Uploaded by Jasurbek Nuriddinov

R azJ81TmnDNeGDzkxmFxjeCSgTivKeW

advertisement
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
"KOMPYUTER INJINIRING" FAKULTETI
“Kompyuter tarmoqlari” fanidan
Mustaqil ish 1
Tayyorladi: 21_07-guruh talabsi
Nuriddinov Jasurbek
Qabul qildi: Husanov K
Kanal sathi qurilmalari
Reja:
1.1. Kanal sathi bo‘yicha umumiy tushunchalar.
1.2. Kanal sathi xizmatlari:
Bitli oqimlarni kadrlarga o‘zgartirish (framing). - Fizik adreslash (MAC
addressing).
Oqimlarni nazorat qilish (flow control).
Xatoliklarni nazorat qilish (error control) va kirishni nazorat qilish (access
control).
LLC va MAC.
1.1. Kanal sathi bo‘yicha umumiy tushunchalar.
Kanal sathi OSI modelining qo‘yidan ikkinchi sathi bo‘lib, u fizik sathidan
kelayotgan (yoki kanal sathidan kelayotgan kadrlarni deb ham izohlab ketsa bo‘ladi.
Biz fizik sathdan kelayotgan oqimlar ketma ketligi bo‘yicha jarayonlarni izohlab
ketamiz) bit oqimlarini kadr ko‘rinishiga o‘zgartiradi yoki tarmoq sathidan
kelayotgan paketlarni avval kadrlarga o‘zgartirib fizik sathga uzatadi. OSI etalon
modelining sathlari ma’lumotlarni bir nuqtadan ikkinchisiga uzatishda bir-biri uchun
xizmat qiladi va umumiy vazifalarni o‘ziga tegishlisini amalga oshiradi. Odatda OSI
sathlari ma’lum darajadagi vazifalarni bajarashi oldindan belgilab qo‘yilgan.
Kanal sathi ingliz tilida yozilgan adabiyotlarda Data Link Layer termini bilan
ataladi. Fizik sathdan farqli kanal sathidagi tarmoq qurilmasi bit oqimlarni qabul qilib
olganidan keyin foydalanilayotgan protokolga mos ravishda kadr ko‘rinishiga
o‘zgartiriladi. Agar tarmoq qurilmasi simli muhitdan bit oqimlarni qabul qilib olsa
yoki simsiz muhitdan bit oqimlarni qabul qilib olsa turli xil kadr formatiga
o‘zgartiradi. Misol uchun 10Base Ethernet, 100Base Ethernet, 1000Base Ethernet,
10 000Base Ethernet yoki Wi-Fi (a, b, c, d, e standartlari) texnologiyasining turli
modellarida bit oqimlari turli xil ko‘rinishdagi kadr formatlariga o‘zgartiriladi. Shuni
alohida ta’kidlash lozimki, optik signallar ko‘rinishida uzatilgan ma’lum tezlikli va
chastotali bit oqimlari qabul qiluvchi qurilma ham o‘sha parametrli signalni o‘qiy
olishi lozim. Shunda uzatgich va qabul qilgich bitta standartda ishlashi mumkin.
O‘z navbatida kanal sathida ishlatiladigan qurilma va protokollar fizik sathdan
kelayotgan bit oqimlarini kadr ko‘rinishiga keltirib, kadrlarni paket ko‘rinishiga
o‘zgartirib tarmoq sathiga uzatish jarayoni kanal sathining OSI modelidagi asosiy
vazifalardandir. Shunda kanal sathining quyi qismi bit oqimlari bilan ishlasa, yuqori
qismi patkelar bilan ishlaydi. Kanal sathida uchta asosiy jarayon amalga oshiriladi:
bitlarni qabul qilib olish va kadrga o‘zgartirish; kadrlarga ishlov berish; kadrlarni
paketlarga o‘zgartirib tarmoq sathiga uzatish.
Fizik sath bit oqimlarini kanal sathiga uzatib kadrga o‘zgartirilish
Kanal sathida kadrlarga o‘zgartirish (framing) jarayonidan tashqari fizik
adreslash (MAC addressing), oqimlarni nazorat qilish (flow control), xatoliklarni
nazorat qilish (error control) va kirishni nazorat qilish (access control) kabi muhim
jarayonlar amalga oshiriladi. Har bir sathda ma’lumotga ishlov berish jarayoni
yakunlanganidan keyin, sathni sarlovhasi umumiy sarlovhaga qo‘shiladi. Sarlovhani
qo‘shishdan maqsad, qabul qiluvchi tomon kanal sathi uzatuvchi tomonidan
kelayotgan kadr sarlovhasi bo‘yicha ma’lumotga ishlov beradi. Yuqoridagi jumlani
hayotiy misol bilan izohlaymiz. Har bir mamlakat fuqarosi pasport kabi o‘zini
tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘ladi deb tasavvur qilaylik. Fuqaro mamlakatning boshqa
hududiga ko‘chib o‘tsa, o‘sha hududdan ro‘yxatdan o‘tishi lozim va bu ro‘yxatdan
o‘tganligi pasport (kompyuter)da qayt etiladi. Chet elga chiqish uchun o‘sha fuqaro
pasport buyurosidan chetga chiqish to‘g‘risida ro‘yxatdan o‘tishi va pasportiga qayt
etilishi lozim. Qaysi mamlakatga bormoqchi bo‘lsa, o‘sha mamlakatga tegishli
bo‘lgan elchixonaga murojaat qilib chiqish uchun ruxsat oladi va pasportiga viza
uriladi.
Fuqaro mamlakatning boshqa joyiga ko‘chib o‘tgan bo‘lsa va zarurat
yuzasidan u fuqaroni tekshirish kerak bo‘lsa, nazoratchilar uning pasportidan
ro‘yxatdan o‘tganligini tekshiradi. Xuddu shunday chet mamlakatga viza olgan va
o‘sha mamlakatga kiruvchi fuqaroning pasportidagi ruxsati (OVIR) va vizasi
tekshiriladi, yashash manzilida ro‘yxatdan o‘tganligi bo‘yicha tekshirilmaydi. Bitli
oqimlar va kadr holati ham aynan yuqoridagi misolimizga o‘xshab ketadi. Fizik
sathdagi qurilma faqat bitli oqimlar bilan ishlaydi va ularni kanal sathiga uzatadi.
Kanal sathi ham o‘z navbatida bitli oqimlarni qabul qilib kadr ko‘rinishiga
o‘zgartiradi va kadrlar bilan ishlaydi. Keyingi sath tarmoq sathi bo‘lib, unda kanallar
paketlarga o‘zgartiriladi va tarmoq sathida paketlarga ishlov beriladi. Shunday qilib
tarmoqdagi ikki qurilma o‘ratasidagi ma’lumot almashishdagi barcha barayonlar OSI
modelida sathlar bo’yicha bo‘linib amalga oshiriladi. Kanal sathida esa kadrlarga
o‘zgartirish (framing), fizik adreslash (MAC addressing), oqimlarni nazorat qilish
(flow control), xatoliklarni nazorat qilish (error control) va kirishni nazorat qilish
(access control) vazifalari amalga oshiriladi. Kadrlarga o‘zgartirish (framing)
jarayoni yuqorida ko‘rib chiqildi, quyida qolgan vazifalar bilan tanishib chiqamiz.
1.2. Kanal sathi tomonidan taqdim etilgan xizmatlar
Tarmoq sathi transport sathidan segmentlarni qabul qilib olganidan keyin,
uning asosiy vazifasi sigmentlarni paketlarga o’zgartirish va heterogen tarmoqlar
bo’ylab hosil bo’lgan paketlarni mashrutlashdan iborat. Tarmoq sathida paket
mantiqiy adreslanadi. Shuning uchun paketning sarlavhasida uzatuvchi va qabul
qiluvchining manzillari joylashtiriladi. Internetda TCP/IP modelining Internet
protokoli (IP) OSI modelining tarmoq sathida muqobil hisoblanadi. Tarmoq sathida
marshrutizatorlar IP-paket sarlavhasidagi IP-manzillar asosida paketlarni qabul
qiluvchi tomn yo'naltiradilar:
Paketning umumiy blok sxemasi
Marshrutizatorlar paketni tarmoq bo’ylab jo’natishdan oldin, ularni kadr
ko’rinishiga keltiradi va keyin bitli oqimga o’zgartirib tarmoq bo’ylab uzatadi. Kadr
– kanal sathi bo’ylab uzatiladigan ma’lumotlar birligi hisoblanadi.
Kanal sathi sarlavhasi va uzatilayotgan ma’lumotlar birlashib umumiy kadrni
hosil qiladi. Kadrning ma’lumotlari qismi aynan tarmoq sathidan kelayotgan
paketlar. Boshqacha qilib aytganda, kadr tarmoq sathidan kelayotgan paket o’z ichiga
oladi.
Kadrni uzatuvchi va qabul qiluvchi adreslari fizik adres deyiladi yoki MAC
(media access control) adresi ham deyiladi. Shunday qilib, kadrning sarlavha qismi
quyidagi ko’rinishdagi fizik adreslarni o’z ichiga.
MAC yoki fizik adres
Kanal sathining yana bir asosiy vazifalaridan biri fizik sathdan kelayotgan
oqimlarni bit sifatida qabul qilganligi sababli, ularni xatosiz uzatishni kafolatli
ta’minlashdir. Shunday qilib, ushbu sath har qanday yuzaga kelgan xatoliklarni
imkon qadar erta aniqlash uchun qo’shimcha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Boshqa qatlamlardagi ma’lumotlardan farqli o’laroq, xatolarni tuzatish uchun
kadrlarni tekshirish ketma-ketligini (FCS) o’z ichiga olgan treyler qismini o’z ichiga
oladi. Bundan tashqari, flag kadrlarning boshi va oxirini belgilaydi.
Ethernet protokoli OSI modelining kanal sathi protokoli bilan chambarchas
bog’liq bo’lib, odatiy Ethernet kadr sarlavhasi Ethernet protokoli versiyasiga bog’liq
bo’lgan maydonlardan tashqari uzatuchi va qabul qiluvchining MAC adreslarini o’z
ichiga oladi. Bundan tashqari, xatolarni tuzatish baytlari ma’lumotlarni kuzatib
boradi:
Ethernet 802.3 va Ethernet 802.11 kadr strukturalari
Ushbu format Ethernet kadr deb ham nomlanadi. Ethernet header (Ethernet
sarlovha) - 14 bayt, IP header (IP sarlovha) - 20 bayt, TCP header (TCP sarlovha) 20
- bayt, Payload – 6 baytdan 1460 baytgacha va CRC (Cyclic Redundancy Check) - 4
bayt joyni egallaydi. Formatning har bir sarlovha maxsus ko‘rsatmalarni o‘z ichiga
olgan bo‘lib, ma’lumotni uzatuvchidan qabul qiluvchiga yetib borishini ta’minlaydi.
Ethernet kadr - Ethernet sarlovha uzatish muhiti haqidagi, IP sarlovha IP adres
haqidagi, TCP sarlovha TCP protokoli uchun foydalanilgan transport protokoli va
port nomerlari haqidagi, Payload uzatish uchun yuklangan ma’lumot (video, tasvir,
matn va h.k.) haqidagi va CRC uzatilayotgan ma’lumotni qabul qilishda tekshirish
va
yo‘qotishlarsiz
tiklash
uchun
nazorat
summasi
(checksum)
haqidagi
ma’lumotlardan tashkil topadi.
Ethernet kadr aynan an’anaviy pochta orqali uzatilayotgan uzatmaga o‘xshab
ketadi. Bunda uzatuvchining narsasi (misol uchun to‘y suratlarini oilasiga uzatayapti
deb tasavvur qilsak), tezkor yoki oddiy xizmatlardan biri orqali uzatilishi mumkin.
Uzatilayotgan uzatma qandaydir pochta qutisiga joylashtiriladi va qutida
uzatuvchining uy manzili (fizik adresi) va qabul qiluvchining uy manzili ko‘rsatiladi.
Uzatishdan oldin mas’ul pochtani manzili ko‘rsatiladi. Har safar tuman, shahar va
viloyat va viloyatlar aro uzatma qabul qilinganida va uzatilganida qabul qiluvchi va
uzatuvchi pochta manzillari uzatmaga belgilab qo‘yiladi. Ethernet kadrida uzatish
muhitining sarlovhasi, IP sarlovha va foydalanilgan protokollarning sarlovhalari
ko‘rsatib ketiladi.
Kanal sathining yana bir muhim vazifalaridan biri - fizik adreslash (MAC
addressing) bo’lib, fizik adreslashda qabul qiluvchi qurilmaning fizik adresi
uzatilayotgan ma’lumotga qo’shib yoziladi. Bu orqali esa qabul qiluvchi qurilma
kelayotgan ma’lumotni MAC adresi bo’yicha qabul qiladi. Ya’ni ma’lumki LAN
switch qurilmasidagi fizik portlarning soni unga ulangan qurilmalarning soniga teng.
Har bir port o’ziga ulangan qurilmaning MAC adresini switchning MAC
jadvaliga saqlaydi. Shunda 12ta portli switch qurilmasida 12ta tarmoq qurilmalari
ulanadi.
Ushbu switch kelayotgan ma’lumotni aynan MAC jadval orqali qaysi
kompyuterga uzatilishi kerakligini MAC adresi orqali aniq bilib oladi.
MAC adresi bo’yicha ma’lumotni uzatish
Shuningdek, kanal sathi bo’ylab ma’lumotlarni bir qurilmadan ikkinchisiga
uzatishda, oqimlarni boshqarish xizmati ham ushbu sathda mavjud. Oqimni
boshqarish - bu har xil tezlikda ishlaydigan ikkita stantsiyaning bir-biri bilan aloqa
qilishiga imkon beruvchi texnikadir. Bu tezkor jo’natuvchi sekin qabul qiluvchini
bosib ketmasligi uchun jo’natuvchi yuboradigan ma’lumotlar miqdorini tartibga
solish uchun ko’rilgan chora-tadbirlar majmuidir.
Kanal sathida oqimlarni boshqarish
Shu bilan bir kanal pog’onasida xatoliklarni boshqarish (error control) xizmati
mavjud bo’lib, bunda uzatish paytida buzilgan yoki xato ma’lumotlarni kadrlarini
aniqlash va tuzatish jarayoni amalga oshiriladi. Yo’qolishlarga uchragan yoki
buzilgan kadrlar aniqlansa, qabul qiluvchi bunday noto’g’ri ma’lumotlar kadrini
qabul qilmaydi.
Kanal pog’onasida xatoliklarni boshqarish jarayoni
Kanal sathi ikkita ichki sathlarni o’z ichiga oladi: mantiqiy kanal boshqaruvi
(LLC) va media kirishni boshqaruvi (MAC).
Mantiqiy kanal boshqaruvi (LLC)
LLC - protokollar, oqimlarni boshqarish va xatolarni boshqarish bilan
shug’ullanadi. Kanal uchun mantiqiy bog’lanishni ta’minlaydi. Shuningdek,
protokollar, oqimlarni boshqarish va xatolarni boshqarishdan tashqari kanal sathida
sinxronizatsiya jarayoni ham amalga oshiriladi, 12.8-rasm.
Media kirishni boshqarish - bu tarmoq kabeli orqali ikkita kompyuter terminali
o’rtasida ma’lumotlar qanday uzatilishini aniqlaydigan tarmoq siyosati hisoblanadi.
Shuningdek. MAC protokollari bir nechta qurilmalarning umumiy media tarmog’iga
kirishiga ruxsat berish uchun metodologiyani ta’minlaydi. LAN tarmoqlarini ishlab
chiqilguniga qadar qurilmalari o’rtasidagi aloqa nuqta-nuqta
(point-to-point) ko’rinishida bo'lgan. Ya’ni, ikki mustaqil qurilma maxsus
ajratilgan kanal orqali ulangan. Hozirgi kunda LAN tarmoqlarida bir nech o’nlab
yoki yuzlab kompyuterlarni borligini hisobga olsa, MAC adres orqali qabul qiluvchi
tarmoq qurilmasiga yetkazib berish juda ham qulay echim hisoblanadi.
Barcha texnologiyalarning kanal sathi uchun esa umumiy bir-nechta ish rejimli
LLC protokol tasvirlangan. IEEE institutidan boshqa joyda ishlab chiqilgan lokal
tarmoq standartlari ham 802.2 bo‘lim tomonidan ishlab chiqilgan LLC sathi
protokoliga moslangan bo‘lishi kerak.
802 komitet tarkibiga quyidagi bo‘limlar kiradi:
- 802.1 Internetworking – tarmoqlarni birlashtirish, ya’ni bir-nechta
tarmoqlarni birgalikda ishlashini ta’minlovchi standartlarni ishlab chiqish bo‘limi;
- 802.2 Logical Link Control (LLC) – ma’lumotlarni uzatishni mantiqiy
boshqarish standartlarini ishlab chiqish bo‘limi;
- 802.3 Ethernet, ma’lumotlarni uzatish muhitiga murojaat qilishning
CSMA/CD usuli bo‘yicha ishlaydigan LKT;
- 802.4 Token Bus LAN - ma’lumotlarni uzatish muhitiga mu¬rojaat qilishning
Token Bus usuli bo‘yicha ishlaydigan LKT;
- 802.5 Token Ring LAN - ma’lumotlarni uzatish muhitiga murojaat qilishning
Token Ring usuli bo‘yicha ishlaydigan LKT;
- 802.6 Metropolitan Area Network (MAN) - megapolislar tarmog‘i yoki
shahar tarmog‘i;
- 802.7 Broadband Technical Advisory Group – har-xil ko‘rinishdagi
axborotlarni uzatish standartlari guruhi;
- 802.8 Fiber Optic Technical Advisory Group – optik tolali tarmoqlar bo‘yicha
texnik maslahat guruhi;
- 802.9 Integrated Voice and data Networks – tovush va ma’lumotlarni
uzatuvchi integratsiyalangan tarmoqlar;
- 802.10 Network Security – tarmoq xavfsizligi;
- 802.11 Wireless Networks – o‘tkazgichlarsiz tarmoqlar;
- 802.12 Demand Priority Access LAN, l00VG-AnyLAN – ahamiyatga egalik
darajasi asosida talab qilish usuli bo‘yicha ishlaydigan LKT.
Lokal kompyuter tarmoqlari texnologiyalari, qoida bo‘yicha OSI modelining
ikkita quyi sathlari – fizik va kanal sathlari vazifalarini amalga oshiradilar (3-rasm).
Odatda LLC sathi vazifalari operatsion tizim tarkibiga kiruvchi dasturlar
yordamida, MAC sathi vazifalari esa tarmoq adapterining (va uning drayveri)
apparat-dasturiy vositalari yordamida amalga oshiriladi.
MAC sathi va uning vazifalari. MAC sathining asosiy vazifalari
quyidagilardir:
1.Birgalikda foydalaniladigan muhitga ulanishni ta’minlash.
2.Fizik sathning bajaradigan vazifalari va qurilmalardan foydalangan holda,
chekka bog‘lamlar (kompyuterlar, stantsiyalar) o‘rtasida kadrlarni uzatib berish.
Birgalikda foydalaniladigan muhitga ulanishning quyidagi uchta asosiy usuli
mavjud:
- tasodifiy ulanish usuli;
- tasodifiy bo‘lmagan ulanish usuli;
- so‘rovlar algoritmiga asoslangan ulanish usuli.
Qaysi ulanish usuli qo‘llanilishidan qat’iy nazar MAS sathi tomonidan
kadrlarni uzatish bir nechta bosqichlarda amalga oshiriladi:
1-bosqich. Kadrni shakllantirish bosqichi. Ushbu bosqichda yuqori sath
protokolidan olingan axborot asosida kadrning tashkil etuvchi qismlarini to‘ldirish
amalga oshiriladi. Olingan axborot tarkibida – ma’lumotlar yuborilayotgan va
yuborayotgan kompьyuterlarning adreslari, foydalanuvchining ma’lumotlari va
yuqori sath protokolining belgilari kiradi. Kadr shakllantirilib bo‘lingandan so‘ng,
MAS sathi kadrning nazorat qilish summasini hisoblab chiqaradi va u uchun kadr
tarkibida ajratilgan o‘rniga joylashtiradi.
2-bosqich. Muhit orqali kadrni uzatish bosqichi. Kadr shakllantirilib uzatish
muhitiga ulanish uchun ruxsat olingandan so‘ng, MAS sathi kadrni fizik sathga
uzatadi. Fizik sath kadrning qismlarini bitma-bit ma’lumotlarni uzatish muhiti orqali
uzata boshlaydi. Fizik sath vazifalarini tarmoq adapteri bajaradi. U kadrning
baytlarini ketma-ket uzatiladigan bitlarga aylantiradi va ularga mos elektr yoki optik
signallar yordamida kodlaydi. Uzatilgan signallar muhit orqali qabul qiluvchi
kompyuterning tarmoq adapteriga kelib tushadi. Ushbu adapter esa, avvalgi
jarayonga teskari bo‘lgan jarayonni amalga oshiradi, ya’ni signallar kodlarini
baytlarga aylantiradi.
3-bosqich. Kadrni qabul qilish bosqichi. Tarmoqqa ulangan har bir
kompьyuterning MAC sathi, unga kelib tushgan kadrdagi, ma’lumot yuborilgan
kompьyuter adresi qismini tekshirib ko‘radi, agar u o‘zining adresi bilan mos tushsa,
kadrni ishlashni, ya’ni uni qabul qilib olishni davom ettiradi, aks holda kadrni ishlash,
ya’ni uni qabul qilish to‘xtatiladi. Kadr to‘liq qabul qilib olingandan so‘ng, uning
nazorat qilish summasi hisoblanadi. Agar nazorat qilish summasi to‘g‘ri chiqsa, kadr
MAC sathi orqali, undan yuqorida joylashgan sathga uzatiladi. Agar nazorat qilish
summasi to‘g‘ri chiqmasa, ya’ni ma’lumot muhit orqali uzatilganda noto‘g‘ri etib
kelgan bo‘lsa, kadr e’tiborga olinmaydi (tashlab yuboriladi). Bunda ma’lumotlarni
uzatish paytida xatolik sodir bo‘lgan bo‘ladi.
LLC sathi va uning vazifalari. LLC sathi ikkita vazifani bajaradi:
1.Kanal sathi bilan tarmoq sathi orasidagi interfeysni tashkil qilib berish.
2.So‘ralgan darajada ishonchlilik bilan kadrlarni manziliga etkazib berish.
LLC sathining interfeysni tashkil qilib berish vazifasi deganda –
foydalanuvchining va xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan ma’lumotlarni, MAC
va tarmoq sathlari o‘rtasida uzatib berish tushuniladi. Ma’lumotlarni yuqoridanpastga uzatishda LLC sathi tarmoq sathi protokolidan paketni (IP paketni) qabul qilib
oladi. Ushbu paketda foydalanuvchining ma’lumotlari yozilgan bo‘ladi.
Ma’lumotlarni pastdan-yuqoriga uzatishda esa LLC sathi, MAS sathidan
tarmoq orqali kelgan tarmoq sathi paketini qabul qilib oladi.
LLC sathining ikkinchi asosiy vazifasi – so‘ralgan darajadagi ishonchlilik
bilan kadrlarni manziliga etkazib berishdir. LLC protokoli kadrlarni etkazib
berishning bir necha xil rejimlarini ta’minlay oladi. Bu rejimlar kadrlarni uzatish
davomida, ular yo‘qolib qolganda yoki xato uzatilganda tiklash muolajalarining bor
yoki yo‘qligi bilan bir-biridan farq qiladilar.
LLC sathi yuqori sath protokollariga uch xildagi transport xizmatini amalga
oshirib berish imkoniyatiga egadir:
1. LLC1 xizmati – ulanish hosil qilmas-dan turib ma’lumotlarni uzatuvchi
xizmat. Ushbu xizmat turida ma’lumotlarni etib borganligini tasdig‘ini olish amalga
oshirilmaydi. LLC1 xizmati foydalanuv-chiga ma’lumotlarni uzatishda kam
xarajatlar talab qiladigan vositalarni qo‘llash imkoniyatini beradi.
2. LLC2 xizmati – foydalanuvchiga har ma’lu-motlar blokini uzatishdan avval,
mantiqiy ulanishni imkonini beradigan xizmatdir. Agar talab qilinadigan bo‘lsa,
ushbu ulanish chegarasida xatoliklardan so‘ng ma’lumotlarni tiklash va bloklar
oqimini tartibga solish muolajalari bajariladi. Ma’lumotlarni ishonchli etkazib
berishni ta’minlash uchun LLC2 protokoli surilib yuruvchi oraliq algoritmdan
foydalanadi.
3. LLC3 xizmati – ulanishni hosil qilmasdan turib ma’lumotlarni uzatuvchi
xizmat. Ushbu xizmat turida LLC1 xizmatidan farqli ravishda, ma’lumot-larni etib
borganligini tasdig‘ini olish amalga oshiriladi.
LLC sathining yuqorida keltirilgan uchta rejimining qaysi biridan foydalanish,
yuqori sath protokoli tomonidan qo‘yiladigan talablarga bog‘liqdir. LLC sathiga
qaysi transport xizmatidan foydalanish kerakligi haqidagi axborot, sathlar aro
interfeys orqali apparat adresi va foydalanuvchining ma’lumotlaridan iborat paket
bilan birga uzatib beriladi. Masalan LLC sathidan yuqorida IP protokol ishlayotgan
bo‘lsa, u har doim LLC1 xizmatidan foydalanishni so‘raydi, negaki TCP/IP stekida
ma’lumot-larni ishonchli etkazib berish vazifasini TSR protokoli ta’minlab beradi
Download