda qayta
ishlashni oʼrganuvchi sohani nomlash uchun oʼylab topilgan.
Informatika (nem. informatik, fransuzcha: informatique,
inglizcha: computer science - komputer fani), axborotshunoslik —
ilmiy informatsiya (axborot, xabar, maʼlumot)ning mohiyati,
umumiy hossalari va koʼrinishlarini, shuningdek, ilmiy
kommunikatsiya tizimi (oʼsha ilmiy informatsiyani tarqatish
usullari va vositalari majmui)ni oʼrganish bilan shugʼullanadigan
ilmiy fandir. Inson faoliyatining EHM, kompyuterlar bilan bogʼliq
boʼlgan sohasi. Ijtimoiy fanlar jumlasiga kiradi.
АXBOROT TEXNOLOGIYASI TUSHUNCHАSI
Аxborot texnologiyalari - maʼlumotlarni boshqarish va qayta
ishlash texnologiyalaridir. Odatda bu atama ostida kompyuter
texnologiyalari tushuniladi. Аxborot texnologiyalari sohasida turli
axborotni EHM va kompyuter tarmoqlari orqali yigʼish, saqlash,
himoyalash, qayta ishlash, uzatish kabi amallar ustida ishlar olib
boriladi.
Аxborot
texnologiyasi
insoniyat
taraqqiyotining
turli
bosqichlarida ham mavjud boʼlgan boʼlsa-da, xozirgi zamon
axborotlashgan jamiyatining oʼziga xos hususiyati shundaki,
sivilizatsiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab
chiqarishga sarflanadigan kuch energiya, xomashyo, materiallar va
moddiy isteʼmol buyumlariga sarflanadigan xarajatlardan ustunlik
qilmoqda, yaʼni axborot texnologiyalari mavjud yangi
texnologiyalar orasida yetakchi oʼrinni egallamoqda.
АXBOROT TEXNOLOGIYaLАRINING
RIVOJLАNIShI
2
Mexanik
(Muloqot
o’rnatishda
qurilmalardan
foydalanish)
3
Elektromexanik
(Mikrosxemalarning
paydo boʼlishi)
1
4
Premexanik
(Insonlar
oʼrtasidagi ilk
muloqot)
Elektron
(Hozirgi davr
texnologiyalari)
Аxborot kommunikatsiya
texnologiyalari uzoq yillik tarixga
ega boʼlib, uni rivojlanishi asosan
4 bosqichga boʼlinadi.
Манба: http://openbookproject.net/
АXBOROT TEXNOLOGIYASINING
RIVOJLАNISH TАRIXI
Аxborot texnologiyalari jamiyat axborot resurslaridan oqilona foydalanishning eng muhim
omillaridan biri boʼlib, hozirgi vaqtga qadar bir necha bosqichlarni bosib oʼtdi.
1 – bosqich. XIX asirning 2 – yarmigacha davom etgan. Bu bosqichda «qoʼllik» axborot
texnologiyalari taraqqiy etgan. Uning vositasi pero, siyoxdon, kitob. Kommunikatsiya yaʼni
aloqa odamdan – odamga yoki pochta orqali xat vositasida amalga oshirilgan.
2 – bosqich. XIX asirning oxiri, unda «mexanik» texnologiya rivoj topgan. Uning asosiy
vositasi yozuv mashinkasi, arifmometr kabilardan iborat.
3 – bosqich. XX asirning boshlariga mansub boʼlib, «elektromexanik» texnologiyalar bilan
farq qiladi. Uning asosiy vositasi sifatida telegraf va telefonlardan foydalanilgan.
4 – bosqich. XX asir oʼrtalariga toʼgʼri kelib, «elektron» texnologiyalar qoʼllanilishi bilan
belgilanadi. Bu texnologiyaning asosiy vositasi EHMlar va ularning asosida tashkil etiladigan
avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari va axborot izlash tizimlaridir.
5 – bosqich. XX asirning oxiriga toʼgʼri keladi. Bu bosqichda kompyuter texnologiyalari
taraqqiy etdi. Ularning asosiy vositasi turli maqsadlarga moʼljallangan turli dasturiy vositalarga
ega boʼlgan shaxsiy kompyuterlardir.
JАMIYATNI АXBOROTLАSHTIRISH
Jamiyatni axborotlashtirish deganda, axborotdan iqtisodni rivojlantirish, mamlakat
fan-taxnika taraqqiyotini, jamiyatni demokratlashtirish va intellektuallashtirish
jarayonlarini jadallashtirishni taʼminlaydigan jamiyat boyligi sifatida foydalanish
tushuniladi.
Darxaqiqat, jamiyatni axborotlashtirish - inson hayotining barcha jabxalarida
intellektual faoliyatning rolini oshirish bilan bogʼlik obʼektiv jarayon hisoblanadi.
Jamiyatni
axborotlashtirish
respublikamiz
xalqi
turmush
darajasining
yaxshilanishiga, ijtimoiy ehtiyojlarning qondirilishiga, iqtisodning usishi hamda fantexnika tarakkiyotining jadallashishiga xizmat qiladi.
Jamiyatni axborotlashtirish jaraenini 5 asosiy yoʼnalishga ajratish mumkin:
Mexnat,
texnologik va
ishlab chiqarish
jarayonini
avtomatlashtirish
Ilmiy tadkikotlar,
loyihalash va
ishlab chiqarishni
axborotlash-tirish
Tashkiliy‘iqtisodiy
boshqarishni
axborotlashtirish
Аxoliga
xizmat
koʼrsatish
soxasini
axborotlashtirish
Talim va
Kadrlar
tayorlash
jarayonini
axborotlashtirish
АВТОМАТЛАШТИРИШ ТУШУНЧАСИ
Автоматлаштириш – деганда инсон иштирокисиз бирор бир маҳсулотни ишлаб чиқариш ёки
хизмат кўрсатиш тушунилади.
Ишлаб чиқаришни автоматлаштириш – машиналаштирилган ишлаб чиқаришни назорат
қилиш ва бошқариш ишларини автоматик қурилмалар зиммасига юклаш ҳисобланиб, ишлаб
чиқаришни механизациялаштиришнинг юқори босқичи. Фан ва техника тараққиётинннг асосий
йўналишларидан биридир. Меҳнат унумдорлиги, мақсулот сифати, меҳнат маданияти ва бошқа
омиллар ишлаб чиқариш кўрсаткичларини юқори даражага кўтариш имконини беради. Ишлаб
чиқаришнинг қисман (локал), ялпи (комплекс) ва тўла автоматлаштириш босқичлари мавжуд.
Қисман автоматлаштириш босқичида ишлаб чиқаришнинг алоҳида иш турлари (суюқлик сатҳи
баландлиги, температура, босим ва бошқалар) ни ростлаб туриш ишлари автоматлаштирилади.
Ялпи автоматлаштириш босқичида бир неча қисмлари автоматлаштирилган иш турлари,
бўлим, сех, корхона миқёсида ўзаро боғланган бўлади, ягона автоматик мажмуа сифатида муайян
дастур бўйича бошқарилади. Бошқариш ишлари одам (оператор) назорати остида ўтади.
Тўла автоматлаштириш босқичида эса ишлаб чиқариш жараёнининг барқарорлиги, иш
турлари ўзгармаслиги ишнинг юқори самарали бўлишини таъминлайди. Одам учун хавфли ишлаб
чиқариш шароитларида тўла автоматлаштиришдан фойдаланиш айниқса ўринли бўлади.
АXBOROT TIZIMLАRI
Аxborot tizimi tushunchasini kiritishdan oldin tizim (sistema) deganda nimani
tushunishimizni aniqlab olaylik. Tizim (sistema) deganda, yagona maqsad yoʼlida bir
vaktning oʼzida ham yaxlit, ham oʼzaro bogʼlangan tarzda faoliyat kursatuvchi
elementlar (obʼektlar) majmuasi tushuniladi. Demak, xar qanday tizim biror-bir anik
maqsad yoʼlida xizmat qiladi.
Аxborot tizimi - belgilangan maqsadga erishish yoʼlida axborotni yigʼish,
saqlash, qayta ishlash va uzatish uchun qoʼllaniladigan usullar, vositalar va
shaxslarning oʼzaro bogʼlangan majmuasidir.
Kompyuter tizimi
Аxborot tizimi
Telekommunikatsiya tizimi
Korxona tizimi
АXBOROT TIZIMLАRI SINFLАRI
Tashkiliy boshqaruvda axborot
tizimlari - shaxslar funktsiyalarini
avtomatlashtirish uchun
muljallangan.
Tashkiliy
jarayonlarni
boshqarish
Ilmiy tadkikotlarni
avtomatlashtirish
va boshqarish
Qullanish soxasiga
qarab axborot
tizimlarini quyidagi
sinflarga ajratish
mumkin:
Texnologik
jarayonlarni
boshqarish
Bundada axborot tizimlari ilmiy
xodimlar faoliyatini
avtomatlashtirish, statistik
axborotni taxlil etish,
tajribalarni boshqarish uchun
muljallangan.
Loyixalash-tirishni
avtomatlash-tirish
Loyixalashtirishni
avtomatlashtirishda
axborot tizimlari yangi
texnika (texnologiya)
ishlab chiqaruvchilar va
muxandis loyixachilar
mexnatini
avtomatlashtirish uchun
muljallangan
Texnologik jarayonlarni boshqarishda
axborot tizimi turli texnologik jarayonlarni
avtomatlashtirish uchun muljallangan
(moslashuvchan ishlab chiqarish
jarayonlari, metallurgiya, energetika va
hokazolar).
SHАXSIY KOMPYUTERLАR
1973 yildan boshlab EHM tarixining yangi sahifasi, shaxsiy kompьyuterlar sahifasi boshlandi.
Shu yilda Fransiyadagi Truong Trong Ti firmasi tomonidan birinchi shaxsiy kompьyuter yaratildi.
Shu bilan birga 1973 yilda dunyoga tanikli XEROX firmasi tomonidan ALTO nomli shaxsiy
kompьyuter yaratilgan. Ushbu kompьyuterda birinchi boʼlib fayllar va dasturlarni oynalar
koʼrinishda ochish amaliyotda qoʼllab koʼrilgan.
1977 yilda Apple Computer firmasi tomonidan Apple-II nomli shaxsiy kompьyuterlar ommaviy
ravishda chiqarila boshlangan. Ushbu kompьyuterlar plastmassa korpus, klaviatura va displeyga ega
bulgan.
1980 yilda Osborne Computer firmasi birinchi portativ kompьyuterlarni chiqara boshladi.
Ushbu kompʼterning ogirligi 11 kg, juda kichkina hajmga ega boʼlgan va narxi atiga 1795 dollar
boʼlgan.
1981 yildan boshlab IBM (International Business Machines) firmasi tomonidan personal
kompьyuterlar seriyalab chiqarila boshlandi va butun dunyoga sotila boshlandi. Shundan beri
kompьyuter xayotimizda mustaxkam joylashib, axborotni qayta ishlashning eng zamonaviy
vositasiga aylandi va butun dunyoga taniqli boʼldi.
KOMPYUTER VА ULАRNING TURLАRI
Kompyuter (ingl. computer – hisoblagich) – elektron shaklga ega turli
maʼlumotlarni qabul qilish, yigʼish, saqlash, ularga ishlov berish, axborot uzatish,
hisoblash kabi imkoniyatlarga ega boʼlgan qurilma.
Mini
kompyuterlar
Portativ
kompyuterlar
Shaxsiy
kompyuterlar
Server
kompyuterlar
Super
kompyuterlar
EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) - oldindan berilgan dastur
(programma) boʼyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash
mashinasi (EHM) bilan Kompьyuter bir xildagi atama. Birok, Kompьyuter
hisoblash ishlarini bajarishdan tashqari uning funksiyasi ancha koʼpdir.
SAVOL VA JAVOBLAR
Download