Uploaded by Islom Xayrullayev

2 5319036122414714372

advertisement
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
Ro‘yxatga olindi:
№_______________
2021-yil ____ __________
«TASDIQLAYMAN»
O‘quv va tarbiyaviy ishlari
bo‘yicha direktor o‘rinbosari:
D.K. Yakubjanova
2021-yil____ ____________
“Tillar” kafedrasi
“AKADEMIK YOZUV” O‘QUV-USLUBIY MAJMUA
Bilim sohasi:
300000 – Ishlab chiqarish texnik sohasi
Ta’lim sohasi:
330000 - Kompyuter texnikari va informatika
350000 - Aloqa va axborotlashtirish,telekommunikatsiya
texnikalari
Ta’lim yo‘nalishi:
5350400 - AKT sohasida kasb ta`limi
5330500 - Kompyuter injinering
5350100 - Telekommunikatsiya texnologiyalari
(telekommunikatsiyatexnologiyalari,teleradio
eshittirish, mobil tizimlari)
5330300 - Axborot xavfsizligi
5330600 - Dasturiy injiniring
5234100- Raqamli iqtisodiyot (Tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
Samarqand – 2021
1
Fanning o‘quv-uslubiy majmuasi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta
maxsus ta’lim vazirligining 2021__ yil “___” _____dagi ______ - sonly buyrug‘i
bilan ma’qullangan fan dasturlarini tayanch oliy ta’lim muassasasi tomonidan
tasdiqlangan dasturi asosida tuzilgan .
Tuzuvchi:
D.F.Toirova – filologiya fanlari doktori, dotsenti;
M. Б. Abdiyev – filologiya fanlari doktori, professor;
S.A. Raxmatova – Katta o‘qituvchi;
2
Taqrizchilar:
Eltazarov J.D. – “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti birinchi porektori professori,
f.f.d.
Xayrullaev X.-SamDCHTI filologiya fanlari doktori, professori;
Fanning o‘quv-uslubiy majmuasi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent
axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali ilmiy-uslubiy kengashida
ko‘rib chiqilgan va tasdiqlangan (2021 yil “ _ ” ___________dagi “__” -sonli
bayonnoma).
3
Mundarija
1. O‘quv materiallar
2. Mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari
3. Glossariy
4. Ilovalar
5 Fan dasturi
6 Ishchi fan dasturi
7 Tarqatma materiallari
8 Testlar
1Mavzu: Akademik nutq.Yozma va og‘zaki uslub va uning xususiyatlari.
Me’yor tushunchasi. Nutq uslublari. Fanga kirish, idoraviy muloqotda nutqiy
madaniyat turlari
2 Mavzu: Nutq madaniyati va nutqiy xulq prinsiplari
3 Mavzu:. Rasmiy idoraviy uslub. ish yuritish tili va uslubi. hujjatchilik таrixi
va uning takomillashuvi. Idoraviy uslubning shakllanish tarixi
4 Mavzu: Idoraviy yozma nutq shakllari
5 Mavzu: Yozma idoraviy nutqning asosiy ko‘rinishlari
6 Mavzu: Hujjat turlari va xususiyatlari. ish yuritish terminlarining lug‘ati.
Ma’lumot-axborot hujjatlari.
7 Mavzu: Idoraviy og‘zaki nutq
8-9 Mavzu Idora etikasi, madaniyati, og‘zaki idoraviy nutqning janrlari, idora yig‘ilishi, idoraviy nutq madaniyati.
10 Mavzu: Publitsistik nutq. matn turlari va tarkibi. maqola va uning janrlari,
Matn turlari va tarkibi
11-12 Mavzu: Maqola va uning janrlari
13 Mavzu: Taqdimot nutqi. internet tili. Reklama. Taqdimot nutqi –
jamoatchilik nutqining turi sifatida. idoraviy taqdimot (taqdimotni tashkillashtirish)
14 Mavzu:Internet maydonida kommunikatsiya tili. internetda verbal va
noverbal muloqot
15 Mavzu: Reklama – idoraviy muloqot janri. reklama matnining tuzilishi,
reklama matni.
16Mavzu: Ilmiy uslub. uslublar va vizual axborotlar. Ilmiy uslub va uning
xususiyatlari
17 Mavzu: Uslublar va vizual axborotlar
18 Mavzu: Muloqot va kommunikatsiya jarayoni. muloqot texnologiyasi va
texnikasi. yozma muloqot: Muloqot va kommunikatsiya jarayoni
19 Mavzu: Muloqot texnologiyasi va texnikasi
20Mavzu: Yozma muloqot Yozma muloqot haqida umumiy ma’lumot. Yozma
muloqotning xususiyatlari. Muvofiqlashtirish va so'zlarni tanlash.
21Mavzu: Dastlabki ilmiy tadqiqot haqida umumiy ma’lumot Dastlabki ilmiy
tadqiqot
haqida
ma’lumot.
Tadqiqotning
tarkibiy
qismlari.
Ko’chirmachilikning salbiy oqibatlari.
4
22Mavzu: Xulosa, perefraza, sitata va havola yozish Tadqiqotda xulosa va
perefrazaning o’rni. Tadqiqotda sitata va havolalarning qo’llanishi. Mavzu
sarlavhasi va abzatsning tadqiqotdagi vazifasi.
23Mavzu: Referat matni Referat haqida umumiy ma’lumot. Referatning tarkibiy qismlari. Referatning o’ziga xosligi.
24Mavzu: Referatning tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari Mavzuning tanlanishi, tayyotgarlik ishlari, referat rejasini tuzish. Referatni yozish,
adabiyotlarni rasmiylashtirish.
25Mavzu: Annotatsiya matni, uning tuzilishi Annotatsiya matni, tuzilishi va
ifoda materialining xususiyatlari. Annotatsiya so’zining ma’nosi. Annotatsiyaga namunalar yozish.
26Mavzu: Ilmiy maqola yozish Maqola haqida umumiy ma’lumot. Maqolaning tarkibiy qismlari. Maqolaning kundalik hayotdagi o’rni.
27Mavzu: Taqriz matni Taqriz haqida umumiy ma’lumot. Taqriz yozishda
nimalarga amal qilish kerak? Taqrizdan namunalar yozish.
28Mavzu: Taqrizning tuzilishi va xususiyatlari Taqriz haqida umumiy
ma’lumot. Taqriz yozishda nimalarga amal qilish kerak? Taqrizdan
namunalar yozish.
29Mavzu: Mutaxassislikka oid sо‘z va terminlarning imlosi Tilning leksik
qatlami. Sohaviy terminlar va ularning qo‘llanishi. Ijtimoiy-siyosiy leksika.
30Mavzu: Terminlarning yasalishi va qо‘llanilishi Terminlarning o’ziga xosligi. Maxsus leksik qatlamlar. Terminlarning yasalishi va qo’llanilishini
mashqlar bilan mustahkamlash.
5
O‘QUV MATERIALLAR
O‘zbek tili O‘zbekiston Respublikasi davlat tilidir. O‘zbekiston hududida
yashovchi har bir fuqaro davlat tilida ifoda eta olishi kerak. Talabalar o‘zbek tilida o‘rta va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida olgan bilimlari asosida ma’lum bilim
malaka va ko‘nikmaga egalar.
Oliy o‘quv yurtida esa ushbu bilimlarni
chuqurlashtirish vazifasi qo‘yilgan.
Akademik yozuv kursi o‘quv reja asosida 1 semestr davomida o‘qitiladi.
Ushbu dastur o‘zbek tili fani o‘qituvchisidan o‘z sohasini chuqur bilishni talab
etadi. Chunki o‘zbek tilini biluvchi o‘qituvchi rusiyzabon talabalarga o‘rgatiluvchi
fanning o‘ziga xos tomonlari to‘g‘ri tushuntirish mumkin. Shu bilan bir qatorda
o‘qituvchi rus tilini ham mukkamal bilishi shart. Bu ikki tilni taqqoslab, qiyosiy
gramatikani tadbiq qilish imkonini beradi.
Ikkinchidan, akademik yozuv kursi o‘qituvchisi o‘zga til o‘qitish uslub etishni ham
egallagan bo‘lishi kerak. Shuningdek, u har xorijiy amaliyotda ma’lum bo‘lgan ilg‘or
texnologiyalarni o‘qitish jarayoniga tadbiq qila olishi kerak.
O‘qitish jarayonida turli asosiy didaktik va lingvodidaktik prinsplarga amal qilishga katta ahamiyat beriladi.
O‘qituvchi keng dunyoqarashga ega bo’lishi o‘z kasbining ustasi bolish, hamda
iqtisodiyot va siyosat borasida yetarli ma’lumotlarga ega bo‘lish kerak.
O‘quv jarayoniga texnologik harakatning kengaytirilgan ko‘rinishini tadbiq qilish lozim.
6
I AKADEMIK NUTQ.YOZMA VA OG‘ZAKI USLUB VA UNING
XUSUSIYATLARI. ME’YOR TUSHUNCHASI. NUTQ USLUBLARI
1 MAVZU: FANGA KIRISH, IDORAVIY MULOQOTDA NUTQIY MADANIYAT
TURLARI
Reja:
1.
2.
3.
4.
Nutq madaniyati tushunchasi.
Nutq madaniyatini shakllantiruvchi omillar.
Nutqiy savodxonlik o‘lchovlari.
O‘zbek nutqidagi kamchiliklar va ularni tuzatish yo‘llari.
Nutq madaniyati nima, uni yetarli darajada egallash uchun qanday vazifalarni
amalga oshirish lozim va bunda adabiy til me’yorlarining o‘rni qanday bo‘ladi? Nutq
madaniyati qanday ifodalaniladi?
Bu savolga javoblarni, avvalo taniqli tilshunos olimlarning asarlaridan topamiz.
S.I.Ojegov shunday degan edi : «Yuqori nutq madaniyati nima? Yuqori nutq
madaniyati - bu o‘z fikrlarini til vositalari bilan to‘g‘ri, aniq va ta’sirchan qilib bera
olishdir. To‘g‘ri nutq deb esa hozirgi adabiy til me’yorlarga rioya qilib tuzilgan
nutqqa aytiladi. Ammo yuqori nutq madaniyati faqatgina me’yorga rioya qilishidan
iborat emas. U yana fikrni ifodalashning aniq vositasini topishdangina iborat bo‘lib
qolmasdan, birmuncha ta’sirchan va maqsadga muvofiq vositalarni topish uquvini ham
o‘z ichiga oladi».
L.I. Skvorsov: «Nutq madaniyati» tushunchasi bir tomondan nutqning adabiy
til me’yorlariga mos kelish darajasini bildirsa, ikkinchi tomondan tilshunoslik fanining
madaniyat quroli bo‘lgan adabiy tilni mukammallashtirish maqsadida me’yorlashtirish
muammolari bilan shug‘ullanuvchi sohadir».
Ma’lum bo‘ladiki, nutq madaniyati, agar masalaga til nuqtai nazardan
qaraladigan bo‘lsa, bu dastlab nutqning grammatik to‘g‘riligi demakdir. Ikkinchidan
esa, u uslubiy jihatdan ham to‘g‘ri bo‘lishi kerak, ya’ni yaxshi nutqda noaniqlikka, ikki
ma’nolilikka, uzundan uzoqlikka yo‘l qo‘yilmasligi, qisqalik, aniqlik va soddalik uning o‘lchovi bo‘lishi lozim. Keng ma’noda esa nutq madaniyati nutqiy ta’sirchanlikni,
ijodiy yorqinlikni, o‘tkirlik va obrazlilikni ifoda etadi.
Keltirilgan ikki omil asosida nutq madaniyati hodisasi ham, bizningcha, ikki xil
talqin qilinishi va nomlanishi lozim bo‘ladi.
1.Til madaniyati. 2. Nutq madaniyati yoki so‘zlashuv madaniyati.
Tilshunoslikda nutq madaniyati tushunchasini til madaniyati va so‘zlash madaniyati tushunchasiga ajratish izchillikka ega emas. Umuman, bu ikki tushuncha,
asosan, birga yoki qorishtirilgan holda nutq madaniyati yoki til madaniyati termini bilan yuritilmoqda. Demak, bu holda til madaniyati termini nutq madaniyati terminiga
ekvivalent bo‘lib kelmoqda. Shu sababli ham, biz nutq madaniyati nomi bilan umumiy
tarzda yuritilayotgan tushuncha (hodisa)dagi ikki holatni til madaniyati va nutq, ya’ni
so‘zlash madaniyatini farqlash tarafdorimiz. Nutq madaniyati tushunchasi va termini
keltirilgan ikki hodisa uchun umumiy tasavvur va umumiy nom tarzida tushunilishi
mumkin. Xo‘sh, til madaniyati tushunchasi nima ?
7
Til madaniyati tushunchasi nutq madaniyati sohasida til sistemasining o‘zini,
masalan, o‘zbek adabiy tilining vosita va imkoniyatlarini, «madaniylashtirishni»
ko‘zda tutadi. Demak, til madaniyati termini bilan ataluvchi tushuncha til sistemasining madaniylik darajasini, ya’ni uning qanchalik ishlanganligi, normalanganligini ko‘rsatadi»
Ko‘rinadiki, garchi «til madaniyati» va «nutq madaniyati» tushunchalari tilga
oid atama sifatida bir-birlaridan farqlansa ham, aslida ularning birini ikkinchisidan
ajratib bo‘lmaydigan, biri ikkinchisini taqozo qiladigan tushunchalardir. «Nutq madaniyati» aniq ma’noda til birliklarini nutq jarayonida qo‘llashning me’yori, maqsadga
muvofiqligini anglatsa ham, umumiy ma’noda ma’lum millatning umumtil doirasida
qaraladi. To‘g‘ri, nutq til va tildan tashqaridagi (lingvistik va ekstralingvistik) omillarni o‘z ichiga oladigan murakkab jarayon bo‘lib, u mantiq, ruhshunoslik, pedagogika,
etika, estetika masalalari bilan ham bog‘liq. Ammo nutq uchun tilning birinchi darajada turishini hyech kim inkor eta olmaydi.
Ma’lum bo‘ladiki, til birliklarini me’yorlashtirish, hamma uchun umumiy va
tushunarli bo‘lgan bir qolipga keltirish umuman tilshunoslikning vazifasi sanalsa ham,
u nutq madaniyati sohasining xizmatlarini inkor etmaydi. Binobarin, me’yor muammolari hamisha ushbu sohaning tadqiqot obyekti bo‘lib qolaveradi. Nutq madaniyati tilda
ma’lum me’yorda keltirilgan til birliklarining nutqda qo‘llanish shart-sharoitlarini, qonuniyatlarini nazariy jihatdan asoslaydi hamda bu me’yorga amal qilishni ma’lum
ma’noda nazorat ham qilib boradi. Nutqdagi yutuq va kamchiliklar tahlil qilinib, kamchiliklarni tugatishning eng ma’qul yo‘llari ko‘rsatib turiladi. «Nutq madaniyati keng
miqyosdagi til tarbiyasini va ommaviy stilistik savodlilikni, boshqacha aytganda,
so‘zlovchi va yozuvchi omma orasida til haqidagi fanning hozirgi zamon yutuqlarini
tadbiq etishni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yadi» .
Amaliy mashg‘ulotlar uchun vazifalar :
1. Ustoz va shogird o‘rtasidagi suhbat namunasini tuzing va undagi shogirdning
nutqi madaniyatini shakllantiruvchi leksik-grammatik vositalarni ajratib ko‘rsating.
2. Boshliq bilan xodim o‘rtasidagi suhbat namunasini tuzing va undagi shogirdning nutqi madaniyatini shakllantiruvchi leksik-grammatik vositalarni ajratib
ko‘rsating.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar :
1. «Nutq madaniyati» deganda nimani tushunasiz?
2. Nutq madaniyati qoidalarini o‘rganish nima uchun kerak?
3. Nutq madaniyatiga rioya qilish nimalarni talab etadi?
4. Savodxonlik nimalarga asoslanishini tushuntiring.
8
2 MAVZU: NUTQ MADANIYATI VA NUTQIY XULQ PRINSIPLARI
Reja:
1.Nutq madaniyati va nutq odobi tushunchalari.
2. Donolar nutq odobi haqida.
3.Nutqning shakllanishidagi shart-sharoitlar va nutq odobi.
4.Nutqiy vaziyat va nutq odobi.
O‘zbek millatining ko‘p ming yillik tarixida keyingi o‘n yillikda erishgan
yutuqlarimiz alohida o‘rin tutadi. Mustaqillik necha asrlar davomida yaratilgan boy
ma’naviy-ma’rifiy merosimizni nafaqat o‘rganish, balki uni davr talablari asosida qaytadan idrok etish va milliy manfaatimizga xizmat qildirish vazifasini oldimizga
qo‘ydi. Boy tajribalarimiz negizida milliy istiqlol mafkurasining yangicha tamoyillari
yaratildi. Davr barcha ziyolilar qatori tilsunoslar oldiga ham yangi va ulkan vazifalarni
lo‘nda qilib, bir tomondan, tilshunoslikning nazariy masalalarini jahon andozalari darajasida tadqiq etish, ikkinchi tomondan, uning amaliy jihatlari, aniqrog‘i, nutqiy madaniyat masalalari bilan shug‘ullanish tarzida tushunish to‘g‘ri bo‘ladi.
Darhaqiqat, tilning barcha qatlamlaridagi birliklarni tartibga keltirish,
ya’ni adabiy tilimizning qat’iy me’yorlarini belgilash, ularni imlo va talaffuz qoidalari
asosida yozish va so‘zlashni xalqimiz orasida ommalashtirish, bu qoidalarni lug‘atlar
shaklida mustahkamlash bugunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Bular orasida
xalqimizning nutq madaniyatini yuksaltirish muhim bo‘lib qoladi. Chunki milliy
istiqlol g‘oyasi yurtdoshlarimizni ma’naviy yangilanish va islohotlar jarayonining faol
ishtirokchisiga aylantirish, yoshlarimizni esa erkin, shu bilan birga, odatdagi,
an’anaviy usullardan voz kechib, yangicha fikrlashga o‘rgatishni maqsad qilib qo‘yar
ekan, bunga til madaniyatisiz erishib bo‘lmaydi.
To‘g‘ri, nutq madaniyati muammosi insoniyat sivilizasiyasining barcha
bosqichlarida o‘rtaga qo‘yib kelinganligi ham sir emas. U ta’limot sifatida qadimgi
Rim va Afinada shakllangan bo‘lsa ham, shunga qadar Misr va Assuriyada, Hindiston
va Xitoyda mavjud bo‘lganligi notiqlik san’ati tajribasidan ma’lum. Gap shundaki, u
paytlarda davlat arboblarining obro‘-e’tibori va yuqori lavozimlarga ko‘tarilishi ularning notiqlik mahoratiga ham bog‘liq bo‘lgan. Grek notig‘i Demosfen (eramizdan oldingi 384-322) va Rim notig‘i Siseron (eramizgacha 106-43) larning hayoti bunga misol bo‘la oladi.
O‘rta Osiyo madaniyati tarixida ham nutq madaniyati bilan shug‘ullanish
o‘ziga xos mavqyega ega bo‘lgan. Ulug‘ turkolog olimlar Mahmud Koshg‘ariyning
«Devonu lug‘otit turk», Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asarlari bu masalaning juda qadimdan o‘rtaga qo‘yib kelinganligidan dalolat beradi. U paytlar «nutq
odobi» deb yuritilgan sodda va o‘rinli gapirish, qisqa va mazmundor so‘zlash, ezmalik
va laqmalikni qoralash, keksalar va ustozlar oldida gapirganda odob saqlash, to‘g‘ri,
rost va dadil gapirish, yolg‘onchilik va tilyog‘lamalikni qoralash singari bir qator
qoida va ko‘rsatmalar bugun biz «nutq madaniyati» deb atab kelayotgan tushunchaning aynan o‘zidir.
9
Mahmud Koshg‘ariyning «Devon»ida nutq odobi uchun ahamiyatli
bo‘lgan til ma’lumotlari bilan birgalikda nutq, nutq madaniyati, nutqiy go‘zallikka oid
qimmatli ma’lumotlar mavjud. Birgina misol:
Ko‘p sukutga qush qo‘nar,
Ko‘rkluk kishiga so‘z kelar,
ya’ni, shoxi ko‘p, shoxlari o‘ralib ketgan daraxtga qush qo‘nadi, yaxshi kishiga so‘z
(maqtov) keladi. Yana: Ardam boshi til, ya’ni odob va fazilatning boshi tildir.
Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» dostonida ham «Til fazilatlari, foyda va
zararlari haqida», «Til ardami» deb nomlangan maxsus boblari bo‘lib, ular so‘zlash
madaniyatiga bag‘ishlangan. Ayrim namunalar keltiramiz.
So‘zingni ko‘dazgil boshing bormasin,
Tilingni ko‘dazgil tishing sinmasin…
(So‘zingga ehtiyot bo‘l, boshing ketmasin,
Tilingga ehtiyot bo‘l, tishing sinmasin…)
Esanlik tilasa saning bu o‘zung,
Tilingda chiqarma yarog‘siz so‘zung.
(Sening o‘zing esonlik tilasang,
Tilingdagi yarog‘siz so‘zingni chiqarma).
Bilib so‘zla so‘z biligka sonur,
Biligsiz so‘z o‘z boshini yeyur.
(Bilib so‘zlasa, so‘z donolik sanaladi,
Nodonning so‘zi o‘z boshini yeydi).
Bu o‘rinda biz ulug‘ shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning nomini alohida
ehtirom bilan tilga olamiz. O‘z ijodi bilan so‘z qudrati va notiqlik san’atini yuksak darajaga ko‘targan alloma nutq madaniyati nazariyasi bilan ham jiddiy shug‘ullangan. U
«Mahbub-ul qulub» asarining 24-bobini voizlikka (notiqlik san’atiga) bag‘ishlagan
«Muhokamat-ul lug‘atayn» va «Majolis-ul nafois» asarlari esa bevosita tilshunoslikning nazariy muammolarini hal qilishga, turkiy (o‘zbek) tilining boshqa tillar
orasidagi o‘rnini belgilab berishga hamda nutq madaniyatini o‘rganishga qaratilgan
edi.
«Xamsa» ning har bir dostonida so‘zga bo‘lgan ehtiromini alohida qayd
qiladi. Quyida dostonlarning nasriy bayonidan ayrim parchalarni keltiramiz. «Hayratul
- abror»dan: So‘z gavharining sharafi shunchalik yuksakki, gavhardek qimmatbaho
narsa ham unga sadaf bo‘la olmaydi.
So‘z jon bo‘lib, ruh uning qolipidir. Tanida ruhi bor odam unga ehtiyoj
sezadi. So‘z dunyoda bor barcha ko‘ngillarning qutisidagi javhar, hammaning og‘iz
qutisidagi qimmatbaho gavhardir. Agar til bamisoli bir po‘lat zanjir bo‘lsa, so‘z unga
qadalgan injulardir. Til shu chamanning ochilgan lolasi bo‘lsa, so‘z durlari unga
qo‘ngan shabnamlardir. So‘z o‘lgan odamning tanasiga pok ruh bag‘ishlaydi. So‘zdan
tandagi tirik ruh halok bo‘lishi mumkin.
Yaxshi so‘z bilan o‘lganni tiriltirib olgani uchun Iso payg‘ambar o‘zini
«Jonbaxsh» laqab bilan atagan. So‘z tufayli Xalil o‘zini o‘tga tashlagan. Jabroil ham
so‘z yukiga hammol bo‘lgan. Tangri insonni sirlar xazinasi darajasiga ko‘targan ekan,
uni so‘zlash qobiliyatiga ega bo‘lgani uchun hayvonlardan ortiq qilib yaratdi.
10
Agar, qo‘l bilan berib xayr qilish iloji bo‘lmasa, til bilan ham naf yetkazish mumkin. Odamni bir og‘iz yaxshi so‘z bilan xursand qilish kerak bo‘lgan vaqtda
unga xazina bersang ham, u qaramaydi. So‘z bilan el o‘limdan najot topadi, so‘z bilan
o‘lik tan qayta tiriladi. So‘z bilan dinsizlar musulmon bo‘ladi, so‘z bilan hayvon deganing insonga aylanishi mumkin. Bir so‘z bilan qancha balolar daf bo‘ladi, qancha
boylik sochsang ham bunday naf’ga yetishmaydi. Insonga xos konning gavhari, bu –
so‘zdir, odamzod gulshanining mevasi ham shu so‘zdir.
«Sab’ai sayyor» dan:
Har bir inson dunyoga kelgach, u so‘z bilan najot topadi. Eng avval so‘zni tavhid so‘zi (xudoga yetishuv) deb bil, chunki vahdat ahlida (birlik ahlida) bunga ikkilanish yo‘qdir. Avvalu oxiringga nazar solib, boshi ham,
oxiri ham so‘z ekanligini anglab ol !
Haq insonni hayvondan mumtoz aylab (ajratib, saralab), uni o‘ziga mahram
qildi.
Agar kamolotli xohish bildirib, ma’no durriga intilib, so‘z libosini kiysa, ul
tovlanib turgan ipak matoday tuyuladi. Chunki u so‘zning nozik ipagidan kiyib,
go‘zalning jamolini o‘ziga yoqimli qiladi.
Bularning barchasi so‘zdagi mo‘jiza, uning hikmatlari esa elni ojiz qoldiradi.
Uning biri o‘likka so‘zi bilan jon berib, so‘z bilan jonga ruh kirgizadi.
Olloh, olloh qanday so‘zdur bu so‘z, bundan ortiq ham yana bo‘lurmu so‘z! So‘z
jism bo‘stonidagi daraxtdir, so‘z daraxtlardagi mevadir. Insonning jismi gulshan
bo‘lsa, nutq undagi xushovoz bulbuldir. Agar so‘z bo‘lmaganda baxtsizlik yuz bergan
bo‘lur edi.
Ma’noli so‘z noziklikda jon rishtasiday, uning rohati rishtaga sarrishta jondaydir.
Alisher Navoiyning til madaniyatiga oid fikrlari uning boshqa asarlarida ham
aytilgan. Ularning ayrimlarinigina keltirish bilan chegaralanamiz: Tilga ixtiyorsiz - elga e’tiborsiz. So‘zni ko‘ngilda pishqarmaguncha tilga keltirma, va har nekim,
ko‘ngilda bor tilga surma. Ma’dani inson gavhari so‘z durur, gulshani odam samari
so‘z durur. Ko‘p demak so‘zga mag‘rurlik Va ko‘p yemak nafsga ma’murlik. Til muncha sharaf bila nutqning olatidur va ham nutqdurki, gar nopisand zahir bo‘lsa, tilning
ofatidur.
Yana bir allomaning nutq madaniyati va nutqiy me’yor, nutq qoidalariga oid qarashlariga qisqacha to‘xtalamiz. Bu XV – XVI asr ma’naviyatining yirik vakili Mavlono Husayn Voiz Koshifiydir. Uning «Futuvvatnomai sultoniy» asarining «Tariqat
ahlining odobi» deb nomlangan beshinchi bobida inson ma’naviyati va madaniyatiga
oid qarashlari e’tiborga molikdir. Olim bu bobda insonning yetti a’zosi – ko‘z, quloq,
til, qorin, og‘iz, qo‘l va farj (tanosil a’zosi) ni saqlash odobi haqida mulohaza yuritar
ekan, ularni inson organizmi deb emas, balki ma’naviyati va axloqi namoyon
bo‘luvchi ramziy belgilar sifatida talqin qiladi.
Jumladan, uning muomala madaniyati va muloqot odobi haqidagi qarashlari ana
shu umuminsoniy fazilatlarning tarkibiy qismi sifatida qaraladi. Koshifiy quyidagilarni
yozadi: «Tilning odobi qaysi deb so‘rasalar, bu olti narsaga tilni ochish va sakkiz narsadan tilni saqlash deb aytgil. Tilni ochish kerak bo‘lgan narsalar qaysi deb so‘rasalar,
aytgil: hojat zarurati yuzasidan ko‘ngillarda yashirin bo‘lgan rozni izhor etish,
mazlumlar faryodiga javob berish va marhumlar imdodi uchun so‘z aytish. Chunki bu
so‘zlar orqali zolimning zulmi mazlumlar boshidan ko‘tarilishi mumkin.
11
Amaliy mashg‘ulotlar uchun vazifalar :
1. Ustoz va shogird o‘rtasidagi suhbat namunasini tuzing va undagi shogirdning
nutqi madaniyatini shakllantiruvchi leksik-grammatik vositalarni ajratib ko‘rsating.
2. Boshliq bilan xodim o‘rtasidagi suhbat namunasini tuzing va undagi shogirdning nutqi madaniyatini shakllantiruvchi leksik-grammatik vositalarni ajratib
ko‘rsating.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar :
1.
2.
3.
4.
Nutq odobi tushunchasini izohlab bering.
Nutqiy muomala jarayonida so‘z tanlash deganda nimani tushunasiz?
Oilada, ishda, jamoat joylarida nutq odobini qanday saqlash kerak?
Nutq odobining shakllanishida tilga bog‘liq bo‘lmagan – paralingvistik
omillarning ahamiyati bormi?
12
II RASMIY IDORAVIY USLUB. ISH YURITISH TILI VA USLUBI. HUJJATCHILIK ТАRIXI VA UNING TAKOMILLASHUVI
3MAVZU: IDORAVIY USLUBNING SHAKLLANISH TARIXI
Reja:
1. “ Hujjat” so‘zining ma’nosi haqida.
2. Hujjatchilik tarixi.
3. Hujjat tili va uslubi.
4. Hujjatlarning o‘ziga xosligi.
O'zbek tilining izohli lug'atida “Hujjat” so'ziga quyidagicha izoh beriladi: "Hujjat” arabcha so‘z bo'lib, qayd qilish, tasdiqlash ma’nosini bildiradi. Shuningdek, u
ijtimoiy tarixiy ahamiyatga ega bolgan yozuv va suratlar, asar yoki adabiyot ma’nosini
ham ifodalaydi.
O‘tmishdagi hujjatlar aslida yaqindagina vujudga kelmagan. U qadim davrlarga
borib taqaladi.
Turkiy xalqlarda ham hujjat tuzish qadimdan mavjud bo'lgan. X asr va undan
oldingi davrlarga oid turli hujjat namunalari bizgacha yetib kelgan. Hatto
M.Koshg'ariyning “Devonu lug‘atit turk” asarida “Bushug‘” so‘zi uchraydi. U elchiga
qaytib ketish uchun beriladigan ijozat qog'ozi, shuningdek, elchilarga beriladigan
sovg‘a ma’nolarini bildiradi. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilik” asarida yorliq va
noma ma’nosi o'rnida “bildargulik” so‘zi ishlatilgan. Hozirgi kunda faol qo‘llanishga
o'tgan “bildirishnoma”, “bildirish” shu so'zdan olingan. Sho'rolar davrida bu so‘z
“raport” deb yuritilardi. Qadimshunos olimlar tomonidan olib borilgan izlanishlar natijasida ko'pgina ma’lumotlarga ega bo'lindi. Namangan viloyati Kosonsoy shahri yaqinidagi Mug1 qal'asidan VII-VIII asrga oid 80 ta hujjat topilgan. Ular milliy so‘g‘d
yozuvida bo'lib, toldan kesilgan tayoqcha, teri va xitoy qog‘ozlariga bitilgan.
Hujjatlar mazmunan huquqiy xarakterga ega. Bir turkumi diplomatik aloqalarga
oid bo‘lib, arablarga qarshi harbiy kuchlami birlashtirish masalasiga bag'ishlangan.
Hujjatlarda buyruqlar, soliq va boj yig‘ish moliyaviy harajatlar ro'yxati va boshqalar
aks etgan. Xorazm xarobalaridan esa charm va taxtachaga yozilgan hujjatlar topilgan.
Tuproqqal'a hayot bo‘lgan davrdagi xonadan a'zolarining ro'yxati, harbiy chaqiriq,
soliq, jon-mol ro'yxati, xo'jalik asboblarini olingani haqidagi tilxat qadimgi hujjatlardan darak beradi. Turkiy tillar mutaxassisi S.E.Malov “Памятники
древнетюрской письменности” (М-Л, 1951) asarida qadimgi turkiy yozuvida XIII
asrlarda bitilgan qadimgi hujjat (shikoyat, oldi- sotdi, ijaraga qo'yish, tilxat) namunalarini keltiradi.
Qimmatli ma’lumot beruvchi X asr olimi Abu Abdulloh al-Xorazmiy “llmlar
kaliti” asarining “arab” ilmlari qismida ish yuritish daftarlarini sharhlab, Samoniylar
13
davlatidagi soliq xillari va ularni yig'ish yo'li, hajmi, Sharq mamlakatlarining hududlarida ishlatilgan og‘irlik hamda o'lchov birliklarini keltiradi. Askarlar ro'yxati, beriladigan maosh, kiyim-kechak shakllarini keltiradi. O'sha davrda Markaziy Osiyoda
keng tarqalgan o'lchov birliklari haqida ma’lumot beradi. Ular boshqa manbalarda
hozir uchramaydi.
“Eski uyg‘ur yozuvi” (Q.Sodiqov), «Древней Хорезм» (С.П.Толстой),
«Ганчи, ганчибоши в Какандском хандстве» (А.Л.Тротская) kabi manbalarning
ahamiyati katta. Ma’lum bo'lishicha, X-XIX asrlarda farmon, yorliq, noma, bitim,
arznoma, qarznoma, vasiqa, vaqfnoma, tilxat kabilar keng iste'molda bo'lgan. Hozirgi
kunda vaqfnoma, vasiqa, noma, arsnoma kabi hujjatlar tilimizda ishlatilmaydi. Manba
sifatida “Boburnoma" asarining o'z o‘rni bor, chunki unda farmon, mirzo, sulh, tamg'a
hatto ariza o'rnida “arsadosh” qo'llanilgan. Shuni qayd qilish mumkinki, hozirgi kunda
tilimizda tor ma’noga ega bo'lgan '"patta” so'zi XIX asrda Qo'qon xonligida keng ishlatilgani ma’lum.
Dunyoning har bir mamlakatida qadimdan rasmiy ish qog'ozlari qo'llanilib kelgan. Masalan: eramizdan avval bo'lgan Bobil (Vavilion) davlatining 1792 - 1950 - yillar podshohi Xammurapining buyrug'i bilan tayyorlangan qonunlar majmuasi mavjudligi haqida amerikalik sharqshunos Edvard Kira “Они писали на глине” (1984-у) asarida ma’lumot beradi. Qonun majmuasi 247 moddadan iborat bo'lib, u basalt ustuniga
qadimgi mixxat bilan yozilgan. Qonunda yerga egalik, savdo-sotiq, iqtisodiy-ijtimoiy
munosabatlar aks etgan. Bobil hozirgi Iroqning janubiga to‘g‘ri keladi.
Rossiyada hujjat yuritish IX-X asrlardan boshlangan. X asrga kelib shartnomalarda muhrlar qo‘llana boshlagan. XIV asr oxirlaridan boshlab hujjatlar qog‘ozlarda
o‘z ifodasini topishga o‘tgan. Manbalar Pyotr davrida “Dokument” so‘zining ishlatila
boshlaganidan darak beradi. U tor ma’noda shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport)
o‘rnida ishlatilgan. Keng ma’noda-guvoh beruvchi, ibratli, namunali, dadil, isbotlovchi
ma’nosida qo‘llanilgan.
Turkiston Respublikasidan ajralib chiqqan O'zbekiston respublikasi 1924-yil 31dekabrda 48-raqamli “Ishlarni o‘zbek tilida yuritish” to‘g‘risida muhim qaror qabul
qildi. Qarorda butun boshqaruv idoralarida hamma rasmiy ish qog'ozlari faqat o‘zbek
tilida yuritish, o‘zbekcha rasmiy hujjatlar tuzish, yo'riqnomalarni tayyorlash topshirildi. Qarorni hayotda qo'llash uchun ishchi hay’at yuzaga keldi. Har bir tashkilot,
muassasa va idoralarda ish yuritish bo'limlari tashkil qilindi. Qarorda dekretga bepisand qarovchilarga chora ko'rish kerakligi ta'kidlangan edi. Ish qog‘oz namunalari
maxsus tayyorlandi. Ammo 30-yillarda vaziyat o‘zgardi. Ayniqsa, 1938-yilgi qabul
qilingan “Об обязательном изучении русского языка” qaroridan keyin milliy tillar,
xususan, o'zbek tilini cheklash, mensimaslik siyosati boshlandi. Ish yuritish asosan, rus
tilida yuritiladigan bo'ldi.
14
Nihoyat, 1989-yili O'zbekiston Kespublikasining “Davlat tili to'g'risida” qonuni
qabul qilindi. Qonunga muvofiq 8 yil mobaynida barcha rasmiy hujjatlar o'zbek tilida
yozilishi kerak edi. 1995-yil 21-dekabrda qonunning yangi tahrir qilingan variantida
o'zgartirish va qo'shimchalar o'z ifodasini topdi. Qonunning 8-19-moddalarida ish
yuritish o'zbek tilida, shuningdek, ish qog'ozlari rus hamda boshqa tillarda tuzish va
qabul qilish mumkinligi ko'rsatib o‘tilgan. Bu respublikada milliy munosabatlarning
barqarorligini ta'minlash bilan bog'liq edi.
1995-yil 24-avgust 339-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasi o'zbek tilining lotin imlosiga asoslangan yangi alifbo qoidalarini tasdiqladi. Ish qog'ozlari yangi alifboda qoidalarga rioya qilingan holda yoziladigan bo'ldi.
Adabiy tilning yozma rasmiy shakliga xos bo‘lib, muayyan nutqiy qolip,
qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllarga ega bo‘lgan nutq uslubi rasmiy uslub
sanaladi. Barcha qonunlar, Prezident farmonlari va hukumat qarorlari, turli hujjatlar,
ish qog‘ozlari, idoralararo yozishmalar va shu kabilar rasmiy-idoraviy uslubda
yoziladi. Rasmiy-idoraviy uslubda gaplar ixcham va aniq bo‘ladi. Bu uslubda qaror
qilindi, inobatga olinsin, ijro uchun qabul qilinsin, tasdiqlanadi kabi qoliplashgan
so‘zlar va so‘z birikmalari keng qo‘llaniladi. Bu uslub muayyan nutqiy qolip, qat’iy
odat tusiga kirib qolgan shakllarga ega bo‘lgan nutq uslubidir.
Bu uslub, shuningdek, davlat arboblari o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarda, idora, korxona, muassasalarning rasmiy ish yuritish jarayonlarida, shaxslarning ariza, tilxat, ishonch qog‘ozi singari ish yuritish qog‘ozlarida qo‘llaniladí.
Rasmiy uslub yozma shaklda ro‘yobga chiqadi. U har qanday tasviriy
vositalardan, obrazlilikdan xoli bo‘ladi. Bunday uslubda tilning ikki vazifasi axborot uzatish va da’vat etish, buyurish vazifasi amalga oshadi.
Rasmiy uslubga xos har qaysi hujjat turining o‘ziga xos leksik, grammatik xususiyatlari mavjud. Rasmiy ish qog‘ozlarining sintaktik tuzilishi qat’iy
qoliplarga bo‘ysunadi.
Hujjatlarning tili va uslubiga qadimdan e’tibor berishgan. Bir qat'iy tartibda qonun-qoidalarga rioya qilingan holda yozilgani ma’lum. Turkiy tilida teri,
yog‘och, sopol, va pergamentlarga yozilgan hujjatlar talablariga ko‘ra bitilgan.
Turkiy tilda bitilgan hujjatlar X-XII asrlarda, o‘zbek (turkiy) tilida yozilgan hujjatlar XIV-XVI asrlar Amir Temur davriga to‘g‘ri keladi. O‘zbek tilida hujjatlar tuzish keyingi asrlarda ham davom etgan, ammo qisman fors tilida ham
rasmiylashtirish bo‘lgan.
Hujjatlar tili umumadabiy tildan ajralgan emas. U vazifasiga ko‘ra rasmiy
uslubga xos. Rasmiy uslub xarakteriga muvofiq hujjatlarda aniqlik, mantiqlik,
ishonarlilik va ihchamlik yuzaga keladi. Shuning uchun ham hujjatlar rasmiy
15
uslub talablariga javob bera olishi talab qilinadi. Bu o‘z o‘rnida hujjatlarning
axborotlarini rasmiy ravishda xolisligini yuzaga keltiradi.
Hujjatlar tilining o‘ziga xosligi shundaki, unda (trafaretli) so‘z qolipli va
andozali so‘z birikmalari, gaplar qo‘llaniladi. Bu jihati bilan ilmiy, matbuot, badiiy uslublardan farq qiladi.
Mustaqillik qo‘lga kiritilgandan keyingi davrda hujjatlar tilida ishlatilayotgan so‘zlar qatlami ayrim “eskirib qolgan” deb hisoblanadigan atamalar bilan
to‘lgani aniq. Masalan, bildirgi (bildirish), ma’lumotnoma, tavsifnoma, bayonnoma
va boshqalar.
Hujjatlarning leksik xususiyatlaridan biri, unda trafaret, qolipli bir shaklda
qo‘llaniladigan so‘zlar ishlatilishidadir: buyuraman, tasdiqlayman, ma’qullansin,
eshitildi va b.
Hujjat tilida badiiy asarlarda qo‘llaniladigan o‘xshatish jonlantirish, tasviriy so‘zlar, shuningdek so‘zlashuv uslubiga xos shevaga oid hamda dag‘al
so‘zlar, kitobiy-tantanavor so‘zlar uchramaydi, ishlatilmaydi. Istagan holda
so‘zlarni qisqartma shaklda berish qoidaga to‘g‘ri kelmaydi. Umumqabul qilingan qisqartma so‘zlardan foydalanish mumkin.
Morfologik jihatdan ham hujjatlar tili o‘ziga xos, ya’ni unga erkalashkuchaytirish qo‘shimchalari, subyektiv baho so‘zlari ishlatilmaydi.
Hujjatlarda 2 shaxs qo‘shimchasi qo‘llanilmaydi, chunki hujjatlar fe’lning
1 yoki 3 shaxs nomidan yoziladi. Shu tufayli - man (buyuraman, so‘rayman, tavsiya etaman), -miz, -di qo‘shimchalari so‘zlarga qo‘shilib ishlatiladi (iltimos qilamiz, eshitildi, so‘raydi, so‘zga chiqdi va b.)
Hujjatlarning o‘ziga xosligi shundaki, ularda harakat nomlari ko‘p
qo‘llaniladi (masalan, joriy etish, hizmat ko‘rsatish, ijtimoiy himoya qilish).
Fe’lning buyruq-istak mayli majhul nisbat shaklining qo‘llanishi ko‘proqligi bilan
hujjatlar xarakterli (ko‘paytirilsin, bajarilsin, iltimos qilamiz, so‘raymiz)dir.
Fe’lning o‘tgan hamda hozirgi-kelasi zamon shakllarining qo‘llanish
doirasi hujjatlarda kengroq (qatnashdilar, so‘raydi, ma’qullaydi, hisobga olinadi
va b.).
Sonlarning ishlatilishi hujjatlar turiga qarab tartibga rioya qilingan holda
yoziladi. Ayrim hujjat turlari, masalan, ishonchnoma, tilxat kabilarda sonlar son
bilan ham, so‘z bilan ham yozish talab qilinadi. Pul, moddiy boylik bilan
bog‘liq hollarda qoidaga muvofiq son bilan birga uning yozma ifodasi hujjatda o‘z ifodasini topgan bo‘lishi shart deb qabul qilingan.
Hujjatlarda qolipga tushgan so‘z birikmalari, sintaktik tuzilmalar ko‘p
qo‘llanadi. (masalan, men, Mahmudov Ozod..., ro‘yxatga olinsin, ... qilish maqsadida, ....qaror qilindi, Siz rahbarlik qilayotgan). Hujjatlarda turgan frazeologik
birikmalar, ya’ni ko‘chma ma’noda qo‘llanuvchilar ishlatilmaydi.
16
Gaplar turiga kelganda darak gapning xabar, axborot beruvchi,
ta’kidlovchi xarakterdagi turlari keng qo‘llaniladi. Odatda so‘roq, undov
mazmunidagi gaplar, shuningdek murakkab qo‘shma gaplar ishlatilmaydi.
Hujjatlarni madaniy tuzilishda, tayyorlashda, imlo va tinish belgilari, xatboshiga alohida e’tibor berish zarur. Hujjat nomi - sarlavhalardan keyin o‘zbek
tilida qoidalarga muvofiq nuqta qo‘yilmaydi.
Amaliy mashg‘ulotlar uchun vazifalar :
1. Peshlavhalardagi e’lonlardan namunalar tuzing va yozing. Undagi imloviy
kamchiliklarni toping.
2. Hujjatchilik tarixi haqida slaydli taqdimot tayyorlab ko‘rsating.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar :
1. Hujjat tushunchasini izohlab bering.
2. Hujjatchilik tarixi haqida gapirib bering.
3. Rasmiy-idoraviy uslubda hujjatlarning o‘rni va ahamiyati haqida nimalarni
bilasiz?
4. Hujjatlardan foydalanishda nimalarga ahamiyat berishimiz kerak?
17
4 MAVZU: IDORAVIY YOZMA NUTQ SHAKLLARI
Reja:
1. Hujjatlarga qo‘yiladigan talablar.
2. Bosma ish qog‘ozlari .
3. Tijorat yozishmalari.
4. Ish yuritish tili va uslubi.
Hujjatlarga qo‘yiladigan talablar:
1.Hujjatlarni tuzish, ularni tayyorlashga oddiy, yengil qarash mumkin emas,
chunki u huquqiy jihatdan kuchga ega bo‘lgani uchun jiddiy munosabatda bo‘lishni
taqozo qiladi.
Hujjatlarni tuzishda, avvalo zaruriy (tarkibiy) qismlar, ya’ni rekvizitlarga
e’tibor berish, unga rioya qilish shart. Qismlarning majmuasi qoidalar (formulalar)
deyiladi. Hujjatlar turli-tuman bo’lgani uchun ham zaruriy (rekvizit) qismlarida
farqli jihatlar mavjud. Qismlar tartibli ravishda ketma-ket o’rin oladi. Bu ketmaketlik qat’iylik xarakteriga ega. Formular - qoidalar talabi xuddi shu ketma-ketlikka
rioya qilishdan iborat. Ayrim hujjatlarning zaruriy qismlari qonun chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan meyoriy hujjatlarda qayd qilingan, belgilab berilgan bo‘ladi. Masalan: pasport, shaxsiy varaqa (so’rovnoma, rezyume) va h.k. Hujjatlarda u yoki bu
qismning aks etmasligi uning huquqiy kuchini yo‘qotishga olib keladi.
Zaruriy qismlar to‘g‘ri, aniq ifodalangan bo‘lishi hujjatlarga qo‘yiladigan talablarning asosini tashkil qiladi.
Hujjatlarni tayyorlashda qog‘ozlarning shakli, o‘lchami ham ahamiyatga
ega. Ish qog‘ozlarining chap tomonida 20mm, yuqorida kamida 10mm, o‘ng va past
tomonida 8-10mm bo‘sh joylar bo‘lishi kerak.
Bosma ish qog‘ozlari 2 ta turga bo‘linadi.
1)Umumiy blanka, 2) Xat blankasi.
Umumiy blanka-bosma ish qog‘ozining farqi shundaki, unda “tashkilot nomi”dan keyin aloqa bo‘linmasining ko‘rsatgichi, pochta va telegraf manzili, faks,
telefon raqami, bankdagi hisob raqami bo‘lmaydi.
Rasmiy xizmat blanklari-firma (firmenniy) blankasi deb yuritiladi, chunki ayrim, masalan, dalolatnoma, ma’lumotnoma, ishonchnoma hujjatlari kseriya nusxa
qilinib, ish yuritishda ishlatiladi, bular ham ish qog‘ozlari hisoblanadi.
Hujjat matnlari mazmunan lo‘nda, ixcham bayon qilingan, asosan, sodda gap
tuzilishiga ega bo‘lishi talab qilinadi. Matnlar asosan, ikki qismga bo‘linadi. Birinchi qism asoslash, keyingisi esa xulosa qismlari.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning turli tomonlarini rivojlantirishda
tijorat
yozishmalari ahamiyatli o'rin tutadi. Bunda bitim, shartnoma tuzish va bajarish
bilan bog‘liq masalalar ifodalanadi.
18
Tijorat yozishmalarining shakli aslida 150 yil avval Angliyada paydo bo'lgan
va u ish yuritishda keng ommalashib ketgan.
Tijorat yozishmalarida
shartnomasimon
hujjatlar qo'llaniladi.
So'rovnoma, oferta (taklif xat), buyurtma xat, aksent (rozilik xati), bank
hujjatlari (schet, faktura, avizo) ham shu tijorat xatlariga kiradi.
Tijorat xatlari vazifasiga ko'ra: 1) so'rovga javob; 2) oferta-taklifga javob
turlariga bo'linadi. Shuningdek, da'vo (reklamatsiya) ga javob shakli ham uchraydi.
So'rov xatida tovar yetkazib berishni taklif etib murojaat etilishi yoki umuman
tovar haqida ma'lumot berilishi so'raladi. Oferta (taklif) da oldi-sotdi shartnomasi
tuzish uchun rozilik bildirganda yoziladigan hujjat. Oferta shartlariga rozi bo'linsa,
bitim tuzilgan hisoblanadi. Taklifning biror sharti to‘g‘ri kelmasa, yozishma davom
etadi.
Adabiy tilning yozma rasmiy shakliga xos bo‘lib, muayyan nutqiy qolip,
qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllarga ega bo‘lgan nutq uslubi rasmiy uslub
sanaladi. Barcha qonunlar, Prezident farmonlari va hukumat qarorlari, turli hujjatlar,
ish qog‘ozlari, idoralararo yozishmalar va shu kabilar rasmiy-idoraviy uslubda
yoziladi. Rasmiy-idoraviy uslubda gaplar ixcham va aniq bo‘ladi. Bu uslubda qaror
qilindi, inobatga olinsin, ijro uchun qabul qilinsin, tasdiqlanadi kabi qoliplashgan
so‘zlar va so‘z birikmalari keng qo‘llaniladi. Bu uslub muayyan nutqiy qolip, qat’iy
odat tusiga kirib qolgan shakllarga ega bo‘lgan nutq uslubidir.
Bu uslub, shuningdek, davlat arboblari o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarda,
idora, korxona, muassasalarning rasmiy ish yuritish jarayonlarida, shaxslarning ariza,
tilxat, ishonch qog‘ozi singari ish yuritish qog‘ozlarida qo‘llaniladí.
Rasmiy uslub yozma shaklda ro‘yobga chiqadi. U har qanday tasviriy
vositalardan, obrazlilikdan xoli bo‘ladi. Bunday uslubda tilning ikki vazifasi axborot uzatish va da’vat etish, buyurish vazifasi amalga oshadi.
Rasmiy uslubga xos har qaysi hujjat turining o‘ziga xos leksik, grammatik
xususiyatlari mavjud. Rasmiy ish qog‘ozlarining sintaktik tuzilishi qat’iy
qoliplarga bo‘ysunadi.
Hujjatlar tili va uslubi
Hujjatlarning tili va uslubiga qadimdan e’tibor berishgan. Bir qat'iy tartibda
qonun-qoidalarga rioya qilingan holda yozilgani ma’lum. Turkiy tilida teri,
yog‘och, sopol, va pergamentlarga yozilgan hujjatlar talablariga ko‘ra bitilgan.
Turkiy tilda bitilgan hujjatlar X-XII asrlarda, o‘zbek (turkiy) tilida yozilgan hujjatlar XIV-XVI asrlar Amir Temur davriga to‘g‘ri keladi. O‘zbek tilida hujjatlar
tuzish keyingi asrlarda ham davom etgan, ammo qisman fors tilida ham
rasmiylashtirish bo‘lgan.
19
Hujjatlar tili umumadabiy tildan ajralgan emas. U vazifasiga ko‘ra rasmiy
uslubga xos. Rasmiy uslub xarakteriga muvofiq hujjatlarda aniqlik, mantiqlik, ishonarlilik va ixchamlik yuzaga keladi. Shuning uchun ham hujjatlar rasmiy uslub
talablariga javob bera olishi talab qilinadi. Bu o‘z o‘rnida hujjatlarning axborotlarini rasmiy ravishda xolisligini yuzaga keltiradi.
Hujjatlar tilining o‘ziga xosligi shundaki, unda (trafaretli) so‘z qolipli va
andozali so‘z birikmalari, gaplar qo‘llaniladi. Bu jihati bilan ilmiy, matbuot, badiiy uslublardan farq qiladi.
Mustaqillik qo‘lga kiritilgandan keyingi davrda hujjatlar tilida ishlatilayotgan
so‘zlar qatlami ayrim “eskirib qolgan” deb hisoblanadigan atamalar bilan to‘lgani
aniq. Masalan, bildirgi (bildirish), ma’lumotnoma, tavsifnoma, bayonnoma va
boshqalar.
Hujjatlarning leksik xususiyatlaridan biri, unda trafaret, qolipli bir shaklda
qo‘llaniladigan so‘zlar ishlatilishidadir: buyuraman, tasdiqlayman, ma’qullansin,
eshitildi va b.
Hujjat tilida badiiy asarlarda qo‘llaniladigan o‘xshatish jonlantirish, tasviriy
so‘zlar, shuningdek so‘zlashuv uslubiga xos shevaga oid hamda dag‘al so‘zlar,
kitobiy-tantanavor so‘zlar uchramaydi, ishlatilmaydi. Istagan holda so‘zlarni qisqartma shaklda berish qoidaga to‘g‘ri kelmaydi. Umumqabul qilingan qisqartma
so‘zlardan foydalanish mumkin.
Morfologik jihatdan ham hujjatlar tili o‘ziga xos, ya’ni unga erkalashkuchaytirish qo‘shimchalari, subyektiv baho so‘zlari ishlatilmaydi.
Hujjatlarda 2 shaxs qo‘shimchasi qo‘llanilmaydi, chunki hujjatlar fe’lning 1
yoki 3 shaxs nomidan yoziladi. Shu tufayli - man (buyuraman, so‘rayman, tavsiya
etaman), -miz, -di qo‘shimchalari so‘zlarga qo‘shilib ishlatiladi (iltimos qilamiz,
eshitildi, so‘raydi, so‘zga chiqdi va b.)
Hujjatlarning o‘ziga xosligi shundaki, ularda harakat nomlari ko‘p
qo‘llaniladi (masalan, joriy etish, hizmat ko‘rsatish, ijtimoiy himoya qilish). Fe’lning
buyruq-istak mayli majhul nisbat shaklining qo‘llanishi ko‘proqligi bilan hujjatlar
xarakterli (ko‘paytirilsin, bajarilsin, iltimos qilamiz, so‘raymiz) dir.
Fe’lning o‘tgan hamda hozirgi-kelasi zamon shakllarining qo‘llanish doirasi
hujjatlarda kengroq (qatnashdilar, so‘raydi, ma’qullaydi, hisobga olinadi va b.).
Sonlarning ishlatilishi hujjatlar turiga qarab tartibga rioya qilingan holda
yoziladi. Ayrim hujjat turlari, masalan, ishonchnoma, tilxat kabilarda sonlar son
bilan ham, so‘z bilan ham yozish talab qilinadi. Pul, moddiy boylik bilan bog‘liq
20
hollarda qoidaga muvofiq son bilan birga uning yozma ifodasi hujjatda o‘z
ifodasini topgan bo‘lishi shart deb qabul qilingan.
Hujjatlarda qolipga tushgan so‘z birikmalari, sintaktik tuzilmalar ko‘p
qo‘llanadi. (masalan, men, Mahmudov Ozod..., ro‘yxatga olinsin, ... qilish maqsadida, ....qaror qilindi, Siz rahbarlik qilayotgan). Hujjatlarda turgan frazeologik birikmalar, ya’ni ko‘chma ma’noda qo‘llanuvchilar ishlatilmaydi.
Gaplar turiga kelganda darak gapning xabar, axborot beruvchi, ta’kidlovchi
xarakterdagi turlari keng qo‘llaniladi. Odatda so‘roq, undov mazmunidagi gaplar,
shuningdek murakkab qo‘shma gaplar ishlatilmaydi.
Hujjatlarni madaniy tuzilishda, tayyorlashda, imlo va tinish belgilari, xat
boshiga alohida e’tibor berish zarur. Hujjat nomi - sarlavhalardan keyin o‘zbek
tilida qoidalarga muvofiq nuqta qo‘yilmaydi.
Topshiriq va savollar.
Mashq. Quyidagi so‘z birikmalari ishtirokida gaplar tuzing, so'ngra ulami rasmiy
yoki shaxsiy munosabatni itbdalashiga ko‘ra guruhlang, ular o'rtasidagi farqni
izohlang.
O‘qishga kirmoq, vazifasidan ozod etilmoq, salom yetkazmoq,
begilangan jadvalga muvofiq, ko'nglini ko‘tarmoq, ko‘rishganimizda aytib
bermoq, zimmasiga yuklamoq, «Kamolot» yoshlar harakatiga qo‘shilmoq,
vaqt topolmaslik, o‘qituvchi bo‘lib ishlamoq, harorat pasayishi oqibatida,
xushxabar eshitgandan keyin.
Mashq. Gaplarda tushirib qoldirgan so‘z va qo'shimchalami o'rniga qo‘yib
ko‘chiring. Ushbu matnning oldingi matndan qanday farqlanishini tushuntiring.
Toshkent sharqshunoslik akademik litseyi 2- bosqich talabasi Ahror Rahmonov...
shaxsiy a’zolik... ochishingiz... so‘raymiz. A. Rahmonov o‘qishni bitirgan taqdirda,
hisob bo‘limiga kutubxona ma’lumotnoma... topshirma... unga shahodatnoma
bermas... kafolat bera... .
Ushbu majburiyat bajaril... holat... A. Rahmonov... dan kutubxonaga
qaytarilmagan adabiyotlar... barcha moddiy javobgar... o‘z zimmamizga... ola...
Topshiriq. Klaster usulidan foydalanib rasmiy-ish uslubiga xos bo‘lgan
xususiyatlarni tushuntiring.
Mashq. Quyidagi so‘z, atama va so‘z birikmalarining qaysi uslubga xosligini
aniqlang. Rasmiy-idoraviy uslubga xos bo‘lgan so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing
21
Mehnat shartnomasi, axborot xati, modellashtirish, taklif etiladi, iltimos qilaman, so‘rab ko‘ramiz, dalil bo‘la oladi, avtomatlashtirish, elektron qurilma, biznes va
boshqaruv, ko‘chmas mulk, ko‘rib chqilsin, zimmasiga yukaltilsin, chiziqli dasturlash.
Mashq. Quyidagi so‘z birikmalari ishtirokidagi gaplar tuzing. Ularni rasmiy
yoki shaxsiy munosabatni ifodalashiga ko‘ra guruhlarga ajrating.
Iltimos qilmoq, talab etilmoq, o‘qishga kirmoq, vazifadan ozod etilmoq, aytilganlarni inobatga olgan holda, salom yetkazmoq, jadvalga muvofiq, ko‘ngilni
ko‘tarmoq, amalga oshirmoq, aytib bermoq, zimmasiga yuklamoq, vaqt topolmaslik,
dasturlovchi bo‘lib ishlamoq, ro‘yxatga olinmoq, xushxabar yetkazmoq, haroratni pasayishi oqibatida.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar :
1.
2.
3.
4.
Hujjat tushunchasini izohlab bering.
Hujjatchilik tarixi haqida gapirib bering.
Bosma ish qog’ozlari haqida nimalarni bilasiz?
Hujjatlardan foydalanishda nimalarga ahamiyat berishimiz kerak?
5 MAVZU: YOZMA IDORAVIY NUTQNING ASOSIY KO‘RINISHLARI
Reja:
1.Hujjatlarning tuzilishiga ko‘ra turlari.
2. Hujjatlarning maqsad va vazifasiga ko‘ra turlari.
3. Tashkiliy va farmoyish hujjatlari.
4. Ariza, bayonnoma, dalolatnoma, ishonchnoma, tavsifnoma, tarjimayi
hol, tilxat, tushuntirish xati, e’lon.
Boshqaruv jarayonining murakkabligi va serqirraligiga muvofiq ravishda
idoraviy ish yuritish qog‘ozlari, hujjatlar ham hilma-hil va mikdoran juda ko'p.
Hujjatlarning maqsadi, yo'nalishi, hajmi, shakli va boshqa bir qator sifatlari ham
turlichadir. Shunday ekan, hujjatlar tiliga bo'lgan umumiy talablar bilan bir qatorda har
bir turkum hujjatlar tuzish ishiga qo'yiladigan ko'pgina lisoniy talablar ham mavjud.
Muayyan turdagi hujjat, albatta, o'ziga hos lisoniy xususiyat va sifatlar bilan belgilanadi. Bu xususiyat va sifatlarni har taraflama va chuqur tasavvur qilmasdan turib,
mukammal hujjatchilikni yaratish haqida gap ham bo'lishi mumkin emas. Shuning
uchun bu o'rinda hujjatlar tasnifi masalasi alohida ahamiyat kasb etadi.
22
Hujjatshunoslikda hujjatlar bir necha jihatlarga ko'ra tasnif qilinadi. Tasniflashda mutlaqo bir xil guruhlashtirish mavjud bo’lmasa-da, har qalay, ularni bir
qadar yagonalashgan holda guruhlashtirish mumkin.
Hujjatshunoslikdagi ana shu an'anaga ko'ra ish yuritishdagi hujjatlar eng avvalo
tuzilish o'rniga ko'ra tasnif qilinadi. Bu jihatdan ichki va tashqi hujjatlar farqlanadi.
Ichki hujjatlar ayni muassasaning o'zida tuziladigan va shu muassasa ichida foydalaniladigan hujjatlardir, muayyan muassasaga boshqa tashkilot yoki ayrim shaxslardan
keladiganlari esa tashqi hujjatlardir.
Hujjatlar mazmuniga ko'ra ikki turli bo'ladi: 1) sodda hujjatlar - muayyan bir
masalani o'z ichiga oladi; 2) murakkab hujjatlar - ikki yoki undan ortiq masalani o'z
ichiga oladi.
Mazmun bayonining shakli jihatidan xususiy, namunaviy va qolipli (yoki trafaretli) hujjatlar farqlanadi. Matnning o'ziga xosligi, betakrorligi, hamisha ham bir
andozada bo'lmasligi xususiy hujjatlarning asosiy belgilaridir (masalan, xizmat
yozishmalari va shu kabilar).
Bunday hujjatlarda ham muayyan doimiy tarkib mavjud bo'lsada, bevosita
mazmun bayoni bir qadar erkin bo'ladi.
Namunaviy hujjatlar boshqaruvning muayyan bir xil vaziyatlari bilan bog’liq,
bir-biriga o'xshash va ko'p takrorlanadigan masalalar yuzasidan tuzilgan matnlarni o'z
ichiga oladi.
Qolipli hujjatlar, odatda, oldindan tayyorlangan bosma ish qog‘ozlariga yoziladi,
bunday hujjatlarda ikki turli axborot aks etadi, ya'ni o'zgarmas (oldindan tayyor bosma
matnda ifodalangan) va o'zgaruvchi (hujjatni tuzish paytida yoziladigan) axborotlar;
shuning uchun bu tur hujjatlarga nisbatan ko'pincha «yozmoq» emas, balki
«to'ldirmoq» so'zi ishlatiladi. Shu o'rinda aytish kerakki, hujjatlarning qolipli turlari
doirasini kengaytirish - ish yuritishni takomillashtirishdagi maqbul yo'llardan biridir.
Chunki bu tadbir hujjat matnlarini bir xil qilish va hujjat tayyorlash uchun ketadigan
vaqt hamda mehnatni anchagina tejash imkoniyatini beradi. Qolipli hujjatlar sirasiga,
masalan, ish haqi yoki yashash joyi haqidagi ma'lumotnomalar, ayrim dalolatnomalar,
xizmat safari guvohnomalari va boshqa ko'plab hujjatlarni kiritish mumkin.
Hujjatlar tegishlilik jihatiga ko'ra xizmat yoki rasmiy hujjatlar va shaxsiy
hujjatlarga ajratiladi. Xizmat xujjatlari tayyorlanishiga ko'ra muassasa yoki mansabdor
shaxslarga tegishli bo'lsa, shahsiy hujjatlar yakka shaxslar tomonidan yozilib, ularning
hizmat faoliyatlaridan tashqaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish bilan bog‘liq
masalalarga tegishli bo'ladi (masalan, shaxsiy ariza, shikoyat va h.k.).
23
Hujjatlarning tayyorlanish xususiyati va darajasi ham benihoya muhim. Bu
jihatiga ko'ra hujjatlar quyidagacha tasniflanadi: qoralama; asl nusxa; nusxa; ikkinchi
nusxa (dublikat); ko'chirma. Aksar hujjatlar dastlab qoralama nusxada tayyorlanadi, bu
hujjat muallifi, ya'ni tayyorlovchining qo'lyozma yoki kompyuterda ko'chirilgan
dastlabki nusxasidir.
Bu nusxa tuzatilib, qayta ko'chirilishi mumkin. Aytish joizki, qoralama hujjat
huquqiy kuchga ega emas. Asl nusxa har qanday hujjatning asli, birinchi rasmiy
nushasidir. Asl nusxaning aynan qayta ko'chirilgan shakli nusxa deb yuritiladi, odatda
o'ng tomonidagi yuqori burchagiga «Nusxa» degan belgi qo'yiladi.
Hujjatchilikda, shuningdek, aynan (faksimil) va erkin nusxalar ham farqlanadi.
Aynan nusxa asl nusxaning barcha xususiyatlarini - hujjat zaruriy qismlarining
joylanishi, mavjud shakliy belgilar (gerb, yumaloq muhr, to'rtburchak muhr, nishon
kabi), matndagi bosma, yozma harf shakllari va shu kabilarni aniq va to'liq aks ettiradi,
masalan, fotonusxani yoki kompyuterda chiqarilgan nusxani shu tur hujjatlar qatoriga
kiritish mumkin. Erkin nusxada esa hujjatdagi axborot to'la ifodalansa-da, bu nusxa
tashqi xususiyatlar jihatidan bevosita asliga muvofiq kelmaydi, ya'ni erkin nusxada asl
nusxadagi muhr o'rniga «muhr» deb, imzo o'rniga «imzo» deb, gerb o'rniga «gerb» deb
yozib qo'yiladi va h.k. Ba'zan muayyan hujjatga emas, balki uning bir qismiga ehtiyoj
tug‘iladi. Bunday hollarda hujjatdan nusxa emas, balki ko'chirma olinadi (masalan,
bayonnomadan ko'chirma, buyruqdan ko'chirma va h.k.). Nusxa va ko'chirmalar,
albatta, notarius, kadrlar bo'limi va shu kabilar tomonidan tegishli tartibda
tasdiqlangan taqdirdagina, huquqiy kuchga ega bo'ladi. Asl nusxa yo'qolgan hollarda
hujjatning ikkinchi nusxasi (dublikati) beriladi, ikkinchi nusxa asl nusxa bilan bir xil
HUQUQIY kuchga egadir.
Ma'muriy-boshqaruv faoliyatida xizmat mavqega ko'ra hujjatlar hozirgi kunda,
asosan, quyidagicha tasniflanishi mumkin: tashkiliy hujjatlar; farmoyish hujjatlari;
ma'lumot-axborot hujjatlari; xizmat yozishmalari.
Hujjat namunalari bilan ishlash
Ish yuritish huijatlari qo‘llanish doirasi, maqsad va vazifalariga ko‘ra to‘rt
guruhga bo‘linadi:
l. Tashkiliy hujjatlar (guvohnoma, yo‘riqnoma, nizom, shartnoma va boshqalar)
2. Farmoyish hujjatlari (buyruq, ko‘rsatma , farmoyish).
3. Ma’lumot-axborot hujjatlari (ariza, bayonnoma, dalolatnoma, ishonchnoma,
tavsifnoma, tarjimayi hol, tilxat, tushuntirish xati, e’lon va boshqalar).
4. Xizmat yozishmalari (taklifnoma, telegramma, xatlar).
24
Mazmun bayonining shakliga ko‘ra hujjatlar xususiy, namunaviy va qolipli
hujjatlarga bo‘linadi. Bojxona organlarida xususiy hujjatlarga fuqarolardan kelib
tushgan ariza va shikoyatlar, ularning asosida olib boriladigan xizmat yozishmalari
misol bo‘ladi. Ular aksariyat hollarda ayni bir vaziyat va holatni izohlab, tushuntirib
berish maqsadida yoziladi. Namunaviy hujjatlar sirasiga ish yuritish sohasiga oid
hujjatlarning aksariyati, ya’ni har bir tashkilot va uning bo‘linmalari uchun zaruriy
bo‘lgan bildirgi, xizmat ma’lumotnomasi, tavsifnoma, majlis bayoni kabi belgilangan
tartibda tuziladigan hujjatlar kiradi.
Qolipli hujjatlarning ko‘plab turlari mavjud, ular soha faoliyatini osonlashtiradi,
vaqt va moddiy resurslarni tejashga imkon beradi, ish jarayonida qulaylikni oshiradi.
Ma’lumot-axborot hujjatlari
Bu turdagi hujjatlar guruhi anchaginani tashkil qiladi. Bu guruhga kiruvchi
hujjatlar, ya‘ni ariza, ma'lumotnoma, tushuntirish xati, dalolatnoma, ishonchnoma,
tavsifnoma, tavsiyanoma, taqdimnoma, guvohnoina, taklifnoma, hisobot, tarjimayi hol,
tilxat, bildirishnoma, bayonnoma kabilar ish jarayonida juda keng qo'llanadi. Ularing
har biriga alohida to‘xtab o‘tamiz.
Tarjimayi hol
Ma’lum bir shaxs tomonidan o‘z shaxsiy hayoti va faoliyati haqida bayon
qilingan yozuv. Tarjimayi hol bir xil andozaga ega emas, mufassal yoki muxtasar
yozilishi mumkin. Garchi u erkin (ixtiyoriy) tuzilsa-da, biroq tarjimayi holda ayrim
qismlarning bo‘lishi shart.
Tarjimayi holning asosiy zaruriy qismlari:
1.
2.
1)
2)
3)
4)
5)
6)
7)
8)
9)
10)
3.
4.
Hujjatning nomi (Tarjimayi hoi).
Matn:
muallifning familiyasi, ismi va otasining ismi;
tug‘ilgan yil, kun, oy va tug'ilgan joyi;
ota-onasi haqida qisqacha ma’lumot (familiyasi, ismi va ota ismi, ish joyi);
ma’lumoti va ma’lumotiga ko'ra mutaxassisligi;
ish faoliyatining turlari;
oxirgi ish joyi va lavozimi;
mukofot va rag'batlantirishlar;
jamoat ishlarida ishtiroki;
oilaviy ahvoli va oila a‘zolari;
turar joyi;
Sana.
lmzo.
25
Tarjimayi hol oddiy qog'ozga, ayrim hollarda,ya‘ni ishga, o‘qishga kirishda
maxsus bosma ish qog'ozlariga qo‘lda yoziladi. Matnni bayon qilish shakli hikoya
uslubida bo‘lib, birinchi shaxs tilidan yoziladi.
Barcha ma’lumotlar davriylik (xronologiya) asosida beriladi. Tarjimayi hol
shunday tuzilishi kerak-ki, u bilan tanishgan kishi muallifning hayot yo'li, ishchanlik
mahorati, ijtimoiy-siyosiy faoliyati haqida tasavvurga ega bo'lsin.
Ariza
Muayyan muassasaga yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif yoki
shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat. Ariza ijtimoiy hayotda eng ko‘p
qo‘llaniladigan va keng tarqalgan ish qog‘ozdir. Maktab o‘quvchisi va talaba ishchi va
dehqon, muhandis va olim, xizmatchi va yuqori mansabdor shaxs — jamiyatning
barcha a’zosi ariza yozishdan holi emas. Ariza yozuvchilarning yoshi va ijtimoiy
vazifasi turlicha ekan, ariza yo'llanayotgan muassasalar va idoralar ham xilma —
xildir.
Hajm, uslub va turidan qat’i nazar, ariza o‘zining umumiy zaruriy qismlariga
ega.
Shuni eslatib o'tmoq joizki, arizaning zaruriy qismlari barcha arizalarda ham
birday takrorlanavermaydi. Masalan, xodim o‘zi ishlayotgan korxona yoki idora
rahbariyatiga ariza yozganda uning yashash joyi haqida ma’lumot zarur bo‘lmaydi.
Bunday hollarda xodim o‘zi ishlaydigan bo‘lim (qism, bo‘lim va hokazo) va
lavozimini ko'rsatsa kifoya. Shuningdek, ko'pchilik arizalar uchun ilovalarning hujjati
bo‘lmaydi.
Ariza bir necha so‘zdan iborat bo‘lishi, yoki keng jamoatchilikni
o'ylantirayotgan ijtimoiy masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilgan xat tarzida
bo‘lishi ham mumkin. Shu nuqtayi nazardan arizalar sodda va murakkab turlarga
ajratiladi. Murakkab ariza matni katta bo‘lishi bilan birga, unga ilovalar qilinadigan
turlari ham uchraydi. Arizalar aksar hollarda shaxsiy xususiyatga egadir. Shu bilan
birga, xizmat arizalari ham bo‘ladi. Xizmat arizasi - fuqarolar yoki tashkilotlarning o‘z
huquqlarini amalga oshirish yoki manfaatlarini himoya qilish yuzasidan yozma axborotlar hisoblanadi. Da’vo arizalari ana shunday arizalardandir. Iltimos va shikoyat
mazmunidagi arizalar taklif mazmunini aks ettirgan arizalarga hamda da’vo arizalariga
nisbatan ko‘p qo'llaniladi.
Arizalarning navbatdagi keng tarqalgan turi o'quv yurtlariga kirish yoki muayyan jamoat tashkilotlariga a’zo bo'lish haqidadir.
Ish jarayonida ham xodimiar o'zlari ishlab turgan muassasasnning rahbariyatiga
turli mavzularda arizalar yozadilar. Ular ish sharoitini yaxshilash, boshqa ishga o't26
kazish, nafaqa belgilash, qo'shimcha ta’til berish, moddiy yordam ko‘rsatish, yashash
sharoitini yaxshilash haqida iltimos mazmunida yoki ish sharoitini yaxshilash va
mehnat unumdorligini oshirish haqida taklif mazmunida yozilishi mumkin.
Mehnatkashlar va boshqa toifadagi aholi ish joyidan tashqari ko'plab rasmiy va
jamoat tashkilotlariga turli mavzudagi arizalar bilan murojaat etadilar. Bu arizalar
vositasida fuqarolar davlat idoralari yoki jamoat tashkilotlari orqali o‘zlariga ega
bo‘lgan muayyan haq-huquqlarini amalga oshiradilar, shu bilan birga shikoyat
mazmunidagi arizalar fuqarolarning haq-huquqlarini, qonun yo‘li bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini buzish yoki cheklashlarni bartaraf qilish haqida murojaatlar o‘z
aksini topadi. Arizalar mahalliy (viloyat, tuman, shahar, qishloq) kengashlarning boshliqlariga, ijtimoiy ta’minot idoralariga, sud va prokuratura idoralariga, notarial
idoralarga, fuqarolik holati hujjatlarini qayd qilish va arxiv bo‘limlariga, qurilish
boshqarmalariga hamda boshqa idoralarga yozilishi mumkin.
Da’vo arizasining matni (mazmuni) matinda nizoning mohiyati, da’voga ming
nizoni ko'ngilli ravishda hal qilish yo'lidagi chora-tadbirlari va uning natijalari,
da’vogarning javobgarga qo‘ygan talablari, talablarning haqqoniyligiga dalillar aniq va
yaqqol bayon qilinadi.
Ilovalar (da’vogarning talablarini asoslovchi barcha hujjatlar sanaladi).
Da'vo arizalari fuqarolar tomonidan ham yoziladi. Bunday arizalar ko'pincha sud
idoralariga yoziladi va xizmat arizalaridan faqat to'rtburchak muhrning bo'lmasligi bilan farqlanadi. Fuqarolarning da’vo arizalari aliment undirish, mol-mulkni bo‘lish,
bolani qaytarib olish, qo'shimcha ishlaganlik uchun haq undirish, turar joydan
ko‘chirish, qarzni undirish kabi mazmunda bo‘lishi mumkin.
Hisob-kitob arizasi bajarilgan ishlarga haq to‘lash haqidagi yozma yoki og‘zaki
mehnat shartnomalari asosida muayyan ishlarni bajargan ayrim ishchi (xizmatchi) lar
tomonidan muassasa rahbari nomiga yoziladi. Hisob-kitob arizalari ham erkin usulda
yoziladi.
Ma’lumotnoma
Ma’lumotnoma o‘z xususiyati va mazmuniga ko'ra ikkita: xizmat
ma’lumotnomasi va shaxsiy ma’lumotnomaga bo‘linadi. Xizmat ma’lumotnomasimuassasa faoliyatiga doir voqea - hodisalarni rasmiy aks ettiradi va tasdiqlaydi. Xizmat ma’lumotnomasi axborot xususiyatiga ega bo‘lgan xilma-xil ma’lumotlarni o‘z
ichiga oladi, zarur hollarda esa raqamli jadvallar ko'rinishida tayyorlanadi. Bunday
ma’lumotnomalar muassasa faoliyatiga aloqador voqea-hodisalar haqida yuqori idora
yoki mansabdor shaxsni xabardor qiladi. Taqdim etilayotgan ma’lumotlar muassasa,
jamoa xo'jaligi, ishlab chiqarish faoliyatining muhim masalalari bo'yicha, uning moliyaviy faoliyati, xodim (shtat) lar soni, rejalashtirilgan topshiriqlaming bajarilishi,
moddiy tovar boyliklarining saqlanish holati: mehnat intizomining ahvoli haqida
27
boshqa so‘ralayotgan masalalar to‘g‘risida bo‘lishi mumkin. Masalan, Toshkent qishloq xo‘jaligi mashinasozligi zavodida 2007-yildagi mehnat intizomi haqida
ma’lumotnoma.
Xizmat ma’lumotnomasi ham o‘z navbatida ikkiga: ichki xizmat va tashqi xizmat ma’lumotlariga bo‘linadi. Ichki xizmat ma’lumotnomasi: muassasaning ichki ishlari, xo‘jalik faoliyati, biror tarkibiy bo‘linma yoki ayrim xodim haqida tayyorlanib,
shu muassasa rahbariga yo‘llanadi. Bunday ma’lumotnomalar bevosita tuzuvchi
(bo'linma boshlig‘i, ish yurituvchi (bo‘linma boshlig‘i, kadrlar bo‘limi boshlig‘i, ish
yurituvchi oddiy xodim va boshqalar) tomonidan imzolanadi va oddiy qog'oz
varag‘iga qo‘lda yozilinshi ham mumkin.
Tashqi xizmat ma’lumotnomasi - muayyan muassasa nomidan yuqori idora yoki
mansabdor shaxslarga, ularning ko'rsatmasiga muvofiq tayyorlanib jo‘natiladi. Bunday
ma’lumotnomalar oddiy ish qog‘oziga yoki maxsus bosma ish qog'oziga yoziladi va
muassasa rahbari tomonidan imzolanadi.
Har qanday xizmat ma’lumotnomasi boshqa biron-bir hujjatni guvohlantirish
yoki muayyan qaror qabul qilish uchun asos bo‘ladi.
Xizmat ma’lumotnomasiga matn mazmunini ochib beruvchi sarlavha qo'yiladi.
Masalan, "Korxonaning ma’muriy boshqaruv xodimlari soni haqida".
Ma’lumotnomada qayd etilayotgan xabarlarga taalluqli sana alohida ajratib, asosiy
matn oldidan yoziladi.
Shaxsiy ma’lumotnoma — muassasalar tomonidan fuqarolaring turmush va ish
faoliyatiga aksar voqea-hodisalar va holatlarni tasdiqlab beradigan hamda talab qilingan joylarga ko‘rsatiladigan rasmiy hujjatdir. Masalan, muassasa ishchi yoki xodimga
uning qayerda, kim bo‘lib va qancha maosh olib ishlashi haqida o‘quvchi va talabaga
esa qayerda o'qishi haqida fuqarolik holati hujjatlarini qayd qilish va shaxsning
tug'ilganligi va h.k. vafot etganligi to'g‘risida ma’lumotnomalar beradi.
Ma’lumot-axborot hujjatlari bilan ishlash yo’l-yo’riqlari:
Ma’lumotnoma: ma’lumotnoma rahbarlar ko‘rsatmasi yoki fuqaro talabiga ko‘ra
beriladi.
Shaxsiy ma’lumotnomaning zaruriy qismlari: tashkilot nomi, berilgan sana, tartib raqami, ma’lumotnoma berilayotgan kishining familiyasi, ismi, otasining ismi, uning mazmunini tashkil etuvchi qisqa matn, qayerga taqdim etilayotganligi, tashkilot
rahbarining imzosi, familiyasi va tashkilot muhri bo‘lishi kerak.
Bildirishnoma: bildirishnomaning zaruriy qismlari: tashkilot rahbari familiyasi,
hujjat yozayotgan kishining lavozimi, familiyasi va hujjat matni, ilova hujjat hajmi va
nusxasi ro‘yxati, tuzuvchilarning imzo va familiyasi hamda sana keltiriladi. Bildirish28
noma tashabbus, axborot, hisobot hususiyatiga ega, korxona doirasida va yuqori tashkilot, mansabdor shaxslar nomiga yoziladi.
Shaxsiy ma’lumotnoma o'zining zaruriy qismlari jihatidan rasmiy xizmat
ma'lumotnomasiga yaqin turadi, chunki shaxsiy ma’lumotnomlar ham aksar hollarda
oddiy ish qog'oziga yoki oldindan tayyorlangan bosma ish qog'oziga yoziladi. Ushbu
ish qog‘ozlarida bir qancha zaruriy qismlar va takrorlanuvchi iboralar o'z aksini topgan
bo'ladi Shaxsiy ma’lumotnomalarda u yo'llagan idora yoki shaxs nomi bo'lmaydi: Ish
joyiga (yashash joyiga) ko'rsatish uchun beriladi. Bosma ish qog'ozlari bo'lmagan hollarda ma’lumotnomalar oddiy qog‘ozga qo‘lda yoki kompyuterda yoziladi va uning
chap burchagiga korxona yoki jamoat, tashkilotining to'rtburchak muhri qo'yiladi, uning qarshisiga, o‘ng tomoniga so‘zi yoziladi. Ish haqini tasdiqlash haqidagi va pul bilan bog'liq boshqa shaxsiy ma’lumotnomalarga tegishli muassasaning bosh (katta)
hisobchisi ham imzo qo‘yishi kerak. Ma’lumotnomalarning bu turi ham jo'natma hujjatlar daftarida qayd etilib, xodim qo‘liga beriladi.
Ba’zan ma’lumotnomalar bosma ish qog‘ozida emas, balki oddiy qog'ozga
yozilib birgina muhr va imzo bilan tasdiqlanadi.
Tilxat
Tilxat - ma’lum bir shaxsdan yoki muassasadan pul, hujjat qimmatbaho
buyumlar yoxud boshqa biror narsa olinganligini tasdiqlovchi rasmiy yozma hujjat.
Tilxat birgina nusxada tayyorlanadi hamda pulli va qimmatbaho hujjat sifatida saqlanadi.
Tilxatning asosiy zaruriy qismlari:
1.
Hujjatning nomi (Tilxat),
2.
Matn:
1) tilxat beruvchi shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi va ota ismi;
2) pul, hujjat, buyum yoki boshqa biror narsani beruvchi shaxsning
lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismi (zarur bo‘lganda
muassasa nomi);
3) pul, hujjat, buyum yoki boshqa bir narsaning nomi va ularning miqdori (zaruriyat bo‘lganda bahosi);
4) olinayotgan buyumning texnik holati (agar u mashina apparatlar va h.k.
bo‘lsa).
3.
Tilxat berilgan sana.
4.
Tilxat muallifming imzosi.
Olinadigan pul miqdori yoki buyumning bahosi va uning soni tilxatda raqamlar
bilan ko'rsatiladi, qavs ichida esa so'zlar bilan ham berilishi mumkin. Matn va imzo
oralig‘idagi bo‘sh joylar chiziladi.
Tilxatdagi yozuvlarni o'chirish yoki tuzatish mumkin emas, aks holda bunday
hujjatning haqiqiyligi shubha ostiga olinishi mumkin.
29
Ba’zan tilxatda guvohlar ham ko‘rsatiladi. Bunday hollarda guvohlar o‘z imzolari bilan hujjatni tasdiqlashlari kerak.
Tushuntirish xati
Xizmat sohasidagi xizmatga aloqador masalani uning ayrim jihatlarini yozma
holda va muassasa (bo‘lim) rahbariga (ichki) yoki yuqori tashkilotga (tashqi)
yo‘llovchi hujjatdir.
Tushuntirish xati huddi ma’lumotnoma va bildirishnoma singari ichki tashqi
xususiyatga ega. Keyingi holatda, ya'ni tushuntirish xati yuqori tashkilotga yuborilayotganda u ko'pincha biror asosiy hujjat (rejalar, hisobotlar, loyihalar)ga ilova tarzida
bo‘lib mazkur hujjatni umuman yoki ba’zi o'rinlarini qisman izohlab tushuntirib beradi. Bu xildagi tushuntirish xati, shuningdek, muassasada bo‘lib o‘tgan voqeahodisaga rahbarning ba’zi xatti-harakatiga rejalashtirilgan ishlarning bajarilmay qolishiga ham izoh beradi yoki dalillaydi. Demak, bu holda tushuntirish xati mustaqil hujjat hisoblanmaydi. Shunga qaramay, u muassasa oddiy ish qog‘ozida rasmiylashtiriladi va rahbar tomonidan imzolanadi.
Ichki - shaxsiy tushuntirish xatlari, asosan, xodim (ishchi, xizmatchi, talaba)
tomonidan muassasa rahbari nomiga yoziladi. Unda ish (o‘qish) jarayonida xodim
(masalan, ish yoki o‘qishga kech qolish, kelmay qolish, reja yoki ayrim topshiriqni bajarmaganlik, belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilmaganlik va boshqalar) va ularni
keltirib chiqargan sabablar izohlanadi, dalillanadi. Demak, bu holda tushuntirish xati
mustaqil hujjat hisoblanmaydi. Shunga qaramay u muassasa oddiy ish qog‘ozida
rasmiylashtiriladi va rahbar tomonidan imzolanadi.
Ichki — shaxsiy tushuntirish xatlari, asosan, xodim (ishchi, xizmatchi, talaba)
tomonidan muassasa rahbari nomiga yoziladi. Unda ish (o‘qish) jarayonida xodim
(talaba) tomonidan sodir etilgan ba’zi xatti-harakatlar (masalan ish yoki o‘qishga kech
qolish, kelmay qolish reja yoki ayrim topshiriqni bajarmaganlik, belgilangan tartibqoidalarga rioya qilmaganlik va boshqalar) va ularni keltirib chiqargan sabablar
izohlanadi, dalillanadi. Bevosita xodim (muallif) tomonidan imzolanadigan bunday
tushuntirish xati oddiy varaqqa yoziladi. Shaxsiy tushuntirish xatlari odatda mansabdor
(rahbar) shaxsnng talabi bilan yoziladi, chunki u keyinchalik xodim haqida muayyan
qarorga kelish, unga nisbatan tegishli intizomiy jazo chorasi qo‘llash yoki dalillar asosli (uzrli) bo'lsa qo‘llamaslik uchun asos vazifasini o'tash mumkin.
Tashqi xizmat yuzasidan korxona yoki muassasa nomidan yoziladigan
tushuntirish xatlari oddiy ish qog'ozida rasmiylashtiriladi, tabiiyki muassasaning to‘liq
nomi ushbu qog'ozda aks ctadi.
Zaruriy qismlari yoki yozilish shakli jihatidan tushuntirish xati arizadan deyarli
farq qilmaydi, tarkibiy qismlarning joylashishi ham bir xil. Faqat shaxsiy tushuntirish
30
xatining muallifi arizadagiday chiqish kelishigida emas, balki qaratqich kelishigida
rasmiylashtirish ma’qul.
Quyida shaxsiy xususiyatdagi tushuntirish xatlariga bir necha namunalar beriladi. Muassasa nomidan yoziladigan tushuntirish xatlari boshqa asosiy hujjatlarga
bog‘liqligi sababli ularga namunalar berilmaydi.
Ishonchnoma
Ishonchnoma muayyan muassasa yoki ayrim shaxs o‘z nomidan ish ko‘rish
uchun ikkinchi bir shaxsga ishonch bildiradigan yozma vakolat hujjat. Ular o‘z
mazmuniga ko‘ra, mol-mulkini boshqarish, pul va moddiy buyum boyliklarini olish,
sud idoralarida ish olib borish va boshqa ishlarni amalga oshirishni ifodalaydi.
Muallifni ish-harakatni bajarishga vakolat berish kim tomondan (muassasa
tomonidanmi yoki ayrim shaxs tomonidanmi) rasmiylashtirilishiga qarab,
ishonchnomalar rasmiy (xizmat) va shaxsiy turlarga bo‘linadi.
Rasmiy (xizmat sohasidagi) ishonchnomalar davlat muassasalari, kasaba
uyushmasi, tashkilotlar tomonidan muayyan lavozimli shaxsga uning mazkur tashkilotlar tomonidan ish yuritishga vakil qilinganini bildirish uchun beriladi. Ular muassasa rahbari tomonidan imzolanishi va muhr bilan tasdiqlanishi kerak.
Ayrim hollarda (masalan, kooperativ yoki ijtimoiy mulkni boshqarishda)
ishonchnoma qonun talabiga ko'ra notarial tasdig‘idan o'tishi zarur bo‘ladi.
Mazmun hamda vakolatning hajmiga ko‘ra ishonchnomalar birgalikda maxsus
va umumiy turlarga bo‘linadi. Bir gallik ishonchnoma muayyan bir ishni amalga
oshirish, vazisfani bajarish uchun (masalan, faqat bir martagina pul yoki qimmatbaho
buyumni olish uchun) beriladi. Muayyan davr davomida bir qancha bir turdagi vazifalarni bajarish vakolatini beruvchi ishonchnomalar maxsus ishonchnoma hisoblanadi
(masalan, yil davomida sud-hakamlik idoralarida korxona nomidan vakillik qilish
uchun berilgan ishonchnoma). Umumiy ishonchnoma mulkni boshqarish bilan
aloqador turli-tuman ishlarni amalga oshirish huquqini beradigan ishonchnomadir.
Rasmiy ishonchnomalarda ularning amal qilish (o‘z kuchini saqlash) muddati,
albatta, ko‘rsatilgan bo‘ladi. Ular bir necha kundan bir necha yilgacha bo‘lgan (lekin
uch yildan ortiq bo‘lmagan) muddat uchun berilishi mumkin. Agar ishonchnomada uning amal qilish muddati aniq ko'rsatilmagan bo‘lsa, bunday hollarda u berilgan kundan
boshlab bir yil davomida o‘z kuchini saqlaydi.
Rasmiy ishonchnomalar, odatda namunaviy shakldagi bosma ish qog‘ozida
rasmiylashtiriladi. Bunday bosma ish qog‘ozlarda ishonchnomaning barcha zaruriy
qismlarini to‘g‘ri va aniq rasmiylashtirish (to‘ldirish) uchun maxsus o‘rin va ko'rsatmalar mavjud. Bosma ish qog‘ozlari bo‘lmagan chog'da ishonchnomalar oddiy
31
qog‘ozga yoziladi va uning yuqori chap tomoniga ishonchnoma beruvchi muassasaning to'rtburchak muhri qo'yiladi.
Moddiy-buyum boyliklarini olish uchun ishonchnomalarni rasmiylashtirish va
berish borasida alohida qoidalar belgilangan. Bunday ishonchnomalar belgilangan
shakldagi bosma ish qog‘ozlarida rasmiylashtirilib faqat shu korxona xodimlariga berilishi mumkin.
Tashkiliy hujjatlar
Bunday hujjatlarda korxona va tashqilotlarning huquqiy tomonlari, xodimlari,
boshqaruv jarayonining borishida jamoa ishtirokining qayd qilinishi, boshqa
tashkilotlari bilan aloqalarning huquqiy tomonlari kabi masalalarni aks ettiradi. Bu
hujjatlar guruhiga nizomlar, yo'riqnoma, majlis bayonlari, shartnomalar kiradi.
Guvohnoma
Guvohnoma muayyan shaxsning xizmat va boshqa holat va vakolatlarini
tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. U bajaradigan vazifasiga qarab bir necha turga
bo‘linadi.
1.
Muayyan shaxsning xizmat va boshqa holatlarini ko‘rsatadi. Masalan, har bir
kishi ishga yoki o'qishga qabul qilinganida unga guvohnoma beriladi. Bu guvohnoma
o‘z egasining aynan shu yerda ishlashi yoki o'qishini tasdiqlovchi hujjat bo‘lishi bilan
birga, unga shu muassasaning turli bo‘linmalarida erkin kirib-chiqish huquqini beradi.
2.
Muayyan shaxsning biron ishga (masalan, taftish o'tkazishga) oid vakolatini
ko'rsatadi. Bunday guvohnomalar, odatda rahbar tomonidan beriladi. Guvohnomalarning bu turi yonda olib yurishga moslashtirilib, qattiq muqovali daftarcha shaklida
tayyorlanadi. Ularning zaruriy qismlari quyidagicha:
1)
hujjat nomi («Guvohnoma») - bu so'z muqova ustiga yoziladi;
2)
guvohnoma beruvchi tashkilot nomi;
3)
guvohnoma egasining ismi-sharifi (to‘liq yoziladi);
4) lavozimi;
5)
guvohnomaning amal qilish muddati (odatda har bir yil muddat ko'rsatiladi,
so‘ng uning cho‘zilgani haqida belgi(muhr) qo‘yiladi;
6)
tashkilot rahbarining imzosi;
7)
shaxsiy imzo;
8)
guvohnoma egasining surati;
9)
tashkilot muhri (uning bir qismi surat ustiga bosilishi kerak);
3.
Xizmat safari guvohnomasi xodimga safar vaqtida yuklatilgan xizmat vazifasini
bajarishga vakolat beruvchi hujjat. Guvohnoma maxsus blankada rasmiylashtriladi va
xodim qo‘liga topshiriladi. Uning zaruriy qismlari yuqorida keltiriIgan tarkibiy qismda
bir oz farq qiladi.
Xizmat safari guvohnomasi moliyaviy hujjat bo‘lgani uchun u to'g'ri
rasmiylashtirilishi kerak. Unda barcha imzo va muhrlarning bo'lishi alohida
ahamiyatga ega. Bundan tashqari turli malaka oshirish muassasalarida ta'lim olgan
shaxslarga tegishli guvohnoma hisoblanadi. Bunday guvohnomalarda amal qilish
32
muddati ko'rsatilmaydi. Guvohnomada berilgan sana va mansabdor shaxslar imzosigina bo'ladi.
Yo‘riqnoma
Qonun yoki boshqa me’yoriy hujjatlami tanishtirish maqsadida chiqariladigan
huquqiy hujjat.Yo‘riqnomaning asosiy zaruriy qismlari:
1.
Eng yuqorida tasdiqlash ustxati.
2.
Hujjatning sarlavhasi, (yo‘riqnomaning nomi).
3.
Matnning kirish qismi, bo'limlari, kichik bo'limlari va h.k.
4.
Yo‘riqnoma tuzuvchining lavozimi, ismi, ota ismi va familiyasi, uning imzosi.
5.
Yo'riqnoma tuzilgan vaqt sanasi va tartib raqami, shartli raqami indeksi.
Nizom
Muassasa yokl uning tarkibiy bo'linmalarining tuzilishi, huquqlari, vazifalari,
burchlari, ishni tashkil qilishlari tartibotini belgilaydigan huquqiy hujjat. Nizom ayrim
mansabdor shaxslarga va turli tadbirlar ko'rik, musobaqa, tanlov va boshqalarga nisbatan ham tuzilishi mumkin.
Ko'pincha nizom muassasalar ta’sis etilishi yoki tashkil topishi paytida tuziladi
va yuqori tashkilotlar farmoyishi bilan tasdiqlanadi. Muassasalarning tarkibiy qismlari
ularning rahbarlari tomonidan tuziladi va muassasa rahbari farmoyishi bilan yoki
tasdiqlash ustxatini qo‘yish bilan kuchga kiradi.
Muvaqqat komissiyalar, guruhlar va shu kabilarning huquqiy maqomlari ham
nizom bilan belgilanadi.
Nizomning asosiy zaruriy qismlari:
1.
Hujjat turining nomi.
2.
Vazifalari nizom bilan belgilanayotgan muassasa tarkibiy qismining nomi.
3.
Matnning mazmuni: muassasa tuzilishidan maqsad va asoslar; asosiy vazifalari;
muassasa tuzilishi, huquqi, ishni tashkil qilish tartiboti.
4.
Muassasa rahbari imzosi.
5.
Sana va joyi.
6.
Tasdiqlash ustxati yuqori qismida o‘ng burchakda joylashadi.
Ustav
Muayyan munosabat doirasidagi faoliyat yoki biror davlat organi, muassasaning
tuzilishini yo‘naltirib turadigan asosiy nizom va qoidalar majmuyi. Ustav biror organ
yoki muassasa vazifalari va huquqiy holatini tavsiflaydigan me’yoriy ahamiyatga ega.
Binobarin, ustav nizomga nisbatan keng tushunchadir. U ko‘proq ma’lum bir tarmoq,
sohalar, yirik muassasalar bo‘yicha tuziladi.
Qoida
Bu hujjat ichki mehnat tartiboti, ya’ni unda ishni tashkil etish, xodimlar bilan
ma’muriyat o'rtasidagi majburiyatlar, ta'tillar berish tartibi, ichki tartib (ish vaqti va
33
undan foydalanish, yutuqlar uchun rag‘batlantirish va mehnat intizomi buzilgani uchun
jazo berish kabi masalalami aks ettiradi).
Qoidalar mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishida muhokama etiladi va
tasdiqlangandan keyin kuchga kiradi. Shunday qilib, har bir tashkilotdagi qoidalar soni
va mazmuni uning ish tartibi va vazifalaridan kelib chiqadi. Masalan, talabalarning
oliy o‘quv yurti binosida o‘zini tutish qoidalari, yotoqxonadan foydalanish qoidalari
bunday muassasalarda joriy etilgan qoidalar sirasiga kiradi.
Shartnoma
Shartnoma ikki yoki undan ortiq tomonning biron bir munosabatlar o'rnatish
haqidagi kelishuvini qayd etuvchi va munosabatlami tartibga soluvchi hujjatdir.
Shartnoma to‘g‘risida maxsus qoidalar mavjud bo‘lib, ular O'zbekiston Respublikasi
Fuqarolik Kodeksining 353-385 moddalarida bayon etilgan.
Shartnomalar tashkilotlar o‘rtasida, tashkilot bilan fuqaro, shuningdek, fuqaro
bilan fuqaro o‘rtasida tuzilishi mumkin. Har qanday shartnoma uning maqsadi va
mazmunidan qat'i nazar qonunga muvofiq bo‘lishi kerak.
Shartnomalar hajm jihatiga ko‘ra ancha katta hujjat bo‘lib, asosan, quyidagi
qismlardan iborat:
1.Shartnomaning nomi (mahsulot etkazib berish, uy-joy sotib olish va h.klar).
2.
Shartnoma tuzilgan sana.
3.
Shartnoma tuzilgan joy (shahar nomi).
4.
Shartnoma tuzayotgan tomonlaming aniq va to‘liq nomi , tomonlar
vakillarining to'liq ismlari va vakolatlari ko‘rsatiladi.
5.
Shartnoma matni.
6.
Tomonlarning huquqiy manzillari.
7.
Tomonlarning imzolari va muhrlari.
Shartnoma matni ko'pincha rim raqamlari bilan belgilanadi. Boblar esa bandlarga bo‘linadi hamda ular arab raqamlari bilan ko'rsatiladi. Matnda tomonlar bajarish lozim bo‘lgan shartlar va boshqa majburiyatlar aniq bayon qilinadi. Ba'zi shartnomalarda
keltiriladigan zararlami to‘lash shartlari ham belgilanadi. Tomonlar shartnomaning
barcha moddalari bo'yicha kelishib olganlaridan keyingina shartnoma tuzilgan
hisoblanadi.
Bitim
Muassasa va alohida xodim o'rtasida mehnat shartnomasi - bitim tuziladi.
Uning mazmuni va shartlari O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksida belgilab
berilgan. Muassasalar bilan ularning hisobida turmaydigan shaxslar o‘rtasida ham
ma’lum mehnat munosabatlari o‘rnatilishi mumkin. Ba'zi hollarda ma'lum cheklangan
muddatda bajariladigan xizmatni muayyan muassasaning o‘zidan bajaradigan xizmatchi bo'lmay qoladi. Shunday hollarda chetda taklif qilingan mutaxassis bilan
mehnat bitimi tuziladi.
Bitimning zaruriy qismlari:
1.
Hujjat nomi.
34
2.
Tuzilgan sana va joy.
3.
Mehnat bitimi, tuzayotgan tomonlarning to‘la va aniq nomi, ishlovchining lavozimi, to‘liq ism-sharifi.
4.
Bitim mazmuni.
5.
Ishni bajarish muddati va bajaruvchiga to'lanadigan ish haqining umumiy miqdori.
6.
Ish sifatiga qo‘yiladigan talablar va uni qabul qilib olish tartibi.
7.
Bajaruvchiga haq to‘lash muddati va tartibi.
8.
Tomonlarning manzillari.
9.
Tomonlarning imzolari.
10. Muassasa muhri.
Shunday shartnomalar borki, ular notarial idoralar tomonidan tasdiqlanishi shart.
Bunday shartnomalar mazmun jihatidan turlicha bo‘ladi. Bunday shartonomalar
fuqarolar o'rtasidagi mulkiy munosabatlami tartibga soladi.
̒
Farmoyish hujjatlari
Bunday hujjatlar sirasiga buyruq, ko'rsatma, farmoyish kabilar kiradi.
Buyruq
Davlat boshqaruv organi rahbarlarining yakka hokimligiga asoslangan huquqiy
hujjat, muayyan muassasa oldida turgan asosiy va kundalik vazifalarni hal qilish
maqsadida qo‘llanadi.
Asosiy faoliyatga oid buyruqlar ishni tashkil qilish, muassasa yoki uning
bo‘limlari faoliyatini tartibga solishda qo‘llanadi. Ularda, odatda, yuqori
tashkilotlardan kelgan ko‘rsatmaviy hujjatlar xodimlarga yetkaziladi, bularning
yuzasidan aniq tadbir-choralar belgilanadi, ma’sul shaxslar va bajarish muddati
tayinlanadi.
Ichki mehnat tartibi qoidalari, mukofotlash nizomi va shu kabilarni liqlash bilan
bog'lik me’yoriy buyruqlar ham asosiy faoliyatga oid ruqlarga kiradi. Bunday
buyruqlar umumiy tarzda bo'lib, muayyan bir shaxsga emas, balki butun jamoaga
qaratiladi.
Asosiy faoliyatga oid buyruqlarda, odatda, mazmunidan kelib chiqib sarlavha
qo‘yiladi ( ba’zi qisqa buyruqlarda qo‘yilmasligi ham mumkin).
Buyruqning asosiy matni asoslovchi (kirish) va farmoyish qismlaridan tarkib
topadi. Asoslovchi (kirish) qismida buyruqdan maqsad shart-sharoitlar, sabablar
ko‘rsatiladi, asos qilib olinayotgan buyruqqa havola qilinadi (nomi, ismi, sanasi
35
yoziladi). Ayrim hollarda buyruqqa asos bo'lgan hujjat uning farmoyish qismi tegishli
bandida ham ko'rsatiladi. Ba’zi buyruqlarni asoslashga hojat bo‘lmasligi mumkin,
bunday hollarda ular to‘gridan-to‘gri farmoyish qismi bilan ham berilaveradi.
Buyruqning farmoyish qismi yangi satrdan, bosh harflar bilan yoziladigan
BUYURAMAN» so'zi bilan boshlanadi. Shu so'zdan so‘ng ikki nuqta qo‘yilib, yangi
satrdan farmoyishlar beriladi.
Farmoyishlarda odatda, kim qanday vazifani, qaysi muddatda bajarilishi
ko‘rsatiladi. Harakat majhul fe’l shaklida ifodalanadi (“Amalga oshirilsin”,
“Ta’minlansin”, “Yuklatilsin”, “Hisoblansin” va h.k). Bajaruvchilar-muassasa uning
tarkibiy qismlari (bo‘limlari), mansabdor shaxslar (lavozimlari ko‘rsatilgan holda)
ko‘pincha jo‘nalish kelishigida qayd qilinadi. Buyruq farmoyish qismining oxirida,
odatda, umuman mazkur buyruqni nazorat qilish kimga yuklatilganligi ham qayd qilib
qo‘yiladi: «Buyruq ijrosini nazorat qilish_______ga yuklatiladi» (lavozimi va
familiyasi to‘liq yoziladi).
Ba’zi buyruqlarda shu buyruq munosabati bilan ilgarigi joriy buyruq yoki
boshqa xil hujjat bekor qilinganligi ham ko‘rsatib o‘tiladi.
Kadrlarning shaxsiy tarkibiga oid buyruq yoki indivudual buyruqlar biror
xodim ishga qabul qilinganda yoki bo‘shatilganda, boshqa bo‘limga o‘tkazilganda,
shuningdek, muayyan xodim mukofotlanganda, mehnat ta’tiliga chiqqanda va shu kabi
hollarda beriladi. Bunday buyruqlar, odatda, bo‘limlar rahbari tavsiyanomasi, shaxsiy
arizalar va shu kabilar asosida tayyorlanadi.
Ko‘p korxonalarda kadrlarning shaxsiy tarkibiga oid buyruqlar maxsus bosma
ish qog‘ozlarida yoziladi.
Kadrlarning shaxsiy tarkibiga oid buyruqlar maxsus bosma ish qog‘ozlari
bo‘lmagan taqdirda oddiy buyruq qog‘oziga ham yoziladi. U holda buyruq boshiga
«Kadrlar shaxsiy tarkibiga oid» deb yozib qo‘yish kerak. Buyruq sarlavhalari: «lshga
qabul qilish haqida buyruq», «Boshqa ishga o‘tkazish haqida buyruq», «Ishdan
bo‘shatish haqida buyruq», «Mehnat ta’tili berish haqida buyruq», «Rag‘batlantirish
haqida buyruq» va h.k.
Bunday buyruqlarda kirish qismi bo'lmasligi mumkin. Farmoyish qismida
odatda, bandlar, paragraflar bo‘ladi. Buyruq qismidagi «QABUL QILINSIN»,
«TAYINLANSIN», «O‘TKAZILSIN», « TASHAKKUR BILDIRILS1N»,
«BO‘SHATILSIN» kabi fe’llar bosh harflar bilan yoziladi. Familiya ham bosh harflar
bilan, ismi va ota ismi esa matndagi oddiy harflar bilan yoziladi (Masalan, Karimov
Sobit Holmatovich).
36
Davlat boshqaruv organi rahbarlarining yakka hokimligiga asoslangan huquqiy
hujjat, muayyan muassasa oldida turgan asosiy va kundalik vazifalarni hal qilish
maqsadida qo‘llaniladi.
Mohiyat-e’tibori bilan buyruqlar ikkiga bo‘linadi: asosiy faoliyatga oid va
kadrlarga oid. Ular ketma-ket tartibda alohida raqamlanadi va ayrimlari saqlanadi.
Asosiy faoliyatga oid buyruqlar doimiy, kadrlarning shaxsiy tartibiga oid
buyruqlar esa 40 yilgacha muddatda saqlanadi.
Asosiy faoliyatga oid buyruqlar ishni tashkil qilish, muassasa yoki uning
bo‘limlari faoliyatini tartibga solishda qo‘llaniladi. Ular odatda, yuqori tashkilotlardan
kelgan ko‘rsatmaviy hujjatlar xodimlarga yetkaziladi, bularning ijrochi yuzasidan
tadbir-choralar belgilanadi, mas’ul shaxslar va bajarish muddati tayinlanadi.
Ichki mehnat tartibi qoidalari mukofotlash nizomi va shu kabilarni tasdiqlash
bilan bog‘liq normativ buyruqlar ham asosiy faoliyatga oid buyruqlarga kiradi. Bunday
buyruqlar umumiy tarzda bo‘lib, muayyan bir shaxsga emas, balki butun jamoaga
qaratiladi.
Buyruqning zaruriy qismlari:
1. Gerb, muassasa alomati, mukofoti (bosma ish qog‘ozi qismlari).
2. Vazirlik, boshqarma nomi.
3. Muassasaga xos raqami (KTUT bo‘yicha).
4. Hujjat shaklining xos raqami (BXUT bo‘yicha).
5. Muassasa nomi.
6. Hujjatning nomi (Buyruq).
7. Sanasi.
8. Raqami (№).
9. Buyruq chiqqan joy nomi.
10. Sarlavhasi (mazmunidan kelib chiqib nomlanadi).
11. Buyruq matni (ilovalari bo‘lsa qayd qilinadi).
12. Rahbar yoki o‘rinbosar imzosi.
Buyruqda adliya maslahatchisi imzosi ham bo‘lishi lozim. Adliya maslahatchisi
buyruqni ko‘rishda quyidagilarga e’tibor beradi: masalani buyruq bilan
rasmiylashtirish maqsadga qanchalik to‘g‘ri keladi: buyruq loyihasi amaldagi
qonunlarga hukumat qarorlariga qanchalik muvofiq keladi; mazkur idoraning ilgari
berilgan buyruqlari bilan ziddiyat yo‘qmi yoki ularning qisman takrori bo‘lib
qolayaptimi?
Asosiy faoliyatga oid buyruqlarda, odatda mazmunidan kelib chiqib sarlavha
qo‘yiladi (ba’zi qisqa buyruqlarda qo‘yilmasligi ham mumkin). Buyruqning asosiy
matni asoslovchi (kirish) va farmoyish qismlardan tarkib topadi. Asoslovchi (kirish)
qismida buyruqdan maqsad, shart-sharoitlar, sabablar ko‘rsatiladi, asos qilib
37
olinayotgan buyruqqa havola qilinadi (nomi, sanasi, raqami yoziladi). Ayrim hollarda
buyruqqa asos bo‘lgan hujjat uning farmoyish qismi tegishli bandida ham ko‘rsatiladi.
Ba’zi buyruqlarni asoslashga hojat bo‘lmasligi mumkin, bunday hollarda ular
to‘g‘ridan to‘g‘ri farmoyish qismi bilan ham berilaveradi. Buyruqning farmoyish qismi
yangi satrdan bosh harflar bilan yoziladigan “BUYURAMAN” so‘zi bilan boshlanadi.
Zaruriyatga qarab farmoyishlar bandlarga bo‘linib, arabcha tartib raqamlar bilan
belgilanadi. Raqamdan so‘ng nuqta qo‘yilib, so‘z bosh harfdan boshlanadi.
Farmoyishlarda odatda kim qanday vazifani, qaysi muddatda bajarish ko‘rsatiladi.
Harakat majhul fe’l shaklida ifodalanadi (“Amalga oshirilsin”, “ta’minlansin”,
“yuklatilsin”, ”hisoblansin”,…). Bajaruvchilar-muassasa yoki tarkibiy qismlari
(bo’limlari), mansabdor shaxslar (lavozimlari ko‘rsatilgan holda) ko‘pincha jo‘natish
kelishigida qayd qilinadi.
Buyruqda ishning bajarilish muddati mazmunidan kelib chiqib umumiy tarzda
yoki har bir farmoyishda aniq ko‘rsatilishi mumkin. Buyruq imzo chekilgandan so‘ng
kuchga kiradi. Lekin ayrim bandlarning farmoyishda unga tegishli kuchga kirish
muddati aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Buyruq farmoyish qismining oxirida, odatda, umuman mazkur buyruqning
nazorat qilish kimga yuklatilganligi ham qayd qilib qo‘yiladi: «Buyruq ijrosini nazorat
qilish …ga yuklatiladi.» (lavozimi va familiyasi to‘liq yoziladi). Kadrlarning shaxsiy
tarkibiga oid buyruq yoki individual buyruqlar biror xodim ishga qabul qilinganda
yoki bo‘shatilganda, boshqa bo‘limga o‘tkazilganda, shuningdek, muayyan xodim
mukofotlanganda, mehnat ta’tiliga chiqqanda va shu kabi hollarda beriladi. Bunday
buyruqlar, odatda, bo‘limlar rahbarlari tavsiyanomasi, shaxsiy arizalar va shu kabilar
asosida tayyorlanadi.
Farmoyish hujjatlarining boshqaruvdagi ahamiyati va strukturasi Kadrlarning
shaxsiy tarkibiga oid buyruqlar maxsus bosma ish qog‘ozlari bo‘lmagan taqdirda
oddiy buyruq qog‘oziga ham yoziladi. U holda buyruq boshiga “kadrlar shaxsiy
tarkibiga oid” deb yozib qo‘yish kerak. Buyruq sarlavhalari: “Ishga qabul qilish haqida
buyruq”, “Boshqa ishga o‘tkazishhaqida buyruq”, ”Ishdan bo‘shatish haqida buyruq”,
”Mehnat ta’tili berish haqida buyruq”, ”Rag‘batlantirish haqida buyruq” va hokazo.
Ba’zi buyruqlarda shu buyruq munosabati bilan ilgarigi joriy buyruq yoki
boshqa xil hujjat bekor qilinganligi ham ko‘rsatib o’tiladi.
Muassasalarda odatda, xodimga yoki boshqa xususiy shaxsga muayyan
buyruqdan ko‘chirma berishga to‘g‘ri keladi.
Farmoyish - bu muassasa ma’muriyati (direktor, uning o‘rinbosarlari, bosh
muhandis, uning o‘rinbosarlari), shuningdek, bo‘limlar rahbarlari tomonidan amaliy
masalalar yuzasidan qabul qilinadigan hujjat. Odatda, farmoyishlarda harakat muddati
38
cheklangan bo‘lib, uning kuchi bo‘limlarning tor doirasiga, ayrim mansabdor shaxslar
va fuqarolarga taalluqli bo‘ladi, farmoyishning matni xuddi buyruqdagi kabi zaruriy
qismlardan tarkib topadi, faqat uning asos (kirish) qismida “BUYURAMAN” so‘zi
o’rniga “TAVSIYA QILAMAN”, ”RUXSAT BERAMAN” kabi iboralar ishlatiladi.
Buyruqdan ko‘chirma
Muassasalarda odatda, xodimga yoki boshqa huquqiy shaxsga muayyan
buyruqdan ko‘chirma berishga to‘g‘ri keladi.
Zaruriy qismlari:
1.
Muassasa nomi.
2.
Hujjat nomi ( Buyruqdan ko‘chirma).
3.
Sanasi.
4.
Raqami (№).
5.
Joyi.
6.
Sarlavhasi.
7.
Matni (asoslovchi qismi, «BUYURAMAN» so‘zi, farmoyish qismidan
kerakli bandi).
8.
Imzo chekkan shaxs.
9.
Tasdiqlash familiyasi (yoniga «imzo» degan so‘z yoziladi).
Farmoyish
Muassasa ma’muriyati (direktor, uning o‘rinbosarlari, bosh muhandis, uning
o‘rinbosarlari), shuningdek, bo‘limlar rahbarlari tomonidan amaliy masalalar yuzasidan qabul qilinadigan hujjat. Odatda, farmoyishlarda harakat muddati cheklangan
bo'lib, uning kuchi bo‘limlarning tor doirasiga, ayrim mansabdor shaxslar va
fuqarolarga taalluqli bo‘ladi. Farmoyish matni xuddi buyruqdagi kabi zaruriy qismlardan tarkib topadi, faqat uning asos (kirish) qismida «BUYURAMAN» so‘zi o‘miga
«TAVS1YA QILAMAN», «RUXSAT BERAMAN» kabi iboralar ishlatiladi.
Ko‘rsatma
39
ldoralarda xabarsifat - metodik tusdagi masalalar, shuningdek, buyruqlar,
yo'riqnomalar va boshqa hujjatlarning ijrosi bilan bog‘liq tashkiliy masalalar yuzasidan
chiqariladigan huquqiy hujjat. Ko'rsatmalarga birinchi rahbar, bosh muhandis, ulaming
o'rinbosarlari imzo chekish huquqiga ega. Ko'rsatma muassasaning o'ziga xos ish
qog'oziga bosiladi. U ham buyruq kabi odatda sarlavha bilan yoziladi, asos (kirish) va
farmoyish qismlaridan tarkib topadi. Asos (kirish) qismida, falon «maqsadda», falon
«buyruqni bajarish uchun» kabi taomilga kirgan iboralar qo‘llaniladi va «YUKLAYMAN», «TAVSIYA ETAMAN» so'zlari bilan farmoyish qismi boshlanadi. Muayyan
xodimga uning xizmat lavozimi vazifalariga kirmaydigan ishlar yuklatilsa, «TAVSIYA ETAMAN» so‘zi qo‘llanadi. Ko‘rsatmaning farmoyish qismi buyruqning farmoyish qismiga o‘xshash bo‘ladi.
Amaliy mashg‘ulotlar uchun vazifalar :
1.
2.
Hujjatlardan namunalar tuzing va yozing. Undagi imloviy kamchiliklarni toping.
O‘zingizning tarjimayi holingizni yozing.
3.
Mavzuga doir taqdimot tayyorlab ko‘rsating.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar :
1. Hujjatlarning turlarini tavsiflab bering.
2. Ariza, tarjimayi hol, ma’lumotnoma kabi hujjatlarni izohlab bering.
3. Rasmiy-idoraviy uslubda hujjatlarning o‘rni va ahamiyati haqida nimalarni
bilasiz?
4. Buyruq, farmoyish matnlaridan foydalanishda nimalarga ahamiyat
berishimiz kerak?
40
III HUJJAT TURLARI VA XUSUSIYATLARI. ISH YURITISH
TERMINLARINING LUG‘ATI
6 MAVZU: MA’LUMOT-AXBOROT HUJJATLARI
Reja:
1. Xizmat yozishmalari.
2. Xizmat xatlari.
3.Tijorat yozishmalari.
4.Soha lug‘atlari. Ularda terminlar va birikmalarning berilishi.
Hozirgi zamon hujjatchiligida xizmat yozishmalari alohida o'rin egallaydi va
juda keng miqyosda qo‘llanadigan hujjatlar oqimini o‘ziga qamrab olgan.
Xizmat yozishmalari mazmunan xilma-xil, chunki u tashkilot faoliyatining turli
masalalari bilan bog‘liq. Xalq xo‘jaligi tarmoqlari, sohalari o'ziga xos xususiyatga ega,
tartiboti mavjud. Ish yuritish ham sohaning faoliyatidan kelib chiqqan holda olib
boriladi. Ular, asosan, rasmiy xarakterdaligi bilan har bir soha, yo‘nalish uchun xos
bo‘lgan hujjat turlariga egaligi bilan ma’lumot-axborot, tashkiliy farmoish guruhiga
mansub hujjatlardan farq qiladi. Til xususiyati jihatidan, ayniqsa, sohalarga oid so‘z va
so‘z birikmalarining qo‘llanishi bilan ham o'ziga xoslikka ega.
Xizmat xatlari
Tashkilot, korxona muassasa o‘rtasida xizmat aloqalari hujjatlar orqali amalga
oshiriladi. Hujjatlar qamrovi keng bo'lib, u turli xildagi mazmunga, iltimos, so‘rov,
xabar, tasdiq, taklif, da’vo, ko‘rsatma, javob xarakteriga ega bo'lishi mumkin. Bunday
xatlar xizmat xatlari deb yuritiladi va ular barcha tashkilotlarda yuritiladigan
hujjatlaming deyarli 80 foizini tashkil adi.
Xizmat xatlari xususiyatiga ko‘ra o‘zaro farqlanadilar.
Bajariladigan vazifasiga ko‘ra xatlarni:
1)
javob xatni talab qiluvchi xatlar (da’vo, so‘rov, iltimos xatlar);
2)
javobni talab qilmaydigan xatlar (ilova, tasdiq, eslatma, axborot, kafolat
xatlar va h.k).
Shunday xatlar borki, ularda ham iltimos, ham eslatish, ham kafolat berish
ma’nolari mujassamlangan bo‘ladi. Ammo xatlar asosan, bir maqsadga ko‘rsatilgan
bo'ladi, masalan, kafolat xatida kafolat berish ma’nosi ifodalanadi.
Xizmat xatlari tayyor bosma ish qog‘ozlariga yoziladi. Ular oddiy qog‘ozga
yoziladi, uning chap tomonidagi yuqori burchagiga tashkilot nomi qayd qilingan
to‘rtburchak muhr qo‘yiladi.
41
Har qanday xizmat xati mantiqiy jihatdan o‘zaro bog'liq bo'lgan 3 qismdan iborat bo'ladi. Birinchi (kirish) qismida xat bilan tegishli muassasaga murojaat qilishga
asosiy sabab bayon qilinadi. Ikkinchi qismda dalillar asosida xatda qo'yilayotgan masalani hal qilish zarurligi ko‘rsatiladi. Xatning xulosa (uchinchi) qismida asosiy
maqsad ifodalanadi.
Xizmat xatlari qisqa, ammo mazmunan aniq va ravshan bo‘lishi kerak. Hajmi jihatdan katta bo'lmasligi, ya'ni bir betdan ortib ketmasligi kerak. Juda muhim masalalar
yozilgan taqdirda, istisno tariqasida 3 betgacha bo'lishi, mufassal bayon qilinishi
mumkin.
Xizmat xatlari 2 nusxada yozilib, bir nusxa tashkilotda qoldirilib, bir nusxa
jo'natiladi. Xat agarda 2 va undan ortiq joyga yo‘llanadigan bo‘lsa, uni oluvchilar 4
tadan oshmasligi kerak. Xizmat xatlari odatda tashkilot nomiga, agarda masalani hal
qilinishi rahbar bilan bog'liq bo‘lsa, xat rahbar nomiga jo‘natiladi.
Sarlavha xizmat xatlarida katta ahamiyatga ega. Ular hujjatning qisqacha
mazmuni nima haqda ekanligini ko‘rsatib beriladi. Sarlavha qisqa, aniq berilishi qulaylik yaratadi. Sarlavha matndan oldin chap tomonda beriladi.
Xatlar tashkilot rahbari tomonidan imzolanadi. Rahbar bo‘lmagan hollarda esa
uning vazifasini bajaruvchi yoki o'rinbosari imzo chekishi mumkin. Bunday vaqtda lavozim aniq ko‘rsatiladi.
Moliyaviy, hisob-kitob to‘lov kafolatnomalarida imzo chekuvchilar soni 2 yoki
undan ortiq bo‘lishi mumkin. Imzolar lavozimlar tartibiga ko'ra qo'yiladi. Imzodan
so‘ng imzo chekkan shaxsning ism-sharifi yoziladi.
Xizmat xatlarining nomi qo'yilmaydi, uning mazmunidan qanday xat ekanligi
bilib olinadi.
Da’vo xati (Da’vonoma)
Bunday xatlarda talab va e’tirozlar bayon qilinadi.
Da’vo xatlari tuzilgan shartnomalar bajarilmay qolganda o‘z qonuniy huquqlarini va manfaatlarini himoya qilish maqsadida tuziladi.
Da’vo xatlari, odatda 3 nusxada tayyorlanib, 1-nusxasi aybdor tashkilotga
yuborilib, 2-nusxasi da'vogarning o'zida qoldiriladi. Aybdor muassasa da’vo xatda
ko'rsatilgan talablarni bajarishdan bosh tortsa, xatning 3-nusxasi da’vo arizasiga qo‘yib
sudga yoki hakamlikka topshiriladi.
Da’vo xatlarida da’vogar talabni asoslaydigan hamda tasdiqlaydigan dalillar,
ko‘rsatmalar, dalolatnomalar xatga ilova qilinadi, ularning ro‘yxati ko'rsatilidi.
Axborot xati
Axborot xat amalga oshirilayotgan xabar qilish maqsadida tuziladi. Uni tashkilot
yoki shaxs amalga oshirishi mumkin.
Axborot xat hajmi oddiy. Ma’lumotnoma ko‘rinishiga o‘xshaydi. Xatlar
ahamiyatiga ko‘ra mansabdor shaxs yoki kotib, yoki referent tomonidan imzolanishi
mumkin.
42
Ilova xat
Xatni qabul qilib oluvchilarni jo‘natiladigan hujjatlar haqida yozma xabardor qilish uchun qo‘llanuvchi qisqacha xabar qog'ozidir. Ilova xat ish yuritishda keng tarqalgan. Muassasalarda bunday xatlar shartnoma loyihalarini, ziddiyatli bayonnomalarni,
da’vo materiallarini jo'natishda qo‘llaniladi.
Ilova xatlarda shartnomalar, da’vo materiallarini jo'natilish vaqti va turli hujjatlar loyihasini ko‘rib chiqish muddatlari ham qayd qilinadi, shu sababli da’vo —
shikoyat ishlarida u yozma dalil sifatida qo‘llanishi mumkin.
Ilova xatlar boshqa hujjat materiallari bilan birga qo'shib jo‘natiladi.
Ilova xatlarning matnida, odatda, xulosa qismi asosiy o‘rinni egallaydi. Unda
ilova qilinayotgan hujjatlar va ularni jo‘natishdan ko‘zlangan maqsad ham ko‘rsatiladi.
Hujjatlami jo'natishda har doim ham ilova xat tuzilishi shart emas. Birgina hujjatni
(ma’lumotnoma, buyruqnoma va boshqalar) jo‘natishda ilova xatlar tuzilmaydi. Agar
ilova qilingan hujjatlar qo'shimcha izohlar, ma’lumotlar, taklif va iltimoslar bilan
bog‘liq bo‘lsa yoki ilova qilinayotgan hujjatlar bir necha qismlardan tashkil topsagina,
ilova xat tuzish maqsadga muvofiqdir. Boshqa barcha hollarda ilova xat ortiqcha
hisoblanadi. Ilova xat davlat intizomiga rioya qilishni va jo‘natiladigan hujjatlarning
yaxshi saqlanganligini nazorat qiluvchi ishonchli vositadir.
Ilova qilamiz, qayta yo'llaymiz, taqdim qilamiz kabi so‘z va birikmalar ilova
xatlarning o‘ziga xos belgisi hisoblanadi.
Kafolat majburiyatlari ham ana shunday xatlar jumlasiga kiradi.
So‘rov xat
Javob talab qilinadigan bunday yo'zishmalarda ma’lumotlar hujjatlar yoki
boshqa zarur narsalar so'raladi.
Birgina xatda turli masalalarga doir bir necha so‘rovlar aks etmasligi kerak.
Bayon qilinayotgan masalalar aniq va ravshan bo‘lishi lozim. Faqat shu holdagina
yo‘llangan so‘rovga tez va mukammal javob olish mumkin.
So'rov xati. odatda ikki asosiy qismdan: kirish va xulosadan iborat bo‘ladi.
Kirishda so'rov yuborilish sababi ko‘rsatiladi, xulosa qismida esa xat yo‘llangan tashkiiotdan javob talab qilinayotgan masalalar kiritiladi.
Tasdiq xat
Ma’lum bir muassasa tomonidan yuborilgan iltimos va so'rovlarga javob tarzida
yoziladigan xatlarning bir turidir.
Tasdiq xatning qaysi xatga javoban bitilganligi iloji boricha aniq ko'rsatilishi
kerak. Bunday xat matnida qo'llanuvchi asosiy so‘zlardan biri "tasdiqlamoq" fe’lidir.
Tasdiq xatlar o‘z vaqtida jo‘natilsa, eslatma xatlar uchun hech qanday ehtiyoj
sezilmaydi, natijada xizmat yozishmalarining hajmi qisqaradi.
Farmoyish xat
43
Farmoyish xat bir tarmoqqa tegishli quyi muassasalarning barchasiga yo‘llangan
rasmiy hujjatdir. Farmoyish xatlar xizmat aloqalarining ko'pgina sohalarida qo'llaniladi. Ularning asosiy vazifasi aynan bir xil xabarni bir necha manzilga o‘tkazishdir.
Farmoyish xatlarning o'ziga xos xususiyati shundaki, u tashkilot qaramog‘idagi
korxonalarni u yoki bu masala haqida xabardor qiladi yoki tegishli farmoyishlar beradi.
Ba’zi farmoyish xatlarda matnga nisbatan manzillar nomi ko‘proq joyni egallaydi. Shu sababli ham ularda xat yo‘llanayotgan tashkilotlarning umumiy nomi
yozilishi maqsadga muvofiqdir, masalan:
Barcha qurilish boshqarmalariga;
Barcha maktab direktorlariga kabi.
Farmoyish xatlar bosh muassasa rahbari tomonidan imzolanadi. Agar xat matnida hisob bo'limiga oid masalalar ham bo'lsa, bosh hisobchi ham imzo chekadi. Bosh
rahbar imzolagan l-nusxa muassasada asliyat sifatida saqlanadi. Boshqalari esa
umumiy bo‘lim yoki muassasa kotibi tomonidan tasdiqlanib, nusxa sifatida tarqatiladi.
Iltimos xat
Myassasalar ma’lum bir ishni amalga oshirish yoki tugatish maqsadida boshqa
muassasalarga rasmiy xat orqali iltimos qilishi mumkin. Muassasalar o'rtasidagi bunday o'zaro yozishmalar iltimos xat vositasida bajariladi. Iltimos xat xizmat xatlari
orasida eng ko'p tarqalgan turlardan hisoblanadi. Iltimos xatlar ham boshqa xatlar kabi
muassasalarning oddiy ish og‘oziga yoziladi va albatta jo‘natilish sanasi va jo'natma
tartib raqami yoziladi.
Iltimos xatlaming eng sodda ko'rinishi shaxsiy va jamoat arizalariga o‘xshash
bo‘ladi.
Kafolat xat
Muayyan bir shart yoki va’dani tasdiqlash maqsadida yoziladi.
Xatlaming bu turi qoidaga ko‘ra bajarilgan ish uchun haq to'lashda, uning bajarilish muddati haqida, turar joy bilan ta’minlashda, ishga qabul ilishda, bajariladigan
ishning sifati haqida kafolat berish uchun tayyorlanadi va ishkilot yoki alohida
shaxslarga jo‘natiladi.
Kafolat xati korxona rahbari tomonidan imzolanadi. Moliyaviy ishlar bilan
bog'liq bo‘lgan kafolat xatlariga, albatta, bosh hisobchi ham imzo chekishi zarur.
Ba’zan kafolat xati matnida «kafolat» berish bilan birga xabar berish, iltimos
kabi ma’nolar ham ifodalanishi mumkin.
Tashkilotlar tomonidan kutubxonalarga beriladigan tayyor andozaviy kafolat
majburiyatlari ham ana shunday xatlar jumlasiga kiradi.
Tijorat yozishmalari
Tashqi iqtisodiy faoliyatning turli tomonlarini rivojlantirishda tijorat yozishmalari ahamiyatli o'rin tutadi. Bunda bitim, shartnoma tuzish va bajarish bilan bog‘liq
masalalar ifodalanadi.
44
Tijorat yozishmalarining shakli aslida 150 yil avval Angliyada paydo bo'lgan va
u ish yuritishda keng ommalashib ketgan.
Tijorat yozishmalarida shartnomasimon hujjatlar qo'llaniladi. So'rovnoma,
oferta (taklif xat), buyurtma xat, aksent (rozilik xati), bank hujjatlari (schet, faktura,
avizo) ham shu tijorat xatlariga kiradi.
Tijorat xatlari vazifasiga ko'ra: 1) so'rovga javob; 2) oferta-taklifga javob turlariga bo'linadi. Shuningdek, da'vo (reklamatsiya)ga javob shakli ham uchraydi.
So'rov xatida tovar yetkazib berishni taklif etib murojaat etilishi yoki umuman
tovar haqida ma'lumot berilishi so'raladi. Oferta (taklif)da oldi-sotdi shartnomasi tuzish
uchun rozilik bildirganda yoziladigan hujjat. Oferta shartlariga rozi bo'linsa, bitim
tuzilgan hisoblanadi. Taklifning biror sharti to‘g‘ri kelmasa, yozishma davom etadi.
Soha lug‘atlari. Ularda terminlar va birikmalarning berilishi.
Leksikografiya lot. lexikos — so‘z, grapho — chizmoq, yozmoq so‘zlaridan olingan
bo‘lib, lug‘at tuzish amaliyoti va nazariyasi bilan shug‘ullanuvchi tilshunoslikning
bo‘limidir.
Leksikografiya nazariyasining predmeti lug‘at tuzish tamoyillari va usullaridir.
Leksikografiya amaliyoti esa lug‘at tuzuvchilarning ishini tashkil etish, so'zlarni
kartochkalarga tushirish, sistemaga solish va saqlash singarilarni o‘z ichiga oladi.
Leksikografiya nazariyasida lug‘at turlari, so‘zlik tarkibi va so‘z maqolasining tuzilishi
asosiy o‘rinni egallaydi.
lug‘atlar ikki turli boladi:
1) ensiklopedik (qomusiy) lug‘atlar;
2) filologik (lingvistik) lug‘atlar.
Bu ikki turdagi lug‘atlar lug‘at birliklarining nimaga qaratilgani bilan farqlanadi.
Lug‘atga kiritilayotgan birliklar barcha tushunchalarni o‘z ichiga olsa, ensiklopedik
(qomusiy) lug‘at ma’lum bir tildagi so‘zlarni o‘z ichiga olsa, filologik (lingvistik)
lug‘at hisoblanadi.
Ensiklopedik (qomusiy) lug‘atda turli xil tarixiy voqealar, tarixiy shaxslar, ilmiy
tushunchalar va boshqalar o‘z ifodasini topadi. Umuman, ensiklopedik lug‘atlar
ma’lum bir xalqning madaniy-ma’naviy, ilmiy-amaliy, siyosiy-iqtisodiy hayotiga doir
barcha tushunchalarni qamrab oladi va bu tushunchalar unda o‘z izohini topadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi” ni yaratish to‘g‘risida maxsus qaror qabul qildi. Ana shu qaror asosida 2000—
2006-yillarda 12 jildli “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi” yaratildi.
Toshkent shahrida ensiklopedik lug‘atlar va kitoblarni nashr etish bilan
shug‘ullanayotgan alohida muassasa — “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi” Davlat
ilmiy nashriyoti faoliyat ko‘rsatmoqda.
Tildagi so‘zlarni izohlashga qaratilgan lug‘atlar izohli lug‘at, muayyan tildagi
so‘zlarning ikkinchi tilga tarjimasini berishga qaratilgan lug‘atlar esa tarjima lug‘at sanaladi.
45
1981-yili Moskvadagi «Pyccкий язык» nashriyotida nashr qilingan 2 jildli «O‘zbek
tilining izohli lug‘ati», 2006—2008-yillarda «O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi»
Davlat ilmiy nashriyoti tomonidan nashr qilingan va 80 ming so‘z hamda so‘z birikmasini o‘z ichiga olgan 5 jildli «O‘zbek tilining izohli lug‘ati», 2001-yili Toshkentdagi «Sharq» nashriyot-matbaa konserni Bosh tahririyati tomonidan nashr etilgan
«O‘zbek tili faol so'zlarining izohli lug‘ati» yoki o‘zbekcha-ruscha, inglizcha-ruschao‘zbekcha lug‘atlar bunga misol bo‘la oladi.
Izohli lug‘atlar so'zlikning tanlanishiga ko‘ra umumiy va tarmoq lug‘atlarga
bo‘linadi. Tilning barcha so‘zlarini izohlashga qaratilgan lug‘atlar umumiy izohli
lug‘atlar, ma’lum bir tarmoqqa doir so‘zlarnigina tanlab, ularni bir tartibda joylashtirib
izohlashni maqsad qilgan lug‘atlar tarmoq lug‘at hisoblanadi. (Masalan, kasb-hunarga
doir lug‘atlar, ma’lum fan sohasi bo‘yicha atamalar lug‘ati va boshqalar.)
Har qanday lug‘at shu lug‘atning egasi bo‘lgan xalqning katta madaniy va
ma’naviy boyligi sanaladi.
Amaliy mashg‘ulotlar uchun vazifalar :
1. Ma’lumot-axborot hujjatlariga namunalar yozing.
2. Mavzuga doir slaydli taqdimot tayyorlang.
3. O‘z sohangizga oid lug‘atlardan foydalanib terminlar lug‘atini tuzing.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar :
1. Ma’lumot-axborot hujjat turlarini tavsiflab bering.
2. Xizmat xatlari va uning turlarini izohlab bering.
3. Rasmiy-idoraviy uslubda hujjatlarning o‘rni va ahamiyati haqida nimalarni
bilasiz?
4. Sohaga oid terminologik lug‘atlardan foydalanishda nimalarga ahamiyat
berishimiz kerak?
46
7 MAVZU: IDORAVIY OG‘ZAKI NUTQ
Reja:
1.
2.
3.
4.
Dialogik nutq tushunchasi.
Savol-javob dialoglari.
Monologik nutq tushunchasi.
Dialogik va monologik nutqning o‘zaro bog‘liqligi.
Dialogik
nutqlar insonning muloqot shakllari hisoblanadi. Inson nutqi
ko‘rinishlari sifatida dialogik nutq, nutqning shakllanishidagi umumiy qoidalarga
hamda insonlar o‘rtasida amalda bo‘lgan muomala etikasi va tamoyillariga bo‘ysunadi.
Ayni paytda, ularning har biri shakllanishdagi til xususiyatlari va tildan tashqarida
bo‘lgan omillarga munosabati bilan bir-biridan farqlanadi. Ikki kishi o‘rtasidagi har
qanday suhbatni dialog sifatida e’tirof etish mumkin. Ammo bu nutqning o‘ziga xos
xususiyatlari ana shu ikki kishi o‘rtasida yuzaga kelgan suhbat jarayonida ochiladi.
Shunday ekan, yuqorida ta’kidlanganidek, bu yerda ham suhbatning maqsad va
mavzusi, suhbatdoshlarning o‘zaro munosabati, yoshi, jinsi, dunyoqarashi, bilimi, jamiyatda egallagan o‘rni va mavqeyi dialogik nutqning mazmunini belgilaydi.
Avval bu nutqning til jihatlariga e’tibor beraylik. Tohir Malikning «Shaytanat»
romanidan ikkita parcha keltiramiz:
Giyohvand yigitlardan birining pastki labi osilgan, ko‘zlari chaqchaygan,
ikkinchisining qarashlari sovuq, o‘ng yuzida uzun tirtiq bor edi.
- Bilagingni ko‘rsat, - dedi Zohid tirtiqqa.
U «shu ham ishmi?» deganday erinibgina kurtkasini yechib, ko‘ylagining yengini
shimardi. Labi osilgan yigitning bilagida ham igna izlari bor edi. Ularning giyohvandligiga Zohidda shubha qolmadi.
- Kukunni qayerdan olardilaring? – deb so‘radi Zohid.
- Bratanga etganmiza, qayoqdan oganuvzani, - dedi labi osilgan yigit.
- Menga ham ayt.
- Lola ko‘chasida… o‘n… yettinchi uyda turadigan Sharif aka degan kishi.
- Ikkoving birga borganmisan?
- Bir xil paytda men borardim, bir xil paytda u borardi, bir xil paytda ikkalavuza
borardik.
Zohid hali Hamdamdan olgan suratlarni cho‘ntagidan chiqarib, uchtasini ajratib oldi-da, stol ustiga yoyib, labi osilganini chaqirdi.
- Qara, Sharif akang qaysi biri?
Yigit o‘rdakka o‘xshab lapanglab kelib suratlarga uzoq tikildi-da, bittasini ko‘rsatdi.
Matnlardagi dialogik nutqlarni ko‘zdan kechirish yana shundan dalolat beradiki, ular asosan og‘zaki nutq odatlarini o‘zida namoyon qiladi. Adabiy matnlarda
esa obraz yaratish, xarakterlarni namoyish etishning kuchli badiiy vositasiga aylanishi mumkin. Alisher Navoiyning «Farhod va Shirin» dostonidagi Farhod va Xis47
rav, Uyg‘un va Izzat Sultonning «Alisher Navoiy» dramasidagi Alisher Navoiy va
Husayn Boyqaro dialoglarini eslaylik.
Dialog grek tilidan olingan bo`lib (Dio – ikki, logos – so`z, nutq). Ikki kishi
orasidagi fikr axborot almashinuvi degan ma`noni anglatadi. Dialog ikki yoki undan
ortiq shaxs orasidagi uzluksiz nutq shakllaridan biri. U og`zaki nutqning keng
tarqalgan turi sanaladi. Unda har bir kishi so`zlovchi va tinglovchi sifatida ishtirok
etishi mumkin.
So`zlovchi va tinglovchi nutqlari replika deyiladi. Replika birinchi shaxs tomonidan suhbatga tortish, chorlash yoki murojaat replikasi. II shaxs tomonidan esa javob
replikasi xarakteriga ega bo`ladi. 1 – replika so`rog`i, 2 - replika yuzaga kelishining
asosiy omili sanaladi. Replikalar chegarasi birinchi replikaning tugallanish, ikkinchi
replikaning boshlanish nuqtalari bilan belgilanadi.
Dialogda javob replikasining mazmuni, xarakteri murojaat replikasida qaysi
so`zga mantiqiy urg`u tushganligiga bog`liq bo`ladi.
Mantiqiy urg`u gapdagi fikriy jihatdan ahamiyatli bo`lgan so`zning kuchli talaffuz qilinishidir. Bunda so`zlovchi gap ichidagi ba`zi so`zlarning ma`nosini yanada
ta`kidlab, kuchaytirib ko`rsatish uchun uni boshqa so`zlarga nisbatdan kuchliroq ohang
biklan talaffuz etadi. Nutqda mantiqiy urg`yu tushgan so`z ovozni balandlatish, pastlatish, pauza qilish kabi vositalar bilan ajratib aytilgani uchun tinglovchining diqqatini
tez tortadi.
Replikada dialogik matnda to`liq yoki to`liqsiz gap shakllarida uchraydi. Dialoglarda intonatsiya muhim ahamiyatga ega. So`zlovchining o`z hissiyotini ifodalashi
uchun ovoz tonini o`zgartirishi, mua`yyan istak, niyat harakat natijasida yuzaga keluvchi ovoz tovlanishlari intonatsiyadir. Uning yordamida turli ma`nolar ifodalanadi.
Taklif, munnatdorchilik. Tabrik, taajjub yoki hayratlanish, tilak-istak mazmunidagi dialog replikalarida quyidagi nutqiy muvozanat so`z va iboralari uchraydi.
Taklif.
-
Men sizni … taklif etmoqchiman
… ruxsat bering
keling …
marhamat …
Minnatdorchilik.
-
rahmat, sizdan minnatdorman
boshim osmonga yetdi
xursandman
sizga minnatdorchilik bildiraman
Tabrik.
48
-
chin qalbimdan tabriklayman
muborak bo`lsin
qutlayman
ruhsat eting
Taajjub, hayratlanish.
-
rostdanmi?
nahotki?
Taajjub
aql bovar qilmaydi
nega endi
Dialoglar so`zlovchi tomonidan, ya`ni muallif tomondan ham berilishi mumkin.
Dramatik asarlardagi qahramonlar dialogi persanajlarning asl maqsadlari, niyatlari, intilishlarini, his – tuyg`ularini, fikr va tushunchalarini, ruhiy kechinmalarining va ularning bir birlari - bilan bo`lgan o`zaro munosabatlarini ochib berishga, asardagi
voqealarning rivojlanib borishiga yordam beradi. Ya`ni dialog qahramon xarakterini
ochib berishiga xizmat qiluvchi vosita hisoblanadi. Ishtirokchilar dialoglari muallif
gapi (nutq) shaklida berilib qo`shtirnoqqa olinmaydi.
Savol - javob dialoglari
Dialog o`zaro almashinib keluvchi replikalarning ifodasi ekanligini ta`kidlab
o`tdik. Replikalar mazmunidan kelib chiqqan holda dialoglarning savol-javob, xabar,
bahs –munozara xarakteridagi dialoglarga bo`linishi mumkin.
So`rash surishtirish dialoglari
Murojaat replikasi savolni, javob replikasi esa qo`yildan savolining javobini
ifodalab keladi. Qayta so`rash dialogida esa javob replikasi murojaat replikasi
mazmunini ochishga xizmat qiluvchi savolni ifodalab keladi. Masalan:
- Sen Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romanini o`qidingmi?
- Yo`q hali. Roman nima haqida?
- Muqaddas dargohda namunaviy kishilar haqida.
Intervyu
Xarakteridagi dialoglar savol - javob diologlariga misol bo`ladi. Intervyu
muhbirning suhbatdoshi bilan axborot olish maqsadida o`tkazadigan muloqotidir. Intervyu gazeta, radio televideniye uchun mo`ljallangan bo`ladi. Intervyu o`tkazishdan
oldin suhbat mavzusi bitiladigan savollar tayyorlab qo`yiladi.
Xabar dialoglari
Ta`kidlab o`tkanimizdek, kishi fikri yoki maqsadini ikkinchi bir kishiga so`zlar
vositasiga yetkazib, o`zaro fikr almashadi, aloqada bo`ladi, kayfiyatni ifoda etadi.
Dialogik nutq buning yaqqol namunasidir. Fikr almashuv, aloqa bog`lash dialogning
xabar turiga kiradi.
49
Xabar dialoglarida har bir replika o`zidan oldingisi uchun javob o`zidan keyingisi uchun murojaat replikasi bo`lib xizmat qiladi. Xabar dialoglarida murojaat va javob replikalarida biror voqea hodisa, narsa to`g`risida xabar beriladi, tinchlantirish,
kechirish ma`nolari ifodalanadi.
Axborot – almashuv dialoglari
Bunday dialoglarda suhbatdoshlar o`zaro axborot almashadilar, o`z hissiyotlarini
bayon etadilar, insonlar, voqea - hodisalarga baho beradilar.
Bahs - munozara dialogi
Bunday dialogda murojaat replikasi savol yoki xabarni, javob replikasi esa qarama qarshi nuqtan nazar bayon etilgan e`tirozni ifodalaydi.
Alohida bir kishiga taalluqli bo‘lgan nutq monologik nutq sifatida baholanadi. Bu
nutq ikki xil ko‘rinishga ega: ochiq nutq va ichki nutq.
Ochiq nutq jamoaga qaratilgan bo‘ladi va turli xarakterdagi yig‘ilishlarda – qurultoylarda, sessiyalarda, ilmiy anjumanlarda, dars jarayonida, hisobot yig‘ilishlarida, har
xil jamoalarning majlislarida, uchrashuvlarda, bayramlarda, to‘y-tomoshalarda,
tug‘ilgan kunlar, do‘stlar uchrashuvi singari kichik davralarda, motam mitinglarida
so‘zlanadi. Bu yig‘ilishlarning mazmuni turlicha bo‘lganligi sababli ularda
so‘zlanadigan monologik nutq xarakteri ham bir-biridan farq qiladi. Masalan bayramlar, uchrashuvlar, to‘y-tomoshalar, tug‘ilgan kunlar tantanali tarzda kechadigan
yig‘inlar bo‘lganligi tufayli ularda so‘zlanadigan nutq ham tantanali ruh asosiga qurilgan bo‘ladi. Hisobot yig‘ilishlari va jamoalarning (ishlab chiqarish, rejalashtirish) majlislari rasmiy xarakterda bo‘ladi. Qurultoy va sessiyalar keng qamrovli yig‘ilishlar
bo‘lganligi tufayli ularda rasmiylik ham, norasmiylik, va tantanavorlik ham bo‘ladi.
Mavzuga qarab har xil faktlar, raqamlar keltiriladi. Motam mitingida so‘zlanadigan
nutq esa yuqoridagi nutqlarning barchasidan tubdan farq qiladi.
Demak, har bir monologik nutqiy vaziyat so‘zlovchidan alohida bir munosabatni va
mas’uliyatni talab qiladi. Ayni paytda, ularning barchasi uchun, nutq so‘zlashdan
ma’lum maqsad bo‘lishi va bu maqsad amalga oshishi zarur. Buning uchun tinglovchilarga ta’sir o‘tkazish, ta’sir o‘tkazish uchun esa tildan foydalanishning ham,
o‘zini tutishning ham ta’sirchan vositalaridan foydalanish kerak bo‘ladi.
Xullas, bu har ikkala nutq ham qanday vaziyatda ijro etilishidan qat’iy nazar ular
muallifning dunyoqarashi va maslagini, ma’naviyati va madaniyatini o‘zida mujassam
qiladi. Insonning saviyasi qanday bo‘lsa, uning muomalasi ham shunday bo‘ladi. Bu
har ikkala nutqning o‘ziga xos xususiyatlarini bilib olganimizdan keyin biz ham
vaziyatga qarab so‘zlashishimiz va har bir nutqiy vaziyatdan o‘z maqsadimizdan kelib
chiqib unumli foydalanishimiz, bor imkoniyatimizni tinglovchilarning hurmate’tiborini qozonishga qaratishimiz lozim bo‘ladi.
50
Amaliy mashg‘ulotlar uchun vazifalar :
1. Radioeshittiruv va teleko‘rsatuvlar uchun o‘quvchilar hayotidan matnlar
tayyorlang.
2. Xabar, yangilik mazmunida matn tayyorlang.
3. Alisher Navoiyning «Farhod va Shirin» dostonidan olingan Farhod va Xisrav o‘rtasidagi savol-javobni aks ettiruvchi ushbu dialogni tahlil qiling:
Dedi: - «Qaydinsen, ey majnuni gumrah ?!»
Dedi: - «Majnun vatandin qayda ogah?»
Dedi: - «Nedur sanga olamda pesha?»
Dedi: - «Ishq ichra majnunluq hamisha».
Dedi: - «Bu ishdan o‘lmas kasb ro‘zi!»
Dedi: - «Kasb o‘lsa basdur ishq so‘zi».
Dedikim: - «Ishq o‘tidin ne fasona!»
Dedi: - «Kuymay kishi topmas nishona».
Dedikim: - «Kuymagingni ayla ma’lum!»
Dedi: - «Andin erur joh ahli mahrum!»
Dedi: - «Qay chog‘din o‘lding ishq aro mast?»
Dedi: - «Ruh ermas erdi tang‘a payvast»
Dedi: - «Bu ishqdin inkor qilg‘il!»
Dedi: - «Bu so‘zdin istig‘for qilg‘il!»
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar :
1.Dialogik nutq shakllarini tavsiflab bering.
2. Dialogik nutq va uning turlarini izohlab bering.
3.Monologik nutqning o‘ziga xosligi nimalarda namoyon bo‘ladi?
4.Diologik va monologik nutq shakllarining bog‘liqligi?
51
8-9 MAVZULAR: IDORA ETIKASI, MADANIYATI, OG‘ZAKI IDORAVIY NUTQNING JANRLARI, IDORA YIG‘ILISHI, IDORAVIY NUTQ MADANIYATI
Reja:
1.
2.
3.
4.
Nutqning asosiy xususiyatlari.
Nutqning to‘g‘riligi va aniqligi.
Nutqning mantiqiyligi va tozaligi.
Nutqning ta’sirchanligi.
Nutq so‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan shakllantirilgan matnning tashqi
ko‘rinishi bo‘lib, u faqatgina tilga bog‘liq hodisa sanalmasdan, shu bilan birga, ham
ruhiy, ham estetik hodisa hisoblanadi. Shuning uchun ham unga namunaviy nutq sifatida baho berilganda tinglovchi va kitobxonga ko‘zda tutilgan maqsadning, aytilmoqchi bo‘lgan muddaoning to‘liq borib yetishi, ularga ma’lum ta’sir o‘tkazishi nazarda
tutiladi hamda bu vazifalarning amalga oshirilishida nutq oldiga ayrim talablar
qo‘yiladi. Bu talablar grammatik jihatdan nutqning to‘g‘ri bo‘lishini, so‘zlar
ko‘zlangan ma’noni aniq aks ettirishini, chiroyli, yorqin va ta’sirchan bo‘lishini taqozo
qiladiki, ular nutqning asosiy xususiyatlari sifatida qaraladi. Nutq haqidagi ta’limot –
ortologiya ana shu sifatlarni o‘rganish bilan shug‘ullanadi.
Xullas, ma’naviyati va madaniyati shakllangan xalqlar uchun notiqlik san’ati inson faoliyatida muhim omillardan sanalgan hamda asosiy e’tiborni nutqning yaxshi
bo‘lishiga qaratgan o‘z nazariyotchilari ham bo‘lgan.
Agar nutq ma’lum vaziyat va shart-sharoitlarda amalga oshirilishini nazarga
olinsa, bunda joy, vaqt, mavzu va muloqot jarayonining maqsadi kabi omillar katta
ahamiyatga ega bo‘ladi. Aytilganlarni qisqacha umumlashtiradigan bo‘lsak, nutqning
asosiy xususiyatlari sifatida quyidagilarni belgilash lozim bo‘ladi: to‘g‘rilik, aniqlik,
mantiqiylik, ta’sirchanlik, obrazlilik, tushunarlilik va maqsadga muvofiqlik. Quyida
ular haqida qisqacha ma’lumotlar beriladi.
Nutqning to‘g‘riligi. Nutqning to‘g‘ri bo‘lishi uning bosh kommunikativ
xususiyati hisoblanadi. Nutqning to‘g‘ri tuzilgan bo‘lishi tomonlarning – so‘zlovchi va
tinglovchining, yozuvchi va o‘quvchining bir-birlarini tez va oson tushunishlarini
ta’minlaydi. Agar nutq to‘g‘ri bo‘lmasa, u aniq ham, maqsadga muvofiq ham, mantiqiy ham bo‘lmaydi. «To‘g‘rilik deganda, - deb yozadi rus tilshunosi V.G.Kostomarov,
- nutq madaniyatining zarur va birinchi sharti sifatida adabiy tilning ma’lum paytda
qabul qilingan me’yorining qat’iy va aniq muvofiq kelishini, uning talaffuz, orfografik,
lug‘at va grammatik me’yorlarini egallashni tushunish lozim bo‘ladi» (Kostomarov
V.G. Kultura rechi i stil. – M.,1960, s.24). Demak nutqning to‘g‘ri bo‘lishi dastlab uning adabiy til me’yorlariga muvofiq kelishi bo‘lib hisoblanadi.
Nutqning to‘g‘ri bo‘lishi asosan ikki me’yorga – urg‘u va grammatik me’yorga
amal qilishni taqozo qiladi
52
Nutqning aniqligi. Aniqlik ham nutqning asosiy kommunikativ sifatlaridan biridir. Agar to‘g‘rilik nutqning yuzaga kelishida faqat til omili, zaruriy belgisi sifatida
qaralsa, nutqning aniqligi deyilganda uning shakllanishiga xizmat qiladigan, tildan
tashqaridan bo‘lgan omillarni ham nazarda tutish lozim bo‘ladi. Bunda dastlab til va
tafakkur munosabati turadi. Chunki, tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalar
o‘rtasidagi mutanosiblik va uning nutqda aks etishi ana shu aniqlikning xuddi o‘zidir.
Shunday qilib, aniqlik – bu so‘zning o‘zi ifodalayotgan voqelikka mos va muvofiq kelishidir.
Nutqning mantiqiyligi. Nutqning mantiqiyligi uning asosiy sifatlari – to‘g‘rilik
va aniqlik bilan chambarchas bog‘langandir. Chunki grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzilmagan nutq ham, fikrni ifoda etish uchun muvaffaqiyatsiz tanlangan leksik birlik ham
mantiqning buzilishiga olib kelishi tabiiydir. Mantiqiy izchillikning buzilishi tinglovchi va o‘quvchiga ifodalanayotgan fikrning to‘liq borib yetmasligiga, ba’zan
umuman anglashilmasligiga sabab bo‘lishi mumkin. Nutqni shakllantirishdagi
e’tiborsizlik oqibatida ba’zan mantiqsizlik ham yuz beradi. Quyidagi misolga diqqat
qilaylik: Ferma jonkuyarlari olti oylik davlatga sut sotish planlarini muddatdan
oldin bajardilar (gazetadan). Gapda so‘zlarning tartibi to‘g‘ri bo‘lmaganligi, olti oylik
birikmasining davlat so‘zidan keyin kelmaganligi tufayli mantiqqa putur yetayapti,
fikrni bayon qilishda xatolik yuz berayapti.
Nutqning mantiqiy bo‘lishi so‘zlovchi yoki yozuvchining tafakkur qobiliyati bilan bog‘liq. Shuning uchun mantiqiylik faqatgina til hodisasi sanalmasdan, tildan
tashqarida bo‘lgan omil sifatida ham qaraladi. Ya’ni bunda notiqdan faqatgina tilni
yaxshi bilish emas, o‘zi mulohaza yuritayotgan mavzu atrofida keng bilimga ega
bo‘lish ham talab qilinadi.
Nutqning tozaligi. Nutqning tozaligi deganda unda til elementlarining ishlatilishida adabiy til me’yorlariga amal qilish-qilmaslik tushuniladi. Yaxshi, namunaviy
nutq hozirgi o‘zbek adabiy tili talablariga mos holda shakllangan bo‘lishi, turli
g‘ayriadabiy va g‘ayriaxloqiy til elementlaridan xoli bo‘lishi kerak. Bu masalaning til
jihati bo‘lib, nutqiy tozalikning tildan tashqari – paralingvistik jihatlari ham undan
kam bo‘lmagan ahamiyatga ega. Chunki u boy ma’naviy-axloqiy qadriyatlarga ega
bo‘lgan va bugun mustaqillik davrida yashab, dunyo hamjamiyati bilan teng mavqeyida muloqotda bo‘layotgan o‘zbek xalqining madaniy darajasiga mos bo‘lishi lozim.
So‘zlovchining o‘z nutqiga munosabati ham muhim. Shunday bo‘lgandagina
quruq rasmiyatchilikdan qochish mumkin bo‘ladi. So‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasida
samimiyat paydo bo‘ladi. Notiq fikrlarini o‘zi yoki auditoriyadagi kishilar hayotidan
olingan misollar asosida isbotlashga harakat qilsa, mavzuga doir subyektiv mulohazalarini bildirsa, nutq yana ham ishonarli va ta’sirli chiqadi.
Nutqning tinglovchilarga qanday ta’sir qilishida va ularda qanday taassurot qoldirishida notiqning nutqiy jarayon davomida o‘zini qanday tuta bilishi, jest va mimikalari, hatto kiyinishi kabi omillarning ham ahamiyati bor. Samimiylik, xushmuomalalik,
53
odoblilik, auditoriyaga hurmat bilan qarash kabi fazilatlar nutqning tinglovchilar tomonidan e’tibor bilan tinglanishiga sabab bo‘ladi.
Nutqning ta’sirchanligi, ifodaliligi haqidagi gap, ma’lum ma’noda, nutq sifatlari haqida aytilgan mulohazalarga yakun yasashdir. Chunki yaxshi nutqning fazilatlarini ko‘rsatib o‘tish, nutqda uchraydigan ayrim tipik xatolarni tahlil qilish pirovard
natijada ta’sirchan bir nutqni shakllantirishga xizmat qiladi.
Ana shunday nutqgina tinglovchi va o‘quvchi qalbiga borib yetadi. Shunday nutqgina madaniy nutq talablariga javob beradi. Buning uchun esa yozuvchidan va omma
oldiga chiqib nutq so‘zlaydigan kishidan tinimsiz izlanish va o‘z ustida ishlash, muttasil nutqiy mashq talab qilinadi.
Amaliy mashg‘ulotlar uchun vazifalar :
1.Quyidagi gapdan noto‘g‘ri qo‘llangan grammatik vositani toping va uni
ma’quli bilan almashtiring: Ana shu azamatlarning g‘ayrat-himmatlari tufayli kanalda
hozirgachayoq 300 ming kubometrga yaqin tuproq ishlari bajarib qo‘yildi. Biz govmishlarni sershira yemishlar bilan boqib, ularni qishdan betalofatsiz olib chiqdik.
2.Quyidagi gapdan noto‘g‘ri qo‘llangan leksik vositani toping va uni ma’quli bilan almashtiring: Juda ham ingichka hislar bilan o‘ralgan bunday sodda-nafis misralarni o‘qib yuqorida aytilgan fikrlarni qayta takrorlagim keldi. Sulaymon Safoyev bemor - Zulayhoni qanday davolash haqida fikrga sho‘ng‘iganida birdan telefon jiringladi.
3.Quyidagi gap mantiqi buzilgan holatni aniqlang va uni tahrir qiling: Darslardan uzrsiz sabablar bilan qoluvchi yoki uy vazifasini bajarmaydigan o‘quvchilar butunlay tugatiladi. Uxlashdan oldin uch soat ovqatlanish kerak.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar :
1. «Nutqning to‘g‘riligi» deganda nimani tushunasiz?
2. Nutq aniqligi talablarini tushuntirib bering.
3. Nutqning mantiqiyligi tildan boshqa yana nimalarga bog‘liq?
4. O‘zbek tilining tozalik darajasini izohlang.
5. Tilning ta’sirchan vositalarini badiiy adabiyot matnidan olingan misollar
asosida ko‘rsating.
54
IV PUBLITSISTIK NUTQ. MATN TURLARI VA TARKIBI. MAQOLA VA UNING JANRLARI
10 MAVZU: MATN TURLARI VA TARKIBI
Reja:
1.Publitsistik uslub va uning xususiyatlari.
2. Matn va uning ko‘rinishlari.
3. Matn tahlili va tahriri.
4.Matn mazmunining qisqacha bayoni (rezyume).
Publitsistik uslub siyosiy-ijtimoiy doiradagi munosabatlar uchun xizmat qiladi.
Bu uslubning yozma turiga publitsistik maqolalar, felyeton, murojaatnoma, xatlar,
chaqiriqlar kirsa, og‘zaki turiga notiqlik kiradi. Bu uslub, avvalo, tashviqot va
targ‘ibot uslubi bo‘lganligi uchun ham unda siyosiy faollik, hozirjavoblik,o‘tkir va
ta’sirchan notiqlik, mantiqiy mulohaza va dalillar bilan tushuntirish, isbotlash kabi
belgilar ustunlik qiladi.
Shunga ko‘ra publitsistik uslubda yozma nutqqa xos xususiyatlar (ijtimoiyiqtisodiy va boshqa sohalarga oid leksikaning, intonatsion sintaktik vositalarning
ishlatilishi) ham, badiiy uslubga xos belgilar (obrazli ifodalar, bo‘yoqdor so‘zlarni
qo‘llash) ham o‘zaro uyg‘unlashadi. Bu uslubda hayotiy voqea va dalillar oddiygina
qayd qilinmay, jo‘shqin va haroratli misralarda ifodalanadi, ulardan umumiy
xulosalar chiqariladi hamda muhimi, xalqqa murojaat, undash, qiziqtirish orqali
o‘quvchiga ta’sir ko‘rsatiladi.
Matn va uning ko‘rinishlari
Ma’lum bir shaxs tomonidan ayrim voqea-hodisa, narsa-buyumning izchil
tasviri va tavsifi uchun tuzilgan gaplar sirasi matn deyiladi.
Matn ko‘rinishlari 2 xil bo‘lib, ular mikromatn va makromatndir.
Bir necha gaplarning o‘zaro grammatik va mazmuniy bog‘lanishidan tashkil topgan, mazmuniy yaxlitlikga ega bo‘lgan qo‘shma gaplarga nisbatan yirikroq yozma va
og‘zaki nutq parchasi mikromatn deyiladi.
Bir umumiy mavzu ostida birlashgan bir necha mikromatnlardan tashkil topuvchi
yaxlit asarga makromatn deyiladi.
Matnning turlari ham 2 xil: ma’lumotnoma matni va ijodiy-tavsifiy matn.
Ma’lumotnoma matnida bo‘lib o‘tgan voqea-hodisa yoki mavjud holat haqida
oddiy axborot beriladi.
55
Ijodiy-tavsifiy matn so‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan ijodiy ravishda bayon
etilgan voqea-hodisa, narsa yoki shaxsning tasviri yoki xabar, ma’lumotning ijodiytavsifiy bayonidir. Ilmiy, publitistik va badiiy uslublar, shuningdek, insho ham ijodiytavsifiy matnning ko‘rinishlaridir.
Dialogik matnning ma’no munosabatiga ko‘ra turlari.
Dialog ( yun. dialogos – gaplashish, suhbat) 1) ikki yoki undan ortiq kishining nutqiy muloqoti, suhbat;
2) adabiy – badiiy matn komponenti, asardagi personajlarning nutqiy muloqoti
berilgan o‘rinlar. Hozirgi zamon prozasi rivoya, tavsif va dialogdan tarkib topadi; zamonaviy epik asarlarda dialog salmog‘ining ortishi kuzatiladiki, bunga
turlararo sintezlashuv, badiiy adabiyotning boshqa san’atlar bilan o‘zaro aloqasi
natijasi sifatida qarash mumkin;
3) falsafiy – publisistik mazmun yo‘nalishidagi janr, unda qo‘yilgan masala bir
necha kishining suhbati shaklida muhokama etiladi. Dialog janriga antik davrning Suqrot, Aflotun singari mutafakkirlari asos solganlar. Keyinchalik o‘rta
asrlar, Uyg‘onish davri va Yevropa ma’rifatchilik adabiyotida ham dialog janri
ancha faol bo‘lgan. O‘zbek adabiyotida dialogning ildizlari munozara janriga
borib taqaladi. XX asr boshlari o‘zbek adabiyotida dialog janri, unga xos unsurlardan ma’rifatchilik g‘oyalarini ommalashtirishda samarali foydalanildi.
Jumladan, Fitratning “Munozara”, “Bedil” asarlarini dialog janri namunasi sanash
mumkin.
Monologik matn. Monologik matnda mazmun izchilligi va ohang.
Monolog ( yunon. monos – yakka, logos – so‘z ) - yakka shaxsning ayni paytda javob berilishini talab qilmaydigan, o‘zgalar replikalari bilan bo‘linmagan
nutqi. Monolog og‘zaki shaklda ( turli yig‘inlardagi nutq, ma’ruza, hisobotlar)
ham, yozma shaklda ( publisistika, memuarlar va h. ) ham keng qo‘llanadi. Badiiy adabiyotda monologlardan turli maqsadlarda foydalaniladi. Ayniqsa, dramatik
asarlarda monologlarning badiiy – estetik vazifalar doirasi ancha keng.
Monolog – dramatik personajning ruhiy holati, uning ongiyu qalbida kechayotgan jarayonlarni tasvirlashning asosiy shakli. Ayni chog‘da, shartli ravishda
tasvirlanuvchi bunday ruhiy jarayonlar voqealarga g‘oyaviy – hissiy munosabatni
ifodalash, ayrim muhim tafsilotlarni berish, syujet rivojini asoslash kabi qator
muhim funksiyalarni ham bajaradi. Monolog lirikaning ustuvor nutq shakli, lirik
qahramon kechinmalari, asosan, uning monologi orqali ifodalanadi. Bu narsa
ijroviy lirika namunalarida, ayniqsa, yaqqol ko‘zga tashlanadi, shuning uchun
amaliyotda bunday she’rlar monolog deb ham yuritiladi ( A. Oripov. “ Hamza”;
56
X. Davron. “Abulhay so‘zi” ). Sifat jihatidan monologning turli ko‘rinishlari
mavjud (q. badiiy nutq, ichki monolog).
Matn tahlili va tahriri.
Badiiy tahlil - matn tahlilining murakkab turlaridan bo‘lib, unda xilma-xil
vazifalar bajariladi. Chunki bu tahlildan kuzatiladigan maqsad asarning xususiyatlarini
o‘rganishdir.
Badiiy matnda kishilarning munosabatlar doirasida bir-biri bilan bog‘langan
kishilar hayotining ma’lum davridagi voqealari tasvirlanadi. Bu voqealarda davrning
siyosiy ijtimoiy, madaniy va ahloqiy hayoti o‘z aksini topadi.
Matnning adabiy tahlilida quyidagi maslalarga alohida e’tibor berilishi lozim:
1. Badiiy matn tahlilida tasvirlangan voqelik va shu voqelikka yozuvchining munosabati aniqlanadi. Masalan: Alisher Navoiyning "Farhod va Shirin" dostonida olijanob
fazilatlarini ulug‘lash, adolat va xalqparvarlik, do‘stlik va qahramonlik, muhabbat
erkinligi va unga sadoqati asarni g‘oyaviy mazmunini tashkil qiladi. Asarda Xisrav,
Yosumon kabi yovuz kuchlar bilan Farhod, Shirin, Mehnbonular o‘rtasidagi kurash
ko‘rsatiladi. Shoir Farhod, Mehnbonu, Shirinlarning barcha harakatlariga xayrixohlik
bildiradi. Shohni adolatli bo‘lishiga undash g‘oyasini ilgari suradi.
2. Tahlilda asarning mazmuniga ham shakliga ham e’tibor berish va mazmunning
yetakchi rolini ta’kidlab o‘tish zarur.
3. Asar tahlilida obrazlar asarning umumiy mazmuni bilan bog‘liq holda o‘rganiladi.
4.Asar syujeti va kompozisiyasini o‘rganish ham adabiiy tahlilning asosiy vazifasidir.
Badiiy asardagi mavzu, obraz, til, kompozisiya, muayyan g‘oyani ifodalaydi. Mavzu
va g‘oyaning aktualligi va xalqchiligi, mazmun va shaklning o‘zaro mosligi, obrazning
tipikligi va xaqqoniyligi syujet va kompozisiyaning pishiqligi, badiiy tilning tasviriyligi va ekspressivligi adabiy tahlil jarayonida aniqlanadi.
Matn tahlilida tahlilning yuqoridagi u yoki bu turidan foydalaniladi. Matnni
sharhlash so‘z va so‘z shakllari badiiy tasvir vositlarining asar g‘oyaviy va estetik
mazmunini oshirishdagi roli izohlanadi. Matnni sharhlashda lingvistik aspekt asosiy
o‘rinni egallaydi. U traditsion adabiy tahlilda ham yetakchi sanaladi, chunki u
matnning estetik strukturasi va badiiy tasvir vositlarini o‘rganishga ko‘maklashadi.
Badiiy matn murakkab va ko‘p qatlamdir. Uni tahlil qilishdan maqsad- ijodkor
o‘ylagan ma’no va ichki kechinmalarni maksimum holda payqab olishdir. Ijodkorni
o‘ylagan narsasi faqat badiiy asar orqali namoyon bo‘ladi.
57
Matn mazmunining qisqacha bayoni (rezyume)
Rezyume fransuzcha “résumé” so'zidan kelib chiqqan va sodda qilib aytganda
qisqacha izoh ma’nosini bildiradi. Rezyume ishga topshirayotgan inson to'g'risida
ma’lumotni taqdim etadi, ya’ni uning ismi, ma’lumot darajasi, ish tajribasi, qizishlari
va hokazo.
Rezyume hozirgi kunda ish qidirishda eng muhim hujjat hisoblanadi.O'zbek
tilida bunday hujjat “tarjimayi hol” va “shaxsiy ma’lumotnoma” deb ham atalishi
mumkin, lekin rezyumening shakli bu hujjatlardan biroz farqlidir. Rezyume asosan ish
izlovchilar tomonidan ishga topshirayotganda yuboriladigan hujjat hisoblanadi, lekin u
boshqa maqsadlarda ham ishlatilishi mumkin. Masalan, tashkilot direktori yoki loyiha
menejerining rezyumesi grant taklifi bilan birgalikda donor tashkilotga topshiriladi.
Rezyumening asosiy qismlari quyidagilardan iborat:
1.
a.
b.
c.
d.
e.
2.
a.
Shaxsiy ma’lumot
Ism-sharif (talab qilinadi)
Murojaat manzillari: telefon, email, yashash joyi (talab qilinadi)
Jins (majburiy emas)
Millat (majburiy emas)
Tug'ilgan sana (majburiy emas)
Qisqacha mazmun va yoki professional maqsad (ixtiyoriy)
Bir yoki ikki gap bilan qisqacha eng muhim jihatlarini sanab o'tish.
Amaliy mashg‘ulotlar uchun vazifalar :
1. O‘zingiz qiziqqan mavzuda matn tuzib, uni tahlil qiling.
2. Mavzuga doir slaydli taqdimot tuzing.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar :
1. Matn va turlarini tavsiflab bering.
2. Xizmat xatlari va uning turlarini izohlab bering.
3. Matnning tahlili va tahriri haqida nimalarni bilasiz?
4.Rezyumening asosiy qismlarini qanday turlardan iborat?
58
11-12 MAVZULAR: MAQOLA VA UNING TURLARI
Reja:
1.
2.
3.
4.
Maqola haqida umumiy ma’lumot.
Maqolaning tarkibiy qismlari.
Bosh maqolaning o‘ziga xos ko‘rinishlari.
Maqolaning kundalik hayotda tutgan o‘rni.
Maqola – publitsistik uslubga xos janr. Maqolada kundalik ijtimoiy hayotda ro‘y
berayotgan voqea-hodisalar tahlil qilinadi; nazariy, ommaviy jihatdan umumlashtiriladi; davlat siyosati, iqtisodiyot, texnika, fan va madaniyatda erishilgan yutuqlar ilg‘or
ish tajribalari aks ettiriladi. U adabiy yoki ilmiy mazmunda bo‘lib, hajm jihatidan
ancha katta bo‘ladi. Maqola hayotning muhim va dolzarb masalalariga
bag‘ishlanishi yoki ilm-fanning biror sohasini yoritishi mumkin. Shunga ko‘ra
maqolalar ilmiy, uslubiy, publitsistik kabi turlarga bo‘linadi. Maqolalar uch tarkibiy qismdan iborat bo‘ladi:
1. Kirish – bunda tanlangan mavzuning dolzarbligi belgilanadi.
2. Asosiy qism – muallif tomonidan rejalangan fikr, muammo yoki yangilik
bayon qilindi.
3. Xulosa – mavzu yuzasidan muallifning xulosalari, tavsiyalari beriladi.
Maqolalar ilmiy yoki publitsistik uslubda, adabiy til me’yorlariga to‘liq
amal
qilingan holatda yoziladi. Maqola yozishda maqolaning mavzusini
belgilash va
unga sarlavha tanlash ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Maqolaning sarlavhasi qisqa, lekin e’tiborni jalb qiladigan va albatta, maqolaning
bosh mavzusini yoritib beradigan bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, maqolalarda
muallif haqida qisqacha ma’lumot va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ko‘rsatiladi.
Til birliklari va materialidan fikrni ifodalash maqsadida foydalanish jarayoni
nutq sanaladi. Hayotning turli sohalari, turlicha nutq vaziyatlarida
tildagi leksik,
frazeologik, fonetik va grammatik vositalarni tanlash va ulardan foydalanish usullari
ham har xil bo‘ladi. Shunga ko‘ra, nutqning quyidagi uslublari o‘zaro farqlanadi:
so‘zlashuv uslubi, rasmiy-idoraviy uslub, ilmiy uslub, publitsistik uslub va badiiy
uslub.
Bosh maqola (yoki tahririyat tomonidan yoziladigan maqola) tahririyatning eng
mas’uliyatli maqolasi hisoblanadi.
Ushbu maqolada ichki va xalqaro hayotga doir muhim masalalarni o‘quvchilarga
yetkazish – asosiy vazifa hisoblanadi. Bunday maqola ma’lum bir masala yuzasidan
yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishi, kamchiliklarni ochib tashlashi, har bir ishning asosiy haqiqiy
yo‘lini belgilab berishi lozim. Prezident farmonlari, Oliy Majlis qonunlari, Vazirlar
59
Mahkamasi tomonidan qabul qilinadigan davlat va hukumat hujjatlari, qarorlari,
qonunlari davrning dolzarb masalalari bosh maqolada yoritiladi.
Nazariy maqola va targ‘ibot maqolaning asosiy vazifasi mustaqillik, milliy
g‘oya, istiqlol mafkurasining asoslari va prinsiplarini; ilmiy maqolaning vazifasi fan,
madaniyat, texnika yutuqlarini tushuntirish, ommalashtirish, o‘quvchining g‘oyaviy,
ilmiy saviyasini oshirishdan iborat. Muammoli maqolada esa munozara va bahs asosiy
o‘rinda bo‘ladi hamda muallif o‘z qarashlarini o‘rtaga tashlaydi.
Maqola so‘zi keng ma’noda gazeta, jurnal, radio, televideniye, shuningdek,
to‘plamlardagi ilmiy asarlarga nisbatan ham qo‘llaniladi.
Ilmiy uslub tabiat va ijtimoiy hayotdagi barcha narsa hamda hodisalar to‘g‘risida
aniq, asoslangan, izchil ma’lumot berishda qo‘llanadi. Unda narsa-hodisa mohiyatini
ta’riflash, tahlil qilish, sababini aniqlab, dalillar bilan
isbotlash va asosli natijalarni
bayon etish muhim hisoblanadi. Maxsus atamalar bu
uslubning leksikasini tashkil
qiladi, unda adabiy me’yorga qat’iy rioya etilgani holda majhul nisbatdagi fe’llar va
murakkab qurilishli gaplar keng ishlatiladi.
Ilmiy uslub bilimning turli sohalariga
qarab, shuningdek, kimga mo‘ljallanganligiga nisbatan o‘zaro farqlanadi. Masalan,
fan sohalari muayyan shartli belgilar, formulalar, bayon qilish materiali bilan ajralib
turadi. Ilmiy uslubdagi kitoblar ilm-fanga oid ma’lumotlar berish
bilan
mutaxassis -largagina mo‘ljallanishi yoki bunday ilmiy ma’lumotlar keng ommaga
qaratilgan bo‘lishi mumkin. Keng jamoatchilikka tushunarli bo‘lgan, tasvir bayonida
emotsionallik, obrazlilik mavjud bo‘lgan uslub ilmiy-ommabop uslub sanaladi.
Ko‘pchilikka mo‘ljallangan ma’ruzalar, risola va darsliklar shu
uslubning
ko‘rinishlaridir.
Ilmiy-ommabop uslubda maxsus atamalar kam ishlatiladi (ishlatilganda
esa
izohi beriladi), fikrlar qiziqarli tilda tushuntiriladi, bayonda obrazlilikni ta’minlovchi
badiiy tasvir usullaridan foydalaniladi.
Amaliy mashg‘ulotlar uchun vazifalar :
1.O‘z sohangizga oid mavzuda maqola yozing.
2.Mavzuga doir slaydli taqdimot tayyorlang.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar :
1.Maqola haqida ma’lumot bering.
2. Maqola va uning turlarini izohlab bering.
3.Bosh maqolaning o‘rni va ahamiyati haqida nimalarni bilasiz?
4.Sohaga oid maqola yozishda nimalarga ahamiyat berishimiz kerak?
60
I.
TAQDIMOT NUTQI. INTERNET TILI. REKLAMA
13 MAVZU: TAQDIMOT NUTQI – JAMOATCHILIK NUTQINING TURI
SIFATIDA. IDORAVIY TAQDIMOT (TAQDIMOTNI TASHKILLASHTIRISH)
Reja:
1.
2.
3.
4.
Taqdimot haqida umumiy ma’lumot.
Taqdimotda vazifalar va uning tarkibiy qismlari.
Taqdimotni tuzish jarayoni.
Taqdimot jarayonida ko‘rgazmali vositalardan foydalanish.
Taqdimot jiddiy mavzu.
Uning maqsadi tinglovchilarga ma’lumot berish, tushuntirish va undash yoki o`z
nuqtai nazarini taqdim etishdir. Unda mahsulot tanishtirilishi, jarayon tushuntirilishi
yoki tajriba bayon etilishi mumkin. U kichik, bilimli tinglovchilarga konferensiya,
seminar yoki biznes yig`ilishida yetkazib berilishi mumkin va tinglovchilar savollari
bilan davom ettiriladi. Taqdimot malakasi notiqlik san’atida oldindan abzatslarning
kirish qismini tayyorlash, format aspektda amaliyot bilan ishlov berilishi va rivojlantirilishi
mumkin.moTTTTTTTTTTTTTTTTTTTTTTTTTTTTTTTTTTTTTTTTtda
Taqdimotda 4 ta vazifa bajarilishi lozim:
1. Taqdimot qilinishi kerak bo`lgan muhit haqida bilish yoki buni biz taqdimotning
turli elementlari deyishimiz mumkin.
2. Matnni va ko`rgazmali qurollarni tayyorlash.
3. O`zining ko`rinishi va xatti-harakatlariga e’tibor qaratish.
4. Taqdimot qilishni mashq qilish.
Taqdimotning tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
1. O`tkazilish joyi: agarda siz joyni bilsangiz, siz o`zingizni qulayroq his qilasiz, lekin
xonani va barcha talab etilgan jihozlarni taqdimot boshlanishidan bir necha daqiqa
oldin tekshirishni unutmang. Agarda tashqarida bo`lsa, siz xona, o`rindiqlar joylashuvi, notiqning o‘rni bilan tanishishga harakat qiling, ko`rgazmali qurollarni diqqat bilan
tekshiring. Uning joylashuvi va yoritilishiga e’tibor qarating.
2. Tashkilotchi: tashkilotchi tashkilot nomi va undagi muhim shaxslar haqida imkoni
boricha ko`p bilishga harakat qiling.
3.Tadbir: qanday tadbirga taqdimot qilish uchun ketayotganingizni bilishingiz shart,
biznes uchrashuvimi, konferensiyami yoki seminarmi?
4. Mavjud vaqt: sizga mo`ljallangan vaqtni oldindan tekshiring. Abzatslarni tayyorlash berilgan vaqtga bog`liq bo`ladi.
61
5. Boshqa notiqlar: yana boshqa notiqlarni bilib olish. Raqib tashkilotdan kimlardir
bo`ladimi? Ularning tashkilotdagi lavozimi qanday? Raqiblar bo`lishi yoki
bo`lmasligidan qat’i nazar ular haqida har qanday izoh berishda ehtiyotkor bo`ling.
6.Tinglovchilar: taqdimot tinglovchilarning ehtiyojlari va qiziqishlariga mos bo`lishi
shart. Nutqning mazmuni va ohangi tinglovchilarning tabiatiga bog`liq bo`ladi.
Taqdimotda foydalangan so`zlaringizga e’tibor qarating, mos bo`lmagan hech narsaga
murojaat qilmang.
Taqdimotni tuzish jarayoni quyidagi harakatlardan iborat:
1.Taqdimotni umumiy bezash usulini tanlash;
2.Slaydlarning mazmuniy o‘lchamlarini tanlash;
3.Yangi slaydni va uning tarkibiy qismlarini qo‘shish;
4.Slayd hajmi yo‘lchamlarini tanlash;
5.Slaydlarga bezashda zarur bo‘lgan o`zgarishlar kiritish;
6.Slaydlarni ko‘rsatishda tovushli animatsiya jihatlarini yaratish.
Taqdmotni tayyorlash jarayonida Microsoft Power Point da ko‘rsatilayotgan
ma’lumotlar taqdim etilayotgan ishning mazmuni va mohiyatini, natijalari va xulosalarini, takliflarini aks ettirishi lozim. Taqdimot quyidagi tavsiflarga ega bo‘lishi kerak:
A) slaydlar soni (7 – 10 ta);
V) slaydlarning mazmuniy o‘lchamlari;
S) birinchi slayd ishning mavzusi, obyekti, bajaruvchi to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berishi zarur;
D) oxirgi slayd ma’lumotlar manbalari tavsifiga bag‘ishlangan bo‘lishi kerak;
Imidj tushunchasi reyting, obro`, mashhurlik, joziba, maftunkorlik, e’tibor,
nufuz va boshqa tushunchalar bilan hamohangdir. Imidj tashqi ko`rinish, kiyinish
madaniyati, urf-odatlar, faoliyat va sa’y-harakatlar, inson axloqi va o`zini tutishida, xarakterida, do`stlari va o`zaro munosabatlarida namoyon bo`ladi.
Taqdimot jarayonida ko`rgazmali vositalar dan foydalanish
Multimediali taqdimot - bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona va
eng zamonaviy shakli hisoblanadi. Bu matnli ma’lumotlar, rasmlar, slayd-shou, diktor
jo‘rligidagi ovoz bilan boyitilgan, videoparcha va animatsiya, uch o‘lchamli grafika
tarzidagi dasturiy ta’minot bo‘lishi mumkin. Taqdimotning ma’lumot
taqdim etishning boshqa shakllaridan asosiy farqi ularning mazmunan boyitilganligi va
interfaolligidir, ya’ni belgilangan shaklda o`zgarishga moyilligi va foydalanuvchi
faoliyatiga munosabatini bildirishidir. Bundan tashqari, taqdimot sizning saytingiz
kaliti ham bo‘lishi mumkin. Ya’ni Internetga chiqish imkoniyati mavjud bo‘lgan paytda sichqonchani bir martagina bosish orqali taqdimotni ko‘rib kompaniya saytidan
eng yangi ma’lumotni olish mumkin.
Bu maqsadda diaproektorlar, kodoskoplar, grafik tasvirlarni ekranda namoyish
etuvchi slaydlardan foydalaniladi. Kompyuter va multimediali proyektorning paydo
bo‘lishi ma`ruzachi nutqini ovoz, video va animatsiya jo‘rligida sifatli tashkil etishning
62
barcha zaruriy jihatlarini o`zida mujassam qilgan ko‘rgazmali materiallarni taqdimot
sifatida tayyorlash va namoyish etishga imkon berdi. Ma`lumki, inson ma’lumotning
ko‘p qismini ko‘rish (-80%) va eshitish (-15%) organlari orqali qabul qiladi.
So‘nggi o‘n yillik dunyoda kompyuter revolyutsiyasi davri bo‘ldi. Kompyuterlar
asosli ravishda hayotimizga kirib keldi. Insoniyat faoliyatining aksariyat jabhalarini
kompyutersiz tasavvur qilish qiyin. Faoliyatning eng tez o`zgaruvchan dinamik turi
bo‘lgan biznes ham ushbu jarayondan chetda qolmadi. Bu holatda kompyuter bilan
muloqotni osonlashtirish, uning e’tiborini tortish, qiziqtirish uchun ma’lumotingizni
boshqalarga qanday qilib eng qulay va samarali tarzda yetkazish mumkinligi
to‘g‘risida savol tug‘iladi.
Amaliy mashg‘ulotlar uchun vazifalar :
1.Taqdimot uchun jonli rasmlar oling va uni slaydlarda joylashtiring .
2.O‘zingiz qiziqqan sohaga doir multimediali taqdimot tayyorlang.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar :
1.Taqdimot haqida ma’lumot bering.
2. Taqdimot va uning turlarini izohlab bering.
3. Taqdimot jarayonida qanday ko‘rgazmali qurollardan foydalanish kerak?
4. Multimediali taqdimotni tushuntiring.
63
14 MAVZU: INTERNET MAYDONIDA KOMMUNIKATSIYA TILI. INTERNETDA VERBAL VA NOVERBAL MULOQOT
Reja:
1.Uslublar , taqdimot nutqi va axborotlar tili.
2. Internet va undan foydalanish madaniyati.
3. Ta’lim sohasida internet texnologiyalari.
4. Internetda verbal va noverbal muloqot.
Ilmiy uslubning о‘ziga xos xususiyatlari. Gazeta va jurnaldan ta’lim yoki
madaniyat mavzusidagi maqolani о‘qish, til xususiyatiga kо‘ra boshqa nutq uslubidan
farqlanishini izohlash. Badiiy adabiyot va kundalik matbuot sahifalaridan gap
bо‘laklari tartibi buzilish holatlari. Ularning uslubiy bо‘yog‘ini aniqlash.
Internet bu - hozirgi zamon talabidagi yagona ommabop kompyuter tarmog'i
hisoblanib, bizga barcha sohalarga oid noaniqlik ya'ni ongimizga mavhum bo'lgan
tushunchalar haqida ochiq, oddiy va ravon ma'lumot beruvchi axborot manbaidir.
Tabiiyki, hozirgi kunda ushbu omilga bo'lgan ehtiyojmandlar soni kundan kunga
ortib bormoqda. Mazkur tarmoq butun dunyo miqyosida global tarmoqdir. Zero unda
mavjud yangiliklardan habardor etuvchi matnlar, tasvir hamda ovoz xizmatlari va bir
qator imkoniyatlar barcha jabhada katta engilliklarni yuzaga keltirayotgan bo'lsa-da,
ammo ikkinchi tomondan insoniyatni beixtiyor virtual olamga jalb etib bormoqda.
Ayniqsa, bu ta'sir doirasidan o'smir yoshlar ham yo'q emas. Bu borada mutaxassislarning so'zlari quyidagi natijalarni isbotlamoqda: internet tarmog'idagi ijobiylik
insonning fan, soha va faoliyatiga bog'liq muhim aniq dalillarga ega bo'lishida har
tomonlama qulay va tegishli vaqt miqdorining tejalishiga olib keladi. Lekin
qiziquvchanlik sababli Internet axborotlaridagi ortiqcha ma'lumotlarga haddan ziyod
berilib ketishlari mumkin. Bu esa izlanuvchanlik, fikriy rivojlanish, mushohada, tahlil
qilish qobiliyati va xotiraning o'tkirlik darajasini susaytirishga sabab bo'lmoqda.
Ma'lumki, Internet vositasidan foydalanish hech kimga majburiy bo'lmagan va
insonning o'z tafakkuridan kelib chiqqan qonun qoidalar asosida bo'lishi kerakligi
hamda undagi me'yor talablari, ya'ni internet tarmog'idan axborotlarni to'g'ri tanlash
har jihatdan o'rinlidir. Bundan ko'rinib turibdiki, ushbu tarmoq vositasining o'z ichiga
qamrab olgan axborotlar miqyosi shu qadar keng va ko'p ekanligi gohida o'zimizga
kerakli bo'lgan ma'lumotlarni ajratib olishimizda ham qiyinchilik tug'dirmoqda. Barchamizga ma'lumki, internetda ishlashimiz uchun qidiruv tizimining o'rni beqiyos. Internet tarmog'ida: Yahoo, Google, Ref.uz singari yana boshqa nomlar bilan ataluvchi
qidiruv tizimlari mavjud. Yuqoridagi qidiruv dasturlari haqida batafsil va umumiy
ta'rif berishda ularni biror bir tizim orqali masalan, Google tizimini tushuntirish
maqsadga muvofiq bo'ladi.
64
Darhaqiqat, hozirda nafaqat internet tarmog'i vujudga kelganligi, bundan
tashqari shu kabi jahonaro rivojlanib kelayotgan turli - tuman axborot texnologiyalar
yosh avlodga ijobiy ta'sir kuchini o'tkazayotganligini bir tomondan quvonarli bo'lsa-da,
ikkinchi tomondan ularni turli salbiy saboqlardan asrash maqsadida tarbiyaviy muhitni
kuchaytirishga undaydi.
Topshiriq. O'zbekiston Respublikasida mavjud ommaviy axborot vositalari bilan
tanishing.
KLASTER
172ta jurnal
813ta ommaviy axborot
vositasi bor
562ta gazeta
O`zbekiston Respublikasining ommaviy axborot
vositalari
4ta axborot agentligi
75ta teleradiostudiya
mavjud
kabel telestudiyalar
mavjud
Intervyu olish va intervyu berish qoidalari
Intervyu - muxbirning (umuman so'zlovchining) biror mashhur shaxs bilan
ma'lum bir masala bo'yicha savol-javobidir. Muxbir intervyu olingunga qadar o'z
savollarini tayyorlab qo'yadi. Intervyu savollari shu kunda hammani qiziqtirgan muhim masalalar haqida bo'lishi lozim. Intervyu olish muxbirdan bilimdonlikni,
notiqlikni, turli etik qoidalarga amal qilishlikni talab etadi. Muxbir intervyu
beruvchi shaxs haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lishi zarur.
65
Reportaj tayyorlash
Reportaj- OAV sodir bo'layotgan voqea -hodisalardan olib beriladigan mahalliy
mavzulardagi xabar, maqola.
Jurnalist — asosiy faoliyati jurnalistika bilan shug‘ullanish bo‘lgan, muhim faktlar, voqealar, odamlar, hodisalar haqidagi axborotni yig‘ish, qayta ishlash va uni auditoriyaga yetkazish orqali OAVni axborot bilan to‘ldiruvchi kishi. Jurnalistlar, asosan, publitsistik faoliyatga yo‘nalgan bo‘lib, ular o‘z oldiga ma’lum ijtimoiy fikrni
shakllantirish, shuningdek, davlat hokimiyatining u yoki bu qaror va harakatlariga tahrirlovchi sifatida ta’sir qilish va nashr, radio yoki telekanal ta’sischilari belgilagan
chegaralar doirasida jamiyat va davlat o‘rtasidagi vositachi bo‘lishni maqsad qiladi.
Muxbir (arab. — xabar beruvchi, xabarchi) — 1) tahririyat tarkibida jurnalist
sifatida xizmat qiluvchi xodim; 2) bevosita tahririyatda ishlamaydigan, ammo ommaviy- axborot vositalarida muntazam ijodiy hamkorlik qiluvchi shaxs; 3) boshqa ommaviy- axborot vositalarida chiqish uyushtiruvchi gaz., jur., radio, televideniye tahririyati
xodimi.
Jurnalist - muxbir, reportyor (axborot-yangiliklar xizmati xodimi) va sharhlovchiga teleoperator, produser va boshqa texnik xodimlari yordam berishi mumkin.
OAV fotografi (suratkashi) reportyor yoki muxbir bilan birgalikda ishlashi yoki
mustaqil ravishda o‘z nashri uchun fotoreportajlar tayyorlashi mumkin. Bu jarayonda
u fotojurnalistga aylanishi mumkin.
Ta’lim sohasida internet texnologiyalari
Bugungi kunda internet bizning hayotimizga tobora kirib bormoqda. Internetda
pochta, telefoniya, biznes (savdo, bank, auksion) ishlari ko‘proq amalga oshirilmoqda.
Kundan-kunga tarmoqda axborot manbalari ko‘paymoqda. Yildan -yilga Internetdan
foydalanuvchilar soni ortib bormoqda. Internet deyarli ta’lim jarayoni uchun ideal
muhit vazifasini o‘taydi. Bunga Internet foydalanuvchilarining dunyoning istalgan
nuqtasidan tarmoq resurslaridan foydalana olishligi muhim omillardan biri sifatida
ko‘rsatilmoqda.
66
Tarmoq foydalanuvchilari va axborot sahifalari soni uzluksiz tarzda o‘sib
borib, ko‘pchilik yoshlar uchun ermak va qulay vositaga aylanmoqda. AQSh da
o‘tkazilgan statistik tadqiqotlarga ko‘ra Oliy o‘quv yurtlarining yuqori kurs va
kollejlari talabalarining 100%i internetdan foydalanadilar. Talabalar Internetning
faol foydalanuvchilari sifatida haftasiga o‘rtacha 11 soatni onlaynga sarflaydilar.
Har 10 talabadan 9 tasi kuniga elektron pochtasidan foydalanadilar. Internetdan
yangilik, axborot va ish qidiradilar. Amerikalik 5 dan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalarning deyarli 90% i kompyuterdan foydalanadilar, bu foydalanuvchilarning
59%i internetdan foydalanuvchilardir. 15 yoshli amerikaliklarning har to‘rtinchisi
internetdan foydalanadilar, 10 yoshlilar guruhida bo‘lsa 60% ni, 16 va undan kattalarda bu ko‘rsatkichlar 80% ni tashkil etadi (bu ko‘rsatkichlar ham vaqt o‘tishi
bilan ortib bormoqda).
Mashq. Quyida berilgan reportaj matnini o‘qib, qaysi uslubga xosligini
aniqlang. Uslubning o‘ziga xos xususiyatlarini izohlab bering.
OAV
Olib borilayotgan ishlarni aholiga yetkazib berish, uni targ‘ib qilishda ommaviy
axborot vositalarining tutgan o‘rni juda katta. Aynan ushbu soha vakillari sabab joylarda bo‘lib o‘tayotgan tadbirlar, amalga oshirilayotgan ishlar, yangiliklar, muvaffaqiyatlar va kamchiliklardan boxabar bo‘lamiz. Ommaviy axborot vositalari xalqimiz
hayotiga, uning quvonch va tashvishlariga tobora yaqin bo‘lib, davlat va xalq orasidagi
haqiqiy «ko‘prik» vazifasini bajarmoqda. Xususan, sport rivoji yo‘lida ham «to‘rtinchi
hokimiyat» vakillarining o‘rni beqiyosdir. 27 iyun Ommaviy axborot vositalari kuni.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan qalam ahli
uchun o‘ziga xos tadbir tashkil etildi. Unda jurnalistikaning turli yo‘nalishlarida,
jumladan TV, gazeta, internet nashrlarida faoliyat olib borayotgan bir guruh ommaviy
axborot vositasi xodimlari ishtirok etishdi.
Topshiriq. Tushunchalar tahlili metodi jadvalini to‘ldiring.
Tushunchalar
Tushunchalar tahlili
OAV
Reportaj
Intervyu
Muhbir
67
Jurnalist
Internet
O‘zbek tili ta’limida zamonaviy ta’lim
texnologiyalaridan foydalanish
Ta’lim jarayonida ilg‘or pedogogik texnologiyalarni joriy etish, darslarda
kommunikativ-nutqiy tamoyilni tadbiq etish, texnik vositalar: audio-video apparatlar,
o‘quv videofilmlaridan foydalanish, o‘qituvchilarga darslarini texnik vositalar bilan
to‘liq ta’minlangan auditoriyalarda o‘tkazish uchun to‘liq shart-sharoit zarur. O‘zbek
tili ta’limida zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanib, mashg‘ulotdan
ko‘zlangan natijaga erishish mumkin. Interfaol metodlar boshqa metodlar singari
o‘quv mashg‘ulotining tarkibiy qismi sifatida o‘qituvchi va talaba hamkorligini
tashkil etishga yordam beradi. Boshqacha aytganda, texnologik jarayonning to‘liq
amalga oshirilishi uchun xizmat qiladi. Ayniqsa, til ta’limida ular beqiyos.
Verbal va noverbal muloqot.
Muloqot til vositasi bilan — verbal yoki tilning ishtirokisiz — noverbal amalga oshirilishi mumkin.
Verbal aloqa ogʻzaki aloqa va verbal asos haqida fikr bildirib, ogʻzaki dalil
(asos) larni bildiradi. Verbal muloqot jarayonida so‘z muhim oʻrin tutadi. So‘z talaffuz
qilinishi, ichki nutqda takrorlanishi, yozilishi, maxsus ishoralar yordamida ifodalanishi
mumkin. Muomala faqat kishilar oʻrtasidagi axborot almashishdangina iborat boʻlmay,
balki kishilarning his-hayajonlarini ham qamrab oladi. Muomalaning bu tomoni
noverbal kommunikatsiyani tashkil qiladi. Noverbal muloqot vositalari boʻlib imoishora, harakat, ohang, intonatsiya, pauza, kulgi, tabassum, ko‘z qarash, ko‘z yoshi va
boshqalar xizmat qiladi. Noverbal muloqot vositalar verbal muloqotni toʻldiradi.
Noverbal vositalar yordamida bir so‘zga koʻplab ma’no berish mumkin.
Tillarni o‘rgatishda shu til sohibiga xos boʻlgan noverbal vositalarni ham
o‘rgatish lozim. Aks holda chet til toʻla o‘zlashtirilmaydi.
Chunki turli tillardagi noverbal vositalar ham so‘zlar kabi bir-biridan farq qiladi.
Muloqot jarayonida talabalarni yuzma-yuz o‘tqazish ijobiy samara beradi.
Muloqot jarayonida tilga xos boʻlgan noverbal vositalardan to‘gʻri foydalanish muloqot madaniyatining tarkibiy qismi hisoblanadi.
68
Noverbal so‘zlar muloqot kuzatish kuchi bilan yaqindan bogʻlanadi. Muloqot
qabul qiluvchi so‘zlovchini koʻrish, eshitish va hattoki, his qilish pozitsiyasida boʻlishi
kerak. Muloqotni qabul qiluvchi so‘zlovchining yuzi, imo-ishorasi, ohangi, kiyimkechagi, koʻrinishini aniq koʻrishi va ovozini ham eshitadigan joyda boʻlishi kerak. Bu
kuzatish orqali boʻlarkan, noverbal muloqot rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan
boʻlishi mumkin. So‘zlovchi tinglovchilarga ongli imo-ishora, gavdasini tutishi xattiharakatlarning boshqa shaklllari orqali aniq xabarni bildirmoqchi boʻlganda rejalashtirilgan boʻladi. Noverbal muloqot esa, so‘zlovchining xatti-harakatlari, gavdasini tutishi, yoki koʻrinishi qabul qiluvchi tomonidan gʻayriixtiyoriy qilinsa ham rejalashtirilmagan hisoblanadi. Pala-partish kiyinish yoki norasmiy kiyim-bosh kiygan
notiq e’tiborli boʻlsa ham, jiddiylik yetishmaganday izoh berilishi mumkin.
Noverbal muloqotning ahamiyati
1. Geografiya, kartalar, diagrammalar va hokazolar bilan bogʻliq fikrlarni bidirishda,
qabul qiluvchi masalani bir qarashda tushunib olishi mumkin, noverbal metodlar
ixcham shaklda katta miqdordagi ma’lumotlarni taqdim eta oladi.
2. Haydovchilar yoki yoʻlovchilardan darhol javob boʻlishi shartligi sababli yoʻl harakati belgilari, signallar uchun noverbal muloqot shak-shubhasiz asosiy oʻrinni tutadi.
3. Noverbal ta’sirning ma’nosi “nutqsiz”dir. Bunga suhbatdoshlarning fazoda birbirlariga nisbatan tutgan oʻrinlari, holatlari (yaqin, uzoq, intim), qiliqlari, mimika, pantomimika, qarashlar, bir-birini bevosita his qilishlar, tashqi qiyofa, undan chiqayotgan
turli signallar ( shovqin, hidlar ) kiradi. Ularning barchasi muloqot jarayonini yanada
kuchaytirib, suhbatdoshlarning bir-birlarini yaxshiroq bilib olishlariga yordam beradi.
Amerikalik olim Megrabyan formulasiga koʻra, birinchi marta koʻrishib turgan suhbatdoshlardagi taassurotlarning ijobiy boʻlishiga gapirgan gaplari 7%, paralingvistik
omillar 38% va noverbal harkatlar 58% gacha ta’sir qilarkan.
Amaliy mashg‘ulotlar uchun vazifalar :
1.Internet materiallaridan foydalanib, ta’lim sohasidagi yangiliklardan namunalar yozish .
2.Mavzuga doir multimediali taqdimot tayyorlang.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1.Internet va udan foydalanish madaniyati haqida ma’lumot bering.
2. Ta’lim sohasida internet texnologiyalarini izohlab bering.
3. Internetda verbal muloqotni tushuntiring
4. Internetda noverbal muloqotni tushuntiring.
15 MAVZU: REKLAMA – IDORAVIY MULOQOT JANRI. REKLAMA MATNINING TUZILISHI, REKLAMA MATNI
69
Reja:
1.
2.
3.
4.
Reklama haqida umumiy ma’lumot.
Reklamaning o‘ziga xos xususiyatlari.
Reklama shiorlaridagi bog‘liqlik.
Reklama matnlarining tuzilishi.
Har qanday reklama axborot matnini tinglovchiga yetkazish uchun xizmat qiluvchi vosita sanaladi. Demak, reklamaning birlamchi va asosiy elementi bu tildir.
Reklamalar matni (peshlavha, shior, afishalar) matnlariga nisbatan o‘ziga xos bir qator
xususiyatlarga ega. Quyida ana shunday matnlar haqida so‘z yuritamiz.
Ma’lumki, har qanday matndan anglashilayotgan fikrlar undagi til birliklari
orqali ifodalanadi. Matnning o‘ziga xos xususiyati undagi til birliklarining o‘zaro
bog‘liqligi, mosligi va yaxlitligidir. Ko‘chma reklama matnlari tuzilishiga ko‘ra
alohida ahamiyatga ega. Ularda aks etuvchi yozuvlar, rasmlar, shartli belgilar, simvollar reklama matni semantikasiga bog‘liq bo‘ladi.
Tilning ifoda vositalari reklama qilinayotgan mahsulotning muhim qirralarini
ochishda zaruriy vosita hisoblanadi. Masalan, vizual (ko‘ruv) reklama matnlarida lingvistik vosita sifatida asosan yuqori emotsional -ekspressivlikka ega bo‘lgan sifat turkumiga ega bo‘lgan so‘zlar qo‘llaniladi. Chunki reklama qilinayotgan xizmatlar, tovarlarning o‘ziga xos xususiyatlari, afzalliklarini alohida ta’kidlab, bo‘rttirib ko‘rsatish,
asosan, sifat so‘z turkumi orqaligina amalga oshiriladi. Masalan, xushbo’y, nozik, shaffof, sof, asl, toza, haqiqiy, tabiiy, chin, arzon, ommabop, hammabop, yoqimli, ko’rkam,
yorqin, porloq, xushbichim, orasta, zebo kabi.
Shuningdek, reklama matnlarida buyruq tarzidagi da’vat fe’llari ham ko‘p
qo‘llanishi mumkin. Masalan, his eting, tashrif buyuring, marhamat qiling, tanishib
chiqing, tanlang, kuting, ishtirok eting, ega bo’ling, shoshiling, lazzatlaning, quvoning
va hokazo. Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, vizual reklamalarturiga kiruvchi
ko‘chma reklama tilining muhim va jonli bo‘lishi hamda ta’sirchan shaklda
o‘quvchiga yetkazilishi uchun uning matni mazmunli, siqiq shaklda va tasviriy san’at
bilan omuxta bo‘lishi, ya’ni reklamalarda til birliklari va tasviriy san’at uyg‘unligi
ta’minlanishi kerak. Vizual reklamalarni til birliklarining qo‘llanish yoki
qo‘llanmasligiga ko‘ra shartli ravishda lingvistik matnli reklamalar lingvistik matnlarsiz reklamalarga qaraganda ko‘proq axborot tashiydi. Lingvistik matnli reklamalarda
ko‘zlangan maqsadga erishish reklama mazmunini ifodalovchi asosiy so‘zlarning qisqaligiga, yozilish shakli, rangi va boshqa xususiyatlariga ham bog‘liq.
Tuzilishiga ko‘ra reklama shiorlarini 3 guruhga ajratish mumkin:
1. Bog‘langan shior. Bunda tovar nomi ishtirok etadi: Har doim Coca-Cola!
70
2. Uyg‘unlashgan shior. Unda shior tovar nomi bilan ritmik va fonetik
uyg’unlikda bo‘ladi: Alyumag – oshqozonga ko‘mak; Ermak – bu foydali,
mazali va toza yemak; Muza bilan siz, betakror pazandasiz.
3. Erkin shior. Bunda tovar markasi alohida qo‘llanadi: Nescafe. Hammasi
yaxshilikka. Nestle. Musaffo hayot davri keldi! Shaffof. Birinchi buloq suvi!
Reklama matnlari quyidagicha bo‘lishi lozim:
-
qisqa so‘z, qisqa gap, qisqa abzatslardan foydalanib mazmunli matn tuzish;
reklama qilinayotgan taklifni bevosita sarlavhaning o‘zida isbotlash;
“qulay” so‘ziga asosiy e’tiborni qaratish;
sarlavha osti qismida matnni takroran eslatish;
reklama matnini mahsulot yoki xizmatni harakatda tasvirlovchi rasmlar bilan berish;
- taklifning qat’iyligi to‘g‘risidagi iborani kiritish, so‘z yoki iborani katta harflarda
yozish.
Reklama shunday jarayonki, unga har kuni, har yerda har bir kishi duch keladi.
Reklama ommaviy kommunikatsiyaning barcha sohalariga kirib bormoqda.
Amaliy mashg‘ulotlar uchun vazifalar :
1.Internet materiallaridan foydalanib, sohangizga oid reklama matnini yarating va ularga namunalar yozish .
2.Mavzuga doir multimediali taqdimot tayyorlang.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar :
1.Reklama haqida ma’lumot bering.
2. Reklamaning o‘ziga xos xususiyatlarini izohlab bering.
3. Reklama shiorlaridagi bog‘liqlikni tushuntiring.
4. Reklama matnlarini tuzishda nimalarga ahamiyat berish kerak?
Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni
Talabalarga “Akademik yozuv” fanidan mustaqil ta’limni tashkil etishda
mazkur fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish
tavsiya etiladi va joriy nazorat sifatida baholanadi:
1) mavzular bо‘yicha konspekt (referat, taqdimot) tayyorlash. Nazariy materialni puxta
о‘zlashtirishga yordam beruvchi bunday usul о‘quv materialiga diqqatni kо‘proq jalb
71
etishga yordam beradi. Talaba konspekti turli nazorat ishlariga tayyorgarlik ishlarini
osonlashtiradi, vaqtni tejaydi;
2) О‘qitish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari bilan ishlash. Talabalar
ma’ruza va amaliy mashg’ulotlari davomida olgan bilimlarini о‘zlashtirishlari, turli
nazorat ishlariga tayyorgarlik kо‘rishlari uchun tavsiya etilgan elektron manbalar,
innovatsion dars loyihasi namunalari, о‘z-о‘zini nazorat uchun test topshiriqlari v.b.;
3) fan bо‘yicha qо‘shimcha adabiyotlar bilan ishlash. Mustaqil о‘rganish uchun
berilgan mavzular bо‘yicha talabalar tavsiya etilgan asosiy adabiyotlardan tashqari
qо‘shimcha о‘quv, ilmiy adabiyotlardan foydalanish rag’batlantiriladi;
4) INTERNET tarmog’idan foydalanish. Fan mavzularini о‘zlashtirish, kurs ishi,
bitiruv malakaviy ishlarini yozishda mavzu bо‘yicha INTERNET manbalarini topish,
ular bilan ishlash nazorat turlarining barchasida qо‘shimcha reyting ballari bilan
rag’batlantiriladi;
5) mavzuga oid masalalar. Keys-stadilar va о‘quv loyihalarini ishlab chiqish va
ishtirok etish;
6) amaliyot turlariga asosan material yig’ish, amaliyotdagi mavjud muammolarning
echimini topish, hisobotlar tayyorlash;
7) ilmiy seminar va anjumanlarga tezis va maqolalar tayyorlash va ishtirok etish;
8) masofaviy (distansion) ta’lim asosida mashg’ulotlarni tashkil etish bо‘yicha
metodik kо‘rsatmalar tayyorlash va h.k.
Uyga berilgan vazifalarni bajarish, yangi bilimlarni mustaqil о‘rganish, kerakli
ma’lumotlarni izlash va ularni topish yо‘llarini aniqlash. Internet tarmoqlaridan
foydalanib ma’lumotlar tо‘plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy tо‘garak
doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola (tezis) va
ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi,
ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Uy vazifalarini
tekshirish va baholash amaliy mashg’ulot olib boruvchi о‘qituvchi tomonidan,
konspektlarni va mavzuni о‘zlashtirish darajasini tekshirish va baholash esa ma’ruza
darslarini olib boruvchi о‘qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi.
Mustaqil ishni tashkil etish bо‘yicha uslubiy kо‘rsatma va tavsiyalar, keys-stadi,
vaziyatli masalalar tо‘plami ishlab chiqiladi. Bunda talabalarga asosiy ma’ruza
mavzulari bо‘yicha amaliy topshiriq, keys-stadilar echish uslubi va mustaqil ishlash
uchun vazifalar beriladi.
72
ILMIY USLUB. USLUBLAR VA VIZUAL AXBOROTLAR
16 Mavzu: ILMIY USLUB VA UNING XUSUSIYATLARI
Reja:
1. Adabiy nutq va uning uslublari.
2. Badiiy nutq uslubi, uning xususiyatlari.
3.Ilmiy uslubning boshqa uslublar bilan bog’liqligi.
Adabiy nutq va uning uslublari
Adabiy nutq – yozuvchilar, shoirlar, olimlar tomonidan ishlangan, qat’iy
me’yorlarga ega bo‘lgan nutq ko‘rinishidir.
Adabiy nutqning muayyan sohadagi muloqot uchun moslashtirilgan, bir qator o‘ziga
xos xususiyatlari bilan farqlanib turadigan ko`rinishlari - uslublari mavjud.
Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum soha doirasiga, ma’lum nutqiy vaziyatga
xoslangan ko`rinishi nutq uslubi hisoblanadi.
Ayrim nutq uslubidagina qo‘llaniladigan so`zlar uslubiy xoslangan so‘zlar, bunday xususiyatga ega bo‘lmagan so‘zlar esa uslubiy betaraf so‘zlardir. Olim na’matakka
ilmiy izoh bersa, shoir esa unga badiiy tus beradi, metafora, o‘xshatish, jonlantirish,
leksik vositalar bilan shoirona kuylaydi.
Uslub – so‘zlovchi va yozuvchining ifodalanayotgan fikrga, voqea, hodisaga
shaxsiy munosabatidir.
Til birliklari va materialidan fikrni ifodalash maqsadida foydalanish jarayoni
nutq sanaladi. Hayotning turli sohalari, turlicha nutq vaziyatlarida tildagi leksik,
frazeologik, fonetik va grammatik vositalarni tanlash va ulardan foydalanish usullari
ham har xil bo‘ladi. Shunga ko‘ra, nutqning quyidagi uslublari o‘zaro farqlanadi:
so‘zlashuv uslubi, rasmiy-idoraviy uslub, ilmiy uslub, publitsistik uslub va badiiy
uslub.
Adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilingan so‘zlashuv uslubi adabiy
so‘zlalashuv uslubi, bunday xusuiyatga ega bo`lmagan so‘zlashuv uslubi esa oddiy
so‘zlashuv uslubidir.
Oilada, ko‘cha-ko‘yda kishilarning fikr almashish jarayonida qo‘llanadigan nutq
uslubi so‘zlashuv uslubi sanaladi. So‘zlashuv uslubi adabiy va oddiy so‘zlashuv
uslublarini o‘z ichiga oladi.
So‘zlashuv uslubining har ikki turi ko‘pincha dialog shaklida ro‘yobga chiqadi.
Ikki shaxsning o‘zaro so‘zlashuvi dialogik nutq sanaladi. So‘zlashuv uslubida so‘zlar
ko‘pincha kinoya, piching, qochirmalarga boy bo‘ladi. Bu uslubning yana bir o‘ziga
xos xususiyati uning erkinligidir.
73
Badiiy uslub - badiiy adabiyot, ya’ni badiiy asarlarga xos bo‘lib, unda badiiylik,
ifodaviylik, ta’sirchanlik kuchlidir. Obrazlilik va estetik ta’sir etish badiiy uslubning
muhim belgisidir.
Badiiy uslub kishi hayotining hamma tomonlarini qamrab olishi, umuminsoniyatga xosligi, barchaga barobarligi, o‘quvchi yoki tinglovchiga hissiy-estetik ta’sir
etishga yo‘naltirilganligi bilan boshqa uslublardan ajralib turadi. Badiiy uslubda muallif asarning estetik ta’sirini kuchaytirish maqsadida tilning leksik va grammatik vositalardan ustalik bilan va ijodiy foydalanishi, turli ifodaviy vositalarni qo‘llashi yoki
o‘zi yangilarini yaratishi mumkin bo‘ladi. Shuning uchun ham bu uslubda yozuvchilar
mavjud so‘zlarni obrazli ishlatishdan tashqari o‘ziga xos so‘z va iboralar ham ijod
etadilar. Badiiy nutqda til obraz, xarakter, manzara yaratishga, yuksak obrazlilikni
namoyon qilishga xizmat qiladi. Bu uslubda har bir yozuvchining voqelikni badiiy
idrok etish ko‘lami, ijod usuli, poetikmahorati badiiy nutqning janr xususiyatiga
muvofiq tarzda bir-biridan farqlanadi. Shunga ko‘ra badiiy nutq uslubi nisbatan keng
imkoniyatlarga ega o‘ta qamrovli va boy nutq ko‘rinishidir. Barcha turdagi san’at va
adabiyot asarlari shu uslubda yaratiladi. Obrazlilik va estetik ta’sir etish badiiy
uslubning muhim belgisidir.
Publitsistika –lotincha so‘z bo‘lib, «xalq, omma» ma’nolarini anglatadi.
Davrning eng muhim, dolzarb masalalarini o‘quvchilarga, tinglovchilarga,
tomoshabinlarga gazeta-jurnal, radio, televideniye orqali yetkazish, ommani jonlantirish, kishilarning ongiga atrofda sodir bo‘layotgan voqealarni singdirish, ularning
ijtimoiy qarashlarini shakllantirish uchun xizmat qiladi.
Ommaviy axborot vositalarida (gazeta-jurnal, radio, televideniye), Oliy majlis
yig‘inlarida, turli xil anjumanlarda qo‘llaniladigan nutq uslubi publitsistik uslub sanaladi.
Ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag‘ishlangan bosh maqolalar, felyeton va pamfletlar,
murojaatnomalar, chaqiriqlar, deklaratsiyalar publitsistik uslubning yozma shakliga
mansubdir. Radio va televideniyeda chiqayotgan siyosiy sharhlovchilar, notiqlarning
nutqlari esa publitsistik uslubning og‘zaki shaklidir.
Publitsistik uslub - matbuot, radio, teleko‘rsatuvga xos bo‘lgan tildir.
Ilmiy uslub va uning xususiyatlari
Fan va texnika tili ilmiy uslub deyiladi. Daliliy munosabatlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalarga asoslanuvchi, har bir fan sohasining o‘ziga xos atamalariga tayanuvchi, fikrni aniq va mantiqiy izchil bayon qiluvchi uslub ilmiy uslubdir.
Ilmiy uslub tabiat va ijtimoiy hayotdagi barcha narsa hamda hodisalar to‘g‘risida
aniq, asoslangan, izchil ma’lumot berishda qo‘llanadi. Unda narsa-hodisa mohiyatini
ta’riflash, tahlil qilish, sababini aniqlab, dalillar bilan isbotlash va asosli natijalarni
bayon etish muhim hisoblanadi. Maxsus atamalar bu uslubning leksikasini tashkil
qiladi, unda adabiy me’yorga qat’iy rioya etilgani holda majhul nisbatdagi fe’llar va
murakkab qurilishli gaplar keng ishlatiladi. Ilmiy uslub bilimning turli sohalariga
qarab, shuningdek, kimga mo‘ljallanganligiga nisbatan o‘zaro farqlanadi. Masalan,
74
fan sohalari muayyan shartli belgilar, formulalar, bayon qilish materiali bilan ajralib
turadi. Ilmiy uslubdagi kitoblar ilm-fanga oid ma’lumotlar berish bilan
mutaxassislargagina mo‘ljallanishi yoki bunday ilmiy ma’lumotlar keng ommaga
qaratilgan bo‘lishi mumkin. Keng jamoatchilikka tushunarli bo‘lgan, tasvir bayonida
emotsionallik, obrazlilik mavjud bo‘lgan uslub ilmiy-ommabop uslub sanaladi.
Ko‘pchilikka mo‘ljallangan ma’ruzalar, risola va darsliklar shu uslubning
ko‘rinishlaridir.
Ilmiy-ommabop uslubda maxsus atamalar kam ishlatiladi (ishlatilganda esa izohi
beriladi), fikrlar qiziqarli tilda tushuntiriladi, bayonda obrazlilikni ta’minlovchi badiiy
tasvir usullaridan foydalaniladi.
Rasmiy-idoraviy uslub. Barcha qonunlar, prezident farmonlari va hukumat
qarorlari, turli hujjatlar, ish qog‘ozlari, idoralararo yozishmalar va shu kabilar rasmiyidoraviy uslubda yoziladi.
Rasmiy-idoraviy uslubda gaplar ixcham va aniq bo‘ladi. Bu uslubda qaror qilindi, inobatga olinsin, ijro uchun qabul qilinsin, tasdiqlanadi kabi qoliplashgan so‘zlar
va so‘z birikmalari keng qo‘llaniladi.
Qisqalik, aniqlik, soddalik rasmiy ish qog‘ozlarining bosh belgilaridir. Bu uslubda ibora va jumlalar bir qolipda bo‘ladi. Davlat hujjatlarida, rasmiy uslubda so‘zlar
ko‘chma ma’noda ishlatilmaydi.
1- topshiriq. Konseptual jadvalni to‘ldiring.
Nutq uslublari
Terminlar Yozma nutq Dialektizmlar Badiiy
vositalar
Badiiy
Uslub
Ilmiy
Uslub
So‘zlashuv uslubi
Rasmiy
Uslub
Publitsistik uslub
1- mashq. Matnni ko‘chiring. Qaysi nutq uslubiga mansub ekanligini va o‘ziga
xos uslubiy vositalarini aniqlang.
Atomlar kimyoviy bo‘linmaydigan zarralardir. Bir xil turdagi atomlardan tashkil
topgan moddalar oddiy moddalar deyiladi. Ularga vodorod va kisloroddan tashqari
grafit, oltingugurt hamda barcha turdagi metallar: temir, mis, magniy va boshqalar
kiradi. Har xil turdagi atomlardan tashkil topgan moddalar murakkab moddalar
deyiladi. Suv, karbonat angidrid, mis (II) oksidi shular jumlasidandir.
2- mashq. Matnni o‘qing, mazmunini so‘zlab bering. Gaplarni qaysi nutq
uslubiga mansubligini va o‘ziga xos uslubiy vositalarini aniqlang.
75
Ultra tovushlar kashf etilgunga qadar har qanday tovushni qabul qilish vositasi
insonning eshitish a’zosi bo‘lgan quloq deb hisoblangan. Tovush to‘lqinlarining
vujudga kelishi va tarqalishi bilan bog‘liq hodisalar akustik hodisalar deb yuritiladi.
Hozirgi paytda tovushning havodagi tezligi normal sharoitda 33m/sekundga teng
bo‘lsa, suvdagi tezligi 1500 m/sekund, po‘latda esa 6000 m/sekund ekanligi o‘lchov
asboblari yordamida aniqlangan.
Ekologik muammolar
Aholi sonining yildan yilga oshib borishi sanoat va transportning rivojlanishi,
fan texnikaning taraqqiy etishi, insonning biosferaga ko‘rsatayotgan ta’sir doirasini
kengaytirib bormoqda. Bu esa o‘z navbatida u yoki bu ekologik muommolarning kelib
chiqishiga sabab bo‘lmoqda.
Ekologik muammo deganda insonning tabiatga ko‘rsatayotgan ta’siri bilan
bog‘liq holda tabiatning insonga aks ta’siri, ya’ni uning iqtisodiyotiga, hayotida
xo‘jalik ahamiyatiga molik bo‘lgan jarayonlar, tabiiy hodisalar bilan bog‘liq (stixiyali
talofatlar, iqlimning o‘zgarishi, hayvonlarning yalpi ko‘chib ketishi va boshqalar) har
qanday hodisa tushuniladi. Ekologik muammolar 3 guruhga bo‘linadi.
1. Umumbashariy (global)
2. Mintaqaviy (regional)
3. Mahalliy (lokal)
Dunyo bo‘yicha kuzatiladigan tabiiy, tabiiy antropogen yoki sof antropogen
hodisalar umumbashariy muammolar deb qaraladi. Ana shunday umumbashariy
muammolarga ba’zi bir misollar keltirish mumkin:
Ozon qatlamining siyraklanishi. Ozon qatlami atmosferaning muhim tarkibiy
qismi hisoblanadi, u iqlimga va yer yuzasidagi barcha tirik organizmlarni nurlanishdan
saqlab turadi. Ozon quyosh nurlari ta’sirida kislorod, azot oksidi va boshqa gazlar
ishtirokida hosil bo‘ladi. Ozon kuchli ultrabinafsha nurlarni yutib olib, yer yuzidagi
tirik organizmlarni himoya qiladi. Ultrabinafsha nurlarning ortishi tirik organizmlarga
salbiy ta’sir etadi. Ultrabinafsha nurlar ta’sirida nurlanish odamlarda terining
kuyishiga olib keladi. Bugungi kunda teri raki bilan kasallanish ushbu nurlar ta’sirida
kelib chiqayotganligi aniqlangan.
Chuchuk suv muammosi. Chuchuk suvning biosferadagi roli juda katta.
Gidrosferada chuchuk suv miqdori juda oz bo‘lib, u 2,8 % ni tashkil etadi. Chuchuk
suv zahirasi asosan qutblardagi muzliklardir.
Jamiyatning rivojlanishi bilan aholining chuchuk suvga bo‘lgan talabi ortib
bormoqda. Bizning asrimizda chuchuk suvdan foydalanish 7 marta ortgan. Yiliga 3 –
3,5 km3 suv sarflanmoqda. XXI asrga borib ushbu ko‘rsatkich 1,5 – 2 marta ortish imkoniga ega. Daryolarning umumiy yillik oqimi yer yuzi bo‘yicha 50 ming km3. Ammo
bunday foydalanishda chuchuk suv yetishmasligi aniq.
76
Qurg‘oqchil mintaqalarda daryolardan to‘liq foydalanilganda ularning suvi
yetmay qolmoqda. 1980-yillarda bunday holat Afrika, Avstraliya, Italiya, Ispaniya,
Meksika davlatlari, Nil, Sirdaryo, Amudaryo va ba’zi bir boshqa daryolarda kuzatila
boshlandi. Daryolarning sanoat va maishiy zaharli moddalar bilan ifloslanishi o‘sib
bormoqda. Sanoat yiliga 160 km3 sanoat oqova suvlarini daryolarga tashlaydi. Bu
ko‘rsatkich daryolarning umumiy suv miqdorining 10 %ni, ba’zi rivojlangan mamlakatlarda 30 %ni tashkil etadi. Daryo toza suvlarida yildan yilga har xil erigan moddalar, zaharli kimyoviy moddalar va bakteriyalarning miqdori ortib bormoqda.
Tirik tabiatdagi o‘simlik va hayvon turlari sonining qisqarishi muammosi. Yer
yuzidagi hayotni ta’minlashda o‘simliklar dunyosi, ayniqsa, o‘rmonlarning ahamiyati
beqiyosdir. Hozirgi vaqtda yer yuzi quruqligining 25 % ni o‘rmonlar tashkil etadi. Ular
shimoliy yarim sharda va tropik mintaqalarda tarqalgan. Biroq hozirgi kunda
o‘rmonlarning holatini yaxshi deb bo‘lmaydi. Chunki, har yili 3 mlrd. m3 hajmda
o‘rmonlar qirqilmoqda. FAO ma’lumotlariga ko‘ra bu ko‘rsatkich yaqin yillar orasida
1,5 martaga ortishi mumkin.
Insoniyatni, ayniqsa, tropik va subtropik o‘rmonlar muammosi tashvishga
solmoqda. U yerlarda yiliga dunyo miqyosidagi qirqilishi kerak bo‘lgan o‘rmonlarning
yarmidan ko‘pi kesib tashlanmoqda. 160 mln. gektar tropik o‘rmonlar vayron bo‘lgan,
atiga yiliga 11 mln. gektar maydon tiklanmoqda. Floraning kamayib ketishi «Qizil
kitob» yaratilishiga sabab bo‘ldi.
Mavzu yuzasidan savollar:
1. Matnni o‘qing. Mazmunini kengaytirib so‘zlab bering.
2.Ekologik muammolarning qanday guruhlarini bilasiz?
4.O‘zbekiston hududida ularning qaysi turlari kuzatiladi?
5. Tabiat haqida xalq maqollaridan namunalar yozing.
77
17Mavzu: USLUBLAR VA VIZUAL AXBOROTLAR
Reja:
1. Vizual axborotlar.
2. Obyektlarga vizual tasvir berishning bosh kategoriyalari.
3. Vizual iyerarxiya.
Vizual axborotlar
Biz qanday ko‘ramiz: vizual munosabatlar. Har safar biz ma’lumotlarni ko'rish
orqali qabul qilganimizda, o'zimiz ko'rayotgan narsalarning o'xshash va farqli tomonlarini aniqlashga harakat qilamiz. Buning yordamida obyektlarni obrazlar orqali ajratish mumkin, balki ularning ahamiyatini ham tushunish mumkin. Masalan, ranglardagi
farq oldimizda 2 ta turli obyekt borligini anglatadi, masshtablardagi farq shuni anglatadiki, bir obyekt boshqasiga nisbatan bizdan uzoqroqda joylashgan va h.k.
Obyektlar o'rtasidagi munosabatni bizning miyamiz tahlil qilgandan keyin, obrazning
barcha qismlarini yaxlitlaymiz hamda nimani ko'rayotganimizni tushunamiz.
Bu jarayon bizning obyektlarni ko'rish yordamida guruhlash qobiliyatimiz
yordamida yanada tezlashadi. Biz o'simlik bargini kuzatayotganimizda, atrofdagi
obyektlarni, (xuddi shunday rang, shakl, o'lcham va holatda) birgalikda guruhlanadi,
bu bilan “ko'lmak” tushunchasi yaratiladi. Shu bilan birga biz barcha o'simliklarni birbiri bilan taqqoslaymiz.
Qabul qilishning bu prinsiplari biz axborotni qanday guruhlashni tushunishimiz
uchun kalit vazifasini o'taydi. Masalan, yonma-yon joylashgan obyektlar sifatida, biz
ularni yaqinlik belgisi yordamida guruhlaymiz, xuddi shunday bir xil obyektlarni
o'xshashlik belgilari bilan guruhlaymiz.
Yaqinlik, o'xshashlik, oradagi masofa, tugallanganlik. Ammo, vizual axborotning
psixologik jihatlarini tushunish samarali vizual obraz yaratish uchun yetarli emas.
Buning uchun biz quyidagilarni tushunishimiz zarur:
- Bu jihatlarni (aspektlarni) biz o'z ishimizda qanday ishlatishimiz mumkin?
- Qanday vositalar yordamida obyektlar har xil bo'ladi?
Variantlar ko‘p bo‘lishiga qaramay, obyektlarga vizual tasvir berishning 5 ta bosh kategoriyasi mavjud:
Bu kategoriyalardan biri bo'yicha obyektning o'zgarishi vizual kontrast yaratadi.
Ikki obyekt o'rtasidagi kontrast qanchalik kuchli bo'lsa, ularni 2 ta alohida o'zaro
bog'liq bo'lmagan obyektlar sifatida qabul qilinadi.
Boshqa elementlar “iyerarxiyasi" butun kompozitsiya bo'ylab ko'z yuritadi, syujetga o'z qo'shimchalarini kiritadi. Har bir elementning holati ko'rayotgan shaxsga
yaxlit kartinada bu elementning muhimlik darajasi to'g'risida axborot beradi.
Sirkning vizual jihatdan dominant bo'lgan reklama plakatidagi eng qiyin element
- bu artistlar va sarlavhani tasvirlashdir. U umumiy kartina yaratadi, ya’ni - shaharga
sirk keldi. Kamroq darajada dominant bo'lgan yangiroq elementlar - biletning narxi va
78
namoyish ishtirokchilarning ro'yxati. Agar iyerarxiya boshqacharoq bo'lsa, ko'pchilik
shaharga sirk kelganini tushunmagan bo'lar edi. Tartibga solingan iyerarxiya nafaqat
axborotni qabul qilish tartibini belgilaydi, balki sahifaning tarqoq elementlarini
birlashtirishga ham yordam beradi. Shunday qilib, tartib va balans tuyg'usipaydo
bo'ladi. Vizual iyerarxiyasiz sahifaning har bir elementi foydalanuvchining diqqatini
tortadi, natijada tarqoq e’tibor yo 'qoladi. U yoki bu elementning iyerarxiyasidagi holati siz nimani aytishni xohlayotganingizga bog'liq bo'ladi.
Sahifaning u yoki bu elementi yukini kamaytiramiz. Bu bilan biz sahifani
ko'rayotgan shaxsning diqqatini jalb qiladigan yo'lni belgilaymiz. Elementning vizual
og'irligi o'ziga qaratilgan ko'z qarashning e’tibor darajasi yoki qiziqarliligi bilan o'lchanadi.
Masalan, qizil rangli yirik sarlavha, oq fon bilan ko'proq kontrast paydo qiladi
(och kulrang nuqtaga nisbatan). Qizil sarlavha ko'proq og'irlikka ega, chunki u birinchi bo'lib qarayotgan shaxsning diqqatini jalb qiladi. Ammo u chapdagi suratdan
ko'ra ko'proq diqqatni ushlab tura olmaydi.
Syujetni bayon qilish: vizual iyerarxiya. “Dizaynerlar tartibsizlikka (xaosga)
tartib kiritish uchun ishlaydilar: ular g'oyani aniqroq taqdim etish uchun so‘z va tasvirlarni tashkil qilish va manipulyatsiya qilish usulidan foydalanadilar.
Djeffri Vin (Jeffery Veen), The Art and Science of Web Design.
Biz obyektlarni vizual taqsimlashning asosiy qoidalarini (prinsiplarini) bilib olganimizdan keyin, umumiy boshqa vazifaga murojaat qilishimiz mumkin: ma’lum
syujetni, xabarni taqdim qilish uchun bu prinsiplardan qanday foydalanish kerak?
Bunday “vizual hikoya”da elementlar muhim darajaga qarab joylashtiriladi, buni oson
qabul qilish mumkin. Dastlab, unga nazar solayotgan shaxs eng asosiy elementga
diqqatini qaratadi, keyin muhimligi kamroq bo'lgan elementlarga o'tadi.
Umumiy
syujetni yangi ma’lumotlar bilan mantiqiy tartibda joylashuvi vizual iyerarxiya deb ataladi. Aniq vizual iyerarxiyaga (ketma-ketlikka) ega bo'lgan kompozitsiyada har bir
elementning vizual og'irligi (vazn) tasvirni ko'rayotgan shaxsning diqqat-e’tiborining
yo'lini belgilaydi.
Sahifadagi har bir elementning nisbatan muhimligini e’tiborga olgan holda, sizning saytingizga tashrif buyuruvchilar bu tushunchani saytning barcha sahifalariga
o'tkazadilar. Agar sahifa elementlarining barchasi bir xil vizual vaznga ega bo'lsa, uni
qabul qilishni, elementlarning o'xshash va farqli tomonlaridan o'yin tariqasida foydalanishni osonlashtiradi. Amaliyotda qo'llash: har qanday veb-sahifa ko'plab alohida elementlardan tarkib topadi, masalan, navigatsiya menyusi (bir necha daraja), murojaat
uchun axborot, izlash bloki, logotiplar, xarid qutisi bilan piktogramma va h.k. Bu elementlar o'z navbatidayana kichikroq elementlarga bo'linadi. Qo‘shimcha та ’liimotlar
(rasm ostidagi yozuvlar va h.k.)
Saytning bosh sahifasi - navigatsiya sahifasi misol bo'lishi mumkin. Uning
iyerarxiyasi ushbu sahifaning mazmuniga, uning auditoriyasi va maqsadlariga bog'liq.
Vizual iyerarxiya yordamida sahifaning har bir elementi vazifasini tushuntirish mum79
kin. U go'yoki foydalanuvchilarni sayt bo'yicha yetaklaydi hamda u yoki bu harakatga
rag'batlantiradi.
Har bir elementning iyerarxiyadagi o'rnini aniqlab, tashrif buyuruvchilar muhim
elementlarni ajratadilar (sayt ichidagilarni yoki sayt bilan ishlash elementlarini),
boshqalarini tushirib qoldiradilar. Ushbu shaklda vizual iyerarxiya yordamida tashrif
buyuruvchiga hozir nima qilishi kerakligi ma’lum qilinadi. Ayniqsa, birinchi qadam
haqidagi fikr “(Ordering from...)” va oxirgi (“Sign-In” tugmasi) alohida ta’kidlanadi.
Bunda unga tegishli axborot vizual jihatdan kichraytiriladi, Shuning uchun u shaklning
bosh vazifasiga xalaqit bermaydi.
Shu tartibda, vizual iyerarxiya yordamida tashrif buyuruvchilarga ular veb- saytning qayerida ekanligini ma’lum qilish, qandaydir harakatga undash, u yoki bu elementning ahamiyatini tushuntirish mumkin va h.k. Ammo e’tibor bering, o'ziga jalb
qiluvchi sahifa hech qachon “qichqirmaydi”. U barcha elementlarni ohista va xotirjam
taqdim etadi.
Mavzu yuzasidan savollar:
1. Vizual axborot va visual munosabatlar haqida ma’lumot bering.
2. Obyektlarga vizual tasvir berishning bosh kategoriyalarni sanab bering.
3. Vizual iyerarxiya deganda nimani tushunasiz?
80
II. MULOQOT VA KOMMUNIKATSIYA JARAYONI. MULOQOT
TEXNOLOGIYASI VA TEXNIKASI. YOZMA MULOQOT
18 Mavzu: MULOQOT VA KOMMUNIKATSIYA JARAYONI
Reja:
1. Muloqot jarayoni.
2. Texnologik taraqqiyotning o‘rni.
3. Telekonferensiya va videokonferensiya.
Muloqot jarayoni
Muloqot - kishilar oʻrtasidagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan
bogʻlanishlar rivojlanishining koʻp qirrali jarayonidir.
Rivojlanib borayotgan jamiyatimizda sogʻlom avlodni, komil insonlarni voyaga
yetkazish masalasiga katta e’tibor berilmoqda. Komil insonning muhim sifatlaridan
biri muloqot madaniyatidir. Muloqot inson hayoti va faoliyatining muhim shartidir.
Aynan muloqot jarayonida insonlar tabiatni oʽzlashtirish va oʻz ehtiyojlarini qondirish
uchun birgalikda harakat qilish imkoniyatlariga ega boʻladilar.
Hozirgi kunda ijtimoiy amaliyotda muloqot va shaxslararo munosabatlar muammosi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Muloqot va uning asosiy xususiyatlari, samarali
muloqotning psixologik aspektlari, muloqotga oʻrgatishga oid psixologik mashqlar,
samarali muloqotning psixologik vositalarini oʻrganish ishbilarmonlik faoliyatida asosiy oʻrinni egallamoqda. Muloqot jarayoni muloqotning nazariy va amaliy jihatlarini
chuqur oʻrganishga yordam beradi.
Muloqot (munosabat) birgalikda faoliyat koʻrsatuvchilar oʻrtasidagi axborot
ayirboshlashni oʻz ichiga oladi. Bunda munosabatning kommunikativ jihati hisobga
olinadi. Kishilar munosabatga kirishishda avvalo tilga murojaat qiladilar. Muloqotning
yana bir jihati munosabatga kirishuvchilarning oʻzaro birgalikdagi harakati nutq jarayonida faqat soʻzlar bilan emas, balki harakatlar bilan ham ayirboshlashdan iborat.
Masalan, munosabatga kirishar ekanmiz, u bizni qoniqtirsa, imo-ishora bilan muloqotda boʻlamiz. Munosabatning keyingi jihati muloqotga kirishuvchilarning birbirlarini idrok eta olishlaridir. Masalan, biz bir kishi bilan muloqotga kirishishdan avval uni hurmat qilib yoki mensimasdan munosabatda boʻlamiz Muloqot qonuniyatlarini bilish hamda uni oʻrnatish malakalari va qobiliyatlarini rivojlantirish har bir
kishi uchun muhimdir.
«Kommunikatsiya» soʻzi lotincha “communicare” soʻzidan kelib chiqqan
boʻlib, xabar bermoq, qatnashmoq, boʻlishmoq, umumlashtirmoq degan ma’nolarni
anglatadi.
Faktlar, gʻoyalar, fikrlar, hissiyot va aloqalarning almashinuv jarayonidir.
Kommunikatsiya yakka shaxslar va tashkilotlarning mohiyat va tushunchalarini bir81
birlari bilan boʻlishish vositasidir. Insoniyatning toʻsiqlar va chegaralar osha aloqa qilish qobiliyati insoniyat rivojiga hissa qoʻshgan. Dunyo bo‘ylab tez va samarali aloqa
qilish qobiliyati dunyoni toraytirdi va «globalizatsiya»ni haqiqatga aylantirdi.
Kommunikatsiya muayyan mamlakat yo madaniyat yoki bir tilda
soʻzlashuvchilar guruhiga mansub odamlar bilan oʻzaro faoliyatlari va aloqa qilishlarida muhim oʻrin tutadi. Kommunikativ aloqa inson hayotiga ma’no qoʻshadi. U
munosabat yaratishga va muhabbatni shakllantirishga yordam beradi, oʻzaro
tushunishni ragʻbatlantiradi. U bizning butun jahon toʻgʻrisidagi bilimimizni boyitib,
turmushimizni munosib qiladi.
Muloqotga ikki va undan ortiq kishilarning oʻzaro tushunish va xohlangan harakatining amalga oshirilishi deb ta’rif berilishi mumkin. Bu soʻzlar va belgilar orqali
ma’lumot almashinuvidir. Bu faktlar, gʻoyalar va nuqtai nazar almashinuvi umumiy
qiziqishlar maqsad va harakatlarni amalga oshiradi. Amerika Menejment Assotsiatsiyasi «kommunikatsiya ma’no almashinuvining natijasi boʻluvchi har qanday
xatti-harakatdir», deb ta’rif beradi.
Texnologik taraqqiyotning o‘rni
Hozirgi muloqot va ma’lumot asrida nutqiy jarayonga keng miqyosda kirishish
boylik hisoblanadi. Bu manbalarga yechimlardan biri ma’lumotning qo‘llanishida
qaytarish uslublarini qo‘llashga asoslangan, yangi kommunikatsion texnologiyalarning
paydo bo‘lishiga katta hissa qo‘shdi.
Yangi kommunikatsion texnologiyaning qo‘llanilishi keng ko‘lamdagi
korporativ biznes faoliyatlarning asosiy muammolaridan ba’zilarini, xususan, aniqlik,
narx, tezlik, sifat, miqdor nuqtai nazaridan hal etishni boshlaydi. Shunday qilib,
kommunikatsiya keng geografik hudud, mamlakatning ichki hamda tashqi
hududlarida, muqobil metodlarning qidirilishi zamonaviy murakkab biznes
tashkilotlarida zaruriy bo‘lib qoldi. Radio, televideniye, kompyuter, audio va video
kassetalari, video disk, telefonlar va
ko‘pgina mexanik uskunalar kabi an’anaviy
media vostalari ko‘plab tashkilotlarda muvaffaqiyatli foydalanib kelinmoqda. Ular rejalashtirish, nazorat, yo‘naltirish, motivatsiya va hokazo boshqaruv funksiyalarida ham
foydalidir.
Biznes dunyosi yangi texnologiyalarni kommunikatsiya tufayli jamiyatda
ijtimoiy mas’uliyat sifatida xizmat qilishi uchun qabul qilishi shart yoki raqobatbardosh rivojlanish yo ‘lida omon qolish qiyin bo‘ladi.
Dunyoda SMS xabarlarini yuborish ma’lumotlaridan eng ko‘p foydalanuvchi
2.4 milliard faol qo‘llanuvchilar telefonlarida xabarlarni yuboruvchi va qabul qiluvchi
barcha mobil telefon abonentlarining 74%ini tashkil qiladi. Matn so'z yoki raqamlar yo
bo‘lmasa harfli-raqamli birikmasi shaklida bo ‘lishi mumkin.
Faol mobil telefon qurilmasi orqali, ayni paytda rivojlantirilayotgan ovozli va
ma’lumot qo‘ng‘irog‘idan qat’i nazar, har qaysi payt qisqa xabarlarni qabul qilishi va
yuborishi mumkin.
82
Qisqa xabarlar xizmati (SMS) ning afzalliklari:
1.Xabar har qaysi payt jo‘natilishi mumkin.
2.Bu shoshilinch paytda foydalidir.
3.Bu harajat bilan birgalikda vaqtni ham tejaydi.
Qisqa xabarlar xizmati (SMS) ning kamchiliklari:
1.Tarmoq aloqasi tufayli xabarning yetkazilishidagi kechikish.
2.Qabul qiluvchi tomonidan ba’zan juda qisqa 1-2 so‘zlar yoki gaplar noto‘g‘ri
sharhlanishi mumkin.
Telekonferensiya va videokonferensiya
Har bir ofisda mikrofonlar bilan qatnashchilar soni oshirilishi mumkin. Ikki
tomonlama qo‘ng‘iroqlardan foydalanganda, barcha qatnashuvchilar boshqa
(Vikram Bisen Priya. Business communication. New Delhi.2009, 43-44 betlar.)
barcha qatnashuvchilar bilan gaplashishlari mumkin. Bir tomonlama muloqot
qo‘ng‘iroqlarida, og'zaki xabarlar (masalan, kompaniya prezidenti nutqi) turli joylarga
bir vaqtning o'zida yetkazilishi mumkin.
Telekonferensiyaning afzalliklari:
1.Foydalanish uchun qulay.
2.Oson erishib bo‘ladigan.
3.Dunyodagi har qanday telefon liniyasidan qatnashsa bo‘ladi.
4.Konferens qo‘ng‘iroqlarini tuzish uchun faqatgina bir necha daqiqa ketadi.
5.Harajatlar, energiya va vaqt tejaladi.
Telekonferensiyaning kamchiliklari:
l.Telekonferensiyaning asosiy cheklovi odamlar o‘rtasidagi yuzma-yuz faoliyatning
o‘rnini bosa olmaydi.
2.Odamlar yuzma-yuz faoliyatni afzal ko‘rgan holda telekonferensiya haqiqiy
maqsadga xizmat qilmaydi.
Videokonferensiya. U to‘liq interaktiv va deyarli yuzma-yuz yig‘ilishlarga
o‘xshash bo'ladi. Ishlatilgan texnologiyaning darajasiga qarab interaktiv tarzda ikki
joyni bog‘lashi mumkin yoki videoni uzatish saytlari ko ‘pchilik saytlarga ko‘rinishi
(imiji) uzatilishi mumkin.
Bu standart telefon liniyasi orqali muloqot qilinishi mumkin. Murakkabroq tizim
va jihozlar bilan ikki joydagi insonlarning barchalari bir-birlarini xuddi haqiqiy
yig‘ilishdagidek ko‘rishlari ehtimolini yaratadi. Videokonferensiya bir vaqtning o'zida
turli joylardagi insonlarni ko‘rish va eshitish imkonini yaratadi.
Videokonferensiyaning afzalliklari:
1.Bu yuzma-yuz muloqot uchun o‘rnini bosuvchi bo‘lib xizmat kiladi.
2.Muloqot real vaqtda sodir bo‘ladi.
3.U masofa to‘siqlarini bosib o‘tadi.
4.Ijrochilarning sayohat xarajatlarini tejashni keltirib chiqaradi.
5.Yig‘ilishlarni o'z vaqtida o‘tkazishda tejashni keltirib chiqaradi.
6.Turli joylarda o‘tirgan odamlarning bilimini jadal o‘sishini yengillashtiradi.
83
Videokonferensiya kamchiliklari:
l.Siz so'zlashmoqchi bo‘lgan insonda kompyuter bilan birgalikda konferensiya uchun
talab etilgan uskunalar va dastur bo‘lishi kerak.
2.Uyali telefonga o‘xshab, kompyuterni olib yursa bo‘ladi. Shundan kelib chiqib, konferensiyangizning olib yurilishiga ta’sir qiladi.
3.Videokonferensiyaning maxfiyligi har doim ham kafolatlanmaydi.
Mavzu yuzasidan savollar:
1.Muloqot va kommunikatsiya jarayonini izohlab bering.
2.Telekonferensiyaning afzalliklari hamda kamchiliklarini tushuntirib bering.
3. Videokonferensiyaning afzalliklari hamda kamchiliklarini tushuntirib bering.
84
19Mavzu: MULOQOT TEXNOLOGIYASI VA TEXNIKASI
Reja:
1.Muloqot texnikasi haqida ma’lumot.
2.Muloqot texnikasining tarkibiy qismlari.
3. Muloqot texnikasini shakllantirishda zamonaviy pedtexnologiyalarning o‘rni.
Muloqot texnikasi haqida ma’lumot
Muloqot texnikasi tug'ma iste’dod yoki nasldan naslga o‘tuvchi xususiyat
emas. Balki izlanish, ijodiy mehnat mahsulidir. Ushbu faoliyat zaminida ijodiy mehnat
yotadi. Shuning uchun ham muloqot mahorati hamma uchun standart, ya’ni bir
qolipdagi ish usuli emas, balki u har bir kishining o'z ustida ishlashi, ijodiy mehnati
jarayonida tashkil topadi va rivojlanadi. Muloqot texnikasini san’at va mahorat deb
tushunish to‘g‘riroq bo'ladi.
Chunki nutqiy san’at - bu qandaydir qo'l bilan tutib bo'lmaydigan, balki
fahm-farosat bilan amalga oshiriladigan xatti-harakatdir.
Muloqot texnikasining zaruriy sharti - bu o‘qituvchining o'z e’tibori va
o‘quvchilarning e’tiborlarini boshqara olish demakdir. U 2 omilga bog‘liq bo‘ladi:
Mehnat - bu behad izlanish va o'z ustida ishlash, qilgan ishlaridan xursand
bo‘lish, boshdan kechirilgan quvonchdan qanoat hosil qilish.
San'at - bu qandaydir qo‘l bilan ushlab bo‘lmaydigan, aql farosat bilan amalga
oshiriladigan xatti-harakat.
Muloqot texnikasida uchraydigan kamchiliklar:
1. Nuqsonli ovoz
2. Tovushni noaniq aytish
3. Nafas olishdagi tartibsizliklar
4. Nutq tempi, tezligini to‘g‘ri belgilamaslik
Muloqot texnikasining tarkibiy qismlari:
1.Muloqot madaniyati - savodli gapirish, o'z nutqini chiroyli va tushunarli, ta’sirchan
qilib bayon etish, o'z fikr va his-tuyg‘ularini so 'zda aniq ifodalash.
2.Mimik pantomima - aniq imo-ishora, ma’noli qarash, rag‘batlantiruvchi yoki iliq
tabassum.
3.Hissiy holat - jiddiylik darajasi, xayrxohlik kayfiyatini saqlash, o'zining hissiy holatini tashkil etish.
Muloqot texnikasiga qo‘yiladigan talablar:
1.
Ovozning sifatiga e’tibor berish;
2.
Muloqot jarayonida to‘g‘ri nafas olish;
3.
Tovush va so'zlarni aniq talaffuz qilish;
4.
To‘liq va aniq diksiya;
5.
So'z va gaplarning «chaynalmasligi»;
85
6.
Fonetikaga oid bilimlardan xabardor;
7.
Nutqdagi nuqsonlarni bartaraf etishga yordam beradiga mashqlardan muttasil foydalanib borish.
Muloqotning ta’sirchanligini ta’minlash nafaqat lingvistik, balki ekstralingvistik
omillarni ham o'z ichiga oladi. Bamisoli ummon bo‘lgan tilimizdan bir fikrni bir
qancha shaklu shamoyillarda ifodalash imkoniyatlari mavjud, ya’ni tilimizda har
qanday voqea-hodisalarni ifodalash uchun so‘z va iboralar topiladi, lekin muloqot
vaziyati uchun eng uyg‘un ifodani topa bilish o‘qituvchining bilimi, ma’rifatu madaniyati, mahoratu malakasiga bog‘liq.
Muloqotdagi ohangning tezligi, yuqori-pastligi ham ta’sirchanlikni oshiruvchi
omillardir. Bunday nutqlar, odatda, muhim qarorlar, axborotlar, farmoyishlar
o‘qilganda ishlatiladi.
Mashhur qadimgi yunon notig‘i Demosfenning dastlab ovozi past, talaffuzi
yomon, nafasi qisqa bo‘lganligidan chiroyli va ta’sirli nutq ayta olmaganligi haqida
tarixchilar yozganlar. Bu sohani chuqur o'rgangan olim S.Inomxo‘jayev
ta’kidlaganidek, keyinroq Demosfen muloqot texnikasi asoslarini egallashga juda jiddiy kirishgan. U bir yerto‘la qazib, shu yerto‘lada ovozini rivojlantirish, diksiya,
deklamatsiya bo‘yicha oylab mashqlar qiladi. Talaffuzidagi nuqsonlar, "r" tovushini
aytolmaslik, ba’zi tovushlarni noaniq aytish kabilarni bartaraf etish maqsadida og‘ziga
mayda toshlarni solib, she’rlar, turli matnlarni o‘qish bilan shug‘ullanadi.Ovozini
rivojlantirish, ovoz apparatlarini chiniqtirish uchun esa tepaliklarga yugurib chiqib,
yugurib tushib, nafasini ushlab turgan holda she’rlarni deklamatsiya qiladi. Demosfen
gapirayotganda bir yelkasini hadeb ko‘taraverish odatidan qutulish uchun yerto'lasining shiftiga uchi o‘tkir xanjarni osib qo‘yib, yelkasini xanjarning ayni uchiga
to‘g‘rilab turib, mashqlarini davom ettiradi. Ana shunday mashaqqatli va muntazam
mashqlar tufayli Demosfen notiqlikning eng cho‘qqisini zabt etgan.
Fonatsiya jarayonida nafas olish va nafas chiqarish fazalari shunday yo‘lga
qo‘yilishi kerakki, nafas olish zo‘riqishsiz, bir qadar jadalroq, nafas chiqarish esa tekis,
bir me’yorda va davomliroq kechishi lozim. Nafas chiqarish qanchalik davomli, uzun
bo‘lsa, shunchalik yaxshi. Zotan, tovush, nutq ayni shu nafas chiqarish jarayonida
hosil bo‘ladi. Fonatsiyada nafas olish va nafas chiqarish fazalarining ketma-ketligi,
almashinish tartibini to‘g‘ri tasavvur etmoq kerak.
Bu fazalar bilan nutqning hajmiy va albatta, mazmuniy-estetik qurilishi
o‘rtasidagi mutanosiblikni to‘g‘ri belgilamaslik oqibatida nafasning yetmay qolishi,
shunga ko‘ra bir nafas bilan yaxlit aytilishi lozim bo‘lgan nutq parchasining bo‘linib
ketishi, mantiqiy mazmunni buzadigan noo‘rin pauzaning paydo bo‘lishi kabi nuqsonlar o‘rtaga chiqadi. Masalan, qadimiy va boy tilimizning sofligini saqlash har birimizning burchimizdir jumlasi aytilarkan, masalan, har so'zidan keyin nafas tugab qolsa,
ilojsiz, nafas olish uchun to‘xtalish majburiyati paydo bo‘ladi, bu esa jumlaning noto‘g‘ri bo‘linishiga olib keladi. Yoki ba’zan noto‘g‘ri taqsimlangan nafas jumlaning
oxiriga borib yetmay qolsa, jumladagi so‘nggi so'z "yamlanib" talaffuz qilinadi,
86
so'zlovchi xuddi bo‘g‘ilib qolganday, juda qiynalganday tuyuladi, bu tinglovchi uchun
ham sezilarli darajada qiyinchilik tug‘diradi. Yana bir misol. Odam o‘ta hayajonlanganida, qattiq qo‘rqqanida yoki og‘ir musibat ichida bo‘lganida, umuman, turli hissiy
holatlarga tushganida so'zlarkan, nafas olish va nafas chiqarish fazalarini nazorat qila
olmay qoladi. Buning natijasida normal fonatsiya uchun nafasi to‘g‘ri taqsimlanmaydi,
ko‘pincha oddiy bir so'z uchun ham nafasi yetmay qoladi.
Muloqot texnikasini egallashda umumiy tarzda bo‘lsa-da, fonetik bilimlardan
boxabarlik zarur. Ayrim kishilar ko‘pincha muloqot jarayonida boshqa joylardagiga
qaraganda anchayin baland ovozda gapiradilar. Yana ba’zilar borki, ular muloqot jarayonida deyarli past ovozda so'zlaydilar. Bunda ularning o'zlari qiynaladilar, sezilarli
samaraga erishilmaydi, faqat bunday ovoz bo‘g‘iq, tussiz eshitiladi.
Muloqot texnikasi bilan bog‘liq nuqsonlardan yana biri nutq tempi, tezligini
to‘g‘ri belgilamaslik yoki tezlik-sekinlikning maqsadga ko‘ra mo’tadilligini saqlay
olmaslikdan iborat. Muloqotning tempi, albatta, bayon qilinayotgan materialning
mohiyatiga, ifodalanayotgan fikr strukturasiga uyg‘un bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Tinglovchining ruhiyati, charchagan yoki charchamaganligi, materialni qanday qabul
qilayotganligidan kelib chikqan holda nutq tempini tanlasa, uni o‘rni bilan o'zgartirib
tursa, ham pedagogiq ham psixologik jihatdan to‘g‘ri bo‘ladi. Muloqot jarayonida
diksiya masalasi ham alohida o‘rin tutadi. Masalan, ba’zan "z" tovushini jarangsiz "s"
tovushiga moyil tarzda talaffuz qilish uchraydi: siz — sis, eshitdingiz — eshit-dingiz
kabi. Bu singari nuqsonlar nutq tovushlarining hosil bo‘lish o‘rinlarini yaxshi bilmaslik va artikulyatsion apparat (tovush hosil qilishda ishtirok etadigai nutq a’zolari)ning
yyetarli darajada faol emasligi natijasida paydo bo‘ladi. Noto‘g‘ri yoki noaniq talaffuz
qilinadigan tovushning hosil bo‘lishida ishtirok etadigan nutq a’zolarining faolligini
oshirish yo‘li bilan kishi nutqidagi ana shunday diktsion xatolarni tuzatish mumkin.
Buning uchun xilma-xil mashqlar yaxshi yordam beradi. Masalan, turli tez aytishlar,
maqol va matallar, turli mazmundagi matnlarni muntazam ovoz chiqarib takrorlash ana
shunday mashqlarning bir ko‘rinishidir. Umuman, muloqot texnikasini takomillashtirish borasida doimiy qayg‘urish, fonetika, fonologiyaga oid bilimlardan umumiy
tarzda bo‘lsa-da, xabardor bo‘lish, kerak bo‘lganda, o'z nutqidagi nuqsonlarni bartaraf
etishga yordam beradigan mashqlardan muttasil foydalanib borish maqsadga muvofiqdir. Chunki muloqot texnikasisiz so'zlovchining og‘zaki nutq madaniyatini aslo
shakllangan deb bo‘lmaydi.
Muloqot texnikasini shakllantirishda zamonaviy pedtexnologiyalarning o‘rni
Mustaqil yurtimizda ma’naviy islohotlar jadal sur’atlar bilan olib borilayotgan
bir paytda muloqot texnikasiga bo‘lgan e’tibor ham ortmoqda. Har bir shaxs, har bir
fuqaro, qolaversa, har bir pedagog his- tuyg‘ularini ifodalashda, boshqalar bilan muloqotda, fikr almashuvda, o‘z faoliyatini olib borishda nutqning ahamiyati katta ekanligini bilmog‘i zarur. Nutqni aniq, to‘g‘ri, chiroyli, ixcham va sof tuzish uchun esa
87
tilni, uning imkoniyatlarini yaxshi bilish talab etiladi. Hamma ham birday chiroyli
so'zlash qobiliyatiga ega emas, hammada ham notiqlik san’ati, nutqiy salohiyat bir
xilda shakllangan deb bo‘lmaydi. Shunday ekan, o‘sib kelayotgan yosh avlodga
vatanparvarlik, insonparvaplik va yuksak ma’naviyatni muloqot texnikasi orqali singdirish lozim. Muloqot jarayonidagi asosiy vositalardan biri bu ovoz texnikasidir. Ovoz
nafas olish bilan uzviy bog‘liq, nafas olmasdan tovush chiqarib bo‘lmaydi, so'zlash
uchun esa avval o‘pka havo bilan to‘ldiriladi. To‘g‘ri nafas olish tovush va nutqning
jaranglab chiqishi uchun juda zarur. Ammo ko‘pchilik o'z nafas olishini boshqara
olmaydilar. Natijada havo yetmay urg‘u noto‘g‘ri ishlatilishi, mavzuning ma’nosi
o'zgarib ketishi mumkin. Normal ovozga ega bo‘lmagan, xirildoq, bo‘g‘iq ovozli suhbatdoshning muloqoti esa barchaning g‘ashiga tegadi. Ovozdagi bunday nuqsonlarni
ko‘proq mashq qilish orqali yo‘qotish mumkin. Muloqot texnikasida suhbatdoshlar o'z
ovozlarini ehtiyot qilishlari uchun ayrim tartiblarga rioya etishlari zarur. Ovoz kuchli,
past-baland, ingichka-yo‘g‘on, uzun- qisqa, yoqimli-yoqimsiz kabi xususiyatlarga ega
bo‘ladi. Ovozning ana shu xususiyatlari ma’ruza o‘qishga ta’sir qiladi. Shundagina
tinglovchining nafaqat qulog‘ini, balki qalbini ham zabt eta oladigan namunali nutq
shakllanadi.
Pedagog muloqot qilish san’atiga ega bo‘lishi lozim, kerakli muomala ohangi va
munosabat usulini tanlashni bilishi kerak, boshqacha aytganda, o‘quvchilarga individual yondashishni bilishi lozim. O‘quvchilar bilan sun’iy pand-nasihatli, oshnaog‘aynilik ohangida gaplashish mumkin emas. Pedagog doim bolalarning katta guruhi
va ular bajarayotgan ko‘p jarayonlar bilan ish olib boradi, ularning barchasi o‘qituvchi
nazaridan chiqib ketmasligi kerak. Pedagog uchun yana bir muhim narsa bu
o‘quvchining tashqi ko‘rinishidan uning ruhiy holatini aniqlash.
Pedagogik munosabat —pedagogning o‘quvchilar bilan tarbiya maqsadida aloqa
o‘rnatishidir. Pedagogik munosabatda gapirish madaniyatiga (talaffuz tarzi, nutq
ohangi, orfoepiya) to‘g‘ri nafas olishga, ovozni qo‘ya bilishga o‘rganish muhim
ahamiyatga ega. Og‘zaki nutq mahoratini mukamalligi o‘qituvchining kasbida ko‘p
gapirishi bilan emas, balki ma’noli so'z orqali ta’sir uslublarini qo‘llash orqali belgilanadi. Pedagog o‘z ovozini, yuzini boshqarishga, pauza tutishga, gavdani, imo-ishorani,
mimikani tutishga o‘rganishi kerak. Pedagogik munosabat muammolariga amerikalik
pedagoglar katta e’tibor beradi. J.Brofi va T.Guddning «O‘qituvchi va o‘quvchi
munosabatlari» kitobida o‘qituvchining o‘quvchilarni ajratib munosabat qilishga
asoslangan «subyektiv» munosabatlar xususiyatlari tahlil qilinadi. Masalan, shu narsa
aniqlanganki, pedagoglar ko‘proq yoqimtoy o‘quvchilarga yaxshi munosabatda bo‘lar
ekan. Ular uchun beparvo o‘quvchilar e’tibordan chetda qolib, aql-zakovatli, intizomli,
harakatchan o‘quvchilarga nisbatan yaxshiroq muomalada bo‘lishadi. Sust, erksiz,
lapashang o‘quvchilar ikkinchi o‘rinda qolib, mustaqil, faol, o'ziga ishongan
o‘quvchilarni yoqtirmas ekan.
88
Mavzu yuzasidan savollar:
1. Muloqot texnikasi nima uni qanday izohlaysiz?
2. Muloqot texnikasining tarkibiy qismlariga nimalar kiradi?
3. Muloqot texnikasini shakllantiruvchi omillarga misollar keltiring?
20 Mavzu: YOZMA MULOQOT
Reja:
1. Yozma muloqot haqida umumiy ma’lumot.
2.Yozma muloqotning xususiyatlari.
3. Muvofiqlashtirish va so'zlarni tanlash.
Yozma muloqot haqida umumiy ma’lumot
Yozma muloqot so`zlovchi va qabul qiluvchi og`zaki muloqot vositasisiz
amalga oshganda juda asqotadi. Barcha tashkilotlarda ijrochilar yozma xabarlar orqali
bo`limlararo va bo`limlar ichida samarali aloqani yuritishlari mumkin. Muloqot jarayoni so`zlar orqali xabarlar yuborishni o`z ichiga oladi.
Yozma muloqot bildirishnomalar, eslatmalar, hisobotlar, moliyaviy hisobotlar,
biznes xatlari va shu kabilarning barcha turlarini qamrab oladi. Muloqotning bu turi
tashkilotlarda keng qo‘llaniluvchi xabar yozish jarayonini yozishga aylantiradi.
Rasmiy muloqot, qoidalar, buyruqlar, ma’lumotnomalar, siyosiy masalalar va hokazolar doimo yozma shaklda bo'lishi kerak.
Yozma nutq yuqori darajada bo'lmas ekan, og'zaki nutq ko'ngildagidek
bo'lmaydi. Yozma nutqda esa til vositalarini tanlash va qo'llashga to'liq imkoniyat
bo'ladi. Yozma nutqni xohlagancha tahrir qilish mumkin. Yozma nutqda og'zaki
nutqdagi kabi hayajon bo'lmaydi, notiq shoshilmasdan, o‘ylab nutq tuzadi. Shu sababdan ham yozma nutq og'zaki nutqdan ko'ra ravon, aniq va izchilroq bo'ladi. Yozma
nutq barqaror va qat’iy bo'ladi, u har doim avvaldan o‘ylanadi hamda matnga tushiriladi. Yozma nutq og'zaki nutqning rivojiga bevosita ta’sir etadi. Og'zaki nutq esa yozma nutq asosida rivojlanadi. Yozma mashqlar — bamisoli tafakkur mashqlaridir.
Biror voqelik yoki hodisa to‘g'risida fikrlash yozma mashqlar orqali takomillashadi. Yozma nutq mashqlari muayyan mavzu doirasida bevosita fikrlashga majbur
etadi. Yozma nutq bilan doimiy shug'ullanadigan kishi doim o‘ylab gapirishga
odatlanadi. Yozma nutq bilan muttasil shug'ullanmagan kishining yozma nutqi bilan
og'zaki nutqi hech qachon muvofiqlashmaydi.
Yozma kommunikatsiya — maktublar, eslatmalar, protokollar, belgilar yoki
matnlar orqali izohlanishlari juda qiyin, chunki muloqotda bo'lgan odamni ovozini
eshitmaymiz va imo-ishoralarini ko'rmaymiz. Lekin fikrni yozma ravishda ifodalash
89
yozuvchiga nima demoqchi bo'lganligini o‘ylash va eng yaxshi variantini tanlash imkonini beradi. Har qanday menejerga yozma so'z bilan ishlash qobiliyati juda ham muhimdir. Samarali yozish usullari so'zlar, qisqa jumlalar va qisqa abzatsdan foydalanishda va muvofiqlashtirishda ham soddalikka urg'u beradi. Xabarga ko'ra alohida
o'quvchiga murojaat qilishda so'zlarning muvofiqlashtirilishi barcha o 'quvchilar ham
xabarni tushunishda bir xil qobiliyatga ega emaslar, ularning barchalarining so'z boyliklari bir xil emas, mavzu bo'yicha bir xil bilimga ega emaslar. Shunday qilib, aniq
muloqot qilish uchun, biz muloqot qilishni xohlagan kishimizni bilishimiz kerak. Xabar shaxsning ongiga mos bo 'lishi kerak.
Muvofiqlashtirish va so'zlarni tanlash
1.Tanish so‘zlardan foydalaning. Baxtga qarshi, ko'pchilik biznes sohasida
faoliyat yurituvchi kotiblar tanish so'zlardan foydalanish o‘rniga o'z fikrlarini qog'ozga
ko‘chirishni boshlasharkan, uning xarakterini o'zgartirishga moyil bo'lishadi. Masalan,
urinmoq - harakat qilmoq, aniqlamoq - bilmoq, chek qo'ymoq - tugatmoq, namoyon
qilmoq - ko'rsatmoq, ifoda qilmoq/ qo'llamoq - foydalanmoq.
2.Uzun so'zdan ko'ra qisqasini tanlang. Umuman olganda, qisqa so 'zlarda xabar yaxshiroq yetkaziladi, chunki uzun so'zlarning og'irlik nisbati o'quvchini
chalkashtiradi. Gipnoz qilish, gippopotam va avtomobil kabi ba’zi uzun so'zlar bilan
oson muloqot qilinadi. Ammo ba’zi vibrofon (vibes), raqobatlashmoq (vie), achchig'i
chiqqan (vex), shtreykbrexer (scab) kabi qisqa so'zlarfaqatgina kamchlik uchun
tushunarli bo'lishi mumkin. Shunday qilib, uzun so'zlardan ozgina ehtiyotkorlik bilan
foydalanish donolik bo'ladi. Bundan tashqari, siz ishlatayotgan so'zlaringiz
o'quvchingiz uchun tanish bo'lishiga amin bo'ling.
3.Terminologiyadan ehtiyotkorlik bilan foydalaning. Barcha sohalarning o'z
terminologiyasi, ya’ni «jargon»i bor, ular kundalik ish leksikasining bir qismini tashkil
qiladi. Aslida, ularning idrokimizda shunchalik ko'p paydo bo'lganidan, sohaga
taalluqli bo'lmagan insonlar ham biladigandek tuyuladi. Va o'z sohangizdan
tashqaridagi insonlarga yozayotganingizda bu muloqotda tushunmovchilikni keltirib
chiqaradi.
Aniq yozish qobiliyati faqatgina so'zlar bilan cheklanib qolmaydi. Bu aniq
gaplardan foydalanishni ham anglatadi. Sodda gaplarni yozish qisqaroq gaplarni
yozishni anglatadi. Gap da’vo, savol, buyruq yoki his-hayajon shaklida bo'lishi mumkin. Yozma shaklda, gaplarning uzunligi haqida qaror qilishda qiyin va tez qoidalari
yo‘q, ammo qisqa gaplar sodda bo'lgani uchun oson tushuniladi. Murakkab
strukturalarni taqdim etish bilan muammo yaratmaydi. Uzun gaplar grammatik xatolarga ega bo'lishdek katta o'zgarishlarni qisqa gaplar tuzilishi tasavvur qilinadi. Malakali kotiblar matnda turli xil maqsadlarda birikmalar, qisqa va uzun gaplarni mohirlik
bilan qo 'llaydilar hamda tajriba qiladilar.
Yozuvdagi aniqlik faqatgina so'zlarning diqqat bilan tanlanishi va aniq gaplarni
yozishga bog'liq bo'lmaydi. Bu yana ehtiyotkorlik bilan tuzilgan abzatsni talab etadi.
So 'zlar gaplarga birikkandek, abzatsdagi gaplar ham mantiqiy ketma- ketlikka asos90
lanadi. Shunday qilib, abzats bir gapdan boshqasiga yo‘nalgani va bosqichma-bosqich
rivojlangani sababli, abzats kimningdir fikrlash jarayoni bo 'ladi.
Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar:
1 - mashq. Berilgan so‘z birikmalari ishtirokida namunadagidek gaplar tuzing.
Ko'makchili birikmalarni ma’nodoshlari bilan almashtirib daftaringizga ko‘chiring.
Namuna: Ma’lumotnoma talab etilgan joyga taqdim etish uchun berildi.
Ko‘rsatish uchun, oliy o‘quv yurtiga, topshirish uchun, kasaba uyushmasiga,
berildi, Qo'qon shahridagi 18- o‘rta maktab, taqdim etish uchun, ma’muriyatga, uyjoylardan foydalanish bo‘limiga, 316-bolalar bog‘chasiga, harbiy komissariatga,
tuman ta’minoti boshqarmasiga.
2 - mashq. Nuqtalar o‘miga tegishli qo'shimchalarni qo'yib, so‘z birikmalarini
daftaringizga ko'chirib oling va eslab qoling.
Masalan... o‘rgan... chiqdim, sizning ko‘rsatma... binoan, o‘z vaqti... bajarildi,
ahvol... haqida, chora ko‘rish... so‘rayman, qiyinchilik... duch kelmoqda..., masala... ijobiy hal etilishi... so‘raymiz, zarur deb hisoblay..., qonun oldida javob berish... so‘ray..., yotoqxona... tekshir..., qayta ko‘r... chiq... taqozo etmoqda, sharoit
yo‘q... sababli, berilgan vazifa... muddat... oldin bajardim.
3 - mashq. Hisobot matnidagi nuqtalar o'rnini tegishli so‘z va qo'shimchalar bilan
to‘ldirib, matnni daftaringizga ko'chiring.
Sizning topshiriq... Binoan 10-15-sentabr kunlari Buxoro shahrida xizmat safari... bordim. Bundan maqsad viloyat gazlashtirish idorasi... xo‘jalik... xususiy xonadonlarga gaz o'tkaz
ellik kilometr (diametr 30 mm) truba yetkazib berish...
shartnoma tuzish edi.
Shartnoma tuzildi. Unga... trubalar shu yil... 20- noyabriga... xo‘jaligimizga
keltiriladi.
Ilova: 2002- yil 15- sentabrda tuzil... shartnoma nusxa...
4 - mashq. Quyidagi so‘z va birikmalaming ma’nolarini izohlang va ular ishtirokida
gaplar tuzing.
Axborot bermoq, bayonnoma, so‘zga chiqmoq, so‘z olmoq, so‘z bermoq, ovoz
bermoq, muhokama qilmoq, tavsiya etmoq, tayinlamoq, tasdiqlamoq, muhokamada
chiqmoq, faol qatnashmoq, hay’at saylamoq, zimmasiga yuklamoq, topshirmoq,
ta’sis etmoq, qaror qilmoq, ma’ruza qilmoq, fikr-mulohaza bildirmoq.
Topshiriq. Matnni o‘qing.
Kitob - tafakkur ko‘zgusi
O‘zbek xalq adabiyotining tarbiya usullarida alohida ta’kidlanishicha, kitob–
insonning eng yaqin do‘sti va maslaxatchisi, aql qayrog‘I va bilim manbaidir. Kitob –
fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai. Kitob – nonday aziz, mo‘tabar va
muqaddas. Xalq kitobni ana shunday deb tushunadi. Darvoqe, xalq o‘rtasida kitobga, u
diniymi, dunyoviymi – baribir, ma’naviy tafakkur, xazinalar maskani, odob-axloq
go‘shasi – kutubxonaga hurmat – e’tibor beqiyos. Ha, xalq qadim zamonlardan
boshlab kitobni hayot darsligi, mo‘jiza, axloq – odob dasturi deb biladi.
Kitobga muhabbat, uni qadrlash, o‘qishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga
singib ketgan. Buning isboti uchun xalqimizning merosidan, kundalik hayotidan,
91
og‘zaki ijodi asarlaridan hamda an’anaviy tarbiya usullaridan juda ko‘plab misollar
keltirish mumkin. Darhaqiqat, O‘rta Osiyo xalqlari, shu jumladan, o‘zbek xalqi
yaratgan betakror moddiy va madaniy boyliklarni ko‘zdan kechirar ekanmiz, ular
orasida, M. Gorkiy ta’biri bilan aytganda, “…baxt va qudratli istiqbol yo‘lida
odamzod yaratgan, ehtimol, eng murakkab va mo‘jizalar ichidagi eng buyuk mo‘jiza”
bo‘lgan kitobning o‘ziga xos faxrli orinni egallab kelganini ko‘ramiz. Xalqimiz ilm va
fan, adabiyot va san’atga oid nodir qo‘lyozma – kitoblari bilan, haqli ravishda
faxrlanadi. Dunyoning qaysi bir mashhur kutubxonasida bo‘lmang, xalqimizning
ulug‘ allomalari – tafakkur xazinasini yaratgan donishmandlarning qo‘lyozmalarini
ko‘rish mumkin.
О'tmish zamonlardan tortib shu kungacha ota-bobolarimiz kitobning g‘oyatda
mashaqqatli mehnat evaziga dunyoga kelishini yaxshi anglab, uning oyoq osti
bo‘lishiga, hatto biron-bir varag‘ining ham bekorga nes-nobud bo‘lishiga yo‘l
qo‘ymaganlar. Kitobga muhabbat, uni oqishga ishtiyoq, undan bahramand bo‘lish
istagi kishilarga tinchlik bermagan.
Naql qiladilar: o‘tgan zamonda bir humkdor vaziru ulamolarini chaqirib,
“Dunyoda eng zo‘r, kerakli, hamma narsadan xabardor qiluvchi nima?” deb savol
beribdi. Kishilar u deyishibdi, bu deyishibdi; birovi dunyoda eng zo‘r narsa –qilich
desa, ikkinchisi eng keraklisi non, debdi. Hamma narsadan xabar beruvchi narsa
“Oynai jahon”deyuvchilar ham topilibdi.
- Uch kun muhlat beraman, - debdi podsho hech kimning javobi
yoqmaganligidan darg‘azab bo‘lib.
Qo‘shni podsholikda ta’rifi yetti iqlimga ketgan donishmand yashayotganligidan
vazirning xabari bor ekan. Vazir: “Podshohning savollariga shu donishmanddan
boshqa hech bir kishi javob topa olmaydi”, - deb o‘ylabdi-da, uni izlab topib
podshohning oldiga olib kelibdi.
Podshohning birinchi savoliga “Kitob!”- deb hech ham ikkilanmay dadil javob
beribdi donishmand.-Chunki kitob bilim beradi. Dunyodagi eng qudratli narsa esa–
bilimdir. Bilimli esa yengilmasdir.
- Savolingizga to‘g‘ri javob topdi,- deyishibdi a’yonlari xursand bo‘lishib.
- Dunyoda eng kerakli narsa nima?
- Kitob!–debdi donishmand hech ikkilanmay.
- Kitob?!-ajablanibdi hukmdor.
- Ha, dunyoda eng kerakli narsa kitob,- takrorlabdi so‘zini donishmand.–Inson
uchun hayotda ikki narsa eng mo‘tabar va aziz. Bu non bilan kitob. Shu boisdan
ham non qanchalik mo‘tabar sanalsa, kitob ham shunchalik aziz. Non rizq - ro‘z,
dasturxon ko‘rki, hayot barakasi. O‘tmishdan hikoya qiluvchi-tarix, bugunni aks
ettiruvchi ko‘zgu, ertangi kunni aytib beruvchi mo‘jiza esa kitobdir. Poklanish,
iymon butunligi, ruhiy boylik ham kitobdandir. Kitob insonning maslahatgo‘yi, doimiy
hamrohidir. “Kitob ko‘rmagan odam nodondir, kitob kirmagan uy qorong‘u
zimistondir”,-deydi donishmandlar.
92
- Shohanshoh, donishmand bu savolingizga ham to‘g‘ri javob qildi,- deyishibdi
saroy ahli.
- Suvu-quruqlikdagi hamma joylar, dunyodagi ezgu elatlar haqida xabar
beruvchi ham seningcha kitobmi?– achchiqlanibdi hukmdor.
- Ha, kitob,- dadil javob beribdi donishmand.– Dunyoni shundoqqina ko‘z
oldingizga keltirib qo‘yadigan ham, hech ko‘rmagan va bir umr ko‘rolmaydigan
kishilar hamda jo‘ylar bilan tanishtiradigan ham shu kitobdir. Mana meni olib
ko‘ring. Men tug‘ilib o‘sgan qishlog‘imdan boshqa hech bir joyda bo‘lmaganman.
Ammo Marvdan-Mashriqqacha, Yamandan –Yasargacha yaxshi bilaman, desam
maqtanmagan bo‘laman. Yer yuzida jamiki odamzod bor– ularning hayoti, odatlari,
rasm-rusumlaridan ozmi-ko‘pmi
xabardorman. Bunga ana shu kitob
orqali
erishganman. Qur’oni karim, hadisi sharifning mo‘jizasini aytmay qo‘ya qolaylik.
Podsho: “Saroyimda
qolib bosh maslahatgo‘yim bo‘l”,- deb qanchalik
yalinmasin, donishmand ko‘nmabdi, undan olgan oltinlarga esa bozordan kitob
xarid qilib, qishlog‘iga qaytibdi…
Mo‘jizalar olami bo‘lgan kitobni ulug‘lovchi, uning qadr-qimmatiga yetishni
ta’kidlovchi bunday afsonalar xalq o‘rtasida ko‘p. Ular xalq an’anaviy
pandnomasining eng zarrin sahifalarini tashkil etadi. Xalq kitob haqida naqlrivoyatlargina
emas, qanchadan-qancha
maqollar, aforizmlar, topishmoqlar,
hikmatlar ham yaratganki, bu kishilarning kitobga, ilm-fanga azaldan chanqoqligini
ifodalaydi:
Qatra yig‘ilib daryo bo‘lur, kitob o‘qib dono bo‘lur.
Kiyim ustingni bezaydi, kitob-aqlingni.
Kitob– ko‘zgu, unda olamni ko‘rasan.
Oltin yer tagidan kavlab olinadi, bilim kitobdan.
Kitobsiz uy – quyoshsiz kun.
Mavzu yuzasidan savollar:
1. Yozma muloqot haqida ma’lumot bering?
2. Yozma kommunikatsiya deganda nimani tushunasiz?
3. Muvofiqlashtirish va so'zlarni tanlash deganda nimalarni aytish
mumkin?
4. Matn mazmunini qisqartirib so‘zlab bering.
5. Kitob haqida yana qanday maqol va hikmatli so‘zlarni bilasiz?
93
III.
DASTLABKI ILMIY TADQIQOTNI YOZISH
21Mavzu: DASTLABKI ILMIY TADQIQOT HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT
Reja:
1. Dastlabki ilmiy tadqiqot haqida ma lumot.
2. Tadqiqotning tarkibiy qismlari.
3. Ko’chirmachilikning salbiy oqibatlari.
Dastlabki ilmiy tadqiqot haqida ma’lumot
Kirishning samaradorligi maqsadni va ma’lumotning qo‘llanilish ko‘lamini
kitobxonga tushuntiradi. Xulosa sarlavhada berilgan ixtiyoriy savolga javobni va asosiy punktlarning yakunini o‘zida aks ettirishi lozim. O‘qish faoliyatida, odatda, kirish
ham, xulosa ham, asosiy qismdan so‘ng yoziladi.
Kirish va asosiy qism
Kirish, odatda, vazifaning umumiy hajmining 10%ini tashkil qiladi. Shu sababli,
2000 ta so‘zdan iborat esselarda kirish 200 ta so‘zdan iborat bo‘lishi lozim.
Kirishga aniq bir na’muna mavjud emas, chunki ko‘p narsa siz olib borayotgan
va davom etayotgan ishning turiga bog‘liq. Lekin quyidagilar uning umumiy
xususiyati:
a) Kerak bo‘lsa kalit so‘zlar ta’rifining berilishi.
b) Kerak bo‘ladigan axborot.
c) Bu mavzu haqidagi boshqa mualliflarning ishlaridan namuna.
d) Ishning maqsad va vazifalari.
e) Sizning tadqiqot uslubingiz.
f) Siz tomoningizdan belgilanadigan biror-bir chegaralar.
g) Ishingizning rejasi.
Esselarni boshlash, asosan, imtihonlarda juda qiyin bo‘ladi, ikkilanish esa
qimmatli vaqtiningizni behuda sarflanishiga sabab bo‘ladi. Birinchi gaplar umumiy
bo‘lishi lozim, ammo kitobxonning mavzuga diqqatini qaratishi uchun noaniqroq
bo‘lishi lozim.
O‘rganish bilimlarga asoslangan zamonaviy iqtisodiyotning muhim ajralmas
qismi hisoblanadi. Hisoblash mashinalari va texnologiyaning taraqqiyoti natijasida, internet bilimlar almashishning muhim vositasiga aylandi.
a) Uzun maqolalar alohida adabiyotlar sharhiga ega bo‘lgan bir paytda, qisqa esselar uchun bu mavzu haqida tanish bo‘lish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa
o‘z ishini oqlaydigan ilmiy tadqiqotlarda bo‘shliqlar yaratishi mumkin:
Ko‘plab tadqiqodchilar (Veb va Kirstin, 2003; Honiga va boshqalar, 2006)
sog‘liqni saqlash va biznesda elektron ta’limni baholashgan, ammo hozirgacha oliy
ta’lim muassasalarida talabalarning bunday ta’lim tizimiga yetarlicha e’tibor berilmagan.
94
b) Kitobxon siz nimani tushuntirmoqchiligingizni anglashi uchun o‘z tadqiqotingiz
maqsadini aniq shakllantiring:
Bu tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalaridagi elektron ta’lim tizimi
bo‘yicha o‘qiyotgan talabalarning tajribalarini o‘rganish edi.
c) Uslub – bu siz qo‘ygan maqsadga erishishni ko‘rsatuvchi jarayondir:
Avvalo, bir necha tadqiqotlar olib borildi, keyin esa 200 ta talabaning elektron
ta’lim tizimidagi tajribalarini o‘rganish uchun so‘rov o‘tkazildi.
d) Siz esseingizning har bir aspekti bilan alohida ish ko‘ra olmaysiz, shuning
uchun o‘z ishingizni chegaralashingiz lozim:
Shu narsa aniqki, bu tadqiqot ma’lum bir chegaralar bilan cheklandi, asosan, talabani
tanlash, bu farmatsevtika va qishloq xo‘jaligidagi talabalar bilan cheklangan.
e) Kitobxonga sizning munozaralaringizni tushuntirish uchun ishingizning tarkibiy
tuzilishini tushunishingiz lozim:
Ish quyidagicha shakllangan. Birinchi bo‘lim, asosan, talabalarning tajribasi borasida
chegaralarga e’tibor qaratilgan tadqiqotlarning tahlilini o‘z ichiga oladi. Ikkinchisi esa
so‘rovning metodologiyasi bilan natijalarning tahlilini o‘zida mujassamlashtiradi va
oxirgisi elektron ta’lim dasturlarini olib borishning oqibatlarini qamrab oladi.
Barcha talabalarga ko‘chirmachilik (plagiat) ning ma’nosini tushunish va o‘z ishlarida buning oldini qanday olishni o‘rganish muhimdir.
Talabalar duch keladigan asosiy qiyinchilik shundaki:
a. Sitata berish orqali fanda eng muhim huquqlarni o‘qiganligini ko‘rsatish.
b. Bu g‘oyalarni shaxsi fikri orqali bayon etish va o‘zining xulosalarini berish.
Quyida nega talabalar ko‘chirmachilikdan qochishi kerakligiga bir necha sabablar
berilgan:
- akademik jamiyat qoidalarini tushunishini ko‘rsatish;
- boshqalar ishini ko‘chirish rivojlanishga yordam bermasligi;
- ko‘chirmachilik o‘qituvchi va kompyuter dasturlari orqali tezda aniqlanishi;
- ko‘chirmachilik kursdan yiqilish va hatto oliy o‘quv yurtidan haydalishga olib kelishi
mumkin.
Agar siz kimningdir ishidan yordam olsangiz, uni ko‘rsatishingiz kerak, siz bundan
to‘g‘ri foydalanib bajargansiz. Buni amalga oshirishning 2 xil yo‘li bor:
- Qisqacha mazmun;
(Smit zamonaviy davlatlar hokimiyatni o‘z qo‘lida turli xil yo‘llar bilan ushlab turganini ta’kidlab o‘tdi. )
- Qo‘shtirnoq usuli.
(Smitning fikricha, “Maqsad shuki davlat panada turishi emas, yangi hokimiyat
ko‘rinishlarini rivojlantirish”)
Bu sitatalar asosiy matn oxiridagi quyidagi tavsilotlarni o‘z ichiga olgan havolalar
ro‘yxatiga bog‘langan.
95
Ko‘chirmachilik (plagiat) darajalari. Garchi ko‘chirmachilik asosan birovning
ishini ko‘chirishni anglatsa ham, buni aniqlash har doim ham oson emas.
1.Paragrafni ko‘chirish, ammo bir necha so‘zlarni o‘zgartirish va
sitata berish;
2.Sitatasiz web saytdan ko‘chirib olish;
3. Ikkita paragrafni kursdoshingizning essesidan sitatasiz ko‘chirish;
4.Manba ko‘rsatib daftardan chizma olish;
5.Manbadan qisqacha manba olish, sitata berib, ammo qo‘shtirnoqdan
foydalanish;
6.Umumiy bilimlardan foydalanish;
7.O‘zingiz oldin yozib, baholangan essedan paragraf olish;
8.Shaxsiy tajriba natijalaridan foydalanish;
9.Topikni guruhda muhokama qilish va ularning fikrini o‘z ishingizda
qo‘llash;
10.Ba’zi ma’lumotlarni qisqacha xulosasidan foydalanish, ammo muallif
ismini xato yozish.
Ko‘chirmachilikdan xulosalash orqali saqlanish. Qo‘shtirnoqlar oshib ketmasligi kerak, shuning uchun siz o‘zgalar ishini xulosalab o‘z ishingizda foydalanishni
o‘rganishingiz kerak. Bu sizning matnni tushunishingizni isbotlaydi.
Mavzu yuzasidan savollar:
1. Ilmiy tadqiqotning tarkibiy qismlariga nimalar kiradi?
2. Ko’chirmachilik darajalarini izohlab bering.
3. Ko’chirmachilik oqibatlarinimalarga olib keladi?
96
22Mavzu: XULOSA, PEREFRAZA, SITATA VA HAVOLA YOZISH
Reja:
1.Tadqiqotda xulosa va perefrazaning o’rni.
2. Tadqiqotda sitata va havolalarning qo’llanishi.
3.Mavzu sarlavhasi va abzatsning tadqiqotdagi vazifasi.
Tadqiqotda xulosa va perefrazaning o’rni
Xulosa va perefraza. Oliy o‘quv muassasalaridagi talabalar uchun elektron
ta’limning tajribasini baholash. Bu terminning bir qator talqinlari mavjud, ammo bu
maqolada “elektron ta’lim” internet orqali ma’lumot almashiladigan ixtiyoriy turdagi
ta’limga tegishlidir. O‘rganish bilimlarga asoslangan zamonaviy iqtisodiyotning muhim ajralmas qismi hisoblanadi. Hisoblash mashinalari va texnologiyaning taraqqiyoti
natijasida, internet bilimlar almashishning muhim vositasiga aylandi. Ko‘plab
tadqiqodchilar (Veb va Kirstin, 2003; Honiga va boshqalar, 2006) sog‘liqni saqlash va
biznesda elektron ta’limni baholashgan, ammo hozirgacha oliy ta’lim muassasalari
talabalarining bunday ta’lim tizimiga yetarlicha e’tibor berilmagan. Bu tadqiqotning
maqsadi oliy ta’lim muassasalaridagi elektron ta’lim tizimi bo‘yicha o‘qiyotgan talabalarning tajribalarini o‘rganish edi.
Avvalo, bir necha tadqiqotlar olib borildi, keyin esa 200 ta talabalarning elektron ta’lim tizimidagi tajribalarini o‘rganish uchun so‘rov o‘tkazildi.
Shu narsa aniqki, bu tadqiqot ma’lum bir chegaralar bilan cheklandi, asosan, talabalarni tanlash, bu asosan farmatsevtika va qishloq xo‘jaligidagi talabalar bilan cheklangan.
Ish quyidagicha shakllangan. Birinchi bo‘lim, asosan, talabalarning tajribasi borasida
chegaralarga e’tibor qaratilgan tadqiqotlarning tahlilini o‘z ichiga oladi. Ikkinchisi esa
so‘rovning metodologiyasi bilan natijalarning tahlilini o‘zida mujassamlashtiradi va
oxirgisi elektron ta’lim dasturlarini olib borishning oqibatlarini qamrab oladi.
Xulosa, odatda, kirishga qaraganda qisqaroq va turlicha bo‘lishi lozim. Kopchilik maqolalar “sharhlar” yoki “xulosalovchi izoh”dan iborat bo‘lishi mumkin. Ammo talabalar ishida yakinlovchi bo‘lim argumentlarni umumiylashtirishi va asosiy
savolga javob topilganligini kitobxonga tushuntirishi lozim.
Yaxshi xulosalashning siri nimada?
Xulosalash jarayoniga oddiy hayotda ko‘p marta duch kelamiz. U biror narsa
haqidagi asosiy(umumiy) fikrni ifodalaydi.
Xulosalar
Xulosalash va perefrazalash (ma’noni boshqa so‘zlar yordamida ifodalash)
Odatda esseda xulosalash va perefrazalash birgalikda ishlatiladi. Xulosalashning
maqsadi ma’lumotlar hajmini yetarli darajagacha qisqartirish va uzundan uzoq
ma’lumotlarni qisqa hajmga keltirishdan iborat bo‘lsa, perefrazalashning maqsadi esa
umumiy ma’noni saqlagan holda ma’lumotni asl manbadagidan farqli qilib, o‘zgartirib
yozishdan iboratdir. Bularning ikkalasi ham ko‘chirmachilikning oldini olish uchun
97
qo‘llaniladi Xulosalashning bosqichlari Siz xulosalashda mavzuga doir eng muhim
ma’lumotlarni berishingiz yoki mavzuga to‘liqroq to‘xtalib o‘tishingiz mumkin.
Odatda, xulosada asosiy fikrlarni qo‘shimcha qismdan (keltirilgan misollar va ularning
isbotlaridan) xoli tarzda yozishga e’tibor qaratiladi.
Quyidagi xulosalash bosqichlariga e’tibor bering va ularni to‘g‘ri (ketma-ket)
tartibda joylashtiring.
Xulosani o‘z izohlari asosida yozish. Bunda tuzilishni o‘zgartirish ham mumkin.
Asosiy fikrlarni marker yordamida belgilab borish.
Asosiy fikrlar uchun izohlar yozib olish (perefrazalagan holda).
Barcha kerakli fikrlar bildirilgan va ixchamlik ta’minlanganligini tekshirish
maqsadida xulosani qayta tahlil qilish.
Asl manbani e’tibor bilan o‘qish va yangi, tushunish qiyin tuyulgan so‘zlarni
tahlil qilish.
Perefrazalash (asosiy ma’noni saqlagan holda, fikrni boshqa so‘zlar yordamida
ifodalash).
18-asrda, Fransiya va Germaniyadan oldin, Britaniyada sodir bo‘lgan industrial
inqilob to‘g‘risida ko‘plab munozaralar davom etib kelmoqda. Ushbu gapni
quyidagicha perefrazalash mumkin:
Industrial inqilobning nima sababdan boshqa joyda emas, balki aynan Britaniyada
sodir bo‘lgani hozirgi kunga qadar tortishuvli savollardan biri bo‘lib kelmoqda.
Odatda ta’sirchan perefraza:
• asl manbadan o‘z shakliga ko‘ra farqlanadi
• asl manbadagi so‘zlarning sinonimlaridan iborat bo‘ladi
• asosiy ma’noni saqlagan bo‘ladi
• asl manbadagi ba’zi bir qismlarni o‘zida mujassamlashtiradi (misol uchun “Industrial
inqilob”, “18-asr”)
Perefrazalash va uning yo‘llari (usullari):
• a) so‘zlarning sinonimlarini qo‘llash orqali:
• Aytadi > keltirib o‘tadi; 18-asr > 1700-yillar; tejamoq > kam xarajat qilmoq
• b) so‘z turkumlarini o‘zgartirish orqali:
• Izoh (ot) > izohlamoq (fe’l); foyda keltiradigan, foydali (sifat) > foyda (ot)
• c) so‘zlar ketma-ketligini o‘zgartirish orqali:
• Britaniya industrial inqilobining asosiy sabablari talabni tahlil qilish orqali o‘z
yechimini topishi mumkin.
• Talabni tahlil qilish orqali Britaniyadagi industrial inqilobning sabablarini topish
mumkin.
• Amaliyot mashqlarida 3ta usul ham bir vaqtning o‘zida ishlatiladi. Barcha so‘zlar o‘z
sinonimlariga ega emasligini hisobga olgan holda, ularning hammasini perefrazalash
maqsadga muvofiq emas.
Havola, sitata, abzats
Havola (ma'lumot olingan manbani keltirib o‘tish) va sitatalar
98
Essening saviyali bo‘lishi olib borilgan tadqiqotlar va ko‘plab esselarning mavzuga
doir bildirgan fikrlarini o‘rganib chiqishni talab etadi. Shu sababdan o‘z esseingizda
qaysi adabiyotlardan foydalanganingizni keltirib o‘tishingiz maqsadga muvofiqdir. Bu
bob sizga quyidagilar haqida ma’lumot beradi:
• Sitatani matn ichida keltirish
• Havolaning asosiy shakllari
• Sitatalardan foydalanish
• Foydalanilgan adabiyotlarning umumiy ro‘yxatini keltirib o‘tish
Havolalarni qo‘llash qay darajada ahamiyatli?
Havola va sitatalar qo’llanilishining 3 ta asosiy sababi mavjud:
a) Siz mavzuni bir qancha adabiyotlarni o‘qib-o‘rgangan holda izlanish olib borganingiz va uni yoritganingizni ko‘rsatish (bu sizning esseingiz qadrini oshiradi).
b) Esseni o‘qigan shaxs mavzu to‘g‘risida ko‘proq ma’lumot olgisi kelgan taqdirda, havoladan foydalanishiga imkon yaratish.
c) Ko‘chirmachilikning oldini olish.
Ko‘chirmachilikning
oldini
olish
to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lish uchun kerak.
Sitata va havolalar
Foydalangan ma’lumotlaringiz manbalarini to‘g‘ri ko‘rsatilishi muhim hisoblanadi. Siz buni ikki xil usulda amalga oshirishingiz mumkin. Ikki usulda ham kurs ishi
oxirida foydalanilgan havola va sitatalatni qaytadan keltirib o‘tilishi lozim.
Smit (2009) fikriga ko‘ra foydali sport vositalari(transportlari) mantiqsizdir.
Ular qimmat bo‘lishiga qaramay, yo‘llarda deyarli haydalmaydi. Shu nuqtai nazardan
qaraganda bu transportlar yo‘l xavfsizligi uchun keraksizdirlar (Smit, 2009:37). (Bu
yerda gap qimmat sport avtomobillari haqida ketmoqda).
Sitatalarni keltirish.
Havola fe’llari. Odatda havola va sitatalar ma’lum bir fe’llar vositasida keltiriladi:
Bu fe’llar hozirgi zamonda ham, o‘tgan zamonda ham bo‘lishi mumkin. Odatda,
hozirgi zamonning ishlatilishi ma’lumotning yangi va hali o‘z kuchini saqlab turganligiga ishora qiladi. O‘tgan zamonning ishlatilishi esa buning aksi, ya’ni ma’lumot eski
va o‘z kuchini yo‘qotgan ma’lumotlarga asoslangan bo‘lishi mumkinligiga ishoradir.
Ba’zi bir hollarda eski ma’lumotlar ko‘proq foyda keltirishi mumkin.
Havola shakllari. Kurs ishi mavzusiga qarab, havolaning turli shakllaridan foydalanish mumkin. O‘qituvchi sizga yo‘nalish beradi, siz esa o‘qituvchi aytgan
ma’lumotlarni kutubxona veb saytidan topishingiz mumkin. Har qanday holatda
me’yorga amal qilish juda muhim hisoblanadi. Quyida havolaning asosiy shakllari
keltirib o‘tilgan:
a) Garvardcha shakl, bu havola shakli odatda fan va biznesga doir mavzularda ko‘p
qo‘llaniladi.
99
b)Vankuvercha shakl, ilm-fan va tibbiyot mavzulari doirasida keng qo‘llaniladi.
Sitatadan so‘ng biror son yozib qo‘yilgan holda, ish so‘ngida unga havola yozib
qo‘yiladi.
Jasanoff zaharlanish (infeksiyalanish) xavfi ortib borayotganidan xavotirda ekanini aytmoqda.
c) Kolontitul usuli, eng ko‘p qo‘llaniladigan usullardan biri bo‘lib, bu usulda olingan
manba bet so‘ngida keltirib o‘tiladi.
Fransiya revolutsiyasi ta’siri butun Yevropa bo‘ylab sezildi.
Karl Vildavsky, Eraning yakunlanishi: Ispaniya 1785-1815 (Dublin: Dublin
Universititeti nashriyoti, 2006), 69-bet.
Havola murakkab jarayon hisoblanib, bunda talaba yo‘riqnomaga ehtiyoj sezishi
mumkin. Bunda sizga universitetingiz sayti ko‘makchi bo‘lishi mumkin.
Sitatalardan foydalanish. Sitatalardan foydalanish deganda, biror bir shaxsning
ma’lum mavzu doirasidagi fikrlarini aynan keltirish tushuniladi. Sitatalardan
me’yorida foydalanish ishingiz qadrini oshiradi. Sitatalardan quyidagi hollarda foydalanish maqsadga muvofiqdir:
• Sitata muallifining aynan gapi o‘zgacha ma’noni anglatsa;
• Muallifning aynan gapi siznikiga qaraganda qisqa va lo‘nda bo‘lsa;
• Muallifning aynan gapi barchaga ma’lum va mashhur bo‘lsa.
Barcha sitatalar manbaga ishora qiluvchi qisqa frazachalar bilan berilishi va sizning fikringizga mos bo‘lishi kerak.
Bu fikr ko‘pchilikka ayondir. Fridman aytganidek,
“Inflatsiya – bu soliq
solishni qonuniylashtirish talab qilinmaydigan shakli hisoblanadi” (1994:93)
a) Qisqa sitatalar bittalik qo‘shtirnoq ichiga, sitata ichidagi sitatalar esa ikkitalik
qo‘shtirnoq ichiga olib yoziladi:
Jeyms aytib o‘tganidek: ‘Martinning “ichki makon” to‘g‘risidagi konsepsiyasi
chuqur tahlilni talab qiladi.”
b) Uzunroq sitatalar satr boshidan boshlanadi yoki kichikroq qilib yoziladi. Bu holatda,
hech qanday qo‘shtirnoq qo‘llanilmaydi.
c) Sanadan so‘ng, bet raqamining berilishi zarurdir.
d) Sitatalar asl manbadagiday bo‘lishiga alohida e’tibor qaratish zarur. Agar ma’lum
bir qismlar keraksiz bo‘lsa, shu joyda (...) belgisidan foydalanishingiz mumkin:
“Tarixda juda kam ixtirolar ... mobil telefoniday ahamiyatga ega bo‘lgan”
e) Ba’zi bir so‘zlar izoh talab qilishi mumkin va bunday hollarda to‘rtburchak qavslardan foydalanish maqsadga muvofiqdir:
Yangi g‘oyalar [ozodlik haqidagi] qadimgi dunyo g‘oyalaridan butunlay farq qiladi.
bo‘limlarga bo‘lib, mavzuni tushunishni osonlashtiradi. Bu qism asosiy e’tiborni
quyidagilarga qaratadi:
Abzatsga misol
Quyidagi abzatsni tahlil qiling.
100
“Ko‘chmas mulk egaligini rag‘batlantirish kerakmi?” deb nomlangan essening
kirish qismidan olingan. Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida ko‘chmas mulkchilik
darajasi juda xilma-xil. Misol uchun, Germaniya eng past darajaga ega, ya’ni 42%,
Ispaniya esa ikki baravar ko‘p 85%. AQSh va Buyuk Britaniya deyarli bir xil
ko‘rsatkichga ega, ya’ni 70%. Bunday o‘zgarishlarning sababi iqtisodiydan ko‘ra
madaniy va tarixiylikni ko‘rsatadi, chunki yuqori ko‘rsatkichlar rivojlangan
davlatlarda mavjud bo‘lganidek, qoloq davlatlarda ham bor. Bu yerda xalqning farovonligi va ko‘chmas mulkchilik darajasi o‘rtasida bog‘liqlik yo‘q.
Abzats quyidagicha tahlil qilinishi mumkin:
Mavzu sarlavhasi - Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida ko‘chmas mulkchilik
darajasi juda xilma-xil;
1) 1-misol – Misol uchun, Germaniya eng past darajaga ega, ya’ni 42%, Ispaniya esa
ikki baravar ko‘p 85%;
2) 2-misol – AQSh va Buyuk Britaniya deyarli bir xil ko‘rsatkichga ega, ya’ni 70%;
3) Sabab – bunday o‘zgarishlarning sababi iqtisodiydan ko‘ra madaniy va tarixiylikni
ko‘rsatadi, chunki yuqori ko‘rsatkichlar rivojlangan davlatlarda mavjud bo‘lganidek,
qoloq davlatlarda ham bor;
4) Xulosa – bu yerda xalqning farovonligi va ko‘chmas mulkchilik darajasi o‘rtasida
bog‘liqlik yo‘q.
Bu misollar quyidagini ko‘rsatadi:
a) Abzats bir mavzuga bog‘liq bo‘lgan holda, bir necha gaplardan tashkil topgan.
Abzatslarga bo‘lish muallif va kitobxonning argumentlar bilan mukammal mashg‘ul
bo‘lishi uchun yordam beradi;
b) Abzatsning hajmi matn turiga qarab turlanadi, ammo, odatda, u to‘rt yoki besh
gapdan iborat bo‘ladi.
c) Odatda (har doim emas), birinchi jumla mavzuga kirish bo‘lib xizmat qiladi.
Keyingilari esa ta’riflar beradi, misollar, qo‘shimcha ma’lumotlar, sabablar va
xulosalar;
d) Abzats qismlari o‘zaro qalin shriftli ibora va bog‘lovchilar bilan farqlanadi.
Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar:
1- topshiriq. Essening kirishi, odatda, nimadan iborat bo‘ladi? Quyidagi ro‘yxatga
e’tibor bering va ulardan qo‘shiladigan punktlarni tanlang.
Tarkibiy qism
Ha/yo‘q
- Sarlavhadagi notanish so‘zning ta’rifi
- Essening predmeti haqidagi fikringiz
-Mavzu bo‘yicha o‘qigan manbalaringizni keltirib o‘tish
-Kitobxonni qiziqtirish uchun fikr yoki savol
-Buni yozishdan sizning maqsadingiz
-Sizning savolga javob berishga moslashgan uslubingiz
-Mavzu haqida qisqa holat
101
-O‘zingiz o‘rnatgan chegara
Kirishning tarkibiy tuzilishi barcha kirishlar ham yuqoridagi elementlarni o‘zida mujassamlashtirmaydi.
1-Quyidagilarning qaysi biri asosiy va qaysi biri ixtiyoriy bo‘lishini tanlang.
1 - mashq. Berilgan so‘z birikmalari asosida shunday gaplar tuzingki, ularning kesimi
majhul nisbatdagi fe’llardan iborat bo‘lsin.
O‘z roziligi bilan, yetakchi mutaxassis lavozimiga, mehnat shartnomasidagi
muddat tugashi munosabati bilan, moliyaviy yo‘qlama o‘tkazish uchun, O‘zR MK
12- moddasining 2- bandiga ko‘ra, shtat jadvali bo‘yicha, malaka oshirish kursida
bo‘lishi davrida, mashg'ulotlarda qatnashmaganligi sababli, oylik maoshi 30000
so‘m miqdorida, sinash muddati bilan, taftish o‘tkazish uchun.
2 - mashq. Quyida berilgan zaruriy qismlami tartib bilan joylashtirib, ular asosida
so'rov xati namunasini yarating.
Bu qurilma bizni juda qiziqtirdi. universitetimiz yosh olimlari tomonidan
yaratilgan oqova suvlami tozalash qurilmasi. «Ekolot» xalqaro jamg'armasi raisi
A. Maqsudov. Bu haqda «Ma’rifat» gazetasida xabar chop etildi. Shu sababli Sizdan ushbu qurilmaning texnik tavsifi, yo‘riqnomasi va modelini yuborishingizni
so‘raymiz. Iqtisodiyot litseyi direktori M.Saidovga.
3 - mashq. Quyidagi qurilmalar asosida gaplar tuzing va shu gaplar asosida matn
yarating.
Kim?
Kimga?
Kim?
Kimdan?
Qachon?
Nima?
Kim?
Nima uchun?
xabar yetkazadi.
qabul qiladi.
yig‘ilish bo‘ladi (o‘tkaziladi).
qatnashishi (tayyorgarlik ko‘rishi) shart.
Mavzu yuzasidan savollar:
1.Ilmiy tadqiqot yozishda xulosa va perefrazaning qanday o’rni bor?
2. Sitata, havola va abzatsning ilmiy tadqiqotdagi ahamiyati?
3. Havolalarni qo‘llash qay darajada ahamiyatli?
102
IV. REFERAT MATNI, UNING TUZILISHI VA IFODA MATERIALINING
XUSUSIYATLARI. ANNOTATSIYA MATNI, UNING TUZILISHI
23Mavzu: REFERAT MATNI.
Reja:
1. Referat haqida umumiy ma’lumot. Referatning tarkibiy qismlari.
2. Referatning o’ziga xosligi. Mavzuning tanlanishi, tayyotgarlik ishlari, referat rejasini tuzish.
3. Referatni yozish, adabiyotlarni rasmiylashtirish.
Referat haqida umumiy ma’lumot
Rеfеrаt - ilmiy uslubga xos bo‘lgan matn. U oldindan tayyor matn asosida
yaratiladi. Referat yozishdan maqsad – manba sifatida o‘rganilayotgan matnning
mazmunini qisqacha bayon qilishdir. Referat – asosiy matn yoki bir necha manbalarni talqin qilish shakllaridan biri. Shuning uchun referat, konspektdan farqli
ravishda, yangi, muallifning matni hisoblanadi. Bunday holdagi yangilik yangicha
bayonni, materialning bir tizimga solinishi, har xil nuqtai nazarlarni qiyoslashda
muallifning alohida pozitsiyasini nazarda tutadi.
Referatlash qandaydir masalaning bir yoki bir necha manbalarning tasniflanishi, umumlashtirilishi, tahlili va sintezi asosida bayon qilinshini, umumlashtirilishi,
tahlili va sintezi asosida bayon qilinishini nazarda tutadi.
Referat ma’lum bir tuzilishga ega:
- Kirish;
- Asosiy qism;
- Xulosa
Referatda quyidagi savollarga javob beriladi:
Nima haqda? Kimga va nima qiziqarli? Nima uchun bu fikrga qo‘shilib
bo‘lmaydi?
Referat oxirida o‘quvchi nuqtai nazaridan umumiy xulosa beriladi va quyidagi
konstruksiyalar qo‘llanadi. O‘quvchi qiziqish bilan tanishib chiqadi, o‘rganganlarim
men uchun foydali bo‘ldi, o‘zi uchun topadi, men bu fikrga qo‘shila olmayman va b.
Referat so‘zi lotincha “referre” negizidan olingan bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri
tarjima qilinganda “bildirish, xabar berish” degan ma’nolarni anglatadi. Referat
qismlarining tuzilishi va uning ustida ishlash bosqichlari:
Odatiy tartibga ko‘ra referat ustida ishlashning boshlang‘ich qismini tanlangan
mavzuning izohi ochib berishi lozim. Unda mavzuning dolzarbligi, ushbu mavzu yuzasidan hozirgacha fanga ma’lum bo‘lgan va o‘z tasdiqini topgan faktlar, natijalar;
olimlarning uni o‘rganish ustida olib borgan ishlari; adabiy manbalardan keltirilgan
misollar, foydalanilgan materiallar; o‘rganilayotgan mavzuning amaliy yoki ilmiy
tasdiqini topgan masalalari o‘z aksini topadi.
103
Referat quyidagi bo‘limlardan tashkil topadi:
1. Titul varag‘i;
2. Reja;
3. Kirish qismi;
4. Asosiy qism;
5. Xulosa;
6. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
Referatning o‘ziga xosligi:
1. Keng miqyosli dalillar, qiyoslashlar, mushohadalar, baholarga ega bo’lmaydi;
2. Matnda qanday yangi, muhim jihat bor, degan savolga javob beradi.
3. Referat diqqat-e’tiborni yangi ma’lumotlarga qaratadi va boshlang‘ich matnga
murojaat etishning maqsadga muvofiqligini belgilaydi.
Referatlarning turi va ularning xususiyatlari.
Nazariy ma’lumotlarga asoslanib quyidagi savollarga javob bering.
1. Referat qanday uslubga xos matn? Nima uchun?
2. Referat qanday qismlardan tashkil topadi?
3. Referatda qanday savollarga javob beriladi?
4. Qanday konstruksiyalar referat uchun xos?
5. “Referat” so‘zining ma’nosi nima?
Referatni yozish bo‘yicha yo‘riqnoma:
1.Mavzuning tanlanishi: Kafedra taklif qiladigan referatlar mavzulari namunaviy bo‘ladi. Sizning o‘zingizning qiziqishlaringiz va mayllaringizga mos keladigan mavzuni tanlashga mustaqil yondashishingiz maqsadga muvofiq. Siz o‘z
qiziqishlaringiz doirasi asosida tanlangan muammoga amal qilib va uni asoslash
bilan kafedra tavsiya qilgan mavzular ro‘yxatiga kirmagan referat mavzusini taklif
qilishingiz ham mumkin. Bunday vaziyatda taklif qilayotgan referat mavzusingizni
ilmiy rahbaringiz bilan albatta kelishib olishingiz kerak bo‘ladi.
2.Tayyorgarlik ishlari: Asosiy manbalarni o‘rganib, referat mavzusini tanlagach, quyidagilar inobatga olinadi:
a). Tanlangan mavzuga tegishli masalalar doirasi bilan tanishib chiqish;
b). Ma’ruza materiallarini ko’zdan kechirish;
c). Fan bo’yicha o‘quv dasturiga ko’ra tegishli mavzu uchun tavsiya etilgan adabiyotlarni yana bir bor tahlil qilish;
d). Universitet axborot-kutubxona majmuida mavjud bo‘lgan kataloglardan foydalanib, referat mavzusi bo’yicha adabiyotlar manbalari doirasini kengaytirish.
3. Zarur materialning konspekt qilinishi: Konspekt qilish konspektlashning bir turi: rejali, matnli, tematik, xronologik, tahliliy yoki erkin turiga muvofiq
amalga oshiriladi.
4. Muammoni tadqiq qilish mantiqini ishlab chiqish, referat rejasini
tuzish:
Referatning rejasi tanlangan mavzuda ko‘rilishi lozim bo‘lgan masalalar doirasi va
referatning asosiy mazmunini belgilaydi. Har bir bandi qat’iy tanlangan material bi104
lan ta’minlangan puxta o‘ylangan reja referatning muvaffaqiyatli yozilishining
g‘oyat muhim shartidir. Referatning asosiy qismi o‘zining lo‘nda va aniq nomiga
ega masalalarga va kichik masalalarga (bandlarga) bo‘linishi zarur.
5. To‘plangan materialning bir tizimga solinishi va referatning yozilishi:
Kirishda tanlangan mavzuning nazariy va amaliy jihatlardan dolzarbligi asoslanadi,
referatning maqsad va vazifalari ifodalanadi. Titul varag‘i – ishning mavzusi,
muallif va ilmiy rahbarning ism-sharifi hamda o‘quv muassasasining to‘liq nomini
o‘zida aks ettirishi shart. Agar referat monografik bo‘lsa (bir manba yoki muallif
referat qilinayotgan bo‘lsa), unda kirishda quyidagilar ko‘rsatiladi:
1) muallif haqidagi qisqacha ma’lumotlar (ilmiy darajasi, uning ixtisosligi, boshqa
ishlari);
2) manba mavzusining qisqacha bayoni;
3) ishning maqsadi;
4) ishning ruknlari;
5) muallifning ustuvor yo‘nalishi va boshqalar.
Asosiy qismda barcha muhim qoidalar aks ettirilishi kerak. Referat asosiy qismining matni to‘plangan materialning tegishlicha taqsimlanishi bilan masalalarga va kichik masalalarga (bandlarga) bo‘linishi zarur.
6. Adabiyotlar ro‘yxatining rasmiylashtirilishini tekshirish: Referatda foydalanilgan
manbalarning
nomi
aniq
ko‘rsatilishi
lozim.
1) O‘zR qonunlari. 2) O‘zR Prezidenti farmonlari. 3) O‘zR Hukumati qarorlari. 4)
Me’yoriy hujjatlar, yo‘riqnomalar. 5) Kitoblar, davriy nashrlarda e’lon qilingan
maqolalar. 7) Internetdan olingan axborot manbalari. Manbalarning bibliografik
bayonida quyidagilar ko‘rsatiladi: muallifning familiyasi va ismi-sharifi, kitob nomi, nashr qilingan joyi, nashriyot nomi va nashr yili. Agar maqola jurnalda
(gazetada) bosilgan bo‘lsa, unda jurnal (gazeta) nomi, chiqqan yili, jurnal (gazeta)
sahifasi raqami.
7. Matnning tahrirli tuzatilishi. Matnning savodxonlik va uslubiyat jihatdan tekshirilishi: Referat savodli tarzda yozilishi va toza ko‘rinishda bo‘lishi
kerak. Umumiy qabul qilingan so‘zlardan boshqa so‘zlarning qisqartirilishiga,
shuningdek xatolar, noaniqliklar, uslubiy nuqsonlarga yo‘l qo‘yilmaydi.
8.Referatning rasmiylashtirilishi: Fan o‘qituvchisiga taqdim etiladigan referat
kompyuterda 12-shrift bilan, 1,5 interval orqali standart A 4 formatli qog‘ozda va
matn uning faqat bir tomonini egallaydi, qog‘ozning chap tomonidan 2,5 sm, o‘ng
tomonidan 1,5 sm, yuqorisi va pastidan kamida 2 smlik hoshiyalar bilan terilishi
kerak. Matn sahifalari albatta raqamlanishi kerak. Referat hajmi 16-20 sahifadan
oshmasligi kerak.
Mavzu yuzasidan savollar:
1. Fan rivojiga katta hissa qo‘shgan taniqli o‘zbek olimlari haqida referat tayyorlang.
2. Referatning o’ziga xosligi nimalarda namoyon bo’ladi?
3. Referat yozishda nimalarga ahamiyat berish kerak?
105
24 Mavzu: REFERATNING TUZILISHI VA IFODA MATERIALINING
XUSUSIYATLARI
Reja
1. Referatning turlari.
2. Referatning baholanishi.
Referatlar turlari
.
Axborotli (referat – konspektlar)
Indikativ (referat – rezyumelar)
Bayonning to‘liqligi
bo‘yicha
Monografik
Referatlanadigan
manbalar soni bo‘yicha
Tahliliy
Referatning tuzilishi
1. Bibliografik bayon
Referat matni
2. F.I.Oi. Asar nomi. Nashr
qilingan joyi. Nashriyot.
Yil. Sahifalar soni.
- Mavzu, muammo; referat qilinadigan ishning
predmeti, maqsadlari va
tuzilishi.
- Qisqacha mazmuni.
- Aniq natijalari.
- Muallif xulosalari.
- Ish natijalari qo‘llaniladigan soha.
Referatning baholanishi
(Baholashning namunaviy ko‘rsatkichlari va mezonlari)
Baholash ko‘rsatkichlari
Baholash mezonlari
1. Referat qilingan
matnning yangiligi
Maks.- 20 ball
- muammo va mavzuning dolzarbligi;
- muammoning qo‘yilishi, tahlil uchun tanlangan
muammoning yangi jihatini ifodalashdagi
106
yangilik va mustaqillik;
- muallif pozisiyasining mavjudligi,
fikrlarning mustaqilligi.
- rejaning referat mavzuiga muvofiqligi;
- mazmunning referat mavzui va rejasiga
mosligi;
- muammoning asosiy tushunchalarini ochib
berishning to‘liqligi va chuqurligi;
2. Muammo mohiyatini ochib
- material bilan ishlash usullari va
berish darajasi
uslublarining asoslanganligi;
Maks.- 30 ball
- adabiyotlar bilan ishlash, materialni bir
tizimga solish va tarkiblashtirish mahorati;
- ko‘rib chiqilayotgan masala bo‘yicha har xil
nuqtai nazarlarni umumlashtirish, qiyoslash,
asosiy qoidalar va xulosalarni dalillash
mahorati.
3. Manbalarni tanlashning
asosliligi
Maks.- 20 ball
- muammoga doir adabiy manbalardan
foydalanish doirasi, to‘liqligi;
- muammo bo’yicha eng yangi asarlardan
foydalanish (jurnal maqolalari, ilmiy asarlar
to‘plamlari materiallari va hokazo).
4. Rasmiylashtirish
talablariga rioya qilinishi
Maks. - 15 ball
- foydalanilgan adabiyotlarga qaydlarning to‘g‘ri
rasmiylashtirilishi;
- bayonning savodliligi va madaniyati;
- muammo atamalari va tushunchalar apparatini
egallaganlik;
- referat hajmiga talablarga rioya qilinishi;
- rasmiylashtirish madaniyati: xatboshilarning
ajratilishi.
5. Savodlilik
Maks.- 15 ball
- orfografik va sintaktik xatolar, uslubiy
nuqsonlarning yo‘qligi;
- xatolar, umumiy qabul qilingan so‘zlardan
tashqari so‘zlarni qisqartirishlarning yo‘qligi;
- adabiy uslubi.
Natijada referat quyidagi tarzda bilimlarni baholashning 100 ballik va 5 ballik tizimida
107
baholanadi:
• 86 – 100 ball – «a’lo»;
• 70 – 75 ball – «yaxshi»;
• 51 – 69 ball – «qoniqarli”;
• 51 balldan kam – «qoniqarsiz».
Ballar dasturiy materialni bilishni joriy baholash jarayonida hisobga olinadi.
Mavzu yuzasidan savollar:
1. Fan rivojiga katta hissa qo‘shgan taniqli o‘zbek olimlari haqida referat
tayyorlang.
2. Referatning o’ziga xosligi nimalarda namoyon bo’ladi?
3. Referat yozishda nimalarga ahamiyat berish kerak?
25 Mavzu: ANNOTATSIYA MATNI, UNING TUZILISHI
Reja:
1. Annotatsiya matni, tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari.
2. Annotatsiya so’zining ma’nosi.
3.Annotatsiyaga namunalar yozish.
Annotatsiya matni, tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari
Аnnоtаtsiya – bаdiiy, ilmiy, mеtоdik аsаrlаrning muаllifi, mаvzusi, mаnbаsi,
undа ko‘tаrilgаn аsоsiy mаsаlаni ko‘rsаtishgа qаrаtilgаn qisqа хаbаrdir. Аnnоtаtsiya
o‘zining kаmso‘zligi, hаjm jihаtidаn nihоyatdа kichikligi bilаn bаyоnning bоshqа
turlаridаn аjrаlib turаdi. Batafsil yozilgan annotatsiya quyidagi savollarga javob
bera olishi lozim.
Ishda nima haqida so‘z boradi?
Muallif qanday savollarni o‘rtaga qo‘yadi?
Bu savollar qanday yoritib berilgan?
Ishning tuzilishi qanday?
Ishni qanday baholash mumkin?
Yozilgan ish kimlarga mo‘ljallangan? v.h.
Annotatsiya namunasi
Annotatsiya
Maskur qo‘llanma rus tilida so‘zlashuvchi guruhlar uchun tuzilgan bo‘lib,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tavsiya qilgan namunaviy dastur asosida
tuzilgan. Qo‘llanma o‘quv yili davomida rejaga binoan olib boriladigan mavzularni
o‘z ichiga qamrab olgan. Qo‘llanmada turli manbalardan foydalanilganligini,
108
matnning mazmundor, o‘ziga xos qaytarilmasligi ko‘zga tashlanadi. Shuningdek,
dasturiy injiniring, iqtisod, telekommunikatsiya, axborot texnologiyalari, aloqa sohasi
bilan bevosita bog‘liq matnlar ham o‘rin olgan.
Qo‘llanmada berilgan grammatik mavzular mashqlar bilan mustahkamlanadi.
Leksik matnlar turli mavzularda yoritilgan. Qo‘llanmadan o‘rin olgan matnlarning
barchasi, bizningcha, har tomonlama yondoshilgan holda tanlangan. Ularni o‘qigan
kishi nafaqat yangilik oladi, balki undan o‘ziga tegishli xulosalar chiqarib, mustaqil
fikrlay boshlaydi. Ham ta’limiy, ham tarbiyaviy ahamiyati borligini alohida qayd qilish lozim.
1- mashq. Uslubiy qo‘llanmaga berilgan annotatsiya namunasidan foydalanib,
biron-bir fan bo‘yicha darslik yoki qo‘llanmaga annotatsiya yozing.
2- mashq. Matnni o‘zbek tiliga tarjima qiling.
Аннотация
Пособие составлено в соответствии с требованиями Типовой программы по
русскому языку для всех направлений бакалавриата и включает 10 лексикограмматических тем.
Цель данного пособия – помочь студентам практически овладеть русским
языком: уметь правильно выражать свои мысли в различных сферах коммуникации и пользоваться учебной, научно-технической литературой по специальности. В основу системы работы в пособии положен последовательно реализуемый
коммуникативно-деятельностный принцип, который способствует более целенаправленному, комплексному расположению учебного материала. Использование
в процессе обучения инновационных технологий, ИКТ и интерактивных методов
представляют современный стиль обучения, который способствует развитию
творческой активности и креативного мышления обучающихся.
Пособие предназначено для студентов 1-курса бакалавриата всех направлений национальных групп ТУИТ.
Mavzu yuzasidan savollar:
1. Annotatsiya so’zining ma’nosini izohlab bering.
2. Annotatsiya yozishda nimalarga ahamiyat berish kerak?
3. Annotatsiyaga namunalar yozing.
109
ILMIY MAQOLA. TAQRIZ MATNI, UNING TUZILISHI VA
XUSUSIYATLARI
26 Mavzu: ILMIY MAQOLA YOZISH
Reja:
1. Maqola haqida umumiy ma’lumot.
2. Maqolaning tarkibiy qismlari.
3.Maqolaning kundalik hayotdagi o’rni.
Maqola haqida umumiy ma’lumot
Maqola – publitsistik uslubga xos janr. Maqolada kundalik ijtimoiy hayotda ro‘y
berayotgan voqea-hodisalar tahlil qilinadi; nazariy, ommaviy jihatdan umumlashtiriladi; davlat siyosati, iqtisodiyot, texnika, fan va madaniyatda erishilgan yutuqlar ilg‘or
ish tajribalari aks ettiriladi. U adabiy yoki ilmiy mazmunda bo‘lib, hajm jihatidan
ancha katta bo‘ladi. Maqola hayotning muhim va dolzarb masalalariga
bag‘ishlanishi yoki ilm-fanning biror sohasini yoritishi mumkin. Shunga ko‘ra,
maqolalar ilmiy, uslubiy, publitsistik kabi turlarga bo‘linadi. Maqolalar uch tarkibiy qismdan iborat bo‘ladi:
4. Kirish – bunda tanlangan mavzuning dolzarbligi belgilanadi.
5. Asosiy qism – muallif tomonidan rejalashtirilgan fikr, muammo yoki yangilik
bayon qilindi.
6. Xulosa – mavzu yuzasidan muallifning xulosalari, tavsiyalari beriladi.
Maqolalar ilmiy yoki publitsistik uslubda, adabiy til me’yorlariga to‘liq amal qilingan holatda yoziladi. Maqola yozishda maqolaning mavzusini belgilash va unga
sarlavha tanlash ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Maqolaning sarlavhasi qisqa, lekin e’tiborni jalb qiladigan va, albatta, maqolaning bosh mavzusini yoritib beradigan bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, maqolalarda
muallif haqida qisqacha ma’lumot va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ko‘rsatiladi.
Til birliklari va materialidan fikrni ifodalash maqsadida foydalanish jarayoni
nutq sanaladi. Hayotning turli sohalari, turlicha nutq vaziyatlarida
tildagi leksik,
frazeologik, fonetik va grammatik vositalarni tanlash va ulardan foydalanish usullari
ham har xil bo‘ladi. Shunga ko‘ra, nutqning quyidagi uslublari o‘zaro farqlanadi:
so‘zlashuv uslubi, rasmiy-idoraviy uslub, ilmiy uslub, publitsistik uslub va badiiy
uslub.
Bosh maqola (yoki tahririyat tomonidan yoziladigan maqola) tahririyatning eng
mas’uliyatli maqolasi hisoblanadi.
110
Ushbu maqolada ichki va xalqaro hayotga doir muhim masalalarni o‘quvchilarga
yetkazish – asosiy vazifa hisoblanadi. Bunday maqola ma’lum bir masala yuzasidan
yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishi, kamchiliklarni ochib tashlashi, har bir ishning asosiy haqiqiy
yo‘lini belgilab berishi lozim. Prezident farmonlari, Oliy Majlis qonunlari, Vazirlar
Mahkamasi tomonidan qabul qilinadigan davlat va hukumat hujjatlari, qarorlari,
qonunlari davrning dolzarb masalalari bosh maqolada yoritiladi.
Nazariy maqola va targ‘ibot maqolaning asosiy vazifasi mustaqillik, milliy
g‘oya, istiqlol mafkurasining asoslari va prinsiplarini; ilmiy maqolaning vazifasi fan,
madaniyat, texnika yutuqlarini tushuntirish, ommalashtirish, o‘quvchining g‘oyaviy,
ilmiy saviyasini oshirishdan iborat. Muammoli maqolada esa munozara va bahs asosiy
o‘rinda bo‘ladi hamda muallif o‘z qarashlarini o‘rtaga tashlaydi.
Maqola so‘zi keng ma’noda gazeta, jurnal, radio, televideniye, shuningdek,
to‘plamlardagi ilmiy asarlarga nisbatan ham qo‘llaniladi.
Ilmiy uslub tabiat va ijtimoiy hayotdagi barcha narsa hamda hodisalar to‘g‘risida
aniq, asoslangan, izchil ma’lumot berishda qo‘llanadi. Unda narsa-hodisa mohiyatini
ta’riflash, tahlil qilish, sababini aniqlab, dalillar bilan isbotlash va asosli natijalarni
bayon etish muhim hisoblanadi. Maxsus atamalar bu uslubning leksikasini tashkil
qiladi, unda adabiy me’yorga qat’iy rioya etilgani holda majhul nisbatdagi fe’llar va
murakkab qurilishli gaplar keng ishlatiladi.
Ilmiy uslub bilimning turli sohalariga
qarab, shuningdek, kimga mo‘ljallanganligiga nisbatan o‘zaro farqlanadi. Masalan,
fan sohalari muayyan shartli belgilar, formulalar, bayon qilish materiali bilan ajralib
turadi. Ilmiy uslubdagi kitoblar ilm-fanga oid ma’lumotlar berish
bilan
mutaxassis -largagina mo‘ljallanishi yoki bunday ilmiy ma’lumotlar keng ommaga
qaratilgan bo‘lishi mumkin. Keng jamoatchilikka tushunarli bo‘lgan, tasvir bayonida
emotsionallik, obrazlilik mavjud bo‘lgan uslub ilmiy-ommabop uslub sanaladi.
Ko‘pchilikka mo‘ljallangan ma’ruzalar, risola va darsliklar shu
uslubning
ko‘rinishlaridir.
Ilmiy-ommabop uslubda maxsus atamalar kam ishlatiladi (ishlatilganda
esa
izohi beriladi), fikrlar qiziqarli tilda tushuntiriladi, bayonda obrazlilikni ta’minlovchi
badiiy tasvir usullaridan foydalaniladi.
Amaliy mashg‘ulotlar uchun vazifalar:
1.O‘z sohangizga oid mavzuda maqola yozing.
2.Mavzuga doir slaydli taqdimot tayyorlang.
Mavzu yuzasidan savollar:
1.Maqola haqida ma’lumot bering.
2. Maqola va uning turlarini izohlab bering.
3.Bosh maqolaning o’rni va ahamiyati haqida nimalarni bilasiz?
4.Sohaga oid maqola yozishda nimalarga ahamiyat berishimiz kerak?
111
27 Mavzu: TAQRIZ MATNI
Reja:
1. Taqriz haqida umumiy ma’lumot.
2.Taqriz yozishda nimalarga amal qilish kerak?
3.Taqrizdan namunalar yozish.
Taqriz haqida umumiy ma’lumot
Taqriz (arab. — ijobiy baho) — adabiy tanqid janri; yangi badiiy, ilmiy yoki
ilmiy-ommabop asar tahlili. Taqrizda asarning bibliografik tavsifi, shuningdek,
mazmuni, unda ko‘tarilgan muammolar, asarning g‘oyaviy badiiy xususiyatlari,
muallif ijodida, adabiyotda tutgan o‘rni haqida ma’lumot bo‘ladi; asarga baho
beriladi, uning asosiy fazilatlari va nuqsonlari qayd qilinadi. Taqriz asosan keng
kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallanadi, ularni yangi asarlardan ogoh qiladi, zarurini
tanlab olishga ko‘maklashadi. Ichki Taqriz ham bo‘ladi. Masalan, nashriyotga kelgan
badiiy, tanqidiy va ilmiy-ommabop asar ichki taqrizga beriladi, biroq bu taqriz
matbuotda e’lon qilinmaydi.
O‘zbek adabiyotida taqriz XX asr boshlarida vaqtli matbuot bilan teng rivojlana
boshlagan. Endilikda taqriz o‘zbek adabiy tanqindchiligining eng muhim janrlaridan
bo‘lib qoldi. Oybek, Abdulla Qahhor, Shayxzoda, G‘afur G‘ulom kabi yozuvchilar,
O`.Hoshimov, S.Husayn, Olim Sharafiddinov, V.Zohidov, I.Sultonov, H.Yoqubov,
M.Qo‘shjonov, I.Haqqulov va boshqa olimlar o‘zbek adabiy hayotida chuqur iz
qoldirgan taqrizlar yaratdilar.
Ichki taqriz ham bo‘ladi. Masalan, nashriyotga kelgan badiiy, tanqidiy va ilmiyommabop asar ichki taqrizga beriladi. Biroq, taqriz matbuotda e’lon qilinmaydi, rus
tanqidchiligi tarixida taqrizning rivojida V.G.Belinskiyning roli katta. U taqrizni
haqiqiy san’at darajasiga ko‘tardi. Taqriz badiiy asar haqida shunchaki ma’lumot
beruvchi janr darajasidan adabiy hayotning muhim masalalarini ko‘taruvchi, kitobxonni hayot va adabiyot haqida o‘ylashga o‘rgatuvchi uning estetik didini tarbiyalashga
yordam beruvchi janrga aylanadi. Taqriz xarakteriga ko‘ra xilma-xil bo‘ladi. Masalan,
kengaytirilgan annotatsiya tipidagi taqrizda asar haqida bibliografik ma’lumot beriladi.
Tanqidiy yoki publitsistik maqola taqrizlarida konkret asar munosabati bilan biron
muhim masala haqida fikr yuritiladi.
Ilm [bilim; fan; nazariya] – O‘qish-o‘rganish va tadqiqot, tahlil etish bilan erishiladigan bilim; ko‘nikma, ma’lumot.
Fan [mahorat; ilm, bilim] - Tabiat va jamiyatning taraqqiyot qonuniyatlarini
ochib beruvchi hamda o‘zi erishgan natijalar bilan atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi
bilimlar tizimi.
Taqriz – sаylаnmа bаyоnning bir turi. U bаdiiy, ilmiy, mеtоdik vа bоshqа
аsаrlаrgа bеrilgаn bаhоdir. Taqrizdа аsаr tаnqidiy tаhlil еtilаdi, shu nuqtаi nаzаrdаn
112
bаhоlаnаdi. Аsаrning yutuqlаri hаm, nuqsоnlаri hаm ko‘rsаtilаdi. Tаqrizchi o‘zining
dа’vоlаrini turli dаlillаr аsоsidа isbоtlаy bоrаdi, аsаrgа ilmiy izоhlаr bеrаdi.
Taqriz yоzish оdоbi хоlislikni, hаqiqаtdаn chеtlаshmаslikni tаlаb еtаdi. Tаqriz
qilinаyоtgаn аsаrning yutuq vа kаmchiliklаri, nаzаriy vааmаliy аhаmiyati hаqqоniy
ko‘rsаtilishi lоzim. Аsаrgа bаhо bеrishdа muаllifning shахsiyati, оbro‘si еmаs, bаlki
uning (аsаrning) хususiyatlаri, аhаmiyati ko‘zdа tutilаdi.
Taqriz yozishda quyidagi sxemaga amal qilinadi:
1. Tezis (umumiy holati) va uni ochib berish.
2. Kitob (film, teatr)ning baholanishi.
Taqrizning boshlang‘ich qismida quyidagi konstruksiyalardan foydalaniladi:
Kitob (film, teatr)da hikoya qilinadi.
Kitob (film, teatr)da muammolar ko‘tariladi.
Taqrizni baholash qismida quyidagi konstruksiyalardan foydalaniladi:
Men … hisoblayman – Я считаю…
Mening fikrimcha… - Помоему…
Mening nazarimda… - На мой взгляд…
… menga yoqdi. – Мне понравился (-лась)…
… menda katta taassurot uyg‘otdi. - Большое впечатление на меня оказала…
Kitob (film, teatr) …o‘rgatadi. - Книга (фильм, театр) учит…
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1- mashq. Taqriz namunasini o‘qing. Soha nashrlarida berilgan birorta ilmiy
maqolaga taqriz yozing.
Taqriz namunasi:
Тоshkent axborot texnologiyalari universiteti “O‘zbek va rus tillari”
kafedrasi o‘qituvchilari К.А.Gayubova, N.D.Yulanovalar tomonidan
tayyorlangan “O‘zbek tili fanidan uslubiy qo‘llanma”ga (Dasturiy injiniring
talabalari uchun)
ТАQRIZ
Ushbu qo‘llanma rus tilida so‘zlashuvchi guruhlar uchun mo‘ljallangan
bo‘lib,Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tavsiya qilgan namunaviy dastur asosida
tuzilgan. Qo‘llanma o‘quv yili davomida rejaga binoan olib boriladigan mavzularni o‘z
ichiga qamrab olgan. Qo‘llanmada turli manbalardan foydalanilganligi, matnlarning
mazmundor, o‘ziga xos qaytarilmasligi ko‘zga tashlanadi. Shuningdek,
telekommunikatsiya, aloqa sohasi bilan bevosita bog‘liq matnlar ham o‘rin olgan.
Qo‘llanmada berilgan grammatik mavzular mashqlar va topshiriqlar bilan
mustahkamlanadi. Leksik matnlar turli mavzularda yoritilgan. Qo‘llanmadan o‘rin olgan matnlar barchasi, bizningcha har tomonlama yondoshilgan holda tanlangan. Ularni
o‘qigan kishi nafaqat yangilik oladi, balki undan o‘ziga tegishli xulosalar chiqarib,
boshqacha fikrlay boshlaydi. Matnlarning ham ta’limiy, ham tarbiyaviy ahamiyati borligini alohida qayd qilish lozim Talabalar uchun mo‘ljallangan qo‘llanma ta’lim
113
olishda, qo‘shimcha shug‘ullanishda talablarga bemalol javob beradi. Uni nashr qilish
maqsadga muvofiq deb hisoblayman.
Xulosa qilib aytish mumkinki, qo‘llanma hozirgi talablarga to‘la javob beradi va
o‘zbek tili mashg‘ulotlarida qo‘llanilishi mumkin.
O‘zDJTU dotsenti,p.f.n.
M.X. Axmedova
1-topshiriq. O‘zingiz yoqtirgan kitobga taqriz yozing.
2-mashq. Matnni o‘zbek tiliga tarjima qiling.
Рецензия
на статью «Место тюркизмов в русском языке» преподавателя русского
языка Национального университета Узбекистана имени Мирзо Улугбека
Якубовой Ферузахон Аскаровны
Статья Якубовой Ф.А. посвящена роли и месту тюркизмов в русском языке. В данной статье рассмотрены и проанализированы заимствование и распространенность тюркизмов в русском языке, также проводится историколексикологическое изучение тюркизмов, при котором важным представляется
учет комплекса историко-этимологических и лексико-семантических факторов.
Лексико-семантичекие признаки характеризуют по существу заимствованное
слово, т.е. в той или иной степени освоенное, для которого материалы хронолого-генетической принадлежности являются лишь отправной точкой, началом его
лексико-семантической истории в языке-рецнпторе. Основное внимание в работе
автор акцентирует на отражении тюркизмов в русском языке.
Автором проведена серьезная исследовательская работа в определении
взаимовлияния славянских и тюркских языков на протяжении всей истории носителей этих языков. В ходе анализа выявлены фонетические, морфологические,
лексические аспекты тюркизмов. Актуальность и новизна данного исследования
в том, что автор приходит к выводу, что исследование тюркизмов в русском
языке необходимо для более объективного понимания тенденций развития и
обогащения того или иного конкретного языка.
Научная статья «место тюркизмов в русском языке» преподавателя русского языка Якубовой Ф.А. соответствует всем требованиям, которые предъявляются такого рода научным работам. Данная статья может быть рекомендована к
публикации.
Рецензент
Ахмедова М.Х., к.п.н.,
доцент ТУИТ
3 - mashq. Telefonda rasmiy so'zlashuvga oid dialoglardagi bo'sh o'rinlami
to’ldirib, daftaringizga ko'chiring, nutqiy qoliplar shaklining tuzilishiga e’tibor bering.
— Allo, Olim Rahimovich kerak edilar, nashriyotdan qo‘ng‘iroq qil... .
— Hozir chaqiraman.
1.
114
Allo, Rahimov... .
— Assalomu alaykum. Men «O‘qituvchi» nashriyotining muharriri Ortiq Abdullayevman. Nashrga tayyorlanayotgan qo‘lyozmangiz... nashriyotga kelib ketishingiz... .
— Yaxshi, erta... borsam bo‘ladimi?
— Tushdan keyin kelganingiz... .
— Xo‘p, albatta, bora... .
2.— Alio, litseylar boshqarma... Mo‘minjon Mahmudovman.
— Eshita... Mo'minjon Qodirovich! Men xodimlar... boshlig‘i Anvar Qosimovman.
— Sizdan iltimos, Anvarjon, direktor bilan kelishgan... olimpiada hay’atiga kiritila... o'qituvchilar ro‘yxatini yubor...
— Nechta kishini tavsiya etish... lozim?
— Beshta tajribali o‘qituvchini yozsangiz, o‘zimiz tanlab olamiz. Tushunar...?
— Tushundim, Mo‘minjon Qodirovich.
— Yaxshi, soat olti... kutaman.
— Xo‘p, hozir tayyor... yetkazaman.
4 - mashq. Yuqoridagi dialoglarning oddiy so‘zlashuv uslubidan farqini tushuntiring.
1- topshiriq. Quyidagi matndan foydalanib, Insert jadvalini to‘ldiring.
—
V
+
-
?
“V”- men bilgan ma’lumotlarga mos;
“-“ - men bilgan ma’lumotlarga zid;
“+” - men uchun yangi ma’lumot;
“?” - men uchun tushunarsiz yoki ma’lumotni aniqlash, to‘ldirish talab etiladi
Edison Tomas Alva
Tomas Alva Edison bolalikdan kitob o‘qishga juda qiziqardi. Ayniqsa, kimyo va
fizikaga oid kitoblarni sevardi.
Ilmiy jurnallardan birining muharriri xonasiga baland bo‘yli kishi kirib, yozuv
stoli ustiga mo‘jazgina apparatni qo‘ydi:
— Janob, yangi ixtiro bilan tanishishni istaysizmi?
115
Ixtirochi shunday deb apparatning dastasini aylantira boshlagan edi, apparatdan
yoqimli bolalar qo‘shig‘i eshitila boshladi. Muharrir hayratdan orqaga tisarildi. Bu ixtirochi – Tomas Edison edi. Ertasi kuni gazetalar «Menloparklik sehrgar» ning yangi
g‘alati ixtirosi haqida xabar qildi. Ixtirochining Nyu-York (AQSh) yaqinidagi —
Menloparkdagi laboratoriyasiga odamlar to‘da-to‘da bo‘lib kela boshladi. Tovushni
yozib olish va uni qayta eshittirish uchun Edison ixtiro etgan apparat yaratilgan davrda
insonning ovozini yozib olib, qayta eshittirish hali hech kimning xayoliga ham kelmagan edi. Bu apparat barcha grammofonlar, patefonlarning ajdodi, magnitofon va ovozli
kinoning «bobosi» edi. Tovushni yozib olish hayotga ana shu yo‘sinda kirib keldi. Bu
voqea 1877 yilda sodir bo‘lgan edi.
Tomas Alva Edison bolalikdan kitob o‘qishga juda qiziqardi. Ayniqsa, kimyo va
fizikaga oid kitoblarni sevardi. U kitoblarni shunchaki o‘qib qo‘ya qolmas, balki
kitobdan olgan bilimlarini tajribada tekshirib ko‘rishga harakat qilardi. Tajriba
o‘tkazish uchun mablag‘ kerak edi, shu boisdan yosh Edison poyezdlarda gazeta sotuvchi bo‘lib ishladi. Poyezdning bagaj vagonida laboratoriya jihozlab, u yerda tajribalar
o‘tkazdi.
Keyinchalik Edison telegraf ishini o‘rganib, telegrafchi bo‘lib oldi. Yigitcha
bo‘sh vaqtini va pulini, asosan kitob, asbob-uskunalar, kimyo preparatlari uchun sarfladi. Tez orada Edison AQSh Kongressidagi ovozlarning avtomatik hisoblagichini ixtiro etdi. Bu aqlli va murakkab mashina hech kimni qiziqtirmadi. Ikkinchi ixtiro
muvaffaqiyatliroq bo‘lib chiqdi. Bu birjadagi aksiyalar kursini uzoqqa uzatishga
mo‘ljallangan telegraf apparati edi. Edison bu apparat uchun katta pul oldi. Tez orada
u Menloparkdan yer sotib olib, u yerda laboratoriya tashkil etdi va o‘zini butunlay ixtirochilikka bag‘ishladi.
Edison rus ixtirochisi A.N.Lodiginning cho‘g‘lanma lampasini takomillashtirdi,
unga patron o‘ylab topdi, yoqib-o‘chirgichni, elektr energiya hisoblagichni,
o‘tkazgichlar tizimini yaratdi. Ajoyib ixtirochi elektr stansiyalar uchun o‘sha davrning
eng kuchli generatorlarini yasadi.
Edison telegrafni ham takomillashtirdi. U bir juft sim orqali bir yo‘la ikkita yoki
hatto to‘rtta telegramma yuborish usulini ixtiro qildi. Edison telefonni ham takomillashtirib, gaplashish chog‘ida ovozning baland, aniq va tiniq bo‘lishiga erishdi. Edison
qamrovi keng ixtirochi edi. U dunyoda birinchi elektr temir yo‘lni qurdi, ishqorli akkumulyatorni ixtiro qildi, temir rudalarini boyitish usulini ishlab chiqdi.
Edison 1882 yili dunyoda birinchi marta ko‘pchilik foydalanadigan elektr
stansiyasini ishga tushirdi. Shu davrda Tomas Edison temir yo‘llarni elektrlashtirish
tajribalarini oxiriga yetkazdi.
Edison AQSH va Yevropada o‘zi tomonidan qurilgan elektr stansiyalarini ishlatish, turli elektr asboblari, apparatlar va mashinalarni ishlab chiqarish va sotish,
cho‘g‘lanma lampa tayyorlash va sotish bo‘yicha ulkan savdo operatsiyalarini amalga
oshirdi. 1887 yildan umrining oxirigacha Edison Uest-Oranj shahrida yashadi. Bu paytda u yirik korxonalar egasi edi.Edison temir yo‘l tormozi hamda kinetoskopni ixtiro
116
etdi (1887), fonografni (1889) hamda kinoga olish kamerasini takomillashtirdi, quyma
beton uylarni qurish, sement ishlab chiqarish usullarini ishlab chiqdi.
Tomas Edison jahonga Amerikaning buyuk elektrotexnigi, ixtirochisi,
shuningdek bir qancha yirik elektrotexnika korxonalari va kompaniyalari asoschisi sifatida tanildi. Endi uning asarlari butun insoniyat mulkiga aylangan.
Mavzu yuzasidan savollar:
1. Matnni o‘qing. Matnga reja tuzing.
2. Matn mazmunini kengaytirib so‘zlab bering.
3. Tomas Edison haqida ma’lumot tayyorlang.
28 Mavzu: TAQRIZNING TUZILISHI VA XUSUSIYATLARI
Reja:
1. Taqrizlarning o‘ziga xosligi.
2. Adabiyotshunos olimlarning asarlariga yozilgan taqrizlarning tahlili.
3. O‘zbek adabiyotida taqrizning tutgan o‘rni.
Adabiy jarayonda paydo boʻlgan yangi asarni birinchi boʻlib baholaydigan
hozirjavob taqriz janrida ilmiy-estetik tahlil ixcham, siqiq shaklda, ommaga tushunarli
tarzda oʻz ifodasini topadi. Shuning uchun taqriz birgina asar tahlili orqali adabiy jarayondagi yangi tamoyillarni baholay oladigan xususiyatga ega. Taqriz muayyan
asarning tahlili orqali ijodkorning hayot haqiqatini toʻgʻri yorita olganligi, kitobxonga
badiiy asarning qanday boʻlishi haqida tasavvur bera oladi.
Bugungi adabiy jarayonda ham taqrizchilik maʼlum darajada rivojlanib
bormoqda. Ammo u qay darajada taraqqiy etmoqda, bu sohada qanday yutuq va
nuqsonlarga yoʻl qoʻyilmoqda degan savollar tugʻilishi, tabiiy. Shu jihatdan, 2006–
2009 yillar oraligʻida “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida bosilgan ayrim
taqrizlarni koʻzdan kechirdik. Mustaqillikning dastlabki davrlarida taqrizlar koʻpincha
“Kitobingizni oʻqidim”, “Doimiy hamroh”, “Nigoh”, “Vaʼda” ruknlari, baʼzan esa
toʻgʻridan toʻgʻri “Taqriz” rukni ostida bosilar edi. Keyingi yillarni kuzatganda, “Nigoh” va “Vaʼda” ruknlari kam koʻrinadi. “Doimiy hamroh” ruknida esa taqrizdan
koʻra, yangi kitob haqida maʼlumotnomalar berilmoqda.
“Kitobingizni oʻqidim” ruknida bosilayotgan taqrizlar rang-barangligi bilan
eʼtiborni tortadi. “Tuygʻular musavviri” deb nomlangan taqriz (2008, №41) shoir Tursun Alining “Oy yaprogʻi” toʻplamiga bagʻishlangan. U oʻquvchi diqqatini tortadigan
soʻzlar bilan boshlanadi: “Sokin kuz oqshomida oyning koʻkdan ming bir hayoda an117
horga inganini va suv betida iymanibgina yuzaganini koʻrganmisiz?”. Taqrizchi Sh.
Subhon modern sheʼrlari bilan oʻzbek sheʼriyatida oʻz oʻrniga ega shoirning
sheʼrlaridagi oʻziga xoslikni ochib bera olgan, tahlillardan oʻquvchi qoniqadi. Shu bilan birga, toʻplamning kamchiliklari ham koʻrsatilgan. Ijodkor keyingi sheʼrlarida bu
nuqsonlarni takrorlamaslikka harakat qiladi, deb oʻylaymiz. Haqiqatan ham samimiy
dil izhorlaridan iborat taqriz oʻquvchini “dilkashu dardkash shoir bilan suhbat”ga chorlay oladi. Uni oʻqigan oʻquvchi shoir sheʼrlariga xolislik bilan berilgan bahodan shunday xulosa chiqaradi.
A. Koʻchimovning “Koʻzlarimning qarogʻidasan” sheʼriy toʻplamiga adabiyotshunos Q. Qahramonov taqriz yozgan (2006, №49).”Sermavj tuygʻular” deb atalgan
taqrizda shoir sheʼrlaridan eng saralari tahlilga tortilgan. Shuning uchun shoirning bu
toʻplami oʻquvchida qiziqish uygʻota oladi, ammo toʻplamning kamchiliklari haqida
fikr yuritilmagan.
Taqrizning vazifasi, u yoki bu janrdagi badiiy asarning tahlili orqali uning adabiy jarayon va yozuvchi ijodidagi oʻrnini aniqlash, yutuq va kamchiligini koʻrsatish,
fikrini isbotlash va baholashdan iborat. Yangi asarni birinchi boʻlib baholaydigan
taqrizda ilmiy-estetik tahlil ixcham, siqiq shaklda, ommaga tushunarli tarzda oʻz
ifodasini topadi. Shuning uchun taqriz ayrim tanqidchilar aytayotganidek, faqat “kutib
oluvchi janr” emas. Balki u bir asar tahlili orqali adabiy jarayondagi yangi tamoyillarni
koʻrsatadigan, uning yozuvchi ijodida tutgan oʻrnini tezlik bilan baholay oladigan estetik xususiyatga ega. S. Sayyidning “Soʻz yoʻli” ikki jildli saylanmasiga shoir
Mahmud Toirning (2009, №14) “Yogʻdu ichra gullagan soʻz” deb nomlangan taqrizida
buni koʻrish mumkin. Taqrizchi, eng avvalo, sheʼrdan olgan taassurotlarini ifodali
tarzda bayon etadi. Taqriz sarlavhani izohlash bilan boshlanadi: “Yogʻdu ichra gullagan soʻz – sheʼr boʻladi. Bunday sheʼrning mazasi dardingga malham boʻladi…
Sheʼrdagi otash – soʻzdagi otash. Ochiq koʻz bilan otashga oʻzini otgan odam – shoir
boʻladi”. Sheʼrdan taʼsirlangan bunday qalb izhorlarini oʻqigan kitobxon beixtiyor
shoir sheʼrlariga qiziqib qolganini sezadi. Taqrizda “Saylanma”ning mundarijasi
haqida soʻz yuritilmaydi, balki S. Sayyid sheʼrlari oʻziga xos sharhlanadi, tahlil etiladi,
shu orqali baholanadi. Shoir uslubining oʻziga xos tomonlari ochiladi. Masalan: “Sirojiddin siylagan soʻzlarning bittasi – ayvon…”. (Keyin ayvon soʻzi izohlanadi – Sh.
A.) “Uyingizning ayvoni – umringizning ayvoni… Shoir bejizga “Onam ayvonidan
keldingmi, bahor?” deya entikmaydi. Yoki ota uyining devorlarini dil bilan oqlab berishni xayol qilish shoirona jununlik emas. Balki ota-ona oldidagi farzandlik
masʼuliyatini his qilishning yorqin eʼtirofidir”. Ijodkor sheʼrlariga ana shunday shoirona baho berish bilan taqriznavis ikki muddaoga erishgan: birinchidan, oʻquvchiga
118
yangi va yaxshi kitob haqida yetarli maʼlumot berib, uni sheʼriyatga oshno etmoqda,
ikkinchidan, taqrizning vazifalarini toʻliq boʻlmasa-da, bajarmoqda.
Tilga olingan taqrizlarda, birinchidan, yangi eʼlon qilingan asar tahlilining
mavjudligi, ikkinchidan, mazkur asarga adabiy-badiiy jarayon nuqtai nazaridan turib
berilgan baho oʻz aksini topganligi ularning ijobiy xususiyatlaridir. Uchinchidan,
asarning yozuvchi ijodida qanday oʻrin egallashi: bu – uning yutugʻimi, ijodiy
gʻalabasimi yoki avvalgi asarlariga qaraganda orqaga chekinishmi, bu haqida fikr bildirilganda, taqrizlarning yanada mukammalligi taʼminlangan boʻlur edi.
Shu bilan birga, taqriznavislikda bir xillik, maʼlum qoliplarga boʻysunish, baho
berishdan koʻra maqtash, syujet voqealarini bayon etish kabi qusurlar ham uchraydi.
Gazetaning (2004) 25-sonida birdaniga uchta taqriz bosilgan. Birinchisi, O.
Sharafiddinovning “Ijodni anglash baxti” kitobiga taqriz boʻlib, u tanqidni tanqid
ruhida yozilgan. Ikkinchisi, X. Sultonning “Boburiynoma” asariga bagʻishlangan
“Maʼrifatning badiiy talqini” deb nomlangan taqrizda bu maʼrifiy romanning yutuqlari
haqida soʻz yuritilgan. Uchinchi taqriz, shoir Mirpoʻlat Mirzoning “Saylanma”si bosilib chiqishi munosabati bilan yozilgan, adabiyotshunos olim E. Ochilov qalamiga mansub, “Hassos koʻngil mavjlari” deb nomlanadi. Unda shoir sheʼrlariga baho beriladi,
baʼzilari tahlilga tortiladi, shoirning “serqirra isteʼdod sohibi ekanligi” koʻrsatiladi,
baʼzan maqtovlar haddan oshiriladi: shoir ijodining “beqiyos samimiyati” haqida soʻz
yuritilganda kitobxonda “hamma sheʼrlaridami?” degan ishtiboh uygʻonadi yoki shoirni “goʻzal va hassos ishqiy sheʼrlar muallifi sifatida mashhur” deb hisoblagan taqrizchi
shunday sheʼrlarining nomlarini keltiradi, xolos. Nazarimda, fikr dalillar yordamida
isbotlanishi kerak edi. Yoki shoir Salim Ashurning “Sensiz” deb nomlangan kitobiga
shu ruknda “Hijrondek yaqin, visoldek olis” deb nomlangan taqriz (2004, № 42) eʼlon
qilingan. Taqriz muallifi A. Mengqobilov shoir sheʼrlarining tahliliga kirishishdan
oldin shunday daʼvoni ilgari suradi: “… yangi kitob shoir ijodiy mahoratining sheʼrdan
sheʼrga, kitobdan kitobga yuksalayotgani dalilidir”. Nazarimda, fikr dalillar yordamida
isbotlanishi kerak edi.
Taqrizda bevosita tahlildan tashqari, ijodkorga munosabat masalasi ham muhim.
Taqriz hajmi katta-kichikligidan qatʼi nazar, yangi asar haqida oʻquvchida maʼlum
taassurot uygʻotsin, rost soʻzlasin. Baʼzan shunday boʻladiki, taqrizchining vaʼdalari,
maqtovlariga ishonib, qoʻlingizga olgan kitob sizni oʻziga tortmaydi, yolgʻon
aldovlarga uchib qolmasligi uchun adabiyot ham, adabiyotshunos ham kitobxonga rost
gapirishi kerak.
Adabiyotshunos olim H. Karimov qalamiga mansub taqriz “Ziddiyatlar talqini”
deb atalgan (2004, №32). Isteʼdodli yozuvchi A. Yoʻldoshning “Timsohning koʻz
119
yoshlari” qissalar toʻplamiga yozilgan taqrizni oʻqir ekansiz, adib ijodiga qiziqishingiz
oshadi. Taqrizda, garchand, qissalar mazmunini soʻzlab berishga koʻp oʻrin ajratilgan
boʻlsa-da (aslida, V. Belinskiydan qolgan bu usulni akademik M. Qoʻshjonov oʻzbek
tanqidchiligiga olib kirib, tahlilning yaxshi usullaridan biri sifatida koʻrsatgan edi),
kitobxon asar qahramonlarining hayoti, taqdiriga qiziqadi. Ayniqsa, “Otchopar yoxud
13–uy” qissasi tahlilida Nozima obrazi birmuncha aniq tahlil etilgani yaxshi.
Olim taqrizning oʻqishli chiqishi, kitobxonning diqqatini tortish, oʻz fikrlarini
isbotlash uchun Belinskiy maqolalariga murojaat qiladiki, oʻquvchi taqriznavis
daʼvolarining asosli ekanligiga shubha qilmaydi. Ammo yozuvchi qissalari adabiyotimizda yaratilayotgan qissalardan qaysi jihatlari bilan farq qiladi, adibning oʻziga xos
uslubi qay tarzda namoyon boʻlgan, degan savollar ochiq qoladi. Adib yoʻl qoʻygan
kamchiliklar ham koʻrsatilsa edi, taqrizning butunligi taʼminlangan boʻlur edi.
Shuni unutmaslik zarurki, asarga birinchi boʻlib baho berish, uning yozuvchi
ijodi va adabiy jarayondagi oʻrnini koʻrsatish; baholashdagi tezkorlik va hozirjavoblik;
tashviqiy mohiyatga ega ekanligi; kitobxonga yangi asar haqida maʼlumot berib, uning
estetik tasavvurini boyitish hamda oʻsha asarni oʻqishga daʼvat qilish jihatidan adabiy
tanqidda taqriz ayricha oʻrin kasb etadi. Taqrizda asarning qisqa tahlili orqali uning
mohiyati hamda badiiyatiga berilgan baho asosiydir.
Olimjon Xoldor Qamchibek Kenjaning ikki jildli “Saylanma”siga yozgan “Ehtiros va eʼtirof” deb nomlagan taqrizida (2009, № 3), asosan, ikki jildlikning mundarijasi haqida soʻz yuritilgan. Muallif oʻz fikrlarini isbotlash uchun koʻchirma keltiradi.
Bu – yaxshi usul. Ammo kichik bir taqrizda T. Toʻla, O. Yoqubov, M. Shayxzoda va
yana qaysidir adabiyotshunos (nomi berilmagan)ning fikrlarini keltirish oʻquvchini
taqriznavisning oʻz soʻzlari yoʻq ekanmi, degan ishtibohga olib bormaydimi?
Keyin taqrizda sanoq koʻpligi bois tahlilga kam oʻrin berilgan, ammo taqrizchi
“Saylanma”ning qusurlarini ham birma-bir koʻrsatadi. Shunisi qiziqki, adib
hikoyalarida “xulosa chiqarish esa koʻpincha oʻquvchining oʻziga qoldiriladi” deya, bu
xususiyatni ham nuqson sanaydi. Holbuki, modern yoʻnalishga mansub asarlarning
koʻpchiligida olimlar ayni xususiyatni yutuq hisoblaydilar. Shu bois oʻquvchi nazariga
havola etiladigan har bir tanqidiy asar, u taqrizmi, maqolami, suhbatmi – qaysi janrda
boʻlishidan qatʼi nazar, masʼuliyat bilan yozilmogʻi, kitobxonda shubha emas, ishonch
uygʻotishi lozim. Ayniqsa, taqrizchilikda bu juda muhimdir. Baʼzan shunday boʻladiki,
asarni oʻqimasdan oldin u haqidagi taqrizni oʻqib qolasiz. Samimiy, ortiqcha
maqtovlarsiz, xolislik bilan bitilgan taqriz sizni tezroq oʻsha asarni topib oʻqishga undaydi. Shuning uchun ham adabiy jarayonda, kitobxon qiziqishlarida doimo taqrizning
oʻrni muhim boʻlib kelgan.
120
Agar eʼtibor qaratsak, bosilayotgan taqrizlarning koʻpchiligi dabdabali va juda
yuksak pafosga ega sarlavhalar bilan chiqadi. Ularning baʼzilari shu sarlavhani oqlasa,
baʼzilari “usti yaltiroq, ichi qaltiroq” ekanligi sezilib qoladi. Shuning uchun sarlavha
tanlanganda ham masʼuliyat va eʼtibor juda zarur ekan. Asarga sarlavha topish uning
mazmun-mohiyatini ochib berishga xizmat qiladi. M. Qoʻshjonovning “Adashganlar
fojiasi” deb nomlangan taqrizi A. Qahhorning “Sarob”iga bagʻishlangan. Unda ortiqcha dabdaba ham yoʻq, ammo u asarning bor mazmunini oʻzida aks ettira olganligi
bilan diqqatni tortadi. O. Sharafiddinovning “Sheʼr koʻp, ammo shoir-chi?” maqolasi
nomidanoq ayovsiz tanqid ruhida ekanligi seziladi. Biz nazardan oʻtkazayotgan
taqrizlarning koʻpchiligida sarlavha oʻquvchiga koʻp narsa vaʼda qiladi, ammo
ichidagini oʻqisangiz, vaʼdaga vafo yoʻqligiga amin boʻlasiz.
“Doimiy hamroh” rukni ostida bosilayotgan taqrizlar koʻpincha janr talabiga
javob bermaydi, chunki materiallarning baʼzilari yangi asar haqida qisqacha maʼlumot
beradi, baʼzilarida qisqa tahlil koʻrinadi, baʼzilari faqat xabar berish vazifasini bajaradi, xolos. Masalan, gazetaning (2005) 44-sonida berilgan maʼlumotnoma – taqriz
emas. Ularni yangi asarlar (T. Joʻrayevning “Arvohlar tunda izgʻiydi” romani, A.
Hamroning “Xayol ranglari” toʻplamlari) haqidagi xabar-taqriz, deyish mumkin.
Chunki xabar-taqrizning bosh maqsadi, koʻpincha xabar berish va qisqa baholashdan
iborat. Uning hajmi juda qisqa boʻladi. Demak, bunday taqrizlarning asosiy xususiyati
darak berish, tashviq etishda namoyon boʻladi.
Gazetaning (2009) 17-sonida yana shu ruknda A. Otaboyning “Otalar hikoyati”
M. Xudoyqulovaning “Dadam haqida hikoyalar” kitobiga yozilgan taqrizi haqida ham
shu mulohazalarni aytish mumkin. U ham xabar-taqriz hisoblanadi. Shu ruknda (2005,
№ 33) berilgan ikkita maʼlumotning bittasi muallif nomidan, bittasi muallifsiz berilgan. Bundayam bir xillikka erishish kerakmi?
“Taqriz” ruknida bosilayotgan asarlarda masʼuliyat yanada oshadi, chunki ular
janr talablariga javob bera olishi zarur. Masalan, “Taassurot” degan rukndan taqriz janri vazifalarini talab qilishning hojati boʻlmasa kerak. Chunki nomi bilan asardan olingan taassurotlar kitobxon bilan baham koʻriladi. Shuning uchun tahririyatlar ham ana
shu masalaga diqqat qaratsa, ayni muddao boʻlur edi.
“Soʻqmoqlarda toblangan muhabbat” deb nomlangan taqriz (2005, № 51) R.
Bobojonning “Muhabbat mezoni” romaniga bagʻishlangan ekan. Toʻgʻrisi, men ham
shu taqrizdan keyin shoir R. Bobojonning roman yozganidan xabar topdim. Viloyatlarga hamma kitoblar ham yetib kelavermaydi-da. Taqrizda romanda tasvirlangan
davr, asar qahramonlari haqida fikr yuritiladi. Ammo bu qahramonlar qaysi jihatlari
bilan xarakter darajasiga koʻtarilgan, qaysi tomonlari bilan bugungi kun
121
oʻquvchisining ongu tafakkurini oʻzgartirishga xizmat qiladi, degan savollarga javob
ololmaymiz. Shu bilan birga, unda asardan olingan his-hayajon, kechinmalar taʼsiri
sezilmaydi. Oʻrtamiyona taqrizda romanning adabiy jarayondagi, romanchilikdagi
oʻrni koʻrsatilmagan.
“Tabiiy tuygʻular talqini” deb nomlangan L. Boʻrixonning “Jaziramadagi
odamlar” romaniga bagʻishlab yozilgan taqrizda (2007, № 3) taqriznavis X. Hamroqulova romandan olgan taassurotlarini nihoyatda samimiyat bilan bayon etgan. Roman qahramonlarining, asarning original jihatlarini koʻrsatib bergan. Bu asar oʻzbek
romanchiligida “yangi bir toza nafas boʻldi”, deyiladi taqrizda. Ammo qaysi fazilatlari
bilan? “Lolaxon. Ergash, Samad kabi kichik taqdir egalari orqali ularning ulkan ruhiy
olamlarini yorita olish, omma oʻrtasidagi shaxs darajasiga chiqqan obrazlarni yaratish
yosh adibning ijodiy yutugʻidir” soʻzlari bilan tugallangan taqrizda asarning birorta
nuqsoni koʻrsatilmaydi. Bu mulohazalardan taqrizlarda kamchilik koʻrsatilishi qatʼiy
qilib qoʻyilgan ekan-da, degan xulosa kelib chiqmasligi lozim. Shunday sanʼat asarlari
boʻladiki, ular badiiyligi, tabiiyligi va jozibasi bilan oʻquvchi qalbini tezda rom eta
oladi, ulardan chiroq yoqib izlasangiz ham nuqson topolmaysiz. Ammo ular koʻp
emas. Shu bois ana shunday asarlar koʻpayishini istagan taqrizchi soʻzga masʼuliyat
bilan qarashi, oʻzi tahlil etayotgan asardan ham shuni talab qilishi zarur boʻladi.
Boshqa ruknlarda ham taqrizlar berilmoqda. Masalan, “Oʻquvchi fikri” ruknida
“Bir asar quvonchi”, degan kichik taqriz (2006, № 29) berilgan, muallifi Axtamqul
Karim. U dastlab Luqmon Boʻrixonning ijodi adabiy gurunglarda bahs-munozaralarga
sabab boʻlayotganligi haqida gapirib, adibning “Tahlika” qissasiga munosabat bildiradi. Asarda “yorqin obrazlarni” koʻrgan, bundan “huzurlangan” taqrizchi qissadagi har
bir detal, har bir manzara tasviri oʻz oʻrnida, maʼlum bir maqsadni koʻzlab
qoʻllanilganligini uning yutugʻi sifatida koʻrsatadi, shu bilan birga, ayrim juzʼiy
nuqsonlarga ham toʻxtaladi. Ammo negadir uning fikrlarida chalkashlik seziladi. Masalan, qissani “qiziqish bilan oʻqigan” muallif shunday yozadi: “Tahlika” detektiv
janrning unsurlariga tayangan boʻlsa-da, meningcha, u koʻproq lirik asarlar sirasiga
kiradi”. Balki buni isbot qilish kerakdir yoki taqrizchi asarda lirizm kuchli
demoqchimi? Chunki yozuvchi bir jinoyatning sodir etilishi va fosh qilinishi jarayonini tasvirlar ekan, aslida, qalam quvvatini oʻsha jinoyat tevaragidagi qahramonlarning xarakterini, ruhiyatini ochishga qaratadi”. Nazarimizda, bu lirik asarlarga xos
xususiyat emas.
“Nigoh” ruknida berilgan taqriz “Yaxshi odamlar sogʻinchi” deb nomlangan
(2007, №31). Shoira Oʻktamoy Xoldorova ijodiga bagʻishlangan taqriz muallifi prof.
H. Qudratullayev ijodkorning “Sogʻinch qushlari”,”Oqqush izlari”, “Sabrga suyanib”
122
kitoblari haqida fikr yuritib, sheʼrlarni mutolaa qilish jarayonida undan olgan taassurotlarini kitobxon bilan oʻrtoqlashadi. Bu taqrizda ham maqtov haddan ziyod.
Shoiraning baʼzi sheʼrlaridan namunalar keltirib tahlil qilgan taqrizchi ularda biror bir
kamchilik koʻrmaydi. Albatta, har bir shoir ijodida muvaffaqiyatli chiqqan sheʼrlar,
quyma misralar, original tashbehlar boʻlishi, tabiiy. Koʻpincha, taqrizchilar ayni shunday satrlar yoki parchalarni misol sifatida keltiradilar. Shu bois bunday taqrizlarni
oʻqiganda, hamma ijodkorlar zoʻr yozishar ekan-da, degan xulosa kelib chiqadi. Holbuki, bunday toʻplamlarni qoʻlga olib varaqlab koʻrsangiz, ularda oʻrtamiyona sheʼrlar
tiqilib yotgan boʻladi.
“Taqriz ham sanʼat, shuning uchun uni shunday yozish kerakki, kitobxon taqrizchi bilan muloqotda boʻlganidan qoniqish his etsin”, deb yozgan edi rus olimi V.
Yanovskiy. Darhaqiqat, ham keng jamoatchilikning yangi asarni qanday qabul qilishi,
maʼlum jihatdan, uni baholagan, tahlil qilgan taqrizga ham bogʻliq. Bu qonuniyat tusiga kirgan hodisa boʻlmasa-da, haqqoniy taqriz yangi asar haqida jamoatchilik fikrining
shakllanishiga muayyan darajada taʼsir koʻrsatadi. Negaki, taqrizchi asarning
mohiyatini ilmiy-estetik tahlil vositasida yoritish orqali kitobxon dunyoqarashiga taʼsir
qilib, tasavvurini boyitishga xizmat qiladi, estetik didini oʻstirishga koʻmaklashadi.
Mana shu nuqtai nazardan qaraganda, matbuotda bosilayotgan hamma taqrizlar ham
bu xususiyatlarni oʻzida jamlamaganligi koʻrinadi. Bu esa adabiy tanqid va adabiyot
rivojiga maʼlum darajada taʼsir koʻrsatishini unutmasligimiz lozim. Adabiy tanqidning
bosh vazifasi esa adabiyotni yuksaklikka koʻtarishga koʻmaklashishdan iborat.
Mavzu yuzasidan savollar:
1. Taqrizlarning o‘ziga xosligi haqida ma’lumot bering.
2. Adabiyotshunos olimlarning asarlariga yozilgan taqrizlarning tahlili
qanday ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi?
3. O‘zbek adabiyotida taqrizning tutgan o‘rnini izohlang.
VI.MUTAXASSISLIKKA OID SО‘Z VA TERMINLARNING IMLOSI,
YASALISHI VA QО‘LLANILISHI
29 Mavzu: MUTAXASSISLIKKA OID SО‘Z VA TERMINLARNING
IMLOSI
Reja:
1. Tilning leksik qatlami.
2. Sohaviy terminlar va ularning qo‘llanishi.
3. Ijtimoiy-siyosiy leksika.
123
Leksikologiyada so‘zlar, ularning kelib chiqishi (etimologiyasi), ma’nosi va
ma’no taraqqiyoti (so‘zlarning o‘z va ko‘chma ma’nolari, shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari), turg‘un birikmalar (frazeologik birikmalar) va bo‘shqa shu kabi masalalar o‘rganiladi.
Tilning leksik qatlami
Bizga ma’lumki, so‘z va uning ma’nolarini o‘rganuvchi tilshunoslik
bo‘limiga leksikologiya deyiladi. So‘zning grammatik ma’no bildiruvchi
qo‘shimchalarsiz qismi leksema sanaladi. So‘z lug‘aviy ma’no (masalan: qalam-o‘quv
quroli), va grammatik ma’noga ega bo‘ladi (masalan: qalam- ot, turdosh ot, birlikda,
turlanmagan). Mustaqil so‘zlar ham lug‘aviy, ham grammatik ma’no ifodalaydi;
yordamchi so‘zlar esa faqat grammatik ma’noni bildiradi. Lug‘aviy ma’no anglatuvchi
til birliklari lug‘aviy birliklar deyiladi. Lug‘aviy birliklar quyidagilar: 1) so‘z; 2) ibora;
3) termin (atama); 4) qo‘shma so‘z; 5) tasviriy ifoda.
So‘zlar bir ma’noli (monosemantik) va ko‘p ma’noli (polisemantik) bo‘ladi.
Atoqli otlar va terminlar odatda bir ma’noli bo‘ladi. Masalan: termometr, affiks, prefiks, Andijon, Samarqand, Toshkent. So‘zlarning ko‘p ma’noliligi kontekstda aniqlanadi. Demak, polisemantik so‘zda so‘z bitta, ma’no ko‘p bo‘ladi.
So‘zning o‘z ma’no va ko‘chma ma’nolari. So‘z ma’nosi ko‘chishi natijasida
o‘z va ko‘chma ma’no hosil bo‘ladi.
So‘zlarning nutq jarayoniga bog‘liq bo‘lmagan atash ma’nosi o‘z ma’no (denotativ, bosh, atash ma’no)si sanaladi.
So‘zning nutqdagi boshqa so‘zlarga bog‘lanib hosil qilinadigan yondosh
ma’nosi ko‘chma ma’no (konnotativ ma’no) hisoblanadi. Masalan: odamning qulog‘i
o‘z ma’noda, qozonning qulog‘i ko‘chma ma’noda.
Tasviriy ifodalar. Biror narsa, hodisani boshqa bir narsa va hodisaga o‘xshatish
orqali tasvirlab ifodalashga tasviriy ifoda deyiladi. Tasviriy ifodalar nutqimiz
ta’sirchanligini ta’minlaydi: osmon-moviy gumbaz; qora oltin -neft
Iboralar (turg‘un birikmalar) – ma’noviy butunlik uchun birlashgan yaxlitlangan
bo‘lib, bir leksik ma’noni anglatadi. Iboralarga bir so‘z sifatida qaraladi, lug‘atlarda
so‘zlar qatorida beriladi, chunki ular ham so‘zlar kabi ma’no ifodalaydi. Masalan,
ko‘zini yog‘ bosgan iborasi - “mag‘rurlangan”, yog‘ tushsa yalagudek iborasi – “toza”
ma’nosini beradi, ammo bu ma’nolarni obrazli tarzda ifodalaydi.
Termin (atama). Fikrni maqsadni yaqqol aniq qilib berishda ma’nosi aniqlashgan, ishlatilish doirasi nihoyatda cheklangan, aynan bir tushunchanigina ifodalab kelgan so‘zlar termin (atama) deyiladi. (lotinchadan chegara belgisi, chek ma’nosini anglatadi).
Sohaviy terminlar va ularning qo‘llanishi
Har bir tilda o‘zining ishlatilishi doirasiga ko‘ra cheklangan, asosan birgina
ma’noga ega bo‘lgan, birgina tushunchani ifodalaydigan so‘zlar ham bo‘ladi. Bunday
124
so‘zlar, xususan fan-texnika, san’at, siyosat, til va adabiyot, hunarmandchilik kabi
turli sohalarda uchraydi.
Terminlarning muhim xususiyati shundaki, ular ko‘p ma’noli bo‘lmaydi,
ko‘chma ma’noda ishlatilishi nihoyatda kam uchraydi. Lekin amaliyotda ba’zi bir
terminlar, masalan, hozirgi zamon rus va o‘zbek tillarida operatsiya so‘zi termin sifatida:
1) tibbiyo смсмпкеоофоффофоооььььььььььььььььььььььььььььььььёд
t
sohasida yorish, kesish, kesib olib tashlash, yangisini solish va shu yo‘llar bilan kasallikni tuzatish, davolash ma’nosida;
2) harbiy sohada biror vazifa va maqsadni amalga oshirishga qaratilgan urush
harakatlari ma’nosida;
3) davlat idoralarida rasmiy muomala (masalan, bank operatsiyasi, pochta operatsiyasi kabi) ma’nolarda qo‘llaniladi.
Ijtimoiy-siyosiy leksika
Bizga ma’lumki, ommabop uslub – matbuot, radio, teleko‘rsatuvga xos bo‘lgan
tildir. Bu uslub rasmiy va dolzarb xabarlar, axborotlar, e’lonlar, reportaj, bosh
maqolalardan iborat bo‘ladi. Ularda fikr kichik hajmdagi ommabop jumlalar orqali
ifodalanadi. Har bir xabarga ta’sirli, xabarning asosiy mohiyatini ifodalovchi sarlavhalar qo‘yiladiki, bu hol o‘quvchining diqqatini jalb qiladi.
Ilm-fan, texnika, qishloq xo’jaligi va san'atga oid tushunchalarning aniq nomini
bildiruvchi bir ma'noli so'z va birikmalar terminlar deyiladi.
Terminlar yig'indisi va shu terminlarni o 'rganuvchi soha terminologiya deyiladi.
Termin grekcha terminos so 'zidan olingan bo'lib, chek, chegara ma'nolarini bildiradi.
So'zlar fan va texnikaning ma'lum tarmog'ida qo'llanilib, iste'mol doirasi chegaralangan ma'noda ishlatilsa terminlarga aylanadi.
Termin aniq, konkret tushunchalarni bildirib, his-hayajon ma'nolaridan xoli
bo’ladi. So 'zning ma'nosi murakkab bo'lib, unda tushuncha qo'shimcha ma'no va uslubiy belgilarga ega bo‘ladi.
Terminlar rasmiylashgan so 'zlar bo'lganligi sababli respublika miqyosida, hatto
dunyo miqyosida bir tushunchani anglatadi.
Termin soha terminlari tizimining bir elementi bo'lib, har doim bir tizim
doirasida qo 'llaniladi.
Termin kasbiy ma’no bildiruvchi, kasbiy tushunchani ifodalovchi va
shakllantiruvchi ayrim obyektlar va ular o‘rtasidagi aloqalarni muayyan kasblar nuqtai
nazaridan bilish hamda o‘zlashtirish jarayonida ishlatiladigan so‘z yoki so‘z birikmadir.
Iqtisodiyot sohasining qator terminlari ham borki, ular muayyan til egalarining
deyarli barchasi nutqida bab- baravar ishlatilaveradi. Bozor, mol, savdo, savdo-sotiq,
pul, haridor, bozorchi, olib-sotar, chayqovchi kabilar shular jumlasidandir.
125
O‘zbek tilshunosligida terminlarni o‘rganish, ularni tartibga solish, terminologik
lug‘atlar tuzish kabi qator chora-tadbirlar XX asrning 20-yillari o‘rtalaridan boshlangan.
1984-yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi qoshidagi Respublika
Muassasalararo terminologik komissiya (RMTK)ning Atamashunoslik qo‘mitasi tashkil etilgan.
Atamashunoslik qo‘mitasi ilm-fan, ishlab chiqarishning turli sohalariga oid terminologik lug‘atlar seriyasini chiqara boshladi.
Tilning o‘z qatlamiga mansub so‘zlar uning shakllanish davrida qanday narsalar
muhim o‘rin tutganini, tilning lug‘at tarkibi esa xalq nima to‘g‘risida fikr yuritganini
ko‘rsatib turadi.
Navoiy asarlarida faqat umumturkiy iqtisodiy atamalar qo‘llanib qolmay, ularning arabcha, fors-tojikcha sinonimlari o‘z ifodasini topganki, quyida keltiriladigan misollar shundan dalolat beradi: savdopisha- savdogar-savdogarchilik; sarmoya-davlatmablag‘; bay’ona-baho, qiymat, bay puli; manfaat-foyda- daromad; boj-xiroj;
dastmoya-farmoya-naqd- pul-naqdina; narx-baho; nafaqa-maosh-xarajat va boshqalar.
Asrlar mobaynida arab, fors, tojik tillari o‘zbek tili leksikasining boyishida o‘z
o‘rnini egallab kelgan bo‘lsa, qayd etilgan davrdan boshlab bu rolni rus tili o‘ynay
boshladi. Rus tilining o‘zbek tili leksikasi taraqqiyotiga ta’siri bu tildanfaqat so‘zlar
olishdangina iborat bo‘lmay, lug‘at boyligining oshishiga, so‘z yasashning ayrim jihatlariga va semantik tizimning kengayishiga ham ta’sir ko‘rsatdi.
Mavzu yuzasidan savollar:
1. Tilning leksik qatlamini izohlab bering.
2. Sohaviy terminlar va ularning qo‘llanishida nimalarga ahamiyat
berish kerak?
3. Ijtimoiy-siyosiy leksikani izohlab bering.
Topshiriq. Gaplarni ko‘chirib, omonim va polisemantik so‘zlarni toping, ularning
ma’nolarini tushuntiring.
1. Paxtani begona o‘t bosmasligi kerak. 2. Abdulxay, o‘zing ham to‘rga o‘t, bolam.
(U. Nosir.) 3. Qalbimga o‘t yoqma. 4. Shamol daraxt boshlarini sekin tebratdi.
5. U boshini sekin tebratdi. 6. Buloq boshida dam oldik.7. Yuz nomarddan yuz
qaytar, bir mardni hamma maqtar. (Maqol.) 8. To‘dadan ajralgan to‘rga tushar.
(Maqol.) 9. Mehmonlarni to‘rga o‘tkazishdi. 10. Gapga bir yosh yigitcha
aralashdi. 11. Ko‘ziga yosh oldi. 12. Yoshim o‘ttizga yetdi. 13. Laylak keldi,
yoz bo‘ldi, qanoti qog‘oz bo‘ldi. (Qo‘shiq.) 14. Ukangga tez-tez xat yoz. 15.
Tovuqlarga don soch. 16. Sochi oppoq bo‘lib qolgan. 17. Bugun yaxshi tush
ko‘rdim. 18. Otdan tush. 19. Chaqmoq chaqdi. 20. Yong‘oqni tish bilan chaqmoq sog‘liq uchun zarar keltiradi.
126
127
30Mavzu: TERMINLARNING YASALISHI VA QО‘LLANILISHI
Reja:
1.Terminlarning o’ziga xosligi.
2.Maxsus leksik qatlamlar.
3.Terminlarning yasalishi va qo’llanilishini mashqlar bilan mustahkamlash.
Ma’lumki, XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida o‘zbek tiliga rus tilidan va rus tili orqali Yevropa tillaridan so‘z va terminlar kirib kela boshladi.
O‘zbek tili leksikasidagi bunday o‘zgarish O‘rta Osiyoning chor Rossiyasiga
qo‘shib olinishi natijasida mamlakat hayotida yuz bergan siyosiy va ijtimoiyiqtisodiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq edi.
Asrlar mobaynida arab, fors,tojik tillari o‘zbek tili leksikasining boyishida o‘z
o‘rnini egallab kelgan bo‘lsa, qayd etilgan davrdan boshlab bu rolni rus tili o‘ynay
boshladi. Rus tilining o‘zbek tili leksikasi taraqqiyotiga ta’siri bu tildan faqat
so‘zlar olishdangina iborat bo‘lmay, lug‘at boyligining oshishiga, so‘z yasashning
ayrim jihatlariga va semantik tizimning kengayishiga ham ta’sir ko‘rsatdi.
Ma’lumki, tilda so‘zlarning ma’nolari har xil usullar bilan ko‘chishi mumkin.
Chunonchi, so‘z semantikasidagi o‘zgarish, asosan, metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik kabi semantik transformatsiya asosida ro‘y beradi.
Tilshunoslarning yakdillik bilan bildirgan fikrlariga qaraganda, semantik usul
bilan termin hosil qilishda asosiy rolni metafora o‘ynaydi. Chunki umumadabiy yoki jonli tildagi so‘zlarning biror xususiyatini, masalan, shaklan o‘xshashligini, rangtusidagi bir xillikni asos qilib olish yo‘li bilan yangi-yangi terminlar vujudga keladi.
Terminlarning yasalishi
Morfologik usul bilan termin yasashda o’zak-negizga so‘z
yasovchi
qo’shimchalar qo’shiladi va yangi terminlar hosil bo’ladi: Iste’molchi, tadbirkor,
taqsimot.
Sintaktik usul bilan termin yasashda birikmali terminlar hosil qilinadi: sifat+ot
yalpi mahsulot, sof daromad, sifatdosh+ot: kechiktirilgan talab.
Semantik usul bilan termin yasashda ma’no ko’chishining metafora usuli asosiy
rolni o’ynaydi: yig’ma ko’rsatkich, pul massasi, o’rmalovchi inflyatsiya.
Hozirgi bosqichda barcha sohasida qo‘llanayotgan tub terminlarning soni yuzdan ortiqdir. Bular jumlasiga: asli o‘zbekcha (ba’zilari umumturkiy) yoki
o‘zlashma (ular o‘zi doir tilda yasama yoki qo‘shma bo‘lishidan qat’i nazar, o‘zbek
tilida morfematik qismlarga ajratilmasligi tufayli tub maqomini oladi) terminlar
kiradi. Mana shunday tub, ya’ni noyasama terminlar sirasiga quyidagilarni misol
qilib keltirish mumkin: garov, ish, buyum, boy, bozor, qiymat, narx, qarz, raqobat,
128
savdo, tarif, tovar, zayom, veksel, broker, demping, depozit, grant, davlat, fond,
poshlina, bank va b.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1. Terminlarning o’ziga xosligi nimalarda namoyon bo’ladi?
2. Maxsus leksik qatlamlarni izohlab bering.
3. Terminlarning yasalishiga misollar keltiring.
1-mashq. Quyidagi so‘zlar ishtirokida gap tuzing. Bu so‘zlar boshqa gapdagi
shunday so‘zlarga omonim bo‘lib kelsin.
Yer, jon, soz, tush, soch, qirq, yosh, kul, oy, ot, son, sog‘, shim, toy, et, yara,
bez, oq, oshiq, osh.
1- topshiriq..”Termin” so‘zi namunasiga ko‘ra “Eksponat” so‘ziga sinkveyn
tuzing va umumlashtiruvchi xulosa chiqaring.
“Sinkveyn” (5-qator) texnikasi:
1-qator - tushuncha - ot
2-qator - 2 so‘zdan iborat sifat
3-qator - 3 so‘zdan iborat fe’l
4-qator - 4 so‘zdan iborat munosabat
5-qator - 1 so‘zdan iborat sinonim
Namuna:
1.Termin
2.Iqtisodiy, sohaviy
3.Anglatadi, ishlatiladi, aniqlaydi
4.Birgina ma’noga ega bo‘lgan so‘z.
5.Atama.
2- topshiriq. To‘g‘ri javoblarni aniqlang. Javoblar jadvaliga “ha” yoki
“yo‘q” so‘zlarini yozing
“Maxsus leksik qatlamlar”
1. Neologizmlar
8. Ijtimoiy-siyosiy so‘zlar
2. Kompyuterga oid so‘zlar
9. Sinonimlar
3. Bosh harflar bilan yoziladigan
10. Varvarizimlar
so‘zlar
11.Teatr, kino, matbuotga oid so‘zlar
4. Dialektizmlar
12. Antonimlar
5. Onomastika
13. Sud-huquqqa oid so‘zlar
6. Jargon so‘zlar
14. Kasb-korga oid so‘zlar
7. Omonimlar
Javob:
1
2
3
4
5
6
7
129
8
9
1
1
1
1
2 - mashq. Quyidagi javob xatida tushirib qoldirilgan qo'shimchalami to‘g‘ri qo‘yib,
daftaringizga yozing.
«Fidokor» gazeta... bosh muharriri S. Safarov...
«Fidokor» gazetasi tahririyati tomoni... 2002- yil 3- martda yuborilgan 1-01-90
raqamli so‘rov xatingiz... javob.... Sizga shuni ma’lum qilamiz..., mahallamizda
yashovchi bir guruh yoshlar... 14- turar joy dahasida ommaviy sport turlari bilan
shug‘ullan... uchun yetarli sharoitlar yo‘qligi to‘g‘risida... shikoyat xatida ko‘rsat...
kamchiliklar mahalla faollari yig'ili- shi... shu yil 23- martda o‘tkazilgan yig‘inida
ko‘rib chiq....
Xat... ko'rsatilgan kamchiliklar asos... ekan... tan olin... . Yunusobod tumani...
14- dahasidagi qarovsiz qoldirilgan maydonlami toza..., uylar hovlisidagi garajlar...
oldirib, o‘yingoh... aylan..., mavjud sport inshootlarini ta’mir... vazifalari «Hashar»
kommunal xo'jali... rahbari Q. Ochilov... topshirildi.
Ko‘rilgan ushbu chora-tadbirlar... ijrosi haqida tahririyatingiz... qo'shimcha
xabar qila... .
«Yunusobod» mahalla
qo‘mita... raisi
S. Olimov.
(imzo)
3 - topshiriq. “Tushunchalar asosida matn tuzish” metodi bo‘yicha matn tuzish
“O‘rta Osiyoning buyuk siymolari” mavzusi bo‘yicha quyida berilgan
tayanch so‘z va birikmalardan foydalanib mustaqil tarzda mikromatnlar tuzing.
1)
Xorazm, Bog‘dod akademiyasi, rasadxona, o‘nlik tizim, to‘rt amal, algoritm, algebra;
2) Samarqand, sakkizta asar, «Samoviy jismlarning harakati va yulduzlar ilmi»,
astronomiyadan qo‘llanma;
3) Forob, Damashq, Misr, 160dan ortiq asar;
4) Kat shahri, Ma’mun akademiyasi, xorijiy tillar, 200ga yaqin ilmiy asar, globus, «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston», G‘azna;
5) Sayram, Yassi, 23 yosh, «Hikmatlar».
4- topshiriq. Matnni o‘qing, unda ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni “Tushunchalar
tahlili” metodidan foydalanib tahlil qiling.
Muso al- Xorazmiy
Buyuk matematik, astronom va geograf Muhammad al-Xorazmiy VIII
asrning oxiri va IX asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan.
Xorazmiy dunyo faniga katta hissa qo‘shdi. U – algebra fanining asoschisi.
“Algebra” so‘zi uning “Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr va al-muqobala”
nomli
risolasidan olingan. Uning bu arifmetikaga oid risolasi hind raqamlariga
asoslangan. Hozirgi kunda biz foydalanadigan o‘nlik pozitsion hisoblash siste130
masi va shu sistemadagi amallar Yevropada keng tarqalgan. Olimning “alXorazmiy” nomi esa “algoritm” shaklida fanda abadiy o‘rnashib, Xorazmiy asos
solgan yangi fanning nomi bo‘lib qoldi.
Xorazmiyning eng yirik astronomik asari uning “Zij”idir. Bunda shaharlar, tog‘lar, dengizlar, orollar va daryolardagi 2402 ta geografik joyning koordinatalari keltirilgan. Uning bu asari o‘rta asrdagi eng birinchi geografik asar
bo‘lib, keyingi davrlarda geografiya fanining rivojlanishida katta ahamiyat kasb
etdi.
Xorazmiy asarlari dunyoning turli kutubxonalarida saqlanib, g‘arb va
sharq tillariga tarjima qilingan. Hozirda uning nomiga turli mamlakatlarda (Eron,
Turkmaniston, O‘zbekiston va boshqalar) mukofot va medallar ta’sis etilgan.
Tushunchalar
Tushunchalar tаhlili
Algebra
O‘nlik
pozitsion
hisoblash
sistemasi
Algoritm
Zij
Koordinata
Astronomik
Hind rаqаmlari
MATNLAR USTIDA ISHLASH
O‘zbekiston Vatanim mening»
O‘zbekiston
Biz yashayotgan go‘zal yurt O‘zbekiston Respublikasidir. Bu yurtni qadimda o‘z
xalqi Turon, arablar Movarounnahr, keyinroq Turkiston va O‘rta Osiyo deb kelishgan.
U O‘rta Osiyoning markaziy va shimoliy qismida joylashgan. Maydoni 447,4 ming kv.
km, aholisi 25 mingdan ortiq, uning 70% ini o‘zbeklar tashkil qiladi. O‘zbekiston, asosan, Sirdaryo bilan Amudaryo oralig‘ida joylashgan. Respublikamizning serquyosh
issiq shirin-shakar mevalar, poliz ekinlari, paxta, kanop singari texnik ekinlar yetishtirish imkonini beradi. O‘zbekistonning mehnatsevar, is’tedodli xalqi respublikamizning chinakam boyligidir.
Yurtimiz yer osti konlari, qimmatbaho hamda nodir materiallar va minerallarga
boy.
Respublikamiz oltin, kumush, rux, volfram kabi qimmatli materiallar bo‘yicha
dunyoda yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi.
O‘zbekiston ma’muriy jihatdan 12 ta viloyat va bitta respublikadan iborat.
Respublikamizda 100 ga yaqin obod shaharlar, 97 ta shaharcha, 148 ta qishloq, tu131
man bor. Shahar va qishloqlarimiz kundan kun obod va ko‘rkam bo‘lib bormoqda.
Hozirgi kunda yurtimiz O‘rta Osiyoning eng katta sanoat, yirik ilm-fan va yuksak
madaniyat markazidir. Biz o‘z Vatanimizni sevamiz va u bilan faxrlanamiz.
Adabiyot muzeyi
1968-yilning kuzida Toshkentda Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi
ochildi. Bu muzey xalqimizning buyuk Navoiy ijodiga bo‘lgan muhabbatining yorqin
misolidir.
Muzey sahnidagi ko‘klamzor, gulzor, bog‘da Navoiy haykali o‘rnatilgan. U marmar hovuzga qarab turibdi. To‘rt qavatli binoga kiradigan ikki katta eshik g‘oyat
go‘zal ishlangan.
Muzeyning «Navoiy Astrabodda», «Navoiy Hirotda», «Navoiy Samarqandda»,
«Navoiy lirikasi» deb nomlangan zallarida Navoiyning buyukligi va asarlarning
o‘lmasligi aks ettirilgan. Umuman, Navoiy hamda unga zamondosh bo‘lgan shoir va
olimlarning ijodiy merosini boyitish uchun muzeyda o‘n uchta bo‘lim ajratilgan.
Mashhur olim, shoir va sarkarda Boburdan boshlab, ma’rifatparvar shoir, dramaturg Hamza Hakimzoda Niyoziygacha bo‘lgan to‘rt asrlik adabiyot tarixiga oid materiallar yigirma ikkinchi bo‘limda to‘la namoyish qilingan.
O‘zbek yozuvchilari va ularning asarlari haqidaga ma’lumotlarni binoning
to‘rtinchi qavatidagi o‘n uchinchi bo‘limda ko‘rish mumkin. Muzeyda taniqli professorlar, ilmiy xodimlar tomonidan ilmiy ishlar ham olib boriladi.
Abu Ali ibn Sino
(980-1037)
«Shayx ur-rais», «Donishmandlar sultoni», «Tabiblar shohi»... bunday yuksak va
mo‘tabar nomga o‘rta asr Sharq Uyg‘onish davrining buyuk mutaffakiri, qomusiy bilim sohibi, umumjahon fani hamda madaniyatiga bebaho hissa qo‘shgan buyuk allomalardan biri Abu Ali ibn Sino musharraf bo‘ldi. U Buxoro yaqinidagi Afshona
qishlog‘ida tug‘ildi. Uning bolalaik va o‘smirlik yillari Buxoroda o‘tdi. Uning tabiblik
va ilmiy faoliyati ham shu shaharda boshlandi.
Bu yillarda Buxoroda Mansurshoh ko‘p kasal bo‘lib, uni hech kim davolay olmagan edi. Yosh tabib Ibn Sino shohni davolaydi. Shu tariqa shoh kutubxonasidan bahramand bo‘lish baxtiga erishadi. U yerdagi xilma-xil kitoblarni o‘qib, o‘z bilimini
boyitadi.
999-yilda Buxoro sulton Mahmud tomonidan bosib olinadi. Ibn Sino musulmon
ruhoniylari va sulton Mahmudning ta’qibidan cho‘chib, 1002-yilda Xorazm poytaxti
Urganchga ketadi. Urganchda Xorazm shohi Mahmudning saroyida yashaydi. Ibn Sino bu yerda mashhur olim Beruniy bilan uchrashadi.
Ibn Sino o‘z davrigacha yaratilgan barcha fanlarni o‘zlashtirdi va o‘zi ham shu
ilmlarning deyarli barchasida ijod etdi. Alloma yaratgan ilmiy meros, mana necha
asrlardirki, faqat O‘rta Osiyo va Yaqin Sharqdagina emas, balki G‘arbiy Yevropa
mamlakatlarida ham ma’lum va mashhur bo‘ldi, qayta-qayta nashr etildi.
Abu Rayhon Beruniy
(973-1048)
Buyuk o‘zbek olimi Abu Rayhon Beruniy Xorazmning Berun qishlog‘ida
tug‘ilgan. Xorazm shaharlaridagi maktablar va mashhur ustozlar qo‘lida o‘qigan.
132
Mashhur ensiklopedist olim Abu Ali ibn Sino (980-1037) bilan zamondosh va yaqin
do‘st bo‘lgan.
Abu Rayhon Beruniy 18 yoshida Xorazm rasadxonasida kuzatishlar olib borgan.
Biroq o‘rta asrdagi o‘zaro urushlar olimning bir joyda ilmiy ish bilan
shug‘ullanishiga imkon bermagan. U uzoq yerlarda – Hindistonda, Kaspiy sohili va
Bog‘dodda kun kechirgan.
Ko‘p voqea va hodisalarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan. Barcha ko‘rgan narsalari va
kuzatishlari uning asarlarida aksini topgan.
Beruniy mashhur matematik, fizik, astronom va geolog olim edi. U shu sohalarga
doir 150 dan ziyod ajoyib asarlar yozgan.
Abu Rayhon Beruniy o‘lmas asarlari bilan jahonning eng buyuk olimlari qatoridan o‘rin olgan. Ulug‘ olim 75 yoshida vafot etgan. Uning bir qancha asarlari hozirgi
kunda o‘zbek, rus va boshqa tillarda nashr qilinmoqda.
Amir Temur
(1336-1405)
Buyuk sarkarda Amir Temur 1336-yil 9-aprelda Shahrisabz yaqinidagi
Xo‘jailg‘or qishlog‘ida Barlos beklaridan biri Tarag‘ay oilasida tug‘ildi. Yoshligidan
fors, turk tillarini bilgan, harbiy ishni yaxshi o‘rganib, Movarounnahr feodallarining
o‘zaro urushlarida qatnashgan. Shuning uchun 25 yoshida Shahrsabz tumaniga hokim
qilib tayinlangan.
1373-1374 – yillarda Xorazmni egalladi va u Temur davlati tarkibiga kirdi. 1390yilda O‘rta Osiyoning butun hududi Temur qo‘l ostida birlashdi. U o‘z yurtining
haqiqiy egasi, adolatli va saxiy hukumdori edi. Hunarmandlar, olimlar, san’atkorlarni
hurmat qilar, ularga doimo sharoit yaratib berardi.
Amir Temur Samarqandda go‘zal binolar, masjidlar qurdirdi. «Shohi zinda»
(lug‘aviy ma’nosi «Tirik shoh») ansanbli, «Bibixonim madrasasi», «Go‘ri Amir»
maqbarasi butun dunyoga mashhur.
Amir Temurning xizmati O‘rta Osiyoda yagona birlashgan davlatni tashkil qilganidir.
Buyuk sarkarda 1405-yil 18-fevralda Xitoyga yurish boshlagan vaqtida O‘tror
shahrida vafot etdi.
Mirzo Ulug‘bek
(1394-1449)
Ulug‘bek o‘z hukmronlik yillarida zamonasidagi ko‘pgina mashhur olimlarni
Samarqandga to‘pladi. 1430-yilda butun dunyoga mashhur rasadxona (observatoriya)
qurdirdi. Ulug‘bek o‘z atrofidagi olimlar bilan birgalikda «Yangi astronomiya jadvali» degan mashhur asarini yaratdi. Bu jadval g‘oyat aniqligi bilan butun dunyoga
mashhurdir. Ulug‘bekning yulduzlar, sayyoralar harakati haqidagi jadvali va boshqa
ilmiy kuzatishlari jahon astronomiya fanining rivojlanishiga juda katta hissa qo‘shdi.
Ulug‘bek davrida ko‘pgina katta binolar, yodgorliklar qurildi, adabiyot, san’at ancha
yuksaldi.
Kim birinchi bo‘lib salom berishi kerak?
Yoshi katta odam bilan yoshi kichik odam uchrashsa, albatta, kichik birinchi
bo‘lib salom beradi. Lekin qo‘l uzatish hamisha kattadan. Odamlar to‘plangan xonaga
133
kirsangiz bunda, shubhasiz, siz salom berishingiz shart. Bir kishi oldiga ikkinchi kishi
kelsa, albatta, kelgan kishi salom beradi.
Bu yaxshi odat qadimdan insoniylik ziynati hisoblanadi. Bir misol keltiraylik,
taxminan, 2000 yil ilgari Hindistonda Mangu qonunlari degan kitob yozilgan.Yoshi
kattalarga birinchi bo‘lib salom beruvchilar to‘rt narsaga erishadi: uzoq umr ko‘radi,
obro‘li va bilimli, kuchli bo‘ladi deyilgan.
Aslida esa kamtar, odobli kishi qachon men salom berishim kerak-u, qaysi paytlarda boshqalar menga salom berishi lozim, deb o‘ylamaydi. Bunday kishilar birinchi
bo‘lib salom beraveradilar.
Odob – inson ko‘rki
Ahloq-odob insonning asosiy, go‘zal xislatlaridan biridir.
Odob yosh tanlamaydi. Kelajagimiz bo‘lgan siz yoshlar o‘z xulqingiz, odobingiz
bilan, bilimingiz, kuch-g‘ayratingiz, mehnatingiz bilan yurtimiz poydevorini mustahkam qilasiz.
Odobli, ahloqli bo‘lish uchun esa quydagilarini esdan chiqarmasligingiz lozim.
O‘zingizdan kattalarga doimo hurmatda bo‘ling. Ularga doimo yo‘l bering. Avtobus,
tramvay, trolleybus va boshqa joylarda joy bering.
Uyda, odamlar oldida taltayib yotmang, qo‘lni orqaga qilib yoki cho‘ntakka tiqib
kekkayib turmang.
Xushmuomala bo‘ling. Baqrayib, jerkib yoki birovni qo‘l bilan ko‘rsatib
so‘zlashmang, qo‘rslik qilmang.
Har kuni ertalab ota-onalaringiz, aka-opalaringizga salom bering.
Kattalarga gap qaytarmang, ularning gapiga aralashmang. Yomon, uyat gaplarni
aytmang. Oqsoq, g‘ilay, soqov va boshqa kamchiligi bo‘lgan kishilarning ustidan kulmang.
«Marhamat», «rahmat», «ruxsat eting», «iltimos qilaman», «kechirasiz», «uzr»
kabi so‘zlarni nutqingizda bo‘lishi zarurligini unutmang.
Mehmondo‘st o‘lka
Biz O‘zbekistonda yashaymiz. Serquyosh respublikamizning dovrug‘i butun
olamga ketgan. Ajoyib tabiati, mehmondo‘st xalqi, asaldek nozik ne’matlari o‘zbek
diyorining faxridir.
Xalqimizda, «Mehmon otangdan ulug‘« degan maqol bor. O‘zbek xonadonidan
mehmon arimaydi.
Ular har bir mehmonni ochiq chehra bilan kutib oladilar. Mehmondan hech
narsani ayamay, uyda borini baham ko‘radilar. O‘zbek xalqining bag‘ri keng.
Respublikamizning shaharlariga dunyoning turli burchaklaridan minglab sayohatchilar mehmon bo‘lib kelishadi. Ular serquyosh diyorimizning noz-ne’matlaridan
bahramand bo‘lishadi. Turli davrlarga oid tarixiy yodgorliklarni hayrat bilan tomosha
qilishadi. O‘z yurtlariga katta taassurotlar bilan qaytishadi.
Men ingliz tilini o‘rgandim
Men ilgari inglizcha so‘zlasha olmas edim. Radio va televizordan ingliz tilida
berilgan eshittirishlarni juda tinglagim kelar edi. Ingliz tilini bilishga bo‘lgan havasim
kun sayin o‘sib bordi.
134
Institutga kirish havasimning ro‘yobga chiqishiga katta yordam berdi. Biz bu
yerda ingliz tilini o‘rgana boshladik. Men darsdan tashqari mustaqil mashqlar qilaman. Avval o‘tilgan grammatik qoidani o‘rganaman. Keyin o‘qituvchi ko‘rsatgan
mashqlarni bajaraman, o‘zim ham xuddi shunday misollar tuzishga harakat qilaman.
Shu yo‘l bilan qoidani o‘zlashtirgandan keyin matnni o‘qiyman. Undagi notanish
so‘zlarni yozib olaman. Shu yangi so‘zlar yordamida gap va savollar tuzaman. Savollarga javob qaytaraman. Keyin matnni yana bir marta o‘qiyman. Shundan keyin yangi
so‘zlar yordamida matn mazmunini bir necha marta so‘zlayman.
Ko‘pincha o‘zbek va ingliz tillaridagi matnlarni bir-biriga solishtiraman. Bunda
har xil grammatik formalardan har ikki tildagi ifodasini o‘rganaman.
Men ingliz tilini o‘rganib oldim. Hozir ingliz tilida radio tinglayman. Inglizcha
so‘zlasha olaman.
Inglizcha gazeta va jurnallardan kichik-kichik xabar, maqola va hikoyalarni
o‘qib, mazmunini so‘zlab beraman.
Yozda
Yoz mavsumi o‘lkamizda eng uzoq davom etadigan fasldir. May oyidayoq osmon
musaffo bo‘ladi, kunlar isib ketadi. Quyosh charaqlab turadi. Ertalab va kechqurunlari g‘ir-g‘ir shabada esadi. Ba’zi kunlari havo dim bo‘ldi.
Yozda ariq va anhorlarda sharillab suvlar oqadi. Tip-tiniq suvlarda
cho‘milsang, tanang yayraydi.
Yozda o‘rik, olma, gilos, shaftoli, nok kabi mevalar, qovun, tarvuzlar pishadi.
Yoz – g‘o‘zalar gullaydigan davr. Ekinzorlarda bodring, karam, pomidorlar yetiladi.
Yozda ko‘pchilik ta’tilga chiqadi. Odamlar tog‘ga, dalalarga chiqadilar, sayohatlarga boradilar. Tabiat quchog‘ida rohatlanib dam oladilar. Bolalar ham
davolanish maskanlarida, oromgohlarda dam oladilar.
Yozda yovvoyi hayvon va qushlarning ishi ko‘payadi. Ular o‘z bolalarini boqib,
katta qiladi va mustaqil hayotga tayyorlaydi.
Oltin fasl
Jonajon o‘lkamizning to‘rtala fasli ham bir-biridan go‘zal, bir-birdan maftunkor. Har bir faslning o‘z xislati, o‘ziga maftun qiladigan fazilatlari bor.
Yurtimizda kuzning boshida kunlar issiq bo‘ladi. Osmon bulutsiz, kunlar quyoshli bo‘ladi. Daraxtlarning barglari sarg‘aya boshlaydi, faslning o‘rtalariga kelib,
ko‘pgina daraxtlar oltin libosga burkanadi, Bu davr «oltin kuz deyiladi. U go‘zallikka,
mo‘l-ko‘lchilikka boy. Meva va uzumlar, sabzavot, poliz ekinlari va paxta yig‘ila
boshlaydi. Quyosh borgan sari kamroq isitib, kunlar soviy boshlaydi. Qushlar issiq
o‘lkalarga uchib ketadi. Kunlar qisqaradi. Kech kuzda ko‘pincha osmon bulut bilan
qoplanadi. Yomg‘ir yog‘adi, ba’zan yomg‘ir qorga aylanadi. Kuz oxirida yig‘im-terim
tugagach, yerga o‘g‘it solinib, haydaladi. Bog‘ va xiyobonlarda, shahar va qishloq
ko‘chalarida daraxt ko‘chatlari o‘tqaziladi. Kunlar sovugach, qarg‘a, zag‘chalar
uchib keladi.
Samarqand
Samarqand O‘zbekistondagi eng ko‘hna shaharlardan biridir. U 2500 yildan
oshiq tarixga ega. Shahar 1925-1930 – yillarda O‘zbekistonning poytaxti bo‘lgan.
Samarqand Zarafshon vodiysining janubi-g‘arbida, Toshkentdan 351 km uzoqlikda
135
joylashgan. Aholisi 800 ming kishidan oshiq. Samarqand, Hindiston, Eron, Misr, va
Vizantiya davlatlari bilan qadimdan savdo-sotiq qilgan. 14-asrgacha shahar turli
mamlakat bosqinchilarining hujumiga duch keladi va qo‘ldan-qo‘lga o‘tib turdi.
Samarqand 14-asrning oxiri va 15-asrda Temur davlatining poytaxti sifatida
jahonga mashhur bo‘ldi. Ulug‘bek hukmdorligi davrida Samarqandda ilm-fan va
madaniyat taraqqiy etdi. Temuriy sulolasi bunyod etgan obidalar, maqbara va madrasalar Sharqning durdonasi bo‘lib qoldi va uni dunyoga tanitdi.
Hozirgi kunda Samarqand O‘rta Osiyodagi sanoati rivojlangan ilmiy va
madaniy markazlardan biriga aylandi.
Registon
Samarqanddagi Registon majmuasi uchta salobatli binodan tashkil topgan. Bular: Ulug‘bek madrasasi, Sherdor va Tillakori madrasalaridir.
Ulug‘bek madrasasi 1407-yilda barpo etilgan. Bu bino Ulug‘bek qurdirgan madrasalarning eng kattasi va eng hashamatlisi edi. Madrasada diniy fanlardan tashqari,
turli amaliy fanlar ham o‘rganiladi. Bu yer o‘z davrida ilm-fanning yirik markazi
bo‘lgan. Madrasada mashhur olimlar, jumladan, Ulug‘bekning o‘zi ham dars bergan.
Sherdor madrasasi 1619-1636 – yillarda Samarqand hukmdori Yalango‘sh
Bahodirning topshirig‘i bilan qurilgan. Bahaybat peshtoq tepasida sher va ohular
rasmi solingani uchun, Sherdor madrasasi deb atalgan. Madrasa o‘z davrining ilmiy,
diniy markazi bo‘lgan.
Tillakori madrasasi 1647-1660 – yillarda qurilgan. U zarhal naqshlar bilan ishlangani uchun shunday nom olgan. Bu madrasa qurilish bilan Registon majmuasi
mukammal shakl olgan.
Hozirgi kunda bu uchala madrasa binosi qayta tiklandi.
Buxoro
Buxoro O‘rta Osiyoning ko‘hna shaharlaridan biridir. Bu shahar bundan 2300
yil muqaddam Zarafshon vodiysining quyi qismida qad ko‘targan. Dastavval daryoning Zarirud nomli quyi tarmog‘ining ikki sohilida paydo bo‘lgan. Qishloqning tevarak-atrofi qadimda nihoyatda xushmanzara edi. Butun vodiy bo‘ylab atrofni qoplab
yotgan qalin daraxtzor va to‘qaylarda turli-tuman yovvoyi hayvonlar hamda ajoyib
qushlar bo‘lgan. Shuning uchun bu o‘lkani «Bug‘-oro», ya’ni «Tangri jamoli» deb
atashgan.
Ismoil Samoniy madrasasi (IX-X asrlar), Chashman Ayyub maqbarasi (XII asr),
Nomozgoh masjidi (XIV, XVI asrlar), Buyon Qulixon maqbarasi (XIV asr), Ulug‘bek
madrasasi (1417-yil), Masjidi Kalon (1514), Mir Arab madrasasi (1530), Ko‘kaldosh
madrasasi (1578 yil), Sitorayi Mohi Xosa saroyi va boshqalar Buxoroning dovrug‘ini
jahonga taratgan,
Buxoro O‘zbekistonning madaniy va obod shaharlaridan biri bo‘lib qoldi.
Toshkent
Men Toshkent shahrida tug‘ilganman. Bu shahar men uchun juda qadrdon. U qadimiy va shu bilan birga navqiron shahar. Toshkent – O‘zbekiston poytaxti.
U bundan 2300 yil burun tashkil topgan. Qadimda uni Shosh deb atashgan.
136
Toshkentda juda ko‘p tarixiy obidalar mavjud. Bular Ko‘kaldosh madrasasi,
Shayhantovur, Zangiota, Xasti imom kabi madrasalar bor.
Ularni xalqimiz asrab-avaylab saqlagan. Toshkentda katta-katta ko‘chalar,
istirohat bog‘lari, ajoyib binolar, chiroyli favvoralar bor.
Havo darvozasi bo‘lmish sayrgohdan shaharga eltuvchi ko‘chaning nomi Bobur
deb ataladi. Bobur ko‘chasida baland-baland binolar, o‘quv yurtlari, savdo markazi
bor.
Toshkentning markaziy ko‘chalaridan yana biri Navoiy ko‘chasidir. Keng va
obod Navoiy ko‘chasida O‘zbek Milliy drama teatri, Navoiy nomli adabiyot muzeyi,
«Zangori ekran» markazi, sirk va boshqa juda ko‘p diqqatga sazovor joylar bor.
Zahiriddin Muhammad Bobur
Buyuk sarkarda, shoir va olim Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevralda
Andijon shahrida tug‘ilgan. Uning otasi Umarshayx Amir Temurning nabirasi bo‘lib,
Farg‘ona viloyatining hukmdori edi. Yosh Bobur o‘z zamonasining ilm-ma’rifatini,
san’atini havas bilan o‘rgandi. 1495-yilda Boburning otasi bevaqt vafot etgach, u 12
yoshida taxtga o‘tirdi.
Bobur 1514-yilda Shayboniyxonning qattiq zarbasiga uchradi va qolgan oz lashkari bilan Afg‘onistonga jo‘nadi, u yerda o‘z hukmronligini o‘rnatdi. 1519-26 – yillarda Hindiston tarixida «Boburiylar imperiyasi» (Buyuk mo‘g‘ul imperiyasi) deb nom
olgan davlatga asos soldi.
Bobur katta davlat arbobi va sarkarda, shuningdek, iste’dodli olim va shoir ham
edi. U o‘z adabiyotlarida Alisher Navoiy an’analarini davom ettiradi. Uning «Boburnoma» nomli memuar asari juda mashhurdir. Unda Sharq tarixiga, geografiyasiga, xalq urf-odatlariga va boshqa masalalariga doir qimmatli ma’lumotlar ko‘p.
Zahiriddin Muhammad Bobur 47 yoshida Hindistonning Agra shahrida vafog
etgan. Vasiyatiga ko‘ra uning jasadi Qobulga olib kelib dafn etilgan.
Abdurauf Fitrat
1914-yilda Istambuldan Buxoroga qaytgan Fitrat «Yosh buxoroliklar» nomli
siyosiy partiya tuzib, uning atrofiga mamlakat kelajagi uchun xizmat qiladigan
yoshlarni to‘pladi.
Fitrat 1923-24– yillarda Moskvadagi Sharq tillari institutitida va Leningrad
Akademiyasida ishladi va ilmiy dargohning tavsiyasi bilan unga professorlik ilmiy unvoni berildi.
1931-32– yillarda Toshkentga qaytgan olim O‘zbekiston Fanlar Qo‘mitasida,
O‘zbekiston madaniyat institutida ishladi.
Said Ahmad
O‘zbek xalqining sevimli hajviyachi yozuvchisi Said Ahmad 1920-yilning 10iyunida Toshken shahrining «Samarqand darvoza» mahallasida ziyoli oilada
tug‘ilgan. Said Ahmad bolalik yillari haqida xotira kitoblarida ko‘p yozgan.
Said Ahmad Nizomiy nomli pedagogika institutida bir yil o‘qigach, ikkinchi jahon
urushi boshlangandan keyin «Mushtum» jurnalida ishladi. 1942-47 –yillarda «Qizil
O‘zbekistoni» gazetasida, 1948-50 – yillarda «Sharq yulduzi» jurnalida mehnat qildi.
Sho‘rolar siyosatining zug‘umi bilan millatchi sifatida bir necha yil qamalib chiqdi.
137
Ozodlikka chiqqach, qator yillar O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchilik qildi.
Said Ahmad hajviy hikoyalar yozish bilan birga, nasrning deyarli barcha
janrlarida qalam tebratgan va muvaffaqiyatga erisha olgan yozuvchidir.
G‘afur G‘ulom
Xalq shoiri, akademik G‘afur G‘ulom 1903-yilda Toshkentda kambag‘al dehqon
oilasida tug‘ildi. U dastlab bosmaxonada harf teruvchi, keyin boshlang‘ich sinfda
muallim bo‘lib ishladi. O‘sha vaqtlardayoq shoirning she’rlari matbuotda chiqa
boshladi.
1931-yilda G‘.G‘ulomning birinchi she’riy to‘plami «Dinamo» bosilib chiqdi.
O‘sha vaqtdan boshlab, uning kitoblari ketma-ket har yili nashr qilinib turadi, 30 ga
yaqin yumoristik va satirik hikoyalari bosilib chiqdi.
«Sharqdan kelayotirman» to‘plami uchun shoir Davlat mukofoti laureati bo‘ldi.
Bundan tashqari shoir «Hurmat belgisi» ordeni va bir necha medallar bilan taqdirlandi.
Erkin Vohidov
Erkin Vohidov o‘zbek adabiyotiga ulkan hissa qo‘shgan atoqli ijodkorlardan biridir.
Davlat arbobi O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov nafaqat she’riy
to‘plamlari, balki falsafiy dostonlari, «Oltin devor» komediyasi, ajoyib tarjimalari bilan o‘zbek adabiyotini boyitgan ijodkordir.
Erkin Vohidov 1936-yilning 28-dekabrida Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida o‘qituvchi oilasida tug‘ildi. Ota-onasidan yetim qolib, Toshkentda tog‘asi
qo‘lida tarbiyalanadi.
E.Vohidov Toshkent davlat universitetining filologiya fakultetini bitirgan. 1960yilda u o‘qishni bitiradi va turli nashiryotlarda, «Yoshlik» jurnalida turli lavozimlarda
ishladi.
Shoirning ilk she’rlari to‘plami «Tong nafasi» nomi bilan 1961-yilda nashr qilindi.
Shoirning «Oltin devor» komediyasi esa sahna asari sifatida xalqimizning sevimli asariga aylanib qolgan.
Shoirning rus va jahon adabiyotidan qilgan tarjimalari, Gyotening «Faust» asari tarjimasi xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishda katta ahamiyatga ega.
Tinchlik – insoniyat orzusi
Har bir xalqning o‘z til boyligi bor, o‘z sevgan so‘zlari bor. Lekin dunyoda
shunday so‘z borki, uni Yer yuzidagi barcha xalqlar birdek sevadilar, ardoqlaydilar.
Shu so‘z uchun minglab odamlar uni baralla aytib, hayotlarini xavf ostida
qoldirmoqdalar. Bu tinchlik so‘zidir! Har birimizning yuragimizdagi, tilagimizdagi
so‘z bu. Tinchlik – butun insoniyat orzusi. Shuning uchun ham uni Yer yuzida qat’iy
muqarrar qilish har birimizning yuksak fuqarolik burchimiz.
138
Biroq mana shu oddiy haqiqatni tushunmayotgan, qadriga yetmayotganlar ham
bor. Ular o‘zlarining zo‘ravonlik, urushqoqlik siyosatlarini targ‘ib etmoqdalar. Bu
yo‘lning jahon xalqlariga kulfat keltirish bilan tugashi, shubhasizdir. Shuning uchun
ham inson qaysi davlatda yashamasin, tinchlikning dono ovoziga quloq tutmog‘i lozim.
Navro‘z
Navro‘z – O‘rta Osiyo va Yaqin Sharq xalqlarining qadimiy yangi yil bayrami.
Bu bayram O‘rta Osiyoda islom dini qabul qilinmasdan ancha ilgari mavjud bo‘lgan.
Navro‘z bahor faslida nishonlanadi. Bu paytda tabiat uyg‘onib, barcha
o‘simliklar ko‘kara boshlaydi. Dehqonchilik ishlari boshlanadi. Shuning uchun ham
Navro‘z faqat yangi yil bayrami bo‘lib qolmasdan, mehnat bayrami hamdir. U 22(yigirma ikkinchi) martda o‘tkaziladi. Shu kuni kecha bilan kunduz tenglashadi.
Hozir O‘zbekistonda Navro‘z bahor bayrami sifatida nishonlanadi. Bayram
kunlari odamlar bir-birlariga gullar sovg‘a qiladilar, yaxshi tilaklar bildiradilar, turli
milliy taomlar, jumladan, sumalak, ko‘k somsalar tayyorlaydilar. Yoshlar lapar aytib,
raqsga tushadilar.
Dorbozlik
Dorbozlik – san’atning eng qadimiy turlaridan biri. Bu san’at, taxminan, ikki
ming besh yuz yil ilgari Sharqda paydo bo‘lgan. Keyinchalik u butun dunyoga tarqalgan. Dor dastlab unchalik baland bo‘lmagan. Uning ustida ko‘rsatiladigan
tomoshalar ham sodda bo‘lgan. 1859-yilda mashhur fransuz dorbozi K.E.Blonden Niagara sharsharasi ustida dor qurib tomosha ko‘rsatgan.
O‘zbekkistonda ham dorbozlik uzoq tarixga ega. O‘zbek dorbozlari dorning
balandligini 40-50 metrga yetkazishgan.
O‘zbekistonda katta bayramlarda dorbozlik tomoshalari ham ko‘rsatiladi.
Hozirgi kunda dorbozlik sirk san’atining alohida turidir.
Abdulla Oripov
Abdulla Oripov o‘zbek adabiyotining atoqli namoyondalaridan biridir.
Abdulla Oripov 1941-yilning 21-martida Qashqadaryo viloyatining Koson tumaniga qarashli Neko‘z qishlog‘ida tavallud topdi. Taniqli M.Qo‘shjonov aytganidek,
shoirning qalbiga yoshlikdan go‘zallik va nafosat tuyg‘ulari singdi. U 1958-yilda o‘rta
maktabni tugatib, O‘rta Osiyo davlat universitetining (Hozirgi O‘zMU) jurnalistika
fakultetiga o‘qishga kirdi. 1963-yilda o‘qishni muvaffaqiyatli bitirdi. Shu yildan
boshlab gazeta va jurnallarda, nashriyotlarda, yozuvchilar uyushmasida turli lavozimlarda ishladi. Jamoat va davlat ishlarida faol ishtirok etdi. Oliy Majlis deputati bo‘ldi.
Mustaqil O‘zbekiston davlati madhiyasi matnini ham Abdulla Oripov yozgan.
Serquyosh poytaxtim
Mustaqil O‘zbekistonning serquyosh poytaxti – Toshkent kun sayin chiroy ochib
bormoqda.
Shahar ko‘chalari kengaytirilib, yangi yo‘llar, ko‘priklar qurilmoqda, bog‘lar
barpo etilmoqda.
139
Shaharda qad roslayotgan binolar uning husniga husn baxsh etmoqda. Ayniqsa,
Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Milliy drama teatri binosi, Milliy bank, yangi konservatoriya binosi, mehmonxonalar e’tiborni tortmoqda.
Yurtboshimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan Xotira maydoni va Shahidlar xotirasi xiyoboni xalqimizning ziyoratgohlariga aylanib ulgurdi.
Toshkent metrosining Yunusobod yo‘li ishga tushirilishi yana bir ajoyib voqea
bo‘ldi.
Umuman, istiqlol yillarida Toshkent yanada chiroy ochib bormoqda.
O‘zbek maqollari
Maqol xalq og‘zaki ijodiga oid janrlardan biri sanaladi. Maqollar shaklan qisqa
bo‘lgani bilan ularda juda keng ma’no mujassam bo‘ladi. Tilimizning bu bebaho boyligini o‘rganish bilan ajdodlarimiz qadimdan shug‘ullanib kelganlar. Mashhur
qomusshunos Mahmud Koshg‘ariy XI asrdayoq turkiy xalqlarning 400 ga yaqin hikmatli iboralarini o‘zining uch jildli lug‘atiga kiritgan. Ularning 250 dan ortiqrog‘i
shakl va mazmuniga ko‘ra hozirgi o‘zbek tilidagidan farq qilmaydi.
Mashhur masalchi Gulhaniy (XIX asr) 200 ga yaqin hikmatli iborani to‘plab,
ularni bir tizimga jamlab, «Zarbulmasal» asarini yaratgan.
Adabiyotshunos olimlarimiz «O‘zbek xalq maqollari» kitobida 1800 ta maqolni
31 ta mavzuga ajratib tavsiflashgan.
Olimlarimizning aniqlashicha, har bir kishi, taxminan, 200 ga yaqin maqol va
matallar haqida tushunchaga ega bo‘lar ekan. Sizchi? Siz qancha maqolni bilasiz?
Baxtimiz qomusi
Konstitutsiya – har bir davlatning ramzlaridan biri. Konstitutsiya so‘zi «tuzilish,
qurilish» degan ma’noni bildiradi.
O‘zbekiston ham o‘z mustaqilligiga erishgach, asosiy Qonun – Konstitutsiyasini
qabul qildi. Bu tarixiy voqea 1992-yilning 8-dekabrida bo‘ldi.
Yangi O‘zbekistonning Konstitutsiyasi jahonning ilg‘or davlatlari tajribasini
o‘rganish asosida yuritildi. U muqaddima, 6 bob, 28 bo‘lim, 128 moddadan iborat.
Asosiy Qonunimizda fuqarolar hudud va erkinliklari majburiyatlari belgilab
berilgan.
Unda O‘zbekiston xalqini millati, e’tiqodi, dini, jinsidan qat’iy nazar O‘zbekiston
Respublikasi fuqarolari tashkil etishi mustahkamlab qo‘yilgan. Shuningdek, xalq
davlat hokimiyatining birdan-bir manbayi ekani aytilgan.
O‘zbekiston Konstitutsiyasi ozod va obod Vatan, farovon hayot qurishimizning
huquqiy asosi va kafolati bo‘lib xizmat qiladi.
Palov
Palov – o‘zbek milliy taomlaridan eng mashhuri, deb bemalol aytish mumkin.
Uni ba’zan osh deb ham atashadi. To‘ylar, bayramlar sayllar usiz o‘tmaydi.
Bu taomni har kim turlicha tayyorlaydi, har kim o‘zgacha palovni xush ko‘radi.
Odatda, palov tayyorlashdan oldin sabzi archilib, qalamcha shaklida
to‘g‘raladi. Biroz qizdirilgan qozonga maydaroq to‘g‘ralgan dumba solib eritiladi.
Keyin go‘sht solinadi. Bir oz qovurilgach, sabzi solinadi. U ham qovurilgach, ziravorlar solinib, qozonga suv quyiladi. Bu orada guruch tozalab yuviladi va ivitib qo‘yiladi.
140
Qozondagi masalliqlar biroz qaynatilgach guruch solinadi. U suvni shimib olguniga
qadar aralashtirib turiladi. Bunda sabzi-piyoz aralashtirilmaydi. Guruch suvni shimib
olgach, qozon o‘rtasiga to‘planib, bir necha yeridan qoshiq yordamida o‘yilib, qozon
yopiladi. Osh 15-20 daqiqa dimlanadi.
Ba’zan palovga behi, olma solib ham dimlanadi.
Mustaqillik – buyuk ne’mat
1991-yil 1-sentabr O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik kuni deb e’lon qilindi. Xalqimiz har yili bu kunni bayram sifatida keng nishonlaydi. Mustaqillik
sharofati bilan mamlakatimiz siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy hayotida chuqur
o‘zgarishlar sodir bo‘ldi.
1991-yil 18-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i tasdiqlandi.
Undagi moviy rang mangu osmon va obi-hayot ramzi, oq rang tinchlik ramzi, yashil
rang tabiatning yangilanishi, 12 ta yulduz quyosh yilnomamizga aloqador, navqiron
yarim oy esa mustaqilligimiz ramzidir.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi 1992-yil 2-iyulda tasdiqlangan. Gerbimiz
xalqimizning tinchlik, yaxshilik, baxt-saodat, farovonlik yo‘lidagi orzu-umidlarini
ifodalaydi.
Shuningdek, biz o‘z milliy valyutamiz, o‘z madhiyamizga ham ega bo‘ldik.
O‘zbek tiliga esa Davlat tili maqomi berildi. Baxtimiz qomusi bo‘lgan O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi 1992-yil 8-dekabrda qabul qilindi.
Mustaqillik davrida «O‘zbekiston Qahramoni», «Sog‘lom avlod uchun», «Mustaqillik», «Do‘stlik», «Amir Temur» ordeni kabi qator unvonlar joriy qilindi.
Hozirgi kunda yurtimizda O‘zbekiston havo yo‘llari Milliy aviakompaniyasi,
ko‘plab xorijiy davlatlarning elchixonalari, 59 dan ziyod oliy o‘quv yurtlari mavjud.
Vatanimiz rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidan shaxdam odimlab bormoqda.
Til
Shirin til – jon ozig‘i, deb bejiz aytishmaydi. Madaniyatli inson muomalada
shirinsuxan bo‘ladi, aslo qo‘pollik va dilozorlik qilmaydi. Miltiq o‘qi insonning turli
joyiga tegishi mumkin, lekin tildan otilgan o‘qning nishoni bitta, u faqat inson qalbiga
tegadi. Shirin va oqil so‘z umr ozig‘i va do‘stlikning mustahkam kalitidir. Qo‘pol va
yomon so‘z qahraton qishdagi yoqimsiz izg‘iringa yoki muzxonaga o‘xshaydi, hech
kim uning yoniga borib «muzlashni» istamaydi. Zahar til odamlarning asablarini
buzadi. Zaharli ilonning zaharli tishini olib tashlay oladigan jarroh topiladi, lekin
yoshligidan zahar so‘zlashga o‘rganib qolgan odamning tilini shirin qilish og‘ir va
mushkul ish.
Har jihatdan barkamol inson qaysi so‘zni, qayerda va qay xilda gapirishni
yaxshi biladi. Zero, xalqimiz «Til – aql tarozisi» deb bejiz aytishmagan, chunki har bir
aytilgan so‘z aql-u zakovatdan darak beradi.
Gul va Navoiy navosi
Alisher Navoiy o‘z asarlarida gul, uning vazifasini o‘taydigan giyoh va
o‘simliklar, gulga aloqador ashyolar, shuningdek, mavjudotlarning juda ko‘pidan va
xilma-xillaridan keng foydalanadi. Shu bilan bir vaqtda ulug‘ shoir o‘z maqsadlarini
ifodalashda gul va gulistonlardan ayrim g‘azallarining ba’zi baytlaridagina foydalanib qo‘ya qolmay, balki o‘nlab g‘azallarini butun-butunligicha ana shunday ifodalashga bag‘ishlaydi. Ularda o‘nlab xildagi gullar: nasrin, nastarin, nargis, nilufar,
141
savsan, rayhon, xino, zanboq guli, lola, sadbarg, ra’no, hazorg‘uncha, zag‘far, sumanpar; yoqimli hidi va go‘zal ko‘rinishi bilan gulni eslatuvchi giyohlar: sunbul, ishqi
pechan; manzarali daraxtlar: sarv, ar-ar, arg‘uvon, shamshod kabilar haqida
ma’lumot beradi. Ya’ni: guloroy — gul bilan bezangan, gulrez — gul to‘kuvchi,
gulpo‘sh — gul yopingan, qip-qizil gulday kiyingan, gulbang — yoqimli ovoz, bulbul
ovozi, guldastaband — majozan quyosh nurlari kabi iboralar Navoiy asarlarining
mazmunini ochib berishda mislsiz zo‘r xizmat qiladi.
Shuningdek, yuqorida aytib o‘tilgan iboralarning aksariyatini ulug‘ Navoiy sinonimiya vositasida turli variantlarda ishlatgan: gul, chechak, vard, shugufa kabi. Shu
bilan birga, gulga oid ko‘pchilik iboralardan omonimiya yordamida turli ma’nolar
hosil qilgan: gul (chechak), gul (bezak), gul (yashnamoq), gul (mahbuba), gul
(go‘dak), gul (umuman inson), gul (qizamiq) singari.
Buyuk shoirning asarlarida gul tushunchasidan foydalanish ko‘lami katta va keng.
Tabib
«Nosir buva o‘rikdan yiqilib tushibdi», degan xabar juda tez tarqaldi.
O‘g‘illari, qizlari, boringki, jamiki qarindosh-urug‘lari to‘plandi. Nosir buva yetmishga kirgandi. Shunday ekan, bu yog‘i ma’lum-da! Erkaklar bir-birlari bilan ma’noli
bosh chayqashar, xotinlar burchak-burchaklarda «otamo‘-o‘»lab yig‘lash mashqini
boshlashdi. Busiz mumkin emas-da! Axir, yetmishga kirgan ota o‘rikdan yiqilib,
so‘rida yotgancha inqillashni ham ja o‘rniga qo‘ymoqda. Faqat kampiri — Chaman
xola beparvo. Qarib miyasi suyulib qolgan-da, shu pallada sigirining kanasini terish
bilan band. Eshikdan o‘rtancha o‘g‘li Akramjon kirganidagina u sal sergaklandi.
Akramjon onasiga bosh irg‘ab qo‘ydi-yu, boshqalarga qaramadiyam.
— Ota, tuzukmisiz? — bemorni turtib so‘radi u.
— Ixi, ixi, ixi! A-a-akram, s-s-senmisan? — ota ko‘zini xiyol ochdi.
— Menman, otam, menman.
— Rozi bo’lasan endi, — deb vidolashganday ko‘zini yumdi.
— E, qayoqdagi gaplar bilan odamni qo‘rqitmang! — Akram qo‘l siltadi. —
O‘rikdan yiqilganlarning hammasi o‘laversa — sanoqli odamlar qolardi bu dunyoda!
— Sen oldin men yiqilgan joyni ko‘rgin! — bemorning ovozi dadilroq yangradi.
Hatto qo’lini ko‘tarib o‘rikka imladi. — Hov anovi ayridan yiqildim!
— E, bu ayri nima bo‘libdi! — Akram o‘rik tomon yurib, shart shoxga chiqdi. —
Shu yerdan yiqildingizmi? —so‘radi yana u.
— Ha, ha...
— Bu yerdan yiqilgan odam o‘lmaydi.
— O‘ladimi? Bo’lmasa menam tashlayman, o‘laman, birgalashib ketamiz. Mana qarab turing! — deb Akram tashlamoqchi bo‘ldi.
— Hay-hay-hay! — Nosir buva qaydan g‘ayrat topdi, o‘mganini ko‘tarib qo‘l
siltay ketdi.
— O‘lmaydikan, o‘lmaydikan! Tashlama, mana, men, o‘lmadim-ku!?
— O‘lmasa ham et-beti lat yeydi, o‘n-o‘n besh kun oh-voh deb ko‘rgani kelganlarning ovqatini yeb mazza qilib yotadi! Menam bekorchiman, ota, hasratlashib
yotamiz-da. Qarab turing!
— Yo‘-yo‘-yo‘q! Lat ham yemas ekan, mana! — bemor o‘rnidan dast turib ketdi.
— Qara, hamma yog‘im sog‘-u salomat! Tush!
142
Akramjon o‘rikdan tushdi. O‘g‘il-qizlar, qarindoshlar qo‘l siltashib jo‘nab
qolishdi. Chaman xola qo‘li bilan Akramjonning yelkasiga qoqdi:
— Akram, yaxshiyam sen borsan, bolam. Bilardim otang, o’lmasdi, ammo «ohvoh» qilib yotib olardi. Uch oy kasal boqardik.
Suvning tomchisi ham suv
Biz hamma vaqt, hamma joyda: «Nonni uvol qilmang. Non aziz, nonning ushog‘i
ham non», deymiz. To‘ylarda, yig‘inlarda, hatto uyda dasturxon atrofida nonushtaga
o‘tirganimizda ham keragidan ortiqcha non sindirilsa: «Qo‘ying, ushatmang, nonning
ortiqchasini uvol qilmang», deymiz.
Ammo suvni bemalol isrof qilish — oqizish mumkinmi? Suv-o‘tkazgich
jo‘mraklaridan suv to‘xtamay oqib yotsa ham: «Hoy, suvni bekordan bekorga sarflama. Uvol qilma, to‘xtatib qo‘y!» deb aytmaymiz. Vaholanki, ana shu suv bo‘lmasa
bug‘doy qayda, un qayda, non qayda?! Tejashni suvdan, suv qatrasidan boshlamoq
kerak. Uvolni, savobni izlamoq kerak. «Qatra-qatra yig‘ilib daryo bo‘lur» yoki «Toma-toma ko‘l bo‘lur», deb ona xalqimiz bejiz aytmagan. Nonning uvog‘i ham non
bo‘lganidek, suvning tomchisi ham suvdir. Gohida suv uvolini o‘ylab hayron qolaman.
Agar bizni uvoli tutsa, faqat suvning uvoli tutadi.
Ko‘pincha ko‘cha-ko‘yni to‘ldirib ibodat uchun masjidga o‘tib ketayotgan mahalladoshlarimizni ko‘rib xayolga cho‘maman. Ha, ular savob uchun namoz o‘qishi
ibodat. Zakot berish ibodat. Odamlarning joniga oro kirib og‘ir yumushini yengil qilish ham ibodat, savob, lekin ibodatning kattasi, savoblarning ulug‘i ham bor. Suvni
tejash, pokligini, sofligini, tozaligini, sifatini saqlash, uvol qilmaslik savoblarning eng
kattasidir, ibodatlarning eng ulug‘idir, amallarning eng chiroylisidir.
Faxriddin Turgoniy o‘z davridayoq suvlarni iflos qilmaslik haqida o‘ta ta’sirli,
foydali fikrlar bildirib, shunday she’rlarni yozib qoldirgan edi:
Bugun chashma suvin qilsang agar xor,
Boshqa icholmassan bu suvdan zinhor.
Bolalar! Ona-Vatanga, o‘zimizga, avlodlarimizga zarar keltirayotganimizni,
iste’mol qilinadigan oziq-ovqatlarga og‘u — zahar solayotganimizni, qolaversa,
o‘zimizni o‘zimiz zaharlayotganimizni bilyapmizmi? Sezyapmizmi? O‘z rizq-ro‘zimizni
qismaylik, o‘z umrimizga, bola-chaqalarimiz umriga o‘zimiz zomin bo‘lmaylik.
Oxir-oqibatda biz oqar suvlarga tashlab yuborgan oqovalar, axlat va kimyoviy
chiqindilar Orol dengiziga yetib borguncha achib-sasib, qurib, zahar-zaqqumga
aylanib, havoga ko‘tarilib, shamollar bilan qaytib yana boshimizga yog‘ilyapti. «Qaytar dunyo», deb shuni aytsalar kerak.
Halollik gigiyenasi
Dasturxonimizga tortiladigan taom masalliqlarini xarid qilishdan to uni
tayyorlab, pishirib, suzib keltirguncha ularning ozodaligiga e’tibor qilamiz. Muzxonada saqlaymiz, chang-g‘ubordan muhofazalash uchun doka-sochiqlar yopib qo‘yamiz.
Nihoyat, ovqatlanishga o‘tirishdan avval qo‘llarimizni yuvamiz; qoshiq va sanchqilarni qayta-qayta artishdan erinmaymiz.
Uncha-buncha ozodalik gigiyenasiga odatlanganimiz bois, mikrobdan
qo‘rqamiz, biroq ozodalik gigiyenasidan ilgariroq keladigan, ehtimol mikrobdan
dahshatliroq bo‘lgan halollik gigiyenasini xayolimizga keltirmaymiz.
143
Dasturxonimizga tortilayotgan masalliqlarni, tanovul qilayotgan nozne’matlarni halollab topdikmi? Qayerdan keldi ular ro‘zg‘orimizga? Qaysi
mehnatlarimiz evaziga qozonimizga solyapmiz ularni? Birovlarning haqidan urib qolganimiz hisobiga emasmi? Kimlarnidir qon qaqshatish hisobiga orttirmagan edikmi
ularni? Boshiga og‘ir musibat tushgan bechoradan tama yo‘li bilan undirib olgan
poralarimiz hisobiga emasmi?..
Nopok va harom yo‘llar bilan topilgan taomni jig‘ildonga tiqishtirayotib ozodalik gigiyenasiga har qancha rioya qilmaylik, bu bilan luqmamiz poklanib qoladimi?
Bozor munosabatlarining tinimsiz toblanishi, o‘tish davrining shiddati va behalovat turmush tarzi odamlarni shu qadar komiga tortib ketdiki, bunday nozik savollar haqida o‘ylashga, mulohaza yuritishga fursat yetmayapti. Eng dahshatlisi shundaki, mana shunday taqchillikka ko‘nika borganimiz sayin o‘zimizni savolga tutish,
o‘zimizni o‘zimiz tergash odati ham unutilib ketmoqda.
Ehtimol, bandasining tabiatida, fe’1-atvorida mana shunday bosar-tusarini bilmay
qolish odati mavjudligi uchun ham Alloh taolo hikmatlarga boy Ramazon oyini
yaratgan chiqar! Kundalik behalovatliklar orasida ma’naviy poklanmoqlik uchun
namoz fursatlari joriy etildi, yillik behalovatliklar ichra nafas rostlamoqlik uchun esa
ro‘za oyi belgilandi.
Nafasni rostlashni nafsni rostlash deya talqin qilsak ham yanglishmasmiz.
Tirik jon bor ekan, nafsiga quloq osmay iloji yo‘q, zero, hech bir banda
Payg‘ambarimiz alayhissalom singari go‘daklik kezlari nafs pardasidan xalos etilgan
emas. Bu yorug‘ olamning boqiy jumboqlaridan biri shuki, nafs bandalarining insoniylik martabasi, halolligi, diyonat va imon maqomi nafsini tiya olish-olmaslik bilan
belgilanadi.
Yaxshiyam, jamiyatimizda ijtimoiy muhofaza siyosati barqaror, aks holda shataloq otayotgan, imoniy nafsini bozoriy nafsga ikki qo‘llab almashlab yuborayotganlar
yana qanaqangi «karomatlar» ko‘rsatmas edi! Shuning uchun ham barchamiz «Halollik gigiyenasi»ga rioya qilaylik!
Tarix - haqiqat mezoni
Tarix — haqiqat mezoni, jarchisi. U alday olmaydi, aldanmaydi ham. Tarixiy
jarayonlarni yoshlarimiz, butun mamlakat ahli yangi ong hissi bilan qabul qilmoqda.
Amir Temur ham haqli ravishda ota yurti Shahrisabzda qurdirgan Oqsaroy peshtoqiga
«Qudratimizga shak-shubhangiz bo‘lsa, biz qurdirgan binolarga boqing», deb yozdirib qo‘ygan edi. Bu buyuk sarkardalik, o‘z kuch-qudrati, mustaqilligiga ishonch,
qat’iyat ramzi edi. Demak, Turonzamin yoshlari, ahli omma uchun ibratli iboralar bu!
«Tuzuklarida o‘qiymiz: «Dilda e’tiqod butun bo‘lsa, aslo naslimiz yo‘qolmagay,
tilimiz unutilmagay. E’tiqod susaysa, til emas, imon ham unutilgay. Haqiqat — sihatsalomatlik, haqiqat — tartib, haqiqat — adolat demakdir. Kuch adolatdadir».
Yo‘lboshchimiz yoshlarning yanada barkamol va sog‘lom, jismonan baquvvat,
ma’naviyati yetuk bo‘lishiga alohida ahamiyat beradi. Bu borada bobomiz Amir
Temurning olib borgan ma’naviy-ma’rifiy ishlari ibratlidir. Chunonchi, Sohibqiron
oila, nikoh, millat tozaligi va sofligiga katta e’tibor bergan. Chunki mamlakatning
istiqboli, kelajagi ham yoshlar, sog‘lom insonlar qo‘lida bo‘lishi tabiiy holdir. Millat,
qavm-u qarindosh, urug‘-naslning tozaligi insoniy xislatlar — ongning shakllanishi,
o‘z Vataniga sadoqat, millatparvarlik, tenglik, do‘st-u hamkorlikni barpo qilishga
bog‘liq.
144
Ekologik muammolar
Milliy xavfsizlikka qarshi yashirin tahdidlarni ko‘rib chiqar ekanmiz, ekologik
xavfsizlik va atrof-muhitni muhofaza qilish muammosi alohida e’tiborga molikdir.
Uzoq yillar mobaynida eski ma’muriy-buyruqbozlik tuzumi sharoitida bu muammo bilan jiddiy shug‘ullanilmagan. Tabiatni muhofaza qilish tadbirlariga arzimas darajada
kam mablag‘ ajratilardi. O‘rmonlar o‘ylamay-netmay, vahshiylarcha kesib tashlanar
edi. Yoqilg‘i va mineral-xomashyo zaxiralari real ehtiyoj bilan taqqoslanmagan holda
juda ko‘p miqdorda qazib olinganidan ko‘pchilik qismi qayta ishlanmagan chiqitlar
sifatida uyulib yotar edi. Tabiatni muhofaza qiluvchi eng oddiy tozalash inshootlariga
ega bo‘lmagan bahaybat sanoat korxonalari faol bunyod etildi. Natijada barcha
zaharli va zararli sanoat chiqindilari ulkan havo kengliklarini, suv havzalarini, yer
maydonlarini ifloslantiradigan bo‘ldi. O‘z ko‘lami jihatidan beqiyos darajada katta
gidroenergetika loyihalarini ro‘yobga chiqarish, transport kommunikatsiyalarini
(BAM, TurkSib kabi temiryo‘llarni, avtomobil, neft-gaz magistrallarini va irrigatsiya
tarmoqlarini) bunyod etish nafaqat tabiiy zaxiralarni qashshoqlashtirdi, balki butun
boshli aholi punktlarining yo‘q bo‘lib ketishiga, ekologik muvozanat, iqlim, odamlarning hayot va faoliyat sharoitlarining buzilishiga ham olib keldi.
Xalqaro tuzilmalarning zaxiralari, imkoniyatlari va investitsiyalarini ana shu
muammolarni hal qilishga jalb etish birinchi darajali vazifadir.
Ustozlarni hurmatlash bayonida
Har bir inson uchun o‘z muallimini va ustozini e’zozlash, hurmat va ehtiromini
ado qilish shartdir. Negaki, bu zotlar har qanday insonning ruhini tarbiyalaydi,
ma’naviy boylik bilan to‘ldiradi, har qanday ruhiy va maishiy kamchilik hamda illatlarni poklaydi, jaholat degan buyuk aybdan xoli va ozod qiladi.
Muallim va ustoz shunday zotki, u insoniyatni ilm bezagi bilan ziynatlaydi, ularga chiroyli va yoqimli fazilatlar bilan chiroy va oro beradi, tushuntirish bilan foydasiz
narsalardan odamni xalos etadi, insonni haqiqiy komil inson darajasiga yetkazish bilan bilim xazinasini ularning qalblariga joylaydi.
Muallim va ustoz shunday zotki, u sening insonlik haq-huquqlaring nimadan
iborat ekanini tushuntirib beradi, yaramas, yomon ishlardan qaytaradi va eng yaxshi
ishlar va fazilatlar sari yo‘l ko‘rsatadi. Ular sening yuksakliging va kamolga yetishingni o‘ylashib, hamisha jon kuydirishadi, el ichida o‘ylab, butun kuch va imkomyatlaringni ishga solishadi.
Muallim va ustozning vaqtlari qimmatli ekanligini bilib, aytganlariga diqqat bilan quloq sol. Bordi-yu, biror narsani tushunmay qolsang, odob va muloyimlik bilan
qayta so‘rashing zarur. Muallim va ustozing nima so‘rasalar kulib turib, odob va
ikrom bilan chiroyli so‘zlarni saralab javob ber. Ilm maskanidan tashqarida yoki
ko‘cha-ko‘yda ularni ko‘rib qolsang ta’zim bajo qil, qo‘lingni ko‘ksingga qo‘yib salom
ber.
Mohi ramazon halollik oyi
Barcha-barchamizni hushyorlikka da’vat etuvchi Ramazon kirib keldi. Mag‘firat
oyi, tavba oyi, mehr-muruvvat oyi, ezgu niyatlar oyi, badniyatlardan parhezlanish oyi,
145
yaratgan egamizdan qo‘rqadigan, hatto nafsi hakalak otib, halollik, vijdon, diyonat
so‘zlarini eshitganda istehzoli kuladiganlar ham o‘zini o‘zi savolga tutadigan oy:
Halol bilan haromning farqiga boryapmanmi?
O‘zganing haqiga xiyonat qilmayapmanmi?
Kibr-u havoga berilmadimmi?
Zulm o‘tkazmayapmanmi?
Umrimni o‘tkinchi hoy-u havaslarga sovurmayapmanmi?
Jaholat va mutaassiblikka og‘madimmi?
Mansabni suiiste’mol qilmayapmanmi?
Ma’naviy haq-huquqimni anglab yetayapmanmi?
Savolning cheki yo‘q, binobarin, Ramazon — savollar oyi desak ham to‘g‘ri
bo‘lar. O‘zgalar tergamasidan burun o‘zini o‘zi tergashga odatlanish ham imon belgisi. Ramazon, «Siz shunga qodirmisiz?» deya savolga tutmoqda har birimizni.
Bir nufuzli davraga haddan tashqari qimmatbaho yasan-tusan qilgan erkak-ayol
kirib keldi: qaragan ham, qaramagan ham havaslandi. Bir Ziyoli kishi, «Bu er-xotin
shu qadar shohona kiyinishga o‘zlarini qanchalik ma’naviy haqli deb hisoblaydilar?»
deya savol qotdi.
Hech kim javob bermadi, lekin savol ko‘pchilikni o‘ylantirib qo‘ydi. Ehtimol,
o‘sha tobda har kim o‘zini o‘zi dabdabaga haqlimanmi?.. Men shunday mavqeni egallab turishga haqlimanmi?..
Kun bo‘yi non-choydan tiyilib yurish aytarli mashaqqat emas, bu Ro‘zaning eng
jo‘n va zohiriy ifodasi, xolos, lekin halollik gigiyenasi nuqtayi nazaridan o‘zini taftish
etishga har kim ham qodir emas. Bunisi qiyin, Ro‘za esa — ushbu qiyinni
osonlashtirish uchun berilgan imkoniyat.
Iloyo, bir-birovimizni halollik yili bilan, imon asri bilan muborakbod etaylik.
Aziz yurtdoshlar! Ramazon oyida ana shunday qutlug‘ niyatlar bilan yashaylik!
Milliy mafkuraning negizi
Siyosiy tutqunlik og‘ir, lekin milliy o’lim — millatning butkul halokatidir.
O‘zbek xalqi o‘tgan asrda chorizm istilosi tufayli siyosiy tutqunlikka tushdi, biroq
milliy qiyofasini yo‘qotmadi. Ana shu milliy qiyofamizdan bugungi siyosiy mustaqilligimiz o‘sib chiqdi, chunki ma’naviyat siyosiy ozodlikka chorlayveradi. Prezident
aytganidek: «Jamiyatimiz mafkurasi xalqni — xalq, millatni — millat qilishga xizmat
etsin».
Milliy mafkuramizning negizlaridan biri — tilga bo‘lgan munosabatimizdadir.
Til — millat vakillarini mustahkam birlashtiruvchi, tutib turuvchi belbog‘. Demak, bu
ramziy belbog‘ning kuchi, qudrati siz-u bizlarning ona tilimizga bo‘lgan munosabatimizga bog‘liqdir.
Mafkura bo‘lmasa odam, jamiyat, davlat o‘z yo‘lini yo‘qotishi muqarrar.
Qayerdaki mafkuraviy bo‘shliq vujudga kelsa, o‘sha yerda begona mafkura hukmronlik qilishi ham tayin. Mafkura sohasida bo‘shliq vujudga kelishiga aslo yo‘l qo‘yib
bo‘lmaydi. Inson uzluksiz ravishda ezgulikka yo‘g‘rilgan ruhiy, ma’rifiy va ma’naviy
oziqa olib turmasa, bularning o‘rnini yot ta’sirlar ishg‘ol etadi.
Milliy mafkura millatning tub manfaatlarini nazariy asoslab berishiga va himoya qilishga da’vat etilgandir, uning bosh vazifasi ham shudir. Bizning istiqlol mafkuramiz asriy milliy qadnyatimizga, yangi vujudga kelgan va kelayotgan xalqimizning
146
bugungi va kelajakdagi manfaatlarini ifodalaydigan fikrlarga — xalq tafakkuriga
asoslanishi lozim.
Ismoil Somoniy maqbarasi
«Ilm-fanni egallash har bir muslima va muslimga farzdir». Bu da’vat ushbu
shahardagi madrasa eshigining yuqori qismiga o‘yib bitilgan.
Buxoro O‘rta Osiyoning ko‘hna shaharlaridan. Bu o‘lkani va unda qad
ko‘targan dastlabki shaharni aholi qadimda «Bug‘ora», ya’ni «tangri jamoli» deb
yuritishgan.
Buxoro ko‘p asrlar davomida O‘rta Osiyoning asosiy shahri bo‘lib keldi. Bu esa
arxitektura yodgorliklarining nihoyatda ko‘payib ketishiga sabab bo‘ldi. Hozir shaharni «muzey shahar» desa arziydi. Bu nomga, butun manzaralari saqlangan holda
o‘sib borayotgan qurilishlar, inshootlar juda mos keladi. Buxoro tarixiy obidalarga
juda boy. Bu obidalardan biri Ismoil Somoniy maqbarasi hisoblanadi.
Ismoil Somoniy 849-yilda Farg‘ona shahrida tavallud topgan. 14 yoshida otasi
vafot etib akasi Nasr qo‘lida qolgan. Ismoil Somoniy o‘z hokimligining (874-907)
dastlabki davrlarida katta qiyinchiliklarga duch keladi.
Ismoil Somoniy o‘z davrining yirik va aqlli davlat arboblaridan bo‘lgan. U asosiy diqqat-e’tiborini o‘z davri uchun ilg‘or hisoblanmish markazlashgan davlat tizimini joriy etishga qaratdi. Ismoil Somoniy shunday bir qudratli markazlashgan davlat
barpo qiladiki, bu davlat o‘sha vaqtda Sharqda shuhrat topadi. Ismoil Somoniy aqlli,
adolatli, shavkatli, fikr va tadbir egasi bo‘lgan. Ismoil Somoniy 907-yilda vafot etadi.
Taxtga o‘g‘li Ahmad (907-914) o‘tiradi.
Ismoil Somoniy maqbarasi Somoniylar nomli madaniyat va istirohat bog‘ida
joylashgan.
Maqbaraning ichki va tashqi devorlari jimjimador tiniq g‘ishtdan qurilgan.
O‘sha vaqtlarda koshin bo’lmagani uchun bino shunday usul bilan bezatilgan. Ustalar
kvadrat shaklidagi g‘ishtlarni har xil usulda terib devorni badiiy jihatdan juda chiroyli
qilib bezatganlar. Bu o‘ziga xos naqsh maqbaraning tekis devorini juda nafis qilgan.
Ertadan kechgacha quyosh og‘ishgan sari maqbaraning g‘isht bezaklari ham har xil
tusga kirib tovlanadi. Oy yorug‘ida, ayniqsa, chiroyli bo‘ladi. Jahon arxitekturasida
bu usulda bezatilgan birorta boshqa tarixiy yodgorlik yo‘q. Shuning uchun ham
maqbara jahon ahamiyatiga egadir. Agar bu maqbaraga har tomonlama qaraganda
yetti xil tovlanadi.
Maqbaraning to‘rt tomoni bir xilda. Maqbaraning yuqori qismida binoning bir
tomonidan ikkinchi tomoniga o‘tgan qirq darchali yo‘lak mavjud. Bu yo‘lak yodgorlikning chiroyini biroz ochadi va uning vazmin gumbazini yengillashtiradi.
Maqbara kvadrat shaklidagi pishiq g‘ishtdan qurilgan. Devorlari tekis bo‘lib,
to‘rt tomonidan bittadan ravoqli eshigi bor. Yog‘och xariga maqbaraning qurilgan
vaqti va boshqa yozuvlar yozilgan, sharq tomoni binoning old tomoni hisoblanadi.
Maqbara atrofiga g‘ishtdan maydoncha qurilgan. Hozir bu yerga sayohatchilar tez-tez
kelib turadi. Ismoil Somoniy maqbarasini Vatanimizdan tashqari joylarda ham yaxshi
biladilar. Maqbara kub shaklida bo‘lib, yarimsharsimon qubba bilan yopilgan.
Burchaklarida to‘rtta kichkina qubba bor. Devori qalin bo‘lganligi tufayli bu yodgorlik ming yildan beri yaxshi saqlanib keladi.
Ismoil Somoniy maqbarasi har tomonlama o‘z zamonasining manfaatlari va
ruhini aks ettiradi.
147
Yozma manbalar va xalq rivoyatlariga qaraganda bu yodgorlik somoniylar
sulolasi asoschisi Ismoil Somoniyning o‘zi hayot bo‘lganda otasining qabri ustiga
qurilgan. Keyinchalik o‘zi ham shu yerga dafn etilgan. Bu yodgorlik 892 va 907yillarda qurilgan deb taxmin qilinadi.
Yaxshi so‘z – muxtasar
Bir donishmanddan shogirdlari:
— Nima qilsak tinch va rohatda umr kechiramiz? — deb so‘radilar. Donishmand:
— Hech qayerda hech kimga birorta so‘z so‘zlamang, sukut eting, — deb javob
berdi.
Shunda shogirdlari:
— Axir, doim sukut etib yuraveramizmi, bu mumkinmi? Boshqacha yo‘l
ko‘rsating! — dedilar.
Donishmand shunday maslahat berdi:
— Sukut eta olmasangiz, so‘zlang, lekin qisqa va ma’noli so‘zlang, og‘zingizdan
sira ham nojo‘ya so‘z chiqmasin. Yomon so‘z tinglovchining ko‘nglini xira qiladi,
bundan saqlaning.
Bayt:
Yaxshi so‘zdan ko‘rasan mehr-u vafo,
Nomunosib so‘zlasang, yetgay jafo.
Ha, til bo‘lsa ham, bo‘lmasa ham — boshga balo. Shuning uchun donishmandlar so‘zni doriga o‘xshatadilar. «Ortiqchasi zarar keltiradi», — deydilar. Bu
fikrni ulug‘ bobokalonimiz Yusuf Xos Hojib o‘zining «Qutadg‘u bilig» nomli ilk turkiy
badiiy asarida shunday bayon etgan:
Tilingni avayla — omondir boshing,
So‘zingni avayla — uzayar yoshing.
Kishi so‘z tufayli bo’ladi malik,
Ortiq so‘z qiladi va boshni egik.
Bu fikrlar bundan o‘n asr ilgari aytilgan. Shundan buyon bu mavzuda yana
qanchadan qancha durdona fikrlar dunyoga keldi, ammo odamlarning SO‘Zga
bo‘lgan munosabati hamon turliligicha qolmoqda. Buning boisini XX asr shoiri Tolib
Yo‘ldosh shunday izohlaydi:
Bir so‘z bilan har kishi O‘zligini ko‘rsatar,
So‘z gavharin ko‘pincha Dono olar, ko‘r sotar.
Afsuski, o‘zlarining bo‘lar-bo‘lmas gaplari, mahmadonaliklari bilan kishilarning asabiga tegadigan va, eng muhimi, ularning sog‘lig‘ini, qimmatli vaqtlarini
o‘g‘irlaydiganlar hali ham kam emas. Duch kelgan kishiga qalbini ochiq maktubday
yoyib yuradigan bunday kimsalarga ko‘cha-ko‘yda ham, oshxona va majlislarda ham,
bazm-u jamshidlarda ham tez-tez duch kelib turamiz.
Alisher Navoiy bunday kishilarni kechalar tong otguncha tinmay huradigan itga
o‘xshatadi va davom etib yozadi: «Oz gapirmoq hikmatga sabab; oz yemoq —
sog‘liqqa sabab. Og‘ziga kelganni demoq — nodonning ishi va oldiga kelganni yemoq
— hayvonning ishi».
Bayt:
«Ko‘p demak birla bo‘lmagil nodon,
Ko‘p yemak birla bo‘lmagil hayvon».
148
Demak, inson har qanday sharoitda ham kerakli so‘zlarnigina aytishi, tiliga ortiqcha erk bermasligi lozim.
Hayo ko‘zdan bilinur
Hayotiy tajribalar va olimlarning xulosalari shundan dalolat bermoqdaki,
odamzod dunyoga kelib neki topgan bo‘lsa, hayo va ibo tufayli, neki yo‘qotgan bo‘lsa,
hayosizlik va ibosizlik tufaylidir. Bu tuyg‘u inson deb atalmish eng sirli mo‘jizani
hayvonot dunyosidan farqlaydigan, tabiat va jamiyat muvozanatini saqlab turadigan
eng nozik, eng ilohiy tuyg‘udir.
Yaratganga beadad shukrlar bo‘lsinki, u o‘zi suygan bandalarning qalbida mudrab yotgan halol va haromning, ibo bilan hayosizlikning farqiga borish tuyg‘usini
qaytadan uyg‘otmoqda.
Bizga sadoqatlik do‘st, iboli suhbatdosh tanlashda odamlarning so‘zidan ham
ko‘ra, ularning ko‘zlari ko‘proq yordam beradi. Ulug‘lar yuziga har qanday holda
ham tik boqmaslik bizga ota-bobolarimizdan qolgan tabarruk merosdir. Jumladan,
payg‘ambarlarimizdan hikoya qilingan kitoblardan birida bu haqda quyidagi rivoyat
ibratli bitilgan: «Payg‘ambarimiz Ibrohim Halililloh tush ko‘rdilar. Tushlarida vahiy
kelib, qurbon kerak, dedi. Ibrohim yuz tuya qurbonlik qildi. Parvardigor: — Bir dilga
ikki suyaklik sig‘mas: yo Ismoilni (Ibrohimning o‘g‘li) yoki meni degil, — dedilar.
Halil o‘g‘lini qurbonlik qilishga rozilik berdi. U o‘g‘lini yuvintirib, kiyintirib safarga
olib chiqib, qurbon qilishga taraddudlandi. Shunda shayton Ismoilga:
— Otang sening joningni olishga olib ketyapti. Sen qochib, ket, — dedi.
Ismoil shaytonning so‘ziga kirmadi, aksincha, otasining qurboni bo‘lishga
rozilik berdi va otasiga quyidagi iltimoslarini bildirdi:
1. Qo‘limni bog‘lab qo‘yingki, qizg‘ish qonim sizga sachrab osiy bo‘lmayin.
2. Qonli to‘nimni onamga elting. Toki menga to‘ymagan onam duo qilib
tursinlar. Bergan oq sutlariga rozi bo‘lsinlar.
3. Boshimni kesar holatda yuzimni yerga qaratib qo‘yingki, Sizga bog‘araz nigoh bilan boqib qo‘ymayin.
Ota-o‘g‘il yig‘ladilar. Ota o‘g‘il aytganlarini bajardi. Ibrohim o‘tkir pichoq
uchini Ismoilning bo‘g‘ziga tiradi. Pichoq o‘tmadi. Halil pichoqni qattiq toshga urdi.
Tosh kesildi... Shu payt hazrat Jabroil bir katta qo‘chqor keltirdi va Ismoilga tahsin
aytib, shu qo‘chqorni qurbonlik qilishni buyurdi...» Qarang, hatto qurbon qilmoqchi
bo‘lgan chog‘ida ham ota ra’yiga qarshi bormaslik, jumladan, unga g‘araz nigoh bilan boqib qo‘yishdan qo‘rqishlik tuyg‘usi Ismoilni banogoh o‘limdan qutqarib qoldi.
Aksincha, bo’lganida esa uning o‘limi muqarrar edi. Ma’lum bo‘lishicha, ota-ona va
ustozlar yuziga har qanday sharoitda ham tik boqmaslik nafaqat o‘zbeklar, balki butun musulmonlar uchun xos ekan.
Millatni birlashtiruvchi bayroq
Aslida ma’naviyat tushunchasi ma’rifat va madaniyat tamoyillari bilan birga
milliy mafkurani ham o‘z qamroviga oladi. Milliy mafkura nazariy faoliyat bilan
bog‘liq bo‘lib, u ma’naviyatning tarkibiy qismini tashkil etadi. Mafkura falsafiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy-estetik tafakkurning nazariy asoslariga suyanadi.
Prezidentimizning «Kuch — bilim va tafakkurda» degan dono hikmati mafkura
haqidagi mulohazalarimizga tag‘in ham oydinlik kiritdi. Ana shu shiordek eng
149
yangroq, eng teran mushohadalar haqida o‘ylarkanman, beixtiyor olis moziy esga
tushadi...
Bizning milliy mafkuramiz ko‘p ming yillik juda boy merosimizga, milliy qadriyatlarimizga, mutafakkir, ajdodlarimiz ta’limotlariga va ilg‘or zamondoshlarimizning
zakovatiga suyanadi va ayni mahalda umumbashariy ma’naviyatning sarchashmalaridan oziqlanadi. Shuning uchun ham tub mohiyatiga ko‘ra millatimiz mafkurasi ham
baynalmilal, ham umuminsoniydir. Mafkuramizning yagona milliy mafkura ekanligi va
bu maqomning O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan va shu yurtning fuqarosi sanalgan
130 dan ziyod millat vakillari manfaatlariga zid kelmasligi barchaga ayon. O‘zga millat vakiliga ham ikki davlat fuqaroligi huquqining berilmasligi biror millatga mansub
vatandoshimiz qadr-qimmatini o‘zgalardan juda yuqori tutmaslik yoki kamsitmaslik
natijasidir.
Albatta, Oktabr to‘ntarishidan keyin eng zukko jadidlar va taraqqiyparvar ziyolilar shakllanib borayotgan bugungi mafkuramizni orzu qilgan bo‘lishlari mumkin.
Shunday bo‘lgan chog‘da ham ularning ezgu-umidlari faqat farazligicha qolib ketishi
tayin edi. Qizil imperiya hukm surgan davrda milliy mafkura tamasida bo‘lish
taxayyulning o‘zginasi edi, xolos.
Qizil imperiyaning sho‘rolarga xos, ya’ni har qanday milliy tuyg‘uni tahqirlovchi yakkahokimlikka asoslangan eng jirkanch mafkurasini yurtboshimiz tamoman
yaroqsiz, deb topdi va barcha tamoyillarining mustabid tuzum manfaatlariga xizmat
qiluvchi mohiyatini ochib tashladi.
Ranglar jilosi
Oq rang tozalik, musaffolik, iffat, yorug‘lik, donishmandlik, haqiqat va ezgu —
iroda ramzidir. Bular oq rangning bir jihati, biroq boshqa jihatiga ko‘ra u motam,
o‘lim, qo‘rqoqlikni ifodalaydi. Yaponiya va Xitoyda aynan oq rang motam va qayg‘u
rangi hisoblanadi.
Qora rangli kiyim kiyishni yoqtiruvchi odam hamma narsalarga qarshi, o‘jar.
Isyon bilan hammasidan voz kechishni istaydi. Bu holat kishining kuch to‘plashi uchun
vaqtincha chekingan, tin olgan davriga muvofiq keladi. Qora rangning ijobiy sifatlari
ham yo‘q emas: masalan, nikoh to‘ylarida kuyovning qora kastum-shimda bo‘lishi yoki qora kastum-shimning rasmiy marosimlarda kiyilishi bu rangning obro‘-e’tibor,
tantanavorlik ramzi ekanligini ham ifodalaydi.
Qizil rang inson hayotidagi eng kuchli hayajonni ifodalaydi. Mutaxassislarning
kuzatuvlariga ko‘ra, kishining qizil rangli kiyim tanlashi uning o‘zini namoyon etishga
bo‘lgan harakati bilan bog‘liq. Shuningdek, qizil tartibsizlik, inqilob, mavjud tartibqoidalarga bo‘ysunmaslik, ularni rad etish alomati hamdir. Qizilning manbayi olov, u
issiqlik va harorat beradi, shuningdek, u muhabbat rangi ham hisoblanadi.
Sariq rang — ochiqlik, faollik, ozodlikka va kuch-quvvatga intilish rangi. Sariq
quyosh va yoz faslining rangi, u kelajakka umidvorlikni o‘zida ifodalaydi. Sariq oltin
rangi bo‘lganligi uchun shon-shuhrat va ilohiy hukmronlik ramzi ham hisoblanadi.
Kulrang u na oq, na qora, o‘rtalikdagi neytral chegara rangdir. Kimki bu rangga ko‘proq moyil bo‘lsa, demak, u o‘zini hamma narsadan to‘sib chegaralab olishni,
har qanday majburiyatlardan xalos bo‘lib, hech narsada ishtirok etmaslikni istaydi.
Kulrang kiyingan odam boshqalarning o‘zi haqida bilishlarini istamaydi: kulrang —
sirlarni yashirish xususiyatiga ega.
150
Ko‘k rang — ochiq osmon va dengiz rangi sifatida o‘zida yuksaklik va chuqurlikni ifoda etadi. Ruhshunos olimlar ko‘k rangning inson asablariga tinchlantiruvchi
ta’sir ko‘rsatishini aniqlagan. Boshqa jihatdan ko‘k beo‘ylik, turg‘unlik, hayotdan
ajralib qolish kabilarni ifodalaydi. Havoyilik, havoyi o‘ylar kabi iboralar ham ko‘k
rangning ana shu sifatlari bilan aloqador. Ko‘k sodiqlik va tartib-intizom rangi ham
hisoblanadi.
Yashil rang — tiriklik, o‘sish va umid ramzi. Bahor fasli chechaklari rangi.
Boshqa bir jihatiga ko‘ra u zahar, kasallik va g‘o‘rlikni ham bildiradi. Shuningdek,
yashil rang mo‘1-ko‘lchilik, to‘kin-sochinlik, rivojlanishni ham bildiradi. Islom dinida
yashil ilohiy rang sanaladi.
Karvon qo‘ng‘irog‘i
Karvon qo‘ng‘irog‘i jarangi. Bugun va o‘tmish sadosi uyg‘unlashadi. ...Bir
yonda yangi-yangi keng, ravon ko‘chalar, osmono‘par zamonaviy binolar bilan sayqal
topgan ulug‘ poytaxt — shahri azim, mustaqil yurt faxri — Toshkent! O‘zini anglamoqchi bo‘lgan, avvalo, poytaxtini sevadi.
Bir yonda Asaka zavodi. O‘zbekning yengil mashinalari. Nelarga qodir emas bu
xalq. Kechagina «Senlar bitta velosiped ham ishlab chiqarolmaysan» degan
g‘animlarimiz ko‘rsinlar buni.
Bir yonda Qamchiq dovoni. Yaxshilar yo‘l quradi, ko‘priklar bunyod etadi.
«Savob ishni har kuni qil, har dam qil».
Sanasak faxr etgulik muvaffaqiyat ko‘p, ammo ular orasida eng muhimi, hamma
xalqqa, hamma elga suv-u havodek zarur — ulug‘ ne’mat — Tinchlik bayrog‘i bilan
yangi asrning issiq, nurli quchog‘iga talpinyapmiz.
«Insoniyat yangi XXI asrga qadam qo‘yganida bizning o‘rnimiz qayerda va
qanday bo‘ladi?»
«Xon bo‘lsang-da bog‘ yarat, gadoy bo‘lsang-da bog‘ yarat — bir kunmas bir
kun mevasini tatirsan».
Yangi mingyillikda O‘zbekistondek bebaho bog‘, gulshandiyor bilan kirib
boryapmiz. Yangi dunyoga xarobalar emas, mana shunday ko‘rkam bog’lar yaratib
bergan xalqning to‘rdan joy olishga haqqi bormi-yo‘qmi? «Yaxshi niyat — yarim
davlat». Bu so‘zni mendek bir qalamkashning niyati deb qabul qilsangiz, murod hosil.
Zero, yangi ostonada turgan, avvalo, yaxshi niyat qiladi.
Qaysiki oila, qaysiki bino va qaysiki asr poydevori poklik asosiga qurilar ekan, unda
totuvlik, hamjihatlik adolat va tinchlik barqaror bo‘ladi.
Yangi mingyillik!
Yangi asr!
Men senga pok g‘isht qo‘yishni istayman. Karvon qo‘ng‘irog‘i eshitilyapti.
Hayajonli tarixiy damlar.
Yana ming yillardan so‘ng shunday hayajonli daqiqalarda avlodlarimizning
yangi dunyoni pok kutib olishlarini istayman.
Qalb go‘zalligi – inson ziynati
Odamzod hamisha go‘zallikka intilib yashaydi. Afsuski, bunda tashqi ko‘rk – tarovat-u husn-malohatning hamisha qo‘li ustun. Ma’naviy pokdamonlik, qalb go‘zalligi
ko‘pincha e’tibordan chetda qolib, o‘z bahosini topavermaydi. Vaqt o‘tishi bilan yuz151
ko‘zdagi o‘t-o‘lov o‘rnini son-sanoqsiz ajinlar egallaydi, adl qomat esa kamondan
to‘n kiyadi.
Botiniy malohat esa aksincha. Xuddi sharshara ostidagi gavharmijoz yillar
davomida sayqallashadi, yangi-yangi qirralari ochiladi, tobora tiniqlashib, ruhiy kamolat sari ko‘tariladi.
Biroq, inson inson-da, o‘tkinchi dunyoga aldangani yetmaganiday ko‘zga tez
tashlanuvchi «yulduz»larga umid bog‘laydi va tong yorishib, quyosh borliq uzra zarrin nurlarini sochgandagina qalbida son-sanoqsiz armonlar ila adashganini anglab
yetadi. Ruhning haqligini kunduzi barcha barobarligini tushunaveradi. Bor hikmat
shundaki, uning qudratini tundayoq his etmoqqa qodir tafakkur kerak.
Insoniyat yaralganidan buyon davom etib kelayotgan surunkali ofatlardan biri
bu komil inson qadr-qimmatini vaqtida baholay olmaslik, qadriga yetmaslik, iliq
nafasiga quloq tutmay, g‘animat damlarni g‘aflatda, razolat vajaholat iskanjasida
o‘tkazmoqlikdir. Biroq, bu ham xatoning oxiri emas. Hamma balo poklikni inkor etish
bilan nopoklar yo‘liga poyandoz to‘shalishidadir. Goho hayratdan yoqa ushlaysan:
nahotki, ezgulikning peshanasi bu qadar sho‘r bo‘lsa, oqillikning puch yong‘oqchalik
qadri sezilmasa, yaxshilar jazo topsa, yomonlar sarbaland yursa?
Yo‘q, bunchalik emas. Axir, inson uchun dil farog‘atidan ortiq ne’mat bormi?
Nega gunohlarimizdan pushaymon bo‘lish, istig‘for aytish, tavba-tazarru qilish,
oxiratni o‘ylash o‘rniga oxirgi nafasga qadar moddiy boylik, mol-dunyo uchun
o‘zimizni o‘tdan cho‘qqa uramiz, dil oynasini xiralashtiramiz. Holbuki, bu dunyoda
chinakam qayg‘urishga arziydigan bitta yo‘qotish bor, u ham bo‘lsa, imondan
ayrilmoqdir.
She’riyatning cho‘g‘i
Mirtemirning she’riyati adirlar, qirlar, uvalar, dalalar, bog‘larning manzaralari bilan to‘liq bir she’riyat. Chunki uning tug‘ilgan joyi Turkistondagi Qoratog‘
etaklari — ko‘klam toshqinlaridangini lablarini ho‘llab olguvchi soylar, qizg‘ish qirlar va cheksiz sayhonlari onda-sonda bir uchraydigan muzbuloqlar toshqinlardan
paydo bo‘lgan ko‘llar yurti... Mirtemir tabiati mana shunchalar rangdor yurtda 1910yilning yoz oylarida dunyoga keldi.
Mirtemirni olam va borliq — tabiat kitobini o‘qishga onasi o‘rgatdi. Uning
go‘dak hislarini olijanob bir izga soldi. Yuragiga go‘zallikdan bahra olish tuyg‘usini
quydi. So‘zning ta’mi, totidan zavq ola bilishdek noyob bir san’atga qalbida muhabbat
va qiziqish uyg‘otdi. Mirtemirning onasi so‘zga g‘oyat chechan, zukko, kayvoni onalardan edi. U kishi hamma so‘zlariga maqol bilan rang va ma’no berib so‘zlar ekanlar.
She’riyat cho‘g‘ini o‘g‘il yuragiga solgan mehribon ona siymosi shoirning butun ijodida ezgulikning porloq bir ramzidek gavdalanib turadi.
«...Hovlimizda bir tup jiyda bo’lardi — quchoq yetmas, nuqra yaproq,
bobomning bobosini ko‘rgan non jiyda... Onam hamisha shu jiyda tagida bir nima tikib yoki yamab, un qorib yo xamir kesib o‘tirgani hamon ko‘z o‘ngimda. Agar men
biror sho‘xlik qilsam, shu jiyda tagida turib, qo‘lini yanar edi. Agar biron xush yumush qilsam, shu jiyda tagida olqish olar edim.
Ayniqsa, gullaganda, yopiray, buning hidi... Hech gulda bunaqangi hid bo‘lmas,
pishganda-chi? Hovli yuzi yaltiroq yoqut donlarga to‘lib ketar edi. Ta’mi-chi? Nonday
to‘q. Shirin, shifoli. Onam xalta-xalta qoqilab olar edi yoz bo‘yi.
152
Men hovlimga bordim, bolaligimda ko‘rganlarimdan yolg‘iz shu jiyda qolibdi —
tarvaqay, g‘adir. Chiyroq qadimgidek. Men jiyda yoniga kelib tiz cho‘kdim va g‘o‘dir
po‘stloqlariga peshanamni qo‘yib pichirladim: «Onajon...»
Bu yo‘lda xato qilma
Bahor fasllarni eng qaynoq, eng sertashvish, ayni zamonga eng zavqbaxshi.
Undan gulyaproqlarni atri, jonbaxsh ellarni sho‘xligi, uyg‘ongan hayotni jilvasi...
Daraxtlar gullaydi, qushlar kuylaydi... Ularni gullarida ham, qushlarning kuylarida
ham zurriyod istagining taronasi. Nebaxt, tabiat taqozosi bu!
Bu taqozoga inson ham bahramand. Unda ham bahor kabi qiyg‘os gullaydigan,
qushlar kabi sevgi taronasida kuylaydigan oltin davr bor. Bu davr uni o‘n sakkiz yoshi. Bunga «balog‘at» «sevgi yoshi» ham deydilar. Mayli, gap uning nima deyishdan
emas, mohiyatidan. Darhaqiqat, o‘n sakkizga kirganki bor, qalbi muhabbatga yo alami bilan jarohatlangan, yo lazzati bilan baxt dukuridan to‘lgan bo‘ladi.
Xo‘sh, bu savdoga hamma ham bir xil qaraydimi?
Afsuski, yo‘q. Ba’zi yoshlar sevgini shunchaki ko‘ngilxushligi deb yengil-yelpi
qarashsa, ba’zi keksalar, uni bog‘lovchi, yaratuvchi, baxt-saodat keltiruvchi kuchini
tan olmaydilar.
Bu boradan farzand uchun eng ko‘p jonkuyar, eng to‘g‘ri maslahatgo‘y, eng
yaqin do‘st ota-onadir.
Darhaqiqat, ota-ona roziligi, ayniqsa, maslahati bilan qurilgan yosh oila qariyb
zavol ko‘rmaydi.
To‘yga aytmadingiz
Saodat xola akajonimni yo‘qlab kelay deb, ertalabdan issiq non yopib, dasturxoncha qilib, qo‘shni qishloqqa paxtazor oralab yo‘lga tushibdi. Bog‘ tarafdan o‘tdi,
bu yerga kelib bolakay davrlari esga tushdi, jajjiligidagi o‘rtoqlari yodiga keldi.
Birdan hovlidan kelayotgan ovozni eshitib to‘xtab qoldi. Musiqa ashula, «Tabriklaymiz», «Kelinchak qutlug‘ bo‘lsin!» degan so‘zlarni eshitib, beixtiyor xo‘rligi kelibdi.
«Huv desa, yetadigan joydaman, bir og‘iz: «Opajon, kelin olyapmiz!» desa bo‘ladi»,
deya o‘z-o‘ziga gapirganicha kelgan yo‘liga qaytibdi.
Uyga kelsa, akajonisi so‘rida xo‘jayini bilan choy ichib o‘tirganmish.
— Ha, to‘yni boshlab, endi aytgani keldingizmi? — debdi o‘pkaginasi to‘lib
Saodat xola.
Saodat xola eshitganlarini to‘kib solibdi.
— Ha, singilginam-a, — debdi akasi. — Axir, u magnitofon-ku? O‘sha sen
«uylantirib» qaytgan jiyaning kecha qo‘ymasdan bozorchadan bir qo‘zichoq o‘rniga
o‘shani oldirdi. O‘rtog‘ining to‘yini «yozib» kelgandi. Shuni eshitib o‘tirishgandir,
shumtakalar.
Zulfiyaxonim
Dunyo qadim-qadimdan sharq ayoli, turkiy ayollarni yaxshi tanigan. Tarixning
barcha bosqichlarida ular dunyoga o‘zining borligini goh mardlik, jasorat bilan, goh
tadbir-u oqilalik bilan, goh she’riyat bilan bildirib, tanitib, tan oldirib kelganlar. Ana
shu zotlardan biri Zulfiyaxonim bo‘lib, u el muhabbatiga, ayollar ishonchiga tasodifiy
153
bir holatda muyassar bo‘lgan emas. Opaning huzuriga olis qishloqlardan yuzlari quyoshda qorayib ketgan, ajinlari bolalagan ayollar qo‘llarida go‘dagi bilan madad
so‘rab kelardi. Ustoz ularning boshini silar edi, yupatar edi.
«Sakson yil lovullab so‘nmagan o‘tman», deydi Zulfiyaxonim she’rlarining birida.
Men dengizning labida turdim,
Dengiz to‘lib chayqaldi yurak.
Xalqnlng og‘riqlariga, quvonchlariga joni bilan tutashmagan shoira bunday yoza olmaydi.
Biz shoiraning ovozlarini, chiroyli qarashlarini, issiq qo’llarini sog‘ingan edik.
Ular xonaga kirganda bir qalqib tushib, o‘zimizni o‘nglab olar edik.
Balki, Prezidentimiz Farmoni bilan adabiyotimizga kirib kelayotgan yangi
Zulfiya qizlarining kuchli ovozlari bu sog‘inchimizni bosar. Balki, ustozni ko‘rgan
ko‘zlarimiz bilan bir-birlarimizga termulib, bu sog‘inchga malham toparmiz. Nima
bo‘lganda ham biz «Bu bog‘lar bir bog‘lar bo‘ladi hali» degan taskin bilan yashaymiz.
Eng yaxshi dori
Shunday xastalar bo‘ladiki, ularni faqat so‘z bilan davolamoq zarur. Abu Ali
ibn Sinoning fikriga qaraganda, bemorni dori-darmon bilan birga so‘z bilan davolagan ham afzal, chunki so‘z shunchalik sir-sinoatga ega bir mo‘jiza hisoblanadi.
Bir og‘iz shirin so‘z. Siz bu so‘zning naqadar umidbaxsh va katta qudratga ega
ekanligini his qilganmisiz? Qiziq, ba’zan noyob dori-darmonlar-u zamonaviy meditsina asbob-uskunalari ham ojizlik qilib qolganda ana shu bir og‘iz so‘z bemorga ruhiy
dalda, jismoniy quvvat bag‘ishlaydi! Chunki so‘z xoh yaxshi, xoh yomon bo‘lsin, avvalo, bosh miyaga ta’sir qiladi. Bosh miya esa organizmdagi butun jarayonlarni
boshqaradi va nazorat qilib turadi. Yomon so‘z orqali asabiylashganda, odamning aftangori o‘zgaradi, rangi o‘chadi, qo‘l va oyoqlari titraydi, quloqqa so‘z kirmaydi,
nafas olishi va yurak urishi tezlashadi. Shu payt kishi o‘zini bosib ololmasa, yomon
kasallikka chalinishi mumkin.
Rivoyat qilishlaricha, bir kuni Luqmoni Hakim ko‘chada ketayotgan ekan.
Qarasa, sal oldinda borayotgan bir qiz dam-badam qon tuplarmish. Hakim qiz uyiga
kirib ketgach, uning orqasidan kirdi. Luqmoni Hakim qizning otasiga: «Qizingiz bedavo dardga uchrabdi, afsuski, muolajaning iloji yo‘q», debdi. Uning bu so‘zlarini
haligi qiz eshik orqasida eshitib turgan ekan. Birdan yuragi duk-duk urib, qaltirab yiqilibdi va hushidan ketibdi. Xullas, shu bir og‘iz so‘z oqibatida qiz ruhiy dardga giriftor bo’lib, olamdan o‘tibdi.
...Kunlarning birida qizning otasi Luqmoni Hakimni uchratib qolibdi. Shunda
ota:
— Taqsir, qizim bedavo dardga chalinganini qanday bilib edingiz? — deb
so‘rabdi. Luqmoni Hakim debdi:
— Qizingiz ko‘chada kela turib, bot-bot qon tuplaganini ko‘rgan edim.
Bu javobni eshitgan chol shart etib, o‘z peshanasiga uribdi. Keyin sal o‘ziga
kelgach:
— E, attang, qizim o‘sha kuni shotut yeb edi, siz ko‘rgan tupik shotut sharbati
edi-ku! E, attang! — debdi.
Hakim chol oldida tiz cho‘kib, uzr so‘rabdi:
154
— Siz menga va bizdan so‘nggi avlodlarga unutilmas saboq berdingiz. Bir so‘z
bilan soppa-sog‘ odamni o‘ldirish yoki bemorni oyoqqa turg‘izib yuborish mumkin
ekan! Yunonlar: «Dardni bilmasang, yaxshisi sen bemorni tinch qo‘y», — deb bejiz
aytmagan ekanlar.
Glossariy
Fonetika -Звуко-буквенный состав языка
Unlitovushlar – гласные звуки
Undoshtovushlar – согласные звуки
So’zo’zgartiruvchiqo’shimchalar – формообразующие окончания
So’zyasovchiqo’shimchalar – словообразующие окончания
Tovush - звук
Bo’g’in - слог
Urg’u - ударение
So’zturkumlari - части речи
Ot - имя существительное называет лицо, предмет, место или время
Kelishiklar - падежи
Egalikaffikslari - аффиксы принадлежности
Sifat - прилагательное, обозначающее признак лица или предмета
Sifat darajalari - степени прилагательных. Сопоставление одинаковых качеств
предмета
Son – числительное. Слова, обозначающие количество или порядок предмета
Ravish - наречие.Часть речи, обозначающая признак действия, качества, реже
предмета.
Olmosh - местоимение. Слова употребляемые вместо существительных, прилагательных, числительных и иногда наречий
Fe’l – глагол. слова, обознaчающие действие или состояние предмета
Ko’makchi - послелоги. Служебные слова, связывающие имена существительные и слова, употребляемые вместо них с другими частями речи, особенно с глаголом.
Bog’lovchi – союзы. служебные слова, связывающие однородные члены предложения или части сложного предложения.
155
Yuklama - частицы.Служебные слова, придающие предложению или отдельным
словам различные дополнительные значения.
Sinonim- Синонимами называются слова, различные по своему звучанию, но
близкие по значению
Antonim - слова с противоположным значением
Omonim - слова одинаковые по форме и различные по значению.
So’ztarkibi - состав слова
Qo’shmaso’zlar - сложные слова состоят из или более корней
Juftso’zlar - парные слова образуются от двух различных слов
Frazeologizmlar - устойчивое сочетание слов, употреблямое чаще в переносном
значении. Фразеологизмы по смыслу равны одному слову
Leksika - раздел языкознания, изучающий словарный состав языка.
Morfologiya - Морфология изучает части речи и их грамматические категории
Sintaksis- раздел грамматики, изучающий формы и типы предложений, структуру словосочетаний и связи слов в словосочетании и предложении.
Soddagaplar - простое предложение. В нём одно подлежащее и сказуемое, т.е. в
котором повествуется об одном действии
Qo’shmagaplar - сложное предложение , состоит из двух или более простых
предложений Ishqog’ozlari - деловые бумаги
Nutq uslublari - Стили речи
HUJJARLARDAN ILOVALAR
Korxona nomi _______________________________
«_____» __________________________20_____ yil.
YUK XATI
Kimdan:____________________________________
Kimga: ____________________________________
Ishonch qog‘ozi: ______________________________
156
Summasi
Narxi
Mahsulot nomi
Miqdori
T/R
№
O‘lchov
birligi
___________________________________________
Rahbar: _____________
Bosh hisobchi: ________
Topshirdi: ___________
Qabul qildi:__________
157
SO‘ROVNOMA
1. Familiyangiz ____________________________________
Ismingiz _________________________________________
surat o‘rni
Otangizning ismi __________________________________
2. Agar familiyangiz, ismingiz yoki otangizning ismi
o‘zgargan bo‘lsa uning qachon o‘zgarganligi va
sababini ko‘rsating.
3. Tug‘ilgan vaqtingiz va joyingiz
(kuni, oyi, yili, qishlog‘i, shahri (tumani), viloyati,
respublikasi).
4. Millatingiz.
5. Partiyaviyligingiz.
6. Ma’lumotingiz, qachon va qaysi o‘quv yurtini
tamomlagansiz (diplomlaringiz №).
Mutaxassisligingiz (diplom bo‘yicha).
Ixtisosligingiz (diplom bo‘yicha).
7. Ilmiy darajangiz, unvoningiz, qachon berilgan
(diplomlaringiz №).
8. Ilmiy ishlaringiz.
9. Qaysi chet va MDH xalqlari tillarini bilasiz, qay
darajada.
** So‘rovnoma o‘z qo‘li bilan ma’lumotlarni to‘liq ko‘rsatgan holda yoziladi.
158
10. Yaqin qarindoshlaringiz (o‘zingiz va turmush o‘rtog‘ingizning ota-ona, aka-uka, opa-singillaringiz,
bolalar hamda qaynota-qaynonangiz)*
Qanaqa qarindosh
Familiyasi, ismi va
otasining ismi
Tug‘ilgan yili va
joyi
Ish joyi va lavozimi
Turar joyi
*) Agar xotin erining familiyasida bo‘lsa, u turmushga chiqquniga qadar bo‘lgan familiyasini ko‘rsatishi zarur.
159
11. Mehnat faoliyatingiz (oily va o‘rta-maxsus o‘quv yurtlarida, o‘qish vaqti, harbiy xizmat, o‘rindoshlik
ishlari va boshqalar ham qo‘yiladi)
(Ushbu bandni to‘lg‘azganda korxona va muassasa nomlari o‘sha vaqtda qanday atalgan bo‘lsa, shunday
yozilishi lozim, harbiy xizmatni yozilganda lavozimi ham ko‘rsatilishi kerak)
Oy va yil
Kelgan
Ketgan
vaqti
vaqti
Lavozim korxona, muassasa, vazirlik, idora nomlari
ko‘rsatilgan holda yozilishi kerak.
160
Korxona, muassasaning manzili
12. Markaziy respublika, viloyat, shahar, (tuman) kengashlari va boshqa saylanadigan organlarda
qatnashganligi.
Saylov organlarining manzili
Kim bo’lib
saylangan
Saylov organi nomi
Yil
Saylangan
Muddat
tugagan kun
13. Qanday davlat mukofotlaringiz bor _____________________________________________
(qachon va nima bilan mukofotlangan)
___________________________________________________________________________________
____________________________________________________________________________
14. Harbiy xizmatga munosabatingiz va harbiy unvoningiz ______________________________________
______________________________________________________________________________
Tarkib __________________________________________ Qo‘shin turi
_________________________________________
(Qo‘mondonlik, siyosiy, ma’muriy, texnikaviy va h.k.)
___________________________________________________________________________________
15. Sud javobgarligiga tortilgan bo‘lsangiz, qachon
va nima uchun.
16. Pasportingiz to‘g‘risida ma’lumot (seriyasi,
raqami, qachon va kim tomonidan berilgan)
17. Manzilingiz _________________________________________________________________
________________________________________________________________________________
18. Telefonlar: ish joyi _________________________________________________________
Uy ____________________________________________________________________________
«_____» _____________ 20 ___ yil.
Shaxsiy imzo: ___________________
(to‘lg‘azgan vaqti)
So‘rovnomani to‘lg‘azgan xodim o‘zi to‘g‘risidagi keying hamma o‘zgarishlar haqidagi shaxsiy hujjatlarga
yozib qo‘yish uchun ish joyiga bildirishi lozim.
161
To`liq shaxsiy moddiy javobgarlik haqida
SHARTNOMA
Toshkеnt zargarlik buyumlari zavodiga qarashli moddiy boyliklarning
saqlanishini ta'minlash maqsadida korxona nomidan ish ko`ruvchi zavod dirеktori
Farhod Azimovich Safarov (kеyingi o`rinlarda «Ma’muriyat» dеb ataladi) bir tomon
va 6-ustaxona xodimi Obid Ikromovich Tohirov (kеyingi o`rinlarda «Xodim» dеb
ataladi) ikkinchi tomon bo`lib, ushbu shartnomani quyidagilar haqida tuzdik :
1. Pul, xom ashyo, tayyor mahsulot va boshqa moddiy boyliklarni saqlash bilan
bеvosita aloqador bo`lgan lavozimni egalab turgan xodim o`ziga korxona tomonidan
ishonib topshirilgan moddiy boyliklarning saqlanishi uchun to`liq moddiy
javobgarlikni o`z zimmasiga oladi va shu munosabat bilan:
- unga saqlash yoki boshqa maqsadlarda topshirib qo`yilgan korxona moddiy
boyliklariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo`lish va zararning oldini olish
choralarini ko`rish;
- unga ishonib topshirilgan moddiy boyliklar saqlanishi va butunligiga xavf
soluvchi barcha holatlar haqida ma’muriyatga o`z vaqtida xabar bеrish;
- moddiy boyliklarning harakati va qolgan qismlarini hisobga olib borish va
bеlgilangan tartibda pul-tovar hisobotlarini tuzish va taqdim etish;
- o`ziga topshirilgan moddiy boyliklarni yo`qlamadan o`tkazish (invеrtarlash) da
ishtirok majburiyatlarini oladi.
2. Ma’muriyat esa :
- xodimga mo`tadil ish olib borish uchun zarur sharoitlarni yaratib bеrish va unga
ishonib topshirilgan moddiy boyliklarning to`liq saqlanishini ta'minlash;
- xodimni korxonaga еtkazilgan zarar uchun ishchi va xizmatchilarning moddiy
javobgarligi haqidagi joriy qonunlar bilan, shuningdеk, unga ishonib topshirilgan
moddiy boyliklarni saqlash, qabul qilish, ishlov bеrish, tarqatish (sotish), tashish
yoki ishlab chiqarish jarayonida qo`llash bilan bog`liq amaldagi yo`riqnomalar,
mе'yornomalar va qoidalar bilan tanishtirish;
- moddiy boyliklarni bеlgilangan tartibda yo`qlamadan o`tkazish ishini amalga
oshirish majburiyatlarini oladi.
3. Xodimning aybi bilan unga ishonib topshirilgan moddiy boyliklarning
saqlanishi tam’inlanmagan hollarda, korxonaga yеtkazilgan zarar hajmini aniqlash
va uni undirib olish amaldagi qonunlarga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Agar ko`rilgan zararda xodimning aybi bo`lmasa, u moddiy javobgar
hisoblanmaydi.
5. Ushbu shartnoma xodimga ishonib topshirilgan korxona moddiy boyliklari
bilan ishlashdagi butun vaqt davomida o`z kuchini yo`qotmaydi.
6. Ushbu shartnoma ikki nusxada tuzildi, birinchi nusxasi – ma’muriyatda, ikkinchisi
esa xodimda saqlanadi.
Shartnoma tuzuvchi tomonlarning manzillari:
Ma’muriyat :
700000, Toshkеnt shahri,
Qatortol ko`chasi, 108-uy
(imzo) F.A.Safarov
Xodim:
700071, Toshkеnt shahar,
Yangiobod ko`chasi, 48-uy
(imzo) O.I.Tohirov
2020-yil 23-mart (muhr).
162
Baliqchi tumani XTMFMTvaTE bo‘limi 15-umumta’lim maktabi buyrug‘idan
ko‘chirma
BUYRUQ № _____
Do‘ngsaroy m.
___-sentabr 2019 yil
Xalq ta’limi vazirligining 2019 yil 3-sentabrdagi 257-sonli buyrug‘i hamda
Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasining 2019-yil 6-sentabrdagi 10-sonli bayoni
tuman XTMFMTvaTE bo‘limining 2019-yil 6-sentabrdagi № 58 sonli buyrug‘i ijrosini
ta’minlash maqsadida maktabda qo‘shimcha to‘garaklar va maktabdan tashqari
mashg‘ulotlar tadbirlarni tashkil etish maqsadida o‘quvchilarni bo‘sh vaqtlarini
mazmunli o‘tkazish maqsadida
B U YU R A M A N
Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasining 2019-yil 6-sentabrdagi 10-sonli
bayoni tuman XTMFMTvaTE bo’limining 2019-yil 6-sentabrdagi № 58 sonli buyrug‘i
rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Maktabda sentabr-noyabr oylarida qo‘shimcha darslar va to‘garaklar ishlari
kuchaytirilsin va mas’ul xodimlar 1-2-3 ilovalarga asosan tasdiqlansin.
Maktab ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari I.Raxmonovga:
Joriy yilning sentabr-noyabr oylarida qo‘shimcha darslar tashkil qilish,
o‘quvchilarni bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanish va ularni bilimini yanada oshirish
bo‘yicha shart-sharoitlar yaratish maqsadida chora-tadbirlar ishlab chiqish;
Aniqlangan salbiy xolatlar zudlik bilan bartaraf qilish choralarini ko‘rish;
Darsdan tashqari mashg‘ulotlar, to‘garaklar, sport musobaqalari va madaniy
tadbirlar tashkil etilib borishini monitoring qilish va ularning sifatini nazorat qilish;
O‘quvchilar davomatini hamda o‘quv-tarbiya jarayoni tashkil etilishini qat’iy
nazoratga olish;
Ayrim ota-onalar tomonidan maktabda tashkil etilgan qo‘shimcha darslar va
to‘garaklar va ma’naviy va ma’rifiy tadbirlarga muntazam qatnashishini
ta’minlamasligi holatlariga nisbatan amaldagi qonunchilik doirasida keskin choralar
ko‘rish;
Maktabdagi ishchi guruhlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har
juma soat 12:00 ga qadar tuman XTMFMTvaTE bo‘limi (B.Achilov)ga yozma axborot
berib borilishini ta’minlash vazifalari yuklatilsin.
Maktab jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi B.Isomiddinovga:
Maktabda o‘quvchilar o‘rtasida sport musobaqalarini tizimli tashkil etish
bo‘yicha tegishli reja jadvalini ishlab chiqish va uning so‘zsiz bajarilishini ta’minlash
vazifalari yuklatilsin.
Buyruqda berilgan topshiriqlarga ma’sul bo’lgan barcha xodimlar amalga
oshirilgan ishlar to‘g‘risida joriy yilning 25-noyabrida tuman XTMFMTvaTE bo’limi
(B.Achilov) ga axborot bersin.
Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish maktab direktori ma’naviy va ma’rifiy
ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari I.Raxmonovga va jismoniy tarbiya fani
o‘qituvchilari zimmasiga yuklatilsin.
Maktab direktori:
N.Raxmonov
163
Yangiyo`l «Lazzat» birlashmasi
2006-YIL YAKUNI BO`YICHA BIRLASHMA
ISHCHILARINI MUKOFOTLASH HAQIDA
2007.05.02. № 22
Yangiyo`l sh.
BUYRUQDAN KO`CHIRMA
2006 yilda birlashma ishchilari yillik rеjalarini hamma ko`rsatkichlar bo`yicha
bajardilar. 80 million so`mdan ziyod foyda olindi. Qiyom sеxidan tashqari
(boshlig`i D.A.Rahimova) hamma sеxlar o`z rеjalarini bajardilar. Yil yakuni
bo`yicha, ayniqsa, R.Hamroyеv, S.Volkova, M.Rizayеv, K.Siddiqov kabi ishchilar
mеhnatda alohida o`rnak ko`rsatdilar.
«O`zoziqovqatsanoat» davlat aktsiyadorlik kontsеrnining 2006.08.02. dagi
100-raqamli buyrug`i bilan «Lazzat» birlashmasining ishchilarini yil yakuni
bo`yicha mukofotlashga ruxsat bеrildi. Birlashma mеhnat jamoasi kеngashi va
kasaba uyushmasi qo`mitasining qo`shma yig`ilishi (2006.10.02, 3-bayonnoma)
qaroriga asosan
B U Y U R A M A N:
1. O`z vazifasiga sovuqqonlik bilan qaraganligi uchun «Lazzat» birlashmasi
ishchilarini yil yakunlari bo`yicha mukofotlash nizomi» ning 32-bandiga muvofiq
sеx boshlig`i D.A.Rahimova yil yakuni bo`yicha mukofotdan 100 % mahrum qilinsin.
Dirеktor (imzo) B.R.Hakimov
Asliga to`g`ri : (imzo) K.L.Hotamova
Toshkent viloyati
Bo‘stonliq tumanidagi
47-o‘rta maktab
direktori A.Rahimovga
9-sinf o‘quvchisi
Odil Salimovdan
ARIZA
Ota-onam bilan Bo‘stonliq tumaniga doimiy yashash uchun ko‘chib kelganimiz
sababli, meni shu maktabning 9-sinfiga qabul qilishingizni so‘rayman.
2019.12.10.
(imzo)
164
O. Salimov
Samarqand davlat universiteti tabiiy
fanlar fakulteti talabalar kasaba
uyushmasi byurosi raisi S.Anorovga shu
fakultet biologiya bo`limi I kurs rus guruhi
talabasi Rahmonova Dildoradan
ARIZA
Guruhimiz talabalari bilan Prezident ta’tili paytida, ya’ni 2019-yil 28-29dekabr kunlari mamlakatimizning qadimiy shaharlaridan Buxoro hamda Qarshi shaharlariga jamoa bo`lib sayohatga borishni rejalashtirganmiz. Viloyat sayohat byurosi
bilan kelishib, guruhimiz talabalari uchun ikki kunga 25 o`rinli avtobus olishimizga
yordamlashishingizni so`rayman. Yo`l xarajatlarini naqd pul bilan to`laymiz.
2019.19.12.
imzo
D. RAHMONOVA
Fuqarolik ishlari bo‘yicha _________________
tumanlararo sudiga
da’vogar: _______________________
Manzil:____________________________________
__________________
tel:______________________________
E-mail:__________________________
Javobgar: ____________________
Manzil:____________________________________
_______________________
tel:______________________________
E-mail:__________________________
DA’VO ARIZA
Aliment undirish haqida
Men va javobgar o‘rtamizdagi qonuniy nikoh _________________________
tomonidan
(FXDYo bo‘limi)
___________________ kuni ______________ -son bilan qayd etilgan.
(sana)
( dalolatnoma yozuvi raqami)
(aliment undirishga asos bo‘lgan holatlar bayon etiladi. Jumladan, mehnatga
layoqatsizlik, homiladorlik va o‘rtadagi 3 yoshga to‘lmagan bola borligi, o‘rtadagi
o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan nogiron bola borligi, bolalikdan I guruh nogironi
165
bo‘lgan o‘rtadagi bolaga qarayotganligi)
Javobgar moddiy ta’minlamayapti.
O‘rtamizda aliment to‘lash to‘g‘risida kelishuv mavjud emas.
Yuqoridagilarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 117moddasiga asosan
SO’RAYMAN:
Moddiy
ta’minotim
uchun
_________da
tug‘ilgan
javobgar
__________________________________dan har oyda pul bilan to‘lanadigan qat’iy
________ so’m
(FISh)
summasida aliment undirishni.
Ilova:
1. Da’vo ariza nusxasi.
2. Nikoh qayd etilganligi haqida guvohnoma.
3. Tug‘ilganlik haqida guvohnoma nusxasi.
4. Aliment undirishga asos bo‘luvchi holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar.
5. Ishonchnoma nusxasi (da’vo ariza ishonchli vakil tomonidan berilgan taqdirda).
Da’vogar (ishonchli vakil)
________________
(imzo)
_________________
201_ yil "___" _________
MAJLIS BAYONI
QATNASHDILAR: 27 kasaba uyushmasi a’zosidan 26 kishi.
Bir kishi betobligi tufayli yig`ilishda ishtirok etmadi.
K U N T A R T I B I:
1.
Guruh kasaba uyushmasi byurosi raisining 2005-2006-o`quv yilida
guruhda amalga oshirilgan ishlar yuzasida hisoboti, byuroning yangi o`quv yili uchun
ish rejasini tasdiqlash hamda byuroning yangi tarkibini saylash. Ma’ruzachi – Dorf
T.V.
2.
Guruh a’zolarining tartib-intizomi haqida. Ma’ruzachi - guruh “Kamolot”
YIH yetakchisi Urcheva L.A.
3.
Har xil masalalar.
ESHITILDI: guruh kasaba uyushmasi byurosining raisi T.V.Dorf yig`ilish
kun tartibidagi birinchi masala bo`yicha hisobot berdi. U guruh kasaba uyushmasi
byurosi tomonidan o`tgan o`quv yilida guruhda amalga oshirilgan ishlarga batafsil
to`xtaldi (byuro raisi T.V.Dorfning yozma hisoboti majlis bayoniga ilova qilinadi). U
so`zining oxirida yig`ilish ishtirokchilarini guruh kasaba uyushmasi byurosining yangi
166
o`quv yili uchun mo`ljallangan ish rejasi bilan tanishtirdi. Shundan so`ng yig`ilish
ishtirokchilari guruh kasaba uyushmasi byurosining o`tgan o`quv yili davomida
amalga oshirgan ishlari yuzasidan byuro raisi T.V.Dorfning hisobotini hamda
byuroning yangi o`quv yili uchun mo`ljallangan ish rejasini muhokama qilishdi.
SO`ZGA CHIQDI: Guruh talabalari S.Jitkiyevich, Y.Shegay, V.Shkayevalar
mazkur masala yuzasidan so`zga chiqishdi va hisobot haqida, byuro a’zolarining
ishlari haqida o`z fikr-mulohazalarini bildirishib, byuro raisi hamda byuro a’zolarini
o`tgan o`quv yilida yaxshi faoliyat ko`rsatganliklarini inobatga olib, ularni qayta
saylash taklifini bildirishdi. Yig`ilish ishtirokchilari ular kiritgan takliflar hamda ish
rejasi bo`yich bildirgan qo`shimchalarni bir ovozdan ma’qullashdi.
QAROR QILINDI:
1.
Guruh kasaba uyushmasi raisi T.V.Dorfning uyushma tomonidan 20052006-o`quv yilida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti ma’lumot uchun qabul
qilinsin (yozma hisobot majlis bayoniga ilova qilinadi).
2.
Guruh kasaba uyushmasi byurosining raisi T.V.Dorf va u boshchiligidagi
byuro a’zolari A.Jukova, H.Doroshenko, T.Korinalarning o`tgan o`quv yilida yaxshi
ishlaganliklari ta’kidlansin hamda ular keyingi muddatga saylangan deb hisoblansin.
3.
Guruh kasaba uyushmasi byurosining 2006-2007-o`quv yili uchun
mo`ljallangan ish rejasi kiritilgan takliflar inobatga olingan holda tasdiqlansin
(ish reja majlis bayoniga ilova qilinadi).
ESHITILDI: yig`ilish kun tartibidagi navbatdagi masala bo`yicha guruh yetakchisi Urcheva L.A. axborot berdi. U o`z so`zida guruhda tartib intizomning bir oz
bo`shashganligini, chunonchi o`tgan haftadagi ma’naviyat soatiga ayrim talabalarning
faol qatnashmaganligini tanqid qilib o`tdi. Shuningdek, talabalardan O.Karatsuba,
N.Beresheva, T.Manukyanlar Universitet xiyobonida o`tkazilayotgan shanbaliklarga
ham chiqishmaganini aytib o`tdi. U guruh talabalarini o`qishda ham, jamoat ishlarida
ham, tartib-intizomda ham faol bo`lishga chaqirdi.
SO`ZGA CHIQDI: guruh talabalaridan I.Chachiyeva, V.Yun, L.Reyxert,
I.Konyevalar so`zga chiqishib, ikkinchi masala bo`yicha axborot bergan guruh “Kamolot” YIH yetakchisi L.A.Urchevaning fikrlarini qo`llab-quvvatladilar hamda
guruhda tartib-intizomni mustahkamlash yuzasidan o`zlarining takliflari va mulohazalarini bildirdilar.
QAROR QILINDI:
1. Guruhda yangi o`quv yili boshidanoq tartib-intizomning bo`shashganligi qayd
etilsin va tartib-intizomni buzuvchilar ustidan doimiy nazorat o`rnatish, amaliy
mashg`ulotlar, seminarlardan ulgurmayotgan talabalarga ko`maklashish guruh kasaba
uyushmasi byurosining yangi tarkibi a’zolariga yuklatilsin.
ESHITILDI: yig`ilish kun tartibidagi har xil masalalar bo`yicha guruh oqsoqoli
B.Sayfulov so`z olib, dars jadvalidagi o`zgarishlar, obuna hamda dekanat tomonidan
berilgan har xil topshiriqlarni talabalarga yetkazdi. Shu bilan guruh kasaba uyushmasi
a’zolari yig`ilishi o`z ishini tugatdi.
Yig‘ilish raisi:
Tursuntoshov A.B.
Yig`ilish kotibi:
Hatamova L.Ch.
167
Samarqand Davlat universiteti
Ilmiy kengashining 2019 yil 29 iyunda o`tkazilgan
12-raqamli majlisi
BAYONNOMASIDAN KO`CHIRMA
Qatnashdilar: 44 nafar Ilmiy kengash a’zosidan 40 nafari
Eshitildi: «Yilning eng yaxshi darsligi va o`quv adabiyoti muallifi» 2019 yil
Respublika tanloviga fizika-matematika fanlari doktori, professor M.Isroilovning
«Hisoblash metodlari» nomli ikki qismdan iborat darsligini tavsiya etish, A. Pardayev,
ilmiy kotib axboroti O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 5
yanvardagi 4-son va 2006 yil 6 iyuldagi 290-son qarorlarining ijrosini ta’minlash
maqsadida Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va O`zbekiston
Respublikasi Prezidentining «Iste’dod» jamg’armasi «Yilning eng yaxshi darsligi va
o`quv adabiyoti muallifi» 2009 yil Respublika tanlovini e’lon qilgan edi.
Fizika-matematika fanlari doktori, professor M.Isroilovning «Hisoblash
metodlari» (1-qism. – Tosh-kent: O`zbekiston, 2003. - 440 bet; 2-qism. – Toshkent:
Iqtisod-moliya, 2008. – 320 bet) nomli ikki qismdan iborat darsligi davlat ta’lim
standartlari asosida tayyorlangan. Darslik oliy o`quv yurtlarida «Matematika»,
«Tadbiqiy matematika va informatika», «Axborot texnologiyalari» ixtisosliklari
bo`yicha o`zbek tilida ta’lim olayotgan bakalavr va magistrlarga mo`ljallangan.
Hozirgi kunda Oliy o`quv yurtlari talabalari mazkur darslikdan asosiy o`quv adabiyoti
sifatida foydalanishmoqda.
Ushbu masala mexanika-matematika fakulteti Ilmiy kengashi majlisida
muhokama etilib, darslik tanlovga tavsiya etilgan.
QAROR QILINDI:
Fizika-matematika fanlari doktori, professor M.Isroilovning «Hisoblash
metodlari» (1-qism. – Toshkent: O`zbekiston, 2003. - 440 bet; 2-qism. – Toshkent:
Iqtisod – moliya, 2008. – 320 bet) nomli darsligi O`zbekiston Respublikasi
Prezidentining «Iste’dod» jamg‘armasi tomonidan e’lon qilingan «Yilning eng yaxshi
darsligi va o`quv adabiyoti muallifi» 2009 yil Respublika tanloviga tavsiya etilsin.
Ilmiy kengash raisi (imzo) T.SHIRINOV
Ilmiy kotib (imzo) A.ABDUSAIDOV
168
Soatsozlik zavodining direktori Q.B.Karimovga
Zavod qaramog‘idagi bolalar oromgohining boshlig‘i
L. Komilovadan
BOLALAR OROMGOHI YOTOQ
BINOLARINING UMUMIY
AHVOLI HAQIDA
B I L D I R I SH N O M A
Sizning ko‘rsatmangizga binoan, men texnik-nazoratchi S.Bakirov bilan birgalikda
shu yil 2012 yil 7-8 may kunlari zavod qaramog‘idagi bolalar oromgohi yotoq binolarini tekshirib chiqdim.
Barcha yotoq binolari qoniqarli ahvolda. Biroq 1-binoda deraza oynalarini o‘rnatish,
2-binoni qisman bo’yash, 3-binoda esa eshiklarni ta’mirlash zarur deb hisoblayman.
Bolalar oromgohi
boshlig‘i
(imzo)
L.Komilova
0000.00.00.
VASIYATNOMA
20__ yil “__” __________ kuni.
Men, ____________________________________________________
(vasiyat qiluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi
________________________________________________________
va yashash joyi)
_______________________________________________________da
(vasiyat qiluvchi turgan “Notariat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 26-moddasida ko‘rsatilgan tashkilotlardan birining nomi)
davolanib turib, o‘limim ehtimoliga ko‘ra, quyidagi farmoyishimni (topshirig‘imni)
beraman.
O‘limimga qadar menga tegishli bo‘lgan mol-mulkimni, uni qayerda joylashganligidan
va nimadan iborat ekanligidan qat’i nazar,
_______________________________________________________ga
(vasiyatnoma kimning foydasiga tuzilayotgan bo‘lsa, ushbu shaxs (shaxslar)ning familiyasi, ismi, otasining ismi)
vasiyat qilib qoldiraman.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1127 va 1142-moddalari mazmuni
menga tushuntirildi.
Ushbu vasiyatnoma ikki nusxada tuzilib imzolandi va bittasi vasiyat qiluvchi
169
______________________ga beriladi, ikkinchisi
(F.I.O.)
________________________________________________________
(vasiyat qiluvchi doimiy yashaydigan joydagi davlat notarial idorasining nomi)
davlat notarial idorasiga saqlash uchun yuboriladi.
Vasiyat qiluvchining familiyasi,
imzo:_____________________
ismi,
otasining
ismi
(to‘liq
yoziladi)
va
O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi
Guliston davlat universiteti Universitet arxivi holati va
faoliyatini o`rganish haqida
DALOLATNOMA
2004-yil 28-may.
Guliston shahri.
Asos: universitet bo`yicha 2004-yil 20-mayda “Universitet arxivining holati va
faoliyatini o`rganish haqida” chiqarilgan 07-F raqamli farmoyish.
Farmoyishga binoan universitet monitoring va ichki inspeksiyasi boshlig`i
A.M.Uzoqov raisligida hamda huquqshunos-maslahatchi F.B.Valixo`jayeva,
ma’naviyat va ma’rifat bo`limi bishlig`i X.To`xtayev, maxsus bo`lim boshlig`i
A.A.Toshpo`latov, devonxona mudiri vazifasini bajaruvchi M.Boltayevlar a’zoligida
komissiya tuzildi. Komissiya shu yil 21-maydan 28-maygacha bo`lgan muddat
davomida universitet arxivi holati hamda ish faoliyatini o`rganib chiqib, quyidagilarni
aniqladi:
1.
Universitet arxivi uchun yangi qurilgan to`qqiz qavatli binoning
to`qqizinchi qavatidan bir qancha xonalardan iborat joy ajratilgan, hujjatlar saqlanishi
uchun metalli tokchalar o`rnatilgan, hujjatlarning xavfsizligi ta’minlangan.
2.
Devonxonaning arxiv bo`limi uchun 1 mudira, 3 arxivarius, 1 EHM
operatori shtat birliklari belgilangan. Avval mudir, keyinchalik
arxivarius
lavozimlarida ishlab kelgan Z.Rahmonova o`z vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragan va
oqibatda bir qancha hujjatlar yaroqsiz holga kelib qolgan yoki yo`qolgan.
3.
Universitet arxivining avvalgi – harbiy kafedra bilan birga joylashgan
binoning ikkinchi qavatida isitish tizimida yuz bergan nosozlik tufayli bir necha
bog`lam hujjatlar zangli iflos suvda qolib ketgan va natijada 1969-, 1970-, 1975-,
1977-, 1978-, 1979-, 1980-, 1982-, 1987-yillarga tegishli hujjatlar suvda bo`kib,
yaroqsiz holga kelib qolgan (Bu hujjatlarning to`liq ro`yxati dalolatnomaga ilova
qilinadi).
170
4.
Universitetning turli yillardagi faoliyati bilan bog`liq 204 nusxadagi
hujjat, shaxsiy tarkibga oid 1796 hujjat turli sabablarga ko`ra yaroqsiz holga kelib
qolganligi yoki yo`qolganligi tufayli hisobdan chiqarilishi lozim (Bu hujjatlar ro`yxati
va arxiv xodimlarining yaroqsiz hujjatlarni hisobdan chiqarish to`g`risidagi
bildirishnomasi dalolatnomaga ilova qilinadi).
5.
Sobiq pedagogika institutining turli yillarga oid faoliyati bilan bog`liq 21
nisxadagi hujjat, shaxsiy tarkibga doir 305 hujjatning yaroqsiz holga kelib qolganligi
yoki yo`qolganligi tufayli ularni hisobdan chiqarish lozim (Bu hujjatlar ro`yxati va
arxiv xodimlarining yaroqsiz hujjatlarni hisobdan chiqarish to`g`risidagi
bildirishnomasi dalolatnomaga ilova qilinadi).
6.
Komissiya universitet arxivi yangi va uning xizmatidan foydalanuvchilar
uchun qulay joyga ko`chirilib, hujjatlar saqlash uchun barcha shart-sharoitlar va
imkoniyatlar yaratilganligini tasdiqlaydi.
7.
Dalolatnoma ikki nusxada tuzildi, unga 8 betlik hujjatlar ro`yxati va ikki
betdan iborat bildirishnoma ilova qilindi.
Komissiya raisi:
Komissiya a’zolari:
imzo
imzo
imzo
imzo
imzo
UZOQOV A.M.
VALIXO`JAYEVA F.B.
TO`XTAYEV X.
TOSHPO`LATOV A.A.
BOLTAYEV M.
I SH O N CH N O M A № 01
Toshkent shahri
21.11.15
«____________________________» mas’uliyati cheklangan jamiyati № 2
son do`kon mudiri _________________________________ga korxona manfaatini
ko‘zlab shartnomalar tuzish va imzo qo‘yish ishonchi bildirildi.
________________________________________tomonidan imzolangan
shartnomalarda korxona rahbari bir xilda javobgar hisoblanadi.
Ishonchnoma quyidagi yuridik hujjat (Pasport) ko’rsatilganda haqiqiy
hisoblanadi: __________________________
(ishonch bildirilgan vakil imzosi)
_________________________:
Pas.seriyasi ; _____________
(FIO)
Chilonzor tuman IIB
Tomonidan 1Aprel 2019 yil
Berilgan.
Korxona rekvizitlari:
«_______________________»MChJ
x\r:__________________________.
MFO _______. OKONX ________.
171
INN ___________.
Bank:
«_________________» MChJ
Raisi
____________________
TKTI ma’naviy va axloqiy tarbiya
ishlari bo‘yicha prorektor
dots. M.H Karaxodjayevaga
Yotoqxonada yashovchi talabalardan
tushgan shikoyatlar haqida
M A’ L U M O T N O M A
2021-2022 o‘quv yilining ikkinchi yarmida talabalar turar joyida
yashovchi 324 ta talabadan 56 ta ariza va shikoyat tushdi. Bulardan 34 tasi ariza
va 12 tasi shikoyat hisoblanadi.
Arizalar moddiy ehtiyoj hisoblangan narsa va turli jihozlar berilishini
so‘rab yozilgan bo‘lib, bu ehtiyojlar o‘z vaqtida qondirilgan.
Shikoyatlardan 10 tasi ko‘rib chiqilgan, 2 tasi ko‘rish jarayonidadir.
Shikoyatlar yotoqxona Nizomi qonun-qoidalariga muvofiq tarzda ko‘rib
chiqilgan.
«Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati
shu’ba raisi (imzo)
B. Mahkamov
O`zMU fizika fakultеtining 4-kurs talabasi, 1985-yilda tug`ilgan,
o`zbеk Nazar Shukurovga
TAVSIFNOMA
Nazar Shukurov o`rta maktabni tugatgach, 2021-yilda fizika fakultеtining
1-kursiga o`qishga kirdi.
Univеrsitеtda tahsil olish davrida u intizomli, ziyrak va zukko talaba
sifatida o`zini ko`rsatdi. Bilimlarni qunt bilan o`rganishga harakat qiladi. Fizika
fanlariga alohida qiziqadi. U 2022-yilning aprеl oyida talabalarning Xalqaro ilmiy
konfеrеntsiyasida ma'ruza bilan qatnashdi.
Ma'ruzasi konfеrеntsiyaning faxriy yorlig`i bilan taqdirlandi.N.Shukurov fakultеtning jamoat ishlarida faol qatnashadi, fakultеtning «Yosh fiziklar»
dеvoriy gazеtasiga muharrirlik qiladi.
U kamtarin va to`g`riso`zligi, mеhribonligi tufayli hamkurslari hurmatiga
sazovor bo`lgan.
Tavsifnoma Sobir Rahimov tuman hokimiyatiga taqdim qilish uchun bеrildi.
Dеkan
(imzo) O.R.Azizov
Kasaba uyushmasi
raisi
(imzo) A.R.Mirvaliеva
(muhr)
(sana)
172
TAVSIYANOMA
Mеn Hakim Shamsiddinovni 2010 yildan bеri yaqindan taniyman. 2012-yildan
boshlab O`zFA Til va adabiyot institutida birga ishlaymiz. Bu davr ichida u
atamashunoslik sohasida yеtuk mutaxassis sifatida tanildi, filologiya fanlari
nomzodi bo`ldi. Uning diss еrtatsiya ishi, bir qancha maqolalari ilmiy puxtaligi
bilan ajralib turadi.
H.Shamsiddinov intizom va qat'iyatliligi bilan jamoada obro` qozongan,
totuv oilaning boshlig`i. Institut ilmiy va ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib
kеlmoqda.
Shu sababli, mеn Hakim Shamsiddinovni O`zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi Atamashunoslik qo`mitasida ishlash uchun tavsiya qilaman.
(imzo) filologiya fanlari nomzodi A.Qosimov
2019-yil 16-fеvral
TARJIMAYI HOL
Men, Ortiqov San’at Qudratovich, 1960-yil 20-fevralda
O`zbekiston
Respublikasining Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi Jo`yimulk qishlog‘ida ziyoli
oilasida tug`ilganman.
Otam – Ulug`ov Qudrat, 1936-yil Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on tumanida
tug`ilgan, Samarqand davlat chet tillar instituti professori.
Onam – Ulug`ova Shohsanam Muhammadaliyevna, 1938-yil Narpay
tumanining Mirbozor qishlog`da tug`ilgan, uy bekasi.
Oilamizda ikki akam, bir opam, bir singlim va bir ukam bor. Ularning barchasi
oilali.
Men 1968-yidan 1975-yilgacha Samarqand shahridagi 9-o`rta umumta’lim maktabida, 1975-yidan 1978-yilgacha Jizzax shahridagi 5-o`rta umumta’lim maktabida
o`qidim. 1978-yilda Samarqand davlat universitetining huquqshunoslik fakultetiga
o`qishga kirib, uni 1983-yili imtiyozli diplom bilan tamomladim.
1983-1984-yillarda Jizzax viloyat ijroiya qo`mitasining adliya boshqarmasida
devonxona mudiri, 1984-1987 yillarda Jizzax shahar sudining sud ijrochisi, stajorsudyasi, sudyasi, 1987-1990-yillarda G`allaorol tuman ichki ishlar bo`limi operativ
xodimi, 1990-1991-yillarda Samarqand viloyat agrasanoat kapital qurilishi
birlashmasida bosh huquqshunos-maslahatchi, 1991-1992-yillarda Jizzax viloyat
hokimligi adliya boshqarmasining katta maslahatchisi, 1992-1999-yillarda Samarqand
viloyat hokimligi adliya boshqarmasining katta va bosh maslahatchisi, 1999-2001yillarda Samarqand viloyat Tayloq tuman sudining sudyasi, 2001-yildan hozirgacha
Samarqand viloyat Bulung`ur tuman jinoiy ishlar bo`yicha sudi raisi lavozimida ishlab
kelyapman.
O`z soham va Bulung`ur tumani miqyosidagi jamoat ishlarida qatnashib
boraman.
Partiya a’zosi emasman.
Oilaliman. Uch nafar farzandim bor.
173
Xotinim – Shomurodova Shoira, 1961-yilda Samarqand viloyati Past Darg`om
tumanida tug`ilgan, oliy ma’lumotli, Samarqand shahridagi 9-o`rta umumta’lim maktabida tarix fanidan dars beradi.
O`g`lim – Qudratov Abdusaidbek, 1983-yil tug‘ilgan, Toshkent davlat axborot
texnologiyalari universitetining Samarqand filiali talabasi.
Qizim – Qudratova Durdona, 1987-yilda tug`ilgan, Samarqand davlat universiteti fakulteti talabasi.
Qizim – Qudratova Mastona, 1990-yilda tugilgan, Samarqand shahridagi 37o`rta
umumta’lim maktabining 9-sinf o`quvchisi.
Mening hozirgi turar joyim: Samarqand shahri, Firdavsiy ko`chasi, 129-uy.
Telefon: 25656562.
2021.18.01.
imzo
S.Q. ORTIQOV
TILXAT
Men, Samarqand davlat universiteti fizika-matematika fakulteti amaliy matematika bo`limi III kurs “03” guruhi talabasi Abdullayev Abdumalik Erkinovich,
ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo`yicha fakultet dekani o`ribosari Ro`zmurodov Do`stmurod
Azizovichdan talabalar spartakiadasida voleybol bo`yicha ishtirok etayotgan fakultet
terma jamoasi a’zolari uchun 12 dona yangi sport kiyimi, bir dona voleybol to`pi oldim. Kiyimlar va to`pni sport musobaqalari tugagach, dekanatga keltirib topshirishni
o`z zimmamga olaman.
2021.18.01.
imzo
A.E. ABDULLAYEV
Samarqand davlat universiteti filologiya
fakulteti dekani prof. J.Eltazarovga
shu fakultetning o`zbek filologiyasi bo`limi
IV kurs talabasi Eshonqulova
Charosning
TUSHUNTIRISH XATI
2021-yil 23-mart kuni ertalab soat sakkiz yarimlarda fakultet qiroatxonasida dugonam Turdiyeva Sitora bilan malakaviy-bitiruv ishimizning xulosa qismini qanday
yakunlash to`g`risida suhbatlashib o`tirgan edik. Shu payt qattiq shamol tufayli
qiroatxonaning ikkita derazasi birdaniga ochilib ketdi va deraza raxiga gullar ekib
terib qo`yilgan tuvaklardan uchtasi polga qulab tushib, sindi. Biz gullar va gultuvaklarning siniqlarini yig`ishtirib oldik. Gultuvaklarning sinishida hech kim aybdor emas.
2021.18.01
imzo
Ch. Eshonqulova
174
E’LON
Shu yil 12-iyul kuni soat 15.00 da Toshkent kimyo-texnologiya insitutining
majlislar zalida institut kasaba uyushmasi qo‘mitasining hisobot saylov yig‘ilishi
bo‘ladi.
KUN TARTIBI:
1. Kasaba uyushmasi qo‘mitasining hisoboti.
2. Taftish komissiyasining hisoboti.
3. Kasaba uyushmasi qo‘mitasining yangi tarkibini saylash.
Kasaba uyushmasi qo‘mitasi.
Samarqand shahar 17-o`rta umumta’lim maktabining kimyo fani o`qituvchisi
Elomonova Marjonaning IX sinf o`quvchilari o`rtasida o`tkazilgan
I bosqich olimpiadasi natijalari yuzasidan qisqacha
HISOBOTI
2018-yil 26-yanvar kuni avvaldan tayinlangan hakamlar ishtirokida IX sinf
o`quvchilari o`rtasida kimyo fanidan birinchi bosqich olimpiadasi o`tkazildi. Olimpiadada to`rtta to`qqizinchi sinfdan 20 o`quvchi ishtirok etdi. Olimpiada ishtirokchilarining har biri 50 tadan test savollariga javob berishdi, turli mavzularga doir uchtadan
masala yechishdi va ikkitadan kimyoviy reaksiyalarni tavsiflashdi. Yozma ishlar va
test javoblari maktab direktorining o`quv ishlari bo`yicha o`rinbosari Davlatova Guliston tomonidan shifrlanib, hakamlar tomonidan adolatli tekshirildi. Tekshirish natijalariga ko`ra IX ”A” sinf o`quvchisi Madaminov Ramazon 90 ball to`plab birinchi, IX
”D” sinf o`quvchisi Jahongirov Temurbek 88 ball to`plab ikkinchi, IX ”A” sinf
o`quvchisi Raupov Javohir va IX ”B” sinf o`quvchisi Azizov Ro`zmurodlarning har
biri 80 balldan to`plashib uchinchi o`rinni egallashdi. Hakamlar kimyo fanidan birinchi
bosqich olimpiadasida faxrli birinchi va ikkinchi o`rinlarni egallab, g`oliblikni qo`lga
kiritgan IX “A” sinf o`quvchisi Madaminov Ramazon va IX “D” sinf o`quvchisi
Jahongirov Temurbeklarni kimyo fani bo`yicha Samarqand shahar o`rta umumta’lim
maktablari o`quvchilari o`rtasida o`tkaziladigan ikkinchi bosqich olimpiadasida ishtirok etishlari uchun tavsiya etdi. Hakamlar faxrli uchinchi o`rinni egallashgan IX ”A”
sinf o`quvchisi Raupov Javohir va IX ”B” sinf o`quvchisi Azizov Ro`zmurodlarni tuman xalq ta’limi bo`limi faxriy yorlig`i bilan taqdirlashga tavsiya etdi. Olimpiada Xalq
ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan tegishli nizom qoidalariga to`la rioya etilgan
holda o`tkazildi.
Kimyo fani o`qituvchisi:
2021.18.01.
imzo
M. ELOMONOVA
175
TAKLIFNOMA
Muhtaram(a)_____________________________
O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til
va adabiyot instituti va O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Sizni ulug‘ o‘zbek
adibi ABDULLA QODIRIY tavalludining 104 yilligiga bag'ishlangan ilmiy anjumanga taklif etadi.
Ilmiy anjuman shu yil 12-yanvar ertalab soat 10:00 da Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutining majlislar zalida boshlanadi (Akademik Ibrohim
Mo'minov Ko‘chasi, 9-uy, 2-qavat)
TELEGRAMMA
FARG‘ONA 12 KATTABOG‘ 18
SALIMOVGA
YIGIRMA OLTINCHI DEKABRDA 123-REYS BILAN
KUTIB OLING SAYYORA
700187 Toshkent 187 Saodat ko‘chasi, 4-uy
«Kibernetika» ilmiy-ishlab
chiqarish birlashmasi.
UCHAMAN,
Toshkent Davlat texnika
universiteti qoshidagi
Akademik litsey direktoriga
Yetkazuvchi - kotiba
Qabul qiluvchi - kotiba
Rahimova R.
Sobirova K.
Tel: 262-68-05
Tel: 276-14-22. Soat 11:30
TELEFONOGRAMMA № 15
2021.18.01Toshkent shahri
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Prezidiumining farmoyishiga
ko'ra Toshkent Davlat texnika universiteti qoshidagi Akademik litseyga
institutimiz tomonidan pentium 4 kompyuteri ajratildi. Uni qabul qilib olish
uchun Siz ishonchnoma bilan birgalikda o'z vakilingizni yo’llashingiz kerak.
Direktor V.Q.Qobulov
176
VIII. ADABIYOTLAR RO'YXATI
Asosiy adabiyotlar
М. Аминов, А. Мадвалиев, Н.Махкамов, Н Маҳмудов. Иш юритиш
(амалий қўлланма). Тошкент, 2017 й . - 440 б.
2.
X.S. Muhiddinova, N. A. Abdullayeva. Rasmiy uslubning diplomatik turlari.T; 1997 y.
3.
Д.А. Бабахонова. Официальный делoвой стиль современного узбекского
литературного языка. АКД, Т.,1987 г.
4. Husanov N., Rasulov R., Mo‘ydinov Q. Nutq madaniyati va notiqlik san`ati .-T.:
“IQTISOD-MOLIYA”, 2006.
5. Jerald Alred, Charles Brusaw, Walter Oliu. Hahdbook of technical writing. New
York, Copyright 2003.
6. Stephen Bailey. Akademic writing. Handbook for international student`s.
London, 2015
7.
Vikram Bisen Priya. Business communication. New Delhi.2009.
Qo'shimcha adabiyotlar
1.
1. А.Н. Белов, В.Н.Белов. Корреспонденция и делопроизводство. М., 1988 г.
2.
Д.В.Васильев.
Делопроизводство
рекомендации. М., 1999 г.
на
компьютeре.
Прaктические
3. С.В.Усманов ва б. Ўзбек тилида иш юритиш амалиёти. Т. 1999 й.
4.Ruscha - o'zbekcha
ensiklopediyasi, 2013.
lug‘at
(2
jildli).
-
Toshkent:
O'zbekiston
milliy
5.O'zbek
tilining izohli lugati (5 jildli). - Toshkent: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2005-2008.
6.Qo‘ng‘urov R.,Begmatov E., Tojiyev Yo. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari, T.: “Fan”, 1992, 254 b.
7. Jumaniyozov R., Nutqiy mahorat .-T.: “Adolat”, 2005, 90 b.
Internet saytlar
1.http://solver.uz/translate.php - Русско-узбекский переводчик.
2.http://sahifa.tj/uzbeksko_russkij.aspx
- Узбекско-русский переводчик.
3. http://library.ziyonet.uz/ - таълим портали
177
Test savollari
Test savollari asosiy tushunchalar , umumilmiy va mutaxassislik leksikasi
sohasidagi bilimlarni nazorat qilishni amalgam oshiradi; bo‘lg‘usi mutaxassislik
ko‘nikmasining shakllanishi darajasini tekshirish; leksik malaka, ko‘mikmalar va
talablar tayyorgarlik darajasini tekshirish va nutqiy faoliyatni loyihalashtirishda
ulardan foydalana olishni amalga oshirish.
1. Nutq uslublari qaysi qatorda to'liq berilgan?
a) ilmiy, publitsistik, badiiy, rasmiy, so'zlashuv
b) Ilmiy-ommabop, so'zlashuv, rasmiy-idoraviy
c) Badiiy, so'zlashuv, ilmiy, ommaviy
d) Rasmiy-idoraviy, publitsistik, ilmiy, og‘zaki
2. Ilmiy uslub janrlari:
a) ilmiy maqola, referat, tezis, dissertatsiya
b) maqola, ocherk, she'r, hikoya
c) referat, drama, komediya, qissa
d) maqola, g’azal, qissa, konspekt
3. Terminlar asosan qaysi uslubda ishlatiladi?
a) Ilmiy uslubda
b) Publitsistik uslubda
c) Rasmiy idoraviy uslubda
d) So'zlashuv uslubida
4. Badiiy uslub janrlari qaysilar?
a) Roman, hikoya, she'r, g‘azal, tragediya
b) Hikoya, roman, ilmiy maqola
c) G’azal, qissa, referat, taqriz
d) Maqola, ocherk, konspekt, doklad
5. O'zbek tiliga qachon davlat tili maqomi berilgan?
a) 1989 yil 21 oktabr
b) 1990 yil 21 oktabr
c) 1991 yil 1 sentabr
d) 1992 yil 8 dekabr
6. Imlo qoidalari nima?
a) to'g’ri yozish qoidalari
b) Talaffuz qoidalari
c) so'z yasash qoidalari
d) Tinish belgilarining ishlatilishi
7. Lug‘aviy birliklarga nimalar kiradi?
a) so'z, ibora, termin, qo'shma so'z
b) termin, frazeologizm, gap
c) so'z birikmasi, ibora,gap
d) sifat, ot, ravish, bog’lovchi
8. Qaysi tushuncha lug‘aviy birlik hisoblanmaydi?
a) gap
b) so'z
178
c) ibora
d) qo'shma so'z
16. Tasviriy ifodani toping
a) oq oltin
b) paxta
c) paxtakor
d) tilla
9. Qaysi tushuncha lug‘aviy birlik hisoblanadi?
a) so'z
b) gap
c) so'z birikmasi
d) sodda gap
10. Adabiy janrlar qaysi?
a) epik, lirik, dramatik
b) she'riyat, publitsistika
c) komediya, nasr, drama
d) nazm, tragediya, roman
11. Ommaviy axborot vositalari bu –
a) gazeta, jurnal, televideniye, radio, internet
b) maqola, reportaj, ahborot
c) intervyu, maqola, ko'rsatuv
d) axborot, jurnal, reklama
12. Ommaviy axborot vositalarining uslubi –
a) publitsistik uslub
b) ilmiy uslub
c) rasmiy uslub
d) so'zlashuv uslubi
13. Qaysi uslub faqat og‘zaki shaklga ega?
a) So'zlashuv uslubi
b) Badiiy uslub
c) Ilmiy uslub
d) Publitsistik uslub
14. Ommaviy axborot vositalariga nimalar kiradi?
a) televideniye, radio, gazeta, jurnal
b) gazeta, maqola, hikoya
c) internet, risola, o'quv qo'llanmalar
d) saytlar, maqola, ma'ruza
15. Publitsistik uslubning qanday janrlari mavjud?
a) maqola, intervyu, reportaj
b) esse, hikoya, roman
c) ilmiy maqola, tezis, konspekt
d) lavha, dialog, monolog
16. Maqolaning qanday turlari bor?
a) ilmiy, publitsistik, ilmiy-ommabop
b) ilmiy, rasmiy, esse
c) ommaviy, badiiy, rasmiy
d) ilmiy-ommabop, felyeton, intervyu
179
17. Ilmiy uslubga xos terminlarni aniqlang
a) Kvant, teorema, molekula
b) Siyosat, ixtiro,mavzu
c) Fan, dastur, kitob
d) Maqola, musiqa, sport
18. Qaysi so'z termin emas?
a) universitet
b) fonetika
c) kosinus
d) molekulyar
19. Quyidagi birikmalar qaysi uslubga xos: kvadrat tenglama, katetlar yig‘indisi
a) ilmiy
b) so'zlashuv
c) badiiy
d) publitsistik
20. Maqolalar qanday qismlardan iborat?
a) Kirish, asosiy qism, xulosa
b) Boshlang’ich va yakuniy qismlar
c) Faqat asosiy qismdan
d) Asosiy qism, xulosa
21. Tilshunoslikka doir terminlarni aniqlang
a) Fonema, unli va undosh tovushlar
b) Gap, dialog, maqola
c) Uchburchak, ko'p qirrali
d) Modda, zarra, atom
22. AKT terminlarini aniqlang
a) Axborot, kompyuter, dastur
b) Monolog, dialog, disput
c) Tovush, unli, undosh
d) Simmetrik, to'g’ri, uchburchak
23. Uslubini aniqlang: Vodiylarni yayov kezganda Bir ajib his bor edi menda
a) badiiy
b) ilmiy
c) publitsistik
d) so'zlashuv
24. Maqolaning qismlari:
a) Kirish, asosiy qism, xulosa
b) Boshlang’ich va yakuniy qismlar
c) Faqat asosiy qismdan
d) Asosiy qism, xulosa
25. AKT terminlarini aniqlang
a) Interfeys, ma'lumotlar bazasi
b) Kub, kvadrat, sinus
c) Atom, yadro, issiqlik,
d) Konvergensiya, molekula
26. Ma'ruza qaysi uslubga xos?
a) Ilmiy uslubga
180
b) Rasmiy uslubga
c) Publitsistik uslubga
d) Badiiy uslubga
27. Intervyu matni qaysi uslubga xos?
a) publitsistik
b) ilmiy
c) badiiy
d) rasmiy
28. Reportaj qaysi uslubda yoziladi
a) publitsistik
b) badiiy
c) bilmiy
d) so'zlashuv
29. Adabiy til nima?
a) grammatik, fonetik, leksik, frazeologik va stilistik tomonidan puxta ishlangan til
b) hamma bemalol so'zlasha oladigan til
c) shevaga mos so'zlardan holi bo'lgan til
d) jargonlardan tozalangan til
30. Nutqning qanday shakllari bor?
a) yozma va og’zaki
b) she'riy, yozma
c) musiqiy, og’zaki
d) tasviriy, yozma
31. Uslubini aniqlang: Hunarni asrabon netkumdir ohir, Olib tuproqqamu ketkumdir ohir
a) badiiy uslub
b) ommabop uslub
c) so'zlashuv uslubi
d) ilmiy uslub
32. Uslubini aniqlang: Nutq tovushlari unli va undoshlarga bo'linadi
a) ilmiy uslub
b) badiiy uslub
c) ommabop uslub
d) ommabop uslub
33. Uslubini aniqlang: Ta'lim tizimini yangilash lozim
a) publitsistik
b) badiiy
c) ilmiy
d) ilmiy-ommabop
34. Internet bu –
a) global tarmoq
b) lokal tarmoq
c) mintaqaviy tarmoq
d) ichki tarmoq
35. Intervyu bu –
181
a) muxbirning (umuman so'zlovchining) biror mashhur shaxs bilan ma'lum bir masala bo'yicha savol-javobidir.
b) muxbir o'z savollarini tayyorlab qo'yishidir.
c) shu kunda hammani qiziqtirgan muhim masalalar haqida maqola.
d) muxbirdan bilimdonlikni, notiqlikni, turli etik qoidalarga amal qilishlikdir.
36. Matn bilan ishlash asoslari qaysi bandda to'gri ko'rsatilgan?
a) asarning g’oyasini aniqlash, muallifning aytmoqchi bo'lgan fikrini mantiqiy tahlil
qilish orqali
b) matnni yod olish orqali
c) urg’u oluvchi so'zlarni belgilash orqali
d) matnni ko'chirib olish
37. Nutq uslublarida asosiy e'tibor nimaga qaratiladi?
a) uslubiy xususiyatlarga
b) tinish belgilariga
c) terminlarga
d) so‘zlarga
38. Ommaviy axborot vositalariga nimalar kiradi ?
a)
matbuot, radio, televideniye
b)
kino, serial va qo‘shiqlar
c)
so’zlar, maqolalar va iboralar
d)
radio, gazeta, kino
39. Atamalarni (termin) o’rganuvchi soha nima deb ataladi?
a)
atamashunoslik(terminologiya)
b)
fonetika
c)
leksika
d)
audit
40. Nutq uslublari nechta?
a)
5 ta
b)
3 ta
c)
2 ta
d)
4 ta
41. O`zbek adabiy tili qaysi tillar
oilasiga mansub?
a.
Turkiy tillar
b.
Forsiy tillar
c.
Yunon tillar
d.
Hind tillar
42. Har yili 21-oktabr sanasida
qaysi bayram nishonlanadi?
a.
O`zbek tiliga davlat tili maqomi berilgani
b.
Navruz bayrami
c.
Mustaqillik bayrami
d.
Xalqaro ona tili kuni
43. Informatsiya so`zi qanday ma’noni anglatadi?
a.
ma’lumot, tushuntirish, axborot
b.
tabiat haqida tushuncha
c.
o`qish, yozish, chizish
182
d.
bilish, egallash
44. Terminlar qatorini belgilang.
a.
ega, sinus, hosila
b.
kuchukcha, asalli, qurbaqa
c.
deraza, olmos, uzuk
d.
qilich, cho`mich, tegirmon
45. Siyosiy-ijtimoiy doira munosabatlariga xizmat qiluvchi uslub qaysi?
a.
publitsistik uslub
b.
badiiy uslub
c.
ommaviy uslub
d.
ilmiy uslub
46. Adabiy terminlarni ko`rsating
a.
masal, g’azal, hikoya
b.
protsessor, taqa,afisha
c.
odillik, metall, molekula
d.
tomir, leykotsit, yurak
47. Matematik terminlarini aniqlang
a.
kub, kvadrat, sinus
b.
interfeys, ma'lumotlar bazasi
c.
atom, yadro, issiqlik
a.
konvergensiya, molekula
48. Ilmiy uslubga xos xususiyatni toping
a.
terminlar ishlatilishi
b.
jargonlar ishlatish
c.
shevaga hos so'zlar ishlatilishi
d.
tub so'zlarni ishlatish
49. Intervyu matni qaysi uslubga xos?
a.
publitsistik
b.
ilmiy
c.
badiiy
d.
rasmiy
50. Reportaj qaysi uslubda yoziladi?
a.
publitsistik
b.
badiiy
c.
ilmiy
d.
so‘zlashuv
183
184
Download