O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI “IQTISODIYOT” KAFEDRASI “IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANIDAN KURS ISHI Mavzu; Xalqaro valyuta tizimlari va ularning o‘zgarishi Bajardi: Xolboyev Bekjon Ulug’bek o’g’li “Iqtisodiyot” fakulteti I-72 guruh. Ilmiy rahbar: _________________________ (ismi-sharifi, ilmiy darajasi, lavozimi) TOSHKENT – 2023 REJA: Kirish 1. Valyuta va valyuta munosabatlari tushunchasi, ularning asosiy ishtirokchilari 2. Xalqaro valyuta munosabatlari va valyuta tizimi 3. Jahon valyuta tizimi rivojlanish bosqichlari 4. Xalqaro valyuta-kredit va moliya tashkilotlari Xulosa Foydalangan adabiyotlar ro’yxati Kirish 3 Oʼzbekiston Respublikasi iqtisodiyotini zamonaviy modernizatsiyalash bosqichida mamlakatning xalqaro valyuta-kredit munosabatlarini tashkil qilish va tartibga solish borasida katta yutuqlarga erishildi. Xususan, tashqi savdo aylanmasining ijobiy savdosini taʼminlandi, xalqaro moliya institutlari bilan samarali hamkorlik yoʼlga qoʼyildi. Eng muhimi - davlat tashqi qarzining meʼyoriy darajadan oshib ketishiga yoʼl qoʼyilmadi. Bozor iqtisodiyotini asoslarini yaratish va rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar tobora rivojlanish va byudjet munosabatlariga ta’sir etishining muhim omili bo`lgan byudjet va moliya tizimi ham shu tarzda isloh etishni, uning barqarorligi va samaradorligini oshirishni talab qiladi. Dunyo miqyosida xalqaro valyuta-kredit munosabatlari sohasida jiddiy, olamshumul oʼzgarishlar yuz bermoqdaki, mazkur holat xalqaro valyuta-kredit munosabatlariga bagʼishlangan yangi ilmiy tadqiqotlar olib borish, darsliklar va oʼquv qoʼllanmalar yozish zaruriyatini yuzaga keltirmoqda.Soʼnggi yillarda xalqaro valyuta munosabatlarida sezilarli oʼzgarishlar kuzatildi: jumladan, tashqi bozorlardagi valyutalar va ularning tovar taʼminoti oʼrtasidagi aloqadorlik yoʼqoldi; bozor ishtirokchilari uchun valyutalarning likvidliligi, ularning tovarga ayirboshlash qobiliyatidan koʼra muhimroq ahamiyat kasb eta boshladi; mamlakatlarning toʼlov balansidagi kapitallar va kreditlar harakati joriy operatsiyalar harakatidan hajm boʼyicha koʼpayib, oʼrnini almashtirdi, rezerv valyuta maqomi uchun rivojlangan mamlakatlar oʼrtasida raqobat kuchaygani kuzatildi. Har bir davlat oʼz valyuta kursi rejimini barqarorligini taʼminlash uchun yuqori likvidlilikka ega boʼlgan xorijiy valyutalarni zaxira sifatida yigʼishlariga, zarurat tugʼilganda esa, ular hisobidan kurs shakllannishi jarayoniga aralashishlariga toʼgʼri keldi. Hozirgi kunda, jahon moliya tizimiga kriptovalyutalarni taʼsirini, ularni tebranuvchanligini prognoz qilish va kelajakdagi istiqbolini oʼrganish maqsadida oʼnlab, yuzlab tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Kurs ishining maqsadi: Xalqaro valyuta tizimining shakllanishi va rivojlanishi 4 xususiyatlarini o'rganish va ochib berishdir. Kurs ishining vazifasi: ushbu kurs ishining vazifasi shundan iboratki Xalqaro valyuta tizimining shakllanishi va rivojlanishi, uning rivojlanish qonuniyatlari Xalqaro valyuta aylanishi, haqida talabalarga bilim ko’nikma malakalarni shakllantirishdir. Valyuta va valyuta munosabatlari tushunchasi, ularning asosiy ishtirokchilari Har qanday davlat iqtisodiyotida pul muhim ahamiyat kasb etadi. Pul munosabatlari jamiyatning ishlab chiqarish, taqsimot, muomala va iste'mol singari jarayonlarini qamrab oladi, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun 5 sharoit yaratib beradi. Pul va iqtisod o’zaro uzviy bog’liq bo’lgan elementlardir. Agar jamiyat iqtisodiyotida muammolar paydo bo’lsa, albatta bunday muammolar jamiyatning pul muomalasida o’zining salbiy aks ta'sirini topadi. Shuning uchun pulni jamiyat iqtisodiy hayotining barometri deb bejiz aytishmagan. Iqtisodiy nazariyada haqiqiy pul tovar ekvivalenti sifatida mavjud bo’lib, iste'molchilarni muomalaga bo’lgan ehtiyojlarini qondiradi. qog’oz pullar esa haqiqiy pullar qiymatining muomaladagi ifodachisi yoki vakilidir. Har qanday mustaqil davlat o’z puliga ega va bunday pul shu davlat uchun milliy pul birligi hisoblanadi. Milliy pul birligi o’zining nomi va ma'lum bir muomala tarixiga ega. Ushbu kursimizni o’rganishda doim pul va valyuta atamalariga murojaat etishga to’g’ri keladi. Shu sababli boshidanoq pul va valyuta qanday kategoriyalar, ikkalasi ham bir narsami yoki har xil narsa ekanligini aniqlab olish zarur. Iqtisodiy nazariyadan biz "pul" nima ekanligini yaxshi bilamiz. Valyuta ham pul, ammo hamma vaqt ham pul valyuta bo’lavermaydi. Agarda muayyan bir davlatning milliy pul birligi jahon bozorida davlatlar o’rtasida pul (muomala, to’lov va jamg’arish vositasi) sifatida ishlatilsa, ya'ni pulning funksiyalarini bajarsa, u valyutaga aylanadi. Valyuta - jahon bozorida, davlatlar o’rtasida pul vazifalarini bajaruvchi davlatlarning milliy pul birliklaridir. Masalan, Amerika Qo’shma Shtatlari "dollari", Buyuk Britaniya "funt sterlingi", Kanada "dollari", Yapon "ienasi" va boshqa shu kabilar. Muayyan bir davlatning milliy puli - uning milliy valyutasi bo’ladi. Shu davlat uchun boshqa davlatlarning milliy pul birliklari esa - xorijiy valyutalardir. Masalan, AQSh "dollari", Buyuk Britaniya "funt sterlingi", Kanada "dollari", Fransiya "yevro", Yapon "ienasi", Turkiya "lira"si va shu kabi erkin muomalada yuradigan valyutalar O’zbekiston Respublikasida xorijiy valyuta bo’ladi, o’z navbatida O’zbekiston "so’m"i bu davlatlar uchun xorijiy valyuta bo’lib hisoblanadi. Har bir suveren davlat o’z pul birligiga ega bo’lib, faqat shu mamlakatdagina bu pul birligiga muayyan ne‟matlarni sotib olish mumkin. Boshqa mamlakatlarning 6 ham o’z pul birliklari mavjud va faqat shu davlatlarda ular qonuniy harakatda bo’ladi. Qolgan barcha boshqa valyuta deb nomlanuvchi pullar maxsus nazorat ostida amal qiladilar. Rus iqtisodchi olimi V.S. Safonovning ta‟rifiga ko’ra, «currency» atamasi banknotalar va tangalar ko’rinishidagi pullar ma‟nosini anglatadi. Xorijiy valyuta uchun foreign currency atamasi ishlatiladi. Jahon valyuta bozori – bu foreign currency exchange market dir, yoki oddiy qilib aytganda, FOREX. Valyutalarning turli klassifikastiyasi mavjud bo’lib, asosan ularni uch guruhga ajratishadi. Bular jahon valyuta bozorining barcha segmentlarida hech qanday cheklovlarsiz amal qiladigan valyutalardir. Ular cheklanmagan miqdorda va turli joriy va muddatli bitimlar bo’yicha to’liq konvertirlana oladilar. Bunday turdagi valyutalar ichida katta beshlikni ajratib ko’rsatish lozim. Ularga AQSh dollari (USD), Yevro (EUR), Shveysariya franki (CHF), Yaponiya ienasi (JPY) va Angliya funti (GBP) kiradi. 7 Asosiy valyutalarga shuningdek, Kanada dollari (CAN) va boshqa bir nechta valyutalar (masalan, Avstraliya dollari AUD) ham kiritiladi. Ikkilamchi valyutalar odatda erkin muomalada bo’ladi, biroq vaqti-vaqti bilan ba’zi muammolar yuzaga kelishi mumkin. Masalan, bularga likvidlikning yetarli darajada emasligi (ya‟ni, xarid qilish va sotish bilan bog’liq qiyinchiliklar), hosilaviy moliyaviy instrumentlarning (xususan, fyucherslarning) qo’llanilishi bilan bog’liq boshqa to’siqlarni kiritish mumkin. Valyutalarning mazkur sirasiga Irlandiya, Singapur, Grestiya, Shvestiya, Daniya, Oman, Quvayt, Hindiston kabi davlatlar valyutalari kiritiladi. Ekzotik valyutalar bo’yicha doimo kotirovkalar mavjud, biroq ba’zida operatsiyalar miqyosi, muddatli bitimlar bozori bo’yicha (agar u umuman mavjud bo’lsa) katta cheklovlarning bo’lishi ehtimoli bor; shuningdek, muayyan davlatlar tomonidan ularning keng savdosiga qarshi qonuniy cheklovlar ham o’rnatiladi. Mazkur guruhga Indoneziya, Tailand, Gonkong, Malayziya, Vetnam, Fillipinalar kabi mamlakatlar valyutalarini kiritish mumkin. Hozirgi kunda yangi paydo bo‘luvchi bozorlar valyutalari ham yuzaga keldi. Bular Chexiya, Slovakiya, Polsha, Rossiya, Janubiy Amerika va JAR mamlakatlari pul birliklaridir. Qavslar ichidagi valyutalarning belgilanishi SWIFT tizimi foydalanuvchilari tomonidan qabul qilingan kodirovka bo’yicha amalga oshiriladi. Qisqacha aytganda, banklar tomonidan foydalaniladigan mazkur axborot tizimi xizmat xabarlarining xavfsiz yetkazilishini ta’minlaydi. Jahon amaliyotida moliyaviy bozorlar faoliyatida standartlashtirish xalqaro tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan, lotin tilidagi uchta harfdan iborat valyutalarning quyidagi belgilanishlari qabul qilingan bo’lib, ular xalqaro va mahalliy amaliyotda keng qo’llaniladi (ISO 4217 standarti – International 8 Organization for Standartization): 1-jadval Valyutalarning xalqaro amaliyotda belgilanishi AUD BRL BYR CAD CHF (SFR) CNY EUR GBP (STG) ILS INR JPY KZT MXP NZD RUB SGD TRL UAH USD UZS ZAR Avstraliya dollari Braziliya reali Belorussiya rubli Kanada dollari Shveysariya franki Xitoy yuani (renminbi) Yevro Angliya funt sterlingi Isroil shekeli Hindiston rupiyasi Yaponiya ienasi Qozog’iston tengesi Meksika pesosi Yangi Zelandiya dollari Rossiya rubli Singapur dollari Turkiya lirasi Ukraina grivnasi AQSh dollari O’zbekiston so’mi Janubiy Afrika rendi Xorijiy valyuta bilan deviz tushunchasi bog’liqdir. Deviz - bu, xorijiy valyutadagi har qanday vositadir. Qabul qilingan Xalqaro qoidalarga asosan har bir davlatning valyutasi 3 harf bilan belgilanadi. Bunda ushbu harflarning birinchi 2 tasi mamlakatni, 3- esa valyuta nomini belgilaydi. Masalan, US - Qo’shma Shtatlar, D - dollar yoki GB - Buyuk Britaniya, P - paund. Ushbu belgilanishlar valyutalar kodlari deb ataladi. Ayrim davlatlar valyutalarining SVIFT kodlari ushbu mavzuning ilovasida keltirilgan. Valyutalar jahon bozorida o’zlarining muomalada bo’lish xususiyatlariga ko’ra erkin muomalada yuradigan, muomalasi qisman yoki butunlay cheklangan, yopiq yoki ekzotik valyutalarga bo’linadi. Ba'zi bir davlatlarning milliy pul birliklarini mazkur davlatlarda valyuta munosabatlari borasida mavjud va harakatda bo’lgan 9 qonun-qoidalariga asosan xorijga chiqishi hamda u yerda muomalada bo’lishi chegaralanadi. Jahon bozorining paydo bo’lishi, xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashishi, ishlab chiqarish kuchlarining o’sishi, jahon xo’jaligi tizimining shakllanishi, xo’jalik aloqalarining baynalminallashuvi va globallashuvi sharoitida xalqaro valyuta munosabatlari rivojlandi. Xalqaro valyuta munosabatlari - bu, valyutani jahon xo’jaligida amal qilishi borasida shakllanadigan va milliy xo’jaliklar faoliyat natijalarining o’zaro almashuviga xizmat ko’rasatadigan ijtimoiy munosabatlar yig’indisidir Valyuta munosabatlarining ayrim elementlari qadimgi dunyoda, qadimgi Gretsiya va Rimda veksel hamda sarroflik ishi shakllarida paydo bo’lgan. Ushbu munosabatlar hisob-kitoblar o’tkaziladigan veksellar (tratta) bilan amalga oshgan Lion, Antverpen o’rta asr "veksel yarmarkalari" va G’arbiy Yevropaning boshqa savdo markazlarida rivojlandi. Feodalizm va kapitalistik ishlab chiqarish uslubining shakllanishi davrlarida banklar orqali amalga oshadigan xalqaro hisob-kitoblar tizimi shakllana boshladi. Xalqaro valyuta munosabatlari moddiy ishlab chiqarish jarayoniga, ya'ni birlamchi ishlab chiqarish munosabatlariga hamda taqsimot, almashuv va iste'mol jarayonlariga aloqador bo’lgan xalqaro iqtisodiy munosabatlarni o’z ichiga oladi. Valyuta munosabatlari va takror ishlab chiqarish o’rtasida bevosita (to’g’ridanto’g’ri) hamda oqibat xarakteridagi (qaytma) aloqalar mavjud. Ularning obyektiv asosi bo’lib tovarlar, kapitallar, xizmatlar bilan xalqaro almashuvni vujudga keltiruvchi ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni hisoblanadi. Valyuta munosabatlari - bu, valyutani jahon xo’jaligi muomalasida amal qilish jarayonida va xalqaro aloqalar sohasiga xizmat ko’rsatishda o’ziga hos pul munosabatlarining yig’indisidir, yoki davlatlar, jahon valyuta bozorining subyektlari, muayyan davlatning rezident yoki norezident shaxslari o’rtasida valyutalarni sotish, sotib olish, majburiyatlarni bajarish hamda boshqa shu kabi jarayonlarda vujudga keladigan munosabatlardir. Valyuta munosabatlari - bu xalqaro aloqalarga xizmat ko’rsatuvchi va jahon 10 xo’jaligida valyuta muomalasi jarayonida vujudga keladigan o’ziga hos pul munosabatlarining majmuidir. Valyuta munosabatlari jahon valyuta tizimining asosi bo’lib xizmat qiladi. Ularning shakllanish jarayonlarini o’rganish O’zbekiston uchun nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyatga ham egadir. Valyuta munosabatlarining paydo bo’lishi, o’zgartirilishi yoki tugatilishining huquqiy asoslari bo’lib xalqaro kelishuvlar va ichki davlat qonun-qoidalari hisoblanadi. Valyuta munosabatlari nisbatan mustaqil munosabatlar bo’lgani holda to’lov balansi, valyuta kursi, hisob-kitob operatsiyalari orqali dunyo iqtisodiyotiga sezilarli ta'sir ko’rsatadi. Valyuta munosabatlarining ahvoli quyidagilarga bog’liq bo’ladi: milliy va jahon iqtisodiyotining rivojlanganlik darajasiga; siyosiy ahvolga; jahon bozorida davlatlararo munosabatlar borasidagi muammolarga va ushbu muammolarning rivojlanish tendensiyalariga. Valyuta munosabatlarining asosiy ishtirokchilari sifatida xalqaro moliyaviy tashkilotlar, davlatlar, davlatlarning rezident va norezident shaxslari maydonga chiqadi. Rezident shaxs - bu muayyan davlat hududida yashayotgan va ushbu davlat fuqarosi bo’lgan hamda mazkur davlat hududida faoliyat ko’rsatayotgan yuridik yoki jismoniy shaxsdir. Norezident shaxs - bu muayyan davlat hududida yashab faoliyat ko’rsatayotgan, ammo shu davlat fuqarosi bo’lmagan yuridik yoki jismoniy shaxsdir. Masalan, elchixonalar, vakolatxonalar, chet el firma va korxonalarining bo’linmalari hamda shu kabilar. Shu bilan birgalikda bu yerda shuni ta'kidlab o’tmoq lozimki, valyuta munosabatlarining keng tarqalgan ishtirokchilaridan biri bu tijorat banklaridir. Tijorat banklari milliy, hududiy va jahon valyuta bozorlarida nafaqat o’z manfaatlari, balki birinchi navbatda o’z mijozlari manfaatlarining himoyachisidir. Jahonning yirik tijorat banklari o’z mijozlarining topshiriqlarini talab darajasida 11 bajarish, ularning moliyaviy manfaatlarini himoya qilish va o’z tijoriy maqsadlarida jahon moliya bozorining yirik markazlarida o’z filiallarini ochganlar. Tijorat banklari mijozlarida va tijorat banklarining o’zlarida turli sabablarga ko’ra hamda turli maqsadlarda xorijiy valyutaga ehtiyoj paydo bo’ladi. Masalan, tijorat bankining mijozi eksportyor bo’lsa u xorijiy valyutada tushum oladi va valyuta kursi tebranishi oqibatida hosil bo’ladigan xatarlarni hisobga olgan holda unda, ushbu xorijiy valyutada olingan tushumni xavfxatardan himoyalash zarurati tug’iladi. Shu sababli eksportyor eksport tushumini ehtimolli yo’qotishlardan sug’urtalash maqsadida o’z bankiga murojaat etadi. Agar bankning mijozi importyor bo’lsa, eksportyor bilan o’zaro tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq hisob-kitobni amalga oshirish uchun unga ma'lum bir miqdorda xorijiy valyuta zarur bo’ladi. Bunga muvofiq importyormijoz ushbu xorijiy valyutani sotib olish maqsadida o’z bankiga murojaat etadi. Yuqoridagilardan tashqari tijorat bankining xorijiy valyutaga bo’lgan o’z zaruriy ehtiyojlari mavjud. Masalan, jahon valyuta bozorida oldi-sotdi baholarining farqi sifatida foyda olish maqsadida xorijiy valyutalarni sotib olish, valyuta kursining tebranishi oqibatida vujudga keladigan valyuta tavakkalchiliklarining oldini olish maqsadida xedjinglash bilan bog’liq turli valyuta operatsiyalarini amalga oshirish. Shu bilan birgalikda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4oktabrdagi "O’zbekiston Respublikasi valyuta bozorini rivojlantirishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida"gi qaroriga binoan tijorat banklari O’zbekiston Respublikasi hududida "so’m"ning ichki konvertatsiyasiga muvofiq naqd valyuta oldi-sotdisi bilan bog’liq operatsiyalar bilan ham shug’ullanadilar. Vazirlar Mahkamasining ushbu qaroriga muvofiq 1994-yilning 15-oktabridan boshlab O’zbekiston Respublikasi hududida pul sifatida muomalada faqat respublikaning milliy valyutasi "so’m" yuradi. Boshqa davlatlarning milliy valyutalari, ya'ni xorijiy valyutalarning pul sifatida muomalasi O’zbekiston hududida qonun bilan taqiqlangan. Xalqaro valyuta munosabatlari va valyuta tizimi 12 Valyuta munosabatlari - tashqi savdo, iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlik, xorijga kredit hamda qarzlarni berish va olish, valyuta va valyuta aktivlarini sotib olish bilan bog‘liq bitimlarni amalga oshirishda ishtirok etadigan, valyuta bilan bog‘liq munosabatlardir. Valyuta munosabatining ayrim elementlari - antik davrda - Qadimgi Gretsiya va Qadimgi Rimda - qarzga pul to‘lashga berilgan tilxat va pul almashtirish shaklida paydo bo‘lgan. Keyingi bosqich bo‘lib, Yapon, Antverpen va G‘arbiy Yevropani boshqa savdo markazlarida ―veksel yarmarkalari‖ rivojlanishi bilan yuzaga chiqqan. Bu davrda hisob-kitoblarni amalga oshirish, valyuta yordamida amalga oshirilgan. Feodalizm davrida va kapitalistik ishlab chiqarish rivojlanishida, xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tizimi banklar orqali rivojlandi. O‘tgan asrga kelib esa, xalqaro munosabatlar o‘zining mutlaqo yangi ko‘rinishini boshdan kechirdi. Shunday qilib, xalqaro valyuta munosabatlari rivojlanishi, ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishi, jahon bozori tashkil etilishi, xalqaro mehnat taqsimotini chuqurlashuvi, jahon xo‘jaligining tarkibiy tuzilishi hamda xo‘jalik munosabatlari baynanmilallashuvining natijasidir. Valyuta munosabatlari ishtirokchilariga quyidagilar kiradi: davlat (hukumat, Markaziy va davlat banklari), xalqaro tashkilotlar, yuridik shaxslar (tijorat banklari, korxonalar: import va eksport qiluvchilar, birjalar) va jismoniy shaxslar (brokerlar, chayqovchilar va sayyohlar). Zamonaviy tashqi iqtisodiy aloqalarda, shu bilan birga valyuta munosabatlarida siyosat va iqtisodiyot, diplomatiya va tijorat, sanoat va savdo uyg‘unlashib borayotganligini kuzatish mumkin. Xalqaro valyuta munosabatlarining davlat tomonidan shakllantiriladigan huquqiy-tashkiliy shakli valyuta tizimi deyiladi. Milliy, hududiy va jahon valyuta tizimlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Milliy valyuta tizimi deganda ma‘lum davlatni, boshqa davlatlar bilan pulli hisob-kitoblarini amalga oshirishda qo‘llaydigan usullari, instrumentlari va milliy organlarining umumiy yig‘indisi tushuniladi. Milliy valyuta tizimi nisbatan mustaqil va faoliyat doirasi milliy chegaralardan chiqsada, u mamlakat pul-kredit tizimining 13 tarkibiy qismi hisoblanadi. Milliy va jahon valyutalar tizimlari aloqasi va rivojlanishi, ularning elementlarida namoyon bo‘ladi. Hududiy valyuta tizimi - milliy va jahon valyuta tizimlarining oraliq elementi hisoblanib, u mamlakatlar hududiy guruhi integratsiyasiga xizmat qiladi. Bunga misol qilib, Yevropa valyuta-iqtisodiy ittifoqini keltirish mumkin. Jahon valyuta tizimi - bu, alohida olingan milliy iqtisodiyotni jahon xo‘jaligi bilan bog‘lovchi mexanizmdir. 2-Jadval Milliy va jahon valyuta tizimining asosiy elementlari Milliy valyuta tizimi Jahon valyuta tizimi Milliy valyuta Milliy valyutani konvertirlanish shartlari Milliy valyuta pariteti Valyutaviy chegaraning va nazoratning bor yukligi Xalqaro kredit ayriboshlash vositalaridan foydalanishni tartibga solish Milliy valyuta kursining tartibi Mamlakatning xalqaro valyuta likvidligini tartibga solish Mamlakatning xalqaro hisob-kitoblarini tartibga keltirish Mamlakatni valyuta munosabatlarini Milliy valyuta bozori va oltin boshqaruvchi va tartibga soluvchi milliy bozorining tartibi organlar Xalqaro valyuta hisob-kitob Valyutalarni o‘zaro konvertirlanish birliklari valyuta zahirasi shartlari Valyuta paritetini birxillashtirish Valyuta kursining tarribining tartibi reglamentatsiyasi Valyutaviy chegaralarning Xalqaro valyuta likvidligini davlatlararo davlatlararo tartibga solish tartibga solish Xalqaro kredit ayriboshlash Xalqaro hisob-kitoblarning asosiy vositalaridan foydalanish shakllarini yaxlitlashtirish qoidalarini yaxlitlashtirish Jahon valyuta bozori va oltin Davlatlararo valyutaviy tartibga solishni bozorining tartibi amalga oshiruvchi xalqaro tashkilotlar Xalqaro kelishuvlar, ikkiyoqlama va ko‘p yoqlama shartnoma va aktlar, jahon valyuta tizimining huquqiy asosini tashkil etadi. Jahon valyuta tizimining asosiy maqsadi - eksport va import uchun to‘lovlarni, 14 tovar, kapital, xizmatlar va boshqa faoliyat turlarini amalga oshirishda xalqaro hisob-kitoblarni tashkil etish orqali samarali vositachilik qilish, shuningdek, xalqaro mehnat taqsimotini rivojlantirish uchun, mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarda qulay muhitni yaratishdan iborat. Jahon valyuta tizimi yordamida iqtisodiy resurslarning bir mamlakatdan boshqasiga ko‘chishi yoki aksincha, ushbu jarayon chegaralanishi, milliy iqtisodiyot mustaqilligi cheklanishi yoki kengayishi, iqtisodiy muammolarni (masalan, ishsizlik, inflyatsiya) bir mamlakatdan boshqasiga “ko`chib o‘tishi” mumkin. Jahon valyuta tizimi faoliyat yuritish va tartibga solishning alohida mexanizmlariga ega va jahon xo‘jaligining global maqsadlarini ko‘zlasada, u milliy pul va hududiy valyuta tizimlari bilan chambarchas bog‘langan. Jahon valyuta tizimi xalqaro pul munosabatlari tashkil topishining tarixiy shakli bo‘lib, u davlatlararo shartnomalar orqali mustahkamlangan. Jahon, hududiy va milliy valyuta tizimlari doirasida, quyidagi moliyaviy operatsiyalar amalga oshiriladi: Valyuta konvertirlanishi - milliy valyutani xorijiy valyutaga almashtirish; Tijorat banklari va birjalarda valyuta oldi-sotdi operatsiyalari. Bu valyuta dilingi deyiladi. Hozirgi kunda, operatsiyalarning asosiy qismi naqd pulsiz holda amalga oshiriladi. Bir bankdan boshqasiga pul o‘tkazish vakillik hisobvaraqlar orqali amalga oshiriladi. Banklararo amaliyotda LORO (Siz bizda) va NOSTRO (biz Siznikida) hisobvaraqlari mavjud. Tijorat banklarining depozit-kredit deb nomlanuvchi, valyuta mablag‘larini jalb qilish va joylashtirish bilan bog‘liq operatsiyalari. Bu operatsiyalar - o‘zaro kreditlash, o‘z va jalb qilingan mablag‘larni joylashtirish, kreditlarni taqdim etish, rasmiylashtirish va monitoring bilan bog‘liq banklararo operatsiyalardir. Tashqi savdo operatsiyalarida, xalqaro amaliyotda qabul qilingan turli shakldagi hisob-kitoblarda bank xizmati ko‘rsatish; Oltin va fond instrumentlari (mulkchilik titullari, obligatsiyalar, ikkilamchi 15 moliyaviy instrumentlar va h.k.) sotish yoki sotib olish maqsadida, moliya bozorida amalga oshiriladigan operatsiyalar. Bu operatsiyalarning barchasi investitsiya maqsadlarida, shuningdek, chayqovchilik yoki xejerlash (sug‘urta) maqsadlarida amalga oshiriladi. Banklar ushbu operatsiyalarni o‘z nomidan yoki mijoz topshirigiga ko‘ra amalga oshiradilar; Kredit (debit) kartochkalarining egalariga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq operatsiyalar; Bank xalqaro transfertlari (dividend, foiz, pensiya to‘lovi, aliment, hadyalar, sayyohlarga xizmat ko‘rsatish va h.k.) amalga oshirish. Zamonaviy valyuta tizimi, uning ham hududiy (geografik jihatdan), ham vaqt jihatdan (kechayu-kunduz ishlovchi valyuta bozori), ham texnologik jihatdan (axborot texnologiyalari va tarmoqlarining yaxlitligi) globallashganligi bilan tavsiflanadi. Zamonaviy valyuta tizimining globallashuvining o‘ziga xos jihatlari quyidagilardan iborat: valyuta kurslari va foiz stavkalarining kutilmaganda va keskin o‘zgarishi bilan tavsiflanadigan bozor mexanizmi; bir tomondan, oldindan kutilmagan voqealarga (neft falajlari yoki Germaniyaning birlashuvi kabi) tezda moslashishga zarurat, boshqa tomondan, mamlakatlar hukumatlarining inflyatsion siyosat yuritishi va davlat qarzdorligi o‘sishi siyosatidan kafolatlovchi ma‘lum xalqaro tartibga solish instrumentlarini yaratish. Jahon valyuta tizimining eng asosiy xususiyati shundaki, u har doim o‘zgarib, rivojlanib turadi. Bu o‘zgarishlarning eng umumiy sabablari - jahon xo‘jaligini rivojlantirishdagi xalqaro hamkorlikning kuchayishi, tovar ishlab chiqarish va bozorlarning baynalminallashuvidir. Bugungi kunda uni tartibga solish mexanizmlarining doimiy o‘zgarishi va valyuta tizimining barqarorligi, valyuta tizimining evolyutsiyasi bilan qanchalik mos tushishiga bog‘liq. Xalqaro valyuta tizimlarining ma‘lum shakllari, ishlab chiqarishning rivojlanishi, xalqaro aloqalar, milliy pul tizimlari, jahon maydonidagi kuchlar 16 nisbatiga, yetakchi mamlakatlarning manfaatlariga qarab belgilanmoqda. Jahon valyuta tizimining rivojlanish bosqichlari. Parij jahon valyuta tizimi (1867-1914y.) Pulning xalqaro almashuvi, xuddi pulning o‘zi singari qadimiy bo‘lsada, hozirgi shaklda valyuta bitimlarining paydo bo‘lishi XIX asr oxiriga borib taqaladi. Birinchi jahon valyuta tizimi - 1865 yilda to‘rtta G‘arbiy Yevropa mamlakatlari tomonidan tashkil etilgan va «Oltin andozasi» asosida faoliyat yuritgan - Lotin tanga ittifoqi hisoblanadi. Mazkur valyuta tizimi, rasmiy ravishda 1867 yilda Parij konferentsiyasida tan olindi va dunyoning 30 dan ortiq mamlakati tomonidan maxsus xalqaro shartnomaga imzo chekildi. Bu valyuta tizimi Oltin andozasi»ga ya‘ni, oltinni etalon (mezon) metall sifatida qabul qilishga asoslangan milliy pul tizimlarini birlashtirdi. Shuning uchun ham Parij valyuta tizimi «Oltin tanga andozasi» deb yuritila boshlandi. Bunga muvofiq, jahon puli oltin tangalar va oltinga konvertirlanadigan pullardan tashkil topgan edi. Oltin andoza tartibi bosqichma-bosqich uch shaklni boshdan kechirdi. 1914 yilgacha oltin tanga bosqichi, 1922 yildan 1929 yilgacha oltin qo‘yilma andozasini, 1944 yildan 1971 yilgacha oltin deviz andozasi. Oltin tanga andozasi davrida zarbxonalar oltin qo‘yilmalardan oltin tangalar ishlab chiqarish huquqiga ega edilar. Bu erkin tarzda va deyarli tekin amalga oshirilgan, shuning uchun ham, bu tangalar pul massasining asosini tashkil qilgan. Qog‘oz pullar xuddi oltin tangalar qatori muomalada bo‘lgan va ular oltinga to‘la konvertirlangan. Oltin bilan konvertirlanganlik doimo ta‘minlanishi uchun, qog‘oz pullar emissiyasi chegaralangan. Yangi tizimning dunyo bo‘ylab keng tarqalishi bilan, unga bo‘lgan ishonch ortdi. Bu amalda, xalqaro hisob-kitoblarda to‘lov vositasida oltin va boshqa shu kabi qimmatbaho metallarni olish yoki berish o‘rniga, xorijiy schetni debitlash yoki kreditlash orqali to‘lovni amalga oshirishga olib keldi. Valyuta dilerlari qo‘lida telegraf, telefon, teletayp kabi vositalarning paydo bo‘lishi, xalqaro valyuta savdosini professional darajada yuritishga imkoniyat berdi. Parij valyuta tizimi birinchi jahon urushigacha amalda bo‘ldi. Uning asosiy xususiyati, paritetlari oltinga nisbatan o‘rnatiladigan, belgilangan valyuta stavkalarida edi. Bu davlat tomonidan kafolatlangan bo‘lib, «valyutaning oltin 17 pariteti» yoki «valyutaning oltin tarkibi» deb nom oldi. Oltin tanga andozasi davrida, oltin hisobiga ikkiyoqlama funktsiya amalga oshirilgan. Mazkur funktsiyalar: xalqaro hisob-kitoblarda tan olingan to‘lov vositasi sifatida hamda bir vaqtning o‘zida, ichki bozorda yagona qabul qilingan almashuv va to‘lov vositasi edi. Oltin ushbu funktsiyalarni ta‘minlashi uchun, quyidagi shartlar bajarilishi shart bo‘lgan: Markaziy bank oltinni, belgilangan kurs bo‘yicha, chegaralangan miqdorda sotishni va sotib olishni kafolatlashi. Oltin egasiga, davlat zarbxonasida tayyorlangan oltinni tanga va quyma shaklida har qanday miqdorda saqlashi. Oltin zahiralarni saqlash jarayoni esa, tezavratsiya degan nom olgan. Oltinning import va eksporti chegaralanmaganligi. Ushbu shartlarning bajarilishi, tangani metall qiymati va nominali har doim bir xilda bo‘lishi ta‘minlangan. O‘z-o‘zidan, oltin tanga andozasi sharoitida, likvidlilik - sanoat maqsadlari uchun zarur bo‘lgan oltinni ishlab chiqarish tezligi va oltinning miqdori bilan aniqlangan. Barcha valyutalar va oltin o‘rtasidagi yaqin bog‘liqlik, xalqaro hisobkitoblarni amalga oshirishda, ma‘lum ta‘sirini o‘tkazdi. Oltin andozasining avtomatik faoliyati deb ataladigan jarayon quyidagicha amalga oshdi: to‘lov balansida taqchillik mavjud mamlakat, ma‘lum miqdordagi oltinni chet elga olib chiqishi shart bo‘lgan. Bu muomaladagi pul massasini kamaytirib, deflyatsiyaga olib kelgan (deflyatsiya -muomaladagi pul massasi o‘sishini chegaralash jarayoni, inflyatsiyaning teskarisi). Va aksincha, bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga oltinning olib kelinishi, ikkinchisida inflyatsiyani keltirib chiqargan. Shu yo‘l bilan hosil qilingan narxlar o‘rtasidagi farq, oltin olib chiqilgan mamlakat uchun foydali hisoblangan. Eksportni kengaytirish, importni qisqartirish orqali, bunday mamlakat to‘lov balansini yaxshilagan. Shuningdek, tartibga solish jarayonida pul (oltin) taqchil bo‘lgan mamlakatda hisob stavkalarini oshirish va aksincha, pul (oltin) ortiqcha bo‘lgan mamlakatda hisob stavkasini tushirish qo‘llanilgan. Yuqoridagilar natijasida yuzaga keladigan 18 kapital ko‘chishi, ikki mamlakat o‘rtasidagi to‘lov holati balanslanishiga yordam bergan. Oltin andozasi sharotida, birja almashuv kurslari juda tor chegarada +1%ga tebranishi mumkin edi. Bu holat yuqori va quyi «oltin nuqtalari», deb nom oldi. Rasmiy paritetdan bunday og‘ishishni, oltin oldi-sotdisi paytida fraxt va sug‘urta bilan bog‘liq xarajatlarning kelib chiqishi, tashiladigan oltin qiymatining +l%ini tashkil etganligi bilan tushuntirish mumkin. Agar, ma‘lum valyutaning almashuv kursi, o‘z paritetidan yuqori bo‘lsa, xorijiy valyutani sotib olishdan, oltinni tashib keltirish arzon hisoblangan. Debitor o‘z pulini oltinga almashtirib, qarz to‘lagan. Boshqa tomondan, agar valyuta kursi tushsa, kreditor qarzni oltin bilan to‘lanishini talab qilgan. Bu tizimda valyuta munosabatlari davlatning aralashuvidan xolis tarzda amalga oshirilganligidan hamda almashuv kursining tebranishi sezilarsiz bo‘lganligidan, valyuta riski past edi. Mazkur tizim 1914 yilgacha amalda bo‘ldi. Birinchi Jahon urushi yillarida yuzaga chiqqan iqtisodiyot uchun yirik hajmdagi zaruriy mablag‘lar, faqatgina qo‘shimcha pul chiqarish yo‘li bilan qondirilishi mumkin edi. Ichki bozorga salbiy ta‘sirini inobatga olib, ko‘pgina mamlakatlar oltin andozasiga asoslangan qoidalarni bekor qiluvchi chora-tadbirlarni qo‘lladilar. Bu esa, Parij Jahon valyuta tizimini amalda parokandalikka olib keldi. Genuya jahon valyuta tizimi (1922-1929y). Ikkinchi jahon valyuta tizimi 1922 yilda o‘tkazilgan xalqaro Genuya konferentsiyasi qarorining natijasi edi. Bu tizim oltin andozasiga taalluqli bo‘lib, uning yangi ko‘rinishi «oltin qo‘yilma andozasi» hisoblanadi. Oltin qo‘yilma andozasi amal qilgan sharoitda, muomaladagi pullar yoki qisman, yoki to‘liq qog‘oz pullar edi. Huquqiy jihatdan, mazkur qog‘oz pullarni hohlagan paytda emission bankdan oltinga almashtirish mumkin bo‘lgan. Amalda esa, ushbu pullarning ma‘lum qismini shu yo‘l bilan almashtirish mumkin bo‘lgan. Emission bank, albatta, pulni to‘liq ta‘minlash uchun zarur bo‘lgan oltinni saqlashi shart emas edi. Belgilangan ta‘minot (oltin) qanchalik oz bo‘lsa, davlatning qo‘shimcha qog‘oz pullarni chiqarish imkoniyati shunchalik ko‘p bo‘lgan. Shu sababli, muomaladagi qog‘oz pul miqdori saqlanadigan metall pul miqdoridan yuqori bo‘lgan. Oltinga almashinadigan valyutalar sifatida dollar, frantsuz franki va 19 funt sterling tanlandi. Genuya valyuta tizimi atigi 1929 yilgacha amalda bo‘ldi. Ushbu tizimning parokandalikka uchrashiga asosiy sabab, urushdan keyingi inflyatsiya ta‘sirida valyuta pariteti norealligining o‘sib borishi bo‘ldi. Aksariyat mamlakatlarda inflyatsiya sur‘atlarining turli darajada bo‘lishi, xalqaro narxlarga bog‘liqlikda nomutanosiblikning kuchayishiga olib keldi. Masalan, 1925 yilda funt sterling dollarga nisbatan 44 foizdan past bo‘lmagan baholanishga ega bo‘lgan. Ko‘pgina mamlakatlarda, iqtisodiyotning ichki va tashqi sohalarida dollar orqali muvofiqlashtirish sezilarli darajadagi inflyatsiyani keltirib chiqardi. Bitta valyutaning almashinuv kursining pasayishi, boshqalarining ham qayta baholanishiga olib keldi. Oldingi paritetni tiklash maqsadida, almashuv kursi ko‘tarilgan mamlakatlarda ham inflyatsiya yuz berdi. Natijada, yuzaga kelgan devalvatsiya barcha asosiy valyutalarga ta‘sir etdi. Ikki jahon urushi oralig‘ida xalqaro pul tizimi barqarorligini buzilishiga sabab bo‘lgan omillar, faqatgina inflyatsiya va devalvatsiya emas edi. 1931 yildan boshlab, butun jahon iqtisodiyotini falaj ahvolga solib qo‘ygan inqiroz tufayli, valyuta nazorati joriy qilindi. Asosiy ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liq, joriy to‘lovlarni amalga oshirishga yetarli xorijiy valyuta zahirasini ta‘minlash, nazorat qilishning asosiy vazifasi edi. Buning uchun, hukumatlar xorijiy valyutaning importi va eksporti ustidan nazoratni amalga oshirishlariga to‘g‘ri keldi. Haqiqatda, tizim uchta valyuta blokiga ajraldi: dollar, funt streng va frank hududli. Bular Ikkinchi jahon urushigacha amal qildi. Shuni alohida ta‘kidlash joizki, frank hududi, Afrikaning frantsuz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarida evro muomalaga chiqqunga qadar faoliyat yuritdi. Brettonvud jahon valyuta tizimi (1944-1972 yy.). 1943 yilga kelib, AQSH hamda Buyuk Britaniya erkin va barqaror valyuta tizimini barpo qilish uchun dastlabki qadamlarni qo‘ydi. 1944 yilning iyul oyida Bretton-Vuds shaxrida bo‘lib o‘tgan konferentsiyada, AQSH oltin andozasiga asoslangan kontseptsiyaga o‘tish tashabbusi bilan chiqdi. Shu vaqtning o‘zida, yangi xalqaro valyutani tartibga solish tizimi faoliyatini nazorat qilish uchun, Xalqaro valyuta fondi (XVF)ni tashkil etish 20 to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Yangi tartibning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat edi: barqaror almashuv kurslariga ega bo‘lgan, xalqaro valyuta tizimini tashkil etish; qattiq valyuta nazorati bekor qilinishi va barcha valyutalarning konvertirlanishiga erishish. Brettonvud tizimining asosiy tomonlari quyidagi tamoyillarni o‘z ichiga oladi: mamlakatlar o‘rtasidagi hisob-kitoblarda oltin o‘zining oxirgi pul funktsiyasini saqlab qoldi; Amerika dollari zahira valyuta sifatida qabul qilindi. U oltinga tenglashtirilib, boshqa mamlakatlarning valyuta qiymatini o‘lchash hamda xalqaro kredit to‘lovi vositasi sifatida qabul qilindi; boshqa mamlakatlarning Markaziy banklari va hukumatlari dollarni, AQSH xazinachiligidan 1 troya untsiyasi (31,1 g.) uchun 35 doll, kurs bo‘yicha almashishi mumkin edi. Bundan tashqari, hukumat organlari va xususiy shaxslar oltinni xususiy bozorlardan xarid qilishlari mumkin edi. Oltinning valyuta bahosi rasmiy kurs asosida belgilanib, u 1968 yilgacha sezilarli darajada tebranmagan; valyutalarning bir-biriga tenglashtirilishi va ularni o‘zaro almashtirish, oltin va dollarda ifodalanadigan rasmiy valyuta paritetlarida amalga oshirilgan; barcha mamlakatlar har qanday olingan boshqa mamlakat valyutasiga nisbatan, o‘z valyuta kursi barqarorligini saqlashi shart edi. Valyutaning bozor kursi, oltin yoki dollarda belgilangan paritetdan 1 foizdan ortiq u yoki bu tomonga og‘ishi mumkin emas edi. Paritetlarning o‘zgarishi, to‘lov balansidagi buzilishlar barqaror tus olsagina, mumkin hisoblanardi. Dollardan foydalanish ko‘lamining ommaviy tus olishi bilan, oltindan foydalanish hajmi keskin pasaydi; valyuta munosabatlarini davlatlararo tartibga solish, asosan, XVF tomonidan amalga oshiriladigan bo‘ldi. O‘tgan asrning 60-yillariga kelib Brettonvud tizimi, o‘sib kelayotgan jahon xo‘jaligining baynalmilallashuvi, TMKlarning chayqovchiligining boshlanishiga qarshilik qilardi. 21 valyuta sohasidagi Oltin tartibidagi dollar andozasi tizimi, amalda asta-sekin dollar andozasi tizimiga aylanib bordi. O‘tgan asrning 60-yillariga kelib, AQSH iqtisodiyotidagi orqaga siljish, va asosan, G‘arbiy Yevropa va Yaponiya iqtisodiy qudratining o‘sishi natijasida dollarning qadri sezilarli darajada tushdi. AQSHdan tashqarida bo‘lgan dollar zahiralari yirik evrodollar bozorini tashkil qildi. To‘lov balansidagi yirik taqchillik, 1 untsiya uchun dollar narxini 35 dollarga oshishiga olib keldi. Valyuta tizimining larzaga kelishiga, shuningdek, turli mamlakatlarda turlicha iqtisodiy o‘sish yuz berganligi ham o‘z ta‘sirini o‘tkazdi. 1961 yil martida yuzaga kelgan sezilarli darajadagi ijobiy to‘lov balansi natijasida, nemis markasi va golland guldenining revalvatsiyasi yuz berdi. Bir paytning o‘zida, 1963 yildan boshlab, funt sterling qattiq bosim ostida qoldi. Ko‘rsatilgan barcha yordamlarga qaramasdan, uch yillik inqiroz davrida, 1967 yilga kelib, funt sterling pariteti 2,80 dan 2,40 dollargacha devalvatsiya qilindi. Buning natijasida oltinga bo‘lgan talab ortdi. Bularning barchasi oltinning kamayishiga olib keldi. Markaziy banklarni 1968 yilda oltin puli (ingl. )dan voz kechishga va oltin bozorining amerika sektoriga jamlanishiga olib keldi. 1960 yillarga kelib, AQSH to‘lov balansidagi taqchillik, oltin zahirasini 18 mlrd. dollarga, 1970 yillarda esa, 11 mlrd. dollarga kamaytirdi. Bir vaqtning o‘zida, AQSHga nisbatan xorijiy kreditorlarning talabi ancha o‘sib, 1970 yilda u AQSH ixtiyoridagi oltin zahiralaridan ikki marotaba ko‘p edi. 1971 yilning iyuniga kelib AQSH dollarni oltinga rasmiy bahoda almashtirishdan bir tomonlama bosh tortdi. Bu Brettonvud tizimining amalda bekor bo‘lishini bildirardi. Yamayka jahon valyuta tizimi (1976y.-hozirgi paytgacha). 1976 yili Kingstonda (Yamayka) bo‘lib o‘tgan XVFning navbatdagi yig‘ilishida yangi valyuta tizimiga asos solindi. Yamayka bitimining yo‘riqlari asosida, xalqaro valyuta mexanizmini tashkil etish tamoyillarini quyidagicha keltirish mumkin: oltinning qiymatni o‘lchash sifatida va valyuta kurslarini hisoblash vositasi sifatidagi tangar funktsiyasi bekor qilindi. Oltin erkin narx belgilanadigan oddiy tovarga aylandi. Bir vaqtning o‘zida u, yuqori likvidli aktiv sifatida maxsus tovar bo‘lib qolaveradi. Kerak bo‘lib qolganda, 22 oltin sotiladi va undan olingan valyuta tushumidan to‘lov uchun foydalaniladi. Muomalaga SDR andozasi (Special drawing rights - SDR) - «maxsus qarzdorlik huquqi» kiritildi. Bundan ko‘zlangan maqsad, ushbu valyutalarni asosiy zahira avuari qilib, boshqa zahira valyutalarni, birinchi navbatda, AQSH dollari rolini pasaytirish edi. Mamlakatlarga valyuta kursi tartibini tanlash huquqi berildi. Mamlakatlar o‘rtasida amaldagi valyuta munosabatlari, ular milliy pul birliklarining suzib yuruvchi kursiga asoslana boshladi. Kurslarning tebranishiga, asosan, ikkita omil ta‘sir ko‘rsatar edi: a) valyutaning mamlakat ichki bozoridagi xarid quvvati, real qiymat nisbatlari b) xalqaro bozorlarda, milliy pulga bo‘lgan talab va taklif. O‘tgan asrning 90-yillariga kelib, suzib yuruvchi kurs omillarini tadbiq etish natijasida, xalqaro valyuta tizimini tashkil etishning quyidagi elementlariga asoslangan murakkab chizmasi paydo bo‘ldi; munosabatlarni saqlash kerak bo‘lgan alohida milliy valyutalar, asosiy tayanch birliklar sifatida tanlanadi, aniqrogi, o‘z valyuta kursini boshqa valyutaga bog‘lash; valyuta kurslarining tebranish darajasi bir xil emas, shuningdek, tebranish oralig‘i keng. Bunda, valyuta kursi, ayrim valyutalarga nisbatan ma‘lum oraliqda ushlab turiladi, boshqa valyutalarga nisbatan esa, erkin almashiladi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, milliy valyuta pariteti, asosan, SDRga nisbatan ushlab turiladi. Amalda mamlaqatlaming valyuta tartibini e‘lon qilishlari turlichadir. 1988 yilda 58 mamlakat o‘z valyuta kursini, bitta asosiy hamkor mamlakat valyutasiga nisbatan o‘rnatishi haqida qaror qabul qilindi: amerika dollariga (39 mamlakat), frantsuz frankiga (14 frank hududi mamlakatlari) va boshqa valyutalarga (5 ta mamlakat). Yamayka bitimiga asosan, jamoa zahira valyuta birligi sifatida SDR tan olindi. SDRning qiymati dastlab, oltinga ko‘ra belgilangan (SDR=0,888671 sof oltin) bo‘lsa, 1974 yil 1 iyundan boshlab, SDR kursi «valyuta savati»ga nisbatan aniqlana 23 boshlandi. SDR bo‘yicha depozitlar foiz keltiradi. Agar XVFda SDRdagi avuarlar assignovaniyadan ortiqcha bo‘lsa, mamlakat foiz oladi, aksincha, SDRdagi avuarlar assignovaniyadan kam bo‘lsa, foiz to‘laydi. U, a‘zo mamlakatlarga XVFda ajratilgan kvotalar asosida XVFdagi maxsus hisobvaraqlarda olib boriladi. Ushbu kvotalar, to‘lov balansidagi taqchillikni moliyalashtirish uchun, zaruriy valyutani sotib olishga ishlatiladi. Ammo, SDRning xalqaro hisob-kitoblardagi ulushi 6 foizga yaqin. Ko‘pchilik iqtisodchilarning fikricha, SDRga zahira valyutasi sifatida emas, balki ko‘proq darajada kredit sifatida qarash kerak. Lekin, SDR ham zahira, ham kredit valyutasi hisoblanadi. Shunday qilib, jahon valyuta tizimining uchta ko‘rinishi amal qilgan va oldinma keyin bir-birini o‘rnini almashtirgan. Ulardan birinchisi - «oltin tanga andozasi» tizimi - qonuniy jihatdan asosiy pul shakli rolini bajaruvchi oltinga asoslangan. Milliy birliklarning kursi oltinga qattiq bog‘langan bo‘lib, valyutalar bir-biriga oltin bilan ta‘minlanganligi orqali, qattiq kurs bo‘yicha taqqoslangan. Valyuta kurslarining e‘lon qilingan nisbatlardan og‘ishi + 1% dan ortmagan va «oltin nuqtalar» chegarasida bo‘lgan. Ikkinchi tizim - bu «oltin deviz andozasi» (Brettonvud valyuta tizimi) bo‘lib, u AQSH dollariga nisbatan valyutaning qattiq kursini o‘rnatish (og‘ishishlar chegarasi +1% oraliqda) orqali amal qilgan. AQSH dollarining kursi oltinga nisbatan qattiq o‘rnatilib, dollar shu kurs bo‘yicha oltinga konvertirlangan. Tizimning o‘zi esa, «oltin deviz andozasi» degan nom oldi. Genuya tizimini, oltin tanga va oltin deviz andozalari o‘rtasidagi oraliq tizim deyish mumkin. Uchinchi jahon valyuta tizimi - Yamayka valyuta tizimi, suzib yuruvchi, almashuv kurslariga asoslangan bo‘lib, «ko‘p valyutali andoza», yoki boshqacha SDR andozasi deb nomlanadi. Mamlakat belgilangan, suzib yuruvchi yoki aralash valyuta kurslarini tanlashi mumkin. Bu, shuningdek, valyuta inqirozlarini keltirib chiqarish xususiyatiga ham ega. Xalqaro valyuta-kredit va moliya tashkilotlari XVFni tashkil etish to‘g‘risidagi qaror 1944-yilda AQSHning Nyu-Xempshir 24 shtatidagi Bretton - Vuds shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyada qabul qilingan edi. Konferensiyada 44 davlatdan vakillar ishtirok etgan. 1929-1933-yillarda yuz bergan Buyuk depressiyani takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik. XVFning Nizomi ishlab chiqildi. Bunda AQSH Moliya vaziri Garri Uayt va J.M.Keynsning xizmati katta. XVF o‘z faoliyatini 1945-yil dekabrda boshladi. XVF faoliyatining maqsadlari: 1. Valyuta-moliyaviy sohada xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish. 2. Xalqaro savdoni barqaror rivojlanishiga ko‘maklashish. 3. Valyutalaming barqarorligini ta’minlashga ko‘mak- lashish, a’zo davlatlar o‘rtasida tartibga solingan valyuta rejimini qo‘llanilishini ta’minlash. 4. Davlatlar o‘rtasida ko‘p tomonlama hisob-kitoblar tizimini yaratishga yordam berish. 5. Davlatlaming barqaror iqtisodiy o‘sishiga ko‘maklashish. 6. Kambag‘allikka qarshi kurashish. XVFning oliy boshqaruv organi Boshqaruvchilar kenga- shidir. U yiliga 1 marta yig‘ilish o‘tkazadi. XVFning joriy faoliyatini Ijro Kengashi amalga oshiradi. U 24 a’zodan iborat. Kengash haftada 3 marta majlis o‘tkazadi.8 ta davlat yirik aksiyador sifatida kengashda o‘zining doimiy o‘rniga ega: AQSH, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Rossiya, Saudiya Arabistoni. Qolgan 16 direktor 2 yil muddatga tegishli mamlakatlar guruhi tomonidan saylanadi. Ijro kengashi Ijrochi direktomi saylaydi. Ijro kengashi a’zolari bir vaqtning o‘zida Jahon banki ijro kengashi a’zolari hisoblanadi. XVF 26 departamentdan iborat. Uning xodimlarining uchdan ikki qismi iqtisodchilardir. XVFning shtab kvartirasi Vashington shahrida. Shuningdek, Nyu-York va Jenevada bo‘linmalari bor. 1. Xalqaro valyuta tizimida yuzaga kelgan o‘zgarishlami kuzatib boradi va 25 davlatlarga iqtisodiy va moliya siyosatidagi muammolaming echimi bo‘yicha maslahatlar beradi. 2. A’zo mamlakatlarga kreditlar beradi. Kreditlar asosan to‘lov balansida muammolar mavjud bo‘lgan mamlakatlarga beriladi. A. Stend-bay kreditlari. 12-18 oy. Toiov balansida qisqa muddatli muammo. B. Kambag‘allikni qisqartirish maqsadiga berilgan kreditlar. To‘lov balansida uzoq muddatli muammo. Foiz stavkalari o‘rtasidagi farq XVFga tegishli oltinni sotishdan olingan mablag‘lar hisobidan va a’zo davlatlar tomonidan ajratilgan qarzlar va grantlar hisbidan subsidiyalanadi. Mazkur kreditlar 10 yilgacha muddatga, yillik 0,5% stavkada beriladi. V. Kompensatsion moliyalashtirish. Oziq-ovqat. Bunda marja bo‘lmaydi. G. Favqulodda yordam. Tabiiy ofatlar va harbiy harakatlar tufayli zarar ko‘rgan davlatlarga. 3,25%-5 let. 3. A’zo mamlakatlar hukumatlari va markaziy banklariga texnik yordam ko‘rsatadi. 4. Xalqaro iqtisodiy forumlami o‘tkazadi. XVF resurslari quyidagi manbalardan tashkil topadi: 1. A’zo mamlakatlaming a’zolik badallari, ya’ni kvotalari. 2. Qarzlar bo‘yicha Bosh bitim (11 ta davlat). Qarzlar bo‘yicha Bosh bitim (25 ta davlat). ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, AQSH hukumati, Germaniya Markaziy banki, Yaponiya, Fransiya, Buyuk Britaniya hukumatlari XVFning resurs bazasini tashkil etishda katta rol o‘ynaydi. 3-jadval XVF qarzlari to‘g‘risidagi Bosh bitim ishtirokchilari 26 Ishtirokchi AQSH Bundesbank (Germaniya) Yaponiya Fransiya Buyuk Britaniya Italiya Shveytsariya Milliy banki Kanada Niderlandiya Belgiya Summa, mln. SDR 4250 2380 2125 1700 1700 1105 1020 892 850 595 Riksbank (Shveuiya) Jami 382 17000 3-jadval Jahon banki guruhi XVF bilan bir vaqtda tashkil etilgan. Jahon banki guruhi quyidagi tashkilotlardan tashkil topgan: 1. Xalqaro ta’mirlash va taraqqiyot banki (XTTB). 2. Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK). 3. Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (XRK). 4. Investitsion kafolatlar bo‘yicha ko‘p tomonlama agentlik (IKKTA). 5. Investitsion munozaralami tartibga solish bo‘yicha xalqaro markaz (IMTXM). XTTB faoliyatining maqsadlari: - qashshoqlik va ochlik muammosini hal qilish; - boshlang‘ich umumiy ta’limni ta’minlash; - erkaklar va ayollar o‘rtasidagi teng huquqlilikni ta’minlash; - bolalar o‘limini kamaytirish; - OITS va boshqa kasalliklarga qarshi kurash; - ekologik barqarorlikni ta’minlash; taraqqiyot yo‘lida global hamkorlikni shakllantirish XTTBning yirik aksiyadorlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: * AQSH - 16,41% * Yaponiya - 7,78% * Germaniya - 4,49% * Buyuk Britaniya - 4,31% * Fransiya-4,31%. 27 XTTBni Boshqaruvchilar kengashi boshqaradi. Boshqaruv- chilar kengashida har bir a’zo mamlakatning Moliya vazirlari yoki Iqtisodiyot vazirlari o‘tiradi. Ular har kuzda yig‘ilishadi Boshqaruvchilar kengashi quyidagi masalalami hal qilish bo'yicha vakolatlidir: - yangi a’zolami qabul qilish; - bankning ustav kapitaliga o‘zgartirish kiritish; - foydani taqsimlash; - bankning hisobotlari va byudjetini tasdiqlash. XTTB faoliyatini operativ boshqarish bilan Ijrochi direktorlar kengashi shug'ullanadi. Kengashda 24 ta ijrochi direktor mavjud. Shuning 5 tasi XTTBning yirik aksiyadorlari vakillaridir. An’anaga ko‘ra, XTTB Prezidenti AQSH fuqarosi bo‘lishi kerak. U 5 yil muddatga saylanadi. XTTB 3 turdagi xizmatlami a’zo mamlakatlarga ko‘rsatadi: - moliyaviy xizmatlar; - maslahat xizmatlari; - kadrlami o‘qitish va tayyorlash xizmati. XTTB investitsion loyihalami kreditlashga va mamlakatlar iqtisodiyotini tarkibiy jihatdan qayta tashkil etish maqsadlariga uzoq muddatli kreditlar beradi. XTTB shuningdek, mamlakatlarga foizsiz kreditlar va grantlar ajratadi hamda dotau,iyalar beradi. XMK 1956-yilda tashkil etilgan. XMK faoliyatining asosiy maqsadi bo‘lib, qashshoqlikni qisqartirish va aholining turmush farovonligini oshirish maqsadida rivojlanayotgan mamlakatlaming xususiy sektoriga jalb etilayotgan investitsiyalaming barqaror oqimini rag‘batlantirish hisoblanadi. XMK moliyaviy mahsulotlarining asosiy qismini kreditlar va investitsiyalar tashkil etadi. XMK aktivlar portfelining 70 foizdan ortiq qismini berilgan kreditlar tashkil etadi. Berilgan kreditlar, asosan, o‘rta va uzoq muddatli kreditlar bo‘lib, ular 15 28 yilgacha muddatga beriladi. XMK kompaniyalar va banklaming oddiy va imtiyozi aksiyalarini sotib olish yo‘li bilan o‘zining investitsion faoliyatini amalga oshiradi. 2001-yildan boshlab XMK o‘zining mijozlarini majburi- yatlari yuzasidan kafolatlar berishni boshladi. Korporatsiya yuqori kredit reytingiga (AAA) ega boiganligi sababli, uning kafolatlari juda yuqori baholanadi. XMK tomonidan qilinayotgan investitsiyalaming resurs manbai bo‘lib, o‘z kapitali va taqsimlanmagan foyda hisoblanadi. XMK xususiy kompaniyalar va banklarga 5 yildan 15 yil muddatgacha, hukumat kafolatisiz, kreditlar beradi. XMK resurslari quyidagi manbalardan tashkil topadi: 1. Kapital. 2. Qimmatli qog‘ozlami sotishdan olingan mablag‘lar. 3. Xalqaro ssuda kapitallari bozoridan olingan mablag‘lar. 4. Taqsimlanmagan foyda. IKKTA 1988-yilda tashkil etilgan. IKKTA xorijiy investorlarga notijorat mazmunidagi risklardan ko‘rilishi mumkin yo‘qotishlar bo‘yicha kafolat beradi. Notijorat mazmunidagi risklarga quyidagilar kiradi: - ekspropriatsiya riski; - valyutani konvertirlash riski; - xorijga valyuta mablag‘larini olib chiqishni cheklash; - harbiy harakatlar natijasida zarar ko‘rish; - fuqarolar urushi va tartibsizliklar. IKKTA to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni notijorat risklaridan 15 yildan 20 yilgacha muddatga sug‘urtalaydi. IMTXM ning bosh maqsadi bo‘lib, investitsion munoza- ralami tartibga solish yo‘li bilan rivojlanayotgan mamlakatlarga xorijiy investitsiyalar jalb etishni rag‘batlantirish hisoblanadi. Bu esa, o‘z navbatida, qashshoqlikni qisqartirish imkonini beradi. Ushbu Markaz 1966-yilda tashkil etilgan edi. Tashkil etil- gandan 29 buyon 100 ga yaqin investitsion munozaralami ko‘rib chiqdi. YETTB 1990-yilda tashkil etilgan bo Tib, faoliyatining maqsadlari quyidagilardan iborat: 1. Mintaqaviy integratsiyani qoTlab-quwatlash; 2. Xususiy mulk va tadbirkorlik rivojlanayotgan mamlakat- larda vositalami boshqarish va kuchaytirish; 3. Jahon bozoridagi raqobatdoshlikni oshirish maqsadida davlat korxonalarini xususiylashtirish orqali moliyalashtirish, xususiy korxonalami qayta tiklashni o‘tkazish. YETTB uch pog‘onali boshqaruv strukturasiga ega: Boshqaruvchilar Kengashi, Direktorlar Kengashi va Prezident Boshqaruvchilar Kengashining yig‘ilishi har yili bir marta yoki kamida 5 ta direktoming talabiga ko‘ra chaqiriladi. Hal qiluvchi qarorlar ko‘pchilikning ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi. Shunisi xarakterliki, YETTB jahon ssuda kapitallari bozoridan resurslar jalb qilish usulidan faol foydalanadi. Bunda YETTB sertifikatlami chiqarish yo‘li bilan resurslar jalb qiladi. Jahon banki esa, jahon ssuda kapitallari bozoridan obligatsiyalar chiqarish yo‘li bilan resurslar jalb qiladi. YETTB kreditlarining 70 foizdan ortiq qismi xususiy sektorga berilgan. XULOSA Xulosa qilib aytganda, Xalqaro valyuta munosabatlari valyutalaming xalqaro miqyosdagi harakati natijasida yuzaga keladigan moliyaviy munosabatlardir. Xalqaro valyuta munosabatlarining subyektlari bo‘lib, davlat, kompaniyalar, banklar, jismoniy shaxslar va xalqaro moliya institutlari hisoblanadi. Xalqaro mehnat taqsimotining yuzaga kelishi davlatlar o‘rtasida tashqi savdo munosabatlarining yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. 0‘z navbatida, tashqi savdoni amalga oshirish turli mamlakatlaming valyutalarini bir-biriga ayirboshlash zaruriyatini yuzaga keltirdi. Xalqaro iqtisodiy integratsiya va globallashuv jarayonlari- ning chuqurlashishi natijasida tadbirkorlik kapitali (to‘g‘ri va portfelli xorijiy investitsiyalar) va ssuda 30 kapitalining (xalqaro kreditlar) xalqaro miqyosdagi oqimi kuchaydi. Bu esa, xalqaro valyuta munosabatlarini rivojlantirishga kuchli turtki berdi. Komission to‘lovlar bu qarz beruvchi bankka belgilangan muddat mobaynida zarur kredit resurslarini qarz oluvchi ixtiyoriga berish va rezervda saqlash majburiyati uchun to‘lanadi. Shuningdek, komission to‘lovlar agar kredit alohida banklar tomonidan emas, balki banklar uyushmasi tomonidan berilsa, kredit operatsiyalarini o‘tkazishni boshqarish uchun ham to‘lanadi. So‘nggi holda yetakchi bank yoki uyushma ishni tashkil etuvchi menejer kreditlashda qatnashish hissasini hamda qarzni uzishdan, foizlami to‘lashdan tushadigan mablag‘larni uyushma a’zolari o‘rtasida taqsimlaydi. Buning uchun qarz oluvchidan boshqarish uchun bir martalik tartibda komission to‘lovlar oladi. Ichki bozorda joylashtirilmagan qismi yevrovalyutalar bozoriga yo‘naltirildi. Bu esa, transmilliy banklaming kreditlash imkoniyatini sezilarli darajada oshirdi. Ammo transmilliy banklaming kreditlaridan doimiy ravishda foydalanib kelgan va ushbu kreditlarga nisbatan talabning asosiy qismini shakllantirgan rivojlangan mamlakatlaming mazkur banklaming kreditlariga boigan talabi keskin kamaydi. Buning asosiy sababi neft bahosining keskin oshishi natijasida yuz bergan iqtisodiy konyunkturaning yomonlashganligi edi. Natijada, rivojlanayot- gan mamlakatlaming transmilliy banklarning kreditlaridan foydalanish imkoniyati oshdi. Ular o‘z hukumatlarining kafolati asosida transmilliy banklarning kreditlarini keng ko‘lamda jalb qila boshladilar. Xalqaro valyuta munosabatlari o‘ta beqaror, noaniq va tez o‘zgaruvchi jarayon bo‘lib, uni har bir mamlakat hukumatlari bilan bir qatorda valyuta-moliya sohasidagi davlatlararo tashkilotlar ham tar- tibga solishga harakat qiladilar. Bunday tashkilotlar qatoriga Xalqaro valyuta fondi (XVF), Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki (XTTB), Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT), Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA) kabilami kiritish mumkin. Xalqaro valyuta fondi (XVF) o‘ziga a’zo mamlakatlaming valyuta kursi va to‘lov balanslarini tartibga soladi, ulaming valyuta- moliyaviy muammolarini hal etish maqsadida kreditlar ajratadi, rivojlanayotgan mamlakatlaming ko‘p 31 tomonlama to‘lovlari tizimini va tashqi qarzlarini nazorat qiladi. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining (XTTB) ham faoliyati xalqaro valyuta-moliyaviy munosabatlami tartibga solishga yo‘naltirilgan bo‘lib, u o‘zining ikkita filiali - Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK) hamda Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA) bilan birgalikda Jahon banki tarkibiga kiradi. XVFning a’zosi boigan mamlakatlar XTTBning a’zosi bo‘la oladi. XTTB tomonidan taqdim etiladigan qarzlaming asosiy qismi qarz oluvchi mamlakatlaming iqtisodiyotini tarkibiy qayta qurish imkonini beruvchi loyiha va dasturlami amalga oshirishga yo‘naltirilgan uzoq muddatli kreditlar hisoblanadi. Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK)ning faoliyati ustun ravishda rivojlanayotgan mamlakatlaming xususiy sektorini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Xodiyev B.Yu., Shodmonov Sh. Iqtisodiyot nazariyasi. T.:2018 2. Shodmonov. Sh., Mamaraximov Iqtisodiyot nazariyasi. T.:2016 3. Xudoyberdiyev Z. va boshq. Xalqaro valyuta- kredit munosabatlari. T.: Iqtisod-Moliya. 2012. 200b 4. Bobakulov T.I., Abdullayev U.A. Xalqaro valyuta- kredit munosabatlari. T.:Sano-standart.2014.231b 5. Tojiyev R.Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari.T.:2006 6. Vaxobov A.V., Rasulov T.S. Valyuta munosabatlari nazariyasi.T.:Fan va texnologiya.2013 7. Internet saytlari. http://www.press-service.uz - O’zbekiston Respublikasi Prezidenti axborot markazi sayti http://www.gov.uz - O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rasmiy sayti 32