Uploaded by xurramovfirdavs01

moliya bozorida fundamental tahlilni qo'llash amaliyoti

advertisement
MOLIYA BOZORIDA
FUNDAMENTAL
TAHLILNI QO'LLASH
AMALIYOTI
Moliya bozori tahlilining
tashkiliy xususiyatlari
REJA:
Fundamental tahlil
Когда удерживать
Investitsion jarayonning asosiy masalalaridan biri –
bu qimmatli qogʻozlar tahlili (security analysis)
hisoblanib, oʻz ichiga qimmatli qogʻozlar-ning
alohida turlarini (yoki guruhlarini) va ularning
bozorlarini oʻrganadi. Bunday tahlilning investitsion
jarayondagi asosiy maqsadlaridan biri – bu vaqtning
tanlab olingan joriy momentida notoʻgʻri baholangan
qimmatli qogʻozlarni aniqlash. Xorijiy amaliyotda
moliya bozori boʻyicha fundamental (fundamental
analysis) va texnik (technical analysis) tahlil keng
qoʻllaniladi. Fundamental tahlil ham, texnik tahlil
ham, shuningdek boshqa tahlil usullari ham oʻziga
xos afzalliklarga va kamchiliklarga ega. Bunga
moliya bozorlarining oʻzaro farqli jihatlari, tartibga
solish mexanizmlari, ichki va tashqi omillar taʼsiri
kabilarni sabab sifatida koʻrsatish mumkin
Qimmatli qogʻoz tahlilida uni real (fundamental usulga
asoslangan) yoki bozor (texnik usulga asoslangan) bahosi
hamda uning real va bozor daromadliligi koʻrsatkichlari
baholanadi, chunki ular fond bozori qatnashchilarini koʻproq
qiziqtiradi. Yuqoridagi misoldan kelib chiqib, na texnik va na
fundamental, na aralash usul ushbu koʻrsatkichlarning obyektiv
bahosini bera olmasligini tushunish qiyin emas. Chunki
qimmatli qogʻozning oʻz bazisiga ekvivalentliligi darajasi har
ikkala usulda har doim aytilgan mezonlar talabiga mos toʻliq
namoyon boʻlavermaydi, demak, ularning yordamida
hisoblangan koʻrsatkichlar bahosi obyektiv boʻlmaydi. Ushbu
qonuniyatni koʻrish uchun quyidagi nazariy fikr-mulohazalarni
keltirish mumkin.
Maʼlumki, aksiyaning real bahosi fundamental
usul
yordamida
emitentning
moliyaviy
hisobotlari koʻrsatkichlari asosida hisoblanib,
aksiyani joriy ichki (balans) bahosini ifodalaydi.
Lekin aksiyaning bozordagi talab va taklif (bozor
konʼyunkturasi) asosida shakllanuvchi bozor
narxi aksiyaning real bahosidan qandaydir
mavhumligi bilan farq qilishi mumkin, chunki
bozor narxi koʻpincha koʻzga tashlanmaydigan
spekulyativ bozorda vujudga keluvchi sirli
tendensiyalarni ham oʻz ichiga oladi. Bunday
tendensiyalar odatda spekulyativ bozorning
oldindan har doim ham toʻliq idrok qilib
boʻlmaydigan jarayonlarni risklar va turli omillar
(jumladan spekulyativ savdo qatnashchilarining
subyektiv tarzda hohish va imkoniyatlarining
ehtimoliy
oʻzgarishi,
yaʼni
refleksivlik
nazariyasiga asosan) taʼsiri ostida kechishi
evaziga hosil boʻladi.
Demak, aksiyaning oʻz bazisiga ekvivalentlilik darajasi
asosida obyektiv bahosini aniqlash muhim ahamiyatga ega.
Bularning barchasi va boshqa vaqtinchalik idrok qilinishi
murakkab boʻlgan omil va jarayonlar tahlil amaliyotining
mavjud usullari uzluksiz takomillashuv jarayonida yoki
ularning asosida yangilari paydo boʻlib kelmoqda. Bu
jarayonning obyektiv mahsuli sifatida qimmatli qogʻozlarni
sekyurimetrik tahlili usulini alohida koʻrish maqsadga
muvofiq, chunki u yuqorida keltirilgan baʼzi holatlarni bartaraf
qilishning ozmi koʻpmi imkonini berishi mumkin.
Fundamental tahlil – mamlakat va tarmoq
iqtisodiyotining fundamental omillarini,
kompaniya faoliyati koʻrsatkichlarini tahlil
qilishga asoslangan, aktivning bozor
qiymatini aniqlash va bashorat qilish
usullari
tizimi.
Fundamental
tahlil
mazmunan har qanday moliyaviy aktivning
“haqiqiy” (yoki ichki real) bahosi kelajakda
aktiv egasi olishi mumkin boʻlgan barcha
naqd pul oqimlarining keltirilgan bahosiga
teng degan fikrdan kelib chiqadi. Shunga
mos
ravishda
tahlilchi
(analitik)“fundamentalchi” naqd pul oqimlari
miqdorini va uni tushum vaqtini aniqlashga
intiladi, keyin esa unga mos diskontlash
stavkasini qoʻllab ularning keltirilgan
bahosini hisoblaydi.
• Bozorni tahlili, uning asosida yotuvchi tamoyillarga bog'liq holda, texnik
yoki fundamental bo'lishi mumkin. Texnik tahlil konsepsiyasi narx
grafigini aks ettiruvchi talab va taklifning nisbati matematika qonunlariga
bo'ysunadi, degan tasdiqqa qo'shiladi. Fundamental tahlilga muvofiq
bozor mutlaqo siyosiy, iqtisodiy va moliyaviy asoslarga ko'ra o'zgaradi.
Shu tufayli, fundamental tahlil iqtisodiy, moliyaviy va siyosiy xususiyatga
ega axborotni baholaydi, u bozor narxining harakatiga to'g'ridan-to'g'ri va
bilvosita ta'sir qiladi. Hususan - asosiy valyutalarning kurslariga ta'sir
ko'rsata oladigan, iqtisodi etakchi bo'lgan mamlakatlarning aossoiy
iqtisodiy ko'rsatkichlarini baholaydi. Quyidagi ko'rsatkichlar muhim
hisoblanadi: yalpi milliy mahsulot; ichki yalpi mahsulot; inflyatsiya
darajasi; ishsizlik darajasi; iste'molchilik va ishlab chiqarish narxlari
indekslari; tovar indeksi; industrial narxlar indeksi; to'lov va savdo
balansi.
160
70
140
60
120
50
100
40
80
30
60
20
40
20
10
0
0
05.01.20ГГ
Объем
01.06.20ГГ
01.07.20ГГ
01.08.20ГГ
09.01.20ГГ
Открытие
Максимум
Минимум
Закрытие
РОСТ
ПОРТФЕЛЯ
ЦЕЛИ
ИНВЕСТИРОВАНИЯ
СПАСИБО ЗА
ВНИМАНИЕ!
proverka@example.com
Download